@huquqiyaxborot_lotin

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–282-son, 18.08.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

2024/2025-o‘quv yilidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

Akademiyada Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tashkil etiladi.

Qaror bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Akademiyada xorijiy kadrlarga ta’lim berish ikki va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Akademiyada xorijiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari Prezident tomonidan belgilanadi.

Xorijiy davlatlar kesimidagi har yilgi kvota, mutaxassislik va o‘qitish turi bo‘yicha taqsimot Ichki ishlar vazirligi tomonidan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Akademiyaga xorijiy kadrlar kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Xorijiy kadrlarga o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim beriladi.

Xorijiy kadrlarni tayyorlash bakalavriat, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kunduzgi va masofaviy shakllarda amalga oshiriladi.

Bakalavriat ta’lim dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy kadrlarga mutaxassisligi bo‘yicha malaka, belgilangan davlat namunasidagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.

Magistratura ta’lim dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy kadrlarga tegishli magistr darajasi hamda belgilangan davlat namunasidagi diplom va ko‘krak nishonlari beriladi.

Tayanch doktorantura dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan xorijiy kadrlarga tegishli fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi.

Qisqa muddatli kurslarni tamomlagan xorijiy kadrlarga belgilangan namunadagi guvohnomalar (sertifikatlar) beriladi.

Shuningdek, o‘qishga qabul qilingan vaqtda:

ofitserlik unvoniga ega bo‘lmagan, bepul asosda ta’lim oluvchi xorijiy kadrlarga “Akademiya kursanti” lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti beriladi.

ofitserlik unvoniga ega bo‘lgan, bepul asosda ta’lim oluvchi xorijiy kadrlarga, ta’lim olish muddati va kursidan qat’i nazar:

magistratura ta’lim darajasiga muvofiq keluvchi ta’lim dasturi va doktorantura dasturi bo‘yicha – “katta inspektor” lavozimi va unga tenglashtirilgan lavozimlar bo‘yicha lavozim maoshi;

qo‘shimcha kasbiy tayyorgarlik (qayta tayyorlash va malaka oshirish) dasturlarida – “inspektor” lavozimi va unga tenglashtirilgan lavozimlar bo‘yicha lavozim maoshi to‘lanadi.

Dorilarga ruxsatnoma berish tartibini bilasizmi?
Qonunchilikka ko‘ra, dorilarni qo‘llashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlar Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga beriladi.

Ruxsatnoma xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 5 yilga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz davrga beriladi.

Ruxsatnoma berish yoki bermaslik haqidagi qarorni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi qabul qiladi.

Dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berilgandan so‘ng Markaz tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

1️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi:

hujjatlarni va dori namunalarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazadi;

dastlabki ekspertiza ijobiy bo‘lsa, Markaz va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi;

yig‘im to‘langandan keyin hujjatlar va dori namunalari ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz laboratoriyalariga, Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga beriladi.

2️⃣ Markaz laboratoriyalari:

hujjatlarni maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik, biologik va texnik ekspertizadan o‘tkazadi;

normativ hujjatlarni baholaydi, dori namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha sinov o‘tkazadi;

so‘ng sinov natijalarini, hujjatlarni Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga beradi.

3️⃣ Farmakopeya qo‘mitasi:

hujjatlarni maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari natijalarini ekspertizadan o‘tkazadi;

mustaqil ekspertlarni jalb etib dorilarni ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazadi;

qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish uchun Markaz laboratoriyalariga dori namunalari va hujjatlarini yuboradi;

dorilarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;

hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida dorini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi.

4️⃣ Farmakologiya qo‘mitasi:

mustaqil ekspertlarni jalb etib farmakologik va dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi;

quyidagi hollarda dorilarni klinik tadqiqotlarsiz qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi:

dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dorilar taqdim etilganda;

dorining GMP, GCP, GVP talablari asosida yaratilganligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalanganligiga oid hujjatlar bo‘lganda;

O‘zbekistonda tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning ijobiy xulosasi bo‘lganda.

Hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik tadqiqotlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni kiritadi.

5️⃣ Farminspeksiya yangi dori ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda korxonaga borib zarur sharoitlarni o‘rganadi va sharoitlar to‘g‘risida maʼlumotnoma beradi.

