@hokimlik

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, tumanimiz ahli!
2026-yilning o'tgan 3 oyi davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar olib borildi.

Shovot tumanida barcha sohalar bo‘yicha sodir qilingan jinoyatlar o‘tgan 2025-yilning shu davriga nisbatan 77,5 foizga (40/71)ga oshgan.

Ushbu jinoyatlarning 43 tasini Kiberjinoyatlar tashkil qilib o‘tgan yilga nisbatan (16/43) ga 168 foizga oshgan.

Jami 71 ta jinoyatlarning69 tasi asosiy jinoyatlarni, 2 tasi qo‘shimcha jinoyatlarni tashkil qiladi.

Sodir bo‘lgan jinoyatlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha tahlil qilganda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi, 49 tasi og‘ir, 10 tasini uncha og‘ir bo‘lmagan, qolgan 12 tasini kam ahamiyatli jinoyatlar tashkil qiladi.

Jinoyatlarning ochilish foizi 83,3 foizni tashkil qilib, barcha sohalar bo‘yicha tamomlangan jinoyatlar 10 tani, harakatdan to‘xtatilganlari 2 tani tashkil qiladi.

Jami jinoyatlar tumanda 100 ming aholiga nisbatan 143,8 tadan to‘g‘ri keladi.

O‘tgan 2025-yilning shu davriga nisbatan

“Oldi olinishi lozim bo‘lgan” jinoyatlar (9/9) ga teng holatda.

“Aniqlanishi lozim bo‘lgan” jinoyatlar (15/19) ga 26,7 foizga oshgan,

Ushbu oldi olinishi lozim bo‘lgan 9 ta jinoyatlarni turlari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘tgan 2025-yilning shu davriga nisbatan:

- O‘lim bilan bog‘liq YTH (266 m2q) jinoyati - (1/1) teng, Arbek mahallalarida sodir bo‘lgan

O‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan YTH (266 m1q) jinoyati - (1/1)teng, Arbob mahallalarida sodir bo‘lgan

- Firibgarlik (168 m) jinoyati (2/1) ga kamaygan. Monoq mahallasida 1 ta

- O‘g‘irlik (169 m) jinoyati (4/3)ga kamaygan. Qiyot mahallasida 2 ta, Guliston mahallasida 1 ta

- mehnat muhofazasi qoidalarini buzish 100 foizga (0-1) oshgan Paxtakor mahallasi

- ehtiyotsizlik oqibatida tan jarohati yetkazish 100 foizga (0-1) oshgan.  Paxtakor mahallasi

Alohida toifadagi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:

- Yoshlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar(0/2) ga oshgan, shaxslar soni 2 nafar.

Guliston mahallasida o‘g‘irlik jinoyati, Arbob mahallasida yo‘l transport hodisasi sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilgan.

- Ayollar, mastlar, ilgari sudlanganlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zgani mulkini nobud qilish jinoyatlari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili bo‘yicha tumandagi 52 ta mahallalardan 51 ta mahallada ya’ni 98,1 foizida jinoyat sodir qilinmagan yashil toifada, 1 ta mahalla 1,9 foizi “sariq” toifaga kiritildi.

“Qizil” toifaga tushgan mahallalar yo‘q, 1 ta  Sariq toifadagi Guliston mahallasida o‘g‘irlik jinoyati sodir bo‘lganligi sababli sariq toifaga kiritilgan

Oldi olinishi lozim bo‘lgan 9 ta jinoyatlarning 3 tasi mahalla hududida (47 ta modda bo‘yicha) sodir etilgan jinoyatlar, 3 tasi xam o‘g‘irlik jinoyati Qiyot mahallasida 2 ta,  Guliston mahallasida 1 ta sodir qilingan.

Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri bir qator ishlar amalga oshirilmoqda jumladan joriy yil boshidan shu kunga qadar 6 nafar ilgari sudlangan shaxslarga ma’muriy nazorat o‘rnatildi, 4 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar tuzalish yo‘liga kirmaganligi sababli majburiy davolash bo‘limiga joylashtirildi, 8 nafar voyaga yetmaganlar qarovsiz va nazoratsiz qolganligi sababli viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi, 77 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berildi, mahallalardagi xonadonlarni o‘rganish davomida aniqlangan 1956 nafar huquqbuzarlik sodir qilishga moyil shaxslar aniqlanib profilaktik tadbirlar olib borish uchun mahalla yettiligi a’zolariga biriktirildi. Shuningdek, “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bo‘lgan yoki undan jabrlanishi mumkin bo‘lgan 1956 nafar shaxslar bo‘yicha xulosalar tuzilib, mahalla yettiligi tomonidan 1366 nafarini muammolari ijobiy yechim topdi, qolgan shaxslarning muammolari tizimli hal qilib borilmoqda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tumandagi barcha ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan turli xil mavzularda uchrashuvlar o‘tkazilib tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

MAMLAKATIMIZ OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING, AYNIQSA KARTOSHKA VA BOSHQA ZARUR MAHSULOTLARNI EKISHNI QISQA MUDDATDA YAKUNLAB, QO‘SHIMCHA DAROMADGA EGA BO‘LING!
O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosat a’zolarining barcha mirishkor fermerlarga, bobo dehqonlarga hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli korxonalarga

MUROJAATI

Hurmatli fermerlar, dehqonlar va qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilari!

Siz aziz dehqonlarning yaratuvchanlikka asoslangan mehnatingiz asrlar davomida xalqimizning farovon turmushi, to‘kin dasturxonining asosiy sababi sifatida yuksak e’tirof etilgan va qadrlangan.

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash – nafaqat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, balki iqlim o‘zgarishlari ta’sirini yumshatish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.

Davlatimiz rahbari Navro‘z umumxalq bayrami tadbirida mirishkor dehqon va fermerlarimizga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, ularning xalqimiz dasturxonini to‘kin va farovon qilishdek sharafli mehnatini e’tirof etdi, bu borada davlat va jamiyat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ta’kidladi.

Ushbu qo‘llab-quvvatlashdan ruxlanib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash – har birimizdan mas’uliyat va faollikni talab qilayotgan eng dolzarb vazifalardan ekinligini his qilib, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini qisqa muddatlarda ekishni tashkil etib, ichki ehtiyojni to‘liq qondirish orqali bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Har bir qarich yer – imkoniyat. Undan oqilona foydalanish esa nafaqat shaxsiy manfaat, balki yurtimiz farovonligiga qo‘shilgan hissadir shiori bilan bir qarich yerimizga ham mahsulot ekishni tashkil etaylik.

Keling, birgalikda harakat qilib, xalqimiz dasturxonini to‘kin, yurtimizni yanada farovon qilaylik!

Bugun fermerlarimizning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi ishlari e’tirof etilishi shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi Siz aziz fermerlarni o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishga undashiga ishonamiz.

Himmati baland dehqon va fermerlar!

Mamlakatimiz aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish strategik ahamiyatga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, dehqon va fermerlarimiz uchun yaxshi daromad topish manbai hisoblanadi. Ayniqsa, kartoshka yetishtirish nafaqat kundalik iste’mol mahsuloti, balki aholi iste’molida eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan birdir.

Shu bois, oziq ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash, importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini unutmaylik.

Keling, yurtimiz taraqqiyoti uchun birgalikda harakat qilaylik! “dolzarb bir oylik”da dala chetlaridan oqilona va samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xususan, kartoshka hamda sabzavot va poliz ekinlarini ekishni yakunlang.

Bundan tashqari, bog‘ va qator oralaridan unumli foydalanib, qo‘shimcha ravishda sabzavot ekinlarini ekib, hosildorlikni oshirish va mahsulot turlarini ko‘paytirishga hamda shu orqali xalqimizning dasturxonini to‘kin, yurtimizni farovon qilishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Mirishkor va fidoiy fermerlar!

