March 14
Bolaning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik borligi haqida bilasizmi ?
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi majburiyatlari:
- Farzandlarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi;
- Farzandlarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- O‘z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- Ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi majburiyatlari yuklatilgan.
Agar ota-onalar ushbu majburiyatni bajarmasalar, javobgarlikka tortiladilarmi?
Albatta, qonunchilikda ota-onalarga farzandlarini ta’lim olishiga to‘sqinlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan va quyidagi jazolar belgilab qo‘yilgan:
- Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima;
- Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima;
- Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
- Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.
Jarqo`rg`on tuman Adliya bo`limi FHDY bo`limi ish yurituvchisi