@informatika133
5-sinf. KOMPYUTER O‘YINLARI
Kompyuter o‘yinlarining yaratilish tarixi, yaratilayotgan qo‘shimcha vositalari, shu bilan birga kompyuter o‘yinlarining insonga ta’sir etuvchi  jihatlari haqida  avvalgi darslarda tanishib oldik. Kompyuter o‘yinlari xilma-xildir, lekin ularning hammasini o‘ynash tavsiya etilmaydi.
Kompyuter o‘yinlari klassiﬁ katsiyasi
Strategik o‘yinlar.
Mahalliy o‘yinlar.
Sport o‘yinlari.
Mantiqiy o‘yinlar.
Imitator o‘yinlar.
On-Line o‘yinlar.
Foydalanuvchilar orasida qiziqish uyg‘otayotgan o‘yinlardan biri harbiy strategiya yoki urush mavzusidagi o‘yinlardir. Bu o‘yin- larda butun qo‘shinni boshqarish, himoyalanish uchun qurilish ish- larini olib borish, mustahkamlash  ishlarini rejalashtirish kabi masalalar mavjud.
Arkada va Kvest deb ataluvchi o‘yinlar esa qiziqarli jar ayon- larni boshqarish, maxﬁ y vazifalarni bajarish va o‘yin davomida bosh- qotirmalarni yechish orqali qurol ishlatmasdan g‘alabaga erishishga yo‘naltirilgandir.
On-Line o‘yinlar. Bu o‘yinda bir emas, balki  bir necha o‘yinchilar tarmoq orqali o‘yinni boshqaradilar. Bunday o‘yinlar bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida, albatta, avtomobil poygalari, keyingi o‘rind a esa sport o‘yinlari – futbol, xokkey, boks, basketbol, shaxmat, golf kabi o‘yinlar mashhurdir. Chunki bu o‘yinlarda bir o‘yinchi yoki bir guruh o‘yinchilarni boshqarish imkoni mavjud.
Pazl yoki boshqotirmalar. Sodda o‘yinlar turkumiga kirib, kichik yoshdagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Ular orasida foydali va rivojlantiruvchi o‘yinlar  ham kam emas. Bunday o‘yinlar yorqin rang- larda ishlangan multﬁ lm qahram onlari ishtirokida alifbo saboqlarini, hisob-kitob, rasm chizish, chet tillarini o‘rganishga yo‘nalt irilgan va tavsiya etiladigan o‘yinlardir.
Sport o‘yinlari singari poygalar ham ma’lum darajada insonlarga foyda keltirishi mumkin. Ular yordamida yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish mumkin bo‘lsa-da, sport o‘yinlari kabi badanni chiniqtirish, sog‘lom va baquvvat o‘sishga yordam bermaydi. Unga faqat g‘alaba qozonish maqsadida qaraladi (1, 2, 3, 4-rasmlar).
«Pazl» o‘yinlar. Bu o‘yinlar kichik yoshdagi o‘quvchilarga mos bo‘lib, rang-barang bo‘yoqlar yordamida yaratilgan, asosan, ko‘z xotirasini rivojlantiruvchi o‘yin hisobl anadi. O‘yin sharti bo‘yicha mevalar o‘rnini almashtirish natij asida 3 ta qatorda bir xil mevali katakcha hosil bo‘lishi kerak. Albatta, o‘yin tezligi ham hisobga olinadi. Bunday o‘yinlar o‘quvchi bolalar zehn ini oshirishga, chaqqon bo‘lishga yordam berishi mumkin.
Mantiqiy o‘yinlar. Biror masala yoki jumboqni yechishda o‘yinchidan topqirlikni, izlanuvchanlikni talab qiladigan o‘yinlardir. O‘z qobiliyatini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun «Magik Square» (sehrli kvadrat) o‘yinida 5 ta murakkab mantiqiy masalani yechish tavsiya etiladi. Bunday o‘yinlarni On-Line muhitida o‘ynash mumkin.
Boshqotirmalar. «Dupligon» kabi o‘yinlar «test-o‘yin» deb nomlanadi. Bir soniyada aks ettirilgan tasvirni xotirada saqlab qolish va uni qayta tasvirlab berish vazifalari orqali o‘yinchining qobiliyati aniqlanadi.
Mavzuga doir savol va topshiriqlar
Kompyuter o‘yinlarining mahalliy o‘yinlardan farqi nimada?
Kompyuter o‘yinlarini qanday guruhlarga ajratish mumkin?
Kompyuter o‘yinlarini yaratuvchi qanday kompaniyalarni bilasiz?
Graﬁ kli monitor qachon va qaysi kompaniyada yaratilgan?
Internet resurslaridan foydalanib, kompyuter o‘yinlarining zarari va foy dali tomonlarini jadvalga yozib chiqing:
8-sinf. Ma’lumotlarni saralash
Avvalgi darsda ma’lumotlarni tartiblash haqida so‘z yuritdik. Ko‘pincha, ro‘yxatdagi ma’lumotlarni biror xususiyatiga asosan ajratib olish, ya’ni saralash zarur bo‘lib qoladi. Masalan, 500 kishilik ro‘yxatdan faqat yoshi 35 da bo‘lganlarini yoki yoshi 35 bilan 40 orasida bo‘lganlarini yoki sochi qora bo‘lganlarini ajratib olish kabi. Excel dasturida bunday saralash masalasini filtrlash usuli orqali hal etiladi.
Filtrlash (saralash) – berilgan shartni qanoatlantiruvchi satrlarni ajratib olishdir.
66-rasm
“Tug‘ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvali misolida filtrlash usulini ko‘rib chiqamiz. Jadvalda kilolab va donabay olinadigan mahsulotlar, ularning narxlari keltirilgan. Maqsadimiz, kilolab va donabay olinadigan mahsulotlarni alohida ajratib olishdir. Jadvaldagi nomlarning birortasini belgilab, Ma’lumotlar (Данные) menyusining Filtr (Фильтр) bo‘limidan Avtofiltr(Автофильтр)ni tanlaymiz (66-rasm). Natijada 66-rasmdagi kabi har bir nom yonida filtrlash belgisi hosil bo‘ladi.
Saralashni “Kg” yoki “Dona” nomli ustunlarning birortasi orqali bajarishimiz mumkin. Tanlagan “Kg” nomiga mos filtrlash belgisi bizga quyidagi shartlar bo‘yicha tanlash imkoniyatlardan birini beradi (67-rasm):
·   barchasini;
·   birinchi 10 tasini;
·   mantiqiy shartlar bo‘yicha;
·   ko‘rsatilgan qiymat ( masalan: 0,5; 3; 4; 5; 6; 10) yoki belgi (masalan: “ - “) asosida;
·   bo‘sh katakchalar bo‘yicha;
·   bo‘sh bo‘lmagan katakchalar bo‘yicha.
“Kg” nomli ustunda berilgan imkoniyatlardan avval “-“ belgisi bo‘yicha (69-rasm), so‘ngra “-“ ga teng emas (не равно “-“) sharti bo‘yicha filtrlaymiz . Natijada kerakli jadvallarga ega bo‘lamiz.
68-rasm
69-rasm
Ko‘rib turganingizdek, saralangan jadvallarda yoki kilolab (68-rasm) yoki donalab (69-rasm) olingan mahsulotlar aks etadi. Agar, saralangan jadvalda barcha mahsulotlarni aks ettir­moq­chi bo‘lsak,“barchasini” (все) sharti bo‘yicha filtrlaymiz.
Jadvaldagi ma’lumotlar ichidan biror oraliqdagi sonlarni saralab olish zarur bo‘lsa, u holda 4 – rasmdagi avtofiltr oynasida mantiqiy shartlar kiritish lozim bo‘ladi. Masalan: “0,5” dan katta “va” “6” dan kichik (больше “0,5” “и” меньше “6”); “K” dan boshlanadi (начинается с “К”) va hokazo.
