Jasurbek Hasanov

Bilmaydimi? Tushuntira olmaydimi?
Bilish va amalda qo'llay olish. Bu biror sohada mutaxassisligi bor insonlarda uchraydi. O'z sohasida muvaffaqiyatga erishgan. Qilayotgan ishlari taqsinga sazovor. Lekin undan nimani hisobiga bunday deb so'rasangiz "bilmayman" yoki "uzundan uzun sog'lom turmush tarzi" haqida maruza o'qib beradi. (Sog'lom turmush tarziga qarshiligim yo'q)

Shunda bu inson o'zi ishlatgan narsalarni bilmasdan muvaffaqiyatga erishyaptimi? Yo'q, u biladi. Lekin nima aynan u uchun fishka ekanligini aniqlay olmaydi. Doimiy bir xil *process. Bunga misol qilib, hamkasblarni ko'rish mumkin. Har kuni bir xil vaqtda keladi, bir xil ishlarni bajarishadi. Birga tushlik qilishadi, o'yinlarni ham birga o'ynashadi. Deyarli kunning yarmini hamkasbi bilan o'tqazsa ham biri nimadirga erishgan, biri erishmagan.

Biroz boshqa tomonga o'tlab ketib qoldim. Tushuntirish va bilishga qaytamiz.

"Zo'r" biznesmen, o'zi qilgan ishni zo'r yetkazib bera olmasligi mumkin. Lekin qilmagan ishini odamlar miyyasiga quyib qo'yadigan mahorat sohiblari bor.

Hozir, nima haqida gaplashayotganimizni tushunmayotgan bo'lishinzgi mumkin. Aniqlashtirish uchun aytaman: "O'z qilayotgan ishini tushuntira olmasa, u o'z ishini bilmaydi degani emas. U faqat tushuntira olmaydi. A, o'z ishini esa qoyillatib qo'yadi. Boshqa biri esa suv ichgandek oson tushuntiradi-yu, amalda hech nima yo'q"

Sizning fikringiz qanday? O'z sohasini bilsa, uni tushuntira olishi shartmi? Tushuntira olmasa, "infolo'ttiboz" bo'ladimi?

Biznes dizayner qanday bo'ladi?
How to Start & Run a Design Business - Biznes dizayner qanday bo'ladi?
Quyidagi ma'lumotlar, dizaynerlar va mijozlar uchun mos tushadi.

Videosida, olgan ma'lumotlarim:

1. To'lov masalasi
— Mijoz bilan suhbatda, hissiyotlarga berilmaslik. Ish boshlashdan, avval, to'lovni 50% olish kerak. (to'lovni mijoz amalga oshirishni o'zi aqlan anglashi kerak). Ishning 3/4 (uchdan to'rt) qismi bitgandan so'ng, qolgan 25% to'lanadi. Oxirgi ya'ni final ishni yuborganda, yana 25% so'rashingiz mumkin.  Aniq muddatda to'lov qilish yoki foizlarga bo'lib to'lash kerak. Bu orqali siz, faqat 25%'ni tavakkalda qoldirasiz. Bu asosan, ko'plab dizaynerlarda yuzaga keladi.

2. Hamkorlik masalasi
— Hozir, men ikki hamkor haqida gapiryapman. Ularning hamkorliklari qachondir tugaydi. Va oxirida mojaro bo'lmasligi uchun avvaldan, ish qanday yopilishini qog'ozga tushurib olish zarur. Hech qanday ish abadiy emas. Sherigingizga qanchalik ishonmang, bu ahamiyatsiz.

3. Taklif berish
— Ijrochi Prodyuserlar EP haqida. Turli xil ijrochi prodyuserlar mavjud. Bir turi yangi biznes, biznesni rivojlantirish, sotish uchun ma'sul. Ular haqiqatan mijozlar bilan uchrashadi, potensial mijozlarni, potensialligini oshiradilar va kompaniya xizmatini sotadilar. Ular odatiy xodimlardek, Excel'da o'tirishmaydi. Bu boshqacha mentalitet. Bu odam juda ochiqko'ngil, e'tiborni jalb qila oladigan, jasoratli, ekstravert (odamlar bilan tez chiqishib keta oladigan) bo'ladi. Va bunday odam doim kompaniya uchun kerak.

