@faolawater

Suv ichish formulasi: isroillik shifokorlar kun davomida qancha suv ichish kerakligini aniqladi
Sutkasiga qancha suv ichish kerak va suvsizlanishning eng birinchi belgilarini qanday payqash mumkin?

Suvsizlanish belgilari

Yengil suvsizlanish holatlarida kishi chanqoqni his qiladi, ishtahasi yo‘qoladi, teri esa qurib ketadi. O‘rta darajadagi suvsizlanish kuchli chanqoq, nimjonlik, og‘izning qurishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishini keltirib chiqaradi. O‘tirgan holatdan tik holatga o‘tish qon bosimining pasayib ketishi va hushni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Bolalar va chaqaloqlarning suvsizlanish belgilari: ko‘z yoshsiz yig‘lash, peshob chiqarishning kamayishi.

Organizm suyuqligining besh foizi yo‘qotilgan kuchli suvsizlanish yurak urishining tezlashishi, nafas siqishi, arterial qon bosimining pasayishi, uyquchanlik, hushsizlik, talvasa va hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Tana 15 foiz suyuqlik yo‘qotishi hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Peshob rangini kuzatib borish muhim sanaladi: uning rangi och sariq rangda bo‘lishi lozim. To‘q sariq yoki jigarrang peshob suvsizlanish belgisidir.

Suvni chanqoq hissi paydo bo‘lmasdan ichish kerak. Chanqoq hissi suvsizlanish allaqachon boshlanganligini bildiradi.

Suvsizlanish nima uchun xavfli?

Suvsizlanish organizmdagi natriy va kaliy tuzlari muvozanatini o‘zgartiradi, bu esa buyrak va yurak funksiyalarini izdan chiqaradi. Bundan tashqari, suyuqlik yo‘qotish miya va boshqa organlarga qon kelishini kamaytiradi.

Agar harorat organizm o‘z-o‘zini sovuta olmaydigan darajaga yetsa, oqsillarning quyilishi boshlanadi (tuxum qaynatilganda kabi), bu esa organizmga hayot uchun xavfli zarba beradi.

Tavsiya: qancha suv ichish lozim?

Bu savolga turli xil javoblar mavjud. Bir formulaga ko‘ra sog‘lom odam uchun bir sutkalik suyuqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi: vazn (kilogrammlarda) 30 ga ko‘paytiriladi va 1000 ga bo‘linadi.

Masalan, vazni 70 kilogramm bo‘lgan odam 70 x 30 : 1000=2,1 litr suv ichishi kerak. Bu kuniga taxminan 9 stakanga to‘g‘ri keladi.

Mazkur formulaga muvofiq, vazni 30 kilogramm bo‘lgan bola kuniga 0,9 litr yoki taxminan 4 stakan suv ichishi lozim.

Biroq bu formulaning muammoli jihati u faqat sog‘lom kishilarga mo‘ljallangan. Jismoniy harakatlar, atrof-muhit shart-sharoitlari (ob-havo, namlik) va shaxsiy belgilar: yosh, jins kabilarni hisobga olmaydi.

Sportchi chanqoq hissini suvsizlanish bosqichida his qiladi. Xalqaro tavsiyalar quyidagicha: mashg‘ulotdan oldingi uch yoki to‘rt soat davomida tananing har bir kilogrammi uchun 5—7 ml suv ichish. Ya’ni vazni 70 kilogramm bo‘lgan odam mashg‘ulotga qadar 450 ml (2—3 stakan) suv ichishi lozim.

Agar kishi peshob chiqarmasa yoki peshob to‘q rangda bo‘lsa, mashg‘ulotdan bir soat avval har bir kilogramm uchun yana 3—5 ml suv ichish kerak bo‘ladi.

Peshob hajmi katta kishilarda kuniga 0,5 dan 2 litrgacha, bolalarda vaznning har bir kilogrammiga 12 ml, juda kichik bolalarda esa 24 ml ni tashkil etishi lozim.

Nima ichish tavsiya qilinadi?

Ichish uchun eng yaxshi suyuqlik suv hisoblanadi. Semirishga olib keluvchi shirin ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni ham cheklash lozim. Ularning peshob haydash xususiyati organizmning suyuqlik yo‘qotishini ko‘paytiradi.

Faola Water питьевая вода в Хорезме, Хорезмская область, доставка воды домой.
Faola Water питьевая вода в Хорезме, Хорезмская область, доставка воды домой.

Jazirama vaqtida nimalarga amal qilish kerak?
Ob-havoning odatdagidan 10 va undan yuqori darajaga ko‘tarilishi, ya’ni jazirama (kuchli issiq) vaqtida inson salomatligi xavf ostida qolishi mumkin. Bunday vaqtlarda qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerak va jabrlanganlarga qanday yordam berish mumkinligi borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Jazirama vaqtida tana harorati 37,1°C dan oshishi yoki issiqlik almashinuvi buzilishi mumkin. Tana haroratining 38,8°C ga yaqinlashishi xavfli hisoblanadi. Bundan tashqari, issiq (oftob, kun) urishi yoki yurak faoliyati buzilishi mumkin. Teri qizarishi, shilliq qavatlarning qurishi va kuchli tashnalik issiq (oftob, kun) urganining belgilari hisoblanadi. Ushbu belgilar kuzatilganda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, hushdan ketish, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.

Kuchli issiq vaqtida chekish, alkogol ichimliklari ichish, kuchli jismoniy mehnat qilish va ovqat iste’mol qilishni kamaytirish lozim.

Jaziramaga tayyorgarlik ko‘rish

Oldindan ichimlik suvi zaxiralari, issiq ob-havoga mos kiyim-kechak, sovutgichni tayyorlab qo‘ying. Agar siz dalada bo‘lsangiz, chodir (chayla, kapa) hamda quduq izlab toping. Iloji bo‘lsa, elektr uskunalar ishlashi uchun avtonom elektr manbasini sotib oling. Ichimlik suvini tejab ishlating.

Issiq ob-havo paytida qanday harakat qilish kerak?

Issiq havo ta’siridan saqlaning. Och (oq) rangdagi havo o‘tkazadigan (iloji boricha paxtadan tayyorlangan) kiyim-kechak va bosh kiyim kiyib yuring. Esda tuting, kuygan teri terlamaydi va sovimaydi. Ko‘chada shoshmay yuring, ko‘proq soyada bo‘lishga harakat qiling.

