@axborot_xizmati

Chet davlatlarda harbiy harakatlarda ishtirok etish javobgalikka olib keladi!
Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli chet el qurolli tuzilmalari yoki harbiy harakatlarga jalb qilish holatlari uchrab turibdi. Ayrim shaxslar moddiy manfaat, aldov yoki g‘oyaviy ta’sir sababli bunday harakatlarga qo‘shilishga urinishi mumkin. Biroq bu nafaqat inson hayoti uchun xavfli, balki qonun oldida javobgarlikka ham sabab bo‘ladi.

Nega bunday harakatlarda ishtirok etmaslik kerak?
1. Hayot va sog‘liq uchun katta xavf
Harbiy mojarolarda ishtirok etish inson hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Urush hududlarida yaralanish, nogiron bo‘lib qolish yoki halok bo‘lish xavfi juda yuqori.

2. Qonuniy javobgarlik
Ko‘plab davlatlarda, jumladan O‘zbekiston qonunchiligida ham chet davlatlar hududida noqonuniy qurolli tuzilmalar yoki harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

3. Oila va yaqinlarga salbiy ta’sir
Bunday qaror insonning oilasi, farzandlari va yaqinlariga og‘ir ruhiy va ijtimoiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Oila a’zolari doimiy xavotir va qiyinchilikda yashashiga to‘g‘ri keladi.

4. Aldov va soxta va’dalar
Internetda “oson pul”, “himoya xizmati”, “maxsus vazifa” kabi takliflar ortida xavfli va noqonuniy faoliyat yotishi mumkin. Ko‘p holatlarda odamlar aldov qurboniga aylanadi.

Nimalarga e’tibor berish kerak?
Noma’lum guruhlar takliflariga ishonmaslik;

Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali chaqiriqlardan uzoq turish;

Chet elda ish yoki xizmat taklifini rasmiy manbalar orqali tekshirish;

Qonun talablariga amal qilish.

Xulosa
Tinchlik — eng katta boylik. Inson o‘z hayoti, oilasi va kelajagini xavf ostiga qo‘ymasligi kerak. Chet davlatlardagi harbiy harakatlarda ishtirok etish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har qanday shubhali chaqiriq va takliflarga nisbatan hushor bo‘lish muhim.

Kogon tuman IIB huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi boshlig‘i A.Adizov

Bir soniyalik e’tiborsizlik fojiasi.
Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik har doim ayanchli yakun topadi. Kogon tumanida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi ham bir insonning bevaqt o‘limi va yana bir oila boshlig‘ining sudlanishi bilan tugadi.

2024-yil 24 oktabr kuni soat 15:50 larda haydovchi Boltayev Bobir Teshayevich (ism sharifi o‘zgartirilgan) “Isuzu” rusumli yuk mashinasida harakatlanib borayotib, tezlik va ehtiyotkorlik choralarini buzadi. Natijada, yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan 75 yoshli Temirov Temir Nurovichni (ism sharifi o‘zgartirilgan) urib yuboradi. Jabrlanuvchi olingan og‘ir jarohatlar tufayli voqea joyida vafot etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi mazkur ishni ko‘rib chiqdi. Sud hukm chiqarishda haydovchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan qattiq pushaymon bo‘lganligini, marhumning oilasiga yetkazilgan barcha moddiy va ma’naviy zararlar to‘liq qoplab berilganligini, jabrlanuvchining qonuniy vakili haydovchiga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini inobatga olib, sud

Boltayev Bobir Teshayevich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, unga shu modda bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 45,57-moddalarini qo‘llab, 1 (bir) yil muddatga muayan huquqdan, ya’ni barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda, 3 (uch) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Xulosa qilib aytganda, yo‘ldagi har bir soniya hushorlikni talab qiladi. Birgina xato tufayli bitta umr barvaqt yakunlandi, yana bir inson esa mahkumga aylandi. Yo‘llarda o‘zingiz va o‘zgalar hayotiga befarq bo‘lmang!

N.U.Sharopov
Buxoro viloyat sudining sudyasi

Q.I.Xolov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudining raisi

Bir mushtning bahosi!
Tungi shahar. Ko‘ngilochar maskan. Odamlar dam olish ilinjida. Ammo bir lahzalik jahl, bir musht va bir noo‘rin harakat nafaqat bir insonning salomatligiga, balki boshqa bir insonning taqdiriga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudida ko‘rilgan ish ana shunday voqealardan biri bo‘ldi. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, Buxoro shahridagi tungi klub oldida yuz bergan janjal vaqtida fuqaro Olimov Olim Toxirovich (ism sharifi o‘zgartirilgan) Aminova Amina Negmatovna (ism sharifi o‘zgartirilgan)ning yuz qismiga musht tushirgan. Natijada jabrlanuvchi A.Aminovaga o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilgan.

Eng achinarlisi, bu voqea shaxsiy kelishmovchilik doirasidan chiqib, jamoat joyida, boshqa fuqarolarning ko‘z o‘ngida sodir etilganidir. Chunki bezorilikning xavfi ham aynan shunda — u nafaqat bir shaxsga qarshi qaratilgan harakat, balki jamiyatga, jamoat tartibiga nisbatan hurmatsizlikning ochiq ko‘rinishidir.

Sud muhokamasida sudlanuvchi aybini tan oldi, qilmishidan pushaymonligini bildirdi hamda jabrlanuvchining davolanish xarajatlarini qopladi. Jabrlanuvchi tomon ham da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi. Biroq, Qonun oldida javobgarlik baribir muqarrar. Zero, yetkazilgan zarar qoplangani jinoyatning o‘zi sodir etilmagan degani emas.

Sud tomonidan jinoyat ishining barcha holatlari atroflicha o‘rganilib, aybdor Olimov Olim Toxirovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Bu voqea barchamiz uchun muhim xulosa chiqarishga undaydi. Ba’zan inson bir necha soniyalik ehtiros yoki jahl ta’sirida shunday xatoga yo‘l qo‘yadiki, uning oqibatlari yillar davomida sezilib turadi. Bir musht bir insonga jarohat yetkazsa, ikkinchi insonni sudlanuvchilar o‘rindig‘iga olib kelishi mumkin.

Shu bois jamiyatda qonun ustuvorligi, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini qaror toptirish har birimizning vazifamizdir. Zero, tinchlik va osoyishtalik avvalo har bir fuqaroning o‘z xatti-harakatiga mas’uliyat bilan yondashishidan boshlanadi.

N.U.Sharopov
Buxoro viloyat sudining sudyasi

Q.I.Xolov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudining raisi

Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqovning tuman aholisiga giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha murojaati.
Hurmatli tumanimiz aholisi!

Bugungi kunda asr vabosi bo‘lgan narkomaniya va ongni o‘zgartiruvchi vositalarning noqonuniy tarqalishi insoniyat genofondi, xonadonlar osoyishtaligi hamda jamiyat barqarorligiga jiddiy xavf solayotgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ushbu mudhish illat, ayniqsa, ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlarning hayotini izdan chiqarib, ularning mukammal ta’lim olishi, halol mehnat qilishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga katta to‘sqinlik qilmoqda.

Yurtimizda har bir fuqaroning salomatligini asrash, yosh avlodni yot illatlardan himoya qilish hamda narkojinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy kurash olib borish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu bois tumanimiz hududida ham giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aziz tumandoshlar!

Giyohvandlikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bu qabih illatni bartaraf etishda ota-onalar, ustoz va murabbiylar, mahalla faollari, ziyolilar hamda keng jamoatchilikning hamjihatligi nihoyatda muhimdir.

Har birimiz farzandlarimiz tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishimiz, sport, ilm-fan, kitobxonlik va zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirishimiz zarur.

Shu munosabat bilan sizlarni:

— giyohvand moddalarning har qanday ko‘rinishdagi savdosi va iste’moliga nisbatan mutlaqo murosasiz bo‘lishga;

— yoshlarni sport, sifatli ta’lim, kitobxonlik va tadbirkorlikka keng jalb etishga;

— oilaviy qadriyatlarni asrash hamda mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga chorlayman.

Shuningdek, atrofingizda kuzatilayotgan shubhali holatlar, taqiqlangan moddalar savdosi yoki iste’moli haqida tegishli tashkilotlarga zudlik bilan xabar berishingizni so‘rayman.

