#yangilik
Yuksak salohiyatli yuridik kadrlarni tayyorlash – adliya organlari faoliyatining bosh mezoni!
Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga chiqarish, zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan tashabbuskor yoshlarni yuridik sohaga jalb etish ishlari doimo soha rahbarlarining nazorati ostidagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi.
Zero, yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish boʼyicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish yuridik taʼlim muassasalarining eng oliy maqsadi va burchidir.
Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan hududlardagi yuridik texnikumlar faoliyatini yanada rivojlantirish, qonuniylikni taʼminlash maqsadida joylarga chiqqan holda amaliy yordam berib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 17-24 fevral kunlari Аdliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti uzluksiz taʼlim boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Buxoro viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida texnikum yoshlari hamda pedagog xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Davra suhbati shaklida davom etgan uchrashuvda texnikum yoshlarini qiziqtirgan yuridik taʼlimga oid savollarga javoblar berishdi.
Ishchi guruh tashrif davomida texnukumning faoliyati bilan yaqindan tanishib, taʼlim muassasasida oʼquvchilarga huquqiy taʼlim berish sifati, taʼlim va tarbiyaning oʼzaro uygʼunlashgan holda tashkil etilganligi holati, dars jarayonlarini ilgʼor oʼquv-metodik uslublarda olib borilishining holati, pedagog xodimlarning mahorat darslarning samaradorligi bilan tanishib chiqdi.
Аdliya vazirligi yuridik taʼlim va sud ekspertizasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi J.Nuritdinov yuridik texnikumda taʼlim berishning kredit-modul tizimi sharoitida pedagog xodimlar mehnatini meʼyorlashtirish, ish vaqtini oʼquv tadbirlari va metodologik izlanishlarga sarflanishi borasida alohida toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan oʼquv-metodik, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning huquqiy taʼlim standarti talablari darajasida amalga oshirish borasida maslahatlar berib oʼtdi.