Ko‘proq suyuqlik (suv) iste’mol qilish. Suyuqlikni (suvni) to‘g‘ri ichish rejimi organizmni yaxshi faoliyat yuritishiga sharoit yaratadi. Issiq ob-havo paytida ichiladigan suv miqdorini ko‘paytirish lozim. Bunda shirin yoki gazlangan ichimlik o‘rniga oddiy suv bilan organizmdagi tanqislikni bartaraf etish kerak. Pivo yoki boshqa alkogol ichimliklari iste’mol qilmang, bu organizmning umumiy holati yomonlashishiga olib keladi. Issiq ob-havo paytida soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka harakat qiling, ayniqsa quyosh tagida yurmang. Ishlaringizni shunday rejalashtiringki, bu oraliqda siz uy yoki ishxonada bo‘ling.

Iloji boricha ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam tozalanish terini yanada samarali nafas olishiga ko‘mak beradi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Muzday suvda sovishga intilish va haroratning birdan almashishi zotiljam kasaliga olib kelishi mumkin.

Issiq (oftob) urganda soyaga yoki shabada bor joyga o‘ting, dush qabul qiling va ko‘p miqdorda suv iching.

Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibini o‘zgartishga harakat qiling. Issiq ob-havo paytida e’tiboringizni sovuq ovqatlar iste’mol qilishga qarating. Meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Ovqatlarni albatta tuz bilan iste’mol qiling. Chunki issiq ob-havo paytida inson ko‘p terlaydi va shu bilan birga yetarlicha natriy tuzini yo‘qotadi.

Sintetik matoli kiyim-kechak kiymaslikka harakat qiling. Issiq ob-havo paytida paxtadan tayyorlangan kiyim-kechak tanlash darkor. Kepka, panama yoki shlyapa kiyishdan uyalmang. Issiq (oftob) urishi ko‘pincha insonlarning boshi qizib ketishidan yuz beradi.

Bunday issiq ob-havoni sovutgichsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo, sovutgichda esayotgan shamol yo‘nalishiga to‘g‘ri o‘tirmang. Odatda sovutgichlarda ko‘plab bakteriyalar mavjud bo‘ladi, ularning sovuq havo bilan birga insonga ta’sir etishi, surunkali bronxit va zotiljam kasalliklarining kuchayib ketishiga sabab bo‘ladi.

Tana haroratining pasayishiga sovuq suvga oyoq va qo‘llarni botirish yo‘li bilan erishish mumkin. Issiq (oftob) urishi alomatlari (umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, yuz rangining o‘chishi (oqarib ketishi) yoki qizarib ketishi, qon bosimining me’yorida emasligi) paydo bo‘lganda kichik hajmlarda (80-100 ml) suvni tez-tez ichish kerak. Suvni og‘izda iloji boricha uzoqroq ushlab turib, keyin yutish kerak. Shuningdek, tanani tezroq sovitish (soyaga, shabada bor joyga o‘tish, dush qabul qilish) lozim.

Issiq (oftob, kun) urishi alomatlari — holsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qusish, tomir tortishishi va hushdan ketish.

Issiq (oftob) urishiga ko‘proq bolalar, o‘smirlar, qariyalar va alkogol iste’mol qilganlar moyil bo‘ladi, chunki ularda har xil sabablarga ko‘ra organizmning haroratni tartibga soluvchi tizimi sust ishlaydi.

Issiq (oftob) urishini oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:

kunning issiq paytida jismoniy mashq qilmaslik;

havo o‘tkazuvchi kiyim-kechak kiyish;

iloji boricha bosh kiyim kiyib yurish;

choy (kuchli emas), kvas, va mineral suvlar ichish;

jabrlanganni salqin joyga (soyaga) olib o‘ting;

sovuq suv yoki choy, tuz qo‘shilgan suv ichiring;

jabrlanganning holati yomonlashganini bilmay qolmaslik uchun uni yolg‘iz qoldirmang;

tanadagi yirik qon tomirlarni sovitish uchun ho‘l matolarni bo‘yin, qo‘ltiq osti, sonning ichki qismiga qo‘yib, jabrlanganni yelpib turing;

jabrlanganni ho‘l sochiq yoki ho‘l choyshablar bilan sovitishga harakat qiling;

agar jabrlangan qusishni boshlasa, bezgak tutsa va xushidan ketsa darhol “Tez tibbiy yordam” chaqiring;

issiq (oftob) urganida jabrlanganda nafas olish yoki yurak urishi to‘xtab qolsa (miokard infarkti), reanimatsion (sun’iy nafas va yurak massaji) muolajalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lib turing.

Unutmang, alkogol ichimliklarini kuchli issiq vaqtida ichish oftob urishini tezlashtiradi, chunki alkogol organizmning haroratni tartibga soluvchi tizimni ishdan chiqaradi. Shuningdek, organizmda alkogol parchalanganida ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi.

Issiq (oftob) urganida birinchi tez yordam ko‘rsatish uchun quyidagilarni amalga oshiring:

Diqqat! Jabrlangan kishining badanini spirt bilan artmang, chunki u teridagi teshikchalarni yopib, issiq chiqib ketishiga xalaqit beradi. Jabrlanganni sovuq suv bilan to‘ldirilgan vannaga yotqizmang, bu uning ko‘krak qismi bosilishiga va nafas yo‘llarining havo o‘tkazish qobiliyati sustlashishiga olib keladi.

Issiq ob-havo paytida plyajda o‘zini tutish qoidalari

Agar siz issiq ob-havo paytida plyajda yoki daryo (soy) bo‘yida dam olayotgan bo‘lsangiz, doim esingizda tutingki, havo harorati +50C va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Suvning harorati +22C dan +26C gacha bo‘lishi mumkin. Demak haroratlar farqi 25C—30Cni tashkil qiladi.

Agar quyosh tagida uzoq vaqt bo‘lib, birdan suvga kirsangiz (suvga tashlansangiz), haroratlar farqi tufayli o‘pka siqilib (nafas olish qiyinlashib), yurak urishi to‘xtab qolishi mumkin.

Shuning uchun, suvga kirishdan oldin badanni ho‘llab (bel, ko‘krak va x.k.), suvga moslashish kerak. Bunga ko‘proq keksa yoshdagi kishilar amal qilishlari zarur.

Qachon suv ichish mumkin: ovqatdan oldinmi, ovqat mahalimi yoki ovqatdan keyinmi?
Kimdir suvni hazm qilish osonroq bo‘lishi uchun ovqatlanish oldidan ichishni masalahat beradi. Ba’zilar suv oshqozon shirasini suyultirib yuborishini va natijada hazm qilish sekinlashishini aytadi.