6️⃣ “Zarur amaliyotlar markazi” DUK dori ishlab chiqaruvchi korxonalarda “GMP” talablari mavjudligini tekshiradi va natijalarga ko‘ra xulosalarni Ekspertlar kengashiga beradi;

7️⃣ Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalari, shuningdek Markazning boshqa bo‘linmalari xulosalari asosida dorining qo‘llanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

@huquqiyaxborot_lotin - Yangi qonunchilik hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–860-son, 08.08.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga ko‘ra, Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiquvchilari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari;

tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi:

o‘z tashabbusiga ko‘ra – har qanday normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan o‘rganish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatning qo‘llanilishi chog‘ida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar fakti aniqlangan hollarda;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga ko‘ra.

Adliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan buyruqlari hamda qarorlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazishga haqli bo‘lib, ushbu ekspertiza doirasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:

normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;

vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;

maʼmuriy tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;

nazorat-tekshirish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar.

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi o‘tkazilishi chog‘ida ularga Adliya vazirligi bilan birgalikda uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

@huquqiyaxborot - Yangi qonunchilik hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

“Umra” xizmatlari faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (345-son, 08.08.2023 y. ) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining alohida faoliyat yo‘nalishi hisoblanib, mazkur faoliyat faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi:

100 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmagan mablag‘larni Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish;

“Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarini tayinlash;

“Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha respublika taʼlim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi;

“Umra” xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga ko‘rsatmaslik;

“Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish.

“Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperator murojaati asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisini ziyoratchilarga guruh rahbari (ellikboshi) sifatida jalb etish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etiladi:

mutaxassisning ziyoratchilar guruhlariga rahbarlik qilishi bilan bog‘liq xizmati beg‘araz amalga oshiriladi, uning safar xarajatlari (transport, mehmonxona, oziq-ovqat, sug‘urta, viza to‘lovlari va boshqalar) “Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperator tomonidan qoplanadi;

mutaxassis turoperatorning so‘roviga ko‘ra O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 3 ish kunida ajratiladi;

1 nafar guruh rahbariga 50 nafardan oshmagan ziyoratchilar guruhi biriktiriladi.

2023 yil 1 oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etiladi.

Qarorda belgilangan qo‘shimcha litsenziya talab va shartlari 2023 yil 1 noyabrdan qo‘llaniladi hamda ulardan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im va litsenziya uchun davlat boji undirilmaydi.

“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshiriladi
“Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (332-son, 04.08.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan muntazam ravishda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshirilib, unda jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

ta’lim tashkilotlarida yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish bo‘yicha batafsil uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazish;

davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;

jamoat joylarida, ta’lim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida o‘t o‘chirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2024-yildan umummilliy kampaniya doirasida har bir hududda tadbirkorlar o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur tanlov g‘olibiga 100 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi hamda uning faoliyati 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.

2024-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yong‘in auditi) joriy etiladi.

2023-yil 1-sentyabrdan Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlariga quyidagi vakolatlar beriladi:

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan obyektlarda:

bir yilda ko‘pi bilan bir martadan batafsil (dastlabki) tekshiruv va nazorat tekshiruvini o‘tkazish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tezkor tekshiruvlar o‘tkazish;

bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ko‘p odam to‘planadigan obyektlarda (bozorlar, savdo-ko‘ngilochar majmualari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar) davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.

2023-yil 1-noyabrdan davlat yong‘in nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.

Bunda davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati 7 kun etib belgilanadi.

2024-yil 1-yanvardan bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlarni yong‘in hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mulkini yong‘in va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida, bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-noyabrgacha tekshiruvlar jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va tezkor axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish hisobidan davlat yong‘in nazorati inspektorlarining faoliyatini takomillashtirish imkonini beruvchi “E-inspektor” apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi.

51 ta tuman va shaharda “Oltiariq tajribasi” asosida uzum plantatsiyalari tashkil qilinadi
“2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–260-son, 03.08.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023–2024-yillarda:

187 614 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo qilinadi;

respublikaning 51 ta tuman va shahrida “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2–2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantatsiyalari tashkil etiladi.

2023-yil 1-avgustdan:

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirishga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan yangi uzumzorlarni barpo qilish, ko‘chat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Bunda Jamg‘arma mablag‘lari “Qishloq qurilish bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs sifatida joylashtiriladi hamda loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tadbirkorlarga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yangi tokzorlarni barpo etish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.

Bunda yangi uzumzorlarni 1 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan maydonlarda barpo qilish bo‘yicha loyihalar Agentlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi, yirik uzumchilik plantatsiyasi shaklidagi loyihalar “Qishloq qurilish bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;

texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga kompensatsiya va kafilliklar beriladi.

