Komiljon Aslonov

Imom Buxoriy hayot yo‘li haqida eng ishonchli o‘zbek tilidagi asar
Foto: Komiljon Aslonov

O'zbeklar musulmon o'lkalariga borganda, falon yurtdan yoki shahardan keldim, desa ular bilmasligi mumkin. Ammo Imom Buxoriy yurtidanman desa, ko'zlari porlab, yuzlariga tabassum paydo bo'lib, yaqin insonini ko'rgandek, quvonib ketishadi.  Sababi Imom Buxoriyni islom dini uchun, payg'ambarimiz hadislarini yoyish uchun qilgan xizmati juda katta.

Achinarlisi, o'sha o'zga yurtlardagi musulmon birodarlarimiz Imom Buxoriyni bilsayu, biz o'z vatandoshimiz haqida, uning qilgan ishlari haqida bilmasak, uyat bo'lar.  Shu boisdan ham Imom Buxoriy hayoti, ilm yo'lidagi zahmatlari haqida bilish biz uchun burchdir.

Ahmad Muhammad Tursun qalamigga mansub "Sohilsiz dengiz" kitobi esa ana shu ehtiyojimizni qondiruvchi eng yaxshi qo'llanmadir. Sababi bu kitob eng ishonchli manbalar asosida, to'qima bo'yoqlarsiz yozilgan asar hisoblanadi. 254-sahifali kitobni yozishda muallif 16ta muhim manbadan foydalangani kiritilgan.

VOQEALAR

Kitobdagi voqealar Imom Buxoriyning otasi Ismoilning uylanish arafasidagi voqealardan boshlanib, Imom Buxoriyning so'nngi kunlarigacha bo'lgan jarayonlarni qamrab oladi.

825 yil Al Buxoriy o‘z onasi va akasi Ahmad bilan birga haj safarini amalga oshirish uchun Makka va Madinaga yo‘l olishadi. Ziyoratni amalga oshirgach, onasi va akasi Buxoroga qaytib kelishadi, u esa turli musulmon davlatlari bo‘ylab sayohat qilib, o‘z davrining taniqli ustozlaridan ta’lim olgan.

RAQAMLAR SO‘ZLAGANDA

Imom Buxoriy:

Hayotining 42 yilini izlarishlar bilan o‘tkazadi.

“Al-jome’ as-Sahih” kitobiga 1080 ta muhaddisdan hadis kiritgan.

"Al-jome’ as-sahih"dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi.

600 mingga yaqin hadis to‘plagan.

100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadisni yoddan bilgan.

20 dan ortiq kitob tasnif etgan.

HAYOT YO‘LI

Imom Buxoriyning hayot yo'lini bir nechta bosqichga bo'lish mumkin.

Buxoriyning qobiliyati, ilm yo‘lidagi zahmati,  umrini hadis yig‘ish mashaqqatiga sarflashi, bir dona hadis uchun minglab chaqirib masofa bosib borishi.... bir olam

Kundan kunda hadis ilmidagi nomi yoyilib, musulmon o‘lkalariga tarqalgach, Buxoriyni yo‘q qilish uchun o‘sha davrdagi hasadchi ulamolar, hukmdorlar, fitnachilar kurashi, hadislarni o‘zgartirib, imtihon qilib Buxoriyni obro‘ysizlantirolmagach boshqa usulda unga qarshi kurashlar uyushtirilishi, o‘z yurtidan chiqib ketishiga majbur bo‘lishi, hatto Buxoriyni yolg‘onchiga chiqarib, boshqa yurtlarga ham xat yubortirgan va kiritmaslikni aytgan hukmdorlarning hasadlari... bir olam

Shuncha sinovlarga qaramay barchasini Allohdan deb bilgan, umrini hadis ilmi uchun sarf etgan Buxoriyni butun olam islom ulamolari tan olishi, ko‘rishga intilishi, qaysi yurtga borsa undan hadis eshitishga oshiqadigan odamlarning to‘lib toshishi, bugungacha uning hadis ilmining sultoni deb bilishiyu, uni yo'q qilmoqchi bo'lganlarning o'zlariyu, nomlarini tarix sahifalaridan yo'q bo'lib ketishi... bular bir olam.

FITNA YO'LIDAGI ISHLARDAN AYRIM MISOLLAR

Hamma davrda bo'lgani kabi Buxoriy davrida ham ilm ahliga, olimlarga qarshi fitnalar, ularni yo'q qilish maqsadida kurashlar bor edi. Bu voqealarni o'qir ekansiz, qalbingiz titrab ketadi, ko'zingizdan yosh keladi.

Ana shu voqealardan biri Buxoriy yurtidagi fitnalardan charchab, do'stlari, hadis ilmidagi ustozlari yashaydigan Naysobur shahrida borganda ham bo'ladi. U yerdagi fitnachilar Imom Buxoriy va uning ustozi Muhammad ibn Yahyo Zuhliy (Imom Zuhliy) o'rtasiga sovuq tushirishga erishadi.  Buxoriy Qur'onni maxluq deb atadi, degan yo'lg'on xabar bilan ustoz va shogirdni bir-biriga dushmand qilib qo'yadi. Buxoriy bilan birga Imom Zuhliydan tahsil olgan Imom Muslim ham ustozi bilan kelisha olmay qoladi. Imom Zuhliy Imom Muslimga "agar Buxoriyga ergashsang, meni huzurimga boshqa kelma" degan shartni qo'yadi. Bu gaplardan keyin Imom Muslim Imom Zuhliydan yozib olgan barcha hadislarini to'plab Zuhliyni huzuriga keltirib tashlaydi va umrining so'nngiga qadar hadis to'plab,  kitobiga birorta ham Imom Zuhliydan rivoyat qilingan hadisni kiritmaydi. Bu Imom Muslimning Imom Buxoriyga hurmati va ishonchi edi.

Imom Zuhliy esa bu bilan tinchimaydi. Islom keng yoyilayotgan barcha yurtlarga , jumladan Buxoro amiriga ham "Imom Buxoriy Qur'oni maxluq dedi, undan hadis eshitmanglar" mazmunida maktub yo'llab, xalqni buyuk olimga nisbatan nafratini uyg'otishga harakat qiladi.

Yana bir misol

Imom Buxoriy ilmi, qobiliyati kuchli ekanligini, hadislarni yod olib odamlarga yetkazib berishni, iqtidorini ko'rolmaydiganlar orasida hatto xalifa Ma'mun ham bor edi. Abbosiylardan bo'lgan, xalqni adolat bilan boshqargan Xorun ar-Rashidning o'g'li bo'lgan Ma'mun otasidek emas, balki fitna yo'lini tanlaydi. U ham Buxoriyni obro'sizlantirish yo'lida kurash olib boradi.

Bundan tashqari

Buxoriyni ko'rolmas hasadchilar ko'p edi. Masalan, otasining mansabidan foydalanib, Buxoro qozisi bo'lgan Mazhariddin ibn Javhariddin. Aslida u Buxoriy bilan birga Muhammad ibn Yahyo Zuhliydan tahsil olgan. Ammo Buxoriy ilm va iqtidorda undan o'zib ketgach, Mazhariddin boshqa yo'ldan, ya'ni mansab pillapoyasini egallash yo'lidan boradi. U Buxoriyni yomon ko'rib qoladi, hasad qiladi. Musofirlikdan ona yurtiga qaytgan Buxoriyni o'sha paytdagi Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadga yomonlab, " Buxoriy xalqni o'ziga og'dirib oldi, chora ko'rmasangiz xalq sizdan yuz o'giradi" deya fitna qiladi.

Kitobda shuningdek, Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofiiy kabi olim va ilm ahli boshiga tushgan sinovlar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

KITOBDAN IQTIBOSLAR:

Allohning dinida xolis turgan olim hayotda to‘rt narsaning mashaqqatini albatta tortadi: dushmanlari uni ko‘rolmaydi, do‘stlari masxara qiladi, johillar g‘iybat qiladi, ulamolar hasad qiladi. Bularga sabr qilgan olimga Alloh taolo buning badali uchun to‘rt ne’matni: izzul qanoat, lazzatul ilm, haybatul yaqiyn va hayotul abadni (qanoat azizligi, ilm lazzati va abadiy hayotni) in’om etadi. Hasadidan, alamidan o‘zini qo‘ygani joy topa olmayotgan bu ko‘rolmaslar nahot shu - haqiqatni tushuna olishmasa?!

– Ha, inson zoti borki, Alloh uni har kuni, har qadamda bir imtihonga soladi. Ayniqsa mo‘minlik da’vosini qilguday bo‘lsak, Yaratganning sinoviga hamisha tayyor turishimiz zarur. Boshiga musibat kelmagan, ofat bilan balolanmagan mo‘min o‘z hayo tidan qo‘rqishi lozim. O‘tgan salaflarimizning hayotlari ham yaxmalak kabi silliqqina, toshbaqaniki kabi xotirjamgina o‘tmagan.

Ushbu kitob kitob javoningizda albatta turishi lozim bo'lgan kitoblardan biridir. Avvalo o'zingiz o'qing, vaqti kelib farzandlaringiz ham o'qib, ulug' vatandoshimiz siyratini yaxshiroq tanib olishga muvaffaq bo'ladi.

© Komiljon Aslonov - kanalini kuzatib boring.

МЕРСИДЕС ҚОДИР
Foto: facebook/muazzam_ibrohim

Мелид, Мелитена, Малатя...

Олти минг йилдан бери яшнаб келаётган Онадўлининг шарқидаги улуғ шаҳар. Не-не тарихий воқеаларга гувоҳ бўлган, турк, курд, армани каби турли миллатлар ва элатлар истиқомат қиладиган азим юрт. Ахолиси 400000 мингдан ошмайди. Унинг бағри тугамас мис конларига бой, мисга тўйинган Фрот дарёсининг сувларига қонган ўрикзорлари эса дунёга машхур...

Аммо бу ҳикоям Малатя хақида эмас. Малатянинг тимсолларидан бирига айланган Мерсидес Қодир хақида.

...Ўшанда Малатяга Халқаро анжуман сабаб таклиф этилган қирқ беш нафар журналистлар сафида эдим. Анжуман аъло даражада ташкил этилган, шаҳардан олган таъсуротларим ҳам бир дунё. Яна уч кундан сўнг тугайди. Бугун шаҳар баладия бошқони журналистлар шарафига ташкил этган зиёфатга таклиф этилган эдик. Хов анави мухташам ресторанда бизни кутишяпти. Биз эса иккинчи автобусдаги шерикларимизни кутиб, атрофни кўздан кечираётган эдик.

Шу вақт манаман деган қимматбахо машиналар қаторида турган галати ўйинчоққа кўзимиз тушиб ҳаммамиз кулиб юбордик.

Ёгоч отни эслатиб юборувчи ўйинчоқ. Фақат анча катта, яъни узунроқ эди. Тахминан беш метрлар чамасидаги арчилган, йўгонлиги бақувват одамнинг билагидай келадиган терак ва унга қоқилган тахтакачдаги "Mersides" ёзуви ҳар қандай одамни кулдириши табиий эди.

Унинг рули, яхшилаб ўрнатилган ҳаво хайдагичнинг парраги ва "Мерс" нинг орқа капотида хақиқий рақами ҳам бор эди. Уни завқланиб томоша қилиб суратга ола бошладик. Қойил. Шумтака болаларнинг иҳтироси бўлса керак. Ҳаёлимизга фақат шу фикр келди. Ахир биз ҳам болалигимизда шунақа ғаройиб ўйинчоқлар ясамаганмизми? Айниқса укам бунақа мошиналарни ҳилма -хилини кўз юмиб ясаб ташларди. Кейин бутун маҳалла болалари талашиб -тортишиб, мириқиб ўйнар эдик. Ўша мошиналардаги "катайса"ларни кўз одимга келтириб ширин энтикдим. Ха, болалик ҳам кўз очиб юмгунча ўтиб кетар экан...

Атрофга алангладик, кичкинтойлар кўринмасди. "Мерсидес"нинг эгаси билан расмга олсам зўр бўлардида, "Гунча" журналига тақдим қилардим. Олмониядан ташриф буюрган дўстимиз ҳам худди шундай ниятда эканини айтиб фотоапаратини созлади:

-Биз ҳам болаликда ясар эдик- кулди у.

Яна ўн беш дақиқача вақтимиз бор эди. Иккинчи автобусдагилар етиб келгунга қадар Малатиялик ихтирочи болажонлар билан фоторепортаж қилишга ҳам улгурамиз.

Болалар кўринай дейишмас, қарасак теваракка кўз тикиб турган бошқа журналистлар ҳам шу дардда экан. " Барибир Мерсидес"нинг хурмати борда " деб, олмон дўстимизга хазил қилаётсак олдимизга порум костюм шимлари ўзига жуда ярашган, ўттиз -ўттиз уч ёшлар чамасидаги ўрта бўй, тўлачадан келган, сочлари жингалак, кўринишидан сал галатироқ одам югуриб келиб илжайди, сўнг гўлдираб салом берди.

-Мераба. Хош галдиниз. Буюрун!

Шу автотураргохнинг қаровчиси бўлса керак. Туркияда аксарият хизматчилар шунақа расмий кийиниб юришарди.

-Хайрли акшамлар.... Исмим Кадир. Буюрун!

Биз у билан чиройли саломлашиб, кимлигимизни тушунтирган бўлдик. " Мерсидес"ни обдон мақтадик ва ахийри уни жажжи эгаси ёки эгаларини кутаётганимизни билдирдик.

"Мерс"ни мақтаганимиз сари Қодир янаям илжайиб, сарёгдай эриб, тинмай раҳмат айтарди. Фақат унинг эгалари қаерда?" деган саволдан кейиноқ қаддини гоз тутиб, дона-дона жавоб қайтарди.

-"Мерс" меники! Қаерга борасизлар?

Гурра кулиб бордик. Ичимизда энг хазилкашимиз, туркчада ҳам чиройли гапирадиган Озарбайжонлик Меҳмет жавоб қайтарди:

- Бу "Мерс"да дунёни нариги бурчагига кетишга ҳам розимиз. Фақат ҳаммамиз сиғамизми?

Қодирнинг севинчи ичига сиғмай, сакрай бошлади:

- Уч -тўрт рейс қилсак бўлади!

Биз анграйиб қолган эдик. Шундай бўлсада қаршимиздаги одам, ўзимиз каби хазлкаш бўлса керак деган ўйда уни ҳам суратга олдик.

- Ха, газетачимисизлар? Олаверинглар, суратим текин. Фақат йўлкира оламан холос. Эски Малатя, Янгиси, Арслонтепа....э Отиёмонгача кетаверамиз. Яначи...

Озарий йигит соатига бир қарагач, жиддийлашиб тинмай бидирлаётган Қодирни аранг тўхтатди:

- Эх...Майли, хазлсиз, огайни. Вақтимиз камроқ эди. Эгаси қани бу тойчоқни? Кичкинтойлар қани?

Қодир ҳаммамизга бир-бир қараб, кўзлари катта-катта очилди, сўнг беғубор илжайиб, кўкиш галстугини тўгирлаб, жавоб қайтарди :

- Бехазил. Эгаси мен. Лекин ҳаммаларинг баравар сиғмайсизлар. Бешта-бешта бемалол кетасизлар. Фақат дунёнинг нариги чети дема оғайни. Бўладиган гапни гапир! Қаерга овориш керак ўзи?

-Нега жим бўлиб қолдиларинг мусофирлар? Гапиринг! Буюринг!Малатямизнинг меҳмонларига чегирмали, арзон хизмат қиламан.

Шифокорманку, нега уни харакатларига жиддий эътибор бермадим? Ахир бу одамни эси жойида эмаску! Бироқ уст -боши биноидек, хатто кўйлагини ёқалари оппоқ, дазмолланган. Кап-катта одам жинни бўлиши мумкинми?

Ўқиб юрганимизда " Психиатрия" деган алохида дарс бўлар, у Шимолий вокзал орқасидаги махсус касалхонада ўтиларди. Бешинчи рақамли трамвайнинг сўнги бекатида жойлашгану учун аксари Тошкентликлар қўпол хазил қилишарди. Сал бачкаланалашган одамга "Ха, томинг кетдими? 5-трамвайга ўткизворайликми?" деса каттаю-кичик гап қайси муассаса хақида кетаётганини дарров илғарди. Хуллас ўша жиннихонада касалларни ҳилини кўрганман, кейин ҳам ҳаётим давомида улар хақида бир қанча ҳикоялар ёздим. Уларнинг кўпчилиги кийимига эътиборсиз, кир-чир, соч-соқол, тирноқлари ўсиб бир алфозда юришади. Ўзим яхши таниган "Кўнгил", " Индамаслар ортидан" каби ҳикояларим қаҳрамонларигина бошқача. Ха...топдим. ҳамқишлогим, аждодлари эшон ўтган рахматли Раҳмон отага ўхшар эканда. Балки бу бечора ҳам бирор бир сабаб билан шу ахволга тушгандир. Хотираларга берилдим...

- Мерсидесим хизматга шай. Қани, бештангиз келинг! -деган қатъий буйруқ янграгачгина ўзимга келдим.

-Олд эшикдан чиқасиз, чиптани ўзим сотаман.

Бошқаларнинг ҳам калласи ишлаб, аллақачон шивирлаша бошлаганди: "Бечора, ақли заиф эканда", "Рухий хаста"

Жиннику!

"Хозир "Мерс" ига ўтирмасак шу ёгочни олиб қувламаса бўлгани", "бошимизга тушириб қолсая..."

"Қочамизми?"

Аммо у хотиржам, шивир-шивирдан бехабар руль олидаги парракни айлантириб яна гўлдиради:

-Мана, ҳаво совутгични ҳам ёқдим. Муздаккина кетасизлар. Нима қаққайиб турибсизлар? Ишонмаяпсизми? Мана, хайдовчилик гувоҳномам бор. Саломатлигим ҳам жойида. Сал кам йигирма йиллик ҳайдовчиман биродарлар, қўрқманг. Машинам ҳам техник кўрикдан ўтган. Мана!

У " машинасидан тушиб" югуриб келиб қўлидаги бир даста гувоҳнома ва хужжатларни мени қўлимга тутди:

- Мана опа, сен ҳам бир қара! Ҳамма хужжатларим жойида. Турк тилини биласанми? Хорижий сайёҳларни олиб юришга лицензиям ҳам бор, мана!

Мен қўлимдаги бир дунё хужжатларни бир-бир кўздан кечириб, хайратланиб, уларни бошқаларга узата бошладим. Улар ҳам хайратдан анқайиб қолгандилар. Чунки хужжатларнинг барчаси хақиқийдан фарқ қилмас, уларнинг ҳаммасида Қодирнинг сурати, расмий идораларнинг муҳри бор эди.

- Бир фикрга келасизларми, йўқми? Ичингизда Малатиялик йўқ шекилли, бўлмаса мени дарров танирди.

Дархақиқат, бизни олиб келган автобусда ҳаммасиз узоқ- яқиндан келган хорижий журналистлар эдик. Аксига олиб хайдовчи ҳам қаергадир кетган экан.

- Майли...Меҳмон экансизлар хафа бўлмадим. Лекин анча ишдан қолиб кетдимда..

Қирқ бештамиз иржайиб-тиржайиб узр сўрагандай бўлдик:

- Узр огайни, сени ҳам безовта қилиб қўйибмиз.

- Дилингни огритмоқчи эмасдик...

- "Мерс"инга эртага албатта минамиз.

-Аслида биз хозиргина автобусдан тушдик. Анави ресторанда зиёфатимиз бор. Истасанг, юр, меҳмон қиламиз.

У ёгоч машинасини жойидан қўзгаб унга минар экан, қўлини кўксига қўйиб илжайди:

- Рахмат дўстларим. Мен чақирилмаган жойга бормайман. Зиёфатингиз яхши ўтсин! Мана ташриф қогозим. Керак бўлса чақирарсизлар.

У бизга тўрт-бешта, хақиқий ташриф қогозини узатиб қўл силтаб, машинасини ўт олдирди:

- Динг, динг, динг....вагггг ( керакли харф ўрнига г ёзилиб кетгани учун, узр) .

У кўзга кўринмай узоқлашиб кетгунга қадар орқасидан тикилиб қолдик. Менимча ҳамманинг ҳаёлимиз унинг хужжатларида, кўзимиз эса катта -катта харфлар билан "Қодир Мерсидес '" деб ёзилган ташриф қогозида эди.

Иккинчи автобусдаги шерикларимиз ҳам етиб келгач ресторанга йўналдик.

Ичкари жудаям шохона экан. Дастурхон меҳмондўст қардошларимизнинг энг мазали таомлари, сархил ноз-неъматлари билан тўла. Журналистларни таклиф қилган қилган баладия бошқони соат 19.00 да келар экан. Демак, ўн дақиқача вақт бор, уйга қўнгироқ қилсам бўлади. Худди шу пайт ҳаёлимдагиларни ўқигандай болаларимнинг ўзи сим қоқиб қолишди. Ичкари шовқинроқ бўлгани учун дўстларимдан узр сўраб ташқарига йўналдим. Болаларим билан яйраб гаплашиб бўлгач энди қайтмоқчи бўлиб тургандим сал нарироқда "машина"сида кира қилаётган Қодирга яна кўзим тушди. У бу сафар бўш эмас, кимнидир мингаштириб олганди. Қизиқиб телефонимни камерасини очдим. Иккаласини катталаштириб видеога олаяпману , куламан. Тавба, "Мерс" га мингашган иккинчи жинни ҳам костюм-шимдами?

Ха, худди Қодирдай порум кийинган. Қодир "ваааанг-ваааанг" деб хайдаган сари у ҳам завқланиб куларди. Астагфуриллох, сочлари пахтадай оппоқ, олтмиш ёшлар чамасида, туппа-тузук одамга ўхшайди. Лекин харакатлари, Қодирга билдираётган тавозелари соғлом инсонники эмас.

Ие, "Мерсидес"ни атрофида яна беш-олтида худди шунақа жиннилар хурсанд бўлиб келишяпти. Бунақа манзарага илк бор гувоҳ бўлишим эди.

"Мерсидес" ресторанга яқинлашгандагига телефонни ўчиришга мажбур бўлдим. Аммо катта гул панасида турганча охири нима бўлишига қизиқиб кузатувни давом эттирдим. Йўловчи Қодирнинг мошинасидан тушиб, хайдовчини елкасига қоқди.. Сўнг унга пул узатди. Қодир қайтим бергач, унга астойдил рахмат айтиб, биноидек дуо ҳам қилди. Уст-бошини тўгирлаб, оппоқ сочларига бироз тартиб бераётган чогғдагина кулганча ичкарига йўналдим.

Шерикларимга ташқарида яна Қодирни кўрганим, уни худди ўзига ўхшаган дўстлари ҳам борлигини айтиб мақтанган бўлдим.

-Кўрмадингизда... худди ўзига ўхшашар экан. Биттаси ёгочга миниб, тўрттаси кузатиб ҳам келди...

Бир оздан сўнг Малатя шаҳрининг баладия бошқони ташриф буюргани айтишди. Ўрнимиздан туриб қаршиласак керак деб ўйлаган эдим. Кимса бундай такаллуфга мажбур этмади. Қойил қолдим. Агар бу зиёфатни Тошкент шаҳар хокими ташкил қилганида борми, қўлимизни кўксимизга қўйиб, эгилиб-букилиб кутиб олган бўлармидик.

Асосий таомлар тортилгач, туркий халқларнинг куй-қўшиқлари янграб, рақслар бошланиб кетди. Бир вақт давра марказидаги шохсупага шаҳар баладия бошқонини таклиф этишди. Ҳамманинг диққати жам бўлди.

Ўрта бўй чаққонгина одам зиналардан илдам кўтарилиб минбарга чиқиб йигилганларга юзланди.

- Сайгили мисафирларимиз, Турк дунясининг деярли илетишимчилери. Гузель Малатиямизге хош галдиниз! (Қадрли меҳмонларимиз, Турк дунёсининг хурматли журналистлари!

Гўзал Малатямизга хуш келибсиз!)

Қарсаклар янгради. Фақат мен бақрайиб, қарсакка шайланган қўлларимни қимирлата олмай қотиб қолгандим.

Чунки минбарда журналистларни олқишлаётган шахар баладия бошқони- Қодирнинг " Мерсидес"ида келган оқсоч одам эди.Ха, худди ўзи.. Гап- сўзлари жойидаку! Малатяликларнинг гулдирос олқишларидан унинг хурмати ва халқ ичидаги обрўсидан дарак эди. Ёнида турган иккита амалдорни ҳам танидим. "Мерс" атрофида югуриб келганлардан. Нахотки Малатя амалдорлари шунақа хокисор бўлса! Аммо, бояги қилиқларини кўрган одамлар нима дейди?

Кулишмайдими?

Эртаси куниёқ шу ерлик маҳаллий журналист, дугонам Севдога ўзимни қизиқтирган саволлар билан мурожаат қилдим. У кеча кўрганларим хақида жилмайганча тинглаб, сокин жавоб қайтарди:

- Эх дўстим. Баладия бошқонимиз жуда яхши инсон. У Қодирнинг машинасига чиқишдан асло уялмайди. Нафақат у балки биз ҳаммамиз- жаъми Малатияликлар "Қодир Мерсидес" номли фильм ўйинчиларимиз. (актерлар) Мана бир неча йиллардан буён унинг сценарийси асосида роль ўйнаймиз.

-Нахотки? Унинг ақли заифку!

Гапиришга гапирдиму тилимни тишладим. Дўстим ҳам мендан ранжиганини яширмай, давом этди:

- Сен шифокорсанку!

Айбдорона бош ирғадим.

- Биласан,-давом этди у,- ақли заиф инсонларга ёмон муомалада бўлсанг руҳий холатлари баттар огирлашади. Аллохнинг ҳам қахри келиши мумкин... Қодирни ҳаммамиз яхши кўрамиз. У бизнинг дунёмизда яшолмаслигини билиб, биз унинг дунёсига кўчиб ўтганмиз. Унинг "Мерс" ига нафақат Баладия бошқони, мухтарам Воълемиз (вилоят ҳокими) ҳам ўтирган. Прокурор, қози, тадбиркор, шифокор, ўқитувчи...хуллас ҳаммамиз уни автобусида сайр қилганмиз.

- Ёгоч автобусдами?

Дугонам кулиб юборди.

- " Мерс" одам сонига қараб ўзгаради. Битта йўловчи бўлса такси, кўпроқ бўлса автобусда!

Иккаламиз ҳам кулиб юбордик.

- Кулма!

Шеригим ўзини босиб, жиддийлашиб давом этди:

-Қўлидаги барча хужжатларни давлат идоралари хақиқийга ўхшатиб қилиб беришган. Қодир ҳамма жойда азиз меҳмон. Ошхона, қаҳвахона соҳиблари ҳам роса хурмат қилишади. Чунки у кирган гўшага барака киради. Лекин у бепул овқатланмайди, чақирилмаган жойларгаку умуман кирмайди. Тиланмайди. Кир-чир юрмайди. Фақат ишламаган куни кастюм -шимини ечиб оддийроқ кийинволади. Малатяликлар унинг уст-бошига қараб ишда, ёки дам олишда эканини англашади. Шунга қараб, муомала қилишади. Ишламаган куни " Мерс"и автопаркда туради...

Уни машиналарга техник хизмат кўрсатиш шаҳобчаларидаги усталар ҳам яхши кўришади. Бир куни дадам қараса у " Автобусим халокатга учраб ойналари синди. Матор пачоқ" деб йиглаб кетаётган экан. "Мерс"ни Малатядаги энг машхур устани олдига олиб боришибди. Уста ҳам ролга кириб ўзича "Мерс"га янги ойналар қўйиб, тормоз ва моторини ҳам "алмаштириб" берибди. Ўшандан бери Қодир хурсанд, дадамни ҳар кўрганида дуо қилар экан. Автобуси ҳам қилт этмай юрармиш. Ёқилги қуйиш шаҳобчасига ҳам кунда икки маҳал боради. Уни хайдашмайди, аксинча. Жудаям чиройли муомала қилиб "бакни тўлдириб" бир кун дизель, бошқа кун бензин қуйиб беришади.

-Қўйсангчи! Кап-катта одамлара?!

-Ишонмайсанми? Бироқ хаммаси ҳам сен ўйлагандай силлиқ эмас, бечора полицияга ҳам тушиб туради. Яъни тезликни оширгани, автотураргохда нотўгри тўхтагани ва йўл хавфсизлиги қоидаларини бузгани учун жаримага тортилиб, жазосини ҳам олади. Айтганча, унинг машинаси суғурталанган. Масжидга чиқиб эл қатори намоз ўқийди, Жумъада энг олдинги сафда туради. Қироати хам гўзал.

-Етар! Бас! Бўлдида! Ошириб юбордингку! Ё кулаётганимга мазах қилиб, мазза қилиб ичингдан тўқияпсанми? Роса одамидан сўрапмана!

Дугонам индамади, фақатгина чуқур хўрсингач мийигида кулиб қўйди.

Эртаси куни тушдан сўнг шаҳардан ташқаридаги қадимий масжид ва қалъа зиёратига боришимиз керак эди. Меҳмонхона олдида яна Қодирга кўзимиз тушди, негадир севиниб кетдик. Айниқса мен. У ҳам бизни таниди чоги олдимизга югуриб келди. Қуюқ сўрашиб, қаерга боришимиз билан қизиқди. Йўлбошчиларимиздан кун тартибини эшитгач ёйилиб тиржайди.

- Ҳаммаларинг баравар юришларинг керакда-а? Афсус, автобусимга сиғмайсизлар. Моторни чарчатиб қўймай. Бўлмаса шаҳарни мендан яхшироқ биладиган йўқку. Айтганча сизлар Малатямизни яхшилаб айланинглар. Уни тарихий жойлари жуда кўп. Баттолгози қалъасига боринглар. Уни 1-асрда Рим императори Тит қурдирган, 12-асрда эса Салжуқийлар қайта таъмирлашган. Тарихий Арслонтепа ҳам ёдларингдан чиқмасин. Афсус хозир у ерда тош шерлар йўқда. Уларни Анкарадаги Онадўли музейига олиб кетишган. Намрут тоги Отиёмон томонда. Анча узоқ. Бироқ борсангиз арзийди. Қадимги, арманилар ясаган минг йиллик ҳайкаллалар сизни тарихга саёхатга чорлайди. Янги масжид, Улуг масжид, Малик Сунуллох, Оқминор, Абдулсалом Қорахон, Жафар пошша, Ахмад пошша, Гюрюкчи Осман пошша, Копрюлю Меҳмет пошша, мухташам кутубхонаси бор Эюп пошша масчитларини ҳам зиёрат қилинг, "Шахобия ва Кубра", "Садразам" мадрасалари ҳам зўр! Қонли, Икиз, Совунчи бобо қадамжолари, Қирқкўз кўпригини ҳам албатта кўринг!

Агар Малатиянинг ширин тутлари , гилосларидан ва дунёга машхур ўрикларимиздан тотиб кўриш истагингиз бўлса Шира бозорга бораверасиз. Малатя- энг ширин ўриклар Ватанидир! Кейинчи...

У шаҳар ва ундаги тарихий қадамжолар таърифини тугатай демас, биз эса шунча обидани бидирлаб санаб ташлаган Қодирга ета олмай, бармоқларимиз тугаб, аллақачон саноқдан адашиб кетган эдик.

Бир руҳий хастада шунча билим қаердан? Ақли ноқис бўла туриб шунча нарсани билса, соглом бўлганида дунёнинг энг зўр Универститетларининг бирида дарс берган бўлармиди?

Ўзимча Тошкент ва унинг теграсидаги тарихий обидаларни ҳаёлимда санаб чиқмоқчи бўлдим,букилган бармоқларим ўндан ошмай хотирам панд берди.

-Рахмат Қодир оға. Сен шунча нарсани қаердан биласан? Қойил!

У Озарбайжонлик Меҳметга галати қараб, сўнг елкасига қоқиб жавоб берди:

- Таксичиманку ошна! Сайёҳларни хам олиб юраман. Ватанини яхши кўрмаган, уни тарихини билмаган одам таксичилик, хайдовчилик қилишга хаққи борми? Асло йўқ! Мен шахрим тарихини билмасам, сенга ўхшаган мусофирлар зерикиб қолади ва машинамга чиқишмайди. Мен муштарийсиз ва пулсиз қолишни истамайман. Хаққимни халол топаман. Афсус, тил билмаслигим ёмонда. Баъзи хорижликлар билан ҳеч тиллаша олмайман. Инглизчани ўргансаммикан? Нима дейсан? Майли, мен кетишим керак. Бозор олдида йўловчи кўп бўлади.

Ҳаммамиз унга омад тилаб, хайрлашяпмизу, рости ундан ҳеч ажралгимиз келмасди. Айни дамда хаммамиз туғилган, яшаётган шаҳримизни шу жинничалик билмаганимиздан ич - ичимиздан уялиб, буни тан олишга кучимиз йўқ эди. Хайрлашаётган чоғимиз Қодир костюмининг чўнтагидан йигирма лирача пул чиқариб қўлимизга тутди.

- Шунча жомеларга зиёратга борар экансизлар. Илтимос шу эхсонимни садақа қутисига солиб қўйинглар. Аллох даргоҳида қабул қилсин...

У қўлимизга тутқазган пулни биринчи зиёрат қилинган масжиднинг эҳсон қутисига кўзимизда ёш билан ташладик.

Анжуман тугаб аэропортга кетар чоғимиз яна унга кўзимиз тушди. Қодир бошқа рангдаги костюм шимда, янаям порумроқ кийинган, машхур "Мерсидес"ига ярашганча чоррахада барча машиналар қатори светофорнинг яшил чироғи ёнишини кутиб турарди...

П/С Бу ҳикоя ёзилганда дунё тинч, Коронавирус деган бало йўқ, энг муҳими Малатялик Қодир Мерсидеснинг фильми хали тугамаган эди. Бу постни фейсбукдаги саҳифамга кўзимда ёш билан жойладим. Сабаби, Қодир оға энди бу ёруғ оламда йўқ.

Малатяга келганимизда уни қабрини зиёрат қилдик. Бўғзимга нимадир тиқилди.

Ҳикояни нега сахифамга жойлаганимни ҳам билмайман. Балки " Еттинчи бўлмадаги мўъжиза" дан сўнг, Малатялик "Мерсидес Қодир" ҳикоясини хам кинодай тасаввур қилиб кўришингизни хохлагандирман. Ахир унда мен ҳам кичикроқ роль ижро этдимку!

Балки тошга айланган қалбларимимизга Қодир оғадан олган озгина эзгулик, озгина Ватанпарварлик уруғларини сочмоқ ниятим бўлгандир. Балки зулмкор амалдорларимиз қачондир Малатия Баладия бошқонидек ҳокисор, халқпарвар, меҳрибон ва бироз хазилкашроқ бўлишларини тасаввур қилдимми....

Нима бўлганида ҳам хаётимиз ибратли, хотимамиз эса чиройли бўлсин ва Аллох хузурига ҳеч бўлмаса Мерсидесс Қодирдай пок қалб, покиза иймон билан ташриф этиш барчамизга насиб этсин!

© Муаззам Иброҳимова

"Islomga bag'ishlangan umr" kitobi haqida
Benjamen Franklinni shunday so'zlarini o'qigandim: "O‘limingizdan so‘ng unitilishni istamasangiz — yo o‘qishga arziydigan narsalar yozing, yoki yozishga arziydigan ishlar qiling".

Dunyoda shunday insonlar borki, yuqoridagi holatlarning har ikkala jihati ham ularga taalluqli bo'ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ana shunday insonlardan biri edi. U inson yozgan kitoblari asrlar osha qo'lma-qo'l bo'lib yashaydi. Din va islom yo'lida, ilm yo'lida qilgan xayrli ishlari esa xotira kitoblarida eslanaveradi. Chunki, bu ulug' inson haqida xotira yozayotgan va yozmoqchi bo'lgan insonlar ko'p. Sababi juda ko'p insonlar bevosita va bilvosita Shayx hazratlaridan ilm o'rganganlar, audio va video ma'ruzalaridan hamon ilm o'rganmoqdalar. Ularning har biri ustozlari haqida kitob yozishni istaydi va yozishyapti ham.

Bag'ishlov va xotira kitoblari bir inson haqida yozilsada, mazmuni, yozilish uslubi jihatidan farqlanadi. Ayniqsa, kitob qahramoni yonida, yaxshiyu va yomon kunida u bilan birga bo'lgan inson tomonidan yozilgan xotira kitobi esa qiymatliligi jihatidan qadrlidir.

"Islomga bag‘ishlangan umr" kitobi ana shunday bebaho kitoblardan biridir. Sababi bu kitob, Shayx hazratlarining bolaligidan to umrining so'ngiga qadar, yaxshiyu yomon kunida, quvonchli va sinovli kunlarida, safar mashaqqatlarida yonida suyanchiq bo'lib turgan ukalari Muhammad Amin Muhammad Yusuf tomonidan yozilgan. Shu jihatdan ishonchliligi va voqealarning ibratliligi bilan qadrlidir.

Kitob nima haqda?

Kitobdagi voqealar Shayx hazratlarining ota tomonidan bobo va buvilari Boybo'ta ota va Qunduzxon aya, hamda ona tomonidan bobo va buvilari Tilakberdi ota va Hayit aya xotiralari bilan boshlanadi. Voqealar Shayx hazratlarining otalari Muhammad Yusuf domla va onalari Sobiraxon aya bilan bog'liq xotiralarga ulanadi. Chunki Shayx hazratlarini sizu biz bilgan va dunyo tan olgan ulug' olim, din peshvosi, 100 lab kitoblar muallifi bo'lib yetishishiga avvalo Allohning marhamati, so'ngra esa bu insonlarning mehnati, qilgan ishlarining hissasi kattadir.

Ilm yo'lida ilk qadamlar

Shayx hazratlarining otalari Muhammad Yusuf domla cho'ponlik qilib, oila tebratardi. U kishi farzandlarining kelajagini o'ylab, islom ilmini o'rganishni va farzandlariga islomiy ta'lim, tarbiya berishni niyat qiladi. Buning uchun esa o'sha davrdagi Sobiq Ittifoqda mavjud yagona diniy ilm maskani Buxorodagi Mir Arab madrasasiga borib o'qish lozim edi. Ammo, Buxoroga borish uchun ayoli va yosh go'dagini Andijonga qoldirish kerak edi. Sobiraxon aya yosh bolasiga qarash bilan birga, cho'ponlik qilishga ham tog'ri kelardi. Muhammad Yusuf domlaning boshi qotadi. O'sha davrdagi ilm egalari, ulamolardan bu masala bo'yicha maslahat so'raydi. Ular "ilm o'rganing" deya tavsiya berishgach, Muhammad Yusuf domla qiyin bo'lsada, ayolini qoldirib, Mir Arab madrasasiga o'qishga ketadi.  Kitobda bu qiyin kunlar haqida batafsil o'qib olishingiz mumkin.

Yana bir voqea

Muhammad Yusuf domla ilm o'rganib, oilasi bag'riga qaytgan oilasi, farzandlarini pokiza luqma, islomiy tarbiya va ta'lim bilan tarbiyalashga nihoyatda katta e'tibor qaratadi. Hatto, jufti haloli Sobiraxon ayaga go'dak farzandi Muhammad Sodiqqa "Tahoratsiz ko'krak tutmang" deya tayinlaydi. Qanchalik qiyinchilik tug'dirmasin, bu topshiriqni bekamu ko'st bajarishga harakat qiladi, Sobiraxon aya. Ehtimol, bu ham Shayx hazratlaridek, ulug' insonning den peshvosi bo'lib yetishib chiqishiga sabablardan biri bo'lgandir.

Va yana ...

Shuningdek kitobda Shayx hazratlarining turli davlat lavozimlarida tayyorlanishi, faoliyati, sinovli va og'ir kunlari, u kishiga qilingan fitnalar, yurtdan chiqib ketishiga sabab bo'lgan og'riqli kunlar, safar mashaqqatlari, ota-otasidan ayrilgan og'riqli damlar,  islom va din yo'lida qilgan xayrli ishlari, yurtga qaytishi va kitoblari yozilishi tarixi bilan bog'liq voqealar bayon etilgan.

Xulosa...

Ushbu kitob uzoq tanaffuzdan so'ng yaqinda qayta nashr etildi. Ko'pchilik kitobni qayta nashr etilishini intizorlik bilan kutdi. Chunki, har bir inson Shayx hazratlarining umr yo'li, ilm o'rganishdagi mehnatlaridan ibrat olishni istaydi.

Bu kitobni javoningizdagi kitoblar orasiga albatta qo'shib qo'ying. Va albatta vaqti vaqti bilan mutolaa qiling. Ehtimol, sizning farzandiz, nabiralaringiz orasidan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdek ulug' insonlar chiqishiga bu kitob sabablardan biri bo'lib qolar...

Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan va u kishini tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, bobo-buvilaridan Alloh rozi bo'lsin!

© Komiljon Aslonov

"Yashamoq" - ko'z yoshlarga g'arq qilgan asar
Foto: t.me/komiljon_aslonov

Asar haqida

Asar voqealari o'tgan asrning birinchi yarim yilligida, Xitoy-Yapon urishidan so'ng, Chin yurtida kommunizm tuzish davrida sodir bo'lgan. Barcha voqealar Xui sulolasi vakili qariya Figuining hikoyasi asosida bayon etilgan.

Asar voqealari

Asar voqealari qariya Figuining hikoyasi asosida yozilgan. Muallif qadimiy xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash uchun qishloqma qishloq kezadi. Kunlardan bir kuni dalada ho‘kiz bilab yer haydayotgan qariya Fuguini uchratib qoladi. Ular tanishadi. Daraxt tagida o‘tirib, chol hayotini, ko‘rgan qiyinchiliklarini so‘zlab beradi. Asarda ana shu voqealar bayon etiladi.

Oxir oqibat Figui qimorga Longerga Xui avlodidan meros qolgan 65 gektar yer va uyini yutqizadi. Otasi kasal bo‘lib qoladi.

Uyni topshirib, kulbaga ko‘chib o‘tayotganda Fuguening otasi yiqilib, bo‘yni sinadi va jon beradi

Shundan so‘ng Chen sulolasidan bo‘lgan Fuguining xotini Jeashinni otasi kelib olib ketadi.

Fuguiga qizi Jeanshenni qoldiradi xotini. Nochor ahvolda qolgan Fugui qimorda yutqizgan yeridan Longerga iltimos qilib, 3 sotixini ijaraga oladi.

Bu orada Xu oilasi xizmatkori Changen ham ketishga majbur bo‘ladi.

Jeanshen o‘g‘il farzand ko‘radi va unga Yuchin deb idm qo‘yadi. Bola 2 oy bo‘lgach, onasi uni olib eri Fugui oldiga qaytadi.

Bir kuni Fuguini onasi kasal bo‘lib qoladi. U shifokor olib kelish uchun shaharga ketadi. U yerda shahar hokimi xizmatkori bilan kelisholmay urishib qoladi. Ular urishayotganda to‘pchilar kelib qoladi. Har ikkisiga ham to‘p ortilgan aravani tortishni buyuradi. Maqsad majburiy armiyaga olib ketish va urushga jalb qilish. Xizmatkor amallab, yolvorib qochadi. Qochayotganda to‘pponchadan ortidan o‘q uzadi, ammo qochishni uddalaydi. Fugui esa arava tortishga rozi bo‘ladi va askarlar safiga majburiy qo‘shiladi.

Ular Milliy birliq qo‘shini ssfiga qo‘shiladi. Qo‘shin Ozodlik harakati askarlari qamaliga qolib ketadi.

Urushda Fuguiga yuzboshi qariya askar Kuan va 16 yoshli o‘spirin Chunsheng hamrohga aylanadi. Yerto‘lada bir necha kun jon saqlaydi. Ammo, bir kuni Kuan daydi o‘qlar tegishi oqibatida vafot etadi.

Chunsheng non topib kelish uchun yerto‘ladan chiqib ketganida Ozodlik harakati askarlari barchani asirlikka olib ketadi. Ertasiga asirlardan uyga ketishni istaganlarga pul berib qaytarib yuborishadi. Qolganlarni esa o‘z saflariga qo‘shishni taklif qiladi. Fugui ham uyga qaytish istagini aytib, yo‘l xarajatlari uchun pul olib yo‘lga chiqadi. Niyohat 2 yil deganda uyiga qaytadi.

Bu vaqtda ayolidan onasi vafot etganini biladi. Qizi Fengxia esa isitmasi chiqib, natijada gapirolmaydigan bo‘lib qolganini eshitib, yig‘laydi.

Bu orada Ozodlik harakati askarlari Fugui yashaydigan qishloqqa ham yetib keladi. Ular yer islohatini boshlaydi. Kommunist, biylardan yerlarni olib, xalqqa bo‘lib bera boshlaydi. Qimordan yer yutub olgan Longer esa yerini berishni istamaydi. Uni mahkama olib ketadi. Qaysarlik qilavergach, otib o‘ldiradi.

Fugui oilasiga esa 3 sotix yer beriladi.

Fugui o‘g‘lini maktabga o‘qishini istaydi. Ammo, pul yo‘q. Buning uchun gapirolmay qolgan qizi Fengxiadan voz kechish, uni boshqa oilaga asrab olish uchun berish va puliga o‘g‘lini maktabga berishi kerak edi. Shunday bo‘ladi ham. Bir qariya olib ketadi. Faqat qiz qilib olish uchun emas, o‘zi va kampiriga qarash uchun. Fenxia gapirolmasa ham, yig‘lab, ko‘z yoshi bilan ketadi.

Opasi ketgach Yuchin opasini olib kelishini otasidan talab qiladi, yig‘laydi kaltak yeb orti ko‘karib ketadi.

Oradan 2 oy o‘tib Fengxia uyiga qaytib keladi.

1958 yilda Xitoyda xalq kommunalari tashkil etiladi. Bu kommunizmning ilk bosqichi edi. Unga ko‘ra, kambag‘al, boy bo‘lmasligi hamma teng bo‘lishi lozim edi. Shunga ko‘ra odamlardan yerlar, temir qozonlar, chorvalari olib qo‘yiladi. Ovqatlanish uchun umumiy oshxona ishga tushiriladi.

Yig'ilgan temirlarni eritib, narsa yasash uchun shahardan Vang ismli ustani olib kelishadi. Usta Sun ismli qariyaning uyi o'rniga ustaxona ochishligini ma'lum qilgach, Sun uyinin bermaslikka urinadi. Uni uydan chiqarmoqchi bo'lganida daraxtni ustiga chiqib olad. Pastga tushmagach, rais uyini yoqishga buyruq beradi. Yog' to'kib, uyini yoqib yuborishadi.

Bu orada Fuguining xotini Jeanshin kasallikka chalinadi. Shifokor unga suyak yemirilishi tashxisini qo‘yadi.

Shuningdek, ovqat zahirasi tugab, umumiy oshxona yopiladi. Rais endi yana avvalgidek, hamma qozon sotib olib, o‘z uyiga ovqatlanishni aytadi.

Fugui bor narsasini sotib, bitta qo'zichoq oladi. Og'li Yujin uchun. Yujen esa maktabidagi yugurish musobaqasida 1-o'rinni oladi.

O‘sha yili sel kelib sholi maydonlarini suv bosadi, guruchlar loy ostiga qoladi. Qishloqqa ocharchilik boshlanadi. Fugui noiloj qo‘zichoqni sotib, 20 kg guruch oladi. Ocharchilik kuchayib, odamlar daraxtlar ildizi, yoki yeyishga arzulik neki bo‘lsa topib, yeyishga, jon saqlashga urunadi.

Hatto dalada bitta kartoshka uchun gapirolmaydigan Fuguining qizi va Vangsi o‘rtasida urush bo‘ladi. Rais bitta kartoshkani ularga bo‘lib beradi.

Jeanshen esa kasal holida zo‘rg‘a yurib, shaharga otasinikiga ketib, kichik qopchaga guruch topib keladi. Shuni pishirib yeydi.

Bu orada Jeanshenni kasali yanada og‘irlashadi.

Yuchenning maktab direktori, hokimning xotini tug‘ruq tufayli qon 🩸yo‘qotgach, bolalardan qon olishga taklif bo‘ladi. Qon guruhi to‘g‘ri kelgan Yujindan qon oluvchi ovsar miyoridan ortiqcha qon olib qo‘yishi natijasida bola vafot etadi.

Fugui bunga chiday olmay shifokorlar bilan janjal ko'taradi. Shunda Yuchen qon bergan ayolning eri , ya'ni hokim kelib qoladi. U hokim, urushda Fugui bilan birga bo'lgan chunsheng bo'lib chiqadi.

Fugui bolasining jasadi uyiga olib qaytar ekan, xotiniga bildirmaslikni istaydi va ota-onasi dafn qilingan joyga bolani dafn qiladi. Xotiniga yolg'ondan bolamiz yiqilib hushidan ketibdi. Hozir shifoxonada, biroz vaqt talab qilarkan, deya aldaydi.

Biroq Fuguining xotini o‘g‘lini o‘lganini sezib qoladi. Eriga uning qabriga olib borishini iltimos qiladi. Bolasini qabrini quchib yig‘laydi.