Foto: Rambler Weekend

Quyida gastroenterolog Anna Yurkevichning bu boradagi maslahatlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

To‘g‘ri ovqatlanish haqidagi yo‘riqnomalarda odatda 25–30 ml/kg raqami ko‘p uchraydi — odamga aynan shuncha suv ichish tavsiya qilinadi. Albatta bu raqam shartli ravishda ko‘rsatilgan, chunki odamning qancha suv ichishi ko‘pgina omillarga bog‘liq:

Havoning namligi va haroratiga.

Odam tanasining haroratiga.

Vazniga.

Yoshi va jinsiga.

Jismoniy faolligiga.

Organizmdagi suyuqlik ajratuvchi tizim kasalliklariga.

Organizmning chanqash haqidagi signallarini o‘z vaqtida fahmlay olishingiz kerak. Buning uchun yoningizda har doim suv solingan piyola yoki butilka bo‘lsin va har 30—60 daqiqada bir marta xohlagancha suv iching.

Endi esa suv va ovqat munosabatlari haqida.

Shubhasiz, suv oshqozon shirasini suyultirishi va kislotalilikni pasaytirishi yolg‘on.

Aks holda, kislotalikni pasaytiruvchi dori-darmonlarni buyurishga hojat qolmas edi, bir piyola suvning o‘zi yetarli bo‘lar edi.

Ovqatlanishdan oldin ham, keyin ham va ovqat mahali ham suv ichish mumkin. Masala suyuqlikning qanday maqsadda va qanday hajmda ichilgani. Och qoringa ichilgan suv me’dadan ancha tez chiqib ketadi: 300 ml suv 5–15 daqiqa davomida.

Albatta, ovqatlanishdan oldin bir litr va undan ortiq miqdorda suv ichish kerak emas, chunki suyuqlikning me’dadan chiqib ketishi uzoqroq davom etadi, yeyilgan ovqat bilan birgalikda esa uning devorlarini cho‘zib yuborishi va yoqimsiz holatni keltirib chiqarishi mumkin.

Ovqatlanish vaqtida, agar siz quruq ovqat iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz suv ichish mumkin. Bunday holatda suv ovqatning o‘tishini, yumshashini va maydalanishini yaxshilaydi.

Ovqatlanib bo‘lgandan keyin bir necha qultum suv ichishni xohlash bu normal holat. Asosiy o‘lchov — bu sizning xohishingiz, ya’ni chanqash va sizning sezgilaringiz.

Muqaddas Ramazon oyi fazilatlari
Ko‘kni qizartirgan so‘nggi shafaqlar.

Ufq ortiga nihon bo‘lgan bu zamon.

Sog‘inch ko‘zlaridan to‘kilgan yoshlar

Bir-la bezalganda gardishi osmon.

Rahmat xazinasin ochqichi bo‘lib,

Ko‘kka ko‘tarildi misoli kamon.

Feruza gumbazli osmon toqiga,

Chiqibdur muborak mohi Ramazon!

Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsinki, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak mohi Ramazon o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga tashrif buyurib, boshimiz uzra rahmat soyaboni bo‘lib turibdi.

Jannatmakon o‘lkamizning mo‘min-musulmonlari oylarning eng ulug‘i va eng fazilatlisi bo‘lmish bu oyni bir olam shodligu quvonch bilan kutib olmoqdalar. Hamma bir-biridan shirin, bir-biridan ezgu orzu umidlar og‘ushida. Kimdir Ramazon ro‘zasini bu yil to‘liq tutib, o‘ttiz kun mobaynida tarovehlarda Qur'on xatmiga some' bo‘lib, ko‘plab savob orttirish niyatida bo‘lsa, kimdir bu sanoqli kunlar mobaynida Qur'oni karimni to‘liq o‘qib tushirish ilinjida. Kimdir, bu bebaho va betakror toat mavsumida o‘zini har tomonlama isloh etib, xatolarini tuzatish, hasad, ginayu kudurat, xusumat kabi ma'naviy illatlardan qalbini musaffo etib, o‘zi uchun pokiza hayot sahifasini ochishni qasd qilgan bo‘lsa, yana kimdir xayrli ishlar uchun boshqa vaqtlardagidan ko‘ra ko‘proq ajru savoblar beriladigan bu qimmatli fursatlarni g‘animat bilib, mehru muruvvat, saxovat va silai rahm kabi olijanob ishlardan imkon qadar ko‘proq zaxira to‘plash maqsadida Ramazonning kelishiga intiq.

Ha, azizlar, Ramazon mana shunday o‘xshashi yo‘q, fazilatda tengi yo‘q muborak oy. U ezgulik sayli, toat mavsumi, yaxshiliklar musobaqasidir. O‘tgan ulug‘larimiz Ramazonga shunday intiq bo‘lishar ediki, hatto oylar davomida “Ey Alloh, bizlarni Ramazonga eson-omon yetkaz!”, deya Yaratganga iltijolar qilardilar. Ramazon kelib, uning har lahzasini ezgu amallar uchun zaxira qilishgach, yana bir necha oylar davomida “Ey Alloh, bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul et!”, deya tinmay duoda bo‘lardilar.

Solih salaflarimizning Ramazonga munosabatlari ana shunday edi. U zotlar butunboshli yilga Ramazon orqali nazar solganlar. Ramazonni yilning asosi va mehvari deb bilganlar. Shu bois ham yarim yil davomida Parvardigordan Ramazondagi ibodatlarini qabul qilishni so‘rasalar, qolgan oylarni “Ramazonga yetkaz!” degan iltijo tillaridan tushmagan.

Zero, Alloh taolo O‘zining buyuk irodasi va cheksiz hikmati taqozosi bilan o‘zi yaratgan maxluqotlarini fazl va ustunlikda bir-biridan farqli va tafovut qiladigan qilib yaratgan. Ba'zi makonlarni boshqasidan, ayrim zamonlarni o‘zgasidan ortiq va afzal qilib qo‘ygan. Oyu-kunlar orasidan ba'zilarini tanlab olib, ularni ezgulik mavsumlari, toat va ibodat kunlari, qurbat hosil qilish vaqtlari qilib belgilagan. Bular yil mobaynida hadya tariqasida berilgan rahmat nafhalaridir. Kim ularga e'tibor berib, yaxshiliklaridan bahramand bo‘lib qolsa, o‘sha haqiqiy baxtiyor kishidir.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: "Butun umringiz davomida yaxshilik talabgori bo‘lib, Alloh azza va jallaning rahmat shabadalariga yo‘liqing! Zero, Allohning rahmati jumlasidan bo‘lgan shabadalari borki, ularni bandalaridan xohlaganiga nasib qiladi" (Tabaroniy, Bayhaqiy, Ibn Abdul-Barr, Abu Nuaym, Ibn Asokir va boshqalar rivoyati).

