May 31, 2025

Mafia and Muslimah Ep 13

Shu tariqa oradan bir hafta oʻtdi. Maya sogʻayib kasalxonadan chiqdi , Xena hamma bilgan narsalarini qizga ertalabdan kechgacha oʻrgatib oʻtirar edi . Jeon xonim islom dinini qabul qilmagan boʻlsa ham lekin qabul qilishni niyyat qilib qoʻygan edi . Jk boʻlsa qizga ipsiz bogʻlanib qolgandek boʻldi. U haligacha Xenani yuzini koʻrmagan boʻlsa ham barbir qizni sevib qoldi unda hech kimda yoʻq iliqlikni koʻrdi hamma yomon ishlaridan qaytdi . Mafia olamidan ketdi . Hozir ancha oʻzgargan mexribon va raximdil. Jk Xenani koʻnglidan joy topish uchun qoʻlidan kelgan hamma narsani qilishga urinar edi . Kompyuterda islom diniga qiziqib hamma narsalarni ancha oʻrganib olgan edi . Xena ham Jkga koʻngil qoʻydi uni u mexribonchilik qilishi hammaga iliq munosabatda boʻlishi . Qizni mutloq oʻziga bogʻlab olgandek qildi .
Nihoyat oʻsha kun yetib keldi Xena ketadigan payt ham yetib keldi . Qizda bir hafta bor edi lekin ota onasi qizni qoʻymasdan majbur chaqirib olishdi . Nihoyat bugun Xena uchun bu uyda yashash bu oilasida yashash tugadi . Endi oʻz yurtiga ota onasi yoniga ketadigan payt keldi. Xena tayyorlanib pastga tushar ekan hamma qizni kutib turar edi nihoyat Xena asta sekinlik bilan zinapoyalardan pastga tushdi

Xenaning har bir qadami yuragidagi ogʻirlikni bosgandek edi. Zinapoyalardan tushar ekan, u birma-bir har bir yuzga boqdi Jeon xonimning koʻzlari nam, Mayaning lablarida xira tabassum, Jungkook esa devorga suyanib, boshini sal egib, unga qarardi. Hamma sukutda edi. Faqat yuraklarning urushi eshitilayotgandek tuyulardi.

Xena pastga yetib kelgach, Mayaning yoniga bordi va uni quchoqladi.
Xena : Sen menga singlimdek boʻlib qolding, dedi Xena pichirlab.
Maya koʻz yoshlarini tiya olmadi.
Maya : Men seni sogʻinaman...
Jeon xonim esa Xenaning qoʻlidan tutdi.
Jeon xonim : Seni bu yerda qizimdek koʻrdim. Yuraging toza, koʻzlaringda nur bor. Qachon istasang bu uy seniki. Biz sen bilan faxrlanamiz, dedi ovozida mehr bilan.

Xena unga minnatdorlik bilan bosh irgʻadi. Ammo yuragi boshqa bir kishining qarshisida eng ogʻir vaziyatda edi Jungkook.

Xena asta Jkga yaqinlashdi. Jungkook boshini koʻtarib, uning koʻzlariga tikildi. Koʻzlar... haligacha koʻrmagan yuz, lekin tanilgan yurak.
Jk : Demak, ketyapsan, dedi Jungkook past ovozda.
Xena bosh irgʻadi.
Xena : Ketmasligimni istarmiding dedi u ehtiyotkorlik bilan.
Jungkook yutindi.
Jk : Har kuni... lekin men seni bu yerda ushlab qolish uchun sabab topolmadim. Yolgʻon gapirishni istamayman. Sen hurligingni yoʻqotmasligingni istayman.

Xena jilmaydi, koʻzlarida yosh qalqib chiqdi.

Xena : Sen meni oʻzgartirding,men oldingidan ham ancha yaxshi qiz boʻldim Jungkook. Men bu yerda boshqacha Xena boʻldim.
Jk : Men esa sen tufayli inson boʻlishni oʻrgandim, dedi Jungkook unga bir qadam yaqinlashib. — Xohlasang, seni kutaman. Qachon qaytishni xohlasang... bu yurak — seni kutadi.

Xena unga sekin bosh irgʻab, mayin tabassum qildi
Xena : Vaqti kelganda balki qaytarman. Lekin bu safar o‘z tanlovim bilan.

