Abunnazora Ferganius

HAVOLA (SNOSKA)
1. Havola (snoska) qoʻyishda soʻzga izoh berish kerak boʻlsa ham, soʻz qoʻshimchalar bilan kelgan boʻlsa, qoʻshimchalardan soʻng, yaʼni, soʻz tugagandan soʻng havola qoʻyiladi.

Havola (snoska) – biror bir soʻzga yoki gapga raqam qoʻyib, soʻng sahifa ostida (raqam bilan) izoh berish.

Ikki Umardan1 biri...

2. Havola (snoska) toʻliq gapga tegishli boʻlsa, nuqtadan keyin qoʻyiladi.

Baʼzilar havola (snoska) butun gapga tegishli boʻlsa ham nuqtadan oldin havola (snoska) qoʻyadi. Bu – notoʻgʻri. Chunki bunda havola (snoska) nuqtadan oldingi soʻzga tegishlidek boʻlib qoladi.

Soʻzchi holin boqma, soʻz holina boq.2

3. Soʻzdan keyin havola (snoska) qoʻyish kerak boʻlsa, lekin soʻzdan keyin tinish belgisi kelsa, tinish belgisidan oldin havola (snoska) qoʻyiladi.

Yuqorida aytilganidek, faqat havola (snoska) toʻliq gapga tegishli boʻlsagina nuqtadan soʻng qoʻyiladi. Qolgan barcha hollarda tinish belgisi va soʻzning orasida qoʻyiladi.

Alisher Navoiy, haqiqatda, “gʻazal mulkining sultoni”3, “besh asrkim nazmiy saroyni titratgan zanjirband sher”dir4.

1 Ikki Umar – Falonchi va falonchi deb izoh beriladi.

2 Misrani iqtibos keltirib, soʻng havolada Alisher Navoiy misrasi deb izoh berish mumkin.

3 Oybekning taʼrifi.

4 Abdulla Oripov qiyosi.

Trening
Doʻstlar, “Treningning yaxshisi, foydalisi bormi?” “U qanday boʻladi?” kabi turli savollar kelib tushyapti. Trening mohiyati haqida toʻgʻri tasavvur hosil boʻlishi uchun bir yil davomida shu mavzuda eʼlon qilingan maqolalar va mediakontentni havola qilamiz.

Toʻliq trening maqolalari:

https://t.me/subnazar/438

Trening haqida podkast:

https://t.me/subnazar/628

Treninglar haqida ilk audiosuhbat:

https://t.me/subnazar/431

Trening maqolalari dokument formatida:

https://t.me/subnazar/646

Biznes konsalting nima:

https://t.me/subnazar/659

Biznes trening haqida hujjatli film:

https://t.me/subnazar/663

Doʻpping avlodi:

https://t.me/subnazar/737

https://t.me/subnazar/738

“Qaysi infobiznesmenni eshitsa boʻladi?”

https://t.me/subnazar/767

Infobiznes haqida yana bir hujjatli video:

https://t.me/subnazar/848

Infobiznes haqida Space Academy bilan suhbat:

https://t.me/subnazar/896

Space Academy bilan navbatdagi suhbat, maʼlumotni filtrlash va bilim olish haqida:

https://t.me/subnazar/906

Dars qilish haqida
Bilimli boʻlishning 90%i dars qilishdan.

Eshitib, kitob oʻqib qoʻyishning oʻzi kifoya emas.

Dars qilishga yaxshi odatlanganlarni ishda koʻrdim. Ular amaliy bilimlarni tez oʻzlashtirishadi, ishni puxta qilishadi. Yaxshi mutaxassis doimo dars qilib yuradi. Boshqalardan farqi shunda.

Dars qilish haqida

Dars qilish, biror narsani oʻrganish bu oʻqishimizda, bilim olishimizdagi eng asosiy va eng koʻp vaqt oladigan jarayondir. Balki hayotimizning ham ancha katta qismini oladigan jarayondir dars qilish. Xoʻsh shu dars qilish jarayonini qanday qiziqarliroq, foydaliroq qilib oʻtkazish mumkin. Qanday dars qilish kerak? Keling koʻrib chiqamiz.

