@gyuri

Enemy of My Heart
Kutayotgan baxting, balki hozir sen inkor qilayotgan hayotingdir…

EPISODE_1

Tun shahar uzra qo'rg'oshinday og'ir cho'kkan edi. Port hududidagi eski omborxona zulmat bag'rida vahimali mahluqdek qad rostlagan, zang bosgan temir devorlari esa tinimsiz yangrayotgan o'q tovushlarini aks-sado qilib qaytarardi. Har bir portlash havoni larzaga solar, metallga tekkan o'qlar uchqunlar sachratib, qorong'ulikni bir lahzaga yoritib yuborardi. Atrofni porox hidi, tutun va nam betonning o'tkir isi qoplagan edi.

Jungkook oldingi safda turardi.Qora jangovar kiyimi tanasiga yopishgan, peshonasidan oqayotgan ter chakkasi bo'ylab sirg'alardi. Qo'lidagi qurol uzoq davom etgan otishmadan qizib ketgan bo'lsa-da, uning barmoqlari tepkidan bir lahza ham uzilmasdi. Nigohi sovuq va o'tkir edi , u har bir harakatni oldindan hisoblab, odamlariga qisqa, ammo qat'iy buyruqlar berardi.

-Chap qanotni bosim ostida ushlang! Hech kim oldinga o'tmasin! - uning buyruqlari o'q ovozlari orasidan ham aniq eshitildi.

Yillar davomida qon, xiyonat va o'lim orasida yashash Jungkookni o'zgartirib yuborgan edi. Bir paytlar oddiy inson bo'lgan yigit endi his-tuyg'ularini chuqur ko'mib tashlagan, faqat omon qolish va g'alaba qozonishni biladigan sovuqqon jangchiga aylangandi. U uchun bunday tunlar odatiy edi. Qo'rquv allaqachon yuragini tark etgan, uning o'rnini sovuq hisob-kitob egallagan edi.

Birdan qarama-qarshi tomondan ketma-ket o'qlar yog'ildi.

- Orqa tarafdan! -deya baqirdi jamoadoshlaridan biri.

Jungkook bir soniya ham ikkilanmadi. U beton ustun ortiga o'zini tashladi. Xuddi o'sha zahoti bir nechta o'q ustunga urilib, beton bo'laklarini havoga sochdi. Mayda parchalardan biri yuzini tirnab o'tdi, biroq u bunga e'tibor ham bermadi.

Nafasini sekin rostlab, qurolni qayta o'qladi.Yuragi ko'kragini kuch bilan urardi, ammo qo'llari titramasdi. Adrenalin tomirlarida alangaday oqayotgan bo'lsa-da, aqli g'oyat tiniq edi. U ustun chetidan ehtiyotkorlik bilan mo'ralab, nishonni ilg'adi va ketma-ket uch marta o'q uzdi. Qarama-qarshi tomondan bir kishi yerga quladi, qolganlari esa yashirinishga majbur bo'lishdi.

- Oldinga! Ularni chekinishga majbur qiling! - Jungkookning ovozi yana jarangladi.

U birinchi bo'lib panadan chiqdi. O'qlar uning atrofida hushtak chalib uchardi, ammo u go'yo bularning barchasiga ko'nikib ketgandek dadil harakatlanardi. Har bir qadami aniq, har bir o'qi mo'ljalga yo'naltirilgan edi.

Bu oddiy to'qnashuv emasdi.Bu port hududi ustidan hukmronlik qilish uchun boshlangan qonli urushning hal qiluvchi kechasi edi. Mag'lub bo'lgan tomon nafaqat hududni, balki obro'sini va kelajagini ham yo'qotardi.

Jungkook

Omborxonadan bir necha blok narida joylashgan tashlandiq binoning tomida qorong'ulik bag'riga singib ketgan bir siluet jim turardi.

Taehyung u go'yo tunning o'ziga aylangandek qimirlamas, faqat qo'lidagi binokl sekin harakatlanardi. Pastda avjiga chiqqan otishma alangasi va miltiq tovushlari uning yuziga onda-sonda yorug'lik tashlar, ammo nigohida zarracha hayajon yo'q edi. Sovuq, vazmin va sabrli.

Binokl ortidan u jang maydonidagi har bir harakatni sinchkovlik bilan kuzatardi. Kim qayerga yugurdi, kim panaga yashirindi, kim buyruq berdi barchasi uning xotirasiga birma-bir muhrlanardi.Shu payt uning nigohi bitta odamda to'xtadi.Qora kiyimdagi yigit.

U o'qlar yomg'iri orasida g'ayrioddiy chaqqonlik bilan harakatlanar, har bir qadami oldindan hisoblangandek aniq edi. Qo'lidagi qurol bir zum ham jimimas, ammo har bir o'qi behuda ketmasdi. U odamlariga buyruq berar, bir vaqtning o'zida jangning borishini ham nazorat qilardi.Taehyungning ko'zlari biroz qisildi.

-Demak... sen ekansanda Jungkook- deya pichirladi u lab chetida sovuq, deyarli bilinmaydigan tabassum paydo bo'ldi.

Bu ismni u ko'p eshitgan edi.Raqib tashkilotning eng yosh, ammo eng xavfli jangchilaridan biri. Hisobotlarda uning ismi doim qizil rang bilan ajratilar, har safar yoniga bir xil izoh yozilardi.

Binoklni sekin chetga qo'yib, u yonidagi qora matoga o'ralgan snayper miltig'ini qo'liga oldi. Sovuq metall kaftiga tanish og'irlik bilan joylashdi. Miltiqni ehtiyotkorlik bilan tayyorlab, nishongohni pastdagi jang maydoniga qaratdi.

Nishon markazida yana Jungkook paydo bo'ldi.
Barmog'i tetikka yengil tegib turardi.Biroq u shoshilmadi.

Taehyung odatdagidek avval kuzatardi. Jungkookning nafas olish ritmi... panadan chiqish vaqti... o'ng tomonga burilish odati... o'q uzgandan keyingi reflekslari...Har bir mayda tafsilot kelajakdagi jang uchun qimmatli ma'lumot edi.

Shamol binoning tomi uzra esib, uning qora sochlarini yengil hilpiratdi.Bir necha soniya sukut hukm surdi.So'ng Taehyung nishonni Jungkookning boshidan bir necha santimetr chetga surdi.

- Hozircha emas- dedi u sokin ovozda.Ko'rsatkich barmog'i tetikni bosdi.

Snayperdan otilgan yagona o'q tungi havoni yirtib o'tdi. O'q Jungkook tomon óchdi.Bu o'ldirish uchun emasdi.Bu ogohlantirish edi.Taehyung miltiqni sekin tushirdi. Nigohi hali ham pastdagi yigitda edi.

- Bu shunchaki birinchi dars, Jungkook- deya pichirladi u. - Keyingi safar qochishga ulgurmasliging mumkin.

Taehyung

Jungkook raqib safini yorib o'tib, omborxona eshigi tomon shiddat bilan yugurardi. Atrofda o'qlar tinimsiz hushtak chalib uchayotgan, portlashlar esa yeru ko'kni larzaga solardi. U eshikgacha yana bir necha qadam qolganini his qilib, tezligini oshirdi.Shu lahzada u yelkasida oģriq his qildi.

Keyingi ondayoq Jungkookning chap yelkasiga o'tkir og'riq sanchildi. Go'yo qizdirilgan temir tanasini teshib o'tgandek, butun vujudi larzaga keldi. Zarbaning kuchidan u muvozanatini yo'qotib, yerga qattiq yiqildi. Quroli qo'lidan sirg'alib bir necha metr nariga uchib ketdi.

- Snayper! Panaga! - deya baqirdi kimdir vahima bilan.

Otishma birdan tartibsiz tus oldi. Jungkookning odamlari darhol beton ustunlar va konteynerlar ortiga yashirinib, qayerdan o'q uzilganini topishga urinardi.

Jungkook tishlarini mahkam qisdi.Og'riq yelkasidan butun tanasiga taralayotgandi. U yarasini changalladi. Issiq qon kafti orasidan sizib chiqib, qora kiyimini ho'llay boshladi.Bir necha soniya davomida u faqat og'riqni his qildi.

So'ng asta-sekin anglab yetdi o'q yuragiga emas,boshiga ham emas,hatto asosiy arteriyani ham shikastlamagan.Bu zarba uni o'ldirish uchun emasdi.Bu ataylab hisoblab otilgan o'q edi.
Jungkook chuqur nafas olib, og'riqni yengishga urinarkan, boshini sekin ko'tardi. Instinkt unga o'q kelgan tomonni izlashni buyurardi.Nigohi qorong'u osmon fonida ko'tarilib turgan eski binoning tomiga qadaldi.

Va u yerda bir lahzaga bo'lsa ham, kimnidir ko'rdi.Qorong'ulik bag'rida harakatsiz turgan baland siluet.

Shamol qora kiyimining etagini yengil hilpiratardi. U qimirlamas, xuddi pastdagi qirg'inni tomosha qilayotgan tomoshabindek sokin turardi.Ammo masofa juda uzoq edi.Jungkook uning yuzini ko'ra olmadi.Ko'zlari qanday rangda ekanini ham.Hatto erkakmi yoki ayolmi, buni ham aniq ajrata olmadi.Faqat bir narsani his qildi.O'sha noma'lum odam istasa, uni ayni damning o'zida o'ldira olardi lekin o'ldirmadi.

"Nega?.."

Bu savol miyasi ichida qayta-qayta jaranglardi.
Jungkook hayoti davomida ko'plab dushmanlar orttirgan edi. Ularning hech biri imkon topib turib, uni tirik qoldirmagan bo'lardi.Demak bu odamning boshqa maqsadi bor edi.

Jungkookning nigohi hanuz tomdan uzilmasdi.Xuddi o'sha payt siluet sekin ortga bir qadam tashladi.Qorong'ulik uni asta-sekin o'z bag'riga yutdi.Bir necha soniyadan so'ng tomda hech kim qolmagandek edi.Faqat tungi shamol va uzoqdan eshitilayotgan o'q tovushlari.
Jungkook esa qonayotgan yelkasini ushlagancha o'sha bo'sh tomga tikilib qoldi.

Jungkook

Jungkook xususiy kasalxonaning alohida palatasida yarim yotgan holda, yostiqqa suyangancha o'tirardi. Oqartirilgan devorlar, antiseptikning o'tkir hidi va tibbiy uskunalarning bir maromdagi ovozi tashqaridagi qonli tun bilan mutlaqo zid edi.

Chap yelkasidagi yara qalin bint bilan bog'langan bo'lsa-da, bintning oq matosi orasidan xira qizil dog' asta-sekin kengayib borardi.

Palata ichida uning eng ishonchli odamlari jim turishardi. Hech kim baland ovozda gapirishga jur'at etmasdi. Ularning nigohida xavotir va g'azab aralashib ketgan edi.Deraza yonida esa Jimin turardi.

Bolalikdan Jungkook bilan birga ulg'aygan, eng yaqin do'sti va eng ishonchli o'ng qo'li.

U qo'llarini ko'ksiga chalishtirgancha bir muddat indamay Jungkookga tikilib turdi. So'ng chuqur xo'rsinib, uning yoniga yaqinlashdi.

- Ahvoling qanday? - dedi u past ovozda.Jungkook nigohini derazadan uzmay javob berdi.

- Tirikman.

-Bu mening savolim emas edi.

Jungkook yelkasidagi og'riqni sezdirmaslik uchun jag'ini mahkam qisdi.

- Ikki haftada yana safga qaytaman.-Jimin boshini chayqadi.

- Sen har doim o'zingni temirdan yasalgan deb o'ylaysan.

Jungkook kulmadi.Uning xayoli butunlay boshqa yerda edi.Ko'z oldidan yana o'sha manzara o'tdi qorong'i tom harakatsiz siluet.Va o'lim olib kelishi kerak bo'lgan, ammo ataylab yelkasiga tekkan yagona o'q.

"Nega meni tirik qoldirdi?.."

Bu savol uning xayolini tinch qo'ymasdi.Agar bu oddiy snayperchi bo'lganida, u ikkinchi imkoniyat bermasdi.Demak, o'sha noma'lum odamning o'z rejasi bor.Ehtimol, bu endigina boshlangan o'yin edi.Palata sukunatini eshikning taqillashi buzdi va eshik sekin ochildi.Ichkariga oq xalat kiygan yosh shifokor qiz kirib keldi.

Oq xalat ostidan to'q ko'k rangli tibbiy forma ko'rinib turardi. Tim qora sochlari silliq qilib orqaga yig'ilgan, faqat bir nechta nozik tolalar yuzining ikki chetiga tushib qolgan edi. Bo'ynidagi stetoskop uning har bir qadamida yengil tebranardi, qo'lidagi planshet va bemor hujjatlari esa uning ishiga qanchalik jiddiy yondashishini ko'rsatardi.Qiz palatadagi qurollangan erkaklarga bir zum ko'z yugurtirdi.Bir soniyaga ham cho'chimadi.

Go'yo bunday manzaralarni har kuni ko'rayotgandek xotirjam edi.U Jungkookning karavoti oldiga kelib to'xtadi va hujjatlarga qisqa nazar tashladi.

-Janob Jungkook- dedi u sokin, ammo qat'iy ohangda.-Men navbatchi shifokorman. Jarohatingizni qayta ko'rib chiqishim va bog'lamni almashtirishim kerak.

Jungkook nihoyat nigohini unga qaratdi.Qizning chehrasi mutlaqo xotirjam edi.Unda qo'rquv ham, hayrat ham yo'q edi.Bu esa Jungkookning e'tiborini tortdi.Palataga kirgan ko'pchilik uning ismini eshitishi bilan asabiylashardi.Ammo bu qiz go'yo uning kimligi umuman ahamiyatga ega emasdek, faqat navbatdagi bemoriga qarayotgandek muomala qilardi.

Jimin

Jungkookning nafasi bir lahzaga ichiga yutilib qoldi.Palatadagi xira oq chiroq shifokor qizning ortidan tushib, uning atrofida mayin yorug'lik halqasini hosil qilgandek tuyulardi.

"Farishta..."

Yo'q.

"Farishta emas..."

"Ma'buda..."

Bu fikr miyasidan chaqmoqdek o'tib ketdi.U ichida o'zini koyidi. Bir necha soat oldin snayper o'qidan omon qolgan yuragi endi esa mutlaqo begona qizni ko'rib, avvalgidan ham tezroq ura boshlagandi.

"Jin ursin..."

U bunday holatni umrida boshdan kechirmagan edi.Palata burchagida turgan yigitlar esa bir-birlariga hayrat bilan qarashdi.Ular Jungkookni yaxshi bilishardi.Uning yuzida qo'rquvni ham, hayratni ham ko'rish deyarli imkonsiz edi.Ammo hozir u shifokor qizga xuddi butun dunyoda undan boshqa hech kim yo'qdek tikilib qolgandi.

Jimin bunga uzoq chiday olmadi.U yaqinlashib, Jungkookning sog'lom yelkasiga yengil urdi.

- Boshliq...

Hech qanday javob bo'lmadi.Jungkook hatto ko'zini ham uzmadi.Shifokor esa odatdagi xotirjamligi bilan karavot yoniga kelib to'xtadi. Hujjatlarga qisqa nazar tashlagach, uning bog'langan yelkasini sinchiklab ko'zdan kechirdi.

So'ng boshini ko'tardi.Ularning nigohlari to'qnashdi.Jungkookning qoramtir, chuqur ko'zlari unga tikilib turardi.Qiz bu qarashni darrov sezdi.Faoliyati davomida u minglab bemorlarni davolagan edi.Kimdir og'riqdan yig'lardi,kimdir injiqlik qilardi,kimdir shifokorlardan qo'rqardi.

Lekin bu butunlay boshqacha edi.Bu yigit qo'rqqani uchun ham, jahli chiqqani uchun ham qaramayotgandi.U shunchaki... unga tikilib qolgandi.Shifokor ichida yengil kulimsiradi, ammo buni yuzida sezdirmadi.

U karavot yonidagi stulni ohista tortib o'tirdi, steril qo'lqoplarini kiyib, tibbiy qaychini qo'liga oldi.

- Janob Jeon-dedi u sokin va muloyim ovozda. -Endi bog'lovni yechaman. Biroz achishishi mumkin.

Jungkook hamon indamadi go'yo uning ovozi qulog'iga emas, yuragiga yetib borgandek edi.Qiz bir lahza kutdi ammo yana javob bo'lmadi.U qoshini yengil ko'tardi.

- Janob Jeon?

Baribir sukut palata ichida turgan yigitlarning lablari qaltiray boshladi.Ular kulgini zo'rg'a bosib turishardi.Shifokor qo'lqop kiyilgan kaftini Jungkookning ko'z oldida sekin silkidi.

- Eshityapsizmi meni?

Jungkook ko'zini pirpiratdi ammo baribir javob bermadi.Xonaga noqulay sukunat cho'kdi.Orqa tomonda turganlardan biri boshini egib, kulgisini yashirish uchun yo'talib qo'ydi.

Yana biri esa labini tishlab, yelkalari titrab ketmasligi uchun o'zini zo'rg'a bosib turardi.Jimin esa peshonasini kafti bilan ishqalab, chuqur xo'rsindi.

- Tamom... -deb pichirladi u. -Bizning sovuqqon boshliq ketdi.

U yana Jungkookning yelkasiga bu safar sal qattiqroq turtdi.

- Boshliq... doktor siz bilan gaplashyapti.

Jungkook xuddi muzdek suv sepilgandek birdan o'ziga keldi.Ko'zlarini bir necha marta pirpiratdi shundagina palatadagi hammaning nigohi o'ziga qadalganini sezdi.Va eng yomoni yuzi qizib ketayotganini his qildi.Bu holat deyarli hech qachon sodir bo'lmasdi.

Seul yerosti olamining eng xavfli tashkilotlaridan biriga boshchilik qiladigan Jungkook qo'rquvni ham, ikkilanishni ham bilmasdi.Ammo mana shu notanish shifokor qiz oldida u o'zini tajribasiz yigitdek his qilayotgandi.Qizning "Janob Jeon..." degan mayin ovozi haligacha quloqlari ostida jaranglab turardi.Go'yo butun miyasi bir lahzaga ishlashdan to'xtagandi.

Qiz qo'lini uning ko'z oldida yengil silkitganida esa, Jungkook beixtiyor yarim qadam ortga tortildi.Xuddi shirinlik o'g'irlayotib qo'lga tushgan bola kabi.Palata bir lahzaga jimib qoldi.

Keyin Jimin mushtini labiga tirab, yo'talgandek bo'ldi.Aslida esa kulgisini zo'rg'a ushlab turardi.Orqa tomonda turgan qo'riqchilardan biri butunlay deraza tomonga burilib oldi. Yelkalari sekin-sekin titrar, u kulmaslik uchun jon-jahdi bilan kurashayotgani yaqqol bilinardi.Yana biri labini tishlagancha boshini egib oldi.Hech kim bunday manzarani ko'rishni kutmagandi.Jungkook esa bularning barchasini sezib turardi.

"Jin ursin..."

Ichida o'zini ming marta koyidi.Qizning labidagi mayin tabassum esa vaziyatni yanada og'irlashtirdi.Yuragi yana tez ura boshladi.U chuqur nafas olib, tomog'ini qirib qo'ydi.O'zini qo'lga olishi kerak edi uoddiy bemor emas, U Jeon Jungkook.Yuzlab odamlar undan qo'rqardi.Birgina qarashi bilan odamlarning ovozi titrardi.

Shunday ekan, bitta shifokor qiz oldida nega o'zini bunchalik yo'qotayotganini o'zi ham tushunmasdi.U nihoyat gapirishga jur'at topdi.

- ...Ha.

Faqat bitta so'z,qisqa,sovuqqon lekin kutilganidek qat'iy chiqmadi.Ovozidagi ózgarishni Jimin darrov ilg'adi.U boshini quyi egib, kulgidan yana yo'talib yubordi.Qiz esa hech narsa bo'lmagandek xotirjam bosh irg'adi.

-Juda yaxshi-dedi u muloyim ohangda. -Demak, siz meni eshitayotgan ekansiz.

Jungkook indamay bosh irg'adi.

-Endi iltimos, ko'ylagingizni yelkangizdan biroz tushiring. Yarani tekshirishim kerak.

Bu gapni eshitishi bilan palatada yana sukunat cho'kdi.Jimin sekin ko'zlarini yumdi.

"Bugun boshliqning kuni emas..." deb o'yladi ichida.

Jungkook esa bir necha soniya qizga tikilib turdi, keyin noqulay xo'rsinib, ko'ylagining yoqasini asta yelkasidan tushirdi.Shifokor uning yarasiga yaqinlashib, ehtiyotkorlik bilan eski bog'lamni yecha boshladi.Uning qo'llari nihoyatda yengil va ehtiyotkor edi.Jungkook esa og'riqni emas yelkasiga tekkan nozik barmoqlarning iliqligini ko'proq his qilayotgandi.Bu esa uni o'q yarasidan ham ko'proq bezovta qilardi.

Hyejin steril qo'lqoplarini barmoqlariga mahkamroq o'tqazdi-da, Jungkookning yelkasidagi bog'lovni ehtiyotkorlik bilan yecha boshladi.

Har bir harakati aniq va ishonchli edi go'yo qo'llari nima qilishni o'zidan ham yaxshi bilgandek.

Jungkook esa karavot chetini mahkam ushladi.Bint yaraga yopishib qolgan joydan ajralganida o'tkir og'riq yelkasini kuydirdi. Jag' muskullari taranglashdi, ammo u bir marta ham ingramadi.

Hyejin yarani diqqat bilan ko'zdan kechirdi.Bir necha soniya sukut saqladi.So'ng xotirjam ohangda gap boshladi.

-Omadingiz bor ekan, janob Jeon.

U steril paxta bilan yara atrofidagi qonni artarkan, davom etdi:- O'q suyakka tegmagan. Yumshoq to'qimalarni teshib o'tgan, xolos. Chuqur jarohat, lekin hayot uchun xavfli emas. Tavsiyalarga amal qilsangiz, bir necha haftada ancha tiklanasiz.

Jungkookning nigohi esa hamon undan uzilmasdi.

- Bu omad emas.

Hyejin boshini ko'tardi.

- Unda nima?

Jungkook bir lahza jim qoldi.Ko'z oldiga yana o'sha
harakatsiz siluet paydo bôldi.

-Meni ataylab tirik qoldirishdi.

Hyejin qo'lidagi paxtani bir lahza to'xtatdi nigohlari to'qnashdi.

- Nimani nazarda tutyapsiz?

Jungkook darhol o'zini qo'lga oldi.Bu ayol shifokor edi.Uni bu ishlarning ichiga tortishga haqqi yo'q.

- Hech narsa.

U boshini yengil chayqadi.

-Shunchaki xayolimdan o'tdi.

Hyejin unga bir necha soniya sinovchan nigoh bilan qarab turdi.Go'yo uning yolg'on gapirayotganini sezgandek.Ammo ortiq savol bermadi faqat yelkasini qisib, ishini davom ettirdi.

- Sizga o'xshagan odamlar ko'p o'ylaydi, shekilli.

Jungkookning lab chetida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo'ldi.

- "Menga o'xshagan odamlar?"

Hyejin yangi steril bog'lovni ocharkan, mutlaqo xotirjam javob berdi.

-Kechasi otishmada yarador bo'lib, hech kimga tushuntirmasdan kasalxonaga kirib kelganlarni- dedi Hyejin yangi bog'lov tayyorlar ekan, ovozida yengil piching bor edi. — Bu shaharda sizga o'xshaganlar ko'p, Jeon janob. Har hafta kamida ikkitasini ko'raman.

Palata ichida turgan yigitlar bir-birlariga qarab qo'yishdi.Jungkook yengil kuldi.

-Demak, men õzgacha emas ekanman.

- Kasbiy nuqtai nazardan qaraganda, yo'q.

Jungkook boshini biroz egdi.Ko'zlari esa yana Hyejinning yuziga qadaldi.

- Lekin...-Jungkookning ovozi pastroq chiqdi.

- Ularning hech biri sizga menchalik yoqmagan bo'lsa kerak.

Palata ichidagi havo go'yo bir lahzaga qotib qoldi.Jimin asta ko'zlarini yumdi.

"Boshliq... rostdan ham shunday dedingizmi?"

Qo'riqchilardan biri labini tishlab, kulib yubormaslik uchun boshini burdi.Gyuri esa harakatini to'xtatdi.U sekin boshini ko'tarib, Jungkookga tikildi.Ko'zlarida hayratning juda nozik izi paydo bo'ldi.Bir necha soniya davomida hech kim gapirmadi.So'ng uning lablarida odobli, ammo vazmin tabassum paydo bo'ldi.

-Men bemorlarim haqida shaxsiy fikr bildirmayman.

U bog'lovni mahkamlar ekan, davom etdi:- Bu shifokorlik kasbining odob qoidalariga kirmaydi.

Jungkookning tabassumi kengaydi.

- Demak, fikringiz bor.

Hyejinning qoshini ko'tardi.

-Faqat aytmayapsiz doktor xonim.

Hyejin indamadi.Faqat oxirgi bintni mahkamlab, bog'lovni tekshirdi.Hammasi joyida ekaniga ishonch hosil qilgach, qo'lqoplarini yechib axlat qutisiga tashladi va o'rnidan turdi.

-Tayyor.

U planshetiga bir necha qayd yozdi.

- Ikki haftadan keyin nazorat ko'rigiga kelasiz. Ungacha og'ir yuk ko'tarmang. Yarani nam qilmang, dori-darmonlarni vaqtida iching va agar isitma yoki kuchli qon ketishi boshlansa, darhol shifoxonaga murojaat qiling.

Jungkook uning gaplarini eshitayotgandek edi.Ammo aslida u yana bir narsani o'ylayotgandi.

"Ikki hafta..."

Demak, uni yana ko'rish uchun rasmiy sabab bor edi.

Hyejin planshetini qo'liga oldi, yozib bo'lgan qaydlarini yana bir bor ko'zdan kechirdi va hujjatlarni tartib bilan yig'ishtirdi.

-Unda men ketaman- dedi u odatdagidek xotirjam ohangda. - Dam oling. Bu sizning tiklanishingiz uchun eng muhim dori.

U eshik tomon bir necha qadam tashladi.

-Doktor.

Jungkookning ovozi uni to'xtatdi.Hyejin eshik tutqichiga qo'l uzatgancha ortiga o'girildi.

-Ha?

Jungkook bir necha soniya jim turdi.O'zi ham nega bunday savol bermoqchi bo'lganini tushunmayotgandi.Lekin javobni bilishni istardi.

- Ismingiz nima?

Hyejin qoshini yengil ko'tardi.

- Bu siz uchun shunchalik muhimmi?

Jungkook uning ko'zlariga tikildi.Bu safar nigohi hazilsiz edi.

-Men uchun... ha.

Palatadagi yigitlar yana bir-birlariga qarab qo'yishdi.
Jimin esa jilmaydi va ichida óyladi."Endi bu ish jiddiylashdi."

Hyejin bir lahza ikkilanib turdi.So'ng mayin tabassum bilan javob berdi.

-Hyejin

Jungkook ismni ichida bir necha marta takrorlagandek sekin bosh irg'adi.

-Hyejin

Go'yo bu ismni unutib qo'yishdan qo'rqayotgandek, uni yana bir bor aytdi.

— Rahmat... doktor Hyejin.

Hyejin odob bilan bosh irg'adi.

-Marhamat, janob Jeon.

Shundan so'ng u eshikni ochdi.Palatadan chiqib ketarkan, oq xalatining etagi yengil hilpiradi.Eshik sekin yopildi.Xonaga sukunat cho'kdi oradan uch soniya o'tdi.Keyin Jimin chuqur xo'rsinib, qo'llarini cho'ntagiga tiqqancha Jungkookning yoniga keldi.Lablaridagi kinoyali tabassumni yashirishga ham urinmadi.

- Nima? - dedi Jungkook beparvo ohangda.Jimin boshini chayqadi.

- Hech narsa.

- Unda nega menga bunaqa qarayapsan?

-Shunchaki... seni kuzatyapman.

Jungkook qoshini chimirdi.

- Tushunarliroq gapir.

Jimin kulib yubordi.

- Men seni yigirma yildan beri bilaman.

U barmog'i bilan Jungkookni ko'rsatdi.

- Sen pichoq yeganingda ham qoshingni qimirlatmagansan. O'q yeganingda ham "hammasi joyida" deb yurgansan. Hatto raqib to'da boshlig'i bilan yuzma-yuz turganingda ham yuraging tez urmagan.

U bir lahza ataylab jim qoldi.Keyin kulimsirab davom etdi

- Ammo bitta shifokor qiz kirib kelishi bilan seni tanimay qoldim.

Palatadagi qo'riqchilar endi kulgilarini yashirmadilar.Kimdir kulib yubordi, yana biri esa boshini egib kulgisini bosishga urindi.Jungkook ularga sovuq nigoh tashladi.

- Juda kulgilimi?

Hech kim javob bermadi ammo kulgi to'xtamadi.Jimin esa yelkasini qisdi.

-Boshliq...

-Nima?

- Ismini ikki marta takrorlading.

Jungkook indamadi.

-Rahmat ham aytding. Va eng yomoni...

Jimin labini tishlab kulgisini bosdi.

-Sen qizarding.

Palata ichida birdan kulgi ko'tarildi.Jungkook chuqur xo'rsinib, yostiqqa boshini tiradi.

- Hammangizni ishdan bo'shataman.

-Albatta- dedi Jimin kulgancha.- Lekin avval ikki haftadan keyingi nazorat ko'rigiga borishni unutmang.

Jungkook unga o'tkir nigoh tashladi.

-Jim bo'l.

-Men hech narsa demadim-ku.

Jimin aybsiz qiyofada qo'llarini ko'tardi.Ammo Jungkook uni allaqachon tushunib ulgurgandi.U yana eshik tomonga qaradi.Hyejin chiqib ketganiga bir necha daqiqa bo'lgan edi.

Shunga qaramay, uning mayin ovozi va kulimsiragan chehrasi hanuz Jungkookning xayolidan ketmayotgandi.

(Davomi bor...)

Ba'zi insonlarni hech qanday sababsiz sevamiz, ba'zilarni esa minglab sabablar bo'lsa ham sevolmaymiz.

EPISODE_4

Ertalab kasalxonaning katta oynalaridan tushayotgan quyosh nuri uzun koridorlarni yoritib turardi. Oqartirilgan devorlar va yaltiroq pol yuzasida chiroqlar aks etar, havoda esa antiseptik vositalarning o‘tkir hidi sezilardi. Odatdagi ish kuni boshlangan edi hamshiralar bir xonadan ikkinchisiga shoshilar, shifokorlar qo‘llaridagi hujjatlar bilan kabinetlar orasida qatnar, uzoqroqda esa bemorlarning ovozlari eshitilardi.
Hyejin oq xalatini kiyib, bo‘ynidagi stetoskopini to‘g‘rilagancha koridor bo‘ylab odatdagi tezligida yurib kelardi. Bir qo‘lida planshet, ikkinchi qo‘lida bir nechta tibbiy hujjat bor edi.
Ammo bugun nimadir boshqacha edi.
U birinchi burilishdan o'tishi bilan odamlarning odatdagidan pastroq ovozda gaplashayotganini sezdi. Koridorning turli burchaklarida kichik-kichik guruhlar paydo bo‘lgan, hamshiralar bir-birlariga engashib, nimanidir pichirlashardi. Ayrim shifokorlarning yuzida esa odatdagi xotirjamlik o‘rniga xavotir sezilardi.

Hyejin qadamini sekinlashtirdi.Uning nigohi avval chap tomondagi hamshiralarga, keyin qarama-qarshi devor yonida turgan shifokorlarga ko‘chdi.Bir hamshira atrofga alanglab qaradi-da, yonidagi hamkasbiga yaqinroq egildi.- Eshitdingizmi? - dedi bir hamshira, boshqasiga engashib. -Kasalxona sotilibdi.

Ikkinchi hamshiraning ko‘zlari kattalashdi. U qo‘lidagi papkani beixtiyor ko‘ksiga bosib oldi.-Kim sotib olibdi? -so'radi ikkinchisi, ovozida hayrat bilan.
Birinchi hamshira yelkasini qisib, ovozini yanada pasaytirdi. Uning ko‘zlarida qiziqish bilan birga biroz xavotir ham bor edi.- Bilmayman aniq, lekin gap-so'zlarga qaraganda, juda katta, juda nufuzli odam. Hech kim uni ochiq ko'rmagan, faqat huquqiy hujjatlar orqali bitim tuzilgan.
Hyejin shu joyning o‘zida bir zum to‘xtab qoldi.Qo‘lidagi planshetni biroz mahkamroq ushladi.Kasalxona sotilganmi?Uning qoshlari hayrat bilan biroz ko‘tarildi.Qachon va nega menga hech kim aytmadi?
Hyejin hamshiralarga tikilib turdi, ammo ular uni hali payqashmagandi. U bir necha soniya o‘sha suhbatni tinglab turdi-da, keyin yana yo‘lida davom etdi.Ammo endi uning qadamlarida avvalgi xotirjamlik yo‘q edi.
Koridorning narigi tomonida esa boshqa bir guruh yosh shifokorlar to‘planib turardi.Ulardan biri qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirgan, ikkinchisi esa xavotir bilan barmoqlarini bir-biriga ishqalardi.Hyejin ularga yaqinlashgan sari ularning suhbatini aniqroq eshita boshladi.
- Agar yangi boshliq xodimlarni qisqartirsa-chi? -dedi ulardan biri, ovozida aniq qo'rquv bilan. - Men uch oy oldin ishga kirgandim, birinchi bo'lib meni bo'shatishlari mumkin.
Uning yonidagi shifokor chuqur xo‘rsindi. Ko‘zlarini koridor bo‘ylab yugurtirib, go‘yo kimdir ularni eshitib qolishidan xavotirlanayotgandek atrofga qaradi.- Yoki battarrog'i kasalxonani butunlay yopib, boshqa narsaga aylantirsalar-chi? - qo'shildi boshqasi. - Bunday narsalar bo'lib turadi. Katta pul egalari kasalxonalarni sotib olib, ularni ofis binolariga aylantirishadi.

- Menimcha, biz vahima qilyapmiz-dedi uchinchisi, ammo uning ovozida ham ishonch yo'q edi.

Hyejin ularning yoniga yaqinlashdi. Qo‘lidagi planshetni ko‘ksiga bosib, avval bir necha soniya suhbatni tinglab turdi. So‘ng ehtiyotkorlik bilan ovoz chiqardi:-Kechirasiz, bu haqda aniqroq nima bilasizlar? Kasalxona rostdan ham sotilganmi?

Yosh shifokorlardan biri darhol unga qaradi. Uning yuzidagi xavotir biroz yumshagandek bo‘ldi. U boshini sekin silkitib, tasdiqladi.- Ha, kecha kechqurun rasmiylashtirilgan, deyishyapti. Bosh shifokor ertalab hammani yig‘ib, e’lon qilmoqchi ekan.

Hyejin yana nimadir so‘ramoqchi bo‘ldi.Ammo ayni paytda koridor oxiridagi katta eshik ochildi.
Ichkaridan bosh shifokor professor Han chiqib keldi. Uning qo‘lida qora papka bor, ko‘zoynagi esa burnining uchiga biroz tushib qolgan edi. U atrofdagi xodimlarga qarab, yuzida xotirjamlikni saqlashga urinardi. Biroq uning qadamlaridagi biroz shoshqaloqlik va lablarining tarangligi hammasi ham u qadar oddiy emasligini ko‘rsatib turardi.
-Hammangiz, iltimos, kichik anjuman zaliga yig‘ilinglar- dedi u balandroq ovozda. - Bir necha daqiqa vaqtingizni olaman.

Koridordagi shivir-shivirlar bir zumda kuchaydi.Xodimlar bir-birlariga qarab olishdi.
Hyejin ham chuqur nafas olib, boshqalar ortidan zal tomon yurdi.

Hyejin

Kichik anjuman zali odatdagidan gavjum edi.Deraza pardalari yarim yopilgan, shift chiroqlari xonaga yorug‘lik sochib turardi. Qator qilib qo‘yilgan stullarga shifokorlar va hamshiralar joylashar, ayrimlari bir-biriga engashib, past ovozda gaplashardi.Hyejin o‘rtaroqdagi bo‘sh joylardan biriga o‘tirdi.U planshetini tizzasiga qo‘ydi, ammo unga qaramadi.Yuragi negadir tezroq urayotgandi.Professor Han stol oldiga borib to‘xtadi. Bir necha soniya xonadagi barcha yuzlarga qarab chiqdi. So‘ng qo‘llarini stol ustiga qo‘ydi.-Tushunaman, hammangiz tashvishlanayotganingizni, kasalxonaning egalik huquqi o'zgardi. Yangi egasi men bilan shaxsan gaplashgan hozircha hech qanday xodimlar sonini qisqartirish yoki tuzilishni o'zgartirish rejasi yo'qligini aytdi.

Xonada yengil shovqin ko‘tarildi.Kimdir yengil nafas chiqardi boshqa bir xodim esa yonidagi hamshiraga qarab, qoshlarini chimirdi.Hyejin professor Hanning yuzini kuzatardi.U nimanidir yashirayotgandek tuyulardi.
- Lekin nega sotib olishgan bo'lsa, agar hech nimani o'zgartirmoqchi bo'lmasa? - deb so'radi kimdir orqa qatordan, ishonchsizlik bilan.
Bir nechta odam bosh irg‘adi.Professor Han savolga javob berishdan oldin qisqa sukut saqladi. Barmoqlari stol chetini sekin taqillatdi.- Bu haqda menga aniq sabab aytishmadi. Faqat shuni bilamanki, moliyaviy jihatdan kasalxona endi ancha barqaror bo'ladi yangi jihozlar, yaxshiroq maosh imkoniyatlari haqida gap bor. Hozircha xavotir olishga o'rin yo'q. Iltimos, ishingizga odatdagidek davom eting, va har qanday yangilik bo'lsa, sizlarga birinchilardan bo'lib xabar beraman.
Bu gaplardan keyin zalda biroz yengillik sezildi.Ammo hammaning savoli hali ham javobsiz qolgan edi:Nega?
Kimdir shunchalik katta mablag‘ sarflab, kasalxonani sotib olgan bo‘lsa, buning ortida qandaydir sabab bo‘lishi kerak edi.

Yig‘ilish tugagach, xodimlar asta-sekin zalni tark eta boshlashdi.Eshik oldida yana shivir-shivirlar boshlandi.- Balki investorlar guruhidir.
-Balki chet ellik kompaniya.
-Menimcha, biror katta biznesmen.
Hyejin esa ularning gaplariga qo‘shilmadi.U stulidan sekin turdi, planshetini qo‘liga oldi va zalni tark etdi.Koridor bo‘ylab o‘z kabineti tomon ketar ekan, xayollari tinmay aylanardi.Kim bunday katta pul sarflab, oddiy shifoxonani sotib oladi hech qanday aniq sababsiz?

U kabinet eshigi oldiga yetgach, bir zum to‘xtadi.
Keyin telefonini chiqardi ekranda xabar turardi.
Jungkook:"Yaxshi uxladingizmi, doktor?"

Hyejin xabarni qayta o‘qidi.Lablarida beixtiyor juda nozik tabassum paydo bo‘ldi.Ammo tabassum uzoqqa cho‘zilmadi.Uning xayoliga kecha kafeda aytilgan so‘zlar qaytdi.
“Bu murakkab hikoya.”
“Sizga buni hozir aytishga tayyor emasman.”
“Lekin va'da beraman yolg'on gapirmayman sizga.”
Hyejin telefon ekraniga tikilib qoldi.Bir necha soniyadan keyin uning qoshlari sekin chimirildi.
- Bu Jungkook bôlishi mumkinmi?-U boshini yengil chayqadi.- Yóq bunday bôlishi mumkin emas,bu shunchaki tasodif-deb o‘ziga past ovozda aytdi.Unga javob yozib telefonini cho‘ntagiga soldi.

Ammo kabinetiga kirib, eshikni ortidan yopganida ham o‘sha shubha undan ketmadi.Hyejin stol yoniga borib, planshet va hujjatlarni qo‘ydi.Ammo o‘tirish o‘rniga deraza yoniga bordi.Pastda kasalxona hovlisi ko‘rinardi. Mashinalar kelib-ketar, bemorlarning yaqinlari shoshilib yurishardi.
Hyejin qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.Uning xayolida bitta savol tobora aniqroq shaklga kirib borardi:
Agar kasalxonani aynan Jungkook sotib olgan bo‘lsa-chi?
U darhol bu fikrni rad etishga urindi.Ammo yuragi bunga aqli kabi osonlik bilan ishonmasdi.

Jungkook

Bir necha kundan so‘ng kasalxonaning katta anjuman zalida barcha xodimlar shifokorlar, hamshiralar, ma’muriyat vakillari yig‘ilishga chaqirildi.Zal odatdagidan gavjum edi. Qator qilib terilgan stullarda odamlar bir-biriga yaqin o‘tirishar, past ovozda gaplashishar, ammo eshik tomondan kelgan har qanday shovqinda suhbatlarini darhol to‘xtatishardi.Havoda sezilarli taranglik bor edi.Kimdir qo‘llarini bir-biriga ishqalardi, yana biri telefonini qayta-qayta tekshirardi. Ba’zi hamshiralar esa eshik tomon qarab, yangi egasining qanday odam ekanini taxmin qilishardi.Hyejin zalning o‘rtaroq qismida o‘tirardi.

Uning qo‘llari tizzasida bir-biriga chalishtirilgan, nigohi esa sahna tomon qadalgan edi. So‘nggi kunlarda kasalxona haqida eshitgan gaplari sabab uning ichida allaqachon g‘alati shubha paydo bo‘lgan edi.Ammo u bu shubhani jiddiy qabul qilishni istamagandi.Jungkook bo‘lishi mumkin emas.U o‘zini shu fikrga qayta-qayta ishontirgandi nihoyat zal eshigi ochildi.Avval professor Han ko‘rindi uodatdagidek jiddiy qiyofada ichkariga kirdi.Ammo uning ortidan kirib kelgan odamni ko‘rgan zahoti Hyejinning yuragi bir urishni unutgandek bo‘ldi uning ko‘zlari kattalashdi,nafasi beixtiyor ichiga tortildi.

Jungkook u qora, mukammal tikilgan kostyumda edi. Qora ko‘ylagining yoqasi ostida galstuk, qo‘llari esa xotirjam tarzda yonida turardi.Kasalxonada yarador holda ko‘rgan Jungkookdan mutlaqo boshqa odam.U bu yerga bemor sifatida emas, egasi sifatida kirib kelgandi.

Jungkook zal bo‘ylab sokin qadamlar bilan oldinga yurdi. Uning qadamlarida shoshilish yo‘q edi. Har bir harakati nazorat ostida, nigohi esa atrofdagi odamlarni birma-bir kuzatardi.Uning ortidan Jimin va yana ikki nafar soqchi kirib kelishdi.Zalda birdan mutlaq sukunat hukm surdi Hyejin esa qimirlamay qoldi.U Jungkookdan ko‘zini uzolmasdi.

Bir necha kun oldin uning yonida qahva ichib o‘tirgan, kulgan, oddiy insondek suhbatlashgan erkak endi uning oldida butun kasalxonaning yangi egasi sifatida turardi.Jungkook zalning old qismiga yetib kelib to‘xtadi nigohi xodimlar ustidan sekin o‘tdi va bir lahzaga u Hyejinni ko‘rdi,ularning nigohlari to‘qnashdi Jungkookning qiyofasi deyarli o‘zgarmadi faqat ko‘zlarida bir zumlik iliqlik paydo bo‘ldi.Hyejin esa hayratini yashira olmadi uning yuragi yanada tez urib ketdi.

Jungkook nihoyat nigohini undan uzib, zalga yuzlandi.-Hammaga salom- dedi Jungkook, ovozi tinch, ammo zalning har bir burchagiga yetib boradigan kuch bilan. - Ismim Jeon Jungkook men bu kasalxonaning yangi egasiman.

Zalning turli burchaklaridan past shivir-shivirlar eshitildi kimdir hayratdan qoshlarini ko‘tardi kimdir yonidagi hamkasbiga engashdi.Ammo hech kim baland ovozda gapirishga jur’at etmadi.Hyejin esa hali ham qotib qolgancha unga qarab turardi.

Jungkook davom etdi- Bilaman, so'nggi kunlarda ko'plaringiz xavotirda bo'lgansiz. Shuning uchun bugun shaxsan kelib, o'zim tanishtirishni va savollaringizga javob berishni ma'qul topdim.

Bir necha soniyalik jimlikdan so‘ng, orqa qatordagi shifokorlardan biri nihoyat jasorat topib, qo‘lini ko‘tardi.Professor Han unga qaradi.Shifokor o‘rnidan turib, biroz ikkilanib gapirdi:

-Janob... nega aynan bizni kasalxona? Nega bu kasalxonani sotib oldingiz?

Zalda yana sukunat cho‘kdi.Barcha nigohlar Jungkookka qadaldi.Hyejin ham beixtiyor oldinga biroz engashdi u ham aynan shu savolga javob kutayotgan edi.Jungkook esa bir necha soniya jim turdi so‘ng nigohini sekin zal bo‘ylab aylantirdi va oxir-oqibat yana Hyejinga qaradi, bu safar uning ko‘zlarida juda nozik, faqat Hyejin ilg‘ay oladigan tabassum paydo bo‘ldi.

- Chunki- dedi u xotirjam ovozda-men bu joyni o‘zgartirish emas... asrash kerak deb hisobladim.

U qo‘llarini orqasiga qo‘yib, bir necha soniya o‘ylangach, xotirjam ohangda davom etdi-To‘g‘ri savol. Aytishim mumkinki, bu kasalxona yaxshi ishlaydi, malakali xodimlarga ega, ammo moliyaviy jihatdan qiynalib kelmoqda. Men resurslarimni shu yerga yo‘naltirishga qaror qildim yangi jihozlar, xodimlar uchun yaxshiroq sharoit, va eng muhimi hech kim ishdan bo‘shatilmaydi.

Zalda bir oz yengillik sezildi.Ba’zi xodimlar bir-biriga qarab, bosh irg‘ab qo‘yishdi. Orqa qatorda o‘tirgan yosh shifokorlardan biri hatto yengil nafas chiqardi ammo hamma ham ishongandek emasdi.Bir hamshira qo‘lini sekin ko‘tardi. Professor Han unga qarab, gapirishga ishora qildi hamshira o‘rnidan turdi.

- Ammo, janob, sizga o'xshagan biznesmenlar odatda foyda uchun harakat qiladi. Bunday katta xarajat, hech qanday aniq foydasiz bu g'alati tuyuladi.

Bu savoldan keyin zal yana jimib qoldi Jungkookning yuzidagi xotirjamlik saqlanib qoldi u bir necha soniya hech narsa demadi.Nigohi asta-sekin zal bo‘ylab harakatlandi uning nigohi yana Hyejinda to‘xtadi.Hyejin shu zahoti buni sezdi uning barmoqlari tizzasida beixtiyor bir-biriga mahkamroq chirmashdi.Jungkookning qoramtir ko‘zlarida avvalgi sovuqqonlik yo‘qolgandek bo‘ldi. U yerda faqat Hyejin ilg‘ay oladigan g‘alati, iliq bir mayinlik paydo bo‘ldi.Jungkookning lablari juda sekin kulimsiradi.

- Haqiqatni aytsam-dedi u, ovozi biroz pasayib, ammo hamon aniq eshitilib turardi- bu qaror to'liq biznes emas edi. Ba'zan hayotda... bir inson uchun muhim bo'lib qolgan narsani himoya qilish, uni qadrlash istagi paydo bo'ladi. Bu kasalxona men uchun tobora ahamiyatli bo'lib borayotgan bir inson ishlaydigan joy. Va men bu joyni, bu yerdagi odamlarni himoyasiz qoldirishni istamadim.

So‘nggi jumla aytilishi bilan zalda bir necha soniyalik mutlaq sukunat hukm surdi.Keyin past ovozdagi shivir-shivirlar birin-ketin tarqala boshladi.

-Bir inson?

-Kim ekan u inson?

-Bu yerda ishlaydigan odammi?

-Shifokormi?

- Balki hamshiralardan biridir?

Bir nechta hamshira beixtiyor bir-biriga qaradi kimdir kulimsiradi.Kimdir qiziqish bilan zal bo‘ylab nigoh yugurtirdi ammo Jungkook hech kimga qaramasdi uning nigohi faqat bitta odamda edi Hyejinda edi.

Uning lablarida esa boshqa hech kim to‘liq tushuna olmaydigan iliq tabassum bor edi.Hyejinning yuragi qattiq urib ketdi yuzi bir zumda qizarib chiqdi.U nigohini undan uzishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

,,U... meni nazarda tutyaptimi?Hamma odamlarning oldida?"Hyejinning xayolidan bir vaqtning o‘zida ming xil fikr o‘tdi.Hyejin lablarini sekin tishladi yuragi ko‘kragiga sig‘mayotgandek urardi uyana Jungkookka qaradi.Jungkook esa hamon unga qarab turardi.Bu safar Hyejin uning nigohida javobni aniq ko‘rgandek bo‘ldi.

Yig'ilish davom etar ekan, boshqa savollar berilardi, ammo Hyejin endi ularni deyarli eshitmasdi. Uning ichida ikki hissiyot kurashardi bir tomondan, hayrat va biroz xafagarchilik: nega u menga aytmadi, nega men buni boshqalardan eshitishim kerak edi? Ikkinchi tomondan esa qalbining chuqurida, u tan olishni istamagan bir tuyg'u: iliqlik, hayajon, va g'alati bir faxr hissi.
Yig'ilish tugagach, xodimlar asta-sekin tarqaldi, hali ham hayajonli pichirlashda davom etib. Hyejin esa o'z joyida qotib qoldi, Jungkook bilan Jimin zaldan chiqib ketishayotganini kuzatdi.
Eshik oldida Jungkook bir lahza to'xtadi, ortiga o'girilib, uning nigohini izladi.Ularning ko'zlari yana bir bor to'qnashdi bu safar, hamma oldida, hech narsa yashirmagan holda.Jungkook unga sezilar-sezilmas bosh irg'adi, so'ng chiqib ketdi.Hyejin o'z joyida qolib, qalbi hamon g'alati taranglikda urib turgan holda, uzoq vaqt eshikka tikilib qoldi.

Hyejin

Yig‘ilish tugaganidan so‘ng, xodimlar birin-ketin zalni tark eta boshlashdi. Yo‘lakdagi shovqin asta-sekin pasayib, Jungkookning ôzining yangu kabineti yôl oldi.

Jungkook kabinetiga kirib, eshikni ortidan yopdi. U bir necha soniya jim turib, yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan suhbatlarni xayolidan o‘tkazdi. Keyin stol yoniga borib, telefonini qo‘liga oldi u kerakli raqamni terdi.

- Hyejin ismli shifokorni kabinetimga yuboring - dedi u xotirjam, ammo buyruq ohangida. Bir oz sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: - Yarami yana tekshirtirishim kerak.

Qo‘ng‘iroqni tugatgach, Jungkook telefonini stol ustiga qo‘ydi va kresloga o‘tirdi. Lablarida bilinar-bilinmas tabassum paydo bo‘ldi.Oradan ko‘p o‘tmay, eshik taqilladi.

-Kiring.

Eshik ochilib, Hyejin ichkariga kirdi. Qo‘lida tibbiy sumkasi bor edi. U Jungkookka bir qarab qo‘yib, ortiqcha gaplarsiz stol tomon yurdi.

-Yarangizni tekshirishim kerak- dedi u professional ohangda va tibbiy sumkasini stol ustiga qo‘ydi. - Yarangiz bitgan bo‘lsa kerak, janob bosh direktor.

So‘nggi so‘zlarni aytarkan, ovozida sezilar-sezilmas kinoya sezildi.Jungkook boshini biroz egib, xuddi bundan ranjigandek qiyofa qildi.

- Yo‘q, yo‘q. Biz rasmiy gaplashmaslikka kelishgan edik-ku. Esingizdan chiqdimi?-U unga qarab, iliq jilmaydi.- Jungkook deb chaqiring meni.

Hyejin ko‘zlarini undan olib, tibbiy asboblarini tartibga sola boshladi.- Endi siz bu yerning egasisiz - dedi u sokin ovozda. - Men shunday murojaat qilishim kerak. Bu hurmat masalasi.

Jungkook uning ovozidagi mayin xafagarchilikni darhol sezdi. Hyejin buni yashirishga urinayotgan bo‘lsa-da, uning harakatlaridagi biroz shoshqaloqlik hammasini bildirib turardi.Yig‘ilishdan beri Hyejin shu savol haqida o‘ylardi: Nega u menga aytmadi? Nega bularning hammasini boshqalarning oldida bilishim kerak edi?Jungkook kreslodan turdi. U stol atrofidan aylanib, Hyejin qarshisiga kelib to‘xtadi.

-Men bu yerni menga hurmat qilib, rasmiy tarzda gaplashishing uchun sotib olmadim, Hyejin- dedi u jiddiy ammo yumshoq ohangda. - Men bu yerni senga yaqin bo‘lish uchun, har kuni seni ko‘rish uchun sotib oldim.

