Абдулахатов Эркин Икрамович

Olimlar baxslashmoqda: Bizni global iqlim o‘zgarish jarayonida nima kutmoqda? Global sovushmi yoki global isish?
Ayrim mutaxassislarning fikrlari tubdan o‘zgardi.

Ural Federal universiteti olimlari yaqinlashib kelayotgan global sovushni bashorat qilishdi. Bundan tashqari, olimlar fikriga ko'ra, iqlim sovush sababi global isishdir. Toza suv oqimi okeanlarda aylanishni to'xtatib qo'yadi. Ural Federal universiteti tadqiqotchilarining fikriga ko'ra, so'nggi paytlarda havo harorati pastligi yanada keskinlashdi.

Iqlim o'zgarishiga antropogen omillar ta'sir ko'rsatmoqda. O‘rmonlarning kesilishi, atmosferaga karbonat angidrid chiqindilari haddan tashqari ko‘p chiqishi sabab bo‘lmoqda. Olimlarning aytishicha, yaqin kelajakda "yangi muzlik davri" boshlanadi.

Sankt-Peterburg shtati universiteti Klimatologiya va atrof-muhit monitoringi bo'limi professori Gennadiy Menjulin o'z hamkasblarining xulosalaridan keskin norozi bo'ldi. Olimning aytishicha, u bunday bayonotlardan charchagan.

''Buni qanday izohlashni ham bilmayman. Global sovush faqat, qit'alar janubiy qutbning bir nuqtasida harakat qilish va to'planishi orqali paydo bo'lishi mumkin. Yoki bizning Yerimiz Quyosh atrofida, uning o'qi atrofida aylanish orbital momentlarini o'zgartirsagina sodir bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi global sovush nazariyasi faqat bema'nilikdir.'' deya qo‘shimcha qildi professor.

Batafsil - https://www.mk.ru/amp/science/2019/05/22/uchenye-posporili-chto-nas-zhdet-globalnoe-poteplenie-ili-pokholodanie.html

Tuproq eroziyasi iqlim o‘zgarishini yanada tezlashtirmoqda.
Biz tuproqni yo'q qilishda davom etar ekanmiz, iqlim o'zgarishini to'xtatib bo‘lmaydi. Bu haqda IPBES hisobotida aytib o‘tildi.

Tuproq tarkibida atmosferaga qaraganda uch barobar ko'proq uglerod moddasi bor. Hisobot mualliflari iqlim o'zgarishlariga o'z hissasini qo'shib, o'sib borayotgan dunyo aholisini oziqlantirishga bo'lgan ehtiyojining ortishi tuproqda unumdorlikni pasaytiradi degan to‘xtamga kelishdi.

Yerda mashinalarning haddan tashqari ko‘payishi ham tuproq eroziyasini yuzaga keltiradi.

Iqlim o‘zgarishi tuproqga quyidagicha ta'sir qiladi:

Birinchidan, u uglerodni atmosferadan siqib chiqaradigan o'simliklarning o'sishini kechiktiradi,

Ikkinchidan, yer ostida yig‘ilgan barglarni qayta ishlab chiqaruvchi qurtlar kamayishiga olib keladi.

IPBES o'zining hisobotini 6-may, dushanba kuni rasmiy ravishda e'lon qiladi. Dunyoda Yer yuzasi aholisining yarmi ya'ni 3,2 milliard qismi tanazzulga uchragan tuproqlardan azob chekmoqda, deydi IPBES rahbari professor Sir Bob Vatson:

Bu dunyo aholisining deyarli yarmi. Shubhasiz, biz butun dunyo bo'ylab tuproqni tahqirlamoqdamiz. Biz tuproqdan organik uglerodni yo'qotyapmiz, bu qishloq xo'jaligi samaradorligiga putur yetkazadi va iqlim o'zgarishiga yordam beradi. Biz avvalgi avlodlar oldidagi tanazzulga uchragan tuproqni qayta tiklashimiz zarur.

