Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

M U R O J A A T N O M A
Assalomu alaykum tumanimiz aholisi!!!

Barchamizga ma’lumki 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 89-maqsadi “Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb nomlanib, unda kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish ustivor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yildi.

Dunyoda global axborot maydonining kengayib borishi natijasida undagi kibermakonda turli xil kiber tahdidlar vujudga kelmoqda.

Hozirgi global axborot maydonda sodir etilayotgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xususan, bank-moliya operatsiyalari orqali o‘zgalarning plastik kartadagi mablag‘larini o‘zlashtirish, zararli viruslar tarqatish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari ko‘payib bormoqda.

Tumanimizda xam birgina o‘tgan yil davomida jami 101 ta jinoyatlarning aynan kibirmakonda sodir bo‘lganligi tashvishli holat hisoblanadi.

Achinarlisi, axborot texnologiyalari yordamida huquqbuzarlikka va jinoyatga qo‘l urgan shaxslar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

Mazkur jinoyatlarning sodir qilinishi omillari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik holatda fuqarolarimiz axborot maydonida oddiy xavfsizlik talablariga rioya qilmasdan kelayotganligi sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli, mobil telefon va boshqa turdagi gadjetlardan foydalanishda quyidagi oddiy xavfsizlik choralariga rioya qilishingiz so‘raladi:

-   mobil telefoningizga bank plastik kartochkasini ulashda unga kelgan sms xabarlarni hech kimga bermaslik;

-   mobil telefoningizni foydalanish uchun begona shaxslarga bermaslik;

-   Sizga o‘zlarini bank yoki boshqa tashkilotlardan ekanligini bildirib qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar bilan muloqatga kirishmaslik hamda ularga shaxsingizga oid va boshqa turdagi ma’lumotlarni taqdim qilmaslik;

-    pul o‘tkazish hamda kommunal to‘lovlarni to‘lashda foydalaniladigan ilovalarni, keyinchalik telefon raqamingiz o‘zgartirilishi yoki o‘chib ketishi munosabati bilan ushbu ilovalardan ham bank plastik kartochkasini ajratib qo‘yish;

-    turli ijtimoiy tarmoqlar orqali (telegramm, instagramm va ha.k.zolar) kelgan soxta xavolalarni ochmaslik;

-    onlayn savdo platformasida savdolarni amalga oshirishda tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda ishonchli faqatgina qonunchilik talablari asosida ishonchli manbalardan va rasmiy saytlardan foydalanish;

-    turli xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan begona mobil telefon raqamlarini qabul qilish hamda ular bilan muloqatga kirishish;

-     soxta kripta-birjalarga qiziqib, pulni ko‘paytish uchun tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga pul tikish;

-      xorijdan meros va pul yuborishni va’da qilib, pochta xarajatlariga to‘lov sifatida pul o‘tkazish;

Yuqoridagi xamma uchun oddiy bo‘lgan xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda Siz nafaqat o‘zingiz, oilangiz tinchligini balki tumanimiz tinchligi va taraqqiyoti uchun xam o‘z xissangizni qo‘shgan hisoblanasiz!

Gurlan tumani prokurori v.v.b     Abdulla Jumaniyazov

“Tashabbusli budjet” bo‘yicha amalga oshirilgan obodonlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash ishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan, tashabbusli budjet orqali ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lib, hududlardagi infratuzilmani, insonlarning turmush sharoitlarnini yaxshilash imkoniyati yaratilgan. 2023-yil Gurlan tumanida o‘tkazilgan "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan 14 ta taklifga jami 16 395 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilgan.

Ana shunday obodlik ishlari tumanning "Eshimjiron"  mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ta’nishish maqsadida media-tur tashkil qilindi

Joriy yilda o‘tkazilgan "Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsumida g’olib bo’lgan Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarining jami 1,6 km qismiga asfalt yotqizilmoqda.