Hyejin bir zum qotib qoldi.Qo‘lidagi tibbiy asbobni stol ustiga qo‘ygancha, u sekin Jungkookka qaradi. Uning yuragi tezroq urib ketganini o‘zi ham sezdi, ammo yuzida buni bildirmaslikka harakat qildi.Bir necha soniyalik sukutdan so‘ng Hyejin nigohini chetga burdi.

- Yarangizni oxirgi marta ko‘ray- dedi u tezda mavzuni o‘zgartirishga urinib.-Tuzalgan bo‘lsa kerak endi.

Jungkook uning bu harakatidan kulimsirab qo‘ydi, lekin hech narsa demadi.U sekin ko‘ylagining tugmalarini yecha boshladi.Bint ko‘rinishi bilan Hyejinning qoshlari darhol chimirildi bintning ustida yangi qon izlari bor edi.

-Bu qanday bo‘lishi mumkin?

Hyejin darhol uning yoniga yaqinlashdi. U bintga sinchiklab qarab, so‘ng Jungkookning yuziga qaradi.

-Axir tuzalishi kerak edi!

Jungkook uning yaqin turganini sezib, bir zum jim qoldi. Hyejin esa butun e’tiborini yaraga qaratgan, uning yuzidagi tashvish tobora yaqqol ko‘rinib borardi.

- Bu qanday bo‘ldi? - dedi Hyejin jiddiy ohangda. - Hozir tushuntiring. Oxirgi marta ko‘rganimda yara yaxshi tuzalayotgan edi.

Jungkook uning nigohiga tikildi. Bir lahza labini tishlab, nima deyishini o‘yladi. Keyin nigohini boshqa tomonga burdi.

- Ehtiyotsizlik qilganman- dedi u nihoyat, ovozi pastroq chiqib. - Oxirgi kunlarda xavfli ishlar qildim Hyejin.

Hyejinning yuzidagi tashvish yanada kuchaydi.-Bu qanday xavfli ish ekan?

Jungkook bir necha soniya jim qoldi. Keyin boshini biroz egib, uzr ohangida javob berdi- Ayta olmayman.

U Hyejinga qayta qaradi.

- Kechirasiz.

Hyejin bir necha soniya Jungkookka tikilib turdi. Uning yuzidagi jiddiylikni ko‘rib, boshqa hech narsa demadi. Tibbiy sumkasini qo‘liga oldi-da, kerakli narsalarni stolga qôydi.Jungkook esa unga jim qarab qoldi, lablarida mayin tabassum paydo bo‘ldi.U chokni ataylab ochgan edi pichoq yordamida ,qilgan ishidan pushaymon emasdi. Hyejin qo‘lida yangi tibbiy anjomlar olib bôlgach u Jungkookka bir qarab qo‘ydi, ammo hech narsa demadi.Stulni uning yoniga surib o‘tirdi.

'Qo‘zg‘almang- dedi u qisqa qilib.Hyejin ehtiyotkorlik bilan bintni yecha boshladi. Uning barmoqlari nihoyatda sinchkov harakat qilardi. Har bir harakatida avvalgi jahli yoki xafagarchiligidan ko‘ra ko‘proq xavotir sezilardi.
Jungkook esa indamay unga qarab turardi.
Hyejin yarani ehtiyotkorlik bilan tozaladi, dori surtdi va yangi bint bilan qaytadan o‘rab chiqdi. Ishini tugatgach, bintni tekshirib, bir chetini yana mahkamladi.
- Bundan keyin, iltimos, xavfli ishlar qilmang- dedi u past ovozda.
So‘ng ishlatgan asboblarini yig‘ishtira boshladi. Biroq Jungkook uning yuziga qaraganda, Hyejin ko‘zlarini undan olib qochayotganini sezdi.
-Nega? - so‘radi u yengil kulimsirab.
Ammo uning nigohida bu safar hazildan ko‘ra chin qiziqish kuchliroq edi.
Hyejin bir zum jim qoldi. Qo‘lidagi bint o‘ramini sekin stolga qo‘ydi.
-Chunki sizni og‘riq his qilishingizni xohlamayman- dedi u nihoyat.
Bu so‘zlardan keyin xonada qisqa sukunat cho‘kdi.Hyejin o‘rnidan turdi va tibbiy sumkasini oldi. U eshik tomon burilganida, Jungkook ham joyidan qimirlamay, uning ketishini kuzatib turdi ammo keyingi lahzada Jungkook órnidan turib uning qo‘lidan ushlab qoldi.Harakati yumshoq edi, majburlovsiz Hyejin to‘xtab, avval uning qo‘liga, keyin sekin Jungkookning yuziga qaradi.
-Hyejin...
Jungkookning ovozi avvalgidan jiddiyroq edi.
U bir necha soniya ikkilanib turdi, go‘yo aytmoqchi bo‘lgan gaplarini ichida tartibga solayotgandek.
- Menga yoqasan.
Hyejinning ko‘zlari biroz kattalashdi.Jungkook uning nigohini tark etmadi.-Men bilan uchrashasanmi?Mening sevgan qizim bo‘lasanmi?

Hyejin qotib qoldi avval u ushlab turgan qo‘liga qaradi. Jungkookning barmoqlari uning qo‘lini yengilgina ushlab turardi. Keyin sekin boshini ko‘tarib, uning ko‘zlariga tikildi uyerda na hazil, na o‘yin bor edi.Faqat samimiyat va uning javobini kutayotgan sokin nigoh.
Hyejinning yuragi tez urib ketdi. Xayolida esa bitta savol aylanardi:Bu juda tez emasmi? Men uni deyarli tanimayman ammo negadir Jungkookning nigohidan ko‘z uzish ham qiyin edi.
- Men... -dedi u nihoyat, ovozi biroz titrab. -Menga vaqt kerak Jungkook bu juda tez.

Jungkook bir necha soniya unga qarab turdi. Keyin boshini sekin qimirlatdi.
U Hyejinning qo‘lini asta qo‘yib yubordi.
- Kutaman- dedi u sokin ovozda.Hyejin unga hayron qaradi.Jungkookning yuzida na xafalik, na norozilik bor edi faqat g‘alati bir xotirjamlik.

- Shoshilmang. Faqat shuni bilib qo‘ying... mening tuyg‘ularim o‘zgarmaydi.
Hyejin javob bermadi.
U bir lahza Jungkookka tikilib turdi, keyin nigohini pastga tushirdi. Tibbiy sumkasini mahkamroq ushlab, eshik tomon yurdi eshik ochildi.U tashqariga chiqishdan oldin bir zum to‘xtadi, ammo ortiga qaramadi so‘ng eshik sekin yopildi.Jungkook esa xonada yolg‘iz qoldi u yopilgan eshikka qarab, chuqur nafas oldi.

(Davomi bor...)

Enemy of My Heart
“Sevgi — ko‘r bo‘lish emas, balki yurak bilan ko‘rishdir.”

EPISODE_3

Taehyung kulib, yana pechenyesini yeyishga tushdi. Ko'zlari beg'ubor quvonch bilan porlardi xuddi uning ichida hech qanday tashvish, hech qanday og'irlik yo'qdek.

Ammo bu faqat niqob edi.Chan-ho xonadan chiqib ketishi bilan Taehyungning yuzidagi bolalarcha tabassum bir zumda so'ndi.

Go'yo kimdir uning yuzidagi boshqa bir qiyofani olib tashlagandek.Ko'zlaridagi beg'uborlik o'rnini sovuq, o'tkir va hisob-kitobga to'la nigoh egalladi.

U qo'lidagi pechenye bo'lagini likopchaga sekin qo'ydi.So'ng deraza tomon yurdi parda ortidan tashqariga qaradi.Chan-honing mashinasi hovlidan chiqib, darvoza tomon harakatlanayotgan edi.Taehyung uning uzoqlashib borayotganini kuzatib turdi.Lablarida sovuq tabassum paydo bo'ldi.

-Har safar...-Uning ovozi endi bir necha daqiqa oldingi bolalarcha ohangdan butunlay farq qilardi.- Sen menga ishonaverasan, amaki.

Mashinani ko'zdan yo'qolguncha kuzatib turdi.- Va har safar men senga bir qadam yaqinlashaman.

Taehyung pardani qo'yib yubordi xona yana sokinlikka cho'mdi.

O'n ikki yil oldin...

O'sha tun Taehyungning butun hayotini ikkiga bo'lib tashlagan edi.Onasi uning butun dunyosi, yagona panohi va eng yaqin insoni o'z uyida o'ldirilgan edi.

Politsiya ishni "tasodifiy o'g'irlik" deb yopgan.Begona jinoyatchilar kirgan.Qimmatbaho buyumlar yo'qolgan qotil topilmagan.Ammo Taehyung bitta narsani bilardi bu yolg'on edi.

U o'sha kechani unutmagan eshikning ochilishi.Onasining qo'rqib ketgan nigohi.

Qorong'i xonada eshitilgan ovoz.Va eng muhimi...U ko'rgan odamlar o'z amakisi Chan-ho uni yonidagi odamlar u tengi yoshdagi bola.

Taehyung o'sha kecha hech narsa demagan qo'rqqani uchun emas balki hali juda kichkina bo'lgani uchun hech narsa qila olmagandi.Ammo o'sha kundan boshlab u bir narsani o'ziga va'da qilgan edi:Bir kun kelib haqiqatni isbotlaydi.Barcha qotillarni óz qóllari bilan ularni qiynab hamma narsani birma- bir tortib olib óldiradi.

Shundan beri Taehyung ikki xil hayot kechirardi.Kunduzi Chan-honing ko'z o'ngida u sodda, beg'ubor, ba'zida esa deyarli bola kabi tutadigan yigit edi..

Arzimagan narsalardan xursand bo'lardi.Amakisiga ishonadigan, undan boshqa hech kimga suyanolmaydigan jiyan rolini mukammal ijro etardi.Va Chan-ho bunga ishongan edi.Aynan shuni Taehyung xohlardi unga kutilmagan zarba bilan hayotini zulmatga aylantirishni.Chunki odamlar seni ahmoq deb o'ylasa, ular oldingda ehtiyotkor bo'lishni to'xtatadi ular sirlarini yashirmaydi,ular o'zlarini xavfsiz his qiladi.Va eng muhimi ular sening haqiqiy yuzingni ko'rmaydi.Ammo tun tushgach Taehyung boshqa odamga aylanardi u o'z xonasiga ko'tarildi eshikni yopdi so'ng ichkaridan qulfladi.

Bir necha soniya jim turgach, devordagi yashirin panelga qo'lini tekkizdi.Devorning bir qismi sekin surilib, ortidan qorong'i xona ochildi.Bu yerga hech kim kirmasdi hatto uy xizmatkorlari ham.Xona ichida devorlarga osilgan xaritalar, fotosuratlar, hujjatlar va maxfiy fayllar bor edi.Bir nechta monitorlar jim yonib turardi.Stol ustida esa yillar davomida to'plangan dalillar taxlangan.Chan-honing bank hisoblari,yashirin omborlari ,sheriklari,aloqalari,qonuniy ko'rinishga keltirilgan noqonuniy bizneslari.

Taehyung stol oldidagi stulga o'tirdi noutbukni ochib parolni kiritdi ekran yongach u bir necha kun oldin port hududida yuz bergan otishma haqidagi yangi hisobotni ochdi.Bir necha soniyadan so'ng ekranda bitta ism paydo bo'ldi.

JEON JUNGKOOK.

Taehyung ekrandagi suratga tikilib qoldi.Raqib tashkilotning boshlig'i-yosh,shafqatsiz,hisob-kitobli va o'z hududida deyarli yengilmas deb hisoblanadigan odam.Taehyung suratni kattalashtirdi.

-Demak, Jungkook-Uning lablarida yengil tabassum paydo bo'ldi.- Sen mening o'yinimga kirib bo'lgansan ancha avval va qanchalik xato qilgansan buni hali bilmaysan sendan hamma narsangni tortib olaman hozircha esa mazza qilib yasha.U keyingi faylni ochdi portdagi otishma xaritasi.
Taehyung bir nuqtaga uzoq tikilib qoldi.

- Sen kuchlisan, Jungkook.

U kresloga suyanib, barmoqlarini stol ustida bir-biriga tutashtirdi.- Lekin meni tanimaysan men sendan ancha kuchliroqman.

Monitorning sovuq nuri uning yuzini yoritardi.Kunduzi u beg'ubor Taehyung ,tunda esa shahar yerosti dunyosida hech kim yuzini kôrmagan mafia qiroli .Taehyung noutbuk ekranidagi Jungkookning suratiga yana bir bor qaradi.So'ng boshqa faylni ochdi.Bu safar Chan-honing ismi ekranda paydo bo'ldi.Taehyungning tabassumi yo'qoldi.

- Avval sen, amaki.-U faylni yopdi.-Keyin esa...

Nigohi yana Jungkookning suratiga qaytdi.Bir necha soniya jim turdi.- sen.

U orqasiga suyanib, ko'zlarini yumdi.Ikki hayoti bir kun kelib to'qnashishini u yaxshi bilardi.Ammo hozircha vaqt uning tomonida edi.

Taehyung

Ertalabki quyosh nurlari Jeon qarorgohining ulkan derazalaridan ichkariga tushib, marmar pol ustida uzun yorug'lik chiziqlarini hosil qilardi.Uy ichida odatdagidek sokinlik hukm surardi.

Katta oshxonadagi uzun stol ustida nonushta tayyorlangan: yangi qovurilgan tuxum, mevalar, qahva va issiq non. Jungkook stolning boshida yolg'iz o'tirib, bir qo'lida qahva piyolasini ushlab, ikkinchi qo'li bilan planshetidagi hisobotlarni ko'zdan kechirardi.

U qora futbolka kiygan, sochlari biroz tartibsiz edi. Yelkasidagi jarohat sabab chap qo'lini ehtiyotkorlik bilan harakatlantirardi.Shu payt katta eshik ochilib Jimin qo'lida qora papka va bir nechta hujjatlar bilan ichkariga kirdi.Uning yuzida odatdagidan ham ayyorroq tabassum bor edi.Jungkook boshini ko'tardi.

-Nima bo'ldi?

Jimin stol tomon yurib, papkani uning oldiga qo'ydi.- Siz so'ragan narsalar.

Jungkook qahva piyolasini sekin stolga qo'ydi-Hyejin haqidagi ma'lumotlarmi?

Jimin qoshini ko'tardi.-Hatto ismini aytmasam ham kim ekanligini topding-a!

Jungkook unga sovuq qaradi.- Papkani och.

Jimin stulni tortib o'tirdi.- Avval yaxshi xabar.

U stol ustiga bir hujjatni qo'ydi.- Kasalxona sotib olindi.

Jungkook hujjatga qaradi.Jungkookning qoshi biroz ko'tarildi.-Qancha?

Jimin summani aytdi.Jungkook indamay hujjatlarni varaqladi.- Muammo bo'lmaydimi?

-Yo'q. Hamma hujjatlar qonuniy ko'rinishda rasmiylashtirildi. Rasmiy ravishda senga tegishli bo'ldi.

Jungkook bosh irg'adi.-Yaxshi.

Jimin unga qarab, kulimsiradi.- Endi yomon xabar.

Jungkook unga qaradi.-Yomonmi?

- Yo'q. Sen uchun balki juda yaxshi xabardir.

Jimin ikkinchi papkani ochdi.Birinchi sahifada bitta ism turardi.HYEJIN.Jungkookning nigohi bir zumda o'zgardi.

-Yoshi?

- Yigirma besh.

Jungkook sekin bosh irg'adi.Jimin keyingi sahifani ochdi.- Hyejin bolalar uyida 5 yoshigacha ulg'aygan.

Jungkookning barmoqlari qog'oz chetida to'xtadi.

-Ota-onasi?

-Biologik ota-onasi haqida ma'lumot juda kam. Hyejin hali kichkina paytida farzandsiz bir er-xotin tomonidan asrab olingan.

Jungkook sukut bilan tinglardi.

- Ular uni chin dildan xohlashgan . Ammo bir necha yil o'tib, o'zlarining biologik qizlari tug'ilgan.

Jungkookning yuzidagi ifoda asta o'zgardi.-Keyin?

Jimin yelkasini qisdi.- Shundan keyin Hyejinga munosabatlari o'zgargan.

-Qanday?

-Avvalgidek emas. Hyejin oilada bor edi, lekin go'yo chetda qolgandek. Ko'proq e'tibor ularning qiziga berilgan.

Jungkook papkaga tikildi.Uning jag'i sekin qisilgandi.- U buni bilganmi?

- Bolaligidan sezgan bo'lishi kerak.

Jimin keyingi sahifani varaqladi.-Maktab davrida yaxshi o'qigan. Ayniqsa biologiya va kimyoga qiziqqan. Keyinchalik tibbiyot universitetiga kirgan.

Jungkook bosh irg'adi.-Yigit masalasi-chi?

Jimin unga qarab kulimsiradi.- Bu savolni berishingizni kutgandim.

Jungkookning nigohi sovuqlashdi.-Javob ber kôp gapirmasdan

-Maktabning yuqori sinflarida bir yigit bilan munosabatda bo'lgan. Universitetda ham munosabatlari davom etgan.

-Ismi?

Jimin ismni aytdi.Jungkook hech qanday reaksiya bildirmadi.

-Nima bo'lgan?

- Munosabatlari bir necha yil davom etgan. Keyin ajrashishgan.

-Sababi?

Jimin hujjatga yana bir bor qaradi.-Aniq ma'lumot yo'q. Ularning ajrashuvi ortida jiddiy kelishmovchilik bo'lgani ko'rinadi, ammo Hyejin bu haqda hech kimga ko'p gapirmagan.

Jungkook barmoqlarini stolga sekin urdi.- Hozir aloqalari bormi?

-Yo'q.

-Ishonching komilmi?

-Tekshirdim. Hozir ular deyarli umuman aloqa qilmaydi.

Jungkook bosh irg'adi.- Davom et.

Jimin papkani yana varaqladi.- Hyejin ishidan tashqarida juda oddiy hayot kechiradi. Ortiqcha bazmlar, tungi klublar, katta davralar yo'q.

Jungkookning qiziqishi yanada ortdi.- Bo'sh vaqtida nima qiladi?

- Kitob o'qiydi. Ba'zan sayr qiladi va-Jimin bir lahza to'xtadi-Ishdan chiqqach tez-tez boradigan bitta kafesi bor.

Jungkook unga qaradi.-Qaysi?

Jimin kafe nomini aytdi.- U yerda odatda deraza yonidagi stolga o'tiradi. Qahva ichadi, ba'zan kitob o'qiydi. Ba'zi xodimlar uni tanishadi.

Jungkook bu ma'lumotni eslab qolgandek bosh irg'adi.- Uyiga yolg'iz qaytadimi?

- Ko'pincha.

Jungkook papkani yopmadi.U yana bir sahifani ko'zdan kechirdi.- Do'stlari?

- Ko'p emas. Bir-ikki yaqin dugonasi bor. Ishdagi hamkasblari bilan munosabati yaxshi.

- Dushmanlari?

-Aniqlangan jiddiy dushmani yo'q.

Jungkook bir necha soniya jim qoldi.Keyin papkani yopdi.Ammo qo'lini uning ustidan olmadi.

- U haqidagi barcha ma'lumotlarni yangilab tur.

Jimin bosh irg'adi.- Albatta.

- Va kuzatuvchilar-chi?

- Ikki kishi navbat bilan kuzatyapti. Unga yaqinlashmaydi. Faqat xavf tug'ilsa aralashadi.

Jungkookning nigohi keskinlashdi.- U bilmasin.

- Bilmaydi.

- Yaxshi.

Jimin bir muddat jim o'tirdi.So'ng Jungkookning oldidagi qahvaga qarab, kulimsiradi.

- Boshliq.

- Nima?

-Siz kasalxonani sotib oldingiz.

Jungkook indamadi.

- Keyin uning tarjimai holini bilib oldingiz. Endi uning qaysi kafega borishini ham bilasiz.

Jungkook unga sovuq qaradi.- Gapni cho'zma.

Jimin kulib yubordi.- Men shunchaki aytyapman.

U o'rnidan turdi.- Hali yana bir narsani aytishim kerak.

-Nima?-Jimin papkani ko'rsatdi.- Hyejin siz haqingizda hech narsa bilmaydi. Sizning kimligingizni ham, tashkilotingizni ham.

Jungkookning nigohi papkaga tushdi.Bu unga negadir yoqimli tuyuldi.Hyejin uning yonida turganida Jungkookni jinoyatchi yoki shahar yerosti dunyosining eng xavfli odami sifatida emas, shunchaki jarohatlangan bemor sifatida ko'rardi.

- Shunday qolaversin-dedi u nihoyat.

Jimin bosh irg'adi.- Tushunarli.

U eshik tomon yurdi.Ammo chiqishidan oldin to'xtab, ortiga qaradi.

- Aytgancha, bugun uning o'sha kafega borishi ehtimoli katta.

Jungkook boshini ko'tardi.Jiminning labida ayyorona tabassum paydo bo'ldi.-Agar tasodifan yo'lingiz o'sha tomondan o'tib qolsa

Jungkook unga uzoq tikildi.-Jimin

-Ha?

-Chiq aks holda tilingni suģurib olaman

Jimin kulib yubordi.-Bo'ldi, boshliq men ketyabman- u qôlini silkib chiqib ketdi va oqasidan eshik yopildi.Jungkook esa yana yolg'iz qoldi.U bir necha soniya yopiq papkaga qarab o'tirdi.So'ng barmoqlari bilan uning ustini sekin siladi.

- Yigirma besh...

U Hyejinning yoshini o'ziga o'zi takrorladi.Keyin labining chetida deyarli sezilmas tabassum paydo bo'ldi.Ammo shu zahoti uning nigohi stol chetidagi boshqa papkaga tushdi Portdagi snayper tabassum yo'qoldi.Jungkookning ko'zlari yana sovuqlashdi.

Hyejin uning hayotiga tasodifan kirib kelgandek tuyulardi.Ammo Jungkook endi bitta narsani aniq bilardi:Bu qizni o'zining qorong'i dunyosidan imkon qadar uzoqroq tutishi kerak.

Chunki u Hyejin haqida qancha ko'p bilgan sari, uning o'z hayoti Hyejinga xavf tug'dirishi mumkinligini ham shuncha yaxshi tushunardi. Ammo yuragiga buyruq bera olmasdi shuning uchun u tomon talpinardi.

Jimin

Kechqurun shahar markazi odatdagidan ham gavjum edi. Ko'chalardagi chiroqlar yoqilgan, mashinalar shovqini piyodalar orasidagi suhbatlarga aralashib ketgandi.Jungkook qora mashinadan tusharkan, atrofga bir qarab qo'ydi.Jimin uning yonida paydo bo'ldi.

- Shu yermi?-Jungkook kafe peshtoqidagi kichkina yozuvga qaradi.

-Ha aynan shu kafe-Jimin labining chetida kulimsiradi.- Demak, tasodifan kelib qolganmizmi?

Jungkook unga sovuq qarab qo'ydi.- Men "tasodifan" deganim yo'q.

- To'g'ri. Sen shunchaki... aynan Hyejin har kuni keladigan kafega kelishni xohladingiz.

Jungkook hech narsa demadi.Bu jimlik Jimin uchun yetarlicha javob edi.Ular ichkariga kirishdi.

Kafe unchalik katta emasdi. Devorlarda iliq rangdagi chiroqlar yonib turar, havoda yangi qahva va shirinliklarning yoqimli hidi taralardi. Derazalar yonidagi stollarda bir nechta odam noutbuk bilan ishlayotgan, boshqa burchakda esa ikki qiz past ovozda suhbatlashardi.

Jungkook atrofga bir qarab chiqdi.Keyin ko'zi deraza yonidagi stolga tushdi.U shu stolni bir necha soniya kuzatib turdi.Jimin buni payqab, sekin kuldi.-Shu joyni tanladingmi?

-O'tir.

- Nega aynan shu?

Jungkook stulni tortib o'tirdi.-Manzara yaxshi ko'rinadi.

Jimin qarama-qarshi tomonga o'tirdi.- Albatta.

Jungkook unga qarab qo'ydi.- Yana biror gap aytsang, bu yerdan chiqib ketasan.

-Tushundim, boshliq.

Jimin kulgisini yashirib, menyuni oldi.Jungkook esa qo'lidagi telefonni stolga qo'ydi, go'yo bu yerga oddiygina qahva ichgani kelgandek o'zini tutardi.Ammo nigohi vaqti-vaqti bilan eshik tomon qaytardi.Bir necha daqiqa o'tdi keyin yana bir necha daqiqa.Jimin buni kuzatib o'tirardi.

- U kelmasligi ham mumkin.

- Bilaman.

- Unda nega kutyapsan?

Jungkook afitsant stolga yaqinlashganda qahva buyurtma qildi u buyurtmani qabul qilib ketgach Jiminga qaradi.

-Kutmayapman chunki baribir qiladigan ishim yóq.

Jimin boshini chayqadi.- Albatta.

Shu payt kafe eshigidagi kichkina qo'ng'iroq jarangladi.Jungkookning nigohi beixtiyor eshikka burildi.Ichkariga bir ayol kirib keldi.Oddiy, och rangli palto kiygan, sochlari yelkalariga tushib turardi. Qo'lida kichkina sumkasi bor edi. U ish kunidan charchagani sezilsa-da, yuzida sokinlik saqlanib qolgan edi.Jungkook uni bir qarashdayoq tanidi.

Hyejin kasalxonadagi oq xalat yo'q,stetoskop yo'q,professional, jiddiy qiyofa ham yo'q.Shunchaki ishdan qaytayotgan oddiy ayol.

Jungkookning nigohi bir necha soniya undan uzilmadi.Jimin esa uning yuziga qarab, kulgisini zo'rg'a yashirdi.Hyejin kafe ichiga kirib, odatdagidek atrofga qaradi.Keyin nigohi deraza yonidagi stolga tushdi.Jungkook bilan ko'zlari to'qnashdi.U bir zum hayron bo'lib qoldi.Jungkook esa o'rnidan turdi.

- Doktor Hyejin?

Hyejin ham uni tanib, ko'zlarini biroz kattaroq ochdi.- Jungkook?

Uning yuzida hayrat bilan aralash yengil tabassum paydo bo'ldi.- Bu... qanday tasodif.

Jungkookning lablari sekin yuqoriga ko'tarildi.-Menimcha, taqdir.

Bu so'z og'zidan chiqqach, o'zi ham bir lahza jim qoldi.Jimin esa stol tagida oyog'ini sekin Jungkookning oyog'iga tekkizdi.Jungkook unga qarab ham qo'ymadi.

Hyejin esa kulib yubordi.Bu safar uning kulgisi kasalxonadagi professional xotirjamlikdan butunlay farq qilardi samimiy, yengil va iliq.

-Siz doim shunday she'riy gapirasizmi- dedi u- yoki faqat men bilanmi?

Jungkook bir lahza unga tikilib qoldi.Keyin lablarida mayin tabassum paydo bo'ldi.- Hali bilmayman.

Jimin boshini egib, kulgisini yashirdi u bilardi bu uchrashuv tasodif emasdi.Jungkook tomonida uyushtirilgan uchrashuv edi.

Hyejin

-Balkim bilarman va bu faqat siz bilan-dedi Jungkook rostini aytib, va bu safar u o‘zini to‘xtatmadi.

Uning ovozi odatdagidan pastroq, ammo qat’iy edi. Ko‘zlarida esa hazilga o‘xshash mayin chaqnash paydo bo‘ldi. Hyejin bir necha soniya unga qarab qoldi. Go‘yo bu javobni kutmagan edi.

Kafedagi iliq sariq chiroqlar uning yuziga yumshoq nur tashlar, tashqarida esa kechki Seulning chiroqlari nam asfalt yuzida aks etardi. Deraza ortidan mashinalarning ovozi eshitilib, eshik ochilganda ko‘chadagi salqin havo ichkaridagi qahva hidiga aralashib ketardi.

Jimin ularni bir necha soniya kuzatib turdi.U Jungkookning yuzidagi o‘sha g‘alati, kamdan-kam uchraydigan yumshoqlikni ko‘rib, lablarini ichkariga tortdi.Keyin sekin o‘rnidan turdi.

- Menimcha, men... telefon qilishim kerak. Tashqarida bôlaman.

Jungkook unga bir qarab qo‘ydi.Jimin esa go‘yo hech narsani sezmagandek telefonini qo‘liga oldi.

-Juda muhim qônĝiroq- degandek bosh irg‘ab, kafedan chiqib ketdi eshik yopildi.Endi Jungkook va Hyejin bir stol atrofida yolg‘iz qolishdi.

Jungkook bir necha soniya Jimin chiqib ketgan eshikka qarab turdi. Keyin yana Hyejinga yuzlandi.U qarshisidagi bo‘sh stulni qo‘li bilan ko‘rsatdi.

-O‘tiring.

Hyejin biroz ikkilanib qoldi.U Jungkookning qarshisidagi stulga, so‘ng uning yuziga qaradi. Bir lahza nimanidir o‘ylagach, yengil bosh irg‘adi va stulni sekin tortib o‘tirdi.

Ofitsiant ularning yoniga kelib Jungkookning qahvasini uning yoniga qôydi, va yana biror narsa buyurtma qilasizlarmi deb sôradi.Hyejin menyuga ko‘z yugurtirib, u qahva buyurtma qildi.

Bir necha daqiqadan so‘ng stol ustida ikkita issiq qahva yonma-yon joy oldi. Bug‘ ko‘tarilib, havoga yoqimli qahva hidi taratardi.

Hyejin qahva finjonini ikki qo‘li bilan ushlab, uning issiqligidan kaftlarini isitdi.

- Ish kunidan keyin shu yerga kelib, qahva ichib o'tirishni yaxshi ko'raman- dedi Hyejin, qahvadan hôplarkan- Kasalxonada butun kun davomida odamlarning og'rig'i, qo'rquvi bilan ishlaysan. Ba'zan shunchaki sukunat kerak bo'ladi.

U so‘nggi so‘zlarni aytganda nigohini derazaga burdi.Tashqarida odamlar shoshilib o'tishardi. Kimdir soyabon ko'targan, kimdir telefoniga qarab ketayotgan, avtomobillar esa ko'cha bo'ylab birin-ketin o'tardi.

Hyejin esa bu shovqindan uzilgandek, bir necha soniya jim qoldi.Jungkook uning gaplarini diqqat bilan tingladi.U ilgari odamlarning dardi haqida bunchalik sokin gapiradigan insonni kam uchratgan edi.

- Qiyin kasb ekan-dedi Jungkook, unga chinakam qiziqish bilan qarab.

Uning ovozi odatdagidan yumshoqroq edi.Hyejin nigohini yana unga qaratdi.U bir necha soniya Jungkookning yuziga qarab turdi. Keyin labining bir cheti yengil ko‘tarildi.

- Har bir kasb o'ziga yarasha qiyin- dedi u unga o'tkir nigoh tashlab.-Sizniki ham, shekilli.

Jungkookning qo‘lidagi piyola havoda bir zum qimirlamay qoldi va uHyejinga tikildi.

-Nimani nazarda tutyapsiz?

Hyejin finjonni stolga qo‘ydi.Uning yuzidagi yumshoq tabassum asta yo‘qoldi. Nigohi esa Jungkookning yuzini kuzata boshladi go‘yo uning reaksiyasidan nimanidir anglashga urinayotgandek.

- Sizni o'q tekkan holda, hech qanday tushuntirishsiz kasalxonaga olib kelishdi, atrofingizda "xodimlar" emas, balki soqchilarga o'xshagan odamlar bor edi- dedi Hyejin ovozida ayblov emas shunchaki kuzatuvchanlik bilan. - Men shifokorman Jungkook. Ko'p narsani ko'rganman.

Jungkook jim qoldi kafedagi musiqa hali ham past ovozda yangrardi.Bir chekkada qoshiq finjonga tegib, mayin jaranglagan ovoz chiqardi.Ammo Jungkook uchun atrofdagi hamma narsa bir zumga xiralashgandek bo‘ldi.Hyejin esa undan ko‘zini uzmasdi.

U qo‘rqmagan edi shunchaki shubhalanayotgan edi va Jungkook birdaniga shu qizning oddiy shifokor emasligini tushundi.Hyejin odamlarni kuzatishni bilardi.Jungkook esa birinchi marta uning oldida qanday javob berishini o‘ylab qolgan edi.

Jungkookning yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi Hyejinning nigohi undan uzilmasdi.U bunday vaziyatlarga o‘rganmagan edi. Odamlar undan qo‘rqardi. U savol bersa, javob berishardi. U jim tursa, boshqalar ham jim bo‘lishardi.

Ammo Hyejin u shunchaki javob kutardi.Jungkook nigohini bir lahzaga qahvaga tushirdi. Barmoqlari finjonni chetini sekin siqdi.Uning xayolidan bir nechta javob o'tdi yolg‘on gapirish,mavzuni o‘zgartirish yoki rostini aytish.Ammo rostini aytish hali mumkin emasdi.U chuqur nafas oldi va yana Hyejinga qaradi.

- Bu murakkab hikoya- dedi u nihoyat, ehtiyotkorlik bilan so'zlarni tanlab. - Va, ochig'ini aytsam, sizga buni hozir aytishga tayyor emasman. Lekin va'da beraman yolg'on gapirmayman sizga.

Hyejin unga uzoq tikilib turdi.Uning nigohida shubha bor edi, ammo Jungkookning gaplarini rad etishga sabab topolmasdi nihoyat u sekin bosh irg‘adi.

-Yaxshi hozircha shu yetarli.

Jungkookning yelkalari sezilarsiz bo‘shashdi.Bu kichkina javob negadir unga kutilganidan ham ko‘proq ta’sir qildi.Keyingi soatlar esa kutilmaganda tez o'tdi.Ular mafia, qurol, xavf yoki Jungkookning qorong‘u hayoti haqida gaplashishmadi.Aksincha, suhbat oddiy narsalarga ko‘chdi.Hyejin shifokor bo‘lishni bolaligidan orzu qilganini aytdi.

-Odamlar kasal bo'lganda ularga yordam bera olish menga doim muhim tuyulgan- dedi u finjonni sekin aylantirib.Jungkook esa kamdan-kam gapiradigan bolalik xotiralaridan birini aytdi.

-Bolaligimda chizishni yaxshi ko'rardim.

Hyejin hayrat bilan unga qaradi.-Sizmi?

Jungkook kulimsiradi.- Ishonish qiyinmi?

- Biroz.

- Nega?

- Sizni tasavvur qilish qiyin... qog'oz oldida o'tirib, rasm chizayotganingizni.

Jungkook kulib yubordi.-Men ham hozir tasavvur qila olmayman.

Suhbat davomida ular yana bir umumiy jihatni bilib olishdi ikkisi ham mehrsiz ulaģishgan.Bu mavzu ochilganda suhbat bir zumga sokinlashdi.Ammo g‘alati tomoni shundaki, ular bir-birlarini tushuntirishga majbur bo‘lishmadi.Ba'zi og‘riqlar haqida gapirish shart emasdi ba'zilarini shunchaki tushunishning o‘zi yetarli edi.Soatlar qanday o'tgani ikkisiga ham sezilmadi.Kafe asta-sekin bo'shab qoldi. Ofitsiantlar stollarni yig‘ishtira boshlashdi, chiroqlar esa biroz xiralashdi nihoyat Hyejin o‘rnidan turdi.

-Kech bo‘lib qoldi.

Jungkook ham o‘rnidan turdi.Ular kafedan birga chiqishdi.Tashqarida tungi havo ancha sovuq edi.Ko‘chalar hali ham gavjum bo‘lsa-da, kunduzgi shovqin o‘rnini sokinroq tungi hayot egallagan edi. Ko‘cha chiroqlari nam asfaltga tushib, uzun yorug‘lik izlarini hosil qilardi.Hyejin paltosining yoqasini biroz ko‘tardi.Jungkook uning yonida to‘xtadi.Bir necha soniya hech biri gapirmadi.So‘ng Jungkook nihoyat ovoz chiqardi.

- Sizni kuzatib qôysam maylimi?

Uning ovozida g‘alati, notanish ikkilanish bor edi.Bu ovoz jang maydonlarida hech qachon eshitilmagan edi.Hyejin unga qaradi Jungkook esa odatdagidek qat’iy nigoh bilan qarashga urinayotgan bo‘lsa-da, ko‘zlaridagi noaniqlikni yashira olmadi.Hyejin bir lahza jim turdi.

- Yôq ózim ketaman, uyim bu yerdan uzoq emas.

Jungkook yengil bosh silkidi- unda yana kórishamizmi?

- Faqat " oĝriq" bahonasida emas bôlsa mayli?

-Va'da beraman boshqa bunday bahona qilmayman
- deb Jungkook jilmaydi Hyejin ham javoban jilmaydi.

Keyin ortiga burilib, tungi ko‘cha bo‘ylab yurib ketdi.Jungkook esa uning ortidan qarab qoldi.Hyejinning qiyofasi odamlar orasida asta-sekin uzoqlashib, nihoyat tungi ko‘cha chiroqlari orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Jungkook qo‘lidagi telefonni sekin tushirdi.U hali ham jilmayib turardi.Shu payt orqadan tanish ovoz eshitildi.

-Boshliq

Jimin uning yoniga kelib to‘xtadi.Bir necha soniya Jungkookning yuziga tikildi keyin qoshlarini ko‘tardi.

- Sen qizarayapsan.

Jungkook darhol unga qaradi.- Jim bo‘l, Jimin.

Jimin kulgisini zo‘rg‘a yashirdi.- Men hech narsa demadim-ku.

Jungkook yana Hyejin ketgan tomonga qaradi lablarida sezilmas tabassum qaytdi.Ammo bu safar u uni yashirishga ham urinmadi.

Jungkook

(Davomi bor...)

Enemy of My Heart
“Hech qanday qayg‘u abadiy emas,Hech qanday baxt ham abadiy emas.”

EPISODE_2

Ikki kun o'tdi.

Jeon qarorgohining yuqori qavatidagi ish xonasi odatdagidan ham sokin edi.
Ulkan eman stol ustida port hududining xaritasi, qurol-yarog' va yuklar ro'yxati, moliyaviy hisobotlar hamda ikki kun oldingi otishmadan keyingi ma'lumotlar yoyilib yotardi.
Jungkook stol boshida o'tirardi.
Chap yelkasi hali ham bog'langan, ammo u og'riqqa e'tibor bermayotgandek ko'rinardi. Bir qo'li bilan hisobot varaqlarini varaqlar, ikkinchi qo'li esa stol ustidagi ruchkani sekin aylantirardi.
Uning qarshisida Jimin tik turardi.

-Portdagi yuk to'liq yetkazildimi? -so'radi Jungkook nihoyat.

- Ha.-Jimin stol ustiga qora papkani qo'ydi.

-Konteynerni ombordan olib chiqib, qarorgohga keltirdik. Ichidagi narsalar hammasi joyida.

Jungkook papkani ochdi.Ichidan qora baxmal qutining surati chiqdi.

- Olmoslar?

-Hammasi bor. O'ttiz ikki dona.

Jungkook suratga bir necha soniya tikildi.Bu oddiy yuk emasdi bir necha kun oldin Seulga olib kirilgan noyob qora olmoslar. Ularning umumiy qiymati o'nlab million dollarni tashkil qilardi. Ammo Jungkook uchun ularning o'zidan ham muhimroq narsa bor edi.
Qutining pastki qismida yashirilgan kichik metall kapsula.Unda Janubiy Koreyadagi bir nechta yirik tashkilotlarning noqonuniy kelishuvlari, hisob raqamlari va ismlari yozilgan maxfiy ma'lumotlar saqlangan edi.
Kim bu ma'lumotga ega bo'lsa, shahardagi kuchlar muvozanatini o'zgartira olardi.

Jungkook papkani yopdi.-Demak, ular aynan shu sababdan hujum qilishgan.

- Ha bizga yetib keladigan olmosni yoki ma'lumotlarga ega chiqishmoqchi bõldi- dedi Jimin. — Bizning kelishimizni ular oldindan bilishgan.

Jungkookning nigohi sovuqlashdi.- Ichimizdan kimdir ma'lumot bergan.

Xonadagi ikki qo'riqchi bir-biriga qarab qo'ydi.Jimin esa jiddiy bosh irg'adi.

-Shunday ko'rinyapti.

-Kim?

- Hali aniqlamadik.

Jungkook qo'lidagi ruchkani stolga qo'ydi.-Aniqlang.

Bitta so'z ammo xonadagi havo birdan og'irlashdi Jimin bosh irg'adi.

-Albatta.

Jungkook bir necha soniya jim o'tirdi.So'ng nigohi yana port hududining xaritasiga tushdi.O'sha tun,ombor,o'qlar va tomdagi noma'lum siluet uning ko'zlari toraydi.

- Yana bir narsa.

-Ha?

-Meni kim otganini topdinglarmi?

Jiminning yuzidagi yengil tabassum butunlay yo'qoldi.- Yo'q.

-Hech qanday iz yôqmi?

- Deyarli yo'q. Snayper joylashgan tomni tekshirdik. U yerda patron qobig'ini topdik, lekin barmoq izi yo'q. Kamera ham u atrofda yôq bilasan ôzing ham buni.

Jimin

Jungkook stuldan sekin turdi.Yelkasidagi og'riq yuzida bir zumlik aks etdi, ammo u buni yashirdi.U xarita oldiga borib, portning bir nuqtasiga barmog'ini qo'ydi.

- Shu yer.

-Ha.

- O'q shu tomondan kelgan.

-Taxminan.

Jungkook boshini burib Jiminning ko'zlariga qaradi.
-"Taxminanlar" menga yoqmaydi.Men aniq bilaman óq shu tom orqali otildi.

Jimin chuqur nafas oldi.-Biz uni topamiz.

- Yo'q.

Jungkookning ovozi sokin, ammo qat'iy edi.-Men uni ózim topishni xohlayman.

Jimin jim qoldi.Jungkook xaritadan uzoqlashdi.

- U meni o'ldirishi mumkin edi.

- Lekin o'ldirmadi.

- Aynan shuning uchun.Uni ôzim topishim kerak yoki uni ôzi yana men tomon keladi-Jungkookning nigohida qiziqish va xavfli sovuqlik aralashib ketdi.

- U mening yuragimni yoki boshimni nishonga olmadi. Birinchi zarbadan keyin yana otishi mumkin edi. Ammo ketdi.

-Demak, ataylab tirik qoldirgan.

- Ha, men bilan ôyin ôynamoqchi.

Jungkook lablarini yupqa chiziqqa aylantirdi.

-Men bunday odamlardan ehtiyot bo'laman.Dushmaning seni o'ldirishni istasa, nima qilishini bilasan. Ammo seni tirik qoldirib, sababini aytmasa...-U bir lahza jim qoldi.-...u ancha xavfliroq.

Jimin bosh irg'adi.-Men odamlarni yana tekshirish uchun yuboraman.

- Tekshirtirma.zJungkook unga qarab, qisqa buyruq berdi:- Uni top.

Bir necha soniya sukut hukm surdi.Keyin Jungkook boshqa papkani oldi.

- Qurbonlar-chi?

Jiminning qiyofasi biroz yumshadi.-Biz tomondanmi?

- Ha.-Jimin papkani ochdi.

- Bizdan hech kim halok bo'lmadi.Jungkook unga qaradi.

- Hech kimmi?

- Hech kim.-Jimin birinchi sahifani ko'zdan kechirdi.- Yetti kishi yengil jarohatlangan. Ikki kishi jiddiyroq yaralangan, lekin ikkalasining ham ahvoli barqaror. Sen esa...

U Jungkookning bog'langan yelkasiga qaradi.- ...yengil jarohat olgansan

-Raqiblar-chi?

Jiminning nigohi sovuqlashdi.- Ularda yo'qotish ko'p.

-Nechta?

-Aniq sonini aytish qiyin. Jangdan keyin o'z odamlarimizni birinchi bo'lib olib chiqdik. Keyin hududni tozalaganimizda ularning jasadlarini topdik.

- Bizning odamlarimiz?

-Hammasini olib chiqdik. Jarohatlanganlarni kasalxonaga yubordik.

Jungkook sekin bosh irg'adi.- Jasadlar-chi?
Jimin bir lahza sukut saqladi.

-Ularni yo'qotdik.-Jungkookning nigohi o'zgarmadi.
-Hech qanday iz qoldirmang.

- Allaqachon bajarilgan.

-Yaxshi.-U yana stol tomon yurdi.Ammo o'tirishdan oldin to'xtadi.

- Jimin.

- Ha?

- O'sha kecha portda bo'lgan hamma odamlarning ro'yxatini menga olib kel.

-Biznikilarningmi?

-Hamma.Ichimizdagi xoinni ham qidiryapsiz.
Jungkookning labida sovuq tabassum paydo bo'ldi.-Men ikkita odamni qidiryapman.

- Ikkita?

- Birinchisi bizning rejalarimizni sotgan odam.
U stolga qaytib o'tirdi.- Ikkinchisi esa meni o'ldirishi mumkin bo'lib, o'ldirmagan odam.

Jungkook ko'zlarini bir lahza yumdi.Ammo xayoliga kutilmaganda boshqa manzara keldi.
Xayoli yana o'sha kasalxona palatasi gavdalandi.
"Janob Jeon..."
Hyejining mayin ovozi quloqlari ostida yana jaranglagandek bo'ldi.Oq xalat,qora sochlar ,sokin tabassum...Jungkook boshini silkitdi.

-Jin ursin...
U o'zini ishontirishga urindi.
"Bu shunchaki qiziqish."
"Boshqa hech narsa emas."Lekin yuragi bunga ishonishni istamasdi.

-Jimin.

Stulga suyanib ótirgancha telefoniga nimadir yozayotgan Jimin boshini kótarib unga qaradi.

-Ha, boshliq?

Jungkook beparvo ko'rinishga urindi.-Shifokor...

- Qaysi shifokor?

- Kasalxonadagi.

Jiminning lab cheti sezilarsiz ko'tarildi.- Ha, doktor Hyejin

Jungkook go'yo bu ismni eshitishni kutayotgandek bosh irg'adi.- Nazorat ko'rigi qachon edi?

- Ikki haftadan keyin.

-Hmm...-Jungkook bir muddat jim qoldi.- Balki ertaroq borgan ma'quldir.

Jimin kulib yubormaslik uchun labini tishladi.- Yarang og'riyaptimi?

- Balki.

-Kecha og'riyotgani yo'q edi-ku.

-Bugun... boshqacharoq.

Jimin endi zo'rg'a o'zini tutardi.-Tushunarli.

-Nima tushunarli?

- Hech narsa.-U ayyorona kulimsiradi.-Profilaktika uchun, shundaymi?

Jungkook mutlaqo jiddiy qiyofada bosh irg'adi.- Aynan.
Jimin ichida esa allaqachon hammasini tushunib bo'lgandi.

Jungkook

Ertasi kuni.

Ertalabki Seul odatdagidan sokinroq edi. Shahar ko'chalarida mashinalar oqimi allaqachon avjiga chiqqan, baland binolarning oynalarida quyosh nuri aks etardi. Ammo shaharning markazidagi xususiy shifoxona atrofida boshqa bir sukunat hukm surardi.

Shisha eshiklar ortidagi keng foye oppoq va nihoyatda toza edi. Oqartirilgan marmar pol yorug'likni aks ettirar, shiftga o'rnatilgan uzun lampalar xonaga sovuq, sokin tus berardi. Havoda antiseptikning yengil hidi sezilardi. Uzoqdan tibbiy uskunalarning bir maromdagi signallari va hamshiralarning past ovozdagi suhbatlari eshitilardi.

Kasalxona oldiga qora rangli avtomobil kelib to'xtadi.Orqa eshik ochildi,Jungkook mashinadan tushdi.U odatdagidek qora kostyum kiygan, yuzida esa hech qanday ortiqcha ifoda yo'q edi. Faqat chap yelkasini ehtiyotkorlik bilan tutib qo'yishi uning hali to'liq tuzalmaganini bildirib turardi.

Bu safar uning ortidan o'nlab qo'riqchilar tushmadi.Faqat Jimin bor edi.Jimin mashina eshigini yopib, Jungkook bilan yonma-yon yurdi.

-Ishonching komilmi? - dedi u past ovozda.

Jungkook unga qaramadi.-Ha.

-Rostdan ham og'riyaptimi?

Jungkook bir zum jim qoldi.- Yetarli darajada.

Jiminning lab cheti qimirladi, ammo u boshqa hech narsa demadi.Ular shisha eshiklardan ichkariga kirishdi.

Foyedagi bir nechta hamshira Jungkookni tanib, beixtiyor sergak tortdi. Uning qarorgohidan keladigan odamlar odatda kasalxonaga oddiy bemor bo'lib kelmasdi. Qora kiyimli, sovuq nigohli erkakning kirib kelishi xonadagi havoni sezilarli darajada o'zgartirdi.Jungkook esa bunga umuman e'tibor bermadi.U qabulxonaga yaqinlashdi.

-Doktor Hyejin bilan uchrashmoqchiman.

Navbatchi hamshira bir lahza unga qarab turdi, so'ng kompyuter ekranini ochib, bemorlar ro'yxatini tekshira boshladi.

Klaviatura tugmalarining mayin taqillashi sukunatda aniq eshitilardi.

- Sizning qabulingiz ikki haftadan keyinga belgilangan edi, janob Jeon.

- Bilaman.-Jungkook yelkasini ehtiyotkorlik bilan ushladi.Yuzida og'riqning juda qisqa soyasi paydo bo'ldi-yu, darhol yo'qoldi.- Jarohatim yana og'riyapti.

Hamshira uning yelkasiga nazar tashladi.- Bir daqiqa kuting.

U telefon orqali kim bilandir gaplashdi.Jungkook esa kutish joyidagi qora charm o'rindiqlardan biriga o'tirmadi. U tik turgancha shifoxonaning uzun koridoriga qarab turardi.

Jimin esa yonida qo'llarini ko'ksiga chalishtirib turardi.Uning yuzida Jungkook juda yaxshi tanigan o'sha kinoyali tabassum paydo bo'la boshladi.

- Nima? - dedi Jungkook unga qaramay.

-Hech narsa.

- Unda kulma.

- Men kulmayapman.

Jungkook unga sovuq qaradi.Jimin darhol yuzini jiddiylashtirdi.- Albatta, boshliq.

Oradan bir necha daqiqa o'tdi.Koridorning narigi tomonidagi oq eshik ochildi.Va Hyejin yôlakdan paydo bõldi.

Uning qo'lida planshet, ustida oq xalat bor edi. Qora sochlari odatdagidek orqaga yig'ilgan, yuzida esa ishdagi odatiy xotirjamlik hukm surardi. U yo'lak bo'ylab yurarkan, bir nechta hamshira bilan qisqa gaplashib o'tdi.Keyin nigohi Jungkookga tushdi.

Qadamlarida juda qisqa tanaffus bo'ldi.Jungkook bilan ko'zlari to'qnashishi bilanoq uning yuzida yengil hayrat paydo bo'ldi.

- Janob Jeon?- dedi Jungkook tomon yurar ekan.

- Salom, doktor.

Hyejin uning yoniga kelib, yelkasiga bir qarab qo'ydi.- Sizni ikki haftadan keyin kelishingizni kutgandim. Erta kelibsiz

Jungkook bo'g'zini qirib qo'ydi.Bir lahzaga u o'zini kecha tungi muzokaradan ko'ra qiyinroq vaziyatga tushib qolgandek his qildi.

- Yelkam...

Hyejin unga qaradi.-yelkangiz nima?

Jungkook yelkasini ushladi.-og'riyapti.

Jimin yuzini boshqa tomonga burdi.Hyejin esa uning gapiga to'liq ishonmagandek, ko'zlarini biroz qisdi.

-Qani, ko'raylikchi

U Jungkookni ko'rik xonasiga boshladi.Xona ham shifoxonaning qolgan qismi kabi oppoq va ozoda edi. Yon devorda tibbiy asboblar joylashtirilgan, burchakdagi monitor esa yurak urishini kuzatish uchun tayyor turardi. Deraza orqali ertalabki quyosh nuri tushib, tekshiruv stolining ustiga uzun yorug'lik chizig'ini tashlagandi.

Hyejin qo'llarini dezinfeksiya qildi, yangi qo'lqop kiydi va Jungkookning qarshisiga o'tirdi.-Yelkangizni bo'sh qo'ying.

Jungkook indamay aytganini qildi.Hyejin ehtiyotkorlik bilan bog'ichni ochdi.Bintning qatlamlari birma-bir yechilar ekan, xonada faqat qog'ozlarning shitirlashi va tibbiy jihozlarning mayin ovozi eshitilardi.

Hyejinning barmoqlari yarani atroflicha tekshirdi.Jungkook esa uning harakatlarini kuzatib turardi.U bir necha bor o'zini boshqa tomonga qarashga majbur qildi.Ammo nigohi yana unga qaytaverardi.Hyejin yarani sinchiklab tekshirdi.Har tomondan ko'zdan kechirdi.So'ng yana yangi bint bilan bog'lab qo'ydi.Bir necha soniya sukut saqlandi.

Hyejin planshetidagi ma'lumotlarni ko'zdan kechirarkan, qoshlarini biroz chimirdi.Nihoyat Hyejin chuqur nafas oldi.

- Janob Jeon...

- Ha?

-Yarangiz juda yaxshi bityapti. Agar rostan oģriq bersa oĝriq qoldiruvchi dori iching.

Jungkook indamadi.Hyejin davom etdi:- Yallig'lanish yo'q.

U bog'lam chetini yana bir bor tekshirdi.-Qon ketmayapti.

Keyin Jungkookning yelkasiga qisqa nazar tashladi.-Shish ham kamaygan.

U planshetini yopdi.Xona ichida bir necha soniya sukunat hukm surdi.So'ng Hyejin unga to'g'ridan-to'g'ri qaradi.

- Tibbiy tomondan qaraganda, sizning bugun bu yerga kelishingiz uchun hech qanday sabab yo'q.

Jungkook noqulay yo'talib qo'ydi.- Balki...

-Balki?

Jungkook nigohini bir lahza deraza tomonga burdi.- Men noto'g'ri baholagandirman.

Hyejin qo'llarini ko'ksiga chalishtirdi.Qoshlaridan biri sekin ko'tarildi.U Jungkookga uzoq tikilib turdi.Go'yo uning yuzidan javob izlayotgandek.Jungkook esa odatda hech kimga berib qo'ymaydigan sirini aynan nigohi bilan oshkor qilib qo'yishdan qo'rqayotgandek, indamay turardi.Hyejinning lablarida juda nozik tabassum paydo bo'ldi.

- Janob Jeon...

- Ha?

Hyejin bir qadam yaqinlashdi.Ko'zlarida hazil aralash jiddiylik porlardi.

- Sizga bir savol bersam maylimi?

- Bemalol.

Hyejin unga bir necha soniya tikilib turdi.So'ng ovozini biroz pasaytirdi.

- Siz rostdan ham yelkangizni ko'rsatgani keldingizmi...

U ataylab bir soniya jim qoldi.- ...yoki meni ko'rgani?

Xona ichida birdan sukunat cho'kdi.Jungkookning nigohi qotib qoldi.Uning orqa tomonida turgan Jimin esa yuzini boshqa tomonga burdi.Yelkalari yana sekin titray boshladi.Bu safar u kulgisini ushlab qololmasdi.

Jimin

Hyejin bir necha soniya Jungkookga tikilib turdi.Nigohida na masxara, na tanbeh bor edi.Faqat qiziqish.

-Menimcha... - dedi u muloyim ovozda. - Siz bu yerga yelkangiz og'rigani uchun kelmagansiz.

Jungkookning yuragi beixtiyor tez urib ketdi.U buni yuzida sezdirmaslikka harakat qildi.

- Unda nima uchun kelibman?

Hyejin lab chetida mayin tabassum bilan yelkasini qisdi.- Buni mendan ko'ra o'zingiz yaxshi bilsangiz kerak.

Jungkook javob topolmadi.Bu uning uchun juda kam uchraydigan holat edi.Yuzlab muzokaralarda g'olib chiqqan, raqiblarini ikki og'iz gap bilan jim qiladigan Jeon Jungkook endi bitta shifokor qiz oldida sukut saqlab qolgan edi.Hyejin qo'lidagi planshetni yopdi.

-Har holda...-U hujjatlarni qo'ltig'iga oldi.- Keyingi safar, iltimos, faqat haqiqatan ham zarurat tug'ilganda keling.

Uning ovozi muloyim bo'lsa-da, so'zlari aniq edi.- Mening vaqtim ham qimmatli, janob Jeon.

Jungkook beixtiyor kulimsiradi.- Tushundim, doktor.

Hyejin eshik tomon yurdi.Qo'li tutqichga tekkanida ortidan ovoz eshitildi.

- To'xtang.

U ortiga o'girildi.Jungkook bir lahza ikkilanib turdi.So'ng pastroq ovozda dedi:- Jungkook.

Hyejin qoshini ko'tardi.- Kechirasiz nima demoqchisiz tushunmadim?

-Meni... "janob Jeon" demang.

Uning ovozi odatdagidan ancha yumshoq chiqdi.- Faqat Jungkook deb chaqiring.

Xonada turgan Jimin boshini egib, kulgisini yashirdi."Endi familiyadan ham voz kechdik..." deb o'yladi u.

Hyejin esa bir necha soniya Jungkookga qarab turdi.So'ng ilk marta kasbiy odob ortiga yashirinmagan, chin dildan chiqqan iliq tabassum qildi.Bu tabassum juda qisqa edi.Ammo Jungkook uchun vaqt go'yo to'xtab qolgandek tuyuldi.

- Mayli.-U boshini yengil egdi.-Ko'rishguncha... Jungkook.

Shu so'zlarni aytib, u eshikni ochdi va tashqariga chiqdi va eshik ohista yopildi.

Xonada bir necha soniya mutlaq sukunat hukm surdi.Keyin Jimin asta Jungkookning yoniga keldi.Yelkasiga yengil qoqib qo'ydi.

- Xo'sh, boshliq...

Jungkook unga qaradi.- Nima?

-Yelkangizdagi "og'riq" endi qanday?

Jungkook lab chetida sezilarli tabassum bilan javob berdi.- O'tib ketdi.

Jimin kulib yubordi.- Qiziq, doktor xonaga kirishi bilan boshlangan og'riq doktor chiqishi bilan tuzalib qoldi.

Jungkook boshini chayqadi.- Sen juda ko'p gapiradigan bo'lib qolding.

-Balki.

Jimin kulimsirab eshik tomon qaradi.-Lekin bir narsani aytaman...

- Nima?

- Seni shunday holatda ko'rish... yoqimli ekan.

Jungkook javob bermadi.Nigohi hali ham Hyejin chiqib ketgan eshikda edi.Yuragidagi g'alati iliqlikni inkor etishning endi foydasi yo'q edi.

Ko'p yillar davomida u faqat omon qolish uchun yashagan, his-tuyg'ularini esa zaiflik deb bilgan edi.

Ammo bugun u uzoq vaqtdan beri ilk bor o'zini shunchaki mafiya boshlig'i emas, balki oddiy insondek his qildi.Va bu tuyg'u unga kutilganidan ham ko'proq yoqayotgan edi.

Hyejin

Jungkook nihoyat o'rnidan turdi.Yelkasidagi bog'lamni yana bir bor tekshirib, qora kostyumining tugmalarini qadab oldi. Jimin esa allaqachon eshik yonida kutib turardi.

-Ketdikmi? -dedi u.

-Ha.

Ular birga xonadan chiqishdi.Kasalxona koridori odatdagidek sokin edi. Oqartirilgan devorlar bo'ylab yumshoq chiroqlar yonib turar, uzoqdan tibbiy uskunalarning mayin signallari eshitilardi.

Jungkook odatdagidek ishonchli qadamlar bilan yurardi.Ammo qabulxonaga yaqinlashganida...Uning qadamlari sekinlashdi.Jimin buni darhol payqadi.

-Nima bo'ldi?

Jungkook javob bermadi.U qabulxona tomon bir qarab qo'ydi.Hyejin peshtaxta yonida turardi. U bemor varaqalariga nimanidir yozayotgan, vaqti-vaqti bilan yonidagi hamshiraga qisqa savollar berardi. Qora sochlari yelkasiga tushib turar, oq xalatining yenglari bilagigacha qayrilgan edi.

Jungkook bir necha soniya unga qarab qoldi.Go'yo ketishdan oldin uning qiyofasini xotirasiga yana bir bor muhrlab olishni istayotgandek.

Shu payt Hyejin boshini ko'tardi.Ularning nigohlari uzoqdan to'qnashdi.Hyejin bir lahza unga qarab turdi.Jungkook esa hech nima demadi.Faqat boshini yengil egib, unga qisqa xayr ishorasini qildi.Hyejin ham lablarida mayin tabassum bilan bosh irg'adi.Jungkook ortiga burildi.

- Ketdik.

Jimin uning yoniga kelib, eshik tomon yurarkan, sekin kulimsiradi.

-Juda professional xayrlashuv bo'ldi.

Jungkook unga qarab ham qo'ymadi.- Jim yur

Ular shisha eshiklardan chiqib ketishdi.Ammo qabulxona ichidagi kichik suhbat endigina boshlanayotgan edi.

Bir necha hamshira Hyejin turgan peshtaxta tomon kelib, Jungkook va Jimin chiqib ketgan eshikka qarab qolishdi.

-Voy... - dedi ulardan biri past ovozda. - Ko'rdinglarmi?

-Kimni?

- Hozirgina chiqqan yigitlarni.

Boshqasi derazadan tashqariga qaradi.Qora mashina hali ham kasalxona oldida turardi.

- Juda kelishgan ekan.

- Kelishganligini qo'ying, - dedi boshqa hamshira ovozini pasaytirib. -U odam haqida gap-so'zlar juda ko'p.

- Qanaqa gap-so'zlar?

- Xavfli odam ekan, deyishadi.Mafiaga aloqador odam

- Rostdanmi?

-Ha. Unga qarashining o'ziyoq...

Hamshira gapini tugatmay, yelkasini qisdi.

- Baribir juda kelishgan.

Hyejin ularning gaplarini eshitib, boshini egib, kulimsirab qo'ydi.U ma'lumotlarni yozishda davom etdi.

Shu payt Jungkookning kelishganligi haqida gapirgan hamshiralardan biri Hyejinning yelkasiga yengil turtib qo'ydi.

- Sen juda omadli ekansan-a!

Hyejin unga hayron qaradi.

- Nima uchun?

Hamshira eshik tomon imo qildi.- Shunaqa kelishgan yigitni davolayapsan.

Hyejin bir lahza jim qoldi.So'ng qoshini ko'tarib, mutlaqo xotirjam ohangda javob berdi:-Men uni davolayapman holos u meni yigitimdek gapirma

Atrofdagi hamshiralar kulib yuborishdi.Hyejin esa varaqalarni qo'liga oldi.

Bir necha soniyadan so'ng esa lablarida yana mayin tabassum paydo bo'ldi.

- Shunday ekan...

U eshik tomon bir qarab qo'ydi.

- Bekorchi gaplarni qóyingda ishingizni qiling.

Hamshiralar yana kulishdi.Ammo Hyejin o'zini ishiga berkitgan bo'lsa-da, ko'zlari beixtiyor Jungkook chiqib ketgan eshikka yana bir marta qaytdi.

Jungkook va Jimin kasalxona binosidan chiqib, qora mashina tomon yurishdi.

Haydovchi darhol orqa eshikni ochdi.Jungkook mashinaga o'tirdi. Jimin ham uning yoniga joylashdi va eshik yopildi.

Salon ichida bir necha soniya jimlik hukm surdi.Mashina asta yo'lga tushdi.Jimin telefonidagi xabarlarni tekshirib o'tirardi. Jungkook esa oynadan tashqariga qarab, kasalxona binosining uzoqlashib borayotgan aksiga tikildi.Bir necha soniya o'tdi.

- Jimin.

-Ha, boshliq?

Jungkook ko'zlarini binodan uzmagan holda gapirdi.- Shu kasalxonani sotib ol.

Jiminning barmoqlari telefon ekranida qotib qoldi.U sekin boshini ko'tardi.- ...Nimani?

Jungkook unga qaradi.- Kasalxonani.

- Boshliq, men to'g'ri eshitdimmi?

- Ha juda aniq va tôgʻi eshitding.

Jimin bir necha soniya indamay qoldi.- Biz... kasalxona sotib olamizmi?

— Aynan, bizga kasalxona kerak shunday voqea yana takrorlansa bizni va odamlarimizni davolaydigan yaxshi shifokorlari bor shifoxona.

-Nega? Davolanish uchun shifoxonamiz bôlishi shart emas pulimiz bor ekan har qanday shifoxonada davolanishimiz mumkin

Jungkook yana oynaga qaradi.- Menga yoqdi.

Jimin ko'zlarini qisib qaradi.- Kasalxonami?

- Ha.

- Yoki...-Jimin labini tishlab, kulgisini zo'rg'a yashirdi.- Kasalxonadagi shifokormi?

Jungkook unga sovuq nigoh tashladi.- Ortiqcha gapirma.

- Men hech narsa demadim.

Jimin telefonini yana qo'liga oldi.Ammo Jungkook hali gapini tugatmagan edi.

-Yana bir narsa.

- Yana nima? Bu safar nima sotib olamiz?

-Hyejin haqida ma'lumot yig'ib ber.

Jiminning qoshlari ko'tarildi.-Qanday ma'lumot?

-Hammasini.-Jungkook barmoqlarini sekin tizzasiga urib turardi.

- Qayerda yashaydi. Oilasi. O'qigan joylari. Ish tajribasi. Kimlar bilan yaqin. Kundalik hayoti.

Jimin bu safar kulmadi.U Jungkookning ovozidagi jiddiylikni sezdi.-Tushundim.

Jungkook bir oz jim qoldi so'ng qo'shib qo'ydi:-Va uni kuzatib yuradigan odam qo'y.

Jimin unga qarab qoldi.- Kuzatish?

- Ha.

-Nima maqsadda?

Jungkookning nigohi qorong'ilashdi.- Portdagi voqeani unutdingmi?

Jimin bir zum o'ylanib qoldi.- Hyejin bilan bog'liq deb o'ylayapsizmi?

- Yóq ,unday ôylamayabman

Jungkook ovozini pasaytirdi.-Shunchaki u meni davoladi, bu uni xavf ostiga qôyishi mumkin

Jimin bosh irg'adi.- Uni qo'riqlash uchunmi?

Jungkook darhol javob bermadi.Tashqarida Seul ko'chalari birin-ketin ortda qolardi.Nihoyat u sokin ovozda dedi:-U bilmasin.

Jiminning labida sekin tabassum paydo bo'ldi.- Albatta,men shunday odam topanki u hech narsani sezmaydi

-Va unga yaqinlashmanglar.

- Tushunarli.

Jungkook yana derazadan tashqariga qaradi.Uzoqda kasalxonaning baland binosi ko'zdan g'oyib bo'layotgan edi.Jimin esa bir necha soniya unga qarab turdi.Keyin o'zini tutolmay, kulimsiradi.- Boshliq...

-Nima?

- Siz uni himoya qilmoqchimisiz yoki sevib qolmoqchimisiz?

Jungkook unga sekin burildi.- Jimin.

- Ha?

- Yana bir og'iz gapirsang, seni ham o'sha kasalxonaga yotqizaman.

Jimin kulib yubordi.

- Tushundim, boshliq. Lekin agar shunday qilsang senda yaxshi bahona bõlardi kasalxonaga kelishga

Jungkook yana oynaga qaraganida, uning yuzidagi sovuq ifoda ostida bitta fikr allaqachon qat'iy qarorga aylangan edi:

Hyejin haqida u bilmagan hech narsa qolmasligi kerak.
Va agar bu shaharda kimdir unga zarar yetkazishni o'ylayotgan bo'lsa Jungkook buni undan oldin bilishi kerak edi.

Taehyung

Katta, hashamatli uyning ichiga tushayotgan tushki quyosh nurlari derazalardan sirg'alib kirib, keng mehmonxona va oshxonani iliq oltin rangga bo'yab turardi. Uy odatdagidek sokin edi. Tashqarida qo'riqchilar navbatchilik qilayotgan bo'lsa-da, ichkarida bu dunyoning shafqatsizligi sezilmasdi.

Oshxonaning katta stolida Taehyung o'tirardi.U oyoqlarini stuldan pastga osiltirib, bolalarcha tebratar, oldidagi likopchada turgan shokoladli pechenyeni mamnuniyat bilan kemirardi. Uning yonida esa rangli qog'ozlar, qaychi, yelim va turli shakllarda kesilgan qog'oz bo'laklari sochilib yotardi.

Taehyung nimanidir juda katta ishtiyoq bilan yasayotgan edi.Birdan eshik ochildi.Ichkariga uning amakisi Chan-ho kirib keldi.Uning yuzida odatdagi vazminlik va kun davomida yig'ilib qolgan charchoq aks etardi. Ammo stol yonidagi jiyanini ko'rishi bilan nigohini yumshatdi.Taehyung uni ko'rishi bilan darhol o'rnidan turdi.

- Amaki! Amaki, qarang, men buni o'zim yasadim!

U qo'lidagi biroz qiyshiq, ayrim joylari notekis kesilgan qog'oz gulini baland ko'tardi.Chan-ho bir necha soniya gulga qarab turdi.Keyin jiddiy qiyofa bilan bosh irg'adi.

- Juda chiroyli, Tae. Sen doim ijodkorsan.

Taehyungning ko'zlari shu zahoti chaqnab ketdi.

-Rostdanmi? Rostdan ham chiroylimi?!

- Albatta.

Chan-ho uning yoniga o'tirdi va qog'oz gulni ehtiyotkorlik bilan qo'liga oldi.Gul mukammal emasdi.Barglari bir-biriga teng emas, yelimning ayrim joylari ham ko'rinib turardi.

- Buni o'zing qildingmi?

Taehyung mag'rurlik bilan bosh irg'adi.-Ha! Hech kim yordam bermadi.

- Unda bu yanada qimmatli ekan.

Chan-ho qo'lini cho'zib, uning boshini silab qóydi- Sen doim meni hayratda qoldirasan, jiyanim.

Taehyung quvonchdan kulib yubordi.- Men keyin yana bittasini yasayman!

-Menga ham yasaysanmi?

-Ha!-U bir zum o'ylanib qoldi.- Lekin bunisi faqat meniki.

Chan-ho kulib yubordi.

-Mayli. Unda men yangisini kutaman.

Taehyung yana joyiga o'tirib, pechenyesini qo'liga oldi.

- Amaki...

- Ha?

- Sizga shokoladli pechenye yoqadimi?

Chan-ho likopchaga qaradi.- Juda yoqadi.

Taehyung darhol eng katta pechenyeni olib, unga uzatdi.-Unda buni oling.

Chan-ho bir lahza jim qoldi.-O'zing yemaysanmi?

Tae boshini chayqadi.- Sizga berdim.

Chan-ho pechenyeni oldi va jiyaniga qarab iliq jilmaydi.-Rahmat, Tae.

Taehyung ham mamnun jilmaydi.U yana pechenyesini yeyishga tushdi, oyoqlarini stul ostida sekin tebratarkan, ko'zlarida beg'ubor quvonch porlardi.

(Davomi bor...)

Enemy of My Heart
Kutayotgan baxting, balki hozir sen inkor qilayotgan hayotingdir…

EPISODE_1

Tun shahar uzra qo'rg'oshinday og'ir cho'kkan edi. Port hududidagi eski omborxona zulmat bag'rida vahimali mahluqdek qad rostlagan, zang bosgan temir devorlari esa tinimsiz yangrayotgan o'q tovushlarini aks-sado qilib qaytarardi. Har bir portlash havoni larzaga solar, metallga tekkan o'qlar uchqunlar sachratib, qorong'ulikni bir lahzaga yoritib yuborardi. Atrofni porox hidi, tutun va nam betonning o'tkir isi qoplagan edi.

Jungkook oldingi safda turardi.Qora jangovar kiyimi tanasiga yopishgan, peshonasidan oqayotgan ter chakkasi bo'ylab sirg'alardi. Qo'lidagi qurol uzoq davom etgan otishmadan qizib ketgan bo'lsa-da, uning barmoqlari tepkidan bir lahza ham uzilmasdi. Nigohi sovuq va o'tkir edi , u har bir harakatni oldindan hisoblab, odamlariga qisqa, ammo qat'iy buyruqlar berardi.

-Chap qanotni bosim ostida ushlang! Hech kim oldinga o'tmasin! - uning buyruqlari o'q ovozlari orasidan ham aniq eshitildi.

Yillar davomida qon, xiyonat va o'lim orasida yashash Jungkookni o'zgartirib yuborgan edi. Bir paytlar oddiy inson bo'lgan yigit endi his-tuyg'ularini chuqur ko'mib tashlagan, faqat omon qolish va g'alaba qozonishni biladigan sovuqqon jangchiga aylangandi. U uchun bunday tunlar odatiy edi. Qo'rquv allaqachon yuragini tark etgan, uning o'rnini sovuq hisob-kitob egallagan edi.

Birdan qarama-qarshi tomondan ketma-ket o'qlar yog'ildi.

- Orqa tarafdan! -deya baqirdi jamoadoshlaridan biri.

Jungkook bir soniya ham ikkilanmadi. U beton ustun ortiga o'zini tashladi. Xuddi o'sha zahoti bir nechta o'q ustunga urilib, beton bo'laklarini havoga sochdi. Mayda parchalardan biri yuzini tirnab o'tdi, biroq u bunga e'tibor ham bermadi.

Nafasini sekin rostlab, qurolni qayta o'qladi.Yuragi ko'kragini kuch bilan urardi, ammo qo'llari titramasdi. Adrenalin tomirlarida alangaday oqayotgan bo'lsa-da, aqli g'oyat tiniq edi. U ustun chetidan ehtiyotkorlik bilan mo'ralab, nishonni ilg'adi va ketma-ket uch marta o'q uzdi. Qarama-qarshi tomondan bir kishi yerga quladi, qolganlari esa yashirinishga majbur bo'lishdi.

- Oldinga! Ularni chekinishga majbur qiling! - Jungkookning ovozi yana jarangladi.

U birinchi bo'lib panadan chiqdi. O'qlar uning atrofida hushtak chalib uchardi, ammo u go'yo bularning barchasiga ko'nikib ketgandek dadil harakatlanardi. Har bir qadami aniq, har bir o'qi mo'ljalga yo'naltirilgan edi.

Bu oddiy to'qnashuv emasdi.Bu port hududi ustidan hukmronlik qilish uchun boshlangan qonli urushning hal qiluvchi kechasi edi. Mag'lub bo'lgan tomon nafaqat hududni, balki obro'sini va kelajagini ham yo'qotardi.

Jungkook

Omborxonadan bir necha blok narida joylashgan tashlandiq binoning tomida qorong'ulik bag'riga singib ketgan bir siluet jim turardi.

Taehyung u go'yo tunning o'ziga aylangandek qimirlamas, faqat qo'lidagi binokl sekin harakatlanardi. Pastda avjiga chiqqan otishma alangasi va miltiq tovushlari uning yuziga onda-sonda yorug'lik tashlar, ammo nigohida zarracha hayajon yo'q edi. Sovuq, vazmin va sabrli.

Binokl ortidan u jang maydonidagi har bir harakatni sinchkovlik bilan kuzatardi. Kim qayerga yugurdi, kim panaga yashirindi, kim buyruq berdi barchasi uning xotirasiga birma-bir muhrlanardi.Shu payt uning nigohi bitta odamda to'xtadi.Qora kiyimdagi yigit.

U o'qlar yomg'iri orasida g'ayrioddiy chaqqonlik bilan harakatlanar, har bir qadami oldindan hisoblangandek aniq edi. Qo'lidagi qurol bir zum ham jimimas, ammo har bir o'qi behuda ketmasdi. U odamlariga buyruq berar, bir vaqtning o'zida jangning borishini ham nazorat qilardi.Taehyungning ko'zlari biroz qisildi.

-Demak... sen ekansanda Jungkook- deya pichirladi u lab chetida sovuq, deyarli bilinmaydigan tabassum paydo bo'ldi.

Bu ismni u ko'p eshitgan edi.Raqib tashkilotning eng yosh, ammo eng xavfli jangchilaridan biri. Hisobotlarda uning ismi doim qizil rang bilan ajratilar, har safar yoniga bir xil izoh yozilardi.

Binoklni sekin chetga qo'yib, u yonidagi qora matoga o'ralgan snayper miltig'ini qo'liga oldi. Sovuq metall kaftiga tanish og'irlik bilan joylashdi. Miltiqni ehtiyotkorlik bilan tayyorlab, nishongohni pastdagi jang maydoniga qaratdi.

Nishon markazida yana Jungkook paydo bo'ldi.
Barmog'i tetikka yengil tegib turardi.Biroq u shoshilmadi.

Taehyung odatdagidek avval kuzatardi. Jungkookning nafas olish ritmi... panadan chiqish vaqti... o'ng tomonga burilish odati... o'q uzgandan keyingi reflekslari...Har bir mayda tafsilot kelajakdagi jang uchun qimmatli ma'lumot edi.

Shamol binoning tomi uzra esib, uning qora sochlarini yengil hilpiratdi.Bir necha soniya sukut hukm surdi.So'ng Taehyung nishonni Jungkookning boshidan bir necha santimetr chetga surdi.

- Hozircha emas- dedi u sokin ovozda.Ko'rsatkich barmog'i tetikni bosdi.

Snayperdan otilgan yagona o'q tungi havoni yirtib o'tdi. O'q Jungkook tomon óchdi.Bu o'ldirish uchun emasdi.Bu ogohlantirish edi.Taehyung miltiqni sekin tushirdi. Nigohi hali ham pastdagi yigitda edi.

- Bu shunchaki birinchi dars, Jungkook- deya pichirladi u. - Keyingi safar qochishga ulgurmasliging mumkin.

Taehyung

Jungkook raqib safini yorib o'tib, omborxona eshigi tomon shiddat bilan yugurardi. Atrofda o'qlar tinimsiz hushtak chalib uchayotgan, portlashlar esa yeru ko'kni larzaga solardi. U eshikgacha yana bir necha qadam qolganini his qilib, tezligini oshirdi.Shu lahzada u yelkasida oģriq his qildi.

Keyingi ondayoq Jungkookning chap yelkasiga o'tkir og'riq sanchildi. Go'yo qizdirilgan temir tanasini teshib o'tgandek, butun vujudi larzaga keldi. Zarbaning kuchidan u muvozanatini yo'qotib, yerga qattiq yiqildi. Quroli qo'lidan sirg'alib bir necha metr nariga uchib ketdi.

- Snayper! Panaga! - deya baqirdi kimdir vahima bilan.

Otishma birdan tartibsiz tus oldi. Jungkookning odamlari darhol beton ustunlar va konteynerlar ortiga yashirinib, qayerdan o'q uzilganini topishga urinardi.

Jungkook tishlarini mahkam qisdi.Og'riq yelkasidan butun tanasiga taralayotgandi. U yarasini changalladi. Issiq qon kafti orasidan sizib chiqib, qora kiyimini ho'llay boshladi.Bir necha soniya davomida u faqat og'riqni his qildi.

So'ng asta-sekin anglab yetdi o'q yuragiga emas,boshiga ham emas,hatto asosiy arteriyani ham shikastlamagan.Bu zarba uni o'ldirish uchun emasdi.Bu ataylab hisoblab otilgan o'q edi.
Jungkook chuqur nafas olib, og'riqni yengishga urinarkan, boshini sekin ko'tardi. Instinkt unga o'q kelgan tomonni izlashni buyurardi.Nigohi qorong'u osmon fonida ko'tarilib turgan eski binoning tomiga qadaldi.