Unutmang, jismonan va ma’nan sog‘lom avlod — davlatimiz tayanchi, millatimiz faxri va yurtimiz kelajagidir. Farzandlarimizning xavfsiz va baxtli kelajagini ta’minlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Keling, tumanimiz tinchligi va yoshlarimiz kelajagi yo‘lida giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik!

Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqovning Qurbon hayiti munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi!
Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!

Avvalo, Siz azizlarni va tumanimizning barcha aholisini muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman.

Qurbon hayiti — xalqimizning azaliy qadriyatlari, mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan ulug‘ va qutlug‘ bayramdir. Ushbu muborak kunlarda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va dasturxonlarimiz to‘kinligi uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.

Bugungi fayzli damlarda muqaddas Haj ibodatini ado etayotgan yurtdoshlarimiz ham Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida ezgu duolar qilmoqdalar. Ishonamizki, ular ushbu muborak safardan yurtimizga yanada ulug‘ maqsadlar, pok niyatlar va ezgu fazilatlar bilan qaytadilar.

Aziz yurtdoshlar!

Qurbon hayiti kunlari mehr-muruvvat ko‘rsatish, keksalar holidan xabar olish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, qarindosh-urug‘ va yaqinlar bilan diydorlashish kabi ezgu amallar bilan yanada fayzli bo‘ladi. Shu bois barchamizni ushbu muborak ayyomni insoniylik, saxovat va hamjihatlik ruhida o‘tkazishga chorlayman.

Fursatdan foydalanib, tumanimizning barcha aholisiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka, yurtimizga esa doimiy tinchlik va taraqqiyot tilayman.

Muborak Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va elimiz birdamligi yanada mustahkam bo‘lsin!

KOGON TUMANI HOKIMI OTABEK QAZOQOVNING BAYRAM TABRIGI!
Qadrli tumandoshlar! Aziz kogonliklar!

Avvalo, Siz, azizlarni yurtimiz hayotida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — 9-may “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 81 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bu muqaddas ayyom barchamizni o‘tganlarni xotirlash, bugungi tinch va osuda hayotning qadriga yetish, xalqimizning matonati va jasoratini yana bir bor yuksak ehtirom bilan yod etishga chorlaydi. Ayniqsa, fashizm balosiga qarshi kurashib, insoniyatning yorug‘ kelajagi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan mard va jasur ota-bobolarimizning buyuk jasorati hech qachon unutilmaydi. Ularning Vatan, xalq va kelajak avlod oldidagi fidokorona xizmatlari bugungi avlod uchun chinakam jasorat va vatanparvarlik maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, front ortida fidokorona mehnat qilib, urushning og‘ir sinovli yillarida mashaqqat va qiyinchiliklarga bardosh bergan mehnat faxriylarining xizmatlari ham har qanday tahsinga munosibdir. Bugungi tinch-osoyishta va farovon hayotimizda ularning munosib hissasi borligini chuqur anglaymiz va faxr bilan e’tirof etamiz.

Bugungi dorilomon kunlarimizni asrash, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yorqin xotirasini chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz. Ularning jasorati, Vatanga sadoqati va fidoyiligi har birimiz uchun ibrat maktabidir.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Kogon tumanida ham ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira marosimlari, uch avlod uchrashuvlari, madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, urush va mehnat faxriylari, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalari holidan xabar olinib, ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. Bu kabi ezgu ishlarda xalqimizga xos mehr-oqibat, inson qadri va xotiraga bo‘lgan yuksak hurmat o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.

Muhtaram tumandoshlar!

Barchamiz uchun eng ulug‘ ne’mat bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni asrash, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida birlashib yashash har birimizning muqaddas burchimizdir. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti tinch va farovon bo‘lsin.

Sizlarni, aziz va mo‘tabar faxriylarimizni yana bir bor ushbu muborak ayyom bilan samimiy qutlayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

KOGON TUMANI HOKIMI OTABEK QAZOQOVNING BAYRAM TABRIGI!
Qadrli tumandoshlar! Aziz kogonliklar!