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash, jumladan, sabzavot, kartoshka, poliz, va boshqa ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mart-aprel oylarida, ya’ni “dolzarb bir oylik”da biz fermerlar tomonidan sabzavot urug‘larini o‘z vaqtida yerga qadab, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligi hamda erta ekib qo‘shimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring:

birinchidan -  har bir fermer xo‘jaligi tomonidan “dolzarb bir oylik” davomida ekinlarni joylashtirish ro‘yxatiga muvofiq ochiq maydonlarda kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini ekishni yakunlang;

ikkinchidan - 10 kunlik muddatda dala chetlariga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli yoki makkajo‘xori urug‘i va ko‘chatlarini ekishni tashkil eting;

uchinchidan - ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytiring, sifatli va sertifikatlangan urug‘dan eking;

to‘rtinchidan - tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug‘urta polisi asosida ajratiladigan kreditlar foydalanib, kartoshkani o‘z vaqtida ekib, qo‘shimcha daromad oling;

beshinchidan-kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlar yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etib, qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalaning;

oltinchidan - kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlargakasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralarini ko‘ring, mineral va organik o‘g‘itlardan belgilangan me’yor asosida foydalanib, yuqori hosil olishga va qo‘shimcha daromad olishga erishing.

Hurmatli fermer va dehqonlar!

Shu munosabat bilan barchangizni “dolzarb bir oylik” doirasida mavjud yer maydonlaridan, jumladan, dala chetlari, bog‘ va qator oralaridan samarali foydalanib, kartoshka va boshqa oziq-ovqat ekinlarini ekish ishlarini qisqa muddatda yakunlashga chaqiramiz.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishni shunday ko‘tarinkilik bilan tashkil qilaylikki, toki har bir O‘zbekistonlikman, degan inson o‘zini dehqondek his etsin.

Bobodehqon yelkasidagi yukni ko‘tarishga kamarbasta, farovonlik yo‘lida el-yurtga xizmat qilish kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon qilib, dehqonlarning zafarlaridan faxrlanish hissi yuragingizda jo‘sh ursin!

Barchangizni shunday ezgu amallarni bajarishda faol ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda “Dolzarb bir oylik” mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘z muddatlarida ekishga hamda yuqori hosil olishga da’vat etamiz!

O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosat a’zolari

G‘ALLACHILIKDA GEKTARIDAN 100 SENTNER HOSIL OLISH UCHUN HAR BIR FERMER XO‘JALIGI TOMONIDAN BIR OYLIK SAFARBARLIK E’LON QILING– G‘ALLACHILIKDA IMKONIYATNI BOY BERMANG!
O‘zbekiston fermerlari kengashining fermerlarga MUROJAATI

Qadrli yurtdoshlar!

Hurmatli dehqon va fermerlar!

Bugungi murakkab global iqtisodiy o‘sish sharoitda, oziq-ovqat xavfsizligi dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir davrda, yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud resurslar va imkoniyatlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, sifatli va yuqori hosil olish, agrar sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifalardan biri ekanligini barchamiz his etib turibmiz.

Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, g‘alla bozorini erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarni izchil davom ettirish, ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda ularning narxlari barqarorligini saqlashimizda Siz aziz g‘allakorlardan bugundan boshlab ekilgan g‘allangizga qo‘shimcha ishlov berish hamda mahalliy va mineral o‘g‘itlarni  o‘z vaqtida berishni davr taqozo etmoqda.

Shunday murakkab pallada Siz dehqonu-fermerlar tomonidan har qachongidan ko‘proq mas’uliyat bilan yondoshib ishlashni davr taqozo etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ko‘plab Farmon va qarorlar Siz, dehqon va fermerlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulkan yutuqlaringizga mustahkam zamin yaratmoqda.