Jadvaldan filtrlash belgisini olib tashlash uchun Ma’lumotlar (Данные) menyusining Filtr (Фильтр) bo‘limidan Avtofiltr(Автофильтр)dagibelgini olib tashlash kifoya.
Filtrlash belgisini faqat birgina ustunga o‘rnatish ham mumkin. Buning uchun shu ustunni nom turgan katakcha bilan keyingi katakchasini belgilab, filtrlash belgisini o‘rnatish yetarli.
Excel amaliy dasturining imkoniyatlari bu bilan chegaralanib qolmaydi. Uning imkoniyatlarini o‘rganish uchun mustaqil ravishda amaliy mashqlar bajarishingiz maqsadga muvofiqdir.
Mustahkamlash
1.      Ma’lumotlarni saralash yoki filtrlash deganda qanday ish tushuniladi?
2.      Filtrlash belgisini o‘rnatish ketma-ketligini so‘zlab bering.
3.      Filtrlash belgisi beradigan imkoniyatlar haqida so‘zlab bering.
4.      Filtrlash belgisi nechta nomga birdan o‘rnatilishi mumkin?
5.      “Dona” nomiga o‘rnatilgan filtrlash belgisi qanday imkoniyatlar berishi mumkin?
6.      Mantiqiy shartlar haqida ma’lumot bering.
7.      Saralangan ma’lumotlarni boshqa joyga qanday joylashtirish mumkin?
8.      Saralangan ma’lumotlarda formula saqlanadimi?
Mashqlar
1. “Tug‘ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvalidan “S” harfidan boshlanadigan mahsulotlarni alohida va “S” harfidan boshlanmaydigan mahsulotlarni alohida saralab saqlab qo’ying.
2. “Tug‘ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvalidan “u” harfi qatnashgan mahsulotlarni saralang.
3. “Gullar” ro‘yxatida nomi bo‘yicha “B” dan “N”gacha bo‘lganlarini saralang.
10-sinf. AMALIY MASHG‘ULOT
Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz  o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata  olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning  chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz:
Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda Radiogroup obyektini joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani quyida ko‘rsatilgandek kiritamiz.
Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click
protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i:integer;begin
n[0]:=n[0]+1;
i:= Radiogroup1.Itemindex; if i>=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1;
Radiogroup1.Itemindex:=-1; end;
Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK  tugmasi
bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni
yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi.
Beshinchi qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i
o‘zgaruvchiga uzatiladi.
Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni biror variant
tanlangan bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga
oshadi. Yettinchi qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va
protsedura o‘z ishini tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini
qabul qilishga tayyor turadi:
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Yangi ilova yarating va uni 07_01 papkasiga sаqlang.
1.1. Uning oynasiga Test tizimi deb nom bering.
1.2. Radio tugmalar guruhi yaratib, uning sarlavhasini Test savollari deb o‘zgartiring. Unga 36 ta tugma qo‘yib, ularning nomlarini 1 dan 36 gacha qilib, o‘zgartirib chiqing.
1.3. Ilova oynasiga yangi radiotugmalarning yangi guruhini qo‘shing. Unga Javoblar deb nom bering. Unga to‘rtta tugma qo‘shib, ularning  nomlarini A, B, C, D deb o‘zgartiring.
1.4. Ilovani ishga tushirib, unda test savollari va javoblarni tanlab ko‘ring.
1.5. Ilovani saqlang va uni yoping.
2. Yangi ilova yarating va uni 07_02 papkasiga saqlab qo‘ying.
2.1. Uning oynasini Elektron xarid deb nomlang.
2.2. Ilova oynasida radiotugmalar guruhini yarating va unga to‘lov turi
deb nom bering.
2.3. Radiotugmalar ro‘yxatiga quyidagi bandlarni kiriting:
PayNet; Click; UPay; Uzcard; Naqt; Pul o‘tkazish.
2.4. Ilovani ishga tushirib, to‘lov turini o‘zgartirib ko‘ring.
2.5. Ilovani saqlang va uni yoping.
3. Yangi ilova yarating va uni 07_03 papkasidа saqlang.
3.1. Ilova oynasiga Bitiruvchilar deb nom bering.
3.2. Ilova oynasiga radiotugmalar guruhi obyektini joylang va unga
Ta’lim muassasasi deb nom bering.
9-sinf. Shrift o‘lchami, rangi va web-sahifa foni
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil shriftdan foydalandik. Shrift o‘lchami ham faqat sarlavha teglari yordamida o‘zgartirildi. Internetdagi web-sahifalarda turli shrift va o‘lchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni uchratish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun
ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun
tegi qo‘llaniladi.
HTML-kod va web-sahifaga e’tibor qilgan bo’lsangiz, shrift o’lchami necha marta tanlangan bo’lsa, shuncha marta yakunlangan.
Rang kodi RGB (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko’k) ranglar tizimiga asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta asosiy ranglarning turli miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16 asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qo‘llashda ularning ingliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Ba’zi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi jadvalda keltirilgan.
Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda ko’rish mumkin:
Rasmning kengaytmasi, odatda, web-sahifaga yuklanishi tez bo’lishi uchun JPEG yoki GIF formatiga mos bo’lishi kerak, ammo BMP formatli rasm ham ishlatilishi mumkin. Bu haqida keyingi darslarda ma’lumot beriladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.      HTML da nechta rangdan foydalanish mumkin?
2.      Web-sahifadagi shrift o’lchami qaysi teg yordamida belgilanadi?
3.      Web-sahifadagi shrift rangi qaysi teg yordamida belgilanadi?
4.      Web-sahifadagi matn rangi qaysi teg yordamida belgilanadi?
6.      Web-sahifa fonini turli rangda belgilashni misollar yordamida ko’rsating.
7.      Web-sahifa foniga rasm joylashtirish haqida so’zlab bering.
Mashqlar
1. “Buyuk ajdodlarimiz” nomli web-sahifada har bir so’z boshqasidan rangi bilan farqlansin.
2. “Mening oilam” nomli web-sahifada so’zlar, matn va fon rangini o’zgartiring.
3. “Bizning sinf” nomli web-sahifa foniga rasm joylashtiring.
9-sinf. Shrift oʻlchami, rangi va web-sahifa foni
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil
shriftdan foydalandik. Shrift oʻlchami ham faqat sarlavha teglari
yordamida oʻzgartirildi. Lekin internetdagi web-sahifalarda turli
shrift va oʻlchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni
uchratish mumkin.
juft tegi SIZE (oʻlcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu
teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift oʻlchami oʻzgarmaydi. Shrift oʻlchami oʻzgarganini faqat web-brauzerda
koʼrish mumkin.
Web-sahifada 7 xil oʼlchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin.
Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng
kichik, 7 esa eng katta shrift olchamini bildiradi. Masalan,
koʼrinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift oʼlchamiga qaytish
HTML-kod va web-sahifaga eʼtibor qilgan boʼlsangiz, shrift
oʼlchami necha marta tanlangan boʼlsa, shuncha marta
yakunlangan.
Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada goʼzal va
jozibali koʼrsatadi. Web-sahifada shrift va matn rangi bilan birga
fon rangini ham oʼzgartirish mumkin. Shrift rangini tanlash
qoʼllanadi. Bu koʼrsatmadan keyin ′′=′′ belgisi va qoʼshtirnoq
ichida rang kodi yoziladi. Rang kodi ′′#′′ belgisi bilan boshlanadi.