Va u yerda bir lahzaga bo'lsa ham, kimnidir ko'rdi.Qorong'ulik bag'rida harakatsiz turgan baland siluet.

Shamol qora kiyimining etagini yengil hilpiratardi. U qimirlamas, xuddi pastdagi qirg'inni tomosha qilayotgan tomoshabindek sokin turardi.Ammo masofa juda uzoq edi.Jungkook uning yuzini ko'ra olmadi.Ko'zlari qanday rangda ekanini ham.Hatto erkakmi yoki ayolmi, buni ham aniq ajrata olmadi.Faqat bir narsani his qildi.O'sha noma'lum odam istasa, uni ayni damning o'zida o'ldira olardi lekin o'ldirmadi.

"Nega?.."

Bu savol miyasi ichida qayta-qayta jaranglardi.
Jungkook hayoti davomida ko'plab dushmanlar orttirgan edi. Ularning hech biri imkon topib turib, uni tirik qoldirmagan bo'lardi.Demak bu odamning boshqa maqsadi bor edi.

Jungkookning nigohi hanuz tomdan uzilmasdi.Xuddi o'sha payt siluet sekin ortga bir qadam tashladi.Qorong'ulik uni asta-sekin o'z bag'riga yutdi.Bir necha soniyadan so'ng tomda hech kim qolmagandek edi.Faqat tungi shamol va uzoqdan eshitilayotgan o'q tovushlari.
Jungkook esa qonayotgan yelkasini ushlagancha o'sha bo'sh tomga tikilib qoldi.

Jungkook

Jungkook xususiy kasalxonaning alohida palatasida yarim yotgan holda, yostiqqa suyangancha o'tirardi. Oqartirilgan devorlar, antiseptikning o'tkir hidi va tibbiy uskunalarning bir maromdagi ovozi tashqaridagi qonli tun bilan mutlaqo zid edi.

Chap yelkasidagi yara qalin bint bilan bog'langan bo'lsa-da, bintning oq matosi orasidan xira qizil dog' asta-sekin kengayib borardi.

Palata ichida uning eng ishonchli odamlari jim turishardi. Hech kim baland ovozda gapirishga jur'at etmasdi. Ularning nigohida xavotir va g'azab aralashib ketgan edi.Deraza yonida esa Jimin turardi.

Bolalikdan Jungkook bilan birga ulg'aygan, eng yaqin do'sti va eng ishonchli o'ng qo'li.

U qo'llarini ko'ksiga chalishtirgancha bir muddat indamay Jungkookga tikilib turdi. So'ng chuqur xo'rsinib, uning yoniga yaqinlashdi.

- Ahvoling qanday? - dedi u past ovozda.Jungkook nigohini derazadan uzmay javob berdi.

- Tirikman.

-Bu mening savolim emas edi.

Jungkook yelkasidagi og'riqni sezdirmaslik uchun jag'ini mahkam qisdi.

- Ikki haftada yana safga qaytaman.-Jimin boshini chayqadi.

- Sen har doim o'zingni temirdan yasalgan deb o'ylaysan.

Jungkook kulmadi.Uning xayoli butunlay boshqa yerda edi.Ko'z oldidan yana o'sha manzara o'tdi qorong'i tom harakatsiz siluet.Va o'lim olib kelishi kerak bo'lgan, ammo ataylab yelkasiga tekkan yagona o'q.

"Nega meni tirik qoldirdi?.."

Bu savol uning xayolini tinch qo'ymasdi.Agar bu oddiy snayperchi bo'lganida, u ikkinchi imkoniyat bermasdi.Demak, o'sha noma'lum odamning o'z rejasi bor.Ehtimol, bu endigina boshlangan o'yin edi.Palata sukunatini eshikning taqillashi buzdi va eshik sekin ochildi.Ichkariga oq xalat kiygan yosh shifokor qiz kirib keldi.

Oq xalat ostidan to'q ko'k rangli tibbiy forma ko'rinib turardi. Tim qora sochlari silliq qilib orqaga yig'ilgan, faqat bir nechta nozik tolalar yuzining ikki chetiga tushib qolgan edi. Bo'ynidagi stetoskop uning har bir qadamida yengil tebranardi, qo'lidagi planshet va bemor hujjatlari esa uning ishiga qanchalik jiddiy yondashishini ko'rsatardi.Qiz palatadagi qurollangan erkaklarga bir zum ko'z yugurtirdi.Bir soniyaga ham cho'chimadi.

Go'yo bunday manzaralarni har kuni ko'rayotgandek xotirjam edi.U Jungkookning karavoti oldiga kelib to'xtadi va hujjatlarga qisqa nazar tashladi.

-Janob Jungkook- dedi u sokin, ammo qat'iy ohangda.-Men navbatchi shifokorman. Jarohatingizni qayta ko'rib chiqishim va bog'lamni almashtirishim kerak.

Jungkook nihoyat nigohini unga qaratdi.Qizning chehrasi mutlaqo xotirjam edi.Unda qo'rquv ham, hayrat ham yo'q edi.Bu esa Jungkookning e'tiborini tortdi.Palataga kirgan ko'pchilik uning ismini eshitishi bilan asabiylashardi.Ammo bu qiz go'yo uning kimligi umuman ahamiyatga ega emasdek, faqat navbatdagi bemoriga qarayotgandek muomala qilardi.

Jimin

Jungkookning nafasi bir lahzaga ichiga yutilib qoldi.Palatadagi xira oq chiroq shifokor qizning ortidan tushib, uning atrofida mayin yorug'lik halqasini hosil qilgandek tuyulardi.

"Farishta..."

Yo'q.

"Farishta emas..."

"Ma'buda..."

Bu fikr miyasidan chaqmoqdek o'tib ketdi.U ichida o'zini koyidi. Bir necha soat oldin snayper o'qidan omon qolgan yuragi endi esa mutlaqo begona qizni ko'rib, avvalgidan ham tezroq ura boshlagandi.

"Jin ursin..."

U bunday holatni umrida boshdan kechirmagan edi.Palata burchagida turgan yigitlar esa bir-birlariga hayrat bilan qarashdi.Ular Jungkookni yaxshi bilishardi.Uning yuzida qo'rquvni ham, hayratni ham ko'rish deyarli imkonsiz edi.Ammo hozir u shifokor qizga xuddi butun dunyoda undan boshqa hech kim yo'qdek tikilib qolgandi.

Jimin bunga uzoq chiday olmadi.U yaqinlashib, Jungkookning sog'lom yelkasiga yengil urdi.

- Boshliq...

Hech qanday javob bo'lmadi.Jungkook hatto ko'zini ham uzmadi.Shifokor esa odatdagi xotirjamligi bilan karavot yoniga kelib to'xtadi. Hujjatlarga qisqa nazar tashlagach, uning bog'langan yelkasini sinchiklab ko'zdan kechirdi.

So'ng boshini ko'tardi.Ularning nigohlari to'qnashdi.Jungkookning qoramtir, chuqur ko'zlari unga tikilib turardi.Qiz bu qarashni darrov sezdi.Faoliyati davomida u minglab bemorlarni davolagan edi.Kimdir og'riqdan yig'lardi,kimdir injiqlik qilardi,kimdir shifokorlardan qo'rqardi.

Lekin bu butunlay boshqacha edi.Bu yigit qo'rqqani uchun ham, jahli chiqqani uchun ham qaramayotgandi.U shunchaki... unga tikilib qolgandi.Shifokor ichida yengil kulimsiradi, ammo buni yuzida sezdirmadi.

U karavot yonidagi stulni ohista tortib o'tirdi, steril qo'lqoplarini kiyib, tibbiy qaychini qo'liga oldi.

- Janob Jeon-dedi u sokin va muloyim ovozda. -Endi bog'lovni yechaman. Biroz achishishi mumkin.

Jungkook hamon indamadi go'yo uning ovozi qulog'iga emas, yuragiga yetib borgandek edi.Qiz bir lahza kutdi ammo yana javob bo'lmadi.U qoshini yengil ko'tardi.

- Janob Jeon?

Baribir sukut palata ichida turgan yigitlarning lablari qaltiray boshladi.Ular kulgini zo'rg'a bosib turishardi.Shifokor qo'lqop kiyilgan kaftini Jungkookning ko'z oldida sekin silkidi.

- Eshityapsizmi meni?

Jungkook ko'zini pirpiratdi ammo baribir javob bermadi.Xonaga noqulay sukunat cho'kdi.Orqa tomonda turganlardan biri boshini egib, kulgisini yashirish uchun yo'talib qo'ydi.

Yana biri esa labini tishlab, yelkalari titrab ketmasligi uchun o'zini zo'rg'a bosib turardi.Jimin esa peshonasini kafti bilan ishqalab, chuqur xo'rsindi.

- Tamom... -deb pichirladi u. -Bizning sovuqqon boshliq ketdi.

U yana Jungkookning yelkasiga bu safar sal qattiqroq turtdi.

- Boshliq... doktor siz bilan gaplashyapti.

Jungkook xuddi muzdek suv sepilgandek birdan o'ziga keldi.Ko'zlarini bir necha marta pirpiratdi shundagina palatadagi hammaning nigohi o'ziga qadalganini sezdi.Va eng yomoni yuzi qizib ketayotganini his qildi.Bu holat deyarli hech qachon sodir bo'lmasdi.

Seul yerosti olamining eng xavfli tashkilotlaridan biriga boshchilik qiladigan Jungkook qo'rquvni ham, ikkilanishni ham bilmasdi.Ammo mana shu notanish shifokor qiz oldida u o'zini tajribasiz yigitdek his qilayotgandi.Qizning "Janob Jeon..." degan mayin ovozi haligacha quloqlari ostida jaranglab turardi.Go'yo butun miyasi bir lahzaga ishlashdan to'xtagandi.

Qiz qo'lini uning ko'z oldida yengil silkitganida esa, Jungkook beixtiyor yarim qadam ortga tortildi.Xuddi shirinlik o'g'irlayotib qo'lga tushgan bola kabi.Palata bir lahzaga jimib qoldi.

Keyin Jimin mushtini labiga tirab, yo'talgandek bo'ldi.Aslida esa kulgisini zo'rg'a ushlab turardi.Orqa tomonda turgan qo'riqchilardan biri butunlay deraza tomonga burilib oldi. Yelkalari sekin-sekin titrar, u kulmaslik uchun jon-jahdi bilan kurashayotgani yaqqol bilinardi.Yana biri labini tishlagancha boshini egib oldi.Hech kim bunday manzarani ko'rishni kutmagandi.Jungkook esa bularning barchasini sezib turardi.

"Jin ursin..."

Ichida o'zini ming marta koyidi.Qizning labidagi mayin tabassum esa vaziyatni yanada og'irlashtirdi.Yuragi yana tez ura boshladi.U chuqur nafas olib, tomog'ini qirib qo'ydi.O'zini qo'lga olishi kerak edi uoddiy bemor emas, U Jeon Jungkook.Yuzlab odamlar undan qo'rqardi.Birgina qarashi bilan odamlarning ovozi titrardi.

Shunday ekan, bitta shifokor qiz oldida nega o'zini bunchalik yo'qotayotganini o'zi ham tushunmasdi.U nihoyat gapirishga jur'at topdi.

- ...Ha.

Faqat bitta so'z,qisqa,sovuqqon lekin kutilganidek qat'iy chiqmadi.Ovozidagi ózgarishni Jimin darrov ilg'adi.U boshini quyi egib, kulgidan yana yo'talib yubordi.Qiz esa hech narsa bo'lmagandek xotirjam bosh irg'adi.

-Juda yaxshi-dedi u muloyim ohangda. -Demak, siz meni eshitayotgan ekansiz.

Jungkook indamay bosh irg'adi.

-Endi iltimos, ko'ylagingizni yelkangizdan biroz tushiring. Yarani tekshirishim kerak.

Bu gapni eshitishi bilan palatada yana sukunat cho'kdi.Jimin sekin ko'zlarini yumdi.

"Bugun boshliqning kuni emas..." deb o'yladi ichida.

Jungkook esa bir necha soniya qizga tikilib turdi, keyin noqulay xo'rsinib, ko'ylagining yoqasini asta yelkasidan tushirdi.Shifokor uning yarasiga yaqinlashib, ehtiyotkorlik bilan eski bog'lamni yecha boshladi.Uning qo'llari nihoyatda yengil va ehtiyotkor edi.Jungkook esa og'riqni emas yelkasiga tekkan nozik barmoqlarning iliqligini ko'proq his qilayotgandi.Bu esa uni o'q yarasidan ham ko'proq bezovta qilardi.

Hyejin steril qo'lqoplarini barmoqlariga mahkamroq o'tqazdi-da, Jungkookning yelkasidagi bog'lovni ehtiyotkorlik bilan yecha boshladi.

Har bir harakati aniq va ishonchli edi go'yo qo'llari nima qilishni o'zidan ham yaxshi bilgandek.

Jungkook esa karavot chetini mahkam ushladi.Bint yaraga yopishib qolgan joydan ajralganida o'tkir og'riq yelkasini kuydirdi. Jag' muskullari taranglashdi, ammo u bir marta ham ingramadi.

Hyejin yarani diqqat bilan ko'zdan kechirdi.Bir necha soniya sukut saqladi.So'ng xotirjam ohangda gap boshladi.

-Omadingiz bor ekan, janob Jeon.

U steril paxta bilan yara atrofidagi qonni artarkan, davom etdi:- O'q suyakka tegmagan. Yumshoq to'qimalarni teshib o'tgan, xolos. Chuqur jarohat, lekin hayot uchun xavfli emas. Tavsiyalarga amal qilsangiz, bir necha haftada ancha tiklanasiz.

Jungkookning nigohi esa hamon undan uzilmasdi.

- Bu omad emas.

Hyejin boshini ko'tardi.

- Unda nima?

Jungkook bir lahza jim qoldi.Ko'z oldiga yana o'sha
harakatsiz siluet paydo bôldi.

-Meni ataylab tirik qoldirishdi.

Hyejin qo'lidagi paxtani bir lahza to'xtatdi nigohlari to'qnashdi.

- Nimani nazarda tutyapsiz?

Jungkook darhol o'zini qo'lga oldi.Bu ayol shifokor edi.Uni bu ishlarning ichiga tortishga haqqi yo'q.

- Hech narsa.

U boshini yengil chayqadi.

-Shunchaki xayolimdan o'tdi.

Hyejin unga bir necha soniya sinovchan nigoh bilan qarab turdi.Go'yo uning yolg'on gapirayotganini sezgandek.Ammo ortiq savol bermadi faqat yelkasini qisib, ishini davom ettirdi.

- Sizga o'xshagan odamlar ko'p o'ylaydi, shekilli.

Jungkookning lab chetida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo'ldi.

- "Menga o'xshagan odamlar?"

Hyejin yangi steril bog'lovni ocharkan, mutlaqo xotirjam javob berdi.

-Kechasi otishmada yarador bo'lib, hech kimga tushuntirmasdan kasalxonaga kirib kelganlarni- dedi Hyejin yangi bog'lov tayyorlar ekan, ovozida yengil piching bor edi. — Bu shaharda sizga o'xshaganlar ko'p, Jeon janob. Har hafta kamida ikkitasini ko'raman.

Palata ichida turgan yigitlar bir-birlariga qarab qo'yishdi.Jungkook yengil kuldi.

-Demak, men õzgacha emas ekanman.

- Kasbiy nuqtai nazardan qaraganda, yo'q.

Jungkook boshini biroz egdi.Ko'zlari esa yana Hyejinning yuziga qadaldi.

- Lekin...-Jungkookning ovozi pastroq chiqdi.

- Ularning hech biri sizga menchalik yoqmagan bo'lsa kerak.

Palata ichidagi havo go'yo bir lahzaga qotib qoldi.Jimin asta ko'zlarini yumdi.

"Boshliq... rostdan ham shunday dedingizmi?"

Qo'riqchilardan biri labini tishlab, kulib yubormaslik uchun boshini burdi.Gyuri esa harakatini to'xtatdi.U sekin boshini ko'tarib, Jungkookga tikildi.Ko'zlarida hayratning juda nozik izi paydo bo'ldi.Bir necha soniya davomida hech kim gapirmadi.So'ng uning lablarida odobli, ammo vazmin tabassum paydo bo'ldi.

-Men bemorlarim haqida shaxsiy fikr bildirmayman.

U bog'lovni mahkamlar ekan, davom etdi:- Bu shifokorlik kasbining odob qoidalariga kirmaydi.

Jungkookning tabassumi kengaydi.

- Demak, fikringiz bor.

Hyejinning qoshini ko'tardi.

-Faqat aytmayapsiz doktor xonim.

Hyejin indamadi.Faqat oxirgi bintni mahkamlab, bog'lovni tekshirdi.Hammasi joyida ekaniga ishonch hosil qilgach, qo'lqoplarini yechib axlat qutisiga tashladi va o'rnidan turdi.

-Tayyor.

U planshetiga bir necha qayd yozdi.

- Ikki haftadan keyin nazorat ko'rigiga kelasiz. Ungacha og'ir yuk ko'tarmang. Yarani nam qilmang, dori-darmonlarni vaqtida iching va agar isitma yoki kuchli qon ketishi boshlansa, darhol shifoxonaga murojaat qiling.

Jungkook uning gaplarini eshitayotgandek edi.Ammo aslida u yana bir narsani o'ylayotgandi.

"Ikki hafta..."

Demak, uni yana ko'rish uchun rasmiy sabab bor edi.

Hyejin planshetini qo'liga oldi, yozib bo'lgan qaydlarini yana bir bor ko'zdan kechirdi va hujjatlarni tartib bilan yig'ishtirdi.

-Unda men ketaman- dedi u odatdagidek xotirjam ohangda. - Dam oling. Bu sizning tiklanishingiz uchun eng muhim dori.

U eshik tomon bir necha qadam tashladi.

-Doktor.

Jungkookning ovozi uni to'xtatdi.Hyejin eshik tutqichiga qo'l uzatgancha ortiga o'girildi.

-Ha?

Jungkook bir necha soniya jim turdi.O'zi ham nega bunday savol bermoqchi bo'lganini tushunmayotgandi.Lekin javobni bilishni istardi.

- Ismingiz nima?

Hyejin qoshini yengil ko'tardi.

- Bu siz uchun shunchalik muhimmi?

Jungkook uning ko'zlariga tikildi.Bu safar nigohi hazilsiz edi.

-Men uchun... ha.

Palatadagi yigitlar yana bir-birlariga qarab qo'yishdi.
Jimin esa jilmaydi va ichida óyladi."Endi bu ish jiddiylashdi."

Hyejin bir lahza ikkilanib turdi.So'ng mayin tabassum bilan javob berdi.

-Hyejin

Jungkook ismni ichida bir necha marta takrorlagandek sekin bosh irg'adi.

-Hyejin

Go'yo bu ismni unutib qo'yishdan qo'rqayotgandek, uni yana bir bor aytdi.

— Rahmat... doktor Hyejin.

Hyejin odob bilan bosh irg'adi.

-Marhamat, janob Jeon.

Shundan so'ng u eshikni ochdi.Palatadan chiqib ketarkan, oq xalatining etagi yengil hilpiradi.Eshik sekin yopildi.Xonaga sukunat cho'kdi oradan uch soniya o'tdi.Keyin Jimin chuqur xo'rsinib, qo'llarini cho'ntagiga tiqqancha Jungkookning yoniga keldi.Lablaridagi kinoyali tabassumni yashirishga ham urinmadi.

- Nima? - dedi Jungkook beparvo ohangda.Jimin boshini chayqadi.

- Hech narsa.

- Unda nega menga bunaqa qarayapsan?

-Shunchaki... seni kuzatyapman.

Jungkook qoshini chimirdi.

- Tushunarliroq gapir.

Jimin kulib yubordi.

- Men seni yigirma yildan beri bilaman.

U barmog'i bilan Jungkookni ko'rsatdi.

- Sen pichoq yeganingda ham qoshingni qimirlatmagansan. O'q yeganingda ham "hammasi joyida" deb yurgansan. Hatto raqib to'da boshlig'i bilan yuzma-yuz turganingda ham yuraging tez urmagan.

U bir lahza ataylab jim qoldi.Keyin kulimsirab davom etdi

- Ammo bitta shifokor qiz kirib kelishi bilan seni tanimay qoldim.

Palatadagi qo'riqchilar endi kulgilarini yashirmadilar.Kimdir kulib yubordi, yana biri esa boshini egib kulgisini bosishga urindi.Jungkook ularga sovuq nigoh tashladi.

- Juda kulgilimi?

Hech kim javob bermadi ammo kulgi to'xtamadi.Jimin esa yelkasini qisdi.

-Boshliq...

-Nima?

- Ismini ikki marta takrorlading.

Jungkook indamadi.

-Rahmat ham aytding. Va eng yomoni...

Jimin labini tishlab kulgisini bosdi.

-Sen qizarding.

Palata ichida birdan kulgi ko'tarildi.Jungkook chuqur xo'rsinib, yostiqqa boshini tiradi.

- Hammangizni ishdan bo'shataman.

-Albatta- dedi Jimin kulgancha.- Lekin avval ikki haftadan keyingi nazorat ko'rigiga borishni unutmang.

Jungkook unga o'tkir nigoh tashladi.

-Jim bo'l.

-Men hech narsa demadim-ku.

Jimin aybsiz qiyofada qo'llarini ko'tardi.Ammo Jungkook uni allaqachon tushunib ulgurgandi.U yana eshik tomonga qaradi.Hyejin chiqib ketganiga bir necha daqiqa bo'lgan edi.

Shunga qaramay, uning mayin ovozi va kulimsiragan chehrasi hanuz Jungkookning xayolidan ketmayotgandi.

(Davomi bor...)

• Where Fate Brings •
Kimnidir yo‘qotmoq istasang, uni qattiq, judayam qattiq sev....

EPISODE_22
#Gyuri

Xona ichida chamadonlar ochiq, kiyimlar yig‘ilgan, Bona yordam berar, Yerim esa jim holda narsalarini joylardi. Havoda og‘ir sukunat osilib turgandek edi.Shu payt eshik asta ochildi. Taehyung qadam tovushlari bilan kirib keldi. U xonaga nazar tashlab, chamadonlarni ko‘rib yuragi qisilib ketdi, ammo yuzida beparvolik niqobi bor edi.Bona darrov qarshi chiqdi

- Nega yana keldingiz? Opamni qiynab, endi ketayotganida yuzingizni ko‘rsatishga ham uyalmas ekansiz!

Taehyung unga qarashdan qochdi, nazarini faqat Yerimga qaratdi. - Faqat ketayotganingni ko‘rmoqchi edim.

Yerimning qo‘llari titradi, chamadonni yoparkan ko‘zlari namlandi. -Demak, meni qolishga undashni xohlamaysanmi? Bir marta bo‘lsa ham

Taehyungning ko‘ngli qattiq ezildi, ammo yuzida hech narsa bilinmadi.- Yo‘q. Qolishingni ham, ketishing ham men uchun qiziq emas. Haqiqatni bilgan bõlsang kerak Yerim men seni shunchaki õyinchoq qildim garovda yutish uchun seni sevib qolgan yigit rolini õynadim endi esa bu rolim õz nihoyasiga yetdi.

- Lekin men bunga ishona olmayabman Taehyung, bu hammasi garov uchun õynalgan rol ekanligiga ishonmayman ...menga aytilgan sõzlar juda samimiy edi, menga boqan kõzlaringda chin sevgini kôrganman,men uchun qilgan harakatlaring hammasi chin dildan qilingan edi.

Taehyung achiq kuladi - Qizaloq juda ishonuvchansan, sen necha marotaba sevgi munosabatlarida bõlgansan? Haqiqiy sevgini qayerda bilasan?

- Taehyung ammo men seni sevgingni his qilganman.

-Yerim men qizlarni juda yaxshi ishontira olaman, uchrashgan qizlarim ichida senga õxshagan sodda qizlar juda kõp men ularni ishontirish uchun nima qilishni va nima deyishni juda yaxshi ôrganganman.

Bona g‘azab bilan unga yaqinlashdi- Siz qanchalik yuraksiz odam ekansiz! Opam sizni chin dildan sevdi sizga ishondi! Siz esa…

Yerim singlisini qo‘li bilan to‘xtatdi. Ko‘zlari yoshga to‘lgandi, ammo jilmayishga urindi.

- Bona, qo‘y. Uning tanlovi shu bo‘lsa, men hurmat qilaman.

Shunday deb chamadonini qo‘lga oldi. Eshik oldida bir zum to‘xtadi, so‘ng Taehyungga qaradi. Ovozi qaltirab chiqdi- Xayr, Taehyung. Bu oxirgi marta uchrashishimiz boshqa sen bilan tõqnashmaymiz.

Shu so‘z bilan u eshikni ochib chiqib ketdi. Bona ham ortidan chiqib ketarkan, oxirgi marta g‘azab bilan Taehyungga qaradi.

Xona jim qoldi,eshik yopilishi bilan Taehyungning oyoqlari quvvatsiz bo‘lib, u polga cho‘kdi. Qo‘llarini yuziga bosib, titrab yig‘ladi.

-Kechir meni, Yerim- deya pichirladi. -Seni o‘zimdan itarib yuborishga majbur edim… Seni sevaman, lekin sevgimizni saqlab qola olmadim.

Taehyung

Aeroportning shovqin-suroni ichida ham Yerimning ko‘ngli bo‘sh, ko‘zlari esa shishib, qizarib ketgandi. U chamadonni qo‘liga olarkan, Jungkookning yonida to‘xtadi. Unga jilmayishga urindi, ammo jilmayish ko‘z yoshlari ortida yo‘qolib ketdi.Jungkook yumshoq ovozda gapirdi, qo‘lida hujjatlar.

- Mana, Yerim. Bilet va pasportlaring. Bu kartada pul bor, hammasi sening nomingda. Amerikada odamlarim seni kutib oladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jimin yoniga olib borishadi. Uyingiz ham tayyor, xavotir olma.

Yerim jim bo‘lib karta va hujjatlarni qo‘liga oldi, yelkalari titradi. Ovozida minnatdorchilik va alam qorishib ketgandi.

- Rahmat Jungkook. Hammasi uchun.

U ketishga burildi. Jungkook unga qarab- O‘zingni ehtiyot qil, Yerim. Ishon, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi.

Yerim unga yana qarashga ham kuch topolmay, Bona bilan birga registratsiya tomon yurib ketdi.

Shunda Jungkookning nigohi Bonaga tushdi. Qiz unga qaramasdi ham, yuzida sovuq ifoda bor edi. U yonidan o‘tib ketayotganida, Jungkook uning qo‘lidan ohista ushlab qoldi.

-Men bilan xayrlashmay keta olmaysan Bona- dedi u sokin, ammo qat’iy ovozda.