Aynan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 9 dekabrdagi “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-370-sonli qarori bilan fermerlarga katta imtiyoz va vakolatlar berildi. Jumladan, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali hosildorlikni oshirish, hosildorlikni g‘allachilikda 100 sentnergacha yetkazish borasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.Jumladan:

2026 yil hosilidan boshlab g‘allani o‘z mablag‘lari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uchun realizatsiya qilgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida katta imtiyozlar berilgani ham fermerlarimizni suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga va g‘alladan yuqori hosil olishiga rag‘batlantiradi.

Yangi O‘zbekistonimizning bu yilgi ulkan g‘alla xirmonini omilkor dehqonlar, fermerlar, suvchilar, agronom va mexanizatorlar hamda sohaning fidoiy olimlari, tajribali mutaxassislarning zahmatli mehnatlari evaziga yaratilishini hammamiz his qilib turibmiz.

Dehqonlar ta’biri bilan aytganda, “Yil yilga o‘xshamaydi”, bugungi kunda g‘alla maydonlarini parvarishlashda o‘zgacha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni davr shiddati taqoza etmoqda.

Hududlarda sohaning olim va mutaxassislari tomonidan shu kunlarda  ikki mingdan ortiq fermerlar va klasterlarning 47 ming gektar g‘alla maydonlarida ekinlar rivoji pastligi aniqlangan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagroinspeksiya”ning mutaxassislari tomonidan ham g‘alladan 100 sentner hosil olish borasida o‘n besh kunda fermerlar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ishlab chiqib, Siz fermerlarga yetkazildi.

O‘zbekiston fermerlari kengashi tomonidan g‘allani oziqlantirish va rivojini ta’minlash borasida zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda sust ish olib borayotgan ikki mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyati muhokama qilinib, yo‘l qo‘ygan qoloqlikni qisqa muddatlarda bartaraf etilishi yuzasidan ogoh etilib, amaliy tavsiyalar berib kelmoqda.

Aziz mirishkor dehqon va fermerlar!

2026 yil g‘alla hosilidan yuqori daromad olishni ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib turibdi. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti dehqonchilik uchun, shu jumladan kuzgi bug‘doy yetishtirish uchun qulay hisoblanadi.

2026 yilda har bir gektar g‘alladan 100 sentnerdan hosil olish uchun biz dehqon va fermerlar bugundan ishni boshlash zarur bo‘lmoqda.

O‘zbekiston fermerlari kengashi rayosati a’zolari, tegishli soha olim va mutaxassislari tomonidan g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga va klasterlarga 2026 yilda har bir gektar g‘alladan  100 sentnergacha hosil olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

birinchidan, har bir fermer xo‘jaligi tomonidan g‘alla maydonlarini yana bir bor ko‘zdan kechirib, rivojidan orqada qolayotgan maydonlarni aniqlab oling hamda ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil eting!

ikkinchidan,  fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan bu yil g‘alladan 100 sentner hosil olaman degan shior bilan “Bir oylik safarbarlik e’lon qiling”;

uchinchidan, g‘alla maydonlaringizda begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi tizimli kurashing. Bunda quyidagilarga jiddiy e’tibor qarating. Jumladan:

G‘alla maydonlarda “zang” kasalliklariga qarshi fungitsidlar bilan, zararkunandalar xasva va shiraga qarshi akaritsidlar bilan kimyoviy kurashish ishlarini tashkil eting hamda begona o‘tlarni turlariga qarab gerbitsidlar bilan kimyoviy ishlov bering!

