May 5, 2022
#yangilik
Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
🔹Toshkent Davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan Bolgariya Respublikasi davlat kutubxonashunoslik va axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Toshkent shahar yuridik texnikumiga tashrif buyurdi.
🔹Uchrashuvda Bolgariya Respublikasi davlat kutubxonashunoslik va axborot texnologiyalari universite direktori, yuridik fanlari doktori Aleksandr Kirkov tomonidan "Biznes networking" loyihasi doirasida IT-texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening bo'lib o'tdi.
🔹Trening davomida o'quvchilar Bolgariya Respublikasining ta'lim tizimi hamda bo'lajak yuristlar uchun axborot texnologiyalarining afzal jihatlari haqida ma'lumotlarga ega bo‘ldi.