Ibrohim Mirxoshimov

Mehr Kutubxonasi - bepul kutubxona
Toshkent shahrida joylashgan "Mehr Kutubxonasi" – bu bilim olishni istagan har bir insonga kitoblarni mutlaqo bepul taqdim etuvchi noyob jamoat kutubxonasidir. Uning asosiy shiori: "Najot ta'limda"

Nima uchun "Mehr Kutubxonasi" noyob?

• To'liq bepul va ochiq: Kutubxona barcha foydalanuvchilarga hech qanday a'zolik badali yoki to'siqlarsiz xizmat ko'rsatadi. Telegram orqali ro'yxatdan o'tib, kitob olishingiz mumkin.

• Ko'ngillilar boshqaruvi: Bu kutubxona biror tijoriy tashkilotga yoki davlatga tegishli emas. Uni Alloh roziligi uchun ilm tarqatish va mamlakatimiz rivoji uchun fidokor ko'ngillilar jamoasi boshqaradi.

• Yangi kitoblar: Kutubxonada kitobni sevuvchilar boshqaruvida bo'lganligi sababli eng so'nggi nashr qilingan eng sara asarlar bilan doimiy boyitilib turiladi. Bu kitobxonlar uchun yana ham foydali bo'ladi

• Texnologik yechimlar: Kutubxonaga bormasdan istalgan kitobning mavjudligini tekshirish va qidirish uchun rasmiy veb-sayt (mehrkutubxonasi.uz) va Telegram boti (@mkitobot) mavjud.

• Jamiyat uchun ochiqlik: Kutubxona har oy o'zining statistik ma'lumotlarini (ehsonlar, yangi kitoblar, o'quvchilar soni, eng ko'p o'qilgan kitoblar) ochiq e'lon qilib boradi.

Kutubxona haqida ba'zi qiziqarli raqamlar:

• U 2021-yil 13-aprelda ish boshlagan.

• Hozirda 6490 dan ortiq kitob fondiga ega.

• Jami 9000 dan ziyod kitobxonga xizmat ko'rsatgan.

• Kutubxona ochilganidan buyon umumiy hisobda 61,181 martadan ko'proq kitob o'qish uchun berilgan.

• Haftalik o'rtacha 286 ta, kunlik o'rtacha 50 ta kitob beriladi.

• "Mehr Kutubxonasi" Angrenda ham o'z filialiga ega.

• Ushbu loyiha asosan xalq qo'shgan hissalar va "Mehr2020" xayriya tashkilotining homiyligi hisobidan faoliyat yuritadi.

Kitob olish qoidalari oddiy:

• Kitoblar mutlaqo bepul beriladi.

• Birinchi marta kitob oluvchilar faqat bitta kitob olishlari mumkin.

• 5 marta ketma-ket kitobni o'z vaqtida qaytarganlar keyingi safarlardan bir necha kitob olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

• Kitobni o'z vaqtida qaytara olmasangiz, t.me/kutubxonachi_1 orqali muddatni uzaytirish mumkin. Aks holda, cheklovlar qo'llanilishi mumkin.

• Kitoblarga zarar yetkazish (chizish, yozish, yirtish) qat'iyan man etiladi.

• Kitoblarni Toshkent shahri va viloyatidan tashqariga olib chiqish mumkin emas.

"Mehr Kutubxonasi" ilm olishga chanqoq har bir inson uchun eshiklarini doim ochiq tutadi. Agar siz ham kitobxonlikni rivojlantirishga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, kutubxonaga ehson qilishingiz yoki ko'ngilli bo'lishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumotlarni kutubxona rasmiy saytidan  yoki telegram kanalidan olishingiz mumkin

ManaPolya — Futbol maydonini bron qilish endi oson, tez va oson
Sizga tanish muammo…

Do‘stlar bilan futbol o‘ynashni rejalashtirdingiz. Guruhga yozdingiz, barcha kelishdi. Endi maydon topish kerak. Qo‘ng‘iroq qilasiz — hech kim javob bermaydi. Yana biriga qo‘ng‘iroq qilasiz — “bu vaqt band” deyishadi. Nima uchun 2025-yilda hanuz stadion bron qilish bu qadar murakkab?

