March 11, 2022
#yangilik
Navoiy viloyati yuridik texnikumida "Iqtisodiy protsessual huquqlarning amaliyotga tadbiq etilishi" mavzusida "Sudya va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Navoiy viloyati sudyalari T.Abdramanov, S.Abdurasulov hamda T.Qaxxorovlar o'quvchi-yoshlarga so'nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.
Uchrashuv so'ngida o'quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi.