@bmx

Fyodor Dostoyevskiy. Kulgili odamning tushi (hikoya)
I

Men kulgili odamman. Endi ular meni g‘irt jinni deb atashadi. Agar men rostdan ham jinni bo‘lib qolganimda-ku, bu yangi nomdan arpa bo‘yi o‘sar edim. Lekin, afsuski, endi men ularga parvo qilmayman, endi ularning barchasi men uchun aziz — hattoki ustimdan kulgan chog‘larida ham, to‘g‘risi, shunda ularni yanayam yaxshi ko‘rib ketaman. Ularga qarab turib meni g‘am bosadi-da, bo‘lmasa, ularga qo‘shilib kulgan bo‘lardim. O‘z turqi-tarovatim kulgili bo‘lganligidan emas, yo‘q, ularni suyganimdan! Meni shuning uchun g‘am bosadiki, ular haqiqatni bilishmaydi — men bo‘lsam bilaman. Oh, haqiqatni yolg‘iz o‘zing bil sang, naqadar og‘ir-a! Lekin ular buni tushunmay di. Yo‘q, tushunishmaydi.
Bir vaqtlar men kulgili bo‘lib tuyulganimdan juda-juda o‘kinardim. Kulgili bo‘lib tuyulmasdim, chindan ham kulgili edim. Kim bilsin, balki men tug‘ilganimdan buyon shundaydirman, balki olti-etti yoshimdanoq shundayligimni bilgandirman. Keyin maktabda, undan so‘ng dorilfununda o‘qidim. Ammo, nachora, qancha ko‘p o‘qisam, shuncha ko‘p uqdim-ki, kulgili odam ekanman. Go‘yo universitetda o‘qitiladigan barcha fanlar bu jin urgur sifatimni isbotlash va uqtirish uchungina yaratilgandek edi. Hayotda ham yo‘lim xuddi o‘qishdagidek bo‘ldi. Yillar o‘ta borgan sayin o‘zimning masxaraomuz qiyofam to‘g‘risidagi fikr miyamga qo‘rg‘oshindek quyilaverdi. Kas ham, nokas ham mening ustimdan kulardi. Ammo ularning fahmi yetmas ediki, kulgili ekanligimni eng ko‘p biladigan kishi bitta bo‘lsa, o‘sha men o‘zim edim. Menga alam qiladigan joyi ham shu ediki, ular buni bilmasdi. Lekin bunga o‘zim aybdorman. Men azaldan nihoyatda mag‘rur edim, boshimni kessalar ham, biror kishi oldida o‘z aybimga iqror bo‘lishni istamasdim. Mag‘rurligim yil sayin gazak olib boraverdi. Mabodo shayton yo‘ldan urib, biror kishi oldida buni tan olib qo‘yguday bo‘lsam bormi, chamamda, o‘sha kuniyoq peshonamga to‘pponcha tirab, miyamni dalva-dalva qilib tashlardim. O, o‘smirlik chog‘larim, bir kuni bardoshim tugaydi-yu, o‘rtoqlarim oldida buni tan olib qo‘yaman, deb qanchalik ezilardim-a. Lekin o‘zimning bu sifatimni yildan-yil ko‘proq anglay borgan bo‘lsam-da, ulg‘aygach, negadir unga biroz beparvo qaraydigan bo‘ldim. Ha, chindan ham «negadir», chunki men uning boisini hali ham bilmayman. Ehtimol, bunga ichimdagi bir o‘zgarish sabab bo‘lgandir. O‘sha paytlarda mening yuragimni butun borlig‘imdan ko‘ra yuksakroq bir e’tiqod yuzasidan dahshatli g‘ussa qoplagandi. Men dunyoda hamisha hamma narsa baribir-ku degan fikrga ishonib qolgan edim. Men buni, eh-he, allaqachon sezganman, lekin bultur kutilmaganda unga tamoman imon keltirdim. Birdan olamning budu nobudi men uchun baribir ekanligini, dunyoni suv bossa, to‘pig‘imga chiqmasligini butun borlig‘im bilan tuydim. So‘ng yon-verimda hech nima yo‘qligini his qildim. Dastlab xayolimga: «Oldin qancha ko‘p narsa bor edi-ya», degan fikr keldi. So‘ng oldin ham hech nima bo‘lmagan-u, faqat menga bordek tuyulganligini fahmladim. Sekin-sekin men bundan keyin ham hech qachon hech nima bo‘lmasligiga ishonch hosil qildim. Shunda men birdaniga odamlardan og‘rinmaydigan, ularning bor-yo‘qligini ham payqamaydigan bo‘ldim. Bu hatto arzimas mayda-chuydalarda ham ko‘rinib qoldi. Masalan, men ko‘chadan o‘tayotib odamlarga urilib ketaverardim. Yo‘q, bu o‘ychanligimdan emas edi, men unda o‘ylashni butunlay bas qilgan edim. Menga shunchaki hamma narsa baribir edi. Dunyodan osuda bo‘lib, biror muammoni hal etsam-ku, xudoga shukronalar o‘qirdim-a, lekin men hech vaqoni hal etmadim. Esiz, bir dunyo masala bor edi-ya. Ammo menga baribir bo‘lib qoldi va jamiki jumboqlar mendan uzoqlashdi-ketdi.
Buni qarangki, shundan keyin men haqiqatga yetishdim. Men unga bultur uchinchi noyabr kuni yetishgan bo‘lsam, undan keyingi hayotimning har bir soniyasini ham xotirlay olaman. O‘shanda zim-ziyo kecha edi. Men soat o‘nga yaqin uyga qaytdim. Esimda, hatto tabiatning o‘zida ham bundan ortiq zulumot bo‘lishi mumkin emas, deb o‘yladim. Yomg‘ir tun bo‘yi yog‘di, bu — sovuq, bexosiyat, hatto qandaydir vahimali, odamlarga ro‘y-rost yomonlik sog‘ingan yomg‘ir edi, ha, men buni yaxshi eslayman. Soat o‘n birlarda esa yomg‘ir birdan tindi, atrofni bo‘g‘iq rutubat qopladi, havo namchil, sovuq edi. Ko‘chadagi har bir toshdan ham, jinko‘chalarning uch-uchlaridan ham og‘ir bug‘ ko‘tarilardi. Shu paytda hamma chiroqlar o‘chib qolsa qanday soz bo‘lardi-ya. Chiroqlar borligi ko‘ngilni xira qiladi, chunki ular shunday bir rasvo manzarani yoritib turadi-da. Shu kuni men tuz totmadim hisob, oqshom tushgandan boshlab bir injenerning yonida o‘tirdim. Uning oldida yana ikki oshnasi bor edi. Men bir og‘iz ham gapirmadim, aftidan, ularning joniga ham tegdim. Ular qandaydir behayo gap aytdilar, birdan nimadandir tutaqib ketdilar. Lekin men sezib turgan edimki, ularga ham baribir, qizishganlari esa shunchaki. Men buni ochiq aytib qo‘ya qoldim: «Janoblar, — deyman, — axir, sizlarga baribir-ku». Ular xafa bo‘lishmadi, faqat birgalashib mening ustimdan kulishdi. Sababi, men buni ta’na-tanbehsiz, shunchaki menga baribir bo‘lgani uchun aytgandim. Menga baribirligini ko‘rib, ular xursand bo‘lishdi.
Men ko‘chada chiroq to‘g‘risida o‘ylab, osmonga tikilgandim. Osmon tim qorong‘i, lekin bu zulumotda parokanda bulutlarni, ular oralig‘ida tubsiz qora dog‘larni aniq ilg‘ash mumkin edi. Birdan bu dog‘larning birida miltillagan yulduzchani ko‘rib qoldim. Unga zehn solib uzoq tikildim. Tikildim-u, endi shu kecha o‘zimni o‘ldiraman, deb qasam ichdim. Men ikki oy oldin bu haqda qat’iy qarorga kelib, nochor ahvolimga qaramay ajoyib to‘pponcha sotib olgan va uni o‘sha kuniyoq o‘qlab qo‘ygan edim. Mana, allaqachon ikki oy ham o‘tdi. To‘pponcha bo‘lsa hanuz g‘ilofida. Menga shu qadar baribir ediki, axiyri bunchalik baribir bo‘lmagan bir daqiqani poylagim keldi, lekin negaligini bilmayman. Har kecha uyga kelib, «o‘zimni otaman» deb o‘ylardim, lekin o‘sha daqiqani poylardim. Mana, endi u mitti yulduz menda bir fikr uyg‘otdi, shuning uchun ham: «albatta shu kecha o‘z boshimga yetishim kerak», — deb o‘yladim. Qiziq, bu yulduzcha nega menda fikr uyg‘otdiykin?
Men samoga tikilgan payt bir qizcha nogoh tirsagimdan ushladi. Ko‘chalar allaqachon huvillab qolgan, hech kimsa ko‘rinmasdi. Uzoqroqda izvoshchi foytunida uxlab yotardi. Qizcha sakkiz yoshlarda, boshida — durracha, egnida — bir qavatgina ko‘ylak, hamma yog‘i shalabbo edi. Ayniqsa, uning ilviragan ho‘l boshmoqlari xotiramga muhrlanib qoldi. Birdan u tirsagimdan ilkis tortib, meni allaqayoqqa sudray boshladi. U yig‘layotgani yo‘q, ammo qandaydir so‘zlarni uzuq-yuluq aytib chinqirar edi. So‘zlarining yarmi ichida qolar, chunki u dag‘-dag qaltirardi. Nimadandir dahshatga tushib, jon holatda: «Onajon! Onajonim!» — deb qichqirardi. Men unga o‘girilgan bo‘ldim, lekin churq etmay o‘z yo‘limga ketaverdim. Qizcha bo‘lsa yugurgilar, meni siltab tortar, uning ovozida qattiq qo‘rqqan bolaning holatiga xos ayanchli ingroq bor edi. Bu ingroq tovushning nimaligini men bilardim. Qizcha so‘zlarni chala-yarim aytsa-da, men qayerdadir uning onasi jon berayotganligini yoxud bir falokatga yo‘liqishgan-u, u onasiga kimnidir yordamga chaqirish yoki nimadir topish uchun yuragini hovuchlab yugurganligini darrov fahmladim. Lekin men unga ergashmadim, aksincha, miyamda «uni haydab yuborsam-chi» degan fikr o‘rmaladi. Avval unga, mirshabni top, dedim. Ammo u birdan qo‘lchalarini qovushtirdi, yig‘lamsirab, bo‘g‘riqib yonimda yuraverdi, sira izimdan qolmadi. Oxiri men yer tepib unga baqirdim. U «Barin, barin!..» deb iltijo qildi-yu, so‘ng birdan meni tashlab yo‘lning narigi betiga yugurdi. U yerda ham bir yo‘lovchi ko‘rindi, aftidan, qizcha endi unga yolvorardi.
Men o‘zimning beshinchi qavatdagi ijaramga ko‘tarildim. Mening xonam nochorgina jihozlangan, o‘zi ham katalakday, derazalari chordoqnikiday yoysimon. Mening bor bisotim — klyonka qoplangan divan, ustiga kitob taxlangan stol, ikkita kursi va daqqiyunusdan qolgan-u, lekin rohatijon, suyanchig‘i baland kreslo. Men kelib o‘tirdim, shamni yoqdim-u, o‘ylashga tushdim. Qo‘shni «xona»da, parda devor ortida bugun uchinchi kunki g‘ala-g‘ovur tinmaydi. U yerda iste’fodagi kapitan yashaydi. Bu yerda kapitan bilan besholtita sayoq oshnasi yig‘ilib aroq ichishadi, titilib ketgan eski qartada shtoss o‘ynashadi. Kecha kechqurun to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi, ikkitasi bir-birining sochidan changallab to‘rt tomonga sudradi. Xo‘jayin xotin arz qilib kirmoqchi bo‘ldi-yu, jur’at etmadi: u kapitandan o‘lguday qo‘rqardi. Bu xonadonda yana polkdan kelgan qilqanoqday xotin shu yerda kasal orttirgan uchta bolasi bilan yashaydi. Xotin ham, bolalari ham kapitandan qo‘rqib, jon hovuchlab turishadi, kechasi bilan qaltirab cho‘qinib chiqishadi. Bolalarning kichkinasini qo‘rqinchdan tutqanoq ham tutgandi.
Bilishimcha, kapitan Nevskiyda yo‘lovchilarni to‘xtatib, choychaqa undiradi. Chunki endi uni xizmatga olishmaydi. Ammo kiziqki — qiziq bo‘lmasa, aytarmidim — bir oydan beri qo‘shni yashab, kapitan biror marta ham mening g‘ashimga tegmadi. Men, albatta, tanishishdan o‘zimni olib qochdim, lekin meni birinchi ko‘rgandayoq uning ham yuragi siqilgandek bo‘ldi. Biroq ular parda ortida qancha shovqin solishmasin, necha kishilashib o‘tirishmasin, menga baribir. Men tun bo‘yi o‘tirib chiqaman, lekin o‘lay agarki, ularning biror so‘zi qulog‘imga kirsa. Ha, ularni shunchalik unutib yuboraman. Bo‘lmasa, men tuni bilan mijja qoqmay chiqaman-ku, bunga ham allaqachon bir yil bo‘ldi. Kechalari kresloda mixlanganday o‘tiraman, hech ish qilmayman, kitob-pitobni esa faqat kunduzlari o‘qiyman, o‘tiraman, hatto o‘ylamayman ham, miyamda o‘zicha qandaydir xayollar daydiydi, men ularni o‘z holiga tashlab qo‘yaman. Shamim tunda yonib ado bo‘ladi.
Men tinchgina kresloga cho‘kdim, to‘pponchani chiqarib oldimga qo‘ydim. Uni qo‘yayotib o‘zimdan: «Shundaymi?» — deb so‘radim va zarracha ikkilanmay javob berdim: «Ha, shunday!», ya’ni o‘zimni otaman! Har qalay, shu kecha o‘zimni otsam kerak — men buni bilardim, lekin ungacha qancha o‘tirishimni bilmasdim. Agar o‘sha qizcha bo‘lmaganda, shubhasiz, hozir mening kunim bitgan bo‘lardi.

II

Qarang-a, menga hamma narsa baribir edi-yu, lekin, masalan, og‘riqni sezardim. Birov meni turtib o‘tsin-chi, og‘riqni sezmasmidim. Ma’naviy jihatdan ham xuddi shunday: juda ayanchli voqea yuz bersa, men albatta hali baribirchilikka berilmagan vaqtimdagidek unga achingan bo‘lardim. Boya ham qizchaga rahmim keldi. Men-ku unga yordam berardim, ammo… Xo‘sh, nega unga yordam bermadim? Bunga o‘sha payt miyamga kelgan bir fikr sabab bo‘ldi. Qizcha meni tortib chaqirgan vaqt oldimda bir jumboq ko‘ndalang bo‘ldi, men uni yecholmadim. Aslida-ku u arzimas savol, lekin mening jahlim chiqdi. O‘zimning: «modomiki shu kechayoq o‘z boshimga yetaman, deb qasd qilgan ekanman, endi menga dunyoning boru yo‘qligi har doimgidan ko‘ra ham baribirroq bo‘lishi kerak emasmi?» — degan xulosamdan jahlim chiqdi. Qiziq, nega birdan menga baribir emasligini, qizchaga rahmim kelayotganligini his etdim. Ha, men aniq eslayman, qizchaga dildan achindim, hatto bundan g‘alati bir og‘riq ham tuydim. To‘g‘ri, men u paytdagi oniy kechinmalarimni bundan ortiq ifodalay olmayman, ammo bu kayfiyat uyga kelganimdan keyin ham davom etdi, men ko‘pdan beri birinchi marta qattiq ta’sirlangan edim. Miyamga fikrlar quyila boshladi. Men shunga amin bo‘ldimki, toki inson ekanman, toki bir xasga aylanmagan ekanman yashayman, demakki, hali azob chekishim, g‘azablanishim, o‘z qilmishlarimdan uyalishim mumkin. Mayli. Lekin men o‘zimni, deylik, ikki soatdan keyin o‘ldiradigan bo‘lsam, unda bu qizcha bilan, o‘z qilmishimning to‘g‘ri-noto‘g‘riligi bilan necha pullik ishim bor?! Men nulga aylanaman, ha, mutlaq nulga aylanaman. Nahotki hoziroq butkul yo‘qlikka aylanmog‘im va dunyoning ham barbod bo‘lmog‘ini anglab turganligim u qizchaga achinishimga va o‘z qilmishimdan uyalishimga zarracha ta’sir ko‘rsatmasa? Axir, men «Hozir faqat rahm qilmaslik emas, inson zoti o‘ziga ravo ko‘rmaydigan tubanlik ham qo‘limdan keladi, chunki men uchun olam hozir bor-u, ikki soatdan keyin yo‘q», — deb o‘ylaganim uchun ham bechora go‘dakka qarab atay yer tepindim, atay yirtqichga o‘xshab bo‘kirdim-ku. Xo‘sh, siz shuning uchun baqirganimga ishonmaysizmi? Men endi bunga ishonib qoldim. Tassavurimcha, go‘yo endi hayot ham, dunyo ham menga qarab qolgan edi. Go‘yo hattoki dunyoning o‘zi yolg‘iz men uchun yaratilgan: men o‘zimni otdimmi, dunyo ham oxiratga yuz tutadi, hech bo‘lmaganda — men uchun. Mendan keyin balki chindan ham hech kim uchun hech nima bo‘lmas. Lekin buni aytmaganda ham, mening ongim so‘ngan zahot butun olam yo‘qlikka aylanadi, ongimning bir sharpasi, zarrasi sifatida so‘nadi-ku. Ehtimol, bu yorug‘ olam, bu guj-g‘uj odamlar yolg‘iz mening o‘zimdan iboratdir. Esimda, kresloga o‘tirib xayolga cho‘markanman, men bir-biriga uyqashib kelayotgan bu yangi masalalarni butkul boshqa tomonga burib, tamomila yangi fikrni o‘ylab topdim. Masalan, mening tasavvurimda shunday bir holat gavdalandi. Deylik, men oldin Oyda yoki Marsda yashagan, u yerda qandaydir bema’ni, yaramas ish qilgan, buning uchun bosirinqi tushdagidan battar qo‘rqitilgan va sharmanda qilingan, keyin yerga tushib ham ularni unutolmagan bo‘lsam, bundan tashqari, endi zinhor ortga qaytolmasligimni bilsam, o‘shanda oyga tikilib, «E, menga baribir emasmi?!» — deya olarmidim? Men qilmishimdan uyalgan bo‘larmidim yoki yo‘qmi? Aslida-ku hozir bu savollar arzimas va ortiqcha. Chunki to‘pponcha shundoq oldimda turibdi. Bu kecha u otilishi muqarrarligini men butun vujudim bilan sezardim. Ammo fikrlar qonimni qaynatdi, men telbanamo bo‘lib qoldim. Nimanidir oldindan hal etmay turib o‘lolmaydigan holatga yetdim. Gapning qisqasi, shu qizcha meni o‘limdan xalos etdi, chunki men o‘yimga yetolmay, o‘q otilishini keyinga surdim, kapitannikida ham sharpalar tina bordi. Ular qartavozlikni tugatdilar, uxlashga tutindilar, lekin hozircha guvurlab, yoqar-yoqmas so‘kinardilar. Shu joyga yetganda, men birdan uxlab qolibman, taajjub, shu choqqacha hech qachon kresloda uyqum eltmagan edi. Uxlaganimni o‘zim ham sezmay qolibman. Tush, ma’lumki, juda g‘alati hodisa, nimalarnidir favqulodda tiniq, eng mayda tafsilotlarigacha farqlaysiz, boshqa narsalar, masalan, makonlar va zamonlar ustidan bemalol sakrab o‘tasiz. Tushlarni aql emas, istak, bosh emas, yurak harakatga keltiradi. Shunday bo‘lsa-da, mening aqlim tushda shunday ayyorona narsalarni to‘qib chiqaradiki… Tushingga shunday voqealar ham kiradiki, aslo ularning tagiga yetolmaysan. Mening akam besh yil burun dunyodan o‘tgan. Men uni goho tushimda ko‘raman: u mening ishlarimga bosh qo‘shadi, ikkalamiz ham berilib ketamiz, ammo men shu paytning o‘zida, butun tush davomida akamning vafot qilganligi va dafn etilganligini tamoman bilib, eslab turaman.
Axir, taajjublanmay bo‘ladimi, marhum odam mening yonimda yugurib-elib yursa. Nega aqlim bunga yo‘l qo‘yadi? Mayli, bularni qo‘ya turay. Bugungi tushimdan gapiray. Ha, o‘shanda shu tushni ko‘rdim, mening uchinchi noyabrdagi tushim! Ammo uning faqat tush ekanligi meni ranjitadi. Axir, u meni haqiqatdan ogoh etgandan keyin, tushmi-o‘ngmi, baribir emasmi?! Haqiqatni bir bor idrok etganingizdan keyin uning aynan shu ekanligini, boshqasi yo‘q va bo‘lishi mumkin emasligini tushmi-o‘ngmi bilib turasiz-ku. Mayli, tush bo‘laqolsin, qaytaga yaxshi. Axir, sizning ko‘klarga ko‘tarib maqtagan shu hayotingizni men bittagina o‘q bilan yo‘q qilmoqchi edim, mening tushim, tushim esa — o, u meni yangicha, ulug‘vor, qudratli hayotdan ogoh etdi!
Tinglang.

