𝐼𝐴𝑁🦋

Forced love
Tashqarida yomg'ir shivalar go'yo osmon yaqinlashib kelayotgan fojiadan xabar bergandek atrofni zulmat qoplagandi. Jeon Jungkook o'zining hashamatli, ammo sovuq xonasida, qimmatbaho charm kursisida o'tirardi. Uning qo'lidagi qadahda qizil vino xuddi qon kabi tovlanar, nigohlari esa deraza ortidagi tungi Seulga qadalgan edi.
Uning g'azabi olov emas, muz kabi edi — jimgina kuydiradigan sovuq nafrat. Kim janob uning yo'liga ko'ndalang bo'lgan birinchi odam emasdi, lekin birinchisi bo'lib uning sabr kosasini to'ldirgan edi.
Eshik sekin ochilib, xonaga Suga kirdi. U doimgidek bosiq, ammo nigohlari o'tkir edi. Eshikni ortidan ehtiyotkorlik bilan qulflarkan, Jungkookning stoli yoniga yaqinlashdi.
— Nima gap? — dedi
Jungkook ovozini chiqarmay, faqat ko'zlarini Sugaga qaratib. Uning ovozida o'lim nafasi sezilib turardi.
Suga stolga yaqinroq egilib, past, lekin qat'iy ovozda gap boshladi:
— Kim janobni qanday yakson qilish yo'lini topdim. Uni shunchaki o'ldirish
— bu sovg'a bo'ladi...Biz uning eng zaif nuqtasini nishonga olamiz...
Jungkook qadahdan bir qultum ichib abida sovuq va qonxo'r jilmayish paydo qildi.
— Gapir Suga... Meni qiziqtirib qo'yding.
— Uni qizi... YN, — dedi Suga, qizning rasmini stol ustiga tashlab.
— Kim janob uchun u dunyodagi yagona xazina. Agar sen unga uylansang, Kim janobning qo'l-oyog'ini bog'lab qo'ygan bo'lasan. Qizi sening qafasingda ekan, u barcha biznesini, davlatini va hatto jonini sening poyingga tashlaydi.
Jungkook rasmga qaradi. 18 yoshli begunoh, hayotdan hali bexabar YN ning nigohlari unga termulib turardi. Jungkook barmog'i bilan rasmning yuzini siladi, go'yo o'ljasini ushlab ko'rayotgandek.
— Qafasdagi qushcha deysanmi? — Jungkookning kulgisi xonada aks-sado berdi, bu kulgu g'alaba nashidasi emas, dahshatning boshlanishi edi.
— U hali kimning yotog'iga qadam qo'yayotganini bilmaydi....Kim janob qizini qutqarish uchun borini beradi lekin u bilmaydiki... men uning qizini qaytarib berishni reja qilganim yo'q.

Jungkook va Suga Kim janobni uyiga yaqinlashib qolishdi uy hashamatli edi lekin Jkni uyi kabi emas Jk uchun bu uy oddiy oshxonadek tuyulsa ham...hech nima demadi.
Kim janobning hashamatli qasri tinch va osoyishta edi. Ammo bu tinchlik ortida katta bo'ron pishib yetilayotganini hech kim bilmasdi. Darvoza oldida qora, lekin ko'zga tashlanmaydigan avtomobil to'xtadi.

Jungkook mashinadan tusharkan ustidagi qora charm kurtkasini to'g'irladi. Uning yuzida mafiya sardorining sovuqqonligi emas, balki samimiy va muloyim tadbirkorning niqobi bor edi.

Yonida esa Suga u doimgidek bosiq yuziga qora tibbiy niqob taqib olgan (go'yo shamollagan kabi), ko'zlarini esa kepka ostiga yashirgandi.

— Esingda bo'lsin, — pichirladi Jungkook tishlari orasidan.
— Men hozir Jeon Jungkook emasman...Men...Jeon Noahman...Xalqaro investorman bir axmoqni ismi bilan (soxta isim bilan) Kim janob yoniga ish bilan kelgandek ko‘rinaman..

Ular ichkariga kirishganda, Kim janob ularni katta ochiq chehra bilan kutib oldi. U o'zining biznes hamkorlari sotilib ketayotgan bir paytda, yangi va istiqbolli "hamkor" kelganidan chin dabdaba bilan quvonardi.

— Xush kelibsiz, janob Noah! — dedi Kim janob qo'l berib ko'risharkan.
— Siz haqingizda ko'p eshitgandim...Sizning sarmoyalaringiz bizning kompaniyamizni yangi bosqichga olib chiqishi aniq.

Jungkook (Noah) biroz egilib..xuddi kichik yoshdagi hurmat ko'rsatuvchi tadbirkordek jilmaydi.
— Sharaf menda,..Kim janob. Siz kabi tajribali inson bilan ishlash ... mening orzum. Bu esa mening yordamchim... biroz betob..shuning uchun niqobda, uzr so'raymiz.

Suga shunchaki bosh silkib qo'ydi. Uning ko'zlari esa uyning har bir burchagini, chiqish yo'llarini va qo'riqchilarni hisoblab chiqayotgan edi. Ular mehmonxonada o'tirib, uzoq suhbat qurishdi. Jungkook o'z rolini shunchalik mukammal o'ynardiki, hattoki Suga ham uning aktyorlik mahoratiga ichida tan berardi.

Shu payt tashqi eshik ochilib, uyga yengil qadamlar tovushi va begona ifor kirib keldi. Bu YN edi. U maktab (o'qish) kiyimida, yelkasida sumka bilan charchagan holda kirib keldi.

— Dada, men keldim! — dedi u, mehmonxonadagi notanish kishilarni ko'rib to'xtab qolarkan.

Jungkook o'rnidan turdi. Uning nigohlari YN ga qadaldi. Bu qiz rasmda ko'rganidan ham go'zalroq, lekin eng asosiysi — u juda ham "toza" edi. Jungkookning ichidagi yirtqich bu poklikni bulg'ash istagidan titrab ketdi.

— YN, qizim, kel! — Kim janob qizini yoniga chorladi. — Bu janob Noah, bizning yangi hamkorimiz.

YN yaqinlashdi, lekin uning qalbida kutilmagan bir sovuqlik va xavotir uyg'ondi. U Jungkookning yuzidagi chiroyli tabassumga qaradi-yu, lekin negadir uning ko'zlarida tubsiz zulmatni ko'rgandek bo'ldi. Qizning nigohlari Jungkookdan Sugaga ko'chdi. Suganing niqob ortidagi o'tkir nigohlari qizni battar seskantirdi.

— Assalomu alaykum...
— dedi YN sekin, lekin uning ovozi biroz titradi. U beixtiyor bir qadam orqaga chekindi.

Jungkook qizning bu shubhasini sezdi. Uning lablari chetida sezilar-sezilmas, xavfli bir uchqun paydo bo'ldi.
— Tanishganimdan xursandman, YN xonim. Dadangiz siz haqizda ko'p gapirgandi, lekin siz kutganimdan ham... qiziqarliroq ekansiz.

YN uning gaplaridagi ohangdan qo'rqib ketdi. Bu shunchaki maqtov emas, balki hukmdek eshitildi. Uning ichki sezgisi baqirardi: "Bu odamdan uzoqroq tur!"

— Kim janob, men sizga faqat biznes taklifi bilan kelganim yo'q,
— dedi Jungkook ovozini imkon qadar samimiy va biroz hayajonli qilib. — To'g'risi, qizingiz YN ni ko'rgan zahotim... ichimda nimadir o'zgardi. Men hayotimda ko'p narsani ko'rganman, lekin bunday poklikni uchratmagandim. Men qizingizga uylanmoqchiman.

Kim janob kutilmagan gapdan qotib qoldi. Uning yuzidagi tabassum yo'qolib, o'rnini hayrat va e'tiroz egalladi.
— Nimalar deyapsiz, janob Noah? Qizim hali juda yosh, u bor-yo'g'i 18 da! Ustiga-ustak biz sizni deyarli tanimaymiz... Yo'q bu mumkin emas!

Jungkook bo'sh kelmadi. U stuliga suyanib, chuqur tin oldi. Uning yuzi bir lahzada g'amgin tusga kirdi.
— Men tushunaman. Lekin eshiting... Sizning atrofingizda dushmanlar ko'p...Ayniqsa, o'sha vahshiy Jeon Jungkook degan mafiya sizga tish qayrab yurganini eshitdim. Siz kundan-kun keksayib boryapsiz, Kim janob. Xudo ko'rsatmasin, ertaga sizga bir gap bo'lsa, YN ni kim himoya qiladi? Men esa uni dunyodagi har qanday yovuzlikdan, o'sha mafiyadan ham asrashga qodirman. Bor boyligim va kuchimni uning poyiga to'shashga tayyorman.

Kim janob jim bo'lib qoldi. Uning hayolidan dahshatli sahnalar o'tdi: Jungkookning odamlari uning biznesini tortib olayotgani, o'zining zaiflashib borayotgani... U "Noah"ning (soxta Jk) gaplarida jon borligini his qildi. "Agar qizimni shu yigitga bersam, u hech bo'lmaganda xavfsiz bo'ladi," deb o'yladi u adashib.

— Mayli... — dedi Kim janob ovozi titrab. — Agar u rozi bo'lsa, men qarshi emasman. Uning kelajagi uchun bunga majburman.

Shu payt eshik ortida turgan YN barcha gaplarni eshitib turgan edi. U xonaga bo'rondek kirib keldi. Uning ko'zlari yoshga to'la, lekin nigohlari g'azabli edi.

— Yo'q!
— deb baqirdi YN.
— Dadajon, nimalar deyapsiz? Men bu odamni tanimayman ham! Uning ko'zlari... uning ko'zlari menga qo'rqinchli ko'rinyapti! Men unga hech qachon turmushga chiqmayman!

Jungkook o'rnidan turib, sekin YN ga yaqinlashdi. Uning har bir qadami qizni devorga taqab qo'ygandek bo'ldi.
— YN, men sizga ozor bermayman
— dedi u pichirlab lekin bu ovozda shunday bir sovuqlik bor ediki, YN ning butun vujudi muzlab ketdi.

Suga esa chetda turib, niqob ostida sovuq jilmaydi. Reja mukammal ishlayotgan edi. Yn qarshilik qilsa ham endi uning taqdiri Jeon Jungkookning qonli qo'llari orasida edi.

𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
4-bob

4-bob. Daxshat

Sahar 4:35

Shaharning gavjum qismlarining birida yana bitta ko‘zga tashlanmas uy borki, tashqarida o‘tgan odam bu uyning ham hammaga o‘xshab oddiy oila uyi deb o‘ylaydi. Uyga kirib chiqadigan odam yo‘qligini, ba’zan bir yigit kelib turishini bilgan qo‘shnilarni bu qiziqtirmaydi. Bu hududda hamma o‘z holicha yashaydi, hech kimning boshqalar bilan ishi yo‘q. Aynan shu narsa Yoongi Minga qulay edi.

U yolg‘iz qolishni, qattiqqo‘l bobosining uyidan qochib ketishni istagan vaqtlarida o‘z uyiga kelib olar edi. Bu uyda uni kutadigan onasi bor edi bir vaqtlar. So‘ng onasi turmushga chiqib ketgach, mehribon buvisi va bo‘lak bobosi bilan yashashga chidab kelgan. Ammo hozir u bu uyga yolg‘iz qolish uchun kelmagan edi.

Bir kishilik divanda telefonini aylantirib o‘tirarkan, ichidagi yagona bir ma’lumotdan foydalanish yoki foydalanmaslik haqida o‘ylardi. U hech qachon bunday ishga qo‘l urishini tasavvur qilmagan.

Qarshisidagi o‘rtacha kattalikdagi, och ko‘k choyshablar yozilgan yotoqda uxlab yotgan qizdan bir soniya ham ko‘z uzmasdi. U bu kunni uzoq kutgan, oxiri nimalar bo‘lishini ham o‘ylab chiqqan, keyingi rejalarini ham tayyorlab qo‘ygan edi. Hayotida hech qachon qarorlarida hozirgidek chalg‘ish bo‘lmagan.

Yunho Hanning qizini shu yerga olib kelguncha ozmuncha vaqt ketmadi. Uch oy davomida uni kuzatdi, har kuni qachon qaerga borishi, nimalar sotib olishi, qo‘shimcha mashg‘ulotlari barchasini bilib oldi. Hech qanday harakat qilmay yurganida esa qiz o‘zi mashinasi oldiga tushib qoldi.

O‘sha kuni ham uchrashuvga taklif qilganida, kuchli uyqu dorisi solingan suvni har ehtimolga qarshi olib yurgan edi. Qiz ichishini bilmasdi, lekin baribir ehtiyot bo‘lgan. Qasosini bugun olmoqchi edi, ammo hushsiz qizga bunga qo‘li bormadi.

Ammo boshqa rejasini amalga oshirdi.

Endi Y/N uyg‘onsa, keyingi bosqichga o‘tadi. U ishni shunday qilishi kerak ediki, Yunho Han ortiqcha shovqin ko‘tarmasin, qizini ham jim yurishga majburlasin, isnoddan qo‘rqsin.

Tong otmoqda, uyqudagi malika Y/N esa hanuz chuqur uyquda yotar edi. Sochlari butun yostiqqa yoyilib, yuziga tolalari tushib qolgan. Qo‘llarining biri ko‘ksida, biri yonida edi.

Bir lahza Yoongi uning uxlayotganiga oshiq bo‘ldi, ammo bu haqiqiy uyqumi yoki dori ta’siri bilan bo‘lyaptimi — bilmasdi. Uyqu dorisi bilan uxlagan odamning farqi bo‘ladi, deb o‘yladi.

Nihoyat Y/N yotgan joyi qimir etdi, qiz ko‘zlarini ochib-yumib qo‘ydi. Nimadir bo‘layotganini tushunishga harakat qilardi. Uyg‘onish qiyin, ko‘zlari og‘irlashgan edi. Yodida faqat mototsikl haydagani va keyin o‘zini yomon his qilgani bor edi. Keyin asta-sekin tasvirlar jonlana boshladi:

Yoongi uni mashinasiga ko‘targani...
Qaergadir olib kelgani...
Begona uyga olib kirgani...
Yotoqqa yotqizgani...

Tasvirlar uzilib, yana paydo bo‘ldi:

Unga suv ichirgani...
Kiyimlarini echgani...
Yana qorong‘ulik...

Y/N ko‘zlarini keskin ochib yubordi. Uyg‘oq bo‘lib ketdi, vahima bilan boshini ko‘tardi. Ustidagi kiyim... o‘zi emas, begona kiyim edi. Qo‘rqinch bilan kiyimning egasini qidirdi — Yoongi bir kishilik divanda qo‘l qovushtirib o‘tirardi.

— Siz… — dedi Y/N tomog‘i achishib, ustidagi Yoongi’ning futbolkasini tortqilab. — Men bu yerda nima qilyapman? Kecha nimalar bo‘ldi?

U kiyim qanday qilib egniga kiygizilganini tushunmay qolgan edi.

Qo‘rqinchli yuzi bilan Yoongi javob berishga shoshilmadi.

— Eslo olmayapsanmi? — dedi u kinoya bilan. — O‘zingni mening qo‘limga tashlab yubording. Keyin seni shu yerga olib keldim. Keyin… ko‘p narsalar bo‘ldi. Eslamaganing yaxshi.

— Kimsiz o‘zi?.. — dedi Y/N og‘ir yutinib.

Ko‘z oldida bo‘layotganlarning birortasini hazm qila olmadi. Miyasida javoblar yo‘q edi. O‘ziga ham to‘liq kelib ulgurmagan.

Nahotki… nahotki u shunchalik oson ishonib qo‘ygandir?..

Agar, Yoongi tunda unga hushsiz holda nimadir qilgan bo‘lsa, unda aniq manyak! Va bu yerdan tezroq qochib ketishi kerak, keyin nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘radi.
— Kimman?, — Yoongi o‘zini nari oldi, — Balki, otangdan so‘rarsan, u meni juda yaxshi taniydi.
Uning otasi bu yigitga nima qilishi mumkinligini tushunmadi. Faqat bir narsani angladi, yigit bekorga uning atroﬁda emasdi. Shunchaki chiroyli muomilalik kishilarga aldanish oson ekanini tushundi. Bu uy­dan tezroq chiqib ketishi kerak, Yoongining burgut ko‘zlari oldida uni battar qo‘rq­uv qamrab olmoqda.
— Menga nima qildingiz? Bu nima? Nega bu kiyimdaman?
O‘rnidan turishga shoshilmadi, kiyim kaltaligini biladi. Tursa ochiq sonlari shundoqqina ko‘rinadi.
— Kechasi yaxshi uxlay ol degandim, — mazax qildi Yoongi, — Axir kun issiq.
— Meni kim yechintirdi?!, — atroﬀga alangladi. Uyda undan boshqa erkak bo‘lsa­chi? Nahotki, bu uy­dan sog‘ chiqib keta olmaydi. Ont ichadi, endi hech qachon bunday chala o‘ylab ish qilmaydi. Hattoki, Yoongining ustidan hoziroq arz qilishni o‘yladi. Nahot, ota-onasi uni uyda yo‘qligini bilishmadi. Qidirishmadimi, vahima ko‘tarmadimi? Ha-ya! Telefoni!!!
— Telefonim qani?, — yigit uyg‘onganidan beri hali qaltis harakat qilmagani uchun mag‘rur so‘radi.
— Menda, — dedi Yoongi, — Keyinroq olasan.
— Qachon keyin? Men o‘zi nima qilyapman bu yerda? Maqsadingiz nima?
— Maqsadim sen, — u yana qiz tomoniga egilib, ko‘zlariga tik qaradi, — Ammo, hozircha istagan narsamga erisha olmadim. Kecha hushsiz yotganding. Uxlab yotgan qizni unday qila olmasdim. Manyak emasman, har holda.
— Shunga rahmat aytishim kerakmi?, — kesatdi Y/N o‘ziga ishora qilib, — Bu manyaklikka kirmaydimi?
— Quloq sol, men unaqa odam emasdim. O‘zimga yarasha sababi bor edi. To‘g‘ri kecha senga hech nima qilmadim. Qila olmadim, afsuski. Ammo, mening o‘rnimda boshqa erkak bo‘lganidachi? Bu uy­dan faqat o‘lik holda chiqar­ding! Agar chiqsang albatta. Omading bor ekan, mening qo‘limga tushgansan. Yo‘qsa, bilmadim seni bunday sodda va ishonuvchanliging allaqachon boshingga yetgan bo‘lar edimi?
— Nega bunday qilyapsiz? Men sizga nima qilganman? Rostdan ham kimsiz o‘zi?
— O‘rningda boshqa qiz bo‘lganida, shuncha savol berguncha allaqachon qochib ketardi. Qanaka kiyimda, qanday ahvolda farqi bo‘lmasdi. Baqirardi, yordam so‘rardi, qo‘lidan kelgan hamma ishni qilardi. Har holda senga o‘xshab o‘g‘irlab ketgan odamni so‘roq qilib o‘tirmasdi. Sen yo jinnisan, yo o‘ta aqllisan.
— Agar sizni manyak deb o‘ylaganimda men ham uyg‘onishim bilan qochishga harakat qilardim. Ammo, agar rostdan siz shunaqa ruhiy kasal bo‘lganingizda men hozir umuman tirik bo‘lmasdim. Ammo, men tirikman, sog‘man, bu yerda yotgandim, siz esa alohida shunchaki uyg‘onishimni kutib turgan edingiz. Sizga nimadir maqsadda kerak ekanimni tushundim, lekin nima ekanini bila olmayapman. Dadamni tilga oldingiz, dadam sizga nima qilgan?
— Demak, aqllisan!, — Yoongi javob berishdan ko‘ra o‘z taxminini aytishni ma’qul ko‘rdi.
— Men ketaman!
— Ket, — Yoongi uning yo‘lini ochib berdi, — Lekin keyin baribir o‘zing qaytib kelasan.
Y/N uning gaplariga parvo bermay kiyimlarini so‘radi. Yoongi qo‘shimcha xonani ko‘rsatdi. So‘ng istehzoli kulib o‘tirarkan, u kiyimini almashtirib chiqishini kutib o‘tirdi. Yigitni xavfli emas deb adashdi. Aslida haqiqiy xavf uni endi qarshi olishini bilmasdi. Kechagi kiyimlarini kiyib qaytib chiqqan Y/N telefonini so‘radi. Yigit telefonini qo‘liga tutqazganida tekshirib, faqat singlisidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini ko‘rdi. Demak, ota-onasi uyda ekanini bilmaydi, singlisi esa kechasi bilan mijja qoqmagan ko‘rinadi. Agar hoziroq uyga yetib bormasa, Ahyeon aniq butun uyni oyoqqa qo‘yadi.
— Siz kimsiz, nimasisiz bilmadim, lekin meni tinch qo‘ying! Dadam sizni sog‘ qo‘ymaydi!
— Qo‘ysangchi?, — yigit kuldi, — Sendek qizning tahdid qilishi hech hayolimga kelmagandi. Men hozir nima desam shunga ko‘nishingni kutib turgandim.

