Hayotimiz Charog‘boni

#Kun_Hikoyasi Badal. O. Genri
Kamina va qariya Mak bu o`yindan har birimizga qirq ming dollardan «oltin to`la xumcha»larga ega bo`lib, arang qutulib yashirindik. Men Makni «qariya» deb ataganim bilan u qariya emasdi. U qirq birda edi. Shunday bo`lsa-da, Mak keksa cholday ko`rinardi.

– Endi, – dedi menga Mak, – yugur-yugurlar meni charchatdi. Biz sen bilan so`nggi uch yil ichida ancha-muncha pul ishladik. Kel, andak dam olib, ko`ngilxushlik qilamiz.

– Ayni muddao, – dedim. – Yaxshisi, vaqtincha podsholarday yashab ko`ramiz, qanday bo`larkin? Xo`sh, nima qilamiz: Niagara sharsharasi bo`ylab sayohat qilamizmi yoqi «faraon»[1] o`ynaymizmi?

– Ko`p yillardan beri, – dedi Mak, – agar menda ortiqcha pul bo`lsa, biron erdan ikki xonali kulbai vayrona sotib olib, xitoylik oshpaz yollayman va bitta paypog`imni echgancha, Boklning[2] «Sivilizasiya tarixi»ni o`qib o`tiraman, deb orzu qilaman.

– Xo`sh, – dedim, – soxta dabdabasiz ham maza qilib yashasa bo`ladi. Pulni yashirish uchun bundan yaxshiroq «bank»ni o`ylab topolmaysan. Menga kakkuli soat va Sep Uinnerning «Banjo[3] chalishni mustaqil o`rganish uchun qo`llanma»sini olib bersang bo`lgani — biz sen bilan sherikmiz.

Bir xaftadan so`ng Mak ikkalamiz Denverdan o`ttiz milcha uzoqdagi Pinya shaharchasiga keldik va ayni biz uchun kerak bo`lgan ikki xonali ozoda «kulba» topdik. Shaharcha bankiga bir «vagon» pul qo`yib, shaharchaning uch yuz qirq nafar aholisi bilan tanishib chiqdik. Xitoy-oshpazimizni, kakkuli soatni, Bokl va Sep Uinnerni Denverdan olib keldik. Shundan keyin kulba xuddi o`z uyimizdagidek shinam holatga keldi.

Agar, boylik baxt keltirmaydi, deyishsa ishonmang. Qariya Makning tebranma stulda o`tirib, ipdan to`qilgan ko`k paypoqdagi oyog`ini deraza tokchasiga qo`ygancha ko`zoynak orasidan Boklning «dori»sini shimib o`tirganini ko`rsangiz edi — bu naq Rokfellerning[4] o`zi hasad qilgan to`kin hayotning o`zginasi edi. Men esa banjoda «Yashavor, qariya Zip»ni chalishni o`rganardim, kakku o`z vaqtida fikrini bildirib turar, A-Sin esa atrofni uchqatning hidini ham chekinishga majbur qiladigan qovurilgan tuxum hamda vetchinaning[5] ajoyib isi bilan to`ydirardi. Boklning safsatasi va «Mustaqil qo`llanma» nayranglarini muhoqama qilishga juda kech bo`lib qolganda Mak bilan trubka chekib, fan, marvarid izlab topish, ishias[6], Misr, orfografiya, baliqlar, passat[7], teri oshlash, minnatdorchilik, burgutlar va hech qachon o`z fikrimizni bildirishga vaqtimiz bo`lmagan turli xil narsalar haqida suhbatlashib o`tirardik.

Bir kuni kechasi Mak mendan, xotin zotining fe`l-atvori va nayranglarining farqiga borasanmi, deb so`rab qoldi.

– Kimdan so`rayotganingni bilasanmi? – dedim o`zimga ortiqcha ishonib. – Men ularni Alfreddan Omaxagacha[8] bilgandek bilaman, – dedim, – Men Qoyali tog`dagi o`tkir ko`zli burgutdek tez farqlayolaman. Xotinlarning xiyla-nayranglarini suv qilib ichib yuborganman.

– Bilasanmi, Endi, – dedi Mak xo`rsinib, – ularga nisbatan menda intilish bo`lmagan. Balki, ular bilan yonma-yon bo`lishga moyillik paydo bo`lgandir, lekin bunga vaqt qayoqda deysan. O`n to`rt yoshimdan ishlab pul topa boshladim. Fikri xayollarim nozik jins vakillariga chorlaydigan his-tuyg`ular bilan band bo`lmagan. Gohida bundan afsuslanaman.

– Ayollar — o`rganish uchun nobop mavzu, – dedim, – bularning bari nuqtai nazarga bog`lik. Ular bir-biridan farq qilsa-da, ba`zi mayda-chuydalarda o`xshash.

– Menimcha, – davom etdi Mak, – yosh paytingda ularga qiziqib, ilhomlanganing afzalroq. Men imkoniyatimni qo`ldan boy berdim. Balki, men ularni o`z dasturimga kiritishga qarib qolgandirman.

– Bilmadim, – dedim unga, – balki sen pul to`la bochka va har qanday g`am-tashvishlardan butunlay ozod bo`lishni afzal ko`rarsan. Lekin men ularni o`rganganimdan afsuslanmayman. Ayol xiyla-nayranglarini farqiga boradigan kishi bu dunyoda o`zini xafa qildirib qo`ymaydi.

Biz hamon Pinyada yashardik, bu er bizga yoqib qolgandi. Ba`zi odamlar pullarini shov-shuv, shovqin-suron va u yoqdan bu yoqqa ko`chib yurishga sarflashni ma`qul ko`radilar. Biroq yugur-yugurlar va mehmonxona sochiqlari Mak ikkalamizning jonimizga tekkandi. Pinya aholisi bizga yaxshi munosabatda bo`lishardi. A-Sin osh-nonni didimizga qarab tayyorlardi. Mak va Bokl ikki qabriston o`g`rilari kabi ajralmas edilar. Men esa banjoda yurakni ezadigan «Buffalolik qizlar, oqshom chiqinglar»ni deyarli aslidagidek chalardim.

Bir kuni Speytdan kelgan shoshilinchnomani qo`limga tutqazishdi. U Nyu-Meksikoda kon qazirdi va men undan foiz olardim. Jo`nashga to`g`ri keldi. U erda ikki oy qolib ketdim. Pinyaga qaytib, huzur-halovatda yashashga sabrim chidamasdi.

Kulbamizga kelib, sal qolsa hushimni yo`qotay dedim. Mak eshik oldida turar va agar farishtalar yig`lay olishsa, ont ichamanki, bu daqiqalarda ular kula olishmasdi.

Bu odam emas — naq tomoshaning o`zi edi! Chin so`zim! Unga ko`zoynak yoki durbin tugul Lik observatoriyasining teleskopidan qarash kerak edi.

Makning egnida nimcha, syurtuk, oyog`ida yaraqlab turgan botinka, boshida silindr. Ko`krak cho`ntagiga yorongul qistirib olgan. U jilmayar va qorni og`riyotgan boladay qiyshayib turardi.

– Xello[9], Endi, – tishlari orasidan gapirdi Mak, – qaytib kelganingdan xursandman. Sen yo`qligingda bu erda ba`zi-bir o`zgarishlar bo`ldi.

– Ko`rib turibman, – dedim, – bu kufr ekanigini ham tan olaman. Parvardigor seni bunday yaratmagan, Mak Lonsberi. O`zingni bu holga solib nima uchun Unga shak keltirding?

– Bilasanmi, Endi, – dedi u, – meni murosa qozisi etib tayinlashdi.

Makka diqqat bilan qaradim. Uning yuzi tashvishli va asabiy edi. Murosa qozisi motamsaro va muloyim tabiat bo`lishi lozim.

Ayni shu dam yo`lakdan qandaydir bir qiz o`tib ketdi. Shunda Makning jilmayganini va qizarib ketganini sezdim. Keyin esa u silindrini echdi va kulib ta`zim qildi, qiz ham jilmayib ta`zim qildi-yu, yo`lida davom etdi.

– Agar, – dedim, – shu yoshingda muhabbat dardiga yo`liqqan bo`lsang, tamom bo`psan. U senga yuqmaydi, deb o`ylagandim. Loklangan botinkalaring-chi!? Bularning hammasi atigi ikki oy davomida ro`y berdimi?

– Kechkurun to`yim bor... anov go`zal qiz... – dedi Mak hayajonlanib.

– Pochtada bir narsani unutib qoldiribman, – deya shoshib nari ketdim.

Yuz qadamda qizga etib oldim. Shlyapamni echib, o`zimni tanishtirdim. U taxminan o`n to`kqizda edi, lekin hiyla yosh ko`rinardi. U jahli chiqqanday menga sovuq qarash qildi.

– Bugun oqshom to`yingiz deb eshitdim.

– To`g`ri, – dedi qiz, – bu sizga nima uchundir yoqmayaptimi?

– Quloq sol, singlim, – dedim.

– Mening ismim Reboza Rid, – dedi qiz ranjiganday.

– Bilaman, – dedim, – shunday qilib, Reboza, men yosh bola emasman, otang tengiman. Anavi kurkaga o`xshab dumini yoyib, qulq-qulqlab yuruvchi, loklangan botinkadagi keksa, yasanib olgan, dengiz kasaliga uchragan, sharti ketib parti qolgan kishi mening eng yaqin do`stim bo`ladi. Xo`sh, nima jin urib sen Makka ilakishib, uni nikoh marosimiga sudrayapsan?

– Axir, boshqasi yo`qda, – javob berdi miss Reboza.

– Bema`nilik, – dedim unga va atrofga alanglab. – Bu chiroying bilan xohlaganingni ilintirib olasan. Quloq sol, Reboza, qariya Mak sening tenging emas. Sen Rid bo`lib tug`ilganingda u yigirma ikkida edi. Uning qirchillama davri uzoqqa bormaydi. Qarib, boshida har xil bema`ni xayollar aylanib yuribdi. Hozir uning xotin-xalajga o`chlik davri, faqat shugina. Yoshligida o`z ulushini qo`ldan chiqardi, endi esa Amur[10] naqd pul o`rniga qoldirgan veksel[11] bo`yicha foizlarni tabiatdan yalinib undirmoqchi... Reboza, bu nikoh sen uchun shunchalik zarurmi?

– Albatta, – dedi u shlyapasidagi kapalakgulni silkitib. – O`ylashimcha, bitta men uchun emas.

– To`y soat nechchida bo`lishi kerak? – so`radim.

– Oltida.

Darhol qanday yo`l tutish kerakligini hal qildim. Makni qutqarish uchun barcha choralarni ko`rishim kerak. Shunday yaxshi, yoshi qaytgan, oila qurishga yaramaydigan odamni hali qalam tishlash odatini tashlayolmagan qandaydir qiz uchun qurbon bo`lishiga yo`l qo`yish — yo`q, bunga shunchaki qarab turolmayman.

– Reboza, – dedim jiddiy, – nahot Pinyada senga yoqadigan biror yigit... durustroq yigit bo`lmasa?

– Bor, – dedi Reboza kapalakgulini silkitib, – albatta, bor. Shuni ham so`raydimi?!

– Sen unga yoqasanmi? – so`radim. – U senga qanday munosabatda?

– Aqldan ozayozgan, – javob berdi Reboza. – Kun bo`yi eshigimiz tagida o`tiraverganidan oyim u erga suv quyishiga to`g`ri kelyapti. Ammo ertaga, o`ylaymanki, bunga chek qo`yiladi, – deya tugatdi gapini xo`rsinib.

– Reboza, – dedim, – senda Makka nisbatan sevgi hissi bo`lmasa kerak, to`g`rimi?

– Shu etmay turuvdi! – dedi qiz boshini chayqab. – Menimcha, u teshik bochkaga o`xshab qurib qolgan. O`ylab topgan narsangizni qarang-u!

– Bu sen yoqtiradigan yigit kim o`zi? – surishtirdim.

– Eddi Beylz, – dedi qiz. – U Krosbining kolonial do`konida ishlaydi. Biroq oyiga bor-yo`g`i o`ttiz besh dollar topadi. Bir vaqtlar Ella Nouks uni deb aqldan ozgandi.

– Makning aytishicha, – dedim, – bugun kechki soat oltida to`ylaring bo`larmish.

– To`ppa-to`g`ri, – dedi u, – soat oltida, biznikida.

– Reboza, – dedim. – Quloq sol! Agar Eddi Beylz nakd ming dollarga ega bo`lsa... ming dollarga u xususiy do`konga ega bo`lishini ham hisobga ol... Xullas, agar Eddi ikkovingizning qo`lingizga shuncha pul tushsa, Eddi bilan bugun kech soat beshda nikohdan o`tishga rozi bo`larmiding?

Qiz menga tikilib qolganligidan bunday vaziyatlarda ayollar uchun odat bo`lmish ifodalab bo`lmaydigan o`y-fikrlar uning vujudini egallayotganini sezdim.

– Ming dollar? – dedi u. – Albatta, rozi bo`lardim.

– Ketdik, – dedim. – Eddining oldiga.

Biz Krosbining do`koniga yo`l oldik va Eddini tashkariga chaqirdik. Eddining yuzini sepkil bosgan ekan. Taklifimni aytganimda u ikkilanib qoldi.

– Soat beshda? – dedi Eddi. – Ming dollarga? E-e, meni uyg`otmanglar. Tushundim! Siz Hindistonda ziravorlar savdosi bilan boylik orttirgan amakisiz. Men esa qariya Krosbidan do`konni sotib olaman — qarabsizki, o`zimga o`zim xo`jayinman.

Do`konga kirib, Krosbini chetga tortdik va hammasini unga tushuntirdik. Men ming dollarlik chek yozib, qariyaning qo`liga berdim. U agar soat beshda Eddi va Reboza nikohdan o`tishadigan bo`lishsa, do`konni ularga topshirishi kerak edi.

Keyin esa ularni duo qilib, o`rmonga sayr qilgani jo`nadim. To`nkaga o`tirib, hayot, keksalik, taqdir, xotinlar mantig`i hamda inson chekiga tushadigan tashvish haqida xayol surdim. Qariya oshnam Makni ikkinchi yoshlik kasalidan qutqarib qolganim bilan o`zimni tabrikladim. Ko`zi ochilib, tentakligi va loklangan botinkalarini tashlaganda, u mendan minnatdor bo`lishini bilardim. «Makni bunday residivlardan[12] qutqazib qolish uchun , – o`yladim, – ming dollardan ham ko`prog`i ham ozlik qiladi». Ayniqsa, ayollarni o`rganganimdan, ularning birontasi meni injikliklariyu xiyla-nayranglari bilan aldayolmasliklaridan xursand edim. Uyga qaytganimda, taxminan, beshu o`ttiz edi. Ichkariga kirib ko`rdimki, qariya Mak tebranma stulida yalpayib o`tiribdi, egnida eski kostyumi, ko`k paypoqdagi oyoqlarini deraza tokchasiga chiqarib olgan, tizzasida esa — «Sivilizasiya tarixi».

– Soat oltida to`yga boradiganga o`xshamaysan, – dedim hech narsa bo`lmaganday.

– A-a, – dedi Mak tamakiga qo`l uzatib, – to`yni beshga ko`chirishibdi. Xat bilan xabar berishdi. To`y allaqachon tugadi. O`zing shuncha vaqt qayoqlarda qolib ketding, Endi?

– To`y haqida eshitdingmi? – so`radim.

– O`zim ularni nikohladim, – dedi Mak. – Senga aytgandim-ku, meni murosa qozisi etib saylashganini. Ruhoniy qaerlardadir Sharq tomonlarda qarindoshlarinikida mehmonda yuribdi, men esa nikoh marosimlarini o`tkazishga xuquqi bo`lgan shaharchadagi yagona odamman. Bir oy oldin Eddi va Rebozaga, ikkovingni o`zim nikohlab qo`yaman, deb va`da bergandim. Eddi ishbilarmon yigit, yo`lini topib xususiy do`koniga ham ega bo`ladi.

– Ega bo`ladi?

– To`yda juda ko`p xotinlar bo`ldi, – dedi Mak, – lekin ularda biror-bir yangilikni sezmadim. Xuddi senga o`xshab ularning xiyla-nayranglari haqida bilishni istardim... Axir, sen aytgandingki...

– Ikki oy avval aytgandim, – deya qo`limni banjoga cho`zdim.

[1] Qarta o`yini.

[2]Genri Tomas Bokl (1821—1862) — ingliz tarixchisi.

[3] Amerika negrlarining torli cholg`u asbobi.

[4] Rokfeller – 19-asr oxiri va 20-asr boshida dunyodagi eng boy kishilardan biri.

[5] Vetchina – dudlangan cho`chqa go`shti.

[6] Quymich nervining yallig`lanishi.

[7] Tropiklardan ekvatorga esib turadigan doimiy quruq shamol.

[8] Alfreddan Omaxagacha – alfadan omegagacha; ko`chma ma`noda: boshdan-oyoq.

[9]Hello(ing.) – salom.

[10]Kamon bilan qurollangan bolakay qiyofasidagi sevgi ilohi (yun. mif.).

[11]Qarz hujjati.

12 - Residiv – kasalning qaytalanishi.