III

Boya aytganimday deyarli sezdirmay, hatto o‘sha o‘ylarimda davom eta turib ko‘zim ilinibdi. Tushimda to‘pponchani olibman, o‘tirgan ko‘yi uni to‘ppa-to‘gri yuragimga qadabman, ha, boshimga emas, yuragimga! Men, axir, o‘qni boshimga, boshimning ham o‘ng chakkasiga otishga qaror qilgandim-da. To‘pponchani ko‘ksimga qadab, bir-ikki soniya kutdim, shu choq birdan shamim, stolim, ro‘paradagi devorim joyidan siljib tebrana boshladi. Men talmovsirab jon-jahdim bilan tepkini bosdim.
Tushda ba’zan tepadan qulaysiz yoki sizni so‘yadilar, uradilar. Lekin bunda hech qanday og‘riq sezmaysiz, faqat u yer-bu yeringizni haqiqatan karavotga urib olsangizgina, joningiz og‘riydi va ko‘pincha og‘riqdan uyg‘onib ketasiz. Mening tushimda ham shunday bo‘ldi — og‘riq-pog‘riqni sezmadim, biroq, nazarimda, o‘q otilishi bilan butun borlig‘im larzaga tushdi-yu, so‘ng birdan hammasi so‘ndi, gir atrofimni qorong‘ilik qopladi. Men go‘yo ko‘r va gung bo‘lib qolgan edim. Qarabsizki, allaqanday qattiq narsaning ustida uzala tushib yotibman, hech vaqoni ko‘rmayman, qimir etolmayman. Atrofimdan o‘tib-qaytishadi, baqirib-chaqirishadi, kapitan do‘rillaydi, xo‘jabeka chinqiradi, Shu payt birdan g‘ala-g‘ovur tindi, olam sukunatga cho‘mdi. Mana, endi meni yopiq tobutda olib ketayotirlar. Men tobutim qanday chayqalayotganini sezyapman, bu haqda o‘ylab ketyapman. Daf’atan bir o‘y meni ilk bora larzaga soldi: axir, men o‘lganman, butunlay o‘lganman-ku, men buni bilaman, ko‘zdan va harakatdan qolganim bilan sezib va fikrlab turibman. Biroq ko‘p o‘tmay men bunga ko‘nikaman va odatda tushda bo‘lganidek voqelikni munozarasiz qabul qila boshlayman.
Mana, meni qabrga qo‘yib, ustimga tuproq ham tortadilar. Hamma ketadi, men yolg‘iz qolaman, tamomila yolg‘iz, qimir etmayman. O‘zimning qabrga qo‘yilishimni oldin qachonki tasavvur qilgan bo‘lsam, qabr ko‘z oldimga namlik va sovuqlik sezgilari bilan uyqashib kelar edi. Hozir ham qattiq sovqotayotganimni his etdim, ayniqsa oyog‘imning uchlari achchiq dildirardi, ammo bo‘lak hech nimani sezolmadim. Qiziqki, men hech nimani kutmay, «o‘lik odam nimani ham kutishi mumkin?» degan fikrga ko‘nib yotardim. Faqat zax kishini ezar edi. Oradan qancha vaqt o‘tganini bilmayman, bir-ikki soatmi, bir necha kunmi, nogoh chap ko‘zimga tobut tepasidan bir tomchi chakki tomdi, keyin yana, yana… har daqiqada tomib turdi. Birdan ichimda achchiq norozilik uyg‘onib, yuragim sancha boshladi. «Bu o‘sha jarohatim, — xayolimdan kechdi, — o‘q teshib o‘tkan joy…» Tepamdan esa daqiqa sayin yumuq ko‘zlarim ustiga chakka tomchilayverdi. Shunda men birdan faryod qildim, yo‘q, ovoz chiqarib emas (o‘likda ovoz nima qilsin?!), butun borligim bilan menga bu ko‘rgulikni yuborgan qodir Egamga faryod qildim:
— Ey, Sen, kim bo‘lsang ham, agar borliging chin bo‘lsa va agar taxti farmoningda bulardan ko‘ra oqilroq biror nima mavjud bo‘lsa, amr et, o‘shal ijoding ko‘z oldimda namoyon bo‘lsin! Mabodo sen mendan o‘z jonimga qasd qilganim uchun shu jirkanch va bema’ni ko‘rguliklar bilan qasos olmoqchi bo‘lsang, bilib qo‘y: hech qachon, hech qanday jabru jafo, hatto u million yillab cho‘zilganda ham, mening og‘ir sukut ichida tuyadigan nafratim bilan tenglasholmaydi!..
Men faryod chekdim-u, tindim. Tamomiy sukunat qariyb bir daqiqa davom etdi, bu orada hatto bir tomchi chakki ham tomib ulgurdi, lekin men bilar va aniq ishonar edimki, hozir hammasi o‘zgarishi kerak. Shu choq birdan qabrimda darz paydo bo‘ldi. Yoki uni qazib ochishdimi, bunisini bilmayman, lekin allaqanday qora, notanish mavjudot meni ko‘tarib ketdi va biz fazoda ko‘z ochdik. Men birdan o‘zimga keldim. Yarim kecha edi, bunaqa zim-ziyo tunni umrimda birinchi ko‘rishim. Biz fazo bo‘ylab yerdan, eh-he, juda olislarga uchdik. Men o‘zimni olib uchayotgan mahluqdan hech nimani so‘ramadim, faqat yuragim g‘ururga to‘lib nimadir bo‘lishini kutdim. Men «qo‘rqmayman» deb o‘zimni ishontirdim va bu ishonchdan ham zavq, ham osoyish topdim. Qancha vaqt uchganimizni na eslayman, na tasavvur eta olaman. Tushda o‘zi shunaqa bo‘ladi-ku, makonlar va zamonlar osha, borliq va tafakkur qonunlari osha sakrab uchasiz, faqat ko‘nglingiz tortgan nuqtalargagina to‘xtalasiz. Men birdan qorong‘ilik ichra yolg‘iz yulduzchani ko‘rib qoldim. «Bu Siriusmi?» — dedim to‘satdan o‘zimni tutolmay, chunki men hech nimani so‘ramaslikka qaror qilgan edim-da. «Yo‘q, bu — sen uyga qaytayotib, bulutlar ichida ko‘rganing o‘sha yulduzcha» — javob qildi hamrohim. Qarasam, uning qiyofasi odamga o‘xshaydi. Taajjub, negadir bu mahluqni jinim suymadi, hatto undan nafratlandim. Men tamoman yo‘qlikka aylanishni kutgandim va naq yuragimga o‘q uzgandim. Endi bo‘lsa mana buning qo‘lidaman. Albatta, uning odam emasligi ayon, lekin u mavjud, yashayapti. «Demak, bundan chiqdi, o‘lgandan keyin hayot bor ekan-da» — tushga xos yuzaki fikr yuritdim men. Lekin yuragim sergak edi. «Agar qaytadan mavjud bo‘lish, kimningdir amri vojibi bilan yashash kerak bo‘lsa, — ko‘nglimdan kechirdim men, — meni mag‘lub etishlari va xo‘rlashlarini istamayman». Men kamsitilganligim tan olingan savoldan o‘zimni tiyolmay, birdan hamrohimga so‘z qotdim: «Sendan qo‘rqayotganimni bilib turibsan, shuning uchun meni ko‘rgani ko‘zing yo‘q». Men xo‘rlanganimni his qilib, yuragimda nina sanchgandek og‘riq sezdim. Hamrohim javob bermadi. Men shuni sezdimki, bu mahluq mendan nafratlanayotgani ham, mening ustimdan kulayotgani ham, hatto menga rahmi kelayotgani ham yo‘q, bu safarimizda qandaydir noayon, sirli, faqat menga aloqador qandaydir maqsad bor. Men battar vahimaga tusha boshladim. Qandaydir kuch bir so‘z aytmay, ammo qiynoq bilan meni mum tishlagan yo‘ldoshimning kimligidan ogoh etdi va mening bag‘rimni tilib o‘tdi. Biz tim qorong‘i, noma’lum kengliklar bo‘ylab uchdik. Men anchadan beri yulduzlarga tikilmay qo‘ygandim. Ammo falak avroqida nurlari ming-million yillardan so‘ng yerga yetib keladigan shunday sitoralar borligini bilardim. Balki biz bu kengliklarni endi ortda qoldirib ketgandirmiz. Men qattiq qayg‘u ichida nimanidir kutar edim. Birdan qadrdon va oliy darajada o‘ziga chorlovchi bir tuyg‘u meni larzaga soldi: men birdan o‘zimizning tabarruk quyoshimizni ko‘rib qoldim. Bu lam’ai a’zam yerimizni atrofidan gir aylantirayotgan quyoshimiz bo‘lishi mumkin emasligini, biz undan cheksiz uzoqlashib ketganimizni bilardim, ammo men butun borlig‘im bilan shuni angladimki, bu xuddi o‘zimiznikiga o‘xshagan quyosh, uning egizagi yoki aynan takrori. Mening yuragimda laziz, da’vatkor tuyg‘u sado berdi. Ko‘z ochib ko‘rganim o‘sha nurning qadrdon shu’lalari mening qalbimda jilolandi va unga qaytadan jon ato etdi, men o‘limimdan so‘ng ilk bor o‘sha jonajon hayotning nafasini tuydim.
— Agar bu quyosh bo‘lsa, xuddi o‘zimiznikiga o‘xshagan quyosh bo‘lsa, unda yer qani? — deya qichqirdim men. Yo‘ldoshim menga boqib quyuq qorong‘ilik ichida nur sochib turgan yulduzchaga ishora qildi. Biz to‘g‘ri o‘shanga qarab uchdik.
— Nahotki koinotda shunday aynan takrorlar bor, nahotki tabiatning qonuni shunday bo‘lsa?.. Agar u yulduzcha yer bo‘lsa, nahotki u ham xuddi o‘zimiznikiga o‘xshash baxtsiz, bechora, lekin aziz va hamisha suyukli yer? Nahotki u ham yerimiz kabi hattoki eng badkirdor farzandlarida ham azobli bir muhabbat uyg‘otadi? — Men o‘zim tark etgan ona-erimizga nisbatan asov, otashin muhabbatimdan titrab nido qildim. O‘zim ranjitgan g‘arib qizchaning qiyofasi bir zum ko‘z oldimdan o‘tdi.
— Shoshilma, hammasini ko‘rasan, — dedi mening hamrohim qandaydir hazin ovoz bilan. Biz tezda sayyoraga yaqinlashdik. U mening ko‘z oldimda ulkanlashdi, men hademay okeanni, Yevropa chegaralarini ajratdim va birdan qalbimda qandaydir ulug‘, muqaddas rashk tuyg‘usi alanga oldi. «Ajabo, shunchalik ham aynan takror bo‘lishi mumkinmi?! Buning nima keragi bor?! Men faqat o‘zim tark etgan yerni, men, noshukur banda, yuragimga o‘q uzib hayotimni so‘ndirgan payt bag‘ir qonim tomgan o‘sha yernigina sevaman va seva olaman! Men jonimga qasd qildim, lekin hech qachon, hech qachon ona-erimizga muhabbatim so‘ngan emas, balki o‘sha xosiyatsiz tunda ham unga alvido ayta turib uni har qachongidan ortiqroq sevgandirman. Bu yangi zaminda ham azob-uqubat bormikin? Biz o‘z yerimizda faqat azob bilangina, azob orqaligina chinakam mehr-muhabbatga noil bo‘lamiz. Biz boshqacha sevolmaymiz, boshqacha muhabbatni bilmaymiz ham. Men sevmoq uchun azob chekishni istayman. Menga hozir o‘zim tark etgan o‘sha yerdan boshqasi kerakmas, men faqat o‘shanigina qo‘msayman, o‘zga hech qayerdagi hayotni xohlamayman va qabul qilmayman».
Lekin u mahal allaqachon yo‘ldoshim meni xoli qoldirgan edi. Men bo‘lsam o‘zim ham sezmagan holda nurlarga belangan kunda jannatmonand zaminda ko‘z ochdim. Nazarimda, o‘z yerimizdagi Grek arxipelagining orollaridan birida yoki materikning shu arxipelagga yondosh allaqanday bir burchagida turgandim. O, hamma narsa o‘zimizdagiga o‘xshar, ammo faqat chor atrofda bayram nafasi ufurar, ulug‘, muqaddas, uzoq ko‘z tikib erishilgan ruhi kezar edi. Farahbaxsh moviy dengiz qirg‘oqlarga sokin urilardi va oshkora, deyarli ongli mehr bilan ulardan o‘pich olardi. Bo‘ychan xushmanzara daraxtlar butun jozibasini ko‘z-ko‘z etar, ularning sonsiz yaproqlari esa meni osoyishta, yoqimli shovullash bilan qarshi olar, go‘yo menga mehr izhor etar edi. O‘t-o‘lanlar tiniq, dilxush ranglarga burkanib yashnar edi. Qushlar gala-gala bo‘lib havoda sayr etishar, mendan cho‘chimay qo‘lu yelkalarimga qo‘nishar, nozik, popuk patlari bilan meni shodon urib o‘tishar edi. Va, nihoyat, men baxtga qorilgan bu zaminning odamlarini ko‘rdim. Ular yonimga kelishdi, meni qurshab olishdi, kuchib o‘pa boshlashdi. Oftob farzandlari, quyosh bolalari — o, ular qanchalar go‘zal edi! Men o‘z yerimiz odamlarida hech qachon bu qadar komil go‘zallikni ko‘rmagan edim. Faqat bolalarimizda hali ruhiga gard qo‘nmagan paytlarda kuchsizgina bo‘lsa-da, bu go‘zallikning uchqunlarini uchratish mumkin. Bu baxtiyor odamlarning chehralari tiniq nur sochib porlaydi. Ularning yuz-ko‘zlaridan aql nuri yog‘ilib turadi, ammo bu yuzlar quvonchga to‘la; bu odamlarning ovozida, so‘zlarida bolalarcha zavq jaranglaydi. O, men bir qarashdayoq hammasini, hammasini tushundim, bu — ayblaru gunohlar bilan bulg‘anmagan yer edi, unda ham odamlar, ammo gunohsiz odamlar yashardi, ular butun bashariyatning diniy rivoyatlarida yozilganidek, bizning gunohga botmagan ajdodlarimiz davron surgan jannatmonand ma’voda yashardilar. Faqat bir farqi-bunda butun zamin yaxlit jannatdan, jannatning o‘zidangina iborat edi. Bu odamlar shodon jilmayib meni qurshab oldilar va o‘zlari bilan olib ketdilar. Ularning har biri meni xotirjam etgisi kelardi. O, ular mendan hech nimani so‘rab o‘tirishmadi, ammo hammasi allaqachon hamma gapni bilgandek edi, har holda menga shunday tuyuldi. Ular mening yuzimdan uqubat nuqsini tezroq sidirib tashlashni istardilar.

