Abdumuxtor Abduxamidov
Navoiyda 1 apreldan ichimlik suvi tariflari oshadi
Ushbu narxlar O‘zbekiston bo‘yicha eng baland miqdorni tashkil etadi.
Navoiy viloyatida 1 apreldan ichimlik suvi narxlari oshadi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 2024 yil 15 martda Navoiy viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2024 yilning 1 apreldan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:
Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 – 2 700 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 6 500 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 8 000 so‘m;
Oqova suv xizmati:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1 600 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 4 600 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 6000 so‘m.
Mazkur miqdor O‘zbekiston bo‘yicha eng qimmat narxlardir.
Avval Namangan va Jizzaxda ham ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Avval Qoraqalpog‘iston va Buxoroda 15 yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlari qimmatlashishi ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ichimlik suvi narxlari oshirilgandi.
Qashqadaryo viloyatida esa ichimlik va oqova suv narxlari 2 baravar qimmatlagani yetmagandek, 6 oyda 2 marta oshirilgan.
@Talabalar_uchun_ish kanaliga e'lon joylash
Assalomu alaykum hurmatli obunachi! Siz ushbu kanalda qay tarzda vakansiya postini tayyorlash haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkun!
Kanalga resume va reklama joylash ta'riflari
🆔 Manzil: @Talabalar_uchun_ish
👥 Obunachilar: 1.1 mingdan ziyod
👉 Yo'nalishi: Talabalar uchun mos vakansiyalar joylab boriladi.
1️⃣  30 minut top / 24 soat lenta — 20.000 so'm
2️⃣  1 soat top / 24 soat lenta — 30.000 so'm
3️⃣  2 soat top / 48 soat lenta — 40.000 so'm
✅Kechasi (20:00 dan 08:00 gacha top) - 50.000 soʻm
🧑‍💻 Murojaat uchun: @Yordamchi1626
Vakansiya joylash bo'yicha 3 xil ta'rif bor
⚡️ TEZKOR -  15 ming so'm
Navbatsiz chiqariladi yoki pullik e'lonlar navbatida turadi va 1 soat ichida chiqadi.
✅ STANDART - 10 ming so'm
E'lon 12 soat ichida kanalga joylanadi.
🆓 FREE - bepul
E'lon kanalda 72 soat ichida joylanadi. Navbatdagi vakansiyalardan keyin.
‼️ VAKANSIYA JOYLOVCHILAR UCHUN ‼️
Izoh: Bu shablon sizda ish bo'lsa joylashingiz mumkin, ya'ni siz ish beruvchi bo'lishingiz kerak.
Kasb nomi
➞ Kompaniya: ...
➞ Manzil: (shahar/viloyat)
➞ Ish vaqti:
➞ Murojaat vaqti:
➞ Maosh: ...
➞ Qo'shimcha ma'lumotlar:
➞ Telegram:
➞ Aloqa:
Ushbu shablonni to'ldiring.
Shablonni to'ldirib @Yordamchi1626 ga jo'nating
Eslatma: siz e'lon qilmoqchi bo'lgan vakansiya, talabalar uchun mos (yarim kunlik) bo'lishi kerak!
Abituriyent oldindan ballni naqd qilib olsa bo‘ladi – milliy sertifikat nima degani?
Avvallari abituriyentlar uchun muhim sana 1 avgust edi. Shu bir kunning o‘zida kirish imtihonlariga oylab-yillab tayyorlangan abituriyentlar bilim darajasi aniqlanardi. Ayni damda bu vahimali sana allaqachon unutila boshlangan. Hozir abituriyentlar to kirish imtihonlari boshlangunga qadar asosiy fanlaridan bemalol maksimal ball to‘plab qo‘yib, imtihonga xotirjamgina kirishlari mumkin.
Qayerda: O'zbekiston
Kim uchun: Shijoatli va iqtidorli menejerlikka qiziquvchi yoshlar uchun
Ariza topshirish muddati: 2023-yil 30-martgacha
Yosh menejer - yosh liderlar jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyiha ofisi hamda MBM IT kompaniyasi vakillari hamkorligida tashkil etilgan maxsus dasturdir.
Dasturining afzalliklari:
Amaliy va nazariy bilimlar olish.
Ijtimoiy loyihalar yaratish imkoniyati.
Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Investorlarga loyiha taqdim qilish imkoniyati.
Yosh Menejer dasturi 5-mavsumi 2 yo'nalishda tashkil etiladi:
Loyihalar boshqaruvi (Project management) - g'oyadan tortib, loyihaning realizatsiyasigacha bo'lgan barcha jarayonlarni o'rganish (8 ta dars).
Shaxsiy rivojlanish (Personal development)-yoshlarda professional ko'nikmalarni shakllantirish (8 ta dars).
Bundan tashqari tur-sayohat - 2 oy davomida har hafta O'zbekistondagi kompaniyalarga ichki muhit bilan tanishish maqsadida jamoaviy tur tashkil etiladi.