Ana shunday rahmat nafhalaridan biri Ramazon oyidir. Bu oy boshqa oylarga nisbatan fazilatu ustunlikda bamisoli quyoshning boshqa sayyoralarga nisbatan ustunligi kabidir. Alloh taolo Ramazon oyini boshqa barcha oylardan oliy va mufazzal qildi. Uni ko‘plab buyuk fazilatlar va ulug‘ imtiyozlar bilan xosladi. Imom Tabaroniy Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Oylarning eng afzali Ramazon oyidir», deganlar.

Ramazon oyining fazilatlarini sanab tugatib bo‘lmaydi. Islomning bosh manbai, insoniyatning qiyomatgacha hayot dasturi Qur'oni karim shu oyda nozil bo‘lgandir. Ushbu oyda Islom tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan juda ko‘p olamshumul voqealar sodir bo‘lgan. Shu bois butun dunyo musulmonlari ushbu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yo‘lidagi ibodatlar oyiga aylantirishadi.

Ramazon Qur'on oyidir. Qur'on bilan ro‘za oyi orasidagi mustahkam aloqa va bog‘liqlikni Ramazonning ilk kuni kirishi bilanoq har bir musulmon kishi o‘z qalbining tub-tubidan his etadi. Va o‘ta kuchli muhabbat va qiziqish bilan Rabbisining Kitobini mutolaa qilishga kirishadi. Uning oyatlari borasida tafakkur yuritadi, Unda keltirilgan qissalaru xabarlardan ibrat oladi. Masjidlar namozxonlar va Qur'on tilovat qiluvchilar bilan to‘lib ketadi. Dunyodagi bor masjidlarda Qur'oni karim xatmi boshlanadi. Va bu holat o‘zining lisoni holi ila butun olamga bu oy Qur'on oyi ekanligini baralla e'lon qiladi.

Alloh taolo dedi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir” (Baqara surasi, 185-oyat).

Tafsir kitoblarida kelishicha, Qur'oni karim Ramazon oyining Qadr kechasida Lavhi mahfuzdan dunyo osmoniga tushirilgan. So‘ngra, yigirma uch yil davomida voqea hodisalar rivojiga muvofiq ravishda bo‘lib-bo‘lib Payg‘ambarimizga indirilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda Qur'onni Jabroil alayhissalom nazoratlaridan to‘liq o‘tkazib olar edilar. Bu ulug‘ farishta bilan birgalikda Qur'oni karimni dars qilardilar. Vafot topadigan yillarida esa, Qur'onni bu ulug‘ farishtadan ikki marta o‘tkazib olganlar.

Salafi solihlarimiz ham bu muborak oyda Qur'oni karim uchun alohida e'tibor va vaqt ajratganlar. Faqih olimlar ham bu oyda ilm bilan shug‘ullanishni butunlay yig‘ishtirib yoki kamaytirib, Qur'on mutolaasiga iqbol etganlar. Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) Qur'oni karimni har kuni o‘qib tushirar edilar. Boshqa ba'zilar Qur'oni karim qiroatini uch kunda nihoyasiga yetkazar edilar. Yana birlari bir haftada xatm qilsalar, boshqalar o‘n kunda o‘qib bitirar edilar. Qatoda (rahimahulloh) Qur'onni doimo har yetti kunda xatm qilsalar, Ramazon kelganda har uch kunda o‘qib tushirar, oxirgi o‘n kunlik kirganda esa har kechada xatm qilardilar. Imom Shofeiy (rahimahulloh) Qur'oni karimni Ramazonda oltmish marta xatm qilardilar. Imom Molik (rahmatullohi alayh) Ramazon oyi kirganda hadis ilmi va ulamolar bilan bo‘lgan ilm majlislarini to‘xtatib, Qur'on qiroatiga yuzlanar edilar. Sufyon Savriy esa Ramazon kirib kelganda hamma qo‘shimcha ibodatlarni yig‘ishtirib, o‘zini Qur'on tilovatiga bag‘ishlardi.

Ramazon xayr-saxovat oyidir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bu oyda boshqa oylarga qaraganda yanada saxiyroq bo‘lib ketardilar.

Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) odamlarning eng saxovatlisi edilar. Ul zotning saxovatlari Ramazon oyida – har kecha Jabroil (alayhissalom) Ul zotga Qur'onni ta'lim berish uchun huzurlariga tashrif buyuradigan paytlarda – ayniqsa cho‘qqisiga chiqardi. Darhaqiqat, Allohning Rasuli (sollallohu alayhi va sallam) odamlarga yaxshilik bilan muruvvat ko‘rsatishda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da uchqurroq edilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

Shuning uchun ham qadimdan musulmonlar Ramazon kirganda har galgidan saxovatliroq bo‘lishga odatlanganlar. Davlatmand kishilar zakotlarini ham aynan Ramazonda ado etishlari ham shundan. Bu oyning barakasidan har bir uy bahramand bo‘lib, mo‘minlar qalbiga xursandlik va shodlik kirsin uchun odamlar alohida Ramazonga xos xayru ehsonlari bilan bir qatorda zakotlarini ham shu oyda chiqaradilar.

Bu oy tunggi namozlar va nafl ibodatlar oyi hamdir. “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat bilan o‘tkazib chiqardilar. Qachon oyning oxirgi o‘n kuni kelsa, oila a'zolarini va namozga kuchi yetadigan katta-yu kichikni uyg‘otardilar. (Imom Muslim rivoyati)

Ramazon oyidagi tunggi namozlar fiqh istilohida “taroveh” deyiladi. Bu namozni o‘qish barcha musulmonlar uchun sunnat hisoblanadi. Musulmonlar g‘ofil qolib, bu namozni o‘tkazib yubormasliklari kerak. Chunki Ramazondagi nafl namozlar uchun beriladigan ulug‘ savoblar boshqa oylarda berilmaydi.

Bu oyda jin-shaytonlarning eng yomonlari zanjirband qilinadi. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: “Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) sahobalariga xushxabar berib, aytardilar: “Sizga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh sizga uning ro‘zasini tutishni farz qildi. Bu oyda jannat darvozalari ochilur, jahannam qopqalari yopilur, itoatsiz jin-shaytonlar zanjirband qilinur. Bu oyda bir kecha bo‘lib, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim o‘sha kechaning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, ko‘p yaxshilikdan mahrum bo‘libdi” (Ahmad ibn Hanbal, Nasoiy, Bayhaqiy, Ibn Abu Shayba va Ishoq ibn Rohavayhlar rivoyati, isnodi sahih).

Ramazon rahmat oyidir. Ramazonda Alloh taoloning rahmati jo‘sh uradi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Ramazon bo‘lganda rahmat eshiklari ochiladi», deyilgan. Ramazonning avvalgi o‘n kunligi nafaqat oyning, balki yilning «rahmat kunlari» hisoblanadi.

Ramazon mag‘firat oyi. Uning o‘rtadagi o‘n kuni nafaqat oyning, balki yilning «mag‘firat kunlari» hisoblanadi. Ramazon fazilati haqida Salmon (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «U avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish fursati bo‘lgan oydir», deganlar.

Ramazonning oxirgi kechasi mag‘firat kechasidir. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi kechasida ro‘zadorlarning gunohlari kechiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, u Qadr kechasimi?», deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin ishchi ishini ado etganidan so‘ng ajri – haqi to‘la qilib beriladi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Ramazon do‘zaxdan ozod bo‘lish oyidir. Ramazon oyida jannat darvozalari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi. Chunki, bu oyda jannatga kirish uchun sabab bo‘lgan xayrli ishlar va solih amallar ko‘proq bajariladi, do‘zaxga kirish uchun sabab bo‘lgan gunoh-ma'siyatlar va yaramas, jirkanch, uyatli ishlar kamroq sodir etiladi. Jannat darvozalari musulmonlarni xayrli ishlarga shoshilishga targ‘ib qilib ham ochiladi. Do‘zax eshiklari esa, gunohlardan qaytgan, istig‘for aytgan, afsus-nadomat chekkan, qayta qilmaslikka niyat qilgan holda tavba qilishga targ‘ib qilib yopiladi. Natijada, bu oyda vafot etgan va ruhi do‘zaxga mahkum qilingan kimsalar, bu oyning sharofati ila shu oyning oxirigacha do‘zaxga kiritilmay turadi. Jannatning barcha darvozalari ochilishi Ramazon oyida yer yuziga Allohning rahmati ko‘p nozil bo‘lishiga ham ishoradir. Uning oxirgi o‘n kunligi «do‘zaxdan ozod bo‘lish» kunlari sanaladi. Shu bilan birga, Ramazonda har kecha son-sanoqsiz kishilar do‘zaxdan ozod qilinadi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda har kecha Allohning do‘zaxdan ozod qilinadigan bandalari bor», deganlar.

Ramazon duo oyi. Ramazon oyining har kunida qabul bo‘ladigan bir duo bor. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: “Albatta, Ramazonning har kunida barcha musulmonlar uchun qabul bo‘ladigan bir duo bor” (Imom Ahmad, Bazzor va boshqalar rivoyati).

Agar bu duo ro‘za paytida, ayniqsa, iftordan salgina oldin qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Uch kishining duosi qaytarilmaydi: adolatli imom, ro‘zador to iftor qilgunicha va mazlumning duosi” (Ibn Moja, Termiziy, Ahmad ibn Hanbal, Bayhaqiy, Ibn Hibbon, Tayolisiy, Ibn Xuzayma va Ishoq ibn Rohavayhlar rivoyati).

Bu zikr qilinganlar Ramazon oyining barcha fazilatlarini to‘la qamrab ololmaydi, balki, mazkur fazilatlar oldida daryodan ayrim tomchilar xolos. Yo‘qsa, uning fazilatu xususiyatlarini sanab adog‘iga yetkazish mushkuldir. Alloh taolodan yolborib so‘raymizki, bu muborak oyni, rahmat va mag‘firat oyini, do‘zaxdan najot beriladigan, duolar ijobat qilinadigan Ramazon oyini barchamizga xayrli va barakotli qilsin! Uni taqvo ne'matiga erishishimiz uchun vasila qilsin! Omin!

Rahmatulloh Sayfuddinov

Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,

Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,

«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi

Musiqaning inson organizmi va sog’ligiga bo’lgan ta’siri
Musiqa ko’pincha inson kayfiyatini o’zida aks ettiradi. Shu asnoda, misol uchun, rulda haydayotgan kishiga eng yaxshi musiqa bo’lib, elektron musiqa hisoblanadi, xomilador ayollarga esa olimlar klassik musiqani eshitishni tavsiya qilishadi, axir aynan shunaqa musiqa dunyoga keladigan bolakayning kelajakdagi musiqiy didini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shuningdek aytishlaricha, musiqa ijodiy shaxslar sog’ligi va organizmiga ko’proq ta’sir qiladi, ko’pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi. Musiqa fon sifatida ko’pincha bizga sezilmaydi. Savdo markazlari, restoranlar, kiyim do’konlarida u chindan ham juda foydalidir, chunki u o’ziga xos muhitni yaratadi. Ko’pincha musiqa turiga qarab biz muassasa nufuzini aniqlay olamiz.

Musiqa hayot tarzi sifatida

Hozirgi hayotda har bir inson o’z hayot tarziga ega bo’lishni xohlaydi. Bu hayot tarsi kiyimda yoki aksessuarlarda emas, fikrlash va tasavvur qilishda aks etadi. Har birimiz ichimizda chiroyli narsalarni, atrof-muhitni, hayotni yaratishni astoydil xohlaydigan yaratguchi bor, va bu niyatlarimiz aynan bizga ma’qul musiqa sababli junbushga keladi. Bu qanday ishlaydi?

Inson hayoti ikki qismga bo’linadi: atrofdagi hayot va inson qalbidagi o’ziga xos olami. Har birimiz o’ylaymiz, tasavvur qilamiz va orzu qilamiz, va insoniyat bilan parallel ravishda rivojlanadigan musiqa bizning fikrlarimizni yaxlitlaydi va, o’z ichiga pozitivlik, o’yinqaroqlik, qo’pollik yoki agressiv holatlarni oladigan tomonga yo’naltiradi. Asrlar davomida, qanday musiqani xush ko’rishlariga qarab, insonning xarakterini ham aniqlay olish mumkin edi. Avvallari musiqiy uslublarni tushunish, hamda xorijiy va milliy kompozitsiyalarni o’ynay olish, inson yashaydigan muhitni aniqlash mumkin edi. Endi esa insonning qanday musiqani afzal ko’rishiga asosan uning suhbatlashish doirasini, uning hayot tarzini va qiziqishlarini aniqlash, odamlarni submadaniyatlarga aniq ajratish mumkin.

Musiqa shifo tariqasida

Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og’riqlardan xalos ettiradi. O’zini-o’zi davolash har qanday dori-darmonlardan muhimroq, va har birimiz mushkul holatlarda aynan unga umid qiladi. Kayfiyatni ko’taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. U dunyoga yorug’likni singdiradi, va uni tinglash esa sayyorada yshovchi insonlar yarmining sevimli mashg’uloti sanaladi.

Dunyoning yarmidan ko’pi yaxshi va sifatli musiqa uchun pul to’laydi, va bu odamlarning atigi bir qismi uni o’zlari yaratishadi va misli ko’rinmas mashhurlikka erishishadi. Jahon estradasining ijrochilari konsertlar tashkil qilishadi, va millionlab odamlar ularga tashrif buyurishadi. Musiqa insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi. Xohlagan tovush bizda ma’lum bir hissiyotni uyg’otadi, ba’zida biz qayg’uga ko’milishni, ba’zida esa to’xtalmas quvonchga erishishni xohlaymiz. Biz har kuni boshdan kechiradigan ko’pgina hissiyot va tuyg’ular hayotda to’qnash keladigan voqealar bilangina emas, balki radio va tv eshittiriladigan qo’shiqlar bilan ham paydo bo’ladi. Shunday qilib, tezkor ovqatlanish restoranlariga kirganda, fondagi musiqa bizni tezroq yeyishga, do’konlardagi zamonaviy va pozitiv musiqa esa boshimizda yangi obrazlar paydo bo’lishiga undaydi.

Musiqa doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi, va har bir insonda uning bolaligi bilan bog’liq qo’shiqlar bor. Shunga misol qilib, buyuk fir’avn Ramzesning o’g’li Moisey o’z bolaligidan musiqani eshitib, o’zining haqiqiy kelib chiqishini esladi. Siz esa shunday holatni his qilganmisiz? Shubhasiz, ha. Har birimizda shunday payt bo’lganki, bolaligimizdan qo’shiqni eshitganimizda, biz baxtiyor va g’amsiz vaqtlarimizni batafsil eslaganmiz. Musiqa – kuchli assotsiativ omildir, chunki qo’shiqni bir marta eshitgandayoq, uni butun umrga eslab qolish mumkin, va uni kelgusi bor eshitishganga, taxminan qanday davom etishini bilamiz. Bunday kuchli ta’sirni hatto suratdan ham ololmaymiz, birorta surat bilan to’qnash kelganimizda, kelgusi safar u bilan yuzma-yuz kelganda, katta gumon borki, u bizga boshqacha ko’rinadi.

“Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo’lgandek his etasiz, ya’ni musiqa, so’zsiz, dunyoda bor bo’lgan eng yorqin baxtni ato etadi.” Stendal yaxshi musiqaga juda to’g’ri tasvirni bergan. Kimdir bu bilan rozi bo’lishi, kimdir esa bo’lmasligi mumkin, ammo bir narsa aniqki: Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi, va so’zsiz ning bizga bo’lgan ta’siri juda juda katta.

Organizmdagi suvsizlikni qanday bilish mumkin?
Kuniga ikki litr suv sogʻlom turmush tarzi uchun shart boʻladi. Ovqatdan oldin bir stakan sovuq suv ochlik hissi ortida chanqoq yashirinmaganligini tekshirish uchun zarur boʻladi. Issiqlik “zarba”sining oldini olish uchun jazirama kunlarda har soatda yarim stakan suv ichiladi. Ishonchimiz komilki, suvning organizm uchun foydasi haqidagi ushbu roʻyxatni osonlik bilan davom ettira olasiz.

Yetarli darajada suv ichilmasa, albatta, suvsizlik sodir boʻlishi haqida oʻylashga koʻnikkanmiz. Bu fikr toʻgʻrimi? Hozirning oʻzidayoq bu masalaga oydinlik kiritamiz.

Suvsizlanish nima?

Maʼlumki, odam tanasining 70 foizga yaqinini suv tashkil etadi. Suv nafaqat miyaning normal faoliyati, balki ovqat hazm qilishdan tortib to nafas olishgacha, organizm jami tizimlarining ishlashi uchun zarur. Parhezshunoslar yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilinishi borasidagi fikrlarni doimiy ravishda taʼkidlashlari ham shundan.

Odam jazirama kun yoki intensiv jismoniy mashqlardan keyin suv ichmasa, vaziyat yanada jiddiy tus olishi mumkin. Qolgan holatlarda esa shifokor yordami talab etilmaydi.

Suvsizlanish belgilari

Mutaxassislar, tana vaznidan 1-2 foizga oʻrtacha suvsizlanish sezilarli belgilarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etishadi. Ulardan tez-tez uchraydiganlari haqida quyida hikoya qilamiz.

Quruq teri

Agar teringiz normal yoki yogʻli teriga qaraganda quruqroq boʻlsa, bu belgi boʻla olmaydi. Biroq terining quruqligi odatdagidek boʻlmasa, bunga diqqatni qaratish lozim. Biz nafaqat yoz faslida, balki salqin ob-havoda ham namlikni teri orqali yoʻqotishimizni hisobga oling (masalan, koʻchadagi havo oʻta quruq boʻlsa).

Peshob chiqarish

Organizm gidratatsiyasi ustidan nazorat qilishning samarali usullaridan biri – peshob chiqarishni kuzatish. Agar u kuniga bir necha marta, koʻp miqdorda boʻlsa, siydikning oʻzi och rangda boʻlsa, u holda bari joyida. Biroq aksincha boʻlsa, darhol bir necha stakan suv ichishingiz lozim.

Ogʻizdagi noxush hid

Suv va suvli mahsulotlarning ratsionda yetarli miqdorda emasligi ogʻizdagi noxush hidning sababiga aylanishi mumkin. Bu oz miqdordagi suvsizlanishda nafaqat teri, balki ogʻiz boʻshligʻi ham quriydi. Soʻlakning yetishmasligi oʻz navbatida tish va milklarda bakteriyalar koʻpayishini yuzaga keltiradi.

Ochlik

Ha, chanqoq hissi ochlik ortiga ustalik bilan yashirina oladi. Mavzuga oid tadqiqotlar sharhi shuni koʻrsatdiki, organizm suvsizlanish belgilariga ega katta odamlarning odatda tana vaznlari yuqori boʻlgan. Shunday ekan, tushunarsiz sabablar tufayli doimiy ravishda ovqatlanishni istasangiz, koʻproq suv ichishga harakat qiling.

Ich qotishi

Suvning yetishmasligi qorin dam boʻlishi va boshqa noqulay hislar bilan kechadi hamda axlatning organizmdan tabiiy yoʻl bilan chiqishini qiyinlashtiradi.

Charchoq va bosh ogʻrigʻi

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, aynan suv yetishmasligi hech qanday ish bilan band boʻlmagan va yetarli darajada dam olgan kunlardagi charchoqning sababi boʻlishi mumkin. Bosh ogʻrigʻiga keladigan boʻlsak, tajriba natijalari ayollarda, hatto, 1,36 foizga, suvsizlanish ham bosh ogʻrigʻini chaqirishini koʻrsatgan.