Bona asta to‘xtadi. Nigohini undan olib qochdi, lekin qo‘lini ham tortib olmadi. Bir zumlik sukunatdan so‘ng, past ovozda gapirdi- Men bilan gaplashishga haqqing yo‘q. Opamni bu ahvolga solganlardan birisan.

Jungkookning ko‘zlari og‘ir alam bilan to‘ldi, u qizning qo‘lini sekin qo‘yib yubordi.

- Bilaman-dedi u achchiq jilmayib. - Lekin ishon men bunday bõlishini xohlamagandim men afsusdaman qani endi hammasini tõğirlay olsam.

Bona unga ortiq qarab o‘tirmadi. Chamadonini tortib, opasining ortidan yurib ketdi.

Jungkook esa joyidan qimirlamay, ularni uzoqlashib ketishini kuzatdi. - Hech bo‘lmaganda, sizlarni himoya qila olishim kerak edi. Agar yana uchrashsak Bona men seni qõyib yubormayman, hatto meni sevmasdan boshqa odamni sevsang ham seni õzim bilan olib qolish uchun hamma narsani qilaman shuning uchun boshqa yõlimdan chiqmaganing ma'qul.

Jungkook

Jungkook og‘ir qadamlar bilan xonaga kirib keldi. U eshikni yoparkan, ko‘zlari darrov divanda o‘tirgan Taehyungga tushdi. Yonida bo‘sh shishalar, qo‘lida esa hali tugallanmagan stakan. Ko‘zlari shishib, qizarib ketgan, yuzida esa azobli ifoda.

Hoseok unga qarab o‘tirar, nima deyishni bilmay, faqat sukut saqlardi. Taehyung esa Jungkookni ko‘rib, charchagan ohangda gapirdi.

-Ketishdimi?

Jungkook boshini sekin qimirlatdi.- Ha ular hozir yo‘lda. Samolyot uchib ketdi.

Taehyungning qo‘lidagi stakan biroz qaltiradi. U bir yutumda ichimlikni oxirigacha ichib yubordi va chuqur nafas oldi.

- Demak, endi yo‘q- dedi u past ovozda, go‘yo o‘ziga gapirgandek. - Endi ular men uchun yo‘q.

Hoseok qo‘llarini birlashtirib, do‘stiga qaradi-Taehyung, o‘zingni bunday qiynama. Sen hammasini shunday bo‘lishini xohlaganingni o‘zing aytgandingku. Bu sen tuzgan reja edi, biz hammamiz Yerim va Bonani himoya qilish uchun harakat qildik.

Taehyung achchiq kulib yubordi.-Ha, shunday xohlardim… lekin yuragim xohlamadi. Yerimni yo‘qotishni xohlamadim. Hammasiga usha yaramas Park aybdor men hali uni bu qilmishi uchun Yerimni ota-onasiga qilgan ishini õziga qaytaraman.

U stakanni stol ustiga qo‘yib, qo‘llarini sochlariga tiqdi.

Jungkook ham yoniga borib, divanga o‘tirdi. U uzoq sukutdan keyin asta gap qildi-Men uni kuzatdim, Taehyung. Yerimning ko‘zlari qizarib ketgan, lekin baribir sening ismingni ichida olib yurayotgani bilinib turardi. Yerim seni unuta olmaydi chunki u seni sevadi.

Taehyungning lablari qaltiradi, ko‘zlari yana yoshga to‘ldi. U boshini egib, pichirladi.-Men uni himoya qilish uchun itarib yubordim… ammo endi kim meni himoya qiladi?

Hoseok

Taehyungning bu so‘nggi so‘zlari havoda og‘ir ohangday muallaq qoldi. Xonada sukut cho‘kdi. Faqat soatning sekin urishi va tashqarida shamol shitirlashi eshitilardi.

Hoseok bir muddat jim qarab turdi, do‘stining titrayotgan yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

- Taehyung-dedi u sokin, ammo ishonch bilan. - Hali kech emas. Hali hammasini to‘g‘rilash mumkin. Agar sen haqiqatan ham Yerimni sevgan bo‘lsang, bir kun kelib uni qaytarib olasan.

Taehyung kulimsiradi, ammo bu kulgi og‘riqli edi.

- Kech emas deysanmi? U ketdi, Hoseok. Men o‘zim uni qo‘limdan uchirib yubordim. Endi esa u mendan yiroqda.

Jungkook ko‘zlarini yumdi- Balki hozir emas, lekin vaqt keladi. U seni unutmaydi, Taehyung. Men buni ko‘rdim. Yerimning nigohi hammasini aytib turardi. U seni nafrat bilan emas, muhabbat bilan tark etdi.Xohlasang hoziroq uni ortidan bor qayerga ketishganini bilishni xohlaysanmi?

- Yõq men bilishni xohlamayman, iltimos buni menga hech qachon aytma, u qayerga ketganini bilsam shu zahotiyoq uni ortidan borishim mumkin, men bilmaganim yaxshi. Endi shunchaki hamma narsani õz holicha qabul qilaman kõramiz taqdir bizni qayerga olib borar ekan?

Hoseok og‘ir xo‘rsindi, Taehyungni quchoqlab, unga suyanchiq bo‘ldi.

-Biz sen bilanmiz, do‘stim. Sen yolg‘iz emassan.

Taehyung esa shunchaki sukut qildi. Ichidagi bo‘shliqni na ichimlik, na tasalli to‘ldira olmasdi.

<tt-tags id="UQ2A">
<tt-tag name="Flashback_tamom">#Flashback_tamom</tt-tag>
</tt-tags>

Yerim

-Ikkimiz õrtamizda bõlgan voqealarni Jimingga aytib beribsan. Ikkingiz mendan qasos oldingizda õzingizcha... ammo men bir narsani tushunmadim, Yerim sen qachondan bunchalik yovuzga aylanding?

Taehyungning so‘zlari go‘yo qalbimni qayta-qayta sindirib yuborardi. Har bir so‘zi, oramizda uzoqlik yaratib, buni sezishga imkon berardi.

Yerim chuqur nafas oldi. Ko‘zlari yonib ketayotgandek, lablari titrardi. U bir necha soniya sukut saqladi, so‘ng sekin, lekin aniq gapirdi.

- Yovuz?.. Men yovuz emasman, Taehyung. Yovuz - kimnidir o‘ynatib, yuragini sindirib garovda ğolib bõladigan odam haqiqiy yovuz.

Taehyung qattiq yutindi. Ko‘zlaridagi o‘t o‘chayotgandek bo‘lsa ham, baribir biror narsa aytmoqchi bo‘lgandek og‘iz ochdi. Lekin Yerim uni gapirtirmadi

- Uch yil davomida sening bir og‘iz so‘zingni kutdim. Biror izohni, biror tushuntirishni. Lekin sen sukut saqlading. Sen meni unutding, Taehyung. Shuni bilasanmi? - Yerimning ovozi asta titradi. -Endi esa kelib, meni yovuzlikda ayblaysanmi?

Taehyungning ko‘zlari qizarib ketdi. U bir qadam oldinga yurdi, ammo yana to‘xtadi. Ovozi past, ammo dardli chiqdi

-Men seni hech qachon unutmadim, Yerim. Har kuni seni o‘yladim. Har kuni o‘zimni yeb qo‘ydim. Lekin men seni yonimda qolsang ham, azob chekishingni xohlamadim.

- Azob?- Yerim kulimsirab, boshini chayqadi. - Men azobni seni yo‘qligingda tatib ko‘rdim Taehyung. U azobdan ko‘ra, yoningda bo‘lib senga suyanganimda eng og‘ir sinovlarni ham yengib o‘tardim. Sen esa meni tanlamading.

Taehyung chuqur xo‘rsindi, qo‘llari yonida musht bo‘lib tugildi. Ko‘zlarini yumib, past ovozda dedi.

-Balki men eng katta xatoni qilgandirman ammo sen va Jimin kabi bir oilani buzmadim.

Yerim unga uzoq qarab qoldi. Ko‘zlarida yosh qalqib chiqdi, ammo lablaridan chiqayotgan so‘zlari keskin edi.

- Bu qilgan xatollaring uchun jazodir senga.

Sukunat - atrofda hech kim yo‘qday, faqat yuraklarining og‘ir urishi eshitilayotgandek.

Taehyungning ko‘zlari yana Yerimga ilindi. U sekin ovozda so‘radi

- Xatoyimni tõģirlash uchun, endi biz uchun hech qanday yo‘l qolmadimi?

Yerim asta ko‘z yoshini artdi, chuqur nafas olib, qattiq ohangda javob berdi

- Yo‘q Taehyung. Biz uchun yo‘l allaqachon yopilgan. Sen qilgan xatoni esa hech qachon unutmayman.

Yerim Taehyungga biroz tikilib turdi keyin esa binodan chiqish uchun yõlak bõylab yurib ketdi.

Jimin

Yerimning qadam tovushlari baland eshitilardi u shoshilmasdan, ammo og‘ir yurardi. Mashinaga yetib kelib, kalitini olib mashinani ochayotgan paytda ortidan Jiminning tovushi eshitildi

-Suhbatni tugatdingizmi? Nimalarni gaplashdingiz? - ovozida ham qiziqish, ham yashirin g‘azab sezilardi.

Yerim bir zum to‘xtadi, ammo orqasiga qaramadi. Sovuq ohangda dedi.- Men senga hisob berishga majbur emasman Jimin.

Jimin uning yoniga bir-ikki qadam tashlab yaqinlashdi- Yerim men faqat seni himoya qilmoqchiman.

Yerim asta orqasiga qaradi. Ko‘zlari qattiq, yuzida hech qanday yumshoqlik yo‘q edi.

-Himoya qilmoqchisan? Sen qilgan ishing himoya bo‘ldimi? Sen ham meni o‘zingcha o‘yin qilganingda, sen ham meni shaxmat piyodasidek ko‘rganing uchin himoya qildingmi? - so‘zlari pichoqdek keskin edi. - Kerak emas ortiq meni himoya qilishga urinmanglar.Sen bilan ortiq gaplashishni xohlamayman.

U mashinasiga o‘tirib, eshikni qattiq yopdi.Jimin esa joyida qotib qoldi. Yuragi g‘azab va afsusdan o‘rtanardi. Mashina asta harakatlana boshlaganda, u past ovozda, ammo achchiq bilan dedi-Qachonlardir tushunasan Yerim,sen aslida meni tanlashing kerak edi.

Mashinani uzoqlashib ketayotganini kuzatarkan, Jiminning qo‘llari yonida musht bo‘lib tugildi. Ko‘zlari qorong‘ilashib, ichidan yana shivirladi.

-Men seni Taehyungga boy berib qo‘ymayman hech qachon.

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic

• Where Fate Brings •
Hozir boshqalardan ajralib turish uchun faqatgina mehribon va muhabbatga to'la bo'lishning o'zi yetarlidir...

EPISODE_21
#Gyuri

Oyning oxiri yaqinlashgan sayin, Taehyungning ko‘zlari Yerimga kamroq, ammo qalbi kõproq qaray boshladi. Ilgari har bir uchrashuvlari kulgi, mayin suhbat va qo‘l ushlash bilan o‘tsa, endi u ko‘pincha jim qolardi. Gapirsa ham, so‘zlari qisqa, ohangi sovuq edi.

Yerim dastlab bu holatni charchoq yoki ishlar bilan band bo‘lishiga yo‘ydi. Ammo kunlar o‘tgan sayin, Taehyungning qo‘li avvalgidek uning qo‘lini izlamasligini, ko‘zlarida avvalgidek porlash yo‘qligini his eta boshladi.

-Taehyung- dedi Yerim bir kuni, qo‘lini uning bilagiga qo‘yib,- nimadir bo‘layaptimi?

Taehyung esa ko‘zlarini boshqa tomonga burdi.
- Yo‘q, hammasi joyida.

Ammo yuragida bo‘g‘ilib qolgan so‘zlar bor edi “Men seni yo‘qotaman, Yerim.Shuning uchun seni mendan uzoqlashtiryapman. Agar sovutsam, sen kamroq og‘riysan, kamroq azob chekasaan.

Shunday bo‘lsa-da, bu yolg‘on unga ham tinchlik bermasdi. Har safar Yerim jilmayganida ichida bir narsa sinar, har safar u gapirmoqchi bo‘lganda bo‘g‘ziga g‘am to‘planardi.

Yerim esa qanchalik sovuqlik sezsa ham, hali ham umid bilan unga yaqinlashar, sovuq devorlarni buzishga urinardi. Taehyung esa shu devorlarni yanada balandroq qilib, o‘rtadagi masofani kattalashtirardi.

Taehyung

Kutubxona eshigi ochilib, issiq xona havosidan tashqarining mayin, biroq sovuq shabadasi yuzlariga urildi. Yonsem qo‘lidagi kitobini qattiqroq ushlab, Yerim bilan kulib gaplashar edi.

-Yaqinda o‘qigan romanim juda ajoyib bo‘ldi, Yerim. Qahramonlar orasidagi qarama-qarshilik, ayniqsa, oxirgi bob yakuni menga juda yoqdi-dedi Yonsem hayajon bilan.

- Ehtimol, men ham o‘qiyman. Balki sen aytgancha, meni ham bu asar o‘ziga tortar - Yerim jilmaydi.

Ikkovi sekin yurib borar ekan, Yerim ko‘zi narigi tomondan shoshilinch yurib kelayotgan Taehyungga tushdi. Ularning nigohlari bir zum uchrashdi lekin Taehyung hech narsa bo‘lmagandek, ko‘zlarini olib qochdi va darvoza tomonga burildi.
Yerimning yuragi shuv etdi, Yonsemga qaradi- Keyinroq gaplashamiz, xo‘pmi? - dedi shoshilinch ohangda va yugurib ketdi.

-Taehyung! To‘xta! -bir marta, ikki marta, uch marta takrorladi, ammo u hech to‘xtamadi. Nihoyat, oxirgi marta umidga to‘la ovoz bilan chaqirdi-Taehyung iltimos tõxta men ham sen bilan ketaman!

Bu safar u to‘xtadi. Orqasiga sekin burilib qaradi. Nigohlarida sovuqlik, ammo ichida o‘rtanayotgan his-tuyg‘ularni yashirishga urinayotgan bir odamning iztirobi bor edi.

-Yerim, men ketishim kerak. Otam hoziroq uyga borishim kerakligini takidladi. Uyga o‘zing qaytarsan, xo‘pmi? -dedi sovuq ohangda.

Yerimning yuzida xafagarchilik soyasi paydo bo‘ldi, lekin u o‘zini tushunuvchan tutdi. Yengil jilmayib, uning qo‘lidan tutdi.

- Xavotir olma, o‘zim uyga ketaman. Uyga borgach, senga xabar ham berib qo‘yaman.

Taehyungning yuragi siqildi. Bu qizning shu qadar mehribon va tushunuvchanligi uni yanada qiynardi. Ammo u bildirmaslikka intildi. Qattiq ichki kurashdan so‘ng, Yerimning qo‘lidan õz qõlini sekin chiqarib oldi.

Yerim buni ko‘rib, go‘yo tegmasligi kerak bo‘lgan narsaga teggandek seskandi. Nigohi bir lahza pasaydi, qo‘lini sekin orqasiga yashirdi.

Taehyung bu noqulaylikni sezdi. Qo‘llarini musht qildi, ammo yuzida beparvolik niqobini saqladi. Uning ko‘zlari Yerimning boshqa qo‘lidagi kitobga tushdi.

- Yana yangi kitoblar o‘qiyapsanmi? -dedi beparvo ohangda.

Ha, yangi kitob o‘qiyapman-Yerim ovozi sokin, ammo yumshoqlik bilan javob berdi.

Taehyung yengilgina kulib qo‘ydi-Juda ko‘p vaqtingni bekorga sarflaysan-da, qizaloq.

-Bu bekorga vaqt sarflash emas, Taehyung- dedi Yerim, ovozida biroz o‘ksinish bilan. - Kitoblar meni boshqa dunyoga olib ketadi, odamlarning his-tuyg‘ularini his qilishga o‘rgatadi. Yaxshilikni ham, yomonlikni ham ko‘rsatadi. O‘qiganing sari hayotingga chuqurroq qaraysan. Kitob seni o‘stiradi, Taehyung

- Yaxshi, yaxshi, tushundim. O‘qituvchiga o‘xshab ko‘p gapirma, Yerim-dedi Taehyung beparvo ohangda.

Bu so‘zlar Yerimni yana xafa qildi. U nigohini yerga qadadi. Bir oz sukutdan so‘ng, asta so‘radi.

- Taehyung agar sen bilan mening muhabbatimiz haqida hikoya yozishsa, unga qanday nom qo‘ygan bo‘larding?

Taehyung ichida eng chiroyli nomlar g‘ujg‘on o‘ynadi, ammo Yerimni o‘zidan sovutish uchun tilidan boshqa so‘z chiqdi. U mazah ohangida gapirdi- Bilmayman. Balki “Mendan mukammal bõlishni kutma qizaloq” yoki “Bir qizning xayoli” derdim.

Yerimning nigohi o‘zgarib ketdi. Taehyung buni sezdi - Senchi? Sen bu hikoyaga qanday nom qõygan bõlarding?- dedi Taehyung qiziqib.

- Men...Men bo‘lsam albatta “Sen va men” deb qo‘yardim. Chunki men uchun hikoyamizning markazida ikkimizdan boshqa hech kim yo‘q.

Taehyung bu so‘zlardan ta’sirlandi, yuragiga issiqlik yugurdi. Ammo bu tuyg‘uni bo‘g‘ib, yana mazah qildi.

-Sening hayotingda mendan boshqa odam yo‘q Yerim. O‘zi men bo‘lmaganimda seni kim ham sevardi? Ammo mening hayotimda ko‘p qizlar bo‘lgan bilasan-ku. O‘tmishimda ham shunday edi.

Bu so‘zlar Yerimning yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi. Nigohlari titradi, lablari qimirlagandek bo‘ldi, ammo hech narsa demadi. Go‘yo bir lahzada ichidagi ishonchning bir bo‘lagi uzilib tushdi.

Taehyung esa ortiga qaramay, katta azob bilan yurib ketdi. Har qadamida ichidagi bir ovoz uni to‘xtashga chaqirardi, lekin u o‘sha ovozni bo‘g‘ib tashladi. Yuragi ezilar, ammo yuzidagi niqob o‘zgarmasdi. Yerim esa ortida turib, qimirlamasdan yolg‘iz qoldi.

Yerim

Taehyung eshikni ochib uyga kirganida, mehmonxona tomondan yumshoq, biroq jiddiy suhbat ohangi eshitildi. Otasi divanda o‘tirgan, yonida yoshi elliklar atrofida, o‘ziga ishonchi baland, yaxshi kiyingan bir erkak bor edi. Uning yuzida muloyim, ammo salobatli tabassum sezilardi.Otasi o‘g‘lini ko‘rib, darrov o‘rnidan turdi.

-Mana mening o‘g‘lim, Kim Taehyung. Tanishib oling, janob- dedi u, o‘g‘lining yelkasiga mehr bilan qo‘lini qo‘yarkan. Ovozi g‘ururga to‘la edi.

Erkak ham o‘rnidan turib, Taehyungga bir zum e’tibor bilan qaradi va jilmaydi.

- O‘g‘lingiz o‘zingizga juda o‘xshab ketgan ekan, janob Kim. Yaxshi tarbiya ko‘ringani ko‘rinib turibdi, - dedi u, samimiy ohangda.

Taehyung odob bilan jilmayib, qo‘lini cho‘zdi.- Salom, janob.

- Salom, Taehyung. Men bilan tanishish uchun otang seni uyigacha olib keldi- dedi erkak, uning qo‘lini mahkam siqar ekan.

Taehyung yengil bosh irg‘adi.- Siz bilan tanishganimdan mamnunman.

Uchovlon divanga qaytib o‘tirdi. Avvaliga otasi va mehmon o‘zaro ishlar, tanishlar va eski voqealar haqida gaplashishdi. Taehyung esa asosan tinglab o‘tirdi, ba’zan bir-ikki savol yoki fikr bilan suhbatga qo‘shildi. Erkakning gapirish ohangidan u oddiy odam emasligini, otasi unga katta hurmat bilan qarashini anglash qiyin emasdi.Bir ozdan so‘ng, mehmon soatini ko‘rib, jilmaydi.

- Men endi ketay, janob Kim. Juda maroqli suhbat bo‘ldi. O‘g‘lingiz bilan tanishganimdan xursandman.

Otasi o‘rnidan turib, mehmonni eshik tomon kuzatdi. Taehyung ham odob yuzasidan o‘rnidan turdi, qo‘lini cho‘zdi.

-Yaxshi boring, janob- dedi.

-Senga ham omad Taehyung- deya erkak chiqib ketdi.

Otasi mehmonni tashqarigacha kuzatib qo‘yar ekan, Taehyung mehmonxonaga qaytib, divanga o‘tirib qoldi.

Otasi eshikni yopib, qaytib kelib divanga o‘tirdi. Ko‘zida o‘ylangan, lekin qaror qabul qilgan odamning qat’iyati bor edi.

- Taehyung, hozirgi mehmonim janob Choi. U mening eski biznes hamkorim. U bilan quda bo‘lishimiz mumkin. Qiziga uylansang, u kompaniyaning zararlarini qoplashga yordam beradi. Bundan tashqari, yangi sarmoya kiritib, bizni xalqaro bozorga chiqarish uchun reja ham taqdim etishga tayyor. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligimiz kerak.

Taehyung sukutda tingladi, ko‘zlari otasiga tikilgan bo‘lsa ham, xayoli boshqa joyda Yerimda edi. Otasi esa o‘g‘lining yuzida hech qanday hayrat yoki qarshilik ko‘rmay, gapini davom ettirdi.

- Bilaman, bu qarorni qabul qilish senga oson bo‘lmaydi. Men seni ko‘ndirishga tayyor edim. Lekin...

-Men roziman-dedi Taehyung otasini gapini bo‘lib.

Otasi bir zumda jimib qoldi. Uning yuzida hayrat, hatto biroz xavotir aralashdi.

- Jiddiy rozi bo‘lyapsanmi? Taehyung bu qarordan keyin ortga qaytish bo‘lmaydi.

Taehyung o‘rnidan turdi. Ko‘zlarida allaqachon charchoq va taslim bo‘lishning izlari ko‘rinardi.

- Endi menga baribir. Nima qilishni xohlasangiz, qiling. Men hammasiga roziman.Ammo bir shartim bor. Bundan keyin kompaniya boshqaruvining yarmini menga o‘tkazasiz. Xohlagan ishimni qilaman. Xohlagancha pul sarflay olaman.

Otasi uning gaplarini eshitib jilmaydi.-Mayli. Agar shunday bo‘lsa, rozi bo‘laman bu shundoq ham seni kelajaging uchun harakat qilyabman.

Taehyung ham hech nima demadi. Shunchaki ortiga burilib, zinapoyadan xonasiga chiqib ketdi.

Xonaga kirishi bilan eshikni yopdi va bir zum turgancha chuqur nafas oldi. Keyin yotoqqa o‘zini tashladi. Qo‘lidagi telefon ekranida Yerimning jilmaygan rasmi yonib turardi. Uning qo‘llari sekinlik bilan ekranga tegdi, go‘yo shu kichik tasvirdan iliqlik topmoqchi bo‘lganday.

- Sening qo‘lingni qo‘yib yuborishim,seni unutishim oson bo‘lmaydi Yerim.

Telefonni ko‘ksiga bosgancha ko‘zlarini yumdi.

Taehyung

Yerim stolga kitobini qo‘yib, divanga cho‘kdi. Ko‘zlarida og‘ir bir tushkunlik bor edi. Oshxonadan chiqqan Bona opasining bu holatini darrov ilg‘adi. U qo‘lidagi choy finjonini stolga qo‘yib, opasining yoniga o‘tirdi.

-Opa, nima bo‘ldi? Meni aldamay javob bering, men yuzingizdan siz qanday holatda ekanligingizni kõra oladigan yagona insonman- dedi u ehtiyotkor ohangda.

Yerim chuqur nafas olib, qo‘llarini bir-biriga qisdi. - Taehyung bilan bir-birimizni tushunmay qoldik,u juda õzgargan mendan uzoqlashib boryabdi, mendan qochishni odat qilib olganga õxshaydi, u bugun menga juda sovuq gapirdi.

Bona hayron bo‘lib qoshlarini chimirdi. - Sovuq gapirdi? Qanday qilib?

Yerim bo‘lib o‘tgan suhbatni so‘zlab berdi Taehyungning beparvoligi, mazah aralash so‘zlari, va “hayotimda ko‘p qizlar bo‘lgan” degan gaplari singlisining yuzidagi ifodani tobora jiddiylashtirib borardi.

Bona xo‘rsinib, opasining qo‘lini ushladi. -Opa, u sizga shunday qilayotgan bõlsa u bilan ajrashganingiz yaxshi. Agar u sizni xafa qilyapti, bu munosabat sizga kerak emas. Sizga malikalardek munosabatda bo‘ladigan yigit kerak.

Yerim sekin boshini chayqadi. -Bona, bu oson emas. Men Taehyungni sevaman. U hozir qiyin vaziyatda bo‘lsa kerak. Men undan oson voz kecholmayman ,ahir u men uchun qancha harakat qilgan.

Bona biroz sukut saqladi, keyin yuziga yengil bir tabassum yugurdi. -Men seni yaxshi ko‘raman opa, shuning uchun aytyapman. Balki seni eng yaxshi qadrlaydigan yigit… Jimin bo‘lishi mumkin.

Yerim kulimsirab boshini egdi. -Jimin?

Bona jiddiy ohangda davom etdi- Ha. U doim siz haqingizda qayg‘uradi. Menga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib, “opang yaxshi yuribdimi?” deb so‘raydi.

Yerim singlisini quchoqlab, sochlarini asta siladi. -Rahmat, Bona lekin muhabbatda bunday kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Men ishonaman, hammasi yana õz ôrniga tushadi.

- Sizni xafa qiladigan yigitning nima keragi bor opa? Men sizni xafa holatda ko‘rishni xohlamayman, men sizni doim baxtli bõlishingiz kôrib yashashni xohlayman, buning uchun hamma narsadan voz kechardim.

Yerim jilmayib Bonani mahkam bağriga bosdi - seni yaxshi kõraman singiljonim

Bona

Ertalabdan Yerimning yuragi yengil va iliq edi. U bugun Taehyung bilan jiddiy suhbatlashishga qat’iy qaror qilgan.
"Bugun Taehyungni nima qiynayotganini bilib olaman" deb o‘yladi u. "Uni qanchalik sevishimni, qanchalik yonida bo‘lishimni xohlayotganimni aytaman. Balki shunda u menga yana o‘sha avvalgidek kulib qarar."