— Men hazillashmayapman!
— Tsshh!, — qiz ovozini ko‘targani uchun uni jim qildi, — Men ham hazillashmayapman. Seni kim kiyimingni almashtirdi deb o‘ylaysan? Qomating juda chiroyli, ishon. Hattoki, men bee’tibor qoldira olmadim.

— Nima demoqchisiz?
Yoongi o‘zining telefonini chiqarib, rasmlar bo‘limiga kirdi va kecha olgan rasmlarini Y/Nga ko‘rsatdi. O‘zining deyarli kiyimsiz holatini ko‘rgan Y/N sal qolsa yana hushidan ketib qolardi.
— Maraz!, — kutilmaganda Yoongiga tarsaki tushirib, dedi, — O‘zingizni kimman deb o‘ylayapsiz? Nima qilmoqchisiz?
Yoongi uning qo‘lini orqasiga qayrib, o‘ziga tortdi va jiddiy ohangda dedi:
— Menga yana bir marta qo‘l ko‘tarsang, pushaymon qilaman! Ikkinchi meni hatto harorat qila olmay qolasan! Eshitdingmi? (Lekin oldinda Y/N hali ko‘p unga tarsaki tushiradi👋🤭)
— Qo‘yib yubor!, — Y/N uning changalida siltandi.
— Tinchlan, hali gapim tugamadi. Endi meni qoidalarim bilan davom etadi. Men nima desam, men qaerda istasam va men qanday istasam!
— Nimani istasangiz?, — dahshat bilan so‘radi Y/N.
— Seni, — dedi Yoongi.
— Nega meni istaysiz!, — dedi Y/N Yoongini tiniq fikrlarini loyqalantirib.
Yoongi uning ko‘zlariga chuqur tikilib javob izladi: — Bunisi muhim emas! Endi...

𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
3-bob davomi

— U sizni mototsikl uchrashuvga taklif qildi va siz rozi bo‘ldingiz?
Aytganimdan beri o‘ziga kela olmayotgan singlim xonamda joy kamlik qilayotgandek u yoqdan bu yoqqa borib kelaverdi, — Bormaysiz!
Yoongi meni mototsikl sayriga suhbatimizning ertasi kuniga taklif qilgan edi. Bu haqida singlim bekor aytibman deb o‘ylab qoldim.
— Sen meni singlimsan, opam emas, — shkafimdan eng-eng qulay kiyim izlab dedim, — Meni nega tergaysan?
— Sizni o‘rningizga men qo‘rqyapman! Umringizda ikki marta ko‘rgan yigitingiz bilan uchrashuvga ketayapsiz. Sevgi ko‘zlaringizni ko‘r bo‘lib qoldirgan qizlarga o‘xshab qolgansiz!, — u birdan ovozida hasratga to‘la nadomat bilan dedi, — O‘yim bizni hech qachon biror yigitni sevishimizga ruxsat bermadi. Gaplashishimizni taqiqlardi. Bitta dugonam aynan bizdaka qizlar juda tez aldanganini aytgandi.
— Bekorlarning beshtasini aytgandi, o‘sha dugonang, — jahlim chiqdi o‘zimga qulay bo‘lgan futbolkani qo‘limga ilganimda, — Bu erga tekkuncha o‘ntalab yigitlar bilan gaplashishdan yaxshiroq.
— U shunchaki yigit tanlashni bilmasligimizni aytgandi.
— Tur yo‘qolsin. Juda aqlli-da, seni dugonalaring! Mushtimdek qizlar har baloni biladi.
— Siz nega gaplarimni jiddiy olmayapsiz, qarang kech tushyapti, uydan qanday chiqib ketmoqchisiz?
Nega aynan shu vahimachiya aytdim o‘zi? Sezib qolmaganida aytmasdim ham. Bundan Rami yaxshi, hamma gapimni jimgina eshitib sirimni yaxshi saqlaydi. Mana buni esa ona o‘rniga qayno‘na, bizga ona o‘rniga ona bo‘lib oladi doim.
— Meni esityapsizmi? Dadam uyga keldi.
— Juda yaxshi, hozir oyimga uxlagani chiqib ketayotganimni aytaman, — shkafimni yopib unga qayrildim, — Keyin sekin uydan chiqib ketaman. Atigi bir soatda qaytaman! Biz u bilan uyim atrofidan uzoqqa ketmaslikka kelishdik.
— Nega bu uchrashuvga rozi bo‘ldingiz o‘zi?
— Men qiziqyapman. Dadam hech qachon bizni qiz bolaga shart emas deya mashina va mototsikllarga qiziqtirmagan. Hamma narsaga ruxsat bersam ham shunga ruxsat bermaydi. Menda uning nima ekanini bilishga imkon bor.
— Aldamang. Siz yigit tufayli ketayapsiz. U sizga yoqib qoldi, unga yaqin bo‘lmoqchisiz? Xo‘sh, bugungi uchrashuvdan keyin nima bo‘ladi?
— Shu oxirgisi, — uning elkasidan tutdim, — Boshqa shartlariga rozi bo‘lmayman. Agar chindan yoqtirib qolgani bo‘lsa, menga erishishning boshqa yo‘lini topsin.
— Masalan, to‘ymi?
— Ehtimol.
— U sizga ikkita uchrashuvdan keyin darrov uylanmoqchi bo‘ladi deb o‘ylayapsizmi?!
— Bilmadim!, — tan oldim, — men shunchaki mana shu uchrashuvga chiqib ko‘rmoqchiman.
— Shuncha yigitlarni basharasiga qaramay rad etgansiz! Bundan nima topdingiz?
O, qani edi bu savolga o‘zim javob bera olsam. Shu javobni topa olmay halak edim. Avval meni yoqtirib qolgan odam menga hadab uchrashuv yoki munosabat taklif qilmasdan shartta otamning yoniga kelishi va qo‘limni so‘rashi kerak deb hisoblar edim. Oxirgi kunlarda esa negadir bu narsalar o‘z ahamiyatini yo‘qotib qo‘ydi.

Dadam bilan oyim o‘z xonasiga kirib ketganidan foydalab, uydan amallab chiqdim.
Singlim xavotirlanib darvoza tagida qoldi. Garchi, xavotirlari o‘rinli emas deb bilardim. Yoongi ko‘cha boshida boshqa mashinasida meni kutib turardi.
— Sizni mashinangiz ko‘pmi?, — orqaga emas, oldiga o‘tirishi uchun ishora qilganim sababli old o‘rindiqqa joylashib meni qiziqtirgan savolni shartta berdim.
— Ko‘p emas, 3-4 ta, — u beparvo javob berdi.
— Ha, kamgina ekan, — men ham kesatdim kulib, — Hozirgi kunda bitta odamda 3 ta, 4 ta mashina kamlikka kirmaydi, lekin. Nega, aynan kechki vaqtni tanladingiz?
— Ko‘zga tashlanmaymiz, — u meni biroz cho‘chitdi, so‘ng qo‘shib qo‘ydi, — Kechasi mashina kam bo‘ladi. Atmosfera ham chiroyli.
— Sizga tun yoqadimi, kunmi?
Vaziyatdan foydalab yana ko‘proq narsa bilmoqchi bo‘ldim.
— Tun, — u jiddiy dedi, — Sizgachi?
— Ikkisi ham, — to‘g‘risini aytdim.
— Keyinchalik tunlar yoqmay qolsa chi?, — u boshqacha tonda so‘radi, ovozida qattiq notalar yangradi.
— Tushunmadim, — ko‘zimni undan uzolmay qoldim.
— Yetib keldik, — u keng maydonga ishora qildi, — Bu yer hali ham bo‘sh ekaniga umid qilib kelgandim. Kutganimdek bo‘ldi.

Bu joylarni har kuni ertalab ko‘rib o‘tar edim. Ikkita ko‘p qavatli uylarning o‘rtasidagi keng yaylov edi. Na shahar ga kiradi, na qishloqqa. Arosatda qolib ketgan joy bir kun asqotadi deb o‘ylamadsim.

Yoongi ning mashinasidan tushishim bilan ikkita mototsiklga ko‘zim tushdi.
— Bular mototsikl emas, moped, — huddi hayolimni o‘qigandek to‘g‘riladi, — Avval haydab ko‘rganmisiz?
— Ha, — mamnuniyat bilan dedim.
— Qayerda?, — ulardan birini silaayotganimda so‘roq qildi u.
— Katta tog‘amniki-da, — gapimga tushunmay qolganini sezib to‘g‘irlashdim, — Oyimning tog‘asini katta to‘ga deymiz.
— Tushunarli.

U mashinadan shlem olib kelib bittasini menga tutqazdi,
— Qarang, hammasi juda oddiy. Bu yerda oyoqni ishlatishga majbur qiladigan pedal yo‘q. Ya’ni gaz. Hammasi mana bu yerda, — dedi qo‘l bilan ushlaydigan joyni burab, birdan moped ovoz chiqarganda cho‘chib tushdim, — Asosiy vazifangiz va diqqattingiz qo‘lingizda bo‘lsin.
— Yaxshi, — unga quloq solib ikki tarafini ham mahkam ushladim.
— Hozir kalitni tiqmaganman, ammo mana bu joyini buraganingizda, — o‘ng qo‘lim ustidagi dastakni qo‘lim ustiga qo‘yib buradi, — U yurishni boshlaydi. O‘zingizni yo‘qotib qo‘ymasligingiz kerak. Uni qancha yana burasangiz tezlik oshadi, to‘xtatish uchun burab borishni kamaytirasiz.

U menga berilib, jiddiy qiyofada instruktsiyani tushuntirayotgan bir onida mening ko‘zlarim uning ko‘zlarida, e’tiborim esa qo‘llarim ustidan his qilib turgan taftida edi. Uning nigohi ochiq lablarimga tushib, nigohini olib qochdi va qo‘lini qo‘lim ustidan oldi. Bu qandaydir hayajon bo‘ldi...
— Hayday olasizmi, yo birinchisida o‘zim ko‘rsataymi?
— Mayli, — dedim o‘zimni yo‘qotib. U chalg‘isa o‘zimga kelib olar-man balki.

U ikkinchi mopedga o‘tirib, yana gapira ketdi. Ulay agar gaplari quloqimga kirmasdi. U shlemni kiyib mopedni yurgazib ketganida, yolg‘iz qoldim. Ancha uzoqqa ketib qaytish uchun bu tomonga qayrildi. Bir mahal qarasam, meni mopedimga ichimlik bor ekan. Shu vaqt chanqoqni his qilib, suvdan ichdim yutoqib.
— Ta’mi biroz boshqacha ekanmi?, — suvning idishni tekshirdim. Ishqilib, boshqa narsani ichib qo‘ygan bo‘lmay dedim. Qaytib kelgan Yoongi qo‘limdagi suvni ko‘rib yuzi o‘zgardi.
— Ha... Ichdingizmi? Ikimizga bir yo‘la olgandim. Mashq ham odamni chanqatadi degandim.
— Bunisi menga edi to‘g‘rimi?, — qo‘limdagiga ishora qildim, — Katta rahmat.
— Endi men haydab ko‘rsam bo‘ladimi?
— Albatta, — u mopeddan tushib, mening yonimga keldi, — Orqa o‘rindiqda qoldirib ketgan shlemni o‘zim kiya olmasligimni bilib, to‘g‘ri kiyish tartibini o‘rgatish uchun kiydirib qo‘ydi. Shlemni taqayotganda ko‘zlarim qo‘llarida edi.
— Bo‘ldi, — dedi.

U biroz avval o‘rgatgani kabi qo‘l gazni buradim. Mototsikl yurib ketishni boshlagan ilk daqiqalarda meni qo‘rquv, so‘ng adrenalin qurshab oldi. Yo‘lning oxiri ko‘rinmay qolganida dastakni joyiga asta qaytardim. Yoongi joyidan siljimasdan mendan ancha uzoqda qaytishimni kutib turardi. Orqaga qaytayotganimda endi zavqlanishni boshladim. Shlemning ochiq qismida yuzimga shamol ayovsiz urilar edi.

Yoongi ning yoniga yetib kelganimda boshim aylanib undan tushdi. Erga oyoq qo‘yishimga Yoongi yordamlashib yubordi. Yo‘qsa, bilmadim yiqilib tusharmidim.
— Juda tez o‘rgandingiz, qoyil, — dedi u, hozirgina belimdan o‘tkazgan qo‘llarini qaytib olib.
— Men shunaqa tez ilg‘ab olaman!, — maqtandim o‘zimcha.

Ikki qadam uzoqlashmasimdan yana boshim chirpirak bo‘lib aylan-di, ko‘z oldim tinib ketarkan, tasvirlar miyamda chalqashib, oyoqlarimni his qilmay o‘zimni Yoongi ning qo‘liga tashlab yubordim.
— Boshim, — dedim bazo‘r, — Boshim aylanayapti.
— Hozir o‘tib ketadi, — dedi Yoongi shunday bo‘lishini bilgandek, — Biroz...
— Nima biroz, — uning ko‘zlariga tikilishga befoyda harakat qildim, ko‘zlarim og‘irlik qildi o‘zimga, — Menga nima bo‘lyapti.
— Hech narsa, — ovozi qulog‘im ostida jarangladi, — Shunchaki hushingdan ketyapsan...

Lekin, nega... Nega u juda xotirjam. Buni uzoq kutgandek mamnun.
Nafasim sekinlashib, oxiri yo‘q zulmat bo‘shliqka quladim...

3-bob tugadi

𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
3-bob

3-bob. Qarz.

Y/n

Singlim ikkimiz, birlagalashib atirgullarni mening xonamga olib chiqib, parda ortasiga yashirib qo‘yganimizdan ikki soat o‘tib, onam bizni pastga, oshxonaga ovqat qilishga yordamlashish uchun chaqirdi. Asosan, kechki ovqatni oyimning o‘zi tayyorlar, bizga esa darsimiz bilan mashg‘ul bo‘lishimizni tayinlardi. Yordamga chaqirdimi, demak o‘sha kuni qozonimizda birorta qiyinroq va tansiq taom qaynayotgan bo‘ladi. Har doim ikkinchi qavatning zinasidan sirpanib tushishni yoqtirganim uchun bu safar ham shunday qildim. Meni chaqirish uchun bu safar oshxonaning eshigidan boshini chiqargan oyim meni ko‘rib qolib:

— Oxiri yiqilib ketasan, shu o‘lgur zinadan! Qiz bolaga o‘xshab qiliq qilsang-chi qizim, — dedi koyib.
— Oyi-i-i, — erkalashib oshxonaga kirdim.

O‘ylaganimdek, bugun juda mayda ovqat bo‘lmish chuchvara tugarkanmiz. Ovqat tayyorlaydigan stolimizda tog‘orachada qiymasi, yonida esa allaqachon qorib, yoyib, kesib, tayyor qilingan xamiri bor edi. Xom qiymadan og‘zimgasoldim, orqamdan kirgan oyim qo‘limga urdi:

— Yema! Oxiri iching qurt bosib ketadi. O‘n to‘qqizga kirgan qizning bir tiyinlik aqli yo‘q!
— E-e-y, — kuldim, — Hali yosh bolaman-da.
— Yosh bolaging qolibdimi, Y/n?, — oyim fartugini qayta belidan o‘tkazib dedi, — Yigirma yoshga kirasan yaqin­da.

Onam yigirma yoshida otamga turmushga chiqqan. Ba’zan: “O‘sha vaqti ham hali oilaga tayyor bo‘lmagan ekanman, yosh edim, qiynalganman”, — derdi onam o‘z hikoyasini aytib bersa. Men esa yigirma yosh bu ayni erga tegish yoshi deb hisob­lardim. Qanday qilib yigirma yoshli qiz yosh bola bo‘lishi mumkinligi aqlimga sig‘masdi. Ular kap-katta qiz edi nazdimda. Hozir esa o‘zim shu yoshga yetay deganimda ichimga g‘ulg‘ula tushdi. Menda umuman katta qizlarga xos aql yo‘q. Nahotki yigirma yosh ham hali yoshbolalik bo‘lsa?

— Rami qani?, — kichik singlim uyga hali kelmagani uchun so‘radim.
— Uning qo‘shimcha to‘garagi bor bugun, — oyim chuchvaralarni tugishni boshlarkan, meni ham tugishimga ko‘zi bilan ishora qildi, — Ahyeon esa dars tayyorlashi kerak. Shuning uchun buguncha o‘zing qarashib tur, qizim.