Avvaldan aytib qoʻyish kerak bu usullar bir qancha internet orqali va bazi tanishlarim bergan tavsiyalar va shaxsiy tajriba orqali 3tasini jamlab tahlil qilinib “praktika”dan oʻtgan : ). Juda Aʼlochi yoki juda bilimli inson boʻlmasam ham shunday dars qilish orqali oʻzim uchun foydali boʻlib, kichik-kichik yutuqlarga erishdim.

Dars qilishdagi eng birinchi kerak boʻladigan narsa bu ... Yetarlicha uyqu. Uyqu juda muhim boʻlib kun davomida kam uxlashingiz bu nafaqat sogʻliqga balki biror narsa oʻrganishingizga ham keskin taʼsir qiladi. Uyqusiragan, charchagan, bosh ogʻrigan odamga hech narsa kirmaydi. Uyquni joyiga qoʻymasak dars qilishni unutaylik ...

Ikkinchi narsa esa — mos joy topish. Iloji boricha darsni bir yerda emas turli joylarda qilish kerak. Bir yerda oʻtirib, bir yerda dars qilishga oʻrganib qolmang. Bir kun (yoki dars qilishni bir bosqichini) turli joylarda oʻtkazamiz: Uydagi xonamizda, Universitetdagi xonada, kutubxonada, ishxonamizda, Kaffe da, Parkda, aylanadigan joylarda, piyoda sayrda, Metroda. Ha Metroda ham, ishonasiz-mi yoʻqmi man bir kun metroga tushib olib ham dars qilganman. Planshet, Naushnik, Blaknot va kitobni olib. Deyarli barcha stantsiyalarni aylanib bekatlariga oʻtirib dars qilib olardim.

Ingliz tili haqidagi postimda aytganimdek oʻrganish quyidagi bosqichlardan oʻtadi:

- Eshitish, — Oʻqish, — Yozish, — Gapirish.

Bunga + Vocabulary = Termin yodlashni ham kiritamiz. Nafaqat Tilni balki butun dars qilishimiz, oʻrganishimizni shu uslubga solamiz.

Eshitish

Dars qilayotgan Usha mavzuni tanlab You tube dan aynan shu mavzu haqida qilingan podkastlar, videolarni eshitish kerak. You tube da deyarli barcha soha boʻyicha, barcha mavzu boʻyicha videolar bor. Ingliz va Rus tili orqali topishingiz mumkin. Darsni 1chi Podkast eshitish orqali boshlashimiz bizga mavzuni umumiy tushunib olishimizga, tanishib chiqishimizga imkoniyat beradi.

Oʻqish.

Podkastni eshitib boʻlib endi Kitobni oʻqishni boshlaymiz. Berilgan mavzudan avval savollari berib chiqamiz. Koʻpincha mavzuni oxirida oʻzi savol bergan boʻladi. Boʻlmasa oʻzimiz beramiz.

Masalan: Inflatsiya nima? Qanday qilib Inflatsiya vujudga keladi? Inflatsiyaga mashhur misollar? Inflatsiyani oldini olish yoʻllari ? Shunga oʻxshash qilib savollarni toʻplab kitobdan qidirib koʻramiz. Eng asosiy qismlarga eʼtibor qaratamiz. Soʻzma soʻz emas Mavzuni negizini ochib bergan qismlarini gina oʻqiymiz. Avval Podkast eshitganingiz sabab mavzuni asosiy qismini topishga qiynalmay siz.

Yozish.

Oʻqib boʻlgach endi eng asosiy “Kalit” soʻzlarni Blaknotimizga koʻchirib olamiz. Konspekt qilishingiz yoki umuman fikringizni yozishingiz shart emas. Faqat Kalit soʻzlarni yozamiz. Mavzudagi eng esda qolishi kerak boʻlgan qismlarni yozamiz.

Masalan: 1453 — Istanbul, Usmoniylar vs Vizantiya, Yangi davr.

Rönesans, Kitob Bosma uskunasi, Italiya, Leonardo Da Vinci, Cherkov...

AQSh, GDP, Silikon Vodiysi, Crisis, Inflatsiya, Venasuela, Saylov, Qulchilik ....