Avvalo, Siz, azizlarni yurtimiz hayotida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — 9-may “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 81 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bu muqaddas ayyom barchamizni o‘tganlarni xotirlash, bugungi tinch va osuda hayotning qadriga yetish, xalqimizning matonati va jasoratini yana bir bor yuksak ehtirom bilan yod etishga chorlaydi. Ayniqsa, fashizm balosiga qarshi kurashib, insoniyatning yorug‘ kelajagi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan mard va jasur ota-bobolarimizning buyuk jasorati hech qachon unutilmaydi. Ularning Vatan, xalq va kelajak avlod oldidagi fidokorona xizmatlari bugungi avlod uchun chinakam jasorat va vatanparvarlik maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, front ortida fidokorona mehnat qilib, urushning og‘ir sinovli yillarida mashaqqat va qiyinchiliklarga bardosh bergan mehnat faxriylarining xizmatlari ham har qanday tahsinga munosibdir. Bugungi tinch-osoyishta va farovon hayotimizda ularning munosib hissasi borligini chuqur anglaymiz va faxr bilan e’tirof etamiz.

Bugungi dorilomon kunlarimizni asrash, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yorqin xotirasini chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz. Ularning jasorati, Vatanga sadoqati va fidoyiligi har birimiz uchun ibrat maktabidir.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Kogon tumanida ham ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira marosimlari, uch avlod uchrashuvlari, madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, urush va mehnat faxriylari, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalari holidan xabar olinib, ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. Bu kabi ezgu ishlarda xalqimizga xos mehr-oqibat, inson qadri va xotiraga bo‘lgan yuksak hurmat o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.

Muhtaram tumandoshlar!

Barchamiz uchun eng ulug‘ ne’mat bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni asrash, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida birlashib yashash har birimizning muqaddas burchimizdir. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti tinch va farovon bo‘lsin.

Sizlarni, aziz va mo‘tabar faxriylarimizni yana bir bor ushbu muborak ayyom bilan samimiy qutlayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

MAMLAKATIMIZ OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING, AYNIQSA KARTOSHKA VA BOSHQA ZARUR MAHSULOTLARNI EKISHNI QISQA MUDDATDA YAKUNLAB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING!
O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining barcha mirishkor fermerlarga, bobo dehqonlarga hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli korxonalarga

MUROJAATI

Hurmatli fermerlar, dehqonlar va qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilari!

Siz aziz dehqonlarning yaratuvchanlikka asoslangan mehnatingiz asrlar davomida xalqimizning farovon turmushi, to‘kin dasturxonining asosiy sababi sifatida yuksak e’tirof etilgan va qadrlangan.

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash – nafaqat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, balki iqlim o‘zgarishlari ta’sirini yumshatish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.

Davlatimiz rahbari Navro‘z umumxalq bayrami tadbirida mirishkor dehqon va fermerlarimizga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, ularning xalqimiz dasturxonini to‘kin va farovon qilishdek sharafli mehnatini e’tirof etdi, bu borada davlat va jamiyat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ta’kidladi.

Ushbu qo‘llab-quvvatlashdan ruhlanib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash – har birimizdan mas’uliyat va faollikni talab qilayotgan eng dolzarb vazifalardan ekanligini his qilib, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini qisqa muddatlarda ekishni tashkil etib, ichki ehtiyojni to‘liq qondirish orqali bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Har bir qarich yer – imkoniyat. Undan oqilona foydalanish esa nafaqat shaxsiy manfaat, balki yurtimiz farovonligiga qo‘shilgan hissadir shiori bilan bir qarich yerimizga ham mahsulot ekishni tashkil etaylik.

Keling, birgalikda harakat qilib, xalqimiz dasturxonini to‘kin, yurtimizni yanada farovon qilaylik!

Bugun fermerlarimizning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi ishlari e’tirof etilishi shu muqaddas zaminada tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi Siz aziz fermerlarni o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishga undashiga ishonamiz.

Himmati baland dehqon va fermerlar!

Mamlakatimiz aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarda narx-navoning oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish strategik ahamiyatga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, dehqon va fermerlarimiz uchun yaxshi daromad topish manbai hisoblanadi. Ayniqsa, kartoshka yetishtirish nafaqat kundalik iste’mol mahsuloti, balki aholi iste’molida eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir.

Shu bois, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash, importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini unutmaylik.

Keling, yurtimiz taraqqiyoti uchun birgalikda harakat qilaylik! “Dolzarb bir oylik”da dala chetlaridan oqilona va samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xususan, kartoshka hamda sabzavot va poliz ekinlarini ekishni yakunlang.

Bundan tashqari, bog‘ va qator oralardan unumli foydalanib, qo‘shimcha ravishda sabzavot ekinlarini ekib, hosildorlikni oshirish va mahsulot turlarini ko‘paytirishga hamda shu orqali xalqimizning dasturxonini to‘kin, yurtimizni farovon qilishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Mirishkor va fidoyi fermerlar!

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, jumladan, sabzavot, kartoshka, poliz va boshqa ekinlardan yuqori hosil olish uchun mart-aprel oylarida, ya’ni “dolzarb bir oylik”da biz fermerlar tomonidan sabzavot urug‘larini o‘z vaqtida yerga qadab, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligini hamda erta ekib qo‘shimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring:

birinchidan – har bir fermer xo‘jaligi tomonidan “dolzarb bir oylik” davomida ekinlarni joylashtirish ro‘yxatiga muvofiq ochiq maydonlarda kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini ekishni yakunlang;

ikkinchidan – 10 kunlik muddatda dala chetlariga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli yoki makkajo‘xori urug‘i va ko‘chatlarini ekishni tashkil eting;

uchinchidan – ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytiring, sifatli va sertifikatlangan urug‘dan eking;

to‘rtinchidan – tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug‘urta polisi asosida ajratiladigan kreditlardan foydalanib, kartoshkani o‘z vaqtida ekib, qo‘shimcha daromad oling;

beshinchidan – kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlar yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etib, qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalaning;

oltinchidan – kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlarga kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralarini ko‘ring, mineral va organik o‘g‘itlardan belgilangan me’yor asosida foydalanib, yuqori hosil olishga va qo‘shimcha daromad olishga erishing.

Hurmatli fermer va dehqonlar!

Shu munosabat bilan barchangizni “dolzarb bir oylik” doirasida mavjud yer maydonlaridan, jumladan, dala chetlari, bog‘ va qator oralardan samarali foydalanib, kartoshka va boshqa oziq-ovqat ekinlarini ekish ishlarini qisqa muddatda yakunlashga chaqiramiz.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishni shunday ko‘tarinkilik bilan tashkil qilaylikki, toki har bir “O‘zbekistonlikman” degan inson o‘zini dehqondek his etsin.

Bobodehqon yelkasidagi yukni ko‘tarishga kamarbasta, farovonlik yo‘lida el-yurtga xizmat qilish kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon qilib, dehqonlarning zafarlaridan faxrlanish hissi yuragingizda jo‘sh ursin!

Barchangizni shunday ezgu amallarni bajarishda faol ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda “Dolzarb bir oylik” mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘z muddatlarida ekishga hamda yuqori hosil olishga da’vat etamiz!

O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolari

KOGON TUMANI HOKIMI OTABEK QAZOQOVNING NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TUMANIMIZ AHLIGA YO‘LLAGAN TABRIGI!
Assalomu alaykum, aziz va muhtaram yurtdoshlar! Qadrli Kogonliklar!

Tabiat yana bir bor uyg‘onib, borliq yangi hayot nafasi bilan to‘lib borayotgan shu fayzli kunlarda yurtimizga eng go‘zal, eng qadimiy va eng ardoqli ayyomlardan biri — Navro‘z kirib kelmoqda.

Bu ulug‘ bayram nafaqat fasllar almashinuvi, balki qalblar yangilanishi, umidlar kurtak yozishi, mehr-oqibat va ezgulikning tantanasidir.

Shu muborak ayyom munosabati bilan Siz azizlarni, Sizlarning timsolingizda butun Kogon tumanimiz ahlini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Hurmatli do‘stlar!

Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida Navro‘z umumxalq bayrami sifatida yanada keng quloch yozib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy ma’naviy merosimizning yorqin ifodasiga aylanib bormoqda. Bu bayram bizni yanada jipslashishga, birdamlik va hamjihatlikda yashashga undaydi.