Koʻz yoshlarini arta-arta, Xena uydan chiqdi. Orqasiga bir bor qaradi — uydagi har bir inson, har bir xotira yuragida iz qoldirdi. Ammo yuragining eng chuqur nuqtasida — Jungkook uchun joy qoldi.

Xena uydan chiqib ortiga bir qarab qoʻydi va endi oʻtiraman deganda bir ovoz Xenani toʻxtashiga majbur boʻldi

Jk uydan huddiki qushdek uchib chiqdi

Jk uydan yugurib chiqib Xenani yonida toʻxtadi va chuqur nafas olib biroz nafasini rostlab oldi

Jk : Men bir korishda seni sevib qoldim , bu sevgim umrim songiga qadar davom etadi . Senga vada beraman seni Alloh izni ila jufti halolim qilib seni ota onangni oldidan to'y qilib ketaman , faqat ungacha vada ber mendan boshqasini sevib qolmaslikka va boshqa insonga turmushga chiqmaslikka

Xena : albatta vada beraman sizni Alloh izni bilan sevganman faqat sizni sevaman va kutaman . Men ketyapman sizni ortimdan borishingizga ishonaman.

Xenani Jkga aytgan oxirgi gapi shu boʻldi xolos . Jk boʻlsa moshinani ortidan termulgancha qarab qoldi

Jk

Jk pov

Uning so‘zlari yuragimga muhrlandi. "Men ketyapman, sizni ortimdan borishingizga ishonaman," dedi va ketdi... Xuddi shamolday uchib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Moshinasi uzoqlashib ketayotgan bir paytda, men faqat termulgancha qarab turdim. Qadamlarim orqaga chekinmadi, og‘zimdan so‘z chiqmagan... Yuragim esa uni to‘xtatib qolishga chinqirardi. Ammo o‘zim... jim edim.

“Xena…” deb pichirlab qo‘ydim.

Birinchi marta kimnidir yo‘qotishdan bunchalik qo‘rqdim. U menga vada berdi mendan boshqasini sevmaslikka, boshqa birov bilan turmush qurmaslikka. Lekin bu dunyo juda shafqatsiz… vaqt hech kimni kutmaydi, ahdlar esa sinovdan o‘tadi.

Men bir o‘zim yo‘lda qoldim. Hayotimdagi eng yorqin nur Xena mendan uzoqlashdi. Va men unga bergan so‘zimni unutmadim. Uni topaman. Unga vada berganman uni jufti halolim qilishga, ota-onasining roziligini olib, uni munosib qilib olib ketishga.

Shu kundan boshlab, men har bir nafasimda uni o‘yladim . Uni topaman va ota onasini rozi qilib yana qaytarib uyimga olib kelaman

Jkni yoniga Maya kelib kulib akasini yelkasiga qoʻlini qoʻydi

Maya : aka endi nima qilasiz

Jk : men u yerga boraman Maya ha u yerga boraman

Maya

Maya Xenaga havas qilib butunley musulmon boʻlgan va u ham huddi Xenaga oʻxshab kiyinib yuradi

Maya mayin tabassum qilgancha akasiga tasalli berdi

Maya : aka siz uni yoniga boring ishonaman siz albatta uni topasiz uni yana yonimizga olib keling

Jk singlisini bu gapidan biroz boʻlsa ham yuragi taskin topdi va singlisini peshonasidan oʻpib qoʻydi

Jk : albatta boraman uni yana uyga olib kelaman

Maya : vada berasizmi aka

Jk : vada beraman

~~~~~

Xena yana oʻsha katta aeroport oldida toʻxtadi. Doimgidek u yerda odamlar gavjum ayrimlarni samalyoti endi qoʻnsa ayrimlar esa ketar edi . Xena registratsiyadan oʻtgandan keyin yana oʻsha katta samalyot oldida toʻxtadi va ortiga qaradi nega ortga qaraganini oʻzi ham bilmagan qiz nimadandir umid qildi lekin u nima ekanini oʻzi ham bilmasdi

Xena pov

Men mayda qadam va yuklarim bilan yana oʻsha samalyotga chiqar ekanman negadur yuragim boshqacha urar edi . Nega bunday boʻlyapman oʻzim ham bilmayman . Ortimga qarab biroz toʻxtab qoldim nega toʻxtadim yoki kimnidir kelishini kutdimi . Ha yuragim Jk tomon uryapti lekin men otamga vada berganman uni bajarishim kerak qanday qilaman menga qorongʻu. Men oxiri samalyotni ichiga kirib suvardessalar koʻrsatgan joyga oʻtirdim. Endi nima qilaman hayronman nahot bu yerlardan ketsam men oʻzim bilmagan odamga turmushga chiqarsalar . Men ota onamga ayta olaman ekanmi bilmayman . Sevgim uchun kurashmoqchi boʻlaman lekin buni iloji yoʻqdek goʻyo nega deganda chunki men qiz bolaman bir muslima qizman sevgim uchun kurasha olmaydigan ojiza qizman . Jk bergan vadamni ustidan chiqishga harakat qilaman . Agar u kelmasa bari tamom boʻladimi. Yo allohim menga toʻgʻri yoʻl koʻrsat yoʻlimdan adashtirib qoʻyma.
Nima qilsam har tomonlama yaxshi boʻladi menga shuni ayt parvardugorim axir oʻzing yakkayu yagona zotsan . Men senga ishonaman albatta sevgimga erishimga yordam berasan

~~~

Uch soatlik yoʻldan keyin samolyot asta sekin pastlay boshladi va hech qancha oʻtmasdan qoʻndi. Xena yana oʻzini yurtiga ota onasi bagʻriga qaytadi lekin Koreada uni yuragini yarmi qolib ketdi . Samalyot toʻxtab odamlar birin-ketin tushar ekan Xena doimgidek oxirida tushdi . Xena tushib asta sekin mayda qadamlar bilan aeroportdan chiqar ekan uni bir chetda ota onasi kutib turar edi

Xena ota onasini koʻrib bir laxzaga yuragidagi hamma qaygʻu gʻamni unutdi va jamadoni oʻsha yerda qoldirib oʻzini onasini quchogʻiga otdi . Onasi ham qizni juda sogʻingan mahkam quchoqlab koʻzdan yoshlar oqa boshladi

Onasi : seni juda sogʻindim qizim sensiz huddiki uyimiz kimsasiz boʻlib qolgandek boʻldi qizalogʻim

Xena : men ham sizlarni sogʻindim onajon sizni shirin taomlarizni erkalatib gapirishlarizni mexr toʻla qarashlarizni hamma hammasini

Ular quchoqlashib gaplashar ekan bir chetda otasi kuzatib turar edi

Xenani dadasi

Dadasi: meni soginmaganga oʻxshaysan farishtam

Xena bu gapdan keyin onasini quchogʻidan chiqib otasini bagʻriga bosdi

Xena : men sizni sogʻindim dadajon juda ham sogʻindim sizni oʻrnizni hech kim bosa olmaydi

Dadasi qizini boshini silagab

Dadasi : men ham seni sogʻindim farishtam seni kulishlaringni erkaliklaringni

Onasi : kelinglar yaxshisi uyga boraylik bafurja uyda gaplashib olamiz

Otasi : yaxshi aytding azizam uyga boraylik

Xena jamadonini olaman degan edi . Otasi borib qizni qoʻlidan jamadonini olib qoʻydi ~ qizim sen charchagansan oʻzim olib ketaman

Xena : raxmat dadajon yaxshi ham bor ekansiz

Dadasi mayin tabassum qilgancha ~ seni bizga bergan Allohga shukur boʻlsin

Onasi qizini yelkasidan ushlab gaplashib ketdi

Ular juda baxtli edi . Xena yana ota onasini bagʻriga qaytdi , bundan qanchalik xursand boʻlmasin lekin Jk esidan ketmas edi bir xaftalik xotira hali hamon qizni hayollarida edi . Xena Koreada eng baxtli onlarni oʻtkazdi. Qiz uchun eng muximi uni deb dugonasi musulmon dinini qabul qilgani boʻldi.
Xena bu bilan faxrlanib ota onasiga aytib berishni niyat qilib qoʻygan edi

~~~

Jk har tomonga yurar ekan nima qilishni bilmas u yoqdan bu yoqqa dovdirab yurar edi

Jk pov

Nima qilsam boʻladi, qanday qilsam boʻladi.
Uni yoniga qanday boraman men u yerni yaxshi bilmayman endi nima qilaman , unga vada berdim uni yoniga borishim kerak lekin qanday uni deb ularni tilini oʻrgandim . Xena uchun qilaman faqat u uchun hammasiga tayyorman uni yoniga boraman albatta boraman

Jk