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

#Kun_Hikoyasi Ishq gadolari. Knut Gamsun
I

Bularning barini men yozdim, yuragimdagilarni qog’ozga to’kib, yengil tortish uchun, shu bugun ertalab yozdim. Qahvaxonadagi ishimdan ayrildim, ishim bilan birga hayotimning quvonchli damlari ham boy berildi. Qahvaxonaning nomi “Maksimillian” edi.

Har oqshom egniga kulrang kiyim kiygan yosh, kelishgan janob ikki do’sti bilan men xizmat ko’rsatadigan stollardan biriga kelib o’tirardi. To’g’ri, unga o’xshagan janoblarning juda ko’pi qahvaxonaga kelib-ketishar, ularning bari men bilan yaxshi munosabatda bo’lar, hurmat doirasida muomala qilardi. Faqat u… Uning bo’yi baland, qaddi-qomati kelishgan, sochlari tim qora, muloyim, ko’zlari moviy – ba’zan bu ko’zlar menga nigoh tashlagan ko’yi bir oz qotib qolardi – lablari uzra sabza urgan mo’ylablari ham o’ziga yarashgan.
Avvaliga bu janob meni nimagadir xushlamadi.

U hafta davomida har kuni muntazam kelardi. Unga shu qadar o’rganib qoldim, ammo bir kuni u negadir kelmay qoldi. O’sha kuni bir nimamni yo’qotgandek g’ussaga botdim. Qahvaxonaning hamma burchaklarini aylanib, uni qidirdim; nihoyat muhtasham qahvaxonaning narigi burchagidan top-dim. Katta ustun yonida joylashgan stolda sirkda ishlaydigan chavandoz ayol bilan birga o’tirardi. Ayol egniga sariq rangli ko’ylak, qo’llariga esa yelkalarigacha yetadigan qo’lqop kiygandi. Xonim yosh edi, ko’zlari chiroyli, tim qora. Mening ko’zlarim esa – moviy rangda.

Ular o’tirgan stol yaqinidagi panaroq joyda bir daqiqacha turib, gap-lariga quloq tutdim: ayol unga norozi ohangda gapirar, joniga tegib ket-ganini takrorlar, uni tinch qo’yishini, bezovta qilmasligini so’rardi. “Ey, Parvardigor, bu ayol uni o’zidan nari qilayotgan ekan, nega u mening yonimga kela qolmaydi!” – deya hayqirardi yuragim.

Ertasiga u yana do’stlari bilan kirib keldi va tasarrufimdagi stollar-dan biriga o’tirdi. Yoniga har doimgidek darrov yugurib bormadim. Yuz-larim lovullab qizarganini his qildim, biroq o’zimni uni ko’rmagandek tutdim. Meni chaqirganida esa, yoniga yaqinlasharkanman:

– Kecha ko’rinmadingiz, janob? – dedim. U esa do’stlariga murojaat qilganday:

– Bizning kel`ner xonimimiz bag’oyat xushbichim-a! – dedi.
– Pivo keltiraymi? – so’radim.
– Ha, – javob berdi u.

Darhol ulardan uzoqlashdim.

II

Oradan bir necha kun o’tdi. U qo’limga buklangan bir qog’oz tutqazdi.

– Buni olib borib bering… – xatni uning qo’lidan oldimu, gapini tu-gatmasidan nari ketdim. Sal nariroqda o’tirgan sariq ko’ylakli xonimga eltib berishga shoshildim. Yo’l-yo’lakay xatga nari-beri ko’z yugurtirdim, biroq maktub oxiridagi “Vladimir T.” degan yozuvni eslab qoldim xolos.

Qaytib kelganimda, u menga savol nazari bilan qarab turardi.
– Xatni yetkazdim, – dedim hozirjavoblik bilan.
– Javob qaytarishdimi?
– Yo’q.
U menga bir krona uzatdi va kulimsirab:
– Buni so’zsiz ham tushunish mumkin – dedi.
Vladimir (uning ismini bilib olgandim!) butun oqshom davomida o’sha sariq libosli xonim hamda uning hamrohlariga tikilgancha o’tirdi. Soat o’n birlar chamasi edi. O’rnidan turib, ular tomon yaqinlashdi. Sariq libosli xonim uni sovuq qarshi oldi. Yonidagi ikki ishqibozi esa Vladimirga qarata kesatiq gaplar otishar, ustidan kulib, hazil-mazax qilishardi. Ularning davrasida bir necha daqiqagina o’tirgach , u qaytib keldi. Diqqat bilan qaradim; pal`tosining cho’ntagi ho’l edi. Anavilar pivo to’kib yuborishganini angladim. Pal`tosini yecharkan, o’girilib cha-vandoz ayol o’tirgan stol tarafga qaradi. Pal`tosini arta boshladim. U menga qarab jilmaydi va:
– Rahmat, kanizak xonim! – dedi.
Ustki kiyimini kiyishga yordamlashib yubordim. Shu asnoda uning yelkasiga barmoqlarim uchi bilan ohista tegindim.

U ojiz holda kursiga cho’kdi. Do’stlaridan biri pivo keltirishni bu-yurdi. Uning ham krujkasini olmoqchi bo’lgandim, “Yo’q”, degancha idish dastasiga uzatilgan qo’llarim ustiga qo’llarini qo’ydi. Uning tafti-ni sezgan qo’llarim majolsiz bo’shashdi. Yigit ham buni sezdi, tezda qo’llarini tortib oldi.

Kechqurun yotog’im yonida tiz cho’kkan ko’yi uning uchun ikki marta ibodat qildim. Qo’llari tekkan o’ng qo’limni qayta-qayta o’pdim. Juda baxtli edim.

III

Bir safar u menga gul tuhfa qildi, bir dasta gul… Gullarni qahvaxonaga kiraverishda savdo qiladigan gulchi xotindan sotib olgandi. Savat to’la gullar – yangi uzilgan, lov-lov yonib turgandek alvon rangda. Savatni o’zi o’tirgan stol ustiga qo’ydi. Bu gal u yolg’iz kelgandi , doimiy hamrohlari – do’stlari yo’q edi yonida. Bo’sh qoldim deguncha ustun orqasida

turib uni kuzatardim, xayolimda uning ismi charx uraverardi: “Uning ismi Vladimir T.”.
Oradan bir soatga yaqin vaqt o’tdi. U soatiga tez-tez qarab qo’yardi. Undan:
– Kimnidir kutyapsizmi? – deya so’radim.
Parishon holda men tomon nigoh tashladi, so’ng keskin javob berdi:
– Yo’q, hech kimni kutmayapman. Kimniyam kutardim?
– Men… shunchaki, ehtimol siz kimnidir kutayotgandirsiz, deb o’yladim…

– Beriroq keling, – imladi u, – bu gullar sizga!
Gullar to’la savatni menga tutdi.
“Tashakkur”, dedim mamnun holda. Ammo hayajondan ovozim yo’qoldi shekilli, “tashakkur” so’zini pichirlab aytdim. Shu onda miyamga qon quyulgandek qizib, qizarib ketdim, baxtdan masrur bo’lgancha odimlab borarkanman, buyurtmalar peshtaxtasi oldida to’xtadim. Buyurtma qabul qiladigan ayolga ro’yxatni uzatar ekanman, ayol so’radi:
– Sizga nima kerak?

– Nima deb o’ylaysiz, menga nima kerak ekan-a! – savolga savol bilan javob berdim quvlik qilib.

– Nima deb o’ylayman!? – ayol jahl bilan keskin javob berdi. – Nima, aqldan ozdingizmi!

Men esa o’sha ko’tarinki kayfiyat bilan so’zlashda davom etardim:
– Qani, toping-chi, bu gullarni menga kim sovg’a qildi?
Shu payt ober-kel`ner paydo bo’ldi. Menga qarab:
– Anavi yog’och oyoqli janobga pivo olib bormabsiz-ku!– deya so’z qotdi.
– Gullarni menga Vladimir sovg’a qildi! – o’z topishmog’imga o’zim javob berdim-da, quvonchdan uchayotganday mijozga xizmat qilishga shoshildim.
T. hali ham ketmagandi. Bir ozdan keyin u o’rnidan qo’zg’olib, ketish-ga chog’langanida, yoniga chopib bordim-da, yana bir bor unga tashakkur bildirmoqchi bo’ldim.

– Rahmat Sizga!
U hayron bo’ldi va jiddiy ohangda:
– Bilasizmi, to’g’risi, gullarni boshqa birov uchun olgandim! – dedi. Mayli, mayli, ehtimol, u gullarni boshqa birov uchun sotib olgandir.

Ammo ularni menga tuhfa qildi! O’sha ayolga emas, aynan menga! Va yana gullar uchun tashakkurimni izhor etishga izn berdi! Xayrli tun, Vladimir!

IV

Ertasi kuni ertalab yomg’ir yog’ayotgan edi. “Qaysi ko’ylagimni kiysam ekan, qorasinimi yoki yashilini? – Bir oz boshim qotdi, so’ng bir qarorga keldim. – Albatta yashilini-da, axir u yangiroq!” Quvonchim ichimga sig’mas edi.

Tramvay bekatiga yaqinlashar ekanman, bir xonimning jala ostida shamsiyasiz ivib turganini ko’rdim. Unga shamsiyam ostiga kirishni taklif etdim, ammo u tashakkur bildirgancha, taklifimni negadir rad etdi. Shunda men ham shamsiyamni yopdimu, yomg’irda ivigan xonimga sherik bo’ldim. “Nega endi u yolg’iz o’zi ivishi kerak ekan!” degan xayol bilan shunday qildim.

Kechqurun Vladimir yana qahvaxonamizga keldi. Uni qarshi olar ekanman:
– Gullar uchun yana bir bor tashakkur! – dedim jilmayib.
– Qaysi gullar uchun? – so’radi u, so’ng: – Boshqa o’sha gullar haqida ga-pirmang! – dedi.

– Men shunchaki sizga gullar uchun tashakkurimni aytmoqchi edim.

U yelka qisdi va menga qarab

– Men sizni sevmayman, – dedi.
Bilaman, u meni sevmaydi, uning sevgani emasligimni yaxshi bila-man. Undan o’zimga nisbatan bunday hislarni sira kutmaganman. Uning so’zlaridan hafsalam pir bo’lgani ham yo’q. Mayli, sevmasa, sevmasin. Biroq men uni har kuni ko’rish baxtiga muyassarman, har oqshom u keladi va mening tasarrufimdagi stollardan biriga o’tiradi, men unga xizmat ko’rsataman. Yana keling, Vladimir.
Kelasi oqshom u odatdagidan ancha kechikib keldi.
– Pulingiz bormi? –deb so’radi.
– Afsus, men bir g’arib qiz bo’lsam…
U nigohini ko’zlarimga qadab turdi-da, jilmayib qo’ydi.
– Siz meni noto’g’ri tushundingiz, menga ozroq pul kerak edi… ertagacha…
– Ha, ozmuncha jamg’armam bor, uyda, bir yuz o’ttiz kronam bor!
– Uydami? Yoningizda emasmi?
– O’n besh daqiqa kutib tura olasizmi, o’n besh daqiqadan keyin qahvaxona yopiladi, ishimiz tugaydi, keyin birga uyimga boramiz, sizga pullarni uydan olib beraman…

U o’n besh daqiqa kutib turdi. Biz birga qahvaxonadan chiqib, uyim tomon yo’l oldik.

– Roppa-rosa yuz krona kerak! – dedi u.

U yo’l bo’yi mening yonimda bordi. Ilgarilab ham ketmadi, ortda ham qolmadi. Zodagon olifta janoblar oddiy odamlar yonida yurishni ma’qul ko’rmay, odatda shunday qilishardi.

– Uyim oddiy bir hujra, – dedim xijolat bo’lib uyimga yaqinlashganimizda.

– Shu yerda kutib turaman, – keskin ohangda javob berdi u, – siz bilan bormayman.

U pastda kutib turdi. Pullarni unga tutqazganimda, erinmay hammasini sanab chiqdi:

– Bu yerda yuz kronadan ko’proq pul bor ekan. O’n kronasi sizga choy haqi! Eshityapsizmi, o’n kronasi sizga! Choy haqi!

U mayda pullarni menga uzatdi. Xayrli tun tiladi-da, ketdi. Muyulishga yetganida yo’l chetidagi tilanchi kampirga ehson uzatayotganiga ko’zim tushdi.

V

Keyingi oqshom qarzni to’lay olmasligini afsus-nadomat bilan aytib, uzr so’radi. Men esa qarzni to’lay olmagani uchun ham unga minnatdorchilik bildirdim. Pullarni ishlatib yuborganini tan oldi.

– Nimayam qilardim, shunday bo’lib qoldi, o’zingizga ma’lum: sariq ko’ylakli xonim!

– Nega sen bunaqa ahvolga tushib qolding-a, og’ayni, – so’z qotdi do’stlaridan biri. – Ishq gadosiga aylanib bo’libsan-ku!

– Biron nima buyurasizlarmi? – ularning gapini bo’ldim.

Bu orada qahvaxonaga o’sha sariq libosli xonim kirib keldi. Vladi-mir o’rnidan turdi-da, aslzodalarga xos ta’zim bajo etdi. Ikki bukilib ta’zim qilganidan chakkalaridagi sochlari yuzlarini yopdi. Xonim esa beparvo holda uning yonidan o’tdi-da, boshqa bir stolga borib joylashdi. Vladimir ham darhol o’sha stol atrofidagi o’rindiqlardan biriga borib o’tirdi. Oradan ikki daqiqa o’tar-o’tmas uning tik turgan holda baland ovoz bilan gapirayotganini eshitdim.

– Juda yaxshi, ketaman. Boshqa qaytmaganim bo’lsin!
– Minnatdorman, – xotirjam holda javob qaytardi xonim.
Bu suhbatni eshitdimu, xursandligimdan go’yoki osmonlarda parvoz qilardim. Shu holda buyurtma qabul qilinadigan bo’lmaga borib, buyurtma oluvchi ayolga bir nimalar deya gapira boshladim. Ehtimol , uning sariq libosli xonimning yoniga hech qachon qaytmasligini so’zlagan bo’lsam kerak. Xizmat ko’rsatish bo’limining boshlig’i yonimizdan o’tib ketarkan, menga yana qattiq ogohlantirish berdi. Ammo endi menga baribir edi!

Soat o’n ikkiga bong urdi, qahvaxonamizning ish vaqti tamom bo’ldi. Hamma birin-sirin chiqib ketarkan, u meni kuzatib qo’ymoqchi ekanligini aytdi.

– Kecha sizga bergandim-ku, o’n krona! Shundan besh kronasini berib tura olasizmi menga? – so’radi u.

Unga kechagi kronalarning hammasini uzatgandim, faqat beshtasinigi-na oldi. Qolganlarini esa, har qancha qarshiligimga qaramay, qaytarib berdi.

– Bilasizmi, bugun juda baxtiyorman, – dedim iymanib. – Qani endi sizni uyimga taklif qila olsam… Uyim oddiygina bir hujra-da!

– Xijolat bo’lmang. Uyingizga kirmoqchi emasman. Xayrli tun.

U ketdi. Muyulishdagi tilanchi kampir oldidan o’tib ketarkan, kampir-ning ehtirom ila qilgan ta’zimiga qaramay, sadaqa berishni unutdi. Shu zahotiyoq kampirning oldiga chopib bordim, unga tanga uzatdim:

– Oling, buvijon. Bu hozirgina shu yerdan o’tib ketgan janobdan. Hozirgina o’tib ketdi-ku, anavi kulrang kiyimdagi janob… Oling, olavering!

– Kulrang kiyimdagi? – behol so’radi kampir.
– Ha, sochlari tim qora… Uning ismi Vladimir.
– Siz uning xotinimisiz, qizim?
– Yo’q, buvijon, – javob berdim masrur holda. – O’sha janobning ishqida o’rtanayotgan bir gadoman.

VI

Bir necha oqshomdan beri u takror va takror pullarimni qaytara olmayotganidan afsusda ekanini aytardi. Men esa bundan aslo xijolat bo’lmasligini ta’kidlar, agar hadeb shunaqa deyaversa, meni ranjitishi mumkinligini eslatardim. U shunchalik baralla gapirardiki, atrofdagilar ham gaplarini bemalol eshita olardilar, ayrimlar esa uning ustidan kulishardi.
– Men yaramas odamman, firibgarman, – derdi u. – Sizdan qarzga pul ketdi, o’zining sirki va sirkchilari bilan birga ketdi. Albatta, men uni tamoman unutib yubordim. Uni biror marta ham o’ylaganim yo’q, rost aytyapman. Unutdim…

– Ammo baribir bugun unga yana xat yuborishga jazm qilding! – gapini bo’ldi do’stlaridan biri.
– Ha, oxirgi marta… bu oxirgisi! – javob berdi bir oz sarxush holda Vladimir.

Eshik oldidagi gulchi ayoldan bir dona atirgul sotib oldim. Atirgulni uning chap yoqasidagi ilgakka to’g’nag’ich bilan qadab qo’ydim. Gulni taqar ekanman, unga juda yaqin turardim, uning nafasi qo’llarimga kelib uri-layotganini his qilib turar, hayajon ichida gulni to’g’nag’ichga ildirolmay qiynalardim.

Nihoyat, gulni taqib bo’lganimdan keyin, u menga mamnun ohangda:
– Sizdan minnatdorman, – dedi.