Yana bir turdagi ijrochi prodyuserlar, sizning kompaniyangizni siz uchun boshqaradi. Ularni odatda, Head of Production deyiladi. Ular buyurtma beradi, qo'ng'iroq qiladi, narsalarni sozlaydi va ishni yopadi (tugatadi). Bu ham kerakli odamlardan hisoblanadi.

Sizda, shu ikki ishni bajara oladigan odam bo'lishi kompaniyaga ko'plab foydalarni olib keladi. Ikkisi bir birini kamchiliklarini yopib ketadi. Va katta bir kuchga aylanadi.

4. Sotuv va marketing
— Kuchli savdo va katta byudet bilan siz har qanday kompaniyani moliyalashtirishingiz mumkin. Uni o'zingiz istaganingizcha boshqarasiz ham, lekin savdolarsiz, pul oqimi kirmasa, qattiq depressiyaga tushib qolishingiz tayin. Bundan kelib chiqib, bu bo'lim ya'ni marketing va sotuv kompaniyani yuragi hisoblanadi. Buni yaxshi shakllantirgan bo'lishingiz kerak.

5. Pul ishlash va uni ishlatish
— Buni 2 xil usuli bor.
1-usul. Yuqori narxni taklif qilish va uni ishlab chiqarish va o'zingiz uchun foyda yaratish.
2-usul. Loyihani ishlab chiqarish uchun kamroq pul sarflashdir.

Ba'zi odamlar ko'proq daromad olishga yalpi daromad olishga e'tibor qaratadi va bu pulni qanday sarflash kerakligini o'ylab ko'rishmaydi. Agar siz million dollarlik ish topsangiz, lekin uni topish uchun 999 999 dollar pul sarf qilsangiz, bu 1 dollarlik ish.

Buni ko'rib biz, 1 mln dollarlik ish qildim deb o'ylaymiz. Aslida, esa uning narxi 1 dollarlik ish bo'ladi.

Aksincha, 100.000 dollarlik ish bajardingiz va uni topish uchun 50.000 dollar sarf qildindingiz. Bu holatda, sizning yalpi daromadingiz 50.000 dollarni tashklil etadi.

6. Muzokara olib borish
— Ba'zida mijozlar byudjetni hisobga olgan holda amalga oshirilish juda qiyin bo'lgan ishlarni talab qilishlari mumkin. Siz ularni oldindan hal qilishingiz kerak. Professionallardek harakat qilishimiz, biznesmenlardek ishga yondashib, bu haqida mijoz bilan yotig'i bilan suhbat qurishimiz kerak.

Mijoz qo'ngiroq qilganda, u haqda o'ylang. Telefonni ko'tarmoqchimisiz? Yoki yuzingizni burishtirib, bu qo'ng'iroqdan qochishga harakat qilyapsizmi? Va bu ko'p hollarda, byudjet bilan bog'liq bo'ladi.

Mijozni qo'ng'iroqlari, ishga bo'lgan fikri va munosabatlaridan o'zingizni yomon his qilasiz. Ko'zingiz yoqmaydi. Sababi siz u ish uchun juda kam haq olgansiz. Ammo, mijoz 1 mln dollar to'lasa, istalgan paytdagi qo'ng'iroq, ishga bo'lgan noto'g'ri fikrlar va injiq munosabatda bo'lishi mumkin. Chunki bularni hal qilish mumkin va bu qiyinchilikka arziydi.

Odatda, past maosh oladigan mijozlar kam haq to'lashga moyil va ular bilan kurashish qiyinroq kechadi. Bu esa juda qiyin va azobli.

7. Biznes dizayner
— Odatda, men mijozlarga ishonchni sotaman. Ya'ni mijoz bilan ishlash davomida, mijozning muammosiga mantiqiy yechimlarni birga izlaymiz. Va bu vaziyatda men ishonch va qadriyatlarni sotaman. Kafolat bu sug'urta emas.

Mening tajribam va qanchalik ishonishiga qarab, bu ishni qila oladimi yoki yo'qmi degan qarorni mijozni o'zi hal qiladi. Shunday qilib sizga hech qanday ish kerak emas, shunchaki ishonch va qadriyat bera oling.

