February 28, 2022
#yangilik
"O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati mas’ul xodimi A.Alimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi O.Karimov hamda Farg’ona viloyati yuridik texnikumi dekani A.Ergashevlar tomonidan “Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati” mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.