Kassaga borib, o’zimga tegishli uch-to’rt kronani olib keldim va unga uzatdim. Bu juda oz edi.
– Mana bularni oling, bor-yo’g’im shu!
– Rahmat, minnatdorman.

O’sha oqshom men juda baxtli edim. Oradan bir oz vaqt o’tgach, Vladimir birdaniga:

– Bergan pullaringiz menga juda zarur edi. Bir joyga borib kelishim kerak, safarga… – deb qoldi. – Pullarni qaytganimdan keyin, albatta, qaytaraman.

Bezovtalana boshlaganimni sezib, qo’shimcha qildi:
– Xavotirlanmang, men faqat sizni sevaman, – dedi qo’limdan tutib. Ahvolim yomon edi. U qaergadir jo’nab ketyapti, qancha so’rab-

surishtirmay, qaerga ketayotganini aytishni istamayapti. Shu onda ko’z oldim qorong’ilashib, tevaragimdagi hamma narsa: qahvaxona, shiftdagi qandillar, o’tirgan-yurgan mijozlar, xizmatchilar gir aylanardi. O’zimni tutib turolmadim. Uning ikkala qo’lini mahkam ushlab oldim.

– Aytdim-ku, bir haftadan keyin qaytaman, ko’rishamiz! U shunday deb o’rnidan turdi.

– Siz ishdan bo’shatildingiz!

Quloqlarim ostida ober-kel`nerning yoqimsiz tovushi jarangladi. “Marhamat! Bemalol! – xayolimdan kechardi bu so’zlar. – “Nima qipti? Bo’shasam bo’shabman-da ! Bir haftadan keyin Vladimir yonimga qaytib keladi. Hammasi yaxshi bo’ladi, hammasi! U bor-ku! Unga rahmat, borligi uchun unga rahmat aytib qo’yishim kerak!” Ana shu fikr bilan ortimga
o’girildim. Ammo u allaqachon ketib bo’lgandi.
Oradan bir hafta o’tdi. Kechqurun uyga kirib kelarkanman, uning mak-tubiga ko’zim tushdi. U o’zining juda chorasiz ahvolda qolganini yozardi. O’sha sariq libosli xonimning ortidan borganiga iqror bo’lgan. Mendan olgan pullarni – qarzlarni hech qachon qaytara olmasligini ta’kidlab, uzr so’ragan. Ayni paytda muhtojlik balosi uni qattiq ezib tashlaganini aytgan. Shu qadar tubanlashib ketgani uchun o’zini o’zi la’natlayotganini bildirgan. Maktub oxiriga esa: “Sariq xonimning gadosi”, deya imzo qo’ygan.
Tunu kun iztirob chekardim, ammo qo’limdan hech narsa kelmasdi. Bir hafta burun qahvaxonadagi ish joyimdan ayrilgan va boshqa ish axta- rishga kirishgan edim. Kunduz kunlari shahardagi turli qahvaxonalar va mehmonxonalarga bosh suqib ish so’rardim, yana shaxsiy xonadon egalariga o’z xizmatlarimni taklif etardim. Birok hamma urinishlarim behuda ketardi. Vakt allamahal bo’lganida, sotilmay qolib ketgan gazetalarni yarim bahosiga sotib olar, uyga keliboq, ularni diqqat bilan ko’zdan
kechirardim. “O’zimni va Vladimirni og’ir vaziyatdan qutqara oladigan nimadir toparman”, degan umidli xayollarga berilardim.
Kecha kechqurun gazetalarning birida uning nomiga ko’zim tushdi va men u haqtsa bitilganlarni boshdan-oxirigacha qayta-qayta o’qib chiqtsim. Shu ondayoq ko’chaga otildim, tentirab-tentirab shu ko’yi bugun ertalab uyga qaytdim. Ehtimol, qaerdadir tunagandirman, balki ortiq yurishga majolim qolmagach, birovlarning ko’cha eshiklari zinasida o’tirib tong ottirgandirman, hozir buni eslolmayapman.
Bugun o’sha maqolani yana o’qib chikdim. Uni birinchi marta kecha uyga qaytganimda o’qigandim. Avvaliga hayrat ichra kaftimni kaftimga urdim, keyin kursiga cho’kkaladim. Bir ozdan so’ng yerga o’tirib, kursiga suyanib qoldim. Qo’llarim bilan yerni urgancha, o’yga toldim. Balki o’yga tolmagan- dirman, ehtimol, miyamda kandaydir g’ala-g’ovurlar sodir bo’layotgandir. Keyin… men ehtimol, o’rnimdan turib tashqariga chiqqandirman. Esladim, burchakda muyulishda o’tiradigan tilanchi kampirga bir tanga uzatdim, so’ng:
— Bu sizga o’sha kulrang kiyimdagi janobdan, eslaysizmi uni? — dedim.
“Ha” deganday bosh irg’adi kampir, so’ng:
— Siz balki uning qaylig’idirsiz, a? — deb so’radi talmovsirab.
— Io’q, men uning bevasiman…
Shunday qilib, tongga qadar ko’cha-ko’yda tentirab yurdim. Ayni damda o’sha mash’um xabarni yana bir karra o’qiyapman:
“Uning ismi Vladimir edi…”.

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

#Kun_Hikoyasi Shisha ko‘z. Oskar Uayld
Kunlardan birida mol-mulkining hisobi yo‘q takabbur janob hayotida ko‘ngilsizlik ro‘y berdi: boyaqish ov mahali bir ko‘zidan ajralib qoldi. Bu ko‘rgulikdan so‘ng u dunyodagi eng yaxshi sun’iy ko‘zni qo‘ydirishga qaror qildi. Ammo bu yasama ko‘z so‘qir qarog‘dan joy olgach, sun’iyligi bilinmasligi, janobning obro‘yu shon-shuhratiga dog‘ tushirmasligi lozim edi.
Xullas kalom, sof billur va toza bo‘yoqdan yasama gavhar bunyod bo‘ldi. Uning tubidagi qorachiq baxmalday mayin edi, kamalakday jilolanayotgan tim zangori qobiqqa esa tillasuvi yugurtirilgandi. Yigitlik savqi ketmagan boy sun’iy gavharni so‘qir ko‘ziga joylab, o‘zini bir ko‘zgudan ikkinchi ko‘zguga solib, rosa tomosha qildi. Bu yumushga shu qadar berilib ketdiki, yasama ko‘z yoqib qolganidan o‘z-o‘zini boshqatdan sevishga taraddulandi go‘yo. Shundan so‘ng u sun’iy ko‘zda odamlarda qanday taassurot qoldirishini sinamoqchi bo‘ldi va choshgohdan so‘ng huzuriga eng yaqin do‘stini chorladi. Ikkov xo‘p gurunglashdilar. Mehmon mezbonning shisha ko‘zi borasida xo‘p yaxshi gaplar aytib, uni obdon maqtadi. Janob xuddi o‘zi kutganidek bo‘lib chiqdi. Do‘sti alqashdan nariga o‘tmas, shisha ko‘z o‘ngdami, chapdami, buni aytishga shoshilmayotgandi. Oxiri toqati toq bo‘lgan boy o‘rtog‘idan ko‘zining qaysi birida sun’iy gavhar qo‘ndirilganini so‘radi. Do‘sti esa uning ko‘zlariga sinchkov nigoh tashladiyu ammo tag‘in aravani quruq olib qochdi:
- Sog‘ ko‘zingdan farqlanmaydi-ya, ajoyib. Shuni chin dildan ayta olamanki, beqiyos go‘zal, ta’riflashga til ojiz...
- Yo xudo!-xitob qilib yubordi boy,- bundan boshqa aytadigan gaping yo‘qmi? Yo sog‘ ko‘zni sun’iysidan ajrata olmaydigan darajada noshudmisan? Nahotki, shisha ko‘zimning shishaligi sezilmayotgan bo‘lsa? O‘rtoq, bo‘la qol, yana bir bor ko‘z tashlab ko‘r, ikkala ko‘zimga diqqat bilan qara, qaysi biri sun’iy, shuni ajratib ber.
Janobning yo‘riqlarini inobatga olgach, do‘st unga nazar tashladi va bir zum termilib uning qaysi ko‘zida sun’iy gavhar borligini aniqladi. Boy “buni qanday uddalading” deya savol berganida o‘rtog‘i soddalik bilan shunday javob berdi:
- Ikkala ko‘zni taqqoslaganda, sun’iysi go‘zal ekan.
- Eh! – deb yubordi boy ranjigan bo‘lib.-Ehtimol haqdirsan, lekin sababi bu ham emas. Ikkala ko‘zimning farqini osongina ajratib olganining sababi boshqa. La’nati ovda ajralib qolgan ko‘zimning qanaqaligini ilgari bilarding. Kel, kichkina bir tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Hozir ikkalamiz ko‘chaga chiqamiz, duch kelgan birinchi yo‘lovchidan ko‘zlarimning qaysi biri shisha ekanini aniqlashini so‘raymiz.
Bir yoqadan bosh chiqarilgach, ikkov ko‘chaga chiqishdi. Do‘stlarning bir chekkada, devorga suyangan ko‘yi chordona qurib o‘tirgan juldur kiyimli g‘arib tilanchiga ko‘zlari tushdi. Gado shu qadar aftodahol ediki, boyning o‘rtog‘i “agar hojatingni chiqarsa, undan marhamatingni darig‘ tutma” deya xe-xeladi.
Janob do‘stini chekkada qoldirib, o‘zi gado oldiga sekin qadam tashlab keldi-da, elburutdan himmat qila ketdi:
- Krona ishlashni istamaysanmi?
- Krona?-quloqlariga ishonmay so‘radi tilanchi,-istayman. Axir necha kundan beri tuz totganim yo‘q. So‘nggi bor qachon tamaddi qilganimni eslayolmayman. Menga pul juda-juda zarur.
Boy tilanchiga yaqin surilib kelib, hamyonidan bir dona krona olib, uning isqirt kaftiga tutqazarkan, maqsadga ko‘chdi:
- Faqat bitta shartim bor. Ko‘zlarimga to‘yguningcha qara, shoshma, ulardan qaysi biri shishadan yasalgan. Mana shu jumboqni yechib ber seng, pul seniki.
Gado boyning qaroqlariga tikilib, bir muddat o‘ylanib turdi-da so‘ng uning yasama gavhar joylangan ko‘ziga imo qildi.
Boy tong qotib, ortiga tislandi. Bu jumboqning tagiga qanday yetganini so‘radi. Tilanchi unga shunday javob berdi:
- Agar gapimni qo‘pollika yo‘ymasangiz, ser, bu jumboqni men xamirdan qil sug‘urgandek qilib yechdim. Sizning shisha ko‘zingizdagina shafqatga o‘xshash mayin narsa borligini ilg‘adim.

