#yangilik
"Mumtoz avlod" audio-tanlovi o'tkaziladi
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tomonidan «Respublika mumtoz avlod» audio-tanlovini bo’lib o’tadi.
Tanlov mumtoz adabiyotimizning boy merosini yoshlar o'rtasida targ'ib qilish va ommalashtirish shuningdek, ko’rishda nuqsoni bo’lgan yigit-qizlarga ko'maklashish hamda ularni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda respublikamizning turli hududlaridagi o’quvchi va talabalar (professional ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, hamda maktab o’quvchilar) ishtirok etishlari mumkin!
Tanlovga qo'yilgan talablar:
Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar ariza topshirganlaridan so’ng, tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarning shaxsiy sahifalariga Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning g'azal va ruboiylari yuboriladi. Har bir ishtirokchiga g’azallarni aruz vazni qoidalariga muvofiq ifodali o'qish talab etiladi, ijrochi milliy mumtoz kuylardan foydalanishi va musiqiy sayqal berishi mumkin. Tayyor audioyozuvlar t.me/mumtoz_avlod_tanlovi manziliga yuboriladi.
Ishtirokchilar tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
-Ishtirokchi haqida maĘĽlumot; -Ishtirokchining fotosurati; -Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning audiofayli
Tanlov ishtirokchilari ijod namunalarini 2022-yilning 11-fevral kuni soat 23:59 ga qadar yuborishlari lozim.
Tanlovga topshirilgan materiallar tegishli tartibda tanlov komissiyasi tomonidan baholash mezonlari asosida baholanadi va natijalar 14-fevral sanasida e’lon qilinadi.
Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash:
Tanlov g'oliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimida 1, 2, 3-o'rin sohiblariga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.
Barcha audioyozuvlar maxsus compact disklarga yozib olinadi hamda ishtirokchilarga taqdim etiladi.