to‘rtinchidan,g‘allani bahorgi azotli o‘g‘itlar bilan ikkinchi oziqlantirish ishlarin qisqa muddatda yakunlang hamda peshma-pesh sug‘orish ishlarini tashkil eting. Bunda,

uch kun muddatda barcha maydonlarga yetarli azotli o‘g‘itlar zahirasini yarating va qoloq g‘alla maydonlarini yaxshilash maqsadida gektariga qo‘shimcha 300 kg azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi ikkinchi oziqlantirib, g‘alladan barakali hosil olishga erishing hamda  biostimulyator va suyuq o‘g‘itlar bilan suspenziya kamida 3-4 marta sepishni tashkil eting;

beshinchidan,oziqlantirilgan g‘alla maydonlarini bahorgi sug‘orish ishlarini tashkil etib, quyidagi tadbirlarni amalga oshiring! Bunda,

- g‘alla maydonlarini bahorgi sug‘orishda har 5 gektarga 1 nafar tajribali suvchilarni biriktiring;

- suvni to‘g‘ri taqsimlab, birinchi navbatda suv borishi og‘ir bo‘lgan g‘alla maydonlarini peshma-pesh va faqat sharbat usulida tunu –kun sug‘oring;

-suvchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida oziq-ovqat, etik, fonar va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlang.

Oltinchidan, ekilgan g‘alla maydonlarida kunduzi va kechki paytlarda ham dalalarda chorva mollarini boqish holatlari ko‘paymoqda, shuning uchun maysani payhondan himoyalash maqsadida dala chetlarini chetan bilan o‘rashni tashkil eting;

yettinchidan, g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yib, davlat tomonidan beriladigan subsidiya mablag‘ini oling hamda hosildorlikni har gektariga 10-15 sentnergaoshiring va suvni  35-45 foizgatejang;

sakkizinchidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, ichki va xo‘jalik ariqlarini tozalang hamda parallel ravishda ko‘chat ekish ishlarini yakunlang;

to‘qqizinchidan,hozirdan boshlab g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida qatnashadigan kombaynlaringizni shay holatga keltiring;

o‘ninchidan,  har bir fermer xo‘jaligi boshlig‘i tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, g‘allaga qo‘shimcha ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirib joriy yilda g‘alla hosilini gektariga 100 sentnergacha yetkazib, yuqori daromad olishga erishing.

Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

Bu yil ob-havo noqulay bo‘lishiga qaramasdan g‘alladan yuqori hosil olish uchun shunday mehnat tashkil qilaylikki, toki har bir O‘zbekistonlikman degan dehqon zafarlaridan faxrlansin!

Barcha dehqon fermerlarni g‘alladan 100 sentner hosil olishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda “Bir oylik safarbarlik oyi” mobaynida g‘allaga qo‘shimcha ishlov berishga va dala chetlariga ko‘chatlar va oziq-ovqat ekinlarini ekishga da’vat etamiz!

O‘zbekiston fermerlari kengashi

Shovot tumani prokurori R.R.Masharipovning tuman aholisiga MUROJAATI.
Shovot tumanida hokimlik, prokuratura, ichki ishlar bo‘limi, mahalla yettiligi va boshqa mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026 yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli, “2026 yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-sonli va 14.03.2017 yildagi PQ-2833-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ijtimoiy-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Buning natijasida joriy yilning o‘tgan 2 oyi davomida tumanda kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi qasddan odam o‘ldirish, og‘ir tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik va nomusga tegish jinoyatlari sodir etilmadi.

Biroq, 2 oyida 3 ta o‘g‘rilik, 1 ta o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l-transport hodisasi, 3 ta giyohvandlik, 2 ta fohishaxona saqlash, 33 ta kiber jinoyatlar qayd etildi.

Jinoyatlarning kelib chiqish sabab sabablari o‘rganilganda, o‘g‘rilik jinoyati fuqarolarning o‘z mulkini saqlashda beparvoligi, qarovsiz qoldirishi oqibatida, kiber jinoyatlar fuqarolar tomonidan telefondan foydalanish qoidalari buzilganligi ya’ni shaxsiy, sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar oshkora qilganligi, APK fayllarni qabul qilish va ularga kirish oqibatida sodir qilinganligi aniqlandi.

