March 2, 2022

#yangilik


Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qildi, shuningdek kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Jumladan, Jizzax viloyati yuridik texnikumida "Kitobxonlar klubi" a'zolari Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilarga Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning tanlangan asarlari, qo‘lyozmalari, fotolavhalar, asarlariga ishlangan illyustratsiyalar haqida keng ma’lumot berildi.

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar akademek litseyi hamkorligida "Mushoira kechasi" bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qildi, shuningdek lirik qo‘shiqlar ijro etildi.

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumining Axborot-resurs markazida "Zulfiyaxonim qizlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida “Bahor keldi sizni so’roqlab” nomli adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Kechada texnikumning iste’dodli o’quvchilari shoiraning hayoti va ijodi haqida o’zlarining badiiy chiqishlari orqali ma’lumot berishdi.

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “Salqin saharlarda uyg‘ongan bahor” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik texnikum direktori M.Toshmatova ochib berdi. O‘quvchilari tomonidan shoir Hamid Olimjon va Zulfiya o‘rtasidagi she’riy aytishuvlar hamda sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Telegram | • Instagram | • Facebook