Umid Ali tarjimasi

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

#Kun_Hikoyasi Oʻzgalar uchun yasha. Najib Mahfuz
Kechqurunlari Abdurahmon bogʻiga kirib, undan zavq olishni xush koʻrar edi. Bu uning odatiga aylangan edi. Abdurahmon aksariyat vaqtini uyida oʻtkazar, zarur kezlardagina koʻchaga chiqar edi, xolos.
U iliq sentyabr kunlarining birida boqqa kirib, tevarakka sinchkov koʻz tashlagan koʻyi, notekis yoʻlakcha boʻylab borardi. U gulzordagi gullarga ancha payt suqlanib termulgach, qoʻshni hovlini ajratib turuvchi tikanli sim toʻsigʻi oldidagi kresloga oʻtirdi. Kechki gazetani qoʻliga olib koʻz yugurtira boshladi.
Uning yurish-turishida, aft-angorida ajib bir viqor sezilib turardi. Biror kimsa uni shu lahzada koʻrib qolsa, hech ikkilanmay Abdurahmonni ulugʻ bir xonadon sohibi, deya oʻylardi. U doimo xotirjamlik va sovuqqonlik bilan ajralib turarkan, koʻzlarida donolik va mardlik nur sochib tarar edi. Xumdek boshi, qalin moʻylovi ham uning salobatiga monand. Uning koʻrinishi qirq besh yoshni bersa-da, aslida bor- yoʻgʻi oʻttiz besh yoshni qoralagan edi.
Abdurahmon kresloda yastanib oʻtirga koʻyi oʻqishga shunchalik berilib ketgan ediki, ohista bir ovozdan seskanib ketdi:
– Assalomu alaykum, amaki.
Abdurahmon gazetani qoʻyib, qoʻshnining bogʻi tomon oʻgirildi. U yoqda bir qiz turardi. Qizning yorqin, tim qora koʻzlarida ishonch, samimiyat balqirdi. Abdurahmonning yuziga yasminning muattar isini taratuvchi yoqimli shabada urildi.
– Va alaykum assalom, Samara, – javob berdi u.
Qiz iljayib qoʻydi-da, yonidagi kuchukchasi bilan oʻynay ketdi. Samara oʻn olti yoshda edi. Uning chiroyli yuzlari va kelishgan qaddi-qomati anchadan buyon Abdurahmonning halovatini oʻgʻirlagan edi.
U qizning itiga ishora qilib soʻradi:
– Ahvoli qanday buning?
– Ollohga shukur, butunlay tuzalib ketdi.
– Har holda, – taʼkidladi Abdurahmon iljayib. – Iskandariyaning havosi unga yoqmagan koʻrinadi?
– Aksincha. U tomonlar mittivoyga juda maʼqul keldi, oʻzini yaxshi his qildi.
Samaraga boqar ekan, uning quyoshdan andek qoraygan yuzlari, jozibali koʻzlari Abdurahmonni tobora rom etardi.
– Samara, rosa quyoshda qoraydingmi?
Qiz kulib qoʻydi.
Abdurahmonning maʼnoli nigohi yanada oʻtkirroq tus oldi. Bir tomonga yoʻnaltirilgan fikrlar oʻrnini fusunkorlik va orzular oshiyoni egalladi. U stulga oʻtirib, yonidagi ermagini oʻynatayotgan qizga uzoq va mamnun tikildi. Samara esa kuchukchasini erkalarkan, oppoq, uzun junlarini silab-silab qoʻyardi. Ajoyib jonzot xursand tarzda dumlarini likillatib, sohibasining qoʻlini yaladi va uning tizzasiga sakrab chiqib oldi.
Samaraning mayin, uzun sochlari uning boʻynini qoplab turardi. Abdurahmon unga qarab turib, zavqlanayotgandi. Negadir uning yuragi siqildi: Samara bolaligidan beri “amaki”, deb murojaat qilib keladi, hozir ham shunday. Oʻsha kezlarda u juda kichkina boʻlib, qoʻgʻirchoqlar oʻynab oʻtirardi. Ilgari bunday murojaat unga maʼqul edi, chunki, qizga nisbatan otalarcha mehr qoʻygan edi. Endi esa qizning bu tarzdagi muloqoti uni xijolatga solar, hatto koʻnglini choʻktirayotgan ham edi.
Agar “amaki” unga uylansa, toʻgʻri yoʻl tutgan boʻlarmikan? Koʻpchilik oʻylaydiki, turmush qurayotganlar yoshidagi tafovut aslo toʻsiq emas va bunga eʼtibor bermaydilar ham. Ammo baxt uchun kurash juda qimmatga tushmasmikan? Axir u bor-yoʻgʻi Ichki ishlar vazirligida oʻn besh funtga kun koʻrayotgan bir inspektor-ku. Uning yigʻib qoʻygan molu davlati va yoxud mansabi bor boʻlsaki, qizning yuragini zabt eta olsa. Lekin u qizni sevadi va oʻz hissiyotlari bilan kurashishi qiyin, toʻgʻrirogʻi buning iloji ham yoʻq. Sohibjamol qiz oʻn olti yil mobaynida koʻzi oʻngida oʻsib ulgʻaydi. Bu qiz uning yolgʻizlikda oʻtgan hayotida taqdirning yuborgan yagona inoyatidir. Muhabbat unga sekin-asta yaqinlashdi va uning butun vujudini qamrab oldi.
Abdurahmon qizning baxtiyor va betashvish bolaligi qanday oʻtganligining shohidi boʻldi. Bu esa uning yolgʻizligini yanada goʻzalroq qilib koʻrsatardi. U sevib qoldi va avvalgi xotirjamligini yoʻqotdi. Endi uni hamma narsa, hatto halovatini oʻgʻirlagan yosh doʻsti bilan tasodifiy uchrashuvlar va suhbatlar ham qiynayotgan edi. U qiz bilan bolalarcha muloqot qilayotgan edi. Abdurahmon qizga muhabbatga toʻlib- toshgan koʻzlari bilan nigoh tashlar, Samara esa bu bu holatni sezmay “mening aziz amakim”, deyishda davom etardi. Agar u qizning qoʻlini soʻrasa, nima deb javob berar ekan-a? Uning hissiyotlari qanday? U harqalay taajjubga tushsa kerak? Qiz otasiga nima deydi? Qanday tushuntiradi? Bundan keyin hozirgidek koʻrishib turish unga nasib etarmikan? U qizni butunlay yoʻqotib qoʻysa-chi…
Harqalay, Abdurahmon qizning otasi – oʻz doʻsti bilan bu masalani xotirjam gaplashib olishga qodir. Lekin u qanday javob berar ekan? Ha, qanchalar qiyin bu ish! U koʻzlarini yumib olib, boʻlajak muloqotni tasavvur qila boshladi:
“Doʻstim, men juda muhim masala yuzasidan tashrif buyurdim. Sen bunga koʻnasanmi yoki yoʻqmi, bilmadim… Ehtimol, men bu masala haqida soʻz yuritishga haqli emasdirman. Lekin baribir men masala qanday hal boʻlishidan qatʼiy nazar gaplashib olishim kerak…”
U xayolan muloqotni davom ettirayotgan edi, dabdurustdan yoqimli ovozdan oʻziga keldi.
– Uxlayapsanmi?
– Yoʻq.
– Uzr. Men koʻzingni yumib oʻtirganingni koʻrdim.
– Men oʻylayotgan edim.
– Nima haqida?
U yosh suhbatdoshining yuziga razm soldi: nima deyish kerak? Unga hammasini aytib berish kerakmi? Yoʻq, bunga hali ertaroq, hozir mavridi emas. Yaxshisi gap ochmay turganim maʼqul.
Bu zaifaning qarshisidagi xijolat qamchi zarbasi misoli unga taʼsir qildi. Shu onda u qimirlamay oʻtirardi. Soʻngra qizning koʻzlariga boqdi. Voajab, Samaraning yuzlari oʻzgargan, qoshlarida boʻyoq izlari, qirmizi lablari titrar edi. Qiz unga hadiksirab qarab oldi-yu, uyi tomon chopqillab ketdi. Abdurahmon orqaga oʻgirilgan ham ediki, iljayib unga yaqinlashayotgan ukasini koʻrdi. Abdurahmonning yuragi nohush bir narsani sezgandek tezroq ura boshladi. U sir boy bermay muloyimlik bilan ukasidan soʻradi.
– Shifokor, qalay ishlar?
Oʻspirin yigit kulib qoʻydi.
– Sen qanday baxtiyorsan, aka?
Abdurahmon gap nimada ekanligini fahmlagan boʻlsa ham, xuddi tushunmagandek qayta soʻradi:
– Baxtiyor?
– Ha, albatta. Samara bilan gaplashgan inson oʻzini baxtli his etmogʻi lozim.
Abdurahmon oʻyladi: “Mening ukam oʻtaketgan qallob, yo ahmoq. Aslida Samara bilan suhbatlashgan odam emas, balki hozirgina yuz berganidek, uning yonginasida qizarib ketib, xijolatdan juftakni rostlab yuboradigan inson baxtlidir. Ehtimol, bu oʻspirin haqiqatan ham baxtlidir. Nahotki, u buni tushunib yetmasa. Balki, u mening ustimdan kulayotgandir?”
Abdurahmon oʻz ukasining oldida hayajonlanayotganini sezdirmaslik maqsadida gapni boshqa tomonga burib yubordi-yu undan soʻradi:
– Kechagi oqshomni qanday oʻtkazding?
Anvar uning yoniga kelib oʻtirdi.
– Kecha “Qasr al-Ayni”da juda koʻp hayajonli voqealar boʻlib oʻtdi, oqshomning aksariyat qismini oʻsha joyda oʻtkazdim.
Abdurahmon jimgina ukasiga boqar ekan, butunlay boshqa narsa haqida oʻyga toldi. U Anvarni yaxshi koʻrar edi, xuddi boshqa ukalaridek uni ardoqlab, mehribonlik koʻrsatib kelmoqda. Lekin ayrim kezlarda yuragini tashvishlar qamrab olardi. Ayniqsa, Samara haqida soʻzlaganida ukasini juda yomon koʻrib ketardi. Ukasi qizning ismini tilga olganida Abdurahmon qiynoq va iztirobda qolar edi. Aka Anvarning porloq kelajagi uchun koʻp mehnat qildi. Lekin, uka katta akaning yuragida yuz berayotgan tugʻyonlarni ilgʻay olarmikan? U goʻzal qizni boshqa inson sevishini xayoliga ham keltira olmas, oʻzining tashvishlari bilan nihoyatda band edi.
– Men bir muhim masala borasida maslahat olgani kelgan edim, – dedi Anvar.
Abdurahmon oʻz hissiyotlarini sir boy bermay xotirjam taklif qildi:
– Oʻtir.
– Oldin sen meni eshit , – gapira ketdi Anvar oʻtirmasdan. – Hozir fikrlarim aralash-quralash boʻlib ketdi. Bir oydan soʻng shifoxonadagi amaliyotim tugaydi. Oʻqituvchim doktor Braun tibbiyot fakultetida shifokor boʻlib qolishga tavsiya etyapti.
Abdurahmon ancha yengil tortdi va xursand ohangda qichqirib yubordi:
– Tabriklayman! Tabriklayman! Shak-shubhasiz, sen bunga loyiqsan, ofarin!
Anvar aniq bir toʻxtamga kela olmay turardi, u hozir aytgan soʻzlariga yana qoʻshimcha qilmoqchi shekilli. Nihoyat u xijolatomuz holda sekingina qoʻshib qoʻydi.
– Yoʻq… demak… Men aytmoqchimanki… Agar ketsam, bir oʻzim ketmayman.
– Xech narsani tushunmayapman – hayron boʻldi Abdurahmon, lekin yuragi notinch, qandaydir tashvish bor ekanligini sezib turardi.
Anvar oʻz hayajonini yengib, davom etdi:
– Men uylanib, xotinimni ham olib ketaman.
– Nega bunday toʻsatdan? Ilgari bu haqida gap boʻlmagandi-ku, toʻgʻrimi?
– Boʻlmagan.
– Unda nima boʻldi?
– Men joʻnab ketish bilan bogʻliq ishlarimni hal qilmagunimcha bu haqida gapirmoqchi emasdim.
Abdurahmon sukutda edi. U baribir oʻz hayajonini chetga surib soʻradi:
– Sen uzil-kesil shu qarorga keldingmi? Kimga uylanmoqchisan oʻzi?
– Samaraga, – dedi Anvar qoʻshni uy tomonga ishora qilib.
Abdurahmon bu yangilikni sukut saqlagan holda eshitdi.
– Sening fikring qanday? – soʻradi Anvar shosha-pisha. – U senga yoqadimi?
– Yaxshi tanlov, diding chakki emas, – deb gʻoʻldiradi Abdurahmon.
– Sendan minnatdorman, aka. Oʻtinib soʻrayman, menga yordam ber, ertaga uning otasiga uchrashamiz, umid qilamanki, u bizga yoʻq demaydi.
– Boʻpti, sen aytgancha qilamiz.
– Menda bor-yoʻgʻi bir necha oy bor. Bu vaqt mobaynida men uylanishim va Angliyaga joʻnab ketishim uchun tayyorgarlik koʻrishim joiz. Bilasanmi, men asal oyimizni barcha aslzodalar singari xorijda oʻtkazmoqchiman.
Anvar xayrlashdiyu joʻnab ketdi. Abdurahmon ukasiga eshikni yopib, koʻzdan yoʻqolgunicha qarab turdi. U mayus oʻtirar, koʻzlari hech narsani koʻrmasdi. Tuman quyuqlashdi va hammayoq sukutga choʻmdi. U axiri turdiyu kichik bogʻni aylanib, yana oʻtirdi. Abdurahmon yigirma yil avvalgi oʻtmishini eslay boshladi. U damlar sururga toʻla va saodatli edi. U oʻsha davrda nihoyatda xushchaqchaq oʻspirin boʻlib, kelgusi hayotdan talaygina umidlari bor edi. U vaqtlar hozirgi kunlar singari shafqatsiz emas edi. Abdurahmon oʻz oilasida toʻngʻichi edi. Ota-ona uni iloji boricha hayotdan zavqlanishini istab yashar edilar. Maktabda u oʻz tengdoshlari orasida isteʼdodi va tirishqoqligi bilan ajralib turardi. Atrofdagilar haqiqatan uning peshonasida porloq istiqbolni koʻrishar edi. Balki shunday boʻlishi mumkin edi, lekin uning otasi toʻsatdan olamdan oʻtib qoldi. Ota baxtsiz bevani toʻrt farzandi bilan qoldirib boqiy dunyoga ravona boʻldi. Oila bor-yoʻgʻi toʻrt funt nafaqaga arang kun koʻrar edi. Abdurahmon shafqatsiz hayot bilan ilk bor toʻqnashdi. Uning barcha orzu-umidlari chilparchin boʻldi. Ilgari ota oilaning boquvchisi boʻlgan boʻlsa, endilikda bu tashvish Abdurahmonga yuklandi. Boshqa yoʻl yoʻq edi, lekin u bu haqiqatni darrov anglab yetmadi. Shu tariqa oila tayanchining barcha umidlari puchga chiqdi.
Yurakni oʻrtab yuboruvchi ogʻir kunlar boshlandi. Lekin u barchasiga chidadi. Uning zimmasida ukalari haqida qaygʻurish yuki bor edi. Endi u faqat oʻzi haqida oʻylamayotgan edi. U butun borligʻini onasi va ukalariga bagʻishladi. U yangi bir baxtga , yaʼni – oʻzgalar baxti uchun kurashmoq baxtiga sazovor boʻldi.
U hatto uylanish haqida oʻylab ham koʻrmadi, bularning barchasi oila tayanchining yaqin insonlariga nasib etdi. Bu inson sabr-toqat qilishga qaror qildi, lekin ukalarining sabrlari chidamadi. Ulardan biri politsiya maktabini bitirib, zobit boʻldi va darrov uylandi. Uning ortidan muhandislik diplomini olgan ikkinchi uka ham uylanib oldi. Abdurahmon esa boʻydoq boʻlib qolaverdi.
Endigina uning hayotiga baxtu saodat olib kirishi mumkin boʻlgan koʻhlikkina qiz yoqib qolganda…
Onaning ovozi uning xayolini boʻldi.
– Abdu, nega qorongʻida oʻtiribsan?
Abdurahmon kun botganini ham sezmay qolibdi. U ogʻir qadamlar tashlab uyga kirdi.
– Anvar sen bilan gaplashdimi? – soʻradi ona.
– Ha.
– Xoʻsh, uning qaroriga nima deysan?
– Uning tanlagan qizi yaxshi. Ertaga men qoʻshnimiz bilan gaplashib, Anvar uchun uning qoʻlini soʻrayman.
– Mana endi hamma qushchalarim har tomonga qanot qoqib uchib ketdilar. Sendan tashqari hammasi, – dedi ona xomush ohangda.
U jim edi.
Kim biladi, ehtimol unga roʻbaroʻ kelgan baxtsizlik unchalar qoʻrqinchli emasdir. Bu birinchi marta emas. Hayot uni bir narsaga, sabr-toqatga oʻrgatdi. U shuni tushunib yetdiki, hayotni oʻzgalarga bagʻishlagandagina baxt-saodatli boʻlish mumkin ekan.

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

#Kun_Hikoyasi Qaytish. Ulug'bek Hamdam
1.

Bugun u ishdan ketdi. Ishdan-a?!.. Ha-ha, ishdan ketdi deyapman men sizga... Baqirganim yo‘q. Men bor yo‘g‘i uning ishdan ketganidan xabar berayapman. Shu tobdagi ko‘ngil holim uning ishdan ketganligi haqidagi xabar mazmuniga mos. To‘g‘rirog‘i, xabar meni o‘z sajiyasiga ko‘ra sozlab oldi go‘yo. Shuning uchun ham sizga baqirayotgandek tuyulgan bo‘lishim mumkin, aslida unday emas. Axir, bir kun siz ham, men ham, xullas, hammamiz ishdan ketishimiz mumkin-ku... (o‘shanda kerak bo‘pqolar balki bu gaplar). «Qayoqqa?» - deysizmi?... Bilmadim. Hamma gap shunda bo‘lsa kerak. Darhaqiqat, ishdan ketgandan keyin odam qayoqqa borar ekan?.. Ishlab turib o‘lib qolsa, uning qayon borishi ma’lum: chin dunyoga... Lekin o‘lmasdan burun ishdan ketsa-chi? Keyin nima bo‘ladi. U ishdan qaerga boradi?..

2.

Shunday qilib, u ishdan ketdi. Qirq yil ishlagan, qirq yillik umri o‘tgan joydan ketdi... U qanaqa joy, ishning nomi nima, kimlar bilan ishlagan edi, deganga o‘xshash yuzlab savollar bu o‘rinda ahamiyatli emasdek. Nima uchun ishdan ketdi, o‘z ixtiyori bilanmi yoki ixtiyoriga qaramay ketishga majbur qilishdimi, keksayib, ishga yaramay qolgani uchundir, balki… o‘ylaymanki, bularning javobi ham juda muhim ko‘rinmaydi. Chunki, hamma qachondir qandaydir sababga ko‘ra ishga kiradi va vaqti soati yetib undan ketadi. Xuddi tug‘ilish va o‘lishdek gap bu. Pistonchi o‘libdi, deyishsa, darrov «nimaga?» deb so‘raymiz. «Falon-falon» sababga ko‘ra deyishgandan so‘ng, «agar o‘sha sabab bo‘lmaganda tirik yurardi» deya hamdardlik bilan bilag‘onlik qilamiz. To‘g‘ri, bo‘lishi mumkin. Masalan, agar u anov kuni haqiqatan ham o‘sha savil mashinaga o‘tirmaganida, avtohalokat sodir bo‘lmasligi mumkin edi. Biroq u baribir qachondir o‘lar edi. Qsha kuni bo‘lmasa ertasiga boshqa sabab bilan, ertasiga o‘sha sabab bilan o‘lmasa, indiniga yana o‘zga bir sabab bilan... Aytmoqchimizki, o‘lim - muqarrar. Hammamiz mazkur fikrda yakdilmiz. Xuddi shunday, u yoki bu odamning bir kun kelib ishdan ketishi yoki ishlab turib omonat jonni Yaratganga topshirishi ham tabiiy hol. Bunga shubha yo‘q... Tavba, tavba... tag‘in o‘tlab ketdik, chog‘i...

3.

Shunday qilib u ishdan ketdi... Ishxonadan keng va katta ko‘chaga chiqarkan, o‘zini g‘arib, aftodahol sezdi. Uyiga bormasdan qarovsiz itdek shahar kezdi. Shunda u o‘zini haqiqatan ham keraksiz va tashlandiq his qildi. Ulkan ko‘chalar bo‘ylab qad ko‘targan osmono‘par beton uylar xuddi unga qarab bostirib kelayotgandek dahshatli tuyuldi. Ilgari hech bularni payqamagan ekan. Axir har kuni shu uylar oldidan o‘tar edi-ku, nega faqat endigina ular begonadek, shafqatsizdek tuyulayapti. Qani avvalgi munosabat, qayoqqa ketdi, nega ketdi?!..
Uyiga esa uning aslo kirgisi kelmayotgandi. Yuragi dov bermayotgandi, to‘g‘risi. Axir, o‘g‘li va qizining biri chet elda, boshqasi qo‘shni shaharda yashashadi. Ular oila qurib, o‘zidan tinib-tinchib ketishganiga ko‘p bo‘lgan. Xotini hayotligi paytda ham yilda bir kelishsa kelishardi, bo‘lmasa telefon bilanoq qarindoshchilik burchidan osongina qutilib qo‘ya qolishardi. Uzoq yili ayoli qazo qildi. Shundan beri yolg‘iz edi. Biroq u o‘z yolg‘izligini mana bugun – ilk marta his qilib turibdi. Ilk marta duch keldi uning kiyimsiz qolgan jo‘jabirdek joni ayovsiz tanholik shamoliga... Holbuki, anchadan beri so‘qqabosh va qarovsiz edi. Biroq bugun... Bugun boshlanganga o‘xshaydi uning chinakam kimsasizligi...

4.

Keza-keza, turtina-turtina horib-charchab, nihoyat, u o‘z uyi ostonasiga kelib qoldi. Yuragini vahm bosdi. Biroq na chora, uning kissasidan kalit olib, eshikni ochishdan o‘zga yo‘li bormidiki, tag‘in ikkilansa... Yo‘q-da... Ichkari kirdi. Butun dunyosini qorong‘ilik chulg‘ab keldi – shoshib chiroqni yoqdi. Keyin boshqa xonalarnikini ham birin-sirin yoqib chiqdi. Hatto, hojat va cho‘milish xonasini ham charog‘on qilib qo‘ydi... Allamahalgacha yotmadi, o‘ylanib-siqilib o‘tirdi, yurdi, ustma-ust sigaret chekdi. Ismsiz alamning avj pallasida esa ko‘zlariga yosh ham chiqdi: «Endi nima bo‘ladi? Qandoq yashayman?» degan g‘oyat xavotirli savol miyasini ayovsiz cho‘qirdi...
Nihoyat, tongga yaqin charchoqdan ko‘zi ilindi... Qancha uxlaganini bilmaydi. Bir mahal qulog‘iga qushlarning shodon chug‘ur-chug‘uri kirdi, shu hamono yuziga tushib turgan quyoshning yoqimli taftini tuydi. Ha, ajib bir farog‘at uni uyg‘otgandi. To‘nini yelkasiga tashlab, asta tashqari yurdi. Mo‘‘jazgina hovlida qad ko‘targan bir juft o‘rik qiyg‘och gullagan – tinimsiz sayrab turgan qushlar ham, u guldan bu gulga uchib-qo‘nib g‘o‘ng‘illashini boshlagan asalarilar ham unda edi. Atrofda ona-zaminning, ko‘klamning, ulug‘vor kuch – hayotning bo‘yi shundoq ufurib yotardi. Vo ajab... Nahotki, u oldin bularni ko‘rmagan bo‘lsa?.. Axir u qariyb qirq yildan beri shu hovlida yashaydi, anov daraxtlarga ham kamida shuncha bersa bo‘ladi, lekin u nega bularning birontasini payqamagan bugungacha?..
Chamasi, u bir zamonlar – bunga ko‘p bo‘lgan – bolalik chog‘lari edi u paytlar – hammasini ko‘rar va his qilardi. Ertalab uni yo quyosh alangasi yoki bo‘lmasa mana shunaqa juvurjuq qushlarning bir-biriga gal bermay sayrashlari uyg‘otardi – eslaydi. Keyin... Keyin u faqat ishxonaning, kundalik va yillik rejalar tashvishi bilan ko‘z ochib yumishga odatlangandi. Bugun esa ular qayoqqadir chekinganga o‘xshaydi: uning qarib qolgan badaniga tag‘in quyoshning tafti yoqayapti, tag‘in uning yarim bitib qolgan quloqlari qushlar qo‘shig‘ini eshitib rohatlanayapti.
Kechgacha u shu yerdan quyosh nurlariga cho‘milayotgan daraxt gullarining tagidan ketolmadi, sayroqi qushlarni tark etolmadi. Turtinib-surtinib bo‘lsa-da, rahmatli ayolidan keyin qarovsiz qolgan hovlini supurib-sidirdi, yer chopdi, gullarni yovvoyi o‘tlardan tozaladi, ularga suv quydi... Nihoyat shom tushdi. U ham horib-charchadi. Ketmonni bir chetga qo‘yib, muslukda yuz-qo‘lini yuvdi, yelkasiga sochiqni tashlagancha kelib supaga cho‘kdi. Keksa nigohlarini endigina nish urib turgan-daraxtu gullar, o‘tu o‘lanlar o‘sgan kaftdekkina yer maydoniga tikdi. Uzoq vaqt shunday o‘tirib qoldi. Shunda kimdir unga «Sen yolg‘iz emassan!..» deyayotgandek bo‘ldi... Bir seskandi-da, qo‘zg‘alib yurdi. Dimog‘iga suv sepilgan tuproqning bahor aralash hidi urildi. Ko‘ngli bir ko‘tarilib tushdi. Lekin o‘zini tutdi. Daraxtga yaqinlashib, unga xuddi odamga qaragandek qaradi. Birdan botinida nimadir ko‘chdi... Ko‘chdi-yu, o‘zini daraxtga tashlab, uni mahkam quchganicha avvaliga unsiz, keyin negadir piqillab yig‘lab yubordi. Uzoq, juda uzoq vaqtdan beri ko‘zlaridan bir tomchi yosh chiqmagan bu qariya endi yelkalari silkinib-silkinib, ichlari ag‘darilib-ag‘darilib yig‘lar, yig‘lagan sari butun umr yig‘ilgan qatlam-qatlam sitamlari ko‘chib chiqayotgandek bo‘lardi...
U o‘ziga hamroh va suyanchiqdek tuyulgan daraxt gavdasidan qo‘llarini olganda, ko‘ngli charog‘on edi. Holbuki, atrof tunning siyohiga cho‘milgandi, biroq zulmat yo‘q edi bu kechada...
Bu ora vaqt ilgarilab ketgandi. Asta yurib uyga kirdi, qorni ochqaganini his qilsa ham charchoqdan ko‘zlari yumilib borayotgandi. Zo‘rg‘a xobxonaga yetib oldi-da o‘zini o‘ringa tashladi. Uyquning to‘riga g‘arq bo‘layotgan shuuri endi xonalar chiroqlarini yoqib qo‘yilishiga ehtiyoj sezmasdi...

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

"Iqtibos savatchasi" loyihasi
🏀 Basketboldagi ball berish nizomlaridan foydalanilgani uchun shunday nomlandi.

✔ Loyiha shartlari:

1. Kanal guruhiga haftaning har dushanba va payshanba kunlari soat 21:30 da biron ma‘lum va mashhur asardan iqtibos keltiriladi.

2. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni janrini topsa, 1 ball beriladi.

Janrlar:

Klassik jahon adabiyoti
Zamonaviy jahon adabiyoti
Klassik o‘zbek adabiyoti
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti
Non-fiction (non-fiktshn) - Ilmiy-ommabop
Tarixiy asar

3. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni muallifini topsa, 2 ball beriladi.

4. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni nomini topsa, 3 ball beriladi.
Bir iqtibosda bitta ishtirokchi 5 ball olishi, 3 ta ishtirokchi 1, 2, 3 ball olishi yoinki 2 ta ishtirokchi 1+2, 3 ball olishi mumkin. Sodda qilganda ball uchun 3 xil tarifdan foydalaniladi: janr, muallif va nom.

Har bir ishtirokchida javob berish uchun 3 ta imkoniyati bo‘ladi. Agar biron tarif(janr, muallif, asar nomi)dan ball olsa, unga yana 1 ta imkon beriladi.

Iqtiboslar har safar 15 tadan o‘ynaladi.

Oy davomida eng ko‘p ball olgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. G‘olibga sovg‘a sifatida kitob beriladi.

Ishtirok etish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Shunchaki, guruhga kirasiz va o‘yinda ishtirok etasiz.

Guruh manzili : t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ ɢᴜʀᴜʜɪ

"YANGI VA KREATIV UCH LOYIHA TURKUMI"
Bugun sizlar bilan 3 qiziq loyihalarimizni yangilangan qoidalari bilan umumiy holatda ko‘rib chiqamiz.

📃 Birinchi loyiha - "Iqtibos savatchasi"

🏀 Basketboldagi ball berish nizomlaridan foydalanilgani uchun shunday nomlandi.

✔ Loyiha shartlari:

1. Kanal guruhi ( @Hayotimiz_Charogboni_guruh )ga haftaning har dushanba va payshanba kunlari soat 21:30 da biron ma‘lum va mashhur asardan iqtibos keltiriladi.

2. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni janrini topsa, 1 ball beriladi.

Qaysi janrlar deysizmi?:

Klassik jahon adabiyoti

Zamonaviy  jahon adabiyoti

Klassik o‘zbek adabiyoti

Zamonaviy  o‘zbek adabiyoti

Non-fiction (non-fiktshn) - Ilmiy-ommabop

Tarixiy asar

Bolalar adabiyoti

Xalq og‘zaki ijodi

Mumtoz diniy adabiyot

Zamonaviy diniy adabiyot

3. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni muallifini topsa, 2 ball beriladi.

4. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni nomini topsa, 3 ball beriladi.

Bir iqtibosda bitta ishtirokchi 5 ball olishi, 3 ta ishtirokchi 1, 2, 3 ball olishi yoinki 2 ta ishtirokchi 1+2, 3 ball olishi mumkin. Sodda qilganda ball uchun 3 xil tarifdan foydalaniladi: janr, muallif va nom.

Har bir ishtirokchida javob berish uchun 3 ta imkoniyati bo‘ladi. Agar biron tarif(janr, muallif, asar nomi)dan ball olsa, unga yana 1 ta imkon beriladi.

Iqtiboslar har safar 15 tadan o‘ynaladi.

Oy davomida eng ko‘p ball olgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. G‘olibga sovg‘a sifatida kitob beriladi.

Ishtirok etish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Shunchaki, guruhga kirasiz va o‘yinda ishtirok etasiz.

Guruh manzili : t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh

Ikkinchi loyiha - "Kalavaning uchini top!"

‼️ Loyihamizning  shartlari:

Ishtirokchilarga

🔹 Asar nomi va qahramoni; (10ta )
🔹 Asardagi o‘sha qahramonga berilgan ta‘rif;(10ta)
🔹 Asardagi mashhur iqtibos;(10ta)

...aralash tarzda (jami: 30 ta) ma‘lumotlar beriladi. Siz aynan shu ma‘lumotlardan mos-mosini qo‘yib, bir listda javob berishingiz kerak. Ya‘ni asar nomi, qahramon + unga berilgan ta‘rif + asardan parcha (iqtibos).

✔️ Baholash.

Har bir bosqichda ishtirokchilarga 2 balldan beriladi. O‘yin so‘nggida esa eng ko‘p ball jamg‘argan ishtirokchilar e‘lon qilinadi.

🕰 O‘yin haftada 2 kun o‘tkaziladi:

•Seshanba
•Juma

Soat 22:00 da

🥳 Va..va..oy oxirida eng ko‘p ball jamg‘argan ishtirokchiga KITOB 📙 SOVG‘A QILINADI!

🎯 O‘yin t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh da bo‘ladi.

Kichik misol:
(asar nomi va qahramon)
“Uch og‘ayni”, Robert +
(qahramonga ta‘rif)
kamgap, rahmdil +
(Asardan iqtibos)
“Rahmdillik dunyodagi eng bema‘ni narsa. U ichi qoralikdan  o‘zga narsa emas”

Mana shu ko‘rinishda kalavaning uchini topamiz!

Uchinchi loyiha - "O‘ylaShartmas"

😉Bu soddagina o‘yincha!

🤓Shartlar qanday deysizmi?!

🙂Biz ballni ikkita bosqichda beraylik-chi, dedik. Telegramdagi ulkaaaan tuyg‘ularimizni ifodalaydigan smilelar bor-kuuu(😌). Ana shulardan foydalanib

Birinchi bosqichda:
Har bir ishtirokchiga smilelar orqali asarning nomiga ishora qilinadi. Bunda topqirlik birinchi o‘rinda turadi(😇).

Masalan : 🚪🛣🚪- Ikki eshik orasi

Ikkinchi bosqichda:
Ishtirokchilarga asarlarning nomlari aralash shaklda beriladi. Bunda ham topqirlik va tezlik zarur(☺️)!

Masalan : K Sh I K E S K I A I R I S O - IKKI EShIK ORASI

📃Har ikkala bosqichda ham, 15 tadan asar nomini topishingiz kerak bo‘ladi.

📌Har bir to‘g‘ri topganizga 1 ball beriladi.

🤗Har bir bosqichda g‘oliblargina keyingi bosqichga o‘tishadi, degan gap yo‘q! Hamma bemalol qatnashaveradi!

🗓Bu o‘yin haftaning chorshanba va shanba kunlari soat 21:30 da o‘tkaziladi.

🥳Oy oxirida esa, eng ko‘p ball yig‘ganga KITOOOOB!

😊Bosqichlar juda oddiy, faqat siz o‘zingizni zehningizni ishlatsangiz, bas!

♻️Haya, o‘yin albatta, @Hayotimiz_charogboni_guruh da bo‘ladi.

😎Demak, o‘yinlarda uchrashguncha!

Barcha o‘yinlar t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh da bo‘ladi.

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ ɢᴜʀᴜʜɪ

#Kun_Hikoyasi Ossuriya shohi Asarxadon. Lev Tolstoy
Ossuriya shohi Asarxadon shoh Lailie mamlakatini bosib oldi, shahar-qishloqlarini beomon talab, yoppasiga o‘t qo‘ydi, aholisini qul qilib, mulkiga haydab keldi, qo‘shinini yakson etib, Lailiening o‘zini qafasga soldi.

Shoh Asarxadon kechasi xobxonada yotgancha, Lailieni qatl etish yo‘lini qidirar ekan, bexos shitir etgan ovozni eshitdi va ko‘zini ochib, ustida oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan, ko‘zlari beozor boqib turgan bir cholni ko‘rdi.

– Lailieni qatl etmoqchimisan? – deb so‘radi chol.

– Ha, – deb javob berdi shoh, – shu topda uni qanday qatl etsam ekan, deb o‘ylab turgan edim, o‘zi-a.

– Lailie, axir, o‘zingsan-ku, – so‘z qotdi chol.

– Bekor gap, – dedi shoh, – men – menman, Lailie esa – Lailie.

– Lailie bilan sen asli bir odamsizlar, – dedi chol, – faqat sening ko‘zingga boshqa-boshqa bo‘lib ko‘rinyapsizlar, xolos.

– Ko‘zingga shunday ko‘rinyapti, xolos, deganing nimasi?! – dedi shoh. – Men, mana, parqu ko‘rpada huzur qilib yotibman, sodiq g‘ulomu joriyalarim amrimga muntazir, ertaga ham bugungidek do‘st-yorlar bilan yana kayf-safo qilaman, Lailie bo‘lsa, ana, tutqin qushga o‘xshab qafasda o‘tiribdi, ertaga qoziqqa o‘tqazilsa, tili og‘zidan osilib tushadi va tanasi og‘riqdan ming bor burishib-tirishadi, oxiri esa o‘ligi itlar oldiga tashlanib, tilka-pora qilinadi.

– Sen Lailieni hayotidan mahrum etolmaysan, – dedi chol qat’iyat bilan.

– O‘n to‘rt ming askarni halok qilganim va jasadlaridan qo‘rg‘on tiklaganim-chi? – dedi shoh. – Mana, men – borman, ular – yo‘q. Demak, Lailieni ham hayotidan mahrum eta olaman.

– O‘sha askarlar yo‘q ekanini sen qayoqdan bilasan?

– Agar ular bor bo‘lsa, nega ko‘zimga ko‘rinmaydi?! Xullasi kalom, ular azob tortdi, men esa huzur qildim, ularga yomon-u, menga yaxshi bo‘ldi.

– Buyam senga shunday tuyulyapti, xolos. Sen ularga emas, o‘zingga azob bergansan.

– O‘lay agar, gapingga tushungan bo‘lsam, – dedi shoh.

– Tushuntiraymi bo‘lmasa?

– Ha-da!

– Unda bu yoqqa kel, – dedi chol suvga limmo-lim kattakon jomni ko‘rsatib.

Shoh jom yoniga keldi.

– Ust-boshingni yech-da, unga tush.

Asarxadon chol aytgandek qildi.

– Ustingdan quya boshlashim hamono, – dedi chol qo‘lidagi cho‘michni suvga to‘ldirib, – darhol jomga boshingni tiq!

Chol uning boshi ustida cho‘michni engashtirdi, shoh ham shu ondayoq jomga bosh tiqdi.

U ana shu lahzadayoq o‘zini Asarxadon emas, boshqa odam deya his etdi. Va shuning barobarida o‘zini xobxonada go‘zal bir ayol bilan birga ko‘rdi. Bu ayolni u hech qachon ko‘rmagan emish-u, ammo o‘zining xotini ekanini bilarmish. Ayol tavoze-la o‘rnidan qo‘zg‘alar emish-da, “Aziz xojam Lailie, sen kecha saltanat ishlaridan horib-charchab, har kungidan uzoqroq uxlab qolding, men esa hech kim uyqungni buzmasin, deya tepangda qo‘riqchi bo‘lib o‘tirdim. Saroy a’yonlari devonxonada senga muntazir turibdi. Shohona libosingni ustingga il-da, ularning yoniga chiq”, deyar emish.

Asarxadon shu so‘zlardan o‘zining Lailie ekanini bilibdi-yu, ammo nega bunday bo‘lib qolganidan ajablanish o‘rniga, aksincha, nega o‘zining Lailie ekanini shu vaqtgacha bilmaganidan hayron bo‘libdi, o‘rnidan turib kiyinibdi-yu, vazir va mulozimlari ilhaq kutayotgan devonxonaga chiqibdi.

A’yonlar shoh Lailiega ikki bukilib ta’zim etibdi, so‘ngra uning ijozati bilan joylariga cho‘kibdi. Mulozimlardan eng ulug‘i, bu yog‘iga yovuz tojdor Asarxadon haqoratlariga chidab bo‘lmaydi, unga qarshi urush ochish kerak, deya shohga maslahat solibdi. Biroq Lailie keksa a’yon fikrini ma’qullamabdi va Asarxadon huzuriga elchi jo‘natib, uni insofga chaqirmoq kerak, deya qaror chiqaribdi-da, ahli mashvaratga ijozat beribdi. Shundan keyin eng boobro‘ zotlardan elchilar saylabdi va Asarxadonga borib aytajak gaplarini ipidan-ignasigacha quloqlariga quyibdi.

Shu ishlarni oyoqlatgach, Asarxadon o‘zini yana Lailie deya his etaroq arxar ovlagani toqqa chiqib ketibdi. Ov degani, o‘ziyam, baroridan kelibdi. U bir juft arxar otibdi va saroyga qaytib, do‘st-yorlari bilan bazmga sho‘ng‘ibdi, mashshoqlar nag‘masiyu raqqosalar raqsidan huzur olibdi.

Lailie ertasiga, odati bo‘yicha, arzgo‘ylar, sudlanuvchi va dovlashuvchilarni qabul etibdi – har bir ish o‘ziga munosib ajri oliy olibdi. Bu vazifani yakuniga yetkazib, yana xush ko‘rgan ermagi – shikorga ravona bo‘libdi. O‘sha kuni shohga qari ona sherni otib o‘ldirish va bir juft shervachchani o‘lja olish nasib etibdi. Shikordan so‘ng yana nag‘ma va raqslar bilan ko‘ngil yozib, do‘st-yorlar ila bazm quribdi-da, tunni suyukli xotini bilan xobxonasida o‘tkazibdi.