ManaPolya nima?

ManaPolya — bu O‘zbekistonda futbol maydonlarini onlayn bron qilish uchun yaratilgan raqamli platforma. Siz oddiy futbolchi bo‘lsangiz ham, do‘stlaringiz bilan vaqt topib maydonga chiqishni xohlasangiz ham, bu ilova aynan siz uchun.

Nega biz buni tashkil qildik?

Biz o‘zimiz ham futbol o‘ynaymiz. Har safar biror maydon topish, narxini bilish, qachon bo‘shligini aniqlash uchun ko‘p vaqt va asab ketardi. Bozorda bu muammoni yechadigan tizim yo‘q edi — shuning uchun ManaPolya paydo bo‘ldi.

ManaPolya qanday ishlaydi?

Telegram bot yoki saytga kirasiz

Joylashuv bo‘yicha stadionlarni ko‘rasiz

Narx, manzil, rasm, bandlik holatini solishtirasiz

2–3 marta bosib, to‘lov qilasiz — bo‘ldi!

Hech qanday qo‘ng‘iroq yo‘q, hech kim bilan kelishib o‘tirmaysiz.

ManaPolya sizga nima beradi?

✅ Tezlik — 1 daqiqada stadion topib, bron qilasiz
✅ Osonlik — barcha maydonlar bir joyda, filtr bilan tanlash mumkin
✅ Ishonchlilik — barcha maydonlar tekshirilgan, jadval real vaqt rejimida
✅ Telegram + Web — sizga qulay platformada ishlang
✅ To‘lov — Payme orqali onlayn, xavfsiz to‘lov

Toshkentdagi stadionlar — endi bir marta bosish orqali

ManaPolya orqali hozirning o‘zida Toshkentdagi eng ommabop joylarda joylashgan stadionlarni topishingiz mumkin: Yunusobod, Chilonzor, Olmazor, Shayhontoxur, Yakkasaroy, Sergeli tumanlaridan stadion — barchasi bir platformada.

Agar sizga mini polya (мини стадион, поля) kerak bo‘lsa, izlab ovora bo‘lmang. ManaPolya’da mini stadion’lar Toshkent va boshqahududlarida osongina topiladi.

Narxlar qulay, stadion ijarasi (стадион аренда) uchun do‘stlaringiz bilan birga vaqtni oldindan band (bron) qilib qo‘ying — vaqt ham, joy ham ishonchli bo‘ladi.

Siz hozir nima qilishingiz mumkin?

https://manapolya.uz saytga kiring

Telegram botga ulanib, o‘zingizga eng yaqin maydonni toping

Endi futbol faqat chaqiriq emas — bu raqamli, qulay va tez tajriba

Telegram bot. Noldan prodakshngacha. Grammyjs. Deploy.
Video dars uchun havola: t.me/botjs_uz/48276

1. setup hello world bot. grammyjs

npm i -D typescript

npx tsc --init

"scripts": {
"dev": "nodemon --exec ts-node ./index.ts",
"build": "tsc",
"start": "node dist/index.js"

2. server sotib olish (qisman)

3. ssh key bilan serverga ulanish
- ssh key generatsiya qilish lokalda
ssh-keygen4. github repo’da ssh key bilan ulash
- ssh key degan joydan serverdan olingan ssh-key qo'yiladi

Dev token bilan ishlaganda git clone qilish
git clone https://{your_username}:{your_dev_token}@github.com/${repo_owner_username}/{repo_name}.git

5. Serverga botni ko’tarish

- ubuntu-22 serverga git o'rnatish
apt install git

- nvm o'rnatish
Batafsil: https://github.com/nvm-sh/nvm

curl -o- https://raw.githubusercontent.com/nvm-sh/nvm/v0.40.0/install.sh | bash

source .bashrc

- nodejs o'rnatish
nvm i --lts

- pm2 o'rtanish
npm i -g pm2

- pm2 bilan proyektni run qilish
pm2 start npm --name app_name — run script_name

Faqat kerakli narsalar va linklar bo'lgan kanalim
@dasturchiga_foydali

Nimadir chala qolib ketgan bo'lsa. Izohga aytsangiz qo'shib qo'yaman