Yer sayyorasining atigi 3 foizi haydaladigan, ishlov berilgan tuproqlarga ekin ekishmoqda. Yerning tanazzulga uchrashi oqibatida, yiliga 75 milliard tonna unumdor yerlar yo'qolmoqda. 1 sm qalinlikdagi tuproq shakllanishi uchun naqt 300 yil vaqt ketadi.

IPBES(Biologik xilma-xillik va ekotizm xizmatlari bo‘yicha hukumatlararo Fan Siyosat Platformasi) mutaxassislari - tabiatning inson uchun foydali tomonlarini o‘rganuvchi guruh.

Meteorolog: Abdulaxatov E.I

Ёз ойларида кундузи республика ҳудудларида машина фараларини ёқиб юрилишини мутахасис сифатида қўллаб қувватламайман.
Хабарингиз бор, 2019-йилнинг 10-май кунидан бошлаб республика ҳудудларида кундуз кунлари ҳам машина ёритгичларини ёқиб юриш тўғрисида ҳукумат қарори ишга тушади. Республикамиз серқуёш ўлка бўлиб, ёзнинг июнь, июль ҳамда август ойлари кундуз кунлари 99% қуёшли бўлади. Ёз ойларида охирги уч йилликда глобал иқлим ўзгариши туфайли, республика ҳудудларига жанубдан Эрон иссиқ ҳаво массаларининг кириб келиш фаоллиги охирги 20 йииликка нисбатан 2,5 баробарга ошган. Республика ҳудудларида ҳар бир Эрон иссиқ ҳаво массаларининг давомийлиги 4-5 суткани ташкил этиб, бу пайтда кундузлари ҳаво ҳароратининг максимал қийматлари +43 даражадан +48 даражагача кўтарилади. Асфалт юзасидаги ҳарорат эса +80 даража иссиқгача кўтарилади. Бу даражадаги қайноқ асфал сирти устида ҳаракатланаётган ёритгичлари ёниқ бўлган машина фаралари албатта ўзини оқламайди. Турли хил фавқулодда ҳолатларни келтириб чиқариши мумкин. Шу ҳолатларни инобатга олиб, ҳукумат қарорига ўзгартиришлар киритилиши мақсадга мувофиқ ҳисобланади.

Метеоролог: Абдулаҳатов Э

Tojikistonning Dushanbe shaxri hamda Tursunzoda viloyatlarida ikki fuqoro kuchli shamol hamda sel oqimi qurboni bo‘lishdi.
Tursunzoda shahridagi "Bahoriston" jamoatining Seshanbe qishlog'ida istiqomat qiluvchi 16 yoshli Aziz Qulov 21-aprel kuni ertalab kuchli jala yomg'ir yog‘ishi natijasida vujudga kelgan selda nobud bo'ldi, deya xabar beradi Tursunzoda shahar mahkamasi.

Aziz Qulov chorva mollarini sel oqimidan xavfsiz o‘tkazib yuboraman, deb sel oqimi qurboni bo‘lgan.

21-aprel kuni Dushanbe shaxri hududida shiddatli shamol tufayli Daewoo Tico avtomobiliga bir daraxt quladi. Natijada, yo'lovchi avtomashinasi joyida halok bo'ldi, haydovchilar jarohatlandi, deya xabar beradi BXF.

Ko'plab yomg'irlar mamlakatning ayrim hududlarida sel oqimini yuzaga keltirdi.

Tojikiston Muvofiq Tashkilotining matbuot markazi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda qattiq yog'ingarchiliklar davom etar ekan, ko'chki, sel va toshqinlar xavfi saqlanib qolinadi.

Bunda FVV fuqarolarga tog‘larda yurishdan, tog'li hududlarda o'sayotgan qo'ziqorinlarni va boshqa ekinlarni yig'ishdan saqlanish uchun shaxsiy xavfsizlik choralarini ko'rishni so'raydi. Bundan tashqari, FVV daryo bo'yida yoki tog'li daryoning qirg'og'ida oromgohlarga borishni tavsiya qilmaydi.

Shamol momaqaldiroqlari tufayli, avariyalarning oldini olish uchun davlat avtomobil transport agentligi avtoulovlarni daraxtlar, reklama bannerlari va boshqa tuzilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya qiladi.