Oyim bilan yigirma daqiqa o‘tirib, chaqqon qo‘llarimizni ishga solib, yarim chuchvalarni tugib tashlashga ulgurdik. Orada gaplashmagan mavzuyimiz qolmadi. Tugib bo‘lingan chuchvaralarning hozircha bizga kerak emas qismini muzlatib qo‘yish uchun muzlatgichga qo‘yayotganimda oyim savol berdi:

— Aytgancha, ikki kun avval uyga qanday kelding?
Ko‘z qirim bilan oyimga qaradim. Javob bersammi yoki yo‘qmi? Begona odamdan qarz olib, endi uni qanday qaytarishni o‘ylab o‘tirganimni oyimga aytsam, o‘zini tashlab yubormaydimi?

— Amalladim, — javobidan asta qochdim.
— Singling kimdandir qarz olganingni aytdi, — oyim menga ko‘z ostidan jiddiy qaradi.

Bunaqada oyimdan gap berkitolmayman. Singlimga esa behosdan aytib qo‘ygandim, u ham oyimdan hech nima berkitolmapti.
— Bir tanishimdan. O‘qishga chiqqan kunim qaytaraman.
— Ha, mayli, — oyim qo‘lini yuvib, oshxonadan chiqar ekan, qo‘shib qo‘ydi, — Choy ham quyib yubor. Ko‘k choy damla.

— O‘z xonangga bormaysanmi?, — kechasi yarim tunda singlimga savol berdim. U mening o‘rnimga yastanib olgancha, har doim uyga kela-kela, bozor­chadan oladigan qurutlarimni yeb o‘tirardi.

Avvallari hammamiz bitta xonada yotardik, katta bo‘lganimiz sari daftar, kitob, qalamlar tufayli qizg‘onib janjal chiqa boshladi. Shunda otam hammamizga alohida xona qilib berdi. Ayrim kunlar bir-birimizni qumsab qolsak, bitta xonada qolamiz-u, biroq bir kunga bormay yana arzimas narsa tufayli urishib qolamiz. Oyim opa-singillar o‘rtasidagi janjalga tabiiy qaraydi, har holda u bizga shunday tarbiya berganki, baribir bir-birimizni juda yaxshi ko‘ramiz.

— Buncha ko‘p qurut yeysiz, — u yana bittasini og‘ziga solib chala gapirdi, — Oxiri qoningiz kamayib ketadi. Mana bu marmedlarni kechasi yeyish uchun saqlab qo‘y­asizmi?

Stolim ustidagi mayda narsalarga ko‘z yugurtirdim. Shunaqa odatim bor edi. Kechasi doim nimadir egim kelib qoladi, ayniqsa uyqusirab dars qilayotganim tunlarim og‘zimda albatta nimadir bo‘lishi kerak. Kechasi otam o‘lib qolsa ham bizni ko‘chaga chiqarmaydi. Olib kelib berishga ham ko‘nmay, pul beradi-da, ertalab o‘zimiz olishimizni aytadi. Shuning uchun oldindan tayyorgarlik ko‘radigan odat chiqargandim. U hali javonimdagi shokoladlarni bilmaydi.

— Oyimga nega men qarz olganimni aytding, — uni tergadim o‘zimcha, — Senga nima aytsam, darrov oyimga aytasan-a?
— Oyim bilib turishi kerak-ku, — u ko‘zini pirpiratdi, — Nega o‘zi duch kelgan odamdan qarz oldingiz? Kim u o‘zi?
— Bitta odam. Tanimayman, — dedim, — Pulimni yo‘qotib qo‘yganim uchun undan qarz olgandim. Menda faqat raqami bor.
— Raqamini nima qilasiz?
— Qarzimgni qaytarish uchun olganman raqamini.
— Unda telefon qilib qarzingizni qaytarishni ayting, — Ahyeon undadi meni, — Dadam hech qachon bu hayotda hech kimdan qarzdorning bo‘lma, derdi, bilasiz-a?
— Esing joyidami? Soat to‘qqiz yarim!, — devorda ilinib turgan soatga ishora qildim, — Telefon qilib nima deyman? «Alo, meni yaxshi tanimaydigan Yoongi afandi, kechirasiz sizni kech bo‘lganda bezovta qildim. Meni tanisizmi-yo‘qmi bilmayman. Bu men Y/Nman, yaqindagina sizdan qarz olgandim. Oyoq yalang qiz yodingizdami, o‘shaman.» U bechorani hozir men bilan gaplashishga ko‘zi juda uchib turibdi-da!
— Xullas, o‘zingiz bilasiz, — menga gapirish befoyda deb o‘yladimi joyimdan turib, — Yaxshi uxlab turing. Endi men ham kechasi yeb o‘tirishga shunaqa narsalar olib kelaman.
Uni kulgancha kuzatib qo‘ydim. Keyin sumkamning bir burchagida tiqilib yotgan tashrif qog‘ozini chiqardim. Bu tashrif qog‘oziga qarayverib, yodlab olibmanki, endi tushimda turg‘azib so‘rashsa, qanday ekanini ayta olaman. Qachondir menga ham shaxsiy tashrif qog‘ozim bo‘ladi deb niyat qildim.
O‘zimni unga kechasi qo‘ng‘iroq qilishdan bazor tiyib uxladim. Faqatgina qarzimni qaytarish uchun qo‘ng‘iroq qilishim kerak, lekin hayajondan ming bir o‘lay dedim. Nonushtadan so‘ng tilla rangda ko‘rg‘a hassadek yozib qo‘yilgan raqamiga qo‘ng‘iroq qildim. Javobni kutib, nafasimni yutdim, afsuski hech kim ko‘tarmadi. Juda band odamligi uning o‘sha kungi minib olgan mashinasi va menga tutqazgan qog‘ozchasidan bilinardi. Biror kun gapni aylantirib Minlar oilasi haqida so‘rab ko‘rishni dilimga tugdim.
Bu kursni tugatish arafasida bo‘ladigan oxirgi imtihonimga bordim. Har safar o‘qishga borganimda boshqa narsalar ikkinchi darajada o‘tib qolardi. Shu jumladan telefon ham.
— O‘tgan hafta uyinga yaxshi yetib oldingmi?
Imtihondan chiqishimiz bilan boshqa talabalar kimga qanday savol tushganini muhokama qilsa, meni dugonam boshqa narsani so‘raydi.
— Juda mazza qilib yetib oldim, — kesatdim unga, — Yubkamning yoni yirtilib ketgan, oyoq kiyimim yo‘q. Hatto, hamyonimni ham yo‘qotib qo‘yibman!
— Qanday bording uyga?
— Bittasidan qarz oldim.
Hammaga takrorlayvergani hisob, meni charchatib yuborgan fakt yana og‘zimdan chiqdi:
— Endi unga qarzimni qaytarishim kerak.
Baxtimga dugonam kimdan qarz olganimga qiziqib o‘tirmani, qo‘lidagi paketni menga uzatdi:
— Oyoq kiyimingni olib keldim.
— Endi kerak emas. O‘zing bilan olib ket.
Qo‘limda yana bitta ortiqcha narsa ko‘tarib yurgim kelmadi.
— Bu seniki, axir.
— Ber!, — qo‘lidan jahl qilib oldim, — Bugun hech qayerga aylangani bormayman. Boshqa joyga borishim kerak.
Yana ozgina tursam mendan hisob so‘rashini bilib juftakni rostladim.
Talablarning serqatnov yo‘lagi bo‘ylab ketar ekanman, bu safar ikki yoniga ancha yillar avval ekilganidan hozir basavlat yam-yashilni daraxtlarni tomosha qilib ketishni emas, telefonimdagi ertalabdan beri qaytib chiqmagan raqamni tomosha qilib ketardim.
Universitetning avtobus qatnaydigon bekati tarafga o‘tib, yana qo‘ng‘iroq qilish tugmasini bosdim. Bu safar ham Yoongi Min deganlari javob bermadi. Shaxsiy raqamini shuncha ko‘tarmasa, ish yuzasidan ishlatadigan raqamiga javob berish uchun qancha odamni mushtoq qilar ekan-a? Nega uning yana bitta raqami bor deb o‘yladim, hayronman. Chunki, o‘sha kuni o‘zi shunday degandi:
— Bu shaxsiy raqamim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zimga bog‘lana olasiz.
Kartaning ikkinchi tarafida ishxonasining nomi yozilgani esimga tushdi. Nomini internetdan qidirib, manzilini topdim. Hech yo‘q ishxonasidan toparman degan umidda edim. Borishga boraman, keyin nima deyman? Qo‘liga 200 000 ni qanday tutqazaman? Olmasachi? Ammo, qarz deb olganman, qaytarishim shart.

Izlab kelgan binoyimni osonlikcha topdim. U shundoqqina yo‘l yuzidan ikki chaqirim ichkariga kirganda ekan. Bundan tashqari katta yo‘lga shu ishxonaning belgisi ishora qilib ilib qo‘yilgan. Internetdan ko‘rganimda, bu yer qandaydir ishlab chiqarish zavodining rasmiy korxonasi edi. Kulrang binoning eshigidan kirishim bilan sovuq havoni his qildi badanim. Ko‘cha yondiradigan issiq, bu yer esa juda sovuq. Temperatura bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmayapti. Ishchilari bitta joyda o‘tirib ishlasa, muammo yo‘q. Biror hadeb tashqaridan ichkariga kirib chiqaverishsa aniq shamollashadi. Chamamda, bu yerga aniq bir ish bilan yoki hamkorlik yuzasidan kelishadi. Chunki, ishchilari menga adashib qolgan odamni ko‘rgandek qarashdi. Ikkilanmay to‘g‘ri borib, qabulxonadagi ayolga murojaat qildim.

— Xush kelibsiz, xizmat?, — ayol iliq jilmaydi.
Jilmayishlarga aldanma, bu uning ishdagi vazifasi. Odatda bunaqa joyda yosh qiz yoki yigitlar o‘tirardi. Rangpar, istarasi issiq, russifat bu ayol agar o‘z o‘zini ustasi bo‘lmasa bu yerda o‘tirmasdi aniq. Axir, menga bir og‘iz gapirishidan ko‘nglimga iliqlik kirdi-ku.

— Men Yoongi Min bilan uchrashmoqchi edim.
Ayol ayni shu daqiqada menga boshdan oyoq qaradi. Ichida nimalarni o‘yladi bilmayman. Men ham sekin o‘zimga qarab oldim. Egimda o‘qish kiyimim: atlas matoli uzun yubka, ko‘k kofta, “Dior” brendining kichik sumkachasi.

Talaba ekani tashidan bilinib turgan qiz kela solib ularni direktori bilan ko‘rishmoqchiligini ma’lum qilsa, har qanday ishchining miyasidan ming xil o‘ ylar o‘tadimi?

Va yana bir narsa — nega men Yoongi Minni ularning direktori deb o‘yladim? Tashrif qog‘ozi borligi uchunmi? Oddiy ishchida ishlaydigan korxonasining nomi tushirilmasligini bilardim, har holda.

— Uchrashuv belgilanganmi?, — ayol axiyri meni ko‘zdan kechirib bo‘lgach so‘radi.
— Yo‘q. Lekin, u meni taniydi. (Tanisa kerak) Undan narsa olganman, shuni qaytarishim juda zarur.
— Afsusdaman, — u ortimdan o‘sha qaergadir qaradi, — Direktorimiz hozirgina ketgandi.

Ketgandi? Nega men ko‘rmadim?

— Istasangiz qo‘ng‘iroq qilib beraman, — u taklif kiritdi.
— Yo‘q, rahmat, — ishchisi to‘g‘ri yetkazib bera olmasachi, — Kutib tursam qanchadan keladi?
— Unisini bilmadi m.

Shashtim so‘nib, binodan chiqdim. Atrofda kimniki bo‘lsa menga noma’lum mashinalar to‘la edi. Balki, o‘sha kungi tanish mashinani ko‘ramanmi deb umid qilib ko‘zim bilan qidirdim. Mashinasi tugul, hech qanaqa yashil rang ko‘rinmasdi atrofda!

— Ertaga zavoddan chiqqan oxirgi yukni olib chiqib ketishsin. Agar ular kelmasa, boshqalarga sotib yuboramiz, — orqamdan o‘sha yigitning ovozi eshitildi.

Shoshilib qayrilib qaradim, u ham meni ko‘rgach taniganini uchunmi eshik oldida kirib ketish o‘rniga to‘xtab qoldi. Telefonda gaplashib bo‘lishini kutib, joyimda turdim, keyin o‘zi men tomonga keldi.

— Arzimagan qarzingizni qaytarish uchun kelmagandirsiz, to‘g‘rimi?, — bir daqiqa avval ishchisiga qattiq ovozda buyruq berayotgan yigitdan asar qolmadi. U menga juda yumshoq murojaat qildi. O‘zim esa meni taniganidan quvonib ketdim.

— Bunaqa joydan narsa sotib oladigan odam emasman, — kulib dedim men, — Albatta, pulingizni qaytarish uchun keldim.

Endi sumkamdan pul olib beraman desam u o‘zini ortga oldi.

— Men qarz deb bermagandim, — dedi.
— Lekin, men qarz deb olgandim, — dedim.
— Kechirasiz, buni ololmayman, — u ko‘zimga tikildi.

Odamlarning ko‘ziga uzoq qaray olmasligim pand berib, ko‘zimni olib qochdim.

— Olishingiz kerak. Men qarzdor bo‘lib qola olmayman.
— Men buni qarz deb hisoblayman.
— Men hisoblayman.
— Buncha qaysarsiz!, — u huddi yaqin odam ini urishgandek dedi.

Men qaysarmanmi? Men-a? Oyim meni farzandlari ichidagi eng yu voshi deb biladi-ku! Shu yu voshligim uchun, oyoq kiyimsiz uyga qaytishga rozi bo‘lgandim-ku.

— Pulni olasizmi?, — talmovsiradim.
— Yo‘q, — u so‘nggi so‘zini aytib, orqasiga qayrildi va keta boshladi.

Indamay tursam, ishxonasiga kirib ketadi!

— Shoshmang, — ortidan yurishga tushdim, u qadamini shuncha tezlatdi, — Bunday qila olmaysiz! Olishingiz kerak! Mening bo‘ynimda qarzi qolib ketadi! Sizdan qarz deb olganman. To‘xtasang izchi. Menga qarang...

U to‘xtab, men tomonga qayrilganida yuzida tushunarsiz ifoda mujassam edi. Go‘yo, qandaydir rejasi bor kimsadek.
— Qarzingizni uzmoqchimisiz?, — ovozida chuqur ton bilan so‘radi.
— Ha, — pulni unga tutqazsam, yana olmadi.
— Qiz boladan pul olishni yomon ko‘raman. Hatto, buni qarz deb bergan bo‘lsam ham.
— Unda men nima qilaman?
Shunchaki olsa nima qiladi!!!
— Men bilan qahva ichishga nima deysiz?
Nima ichishga? Qahva? Ha, qahva.
O, Y/N, u seni ochiqdan-ochiq uchrashuvga taklif qilyapti!

— Nechanchi kurs siz? Adashmasam talabasisiz?
Yoongi Min bizga olib kelingan qahvani qabul qilgach, savolga tutdi. Men esa o‘zimni to shu yaqin atrofdagi shinam kafega kelganimizdan koyib o‘tirganch a biror so‘z deya olmayotgan edim. Allal-oqibat u faqat qahvaga taklif qildi-ku.
— Ha, uchinchi kursni tamomlayapman. Tarixshunoslikda o‘qiyman.
— Yana nimadir buyurtma qilasizlarmi?, — suhbatimizni buzib so‘radi ofitsiant.
Yoongi Min ga savol nazari bilan qaradim.
— Albatta, — u menyuni qo‘lga olib menga yuzlandi, — Siz ham nimadir tanlang.
— Biz faqat qahva ichishga kelgandik, — eslatdim unga.
— Quruq qahva bilan sizni mehmon qila olmayman.
— Shart emas. Chin so‘zim.
U bir menga, bir ofitsiantga qaradi va o‘z bilganidan qolmadi. Men umr imda nomini eshitmagan chizkeyk buyurtma qildi. Keyin ikki daqiqa avval hech nima bo‘lmagandek, yana eski mavzuyimizga qaytdi.
— Oilada katta farzand bo‘lsangiz kerak?
U qahvasidan ichganida tomo‘g‘iga ko‘zim tushdi. Erkak kishida bu y o‘gi chiroyli ko‘rinishini endi anglabman. Agar teg inib ko‘rsa nima bo‘ladi?
Jim, Y/N!
— Nega unday deb o‘ylayapsiz?, — men ham chalg‘ish uchun qahvamdan ichdim, — Katta farzandga o‘xshadimmi?
— Xafa bo‘lmang. To‘g‘risini aytaman. Nimani to‘g‘ri deb bilsangiz, shuni qilar ekansiz. Oxirini biroz o‘ylab ko‘rmaysiz. Sizni shoshqaloqsiz degan bo‘lardim.
— Haqiqat, — jilmaydim, — negadir shoshqaloqman.
— Men begona edim. Menga ishonib orqamdan kela olishingiz uchun, hayotingizda umuman pand yemagan odam bo‘lishingiz kerak. Yoki ota-onangiz sizga faqat dunyoning oqini ko‘rsatib katta qilishgan.
— Bu ham to‘g‘ri. Mening ota-onam dunyodagi eng yaxshi ota-ona! Ayniqsa otam! Biz u tufayli juda to‘kis ulg‘aydik. Qolaversa, men sizni yaxshi odam deb o‘yladim.
Uning nigohi o‘zgardi. Gaplarimda qaysi bir unga yoqmadi, nima uni sarosimaga tushirdi?
— Gaplaringizdan otangiz mukammal ota bo‘lib gavdalandi, — u aynan otamga urg‘u berdi.
Ehtimol, uning ota borasida og‘rig‘i bordir, shuning uchun biroz o‘ng‘aysizlagandir.
— Albatta!, — otamdan yana bir bor faxrlanib, huddi maktabdagi vaqti singari otam haqida yozgan inshoyimdagi so‘zlarni gapirgim kelib qoldi, — Dadam bilan maqtansam arziydi. Bizni yer-u osmong a ishonmaydi. Va u juda mehribon inson. Doim bizni deb uzoq ishlaydi, ko‘p safarga ketadi.
— Otangiz nima ish qiladi?
— Anig‘ini bilmayman, — to‘g‘risini aytdim, — Dadam, uyda gi ayollar erkaklar haqida qancha kam bilsa, shuncha yaxshi uxlaydi, deydi.
— Qanchalar haqiqat, — Yoongi Min qo‘lini qisib, jilmaydi.
— Men haqimda biror nim alar bildingiz, men esa ism familiyangizdan boshqa hech narsa bilmayman.
— Nimani bilmoqchisiz, — u sergak tortdi.
— Yoshingiz nechchida?, — hayolimga kelgan ilk savolni berdim.
— Men sizdan yoshingizni so‘ramagandim, — shunchaki tabassum qildi.
— Qiz boladan yosh so‘rash yaxshi emas, chunki, — hozirjavoblik qildim.
— 27 yoshman, — tez dedi.
O‘zim ham taxminan shu yoshlar atrofida deb bilgandim, to‘g‘ri chiqdi. Umid qilamanki, u un ashtirilmagan yoki uylanmagan. Yo‘q, bu uni yoqtirishni boshlaganim uchun emas, o‘zimga buni ep ko‘rmaganimg a uchun edi. Barmo g‘ida uzuk ko‘rinmadi. Buni qanday aylantirib so‘rashni bila olmayapman.
— Mobodo sevgan qizingiz yo‘qmi? Aytmoqchimanki, mobodo bo‘lsa ham menga farqi yo‘q, shunchaki qizlar boshqacha rashk qiladi. Qulog‘iga qandaydir qiz bilan qahvaxorlik qilgani chal inib qolsa-ya, keyin munosabatingizga sovuqlik tushirib qo‘ymay degandim…
Nimalar deb tashladim? Kerak emas vaqti aylanadi shu til.