U Asarxadon huzuriga yuborilgan elchilarning qaytishini kutib, shu zaylda kunlar va haftalarni o‘tkazibdi. Elchilar bir oydan so‘ng­gina qaytibdi: ularning burun va quloqlari kesilgan emish.

Shoh Asarxadon elchilardan Lailiega shuni aytib yuboribdiki, agar u tez fursatda oltin, kumush va sarv og‘ochida katta o‘lpon to‘lamasa, shuningdek, o‘zi ham Asarxadon saroyida hozir bo‘lib, unga ta’zim bajo keltirmasa, elchilarni nima ko‘yga solgan bo‘lsa, Lailieni ham shu ko‘yga solar emish.

Ilgari Asarxadon bo‘lgan Lailie yana a’yonlarni to‘plabdi va bu yog‘iga qanday yo‘l tutish xususida mashvarat qilibdi. Vazir va mulozimlarning hammasi bilittifoq, Asarxadon bostirib kelmay turib o‘zimiz unga qarshi urush ochishimiz kerak, deya fikr bildiribdi. Shoh bu safar maslahatga rozi bo‘libdi va Asarxadon ustiga cherik tortibdi. Lashkar yetti kun yo‘l bosib, sakkizinchi kun deganda daryo yoqasidagi keng-mo‘l vodiyda dushman qo‘shini bilan to‘qnashibdi. Lailie lashkari mardona jang qilar va bu shoh qalbiga taskin berar emish-u, ammo Asarxadon qo‘shini tog‘dan mo‘r-malaxdek yopirilib tushib, butun vodiyni qoplab olgani va shu tariqa uning askarlarini tang ahvolga solib qo‘yganidan betoqat bo‘lar emish. U o‘z aravasida jang­gohning qoq o‘rtasiga otilibdi va sanchib-chopib boraveribdi. Ammo, taassufki, Lailie askarlari yuzlab bo‘lsa, Asarxadon jangchilari minglab emish. Lailie shu asnoda avval yaralangani, so‘ng asir olinganini payqabdi.

U barcha asirlar bilan birga, Asarxadon askarlari qurshovida, to‘qqiz kun qo‘li bog‘liq yo‘l bosibdi. O‘ninchi kun deganda uni Nineviyaga olib kelishib, qafasga bandi etishibdi.

Lailie ochlik va jarohatdan azob tortmas emish-u, lekin g‘animdan qasos olishga ojiz qolganidan uyat olovida qovrilar emish. “Bu vaziyatda qo‘limdan faqat bir ish keladi, u ham bo‘lsa – meni har qancha azoblashmasin, sira oh-voh qilmay, mardona chidab berish”, deya o‘z-­o‘ziga ont ichibdi shoh.

Lailie qatl soatini kutib yigirma kun qafasda o‘tiribdi. Boyoqish qarindosh-urug‘ va do‘st-birodarlarini qatl etgani olib ketishayotganini ko‘rib va ularning qatlgohdan kelayotgan dod-faryodini eshitib turar emish: jallodlar mahkumlardan birining oyoq va qo‘llarini chopsa, boshqasining tirikligicha terisini shilib olar emish-u, ammo bundan na behuzur bo‘lar, na achinish tuyar va na dahshatga tushar emish. Lailiening ko‘zi haram kanizaklari qo‘lini bog‘lab olib ketayotgan o‘z xotiniga tushibdi. “Shoh Asarxadonga joriya qilib berishmoqchi”, degan alamli o‘ydan yuragi uvishibdi uning. Ammo boyoqish bu isnodga ham tishini tishiga qo‘yib chidab beribdi.

Nihoyat, ikki jallod qafas eshigini ochib, uni tashqariga chiqaribdi-da, qo‘lini qayish bilan bog‘lab, qon halqob bo‘lib yotgan qatlgohga olib kelibdi. Lailie ro‘parasida qonga belangan o‘tkir qoziqni ko‘ribdi. Undan endigina sodiq bir do‘stining jasadini sug‘urib olgan ekanlar. Lailie anglab yetibdiki, bu qoziqni, hoynahoy, o‘zi uchun bo‘shatishgan.

Lailiening ustidan kiyimini yechib olishibdi. Shunda u bir vaqtlar kuch-quvvat yog‘ilib turgan ko‘rkam tanasi endi suyakka yopishgan qoq teri bo‘lib qolganidan qo‘rqib ketibdi. Ikki jallod abgor tanani oriq sonlaridan tutib azod ko‘taribdi va qoziqqa o‘tqazmoqchi bo‘libdi.

“Endi o‘lim meni domiga tortadi”, deb o‘ylabdi Lailie va har qanday azobga miq etmay chidab berish haqidagi ontini unutib, shafqat so‘rab dodlay boshlabdi. Lekin uning dod-faryodiga hech kim parvo qilmas emish.

“Axir, bunday bo‘lishi mumkin emas, – deb o‘ylabdi u talvasa ichida, – men, hoynahoy, uxlayotgan bo‘lsam kerak. Ha, bu – tush”. U shunday deya jon-jahdi bilan uyg‘onishga harakat qila ketibdi. “Axir, men Lailie emas, Asarxadonman”, deb o‘ylarmish u nuqul.

– Sen ham Lailie, ham Asarxadonsan. – U judayam olisdan kelayotgan ana shu sasni eshitar emish-u, ayni choqda, qatl boshlanayotganini ham sezib turar emish…

…Shu on u tomog‘i yorilgudek chinqirib yubordi-da, jonholatda boshini jomdan ko‘tardi. Bu payt chol uning ustidan cho‘mich tubidagi oxirgi suvni quymoqda edi.

– Azob shunchalik ham og‘ir bo‘ladimi! Shunchalik ham uzoqqa cho‘ziladimi! – dedi Asarxadon nafasi og‘ziga tiqilib.

– Shunchalik ham uzoqqa cho‘ziladimi, deysanmi? – taajjublandi chol. – Boshingni hozirgina suvga tiqding-u, darrov chiqarib olding; mana qara, hali cho‘michdagi suvning barini quyib bo‘lganim yo‘q. Hoynahoy, so‘zimning ma’nosini anglagandirsan endi?

Asarxadon churq etmadi, faqat cholga qo‘rqib qarab qo‘ydi, xolos.

– Endi anglagandirsan, – deya so‘zini takrorladi chol va bunday deb qo‘shib qo‘ydi: – Lailie sening o‘zing ekaningu sen qatl etgan askarlar ham o‘zing ekaningni. Nafaqat askarlar, sen shikorda otib o‘ldirgan va bazm dasturxoniga tortilgan jonivorlar ham sen o‘zing eding. Sen nuqul hayot mening dastimda deb kibrlanib yurarding, biroq men ko‘zingdan yolg‘on pardasini ko‘tardim va shunda ayon ko‘rdingki, sen o‘zgalarga yomonlik qilaman deb o‘zingga yomonlik qilibsan. Hayot barcha uchun yagona, sening hayoting esa shu yagona hayotning birgina zarrasi. Hayotning shu bir zarrasini yaxshiroq yoki yomonroq, uzunroq yoki qisqaroq qilishgina sening izmingda, xolos. Uni ham faqat bir yo‘l bilan yaxshiroq qila olasan: o‘z hayotingni o‘zgalarnikidan ajratib turgan to‘siqlarni buzib tashlaysan-da, barcha insonlaru jonivorlarni o‘zing deb bilasan – ularga muhabbat qo‘yasan. Hech zog‘ni hayotdan mahrum etish sening qo‘lingda emas. Sen joniga qasd qilganlar hayoti atigi ko‘zingdan panalandi, butkul yo‘qolgani yo‘q. Sen o‘z hayotingni uzaytirib, o‘zgalar hayotini qisqartirmoqchi bo‘lding, lekin, bilib qo‘y, bu muddaoga hech qachon yetolmaysan. Hayot uchun na zamon, na makon darkor. Bir soniyaligu bir asrlik hayot ham, sening hayotingu boshqa jonzotlar hayoti ham barobar. Hayotga barham berish yoki uni o‘zga izga solish ilojsiz, chunki u biru bordir. Qolgani esa sarobu ro‘yodir, xolos.

Chol shularni aytdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Ertasiga shoh Asarxadon Lailie va boshqa hamma asirlarni ozod etishga farmon berdi – qatlni bekor qildi.

Indiniga o‘g‘li Ashurbanipalni huzuriga chorlab, podsholikni unga topshirdi, o‘zi esa avval bo‘lib o‘tmish ushbu voqea haqida obdon o‘ylab olish uchun sahroga chekindi, so‘ng shahar va qishloqlarni yayov kezib, hayot yagona ekani va kimki boshqalarga yomonlik tilasa, o‘ziga jabr etajagi haqida odamlarga pand so‘ylab yashab o‘tdi.

Matlubaxon RAHIMOVA

tarjimasi

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

#Kun_Hikoyasi Yoshlik qaytib kelmaydi. Oktay Akbal
U: “Juda ham oʻzgarib ketibsan”, demoqchi boʻldi-yu, lekin “Hech ham oʻzgarmabsan”, deb yuborganini oʻzi ham sezmay qoldi.
Ular bir-birlarini koʻpdan buyon tanir edilar. Goʻyo ular hozir birinchi marotaba uchrashib qolganday edilar. Bu erkak yoshligida qarshisidagi ana shu shahlo koʻzlarga, mayin sochlarga, choʻchchaygan lablarga toʻyib-toʻyib qaramaganday edi. Hozir qarshisidagi sohibjamolning firoqida yonib, kechayu kunduz u haqida oʻylamagandek.
Oyoqlari hali ham avvalgidek chiroyli… tuflisi ham… u doimo xuddi shunday xipcha tufli kiyib yurardi. Qani endi hozir ham tashqi koʻrinishi oʻn ikki yil avval koʻrganiday boʻlsa!..
Aprel oyining oxirlari, kunbotar payt. Sochlari oqaribdi, yuziga ajin tushibdi. Qani endi, hozir bu ayolga yigirma yoshidagi oshiqi-beqaror boʻlib yurgan paytidagidek qarolsa edi…
– Hech ham oʻzgarmabsan, – dedi erkak ayolning koʻnglini koʻtarib.
– Sen oʻzgaribsan, – dedi ayol erkakning koʻzlariga tik boqib.
“Bu ayol yoshligida ham choʻrtkesar, sharttaki edi. Har bir soʻzning ogʻir botish-botmasligini oʻylamay, yuzingga shartta aytardi-qoʻyardi”. Lekin erkak esa mulohaza bilan gapirardi, dilidagi gapni tiliga chiqarib gapirmasdi. Ular yoshlikda uchrashib yurganlarida yigit qizning yuragida nima borligini bilolmadi. Nihoyat, ular ajralib ketdilar.
– Sen hamon oʻsha-oʻshasan, – dedi erkak ayolga jilmayib.
– Rostdanmi?
– Bilmayman, balki koʻzimga shunday koʻrinayotgandirsan…
“Bekorchi gaplarni qoʻysang-chi!..” demoqchi boʻldi ayol. Ular bir-birlariga tikilib turardilar.
– Balki oʻtirarmiz? – taklif qildi erkak.
Kema qirgʻoqdan joʻnab ketdi. Paluba osoyishta edi. Yoqimli shabada esmoqda.
Ayol yupun kiyingandi.
– Sovuq emasmi? – soʻradi erkak ayoldan.
– Yoʻq-yoʻq, sovuq emas! – javob qaytardi ayol.
“Menga gʻamxoʻrlik qilayapti, – oʻyladi ayol. – Qiziq, hali ham meni sevarmikin, a? Boʻlmasam-chi, esidan chiqarmagani koʻzidan koʻrinib turibdi. Oʻn ikki yil avval qanday sevgan boʻlsa, hozir ham shunday sevadi”.
Ayol uni universitetda oʻqib yurganlarida qandayligini eslashga harakat qildi. Harchand urinmasin, baribir oʻsha damdagi uning qiyofasini sira eslay olmadi.
Yoʻq, ayol uni oldingi vaqtidagidek holatiga hecham oʻxshatolmadi. Faqatgina uning ayrim soʻzlari-yu, qiliqlarinigina eslay oldi, xolos. Yana, bir kuni xuddi shu bugungidek dengiz qirgʻogʻida oʻtirganlarini, soʻng moʻjazgina qahvaxonaga kirganlarini esladi. Ular qahva ichdilar, qahva quyqumidan fol ochmoqchi boʻlgandilar.
Yigit qizni chin yurakdan sevib qolgandi. Uning nazarida qiz ham yigitni sevib qolganday edi. O, yoshlik… oʻn sakkiz yashar inson oʻzi haqida avvaldan nimani ham ayta olardi. Yoshlik onlari hech qachon tugamaydigandek: oʻtirishlarga, oʻyingohlarga, kino va raqs kechalariga borishdan, oʻynab-kulishdangina iboratga oʻxshab tuyulardi. Qayerdadir yigit qizni oʻzining tongday musaffo sevgisi ila kutib turardi. Qiz esa, xuddi yosh goʻdak kabi koʻp oʻyinchoqlar yoniga kelayotgandek yigitning visoliga oshiqardi. Qiz hammavaqt uni intizorlik bilan kutishini istardi. Qachonki koʻngli tusagan paytda qiz ularni qoldirgan joyidan olishni xohlardi. Qiz bu oʻyinni insonlar bilan oʻynardi. Agar insonning qalbini chil-chil sindirsang, bu yara hech qachon bitmaydi. Qiz esa, qanchadan-qancha yosh yuraklarni jarohatlab oʻynardi. Oʻsha paytda bu yigit bilan qahvaxonada oʻtirganidan tortib, to hozirgi kungacha bosib oʻtgan yoʻli unga gʻoyatda dahshatli koʻrinib ketdi. U dabdurustdan seskanib ketdi-da, ustki kiyimining yoqasini koʻtarib qoʻydi.
– Sovqotayapsanmi, yur, pastga tusha qolaylik.
“Har doim meni oʻylaydi… Tavba, boʻlib oʻtgan ishlarni bilaturib ham sevadi…”
– Yoʻq, sovqotmayapman, – javob berdi ayol. – Yaxshisi, oʻzing haqingda gapir! Nima qilayapsan? Qayerda ishlayapsan?
Erkak unga sigareta tutdi. Lekin ayol uni rad etdi. Erkak ayoldan ruxsat soʻrab cheka boshladi.
“U har vaqt sigaretani shunday ushlardi, – oʻyladi ayol. – Jahlim chiqib, chekishni ham uddalay olmaysan, deb taʼna qilganim-qilgan edi. Hozir ham sigaretasi qoʻlidan tushib ketay-tushib ketay deb turibdi”.
– Senga nimani ham gapiray? – chuqur xoʻrsindi erkak. – Ishlayapman. Chet elga ishlagani ketgan edim. Istambulda bir necha yildan beri boʻlganim yoʻq. Mana, kelganimga endi ikki oy boʻldi. Yaxshi joylashib oldik, birdan oldin, birdan keyin yashab yuribmiz.
Gapiradigan hech gap yoʻq! Ularning oxirgi uchrashuvlaridan keyin qanchadan-qancha suvlar oqib oʻtdi. U uylanib, ota ham boʻldi. Har doim biror narsani eslamoqchi boʻlsang, koʻz oʻngingda, xotirangda saqlanib qolgan yoshlik kunlaring jonlanadi. Lekin qarshisidagi bu ayol bir vaqtlari qalbining toʻridan joy olgan boʻlib, uning eng yaqin, hech vaqt unutolmaydigan sevgilisi boʻlib qolgandi.
Erkak gapida davom etdi:
– Ishlayapman… Yashash joyim ham yomon emas.
– Xotining, bolalaringning ahvoli qalay? – soʻradi ayol. Biroz sukutdan soʻng:
– Baxtlimisan? – deb qoʻshib qoʻydi.
Baxt! U oʻsha oʻtib ketgan qaygʻusiz kunlarda, shu mohipaykarning firoqida kuyib-yonib, uni intizorlik bilan kutgan vaqtlaridagina baxtli boʻlgan edi. Endi-chi, baxt qayerda deysiz, uni qancha qidirmay hech qayerdan topib boʻlmaydi. Ahyon-ahyonda nasib etadigan baʼzi xursandchiliklarni aytmasa, umri kundalik tashvishlar bilan oʻtmoqda.
Erkak uylanaman, bola-chaqa qilaman, xotinimni astoydil sevaman deb orzu qilgan kunlarini allaqachon unutgan edi. U uylangan ayol oddiygina. Unga tasodifan uylandi. Mabodo sevganiga uylanganida ham balki hayoti shunday kecharmidi? Odatda koʻpincha shunday boʻladi-ku! Jahonda baxt borligi toʻgʻrisida bosh qotirish bemaʼni ish. Baxt yoʻq. Baxt deb atalgan narsa xomxayol, ushalmaydigan orzu.
– Baxtliman, albatta, – javob qaytardi erkak. – Oʻzing-chi?
– Men ham baxtliman, – dedi-yu ayol miyigʻida asta kulib qoʻydi.
“Qayerdagi behuda gaplarni gapirayapman-a… – deb qoʻydi ayol ichida. – Ikkimiz ham qayoqdagi bemaʼni gaplarni gapirayapmiz”.
Qiziq, ular hozir bir-birlarini qanday qilib tanib qoldilar! Qorongʻida dabdurustdan koʻzlari koʻzlariga toʻqnashib qoldi. Oʻsha avvalgi oʻtkan kunlari beixtiyor eslariga tushdi. Ayol hoʻngrab yubormaslik uchun yuzini chetga burdi.
Koʻprik orqada qoldi. Boyoʻgʻlining qiyofasi xuddi ular kinoda koʻrganlari Manxetten orolini eslatar edi. Erkak birinchi boʻlib: “Qara, sening Manxettenning”, deb jimlikni buzdi. Ular yonlaridan tunellar, mehmonxonalar, koʻrfazlar, uylar, kemalar, qayiqlar, tramvaylarning oʻtishiga aslo parvo qilmasdilar.
Ochigʻini aytganda, bunaqa voqealar boʻlib turadi. Vaqtning zudlik bilan oʻtib borayotganini hech kim sezmaydi. Ha, vaqt zumda oʻtadi-ketadi. Aslo uni toʻxtatib boʻlmaydi. Sevgi, ishonch – bularning bari ortda qoladi…
Ularning bir-birlarini haddan ortiq sevgan kunlari har holda alohida ajralib turmogʻi lozim. Aytganday, qiz yigitni bir lahza boʻlsa-da, sevganmidi? Ha, oʻsha paytda qiz: “Seni sevaman”, degandi. Oʻsha ondagi hislarning yagona, haqiqiy his-tuygʻular ekanligini u shu lahzadagina tushundi.
Evoh, oʻsha damdagi baxt qoʻldan chiqdi, ha, qoʻldan chiqdi! Har bir istagan kishim meni sevib ardoqlaydi, men ham istagan kishimni seva olaman, deb oʻylagan edi.
Erkak qoʻlidagi sigaretani toʻlqinlanib oqayotgan dengizga uloqtirib yubordi.
– Istambulni rosa sogʻindim-da, oʻzimam, – dedi erkak.
– Nimalarni eslading? – soʻradi ayol.
– Bosforni, kemalarni, Boyoʻgʻlidagi koʻprikni, kinoteatrlarni esladim.
– Yana qayerlarni?
– Yaqin kishilarimni, albatta.
Gapirishga arziydigan gapi boʻlmagan odamlarning suhbati bemaʼni boʻladi. Qaytanga uchrashmaganlari maʼqul edi. Hech boʻlmaganda bu uchrashuv haqida yurakni ezadigan oʻylar boʻlmasmidi? Ana shunda bir-birlari toʻgʻrisidagi oʻsha eski xotiralar qalblarida umrbod saqlanib qolgan boʻlarmidi! Lekin bu tasodifiy uchrashuv ularning bir-birlariga boʻlgan mehr-muhabbatini mahv etdi.
Ayol: “Nega menga uylanmading?” deb soʻrashga jazm eta olmadi. Bu haqda qanday soʻray olardi ham. Oʻzi uni mensimay ketdi-ku. Oʻyinchoq kabi oʻynadi-ku! Ular churq etmay, bir-birlariga termuldilar. Bu ogʻir uchrashuv edi. Oxiri erkak nima deyishni bilmay:
– Koʻylaging juda chiroyli ekan! Har doimgidek goʻzalsan, – dedi.
– Qoʻysang-chi, azizim, axir bu eski koʻylagim-ku!
– Judayam chiroyli ekan, seni ochib yuboribdi.
Pastda kimdir bir qoʻshiqni xushtakda betinim xirgoyi qilardi. Bu xazon boʻlgan sevgi haqidagi qoʻshiq edi:

Sevishganlarni hayot,
Bir-biridan qiladi judo.
Izlarini yuvar dengiz,
Boʻlgandan soʻng ular ayro.

Bu qoʻshiq soʻzlarini endi ularga nima qizigʻi bor? Oʻsha vaqtda aytiladigan qoʻshiq butunlay boshqacha edi. Bu esa yangisi ekan. Boshqa kishilar shu xazon boʻlgan sevgi haqidagi qoʻshiqni eshitib, qachonlardir oʻzlarining oʻtib ketgan yoshliklarini eslaydilar.
Uzoqda chagʻalay charx urib, qanotlarini keng yozib uchardi. Birozdan soʻng hammayoqni qorongʻulik chulgʻadi.
– Uyingga ketayapsanmi? – soʻradi erkak.
– Yoʻq, oʻrtogʻimnikiga kirib oʻtmoqchiman. Sen-chi?
– Mening zarur ishim bor…
Hammasi behuda gaplar, qalb soʻzlari emas!.. Bu soʻzlar soxta, koʻngil uchun aytilgan gaplar. Bu soʻzlar oʻz maʼnosini yoʻqotgan. Xuddi ular avvallari sevishmagandek edi. Faqat bir-birlarini sogʻinib, mehr bilan tikilishlaridangina buni uqib olish mumkin edi, xolos. Bu koʻzlarda soʻngan oʻtning uchqunlari asta-sekin yolqinlanardi.
“Uchrashmaganimiz maʼqul edi, – oʻyladi erkak. – Judayam oʻzgarib ketibdi. Bunday oʻzgarib ketishini sira xayolimga keltirmagandim. Qarib qolibdi, ozib ketibdi. Tavba, bu koʻyga qanday tushdi ekan-a. Hayot naqadar beshafqat!”
Vaqt sevgan odamingning chehrasiga ham raxna solarkan. Balki ayolning ham xuddi shu soʻzlar xayolidan oʻtayotgan boʻlsa ajab emas. Xuddi savdogarlarga oʻxshash bu semiz erkak qayerdan paydo boʻldi ekan! Qani, uning yoshlikdagi koʻrkam, kelishgan qaddi-qomati?
Ikkisining ham koʻngli buzilib ketdi. Ular zumraddek toʻlqinlanib oqayotgan moviy dengizga tikilib oʻtirardilar.
– Bolangning yoshi nechada? – soʻrab qoldi ayol toʻsatdan.
– Kattasi toʻrtda, kichigi esa bir yarim yashar.
– Bolang ikkitami? Qay birini koʻproq yaxshi koʻrasan?
Ayol oradagi ogʻir jimlikni buzish uchungina ushbu savolni bergandi. Erkak ayolning bergan savoliga javob bermay, miyigʻida kulib qoʻya qoldi…
“Qayoqdagi boʻlmagʻur gaplarni gapirayapman-a, – oʻyladi ayol. – Tezroq bandargohga yeta qolsak edi! Bu suhbatni davom ettirishning hojati yoʻq. Oʻtgan ishlarni eslamaslik kerak, undan qochmoq lozim. Faqat yaqin orada tanishgan kishingnigina sevishing mumkin. Eski muhabbat, sevish-sevilishlar faqat xotiradagina saqlanishi kerak”.
Istambul oqshomi oʻzgacha edi. Qizgʻish ufq. Timqora osmon. Chagʻalaylar. Kichik motorli qayiqlar. Yoqimli kuy. Quvnoq xandalar. Ilgari ham xuddi shunday boʻlgan edi. Uzoq yillargacha bularning barchasi oʻz oʻrnida qoladi, lekin nimadir bir umrga qaytmas boʻlib gʻoyib boʻladi. Bu nima oʻzi? Buni tushunish qiyin…
– Avtobusga shoshilayapman, – dedi ayol. – Ertaroq borishim kerak.
Ayol oʻrnidan turdi. Erkak uning ketayotganidan xursand boʻlib oʻtirgan joyida qolaverdi. U xayolidan: “Ketgani yaxshi. Uning yoshlik paytlarini eslayman”, degan soʻzlarni oʻtkazdi.
– Xayr, omon boʻl. Seni uchratganimdan gʻoyatda xursandman, – dedi erkak.
– Men ham. Xayr, yaxshi qol!
Uzoqdan ayolning yengil qadam tashlab, sochining ohista tebranib borishi xuddi yoshlikdagi yurishini eslatib yubordi. Ilk uchrashuv kunlarida ham u xuddi shunday yengil qadam tashlab uning istiqboliga kelgandi. Bir koʻngli uni chaqirmoqchi boʻldi, lekin tezda bu fikridan qaytdi.
“Qayoqdagi boʻlmagʻur gaplarni vaysab keldim-a! – oʻylardi erkak. – Nimalar haqida soʻzlashni bilmadim. Tuzukroq gap ham aytolganim yoʻq”.
Uni uyda xotini, bolalari kutishardi. Issiq ovqat kutardi. Bu uning kundalik hayoti. Ayni haqiqat shu. Ertalab ishga, kechqurun oilasiga qaytadi. Ishdan xorib-charchab qaytib kelgach, uxlaydi. Sevgisiz kunlar… Uning hayoti shundan iborat. Agarda xotirasida hali ham ilk sevgisi saqlanayotgan boʻlsa, bularning hammasi oʻz-oʻzidan unutilib ketishi muqarrar. Ushalmagan orzu haqida qaygʻurish behuda narsa. Oʻtib ketgan yoshlik hech qachon qaytib kelmaydi. Inson hozirgi kun bilan yashamogʻi lozim.

Rus tilidan Nazira Joʻrayeva tarjimasi

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ

#Kun_Hikoyasi Xazarula. Nodar Dumbadze
O‘n to‘rt yoshimda birinchi marta daraxt bilan suhbatlashganim esimda. U olma daraxti edi, xuddi buvim singari allaqachon oltmishdan oshgandi. Odamlar uni Xazarula deb atashardi.

Ilgari buvim har qishda Xazarula olmalaridan Tbilisiga olib kelardi. Ertalabki birinchi poyezdda shahar vokzaliga tushar, u yerdan to‘g‘ri biznikiga yo‘l olardi. Buvimdan qishloqning xushbo‘y, yoqimli hidi ufurib turar, meni ko‘ksiga mahkam bosib quchoqlab, keyin yotarjoyimga mushtdan kattaroq ko‘rimsiz olmani tashlardi:

– Ma, ol, nena1, hovlimizdagi Xazaruladan senga sovg‘a, xuddi Dapinoga o‘xshab burishib ketgan bo‘lsa ham, bundan yaxshi olma yo‘q. Ye, bolam, ha, dardingni olay-a, bolajonim-a.

Olma chindan ham juda mazali edi.

Urush boshlanganidan so‘ng men qishloqqa – buvimnikiga ko‘chib keldim va bu yerda Xazarula bilan shaxsan tanishdim. Daraxtning ba’zi joylarini qurt yegan, lekin hali baquvvat va ko‘rkam bo‘lib, sersoya shoxlarini keng yoyib turardi. Shoxlariga osilgan cho‘mich, xumcha va ko‘za daraxtga o‘zgacha chiroy bag‘ishlardi. Lekin, bilishimcha, Xazarulamiz endi gullamay qo‘ygandi.

Qirq ikkinchi yil bahorining boshlari edi. Bir kuni buvim meni erta tongda uyg‘otdi. Uning qo‘lida qilichdek o‘tkir, yaltiroq bolta bor edi.

– Ha, buvi, meni chopmoqchimisiz? – dedim jo‘rttaga yig‘lamsirab va ko‘rpaning ichiga berkindim.

– Maynavozchilik qilma, tentak! – baqirdi buvim jahli chiqib. – Qulog‘ingdan tortib sudramasimdan o‘ringdan tur… Tur, ishingni boshla…

– Erta tongda qanaqa ish? – achchiqlandim men. – Yana nima baloni o‘ylab topdingiz?

– Meni pisand qilmayapti, erkak kishining qo‘lini his qilib ko‘rsin, – to‘ng‘illadi buvim chimirilib.

– Buvi, kim haqida gapiryapsiz?

– Hah, mutruki2, hazil-mazaxdan boshqa narsani bilasanmi? Tur, dedim!

– Mana, turyapman. Faqat kim haqida gapirayotganingizni ayting, – dedim men va kiyina boshladim.

– Kim bo‘lardi, Xazarula haqida gapiryapman-da. Yaramas, uyati ham, vijdoni ham yo‘q. Shunaqayam yuzsizlik bo‘ladimi? Ayni ocharchilik paytida-ya?!

– Daraxt haqida… gapiryapsizmi?.. – hayratdan tilim gapga kelmay qoldi.

– Ha, daraxt haqida, daraxt haqida.

– Olmani aytyapsizmi? – hanuz quloqlarimga ishongim kelmasdi.

– Axir, mevasiz daraxt ham daraxt­­mi?

– Xo‘p, men nima qilishim kerak? Uni kesishim kerakmi?

– Yo‘g‘-ye, nega birdaniga kesarkanmiz. Oldin qo‘rqitib ko‘ramiz, foydasi bo‘lmasa, keyin kesib tashlaymiz.

Buvim menga Xazarulani qanday qo‘rqitishim zarurligini tushuntirib, boltani bosh tomonimga suyab qo‘ydi va eshik tomon yurdi.

– U meni eshitadi deb o‘ylaysizmi? – tirjaydim men.

– Agar zig‘ircha aqli qolgan bo‘lsa, eshitadi.

– O‘zingiz qayerga ketyapsiz?

– Sizlar yolg‘iz gaplashishlaring kerak, – dedi buvim va tashqariga chiqib ketdi.

O‘rnimdan turib, boltani yelkamga qo‘ygancha marani3ning ustiga chiqdim va Xazarulaning ro‘parasiga kelib to‘xtadim. Uning tagidagi nam tortgan yer chopishga tayyor bo‘lgandi. “Qiziq, daraxt xaqiqatan ham odamni eshitarmikan”, deb o‘yladim va kulib qo‘ydim. Keyin boltani oldim-da, kuch bilan daraxt tanasiga tiradim.

– Kesaymi, kesmaymi? – deb so‘radim bir necha marta baland ovozda.

Nihoyat uzoq o‘ylanishdan so‘ng boltani pastga tushirdim va shunday baralla gapirdimki, meni Xazarula tugul, toshlar va yerda ko‘milib yotgan ko‘za ham eshitdi.

– Mayli, bilganingni qilaver, – deb ogohlantirdim so‘ng, – yana bir yil kutaman, shundayam meva qilmasang, o‘zingdan ko‘r. Tag-tuging bilan ko‘chirib tashlayman.

Xullas, buvimning topshirig‘ini qo­­yilmaqom qilib bajardim. Ammo Xazarula pinagini ham buzmas, xotirjam edi. U endigina chiqayotgan quyosh nurlarida isinmoqchi bo‘lgandek, butun tanasi bilan yuqoriga intilayotganga o‘xshardi.

Bu safar endi buvimning ustidan emas, o‘zimning ustimdan kuldim. Boltani yerda yotgan to‘nkaga zarb bilan sanchdim-da, ortimga qaytdim.

– Qalay bo‘ldi? – so‘radi buvim.

– Uni o‘lgudek qo‘rqitdim. Ko‘rmayapsizmi, bechora haliyam qaltirayapti, – deb javob berdim va buvimni daraxtga qarashga undadim.

Shunda men ovoz chiqarib kulib yubordim – Xazarulaning tanasi rostdan ham titrayotgan edi!..

Sharq tomondan shamol esardi.

Tog‘larga katta odimlar bilan bahor keldi. Gubazauz o‘rmonidan bir nazar tashladi-da, to‘g‘ri hovlimizga kirdi. Xuddi qiyiq qizga o‘xshab etagini sal ko‘targancha yashil o‘tloqlarni bosib-bosib o‘tdi. Hamma-hammani – mol-hol, qushlar, o‘simliklarni ham aqldan ozdirdi. Hayot qaynay boshladi.

Buvim meni yana saharda uyg‘otib, Xazarulaga qarashimni so‘radi.

Oq-pushti libosdagi salobatli Xazarula biz tomonga istehzo bilan qarab turardi.

– Senga aytgandim-ku! – buvimning sevinchi ichiga sig‘masdi.

– Nahotki, aqlga sig‘maydi-ya! – deb ajablandim men.

Xazarula chaman bo‘lib gullagan edi. Unga har yoqdan asalarilar kelib qo‘nardi. Vaqt o‘tishi bilan shoxlar son-sanoqsiz meva tugdi. Olmalar asta-sekin to‘lishib, pisha boshladi. Xazarula yil bo‘yi bizni va qo‘shnilarimizni olma bilan ta’minlab turdi. Olma chaynayverib hatto mollarning ham tishi qamashib ketdi. Bir kuni savat to‘la olmani Teofan Dugladzening sigiriga olib borganim yodimda.

– Bo‘ldi, bas qil, sigirni tinch qo‘y! – haddan tashqari g‘amxo‘rligimdan Teofanning jahli chiqdi. – Bu ketishda hademay sut o‘rniga olma sharbat sog‘ib olamiz.

– Qanday qilib butun qishloqni lol qoldirding, Xazarula? – so‘radim qish arafasi daraxtning uchidagi qush cho‘qigan olmani olayotib.

– Mevali daraxt bo‘lsang, buning ustiga, olma bo‘lsang, shunday qilishing kerak! – dedi u qarigan bo‘g‘imlarini g‘ichirlatib.

Bu yil uzoq vaqtgacha yodimizda qoldi: Xazarula qaytib meva bermadi. Uni qanchalik qo‘rqitmay, qanchalik do‘q urmay, hatto yalinib ham ko‘rdim – foydasi bo‘lmadi. Xazarulaning xazarulaligi yo‘qoldi.

Ikki yildan keyin, xumdan musallas olayotganimizda buvim to‘satdan osmonga, so‘ngra Xazarulaga qaradi va bosh chayqab, menga xuddi begonaga gapirayotgandek dedi:

– Bugun qor yog‘adi, o‘tinimiz esa tugagan. – Uning ovozi titrar edi. – Sovuqdan tamom bo‘lamiz, Xazarulani kesish kerak.

– Yana bir yil kutaylik, buvijon, keyin kesarmiz, – yalindim men. – Uni yana qo‘rqitib ko‘raman…

– Uning kuni bitgan, nena, hech narsa bilan qo‘rqitolmaysan.

– Yo‘q, – dedim men, – uni kesa olmayman.

– Nega?! – buvimning jahli chiqdi. – Mening gapim senga bir pulmi?

– Yo‘q, buvi, unday emas… Baribir uni kesolmayman.

– Voy, nega? – ajablandi buvim.

– Axir, o‘zingiz aytmaganmisiz, daraxt hamma narsani eshitadi deb?!

– Odam qariganda nimalar deb aljiramaydi. Yaxshilab quloq sol. Ba’zan bir daraxtni deb odam odamni eshitmaydi… Frontda esa odamlar bir-birini o‘ldirib yotishibdi. Men o‘shanda hazillashgan edim, uni esingdan chiqar.

– Yo‘q, – qattiq turib oldim men. – Bunday qilolmayman. Menimcha, daraxt eshitishdan tashqari ko‘rishi ham mumkin. Qarang, u bizga ters o‘girilyapti.

– Yo tavbangdan ketay! Nimalar deydi-ya bu bola?! Bunaqa gaplarni eshitgandan ko‘ra kar bo‘lganim yaxshi edi, – yig‘ladi buvim va jahl bilan peshanasiga shapatiladi. – E-e, bor-ye, sendan foyda yo‘q. Sen xomkallani boplab laqillatgandim. O‘zi bir adabingni berib qo‘yish kerak. Hoy qo‘shnilar! Hoy yaxshilar! Bu bola esidan og‘ib qopti! Zanjirga bog‘lash kerak buni! Adoyi tamom bo‘pti! – U endi bor ovozi bilan hay-haylashga tushgandi.

– Ey Kalandadzening bevasi! Boladan nima istaysan? – qichqirdi uning dod-voyiga javoban chetan devorlar orasidan ketib borayotgan Ananiya Salukvadze va hovlimiz tomonga burildi.

– Eh, Ananiya, o‘zing o‘ylab ko‘r, avvalgi yili nabiramni meva bermaydigan Xazarulani qo‘rqitib qo‘yishga ko‘ndirgandim. Endi esa uni kesib tashlashini so‘rab yalinsam ham, unamayapti. Bilasanmi, nimaga? Daraxt hamma narsani ko‘rib, eshitib turarmish… He, o‘rgildim! – dedi buvim achchiqlanib va mehmonga bir stakan vino uzatdi.

– Salom alaykum. Xudo quvvat bersin, – buvimni duo qildi Ananiya Salukvadze va musallasni shunday zavq bilan ichdiki, ko‘rib og‘zimning suvi keldi.

– Ko‘radi… Eshitadi, degin? – takrorladi Ananiya tovlanib turgan sarg‘ish soqolini silab.

– Shuning o‘zigina emas, bu ahmoq daraxt gapirishi mumkinligiga haliyam ishonadi, – nolidi buvim. – Lekin uning aybi yo‘q, men o‘zim uning miyasini aynitganman. Endi, mana, shu ahvolga tushib o‘tiribman.

– Nabirang mabodo ertalabda vino-pinodan tatib ko‘rgani yo‘qmi?

– Ha, bir-ikki stakan ichvoganga o‘xshaydi, – javob qildi buvim: unda to‘satdan umid uchqunlari paydo bo‘ldi.

– Unday bo‘lsa, musallasingdan menga yana bitta quy-chi, Darejan, – jilmaydi Ananiya. – Bolani sen yoki vino aqldan ozdirganini aniq aytib beraman.

Buvim stakanni to‘ldirdi. Ananiya uni bir ko‘tarishda bo‘shatdi.

– Menimcha, Darejan, – deb gap boshladi u uzoq to‘xtamdan so‘ng, – ikkalangiz ham uni aqldan ozdirgansiz: sen ham, vino ham. Lekin oxirgi qarorimni aytishim uchun yana bir stakan quy.

Buvim yana musallas quydi, ammo o‘sha paytda Ananiyaga shunday ko‘z bilan qaradiki, agar uning o‘rnida bo‘lganimda, idishga lab tekkizgani ham qo‘rqqan bo‘lardim. Lekin Ananiya hech narsa bo‘lmagandek uchinchi stakanni ham ichib bitirdi. Bu safar u o‘z hukmini darhol aytdi.

– Bolaning nima uchun aqldan ozgani menga hoziroq ravshan bo‘ldi, – dedi u musallasni ko‘rsatib. – Daraxt hamma narsani ko‘rib turishiga ishonasan-a, to‘g‘rimi?..

– Ha! – tasdiqladim men.

– Tosh-chi?

– Tosh ham.

– Daryo-chi?

– U ham…

Ananiya mening haqqimga duo qildi, so‘ng buvim tomonga o‘girildi:

– Ha, ana, hammasi tushunarli, Darejan. Aytaylik, sen daraxtsan… Aytaylik, ana shu Xazarulasan. Agar sen, nevarang aytganidek, ko‘rsang, eshitsang… menga o‘xshagan, bolta ko‘targan kishini darrov payqamasliging mumkin emas. Odam senga yaqinlashadi va chopmoqchi bo‘ladi. Tushun­yapsanmi? Chopmoqchi bo‘ladi. Hammasini ko‘rib, bilib turasan-u, lekin qochib ketolmaysan. Bunday paytda aqldan ozish hech gapmas-ku, to‘g‘rimi? – dedi Ananiya va bo‘sh stakanni uzatdi, ammo buvim bu safar negadir shoshmadi. – Quysang-chi, tezroq! – deb qichqirdi Ananiya. – Senga aytishim kerak bo‘lgan narsalarning ko‘pi hali oldinda.

Buvim stakanni to‘latdi.

– Sen-chi, bolakay, shaharlik bo‘lsang ham, – deb menga yuzlandi Ananiya, – bizning qishloqcha hikmatlarimizni o‘rganib olishing kerak. Dehqon uchta narsani qo‘l ostida saqlab turmasligi zarur: nasl qoldirmaydigan hayvonni, meva bermaydigan daraxtni va farzand ko‘rmaydigan… – shu yerga kelganda u buvimga tikilganicha ikkilanib qoldi.

– Menga baqrayib qarama, Ananiya, – kuldi buvim. – Gapingni oxirigacha ayt, uyalma. O‘g‘lim bo‘lmaganda qayerdan nevara ko‘rardim?

– Gaping to‘g‘ri… Xullas, uchinchisi – farzand ko‘rmaydigan xotinni… Buving Darejanning yetti farzandi bo‘lgan. Ha, shunaqa…

– Mendan nima istaysiz, Ananiya tog‘a? – so‘radim undan.

– Nega daraxtni kesmayapsan? – savolga savol bilan javob berdi u.

– Unga rahmim kelyapti.

– Demak, bolakay, daraxtga achinyapsan. Sen tengqur bolalar frontda tanklar tagida yotibdi, sen bo‘lsang…

– Ha, davlatimizga og‘ir. Bunaqa og‘zidan ona suti ketmagan go‘daklar bilan Hitlerni yengib bo‘larmidi?

– Yo‘q, bunaqa gaplarni gapirma, Darejan, – Ananiyaning birdan jahli chiqdi.

– Gapirmay bo‘ladimi? O‘lar holatda bo‘lmaysanmi, bu bola tovuq tugul, hatto jo‘jayam so‘yib bermaydi. Ana, daraxtni kesmay o‘tiribdi, rahmi kelayotganmish. Kezi kelganda aytay, ikki yil oldingi Yangi yilda bir jonliqning bo‘g‘ziga pichoq tortgandi. Bechora jonivorni bu yili Intabuyetida topishibdi. Bo‘ynida pichoq lo‘killab turganmish. Shuyam ishmi endi? E-e… – deb zorlandi buvim.

– Buving rost gapiryaptimi, jiyan? – deb so‘radi Ananiya.

– Ha, rost, Ananiya tog‘a. Faqat menga behuda nasihatgo‘ylik qilmang, baribir Xazarulani kesmayman.

– Rahming kelyaptimi, bolakay?

– Nima, rahmim kelmasinmi?

– Bilganingni qil, rahmdil! Yana bir stakan quy, Darejan. Ertaga ertalab Xazarula yerga ag‘nab yotgan bo‘ladi. O‘zim ertagayoq kesib tashlayman: buguncha qo‘lim tegmaydi.

Ananiya buvim quygan musallasni ichdi.

– Darejan, senda mabodo gazak topilmaydimi? – yo‘l-yo‘lakay so‘radi u.

– Gazakka tayoq yeyishni xohlamaysanmi? – dedi buvim kesatib.

Ananiya indamay hovlidan chiqdi va qishloq yo‘li bo‘ylab sekin yuqoriga keta boshladi.

– Ey, Ananiya, u yoqda nima qilasan? – qichqirdi buvim. – Pastga ketayotgan eding, shekilli.

– Ha, pastda ishim boridi, Darejan, – deb tan oldi Ananiya. – Lekin raisimizning daraxtlari rosa gullabdi. Bog‘bonchilikka esa, bilasan, men kerak bo‘laman.

U qo‘l siltadi.

– Unday bo‘lsa, qadrli Ananiya, Shakroianing qo‘rasiga suyanaqol, – dedi buvim uning qadam tashlashidan xavotirlanib. – Meniki o‘zi zo‘rg‘a turibdi.

U bir hatlab qishloq yo‘liga o‘tdi va Shakroia Mikaberidzening panjarasiga suyanib oldi. Yana yo‘lga tushdi-yu, birdan to‘xtab, menga qaradi:

– Ey jiyan, – deb chaqirdi meni. – Demak, sening Xazarulang ko‘rar ekan-da?.. Sen o‘zi… Xazarulangni hoziroq, – qiqirlab kuldi u. – E, ko‘zim hech baloni ko‘rmayapti-yu.

Ananiya gandiraklagancha ohista qadam tashlab olisladi.

Men haq edim. Churq etmay turgan bargsiz daraxt hammasini ko‘rgan va eshitgandi. Xazarula yarim tungacha o‘yladi. Yarim tunda yuragini qattiq siqimladi, ildizlarini tortdi. Ildizlar qurshovida qolgan xum larzaga keldi. Xazarula buni sezdi va ildizlarini yanada qattiqroq qisdi… loydan yasalgan xumning yonboshi ezildi, lekin sinmadi. Xazarula ildizlarini oldingidan ham mahkamroq qisdi, ko‘zada birinchi yoriq paydo bo‘ldi. Undan qizil suyuqlik sizib chiqib, daraxtning uzun tomirlarini sug‘ora boshladi. Xazarulaning butun tanasini dahshatli titroq bosdi. Lekin asta-sekin bu titroq tushunib bo‘lmaydigan yoqimli qaltiroqqa aylandi. Halokati muqarrar va tashna daraxt ko‘zaga mahkam yopishdi, qizil suyuqlik uning tomirlari bo‘ylab oqa boshladi. U yaqin yetmish yildan beri ildizlari orasida saqlab kelayotgan mo‘jizaviy suyuqlikni shimiy boshladi: o‘tgan shuncha yildan beri hech narsadan xabarsiz daraxt uni hayotbaxsh yerosti shoxlari ichida ardoqlab kelgandi… Uni qanchalar himoya qilib, asrab kelgandi-ya!.. Qizil suyuqlik ko‘zaning yorig‘idan tinimsiz sharillab oqardi. Xazarula ko‘zani yanada qattiqroq siqdi, ajoyib suyuqlikni to‘yib-to‘yib ichdi. Uning g‘alati, yoqimli titroqdan qaltirayotgan tanasi issiqlik va quvonchga to‘ldi. Xazarula dunyodagi jamiki narsani unutib, qayta-qayta ichdi… Oxiri sarxush holga keldi, dunyo ko‘ziga go‘zal ko‘rina boshladi!

Mo‘jiza yuz berdi!.. Kun yorishguncha ko‘za bo‘shadi, Xazarula oxirgi tomchini ichdi, shunda unga odamning va g‘alati suyuqlikning siri ma’lum bo‘ldi. Yo‘q, u endi nega odamlar bir-birini quchoqlashiga, qo‘lida kosa tutgancha yig‘lashiga, bir-birini quvlab, janjallashishiga, kulishishiga, qo‘shiq kuylashiga umuman ajablanmaydi. Odamlar bir-birining qo‘lini tutib uning atrofida raqs tushishi, ko‘zani yaxshilab yuvishi va e’zozlab yana ajoyib suyuqlik bilan to‘ldirishi ham endi uni hayratlantirmaydi. Xazarula barchasini tushundi, shunda uning o‘zi ham o‘lgunicha kuylashni, yig‘lashni, yugurishni, raqs tushishni xohladi… Lekin bularni qanday qilib bajarishi mumkin? Bechora Xazarula, axir u odam emas, daraxtligicha qoldi-ku. Shunda u qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi – ertalabgacha u yoq-bu yoqqa silkinib, guvillab turdi.

Tongda esa… Tongda yonboshiga tegayotgan ovozsiz zarbani his qildi. U sira og‘riq sezmadi, shuning uchun zarbaga e’tibor bermadi… Keyin narigi yonboshida ham xuddi shunaqa zarbani his qildi, lekin bunga ham parvo qilmadi… Uning tanasiga ketma-ket zarbalar kelib tushdi. Oradan bir soatdan oshiq vaqt o‘tdi. Nihoyat, allaqanday kuch uni o‘ngga, chapga og‘dirayotganini angladi. Bosim yanada kuchaydi, cho‘ziq va kuchli g‘irchillagan ovoz eshitildi… Xazarula dastlab sekinlik bilan egildi, keyin to‘satdan bo‘shashganicha o‘zini yerga tashladi. Endi u faqatgina qo‘llari, yelkalarining g‘ichirlashini, bo‘g‘imlari va suyaklarining singan tovushinigina eshitdi… Lekin u zarracha og‘riq tuymadi, ko‘zlarini yumib, chuqur va shirin uyquga ketdi.

– Tur, tur o‘rningdan, toychog‘im! – uyg‘otdi buvim. – Ananiya tong qorong‘isida Xazarulani kesib yiqitdi. Boltani olib, hech qursa shoxlarini buta, – dedi-da, oshxonaga chiqib ketdi.

Buvimning sezgirlik qobiliyati pand bermadi. Kechasi rostanam qor yog‘ibdi. Qishloq xuddi oppoq ko‘ylakdagi kelinchakka o‘xshab qolgandi. Faqat bizning hovli motam tutayotgandek edi go‘yo: maranida novdalari singan, yaqinda kesilgan ulkan Xazarula yotardi. Bu manzarani ko‘rib ko‘nglim ma’yus tortdi. Maraniga ko‘tarildim va shoxlarni butashdan oldin daraxtning kesilgan joyiga kelib o‘tirdim. O‘tirib, sinchiklab qaradim va dong qotib qoldim: kesik tomirlardan qondek qip-qizil suyuqlik tomchilab turardi.

– Buvi! – qichqirdim men.

– Nima deysan? – derazadan bosh chiqarib qaradi u.

– Bir daqiqaga bu yoqqa keling.

– Nima bo‘ldi?

– Keling, o‘zingiz ko‘rasiz.

– Nima bu? – so‘radi buvim hayron bo‘lib.

– Menimcha, daraxtning qoni bo‘lsa kerak, – javob qildim titroq ovozda.

– Bo‘lishi mumkinmas, hozir yanvar-ku, hamma daraxt uyquda bo‘ladi. Faqat fevraldan keyin daraxt tanasiga shira keladi, – dedi buvim.

U suyuqlikka barmog‘ini tekkizdi-da, hidlab ko‘rdi. To‘satdan rangi oqarib menga qaradi.

– Xumni och! – buyurdi menga.

Men darhol yerga ko‘milgan xumning ustidagi tosh va qopqoqni olib tashladim. Buvim ikkalamiz shoshib uning ichiga qaradik. Xum bo‘m-bo‘sh edi!..

– Ey Xudo, o‘zing rahm qil, bizni aqldan ozdirma! – iltijo qildi buvim. Uning ovozi titrar edi. Qo‘llarini yuqoriga cho‘zgancha, yerga tizzaladi.

Sovuqdan dir-dir qaltirayotgan Xazarula ko‘zlarini ochdi. Unga dunyo ostin-ustin bo‘lib ketganga o‘xshab tuyuldi. U ajablandi. Dastlab hammasiga g‘alati qizil suyuqlik aybdor deb o‘yladi. Lekin shu payt boltaga tirsagi bilan suyanganicha, boshini egib o‘tirgan g‘amgin o‘spirinni, sal nariroqda, og‘zi ochiq xumning ro‘parasida, oppoq qorda tiz cho‘kib, qo‘llarini osmonga ko‘tarib o‘tirgan kampirni ko‘rdi-yu, o‘zining jonsiz Xazarula ekanini tushundi va ko‘zlarini yumdi.

Xazarula mangu uyquga ketdi.

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
H | Cʜ - Kᴜɴ Hɪᴋᴏʏᴀsɪ