Yaxshi xabar shundan iboratki, koʻp hollarda muntazam ravishda suv ichish orqali suvsizlikni yengish mumkin. Biroq oshqozondagi ogʻriqlar, bosh ogʻrigʻi kabi kuchli suvsizlanish belgilaridan birini sezsangiz, xatarli holatlarning oldini olish uchun shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi.

Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar bo‘yicha jarimalar qachondan qo‘llaniladi?
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar bo‘yicha jarimaga tortish bir oydan so‘ng boshlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizxon Umarxonov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bir oy davomida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish kiritiladi. Xususan, ko‘plab munozaralarga sabab bo‘layotgan yorituvchi chiroqlar bo‘yicha iqlim sharoitlari hisobga olinishi mumkin.

Shuningdek, A.Umarxonovning bildirishicha, shu paytga qadar noto‘g‘ri to‘xtab turish uchun 7179ta holatda jarima qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2019 yil 9 apreldagi Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak;

Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish) pasaytirishga vakolatli;

aholi punktlarida ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakatli yo‘llarda to‘xtashga ruxsat etiladi;

aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka ega;

kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;

qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi to‘kiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan bo‘lishi kerak;

velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish taqiqlanadi.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (292-son, 09.04.2019 y.) qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, o‘zgartirishlarga muvofiq:

svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak;

Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish) pasaytirishga vakolatli;

aholi punktlarida ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakatli yo‘llarda to‘xtashga ruxsat etiladi;

aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka ega;

kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;

qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi to‘kiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan bo‘lishi kerak;

velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari o‘zgartirishlar bilan 28 ta yangi yo‘l belgilari kiritildi.

Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish, radar, piyoda va velosipedchilar uchun tashkil etilgan yo‘lak kabi belgilar shular jumlasidandir.

Qayd etilishicha, o‘zgartirishlar haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Albatta, bularning barchasi yo'llarda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi. Shuning uchun harakat ishtirokchilari ushbu o'zgarishlarni to'liq qabul qilishlari va ularning talablarini bajarishlari kerak.

Suvning hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun foydasi - Faola
«Faola Water» tabiatning o'ziga xos ta'mi bilan.

«Faola Water» ichimlik suvi Amudaryoning quyi qismida olinadi. Tabiiyatdan olinadigan suvning billur tozaligi mutaxassislarimiz tomonidan maksimal darajada saqlanadi - biz tabiatning o'zi suvga joylashtirgan foydali mineralar tarkibini va uning tabiiy ta'mini saqlagan holda, suvni noyob filtr tizimidan o'tkazamiz.

«Faola Water» ichimlik suvni quyish jarayoni qat'iyan avtomatlashtirilgan. 18,9 litrlik idishda suv rioya qilish uchun qat'iy nazorat qilinadi.

Inson organizmining 2/3 qismi suvdan iborat. Katta yoshli inson kuniga 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv ichishi kerak. Biroq hamma ham bunga amal qilavermaydi. Bu esa hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun muhimdir! Bu haqida zdorovejka.ru'da taqdim etilgan foydali ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning katta qismini egallaydi. Masalan, qondagi suv miqdori - 90 foiz bo‘lsa, miya - 85 foiz, mushaklar - 75 foiz, jigar - 65 foiz, suyaklar - 28 foiz, yog‘ to‘qimalari esa 25 foiz suvdan tashkil topgan. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.

Chanqoq hissi organizmga yordam kerakligidan dalolat beradi. Shu bois inson faqat organizmi talab qilgandagina emas, har doim - suv ichgisi kelsa-kelmasa, uni suv bilan ta'minlab turishi kerak.

Aksariyat odamlar kundalik me'yorning bor-yo‘g‘i 1/3 qismini iste'mol qilganliklari uchun ham, ko‘p kasalliklar rivojlanadi.

Suvning inson organizmi uchun foydasi

O‘zimizni yomon his qilsak, odatda buni charchoq yoki stresslar, vitaminlar yetishmovchiligi va boshqa sabablar bilan izohlaymiz. Vaholanki, organizm shu tariqa oddiy suvga ehtiyoj sezayotgan bo‘ladi, zero organizm suvsiz to‘laqonli ishlay olmaydi.

Jigar

Jigar organizmni mikrob va viruslar, ozuqaviy bo‘yoqlar va konservantlar ko‘rsatuvchi salbiy ta'sirdan himoyalaydi. Jigarning vazifasi toksinlarni suvda eruvchan holatga keltirish va ularni organizmdan muvaffaqiyatli chiqarib tashlashdan iborat. Jigar normal suv balansi tufayli chiqindilarni qayta ishlashga kamroq vaqt sarflaydi va bu ishni sifatli amalga oshiradi, demak, turli kasalliklar rivojining oldini oladi.

Buyraklar

Buyraklar organizmdagi barcha suyuqliklarni filtrlaydi. Inson yetarli miqdorda suv ichsa, buyraklar ortiqcha suyuqlikni peshob bilan chiqarib yuboradi, u bilan birga esa barcha zararli moddalar ham organizmdan tashqariga chiqariladi. Agar suv kam ichilsa, u holda buyraklar uni tejashiga va organizmda ushlab turishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlarda kamroq peshob hosil bo‘ladi, bu esa buyraklar faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Qon

Qonga tushuvchi barcha zararli moddalar limfani "utilizatsiya" qiladi. Limfa o‘lik hujayralar va boshqa chiqindilarni to‘playdi, ularni limfa to‘qimalariga yetkazadi, bu yerda esa ular filtrlanadi, keyin esa qayta ishlash uchun jigar va buyraklarga yo‘llanadi. Normal suv balansi limfaga bunday mas'uliyatli ishning uddasidan chiqishga yordam beradi.

Bo‘g‘inlar

Artrit ko‘pchilikka azob beradi, biroq bu kasallikning ko‘p holatlarda organizmning surunkali suvsizlanishi natijasida kelib chiqishini hamma ham bilmaydi. Organizmga surunkali ravishda suv yetishmasa, bo‘g‘inlar jiddiy zarar ko‘radi va bu artritga olib keladi.

Badantarbiya qilish

Badantarbiya bilan shug‘ullanayotgan paytda yetarlicha suv iste'mol qilmaslik yaxshi emas. Zero buning natijasida inson tez charchab qoladi, harakatlar koordinatsiyasi buziladi va hatto mushaklar konvulsiyalari yuzaga kelishi mumkin. Nima uchun bunday bo‘ladi? Inson faol harakatlangan vaqtida ko‘proq terlaydi - undagi qon miqdori kamayadi. Agar suyuqlik yetishmovchiligi to‘ldirilmasa, yurak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Shu bois organizm suvsizlanishining oldini olish uchun jismoniy mashqlarga kirishishdan avval, shug‘ullanish davomida va undan keyin suv ichish kerak bo‘ladi.

Suvning teri va go‘zallik uchun foydasi

Suvning yetarlicha iste'mol qilinmasligi organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Suvsizlangan organizm organlarni zararli moddalardan to‘liq tozalay olmaydi, ular qonga kelib tushadi va bu so‘zsiz terining holatida o‘z aksini topadi. Teri rangpar, dag‘al tus olib, unda husnbuzarlar paydo bo‘ladi, son va dumba sohalarida esa tsellyulit paydo bo‘lib, tovon va tirsaklar terisining qurishi kuzatiladi.

Suvning ozish uchun foydasi

Yuqorida qayd etilgan barcha xususiyatlaridan tashqari, suv ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi va hatto bu maqsad yo‘lidagi asosiy omil hisoblanadi. Suvda yog‘ va xolesterin, shu bilan birga, kaloriyalar yo‘q, suv ishtahani kamaytiradi va yog‘ zaxiralarini qayta ishlashda ishtirok etadi. Agar organizmdagi suv miqdori yetarli bo‘lmasa, u holda buyraklar o‘z vazifasini normal bajara olmaydi. Shunda jigar ularning vazifasini o‘z zimmasiga oladi, uning yog‘ almashinuvida ishtirok etish xususiyati esa kamayadi. Natijada yog‘ organizmda to‘plana boshlab, insonning semirishga olib keladi. Shu bois inson ortiqcha vazn tashlashga harakat qilsa-yu, bunga yetarli suv ichmasa, organizm yog‘ni normal qayta ishlay olmaydi.

Shu bilan birga, tan olish kerakki, ba'zan organizmda suv yig‘ilishi natijasida vazn to‘plash holatlari ham kuzatiladi. Masalan, tanasida suv yig‘ilishiga moyil bo‘lgan inson kamroq suv ichsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb hisoblaydi. Biroq, aslida buning aksi bo‘ladi. Organizmga suv yetishmasa, u suyuqlikning har bir tomchisini ushlab qolishga harakat qiladi va uni zaxira sifatida bilak va oyoq tovonlarida zahiralaydi. Shuning uchun organizmni muntazam ravishda yetarlicha suv bilan ta'minlab turish tavsiya etiladi.

Shuni yodda tutish lozimki, inson qancha ko‘p tuz iste'mol qilsa, organizm uni eritish uchun shuncha ko‘p suvni ushlab qoladi.

Qancha suv ichish kerak?

Har kuni o‘rtacha 2 litr suv organizmdan buyraklar, ichak, o‘pka va teri orqali tashqariga chiqariladi. Taxminan 0,5 litr suyuqlik nafas chiqarilishi natijasida yo‘qotiladi. Agar mana shu chiqarilayotgan suv o‘rni to‘ldirilmasa, organizm suvsizlanadi.

Suvsizlanish belgilari: charchoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, og‘iz va ko‘z qurishi, issiq havoni ko‘tara olmaslik, peshob rangining to‘q tus olishi.

Xo‘sh, inson qancha suv ichishi kerak? Semizlikni davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ta'kidlashicha, sog‘lom inson kuniga kamida 8-10 stakan suv ichishi kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish yoki issiq haroratda bundan-da ko‘p suv ichish tavsiya etiladi. Ortiqcha vaznga ega inson esa har ortiqcha 10 kilogramm uchun qo‘shimcha 1 stakandan suv ichishi kerak bo‘ladi. Shuni yodda tutish lozimki, kuchli chanqoq organizmning suvsizlanishidan dalolat beradi, shuning uchun faqatgina chanqoqni his qilganda emas, muntazam ravishda suv ichish zarur.

Bolalar qancha suv ichishi kerak? Germaniyadagi Bolalar oziqlanishini o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot instituti izlanishlari natijasida ma'lum bo‘lishicha, 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar kam suyuqlik ichishar ekan. Bola bu yoshda deyarli 1 litr suyuqlik ichishi kerak, bu taom bilan iste'mol qilinadigan suyuqlikdan tashqari. Biroq bolalar bundan kam suv ichishar ekan. Bolalar ichishi uchun eng optimal suyuqlik - bu toza ichimlik suvi.

Suvning o‘rnini ichimliklar bilan to‘ldirish mumkinmi? Suvga aralashtirilgan mevali va sabzavotli sharbatlar organizmning suyuqlikka bo‘lgan talabini qondiradi, biroq ularda kaloriyalar mavjud. Sut va shakarli ichimliklarni o‘zlashtirish uchun esa organizmga oddiy suv kerak bo‘ladi. Choy, qahva va alkogol yengil peshob haydovchi ta'sirga ega, shuning uchun ulardan keyin suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun organizmga suv kerak bo‘ladi. Suvdek qadrli suyuqlik o‘rnini hech nima bosa olmaydi!

Ko‘proq suv ichishni qanday o‘rganish mumkin? Buning uchun quyidagilarga odatlaning:

•   Doim o‘zingiz bilan birga suv olib yuring;

•   Har bir taom iste'molida bir stakandan suv ichishga odatlaning;

•   Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan oldin, ularning davomida va keyin suv iching;

•   Ishlar orasidagi tanaffuslarda choy yoki qahva emas, suv iching;

•   Suv ta'mini yaxshilash uchun uni filtrlang va limon sharbatidan qo‘shing.

Qanday holatlarda suv ichish zarar?

Tunda suv ichish zarardir. Tunda uxlash oldidan emas, ertalab uyg‘ongandan keyin bir stakan suv ichish zarur. Aks holda, buyraklarga ortiqcha yuk tushadi, ertalab esa yuz, oyoq va qo‘l barmoqlarida shishlar paydo bo‘ladi.

Krandan suv ichish. Krandan suv ichish mumkin emas. Suv tarkibida xlor bo‘lgan antibakterial kimyoviy moddalar bilan qayta ishlanadi, bu esa - zaxar. Shu bilan birga, suv eski quvurlar orqali oqib, o‘z sifatini yo‘qotadi. Kran suvini albatta qaynatish yoki filtrlash kerak.

Ochiq suv havzasidan suv ichish mumkin emas. Ko‘pchilik buloq suvi mazali va foydali hamda uni qo‘rqmasdan ichish mumkin, deb hisoblaydi. Shuni unutmaslik kerakki, ochiq suv havzalarida turli mikroorganizmlar ko‘payadi. Shuning uchun yaxshisi, undan voz kechgan ma'qul.