Tojikistonda yomg'irli ob-havodan gilos daraxtlari zararlanmoqda.

Gidrometeorologiya agentligining ma'lumotlariga ko'ra, aprel oyi oxiriga qadar mamlakat hududida barqaror ob-havo va kuchli yog'ingarchiliklar saqlanib qolinadi.

Mutaxasislar kelgusi yog'ingarchiliklar va harorat foni ortib borishi tufayli tog'lardagi qorni jadal erishi va tuproqning eroziyasiga(ko‘chkilar), daryolarda, suv omborlarida suv satxining ko'tarilishiga, shuningdek, yuqori namlik va suv- daryo va ko'l qirg'oqlaridagi tuproqlarning eroziyaga olib kelishi mumkinligini ta'kidlamoqdalar.

Global iqlim o‘zgarishi teri kasalliklarini yuzaga keltiruvchi zararkunanda hashorotlarning ko‘payishiga olib bo‘ladi.
Yevropa Yuqumli kasalliklar va Klinik Mikrobiologiya kongressi ma'lumotiga ko‘ra, Dengiz isitmasi, ensefalit, chikungunya va leishmaniaz kabi hashorotlar hududlarda tez tarqalib, katta maydonni qoplashni davom etmoqda. Ushbu tendentsiya sayyoramizdagi haroratning ko‘tarilishi bilan bog'liq. Bu hashorotlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga olib kelmoqda.

Olimlar, Shimoliy Yevropada muqaddam mavjud bo'lmagan joylarda ham hashorotlar keltirib chiqarayotgan kasalliklarning epidemiyalarini kuzatdilar. Kasallik tarqalishining qulayligi nafaqat issiq-nam havo, balki xalqaro sayyohlik va savdo globallashuvining ko'payishi ham sabab bo‘lmoqda. Natijada hashoratlar katta masofani bosib o'tib, ilgari ma'lum bo'lmagan hududlarga bemalol kirib kelish holatlari kuzatilmoqda.

Uzoq muddatli issiq mavsum vektor kasalliklari tarqalishini oshirmoqda hamda tropik infeksiyalarning keng maydonda tarqalishiga olib keladi.

Iqlim o'zgarishi chivin infektsiyalarini faol ravishda ko'payishi va tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday qilib, so'nggi o'n yil ichida Gresiyada bezgak epidemiyasi, Xorvatiya va Fransiyada dengiz isitmasi, Italiya va Fransiyada chikungunya viruslari, shuningdek, janubi-sharqiy Yevropadagi G'arbiy Nil pashshasi kabi kassallik keltiruvchi faol hashorotlarning ''o‘choq''lari qayd etildi.

Past havo haroratlari pashsha lichinkalari va tuxumlari uchun halokatli, ammo global isish har xil kasalliklarni ko‘p miqdorda katta maydonda yoyilishiga imkon beradi.

Shunga o'xshash tendentsiya kasalliklar turlari orasida ham namoyon bo'ladi. Issiq-nam iqlim hamda qish mavsumlarining iliq kelishi kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.

Iqlim o'zgarishi 2060-yillarning oxiriga qadar janubiy Yevropada pashshalar haddan tashqari ko‘p miqdorda tarqalishiga olib keladi.

Manba- https://racurs.ua/newsamp/120720-globalnoe-poteplenie-privedet-ko-vspyshkam-transmissivnyh-zabolevaniy-uchenye.html

Meteorolog: Abdulaxatov E.I

Ўзбекистон Республикаси ҳукумати 2019-йил 12-апрелда 299-сон билан “2015-2030 йилларда офатлар хавфини камайтириш бўйича Сендай ҳадли дастури” мақсадларига Ўзбекистон Республикасида эришиш стратегияси тўғрисидаги қарор тасдиқланди.
Иқлимшунос олимлар ривожланган давлатлар томонидан ишлаб чиқилган иқлим ўзгариш сценария моделлари асосида, 2100-йилгача иқлим ўзгариши натижасида, юзага келувчи иқлимий даврларни 3 турга бўлишган:

👉 1-давр: 2030-йилгача бўлган давр оралиғида кутилаётган экстромал-аномал иқлимий давр. Бунда экстремал об ҳаво туфайли, сайёранинг деярли ҳамма ҳудудларида фавқулодда ҳолатлар сони ортиши кутилади.

👉 2-давр. 2030-2080 йиллар оралиғидаги иқлимий давр. Бунда, сайёранинг кўп ҳудудларида атмосферада яҳлит илиқ ва совуқ оқимлар кетма-кетлик даврийлигининг муқобил жараёни юзага келади. Яъни экстремал-аномал табиат ҳодисалари сони камаяди. Табиийки, фавқулодда ҳолатлар сони ҳам 2030-йилгача бўлган давр оралиғига нисбатан анча камаяди. Ҳаво ҳароратининг 2080-йилга келиб, сайёра бўйича ҳозирги меъёрдан муқобил 3-4 даражагача кўтарилишига олиб келади.

👉 3-давр. 2080-йилдан кейинги иқлимий давр.

Стратегиянинг бош мақсади, 2030-йилгача офатлар натижасида ҳалок бўлганлар ва жабрланганлар сонини, шунингдек, тўғридан-тўғри иқтисодий зарарни кескин камайтириш учун аҳоли ва ҳудудларни офатлардан комплекс ҳимоя қилишни кучайтиришдир.

Қуйидагилар офатлар хавфини камайтиришнинг устувор йўналишлари ҳисобланади:

👉 офатлар тўғрисидаги билимларни ошириш;

👉 офатлар хавфини бошқаришнинг ташкилий-ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш;

👉 офатлар хавфини камайтириш тадбирларига инвестициялар киритиш;

👉 офатлар юз берганда ҳаракат қилишга тайёргарликни ошириш.

Стратегияни амалга ошириш қуйидаги босқичларда амалга оширилади:

👉 1-босқич: 2019-2022 йиллар;

👉 2-босқич: 2023-2026 йиллар;

👉 3-босқич: 2027-2030 йиллар.

Meteorolog: Abdulahatov E.I

Iqlim o‘zgarmoqdami yoki iqlim isimoqdami? Yoxud muzliklarning kengayib borayotganligi to‘g‘risida.
Mart oyining oxiri va aprel oyining boshlanishi Rossiya hududlari qishki oylarga o'xshab qoldi. Moskvada havo harorati me'yordan ancha pasayib ketdi. Qor bo'ronlari nafaqat, Murmansk viloyatida, balki Volgograd cho'llarida ham kuzatildi. Rostov viloyatida qor yog'di. Hatto Qrimda ham qor uchqunladi.

Millionlab insonlar - bizning mamlakatimizda emas, balki boshqa boshqa hududlarda ham sovuq bo‘layotganligini ta'kidlamoqdalar. ''Nima uchun olimlar global isish haqida gapirishmoqda va tashqariga chiqmay turib, termometr ma'lumotlari asosida yashashmoqda, aslida unday bo‘lmayaptiku? Qat'iy ilmiy hisob-kitoblarni tasdiqlashdan bosh tortishmoqda?'' deya fikr bildirishmoqda Rossiya ahli.

Ko'pgina mamlakatlarda qish yanada yomonlashdi, yoz oylari bir oyga kechikmoqda va anomal ob-havo hodisalari (may oyida qor yog'ishi, qurg'oqchiliklar, bo'ronlar, tropik yog'ingarchiliklar) odatiy holga aylanmoqda. Bu iqlim o‘zgarishidan dalolat.

Iqlim o'zgarishi.

O'tgan hafta ushbu xabarlar Grenlandiya orolidan keldi. Orolning g‘arbiy qismida joylashgan "Jeykshavn" muzliklari, Titanikni vayron qilgan ayzberglardan yorilgan, mashhur ayzberglar makoni. Muz erishining, undan ayzberglar ajralib chiqishining hajmi o'sishda davom etmoqda. Bu eng tez eriydigan muzliklardan biri hisoblanadi. Dengizning bu suv o'tadigan qismida, o'tgan asrning 80-yillaridan beri dengiz suvi harorati haddan tashqari isigan va so'nggi yillarda muzlikning 150 metr qismi yo'qolgan.

Ammo, yangi o'lchovlarning qayd etishicha, 2016-yildan okean suvining sovuqlashishi kuzatilmoqda, bu esa, yana Jakobshavn muzliklarini qayta tiklanishiga imkon berdi.

Yerdagi iqlim o'zgarib turmoqda hamda ba'zida juda kutilmagan holatlarda, ayrim olimlar allaqachon "global isish" atamasidan qochishmoqda. Ular oddiygina aytganda - "iqlim o'zgarishi" deb tushuntirishmoqda. Iqlim isishi emas, ''iqlim o‘zgarishi''. Ha, yigirmanchi asrning boshidan sayyoramizdagi havo harorati deyarli bir darajaga ko'tarildi, uni inkor etish mantiqsiz albatta, biroq, turli hududlarda bu jarayon bir xil emas, shuning uchun kutilmagan hodisalar kuzatilmoqda.

Havoning isishi Shimoliy yarim sharda va ayniqsa, uning yuqori (ya'ni shimoliy) kengliklarida ancha ortgan. Iqlim o'zgarishi tufayli butun iqlim tizimi bir turga aylanib, noturg'un bo'lib qoldi.

Iqlim o'zgarishi argumenti Rossiyaga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida rekord darajadagi sovuq havo haroratlari fonida Rossiyaning Yevropa qismi hamda XXI asrning boshlarida janubiy Sibirda g'ayritabiiy sovuq qish mavsumi kuchayib ketdi. Shunda Arktikada global iqlim o‘zgarishi natijasida, atmosferadagi oqimlar davomiyligi namunalari juda g'alati bo‘ldi. Ayniqsa, Barens dengizida dengiz muzining kamayishi g‘ayritabiiy.

Rossiya Fanlar Akademiyasi Geografiya instituti Klimatalogiya laboratoriyasi boshlig'i, fizika-matematika fanlari doktori Vladimir Semyonov 1970-yildan boshlab Arktik muzining sirt maydoni 25% ga kamayganini va muz permafrost qatlami harorati 5 darajaga ko'tarilganini aniqladi. Olim Barens va Qora dengizlarda muz miqdorining kamayishi Stratosfera polyar girdobining Arktika ustida kamayishiga olib keldi va shu sababli, Rossiyada qishlar ancha sovuqlashmoqda degan xulosaga keldi. Xuddi shu sababli, Rossiyada may oyida ham bir hafta davom etadigan sovuq havo massalari davomiyligi ikki haftaga cho‘zilmoqda. Bu esa aksincha ancha sovushga olib keladi.

O‘zbekistonda ham xuddi shunday, faqat issiq havo foni kuchli kuzatilmoqda. Hozirda 2016-yildan bishlab O‘zbekistonning asosiy qismlari - Qozog‘istondagi sovuq havo massalari hamda janubdagi iliq, tropik havo massalari o‘rtasidagi haqiqiy chegaraga aylandi. Buning natijasida, 1 asr davomida iqlimshunos olimlar tomonidan o‘rganilgan O‘rta Osiyoga kirib keluvchi sinoptik jarayonlar ketma ketligida ''buzulishlar'' kuzatildi. Bu, hozirgacha, O‘zbekiston respublikasiga kirib keluvchi 15 ta sinoptik jarayonlarning qaysilaridir yo‘qolib, yangi turdagi sinoptik jarayonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi degani.

Meteorolog: Abdulaxatov E

Global iqlim o‘zgarishi yana bir dengiz hayvonining o‘limiga olib kelishi mumkin.
Leeds universiteti olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotga ko'ra, okean suvi o‘rtacha haroratining 3 darajadan oshib ketishi Avstraliyaning shimoli-sharqidagi Shark ko'rfazidagi delfinlarning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin.

G'arbiy Avstraliyada okean haroratining misli ko'rilmagan ko'tarilishi delfinlarning hayot davomiyligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, deya xabar beradi Weather Times.

Leeds universiteti olimlari 2011-yildan Avstraliya yaqinidagi Shark ko'rfazidagi delfinlarning omon qolish nisbati 12 foizga kamayganligini va shu vaqtdan boshlab ularning ko‘payishi normadan past darajaga ko'tarilganligini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, ko‘rfazdagi dengizidagi suv harorati 32 daraja iliqga (odatdagidan 2,5 daraja yuqori) ko'tarildi. Harorat o'zgarishi tufayli YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Shark ko'rfazida begona o'tlar, baliq turlari va boshqa biologik xilma-xillikning katta qismi yo'q bo'lib, bu taxminan 13,6 ming kvadrat metr maydonni o'z ichiga oladi.

Ekspertlar, shuningdek, okeanning chuqur qismlarida oziq-ovqat izlayotgan delfinlar uchun suvning isishi - iliq suv havzasining nisbatan xavfli ekanligini ham aniqlashdi.

"Kelajakda iqlim o'zgarishi oqibatida, ko'tarilgan suvda suv haroratining ham isishi tez kuzatiladi. Bu kelajakda dengiz sut emizuvchilar uchun emas, balki butun okean ekotizimi uchun ham xavflidir." dedi Syurix universiteti professori Maykl Kruzen ''Science Daily''ga bergan intervyusida.

Meteorolog: Abdulahatov E.I

Ushbu asrning o‘rtalariga qadar ikki daraja. Global isish sayyorani qanday holatga olib kelishi mumkin.
Mart oyining o'rtalarida BMT sayyoradagi iqlim o'zgarishi bo'yicha hisobot e'lon qildi. 70 mamlakatdan 250 nafar olim besh yil davomida global isishning hodisasini o'rganib chiqdilar va 2050-yilga qadar butun dunyo bo'ylab millionlab insonlarni aynan iqlim isishi qurboni bo'lishini taxmin qilishdi. Hisobotda aytilishicha, "global iqlim o'zgarishi ta'sirida 2050-yilga kelib sayyorada o'rtacha havo harorati 2 darajagacha ko'tarilishi mumkin. Geologlarning ogohlantirishicha: Ulkan kataklizalar-uzoq kelajakka umidni borgan sari pasaytirmoqda. Ular allaqachon sodir bo'lmoqda. Insoniyatga zilzilalar, suv toshqinlari, o'limni olib keluvchi kasalliklar va qurg'oqchiliklar allaqachon jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda. 2050-yilga borib davom etayotgan kataklizalar tufayli, dunyo xaritasi tanib bo'lmas darajada o'zgarishi mumkin.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda dunyo miqyosida global isish bilan bog'liq sabablar tufayli, har yili 150 ming kishi halok bo'lmoqda. Iqlim o‘zgarishining qandaydir quroli, to'pponcha yoki portlatuvchi zirxli qurollari yo'q. U odamlarni butunlay boshqacha tarzda o'ldirishi mumkin. Misol uchun, ba'zi bir qit'ada yoki ayrim hududlarda juda katta qurg'oqchilik tufayli, don yetishmovchilgi kuzatiladi. Bu insonlarni nobud qilishi mumkin. Birinchi navbatda, ''bolalar'' "deydi Yashirin xavflar bo'yicha Nobel tinchlik mukofoti g'olibi Gennadiy Menjulin. Iqlim anomaliyalari butun dunyoda, shu jumladan, Rossiyada ham yuzaga keladi. 2010-yilning yozida Moskva shahrida yashovchi aholilarning yashash xonadonlari hovlisidagi tuproqlarning tarkibidagi moddalar norma atrofida kuzatilgandi. Hozir esa aynan Rossiyada ajabtovur iqlim anomaliyalar tufayli tuproq tarkibidagi konsentratsiya va zararli moddalar miqdori normadan o'n baravar oshdi.