Shu sababli hurmatli fuqarolar!

Jinoyatning oldini olish, uning qurboni bo‘lmaslik uchun mol-mulkingizni qarovsiz qoldirmaslik, telefondan foydalanishda shaxsiy, sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkora qilmaslikni, APK fayllarni qabul qilmaslik va ularga kirmaslikka chaqiramiz!

Oilangiz farovonligi yo‘lida mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing!
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini izchil rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida davlatimiz rahbari – Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida aholi uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda.

Bugungi kunda tomorqa yer maydonlari va dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yerlar aholi daromadini oshirish, ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, "Bir mahalla – bir mahsulot", "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyillari asosida olib borilayotgan ishlar ko‘zlangan natijani bermoqda. Yer – bu boylik va baraka manbai. Undan oqilona va samarali foydalanish har birimizning fuqarolik mas’uliyatimizdir.

Shu munosabat bilan 2026-yilda tumanning 52 ta mahallasidagi 2 ming 456 gektar aholi tomorqasi va 1 ming 525 gektar dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlarida bahorgi ekinlar ekish rejalashtirilgan.

Mazkur rejalar asosida yuqori daromadli, eksportbop hamda bozor talabi yuqori bo‘lgan mahsulotlar yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bu esa minglab oilalarning daromadini oshirish, bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi imtiyoz va subsidiyalar joriy etilgan:

➡️Namunali va innovatsion loyihalar uchun BHMning 100 baravarigacha grant;

➡️Usta dehqonlarga 2 million so‘mdan 75 million so‘mgacha subsidiya;

➡️Qisqa muddatli o‘quv kurslari uchun BHMning 15 baravarigacha mablag‘;

➡️Vertikal sug‘orish quduqlari xarajatlarining 100 foizi (belgilangan miqdorgacha) qoplab beriladi;

➡️Quduq burg‘ilash va quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 70 foizi subsidiya qilinadi;

➡️ Uzumchilik, bog‘dorchilik va tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun moliyaviy ko‘mak;

➡️7 yilgacha imtiyozli kreditlar hamda 5 yilgacha lizing asosida uskunalar ajratiladi.

Bundan tashqari, tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish ustidan har chorakda monitoring o‘tkaziladi. Yer maydonlari qarovsiz qoldirilgan taqdirda berilgan imtiyozlar bekor qilinishi, kredit mablag‘lari ajratilmasligi hamda yer solig‘i miqdori oshirilishi mumkin.

Shu bois, har bir fuqaro o‘ziga biriktirilgan yer maydonidan oqilona foydalanib, yuqori hosildorlikka erishishi va oilasi daromadini oshirishga intilishi lozim.

Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oilalarimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shaylik.

Babajanov Ulug'bek - Shovot tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i.

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, tumanimiz ahli!
Avvalo, siz azizlarga muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalarning amalda bajarilishi bizning kundalik faoliyatimizni ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida ta’kidlamoqchiman.

Shu munosabat bilan, sizlarga murojaat qilmoqdaman.

2026-yilni o‘tgan 2 oyi yakuni bo‘yicha tuman hududida jinoyatchilik ahvoli, oldi olinadigan va aniqlangan jinoyatlar hamda qidiruvdagi shaxslarni ushlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan, tuman hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish borasida tizimli ishlar olib borildi.

Bo‘lim shaxsiy tarkibi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan jinoyatchilikni jilovlash borasida olib borgan profilaktik ishlarimizga qaramay, hisobot davriga qadar barcha sohalarda 51 (26) ta jinoyatlar qayd etilib, oldingi yilning shu davriga nisbatan 96,2 %ga yoki 25 taga oshib ketishiga yo‘l qo‘yildi.

Ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 100.000 aholiga nisbati 27,4 (14,2) tadan to‘g‘ri kelib, 13,2 taga yoki 92,9 %ga ko‘paydi.