Shu tartibda oʻzimiz uchun shifralar yozib chiqamiz. Maxsus Kod soʻzlar.

Iloji boricha soʻzlarni turli ranglarda ham yozing. Qizil, Yashil ruchka ishlating. Flomaster ishlating.

Gapirish

Blaknotimizga yozib olgan shifralarimiz orqali gapirish uchun “shpargalka” tayyorlab olganmiz. Shu orqali mavzuni tushunganingiz, esimizda qolganini gapirib beramiz. Prizintatsiya qilish mumkin. Power Pointda buni tayyorlash juda oson. Bu orqali shu mavzu boʻyicha erkin dars oʻtib bersangiz ham boʻladi. Yoki Diktafonga gapirib keyin xatolarimizni eshitishimiz mumkin. Gapirishda oʻzingizga qanday uslub qulay boʻlsa shunday gapiring. Signal soʻzlar ishlating, shifrlangan soʻzlar ishlating. Kerak boʻlsa Ruscha Inglizcha aralashtirib gapiring agar qulay boʻlsa. Muhimi gapiring !. Ustozlarni faqat Adabiy tilda gapirtirishi bu toʻgʻri deb bilmayman. Asosiy masala bu mavzuni tushunish. Bilim olish. Notiqlik emas.

Vocabulary

Va oxirida Terminlar bilan ishlaymiz. Qaysi sohaligiga qarab, qaysi mavzuga qarab ishlatilgan Terminlarni huddi yangi soʻz yodlagan kabi yodlab olamiz. Soʻz yodlash boʻyicha esa alohida post qilgandim.

Elektron kitoblar:
📚 “Iltijo” (https://t.me/e_kutubxona/1086)

📚 “Koʻnglimda bir yor” (https://t.me/e_kutubxona/1087)

📚 “Tanish teraklar” (https://t.me/e_kutubxona/1088)

📚 “Uyqudagi qiz” (https://t.me/e_kutubxona/1089)

📚 “Xalq boʻl elim” (https://t.me/e_kutubxona/1090)

📚 “Saylanma” (https://t.me/e_kutubxona/2137)

📚 “Bulbulga bir gapim bor” (https://t.me/e_kutubxona/2138)

📚 “Erka kiyik” (https://t.me/e_kutubxona/2139)

📚 “Halima enam allalari” (https://t.me/e_kutubxona/2140)

📚 “Yolgʻonchi yor” (https://t.me/e_kutubxona/2141)

Sheʼrlar:

✍️ Vatanim (https://t.me/e_kutubxona/2143)

✍️ Iqror (https://t.me/e_kutubxona/3440)

✍️ Nima qilay (https://t.me/e_kutubxona/3657)

✍️ Topvoldi (https://t.me/e_kutubxona/3812)

✍️ Doʻppi (https://t.me/e_kutubxona/3860)

✍️ Laganbardorlar (https://t.me/e_kutubxona/3922)

✍️ Matematika darsi (https://t.me/e_kutubxona/3989)

✍️ Bibi (https://t.me/e_kutubxona/4009)

✍️ Choʻchqachalar (https://t.me/e_kutubxona/4114)

✍️ Onajon (https://t.me/e_kutubxona/4167)

✍️ Hayot bu (https://t.me/e_kutubxona/4175)

✍️ Yaxshi (https://t.me/e_kutubxona/4227)

✍️ Dunyo (https://t.me/e_kutubxona/4423)

✍️ Umr oʻtkazdik (https://t.me/e_kutubxona/4829)

✍️ Muddao (https://t.me/e_kutubxona/4999)

✍️ Ona tilim (https://t.me/e_kutubxona/5373)

Ramazonʼga oid kitoblar mundarijasi:
📓 Ramazon hikmatlari (https://t.me/e_kutubxona/2624)

📓 Imom Gʻazzoliy. Ihyou ulumid-din. Roʻza sirlari kitobi (https://t.me/e_kutubxona/4176) (PDF)

📓 Imom Gʻazzoliy. Ihyou ulumid-din. Roʻza sirlari kitobi (https://t.me/e_kutubxona/4177) (APK)