Matnda uning umumiy koʼrinishi quyidagichadir:
Rang kodi RGB (Red - qizil,
Green - yashil, Blue - ko'k) rang-
lar tizimiga asoslangan. Bu tizimda
kerakli rang uchta asosiy rang-
larning turli miqdordagi aralashma-
sidan hosil qilinadi. Uchta asosiy
rangning har biri 16 asosli sanoq
sistemasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Asosiy ranglarni qoʼllashda ularning ingliztilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Jadvalda ingliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Jadvalda baʼzi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi keltirilgan.
gliz tilidagi ifodasidan ham foydalanish mumkin. Jadvalda
baʼzi ranglarning kodlari va ingliz tilidagi ifodasi keltirilgan.
Shrift rangini tanlashni quyidagi misolda koʼrish mumkin:
Web-sahifadagi matn yoki fon rangini oʼzgartirish uchun
(background color, yaʼni fon rangi) parametrlari bilan birga
qoʼllaniladi. Bu parametrlardan keyin ′′=′′ belgisi va qoʼshtirnoq
ichida rang kodi yoki rangning ingliz tilidagi nomi yoziladi.
Rang kodi ′′#′′ belgisi bilan boshlanadi. Shuni taʼkidlash joiz-
ki, matn rangini oʼzgartirish tegi shrift rangi boshqacha tan-
langan qismga taʼsir etmaydi. Quyidagi misolda web-sahifada
matnga va fonga rang berish koʼrsatilgan:
MS Word dasturida fonga rang berish yoki fonga rasm
joylashtirish mumkin edi. HTML tilida fonga rasm joylashti-
qoʼllanadi. Bu holda tenglik belgisidan keyin rasmning toʼliq
Savol va topshiriqlar
1. HTML da nechta rangdan foydalanish mumkin?
2. Web-sahifadagi shrift olchami qaysi teg yordamida belgi-
lanadi?
3. Web-sahifadagi shrift rangi qaysi teg yordamida bel-
gilanadi?
4. Web-sahifadagi matn rangi qaysi teg yordamida belgilanadi?
keltiring.
6. Web-sahifa fonini turli rangda belgilashni misollar yordamida
korsating.
7. Web-sahifa foniga rasm joylashtirish haqida sozlab bering.
9-sinf. Shrift oʻlchami, rangi va web-sahifa foni
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil
shriftdan foydalandik. Shrift olchami ham faqat sarlavha teglari
yordamida ozgartirildi. Lekin internetdagi web-sahifalarda turli
shrift va olchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni
uchratish mumkin.
juft tegi SIZE (olcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu
teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift olchami
ozgarmaydi. Shrift olchami ozgarganini faqat web-brauzerda
korish mumkin.
Web-sahifada 7 xil olchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin.
Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng
kichik, 7 esa eng katta shrift olchamini bildiradi. Masalan,
korinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift olchamiga qaytish
10-sinf. AMALIY MASHG‘ULOT
Avvalgi amaliy mashg‘ulotdagi 07_01, 07_02 va 07_03 topshiriqlarni ListBox obyektlari yordamida yarating. Ularni mos ravishda 08_01a, 08_02a, 08_03a papkalarda saqlang.
2. Avvalgi amaliy mashg‘ulotdagi 07_01, 07_02 va 07_03 topshiriqlarni ComboBox obyektlari yordamida yarating. Ularni mos ravishda 08_01b, 08_02b va 08_03b papkalarda saqlang.
3. Edit obyektiga kiritilgan sonlarni ListBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
4. Edit obyektiga kiritilgan sonlarni ComboBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
5. 1 dan 11 gacha bo‘lgan sinflarni ListBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
5.1. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga ListBox obyektini joylang.
5.2. Ilova oynasining bo‘sh joyini ikki marta bosib, ekranda hosil bo‘lgan protsedurani quyidagicha to‘ldiring:
procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
var i:integer;
begin
listbox1.Columns:=3;
for i:=0 to 10 do
listBox1.Items[i]:=inttostr(i+1)+'-sinf';
end;
5.3. Ilovani ishga tushiring va to‘g’ri ishlashini tekshiring: