February 22, 2022

#yangilik


Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida o‘tkaziladigan “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovining hududiy bosqichiga start berildi

Tanlov nizom talablari asosida tashkil etilib, uni o'tkazishdan asosiy maqsad oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularga oʻz iqtidorini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, yoshlarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatlarini qaror toptirish, oʻz kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgangan.

Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart bo'yicha bilimlarini sinovda o'tkazdi va tanlov hakamlar hay'ati tomonidan qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik va tenglik kabi prinsiplarga rioya qilgan holda xolisona baholandi.

Yakuniy natijalar ko'ra Farg'ona viloyati yuridik texnikumi
1-oʻrin 2-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 1-20 guruh oʻquvchisi Anvarjonov Abrorjon Akmaljon oʻgʻli

2-oʻrin 2-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 1-20 guruh oʻquvchisi Ibroximova Naziraxon Ilxomjon qizi

3-oʻrin 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 7-20 guruh oʻquvchisi Nabijonov Jasurbek Joʻraqoʻzi oʻgʻli

Xorazm viloyati yuridik texnikumi

1-o'rin 2-bosqich "Yurudik xizmat" yo'nalishi 207-guruh oʻquvchisi Qo'ziboyeva Zahro Azamat qizi;
2-o'rin 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 203- guruh oʻquvchisi Boltayeva Maftuna Otabek qizi;
3-o'rin 2-bosqich "Yurudik xizmat" yo'nalishi 208-guruh oʻquvchisi Gulimova Maftuna Azimjonovna qoʻlga kiritdi.

Tanlov hakamlar hay'atining yakuniy xulosalariga ko'ra 1-o'rinni olgan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Telegram | • Instagram | • Facebook