February 23, 2022
#yangilik
Navoiy viloyati yuridik texnikumida sportning bir necha turlari bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasiga start berildi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida sportning bir qator turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Dastlab, sportning voleybol turi bo'yicha o'tkazilgan bahslarda 2-bosqich yigit-qizlar ishtirokidagi jamoalar shakllantirilib o'yinlar olib borildi.
"Mazkur o'yinlarni tez-tez o'tkazib turish texnikum yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarziga amal qilish va do'stona muhitni yanada mustahkamlashga hissa qo'shadi" - deya takidlab o'tdi texnikumning sport murabbiysi Q.Qo'ldoshev.