📓 Roʻza kitobi (https://t.me/e_kutubxona/3378) (PDF)

📓 Roʻza kitobi (https://t.me/e_kutubxona/3379) (APK)

📓 Roʻza oyida taomlanish (https://t.me/e_kutubxona/2625) (APK)

📓 Imom Buxoriy, Imom Muslim. Roʻza kitobi (https://t.me/e_kutubxona/2627) (APK)

📓 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ramazon va Roʻza (https://t.me/e_kutubxona/2626) (APK)

📓 Mahmud Asʼad Joʻshon. Ramazon va taqvo (https://t.me/e_kutubxona/4168) (PDF)

📓 Mahmud Asʼad Joʻshon. Ramazon va taqvo (https://t.me/e_kutubxona/4169) (APK)

📓 Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar (https://t.me/e_kutubxona/2623) (PDF)

💿 Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Moʻminning qalqoni. Mufassal roʻza kitobi (https://t.me/kitob_eshitamiz/537) (Audio)

BU QIMMATLI SIRNI SIZGA HECH QACHON AYTISHMAGAN.
2500 soʻmni choʻntagingizga solib aptekaga kiring va Faollashtirilgan koʻmir (ugol) sotib oling. Bu dori vositasidan toʻgʻri foydalanish nafaqat 25 mln balki bundan xam koʻp miqdordagi pulingizni tejaydi.

Faollashtirilgan koʻmir organizmda quyidagi 9 asosiy ishni bajaradi:

1. Jigarni toksinlar va boshqa zararli kimyoviy birikmalardan tozalaydi. Jigar markaziy tozalovchi aʼzo xisoblanadi. Bir kunda 10 g ugol isteʼmol qilish jigarga boradigan zararli moddalar miqdorini 5-marta kamaytiradi.

2. Buyraklar salomatligini saqlaydi. Ugol organizmni karbamid va boshqa siydik toksinlaridan tozalaydi.

3. Tishlarni sadafdek oqartiradi: Tish chotkasiga aktivlashtirilgan koʻmirni maydalab sepib, haftasiga 2-3-marta tishlar yuvilsa, kifoya qiladi. Aktivlashtirilgan koʻmir tish emalini tozalaydi, tishlar sirtida paydo boʻlayotgan keraksiz kir qatlamini mikroskopik zarralardan tozalab, asl-musaffo holiga keltiradi.

4. Ogʻizdan yoqimsiz hid kelishida: Ogʻizdan keladigan noxush hiddan forigʻ bolishda aktivlashtirilgan koʻmir qoʻl keladi. Bu nafaqat noxush hidni yoʻqotuvchi vosita, balki ogʻiz boʻshligʻidagi kislota-ishqor muvozanatini meyoriga keltiruvchi tabiiy vositadir, bu esa tish va milklarni har xil kasalliklar va bakteriyalardan himoyalaydi.

5. Erta qarishni oldini olish:

Aktivlashtirilgan koʻmir insonni yoshartiradi, teri va sochlarga chiroy beradi. Aktivlashtirilgan koʻmir tabletkalarini muntazam isteʼmol qilish nosogʻlom hujayralarni oʻldirib, tananing erta qarishiga sabab boluvchi zararli toksin va shlaklarni organizmdan chiqarib yuborishi ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan.

6. Terini tozalaydi:

Faollashgan koʻmir terini parvarish qilish mahsulotlarining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning afzalliklari adsorbsion va gʻovakli tuzilishi bilan izohlanadi.

7. Xolesterinni pasaytiradi.

Tadqiqotlarga koʻra, bir oy davomida kuniga 3-marta 8 g faollashtirilgan koʻmirni qabul qilishda “yomon” xolesterin darajasi 41% ga kamaydi va “yaxshi” xolesterin — 8% ga koʻtarildi.

8. Meteorizm va shishishga qarshi vosita ovqatdan oldin qabul qilinganda, ichakda gazlar hajmi sezilarli darajada kamayadi.

9. Ovqatdan zaharlanishni tez davolash uchun tavsiya etiladi, chunki u tezda toksinlarni zararsizlantiradi.

MIRTEMIR
Koʻzingni oʻynatma, kulma, qarama,

Nozli nigohlaring kerakmas sening.