2024-yil 1-fevralgacha uzumchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar ilmiy muassasalari hamda ilg‘or tajribaga ega xalqaro tashkilotlardan 100 nafarga yaqin soha mutaxassislari jalb qilinadi.

Xorijdan keltirilgan sovuqqa chidamli, urug‘siz, hosildorligi yuqori 34 xildagi uzum navlarini “in-vitro” laboratoriyalarida respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha sinov-tajribalar tashkil qilinadi.

Qarorga ko‘ra,“Made in Uzbekistan” brendi ostida xorijiy davlatlarda milliy vino savdo uylarini ochish hamda vino mahsulotlari eksportini targ‘ib qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Qaror bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda davlat nazoratini olib borish boshqarmasi tashkil etildi.

Mazkur boshqarma iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish ishlarini tashkil etishga mas’ul hisoblanadi.

“Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi
“Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 02.08.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

Mazkur platforma paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.

2024-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtiriladi.

Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil yakunigacha:

Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

Bunda, yerdan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni avtomatik shakllantirish uchun “CropAgro” axborot tizimi joriy etiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi geoportallari takomillashtirilib, tegishli hududlarning qishloq xo‘jaligi sohasiga oid geografik, statistik va tahliliy ma’lumotlardan ochiq foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevralgacha sohadagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazining ishga tushirilishi nazarda tutilgan.

2023-yil 1-oktyabrgacha “Agroplatforma” ATda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Abituriyent qanday huquq va majburiyatlarga ega? Nimalarga shaxsan javobgar?
Abituriyent quyidagi huquqlarga ega:

test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;

test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.

Abituriyent quyidagilarga majbur:

test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga belgilangan vaqtda kelish (abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan);

shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirish;

test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;

javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini ta’minlash;

test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.

Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;

belgilangan vaqt tugagunigacha test topshiriqlarini bajarib, javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Xorijdan kelgan har bir turist uchun turoperatorlarga subsidiya ajratiladi
“Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–238-son, 27.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan:

turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun teng ulushlarda 20 AQSH dollaridan 100 AQSH dollarigacha rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratiladi;

turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijdan Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlariga charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublikada kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSH dollari ekvivalentida teng ulushlarda qoplab beriladi.

Shuningdek, 3 yulduzli toifa uchun 60 ta xonadan kam bo‘lmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega besh qavatdan past bo‘lmagan mehmonxona 2026-yil 31-dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach, investorlarning yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qoplab beriladi:

3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘m;

4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘m.

2026-yil 31-dekabrgacha dunyoning nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan 3 yil mobaynida quyidagi miqdorda qisman moliyalashtiriladi:

3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;

4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida;

5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 AQSH dollari ekvivalentida.

2024-yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “To‘siqsiz turizm” dasturi amalga oshiriladi.

2026-yil 1-iyulgacha yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yo‘llaridan 5 km uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va “safari” turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning mazkur faoliyat turi bo‘yicha mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.

2023/2024-o‘quv yilidan har yili “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar hamda Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlar fuqarolari magistraturada davlat granti asosida ta’lim olishlari uchun 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratib boriladi.

2023-yil 1-sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:

turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;

turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi.

Farzandini “lager”ga yuborayotgan ota-onalar uchun huquqiy eslatmalar
1. Oromgohlar qanday talablarga javob berishi kerak?

Oromgohlar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishi shart.

Har bir oromgohda tibbiy punkt tashkil etilib, u tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

2. Oromgohdagi guruhlar tarkibidagi bolalar soni qancha bo‘lishi kerak?

Oromgohda bolalarning yoshini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7 – 9 yoshdagi bolalar uchun 30 nafardan, 10 – 14 yoshdagi bolalar uchun 40 nafardan oshmasligi kerak.

3. Oromgohlar davomiyligi necha kun?

Oromgoh davomiyligi odatda uning egalari tomonidan belgilanadi. Bunda sog‘lomlashtirish muddatlari yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam bo‘lmasligi lozim.

Mehnat va dam olish oromgohlarida har bir mavsum 12 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

4. Oromgoh uchun yo‘llanmalar pulida imtiyozlar bormi?

Bolalar oromgohlarga yo‘llanma asosida yuboriladi. Yo‘llanma oromgohlardan sotib olinadi.

Ota-onasi ishlayotgan bolalar kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarga yuborilganda yo‘llanma narxining 55 foizi kasaba uyushmasi tomonidan to‘lab beriladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari farzandlari uchun oromgohlarga yo‘llanma olganda yo‘llanma narxining 50 foizgacha qismi ish beruvchining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin.

