Xusan Sabitov

"Contrast-W": O'zbekiston va Rossiya futbolini taqqoslaganda...
Iqlim. O'zbekiston va Rossiya geografik jihatdan turli hudud va kengliklarda joylashgan. Sovuq va nam havo rus o'lkasining katta hududini egallaydi va bu Rossiyada 4-6 oy futbol o'ynash imkonini beradi, xolos. Ammo, so'nggi yillarda janubiy Rossiyada futbol ancha jonlandi: "Krasnodar", "Rostov", "Sochi" kabi jamoalar yilning 3 faslida futbol o'ynay olishadi. O'zbekistonda esa keskin-kontinental iqlim hukm suradi. Qish va yoz fasllarining ekvatorida futbol o'ynash birmuncha qiyin bo'lsa-da, ammo 9-10 oy bemalol sifatli futbol ko'rsatish mumkin. Ko'rinib turibdiki, bu borada tarozi pallasi O'zbekiston tomon og'irroq bosadi.

Transport. Rossiya hududi bo'yicha dunyodagi eng yirik davlat ekanligi mamlakat transport tizimiga yaxshigina yuklama bo'ladi. Ayniqsa Uzoq Sharq va G'arbiy Rossiya o'rtasidagi masofa - sarf-xarajatlarni keskin oshirib yuborishdan tashqari, sportchilarning adaptatsion holatiga ham ta'sir qiladi. O'zbekistonda bu boradagi vaziyat ancha yaxshi. Nukus - Andijon yo'nalishini (avtomobilda) maksimum bir yarim sutkada bosib o'tish mumkin.

Stadion. So'nggi yillarda PFL klublar oldiga stadion maysasi va yoritgich tizimini yaxshilash bo'yicha bir necha talablar qo'ymoqda. Hozircha stadionlarning chim masalasi ideal bo'lmasa-da, biroq "Navbahor", "Andijon", "AGMK" va "Qo'qon-1912" kabi jamoalardagi abgor ahvolni bartaraf etishga erishildi. Qolaversa, quyi divizionning "Turon" va "Zomin" kabi jamoalarida ham sifatli maysaga ega stadionlar foydalanishga topshirilgani - bu masalada o'zbek futbolining "plyus"iga xizmat qiladi. Ammo yoritish tizimlarida muammolar hali yetarlicha topiladi. Rossiya stadionlarida chim va yoritgich muammolarini deyarli uchratmaysiz. Ayniqsa, JCH-2018dan so'ng, bir necha klublar FIFA talabiga javob beruvchi, tayyor infratuzilmaga ega stadionlar va majmualarga ega bo'lishdi.

Stadionlarda muxlislar uchun yaratilgan qulaylik xususida gap ketganda, oxirgi 2 yilda PFL yaxshi tendensiyaga qo'l urmoqda. Oilaviy va ayollar sektorlari va o'yinlar kunning kechroq (salqinroq) vaqtiga belgilanishini ijobiy o'zgarish sifatida qabul qilish mumkin. Rossiyadagi stadionlarda muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ortiqcha gapirishning hojati yo'q chamamda.

Akademiyalar. Ikkala mamlakatda ham iqtidorlar yetarlicha topiladi. Biroq ularni saralab olish va katta futbolga olib kirishda muhim rol o'ynovchi akademiyalar barmoq bilan sanagulik darajada. Garchi rus o'lkasida bir nechta futbol maktablari faoliyat yuritayotgan bo'lsa ham, ulardagi metodologiya va infratuzilma sobiq tuzumdan qolgan, zamonaviy futbol qarashlariga mos tushmaydigan holatda. O'zbekistonda esa 14 ta klub qatnashadigan Oliy divizionning atiga 3 ta jamoasida akademiya bor. Bu juda kam ko'rsatkich.

Xususiylashuv. O'zbekistonda birgina "Paxtakor" xususiy jamoa hisoblanadi. U ham so'nggi 3 yildagi islohotlar samarasi o'laroq yuzaga kelgan holat. Rossiyada esa bunday jamoalar soni to'rtta: "Sochi", "SSKA", "Krasnodar" va "Spartak". Ammo bu davlat mustalligiga salkam 30 yil to'lgan mamlakatlar uchun "uyatli holat". Balki, 2030-yilga kelib barcha klublarimiz to'laqonli xususiy jamoalarga aylanishganda, bu parametr bo'yicha Rossiya bilan bemalol hisoblasharmiz :)

Transfer (chiqim). Superligamizda o'ynayotgan legionerlar soni 47 tani tashkil etadi. Bu umumiy futbolchilarning 13.8%i ekan (Transfermarkt). Rossiyada esa 139 ta legioner (32.1%). Demak bundan ko'rinib turibdiki, transferdagi chiqimlar Rossiyada biznikidan son jihatidan ham kattaroq. Miqdorni taqqoslaydigan bo'lsak, "Zenit"dagi legionerlarning o'ziyoq butun boshli Superligamizni "yeb tashlaydi".

Umuman, O'zbekistonda legionerlar uchun sarf etilayotgan pullar Osiyo miqyosida ham juda past ko'rsatkichni tashkil etadi.

Transfer (kirim). Superligamizdan chiqqan legionerlar soni yil sayin ortib bormoqda. Bu borada Osiyo "giganti" hisoblanmish Eronni ham ortda qoldirdik. Demak, transfer bozorida yaxshi kirimga egamiz. Rossiyadagi holat esa bunday emas. RPLda porlagan rossiyalik futbolchining chetga ketishi birmuncha qiyin jarayon. Chunki, rus jamoasi uni osonlikcha qo'yib yuborishni istamaydi va ko'pincha katta maosh va bonuslar evaziga rossiyalikni o'z tarkibida olib qolishni uddasidan chiqadi (Dzagoyev, Shatov, Akinfeyev, Miranchuk va hk).

OAV va media. Ushbu parametr bo'yicha O'zbekistonda yaxshi siljishlar kuzatilmoqda. So'nggi bir oy ichida PFLning o'zi ham media ishlari sifatini oshirdi. Pandemiya sharoitida ham OAV uchun cheklovlar joriy etilmadi. Rossiyadagi axborot tezligi va sifati ham normal darajada rivojlanib bormoqda.

TV translyatsiya. Barqarorlik va doimiylik borasida O'zbekiston so'nggi 2 yilda oldinga qadam tashlay oldi. Biroq sifat masalasida hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko'p. Translyatsiyada raqobat va bozor tamoyillari shakllantirilsa, ishonamanki, futbolimiz yaxshi reputatsiyaga ega bo'ladi. "Match TV" va uning analog kanallari Rossiyadagi sport teletranslyatsiyalarini yangi bosqichga olib chiqa oldi. Bu borada JCH-2018 yaxshi tajriba va maktab vazifasini o'taganligini tan olish o'rinli. Hozirda Rossiyada onlayn-TV'lar ham ancha jonlanib qolishgan.

Homiylar. PFL Superliga uchun titul homiy topdi, ammo bu 3 yil avval ro'y bergan voqelik sifatida tarixda qolishi, bundan keyin ham yangi homiylar ustida bosh qotirishi kerak. Tashkilotning o'zi homiylar topish va ular bilan hamkorlik qilish bo'yicha klublarga namuna bo'lishi zarur. Rossiyada bunday ishlar yaxshi "rels"ga qo'yilgan. Balki, mamlakatimizda bukmekerlik kontoralari rasman ish boshlagach bu masalada ham yaxshi yechimlar topilar.

Merchendayzing. PFL bu yo'nalishda hech nima qilmadi. Superliganing alohida shiori (slogan) yoki timsoli yo'q. Ommaviy futbolni targ'ibot qilishda va keyinchalik merchendayzing (sport ekipirovkalari va atributkalarining sotuvi)ni rivojlantirishda bu narsalar juda muhim rol o'ynaydi. Rus klublarida bu yo'nalish yaxshi sur'atlarda rivojlanib bormoqda. O'rnak olsa, arizgulik jihatlar ko'p.

Vitaminizatsiya. Mamlakatimizda "Paxtakor"dan boshqa biror klubning vitaminizatsiya bilan shug'ullanayotganini hali eshitmadim. Buning uchun, qolgan jamoalarda ortiqcha mablag' ham topilmasa kerak. Birgina Eldor Shomurodov misolida ko'radigan bo'lsak, futbolchi "Bunyodkor"da qanday gavdaga edi-yu, "Rostov"da qanchalik mukammallashdi. Jismonan baquvvat bo'lish va barqaror sport formaga ega bo'lishda vitaminizatsiyaning o'rni juda katta.

Umumiy xulosa o'rnida aytish mumkinki, Rossiyada futbol uchun milliardlar sarflanmoqda. Shu bois, RPLdagi legionerlarning nomlari jarangdor, stadionlar yorug', maysalar bir tekis, o'yinlar esa (bizdagiga) nisbatan shiddatliroq kechmoqda, buning ortidan stadionlar to'lmoqda, homiylar reklama uchun "yugurmoqda". Ammo... ammo unutmaslik kerakki, u yerdagi infratuzilmaning katta qismi davlat yelkasida "tog'". Xususiylashtirish masalalari hozircha rus hukumati uchun dolzarb emas. Qolaversa, futbol akademiyalari ham avvalgidek samara berayotgani yo'q.

O'zbekistonda esa asta-sekin xususiylashtirish va har bir klubning poydevori (akademiyasi) bo'lish kabi muhim ishlar amalga oshirilishni boshladi. Umid qilamizki, yaqin kelajakda barcha ko'rsatkichlar bo'yicha bizni eng ko'p solishtirishadigan o'sha Rossiyadan o'zib ketamiz.

#contrastw #futbol

@SABITOV_UZ