Ayniqsa, “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya ostida o‘tayotgan bugungi tantanalar har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.

Bugun Kogonimizning har bir mahallasi, har bir ko‘chasi, har bir xonadoni bayramona kayfiyatga burkangan. Sayil va tantanalar, milliy o‘yinlar va qadimiy an’analarimiz yana bir bor o‘zining betakror jozibasini namoyon etmoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

Navro‘z — bu tabiatga mehr, yerga ehtirom, mehnatga hurmat demakdir. Bu bayram bizni ona zaminni asrab-avaylashga, uni yanada obod qilishga chorlaydi.

Bugungi kunda tumanimizda ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. “Yashil makon” tashabbusi doirasida ekilayotgan har bir nihol — kelajak avlodlar uchun bunyod etilayotgan yashil merosdir.

Dalalarimizda esa fidoyi dehqon va fermerlarimiz yangi mavsumni katta ishonch bilan boshlab yubordilar. Ularning zahmatli mehnati — dasturxonlarimiz to‘kinligi, hayotimiz farovonligining mustahkam poydevoridir.

Shu fursatdan foydalanib, barcha zahmatkash dehqonlarimizga, fermerlarimizga va tomorqachilarimizga chuqur minnatdorlik bildirib, ularga mo‘l hosil, baraka va omad tilayman.

Aziz vatandoshlar!

Bugun yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va taraqqiyot yo‘lidagi qat’iy qadamlar har birimizni ilhomlantiradi. Biz birgalikda yangi, obod va farovon jamiyat barpo etish yo‘lida dadil odimlamoqdamiz.

Navro‘z ruhi esa barchamizni ana shu ulug‘ maqsadlar sari birlashtirib, qalblarimizga yangi kuch va ishonch bag‘ishlaydi.

Muhtaram nuroniylarimiz, aziz opa-singillarimiz, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarimiz!

Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga fayzu baraka, qalblaringizga quvonch va xotirjamlik yor bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin!

Navro‘z barchamizga sog‘lik, baxt va ulkan zafarlar olib kelsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqovning Ramazon Hayiti munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi!
Assalomu alaykum, muhtaram tumandoshlar, aziz kogonliklar!

Muqaddas Ramazon oyining yakuni sifatida yurtimizga kirib kelgan ulug‘ va muborak ayyom — Ramazon Hayiti bilan Sizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bu qutlug‘ bayramning bahor nafasi bilan uyg‘unlashib, Navro‘z ayyomi bilan mushtarak tarzda nishonlanayotgani qalblarimizni yanada poklab, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlamoqda.

Ramazon Hayiti asrlar davomida xalqimizning ezgu qadriyatlari, iymon-e’tiqodi va ma’naviy poklanish timsoli sifatida yuksak e’zozlab kelinayotgan buyuk ayyomdir. Bir oy davomida sabr-toqat bilan ado etilgan ro‘zalar, qilgan ezgu amallar va dilimizdagi pok niyatlar bugun o‘zining munosib mukofotini topayotgan ayni saodatli damlardir.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va ezgu tashabbuslar Ramazon Hayitining insonparvarlik, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi ulug‘ fazilatlari bilan hamohangdir.

Shu kunlarda zahmatkash dehqon va fermerlarimiz yangi mehnat mavsumini katta ishonch va umidlar bilan boshlamoqdalar. Ularning mashaqqatli mehnati barakali bo‘lib, yurtimiz dasturxoni to‘kin, rizqimiz mo‘l bo‘lishiga xizmat qilsin.

Muqaddas oy davomida qilingan barcha duolar ijobat bo‘lishini, bemorlarimizga shifo, muhtojlarga madad, har bir xonadonga fayz-u baraka kirib kelishini tilayman. Mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lsin.

Aziz kogonliklar!

Ushbu fayzli va nurafshon ayyomda nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarimizni alohida ehtirom bilan tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, baxt-u saodat tilayman. Tutgan ro‘zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Muqaddas Ramazon Hayiti yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlab, qalblarimizni iymon nuri bilan munavvar etsin!

Yana bir bor barchangizni ushbu ulug‘ bayram bilan muborakbod etaman!

Hurmat va ehtirom bilan,
Otabek Qazoqov
Kogon tumani hokimi.