April 1, 2022

#yangilik


⚡️Jizzax viloyati yuridik texnikumi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlari ishlari agentligi bilan hamkorligida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdonlari-2022” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

🔹Tanlovda 3 ta jamoa - "Davlat huquqiy faoliyat" yo’nalishining “Bilimdon yurist”, "Yuridik xizmat" yo’nalishining “Renessans” hamda "Sud huquqiy faoliyat" yo’nalishining “Femida” jamoalari o’zaro bellashishdi.

✅Tanlov 3 ta shart bo‘yicha olib borildi:

1-shart Tanishtiruv;
2-shart Bilimlar bellashuvi (savollar va muammoli vaziyat kazusga yechim);
3-shart Huquqiy mavzudagi sahna ko'rinishi.

✔️Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o’rinni "Yuridik xizmat" yo’nalishining “Renessans” jamoasi;
2-o’rinni "Davlat huquqiy faoliyat" yo’nalishining “Bilimdon yurist” jamoasi;
3-o’rinni "Sud huquqiy faoliyat" yo’nalishining “Femida” jamoasi egalladi.

🔹Tanlov so’nggida ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram | • Instagram | • Facebook