Yerim sumkasidagi kitoblar va yuragidagi qat’iyat bilan universitet tomon yurdi. Kiraverishda hamon ichida mayin bir hayajon, yuzida esa bilinar-bilinmas jilmayish bor edi.

Ammo binoga kirib kelganida, hayoti to‘satdan teskari aylanib ketdi. U biroz uzoqdan Taehyungni ko‘rdi. U yolg‘iz emasdi. Yonida boshqa bir qiz , Taehyung bilan judayaqin turgan edi. Yerimning yuragi birdan shiddat bilan urib ketdi.

Taehyung qizning qo‘lidan tutgancha unga yaqinlashdi, qulog‘iga nimanidir pichirladi. Qizning kulgisi zalning shovqinida ham eshitilgandek bo‘ldi. Yerim esa go‘yo oyoqlariga qo‘rg‘oshin bog‘langan kabi qotib qoldi.

So‘ng Taehyung qizning yuziga engilib, asta lablarini tegizdi. O‘sha lahza Yerimning ichidagi barcha nur, barcha orzular bir zarbda so‘ndi. Yuragi go‘yo qattiq siqilib, nafas olish ham qiyinlashdi.

U hech narsani tushuntirib bo‘lmas bir og‘riqni his qildi. Ko‘zlari qorong‘ilashib, quloqlarida faqat o‘z yurak urishining ovozi eshitilardi.

Yerimning barmoqlari sekin titradi. U sumkasini mahkam ushlab, orqasiga burilishga kuch topolmadi. Qadamlar o‘zi bilmagancha orqaga chekinar, ko‘zlaridagi yoshni hech kim ko‘rmasligi uchun boshini pastga egdi.

Ichidan esa faqat bitta jumla yangrayotgandek edi"Demak, shuning uchun sovuqlashding, Taehyung… shuning uchun meni ôzingdan itarding"

Yerim bir necha soniya o‘zini qo‘lga olishga urindi. Ammo yuragidagi og‘riq unga tinchlik bermasdi. U yana bir bor Taehyungga qarashdan o‘zini tiyolmadi.

Va shu payt Taehyungning nigohi ham Yerimga tushdi. Yerim ichida bir umid uyg‘ongandek bo‘ldi balki u hozir tushuntiradi, balki hammasi tasodifdir

Lekin Taehyungning qilgan ishini ko‘rgan lahza bu umid parchalandi. U yonidagi qizni belidan quchdi, yanada yaqin tortdi va Yerimni ko‘rmagandek, qiz bilan noz-karashma qilishda davom etdi.

- Taehyung sizga kim qarab turganini kõryabsizmi? Yerimni ham sevganmidingiz ahir u bilan uchrashib yurgandingiz? - qiz Taehyungni yelkasiga qõlini qõygancha jilmayib Yerimga qaradi.

-Yerim? -dedi u, so‘zlarini tarozida og‘irlik qilib. - Tõğrisini aytsam, u bilan faqat Jungkook bilan tuzilgan kelishuv uchungina yonida yurgan edim. Mendek yigit bir oddiy qiz uchun õzgarmaydi, bilasanmi g‘zalim?

Qizning kulgisi, Taehyungning beparvo qarashlari bilan Yerimning ko‘zlariga yosh quyildi. Endi uni ushlab turishning imkoni yo‘q edi. U burildi va qadamlarini tezlashtirib, universitet eshigidan chiqib ketdi.
Shu payt qarshi tomondan Jungkook paydo bo‘ldi. U Yerimning shoshqaloq va titrayotgan holatini, ko‘zidagi yoshni ko‘rib yuragi siqildi. U qadamlarini tezlashtirib, Yerimning yo‘lini to‘sdi.

- Yerim nega yig‘layapsan? - Jungkookning ovozi xavotir va yumshoqlikka to‘la edi.

Yerim boshini ko‘tardi, ammo lablari titrardi. Ko‘zlaridagi yoshlar endi bemalol yuzidan oqardi.

-Jungkook… u… nega shunday qildi? Nega u menga xiyonat qildi?- ovozi sinib, bu so‘zlar yurakdan chiqayotganini his qildi. -Men unga ishongandim nega meni tuyğularim bilan õyin qildi?

Jungkook og‘ir xo‘rsindi. Yerimning titrayotgan yelkalarini asta ushlab tinchlantirishga harakat qildi.

- Yerim menga quloq sol, hammasini senga tushuntirib beraman… lekin bu yerda emas.Men bilan yur maylimi?

Yerim unga hayron va biroz umidsiz nigoh bilan qaradi. Jungkook esa unga muloyim jilmaydi va - Qani yura qol- dedi

U Yerimning qo‘lidan ehtiyotkorlik bilan ushlab, uni mashinasi tomon boshladi. Yerim yurishda davom etsada, ichida ming xil savol girdobdek aylanardi.

Jungkook

Jungkook bir necha soniya sukut saqladi. Mashinada faqat dvigatelning past ovozi eshitilardi. Yerim esa uning yuziga qarab, ichida javob kutar, yuragi gupillab urardi.

Oxiri Jungkook og‘ir xo‘rsindi va nigohini yo‘ldan uzmay gapira boshladi.

- Seni bunday azob chekayotganing Taehyung va men o‘ynagan garov tufayli.

Yerim beixtiyor unga tikildi- Nima?Garov? - ovozi qaltirab chiqdi.

-Ha garov Taehyung bilan sen haqingda garov o‘ynaganmiz. Ishqilib, u seni o‘ziga oshiq qilishi kerak edi. Men esa seni unga aldanmaysan deb o‘ylagandim Lekin sen ham boshqa qizlar singari unga aldanding Yerim.

Yerimning lablari qimirlamadi, faqat ko‘zlari keng ochilgancha Jungkookka qarab qoldi.

- Men Taehyung seni boshqacha chin dildan sevayotgandek ko‘rib, u o‘zgardi deb o‘ylagandim lekin yo‘q u yana eski Taehyung ekan. O‘zi xohlagan payt mehribon, xohlagan payt beparvo. Oxirgi bir necha kundan beri uni yana boshqa qizlar bilan ko‘ryapman.

Yerim ichida nimadir uzilgandek his qildi. Qo‘llari tizzasida qaltiradi, yuragi esa shu qadar qattiq urardiki, go‘yo butun tanasini titratardi.

- Demak… hammasi boshidan oxirigacha yolg‘on bo‘lganmi?- dedi u arang eshitiladigan ovozda.

Jungkook unga bir qaradi, ammo javob bermadi. Faqat mashinani sekinlik bilan Yerim yashaydigan ko‘cha tomon burdi.

Jungkook mashinani Yerim yashaydigan uyning oldida to‘xtatdi.

Jungkook hali ham yiğlayotgan Yerimga qaradi, ovozini iloji boricha yumshatdi

- Bilaman hozir senga og‘ir. Ammo kuchli bo‘lishing kerak. Men va Taehyung seni kechirimizga loyiq emasligimizni bilaman senga bunday qilmasligimiz kerak edi. Lekin hech bo‘lmasa aybimni yuvishga harakat qilmoqchiman.

Yerim yuzini asta unga burdi, ko‘zlari shishgan, lablari titrardi.

-Aybingni yuvmoqchimisan? Qanday? - dedi u ovozida alam bilan. - Mening yuragimni parchalab butun hayotimni ostin-ustun qildinglar. Buni qanday to‘g‘rilaysan Jungkook?

Jungkook og‘ir xo‘rsindi.- Ha rost aytyapsan. Buni to‘g‘rilashning iloji yo‘q. Lekin seni bu azoblarga giriftor qilgan Taehyungdan uzoqlashtira olaman. Agar xohlasang, seni Koreyadan boshqa davlatga ketishingga yordam beraman. O‘qishing, yashash joying, Bona uchun maktab,pul hammasini o‘zim ta’minlayman. Kelajagingni qaytadan qurishing uchun yordam beraman.

- Boshqa davlatga ketish menga hammasini unutishimga yordam bermaydi. Bu hech narsani o‘zgartirmaydi.

-O‘zing o‘ylab ko‘r Yerim. Bu yaxshi taklif. Baribir endi Taehyung uyidan ketishingga to‘g‘ri keladi. Keyin qayerga borasan? Yana Janob Parkning uyigami? U odamning uyida yashash senga yoqadimi?

Yerim biroz sukutda qoldi. Nigohi o‘z-o‘zidan pastga tushdi.

- Yaxshi men Amerikaga ketmoqchiman. Jiminning oldiga boramiz Bona bilan.

Jungkook hayron bo‘lib qoshlarini chimirdi.

- Jimin? Nega aynan uning oldiga borasizlar? Amerikadan boshqa joyga jo‘nataman sizlarni.

Yerim ko‘z yoshlarini artib, qat’iy ohangda dedi- Yo‘q men boshqa sizlarga ishonmayman. Agar rostan yordam bermoqchi bo‘lsang, Jiminning oldiga ketishimga yordam ber.

Shu so‘zlarni aytgach, u mashina eshigini ochdida, hech orqasiga qaramay uy tomon yurdi.Jungkook esa rulga suyanib, ichida chuqur xo‘rsindi.

- Qaysarlar-deb pichirladi u alam bilan. -Biri “Nima bo‘lsa ham, uni Jiminning oldiga yuborma ” deydi, bunisi esa “Faqat Jiminning oldiga ketaman” deydi. Lanati nega bu ishlarga aralashib qoldim õzi?

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic

• Where Fate Brings •
Sen balki uni har doim sevarsan,lekin doim ham baxtli boʻlavermaysan.

EPISODE_20
#Gyuri

Darslar tugagan, universitet hovlisi asta-sekin talabalar shovqini bilan to‘lgan edi. Qulog‘iga quloqchin taqqanlar, telefoniga tikilganlar, bir-birini ko‘rib quvonayotganlar... ammo bu shovqin Taehyung uchun begona edi. U mashinasini darvoza yoniga to‘xtatdi va eshikni shoshilinch ochdi. Kõzlari har bir talabani ko‘zda kechirgancha Yerimni qidirayotgan edi. U harakatini tezlashtirdi. Yurishi yugurishga aylanib, Yerim o‘qiydigan auditoriya tomon yo‘l oldi. Eshikni ochganida bo‘sh xonada faqat bir necha chalkash stullar, o‘chirilgan proyektordan tashqari boshqa hech kim yõq.
U bir zumga to‘xtadi. Yuragidagi xavotir boricha nafas olishini og‘irlashtirib yubordi. So‘ng bir qarorga kelgandek kutubxona tomon chopdi. Uning oyoq tovushlari zinapoyalarda aks sado berar, eshikdan shiddat bilan kirganida esa ichkaridagi sokinlik bilan to‘qnashdi. Talabalar orasida Yerimni qidirib, birma-bir qator oralab yurdi. U yerda ham Yerimni topa olmadi.

U tashqariga chiqdi. Quyosh ostida bir zum to‘xtab, ko‘zlarini qo‘li bilan soyabandi. Yuragida umidsizlik boshi berk ko‘cha misoliga aylanayotgandi. Nafasi tez-tez, ich-ichidan qandaydir qorong‘ilik kelayotgandi. U Yerimga biror nima bo‘lganday xavotir ola boshladi.

Shu payt medpunkt tomondan kelayotgan tanish bir yuz ko‘ziga tashlandi.Taehyungning yuragi qattiq urdi. U hech ikkilanmasdan, odimlarini tezlatib Yonsem tomon yurdi.

-Yonsem- deb chaqirdi u nafasini rostlamay. Yonsem to‘xtadi, ajablangan holda unga qaradi.

-Yerim ,u qayerda? Iltimos, agar qayerda ekanligini bilsang menga ayt. Uni qidiryabmqn ammo topolmadim.Yonse bir zum sukutda qoldi, keyin lablarini qattiq tishladi.

Yonsem

Yonsem bir zum jim qoldi, ko‘zlari yerga qadalgandi. So‘ng asta boshini ko‘tardi va Taehyungga qaradi.

-Yerim bugun jismoniy tarbiya darsida oyoğidan jarohat oldi-dedi u ohista ammo so‘zlari Taehyungning yuragini zirqiratdi.- Shuning uchun Yerimni vakillariga xabar qilishdi. Janob Park uni o‘z uyiga olib ketdi.

Go‘yo Taehyung uchun atrofdagi barcha shovqin bir zumda o‘chib qolgandek bo‘ldi. Taehyungning qulog‘ida faqat bitta jumla jaranglayotgandek edi:

"Janob Park uni o‘z uyiga olib ketdi."

- Nima? - dedi u nihoyat, ovozi past, ammo titrab. - Nega… nega menga emas usha odamga xabar berishadi?

Yonsem indamadi, faqat ko‘zini olib qochdi. Taehyung esa bir qadam orqaga chekindi, so‘ng yana oldinga yurdi. Nafasi tobora og‘irlashar, qoshlarini chimirib, qo‘llarini musht qilib olgandi.

U ichidan bir narsani aniq bilardi bu oddiy “yordam” emas edi. Park Jungho buni ataylab qilgan. Yerimni undan uzoqlashtirish uchun.

Taehyung ko‘zlarini yumdi. Bir zumda ichidagi g‘azab va xavotir qorishib ketdi. Ko‘z oldida Yerimning yarador holi, Parkning qo‘llari ostida qolgan tasviri jonlandi. Shu tasvir yuragini teshib o‘tayotgandek og‘riq berdi.Nafasi qisilgandek bo‘ldi. Bir so‘z ham demasdan Yonsem yonidan kesib o‘tdi.

Taehyung

Taehyung mashinasini Park Junghoning hashamatli hovlisi oldida to‘xtatdi. Dvigatel hali o‘chmasidan eshikni ochib, shiddat bilan mashinadan tushdi.

Eshikni qattiq taqilatdi.
Eshikni xizmatkor ochdi, lekin Taehyung unga biror narsa demasdan ichkariga kirdi. Qattiq va baland ovozda faqat bitta so‘z aytdi.

-Yerim! Yerim?

Xizmatkorlar uy ichida jimjit tikilib turishardi. Ularning nigohlarida bir oz qo‘rquv, bir oz hayrat bor edi. Taehyungning ko‘zlari esa chaqnab, yuzidagi keskinlik ularni ham taranglashtirardi.

-Yerim! Qayerdasan?! -u ovozini oshirib, zal bo‘ylab yurdi.

Shu payt oshxona eshigi ochilib, Park xonim chiqdi. Oq rangli fartug‘ini yechayotgandi, ammo Taehyungning yuzidagi ahvolni ko‘rib, qo‘llari havoda to‘xtab qoldi.

- Taehyung? Nima bo‘ldi, o‘g‘lim? - dedi u ajablanib.

Taehyung unga bir qadam yaqinlashdi, nafasini rostlamay gapirdi.

- Yerim qayerda?

Park xonimning qoshlarida chimirdi.

- Yerim? U bu yerda emas-ku… Axir, oxirgi marta uni sening o‘zing olib ketganding, shunday emasmi?

Taehyungning nigohi keskinlashdi.
- Yo‘q. Bugun jismoniy tarbiya darsida jarohat olgan, shundan so‘ng uni universitetdan Janob Park olib ketgan.

Park xonimning yuzi birdan rangsizlanib qoldi.
-Nima? Jarohat? Qanday jarohat oldi u? Hozir ahvoli yaxshimi?-dedi u tashvish bilan.

Taehyung og‘ir nafas oldi, lekin javob berishga ulgurmay, nimadir uning diqqatini tortdi.Ikkinchi qavatdan unga qarab turgan kõzlar.U yerda Park Jungho qo‘llarini yon cho‘ntagiga solgancha turardi. Qoshining bir cheti ko‘tarilgan, labida esa sovuq va mazaxomuz jilmayish bor edi.Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.

Bu qarashlar orasida so‘zga ehtiyoj yo‘q edi Taehyung Junghoning hamma narsani bilib turishini, va ataylab qilganini ko‘rib turardi.

Taehyungning oyoqlari o‘z-o‘zidan harakat qildi zinapoyaga yaqinlashdi.

- Yerim qayerda? - dedi u past, ammo g‘azabga to‘la ovozda.

Ikkinchi qavatda turgan Jungho labidagi muzdek tabassumni yo‘qotmadi.

-Yerim…? Ah, bilmadim. Men uni olib ketayotgandim, lekin… yo‘lda tushib qoldi. Qayerga ketgani menga noma’lum.

Taehyungning yuragi go‘yo muzlab qolgandek bo‘ldi.

- Sen yolg‘on gapiryapsan. - Uning qo‘llari musht bo‘lib tugildi.

Jungho zinapoya bo‘ylab sekin tushdi.

- Balki- dedi u sovuq ohangda - balki men yolg‘on gapirayotgandirman. Balki rostdir. Ammo muhimroq narsani aytay,sen menga qarshi turishda davom etsang, otangning qamoqda chirib ketishini o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan. Va, Taehyung o‘sha qiz Yerim uning ham hayotini men o‘zimning shaxmat donamdek siljitaman.

- Agar unga biror nima qilsang

Jungho kuldi-"Agar" so‘zi meni kuldiradi. Chunki sen hozir menga hech narsa qila olmaysan. O‘zingni kuchli deb o‘ylarding, lekin men seni birgina tahdid bilan tiz cho‘ktiraman. Endi esa tanla: otang, yoki Yerim.

Xonada jimjitlik cho‘kdi. Taehyungning ichida yuzlab fikrlar bir-biriga urilar, ko‘ngli titrar edi. Uning ichida qaynagan g‘azab ham, Yerimni yo‘qotish qo‘rquvi ham, otasini asrash istagi ham bir-birini ezardi.U og‘ir nafas oldi. Hozir qõlidan hech narsa kelmasligini Jungho baribir õzi xohlaganiga erishini bilardi.

-Yaxshi… Men… Yerimdan voz kechaman.

Jungho qoniqish bilan jilmaydi, lekin Taehyung davom etdi.

- Lekin menga bir oy vaqt ber. Uning yonida bo‘lay. Hech narsani tushuntirmayman, shunchaki yonida bo‘laman. Bir oydan keyin sen xohlaganing bo‘ladi. Va otamga ham tegmaysan.

Jungho boshini biroz egib, o‘sha sovuq tabassumini yana qaytardi.

- Bir oy!Demak, so‘nggi oylaring. Mayli, Taehyung, sening oxirgi istagingni bajaraman. Ammo unutma, vaqt tugaganda sen Yerimdan uzoqlashasan.

Taehyung uning ko‘zlariga tikildi. Bu qarash nafrat, alam aralashgan qarash edi.

Taehyung

Taehyung

Taehyung zinapoyani shoshilinch tushdi. Har bir qadami ostidagi taxta jaranglagandek tuyulardi, go‘yo bu uy ham uning g‘azabini sezayotgandek. U eshikni ochib tashqariga chiqdi, sovuq shamol yuziga urildi. Mashinasining eshigini qattiq yopdi va dvigatel ovozi bilan Jungho uyining sokinligini buzib, ketdi.

Uy ichida esa bir lahza sukut cho‘kdi. Park xonim zinapoya tomon qaradi. Jungho esa endi pastga tushib bo‘lgan edi.

- Jungho-dedi u xavotir bilan- Yerim qayerda? Taehyung ham uni qidiryapti.

Jungho qo‘lidagi soatini tuzatgandek qilib, beparvo ohangda javob berdi

-Ahvoli yaxshi. Faqat biroz oyoğini qayirib olgan, xolos.

- Yaxshi bo‘lsa hozir qayerda u? - Park xonimning ovozida biroz shoshilish bor edi.

Jungho ko‘zlarini qisib, unga sovuq qaradi.

- Taehyung uyida bo‘lsa kerak. Mendan ko‘p narsa so‘rama.

Park xonim bir lahza sukutda qoldi.Junghoning ovozidagi sovuqlik, so‘zlaridagi keskinlik unga yoqmadi. Ammo u bilardi eridan ortiqcha narsa so‘rash ko‘pincha javobsiz qoladi yoki noxushlikka olib keladi.
Jungho esa asta orqasini o‘girib, yuqoriga qarab ketdi.

Taehyung kechqurun uyining darvozasi oldida to‘xtadi. Mashinani o‘chirib, chuqur nafas oldi. U eshik oldiga borib, qo‘llari biroz titragan holda qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.

Bir necha soniyadan so‘ng eshik ochildi. Eshik ortida Bona paydo bo‘ldi. Uning ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi esa biroz xira tus olgandi.

- Yerim shu yerdami? - dedi Taehyung, ovozida shoshilish va xavotir qorishib.

Bona ko‘zlarini pastga qaratdi.

-Ha, opa bugun oyoğini qayirib olibdi , endi oqsoqlanib yuribdi.

Taehyungning yuragi qisilib ketdi.

-Qayerda u hozir?

-Xonasida- dedi Bona sekin ovozda. -Dam olyapti.

Taehyung bir so‘z demay zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi. U xonaga yetib borib, eshikni asta ochdi.

Ichkarida Yerim yotoqda o‘tirardi. Oyoği bint bilan bog‘langan, yonida issiq suv shishasi va bir nechta surtma dori qutilari bor edi. Uning yuzi biroz oqarib ketgan, ammo ko‘zlari hali ham o‘sha issiqlik bilan porlardi.

Taehyung bir lahza eshik oldida to‘xtadi, so‘ng unga yaqinlashdi. Yerim unga hayron qaradi, lekin jim turdi.

Taehyung yotoq yoniga o‘tirib, uning qo‘lini asta ushladi.

-Yerim kechir meni- dedi u past, ammo chuqur ohangda.-Bugun seni yolg‘iz qoldirmasligim kerak edi men xato qildim.

Yerim jilmayishga harakat qildi, ammo lablarida ozgina og‘riq sezildi.

-Taehyung, men yaxshiman bu oddiy tasodif.

Taehyung boshini chayqadi.-Yo‘q bu tasodif emas. Ammo baribir… senga nisbatan qattiq muomala qilganim uchun o‘zimni kechirolmayman. Endi hech qachon seni xafa qilmayman.

Yerim uning ko‘zlariga qaradi.- Kechirdim lekin bir shartim bor boshqa hech qachon boshqa qizlarni ham xafa qilmaslikga va'da ber menga .

Taehyungning labida yumshoq jilmayish paydo bo‘ldi.

-Va’da beraman dunyodagi hech bir ayolni, hech bir qizni xafa qilmayman. Ayniqsa seni… Chunki seni sevaman, Yerim.

U shu so‘zlarni aytar ekan, Yerimning qo‘lini yana mahkamroq ushlab, yuzini sekin unga yaqinlashtirdi. Xonada faqat ikkala yurak urishi eshitilayotgandek tuyulardi.

Yerim

Oradan kunlar o‘tdi. Taehyung uchun har tong Yerimning kulgisi bilan boshlanadigan bayramga aylandi. U endi har kuni uni yonida bo‘lishga, uni kuldirishga, eng oddiy lahzalarni ham unutilmas qilishga harakat qilardi.

Kuzning ohirgi oyida Yerim bilan birga qahva ichib, uzoq suhbat qurishardi. Yerimning oyoği asta-sekin tuzalib borardi, lekin Taehyung har kuni unga yordam berishni bahona qilardi zinadan tushganda yelkasini tutib, uzoqroq yo‘lga chiqqanda qo‘lidan mahkam ushlab olardi.

Ba’zan ular universitet hovlisida uchrashib, talabalar orasida bir-biriga mayda kulguli imo-ishoralar berishar, ba’zan esa shunchaki shaharning tor ko‘chalarida yurib, qahvaxonalarda qahva ichib,shokoladli shirinlik yeyishardi, biroq shu oddiy lahzalar ularga eng qimmat xotiralar bo‘lib tuyulardi.

Taehyung Yerimni ko‘rgan har onida ichida bir savol o‘ynardi: “Bu lahzalar qancha davom etadi?” Lekin u bu savolni hech qachon ovoz chiqarib so‘ramadi. Chunki bu bir oy yarim unga berilgan yagona, ammo bebaho vaqt edi.

Yerim esa Taehyungning har bir qarashida nimadandir xavotir aralash mehrni sezardi, ammo so‘ramasdi. U ham shu damlarning buzilishini istamasdi.

Kechqurunlar ular balkon chiroqlari ostida musiqa qo‘yib, sekin raqsga tushishardi. Yerimning boshi Taehyungning yelkasiga suyangancha ko‘zlarini yumardi. Taehyung esa ichida faqat bitta niyatni takrorlardi: “Vaqt to‘xtasin…”

Ammo vaqt hech qachon to‘xtamaydi. Ular esa bilmaslikka urinar, har tong va har kechani go‘yo abadiy davom etadigandek yashashardi.

Yerim

-Demak- Yerim jilmayib, choy idishini stolga qo‘ydi-yaqinda qish kirib keladi. Seni tug‘ilgan kuning yangi yildan ikki kun oldin to‘g‘rimi?

Taehyung kulimsiradi, ammo bu kulgu yuzida uzoq qolmadi.

- To‘g‘ri men 30-dekabrda tug‘ilganman. Yangi yildan ikki kun oldin.

-Bu safar seni tug‘ilgan kuningni ham, yangi yilni ham birga nishonlaymiz, -dedi Yerim ko‘zlari chaqnab. -O‘zim uchun ham sovg‘a, sen uchun ham sovg‘a bo‘ladi.

Taehyung Yerimning ovozidagi iliqlikka berilib, bir lahza hammasi rost bo‘lishi mumkin deb o‘ylagandek bo‘ldi. Ammo yuragida og‘ir haqiqat bor edi: bu oy tugashi bilan u Yerimni yo‘qotadi.

- Tug‘ilgan kuningda sen uchun ajoyib sovg‘a tayyorlayman- deya davom etdi Yerim, xuddi kelajak allaqachon rejalashtirilgan, hech narsa ularni ajrata olmasdek. - O‘zim sen uchun tort pishiraman, shokoladli. Keyin Bona bilan senga katta surpriz qilamiz. Yangi yilni ham uchalamiz kutib olamiz. Balki Jungkookni ham chaqiramiz. Ko‘pchilik bo‘lsak, undan ham yaxshi. Sen bilan yaxshi ko‘rgan musiqamizga raqs tushamiz.

Taehyung esa Yerimning so‘zlarini endi eshitmasdi. Quloqlariga uning ovozi yetsa ham, miyasi uni qabul qilmasdi. Uning qarshisida o‘tirgan qizning lablari kulib gapirar, ko‘zlari kelajakni chizardi, ammo Taehyungning ichida vaqt soati ortga sanardi.

“Biz bularning hech birini qila olmaymiz…” - deb o‘yladi u. Ko‘zlaridan birinchi tomchi oqib, iyagiga tushdi. U asta boshini pastga egdi, qo‘llarini tizasiga qo‘ydi.

Yerim hamon kelajak haqida gapirar, Taehyung esa faqat bitta istakni yuragida ushlab turardi, bu lahza hech qachon tugamasin.

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic