April 6, 2022

#yangilik

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan Samarqand viloyati yuridik texnikumiga sayohat tashkil etildi.

🔹Sayohat davomida o‘quvchilar Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart- sharoitlar va imkoniyatlar shuningdek, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shundan so‘ng, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun Jinoyat protsessual huquqi fanidan "Reabilitatsiya" mavzusida "Ochiq dars" bo‘lib o‘tdi. Interaktiv tarzda o'tkazilgan dars davomida yigit-qizlar bahs-munozaralarga kirishib o'z bilimlarini yana bir bor sinovdan o'tkazdi.

Telegram | • Instagram | • Facebook