U miyig‘ida kulib labini qimtdi.
— Sevganim yo‘q, — dedi keyin jiddiy tortib, — Siznikini? U ham noto‘g‘ri tushunmasin.

— Menga chivinning erkagi ham yaqinlashmagan, — bitta kinoimda eshitgan gapimni hazil tariqasida aytdim.

— Chivinning erkagi hech kimga yaqinlashmaydi o‘zi, — u hazilimni tushunib kuldi, — U o‘simliklar bilan oziqlanadi, qon bilan emas.

Y/N, zoologiyani qayta o‘rganishingga to‘g‘ri keladi, shekilli. Oddiygina narsani undan eshitib turibsan. Men unga yangilik ekanini sezdirmadim. Bu fandan yaxshi o‘qiy olmaganligimni bilishi shart emas.

Bizga chizkeyklarimizni olib kelishganida nigohim ko‘chadagi ovozlarga qarab ketdi. Shundoqqina kafening mashina qo‘yadigan qismida taxminan men qatori yosh yigitlar to‘planib olib, mototsikldagi nimadirni berilib muhokama qilishardi. U ko‘rinishidan yangi edi.

— Mototsikli yangi shekilli, — qiziqishim ustunlik qilib ustimda gapirib yubordi, — Boshqalarga ham rossa yoqyapti.

Yoongi men qarayotgan tarafga e’tibor qaratdi-da, xursindi:
— U mototsikl emas. Skutor. Yo‘q, adashmasam benzinda yurarkan, unda moped.

— Bu nima degani? — unga qayrilib qaradim, — Men shunaqa narsalarga qiziqaman, lekin yaxshi bilmayman.

— Mototsikl haydash uchun guvohnoma kerak bo‘ladi, skutorga esa shart emas. Skutor benzinda yurmaydi, u zaryad oladi. Lekin, bu yigitlarniiki, — u tashqariga qo‘li bilan ishora qildi, — Benzinda yurarkan. Orqasida baki turibdi, ammo pedali yo‘q. Haydash uchun qo‘li bilan ushlaydigan joyini burash kerak bo‘ladi.

— Shunda u mototsikl va skutorning bolasimi?

Yoongi gapimdan kulib yubordi. Nega u har kulganida bu menga hush yoqib ketyapti?!

— Ha, bolasi, — mening gapimni ma’qulladi, — Aniqrog‘i qo‘shilmasi va qulay varianti. Haydashni istarmidingiz?

— Qanday?

Tashqariga chiqib yigitlardan so‘rab berishning hojati yo‘q. Unga qiziqib tikildim. U cho‘ntagidan mashina kalitiga o‘xshash narsa chiqardi.

— Men taklif qilaman, — mamnun dedi.

— Meni yana bitta uchrashuvga taklif qilayapsizmi?

— Yana bitta?

— Ha. Hozir ham huddi uchrashuvda o‘tirgandek o‘tiribmiz-ku.

— Axir qarzingizdan qutulmoqchi edingiz?

— Shuning uchun har doim siz taklif qilgan joyga borishim kerakmi? — kesatdim.

— Yo‘q, albatta. Atigi ikkita uchrashuv so‘radim. Birinchisi shu, ikkinchisi u.

Men o‘ylanishga tushganimda takror so‘radi:
— Xo‘sh, rozimisiz?

𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
2-bob

2-bob. Al-qasos, minal-haq!

Yoongi

— Mumkinmi?
Ishxonamdagi kabinetimdagi jigarrang eshigi tashqaridan taqillagach, zum o‘tmay Jimin bosh suqib qaradi, — Yoongi Min meni bezovta qilganim uchun ko‘zlari bilan yanchib tashlamaydimi?
Xolavachchamga olayib qarashim, uning gapi ahmoqona ekanini bildirdi.
— To‘g‘ri aytasan. Ishching emasman. Nega sendan qo‘rqishim kerak.
U javobimni kutmay qarshimdagi kursiga o‘tirdi.
— Prokurorning qo‘ng‘irog‘iga javob bermabsan!
Jonimga tegib ketgandan ovozini o‘chirib tashlangan telefonimni to‘zg‘ib yotgan stolim ustidan izladim, Jimin menga topishib yuborgach dedi, — Hayoting bir oydan beri tartibsiz, doim sarosimadasan. Balki, psixiatrdan ko‘rinarsan.
— Ahvolim joyida! — qo‘limdagi ruchkani g‘azab bilan tashlab dedim, — Sen nega kelding?
— Sendan xavotir olib keldim. Amakim do‘sting qo‘ng‘irog‘imga javob bermayapti dedi.
Uning amakisi hozirgina o‘zi aytgan prokuror kishi edi.
— Ishi yopilar ekan, shu rostmi?
U men zor bo‘lmagan achinish bilan tikildi ko‘zlarimga. Nigohimga dosh berolmay, darrov ko‘zini olib qochdi, — Nega doim odamga qahr bilan qaraysan.
— Qarashim shunday.
— Men og‘ir kuningda yoningda bo‘ladigan yaqining bo‘lishga harakat qilaman doim. Sen esa odamlardan yordam olishni umuman istamaysan. Hatto, mendan...
— Men, hatto familiyasi bilan cheksiz qudratga ega bobomizdan yordam olmayman, Jimin! — keskin uni bo‘ldim.
U ichidagilarni aytish-aytmaslikni o‘ylab tanaffus saqladi. Bu fe’l-atvorimga, hatto, u chiday olmasdi. Boshqalarga yo‘l bo‘lsin.
— Oyingni..., — orada tomoqqa qirdi, — Mina xolamning janozasiga bir oydan oshibdi. Qirqi qachon bo‘ladi?
Yuragimga nish sanchildi. Tushunarsiz og‘riq paydo bo‘ldi. Bu hislar erkak kishiga begona bo‘lishi kerak, ammo onaga kelganda har qanday erkak ojiz bo‘lib qoladi.
— Bobom janoza uch kun bo‘ladi dedi. Qolgan narsalarni qilishimiz shart emas ekan, onamning hurmati uch kun janoza tutganimiz yetar emish. Hadeb o‘lgan odamni bezovta qilganimiz qoladi. Kecha shunday dedi.
— Xafa bo‘lmagan-u, shu bobomizchi, — dedi u, — Juda qaysar chol.
— Buni tan olishdan iloj yo‘q.
— Xolam, uning qizi-ku, axir.
U oilamiz qoidalarini hech qachon tushuna olmasligi aniq. Jimin bilan farqimiz, u otasining uyida, otasining qoidalarida katta bo‘lgan. Men esa otam yo‘qligi sababli bobomning uyida, uning qoidalari bilan ulg‘aydim.
— Aynan shuning uchun onamni hadeb bezovta qilishimizga ruxsat bermas emish...
— Amakim ish yopilishini aytdi. Shu rostmi? Bo‘ldimi? Xolam o‘z joniga qasd qilgan bo‘lib qolaveradimi? Oying ham o‘ziga kela olayotgani yo‘q. Singlisining o‘limi onangni ham oldirib qo‘ydi. Nega o‘gay otangni yoqasidan olmayapsan?
— Nega uning yoqasidan olishim kerak? — onamning vafotidan yetti kun o‘tib, birga yashashgan uylarini butkul tark etgan o‘gay otamni eslamay qo‘ygandim, Jimin meni g‘alati ahvolga soldi, — Med-ekspertiza onam dori ichib o‘lganini aniq isbotlab berdi-ku.
Hali bir jumboqni yecha olmayotgandim: onamdek hayotni sevuvchi inson, qaysi arzimas sabab bilan o‘zini o‘zi o‘ldirishi mumkin edi!
— Men bilib bo‘lding deb o‘ylagandim, — u ichki cho‘ntagidan telefonini olib kavlay ketdi, bu dam men tobora sarosima girdobida qolar ekanman, telefondagi rasmni menga o‘girdi, — Uch kun avval bobong bilgan edi, senga o‘zi aytadi deb o‘ylagandim! Nega bobong ham hali hech narsa qilmayapti?
Jiminning telefonidan mening o‘gay otam, uning yonida go‘yo rafiqasiga o‘xshab turgan o‘rta yoshli ayol va ularni uchta yosh qizlar qurshab olingan surat edi. Surat aynan qanday bayramda olinganini bilmayman, orqa fonda menga bir oz tanish bo‘lgan restoran naqshlari aks etgan, ularning kiyimlaridan esa muhim kun ekanini bildiruvchi detallar bor edi. Ehtimol, tug‘ilgan kun bo‘lishi mumkin.
— Bu nima? Yunho amakim va mana bular kim?
Rasmga ko‘proq qarasam javobi o‘zidan chiqib keladigandek umidlandim. Hayotimda bunchalar ojiz bo‘lishni istamasdim, lekin hozir chin dildan ojizlanib qolgandim.
— Yunho amakining boshqa oilasi! Menimcha, haqiqiy oilasi! Bular esa uchta qizi va bu rafiqasi!

Yosh qizning orqasidan arvohdek izg‘ib yurganimga ikki haftadan oshdi. U har kuni uyidan nechchida chiqadi, qaerga boradi, kimlar bilan yuradi, yana nechchida uyga qaytadi — menga bu ma’lumotlarni o‘zimdan bo‘lak hech kim yaxshi yiqa olmasdi.
32 yoshimda o‘zimdan 13 yosh kichkina qizning orqasidan poylab yuraman deb o‘ylamasdim hech!

Menda qasos rejasi ikki hafta avval shakllangandan beri uyqum buzilgan, ongim esa tezroq shu ishni bitirishga undardi.

Onam hayotida ikki marta xato qilgan. Birinchisi otamni tanlagani, ikkinchisi anovi qizning otasini tanlagani bo‘lgan. Esimni taniganimdan beri biz bobomnikida yashaganmiz. Meni bo‘yim yetganida bobom boshqa viloyatdagi qat’iy tizimda o‘qitiladigan yopiq litseyga jo‘natib yubordi. U yerga ketganimda 16 yoshda edim, ko‘p o‘tmay onam menga shuncha yildan so‘ng qayta turmushga chiqish qarorini qabul qilganini ma’lum qildi.

Litseyni bitirishim bilan darrov uyga qaytdim, o‘gay otam bilan tanishgunimcha onamni obdon begona erkakdan qizg‘onib kelgandim. 18 yoshimda o‘gay ota mavzusini bazor hazm qilganman. U bilan tanishganimda mendagi iliq va yaxshi taassurotlar uyg‘otgani uchun, onamni baxtli bo‘lishga haqqi bor deya, uning iflos qo‘llariga oyimni topshirgandim! O‘zim topshirdim!

Nahotki onam u bilan 14 yil yashab, biror marta boshqa oilasi borligini sezmagan. Axir barcha dalillar to‘g‘ri kelayotgan edi. Bobom bu toyni ma’qullagach, meni o‘zi bilan olib qoldi, o‘ziga merosxo‘r qilib tayinlashini va endi onam o‘z oilasiga asos solishini ta’kidlagandi. Bobomning fikricha men voyaga yetganim tufayli onam mening yonimdagi onalik burchini ado etib bo‘lgan edi. Ular alohida yashash uchun boshqa uyga ko‘chib chiqishdi.

O‘gay dadam bobom ko‘p qiziqmasligimga majbur qilgani uchun qaerda va nima ish qilishini deyarli bilmasdim. U uzoq kunlarga juda ko‘p safarga ketardi. Bir ketsa 10–15 kun yo‘q bo‘lib ketar, yana kelsa huddi shuncha yashab yana yo‘qolib qolardi. Har gal oyim uni himoya qilib, u eng yaxshi er ekanini va ishi shunday uzoq vaqtga ketishini ta’kidlab, meni gumonlardan yiroq qilardi.

14 yil ko‘zimizni shamgalat qilib, ham u oilasida, ham bu oilasida yashagan ekan! Qoyil!

Keyinroq nima uchun onam farzandli bo‘lmayotganini o‘yladim, axir ular ham uzoq yil birga yashab qo‘yishgandi. O‘g‘il sifatida onamning bu qadar shaxsiy chegarasini buza olmadim va “onamga bitta o‘zim yetsam kerak” degan o‘y bilan yashadim.

Shu kuni ham Yunho Hanning eshigidan uzoqda o‘tirib, ko‘zim ularning och binafsha rang darvozasidan uzilmadi. Bir on bo‘lsa-da chalg‘ishga haqqim yo‘q. Uning qizi bilan qay holatda va qachon tanishishni hali miyamda pishitganim yo‘q. Menga avval ko‘p ma’lumot kerak.

Nega qasos olish qaroriga keldim o‘zi? Nima uchun aynan qizi orqali?

O‘sha kun Jimindan bu ma’lumotlarni qaerdan bilganini so‘radim, u shaharning boshqa burchagida pochchasini mana shu katta qizini o‘qishdan olib ketayotganini ko‘rganini va ortidan kuzatishga tushganini aytdi. Buni meni ahvolim joyida bo‘lgani uchun bobomga ko‘rsatgan, ammo bobom keyinroq menga aytish o‘rniga Jiminni ham jim yurishga majbur qilgan va o‘zi surishtirishini aytgan ekan.

Bobomdan hisob so‘rashdan avval onam va o‘sha kishi yashagan uyga bordim. Onam doim uyining qo‘shimcha kalitini mendan turishi foyda deb qo‘limga tutqazib qo‘ygan kundan buyon kalitni ilk marta foydalandim.

Onamning yotoqxonasiga kirishim bilan nimadir meni birinchi bo‘lib o‘sha yerdagi javonni ochishga undadi va u yerda Yunho Hanning boshqa oilasi bilan tushgan suratlari to‘lib ketgan edi. Rasmlar konvert orasidan chiqqanidan ma’lum ediki, kimdir bularni onamga atay jo‘natgan.

Ehtimol, onam shuning uchun tinchlantiruvchi dorini me’yoridan ortiq ichib yuborgandir... Uning saroblardagi 14 yili uchun, hatto bobom kuyinmadi. Meni kundan kunga g‘azabim ortib borardi.

Yunho Hanning o‘zi bilan yuzma-yuz ko‘rishganimda, u aybini inkor etmadi. Qayta ikki hafta avval bobomning uyiga kelganida menga shu gaplarni aytdi:

— Nima bo‘lsa ham, onang 14 yil baxtli yashadi. Uni biror marta baxtsiz qilmaganman, yo men sababli ko‘z yosh to‘kmagan. U o‘zini o‘ldiradigan darajada ojiz deb o‘ylamasdim. Nega shunchaki meni kutib turmadi, unga hammasini o‘zim tushuntirardim.

Ichim qaynab, o‘zimni boshqara olmay, unga musht tushirganimda bobom ushlab qoldi, yo‘qsa, o‘sha yerning o‘zida aniq o‘ldirib qo‘yardim.
— Yana bir erkak, xarob qildi oyimni, bobo!, — menga tinchlanishim kerakligini uqtirayotgan bobomga baqirdim, — Oyim uni deb o‘zini o‘zi o‘ldirib qo‘ygan! Tushunyapsizmi? Sizning qizingiz... U esa janozadan bir hafta o‘tib hech nima bo‘lmagandek narigi oilasiga qaytib ketyapti.
— U oilam azaldan bor edi, keyin ham bo‘ladi, — qonagan burnini mahkam qisib dedi, — Yagona haqiqat, Latifa bu turmushdan norozi emasdi.
Bobom nega meni to‘xtatgani va nima uchun o‘zi kuyoviga zarba bermaganini tushuna olmadim. Bobomda ham bir gap borday tuyulardi, ammo u inson yopiq qozonga aylantimi, bo‘ldi chiqar­maydi tashiga.
Modomiki, ular birorta qonun ham bunday ablahlik uchun chora ko‘rmaydi deb ishonishadimi, unda ular uchun qonun ham, jazo ham o‘zim bo‘laman!

Binafsharang zarhal darvozasi ochilib, men kutgan qiz chiqdi ko‘chaga. U nimadandir norozi qiyofada, oq tuflisini yerga tepingi. Ikki hafta ichida u haqida faqat zimdan narsalar bildim. Doim erta tongdan o‘qishiga ketadi, keyin uyga kelishdan avval albatta dugonalari bilan qaergadir boradi, keyin aqlli qiz bo‘lib uyga qaytadi. Shuncha uchrashuvlarning birida birorta yigit bilan ko‘rishmadi. Bir on hayratlandim, nega uning sevgani yo‘q ekaniga, chunki aslida kimdiri bor qizga o‘xshaydi. Qolaversa, mabodo yigit bo‘lmasa, bu men uchun ancha qulay edi. Qandaydir yosh yigitcha bilan ham o‘ralashib, yoqa-musht bo‘lib yurishga hozir toqatim yetmaydi.

Yana ba’zida esa, qasos olgach ko‘nglim chindan joyiga tushadimi degan o‘y meni bezovta qila boshladi. Qasos ahvolini battar qilsa-chi? Ammo, Yunho Hanning mamnun qiyofasi, o‘z ishidan hech afsuslanmagani va onamning nomunosib o‘limi har yodimga kelganida, bu ishni bajarishim shart deb olga qadam bosaverardim.

Otasi — Yunho Handan qasos olish uchun, qizi eng zo‘r variant! Bu haqiqiy jazo bo‘ladi.

Qiz o‘qishiga bordi, bir dunyo qizlar va o‘qituvchisi bilan o‘zlarining o‘quv binosidan qaytib chiqishdi. Ular taksi ushlashgani mening foydamga ishladi. Aynan talabalar uchun bo‘lib o‘tadigan konferensiya zaliga borishdi. Uni kuzatib yurganimdan beri uchinchi marta o‘qish tarafida qaergadir borishi edi. Aftidan a’lochi talabaga o‘xshaydi. Mashinamni bir chetga qo‘yib, men ham konferensiya bo‘layotgan bino ichiga kirdim. Zerikarli o‘tgan ikki soatdan so‘ng ular tashqariga chiqishdi. To bir dunyo qiz soy bo‘yiga borib, o‘sha yerda mashmasha chiqarib qaytguncha men ham piyoda ergashdim ularga. Soy bo‘yining bu tarafida quloqsiz qizliklarini kuzatib turardim, ulardan biri panjaraga osilganida aynan men kuzatib yurgan qiz o‘zini yo‘qotib qo‘ymay uni ushlab qoldi. Pastda suv shiddat bilan oqardi, kanal oralig‘i juda katta. Mabodo tushib ketishsa ham, ularni qutqarish uchun o‘zimni tashlaganim bilan ular allaqachon oqib ketishardi. Mümkin bo‘lmagan joyga, taqiqlab turganida ham kirib, suv to‘lib oqayotgan soyning panjarasiga osilish uchun odam shu darajada jinni va jonidan to‘ygan bo‘lishi kerak!!!

Ularni qutqarib olishgach, ko‘nglim xotirjam bo‘lib orqama qaytdim. Bugungi kuzatuvlarimni to‘xtatib, uyga qaytib ketish uchun mashinamni tashlab ketgan joyimga piyoda bordim. Telefonim mashina ichida qolgan, unga esa 55 marta qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Ey, Xudo! Bu qiz ham aniq aqlidan ozgan. Ko‘pincha bir yil avval unashtirilganim esimdan chiqib qolaveradi. To‘y bobomning taklifi bilan bo‘lishi kerak. Menga qolsa, hali beri oila haqida o‘ylamasam edi. Qaytib chiqmasimdan Lianing o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. Hozir olishim bilan o‘zining uzun-monolog yig‘lamsiragan ayollarga xos gapi boshlaydi.

— Alo?, — telefonni mashinadagi auxga ulab, mashinani o‘t oldirdim.
— Sizga rossa qo‘ng‘iroq qildim, Yoongi! Qaerdasiz?
— Senga hisob berishim kerakmi?, — asablarim qaqshab alamimni undan olmaslik uchun tinchlanishga urindim, — Olmadimmi, demak, bandman! Juda band bo‘laman! 55 ta marta ham qilasanmi?
— Sizga bu to‘yni o‘zi umuman qizig‘i bormi?
Yo‘q. Menga hozir to‘y umuman qiziq emas!
— Nima bo‘ldi?
— Ikki oydan keyin to‘yimiz esingizda bo‘lsa, siz esa doim ishxonangizdan beri chiqmayapsiz.
— Men senga erkaliklaringni ko‘taraman deb va’da bermaganman!
— Bilaman, onangizning vafoti sizga qattiq ta’sir qildi, lekin hayot to‘xtab qolmadi, Yoongi.
— Aqillilik qilish uchun qo‘ng‘iroq qildingmi?, — istamasam-da ovozim balandladi, — O‘lgan katta xolamning ammasining qizi emas! Bu mening onam! Ahvolim yomon ekanini bilarkan-san, nega hadeb asabimni buzasan!

Uyga qaytganimda allaqachon kech tushibdi. Hovliga kirishim bilan bog‘dagi basseyn yonida joylashgan o‘rindiqda sharpa ko‘rindi. Bobom elkali va keng kishi ekani inobatga olinsin, bu ozg‘in sharpa Jiminniki bo‘lishi kerak. U doim bobomning uyidagi muzlatkichdan topiladigan salqin ichimlikni qultillatib ichib o‘tirgan ekan. Meni ilg‘ashi bilan, bir qo‘zgalib oldi:

— Namuncha kech kelyapsan? Seni uch soatdan beri kutaman. Bobom: “kelib qoladi, o‘tiraver”, dedi. Keyin u bilasanmi, nima deb kuldi?

Ovoz chiqarmay, faqat qoshimni ko‘tarib, "Nima" degandek qaradim.
— Kindigingiz birmi?, — dedi u kulib ichimlikdan menga ham uzatdi, — Ichasanmi?
Hafsasiz qo‘lidan muzdek idishni qabul qilib, yoniga o‘tirdim. Keyin, jimgina hovuzdagi ko‘m ko‘k suvning jimirlashiga tikilib turdim. Hayollarim boshqa joyda edi.

— Lia bobomga shikoyat qilibdi, — kutilmaganda ma’lum qildi Jimin, — Nega uni hadeb hafa qilyapsan?
— Ey, Xudo!, — xo‘rsindim, — Shikoyat qilishga ham ulguribdimi?
— Ikki oydan keyin to‘yingiz, nimani bolisha olmayapsizlar?
— Odamni hozircha bezor qiladi, Jimin! 88 marta qo‘ng‘iroq qiladi bir kunda. Aytadigan gapining tayi yo‘q. Erkaligining chek-chegarasi yo‘q. Haliyam chiday olmayman, u bilan bir umr qanday yashayman?

— Shuning uchun tezroq o‘zing qiz topib uylanishing kerak edi, — Jimin menga umuman parvo qilmay yana ichimlikdan ichishga tushib ketdi, — Ana endi, bobom aytganiga uylanasan.

Jimin mendan to‘rt yosh kichik bo‘lsa-da va tez orada o‘zining boshiga shu kunlar tushishini bilmay og‘iz to‘ldirib gapirdi. Nima derdim, u bilan o‘sha vaqti gaplashaman.

— Umuman olganda, 32 yosh degani yomon emas, — dedim, — Qolaversa, men 30 yoshdan o‘tganim bilinmaydi.
— Bu haqiqat, — dedi u, — Lekin, yoshing o‘tib borayotganini inkor eta olmaysan.

Shuncha odam jig‘imga tegishi yetmagandek uniki ham asabimni buzib chuqur nafas oldim.
— Nega bugun Liani hafa qilding, shunday qilib?, — yana eski savolga qaytdi.
— Bitta gapni o‘n marta takrorlaymi? Odamni mana shu yeriga keldi!, — tomo‘g‘imni ko‘rsatdim, — Bugun o‘zi arazlab oldi. Vaqtim bo‘lsa, habar olaman, qo‘ng‘iroq qilaman, o‘sha jin urgur to‘yga tayyorgarlik ko‘ramiz. Ish bilan band vaqtim osmonga vaqt ajratamanmi unga?
— Ayollar shunday. Ular ko‘p e’tibor xohlashadi.
— Faqat men unga moslashib yashashim kerakmi? U ham menga moslashsin! Meni menga kerak bo‘lmagan vaqt bezovta qilmasin, o‘zim xohlagan narsasini beraman keyin.
— Xullas, hozirdan kelisha olmasangizlar, to‘yni bo‘lmagani yaxshi.
— Shuni bobomga tushuntirishib yubor. Meni gapiraverib og‘zim og‘rib ketgan.

Jimin indamay qolganidan foydalanib, endi bog‘dagi daraxtlarga qaradim. U ham bobomizga tishi o‘tmasligini bilib turibdi. Minlarning autoritetiga hech kimning gapi o‘tmaydi.

— Sen kimnidir kuzatib yuribsanmi?, — deb so‘radi u birdan.
— Qayerdan bilding?

Jimin ikki daqiqaga menga tikilib sukut saqladi. Shunda u shunchaki taxminan so‘raganini tushundim. O‘zimni o‘zim sotib qo‘yibman.
— Chindan kimnidir kuzatib yuribsanmi?, — endi ovozini pastlab ichkariga bir qarab oldi, — Yoongi?
— Nega bu taxminga kelding?, — undan ko‘zimni olib qochib gapni aylantirdim.
— Ishxonaga bormay qo‘yg‘aningdan. Bir-bir habar olishga borib, qolgan ishni yordamchingga tashlab ketayotgan ekansan.
— Men qasos olmoqchiman, — tan oldim oxiri, — Onam uchun. To, olmagunimcha tinchlana olmayapman. O‘sha iflos Yunhoning mulzam yuzini ko‘rgim kelyapti. U menga "Qizimni tinch qo‘y" deb yolvorishini xohlayman.

𝓦𝓲𝓽𝓱𝓲𝓷 𝔂𝓸𝓾 𝓵𝓲𝓮𝓼
1-bob

Y/N
Shaharning ayni zodagonlar yashaydigan qismida ulg‘aydim. Hashamatli uyimiz Hanlar oilasining ko‘rki edi. "Uyimizning har bir qismiga muhabbat bitganman", derdi otam. Haqiqatdan ham shunday edi.

Boshqalarning ta’kidlashicha, men hech ham katta farzandga o‘xshamasdim. Ehtimol, otam bizni malikalar-dek asrab katta qilgani uchundir. Hayotimda biror qiyinchilik ko‘rmay, oppoq orzularga burkangancha yashagan qiz edim.

Hayotim to‘liq qobiliyatlarimizni rivojlantirish, har xil to‘garaklar, mashg‘ulotlar va o‘qishlar bilan o‘tar edi. Onam uch qizini ham erinmay, faqat bilim va tarbiyasiga e’tibor qilardi. Shuning uchun deyarli bo‘sh vaqtim bo‘lmasdi — doim nimadir bilan band edik.

Men saroy ichida ulg‘aygan, dunyoning faqat oq tomonini ko‘rgan, otasining ertaklarini tinglab, oppoq otdagi shahzodasini kutgan malika edim.

Ammo bir kun hayotimda qora shahzoda paydo bo‘ldi.
Va shu bilan mening eski orzularimning ahamiyati yo‘qoldi.

Faqatgina u — mening azobim, mening visolim, mening ishqim...

1-BOB. Adrenalin

Har yili o‘qishdan olib boriladigan konferensiyalarning birida boshlangan garov sababli, hayotimda ko‘p narsalar o‘zgardi.

— Bu yil o‘sha qari amakining nutq so‘zlashi bo‘lmaydi! U kasal bo‘lgan, endi farzandlari uni hech qayerga qo‘ymayapti, — dedi katta zalning burchagida yonimda o‘tirgan dugonalarimdan biri. — Balki qari domlamiz allaqachon nafaqaga ketgandir. O‘tgan yildan beri ko‘rinmaydi.

— Nafaqaga ketgan bo‘lsa ham, u baribir chiqadi. Qara tur, — men uning qo‘liga sekin osilib, suhbatga qo‘shildim. — Nutqni har yili o‘zi boshlab beradi.

— Garov o‘ynaymizmi, u chiqmaydi? — dedi Jennie, ko‘zlarida o‘sha ayyorona chaqnash bilan. — Agar chiqmasa, yutqazgan uyiga oyoq kiyimsiz qaytadi.

Doim undan shunaqa telba g‘oyalar chiqardi. Bu safar ham, nimagadir, darrov rozi bo‘ldim.

— Qancha pulga garov? — dedim men.

— Yo‘q, pulmas, — dedi Jennie, labida mayin tabassum bilan. — Shart — oyoq kiyimsiz qaytish.

— Xo‘p! — dedim men, ishonch bilan. — U albatta keladi.

Lekin... u kelmadi.

Konferensiya tugadi, lekin domla ko‘rinmadi.

Shundan keyin kursdoshlarimizdan biri atrofdagi soyning bo‘yiga borishni taklif qildi. Hamma rozi bo‘ldi. Tashqariga chiqayotganimizda Jennie qo‘limdan ushlab:

— Bugun uyinga Zolushka bo‘lib qaytasan, Y/N! — dedi quvnoq kulib.

— Xo‘p, xo‘p, juda kulgili, — dedim men, ammo ichimda yengil xavotir o‘ynab turardi.

Soy bo‘yiga borganda esa bizni kutgan manzara boshqacha edi. Hudud to‘sib qo‘yilgan, suv loyqa, xavfli.

— Bu yer yopiq, ketinglar, — dedi qo‘riqlovchi.

Jennie esa menga qarab sekin pichirladi:

— Orqa tomondan o‘tamiz.

Men esa shunday odam edim — u kulsa, men ham kulardim. U yur desa, men ham ergashardim.
Ba'zida ongli, ba'zida esa shunchaki — odatda shirin, ammo xavfli do‘stlik.

Va o‘sha orqa yo‘l menga hayotimdagi birinchi adrenalinni, birinchi qo‘rquvni, va... uni olib keldi.

Soy bo‘yiga borganimiz xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ko‘plab ko‘cha tozalovchi ishchilar tomonidan bu hudud o‘rab olingandi. Tiniq va sharillab oqadigan suvi loyqa edi.
— Kechirasiz, bu yerga nima bo‘ldi?, — Jennie biz bilan maslahatlashmay qo‘riqlash xizmati tarafga borib o‘hu ko‘zlarini hatto o‘sha ishchini ham ko‘zini qamashtiradigan darajada so‘radi, — Bu yer yopiqmi?
— Ha, yaxshi qiz, — dedi xizmat xodimi, — Kechagi yomg‘irdan, suv o‘zani oshib ketdi. Juda loyqa. Sayr qilishga xavfli, bu yerdan ketinglar.

Jennie o‘zicha ko‘ngandek bo‘lib, nari ketdi-da, keyin bizni o‘ziga imlab chaqirdi.
— Nima qilyapsan?, — avval men unga ergashib, qulog‘i tagida pichirladim, — Mumkin emas, deyilgandi-ku!
— Har ham yomg‘irdan keyin shunday deyishadi. Hech nima bo‘lmaydi, orqa tarafga o‘tamiz.
U bizga quloq solmadi. Meni yuragim orqaga tortdi. U kimsani fikrlari bilan qiziqmay, yurishda davom etdi. Dugonamni yarim yo‘lda tashlab ketgim kelmay, ergashdim unga.
Oh, mening quloqsiz dugonam.

Ba’zan, o‘zimni juda-juda yuvosh va esli qiz ekanimni his qilardim. Onam bizni shunday tarbiya qilib qo‘yganini maktab vaqti odamlarni dilini o‘g‘ritishdan qo‘rqib, noḥaq odamlarga javob qaytarmaganimda tushungandim.

Soy to‘lib oqadigan qismiga kelsak, panjaralar bilan o‘ralib tashlanganini guvohi bo‘ldik. Jenniening xunobi oshib ketdi.
— Yo‘q! Nega yopib qo‘yishadi?!
— Aytishdi, suv to‘lg‘an!, — suvning tosh qoyaga urilib-urilib oqayotganidan chiqayotgan baland ovozi mening ovozimga to‘sqinlik qilar ekan dedim baqirib, — Yur, qaytamiz! Bizni bu yerda ekanimizni hech kim bilmaydi, biror nima bo‘lsa-chi yordam beradigan odam yo‘q!

— Y/N, to‘g‘ri aytdi, — kursdoshimiz Rosè qo‘shildi, — Jennie, ahmoq bo‘lma. Bizga tinchlik kerak.
— Unda shu yerda turamiz, biroz, — Jennie to‘siqqa osildi odamni qo‘rqitib, — Havosini qara-nglar. Mazza!

Birdan to‘siq joyidan siljib, Jennieni o‘zi bilan tortib ketay dedi. Boshqa kursdoshlarim shokkaga tushib baqirishdan nariga o‘ta olmaganida birinchi men o‘zimga kelib, Jenniening qo‘lidan ushlab qoldim.
— Jennie!, — ovozim suv ovozidan ham balandlashib ketdi, — Jen, meni yaxshilab ushla! Pastga qarama!
— Iltimos, qo‘yib yuborma, Y/N, — u yig‘lagudek bo‘ldi.

Meni qo‘limdan Rosè, Rosèning boshqa qo‘lidan qolgan qizlar ushlab olishgandi. Jennieni tortib olganimizdan so‘ng, u yig‘lab yubordi. Men yengil nafas olib chiqardim.

Hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi-ki, mana buni adrenalin desa bo‘ladi!

Uning kiyimi to‘siqqa ilakishgani uchun, huddi menikiga o‘xshash yubkasi yonidan yirtilibdi. Qanday ketish haqida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi. Meni oyoq kiyimsiz uyga jo‘natayotganidan juda xursand edi, olifta dugonam, o‘zi endi qanday ketadi?
— Bu tomonga mumkin emas degandim!, — bizni boyaroq qarshilagan xizmat xodimi shaxdam qadamlar bilan yonimizga keldi, — Nega yana keldinglar? Agar tushib ketganingizda nima bo‘lardi? Bu yosh qizchalarga qachon es kiradi-ya!!!

Uning tashvishi bekorga emasligini albatta tushunib turardim. Har kim ham xizmat chog‘i bunday bosh og‘riqlar bilan to‘qnashishi yoqmaydi o‘ziga. Ortiqcha muammo kimga kerak.
Biz bir ovozda kechirim so‘rashdan nariga o‘ta olmadik. Xizmat xodimi uzrimizdan umuman qoniqmadi.

— Yaxshi, dugonangizning tezligi joyida ekan. Ushlab qolmaganingizda oqib ketardingiz! Bu nimasi?!

Sal qoldi bizni javobgarlikka tortmoqchi bo‘ldi. Amal-lab qo‘lidan qutulib chiqdik. Jenniening o‘zi amallab yubordi. Ketar oldi ikkinchi bunday qaltis harakat qilmaslikka va’da berdik. Yo‘l-yo‘lakay, suvning chetlari bo‘ylab yig‘ilib qolgan axlatlarni tozalab yurayotgan ishchilarni tomosha qilib qaytdim.

Yarim yo‘lda ajralishimiz kerak edi. Ustozimiz undan avval konferensiya bo‘lgan binoga chaqirdi. Sababi esa birgina rahmatini shaxsan izhor qilish bo‘lgan ekan.

Konferensiya binosidan chiqqanimizda Jennie qo‘limdan tortqiladi:
— Yaxshi qiz, garov esingdami?
— Yo‘q!, — dedim oldinlab, — O‘zingning yubkang yirtilib yotibdi, menga oyoq kiyimingni hech deydi.

U qiqirlab kelib, qo‘limga osilgancha qosh qoqdi:
— Shuning uchun oyoq kiyimingni yech!

Shu qizdan boshqacha qutilib bo‘lmasdi. Noiloj, oyoq kiyimni yechib qo‘limga oldim.
U oppoq tufligimni qo‘limdan tortib oldi.

— O‘, yo‘q! Bugun aniq uyga Zolushka bo‘lib qaytasan! Oyoq kiyiming men bilan qoladi.

— Mayli, — darrov ko‘ndim.

Miyamda esa reja bor: oldimdan chiqqan birinchi kiyim do‘koniga kirib oyoq kiyim sotib olaman. Pulim bor, nima g‘amim bor!

Yo‘lda ketma-ket ajralishdik. Keng maydonning katta darvozasidan chiqib, oxirgi marta kulrang binoga qaradim.
Nahot, sendan mendek qiz oyoq kiyimsiz tushayotgan bo‘lsa-ya?!

Maydonning darvozasi yonida negadir yubkamni kech ko‘rib qoldim. U ham yonidan biroz yirtilgan ekan!
Jennie’ni qutqarib qolaman deb o‘zimni ham kiyimim yirtilganini tushunganimda, hamyonim darrov esimga keldi. U o‘ng cho‘ntagimda bo‘lishi kerak edi va afsuski endi meni na plastik kartam va na naqd pulim bor! Rahmat senga, Jennie! Huddi bechora kabi oyoq kiyimim ham yo‘q.

Odamlar psixologiyasidagi yagona qoida — o‘zing sezib turgan kamchingni yo‘qdek tasavvur etib, oldinga qadam bosish. Huddi shu talqinda yo‘lga tushdim. Oyoq kiyimim yo‘q, ammo etagi uzun ko‘ylagimdan bu deyarli ko‘zga tashlanmas, hech kimga menga parvo bermasdi. Hech vago sig‘maydigan elkamdan ilib olingan kichik sumkam, zar lak bilan qoplangan tirnog‘im va dazmol qilingan sochlarim meni boy ko‘rsatadi, pastki qismim kambag‘alcha xolos. Ko‘chadan biror taksi to‘xtatib, uyimgacha borsam, uydan pul berib yuborishni o‘ylab ketardim. Rejam toki oyimdan xabar kelmaguncha pishiq edi:
«Biz Nara holangnikiga ketganmiz. Uyda hech kim yo‘q. O‘zngda kalit bor-a?»
Yo‘q! Menda aksiga olib shu kuni kalit yo‘q. Birdan sarosimaga tushdim. Otamga qo‘ng‘iroq qilib uni chaqirishni iloji yo‘q edi, chunki otam ham aynan mana shu kunlarda ish yuzasidan boshqa joyga ketib qolgan!

Shoshilib-shoshilib, asabiylashib onamga xabar jo‘natishga tushdim, o‘zim piyodalar yuradigan tratuardan ketarkanman, ikki ko‘zim telefonimga kirib ketay dedi:
«Oyi, bugun menda kalit yo‘q! Pulimni ham yo‘qotib qo‘ydim. Uyga qanday kiraman, taksi ushlab uydan pul olib chiqib bermoqchi edim»

Bizni uyda pul qaerda va turadigan kichik seyfning kodini hamma bilardi. Otam behuda pul olmasligimizni bilib, hech qachon bizdan bunday narsalarni yashirmagin ekan.
«Hozir bank kartangga pul jo‘natib qo‘yaman, qizim. Bir soatlar ichida uyga boramiz, ungacha qaerdadir o‘tirib turasan.»

Shu vaqti meni ustimdan achchiq kulayotgan taqdirni yuziga shapaloq tortgim keldi. Bu istagim paydo bo‘lganiga ikki daqiqa bo‘lmasdan, hayotning o‘zi menga shapaloq tortib yuboray dedi!
Tratuardan ketyapman deb o‘ylab, svetafor qismiga chiqib ketganimni va men yashilga emas, aynan qizilga o‘tganimni svetaforning o‘rtasiga kelganida, meni yam-yashil Ferrari urib ketay deganida bildim.
Ferrari? Hozir ajal domidan qaytganim ham yodimdan chiqib, mashinaga tikildim. Bizning shaharda, ferrari faqat ikkita odamda borligini aytardi, otam.
Bittasining egasi uni sotib yuborgan, ikkinchisi esa Minlar oilasi. Bu oila haqida faqat Ferrarisi bor oila deb bilardik, xolos.

— Ahvolingiz joyidami?, — ichidan yosh yigit tushdi havotirlanib, — Hozir qizil, qayoqqa o‘tyapsiz?!
Tush ko‘rmayapmanmi deb ko‘zlarimni pirpiratdim. Axir, bunaqa mashinalarni bizning yurtda katta yoshli qorin qo‘ygan amakilar haydaydi. Birorta ham yoshroq yigit ularning orasida yo‘q, mobodo shunday baxtga musharraf bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, allaqachon peshonasi sho‘r bechoraning boshi ochiq emas, yopiq bo‘ladi. Eh...

Joyimda qotib turganim yigitni chindan cho‘chitib yubordi. Yonimgacha kelganida bo‘yi ikki metr ekanini bildim. Buncha uzun?
Mayli, 10 santimetrga oshirib yubordim, menimcha. Uning yonida kichkina bo‘lib ketgandek his qildim o‘zimni. Aslida unchalik kichkina qiz emasdim.

— Meni eshityapsizmi?
Endi yashil yonib, mashinalar to‘xtagan, yo‘ldan o‘tayotgan piyodalar bu yerdagi jonli kinodan ko‘z uza olmay o‘tib ketardi.

— Ha-a-a. Kechirasiz.
Negadir yo‘lning bu tarafiga ham emas, dovdirab yana kelgan tarafimga qaytib ketdim. Biroz o‘tip qizil yongach, u mashinasiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Shunday yigit bilan jon deb tanishishni o‘yladim, ammo g‘urur degan narsa unga qiziqib qolganimni inkor etishni boshladi. Noto‘nish yigit mashinasini bir chetga olib, yana tushdi va men tomonga kelardi.

Nahotki? U shunchaki havotir olib kelyapti, to‘g‘rimi?

— Men rostdan yaxshiman, — u yetib kelmasidan va og‘iz juftlashga ulgurmasidan bidirlashga tushdim, — Sizni ham qo‘rqitib yubordim, uzr so‘rayman.

— Rostdan yaxshimisiz?, — endi negadir uning ovozi mayin yangradi.
Bu men butun boshli hayotimda ahmoqlardek hayol surib, orzu qilgan ovoz ekan! Nega men koʻproq ovozlarga eʼtibor qarataman. Shunchaki jim ketsam boʻlmaydimi.
— Ha, ha.
— Hamon karakhtsiz, nazarimda, — u yoʻlimni toʻsdi, — Biror yordam bera olarman.
— Tashvishlanganingiz uchun rahmat. Buni sizga dahli yoʻq.

Shunday imkoniyat turganida u bilan tanishgim keldi. oʻylab qoldim, ehtimol, taqdir bizni bekorga uchrashtirmagandir. Agar u meni suhbatga chorlasa gaplashganim boʻlsin.
— oʻzi bugun yaxshi kun boʻlmadi. Hayolim joyida emas, — engil jilmaydim, qizigʻi u ham hammasini biladigandek jilmaydi.
O, notanish yigit menga tabassum qildi!
— Tushunaman, — dedi u, — Savolim gʻalati tuyuladi, lekin nega oyoq kiyimingiz yoʻq?

U nima uchun sal avval nigohi yerga qaratilgani­ni anglab, men ham oyoğimga qaradim. Begona odamga oʻzim haqida aytib berish xatoligini bilsam-da, tilim sayrab ketdi.
— Buning tarixi uzun. Dugonalarim bilan garov oʻynadik. Garovda yutqazgan, oyoq kiyimsiz uyga qaytadi, deyishdi. Koʻrib turganingizdek men yutqazdim.

Kulib turgan yigitning yuzi oʻzgardi va jiddiy qiyofaga kirdi, — Garov yaxshi narsa emas.
— Bilaman. Bizniki shunchaki hazil. Yoʻldan oyoq kiyim sotib olmoqchi edim, ammo hamyonimni ham yoʻqotib qoʻyibman.

Yigit atrofga nazar solib, qayerda turganimizni bilishga harakat qildi, choʻgʻi. Biror nimani oʻylayotgani yuzidan bilinadi.
— Bunisi endi yomon boʻlibdi. Keling men sizga yaxshilik qilaman...
— Yoʻq, yoʻq, shart emas, — u menga pul bermoqchi ekanligini darrov tushunib rad etdim-u, keyin oyoq kiyimsiz uyga qaytish bundan yomon ekanini tushundim, — Lekin agar qarz deb bersangiz olaman. Menga shunchaki 200 000 qarz bera olasizmi?
— 200 000?, — u hayratda takrorladi, — Atigi shunchami?
— Ha, bu menga yetadi.

U charm qop-qora hamyonini choʻntagidan chiqardi, aynan shunda u kasytum shimda ekanini bilib qoldim.
Erkak kishi kasytum shimda... Bu qandaydir juda jozibador va elegant.
— Yana bir narsa soʻramoqchi edim, — u menga pulni shunchaki tutqazmoqchi boʻlganida dedim, — Menga haligi...
Uning raqamini soʻrab olishim kerak, ammo betim qoʻymayapti.
— Bu pulni sizga qaytarib berishim uchun, sizni topa olishim kerak...

Bitta gapni ayta olmay, o‘n soat chaynaldim. U ham sabr bilan yuzimga tikilib turdi.
— Raqam… Raqamingizni berasizmi?
— Ha, albatta, — shuncha qiynalib aytgan gapimni umuman oddiy qabul qilib, ichki cho‘ntagidan tashrif qog‘oz chiqardi, — Bu shaxsiy raqamim. Bemalol o‘zimga bog‘lana olasiz. Ammo, menga qolsa atigi shu pul uchun ovora bo‘lishingiz shart emasdi…
— Yo‘q, qarz deb oldim, albatta qaytaraman!, — dedim qat’iy, — Aytgancha, ismim Y/N.

Qo‘ng‘iroq qilganimda qaysi qiz ekan deb o‘ylab o‘tirmasligi yuzasidan o‘zimni tanitdim.
— Meniki, Yoongi, — dedi u javoban, — O‘zingiz keta olasiz, to‘g‘rimi?
— Albatta. Shuncha yordamingiz uchun rahmat.

Undan bazur ko‘z uzib, ortimga qayrildim. Faqat ortingga qarama, Y/N, qarama. Uni yoqtirib qolganingni sezdirmas.

Ko‘p uzoqlashib ulg‘urmasimdan telefonim yodimga kelib, menga kelgan xabarlarga ko‘z yugurtdim. Hozirgina nima qilishni bilmay turgandim, endi esa qo‘limda ozgina pul bor. Albatta, onamga duch kelgan begona yig‘itdan qarz olganimni ayta olmasdim. Onam aniq vahima ko‘tarib, o‘n kun shu narsani eslab yuradi.

Ikki yoni uzun daraxtlar bilan qoplangan, bir tomondan mashinalar shuvillab o‘tib ketayotgan salqin piyodalar yo‘lagi bo‘ylab ketarkanman, ko‘zim uzoq-uzoqlardan ham birorta do‘kon izladi. Ko‘p qavatli uylarning katta ko‘chaga qaragan qismida juda ko‘p do‘konlar qatorlashgan bo‘lsa-da, birorta menga kerakli narsalarni ko‘zim ilg‘amay halak edim.

Taxminan, yana ikki kilometrni yalangoyoq bosib o‘tganimda, yo‘lning boshqa tarafidagi kichik butikga ko‘zim tushdi. Nihoyat!!!

Etagim uzunligi foydamga ishlab, oyoqimda hech nima yo‘qligini deyarli hech kim payqamayotgandi. O‘zim esa boshqa bunday ahmoqona garovlarda qatnashmaslikka ont ichdim. Kichik, ammo shinam kiyim do‘konida tezlikda oq krasovka tanladim. Bir oz arzonroq edi-yu, hozirchaga meni qoniqtirdi. Qolgan pulni esa taksiga ishlatib, uyga yetib olsam-u, salqin uyimda dam olsam edi, mendan baxtli odam bo‘lmasdi.

Taksiga o‘tirganimda Yoongi degan yigit qo‘limga tutqazgan tashrif qog‘ozini sumkamdan chiqarib tomosha qilishga tushdim. Odatda tashrif qog‘ozi o‘zining biror shaxsiy ish joyi yoki shunga o‘xshash biznesiga ega bo‘lganlarda bo‘lardi. Uning mashinasidan Minlar oilasidan deb o‘ylaganim, silliq, qop-qora tashrif qog‘ozining pastdagi ismining yonidagi familiyasini ko‘rib, taxminlarim o‘zini oqladi.

Yoongi Min!
Endi, unga qarzimni zudlik bilan qaytarishim kerak.

Men bu xonadonning eng ko‘p kutilgan ilk farzandi edim. Allal-o‘qibat katta farzand baribir eng ko‘p istalgani bo‘ladi. Mendan so‘ng tug‘ilgan yana ikkita qizdan keyin, onamning sog‘lig‘i tufayli tug‘ish qat’iyan taqiqlanadi. Shu tufayli Hanlar oilasining butun boyligining merosxo‘ri uchta qiz ekani va onamning nahot birorta o‘g‘il tug‘ib bera olmagani tashqaridagilarni tashvishlantirardi.

Ehtimol, otam Yunho Han, qachonlardir boshqa ayoldan o‘g‘il farzand tug‘dirib olgani uchun bemalol yashab yurgan, degan taxmin ham yo‘q emasdi. Ammo men otamning bunday pastkash emasligiga yuz foiz ishonardim.

Oilamizdagi havas qilgulik barcha narsa, hatto o‘zimizning ham ko‘zimiz tegib qolmasin deya, bu haqda ko‘p maqtanib gapirilmasdi. Ota-onam biz uchun eng yaxshi hayot yaratib berganlari ertakga o‘xshardi.

Onam Sohyun Han, bo‘yi yetgan qizlarining shaxsiy fikrlarini inobatga oladigan, istak va xohishlarimizni tinglay oladigan, bizga ishona oladigan dono ayol edi. Na otam, na onam bizni qo‘rquvda tutishmasdi. Ular shunchaki biz ularning yuzi, nomusi va sha’ni ekanligimizni va yomon hayotga o‘zimizni tashlab qo‘yadigan darajada ahmoq bo‘lmasligimizni bolaligimizdan tushuntirib kelishgan.

Balki shuning uchundir, men otamning erka malikalari qatorida edim.

Uyimizning ikkinchi qavatidagi, issiq shamol kirib pardalari hirpirab turgan xonamda, dars stolimda go‘yo dars qilayotgan bo‘lib, o‘tirib o‘ylardim. Albatta, endigina 18 yoshdan 19 yoshga o‘tayotgan qiz haqida gap ketayotgan bo‘lsa, bizning oilada hali turmush haqida o‘ylash to‘g‘ri emas edi.

Lekin men ba’zan miyamni bir joyga to‘plolmay, shirin hayollarga ketib qolardim. Keyin oldimda uyilib yotgan kitoblarni ko‘rib, yana o‘zimni yig‘ib olardim.

Kecha birga kulib o‘ynagan dugonalarim bugunga kelib ona bo‘lishga ulgurdilar. Ularning turmushdagi achchiq qismatlarini eshitsam ham, baribir oppoq kelinlibosning jozibasiga uchib qolishimga juda oz qolgan edi.

O, bu hayajonlarni tuyish menga ham qachon nasib qilarkan? Muhimi, munosib inson bilan bo‘lsin!
Nega bilandir, shuni qog‘ozga to‘kishni istadim. Balki bu istak-orzularim haqida bir yildan keyin unutarman va balki saqlanib qolsa, eski Y/N bilan yangi Y/Nni solishtiraman. Dars qilishdan zerikib qolgan har onimda doim qog‘ozga bitiklar tushirib o‘tiradigan odatim qo‘zqab qoldi. Aynan shu uchun yaqindagina sotib olgan bejirim daftarni stolimning bir burchagidan barmog‘im bilan surib oldim. Uni ochishim bilan bitdim quyidagilarni:

Hozir juda bandman.
Doimgidek.
Yana yangi bilimlar izidan quvib yuribman, ota-onam qizlari aqlli bo‘lishini xohlaydi.
Dastimdan tikuvchilik, to‘quvchilik, rassomchilik qolmadi.
Musiqaga qiziqdim, hammasini qilib ko‘rdim.
Pianino va skripka chalishni bilardim. Shug‘ullanmay qo‘yganimga 6 yil bo‘ldi, ehtimol yodimdan chiqqandir.
Ammo raqsga borganim va turli millat raqslari hali yodimda.
Ovqat qilishni yaxshi bilaman, to‘g‘ri juda erinaman, xohlamayman. Ayniqsa shirinlik pishirish...
Har bir oila orzu qiladigan kelin shunday bo‘ladimi? Lekin men kelin emas, rafiqa bo‘lgim bor!
Hozir yana o‘qiyapman. Balki yana ko‘p o‘qirman. Bundan nolimayman.
Ba’zan yana dunyoning ko‘p qit’asini ko‘rgim keladi. Yana va yana o‘qigim, rivojlangim keladi. Bajaryapman ko‘pini.
Ammo, atrofimdagi qizlarda bor bir narsa yo‘q hayotimda. Bari bor, u yo‘q.
Ularning pushti ko‘zoynaklari ortidagi hayotiga aldangim kelmaydi, ammo muhabbat mavzusi huddi ohangrabo kabi o‘ziga tortadi odamni.

O‘ylaymanki, mening turmush o‘rtog‘im ham juda band. U ham o‘qiyapti, rivojlanayapti, yana ko‘plab qo‘shimcha yangi narsalarni o‘rganayapti. Shunday ekan davom etaaversin. Hali yana birga o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p bo‘ladi.

— Sizga kimdir, nimadir jo‘natibdi!, — xonamga otilib kirgan katta singlim Ahyeon, — Yaxshi hamki, oyim uyda yo‘q vaqti kelibdi!

Onam akademiyada o‘qituvchilik qilgani tufayli ko‘p kunlari erta ketib kech keladigan ishi bor edi. Otamning yana bir tomoni — u onamning o‘z sevimli ishida davom etishiga umuman qarshilik ko‘rsatmagan.

— Menga ham kim ham oyim va dadamdan qo‘rqishga majbur qiladigan narsa jo‘natishi mumkin, — unga parvo qilmay hozirgina dardimni dasturxon qilgan daftarimni yopib dedim, — Nima ekan?

— Pastga tushsangiz ko‘rasiz! U og‘ir, bir kami tepaga olib chiqishim qolgan edi!

O‘zimda qiziqish uyg‘onib, Ahyeonning orqasidan ergashdim. Kimdandir sovg‘a oladigan qiz emasman, kim menga og‘ir vaznli narsa jo‘natishi mumkin ekaniga boshim qotdi.

Zinaning hali oxirgi pog‘onalarini bosib ulg‘urmasimdan, Ahyeon mehmonxonadagi stol ustida qoldirib ketgan buket g‘ulga ko‘zim tushdi-yu yuragim qinidan chiqqudek urdi.