Bogʻlab olarman, deb endi oʻylama…

Tortgan u “oh”laring chin emas sening.

Koʻp kunlar sudrading tusmol yoʻllarda,

Men-da tilsizlarcha ergashdim-ketdim.

Adashgan ekanman, bilsam, choʻllarda,

Mana endilikda tushunib yetdim…

Tushundim: u totli xayollar — xayol,

Aldanmas bu yurak shirin soʻzingta.

Yoʻqol, ey aldamchi, yondashma, yoʻqol,

Termulish yoʻq endi orsiz yuzingga!

HAQIQAT
Ispan tarixchisi Fransisko Falasposon Andalusdagi Islom davri haqida gapirib shunday deydi:

“Agar cherkovlarimizdagi gipslarni koʻchirsak, uning ostida kufiy zarhal xat bilan yozilgan Allohning ismlari chiqadi. Agar Yevropacha basharamizni tirnoqlarimiz bilan tirnasak, uning ostidan arab millatining rangi chiqadi. Bizning gʻarbga oid millatchiligimiz haqiqat emas, arazdir. Sharqqa oid millatchiligimiz esa abadiy haqiqatimizdir”

Fikr
Ana shunaqa qilib biz isteʼdodlarni halok qilamiz. Zakiylik va moʻjizalar yaratish faqatgina maktab oʻquv dasturlarida cheklangan emas. Shaxslarni munosib oʻrniga qoʻyish bilan biz moʻjizalar yaratishimiz mumkin.

Sinfimizda ikkichilar bor edi. Muallimlar doimo ularga “senlar odam boʻlmaysan” dan nariga oʻtishmas edi. Ular darslarda ikkichi boʻlishsada mototsiklning motorini titib tashlab boshqatdan tera olar edi. Holbuki, aʼlochilar bu ishni qila olmas edi. Oʻsha ikkichilar “odam boʻlmaysan”ni eshitaverib oxiri buzuq yoʻllarga kirib juvonmarg boʻlib ketdi.

Yoshlarning ruhini sindirib qoʻymaylik. Ulardagi isteʼdodni aniqlab oʻsha tomon yoʻnaltiraylik. Ana shunda haqiqiy moʻjizani koʻramiz inshaalloh!

Oʻqituvchining maoshi kolleksiyani bezashga arzirlik tangadir.

Qoloq oʻquvchi
Taʼlim mudirligidan bir maktabga tekshiruvchi yubormoqchi boʻlishibdi. Tekshiruvchi yoʻlga chiqib yoʻlning yarmiga kelganida mashinasi buzilib qolibdi. U mashina tuzatishni bilmas ekan. Mashinaning kapotini ochib motorga termulib, qoʻlidan bir ish kelmay oʻtiraveribdi. Shu payt uning oldidan bir bolakay oʻtib qolibdi. Bolakay tekshiruvchiga: “Maylimi sizga yordam bersam?”, debdi. Tekshiruvchi: “Tuzatish qoʻlingdan kelsa mayli”, debdi. Bolakay: “Otam mexanik, men u kishiga yordam berib turaman”, debdi.

Bolakay motorga qarab turib tekshiruvchidan asboblar va kalitlar turadigan qutini olib kelishini soʻrabdi. Tekshiruvchi qutini olib kelib bolakayning oldiga qoʻyibdi. Bir necha daqiqa urinishdan soʻng bolakay teshiruvchidan mashinani oʻt oldirishni soʻrabdi. Tekshiruvchi hayron boʻlib mashinani oʻt oldiribdi. Mashinaning motori soatdek aniq ishlay boshlabdi. Tekshiruvchi bolakayga rahmat aytib, undan nega bu vaqtda maktabga bormasdan bu yerlarda yurganini soʻrabdi. Bolakay shunday debdi:

“Men sinfimizda eng qoloq oʻquvchiman. Bizning maktabimizga bugun tekshiruvchi kelar ekan. Shuning uchun oʻqituvchimiz bugun maktabga kelmasligimni tayinlagan edilar. Aks holda maktabni sharmanda qilar ekanman!”.