IV

Mayli, bu faqat tush bo‘la qolsin, lekin ularning mehribonligini qarang. Men bu mehrning haroratini manguga eslab qoldim, hozir ham o‘sha yoqdan mehr yog‘ilayotganday tuyuldi. Men ularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, kimligini bildim, ularga mehr qo‘ydim va keyinchalik ular uchun azob chekdim. O, men ularni juda ko‘p tomonlardan tushunolmasligimni o‘sha paytdayoq angladim. Men zamonaviy rus progressisti sifatida, badxulq peterburglik sifatida bir narsaga hayron qolardim: ular shunchalik ko‘p narsani bilsalar-da, biznikiga o‘xshagan ilm-fanga ega emas edilar. Tezda shunga aqlim yetdiki, ularning bilimida biznikiga o‘xshamaydigan ajib samimiyat bor, ular suv ichadigan bilim chashmalari ham, ularning intilishlari ham butunlay bo‘lakcha. Bu zamin odamlari ortiqcha hoyu havasga berilmay, osuda yashardilar, hayotni idrok etishga ham bizchalik intilmasdilar, chunki ularning hayoti shusiz ham bekam-ko‘st edi. Lekin ularning bilimlari bizning fanimizga nisbatan teranroq va yuksakroq edi, zero, bizning fanimiz hayot o‘zi nima ekanligini tushunishga intiladi, boshqalarga qanday yashashni o‘rgatish uchun uni idrok etmoqchi bo‘ladi. Ular bo‘lsa qanday yashashni ilm-fansiz ham bilardilar, men buni fahmladim, ammo ularning bilimlarini tushunolmadim. Ular menga o‘z daraxtlarini ko‘rsatdilar, lekin dov-daraxtlarga shunchalik muhabbat bilan qarash menga yot edi, ular go‘yo o‘zlariga monand mavjudotlar bilan so‘zlashayotganga o‘xshardilar. Bu odamlar daraxtlar bilan gaplashardilar, desam ham, ehtimolki, xato bo‘lmas. Ha, chindan ham ular bir-birlarining tillariga tushunardilar. Ular butun tabiatga, masalan, hayvonot olamiga ham xuddi shunday qarardilar, ular bilan inoq yashardilar. Ular ko‘kka ishora qilib, menga yulduzlar haqida nimadir dedilar, men tushunolmadim, ammo shu chog‘ ularning dillari yulduzlar bilan tutashganligiga ishonchim komil. O, bu odamlar meni o‘z qalblariga oshno etolmadilar, ammo meni shusiz ham suydilar. Ular meni tushunolmasliklariga ko‘zim yetdi, shuning uchun yerimiz haqida miq etib og‘iz ochmadim. Men faqat hammaning ko‘z o‘ngida ularning yerini o‘pdim va ularga sajda qildim. Ular mening sig‘inishimga iymanmay yo‘l qo‘yib berdilar, chunki ularning qalbi shunday ulug‘ sevgiga moyil edi. Mehrimga qanday javob qaytarishlarini sevinch bilan idrok etgan holda goh ko‘zlarim jiqqa yoshga to‘lib, ularning oyoqlarini o‘psam, ular men uchun iztirob chekmadilar. Goho men taajjublanib o‘zimdan so‘rardim: qanday qilib ular mendek bir telbani biror marta ham ranjitmadilar, mendek bir kishida rashk va hasad tuyg‘ularini uyg‘otmadilar? Qanday qilib mendek bir maqtanchoq va yolg‘onchi odam ularning oldida hech biri bilmaydigan bilimlarim bilan maqtanmadim, hech bo‘lmasa, suyganimdan ularni qoyil qoldirishga harakat qilmadim?
Ular xuddi go‘daklardek tinib-tinchimas, quvnoq odamlar edilar. O‘zlarining so‘lim daraxtzor va o‘rmonzorlarida kezib, munis qo‘shiqlar aytardilar, daraxtlar mevasi, o‘rmonlar asali va mehribon jonivorlarning suti bilan yengil ovqatlanardilar. O‘z yemishlari va kiyim-boshlari uchun bizdek o‘lib-tirilib mehnat qilmasdilar. Ularda ham ishq-muhabbat bor edi, bundan farzandlar tug‘ilardi. Lekin men ularda bizda hammani zaharlagan, insoniyat botayotgan barcha gunohlarning yagona manbai bo‘lgan shafqatsiz ishratparastlikning izini ham ko‘rmadim. Ular go‘dak dunyoga kelganda, bazmi jamshidimizga yangi a’zo qo‘shildi, deb sevinchga to‘lardilar. Ular o‘rtasida achchiq-tiziq gap, rashku hasad yo‘q edi, bularning nimaligini bilishmasdi ham. Har bir tug‘ilgan go‘dak barchaning farzandi sanalardi, chunki ular yagona oila bo‘lib yashardilar. Garchand ularda ham o‘lim barhaq bo‘lsa-da, kasallik yo‘q edi. Ularning qariyalari vidolashish uchun davra qurgan odamlarning yorug‘ tabassumlari ostida ularga oq fotiha berib tinchgina kulimsiragancha uyquga ketganday jon taslim qilardilar. Bunda qayg‘u ham, ko‘z yoshi ham yo‘q, faqat hayajon bo‘lib jo‘sh urgan mehr bor edi, xolos. O‘ylash mumkinki, ular marhumlari bilan ham dillashardilar, ularning yaqinligini o‘lim ham buzolmasdi. Men mangu hayot haqidagi fikrlarini so‘raganimda, ular menga hayron boqdilar, aftidan, ular mangu hayotga shu darajada ishonar edilarki, so‘rab o‘tirish ham ularga g‘alati tuyulardi. Ularda sajdagohlar yo‘q edi. Axir, qaysi dargohga sig‘inishsin?! Ularda bir butun Koinot bilan qandaydir qimmatli, jonli, chambarchas birlik bor edi. Ularda din ham yo‘q edi, faqat bir narsani aniq bilishardiki, qachonki ularning quvonchlari zaminidagi tabiatning sarhadlariga yetsa, jamiki tiriklar va o‘liklar uchun yaxlit olam bilan uyg‘unlashishning chegaralari yanada kengayadi. Ular bu ajib lahzani quvonch bilan kutardilar. Lekin uni oshiqmay, betoqat bo‘lmay, intiqmay, hozirdanoq uning sehriga mast bo‘lib va buni bir-birlariga izhor etib kutardilar.
Oqshomlari uyqu oldida ular bir tanu bir jon bo‘lib qo‘shiqlar aytishni xush ko‘rardilar. Bu qo‘shiqlarga oxirlagan kunning jami taassurotlarini to‘kib solardilar, uni ulug‘lardilar, u bilan xayrlashardilar. Ular tabiatni, yerni, dengizu o‘rmonlarni kuylardilar. Ular bir-birlari sha’niga qo‘shiq aytishni sevardilar, xuddi bolalarga o‘xshab bir-birlarini maqtardilar. Bular — juda oddiy qo‘shiqlar edi, ammo yurakdan otilib chiqardi va yuraklarga titroq solardi. Nafaqat qo‘shiqlari, balki butun hayotlari bir-birlarining mehriga qonish bilan o‘tardi. Ular bir-birlariga batamom va yoppasiga maftun edilar. Boshqa tantanavor va ko‘tarinki qo‘shiqlarni men mutlaqo tushunmadim. So‘zlarini tushunib turib, ular zamiridagi ma’noni uqolmadim. Mening aqlim bunga ojiz edi, ammo qalbim ularga beso‘roq kirib bordi va butunlay berilib qoldi. Men bular barini payg‘ambarday oldindan sezganman, bu quvonch va shon-shuhrat yerdayoq goho chidab bo‘lmas darajaga yetgan da’vatkor qayg‘u bo‘lib menga ta’sir etgandi, ularni va ular dovrug‘ini xayolim tushlarida va aqlim orzularida oldindan tuygandim, men o‘z yerimizda ko‘pincha botayotgan quyoshni ko‘z yoshisiz kuzatolmasdim — bular barini men ularga qayta-qayta aytib berdim. Mening o‘z odamlarimizga nafratimda doimo qandaydir andux bo‘lardi: nega men ularni sevmay turib yomon ko‘rolmayman, nega men ularni avf etmay ketolmayman, mabodo sevsam ham, nafratsiz sevolmayman, deb hasrat chekardim. Ular meni tingladilar, lekin men aytganlarni tasavvur qilolmadilar, ammo men gapirganimga pushaymon bo‘lmadim. Bildimki, ular o‘zim tark etgan elga sog‘inchimning butun kuchini a’lo darajada tushunardilar. Ha, ular menga munis, mehribon nigohlarini tikkan chog‘lari men ham o‘shalarday begunoh va rostgo‘y bo‘lib qolganimni sezdim, ammo men ularni tushunolmaganimdan nadomat chekmadim. Bu hayotning mukammalligini his etgan sari nafas olishim qiyinlashdi va men ularga unsiz tilovat qildim.
O, endi hamma mening ko‘zimga qarab turib kuladi va tushda bunchalik tafsilotlarni ko‘rish mumkin emas, tushingda ul-bulni ko‘rgandirsan-u, qolganini uyg‘onib o‘zing to‘qigansan, deb meni ishontira boshlaydi. Agar men ularga: ehtimol, haqiqatan shunday bo‘lgandir, deguday bo‘lsam bormi — oh xudoyim-a, ular qanday kulgi ko‘tarardilar va bu maynavozchilikdan o‘zlari qancha zavq olardilar. Ha, albatta, men ko‘rgan tushimning taassuroti bilan mag‘lub bo‘lib qolardim, mening zada, pajmurda yuragimda faqat shu hisgina omon qolgan bo‘lardi. Ammo ko‘rgan tushimning haqiqiy manzaralari, shakllari shu darajada uyg‘unlik kasb etgan, shu darajada dilbar, go‘zal va haqqoniy ediki, men uyg‘onib ularni o‘zimizning nochor so‘zlarimiz bilan ifoda etmoqqa ojiz edim, ular o‘z-o‘zidan miyamda boshqacharoq tus olishi tayin edi, men haqiqatan ham taassurotlarni o‘zimdan qo‘shib-chatib yozishim mumkin, ayniqsa, ularni qancha bo‘lmasin, yetkazishga, buning ustiga tezroq yetkazishga jon-dildan oshiqayotgan paytimda. Ammo men qanday qilib ularning yuz berganiga ishonmay? Ular balki men aytganimdan ko‘ra ming marta a’loroq, nurliroq, quvonchliroq bo‘lgandir? Kelingki, uni tush ham deylik, biroq tamomila uydirma bo‘lishi mumkin emas. O, bilasizmi, men sizga bir sirni aytaman: bular bari, ehtimolki, hech qanaqa tush emasdir. Chunki bu yerda shunday ravshan voqealar yuz berdiki, bunday haqiqatlar ikki dunyoda tushda xayolga kelishi mumkin emas. Mayli, bu tushni qalbimning bir ijodi deylik, lekin ko‘nglimning o‘zi keyin men yetishgan haqiqatni yuzaga keltira olarmidi? Qanday qilib men shunday ulug‘vor haqiqatni ichimdan to‘qib chiqarishim mumkin? Qanday qilib mening shu maydakash yuragim va shu injiq, arzimas aqlim haqiqatni shunday chuqur inkishof etish darajasiga ko‘tarildi? O, mana bu so‘nggi voqea esa sizning hukmingizga havola: men shu vaqtgacha bir narsani yashirgandim, endi haqiqatni oxirigacha aytaman. Gap shundaki, men — yaramas — ularning barini yo‘ldan ozdirdim.

V

Ha, oqibat shu bo‘ldiki, men ularning barini nahsga botirdim. Qanday qilib bu xil voqea yuz berishi mumkinligini bilmayman, biroq uni juda yaxshi eslayman. Tushim ming yilliklarni o‘zida qamrab olgan bo‘lsa ham, mening xotiramda bir gina yaxlit bir taassurot qoldirdi. Faqat shuni bilamanki, jami gunohlarning asl sababchisi men edim. Bir irkit kana kabi, butun boshli mamla katlarni zaharlovchi vabo tarqatkich gard kabi men shu qadar begunoh va baxtli bir zaminni bulg‘adim. Ular aldashni o‘rgandilar, yolg‘onga ruju qo‘ydilar va uning mazasini bilib oldilar. O, ehtimolki, bu hech qanday g‘arazsiz, oddiy hazildan, erkalikdan, yengil-elpi sevgidan, arzimas zarradan boshlangandir, lekin bu yolg‘on zarrasi ularning qalbiga kirib oldi-yu, sohibga yoqib tushdi. Keyin tezda ishratparastlik, ishratparastlikdan rashk, rashkdan shafqatsizlik tug‘ildi. O, aniq aytolmayman-u, ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, o‘zga yer odamining birinchi qoni to‘kildi: ular taajjubda qoldilar, dahshatga tushdilar va bir-birlaridan yuz o‘girib turli tomonlarga tarqala boshladilar… Ittifoqlar, uyushmalar paydo bo‘ldi, lekin ular bir-biriga qarshi edi. Ta’na-malomatlar dunyoga keldi. Ular o‘z qilmishlaridan uyalishni o‘rgandilar va bu uyat tuyg‘usini ezgulikka yo‘ydilar. Sha’n, nomus degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Har bir uyushma o‘z bayrog‘ini tikdi. Ulardan hayvonlar ham ozor ko‘rdi, yog‘iylashib o‘rmonlarga qochdi. Bo‘linish, yakkalanib olish uchun, shaxs uchun, meniki-yu, seniki uchun tinimsiz kurashlar boshlandi. Ular anvoyi tillarda gaplasha boshladilar. Shu tariqa, g‘am-anduh nimaligini bildilar va uni sevib qoldilar, uqubatni qo‘msadilar. Faqat zahmat chekibgina haqiqatga yetish mumkin, dedilar. Shunda ularda ham biz tushungan ilm-fan paydo bo‘ldi. Ular vahshiy bo‘lib ketganlaridan so‘ng birodarlik va insoniylik to‘g‘risida gapira boshladilar va bu g‘oyalarning nimaligini idrok etdilar. Jinoyatchiga aylanganlarida, adolatni o‘ylab chiqardilar, uni himoya qilish maqsadida, o‘zlari uchun butun boshli qonunlar o‘ylab chiqardilar va bosh kesuvchi mashinalarni ularga posbon qilib qo‘ydilar. Ular o‘zlari boy bergan hayot tarzini elas-elas eslardilar, qachonlardir begunoh va baxtiyor bo‘lganlariga ko‘pincha ishongilari ham kelmasdi. Ular moziyda shunchalik baxtli bo‘lganliklarini xom xayol deb o‘ylardilar va uning ustidan kulardilar. Uni hatto butun shakl-shamoyili bilan tuzukroq tasavvur ham qilolmasdilar, lekin qiziq joyi shundaki, kechmish saodatga ishonchni yo‘qotib, uni ertak deb o‘ylash barobarida ular qaytadan beg‘ubor va baxtiyor bo‘lishni shunday orzu qildilarki, o‘z orzulariga bandi bo‘lib unga ilohiy tus berdilar, shu intilish yo‘lida ibodatxonalar tikladilar. O‘z g‘oyalari va orzularining ro‘yobga chiqmasligiga ishonib turib, ko‘z yoshlari bilan uni ilohiylashtirdilar, unga sajdalar qildilar. Lekin o‘sha mas’ud va mas’um damlarga qaytish imkoni tug‘ilib, kimdir: “Unga qaytishni istaysizmi?” — deb so‘rasa, ular, shubhasiz, bosh tortgan bo‘lardilar.
Ular menga: «Ha, biz yolg‘onchimiz, zolim va adolatsizmiz, biz buni bilamiz, o‘z holimizga yig‘laymiz, buning uchun azob chekamiz. Ehtimolki, biz o‘zimizni oxiratda barchamizni so‘roqqa tutuvchi hakamdan ko‘ra qattiqroq jazolarmiz. Lekin bizda ilm-fan bor, biz uning yordamida qaytadan haqiqatni izlaymiz, biroq endi uni ongli ravishda qabul qilamiz. Bilim tuyg‘udan yuksakroq, hayotni anglash hayotning o‘zidan yuksakroq! Ilm bizga donolik baxsh etadi, donolik qonunlarni kashf qiladi, baxt qonunlarini bilish esa baxtning o‘zidan oliyroq!», — dedilar. Bu gaplardan keyin ularning har biri o‘zini battarroq yomon ko‘rib ketdi, boshqacha yo‘l tutish ularning qo‘lidan kelmasdi. Har kim o‘z shaxsiga shu darajada berildiki, butun kuchi bilan boshqalar shaxsini yerga urishga intildi, balki hayotini ham shunga qurbon qildi.
Qullik paydo bo‘ldi, odamlar hatto o‘z erki bilan qul bo‘la boshlashdi. Kuchsizlar kuchlilarga bajonidil itoat etdilar, chunki yana ham kuchsizlarni ezishda kuchlilar ularga yordam berardilar. Ular orasidan ruhoniylar yetishib chiqdi, ko‘z yoshlar bilan xalqqa yuzlanib, ularning mag‘rurliklari, me’yorni, uyg‘unlikni yo‘qotib qo‘yishgani, sharm-hayoni unutishgani haqida va’z-nasihat o‘qidilar. Odamlar esa ularni masxara qilishdi yoki toshlar bilan urishdi. Muqaddas qon sajdagohlar ostonasiga to‘kildi. Ammo oradan olam haqida jiddiy bosh qotiradiganlar ham yetishib chiqdi. Ular, odamlar shunday birlashsaki, o‘zlarini barchadan ortiq sevganlari holda boshqalarga ham halal yetkazmasalar, shu asosda hamma ixtiyoriy jamiyat bo‘lib yashasa, deya o‘yladilar. Bu g‘oya tufayli butun boshli urushlar kelib chikdi. Kurashayotganlarning barchasi ilm-fan, tafakkur va o‘z-o‘zini asrash tuyg‘usi axiyri insonlarni totuv va ongli jamiyat bo‘lib yashashga majbur etadi, deb ishondi. Shu sababli ham o‘z yo‘lining tantanasiga halaqit bermasin uchun «dono»lar «nodon»larni, mazkur g‘oyani tushunmaydiganlarni tezroq yanchib tashlashga intildilar. Lekin insondagi o‘z-o‘zini asrash tuyg‘usi ham tezda kuchsizlanib qoldi. «Bo‘lsa, hammasi bo‘lsin, bo‘lmasa, hech nima bo‘lmasin» deguvchi mag‘rur zo‘ravonlar va ishratparastlar paydo bo‘ldi. Ular maqsadlariga erishish uchun razillikka qo‘l urdilar, muddaolariga yetolmasalar o‘z jonlariga qasd qildilar. Arzimas bu dunyoda abadiy orom olish uchun yo‘qlikka, o‘z-o‘zini yemirishga da’vat etuvchi diniy oqimlar yuzaga keldi. Nihoyat, bu odamlar ma’nisiz mehnatdan tolishdi, ularning yuziga azob-uqubat alomatlari qalqib chiqdi, ular «azob-uqubat — bu go‘zallik, faqat undagina chinakam fikr bor» deb olamga bong urdilar. Ular azob-uqubatni qo‘shiqqa solib kuyladilar. Men nadomat chekib ularning orasida yurdim, ularning holiga yig‘ladim va ularga, ehtimolki, hali yuzlariga azob nuqsi urmagan, begunoh va go‘zal bo‘lgan paytlaridagidan ortiqroq mehr qo‘ydim. Men gunohga botgan bu tuproqni oldingidan ko‘proq sevib qoldim. Sababi — unda g‘am-anduh paydo bo‘ldi. Evoh, men g‘am-alamni azaldan yaxshi ko‘rardim, lekin faqat o‘zim uchun. Ularga esa rahmim kelib yig‘lardim. Men umidsizlikka tushib, o‘zimni ayblab va la’natlab, ularga yuzlandim: «Bular hammasini men, yolg‘iz mening o‘zim qildim, sizlarga fahshni, marazni, yolg‘onni men, men olib keldim». Yana ularga: «Meni xochga parchinlab qo‘yinglar», — deb yalindim va xochni qanday yasashni o‘rgatdim. Men o‘zimni o‘ldirolmasdim, bunga qurbim yetmasdi, men ular qo‘lidan jabr ko‘rishni, bu qiynoqlarda qonim so‘nggi tomchisigacha to‘kilib bitishini istardim. Ammo ular nuqul mening ustimdan kulardilar. Oxiri ular ham meni telbaga chiqardilar. Biroq ular meni oqladilar, mendan faqat o‘zlariga kerakli narsalarnigina olganlarini, bu voqealar ro‘y bermasligi mumkin emasligini aytdilar. Oxiri men ularga xavf tug‘dirayotganimni, agar tilimni tiymasam, jinnixonaga qamab qo‘yajaklarini ma’lum qildilar. Shunda qayg‘u-alam yuragimni chunonam siqdiki, men, hozir o‘laman, deb o‘yladim va shu choq, shu choq uyg‘onib ketdim.
Hali, tong oqarmagan, soat oltilar edi. Men o‘sha kreslomda uyg‘ondim. Sham yonib ado bo‘libdi, kapitanning uyidagilar ham uxlashibdi, hamma yoq suv quygandek osuda. Men favqulodda bir taajjub bilan o‘rnimdan otilib turdim. Men hali hech qachon bunaqa alahlamagan, hali biror marta kreslomda, masalan, shunday uxlab qolmagan edim. Shu choq, turib endigina o‘zimga kelgan payt birdan to‘pponchamga ko‘zim tushdi — tap-tayyor, o‘qlangan. Lekin men bir lahzaga uni o‘zimdan chetga surib qo‘ydim. O, endi men yashashim kerak, yashashim! Men qo‘llarimni ko‘tarib mangu Haqiqatga nido qildim, yo‘q, nido qilmadim, yig‘ladim. Vujudimni cheksiz bir hayajon qamradi. Ha, men endi yashashim va targ‘ib etishim kerak! Targ‘ib etish haqida men shu ondayoq, bir umrga ahd qildim. Lekin nimani? Haqiqatni! Axir, men uni, uning butun shon-shavkatini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim.
Men o‘shandan beri targ‘ibotdan to‘xtamayman. Bundan tashqari, ustimdan kuladiganlarni boshqalardan ko‘proq sevaman. Nega bunday — menga noayon. Mayli, shunday bo‘laversin. Odamlar aytishicha, men hali ham adashib yurgan emishman, ya’ni ular: «Hali ham adashib yurgan bo‘lsang, bu yog‘i nima bo‘ladi?» — demoqchi. Tayin gapki, men hali ko‘p adashaman, u yog‘i balki bundan ham battar bo‘lar. Albatta, qay yo‘sinda, qanday so‘zlar va misollar bilan targ‘ib etishni o‘rganguncha, men hali ko‘p yanglishaman, chunki bu oson ish emas. Men-ku u haqiqatlarning hammasini kundek ravshan ko‘rib turibman, lekin, baribir, kim ham yanglishmaydi, deysiz. Yana shunisi borki, aslida mutafakkirdan tortib ashaddiy qaroqchigacha hamma ham bir manzilga boradi, yoki hech bo‘lmasa intiladi, faqat turli yo‘llar bilan. Bu — eski haqiqat. Faqat yangiligi shundaki, men endi butunlay yo‘ldan ozib ketishim mumkin emas. Chunki men haqiqatni ko‘rdim, men o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim va bildimki, odamlar yerda yashash qobiliyatini yo‘qotmay turib kamolatga va baxtga yetishishi mumkin. Men razillik odamlarning tabiiy holati ekanligiga ishonolmayman, ishonishni istamayman ham. Ular esa aynan mana shu ishonchimdan kuladilar. Axir, qanday qilib men bunga ishonmay, men uni aql bilan kashf etganim yo‘q, balki ro‘y-rost ko‘rdim-ku, uning jonli surati mening yuragimni manguga fayziyob etdi-ku. Men uni shunday mukammal bir butunlikda ko‘rdimki — uning odamlar orasida tantana qilishi mumkin emasligiga ishonolmayman. Shunday ekan, men qanday qilib butunlay yanglishib ketishim mumkin?! Albatta, vaqti bilan u yon-bu yonga sal-pal og‘ib ketishim mumkin, lekin bu hol uzoq davom etmaydi. Ko‘rganlarimning jonli surati doimo mening bilan birga bo‘ladi va meni hamisha to‘g‘ri yo‘lga boshlab turadi. O, men endi bardamman, sog‘lomman, kerak bo‘lsa, mingga ham kirishim mumkin. Bilasizmi, men avvaliga ularni yo‘ldan ozdirganimni yashirmoqchi bo‘ldim, ammo bu mening xatoim edi, men bitta xatoga ham yo‘l qo‘yib ulgurdim. Biroq Haqiqat yolg‘onga toyib ketayotganimni mening qulog‘imga shipshidi, meni xatodan asrab, to‘g‘ri yo‘lga soldi.
Xo‘sh, qanday qilib jannat yaratish kerak — men buni bilmayman, chunki so‘z bilan ifodalab berolmayman. O‘sha tushdan so‘ng men so‘zlarimni, hech bo‘lmasa, ularning eng zarurlarini unutib qo‘ydim. Bu ham mayli. Men baribir yo‘lga tushaman va horish nimaligini unutib ularga barchasini so‘zlab beraman, zero, yaxshi bayon etib berolmasam-da, har holda men uni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Mana bu masxaravozlar esa tushunmaydi, «Tush ko‘rgan, telba, alahlagan, gallyutsinatsiya!» — deydi. Eh! Axir, shu ham aqldanmi? Tag‘in ular ko‘kragiga uradi-ya. Tush emish. Xo‘sh, tush nima o‘zi? Bizning hayotimizchi, tush emasmi? Nima desangiz, deng; mayli, bular hech qachon amalga oshmasin, jannat hech qachon yaralmasin, men baribir targ‘ib qilaveraman. Lekin aslida bu juda oddiy narsa: bir kun, bir soatning o‘zida hamma ishlar joyida bo‘lishi mumkin. Muhimi — o‘zgalarni ham o‘zingizdek seva olish! Ko‘rdingizmi, eng muhim narsa nima ekan! Bor-yo‘g‘i shu, boshqa hech nima kerakmas: nari yog‘iga qanday yo‘l tutishni o‘sha zahotiyoq o‘zingiz topib olasiz. Gap orasida aytishim kerakki, bular hammasi eski haqiqat. Uni million emas, billion martalab takrorlaganlar, o‘qiganlar, lekin ular amalga oshmadi. «Hayotni anglash hayotning o‘zidan, baxt qonunlarini anglash baxtning o‘zidan oliyroq» — mana shu fikr bilan kurashish kerak. Men kurashaman ham. Faqat agar hamma xohlasa, shu zahotiyoq barchasi o‘nglanadi.
U kichkina qizchani men izlab topdim… Mayli, men ketdim! Men ketdim!

(Manbaa: https://ziyouz.uz/jahon-nasri/fyodor-dostoevskiy/alomat-odamning-tushi/ )

Asqad Muxtor. Etik (hikoya)
Abdurasulev yerga ursa sapchigudek miqti, oydekkina tepakali — qarilik nishonasi emas, salobat, sipolik, yana nima desak, ziyolilik alomatidir. Hamma uni serg‘ayrat, ishchan xodim deb biladi. Xullas, hali-beri o‘ladigan odamga o‘xshamaydi, lekin, ajabki, uning o‘z o‘limi bot-bot xayoliga keladigan bo‘lib qolgan.

Ajab deb, nimasi ajab, bandasi bu dunyoda mehmon, deganlar. Darvoqe, Abdurasulevning xayolida o‘lim bir qazo yoki kulfat tarzida emas, o‘ziga xos voqea, marosim, katta ma’raka sifatida namoyon bo‘lardi. Ertalab gazetalarda lop etib ta’ziyalar chiqqan unga ministru kazo-kazolar imzo chekkan, mahalla-ko‘y, katta-kichik oyoqqa turgan… Mahalla-ko‘y yana o‘zi biladi-yu, ammo idoraning kiraverishida miting bo‘lishi aniq. Mashinalar harakati to‘xtatilgan, chorraha to‘la odam, qator gulchambarlar kelyapti, kelyapti, kelyapti… Jiddiy, g‘amgin odamlar saf tortib, qizil tobut yonidan bosh egib… aytgandek, faxriy qorovulda kimlar? Nega bo‘lmas ekan faxriy qorovul? Har holda kimsan — sobiq arxitektor, fan kandidati, san’at ishlari boshqarmasining mas’ul xodimi o‘lib o‘tiribdi!.. Nega bo‘lmas ekan, bo‘ladi. Abdurasulev bunday marosimlarning udumlarini, darajalarini besh qo‘lday biladi: kimga surati bilan, kimga shunchaki «bir guruh o‘rtoqlari», kimga muzika-yu, kimga miting… Bari qoidalik. Kimga Chig‘atoyu kimga Minor — har kimning tirikligidayoq aytib berishi mumkin. Chunki idorada necha yildan beri dafn komissiyasiki tuzildimi — albatta Abdurasulevni rais qilib saylashadi. Ayniqsa, biron veteran yoki keksa pensioner (o‘lim — haq, lekin, baribir, xudo saqlasin) vafot etib qolguday bo‘lsa, darrov hammaning tiliga Abdurasulev keladi. O‘zi ham qoyillatadi-da Abdurasulev! Bironta odam, hatto bola-chaqa ham marosimdan chetda qolmaydi. Qizil tasmalar, medal chandiladigan bolishchalar… Oh. oh, oh iloji topilsa-yu, qani endi odam o‘z marosimiga ham rais bo‘la olsa! Aza emas, yubiley qilivorardi Abdurasulev. Bunday obro‘-ishonch unga qayoqdan kelgan, dersiz. Sabr qiling, buning o‘z tarixi bor.

Urushdan oldingi yili, otasi qamalib ketgandan keyin, Abdurasulevni maxfiy idoraga so‘roqqa chaqirishdi. Hamma narsadan umidni uzib, rangi surupday oqarib tergovchining ro‘parasida o‘tirarkan, nuqul devordagi plakatga tikilar edi. Plakat tergovchining orqa tomonidagi devorni egallagan, katta, asosan qizil rangda chizilgan ekan. Unda formadagi jasur chekist shaxdam yurib borayapti, birinchi galda cho‘yanday og‘ir etigi diqqatni tortardi. Poshnasining tagida uch boshli chirkin ilon o‘lim talvasasida boshlarini har tomonga to‘lg‘agancha, yanchilib yo‘lda qolib ketyapti. Boshlariga esa fashist tamg‘asi bosilgan, biriga «josus», biriga «gazanda», biriga yana alla nima deb yozilgan… Abdurasulev, shunga diqqati bo‘linib, oddiy savollarga ham mujmal javob berar, yana har zamonda plakatga ko‘z qirini tashlab qo‘yar edi.

— Ha, qadrdon otangizni tanib qoldingizmi deyman… — zaharxanda qildi tergovchi, ilonga qarab qosh sakratarkan, — qani, endi asosiy gapga o‘tamiz.

— …Qanaqa «qadrdon»… nega «qadrdon»?..

— Qadrdon bo‘lmasa, keching otangizdan, vassalom!

Abdurasulev tushunmadi, etik poshnasida majaqlangan ilonlar uning xayolini chalg‘itar edi.

— Qanday, undan… — «otamdan» deyishga bu odamning oldida tili bormadi, «undan» dedi, — qanday kechaman?..

— Qanday? Mana, tayyor blanka, qo‘l qo‘yasiz, vassalom.

— Siz…

— Nima «siz?» Kechmasangiz ixtiyoringiz, ana, boring otangizning orqasidan. vassalom, — tergovchi yana plakatga ishora qildi.

— Men… siz… Men kechsam-u, siz ishonaverasizmi?

— Biz o‘rtoq Stalinning ko‘rsatmasiga binoan ish qilamiz, vassalom. «Bolalar otalar uchun javobgar emas, vassalom», degan o‘rtoq Stalin. Yo bexabarmisiz?

— A?

— Nima «a»?

— O‘rtoq Stalin… shunday deganmi?

Abdurasulev yana beixtiyor plakatga boqdi.

Undagi chekist suratiga endi alohida razm soldi, qiyofasiga astoydil qarasa… o‘rtoq Stalinga o‘xshab ketar ekan, qarang. Xuddi o‘zi-ya, shineli, etigi… Faqat mo‘ylabi yo‘q, yoshroq ekan. Bo‘lmasa, quyib qo‘yganday!

Abdurasulev bosinqirab uyqudan uyg‘ongandek, ko‘zini pirpiratib, boshini keskin silkib qo‘ydi. Asli Stalin nariroqda, to‘rdagi devorga osilgan edi. U eshikday katta portretdan Abdurasulevga jilmayib boqqanday bo‘ldi. Abdurasulev uni endi ko‘rib turganiga hayron. Go‘yo Xizirday paydo bo‘ldi-yu, mo‘jizakor so‘z aytdi. «Bolalar otalar uchun javobgar emas». Aslida u hozir… aslida u hozir Abdurasulevni mana bu etik poshnasi ostida yanchilib ketishdan qutqazdi. Ajabo, gapning hikmati-yu, o‘rniga tushganini ayting! Dohiyda chindan ham gap ko‘p…

Shu voqeadan keyin Abdurasulev portretlarni ko‘rganda beixtiyor tikilib qoladigan, undan yo‘q narsalarni uqib oladigan bo‘ldi. Goho besh-olti metrlik portret oldida to‘xtab qolganida xayoliga g‘alati-g‘alati farazlar keladi, bu katta kalla ichida juda ko‘p aqlli odamlar, allomalar, avliyolar bordek tuyuladi, shuning uchun ham dohiyning bilmagan sohasi, bilmagan siri yo‘q, hatto odamning hozirgina o‘ylab turgan o‘yini ham topadi. Tavba!

Endi bir sirni ham aytib qo‘yaylik: otasidan voz kechgani bilan, goho miyasining uzoq bir burchagida uni qo‘rtsa-pisa sal o‘ylab ham qo‘yar edi. Otasi yomon odam emas edi-da. U qamalib ketdiki, demak, o‘sha kalla ichidagi odamlar orasida yovuzrog‘i ham bor. Bu qo‘rqinchli fikr juda yopishqoq chiqdi, kutilmaganda xayollariga xuddi beor pechakday chirmashar edi. O‘ylab-o‘ylab u yovuzning qiyofasini ham ko‘z oldiga keltiradigan bo‘ldi. U iblisga o‘xshar edi. Abdurasulev xizmat yuzasidan «Faust» spektaklini qabul qilganida uni ko‘rgan, operada u Mefistofel deyilar ekan. Cho‘qqi soqol, uzun qulog‘ini tuk bosgan, xunuk ovoz bilan kuladi. Manglayida ikkita kichik mo‘gizi ham bor… Iblis turli qiyofalarga kira oladi. Bir donishmand tsiyofasida kallaga suqilib kirib olgan bo‘lsa…

Abdurasulev uyda yolg‘iz bunday xayollarga berilganida birdan seskanib o‘rnidan turib ketadi, cho‘michlab sovuq suv ichadi, jinni bo‘lib qolishidan qo‘rqadi. Oila, mahalla-ko‘yning unga xushi yo‘q, hayoti idorada, kollektiv orasida, shu bilan tirik. Xodimlar uni xayolga berilgani qo‘yishmaydi. Yo komissiyaga saylashadi, yo majlis, yo doklad topshirishadi… Sinovdan o‘tgan, qat’iyatli, e’tiqodli odam emasmi. Uning uchun g‘oyaviy printsipiallik nima ekanini hamma biladi.

Siz uni faqat dafn komissiyasiga saylashar ekan, deb o‘ylamang tag‘in, u boshqa ko‘p jiddiy komissiyalarga a’zo va hatto rais ham bo‘lgan, mas’ul vazifalarni, favqulodda topshiriqlarni bajargan. Endigi gap xuddi ana shular haqida.

Xiyobon maydonida haykal o‘rnatiladigan bo‘ldi. O‘zingiz bilasiz, shahar katta, atrofida baland-baland imoratlar bor, qadimiy chinorlar bo‘y cho‘zgan. Buning ustiga, bir zamonlar xuddi mana shu joyda gubernator qurdirgan hashamatli butxona bo‘lar edi. U hozir buzib tashlangan bo‘lsa ham savlat to‘kib turgan niliy qubbalari hali-hali keksalarning yodida. Shuning uchun bu joyga tushadigan haykal «o‘zini oqlashi», ya’ni savlatu-salobati bilan bu imoratu bu chinorlarning, xotiradagi bu qubbalarning birontasidan qolishmasligi kerak edi. Qolishsa, o‘zingiz bilasiz, yaxshi bo‘lmaydi.

Binobarin, haykal g‘oyat ulug‘vor, tagsupasidan tashqari rosa o‘n olti metrli qilib buyurtirilgan.

Ammo uning dastlabki montaji negadir cho‘zilib ketdi, yubiley yaqinlashib kelyapti. Shahar kattalari bezovta, kuni-kecha ijrokomda majlis bo‘lib, masala yana ko‘ndalang qo‘yildi, bu hayot-mamot masalasi ekanligi qat’iy ta’kidlangandan keyin, montaj ishlarining borishini kuzatuvchi maxsus komissiya tuzildi.

Qarangki, bizning qahramon, sobiq arxitektor, fan kandidati va san’at ishlari boshqarmasining mas’ul xodimi sifatida, mana shu komissiyaga — ha, balli, o‘zingiz ham topdingiz — rais bo‘lib qoldi-da!

Montajchilar urush vaqtida ko‘chirib keltirilgan aviatsiya zavodining sobiq yig‘uv tsexini egallagan edilar. Sex nihoyatda baland, shiftlari oynavandli bo‘lganidan hamisha yorug‘, projektorlar shu’lasida ish kechalari ham davom etar, tepadagi ko‘tarma kranlar g‘irchillab og‘ir siljir edi. Komissiya ertasigayoq to‘la sostavda shu joyga yetib keldi.

Abdurasulev ne ko‘z bilan ko‘rsinki, ishlar haqiqatan ham chala. O‘n olti metrlik haykal taxta havoza ichida nima uchundir hali ham bir oyoqda turibdi. Atrofida chumoliday ko‘ringan odamlar betartib ivirsiydi, taraq-turuq, chang-to‘zon, svarka chaqmog‘ining ko‘k shu’lasi ko‘zni oladi. Temir jarangidan quloqlar batang. Hali haykalning ko‘p qismlari uyoq-buyoqda sochilib yotibdi.

Shunday bo‘lsa ham, Abdurasulev bir qo‘li bilan do‘ppisini ushlagancha boshini orqaga tashlab, chala haykalga ko‘z solar ekan, hayratdan yuragi hovliqib ketdi: ulug‘vorlik shu qadar bo‘ladi-da! Necha ming tonna asil bronza! Hali unga sayqal berilsa quyoshli kuni shahar tepasida yarqiraganini tasavvur qiling.

Abdurasulev bu umumxalq baxtiga o‘zining ham daxli borligini his etib, havozaning zinasiga qadam qo‘ydi. Zavq-shavq o‘z yo‘li bilan, lekin komissiyaning muqaddas vazifasini unutmaslik kerak: sur’at, sifat, g‘oyaviy benuqsonlik…

Zinapoyalarda burama ombir, katta bolg‘a, elektrod qutilari, yana allaqanday asboblar, simlar o‘ralashib yotar, yuqoriga chiqish oson emas edi. Havozaning uchinchi qavatiga yetganda Abdurasulev… etikka duch keldi. Qora cho‘yan etik, qo‘nji taxminan to‘rt metr, poshnasining o‘zi tegirmon toshiday keladi! Tag‘in tovonidan ikkita yo‘g‘on bolt chiqib turibdi. Abdurasulev allanimalarni eslab, peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. Bunday temir poshna, ilon u yoqda tursin…

To‘xta, bu nimaga bu yerda yotibdi? Daftariga yozib oldi-yu, negadir qo‘li qaltirar, etik poshnasidagi bilakday-bilakday burama mixlarga qiya qarab qo‘yardi. Xarsang tagsupasiga shu mixlar bilan mahkamlanib qo‘yilsa kerak… Ha, xuddi shunday. Bu tushunish unga dalda berdi, ancha o‘ziga kelib, yana yuqoriroqqa chiqa boshladi. Mana, boshliqning xonasidagi baqaloq po‘lat sandiqday keladigan «musht». Bu — chap qo‘l. O‘ng qo‘li qayoqda? Ha, ko‘ksida, gimnasterka yoqasida bo‘lishi kerak, bu yerdan ko‘rinmaydi. Havoza temir armaturalarga qurilgan, taxtalar oyoq bosganda biroz liqillasa ham, mustahkam edi.

Butun osmon yorishib turgan oynavand shiftga yaqinlashgan sari, beton polda yurgan odamlar jimitday-jimitday ko‘rinadi, Abdurasulev pastga qaramaslikka harakat qilib, «bosh»ga yaqinlashib borardi. O‘n to‘rtinchi «falak»ka yetganida bloknotini qo‘lga oldi: «bosh» sal qiyshiqroqmi? Yo‘g‘-e, bo‘lishi mumkin emas, pastdan shunday ko‘rinayotgan bo‘lsa ehtimol. Yana ikki qavat chiqdi, chindan ham… Xuddi tepasida naq ikki gaz keladigan bitta mo‘ylov sal engashib, qiyshiq soya tashlab turibdi. Bu qanaqasi!? Abdurasulev yana bir qavat ko‘tarildi, endi uni mo‘ylovning qiyshiqligi emas, kallaning kattaligi esankiratib qo‘ygan edi. qandaydir eski xayollarini quvib, montaj ishlariga tanqidiy qarashga harakat qildi-yu, yana bo‘lmadi, miyasi karaxt, jo‘yali bir fikr kelmasdi. Buning ustiga… xuddi ro‘parasida «bosh»ning qoq teppasidan tuynuk qopqog‘i shartta ochilib, birdan ikki odam ko‘rindi. Biri ancha yoqimtoy qiyofali, kaftini peshonasiga soyabon qilib hadeb tikilayotgan Abdurasulev bilan salomlashganday iljayardi. Ikkinchisi bo‘lsa… cho‘qqi soqol, uzun qulog‘ining ortida yo‘g‘on qizil qalam, qo‘lida buklanadigan temir jazvar, manglayida shoxi bormidi-yo‘qmi — Abdurasulev payqab ololmadi, ko‘zi tinib, havozaning armaturasini bazo‘r ushlab qoldi. Shunda ham boshi aylanib, chakkasini bir nimaga qattiq urib oldi. Og‘riqdan esi joyiga keldi shekilli, haligining tovushini eshitdi:

— O‘rtoq rais, bosh hali yaxshi o‘rnashmagan, shuning uchun sizga qiyshiq ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin, xavotir olmang, joyiga tushadi.

Qaysi biri gapirdi? Bu — odam tovushimidi o‘zi, yo… Abdurasulevning nimani o‘ylayotganini qayoqdan bildi? Axir bu o‘zi emasku, axir bu haykal-ku…

Urilgan joyi yana bir jiz etib, shiftlar gir aylandi. Tezroq tushib olishi kerak, pastda yaxshi. Balandlik Abdurasulevga o‘zi umuman to‘g‘ri kelmaydi. Bir qo‘li bilan chakkasini, bir qo‘li bilan temir ustunlarini ushlab, laq-laqi zinalardan pastga tushib ketdi.

Pastda haqiqatan ham yaxshi. Dastlabki kechasi haligi Mefistofel tushiga bir oraladi-yu yo‘q bo‘ldi, boshi anchagacha gangibroq yursa ham, hammasi yaxshi bo‘lib ketdi. Rais yana o‘sha-o‘sha, tetik, serg‘ayrat, komissiyaning xulosasi ham chiqdi. Ishning sur’atini susaytirib turgan narsa o‘z nomi bilan aytildi: zavoddan ikkita chap qo‘l yuborishibdi. Chapidan serobroq ekanmi, konteyner adashib ketganmi… ishqilib, shunaqa. Telegramma jo‘natilgan ekan. Haligacha javob olinmabdi, odam yuborish kerak Leningradga.

Ijrokom buni o‘sha kuniyoq hal qildi: kim boradi, albatta rais. Albatta Abdurasulevning o‘zi! Shu kechasiyoq!

Nega bormas ekan, Abdurasulev charchamas, printsipial odam, ertasigayoq yetib bordi. To‘g‘ri zavodning bosh ekspeditoriga uchradi. Baland bo‘yli, qiltiriq odam ekan. Kekirtak suyagining borib-kelib turishini aytmasangiz, muomalasi mayin. Ayniqsa, Abdurasulevning Toshkentdan kelganini bilgandan keyin qoq chakagiga qon yugurib, yumshoq kursini ko‘rsatdi, hol-ahvol, ob-havo, qovun-tarvuzning barakasini surishtirib bo‘lgandan keyin, «xo‘sh, xizmat?» dedi.

— Shu deng, hurmatli Aksan Aksanich, o‘rtots Stalinning bir qo‘li…

Aleksandr Aleksandrovich chayon chaqqanday sapchib o‘rnidan turdi, tagidagi kursi taraqlab ag‘darilib tushdi, bosh ekspeditorning rangi quv o‘chib, olaygan ko‘zlari eshikka, deraza tomonga alangladi.

Abdurasulevning gapi og‘zida qolgan edi.

— Bu yoqqa yuring, — dedi bosh ekspeditor eshikka boshlab. Ular hovlidan o‘tib, tayyor mahsulotlar ekspeditsiyasida Toshkentdan kelgan telegrammani topdilar, Aleksandr Aleksandrovich indamay rezolyutsiya qo‘ydi-da, Abdurasulevning qo‘liga tutqazdi. Hovliga qaytib chiqqach, uni xoli joyga boshlab, tirsagidan ushladi, atrofida hech kim yo‘qligiga amin bo‘lgandan keyin, past ovoz bilan ta’kidladi:

— Hech qayerda, na og‘zaki, na yozma ravishda… bu so‘zlarni ishlatmang. «O‘n birinchi detal!», tushundingizmi? «O‘n bi-rin-chi detal!» Hamma joyda shunday deb ishlating.

— Axir men «qoqshal» yoki «falaj»… u-bu so‘zlarni ishlatganim yo‘q-ku, Aksan Aksanich?

— To‘g‘ri, siz ishlatmadingiz, men eshitmadim, tamom… Ammo siz aytmagan o‘sha bir so‘z o‘rniga bir so‘z topib qo‘yish qiyin emas, azizim. Yoki, osonrog‘i, uch nuqta qo‘yilsa ham — bas. Bizning sobiq bosh direktorimiz shu uch nuqta dastidan otilib ketgan. General-mayor edi, Kominternda ishlagan, Ispaniyada jang qilgan. Siz bilan biz nima ekanmiz…

— …Rahmat, Aksan Aksanich, — dedi nafasi ichiga tushib ketgan Abdurasulev. Esankirgancha zavod temir yo‘l tarmog‘idagi tovar skladini qidirib ketdi. Hushi joyida bo‘lmaganidan, ochiq havodagi tsex xo‘jaliklarida anchagacha adashib yurdi. Qaysi eshikka qaysi darvozaga duch kelsa qo‘lidagi rezolyutsiya solingan telegramma — ruxsatnomaday gap.

Kaftining teridan namiqib ketgan qog‘ozga yurak betlamayroq tikilarkan, lablari shivirlar edi: «O‘n birinchi detal!» De-tal. Aslida bu «detal» shunday uzunki dunyoning istagan burchagiga yetadi. Bir ishora qilsa bas, Kominternmi, Ispaniyami… Bitta u, bitta! Munaqangi odam olamda ikkita bo‘lmaydi. Ikkita bo‘lsa Yer ko‘tarolmas…

Abdurasulev xayol bilan bo‘lib, baland temir darvoza oldidan chiqib qoldi. Konveyer tsexining hovlisi ekan shekilli, darvozadan kirishi bilan taxtadek qotdi, baqiray desa ovozi chiqmas, tili aylanmas edi. Uning ro‘parasida o‘ttiztacha Stalin turardi! Hammasi sayqalsiz temirdan, hammasi etik kiygan. Hammasi qoyaday baland, tekis saf tortgan. Temir saf shiddat bilan bosib kelyapti!

Abdurasulev devorga qapishib qoldi. Ko‘zini chirt yumib, pichirlab kalima keltirdi: lo iloha illolloh… u bitta… undan boshqa yo‘q…

Ammo bu temir safning dahshatli yurishini to‘xtatish mumkin emas, u esa tosh devorga tobora kirishib, sal bo‘lsa unga suykalib ketadigan bir qop sovuq halimga aylangan edi.

Qancha vaqt o‘tganini bilish qiyin. Abdurasulev hushiga kelgandan keyin o‘ziga qattiq uqtirdi: bu arzimas bir zumlik holat. Printsipial Abdurasulev bunday holatlarga uzoq beriladigan odam emas, uning hamma ishlari hisob-kitobli. Tovar stantsiyasida konteynerga «Srochno» tamg‘asini bostirib, yukni jo‘natdi-da, o‘zi samolyotda Toshkentga uchdi.

Qaytib kelsa, haykal hamon bir oyoqda turibdi. Rais janjal ko‘tardi: bu qanaqasi, yubiley kelyapti, kim qilayapti bu zararkunandalikni! Endi tegishli joyga xabar qilmoqchi bo‘lib turganida mutaxassislar tushuntirishdi:

— U «oyoq»…

— A?

— U «etik»…

— «Detal» deb gapiring!

— U «detal» avval maydondagi xarsang tagzaminga asosiy tayanch qilib mahkamlangandan keyin, haykal uning ustiga o‘rnatiladi, shuning uchun…

Abdurasulev tushundi, tinchidi, ammo xotirjam bo‘lgani yo‘q. Tez orada «O‘n birinchi detal» ham yetib kelib, tsexda ishlar yurishib ketdi. Komissiya har kuni shu yerda, tsex tutunga, har xil kislota-yu bo‘yoq hidiga to‘lgan, svarka uchqunlari ko‘zni olar edi. Qora ko‘zoynak takib olgan rais deyarlik mamnun, osmon barobar tsexning oynavandli shiftigacha bo‘y cho‘zgan haykalning ulug‘vor salobatiga dam yaqindan, dam olisroqdan turib ko‘z qisib boqar, goh boshini orqaga, goh chapga yo o‘ngga tashlab, kaftini qoshiga soyabon qilib uzoq tikilar edi.

Bir kuni shunday mas’uliyat, ham g‘urur, ham kamtarlik hissi bilan aylanib yurar ekan, havozaning uchinchi qavatida bir nima qirs etdi. Oyog‘iga ilashgan elektr simi o‘sha qavatning taxtasiga tashlab qo‘yilgan ekanmi. Shundoq tepaga qarashi bilan to‘rt metrlik o‘sha qora cho‘yan «etik» poshnasini undagi bilakday boltlarni ko‘rib qoldi. Bu yilt etgan bir zumlik ko‘rinish unga qo‘rquv ham solgani yo‘q, ulgurmadi. Qo‘rqib ulgurish uchun ham vaqt kerak ekan, qarang! Bir nima qattiq gursillab, tsex zilzila vaqtidagidek tebranganini biladi. Bu yog‘i — tubsiz, zimziyo bo‘shliq…

Odamlar yugurib kelishsa, «etik» yonida Abdurasulev cho‘zilib yotibdi. Yuzida jilmayishmi, qo‘rquvmi — qonsiz va jonsiz bir ifoda qotib qolgan, tirikmi-o‘likmi — bilib bo‘lmasdi. Ustiga tushsa majaqlab, beton polga shuvab tashlagan bo‘lardi, shabadasidan yiqilibdi, deyishdi.

Abdurasulev o‘n to‘rt kun deganda kasalxonada o‘ldi.

Dafn komissiyasi tuzilmadi. Kiraverishda motam mitingi ham bo‘lmadi. Chunki o‘sha kuni hamma Xiyobon maydonida, haykal ochilishiga bag‘ishlangan tantanali mitingda edi. Gazetalar tantanali voqealar bilan to‘lib chiqdi. Marhumning tobuti yonida hech kim faxriy qorovulda ham turmadi, idora rahbarlari Xiyobondagi minbarda edi. Pionerlar medal bolishchalarini ko‘tarmadilar, ular — ulug‘vor haykal poyiga gulchambarlar qo‘ygani safarbar etilgan edi.

Tobutni mahalladagi uchta pensioner chol eltib qo‘ydi.

— Etik bosgan odammi? — deb so‘radi go‘rkov, — buyoqqa olib kelinglar.

Keyin o‘zi yerlab qo‘ydi.

(Manbaa: https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/asqad-muxtor/asqad-muxtor-etik-hikoya/)

Karimberdi To‘ramurod. G‘aroyib to‘y (hikoya)
1
— Kelin yo‘q! Eshitayapsizlarmi, kelin hech qayerda yo‘q!
— Adolatning qizi qochib ketibdi!

2
Onalarining qirqi chiqqan kun edi.
To‘rt-besh chinni lagani, kosalari, o‘ntacha choynagi, yigirmatacha piyolasini bir tugunga tugib ko‘tardi.
— Enam “Men o‘lsam chinnilarim senga qoladi”, deb vasiyat qilgan edi, — dedi Adolat uning harakatiga hayron qarab turgan ukasiga.
— «Enam vasiyat qilgan», deb enam tuproqqa qo‘yilmay turib hamma kiyimlarini olib ketdingiz. Uchi o‘tib taxmondagi gilamlarni ham tashib oldingiz. Endi esa, chinnilarga yopishdingiz, uyalmaysizmi, opa? Shu bilan vasiyat qilgan narsalari tugaydimi ishqilib? Enam “Ukangning oilasiga ham uch-to‘rtta choynak-piyola qoldir, uning ham bola-chaqasi bor, ular nimada choy ichishadi, nimada ovqat yeyishadi? Ukangning bolalariga ham insof qilgin, qizim”, deb vasiyat qilganlari yo‘qmidi, opa? — dedi uning qilig‘idan ranjigan Diyorbek. — “Aqalli cheti uchgan piyolalarni ham qoldirmay olib ket”, deganmidi enamiz, opa?
— Degan, xuddi ana shunday degan, bo‘ldimi? — dedi Adolat labi titrab. — Ana, tunuka tovoqlar bilan alyumin krujkalar qolayapti, shunisiga ham shukur qil. Lekin bir kelsam enamdan qolgan po‘lat qozonni ham olib ketaman, esingda tursin! Enam vasiyat qilgan…
Adolat keta-ketguncha nola qilib ketdi. Qarg‘ab ketdi. Yer mushtlab ketdi. Achchig‘ining zo‘ridan ko‘prikdan aylanib kelishga ham sabri chidamay, suvi kamayib qolgan Tentaksoydan kechib o‘tib ketdi.

3

Jalasoyliklar Adolatning bu nolayu fig‘onlariga ko‘p e’tibor berib ham o‘tirmadilar.
— O‘zi shu Adolat qizligida ham juda shatta edi, — dedi bir necha xotinlar bilan suhbatlashib o‘tirgan Xosiyat momo. — Haliyam shattaligi qolmapti.
Adolatning shu xulqi sabab bo‘lib, uni kelin qilishga Jalasoyda birovning yuragi betlamagan. Tentaksoyning narigi betidagi Soygo‘zar qishlog‘iga kelin bo‘lib tushgan edi.

4
— U yoq-bu yoqni qaranglar, butun boshli kelin yo‘qolib qolmas? Peshinda uyida ekan. Bir yoqqa chiqib ketmagani aniq. Dugonalarining uylarini ko‘ringlar!
Butun qishloq oyoqqa turdi. Kelin bo‘lmishning barcha dugonalarinikini ko‘rib chiqishdi, dugona emaslarning uylarini ham ko‘rib chiqishdi. Kelin yo‘q!

5
Yigirma yil deganda o‘rtaga odam qo‘ya-odam qo‘ya Diyorbek opasi bilan yarashdi. O‘sha kuni Diyorbeknikida bayram bo‘lib ketdi. Qo‘y so‘yildi. Qavmu qarindoshlar chaqirildi. Bobolarning duosi olindi, momolarning duosi olindi. Ko‘p yaxshi gaplar aytildi, chiroyli tilaklar bildirildi.
— Mana shu jiyanim Noilaoyni o‘g‘lim O‘ktamjonga kelin qilsak, nima deysizlar? — dedi Diyorbek qarindoshlarga.
— Juda yaxshi bo‘ladi, — dedi Berdimurod oqsoqol. — Adolat Soygo‘zarga tushuvdi, uning o‘rniga qizi qaytadi.
— Opa, nima deysiz? O‘ktamim ham uncha-buncha polvon yigit emas, ikki marta chempion bo‘lgan. Navro‘zdagi kurashda “toboq”qa qo‘yilgan “Neksiya” mashinasini yutib olgan, — dedi Diyorbek. — Qiz bersangiz polvonga bering-da, opa?
— Qizimni O‘ktamingga berganim bo‘lsin! — deb yubordi Adolat ham. — Shanba kuni to‘yni olib bor, fotiha qilamiz. Ammo to‘yni zo‘r qilib olib bor, opangning ham Soygo‘zarda o‘ziga yarasha do‘st-dushmani bor. Ko‘rolmaydiganlarim hasaddan o‘lsin, deyman-da, Diyorbekjon!
— Bu yog‘idan g‘am yemang, opa!

6
— O‘lib qolsam tegmayman o‘sha ayiqpolvonga!
Zebo dugonasining bu gapidan hayron bo‘ldi.
— Noila, bu nima deganing? Axir, ayang tog‘ang bilan endigina yarashgan bo‘lsa, endi quda-anda bo‘lamiz deb turishganda sen bunday qilsang, ular yana yuz ko‘rishmas bo‘lib ketadilar-ku?
— Ayam ham o‘sha kuni qiziq ustida xo‘p deb yuborgan ekan, keyin bir necha marta “Bekor qilibman, anavi tog‘angning erkatoy xotinchasi senga kun bermaydi”, dedi.
— Nega fotihagacha aytmading unda? Axir, fotiha to‘ylaring bo‘ldi. Haliyam odamlarning og‘zidan tushmaydi kuyov taraf bergan to‘y, sarpolarning ta’rifi.
— Sarpolari boshini yesin, nima, boshqaga tegsam sarpo bermaydimi?
— Berishga berar-u, boshqa deganing O‘ktam polvonday bo‘larmikan, Noila? Kechagina “Tog‘amning o‘g‘li zo‘r polvon, tumanda tengi yo‘q”, deb og‘zingdan bol tomib maqtayotuvding-ku?
— Shu polvonligi uchun ham tegmayman. Ayiqqa o‘xshaydi.
— Polvon yigitlar shunaqa, … baquvvat bo‘ladi-da, — dedi Zebo ajablanib. — Jon demaysanmi shunday yigitga tegayotganingga. Birorta pachaq bolaga tegsang nima qilarding?
— O‘zing tegib ola qol, shuncha yaxshi bo‘lsa o‘sha ayiqpolvon.
— Menga sovchi qo‘yganida jon-jon deb tegib olgan bo‘lardim, — dedi Zebo dilidagini yashirmasdan. — Polvonlarni yaxshi ko‘rishimni bilasan. O‘zim ham otam ta’qiqlab qo‘ymagunicha maktabdagi kurash to‘garagiga qatnaganim esingdadir? Qani edi, menga ham birorta zo‘r polvon yigit uylansa-yu, polvon bolalarning onasi bo‘lsam. Bitta sirimni aytaymi, polvonga tegsam yettita o‘g‘il tug‘ardim. Yettoviniyam polvon qilardim. Yetti polvon o‘g‘lim bilan faxrlanib, dunyodan bearmon o‘tardim. Bolalarimning bolalari ham polvon bo‘lardi. Essiz, shunday polvonning qadriga yetmay aytib o‘tirgan gapingni qara.
— Kechqurun men bilan uchrashgani keladi, birga chiq. Shu gaplaringni o‘zing unga aytasan!
— Chiqaman ham, aytaman ham!

7
Zebo rostdan ham Noila bilan birga chiqdi.
O‘ktam ham bir o‘rtog‘i bilan kelgan ekan. U yigit bilan Zeboning gapi qovushmadi. Nariroqda Noilaga gapirayotgan O‘ktamga bir-ikki zimdan ko‘z soldi. “Adashding, polvon, adashding, bu sening tenging emas. Noila polvonning qadrini bilarmidi?” deb o‘yladi ichida. Noila unga yolg‘ondan noz-firoq qilayotganini ko‘rib g‘ashi keldi.
— Noila, o‘zing borarsan, men ketdim!
Zebo boshqa bir so‘z ham demadi, unga gapirganlarga ham quloq solmadi, ketdi-bordi.
Yarim kechasi Noila uning derazasini chertdi.
— Tegmasang ochig‘ini aytib qo‘ya qolmaysanmi, tegmayman deb. Nima qilasan tegmaydigan odamingga nozlanib? — dedi achchiq bilan Zebo Noila ichkariga kirgach. — Yana sovg‘alarini ham qaytarmasdan olding?
— Jo‘rttaga qildim, ajab qildim, — dedi Noila qoshlarini chimirib. — Sening unga havas bilan termulib turganingni ko‘rganim uchun shunday qildim. Seni kuysin deb shunday qildim, Zebo.
— Sen o‘zi do‘stmisan, dushmanmisan, Noila? — hayratga tushdi Zebo.
— Sen-chi, birovning kuyoviga suqlanib qarashga uyalmagan sen do‘stmisan, dushmanmisan?
— Senga tushunmadim, — dedi Zebo. — Goh u … ayiqpolvonga tegmayman deb uni haqorat qilasan, goh uni qizg‘onib rashk qilasan. O‘zing nimani istashingni oldin aniqlab olsang bo‘lardi, dugonajon?
— Bu endi mening ishim, sen aralashma. Ammo nimani xohlashimni bilging kelayotgan bo‘lsa bilib ol, gapim gap, o‘sha ayiqqa tegmayman. To‘y kunigacha buni unga aytmayman ham. Ayamga qilgan yomonliklari uchun ular katta xarajatga tushishlarini istayman. To‘y kuni hammasini biladi. To‘y kuni meni topib bo‘libdi.
— Jinni ekansan, Noila, — afsuslandi Zebo. — Unutma, “Kim qilmag‘ay, kim topmag‘ay”, debdilar.

8
— Kelin qochib ketibdi!
— Noila qochib ketibdi!
Kuyovnavkarlari bilan kelib, chimildiqqa kirgan kuyov tashqaridan eshitilayotgan gap-so‘zlarni eshitib o‘tirdi. O‘rtoqlariga imo qiluvdi ular ham birin-ketin chiqib ketishib, Noilani axtarishdi. O‘ktamning yonida bitta Ziyodulla polvon qoldi, xolos.
Ikki soatcha vaqt o‘tdi.
— O‘ktam, kelin qochib ketgani rostga o‘xshaydi, bunday o‘tiraverish o‘lim. Tur, ketdik!
— Kelinsiz to‘yxonaga qanday kirib boraman, Ziyodulla? Kelinsiz nima deb kirib boramiz?
— Kelin bo‘lmasa nima qilasan? Tur, ketdik, do‘stim! Qiz deganining tuxumi tillodan emas, polvon! Bu qiz qadringni bilmagan bo‘lsa bundan ming marta chiroyli qizlar polvonga jon-jon deb tegadi, ketdik!
O‘ktam choponining etagini silkib o‘rnidan turdi.
Eshik oldida ammasiga duch keldi.
— Amma, shunaqa niyatlaringiz bor ekan, ertaroq aytmaysizlarmi? — dedi O‘ktam ammasiga. — Meni yer bilan bitta qildingiz-ku? Yigit bo‘lib biror davradan bosh egib chiqmagan edim. Ammo bu gal boshim yomon egildi, amma, yomon egildi!
— Men ham uning niyatidan bexabarman, O‘ktamjon, bilmadim u yergina yutgur qay go‘rda pusib o‘tiribdi ekan? Biroz shoshma, kelib qolar, qishloqdan chiqqan emas.

9
Noilaning qayerga berkinganini “Qani, nima tomosha ko‘rsatar ekan?”, deb ertalabdan uni zimdan kuzatgan Zebo bilardi. U hamma to‘y tashvishi bilan ovora bo‘lib qolganda kechga tomon hech kimga sezdirmay qishloq pastidagi odamlar tandir uchun qizil tuproq kavlab olaverib, g‘orga aylangan ungurga kirib ketganini ko‘rgan edi. Tabiiyki, uni g‘ordan izlash hech kimning esiga ham kelmas edi. Zebo bir xayoli aytay ham dedi, ammo “Qaytanga topilmagani yaxshi, baribir Noila bu polvonga munosib xotin bo‘lolmaydi, uni baxtli qilolmaydi, battar bo‘lsin”, deb aytmadi. Lekin baribir odamlar uni topolmay asabiylashayotganini ko‘rib, polvon yigit kelinsiz chiqib ketsa yuzi shuvit bo‘lishini o‘ylab, Noilaning qayerdaligini aytishga qaror qildi va chimildiq ilingan uyga qarab yo‘l oldi. Ammo ana shunda kutilmagan voqea sodir bo‘ldi.
Alamdan yuzlari bo‘g‘riqqan kuyov ichkaridan otilib chiqdi va “Endi nima bo‘lar ekan?” deb to‘planib turgan yuzlab odamlarga baland ovozda gapira boshladi:
— O‘v, birodarlar! Polvonning mulzam bo‘lgani — o‘lgani! Men bugun Soygo‘zarga kuyov bo‘laman deb kelganman. Uyimda to‘y bo‘lib yotibdi. To‘yxona to‘la odam. Bo‘lar ish bo‘ldi, ammamizning qizi xohlamasa tegmasin. Endi bitta gapni aytaman, jon qulog‘ingiz bilan eshiting. Polvonning gapi bitta bo‘ladi, men kelinsiz bormayman to‘yxonaga. Soygo‘zarda menga qizini beradigan bitta mard bormi? Kim menga qizini bersa, polvonlik so‘zim shu qizini bir umr boshimga ko‘taraman. Uni baxtli qilaman!
Ana tomosha!
O‘ktamning bu otashin nutqidan soygo‘zarlik degani bir qalqib tushdi-ku.
— E, otangga rahmat! — dedi kimdir.
— Mard yigit ekan! — dedi boshqa birov.
— Haqiqiy polvonning gapi bo‘ldi! — deydi yana kimdir.
Ammo bu gaplarni aytgan odamlarning bo‘y yetgan qizlari yo‘q edi. Bo‘y qizlari bor erkaklar esa “Bir kunda qizimizni bir yigitning qo‘liga tutqizib yuborsak qanday bo‘lar ekan?”, degan andishada mum tishlashdi. Yana birovlari “Birovning o‘rniga tushib, qizim baxtli bo‘larmikan?” deb jim turishni afzal bildi.
O‘ktam davrada, devorlar ortida bu tomoshadan lol bo‘lib, lab tishlab turgan qizlarga murojaat qildi.
— Hey, qizlar! Oralaringda Noilaning dugonalari ham bordir? Men sizlarga ko‘nglimdagini aytmoqchiman. Kim uning o‘rniga kelin bo‘lsa, men uni baxtli qilaman! Bu chin yigitlik so‘zim!
To‘yxona suv qo‘ygandek jim bo‘ldi. U yer-bu yerdan qizlarning piqillab yig‘laganlari eshitildi. Noilani qarg‘aganlari eshitildi.
— Bor!
Ohistagina aytilgan birgina so‘zdan, qiz bolaning mayingina bu ovozidan go‘yo momaqaldiroq gumburlagandek bo‘ldi.
Hamma shu qiz tomonga o‘girildi.
— Bor, — dedi sekingina O‘ktam tomonga bir-ikki qadam bosgan Zebo. — Noilaning o‘rniga kelin bo‘lishga men roziman! Ammo ota-onamni chaqiring, ularning roziligini ham so‘rang. Ota-onam oq fotiha bersalar, shu bugunoq siz bilan taqdirimni bir umrlik qilib bog‘lashga, hoziroq siz bilan ketishga roziman!
Ana tomosha!
Hayrat aralash ovozlar tutdi to‘yxonani.
— E, yasha, Zebo!
— Yuragingga balli-e!
— Endigi qizlarda uyat ham qolmadi, — dedi bir kishi, ammo u yuzlab yovqarashlar tig‘i ostida qoldi.
Zeboning onasi hammasini ko‘rib turgan edi. Oyog‘ini qo‘liga olib uyiga yugurdi. Erini aytib keldi. Kela-kelguncha hammasini aytib keldi. Tushuntirib keldi. Ichida “Qizimni bir nima qilib qo‘ymasin, dadasining fe’li chatoq”, deb keldi-da onaizor.
Ota onaizor xavotir tortgan biror ishni qilmadi. Odamlar xalqasini yorib o‘tib, qiziga bir olam mehr bilan termulib turgan alpkelbat yigitni ko‘rdi. Uning qoshida yer chizib turgan qizi Zeboni ko‘rdi. Sekin uning yoniga keldi. Bir yoniga onaizor kelib, mung‘ayib turdi.
— Hammasini eshitdim, — dedi Zeboning otasi. — Qizim, keyin pushaymon bo‘lmaysanmi?
Zebo “yo‘q” ma’nosida bosh irg‘adi.
— Polvon, ertaga qizimizning bu qarorini yuziga solib, ta’na qilmaysizmi?
— Shu qizning mardligiga tan berdim. Men hammaning oldida qasam ichdim, men uni baxtli qilaman!
— Polvon, menam polvon bo‘lganman, polvonning ichidagini bilaman. Bitta qizim sizdan aylansin. Qizimni sizday yigitga berganim bo‘lsin! — Zeboning otasi keyin to‘planganlarga o‘girildi: — O‘v, birodarlar, duo qilinglar, Haydar polvonning qizi baxtli-taxtli bo‘lsin! Qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin! Uvali-juvali bo‘lsin!
— Omi-in!
— Omi-in!

10
Ay, birodarlar, Jalasoyda bir to‘y bo‘ldi, bir to‘y bo‘ldi, dovrug‘i yetti dovondan oshdi.

11
Zebo “Polvonga tegsam yettita o‘g‘il tug‘ardim. Yettoviniyam polvon qilardim, deganida farishtalar omin degan ekan.
Zebo O‘ktam polvondan yetti o‘g‘il ko‘rdi. Yettoviyam polvon bo‘ldi. Har to‘yda bittadan sovrin olib kelishsa, yetti sovrin bo‘ldi, ikkitadan olib kelishsa, o‘n to‘rt sovrin bo‘ldi. Ayrimlari bir to‘yda to‘rttagacha sovrin oldi. Hammasi olgan sovrinini otasiga taqlid qilib, “Topganimiz shu bo‘ldi”, deb Zeboning oyog‘iga qo‘yar bo‘ldi.
“Allohimdan yettita o‘g‘il so‘rabman-u, o‘zimga sirdosh bo‘ladi, bittagina qiz ham ber”, demabman, deb bir-ikki so‘lish olgan Zeboga Alloh taolo bir qiz ham berdi. Ammo u Zebo orzulaganday onasiga sirdosh bo‘lmadi. O‘g‘illarning ichida o‘g‘il bo‘lib o‘sgan u qiz, akalari bilan kurash tushib ulg‘aygan u qiz, qiz bolaning qo‘g‘irchoqlarini qo‘liga bir marta ham ushlamagan u qiz, o‘g‘il bola kiyinib kurashlarga chiqadigan, o‘g‘il bolalarning dodini beradigan u qiz sakkizinchi o‘g‘il bo‘ldi. Unga boshqacha ta’rif berib bo‘lmadi.
O‘ktam polvon ham va’dasiga vafo qildi. To‘g‘ri, u Zeboni bir umr boshida ko‘tarib yurmadi. Zebo yerda yurgan kunlari ham ko‘p bo‘ldi, ammo Jalasoy Jalasoy bo‘lib Zebodan ham ortiqroq qadrlangan ayolni na avval ko‘rdi, na keyin ko‘rdi.

12
Ay, birodarim-ay! U yog‘ini so‘rab nima qilardingiz?
Hikoyamni doim shu joyigacha aytib bergim keladi. Ammo doim “Keyin-chi?” deydiganlar chiqadi-da. Mana, siz ham “Noila nima bo‘ldi?” deb o‘tiribsiz.
Nima bo‘lardi, yigit-qizlar bor ovozi bilan “Yor-yor” aytib o‘tayotganini eshitgan Noila “Men bu yerda bo‘lsam, kimga “Yor-yor” aytishayapti ekan”, deya ajablana-ajablana yashiringan g‘oridan chiqib kelganida uning uyida to‘ydan nom-nishon qolmagan, dugonalariga rosa ko‘z-ko‘z qilgan seplarini mashinalarga ortib olib ketishgan, uylari o‘g‘ri urgan egasiz hovlidek huvillab qolgan edi.
“Oq qilaman, ko‘k qilaman” degan otasi Adolatning bir o‘qrayishi bilan Noilani oq ham qilolmadi, ko‘k ham qilolmadi.
Noila shundan so‘ng qatorasiga o‘n yil sovchi kutdi.
O‘n yil deganda uch qishloq naridagi xotin qo‘ygan Sattor piyondan odam keldi…

(Manbaa: https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/karimberdi-toramurod/karimberdi-toramurod-garo-ib-to-hikoya/)

Pirimqul Qodirov. Ilinj (hikoya)
Mening ikki opam urush davrida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan erlariga sadoqat saqlab, boshqa turmush qurishmadi. Biri ikki o‘g‘ilni, biri uch farzandni otasiz o‘stirib odam qilishdi. Bunday onalar har bir qishloqda, har bir shaharda bor. Men shu hikoya orqali ularning hammasiga cheksiz ehtiromimni izhor qilmoqchiman.Muallif

Kechasi soat ikkilarda darvoza taqilladi. Ayvonda yotgan Alisher qattiq uxlab qolgan ekan, tezda uyg‘onmadi. Darvoza qattiqroq taqillagandan keyin ichki uyning eshigi g‘iyqillab ochildi-yu, Iqbol opa ayvonga chiqdi. Alisher endi uyg‘ondi va sapchib o‘rnidan turdi. U qorong‘ida apil-tapil kiyinar ekan, darvoza tomonga:
— Hozir! — deb qo‘ydi.
Iqbol opa ichki bir titroqni bosishga tirishib:
— Tezroq qara-chi, dadang emasmikan? — dedi. Alisher uyquli tovush bilan qaytarib so‘radi:
— Kim deysiz?
— Dadang!
Alisher taajjub bilan:
— Qiziqsiz-a, oyi! — dedi-da, ayvondan tez tushib, darvozaxonaga qarab ketdi.
Alisherning dadasi Umarjon aka urushda bedarak yo‘qolib ketganiga o‘ttiz yildan oshib boryapti.
Iqbol opaning eng qo‘rqqan narsasi — «qoraxat». Bedarak yo‘qolish, har qalay, undan beriroqday tuyuladi. U erining to‘satdan kirib kelib qolishini kutadi, kechalari darvoza taqillab qolsa, yuragi hapriqib, bolalarga «dadanglar emasmikan?» deyishini qo‘ymaydi.
Alisher ham kichikligida oyisiga o‘xshab, doim dadasining yo‘liga ko‘z tikib yurar edi. Lekin yoshi ulg‘aygandan keyin otasining tirik qolganiga shubha qila boshladi. Agar u tirik bo‘lsa, o‘ttiz yildan beri suyukli xotinini, gulday farzandlarini qidirib topib kelmasmidi?! Yoki dunyoning narigi chetida bo‘lsa ham bironta darak, biron enlik xat yubormasmidi?!
— Bu urushda nimalar bo‘lmagan! — derdi Iqbol opa o‘g‘liga. — Dadanglar yarador paytida asir tushgan bo‘lsa, chet mamlakatlarga olib ketib qolishganmi? Boshiga biron ko‘rgilik tushgan bo‘lsa, «bolalarim isnodga qolmasin», deb ataydan jim yurganmikin? Biror kun o‘zini oqlaydigan yaxshi ish qilsa, yo‘li ochilib, kelib qolarmikin?
Bu taxminlar Alisherda murakkab, chigal o‘y-xayollar uyg‘otar edi. Alisher bu chigalliklardan bezganda dadasining jang maydonida halok bo‘lganini isbotlashga intilardi. U Moskvada bedarak yo‘qolgan jangchilarni qidirish bilan shug‘ullanadigan maxsus idora borligini eshitib, o‘sha yerga bir necha marta xat yozdi. Otasining so‘nggi suratlari, xatlari, adreslaridan nusxalar ko‘chirtirib yubordi. Kidiruv goh yurishib, goh to‘xtab, bir necha yilga cho‘zildi. Nihoyat, bultur kuzda Moskvadan kelgan javobda Umarjon Rahimov xizmat qilgan o‘qchi rotaning ko‘pchilik jangchilari G‘arbiy Ukrainaning Ternopol shahri uchun olib borilgan og‘ir janglarda halok bo‘lganligi aytilgan edi. Umarjon Rahimov ham shular qatorida halok bo‘lgani taxmin etilgan, lekin buning aniq hujjatlari topilmagan edi. Chunki Ternopol bir marta ozod qilingandan keyin yashirin bosmachi — benderachilarning xiyonati tufayli shahar yana vaqtincha dushman qo‘liga o‘tgan, o‘shanda juda ko‘p hujjatlar nest-nobud bo‘lib ketgan edi.
Hujjatlar bo‘lmasa, balki tirik odamlar bordir? Alisher endi shu savol bilan Ternopol shahar idoralariga, hatto yoshlar tashkilotlariga — yosh iztoparlarning otryadlariga xatlar yozdi. Natija chiqmadi. Kelgan javoblarning birida bu chigal muammoni xat orqali hal qilish qiyinligi, bedarak yo‘qolgan jangchilarning belgilarini yaxshi biladigan odam o‘zi kelsa biron daragini topishi mumkinligi aytilgan edi.
Kim boradi? Iqbol opa o‘ttiz yil fabrikada ishlab, yaqinda pensiyaga chiqqan. Lekin uning sog‘lig‘i yomon. Qand kasali darmonini ketkazib qo‘ygan. Qon bosimi oshib ketgan. Shu ahvolda borsa-yu, to‘satdan erining qabrini topsa, so‘nggi ilinjidan ham ayrilib, adoyi tamom bo‘lmaydimi?
— Men o‘zim boraman, — dedi Alisher. Bunga opasi Mahfuza ko‘nmadi:
— Sen dadamni eslolmaysan. Chaqaloq eding. Odamlar biron belgisini so‘rasa nima deysan! Men dadamni ko‘rganman. Men bora qolay…
Mahfuza jo‘nab ketganiga, mana, sakkiz kun bo‘ldi. Shuning uchun darvoza taqillaganda Alisherning xayoli darrov opasiga ketdi.
Darvozaxona yo‘lagini oqish «Zaporojets» band qilib turar edi. Alisher mashinaning chap yoniga o‘tib, qorong‘ida elektr chiroqning tugmasini paypaslab topdi. Yo‘laqda chiroq yongandan keyin tashqaridan keksa bir odamning:
— Telegramma! — degan xirqiroq tovushi eshitildi.
Alisher darvozaning bir tabaqasini ochdi-da, chiroq yorug‘ida telegrammaning kvitantsiyasiga qo‘l qo‘yib berdi.
Bu orada Iqbol opa ham ro‘molini boshiga solib, ayvondan darvozaxona oldiga tushib keldi.
Alisher qatlab bekitilgan telegrammani chiroq yorug‘iga solib, sabrsizlanib ochdi.
«Qidirganim topildi. Kiyevdan kechki reys bilan uchaman. Toshkent vaqti bilan soat uchda kutib ol. Mahfuza».
«Topildi» degan so‘z Alisherni entiktirib yubordi. U oyisiga tomon o‘girilib, ko‘zlari yaltirab:
— Opam!.. — dedi.
— Nima depti? Dadangni daragini topibdimi?
— Topganga o‘xshaydi!
— Voy xudoim-ey! Qayerda yurgan ekanlar? Nega shu vaqtgacha kelmas ekanlar?!
Iqbol opa erining tirik topilganiga ishonib gapirmoqda edi. Alisher buni sezib birdan xavotirlandi. Balki Mahfuza otalarining… qabrini topgandir. Opa-uka so‘ngga paytda otalarining halok bo‘lganiga shubha qilmay qo‘yishgan edi-ku. Axir tirik odam shuncha yildan beri Ternopolda jim o‘tirarmidi? Lekin oyisi buni o‘ylamadi. Agar u «tirik topilibdi» deb astoydil ishonib qolsa-yu, keyin buning aksi bo‘lib chiqsa, kasali battar og‘irlashadi.
— Oyijon, siz darrov ishonavermang!
— Ha, nega endi?
— Sal o‘ylab ko‘ring axir… Opam kelsin, anig‘ini aytadi.
— Qachon kelarkan?
— Tungi uchda. Hozir necha bo‘ldiykin?.. O, qirq minut qolipti!.. Men tezroq chiqishim kerak!
Alisherning yoshgina xotini ham uyg‘ondi va shosha-pisha kiyindi. «Zaporojets» vag‘illab, darvozaxonadan ko‘chaga orqasi bilan yurib chiqdi. Iqbol opa o‘g‘li bilan kelinini aeroportga kuzatdi-yu, ayvonga qaytib keldi.
Bir-biridan kichik uch bola ayvonda pishillab uxlab yotibdi. Osmonda kemtik oy suzib yuribdi.
Iqbol opa o‘zi turadigan ichkari uyga kirdi-yu, to‘rdagi eski sandiqning oldiga bordi. Sandiqning ustida qatlanib turgan baxmal ko‘rpalarni pastga olib qo‘ydi. So‘ng tokchadagi mixga osig‘liq kalitni olib, sandiqning qulfiga soldi.
Sandiq mayin ohang chiqarib, jiringlab ochildi-da, uning ichidan qalampirmunchoqning hidi keldi. Umarjon aka qalampirmunchoqni yaxshi ko‘rardi. Ba’zida uning bir-ikki donasini og‘ziga solib, tishlarining orasida aylantirib yurar, gapirganda nafasidan ham qalampirmunchoqning hidi kelardi. Shu esida turgan Iqbol opa uning kiyimlarini, xatlarini qalampirmunchoq bilan birga saqlar edi.
Mana, Umarjon aka bundan o‘ttiz yil oldin kiygan sariq jujuncha kitel-shim, yoqasi bilan yengiga iroqi kashta tikilgan ko‘ylak, xrom etik… Umarjon aka frontdan yozgan xatlarida: «Ikki yosh bolani boqish senga oson emas, uydagi buyumlarni ayama, kerak bo‘lsa, mening kiyimlarimni ham sotib, yegulik ol, omon bo‘lsak narsa topiladi, o‘zingni, bolalarni ehtiyot qil!» deb tayinlar edi. Iqbol opa o‘zining seplarini, taqinchoqlarini sotganda ham, erining hamma kiyimlarini asrab yurar, har yili bir-ikki martadan shamollatib, yana taxlab qo‘yardi. Alisher bo‘y yetib katta yigit bo‘lgunicha jujuncha kitellar, yoqasi kashtalik ko‘ylaklar modadan qoldi. Hozir me’mor bo‘lib, loyihalar chizib yuradigan Alisher otasining xrom etigini ham kiymadi. Tavba, hozirgi ziyolilar nega etik kiyishmaydi? Umarjon aka ham o‘qituvchi edi-ku. Maktabda botanikadan dars berar edi, lekin etik kiyib yurar edi.
Mayli, sandiqdagi kiyimlar rasmdan chiqqan bo‘lsa ham, agar Umarjon aka kelsa, Iqbol opa bularni eriga albatta kiydiradi. Sandiqda chiroyli bir nay ham turibdi. Qashqar g‘arovidan ishlangan bu nayning nafis kumush halqalari o‘ziga nihoyatda yarashgan. Nayning bir uchidagi kumush qubbachasi mayda ko‘kish feruza bilan bezatilgan.
Umarjon aka shu nayda ba’zan «Navo»ni, ba’zan «Dugoh»ni, ba’zan Iqbol opa otini bilmaydigan g‘alati kuylarni chalardi. Shunda butun borliq zavqqa to‘lib, erib ketganday bo‘lardi. Hozir ham go‘yo nay birdan tilga kirdi-yu, uni chalayotgan eri Iqbol opaning ko‘zi oldida gavdalandi. Umarjon aka nayning teshigiga labini to‘g‘rilab, og‘zini xiyol ochib, kuy chalganda uning oppoq tishlarida akslangan nurning shu’lasi kumush halqachalarda bilinar-bilinmas jilvalanardi. Hozir mana shu jilo nayda yana ko‘rinib ketganday bo‘ldi. Umarjon aka nayda chalgan kuylar endi go‘yo Iqbol opaning qalbidan eshitila boshladi. Uning ko‘nglida ham mana shu nay pardalariga o‘xshash nafis, go‘zal torlar bor edi-yu, buni faqat Umarjon aka chala olardi.
Eri urushga ketgandan beri Iqbol opa bu nayni hech kimga bergan emas. Nay o‘ttiz ikki yildan beri sukut saqlaydi. Iqbol opaning qalbidagi muhabbat tuyg‘usi ham hamon Umarjon akaga muntazir…
Umarjon aka shu kiyimlarini kiyib, nay chalib yurgan paytlarida yigirma uch yashar yigit edi. Iqbol opa esa endi yigirmaga kirgan kelinchak edi.

O‘sha mas’ud damlari mana shu kiyimlarning qatida, qalampirmunchoqning hidiga qo‘shilib, nayning sirtida jilvalangan shu’lalarga aylanib, hamon tirik turibdi. Rost, Iqbol opa hozir pensiyaga chiqqan, nevara ko‘rgan kayvoni. Lekin uning qalbida o‘ttiz ikki yillik hijronning haqqi turibdi, shuncha yillarning sarflanmagan nafis tuyg‘ulari qatlanib yotibdi. U bir lahzaga bo‘lsa ham yana yigirma yoshga qaytishni xohlaydi, suyukli eri bilan birga o‘ttiz-qirqlardan takror o‘tishni istaydi.
Faqat bu istakning amalga oshishi uchun Umarjon aka qaytib kelishi kerak. Zora hozir bolalari bilan boshlashib kirib kelsa!
Mahfuza telegrammada «topdim» depdi-ku. Dadasini topmasa shunday dermidi?
Iqbol opaning qalbida shuncha yildan beri yashab kelgan ilinj ishonchga aylandi. U elektr dazmolni qo‘ydi. So‘ng Umarjon aka kelsa kiyadigan narsalarni sandiqdan olib, dazmollay boshladi…

Sahar pallada ko‘chada «Zaporojets»ning motori vag‘illagani eshitildi. Iqbol opa shosha-pisha hovliga chiqqan edi, darvozadan Mahfuza kirib keldi. Ona-bola kuchoqlashib ketdilar. Iqbol opa qizining yuziga yuzini bosdi. Shunda Mahfuzaning yuzi ko‘z yoshidan nam ekanini sezdi-yu, yuragi «shig‘» etdi.
— Qalay borib kelding? Dadangni topdingmi, yo‘qmi?!
— Daraklari topildi, oyi…
Alisher mashinasini darvozaxonaga kirgizib, undan tushdi-da:
— Yuringlar, uyga kirib gaplashaylik, — dedi.
Uning ko‘rinishi ham allanechuk ma’yus edi. Opasi samolyotdan tushgandan beri aytib bergan hodisalar, o‘ttiz yil oldingi shafqatsiz urushning tafsilotlari uni dahshatga keltirgan edi…
Ternopol shahri benderachilar yordamida ikkinchi marta fashistlarning qo‘liga o‘tgan kuni kechasi Umarjon aka olti xonali bir uyga o‘z bo‘linmasi bilan bekinib olib, oxirgi nafasi qolguncha jang qilgan. U bu uyda turadigan ayollar bilan bolalarni orqa tomondagi derazadan tushirib, qochirtirib yuborgan. Bo‘lmasa, ular ham bitta qolmay halok bo‘lar ekan. Chunki fashistlar Umarjon akalar bekingan uyni og‘ir tank bilan qulatib, ustidan bosib o‘tgan…
Ternopol dushmandan ikkinchi marta ozod qilinganda xarobalar ostida jon bergan jangchilar jasadi kavlab olinib, birodarlar mozoriga dafn etilgan, ammo ularning ko‘plarini tanib bo‘lmagan, nomlari aniqlanmay qolgan…
Faqat Umarjon aka orqa derazadan qochirib qutqargan bolalardan biri uni yaxshi eslab qolgan. Shu uyda bir necha vaqt birga turganlarida Umarjon aka o‘zining o‘zbekistonlik ekanini, Toshkentda bir o‘g‘il, bir qizi borligini aytgan, bu gap bolaning yodida qolgan. Hozir bu bola — qirq yoshdan oshgan o‘qituvchi ekan. Ternopollik iztoparlar Toshkentdagi Alisherning xatini olib, uning otasiga oid xujjatlarni qidirib yurganlarini shu maktabda ishlaydigan haligi o‘qituvchi eshitib qoladi.
Koramag‘izdan kelgan, qoshlari ingichka, qiyiq ko‘z Mahfuza otasiga juda o‘xshash edi. U otasini qidirib borgandan keyin, haligi o‘qituvchi bir qarashdayoq Umarjon akani eslaydi. Hatto uni jangchilar «Umar» deb atagani ham endi yodiga tushadi. Umarjon aka derazadan qochirib, qutqarib qolgan ayollardan yana biri shu shaharda yashar ekan. Keyin hammalari harbiy komissariatga borib, Umarjon Rahimovning qanday halok bo‘lgani, o‘limi oldidan qanday jasorat ko‘rsatgani va qayerda dafn etilgani haqida guvohlik beradilar. Umarjon aka shahar markaziga — ulug‘vor marmar obida qo‘yilgan sakson kishilik birodarlik qabriga dafn etilgan ekan. Lekin uning kimligi, qanday halok bo‘lgani haligacha aniqlanmagani uchun marmarga yozilgan nomlar orasida uning nomi yo‘q edi. Mahfuza shahar tashkilotlariga uchrashib, marmar obidaga otasining nomini yozdirib qaytdi…
Hozir aeroportdan kelayotib, u buning hammasini ukasi Alisherga aytib berar ekan, ko‘ziga qayta-qayta yosh oldi. Alisher unga:
— O‘zingizni bosing, opa, oyimga yomon ta’sir qiladi, — deb bir necha marta aytdi.
— Qandoq qilay? Ternopolda yurganimda ham hech ko‘z yoshimni to‘xtatolmadim. Ko‘chadagi odamlardan uyalganimdan qora ko‘zoynak taqib yurdim. Ba’zida ko‘zoynakning tagidan ham yosh oqib tushayotganini sezib, ro‘molcha bilan artib olaman.
— Lekin… haligi… — Alisherning ham o‘pkasi to‘lib, zo‘rg‘a gapirdi: — haligi… xarobalar ostida qolib ketganlarini oyimga aytmang.
— Jinni bo‘pmanmi?..
Hozir Mahfuza oyisi bilan ichkari uyga kirganda sandiq yana ochilganini, dadasining yoqasi kashtalik ko‘ylagi silliq qilib dazmollab qo‘yilganini ko‘rdi-yu, telegrammada «topdim» deb yozganidan pushaymon bo‘ldi. Iqbol opa undan xushxabar kutib, ko‘zlari javdirab turibdi. Mahfuza oyisini quchoklab, yig‘i aralash:
— Oyijon, sizga kuvvat bersin, mard bo‘ling! — dedi.
Iqbol opaning rangi oppoq bo‘lib ketdi. Qizining quchog‘idan sirg‘atib chiqdi-da, bo‘shashgan, siniq tovush bilan:
— Nima… Dadang… endi yo‘qmi?.. — dedi.
— Nega?.. Dadamning ruhlari hamisha tirik! Dadam oxirigacha mardona turib bergan ekanlar. Qancha bolalarni onalari bilan qutqarib qolgan ekanlar.
Iqbol opa ingragandek bir tovush bilan:
— Men-chi? — dedi. Meni bu bevalikdan endi kim qutqaradi?
Iqbol opaning ogzi birdan quruqshab, boshi gir-gir aylana boshladi. Oyisining kasalini yaxshi biladigan Mahfuza:
— Oyijon, buncha qattiq olmang, o‘zingizni bosing! — deb uni sekin divanga o‘tqazdi.
Iqbol opa dazmollab qo‘yilgan yoqasi kashtalik ko‘ylakka qaradi. Endi buni hech kim kiymaydi! Shuncha yildan beri sandiqda asralgan etik ham hech kimga kerak emas! Kumush halqali nayni Umarjon aka endi hech qachon chalmaydi… Bu dahshatli o‘ydan Iqbol opa yig‘lamoqchi bo‘ldi, lekin ko‘ziga yosh kelmadi. Tomog‘idan bir narsa bo‘g‘ib olgan, havo yetishmayotgandek qiynalar edi.
Alisher tez oshxonaga chiqib, bir piyola suv olib kirdi. Mahfuza oyisiga suv ichirdi. Keyin uni karavotga yotqizdi.
Kelinlari shifokor edi, darrov shpritsni qaynatishga qo‘ydi. U qaynonasiga ukol kilib o‘rganib qolgan edi. Avval qon bosimini tushiradigan, yurakni tinchlantiradigan ukol qildi. Keyin nonushtaga yaqin insulin ukol qildi.
Iqbol opa uch-to‘rt kun o‘tgandan keyin xiyol o‘ziga keldi-yu, Mahfuzadan so‘radi:
— Dadangning surat-puratlari yo‘q ekanmi?
— Suratlarini topolmadim.
Uzoq jimliqdan so‘ng Iqbol opa yana so‘radi:
— O‘z qo‘li bilan qabrga qo‘ygan odam bor ekanmi?..
— Bilmadim… Men unaqa odamni ko‘rganim yo‘q.
Alisher oyisining bu savollari tagida qandaydir ma’no borligini sezdi. U erining o‘lganiga yana shubha qilmoqda edi. To‘g‘rirog‘i, «Umarjon akam bir kun emas, bir kun kelib qoladi», degan o‘ttiz yillik ilinj Iqbol opaning qalbida yana uyg‘onmoqda edi. Bu ilinjning tagida qanchalik katta mehr, qanchalik cheksiz sadoqat borligini Alisher endi sezmoqda edi. Buning hammasi — hayot-mamot urushida bizga g‘alaba keltirgan ulug‘ tuyg‘ulardan ekaniga cham uning endi aqli yetdi. Shuning uchun onasining qalbidagi ilinjni asrab-avaylagisi keldi.
— Kim biladi oyi, «o‘ldi» deb qoraxat kelganlarning qanchasi, tirik qolgan-ku. Balki dadam ham to‘satdan kelib qolarlar…
Bu gaplar Iqbol opaga yoqib, yostiqdan boshini ko‘tardi, zaifgina kulimsirab:
— Tavba! — deb qo‘ydi. — Fabrikada… askarlarga kiyim tikib yurganimda bir juvon bilan o‘rtoqlashib qolgandik. Ikkovimiz ham ilg‘or bo‘lib, gazetalarda rasmimiz chiqqan edi. Shu dugonamga bir kun qoraxat keldi… Bechora eridan ayrilib rosa yig‘ladi, aza tutdi. Bolasi yo‘q edi… Urushdan keyin boshqa erga tegdi… Bir kuni eshitsam, urushga ketgan eri tirik ekan, to‘satdan kirib kelibdi… Dugonam pushaymon. Armon qilib yig‘laydi…
Shu-shu Mahfuza ham, Alisher ham otalarining o‘limini onalarining oldida tilga olmaydigan bo‘ldilar. Iqbol opa bir hafta ko‘rpa-to‘shak qilib yotdi. Kelini unga har kuni kerakli ukollarni qilib, issiq-sovug‘iga qarab turdi. Keyin u o‘rnidan turib ketdi.
Bir kuni yarim kechada yana darvoza taqilladi. Iqbol opa buni yana o‘g‘lidan oldin eshitdi-yu, Alisherni uyg‘otib:
— Qara-chi, dadanglar emasmikan? — dedi.
Darvozani qo‘shnilardan biri taqillatgan ekan. Alisher qaytib kelib, pidjagini yelkasiga tashladi-da:
— Akbarning xotinini to‘lg‘oq tutib qolibdi, tug‘ruqxonaga olib borishim kerak ekan, — dedi.
Iqbol opa sekin bir «uh» tortdi, lekin o‘zini bardam ko‘rsatib:
— Mayli, bolam, tezroq olib bora qol, — dedi.
Alisher darvozani ochib, mashinasini ko‘chaga olib chiqar ekan, ko‘nglida yorug‘ bir tuyg‘u paydo bo‘lganini sezdi. Hozir unga ham go‘yo otasi urushda o‘lmagandek, erta-indin darvozani taqillatib kelib qoladigandek tuyulardi…

(manbaa: https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/pirimqul-qodirov/pirimqul-qodirov-ilinj-hikoya/)

Gabriyel Garsia Markes. Kulmaydigan odam (hikoya)
Men u bilan kecha tanishdim. U dehqon, biroq bosh kiyimini yechsa ham, go‘yo soyasidan hech xalos bo‘lolmagandek qovog‘i ochilmay turadiganlar toifasidan. Bosh deganlari ham o‘sha jonsabil shlyapa bilan qapishib, xuddi bir butun bo‘lib ketganday edi. Bashara… bu basharaga tikilib turib, shlyapani aslo bosh ziynati deb ta’riflab bo‘lmagay, bil’aks u qandaydir zarurat, bor ma’niyu halovat. Dehqonning qoramag‘iz chuvak yuzini yorqin quyosh nurlari nurafshon etganday tuyulsa-da, unga chuqur qayg‘u ko‘lanka tashlagandi. Belidagi qizil, ko‘k bezakli keng belbog‘ida alvon rang¬li ro‘molchaga o‘ralgan to‘rt pesoyu to‘qson sentavo do‘ppayib turganiga qarab, g‘irt jaydari, omi, g‘amu tashvishsiz odam bo‘lsa kerak, degan xiyolga borasan. Lekin unda harnechuk men burun sira uchratmagan bir g‘ayritabiiy xususiyat bor edi: u jilmaya olmasdi.
Qiyofasi keragidan ortiq jiddiy, biroq bu kalondimog‘ligidan emas, balki chap yonog‘ining yuqori qismidan to iyagining o‘ng tomoniga qadar cho‘zilib ketgan tirtig‘i borligi sabab. Hazil-mutoyibaga o‘ch kimsaning kulish baxtidan mosuvoligi sabab toshday qotib, hissiz qiyofa ila so‘zlashini ko‘rish g‘oyat dushvor ekan. Davradoshlari o‘tkir aqliga qoyil qolib, qochirimlariga yoyilib kulgan mahal, ularga tikilib turgan jiddiy qiyofada chuqur qayg‘uyu achchiq istehzo zohir bo‘lardi. Baayni, o‘sha damlarda bechoraning ko‘nglidan “Manavilar hoynahoy mening hazilimga emas, turqimga qarab kulishayapti. Ha, ularni shu ko‘proq zavqlantirmoqda!..” degan o‘ylar o‘tayotgandir ehtimol.
Magar shu dehqon qandaydir asar qahramoniga aylanib qolguday bo‘lsa, o‘sha asar mukammalligu murakkablikda Gyugoning “Kulmaydigan odam” asari bilan bemalol bellashgan bo‘lardi. Biroq haqiqiy hayotda bari boshqacha bo‘ladi, bu kimsaning qismati to‘qib yozilgan xayoliy-sarguzasht romanlari qahramonlarining taqdiridan g‘ayritabiiyligi bilan mutlaqo farq qiladi.
Uning o‘zi ham hayotini hikoya qilmoqlikni yoqtirarkan. Garchi hikoyasini o‘z xohishi bilan aytib bersa-da, tinglovchida istar-istamay, go‘yoki so‘zlash og‘irligidan og‘ringanday taassurot uyg‘otardi. U nimaiki gapirmasin, kim chakagini deyarli ikkiga ayirib tashlagani haqida lom-mim demas, nazarimda, hikoyasining chiroyini buzgisi kelmasdi…
Kutilmaganda og‘zidan beixtiyor chiqib ketgan faqat bir so‘z tufayli bayram oqshomi yuzi singari hayotini ham qoq ikkiga bo‘lib yuborgani oyday ravshan bo‘ldi.
“Barisi… barisi o‘sha mash’um tunda yuz berdi”, — bu so‘zlar ting¬lovchilarning ko‘z o‘ngida, shubhasiz, Kaynamadagi jahannamni gavdalantirdi: “Po‘lat machta Vichadadagi ko‘z ilg‘amas qorong‘u tunni qoq ikkiga ayirdi…”
So‘zlovchining mungli tovushini tinglarkanman, yurakni sel qilib yuborgudek ayanchli, baland, biroq qisqa chinqiriqni tasavvurimda jamlashga urinaman. Olishuvning naq o‘choQiga otilgan odamning yuzida po‘lat machtaning chaqnayotgan chaqmog‘i shunday chuqur iz qoldirganki, u qiyofasiga abadul-abad o‘zgarmas jiddiylikni muhrlab, kulish baxtidan mosuvo qilgani yetmaganiday, achchiq istehzoni qotirib qo‘ygani kishini biroz mushohadaga chorlardi. Qolgani esa shundog‘am ma’lum, bari qishloqdagi bayramlarda bo‘ladigan to‘qnashuvlardagi kabi davom etgan.
Men unga “Birodar, qarshi bo‘lmasang, sen haqingda “Zirofa” ustunchasida yozsam?” dedim. U yuzimga bir muddat o‘ychan tikilib turdi-da, so‘ng so‘radi: “Bu menga qanchaga tushadi?”
Hammamiz kulib yubordik. Hamma, faqat undan bo‘lak. U sirtdan mutlaqo pinagi buzilmaganday, hissiz tuyulsa-da, biroq buning ortida aslida qoni qaynayotganini yuzaga qalqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qiyofasidagi o‘zgarmas jiddiylikni saqlashga zo‘r berib tirishayotgani shundoqqina sezilib turardi. Yuz mushaklari o‘zgarsa odamlar uni teskari tushunishlaridan hayiqardi.
Yuqorida qog‘ozga tushirilganlarining baridan istalsa, kulgili biror nima topish mumkindir. Bu aslo meni xavotirga solayotgani yo‘q, ehtimol ilk marotabadir, sababi, bir odam, jilla qursa bir odam yozganimni kulmay o‘qishga qodir.

(manbaa https://ziyouz.uz/jahon-nasri/gabriel-garsia-markes/gabriel-garsia-markes-kulmajdigan-o/?lng=lat)

Hayotimizning bir bosqichi yakuniga yetdi...
Assalomu aleykum meni bu dildagi gaplarimni vaqt ajratib o'qiyotgan hurmatli kursdoshim. Avvalom bor sizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Sizdan bir iltimosim bor, hozir internetingizni o’chirib quyib o’qisangiz bu matnimni, lekin oxirigacha o’qing!

Qadrli qadrdonim mana bugun 4-kursdagi eng oxirgi yakuniy nazoratni topshirib bo'ldik. Shu bilan endi darslarda 18 kishi bo'lib o'tirish bizga nasib etmasa kerak?! 2016-yilning sentabr oyinini eslay olasizmi? O'qishimizning boshi ham karantinga ya'ni birinchi prizidentimiz I.A.Karimovning motam kunlariga to'g'ri kelgandi. Taqdir ekan talabalik davrimizning yakunini ham karantinda tugatayapmiz. COVID-19 virusi bizni oxirgi yakuniylarni birga xushchaqchaqlik bilan yakunlashimizga to'sqinlik qildi. On-line topshirish off-linedek adrenalin bermas ekan.

Hozirning o'zida sog'indim:

·         o'sha yakuniy vaqtlari hammaning boshi gangib, bir-birini ba'zida tanimasdan yuradigan damlarni;

·         imtixon kuni test javoblarini topilib qolinishidagi xursandchilikni;

·         agar topilmasa, baho uchun testni javoblarini o’zgartirishni boshqa yo'llarini topishni;

·         o'zingiz xoxlagan bahoga 1 ball yetmagandagi yoki 1 ta fandan yiqilgandagi holatimizni;

Shu voqealar ko'z o'ngimdan o'tayapdi. Bilmadim sizga bu narsalar qanchalik qadrli, lekin men uchun boshqacha davrning davri edi bu - sessiya. O'qishga kirishdan oldin o'ylardim, "Sessiya vaqti talaba uchun juda qiyin vaqt, ham o'qiysan, ham pul berasan, yana yetmaganiga o'zing ko'nlingdagi bahoni ololmaysan"- deb. Hudoga ming shukurki bunaqa hodisalar 99% bizning o'qishimizda uchramadi. Lekin boshqa OTM larida o'sha gaplar bor. Yana bir gap, Sessiyada "starosta"lar yashaydi deyishadi. Lekin TATUda, aynan bizda bunaqa deb o'ylamayman...

O'qishning birinchi kunlari esingizdami? Xa, o'sha kunlar. Deyarli hamma bir-birini tanimaydi. Hamma o'zga olamga tushib qolgandek. TATUni kirishdan oldin umuman boshqacha o'ylagan faqat men bo'lmasam kerak, to'g'rimi? Boshidagi esda qolarli voqealardan 10-guruhdagi Ahrorning Kurbaniyazovdan suv so'rashi menimcha " vada vada mne vada...", 1-subbotnikga chiqargandagi jarayon ham esingizda bo'lsa kerak do'stim, yoki J.tarbiya darsida Sherzodga turib salom berganiz esizdami? Bu voqealarni eslasak yuzimizda tabbassum qalqiydi. 1-kursda paxtagacha bo'lgan vaqtda eng ko’p etiborni tortgan 3ta jarayon bor. Birinchisi, Go’zal xonimning bizlarda o'qishi, ikkinchisi, Mahadinning o'zini starosta qilib belgilashi, uchinchisi, paxta qachon boshlanadi. Ko'plar uchun 2chi jaroyon unchalik ahamiyatli emas, lekin Mahadin baribiram bizning 1-starostamiz va bundan biz afsuslanmaymiz.

Paxta davrlari....... bormaganlarga bu damlarni so'z bilan tushuntirib berishim biroz qiyin. 62 kunlik hayot. Xar kunlik bir xil rejim (boshidagi 15 kundan keyin albatta, boshida biz ham qo'rqganmiz domlolardan): ertalab uyg'on-polyaga bor-ro’yhatdan o't-xonaga qochib kel-kechga osh pishir. 54 vino, qoratow arog'i va qizlar! Har kuni ertaga kalonna keladi degan gapga ishonib yashash....

1-kursning 1-sessiyasi baribiram boshqacha boladi to'g'rimi kursdosh. 1-sessiyada 1-topshirgan fanimiz esizdami? 1-fan "Huquqshunoslik" fani edi, eng samimiy domlomiz Yusuf Negmatovich olgandi. Menimcha hamma yaxshi ball olgandi. 1-sessiyadan yana qandey xotiralar bor? Men uchun Kubayeva. Uning fanidan qaysidir mavzusiga javob berib bo'lganimdan keyin qarsak chalib yuborgandinglar, o'sha holat xozir ham ko'z o'ngimda, umuman kutilmagan holat edi. Keyin esa imtihonidan bir kun oldin uni meni "podderjka" qilib gapirgan gapi ham esda qolarli men uchun.... Yana 1-sessiyadan Kurbaniyazov degan odamchaning meni yiqitgani, meni orqaga tortgan. Bo'lmasam hozir hech bo'lmaganda al-Xorazmiy stipendiyasini olgan bo'larmidim. Yana bir voqea 1-sessiyadan oldin starostani almashtirgandik, aniqrog'i paxtadan kelib. Valiyevni starosta qilib quyuvdik guruh bilan birga, o'zi xoxlagani uchun(Tan olmaysiz, lekin o'zingiz xohlagandingiz Azamat). 1-sessiya tugagandan keyin esa, yana bekorchilikdan starostani almashtirdik. Postga Ilyasov Mahadinni qaytardik. (Maxa rekordingni hech kim yangilay olmadi, bo'shatilib yana qayta saylangan faqat sensan). 1-kurs haqida yana qaysi voqeani aytib bersam ekan, voqealar ko'pligidan tanlay olmayapman.Shomurodning Abdiyevga baqirgani, J.tarbiya darsidagi 1ta kolaning ustidan 12 kishi valeybol o’ynaganlarimizchi esizdami? Nodirning arqondan yiqilib tushishiga ozgina qolgani, Mahadinni turnikni sindirgani aylanaman deb, meni tepgan topim basketboll savatchasiga tushgani.... Go'zal borligida holat, hech kim birlashmas, deyarli Hamma o'zini Go'zalga korsatishga harakat qilardi (yuq, demang.1 marta bolsa ham o'zizni ko'rsatgingiz kelgan). 2-sessiyada hech kim qiynalmadi faqat "biznes" fanidan Sarvara domlo eshitishga majbur bo'lganmiz (sushnost...) va Tursunqulovni boy qilganmiz!

2-kursni hamma paxtani kutish bilan boshladi! Paxtaga tayyorgarlik uchun oldindan tayyorgarlik ko'rib quyganlar ham bor edi. Afsus, paxta bo'lmadi. Kunlik paxtaga chiqarishdi. Esingizdami 1ta somsa yeyish uchun 11 kishi Payariqdan Urgutga borgandik, yana 4 kishi bo'lib paxtaga chiqganimizda avtobusdan qolib ketganimizchi uyda o'tiraverib Daler,Dilshod,Maruf. Lekin agar 2 kursda paxta bo'lganda tayyorgarlik katta edi, kalyanlar bilan bormoqchi edim. Aytgancha, 2-kurs boshida men Starosta bo'ldimku, zerikib yana Maxadinni bo'shattinglar. Meni starostalikga tayinlash uchun bergan ovozlaringga rahmat(Valiyev va Salimov sizlarga alohida). Keyin esa janjallar boshlandi. Eng janjalchi bo'lgan kursimiz 2-kurs ekan guruhdoshlar. Dekanatda o'sha vaqti Timon bilan Pumba edi. Deyarli xar 3-4 kunda problema qilib chiqardik, arzimagan narsalar bilan. Lekin Direktorga qo'l ko'tarib yuborishimga ozgina qolgani eng yomoni bo'lgan. Keyin 2-kursda "Chorniy kassa" o'ynardik 200mingdan, lekin yaxshi o'yin edi kam bo'lsa ham studentga yetardi. Salimov va Shavkat eslaringdami 3 kishilik ziyofat o’ynardik shu kursda. Meni fikrimcha eng yaxshi kurs 2-kurs, chunki bu kursda mehrimiz boshqacha edi. 2-kurs uchun esda qolarli voqealar Jizzahga Azamat Valiyevni uyiga borganimiz, Shavkat, Mahadin va meni tug'ilgan kunlarimiz. 2-kursda qiynalgan fanlarimiz Vafaeva. Kubayevadan uje qiynalmay qolgandik.

3-kursni "Ulfatlar"ga oshga borish bilan boshladik. Bu kursni Mahadinni uylantirish bilan davom ettirdik ( $ mashmashasi). Stipendiya tushishi bilan Soyga jiz yeyishga borgandik, go'sht eslaringdami? Bu kursga kelib hech kim naqd pul stipendiya olmaydigan bo'ldi, hamma plastikga o'tdi.(Stipendiyaga ocheredda turganimiz eslaringdami?) Darslarda umuman ta'yin qolmagandi usha yili. Abdukarimov, Xadjaev, Mahmudov va Normurodov T.ga o'xshash domlolar edida chunki. Normurodov T 3-kursning eng mashhur odami bolgandi. Qarsak chalishni o'rgatdi bizga yil davomida. Lekin 3-kursda web haqida ozmi ko'pmi tushunchaga ega bo'ldik. (Kim o'zining ustida ishlaganda hozir Farruhdek bo'lib ketardi, lekin domlolarni baxona qilib o'zimizning ustimizda ishlamadik. Ishlamadingizmi? Demak, sizning yo'lingiz boshqa. Siz o'zingiz xohlagan sohadan ketishni istadingiz. Demak o'sha yo'ldan ketavering do'stim) Kattaqo’rg’on baliq eslaringdami, LasVegasda yangi yilchi, Golosdagi karaokechi eee bunaqa mayda o'tirishlar ko'p bo'lgandi. Faqat ko'proq odam o'tirganlarni yozdim. Dam olishlar ham yaxshi bo'lgandi o'shanda: Xazrati Dovud ziyoratgohi, urgut tog'lari va suv ombori Maruf bilan, Qashqadaryo tandiri Sherzod bilan, Toshkentga kompyuter biznesiga borganimiz, Kattaqurgonda suv ombori va kechasi clublardagi o'tirishlar. Bowling o'ynaganimizda faqat men oshga tushardim, esingdami Abbos. Jurnalni oynadan otganimizchi Dilshod, Nodir? Ehhh, bu damlar. Endi qaytmaydi.....

4-kurs Trikatashka muommosi bilan boshlandi.  8-martda qizlarimiz bilan va nihoyat o'tirdik, 26-yanvar hamma o'gil bolalar o'tirdik. Semestrni clubdagi qizlarni o'rash bilan o'tkazib yuboribmiz,(boshqa esda qolarli yo’q ekan Fazli). 4-kursda Militsiyaga tushdik, ko’rmagan joyimizni ko’rib keldika (Shavkat,Nodir)….(Men bu yerga hozir esimga tushgan o’zim ishtirok etgan voqealarni bir-nechtasini yozdim. Kimda yana qiziqarli hotiralar bo’lsa gruppaga yozishi mumkin.)

Shunaqa voqealar bilan hayotimizning 4 yili o'tib ketdi....Bugun esa 4-kursni yakunlab oxirgi yakuniyni topshirdik.....Endi moodlega kirmaymiz....Ba'zilar endi hatto Galstuk ham taqmaydi(To'yida taqmasa agar)....Hech kimga erkalik qilaolmiysiz...Xullas, Yoshlik davrimizning asosiy davrini tugatdik do'stim!!

Menimcha endi praktika bo’lmaydi bizga. Online imtixon topshiramiz Ingliz tili va Tarixdan. Karantin tugasa diplom himoyasini qilamiz, agar tugamasa Diplom ham online boladi.

Guruhda hammaning o’z o’rni bor edi, sizlardaqasi boshqa bo’lmasa kerak!

Sizlarga men tomonimdan +/-/=, xafa bo’lish yo’q

1.    Valiyev Azamat. 03.07.1993

+guruhdagi eng dunyoqarashi keng bola, bilimga chanqoq, domlolarning yoqimtoyi

-o’ziz gapirgan gapga, ko’pincha o’zingiz qarshi chiqasiz;

=bitta sohani ushlang, o’sha sohada zo’r mutahasis bo’lasiz, hamma narsaga bir o’zizni urib ko’rayapsiz. Lekin sizning sohangiz TATU emas!

2.    Beknazarov Sherzod. 16.03.1993

+Ovozga gap yuq. Siyosatni tushunishingiz sizning ustunligingiz

-Maqsad quymagansiz deb o’ylayman

=organga o’tib ketsangiz yaxshi deb o’ylayman

3.    Xakimov Nodir 15.08.1996

+lyuboy vaziyatdan chiqib ketaoladi, matematikasi kuchli bo’lgani uchun hamma narsani tez tushunadi.

-o’zini haddan ko’p yaxshi koradi

= Hammasi yaxshi soqqali joydasan, lekin Programmirovanieni davom ettirganingda kuchliroq programmist bo’larding Samarqanda

4.    Muhammadiyev Shavkat 01.10.1995

+gap yuq harakterga. Yaxshilikni ko’p qilasiz.

-ko’pincha mayda gaplikka tortib ketasiz; ko’p ishonavermang odamlarga

=tanlagan yo’lingiz yaxshi, shu yo’lni o’zingiz rivojlantirib- katta qilib, alohida yurgizing (Rahmat)

5.    Ilyasov Mahadin 19.01.1997

+vapwe malades bola, manashu. Eng ko’p seni eslashsa kerak bolalar. Umuman birovga ginasi yo’q.

-pulga qattiq bo’lma uncha

= TATU sening joying emasdi. O’zing biznes och, biznesda yaxshi ishlaysan, muomilang bor

6.    Mamataliyev Shomurod 17.10.1991

+Xaqiqiy mujik, gapirdimi gapida turadi erkakchasiga

-sizdagi kuch kompyuterga kerak emas

= Planiz zur, niyatizga yeting. Mashinalarni olib bosing gazini

7.    Xamraqulov Farruh 06.03.1996

+Nash geroy! Programmalarni sindirib tashlaydigan bola. Esli cho zakaz qilaveringlar

-Faqat kodingga kirib ketma, dunyoda odamlar bn ham muloqot qilib tur

=Maslahat yuq, hammasi Chotki ketayapdi

8.    Hamidov Fazliddin 05.03.1994

+qo’rqmasdan, uyalmasdan gapiraoladi lyuboy odamga, qo’lidan kelsa yordamni ayamaydi

-uyiga chaqirmiydi lekin; qizlar desa ketadi

= Zargarlikni bosaver. TATUda senga non kam!

9.    Ismailov Abbos 09.01.1996

+nafaqat kompyuter, xohlagan sohada amaliy bilimga ega. Lekin uni ishlatgisi kelmaydi. Dunyoqarashi juda ham keng

-kayfusha, erinchoq

=Maslahat yuq, sen xohlagan sohada ishlab ketaolasan.

10.   Begimqulov Musurmon 25.01.1996

=sizlarga, domlolar bergan topshiriqlarni bajarib tayyorlab berdim va ozmi-ko'pmi silardan foyda qildim,shunga rozi bo'lasizlar!

=Men haqimda tanqidiy fikrlarni kutaman!!!

11.   Kasimov Daler 17.12.1997

+Kongil toza, chestniy ishlaydi, yordam beradi, gaplashish bo’yicha master

-hayotdan nedovolniy

= qayerda ishlasang ham, obsheniya zurligi uchun norm ishlab ketaolasan

12.                Edilova Dilnora 29.07.1989

+hamma narsani tushunadi, ko’p kitob o’qiganidan dunyoqarashi keng.

-Gaplardan tez xafa bo’ladi. Ko’ngilga tez oladi;

=Sizdan yaxshi pedagog chiqadi! Oilangiz bilan baxtli bo’ling

13.                Sagdullayeva Mohigul 19.01.1997

+Tuyigacha boshqa edi, tuyidan keyin boshqa bo’ldi. Ishonuvchan

-bir arazlasa yomon arazlaydi

= Eson omon qutilib oling! Siz mehribon ona bolasiz. Baxtli bo’ling

14.                Abduganiyev Shoxruh 18.07.1997

+Ko’ngil toza, oldi-berdisi bor. Qo’lida zur xunari bor (Parixmaxer)

-bizlarga uncha ko’p qo’shilmasdi

=qayerda ishlasang ham, uzingni ko’rsata olasan agar harakat qilsang

15.                Salimov Azamat 16.03.1996

+Guruhdagi eng yaxshi ko’rgan xarakterim Azamatda. Men starostalikga shu bolani nomzodini taklif etganman faqat, boshidan boshlab. Faqat haqiqatni gapiradi.

-      Arazlashi yomon

=o’zgarma, shunday qol. Davlat ishida ishlaguncha o’zlaringda tadbirkorlik qilib tashla!

16.                Mahkamov Maruf 28.12.1995

+Kompyuter va telefon sohasida bilimi va qobiliyati bor. Uncha buncha gapni kongliga olmaydi. Guruhda eng kop izdivatsya qilingan bola shu.

-dangasa, hayotda maqsad quymagan menimcha

= Dangasalikni yigishtirib, 1ta sohadan ket. Hamma narsaga qiziqib ko’rish vaqti o’tdi. Qizlarga ehtiyot bo’l, ularga ishonma! (Rahmat)

17.                Qurbonov Dilshod 13.07.1994

+haqiqiy ishbilarmon, o’ziga foyda keladigan ishni qiladi, ortiqcha ish qilmaydi

-davlatdan nedovolin, orqadan yomonlaydigan odati bor bazida.

=Davlat ishida ishlab utirma, umuman togri kelmaydi. Biznesni boshla o’zingnikini. Biznesda sen- bizning gruppada eng yaxshisi

18.                Uktamov Xurshed 27.10.1995

+kam gapiradi, uzi qandeydir goyalarni o’ylab amalga oshirib yuradi

-ichimdagini top deydiganlarda;

=mashinalarni zichlang, o'zingizning biznes rejalariz bor bilaman- o'shalarni qiling!

19.                Islamov Bobur

-bizga kech qushildingiz. Shungami umuman chiqishib ketaolmadingiz, balki ko’proq vaqt bo’lganda hamma bilan yaxshi bo’lib ketardingiz. Chunki bizda ichi qora bolani o’zi yuq!!!

Bu ozgina sizlar haqingizdagi fikrim edi.

Agar 4 yil davomida mendan qandeydir yomon gap o’tgan bo’lsa xafa bo’lmanglar, bo’lib turadi.

Hayotimiz davom etar ekan, hammamiz o’zimiz qo’ygan maqsadlarga erishaylik. 5, 10,20 yildan keyin ham shu narsalarni eslab birga o’tirish nasib etsin. Bir-birimizning To’y-tomoshamizga qatnashaylik.

Eng muhimi sog’liq!!! O’zingizni asrang…..

Xayr TALABAlik, Xayr TATU.

Shu tekstni yozib bo’lib menga 2 ta savol kelib qoldi. Sizdan shu savolga javob kutaman. Faqat xar doimgidek tilning uchida javob bermang. Aniq javob bering:

-      Karantin tugagandan keyin “VENETKA” qilsakmi?

-      Diplom zashita yoki Imtihondan keyin “VIPUSKNOY” qilib o’tirishga fikringiz?

BIZ KIM TEMUR AVLODLARI
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston tarixiy adolatni tiklashga, ko'plab buyuk ajdodlarimizning nomlari va boy meroslarini tiklashga muvaffaq bo'ldi. Ular orasida jasorat, mardlik va donolik, xalqimizning milliy g'ururi timsoli bo'lgan Amir Temur alohida o'rin egallaydi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, " Amir Temurni anglash - bu o'zlikni anglash demakdir. Amir Temurni ulug'lash - bu tarixning tubiga, madaniyatimizga va kuchimizga asoslangan mamlakatimizning buyuk kelajagiga bo'lgan ishonchimizni kuchaytiradi. Buyuk ajdodimiz siymosi xalqimizga doimo g'urur va iftixor hissini baxshida etadi.”

Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur buyuk siyosiy hukmdor sifatida mamlakatda  qonun ustuvorligini ta’minlagan, hamda markazlashgan davlat barpo etgan tarixiy shaxslardan biri bo’lib tarix zarvaraqlariga muhrlandi.

Sohibqiron qonunchilik faoliyati bilan faol shug'ullangan. U "Temur tuzuklari" deb nomlangan davlat boshqaruviga oid asar yaratdi, unda davlatni boshqarish usullari, kengash hamda jang paytida kerak bo’ladigan turli xil usullar bayon etilgan.

"Kuch adolatdadir" – Temur saltanatining shiori hisoblangan.

Bugungi kunda, biz va bizga o’xshagan yoshlar uchun bu so'zlar ustuvor ma'naviy va axloqiy mezon  o'lchovidir.

Bundan tashqari, Amir Temur siymosini abadiylashtirish maqsadida 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi. 1996-yilga “Amir Temur yili” deb nom berildi. Amir Temur ordeni ta'sis etildi. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. "Adolat", "Ta'lim", "Shon-sharaf" va "Do'stlik" so'zlari muzey binosining tashqi devorida aks ettirilgan. Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning merosi biz yoshlarga kuch, g’ayrat baxshida etadi hamda kelajakda katta muvafaqqiyatlarga erishishimizda asos bo’lib xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Amir Temur, Alisher Navoiy, Imom al-Buxoriy hamda boshqa buyuk siymolarimizning ruhlari bizni qo’llab-quvvatlar ekan, xalqimiz orasidan ularga o’xshagan buyuk zotlar chiqishi shubhasiz”.

Haqiqatan, hozirgi rivojlanib borayotgan texnika va texnologiya asrida yoshlarimizning bilimga chanqoqligi ularni yorqin kelajak sari olg'a yetaklaydi. Mamlakatimizda yoshlarimiz har bir sohani, ya'ni iqtisodiyot, siyosat hamda kompyuter texnologiyalarini mukammal o'rganib, mustaqil O'zbekistonni dunyoga tanitmoqdalar.

Men ushbu blogpostimni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  tomonidan o'tkazilayotgan bobomiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligiga bag‘ishlab, "BIZ KIM TEMUR AVLODLARI" mavzusidagi tanlov uchun yozdim.

Begimqulov Musurmon Xolbutayevich

amir temur
uning yurishi

dsadsadasdasd

d

asd

asd

asdd

asasEnter