Voeikov nomidagi Bosh geofizika observatoriyasi katta ilmiy xodimi Andrey Kiselevning so'zlariga ko'ra, "Juda issiq ob-havoning ko'p muddat kuzatilishi, inson salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Albatta, bu qo'shimchasiga o'limga olib kelishi ham mumkin.'' 2010-yilda amerikalik geolog Lawrence Smit bir kitob yozdi, u global isishning oqibatlari haqida ''2050-yildagi Yangi shimoliy dunyo''. Muallif, bu kitobi bilan hozirda sayyorada bir vaqtlar dinozavrlarning yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'lgan bir xil iqlimiy jarayonlar kuzatilmoqda deb izoh qoldirgan. 2013-yilda BMT mutaxassislari iqlim o'zgarishi bo'yicha hisobot e'lon qildilar. Kelajakda insoniyatning «hozirgi harakati» ga qarab, havo haroratining ko'tarilishi 1 dan 6 darajaga qadar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, agar o‘rtacha yillik havo harorati 2 darajadan oshmasa, sayyora bunga moslasha oladi. Ammo yerda o‘rtacha havo harorati 2 darajadan oshsa, qaytmas jarayonlar boshlanadi. Global iqlim nafaqat, ochlik va ichimlik suvi yetishmasligi, balki xavfli viruslarni ham uyg'otadi.

Italiyada global iqlim o'zgarishi - hududlarda zaytun hosilini kamayishiga olib kelmoqda.
Italiyada 2018-yil oxirgi 25 yillikdagi mamlakatda eng yomon zaytun hosildorligi yili bo'ldi. Natijada, davlat zaytun mevalarini qo'shni davlatlardan import qilishiga to'g'ri keldi.

Professor Flik Omar Barif fikricha, Ekstremal ob-havo hodisalari Italiyada zaytun hosili kamayishining asosiy omiliga aylandi. Meva hosilining 57% gacha kamayishi Rimda hatto noroziliklarga sabab bo'ldi. The Guardian gazetasi ma'lumotiga ko'ra, O'rta Yer dengizi mintaqasida joylashgan zaytun daraxtlari xavfli ob-havo hodisalari tufayli, nafaqat zararlanmoqda, balki, hosili ham yo'qolmoqda. Buning asosiy sababi, erta bahorda yog'ingarchilikning ayrim holatlarda qor ko'rinishida yog'ishi, shamol va yozda kuchli qurg'oqchilik kunlarining ko'payib ketishidir.

Bundan tashqari, olimlar global iqlimning afzalliklarini ham qayd etdilar. Yevropa-O'rta Iqlim o'zgarishi markazi direktori Rikkardo Valentini fikricha: "Bunday ekstremal ob-havo hodisalari hosildorligi ortib borayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini kamaytirishning asosiy omiliga aylanganligi kuzatishlardagi aniq namoyon bo'lmoqda" deydi. " Bahor faslida O'rta Yer dengizi mintaqasidagi sovuq kunlar biz uchun anomaliyadir. Har qanday holatda ham, bu ekstremal ahamiyatga ega va iqlim o'zgarishi senariyalari bo'yicha oldindan shunday prognoz qilingan edi", deya qo'shimcha qildi u.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo guruhi (IPCC) ning bir nechta ma'ruzalari hozirda atmosferadagi o'zgarishlar aniq iqlim o'zgarishining asosiy natijasi ekanligini ko'rsatmoqda. "Biz kelajakda bunday xavfli hodisalar va anomaliyalar bundanda ko'proq bo'lishini hozir ham bemalol oldindan ayta olamiz" deydi Valentini. Olimlar muzliklar erishi tezlashishini qayd etmoqdalar, uning zararli oqibatlari nafaqat, shimoliy mintaqalar, balki Italiyada ham kuzatilmoqda. Yevropa komissiyasi 2018-2019 yillarda boshqa mamlakatlarda ham zaytun hosili kamayishini taxmin qilmoqda. Portugaliyada ular 20 foizga, Gretsiyada esa 42 foizga kamayishi kutilmoqda. Sanoat bilan bog'liq manbalarda esa, bu qiymatlar yanada yomonlashishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.

Meteorolog: Abdulahatov E.I