U yerda qop qora atirgullar yaltirab turardi!
Qandaydir hazilga o‘xshaydi.

— Sirli shahzodangiz bormi, opa?, — singlim qosh qo‘qib kuldi, — Gul jo‘natgani mayli, lekin bunaqa ranglisi... Bu oshib ketmaganmi?

— Hech kimim yo‘qligini juda yaxshi bilasan, — gulga qo‘llarim cho‘zganimda barmoqlarimning uchida uning ho‘l ekanini his qildim, — Bo‘lsa ham birinchi sen bilarding.

— Unda buni kim jo‘natdi?!

— Aniq mengami? Balki, sengadir?

O‘zimdan soqit qilish uchun, gulni aylantirganimda bir parcha qog‘ozda «Y/Nga» degan yozuvni ko‘rib tosh qotdim.

— Qora atirgul ma’nosi yaxshi emas, — Ahyeon ona xotindek bosh chayqadi, — Agar hamkorga jo‘natgan bo‘lsa yaxshi ma’noda bo‘ladi. Lekin u aslida o‘lim ma’nosida keladi.

— Nafasingni yel uchirsin! O‘lim qora rang bilan ifodalanadi deyishning o‘zi g‘alati. U hamma istagan rangda!

— Mayli, agar muhabbat ramzida kelgan bo‘lsa ham yomon!

Ko‘zim qoradan qora, ba’zida to‘q binafsha rangga o‘xshab ketadigan atirgullarda qotib qoldi.

𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟
9-qism

Bugun Y/N odatdagidan ancha erta uyg‘ondi. Ko‘zlarini ochgan zahoti yuragidagi og‘irlikni his etdi. U kechagi tahdid, Jiminning shafqatsiz so‘zlari va uning qilgan ishlarini yana bir bor yodga soldi. Ko‘ngli aynib, nafas olish qiyinlashdi. Biroq vaqt yo‘q edi. U asta o‘rnidan turdi, har bir harakati qat’iyatli edi.
Jamadonini olib, faqat eng kerakli narsalarni yig‘di. Yuragi ezilib borsa-da, o‘zini majbur qildi — bu uy uni bo‘g‘ayotgan edi.
U eshikni ochdi, zinaga qadam qo‘yganida, ikkinchi qavatdagi koridorda Suga unga qarab chiqib keldi. Uning qiyofasi har doimgidek sokin edi, lekin Y/Nning qo‘lida jamadonni ko‘rgach, ko‘zlarida yilt etgan hayratni yashira olmadi.
—Ko‘chib ketyapsanmi?.. — dedi u past ovozda, qiziqishini yashirishga uringan holda.
Y/N to‘xtadi. Bir lahza sukut saqladi. So‘ng, yuragidagi alamni yutib:
—Ha. Uyimga qaytayapman. Endi, ehtimol, bu yerga umuman qaytmayman, — dedi.
Suga bir zumda o‘zini yo‘qotgandek bo‘ldi. Y/Nning ko‘zlariga tik boqdi.
—Nima deding?.. Nega?.. Bu… u sabablimi?.. — dedi, ohangida qiziqish va beparvolik aralashib.
Y/N boshini egdi. Uning yuragi og‘riq bilan qisilardi.
—Ha... Men ketishim kerak.
Soxta jasorat bilan ko‘zlarini olib qochdi. U axir uni sevardi… Suga esa bundan bexabar edi. Har bir yolg‘on so‘z Y/Nning yuragini tilka-pora qilardi.
U zinadan tushib, Suganing yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, lekin…
Suga to‘satdan uning bilagidan tutib qoldi. Qo‘li iliq edi, ammo Y/N bu iliqlikni his qilishdan qo‘rqdi.
—Kut… shunchaki ketib qolmoqchimisan?.. — dedi Suga ohangida yuragini yashira olmay.
Y/N hech narsa demadi. U shunchaki jim edi. Ko‘zlaridagi yoshlarni ko‘rsatmaslik uchun boshini burdi. Bu sukunat ularning orasida aytilmagan, ammo yurak bilan his etilgan minglab so‘zlarning o‘rnini bosardi.

Birdan orqa tomondan sovuq, qattiq va kinoyali ovoz eshitiladi:
—Sevgilim...
Y/Nning yuragi bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi. U asta boshini ko‘tardi — zinaning narigi tomonida Jimin turardi. Uning ko‘zlari qotib qolgan, sovuq jilmayishi esa yurakni muzlatardi.
Suga hushyor turib, birdan hushsizlanayotgandek qotib qoldi.
Jimin sekin, mag‘rur yurib ularga yaqinlashdi. Nigohi bir zumda Sugadan Y/Nga o‘tdi, keyin yana Sugada to‘xtadi.
—Oh... siz Y/Nning qo‘shnisisiz shekilli, — dedi u ohangini buzmasdan. —U siz haqida menga ko‘p gapirgan. Tanishganimdan mamnunman. Men — uning yigiti. Jimin.
Y/N jim. Gapira olmadi. Qo‘llari titrardi.
Jimin hech qanday ogohlantirishsiz Y/Nning qo‘lini ushlab, o‘ziga tortdi. Harakati shunchalik tabiiy va hukmron ediki, Y/Nda qarshilik ko‘rsatishga na kuch, na jur’at qoldi.
—Sevgilim... — dedi Jimin, boshini egib, uning yuziga yaqinlasharkan. —Yaxshi uxlay olmadingmi?
Y/N jilmayishga urindi, ammo bu shunchaki maska edi.
—Yaxshiman... faqat... bu yerga o‘rganib qolgan edim, xolos...
Jimin jilmaydi. Lekin bu jilmayishda hech qanday iliqlik yo‘q edi. Faqat ogohlantirish, tahdid.
U yana Sugada nigoh qoldirdi — Suga jim, ammo qo‘llari musht bo‘lib siqilgan edi.
Jimin asta Y/Nning peshonasiga o‘pdi. Suga bu lahzada yuziga musht tushgandek bo‘ldi. Ammo jim qoldi.
—Qani, sevgilim. — Jimin pichirladi. — Uyga qaytamiz.
U Y/Nning chamadonini olib, uni belidan mahkam ushlab, hech qanday orqaga qarashsiz zinadan pastga olib tushdi.
Suga esa jim turganicha, yuragi portlab ketgudek bo‘ldi.

Y/N va Jimin zinadan tushib, padezdan chiqishgach, Jimin bir zumga to‘xtaydi. Uning qo‘li hanuz Y/Nning belida, lekin bu iliqlik emas, egallovchanlik edi. Ammo ko‘cha shamoli yuzlariga urilgach, Jimin darhol qo‘lini tortdi. Ko‘zlarida endi iltifot emas, sovuqqon nazorat hukm surardi.
—Yordamchim seni uyga olib boradi,—dedi u ohangida qatiy buyruq va sovuq beparvolik bilan, qo‘lini qora mashinaga ishora qilib. —Kechaga gaplashganlarimizni unutmaysan degan umiddaman… Ko‘rishguncha, kichik xonim.
U oxirgi so‘zlarni jilmaygancha aytdi, ammo bu jilmayish mehrli emasdi. Bu jilmayishda tahdid yashiringandi — nazorat, ustunlik, va biron nimani kutish. U ortiga o‘girilib o‘z mashinasiga qarab yurdi, darvozaning temir eshiklari silliq yopilganida, u allaqachon salonda joylashib, mashina motorining g‘uvillashi bilan ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Jimining yordamchisi jim-jit holatda Y/Nning jamadonini olib, mashina bagajiga joylashtirdi. Keyin esa orqa eshikni ochib, qo‘li bilan sal egilib Y/Nga qaradi.
—Marhamat, xonim.
Y/N ichidan bir og‘ir nafas oldi. Bu oddiy kuz bo‘lishi kerak edi ammo yuragida nimadir siqib turgandi. U mashinaga o‘tirarkan, oynadan tashqariga qaradi. Endi bu boshlangan o‘yin emas, bu qochib qutula olmaydigan haqiqat edi.

Oradan bir necha soat o‘tgach, nihoyat mashina sekin to‘xtadi. Y/N jimgina eshikni ochdi. Qorong‘ulik ichida uyning tanish siluetlari ko‘zga tashlandi hammasi o‘z joyida, o‘z holicha. Go‘yoki hech nima o‘zgarmaganday.
U sekin qadam tashlab uyga kirdi. Ichkariga kirmasidan turib ohangsiz ovozda chaqirdi:
—Men qaytdim... Otajon? Oyijon?
Oshxonadan taralayotgan pishiriq hidi bir zumda to‘xtadi. Keyin sharpaday harakat bilan onasi chiqib keldi. Uning ko‘zlari kattalashdi, og‘zi ochilib qoldi.
—Y/N... bu... bu rostan ham senmisan? — dedi u titroq ovozda.

Onasi yelib kelib uni mahkam quchoqlab oldi. Quvonch va hayrat orasida onaning ko‘zlarida yosh yaltiradi.
—Dadasi! Qizimiz qaytibdi! — deb qichqirdi onasi orqaga qarab, va yana Y/Nga qarab uning ko'ksini yengil o'rib qo'yadi.
—Nega kelishing haqida xabar bermading....

Bir zum o‘tib, otasi ham xonadan chiqdi. Yelkalari keng, yuzi charchoqdan cho‘kkan bo‘lsa-da, ko‘zlarida faqat mehr bor edi.

—Hoy, mening malikamni urma. Endi qaytganiga ham rosa jig‘ibiyron bo‘lyapsan, — dedi u Y/Nning onasiga yumshoq kinoya bilan, keyin Y/N tomon yurdi.
U qizining boshini siladi, ammo hech qanday savol bermadi. Bu sukutda «hammasini o‘zing aytishingni kutaman» degan ishora bor edi.

Y/N esa boshini pastga soldi. Ichidagi og‘irlik, ruhidagi charchoq va begonalik hissi bu tanish uyning devorlari ichida ham tarqamagandi. Ammo hech bo‘lmasa, bu yerda hech kim uni og‘zini bog‘lab olib ketmasdi.

𝕌𝕟𝕨𝕒𝕟𝕥𝕖𝕕 𝔸𝕥𝕥𝕖𝕟𝕥𝕚𝕠𝕟
8-qism

Y/N ko‘zgu qarshisida tik turgancha, qip-qizil, oddiy, ammo jozibali ko‘ylagini tuzatdi. Uning yuzida yengil makiyaj bor edi ko‘zlari biroz ajralib turardi, lablari esa tabiiy pushti rangda. U o‘ziga shunchaki nazar soldi, so‘ng telifonini tekshirib, uni sumkasiga solib qo‘ydi. Soat 18:45. U ohangrabodek eshikdan chiqdi.

Y/N qizil ko‘ylakda

Y/N ikkinchi qavat zinapoyasiga qadam qo‘yar ekan, Suga eshigiga ko‘zi tushdi. U eshik ochilib, Suga uni quchoqlab, yupatishini, “barchasi yaxshi bo‘ladi” deganini hohladi. Lekin o‘ylariga bir tovush aralashdi:
— Nima bo‘ldi, mitti xonim? Nimaga tikilib qolding? — dedi Jimin orqasidan.

Y/N cho‘chib orqasiga qaradi. Ko‘zlari jimjit edi.
— Hech narsa... Shunchaki, ahamiyatsiz.

Jimin odatdagidek jilmaydi, unga bir qadam yaqinlashdi.
— Unda kettik. Bizni muhim ishlar kutmoqda, — dedi u xuddi hech narsa bo‘lmaganday.

Y/N joyidan qimirlamadi. Jim turdi. So‘ng sekin tovushda, lekin aniq ohangda gap boshladi:
— Ketishimizdan oldin... bir narsaga javob ber.

Jimin unga qiziq nazar bilan qaradi.
— Nima?

Y/N sovuq, befarq yuz bilan unga tikildi.
— Otamning yuragi kasal ekani qayerdan ma’lum senga? Buni qayerdan bilasan?

Jimin bir lahzaga qotib qoldi. Nigohi qorong‘ulashdi. Keyin yuzida g‘azab ishorasi paydo bo‘ldi.
— Bu muhim emas. Mening o‘z yo‘llarim bor, — dedi u keskin.

Y/N qoniqmaganini aniq bildirib, qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.
— Bu javob emas, Jimin.

Jimin chuqur xo‘rsindi.
— Chunki sening la’nati...

— Otamga til tekkizishga jur’at etma! — deb Y/N birdan ovozini ko‘tardi.

Jimin tishlarini g‘ichirlatdi. Uning sabr kosasi to‘lib bo‘lgandi.
— Chunki... u sening otang, mening o‘gay otam. Endi yur. Vaqtim yo‘q, — dedi u sovuqlik bilan va zinapoyadan pastga tushib ketdi.

Y/N qotib qoldi. Nafas olishni ham unutdi. Aqlini o‘rab turgan savollar, ishonchsizlik, dahshat.
“Bu qanday bo‘lishi mumkin?”
Otasi... o‘gay farzand? Ikki hayot? U bunga hech qachon ishora ham qilmagan edi. Ha, ba’zan “safardaman” deb uzoq ketardi, ba’zan telefonlari o‘chib qolardi… ammo u eng mehribon, eng halol ota bo‘lgan-ku?
Y/N zinapoya oldida shunchaki turib qoldi. Ko‘zlari to‘lib, ichida avval hech bo‘lmagan darajadagi shubha paydo bo‘ldi.

Y/N boshi g‘ala-g‘ovur, yuragi g‘amga to‘lib, zinapoyalardan pastga tushdi. Og‘ir, lekin izchil qadamlar bilan Jiminga yaqinlashdi. Ko‘zlarida ishonchsizlik, yuragida esa bema’ni bir vahima bor edi.
— Menga biroz avval... nima deding? Otam... sening o‘gay otang?.. Yo‘q, bu... bu yolg‘on. Men bunga ishonmayman, — dedi u ovozi titrab.
Jimin unga qarab yurdi. So‘ng, sekin iyagidan ushlab, yuzini o‘ziga qaratdi. Uning nigohi o‘tkir va sovuq edi.
— Ishonishing shart emas. Men uchun bu muhim ham emas. Chunki men allaqachon qasos haqida o‘ylay boshlaganman. Seni malikadek katta qilgan otang... aynan o‘sha odam mening onamni azobladi. Uni baxtsiz qildi... va oxir-oqibat o‘ldirdi.

Y/Nning ko‘zlari kattalashdi. U orqaga bir qadam tashlab, boshi bilan yo‘qlik ishorasini qildi. Ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.
— Yo‘q... yo‘q, iltimos. Otamga tegmang. Nima qilsangiz menga qiling, lekin otamni bunga aralashtirmang... Iltimos...

Jimin sokin jilmaydi. Uning yuzi g‘azab bilan emas, qanoat bilan jilmayayotgan ko‘rinar edi. U Y/Nning yonoqlaridan yoshini sekin artdi.
— Xavotir olma, azizam. Men otangga qo‘l tekkizmayman... Men uni boshqacha yo‘l bilan azoblayman.

Yuzini unga yaqin olib, so‘nggi so‘zlarini sekin, lekin og‘ir ohangda aytdi:
— Sen mening xotinimga aylanasan. Men seni ham baxtsiz holatga keltiraman. Va otang... otang buni ko‘rib, har kuni, har daqiqada, ichidan yonadi. Bu mening qasosim bo‘ladi.

Jimin hafsala bilan kuldi. Bu kulgi yengillik emas, balki oldindan pishirilgan, sovuq qasosdan zavqlanish edi.

Xixi pismiqcham👽❤

— Hech qachon... hech qachon men sening xotining bo‘lmayman, — dedi Y/N qat’iy ohangda, ko‘zlarida nafrat chaqnab.
Jimin yelkasini qisdi, yuzi kulgidan qattiqlikka o‘tdi.
— Oh, qanday ayanchli. Hozir ko‘zlarimga yosh kelyapti, — dedi u masxara bilan, — Lekin seni rosa qiynagandan keyin... sen o‘zing buni xohlab so‘raysan. So‘ng meni o‘zingga xotining qilishing uchun harakat qilasan.
U telefonini chiqardi. Bir necha tugmani bosgach, nimanidir Y/Nga yubordi.
— Qara. Telefoningni tekshir.

Y/N nima bo‘layotganini tushunmay, hayrat bilan unga tikildi. Sumkasidan telefonini chiqarib qaradi. Ekranda o‘zining deyarli yalang‘och suratlarini ko‘rdi...
Uning yuragi shu ondayoq muzlab qolgandek bo‘ldi. Qo‘llari titradi, yuzi oqarib ketdi. Hushidan ketishga sal qoldi.

— Tasavvur qil, — dedi Jimin ohista,
— bu rasmlarni butun dunyo ko‘rmoqda. Va sening otang... sevikli otang... u bu sharmandalikni ko‘tara oladimi, a? Bu rasmlarni sening otang ko‘rsa nima qiladi? U seni oppoq malika deb o‘ylagan. U buni ko‘tara oladimi, ha? Balki... yuragi chidolmas.

Y/N ko‘z yoshlariga to‘lib, chekinmoqchi bo‘ldi. Ammo oyoqlari qotib qolganday joyiga mixlanib qolgandi.

— Ertaga... ota-onangning uyiga sovchi yuboraman, — dedi Jimin ohangini pasaytirib, ammo qat’iy ohangda, — va sen... qanday bo‘lmasin otangni rozi qilasan.
U Y/Nga yaqinlashdi, ammo bu safar yelkasidan ohista ushlab,

jimgina davom etdi:
— Bugun hech qayerga bormaysan. Mening fikrim o‘zgardi. Uyingga ertaga qaytasan. Va esingda bo‘lsin... qarshi chiqsang men ham nimanidir e’lon qilaman. Endi sening har bir qadaming menga tegishli.

Death at the Threshold
1-qism

"Ostonadagi o‘lim" (Death at the Threshold)
Bosh qahramonlar:
Jeon Jungkook — 27 yoshda, dunyoni bosib olmoqchi bo‘lgan mafiyalar qiroli.
Han Yura — 19 yoshda, ota-onasi bilan yashovchi oddiy oila qizi.
Ertalab hammasi odatdagidek boshlangan edi. Yura har doimgidek o‘z ishlari bilan band edi. U bu kun hayotidagi eng oddiy, eng odatiy kunlardan biri bo‘lishini o‘ylagan, biroq aslida bu — hayotining eng oxirgi tinch kuni edi.
Yuraning ota-onasi va 11 yoshli singlisi — uning bor budini, butun olamini tashkil qilardi. Ular har tongdagidek birga nonushta qilishar edi. Televizorda esa odatdagi ertalabki yangiliklar ketayotgan edi.
Ammo bir zumda hamma narsa o‘zgarib ketdi. Televizordagi barcha kanallarda bir xil xabar paydo bo‘ldi.
Ekranda yuziga qora niqob taqqan noma’lum shaxs ko‘rindi. Uning ovozi sovuq va hissiz edi. U butun dunyoga tahdid qilardi:
"Agar menga bo‘ysunsangiz — rahm qilaman. Aks holda, bu dunyoni ostin-ustin qilaman!"

Shundan so‘ng u g‘ayritabiiy, vahimali kulgiga o‘xshagan bir tovush chiqardi. Bu kulgu oddiy kulgu emasdi bu odamning ruhsiz, yovuz fe’lidan dalolat berardi.
Xabar tugaganidan keyin barcha telekanallar yana o‘z holiga qaytdi.
Lekin o‘sha vaqtdan boshlab, hamma muammolar boshlanib ketdi…

Insonlar vahimada edi. Ko‘chalarda to‘polon, vahima, baqiriq-chaqiriqlar avj olgan edi. Hammaning rangi oqarib ketgan, nigohlarida qo‘rquv, chalkashlik, ishonchsizlik mujassam edi. Televizorda eshitilgan o‘sha tahdidli xabar odamlarni larzaga solgan edi.
Harbiylar va hukumat vakillari tinchlikni saqlashga urinar, xalqni tinchlantirishga harakat qilardi. Ammo bu urinishlar befoyda edi. Chunki berilgan muddat atigi 24 soat edi — undan keyin insoniyat taqdiri hal bo‘lardi.
Hukumat rahbarlari bu xabarga jiddiy yondashmadi. Ular buni bir guruh yaramas yoshlarning qilgan ishi, internetdagi yolg‘on tahdid deb o‘ylashdi. Ularning o‘zicha "aqlli" qarorlari esa halokatning boshlanishi bo‘ldi.
Ammo...
Ertasi kuni — hech qanday rasmiy javob bo‘lmaganidan g‘azablangan Jeon Jungkook, o‘zining eng yaqin odamlari orqali qurollanish va harakatga o‘tishni buyurdi.
Shundan so‘ng, yana barcha telekanallarda o‘sha niqobli inson chiqdi. Ammo bu safar uning ovozida sovuqqonlik emas, g‘azab bor edi. U endi hotirjam emasdi.

"Men sizlarga vaqt bergandim. Sizlar esa bu imkoniyatning qadriga yetmadinglar. Endi men so‘zimda turaman… va butun dunyoni ostin-ustin qilaman."

Bu so‘zlardan so‘ng yana o‘sha vahimali, ruhni titratadigan kulgu eshitildi — yurakni muzlatadigan, insoniylikdan yiroq tovush.
Shu lahzalardan so‘ng dunyo endi avvalgidek bo‘lmadi.
Shahar ko‘chalari qurollangan askarlar tomonidan o‘rab olingan, osmon esa qiruvchi samolyotlarga to‘lib ketgan edi. Ular duch kelgan har qanday joyga o‘q uzar, bomba tashlar edi. Jungkook urush boshlab yuborgan edi.
Shunday bombalardan biri Yuraning uyiga tushdi.
Yura o‘sha vaqtda universitetda darsda edi. U hali hech narsadan bexabar, oddiy dars mashg‘ulotida o‘tirgan edi. Telefoni esa tinmay jiringlar, xabarlar yog‘ilardi. Ustoz unga qattiq ohangda qaradi:
— Yoki javob ber, yoki o‘chir telefonni!
Yura hafsalasi pir bo‘lib telefoniga qaradi... va o‘sha daqiqalarda uning butun hayoti ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi.
Ota-onasi va 11 yoshli singlisi — ularning barchasi halok bo‘lgan edi. Uyga tushgan bomba, ularni yer bilan yakson qilgan, tan jarohatlari esa ularni hayotdan olib ketgan edi...
Yura titray boshladi. U ko‘z yosh to‘ka olmadi. Og‘zidan bir og‘iz so‘z ham chiqmadi. Tomog‘iga nimadir tiqilib qolgandek edi. Nafasi qisildi. Yuragi shunchalik og‘ridi — u o‘ziga ishongisi kelmas, bu xabarni yolg‘on bo‘lishini istardi…

Ammo bu endi haqiqat edi.
Qaytib hech narsa o‘z joyiga kelmasdi.
U endi yolg‘iz edi.

Shu vaqtda butun shahar evakuatsiya holatiga o‘tkazildi. Barcha telekanallarda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida, bu halokatlarga sababchi bo‘lgan sirli mafiyaning rahbari haqida gap borar edi. Endi u qaysi shaharga yo‘l oladi? Uning keyingi nishoni kim bo‘ladi? Bular haqida turli taxminlar yuritilar, ammo hech kim aniq javob bera olmasdi.
Ammo bu paytda Han Yura uchun bu yangiliklarning biror qiymati qolmagandi. Endi dunyo parchalanib ketsa ham unga farqi yo‘q edi.
U hanuz oilasining o‘limidan o‘ziga kela olmagan, ruhiy jihatdan tamoman vayron edi. Uning jonidan ortiq ko‘rgan singlisi atigi 11 yoshda edi. U hayotda Yuraning eng katta quvonchi, eng beg‘ubor xazinasi edi. Endi esa… bu baxt undan abadiy uzilgan edi.
Shahar haligacha notinch edi. Portlashlar, o‘qlar ovozi, ko‘cha-ko‘yda qochayotgan odamlarning vahimali qiyqiriqlari — bularning barchasi jahon urushi tasvirini eslatardi. Har tarafda yaradorlar, halok bo‘lgan odamlar yotar edi. Son-sanoqsiz.
Kasalxonalar to‘lib ketganligi sababli, Yuraning universiteti vaqtincha evakuatsiya markaziga aylantirildi. Ana shu yerga shahar aholisi joylashtirildi.
Yura endi hech kimsiz qolgan edi. Na unga quchoq ochib yupatadigan ota, na boshi silab erkalatadigan ona, na quvonch bilan bag‘riga yopishadigan singlisi bor edi. U doimo mustahkam, irodali, sinovlarga qarshi kurashuvchi qiz edi, ammo hozir… bu dunyoda yolg‘iz edi. Shu qadar tushkunlikda ediki, na tashqarida bo‘layotgan urush, na boshqa voqealar unga ta’sir qilardi.
Kecha u yashagan uy kulgu, mehr va iliqlik manbai edi. Bugun esa… kuldan boshqa hech narsa qolmagandi.
Shunga qaramay, Yura taslim bo‘lishni istamadi. U hayot uchun kurashishga qaror qildi. Endi unda faqat bitta maqsad bor edi — yaqinlari uchun qasos olish.
Endi Yura avvalgiday quvnoq, ochiqko‘ngil qiz emasdi. Bo‘lib o‘tgan voqealar uni bir kechada o‘zgartirib yuborgan edi. Ichki og‘riq uni harakatga undar, g‘am esa uni yanada sovuq va matonatli qilgan edi.
Nima qilish kerakligini bilmasa-da, u yordam qo‘lini cho‘zayotgan tengdoshlariga qo‘shildi. Universitet hozirda shifoxona vazifasini o‘tardi — yaradorlar shu yerga keltirilayotgan edi. Yura ham ko‘ngilli hamshira sifatida faoliyat boshladi.
Bu ishlar unga azoblarini unutishga, ichidagi bo‘shliqni to‘ldirishga biroz bo‘lsa-da yordam berardi. Lekin ich-ichidan u baribir yolg‘iz edi.
Shifoxonada ishlayotganda u doim turli mish-mish gaplarga duch kelardi. Bu gaplarda mudofaa kuchlari yengilayotgani, askarlar yetishmayotgani, va hattoki, hukumat ayollarni — hatto talabalarni ham armiya safiga olishni rejalashtirayotgani haqida so‘z yuritilardi...

Yura bu gaplarga ishonmaslikka harakat qilardi.
Lekin yuragi allaqachon his qilgan edi: bu urush hali tugamagan.
Bu faqat boshlanish edi.

Mualif: Gulnora🤍

✧ＴＨＥ ＣＵＲＳＥＤ ＱＵＥＥＮ✧
3-qism🪻👑

To‘satdan Y/N ko‘zini ochdi. U qirollik kutubxonasidagi divanda yotgan edi. Atrofida cho‘rilar, Jimin va Taehyung turganini ko‘rdi. U asta o‘rnidan turdi.
— Ahvoling yaxshimi? O‘zingni qanday his qilyapsan? — deb so‘radi Taehyung, uning yuzini ohista silab.
— Yaxshiman. Fikrimcha, charchaganim sababli hushimdan ketdim, — dedi Y/N boshini ushlab.
Taehyung zudlik bilan uni quchoqlab oldi.
— Sendan juda xavotirlandim, — dedi u mehr bilan.
Bu holatni ko‘rgan Jimin mushtini qattiq qismiqladi. Uning ko‘zida rashk chaqnab turardi.
— Shahzoda Taehyung, iltimos, malikaga bunchalik yaqin bo‘lmang. Siz hali bunga haqli emassiz, — dedi Jimin, ovozini iloji boricha sokin saqlagan holda.
Taehyung unga o‘tkir nigoh bilan qaradi.
— Men shahzodaman. Xohlagan ishni qilaman. Sen esa oddiy qo‘riqchisan. Vazifangni bajar, — dedi u jahl bilan.

Taehyungning gaplari Jiminni ranjitdi. U bir qadam oldinga chiqdi va Taehyungga tik qaradi.
— Men oddiy qo‘riqchi bo‘lishim mumkin, lekin men Malika Y/Nni himoya qilish uchun qasam ichganman. Kim bo‘lishingdan qat’i nazar, unga ortiqcha yaqinlashishga haqqing yo‘q! — dedi Jimin, ovozini balandlatib.

Taehyung kulimsiradi, lekin bu kulgi mehrli emasdi.
— Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Men bo‘lajak qirolman! Y/N esa mening kelin bo‘lishim kerak! Sen esa... birgina xizmatkorsan! — dedi Taehyung, g‘azab bilan.

Jiminning rangi o‘chdi, ammo u orqaga chekinmadi.
— Qirol bo‘lishing mumkin, lekin yurakdagi hislarni buyruq bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi! — dedi Jimin qat’iy ohangda.

Ularning orasidagi ziddiyat kuchayib borardi. Y/N esa jim o‘tirgancha ularni kuzatardi. U nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo og‘zini ochishga ulgurmasidan, Taehyung yana gap boshladi.

— Menga qara, Jimin. Y/N mening bo'lajak rafiqam. Sen esa u bilan har kuni birga bo‘lishing, uni qo‘riqlashing bu menga yoqmaydi!
Jimin ko‘zlarini qisdi.
— Malika Y/Nni faqat tanasi emas, yuragi ham bor. Sen hali bu yurakka ega emassan. Men bo‘lsam, uni har kuni tushunishga harakat qilaman.
Bir zumga xona jim bo‘lib qoldi. Taehyung va Jimin bir-biriga qattiq tikilib turardi. Y/N esa ularni to‘xtatmoqchi edi, lekin yuragida nima deyishni bilmasdi.

Kutubxona ichida tarang sukut hukm surayotgan edi. Taehyung va Jimin bir-biriga tik qarab, so‘zsiz jangga tayyor turgandek edi.
Shu payt birdan kutubxona eshigi ochildi. Og‘ir, mag‘rur qadamlar ostida zamin yengil titradi. Ichkariga Y/Nning otasi qirol kirdi. Uning qaddi tik, yuzida qat’iylik bor edi. Ko‘zlarida esa chuqur xavotir sezilardi.

Uning ko‘rinishi bilan cho‘rilar ta’zim qildi. Y/N joyidan turmoqchi bo‘ldi, lekin qirol qo‘li bilan ishora qilib, o‘tirgan joyida qolishini aytdi.
Qirol atrofga nazar tashladi va Taehyung bilan Jimin o‘rtasidagi tarang holatni darhol ilg‘adi. Nigohi Jimin ustida to‘xtadi.
— Bu yerda nima bo‘layapti? — dedi u sovuq va jiddiy ohangda.
Jimin og‘ir nafas olib, bir qadam orqaga chekindi.
— Janob qirol... biz shunchaki... — deya gap boshlamoqchi edi, lekin Taehyung uni gapini bo‘lib yubordi.
— U menga hurmatsizlik qildi, janob! Men shahzodaman, ammo bu oddiy qo‘riqchi menga bu yerni tark etishni aytdi! — dedi Taehyung, g‘azab bilan.

Qirolning yuzi biroz jiddiylashdi, lekin u baribir xotirjam edi.
— Jimin, bu rostmi? — deb so‘radi u, endi qattiqroq ohangda.
Jimin boshini egdi.
— Men faqat malikani himoya qilmoqchi edim. Unga kim bo‘lishidan qat’i nazar, haddan oshishga yo‘l qo‘ymayman, — dedi u, to‘g‘ri gapni aytayotgan odamday.
Qirol bir necha soniya sukut saqladi. So‘ng Taehyungga yuzlandi.
— Taehyung, sen menga o‘g‘limdek azizsan. Bilasan, seni hurmat qilaman. Ammo bu yerda, bu devorlar ichida tartib bo‘lishi kerak. Sen hali Y/Nning eri emassan. Shuning uchun, bu masalada sabrli bo‘l.
Taehyung labini tishladi. Jimin esa hech narsa demadi. Faqat Y/N ularning orasida jim turgancha yuragi bilan kurashardi.
Qirol ohista yurib Y/Nning yoniga bordi va qizining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— Hammangiz chiqing. Faqat Y/N qoladi. Men qizim bilan yolg‘iz gaplashmoqchiman, dedi u qat’iy ohangda.

Hamma kutubxonani tark etdi. Qalin eshik yopildi-yu, xonada faqat Y/N va uning otasi qirol qoldi.
Qirol sekin qiziga yaqinlashdi. Uning yuzida endi g‘azab emas, ota mehr bilan to‘la nigoh bor edi.
— Qizim, ahvoling yaxshimi? — dedi u, ohangida xavotir sezilib. — Bosh cho‘ri menga birdan hushdan ketib qolganingni aytdi. Hammasi joyidami?
Y/N chuqur nafas olib, otasiga mehr bilan boqdi.
— Ha, ota. Men yaxshiman. Balki bu biroz qattiq charchoqdandir. Axir bo‘lajak qirolicha bo‘lish uchun juda ko‘p o‘qiyapman, — dedi u tabassum bilan.
Qirol uning so‘zlarini eshitib, quvonch bilan bosh qimirlatdi.
— Juda yaxshi, — dedi u. — Men sen bilan faxrlanaman, Y/N. Sen mas’uliyatni his qilyapsan, bu — haqiqiy qirolichaga xos fazilat.
U qizining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi va sekin jilmaydi.
— Sening kuching bor. Sen bu qirollikka yorug‘lik olib kelasanki, bunga ishonaman.
Y/N jimgina boshini egdi. Ichida kichik bir og‘riq bo‘lsa-da, otasining so‘zlari unga tasalli berdi.

Bu orada, saroyning boshqa burchagida Rora va uning onasi yashirincha suhbatlashayotgan edi. Ular Y/Nni yo‘q qilish haqida reja tuzishayotgan edi.
— Ona, bu Y/N degan hira pashsha menga butunlay yoqmaydi! — dedi Rora jahli bilan. — Nega u qirolicha bo‘lishi kerak? Hattoki qo‘shni qirollik shahzodasi ham unga unashtirilmoqchi! Men sabr qilishdan charchadim. Uni tezroq yo‘q qilishimiz kerak!
Onasi muloyim, lekin xavfli tabassum bilan javob berdi:
— Menda bir reja bor. Biz Y/Nga jasmin gulidan damlama tayyorlatamiz.
Rora ajablandi.
— Jasmin guli? U xavfli emas-ku?
Onasi sekin bosh qimirlatdi.
— To‘g‘ri, oddiy jasmin guli xavfli emas. Ammo soxta jasmin, ya’ni Yellow Jasmine bor. U juda xavfli. Undan damlama tayyorlab ichilsa, odam nafas ololmay qoladi, falaj bo‘ladi, hattoki o‘lishi ham mumkin.
U kulib qo‘shib qo‘ydi:
— Kasal malika hech qachon qirolicha bo‘la olmaydi, shunday emasmi?
Rora onasining aytganlarini eshitib, quvona boshladi.
— Juda yaxshi! Lekin biz bu damlamani unga qanday ichiramiz?
Onasi asta javob berdi:
— Biz cho‘rilarga aytamiz: “Malikaning tobi yo‘q, unga damlama tayyorlanglar”, deb. Ular jasmin gulini olib damlama tayyorlashadi. Lekin biz yashirincha o‘sha oddiy jasmin gulini Yellow Jasminega almashtirib qo‘yamiz. Hech kim sezmaydi.
— Yaxshi reja! — dedi Rora. — Axir men ham eshitdim, Y/N oxirgi paytlar ko‘p hushidan ketayotgan emish. Bu hammaga o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek tuyuladi!

Ikkisi kuldi. Ularning ko‘zida yovuzlik porlab turardi.

Kechki oqshom, saroy tinch🪻

Y/N xonasida o‘tirgan, kitob o‘qiyotgan edi. Xona tinch, atrofda faqat varaqlanayotgan sahifalarning shivir-shiviri eshitilardi.
Birdan eshik ohista ochildi. Bosh cho‘ri kirib keldi. Uning qo‘lida kichik chinni idishda issiq damlama bor edi. U stulga yaqinlashdi va idishni stol ustiga qo‘ydi.
— Malikam, salomatligingiz uchun maxsus damlama tayyorlab keldim. Iltimos, ichib oling. Bu sizga albatta yordam beradi, — dedi bosh cho‘ri muloyim ohangda.
Y/N boshini ko‘tarmay, kitobga tikilgancha javob berdi:
— Men yaxshiman, menga damlama kerak emas.
Cho‘ri bir qadam yaqinroq kelib, yana iltimos qildi:
— Lekin malikam, iltimos... bu sizga kuch beradi.
Y/N bir zum o‘yladi. So‘ng asta boshini ko‘tardi va yengil nafas oldi.
— Mayli... stolimda qoldiring, keyin ichaman, — dedi u xotirjam ohangda.
— Sovub qolmasidan ichib oling, malikam, — dedi bosh cho‘ri, keyin ta’zim qilib xonani tark etdi.
Xona yana jim bo‘ldi. Y/N kitobni yana o‘qiy boshladi. Damlama esa sokin turganicha iliqligini yo‘qotmasdan, bexatar ichimlikdek ko‘rinardi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi. Y/N sekin boshini ko‘tardi. Stol ustidagi damlama idishiga qaradi. So‘ng uni qo‘liga oldi. Uni lablariga yaqinlashtirdi...