Masalan, ishlaydigan kompaniyamdan ketsam ham, shu jumladan portfolioimni sotib yuborsam ham, boshqa bir ish topa olaman. Chunki, men mijozlarimga ishonch va qadriyatni bera olganman. Shunchaki ish emas.

Davomi bor...

Video:

Men mijozni yoqtirmayman. Men allaqachon ishga kirganman
Shunday bo'ladiki, sizning farqlaringiz darhol sezilmaydi va dastlab hamma narsa muammosiz ketadi. Ammo loyiha davom etar ekan, eshikni qattiq yopib chiqib ketish (va aloqani uzish istagi kuchayadi).

— Vaziyatni o'zingiz tomoningizdan yaxshilashga harakat qiling. Qayta-qayta, mahsulot uchun eng yaxshisi bo'lgan professional fikringizni bildiring.
— O'ylash uchun tanaffus qiling. Ba'zida mijoz o'z fikrlari haddan tashqari uzoqqa ketganini tushunadi va suhbatni butunlay boshqacha tarzda o'tkazishni boshlaydi.
— Hech qachon tajovuzkorona ohangda murojaat qilmang. Va agar tajovuzkorona ohang sizdan kelmasa, siz bilan bunday ohangda muloqot qilish mumkin emasligini aniq ayting.
— Vaqt imkon bersa, noldan boshlashni taklif qiling va vaqtni behuda sarflashdan xavotir olmang. To'lovdan yutmasangiz ham, yangi ko'z bilan siz o'z portfelingiz uchun ancha ajoyib loyihani amalga oshirasiz. Qisqacha ma'lumotni qayta muhokama qilish va qayta yozishni unutmang, yaxshiroq natijaga erishish uchun uni yetishmayotgan tafsilotlar bilan to'ldiring.

Ammo bularning barchasi ishlamasa va mijoz sizni umuman eshitmasa, vaziyatdan chiqishning ikkita yo'li bor:
— Rostini aytsam, u sizning mijozingiz emas va siz uning ijrochisi (dizayneri) emassiz. Va ajralish kerak. Ha, siz vaqtni, ehtimol pulni yo'qotdingiz, lekin asabingizni saqlab qoldingiz. Shunday loyihalar borki, ulardan ketish yaxshiroq - siz ko'proq g'alaba qozonasiz.
— Agar ketish imkoniyati bo'lmasa, xotirjamlik bilan, janjalsiz va sharaf bilan ishni tugatishga harakat qiling. Loyiha sizning g'ururingiz emasligini qabul qiling.

* So'nggi so'z o'rnida

Murakkab loyihalarga duch kelganingizda, eng muhimi, vaziyatni ehtiyotkorlik bilan baholash va sizga mos keladigan har qanday usulda hurmat bilan munosabatda bo'lishdir. Doimo esda tutingki, hatto eng yaxshi mutaxassis ham ba'zida vazifani kerakli tarzda bajarolmaydi va siz yo'lingizdagi qiyinchiliklarni yengib o'ta olmaysiz. Ulardan qo'rqmang. Biz robot emasmiz va ko'pincha mavjud vaziyatlarga ta'sir qila olmaymiz, lekin o'zimizni munosib tutishimiz mumkin. Ko'pincha sizga yoqmagan narsani rad etish, kuch bilan og'riqli ishdan ko'ra yaxshiroqdir. Ham obro', ham ruhiyat uchun yaxshiroq.

Hech kim sizga faqat yaxshi mijozlarni kafolatlay olmaydi. O'zingizga bo'lgan ishonchingizni so'ndirib, kuchingizni behuda sarflaydiganlar bilan uchrashasiz va bu vaziyatda o'zingizni qanday tutishingiz muhimroqdir. Shaxsiy bo'lmang, mayda-chuydalikka berilmang. Sizning ishingiz siz va o'zingiz o'rtangizdagi dialog ekanligini tushuning. O'zingizning ichki qadriyatlaringizni to'lovdan pastga qo'ymang. Va bu murakkab loyiha nima uchun shunday bo'lganini tahlil qilishni unutmang.