Ushbu treninglar hozirda nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan ekspertlar tomonidan olib boriladi. Darslar davomida amaliy, individual va jamoaviy topshiriqlar beriladi. Shuningdek loyiha davomida O'zbekistondagi mahalliy va xorijiy tashkilotlarga tur tashkil etiladi.
Ariza topshirganlar soni: 2,100+ (jami 4 mavsum davomida loyihada qatnashish istagi bildirgan arizachilarning umumiy soni).
Loyiha ishtirokchilari soni: 200+ (shu kungacha loyihaga rasman qabul qilingan va dasturida ishtirok etish huquqi berilgan ishtirokchilari soni).
Loyiha bitiruvchilari soni: 135+ (dasturni muvafaqqiyatli bitirib, loyiha yakunlangandan so'ng, o'z loyiha va start-up'larini amalga oshirgan ishtirokchilar soni).
Dasturga arizalar 2023-yil 30-martgacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA to'ldirishingiz va topshirishingiz mumkin.
Eslatma: dasturda qatnashish pulli (500 ming so'm).
Muhim: Ariza topshirishdan avval dastur haqida BU YERDA batafsil tanishib chiqing.
«Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi» — prezident
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayollarni ushbu bayram bilan tabrikladi. «Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi», — dedi u o‘z nutqida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutqida mamlakat ayollarini ushbu bayram bilan tabrikladi.
«Qadrli opa-singillar! Biz erkin va farovon, demokratik, dunyoga ochiq mamlakatni barpo etishda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz ham beqiyos hissa qo‘shayotganini albatta yuksak qadrlaymiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Prezident hozirda ayollarning ulushi tibbiyotda — 77 foizni, ta’lim sohasida — 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni tashkil etayotganini qayd etdi.
Agar 2017 yilda xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 27 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan — 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan — 37 foizga yetdi. 2 ming nafarga yaqi ayollar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a’zolari hamda mahalliy kengashlar deputatlarining 25 foizi xotin-qizlarni tashkil etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatda xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini aytib o‘tdi.
Shu maqsadda o‘tgan yili 872 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 233 mingdan ko‘proq ayollarga 4 trillion 700 milliard so‘m kredit ajratildi. 252 mingdan ortiq opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitildi.
«Xabaringiz bor, biz xalqimiz, ayniqsa, opa-singillarimizni ko‘pdan buyon qiynab kelgan uy-joy muammosini yechish maqsadida katta dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Agar 2017 yilda mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 8 ming kvartirali 191 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgan bo‘lsa, o‘tgan yili — shunga e’tibor berishingizni so‘rayman — 56 ming kvartirali 1433 ta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda esa yana 90 ming xonadon uchun turar-joylar quriladi», — deya ma’lum qildi davlat rahbari.
O‘tgan yili 14 mingga yaqin ayollarning uy-joy sharoiti yaxshilandi, qariyb 7 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovlari qoplab berildi. «Ayollar daftari»dagi 642 ming nafar xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tgan yili 9 mln nafar ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 3 mln dan ziyodi ambulator, 347 ming nafari esa statsionar sharoitda davolandi.
«Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda, „Onalar — butun bashariyatning tarbiyachilaridir“. Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Biz shu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim dasturni qabul qildik», — dedi davlat rahbari.
Prezident qiyoslash uchun misollar keltirdi. Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu tariqa bugungi kunda oliy ta’lim olayotgan talabalar orasida qizlarning ulushi 50 foizga yetgani tarixda misli ko‘rilmagan natijadir.
Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 mlrd so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 mlrd so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlar oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.
«Oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashhur madaniyat va san’at, sport namoyandalari yetishib chiqadi, deb ishonaman», — deyiladi tabrikda.
«Biz O‘zbekistonda qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening ko‘z o‘ngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dardu tashvishlari turadi. Siz, azizlarimning oila davrasida tinch-omon, sog‘-salomat, farovon va baxtli turmush kechirishingiz, jamiyat hayotida faol ishtirok etishingiz uchun xizmat qilishni men o‘zim uchun nafaqat asosiy vazifa, balki sharafli burch, deb bilaman. Chunki oila tayanchi, jamiyat ustuni bo‘lgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo‘lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo‘ladi», — deya ta’kidladi prezident o‘z nutqida.
Ўзбекистонга январь ойида қанча электромобил импорт қилингани маълум қилинди
Статистика агентлиги маълумотларига кўра, Ўзбекистонга 2023 йилнинг дастлабки ойида 6 давлатдан қиймати 13 млн АҚШ долларига тенг 389 дона электромобиль импорт қилинган.
Электромобиллар импорти ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 266 тага ошган.
Ўзбекистон январда энг кўп электромобил импорт қилинган давлатлар:
— Хитой – 346 та;
— Гонконг – 29 та;
— Германия – 8 та;
— БАА – 3 та.
Gretsiyada yo'lovchi poyezdi va yuk poyezdi to'qnashuvi qurbonlari soni 29 nafarga yetdi. 85 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi, barchasi shifoxonalarga yetkazildi.
Ayrimlarning ahvoli og'ir, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Tibbiy yordamga muhtoj bo'lmagan 270 nafar yo'lovchi fojia joyidan evakuatsiya qilindi. Ular Salonikiga avtobuslarda jo'natildi.
Halokat yarim tunda Larisa shahri yaqinida yuz berdi. Ikkala poyezd ham hozircha noma'lum sababga ko'ra bir yo'l bo'ylab bir-biriga qarab harakatlanayotgan. To'qnashuv shunchalik kuchli bo'ldiki, bir nechta vagonlar yonib, relsdan chiqib ketdi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, odamlar oynalari singan derazalar orqali tashqariga chiqishgan. Temir yo'llardan 100 metr uzoqlikda g'ildiraklar va poyez bo'laklari sochilib ketgan. Voqea joyida o't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.
“O‘zavtoyo‘lbelgi” mansabdorlari korrupsiyada gumonlanmoqda
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK mansabdorlari 2 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti.
Huquq-tartibot idoralari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK faoliyatida noqonuniy holatlarni aniqladi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, DUK mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MChJ bilan jami 9 mlrd 193 mln so‘mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan bo‘lishi mumkin.
Holat yuzasidan korzxona va 5 ta MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda “O‘zavtoyo‘lbelgi” korxonasiga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.
Ai-80 benzini narxi soliq imtiyozidan avvalgi darajaga qaytadi
Ai-80 benzinini import va realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik nol stavka muddati 1 mart kuni tugaydi va shu kundan e’tiboran chakana narx 6800-7000 so‘mga aylanadi.
2022 yil 10 dekabrdan Ai-80 avtobenzini uchun aksiz solig‘i nol stavkada qo‘llanishi va birjada “spred”, ya’ni narxlarning o‘sish darajasi cheklanishi belgilangan edi.
Natijada AYoQShlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning narxi bir litri uchun o‘rtacha 6800–7500 so‘mdan 5700–6000 so‘mgacha, ya’ni o‘rtacha 1100 so‘mga arzonlashgandi.
Bu tartib qishda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari uzoq vaqt yopiq bo‘lgani munosabati bilan joriy qilingandi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr 1 martgacha deb belgilangan. Demak, bahorning ilk kunidan e’tiboran Ai-80 narxi qimmatlaydimi? “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining Kun.uz'ga tasdiqlashicha, 1 martdan aksiz solig‘i hisoblanishi va birjada narxlarning erkin shakllanishi hisobiga Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilyapti.
Rasmiylarga ko‘ra, 1 martdan birjaga chiqariladigan 1 tonna mahalliy Ai-80 benzinining boshlang‘ich narxi 6 mln 863 ming so‘mdan, import avtobenzini esa 8 mln 36 ming so‘mdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar o‘rtacha 8 mln 150 ming so‘m, ya’ni 1 litr uchun 6 100 so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Bunda, narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi AYoQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan bo‘ladi.
Ya’ni narxlar imtiyozli davrdan oldingi 6800-7500 so‘mlik darajaga qaytadi.
Ma’lum qilinishicha, aksiz solig‘i nol stavkada qo‘llanishi va birja savdolarida “spred” joriy etilishi davrida (2022 yil 12 dekabr – 2023 yil 22 fevral) respublika iste’molchilariga 386 ming tonna (o‘rtacha kunlik 5 300 tonna), yoki o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan 188,6 ming tonnaga ko‘p Ai-80 benzini yetkazib berilgan.
Yangi modelning Premium komplektatsiyasi ham taqdim etildi. Unda boshqa komplektatsiyalarda bo‘lmagan opsiyalar – lyuk, orqa o‘rindiqni isitish, klimat kontrol, yarimavtomat to‘xtash va boshqa qulayliklar bor.
Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida Chevrolet Onix avtomobili ommaviy ishlab chiqarilishining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Onix ham Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarilmoqda. Loyihaga 427,6 mln dollar investitsiya kiritilgan.
“Korxonalarning injyenerlik salohiyati va texnik jihozlanishi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgacha mahalliylashtirishga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi”, – deya rasman ma’lum qildi UzAuto Motors.
Tadbirda aytilishicha, Onix uchun O‘zbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detalning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilgan. Bunda 312 mln dollarlik yangi zavodlar qurib ishga tushirilgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, amalga oshirilgan loyihalar O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga yetkazish uchun “barcha sharoitlarni yaratgan”.
Onix dvigatellari UzAuto Motors Powertrain korxonasida ishlab chiqarilmoqda. Avtomobil komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:
1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.
4LT komplektatsiyasi bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish (smart key) va yoqish (start/stop) tizimlari, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.
LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth, Hands-free va 8 dyuym hajmdagi sensor displeyli rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.
Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa opsiyalarga ega.
Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi (Isofix) bilan jihozlangan.
Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESS (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.
Soddalashtirilgan komplektatsiyadan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi bor.
2023yilda Chevrolet Onix Premiumavtomobilidagi qo‘shimcha optsiyalar:
klimat kontrol;
yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
old partroniklar;
ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
orqa o‘rindiq isitish tizimi;
lyuk;
to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar;
salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
o‘ziga xos dizaynli quyma disklar va boshqalar.