5. Bola kasal bo‘lganda oromgohga qabul qilinadimi?

Oromgohlarda 5 kishilik tarkibda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
Bolalar yo‘llanma va bolaning sog‘lig‘i haqidagi tibbiy ma’lumotnoma (079/x-shakl) asosida oromgohga qabul qilinadi. Oromgohga bolalar oromgoh tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tkazilgan holda qabul qilinadi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida bolada biror kasallik alomati aniqlansa, bola oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun muddat beriladi. Bola 3 kun ichida davolanib kelganda qabul qilinadi.

Davolanish 3 kundan ko‘p davom etsa, ota-onasining 10 kunda bergan murojaatiga asosan bolaga berilgan yo‘llanma qaytarib olinadi, yo‘llanma uchun to‘langan mablag‘ning 85 foizi qaytariladi.

6. Ovqatlar xavfsizligiga kim javobgar?

Oromgohlarda bolalarning yoshi va mavjud kasalliklarini e’tiborga olgan holda kun tartibi ishlab chiqilib ovqatlantirish tashkil etilishi va muntazam ravishda nazorat qilib borilishi shart.

Bolalar uzluksiz ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, ularning sifati va belgilangan me’yorlarga mosligi doimiy ravishda nazorat qilib borilishi kerak.

Oshxona ishi ustidan doimiy nazorat olib borilib, taomnoma tuzishda shifokor ishtirok etishi kerak. Tayyor ovqatlar kaloriyasi tekshirib boriladi, tashqaridan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari shifokor ruxsatisiz bolalarga berilmaydi.

Oromgoh ma’muriyati bevosita oziq-ovqat xavfsizligiga javobgar bo‘ladi.

7. Oromgohda bolalar kasal bo‘lib qolsa yoki shikastlansa, qanday choralar ko‘riladi?

Bolalar kasal bo‘lganida yoki ular yiqilib shikastlanganda bepul birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Bolalarning hayoti, sog‘lig‘i uchun tibbiyot xodimlari va oromgoh rahbariyati mas’ul hisoblanadi.

Bolalarning sog‘ligi muntazam ravishda kuzatib boriladi, ular shifokor tomonidan reja asosida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib boriladi.

Mavsumiy kasalliklar (o‘tkir ichak kasalliklari) ko‘payishi mumkin bo‘lgan oylarda tibbiyot xodimlari tomonidan kasallikning oldini olish va zarur bo‘lganda davolash ishlari tashkil etiladi.

Yuqumli kasalliklar aniqlanganda, bu haqda sog‘liqni saqlash muassasalariga va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga ma’lum qilinadi va bemor bola bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari nazoratida shifoxonaga yotqiziladi.

8. Bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun qanday choralar ko‘riladi?

Oromgohlarda tartibni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha doimiy navbatchilik tashkil etiladi.

Bolalarning har qanday xavfsizligi uchun oromgoh ma’muriyati mas’ul hisoblanadi.

Bolalar o‘zaro janjallashishi, bir-biriga nisbatan har qanday tazyiq o‘tkazishi mumkin emas, oromgohning ichki tartib-qoidalariga bu kabi qoidalar kiritiladi. Mazkur qoidalar barcha bolalar uchun majburiy bo‘lib, bolalar oromgohga kelgan dastlabki kunlarda bu qoidalar ularga tushuntiriladi.

Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari hududiga begona kishilarning kirishi yoki u yerda yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

9. Oromgohda bolalar to‘garakni o‘z xohishiga ko‘ra tanlashi mumkinmi?

Ha, bolalar oromgohda qiziqishiga ko‘ra to‘garak turini tanlash va unda bepul ta’lim olish huquqiga ega.

Bundan tashqari, bolalar quyidagi huquqlarga ega:

oromgohning ichki tartib-qoidalari bilan tanishish;

oromgohning tibbiy va qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan foydalanish;

oromgohning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish;

oromgohdagi sharoit, ovqatlanish, tibbiy xizmat va o‘quv jarayoni masalalarida yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha oromgoh rahbariyatiga murojaat qilish;

oromgoh faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar berish.

10. Oromgoh muddati tugamasidan ota-onalar o‘z farzandini olib ketishi mumkinmi?

Ha mumkin, ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra bolalarni oromgohdan muddatidan oldin olib ketish huquqiga ega.

Shuningdek, ota-onalar oromgoh tomonidan bolalarga sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish, oromgohning ichki tartib-qoidalari, kun tartibi va taomnoma bilan tanishish huquqiga ega.