Akademik rassom Raxim Xakimov bilan uchrashuv......
San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi dotsenti M.B.Azimova, p.f.f.d. (PhD), G.R.Ostonovalar tomonidan amaliyot davrida 12-1San(TAS)-23 guruh talabalari, badiiy kulolchilik ta'lim yo'nalishi 4- kurs talabalari bilan birgalikda Akademik rassom Raxim Xakimov bilan uchrashuv o'tkazildi.
Aytish joizki, Rahim Hakimov «Abrubahor» ning zamonaviy usulidan foydalanib, samarali ijod qilmoqda. Uning “Umar Xayyom”, “Tushdagi parvoz”, “Sirli uchrashuv”, “Pir”, “Moziydan sado” singari asarlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Buni Misr, Turkiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Niderlandiya singari davlatlaridan kelgan sayyoh-u, milliy sanʼatimiz ixlosmandlarining markazestalikkitobiga bitgan soʻzlari ham tasdiqlaydi. Jumladan, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Bela Panayevaning “Noyob, betakror, oʻziga xos sanʼatingiz oldida taʼzimdaman”, deb yozib qoldirgani fikrimiz isbotidir.Rahim Hakimov Fransiyalik ikki rassomga mahorat sabogʻi ham oʻtadi. Dunyoning turli burchaklaridan maktublar olmoqda. Bularning barchasi «Abrubahor» ning ikkinchi bahori kelganidan nishonadir.Izlanuvchan musavvir hozir 70 yoshda. Xitoy, Eron, Rossiyada koʻrgazmalari tashkil etilgan. Dunyoning koʻplab davlatlari muzeylari, shaxsiy kolleksiyalarda asarlari bor. Shogirdlari koʻp. Kasbini yaxshi koʻradi. Yoshlarimiz unut boʻlayozgan bu sanʼatni oʻrganishsin, xorijliklar «abrubahor» ning ildizlari qayerdaligini bilishsin, degan maqsadda uch tilda maxsus risola ham yozib nashr ettirdi.