Oldi olinishi lozim bo‘lgan jami 6 (7) ta jinoyatlar sodir qilinib, 1 taga kamayishiga erishildi.

Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni profilaktika qilish doirasida 52 ta mahallada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, bukletlar tarqatilmoqda.

Mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarning qo‘l telefonlariga “Mening inspektorim” dasturi bo‘yicha shu kunga qadar 16583 nafar fuqarolar ulanib, dasturdan muntazam foydalanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarga yengillik qilish maqsadida “Mahalla 24” dasturi ishlab chiqilib, ushbu ilova orqali fuqarolar uzlarining yashab turgan mahalla bo‘yicha barcha ma’lumotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishadi hamda murojaat qilish tartibi soddalashtirilgan holda taqdim etilgan. Tumandagi barcha fuqarolarni ushbu havoladan foydalanishlarini tavsiya qilaman.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 1619 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritildi.

Joriy yilning o‘tgan 2 oyi davomida 801 nafar ijtimoiy profilaktik obyektlariga qo‘shma xulosalar (49,5 foizi) bo‘yicha xulosa qilingan.

Kiber turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida 52 ta mahalla telegram guruhlarida profilaktika inspektorlari tomonidan ogohlikka chaqiruvchi murojaatlar qilindi.

So‘nggi vaqtlarda tumanimizda fuqarolarni aldash yo‘li bilan, ayniqsa, bank kartalaridagi mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari ko‘paymoqda. Kiberjinoyatlar — zamonaviy davrning eng xavfli ko‘rinishlaridan biridir va ularning oldini olishda sizning ogohligingiz va hushyorligingiz beqiyos ahamiyatga ega.

Shu bois, quyida ayrim firibgarlik usullari haqida ogohlantirib o‘tmoqchiman:

O‘zini “bank xodimi” deb tanishtirgan shaxslar:

Noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, sizga imtiyozli kredit, fond mablag‘i, yoki nafaqa tayinlash haqidagi yolg‘on va’dalar bilan sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni so‘rashlari mumkin. Unutmang — hech qachon telefon orqali pasport raqami, plastik karta ma’lumotlari, yoki yuz tasviringizni hech kimga yubormang. Bu — firibgarlik!

Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali xabarlar:

Telegram va boshqa tarmoqlarda “Bu sizmisiz?”, “Sud qarori siz haqingizda chiqdi”, “Mashina yutdingiz” kabi xabarlar orqali sizni bosim ostiga olishga “apk” kengaytmali fayllar yoki havolalarga kirishga undashadi. Bu xabarlar orqali qurilmangizga zararli dastur o‘rnatilishi yoki shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanishi mumkin.

Soxta raqamlar va sovg‘a va’dalari:

Firibgarlar o‘z raqamlarini yirik tashkilotlar yoki xizmatlar raqamlariga o‘xshatib, sizga “yutuq yutib oldingiz” kabi xabarlar yuborishadi. Maqsad — sizning bank kartangizga, shaxsiy identifikatsiyangizga kirib olish va undan keyin nafaqat pulingizni, balki nomingizdan kredit olishgacha borishadi.

Sizdan iltimos qilamiz:

• Bunday holatlarda suhbatni darhol yakunlang.

• Zudlik bilan 102 raqamiga murojaat qiling va holat haqida xabar bering.

• Har qanday shubhali holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabardor qiling. Biz sizning murojaatingiz asosida zarur choralarni ko‘ramiz.

Shuningdek, sizga zararli havolalarni aniqlovchi va oldini oluvchi @xviib_bot Telegram botidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz. Bu bot sizni va yaqinlaringizni firibgarlarning ko‘zbo‘yamachiliklaridan himoya qiladi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Mahallamiz osoyishtaligini ta’minlash — hammamizning burchimiz. Jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashaylik, ogoh va hushyor bo‘laylik.

O‘z uyimiz, o‘z mahallamiz, o‘z tumanimiz — o‘z qo‘limizda!