P.S. Maqola muallifi Hadiya Ulumbekova. Maqolaga men (Hasanov Jasurbek) tomonidan o'zgartirishlar kiritilgan.

Men mijozni yoqtirmayman!
Nega uni yoqtirmaysiz? Odamlar bilan har qanday munosabatlarda bo'lgani kabi, bu holatda ham qarshingizdagi odamni tushunishingiz kerak. Siz ko'pincha xushmuomalalik bilan o'zingiz yoqtirmaydigan narsalarni
muhokama qilishingiz va bu borada mijoz bilan murosaga kelishga harakat qilishingiz mumkin.

Masalan, sizga muloqot tarzi (gapirish ohangi yoki toni) yoki mijozning qo'ng'iroq qilish vaqti yoqmasligi mumkin. Ikkilanmang va muhokama qiling.
- Sheriklar bilan emas, mijoz bilan. Negaki, sheriklaringiz sizga shunchaki tasallidan boshqa narsa bermaydi. Mijoz bilan uni kelishib olish, asablarni uzoqroq asrashga yordam beradi

— Agar mijozingiz, dizaynni yaxshi tushunmasa yoki sohadan butkul uzoq bo'lsa, "chiroyli va to'g'ri" kabi so'zlarni noto'g'ri ishlatayotgan bo'lsa ham (bu juda sub'ektiv tushunchalar bo'lsa-da), siz bu yerda professional ekanligingizni unga ham o'zingiz ham anglab oling. Axir u sizga sifatli ish uchun kelgan.

Unga o'z fikringizni ehtiyotkorlik bilan va professional tarzda yetkazing, uning mahsulotiga nima mos kelishini misollar bilan ko'rsating. Rassom, dizayner yoki badiiy rahbarning vazifasi qisman mijozning "go'zallik" va "to'g'rilik" masalalarida malakalarini rivojlantirishdir.

Lekin hech qanday holatda kamsitmang! "Men san'atkorman, men buni shunday ko'raman" degan bahsga bormang. Siz va mijoz muammoni hal qilish uchun birlashasiz. Siz taklif qilayotgan narsa aniq ishlaydi va qisqacha ma'noga egami yoki bu sizning ambitsiyangizmi? (*Bu holat o'zimda tez - tez uchraydi ba'zida o'zimni to'xtata olmay, mijoz bilan uzundan uzoq bahslashaman. Ammo barchasida yutib chiqqanman. Bu unchalik muhim emas)

Menda bitta muhim qoida bor: men hech qachon *eshaklar bilan ishlamayman. Ko'pincha siz ularni darhol ko'rishingiz mumkin. Har birimiz qabul qilib bo'lmaydigan narsalar ro'yxatiga egamiz, uni e'tiborsiz qoldirmaslik zarur.

Masalan, men uchun bu kirish va salomlashishsiz birinchi so'z. Yoki ular menga "qizilni yashil o'rniga qilib bering. Yoki xuddi shunday narsani nusxalab bering" degan ultimatum sharhlari bilan hamkasblarimning ishlarini yuborishganda va men uning muammosini nusxa ko'chirmasdan qanday hal qilishni birgalikda o'ylashni taklif qilsam ham, ko'raman.

Men vaqtimni behuda sarflayman. Va, masalan, yakshanba kuni kechikib kelgan xatlar yoki xabarlar haqida xotirjamman - men uni ertalab yoki dushanba kuni o'qiyman. Sababi, men dam olyapman. Kechikish meni aybim emas. O'zimdan aybdorlik hissini olib tashlayman.

Agar siz dastlab o'zingizni noqulay his qilsangiz va ba'zi oddiy insoniy dialoglar yordam bermasa, men sizga rad etishingizni maslahat beraman. Oxir-oqibat, har qanday holatda, siz natijadan norozi bo'lasiz, vaqt va kuch sarflaysiz. Yoki bundan ham yomoni, qiziqarli va ajoyib loyihani o‘tkazib yuboring, chunki endi bunga vaqtingiz yo‘q.

P.S. Maqola muallifi Hadiya Ulumbekova. Maqolaga men (Hasanov Jasurbek) tomonidan o'zgartirishlar kiritilgan.