❗️Ma'lumot uchun: Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijasida "Drujba" MCHJ g‘olib bo‘lgan hamda Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarini asfalt qilish uchun jami 878,3 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati

Gurlan tumani 4-sektor rahbari O‘razbayev Alisher tomonidan 5 ta mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi
Gurlan tuman DSI boshlig‘i 4-sektor raxbari A.O‘razbayev yig‘ilishni ochib, yig‘ilishda ishtirokchilari va kun tartibidagi masala ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 aprel kungi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yigilishining 36-sonli bayoni bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi.Ushbu yig‘ilish bayoniniga asosan sektor raxbarlari xar oyda ikki marta Hokim yordamchilari, Yoshlar etakchilari, Mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashib maxallalarda ijtimomiy muommalarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga yordam berishni muvofiqlashtirib borish vazifalari, joriy yil 1 iyuldan boshlab xotin-qizlar faollari tomonidan maxallalarda aholi muommalarini o‘rganish va ularni hal etish shuningdek 70 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishini mahallada tashkil etish topshirilganligini aytib o‘tdi. Bunda hotin-qizlar faollari tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi qaror loyhasida nazarda tutilganligini tushuntirib, har bir honadon bir xonadon aholini o‘rganish oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga extiyojini aniqlash, har bir oila uchun alohida ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish murakkab operatsiyalarni amalga oshirish, protez–ortopediya buyumlari bilan taminlash bolalarni bog‘chaga joylash kabi ijtimoiy hizmatlar uchun o‘z tavsiyalari va buyuurtmachilarini berish ijtimoiy himoyaga masul barcha idoralar ishiga baho berish, aholi murojaatlari asosida ijtimoiy xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli qo‘rsatilishini doimiy nazorat qilishlari kerakligi yuzasidan yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirib o‘tdi.

RASMIY MUNOSABAT
Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Raximova Yorqinoy Azamat qizi 2022-yil 25-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Gurlan hokimi fermerga sholi hosilini yig‘ib olishga izn bermayapti” sarlavhali videomurojaati orqali norozilik bildirgan.

Ushbu holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz, Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligiga tuman hokimining 2019-yil 28-yanvardagi 1012-son qaroriga asosan “Paxtachilik-g‘allachilik” yo‘nalishida 87,7 gektar еr maydoni ijaraga ajratib berilgan. Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2022-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi asosiy maydoniga 17,0 gektar bug‘doy, 52,0 gektar paxta, 1,0 gektar sholi, 1,6 gektar kartoshka, 1,0 gektar mosh, 1,0 gektar soya, 1,0 gektar sabzavot, 2,5 gektar poliz, 10,3 gektar ozuqa ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17,2 gektar bug‘doy (rejaga nisbatan 0,2 gektar ortiqcha) ekilgan, 56,3 gektar paxta (rejaga nisbatan 4,3 gektar ortiqcha) ekilgan, 13,7 gektar sholi (rejaga nisbatan 12,7 gektar ortiqcha) ekilgan, 1,6 gektar kartoshka, 1,0 gektar mosh, 1,0 gektar soya, 1,0 gektar sabzavot, 2,5 gektar poliz, 10,3 gektar ozuqa ekinlari umuman ekilmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida 0,5 gektar sabzavot, 0,3 gektar makkajo‘xori (silos uchun) ekini, 0,3 gektar bir yillik o‘t, 0,4 gektar mosh, 15,5 gektar sholi ekinlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17,2 gektar sholi ekini ekilganligi, rejaga nisbatan 1,7 gektar sholi ekini ortiqcha ekilganligi, rejalashtirilgan 0,5 gektar sabzavot, 0,3 gektar makkajo‘xori (silos uchun) ekini, 0,3 gektar bir yillik o‘t, 0,4 gektar mosh ekinlari umuman ekilmaganligi aniqlangan.

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasi joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi bilan “Gurlan Global Teks” paxta to‘qimachilik klasteri o‘rtasida 2022-yil hosilidan 185,0 tonna paxta xomashyosini еtishtirib berish bo‘yicha 2022-yil 1-fevralda 175-son shartnomasi tuzilgan.

Biroq “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi tomonidan 27-oktabr holatiga 183,2 tonna paxta “Gurlan Global Teks” MCHJ klasteriga topshirilgan, bu esa 99,02 foizini tashkil qiladi.

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi 2022-yil hosili uchun ekilgan sholi ekinini topshirish bo‘yicha shartnoma tuzmaganligi, sholi ekini hosilidan 37,8 tonna sholi topshirish rejalashtirilgan, lekin hozirgi kunda hosil topshirilmagan.

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Azamat qizi Yorqinoy” chorva fermer xo‘jaligiga “Chorvachilik” yo‘nalishida 21,0 gektar еr maydoni ijaraga ajratib berilgan. Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2022-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha, “Azamat qizi Yorqinoy” chorva fermer xo‘jaligi asosiy maydoniga 5,6 gektar bug‘doy, 4,0 gektar makkajo‘xori 3,0 gektar soya, 8,4 gektar ozuqa ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5,6 gektar bug‘doy, 2,0 gektar ozuqa ekinlari (xashak) makkajo‘xori va soya umuman ekilmaganligi, 13,4 gektar sholi ekini ekilganligi aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan videomurojaat  o‘rganilganda 2022-yil 25-oktabr Gurlan tuman IIB JXX XPB profilaktika inspektori leytenant X.Qodirov o‘ziga biriktirilgan ma’muriy hududda qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik jihatdan profilaktika qilish maqsadida “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi sholi еr maydonida “Yenisey” rusumli 90BA585 davlat raqam belgili kombayn texnik jihatdan xavfsizligi tekshirilganda hech bir hujjatlarsiz, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasdan, texnik ko‘rikdan o‘tmasdan foydalanib kelayotganligi aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirilib, tuman IIBda yuritilayotgan Shakl-2 jurnalidan 1902-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishlilik bo‘yicha Gurlan tuman Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bo‘limiga yuborilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har qanday axborotni tarqatishdan oldin haqqoniyligini o‘rganishni so‘raymiz. Masalaga bir tomonlama emas, xolis yondashish zarur. Asoslanmagan axborotlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati

Yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni hamda viloyat hokimining 2021-yil 16-dekabrdagi 177-12-0-Q/21-sonli qaroriga muvofiq 2022-yilda Gurlan tumanda 39 ta yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiyalar ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda 23 ta limitlar mavjud. (10.10.2022)

Eslatib o‘tamiz, foiz uchun subsidiya bu talabgorga mulk huquqi asosida mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini ya’ni 10 foizdan yuqori qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan to‘lanadigan mablag‘.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun tuman davlat xizmatlari markaziga borib murojaat qilishingiz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan talabgorlarga Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratilishi uchun quyidagi asosiy mezonlarga to‘g‘ri kelishi kerak.

Ariza beruvchining o‘z mulkida yakka tartibdagi uy-joyi mavjud bo‘lishi;

Ariza beruvchi yoki uning oilasining oylik o‘rtacha daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravari (2 mln 484 ming so‘m)dan 8,0 baravaricha (7 mln 360 ming so‘m) bo‘lishi zarur.

Qo‘shimcha savollar bo‘lsa tuman uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

☎️Telefon: 62-36-51-223

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

Gurlan tumani 4-sektor rahbari O‘razbaev Alisher tomonidan 5 ta mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi
Gurlan tumani 4-sektor rahbari O‘razbaev Alisher yigʼilishni ochib, yigʼilishda ishtirokchilari va kun tartibidagi masala xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda aholi muommalarini oʼrganish va ularni hal etish shuningdek 70 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishini mahallada tashkil etish topshirilganligini aytib oʼtdi. Bunda xotin-qizlar faollari tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi qaror loyihasida nazarda tutilganligini tushuntirib, har bir xonadonni oʼrganish oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga extiyojini aniqlash, har bir oila uchun alohida ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish murakkab operatsiyalarni amalga oshirish, protez–ortopediya buyumlari bilan ta’minlash bolalarni bogʼchaga joylash kabi ijtimoiy hizmatlar uchun oʼz tavsiyalari va buyurtmachilarini berish ijtimoiy himoyaga ma’sul barcha idoralar ishiga baho berish, aholi murojaatlari asosida ijtimoiy xizmatlar oʼz vaqtida va sifatli qoʼrsatilishini doimiy nazorat qilishlari kerakligi yuzasidan yigʼilish qatnashchilariga tushuntirib oʼtdi.

Shu bilan birga Yoshlar yetakchilarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-92-sonli Qaror talablari bo’yicha yoshlarga ko’rsatiladigan yordamlar to’g’risida huquqiy tushuntirish berib, bugungi kunda “Yoshlar daftari” dagi 18 ta yoshlarning muammolarini hal qilib “Yoshlar daftari”dan chiqarish choralarini koʼrish masalasi yuzasidan hamda “Yoshlar daftari” platformasidan kelib tushayotgan onlayn arizalarni 3 kun muddatdan oshirmasdan oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi taʼminlash boʼyicha topshiriqlar berib oʼtdi.

Sektor hududidagi mahallalarga yangidan tayinlangan Mahalla xotin-qizlar faollariga Аyollar daftarida mavjud 378 nafar xotin-qizlarga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʼrganshi va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi VM-145-sonli Qaror talablari boʼyicha xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarlarga oʼqitish va ularga huquqiy, psixologik, tibbiy xizmatlarni koʼrsatish hamda boshqa masaladagi yordamlarni koʼrsatish ishlarini amalga oshirish boʼyicha huquiy tushuntirishlar berib, bir qator vazifalar topshirildi.

ASSALOMU ALAYKUM MUHTARAM PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIROMONOVICH!
Sizning tashabbusingiz bilan 2020-yil 6-mart kuni imzolangan «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroringiz biz kabi fermer xo‘jaliklarida mehnat qidayotgan xalqimizning birini ikki qiladigan, kosasini oqartiradigan tarixiy hujjat bo‘ldi.

Binobarin, bu orqali dehqonlarning oyog‘iga tushov bo‘lib kelgan paxta bo‘yicha davlat buyurtmasi bekor qilindi va amaliy harakatlarga keng yo‘l ochildi.

Muhtaram Prezidentim!

Sizning mamlakatimizda paxta xom- ashyosini yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish hamda ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirishning yangi mexanizmlarini belgilab berganingizning o‘zi biz dehqonlarning mehnatimizga berilayotgan ulkan e’tibor va beqiyos hurmat ekanligini yuragimiz to‘ridan his etmoqdamiz.

Aytish joizki, yurtimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan klaster tizimi oxirgi uch yillikning eng muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘ldi.

Sizning qarorlaringiz bilan joriy etilayotgan zamonaviy mexanizmlar agrar sohadagi unumdorlik, demakki, manfaatdorlik, tarmoqda mehnat qilayotgan millionlab insonlarning turmushiga yorug‘lik, farovonlik olib kirayotganiga, hech qanday mubolag‘asiz guvoh bo‘lmoqdamiz.

Men Sizga juda katta minnatdorchiligimni bildiraman, Sizga Yaratgandan sog‘lik- salomatlik, kuch- quvvat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Sizga cheksiz hurmat bilan,

«Oqmon usta» fermer xo‘jaligi rahbari,

Allaberganov Oybek

2022-yil 10-avgust

Gurlan tumani

Gurlan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O‘razbaev Alisher Odilbekovichning hisoboti va tadbirkorlarga murojaati
Assalomu alaykum, hurmatli soliq to‘lovchi tadbirkorlar!

Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan, soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

2022-yil iyun oyi davomida viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda Gurlan tuman DSIning mutaxassislari tomonidan tumanda jami 4 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, qariyb 550 ta tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 22 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 21 nafar, qurilish korxonalarida 9 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 68 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 18,5 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020-yilda yangi “Soliq kodeksi” qabul qilindi.

Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i esa 5 foizdan 1,5 foizga tushdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Natijada tumandagi tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,4 baravar ko‘paygan.

To‘g‘risi, soliqchilar yaqin paytgacha faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullanib kelgan. Prezidentimizning 2021-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foiz miqdorda keshbek qaytarish mexanizmi joriy etildi. Agar chek 100 ming so‘mga urilgan bo‘lsa, 1000 so‘m fuqaroning hamyoniga tushadi. Ya’ni, 1 foizi qaytariladi.

Bugungi kunda tumanimizda 728 tadan ortiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan 857 ta onlayn-NKM va virtual kassa davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan 13,2 millionta chek onlayn ravishda ma’lumotlar bazamizga kelib tushgan.

Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi — soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Joriy yilning aprel mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 108 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 ta murojaat turli xil sabablarga ko‘ra rad qilingan. Ularning 103 tasida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 76 nafar fuqarolarning bank plastik kartasiga 38,0 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

“Soliq hamkor” dasturi orqali kelib tushayotgan murojaatlar dastlab soliq xodimlari tomonidan yaxshilab o‘rganib chiqiladi, agarda rad qilish uchun asos bo‘lsagina rad qilinadi.

O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Gurlan tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, tushuntirish va “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida Sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

GURLAN TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I O‘RAZBAYEV ALISHER ODILBEKOVICHNING 2022-YIL MAY OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI
Darhaqiqat, bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumandavlat soliqinspeksiyasi tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

Masalan, birgina may oyi davomida tumanda 23 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 23 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, may oyida olib borilgan o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 12 ta subektning 59.4 mln. so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida aprel oyining o‘zida 160 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Eng muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning aprel oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 2 ta korxonaning faoliyati tiklandi. Natijada, 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyi yakuni bilan viloyatda 151 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

ГУРЛАН ТУМАН ДАВЛАТ СОЛИҚ ИНСПЕКЦИЯСИ БОШЛИҒИ ЎРАЗБАЕВ АЛИШЕР ОДИЛБЕКОВИЧНИНГ ҲИСОБОТИ ВА ТАДБИРКОРЛАРГА МУРОЖААТИ
Ассалому алайкум, ҳурматли солиқ тўловчи тадбиркорлар!

Хабарингиз бор, муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев жорий йилнинг 16 март куни Давлат солиқ қўмитасига ташрифи давомида соҳани такомиллаштириш, хусусан солиқ тизимини рақамлаштириш, солиқ тўловчиларга хизмат кўрсатиш сифати ва кўламини ошириш, шунингдек, “Солиқчи - кўмакчи” тамойили асосида тадбиркорлар билан бевосита мулоқотга киришиб, уларнинг муаммоларини ўрганиш ва солиқ қонунчилигидаги ўзгаришларни тушунтириш юзасидан бир қатор топшириқлар берганди.

Мазкур топшириқларнинг ижросини таъминлаш, тадбиркорларни солиқ соҳасидаги ўзгариш ва янгиликлар билан таништириш мақсадида 24 март кунлари Давлат солиқ қўмитаси ҳамда Давлат солиқ бошқармаси раҳбарияти бошчилигида ўтказилган учрашувларда жами 84 нафардан ортиқ тадбиркорлар иштирок этишди.

Шунингдек, 2022 йилнинг I чораги давомида вилоят давлат солиқ бошқармаси ҳамда Гурлан туман ДСИнинг мутахассислари томонидан туманда жами 8 маротаба тадбиркорлар билан бевосита мулоқотлар ўтказилиб, қарийб 1100 та тадбиркорлик субъектларига солиқ қонунчилигига киритилган ўзгартиш ва қўшимчалар, янгиликлар, автоматлаштирилган ахборот тизимлари ҳақида батафсил маълумотлар берилди.

Шу ўринда айтиб ўтиш керакки, бугунги кунда Гурлан туманида 2 мингдан ортиқ тадбиркорлик субъектлари фаолият юритади. Йил бошидан буён “Солиқчи-кўмакчи” тамойили асосида вилоятимиздаги 350 та корхоналарнинг 450 та муаммолари ўрганилиб, мазкур муаммоларнинг 370 дан ортиғи бевосита солиқ ходимлари кўмагида ҳал этилди.

Гурлан туман давлат солиқ инспекцияси ходимлари томонидан тадбиркорлик субъектлари билан олиб борилган тушунтириш ишлари натижасида 138 та корхонадаги 407 нафар норасмий ишловчи фуқаролар фаолияти қонунийлаштирилиб, уларнинг ижтимоий ҳимояси таъминланди.

Агар соҳалар кесимида кўриб чиқадиган бўлсак, савдо ва умумий овқатланиш корхоналарида 74 нафар, ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш корхоналарида  86 нафар, қурилиш корхоналарида 36 нафар ҳамда қишлоқ хўжалиги соҳасида фаолият юритувчи 211 нафар фуқароларнинг фаолияти расмийлаштирилди ва бюджетга 39,6 миллион сўм қўшимча маблағ йўналтирилди.

Айтиш керакки, кейинги йилларда мамлакатимизда аҳоли ва бизнес учун қулайликларни ошириш, солиқ муносабатларида инсон омилини камайтириш мақсадида солиқ маъмуриятчилиги тубдан ислоҳ қилинмоқда. Хусусан, 2020 йилда янги “Солиқ кодекси” қабул қилинди. Солиқ турлари
13 тадан 9 тага камайтирилди. Мулк солиғи эса 5 фоиздан 1,5 фоизга тушди. Қўшилган қиймат солиғи 20 фоиздан 15 фоизга пасайтирилди. Натижада тумандаги тадбиркорларнинг ҳам ислоҳотларга ишончи ортиб, солиқ тушумлари туманда 1,4 баравар кўпайган.

2022 йилнинг I чораги давомида туманимиз солиқ тўловчилари томонидан 14,2 миллиард сўм миқдорида солиқлар тўланиб, белгиланган прогноз режаси 213,2 миллион сўм ортиғи билан бажарилди. Бюджетга йўналтирилган маблағларнинг асосий қисми - 10,3 миллиард сўми, яъни 70,5 фоизи юридик шахслар, 2,7 миллиард сўми ёки 19,1 фоизи эса жисмоний шахслар ҳиссасига тўғри келди.

Ҳурматли тадбиркорлар энди харид суммасидан 1 фоизли кешбэк олиш, “Солиқ ҳамкор” тизимларининг жорий этилишига ҳам тўхталиб ўтадиган бўлсам — бу тизим мижозларни жалб қилишга қаратилган махсус бонус дастурларининг бир тури бўлиб, солиқ тизимида самарали қўлланиб келиняпти.

Тўғриси, солиқчилар яқин пайтгача фақат солиқ йиғиш билан шуғулланиб келган. Президентимизнинг 2021 йил 4 октябрдаги қарорига асосан, чакана савдо ва хизмат кўрсатиш соҳасида назорат-касса техникасидан фойдаланишни такомиллаштириш ҳамда яширин иқтисодиёт ҳажмини қисқартириш мақсадида харид суммасидан 1 фоиз миқдорда кешбэк қайтариш механизми жорий этилди. Агар чек 100 минг сўмга урилган бўлса, 1000 сўм фуқаронинг ҳамёнига тушади. Яъни, 1 фоизи қайтарилади.

Бугунги кунда туманимизда 728 тадан ортиқ тадбиркорлик субъектлари томонидан 857 та онлайн-НКМ ва виртуал касса давлат солиқ хизмати органларидан рўйхатдан ўтказилган. Улардан 10,9 миллионта чек онлайн равишда маълумотлар базамизга келиб тушган.

Маълумки, ҳар бир тадбиркорлик нуқтаси маҳсулот сотса QR коди бўлган фискал чек бериши шарт. Агар улар бундай чекни бермаса ёки пластик картада савдо қилишни истамаса, харидор дўконда тортишиб ўтирмай, бу ҳақда “Солиқ ҳамкор” тизими орқали хабар бериши мумкин. Албатта, бунда мурожаат қанчалик асосли эканлиги жиддий текширилади. Қоидабузарлик ҳолатлари тасдиқланган тақдирда мурожаатчи — солиқ ҳамкор орқали ундирилган жарима суммасининг 20 фоизи миқдорида рағбатлантирилади.

Жорий йилнинг I чораги мобайнида “Солиқ ҳамкор” дастури орқали Гурлан туманида фаолият юритаётган тадбиркорлик субъектлари билан боғлиқ солиқ ҳуқуқбузарликлари тўғрисида жами 81 та мурожаат келиб тушган бўлиб, шундан 5 та мурожаат турли хил сабабларга кўра рад қилинган. Уларнинг 76 тасида сайёр солиқ текширувлари ўтказилиб, савдо қоидалари бузилаётганлиги тасдиқланди. Бугунги кунга қадар мурожаатлари ўз тасдиғини топган 31 нафар фуқароларнинг банк пластик картасига 14,5 миллион сўм маблағ ўтказиб берилди.

“Солиқ ҳамкор” дастури орқали келиб тушаётган мурожаатлар дастлаб солиқ ходимлари томонидан яхшилаб ўрганиб чиқилади, агарда рад қилиш учун асос бўлсагина рад қилинади.

Ўрганиш жараёнида мурожаатда қайд этилган ҳолат исботланган тақдирдагина ушбу ҳолат юзасидан қонунчилик доирасида чоралар кўрилиши мумкин. Мурожаат исботланмаса, ҳеч қандай чора кўрилмайди.

Давлат солиқ инспекцияси томонидан асоссиз тадбиркорлик фаолиятига аралашиш, ноқонуний текшириш ўтказилишига йўл қўйилмайди.

Ҳурматли тадбиркорлар!

Гурлан туман давлат солиқ инспекцияси ходимлари солиқ соҳасига оид барча саволларингизга жавоб бериш, билмаганларингизни ўргатиш ва “Солиқчи - кўмакчи” тамойили асосида сизга яқиндан ёрдам беришга доимо тайёрдирлар.