Qishloq raisi shahardan shifokor olib kelganida, u Jeanshenni tekshirib, eri Fuguiga umri kam qolganini, yaxshisi dafn uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rishini aytadi. Fugui qattiq iztiroblarda tobut yasatish uchun pul to'playdi, odamlardan/

Bir kuni Chunsheng (armiyadagi hamrohi, Yuchen qon bergan ayolning eri) 200 yuan pul olib keladi, Jeanshen unga tashlanib, tezroq daf bo'lishi aytadi. O'glimni topib ber deb, yig'laydi. Shundan so'ng Chunsheng noiloj pulni olib qaytib ketadi.

Qishloqdagi to‘yni, oq libosdagi kelinni kuzargan Fengxiani ko‘rgan Fugui uni ham erga bermoqchi bo‘ladi. Xotini bilan maslahat qilib, unga kuyovlikka nomzod izlashni raisga aytadi. Rais Van Erchi degan boshi tanasi bilan qo‘shilib ketgan nogiron yigitni topadi.

Erchi birinchi kuni kelganda atrofni, uyni kuzatib, ketib qoladi. Fugui va xotini bizni sharoitimiz yoqmadi, shekilli deb, o‘ksinadi. Ammo ertasiga Erchi aravaga qamish, bo‘yoq, oziq ovqat va usta sheriklari bilan kirib keladi. Bir zumda uyni qamishi almashtirib, devorini bo‘yaydi. Ovqat qilishadi. Bundan Fugui ham, xotini va qizi ham xursand bo‘ladi. To‘y bo‘lib, Fengxia shu yigitga turmushga chiqadi.

Yangi oilada Fengxia to‘qishni o‘rganib oladi. Qo‘shnilarga kiyim tikib beradi.

Kunlardan bir kuni shaharda tartibsizlik boshlanadi. Kommunistlarga qarshi. 16 yoshli qiz boshchiligida qizil askarlar kelib, raisni olib ketadi. 3 kundan keyin kaltaklanib, qaytib keladi.

Chunshengni boshiga ham shu kun tushadi. Oradan biroz o‘tib, u o‘zini osib, halok bo‘ladi.

Fengxia bilan eri Erchi bir kuni otasinikiga xush xabar bilan keladi. Fengxia homilador edi. Ular sharob ichib xurssndchilik qiladi. Ammo quvonchli kunlar ortidan yana sinov keladi. Tug‘ruqda Fengxia o‘g‘il farzand ko‘radi, ammo o‘zi vafot etadi. Og'liga Kugen deb ism qo'yadi. Eʼtiborlisi, Yuchin vafot etgan tug‘ruqxona sodir bo‘ladi. Ikkalasi ham tug‘ruq bilan vafot etadi. Biri kimgadir qon berib, biri esa qon yo‘qotib...

Fengxiani o‘limidan uch oy o‘tib, onasi Jeanshin ham vafot etadi.

Erchi yuk tashuvchi bo'lib ishlagani sababli doim og'ir yuklar ichida bo'lardi. O'g'li Kugen 4 yoshga to'lganida beton plitalar ostiga qolib vafot etadi.

Shundan so‘ng Kugen bobosi Fugui bilan qishloqqa ketadi. Bobosiga dala ishlariga yordam berib yuradi. Bir kuni dalada paxta terayotganda tobi qochadi. Bobosi uni uyga olib kelib, ovqatlantiradi. Keyin loviya pishirib, o‘zi dalaga qaytadi. Qaytib, kelib Kugenni vafot etganini ko‘radi. Uning nafas yo‘liga loviya tiqilib qolib, vafot etgandi.

Qariya Fugui so‘nggi to‘plagan pullariga ho‘kiz sotib olishga qaror qiladi va oladi. O‘zidek qariya ho‘kizni. Ushbu voqealarni ana shu ho‘kizi bilan dalada ishlab turganida kitob muallifiga aytib bergandi u.

Tamom.

Asardan iqtiboslar

... Sirtdan qaraganda, turlicha ko‘rinsalarda, munosabatlar davom etgan sayin, ayollarning bari bir xil bo‘ladi.

... Erkaklar ochofat mushukka o‘xshaydilar.

...Hamma odamlar bir xil: birovning cho‘ntagidan pul olganda yuzlari yorishib ketadi, kulishadi. Ammo yutqizish navbati o‘zlariga kelganda go‘yo aza tutgandek ko‘z yosh to‘kishadi.

...Qimorning qarzi nomusdir. Bu yuz yillardan beri shunday bo‘lib kelgan va to‘lanishi kerak.

...onam menga tez-tez: “O‘zingni baxtli his etsang, kambag‘al bo‘lish uyat emas” deb takrorlardi.

... O‘zi inson qarisa, shunaqa bo‘lib qolarkan, o‘rgangan joyini tashlab ketgisi kelmas ekan.

...Faqirlik insonning g‘ururini sindiradi.

...birovni qiyin holatdan qutqarib olish mumkin, ammo qashshoqlikdan aslo chiqarib bo'lmaydi.

...Sekin qanot qoqadigan qush ertaroq ucha boshlashi shart.

... Qimorxonada hech kim g'olib bo'lmaydi.

...Inson uchun eng yaxshisi - qo'y-qo'zilardir. Yerga ham o'g'it bo'ladi, bahorda junini sotsa bo'ladi.

...Umidimizni yo'qotsak, qanday qilib yashashimiz mumkin, axir?

...Xalqda shunday ibora yuradi: "Balo kelyapman" deb ogohlantirmaydi.

...Insonlar aslo esdan chiqarmasligi kerak bo'lgan 4ta qoida bor: nojoiz so'zni gapirmaslik, nojoiz yotoqqa yotmaslik, nojoiz eshikdan kirish, va qo'lini begona cho'ntakka suqish.

...Nima bo'lgan taqdirda ham aql bilan ish qilishing kerak. O'liklar tirilishni istashadi. Sen bo'lsang hali tiriksan, kurashyapsan. O'lishga haqqing yo'q! Bu hayot senga ota-onangdan bir sovg'a. Agar yashashni istamasang, avvalo, ulardan ruxsat olishing kerak, ulardan so'rashing kerak.

© Komiljon Aslonov

Boshqa taqrizlarni bu kanaladan o'qishingiz mumkin.

Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar
© Foto: Komiljon Aslonov

ASAR HAQIDA

Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" asarini o'qib dahshatga tushgandirsiz. Unda yozuvchi qanday qamalishiyu, qamoqdagi va mahbuslar lageridagi voqealarni va ozodlikka chiqish jarayonlarini bayon etgan.  "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham xuddi shunday asar. Bunda adib Shuhratning qaysi ayblov bilan hibsga olinishi, sudda qanday aybni bo'yniga "ilish" uchun solingan qiynoqqlar, qamoq va mahbuslar lageridagi ko'rgan qiyinchiliklari, ozodlikka chiqishi va ozodlikda o'zini qamalishiga sabab bo'lganlar bir qancha odamlar (yozuvchilar uyushmasidagi hamkasblari, sudya va yozuvchiga tuhmat ayblovlar qo'yib, guvohlik berganlar ) bilan yana uchrashib qolishlari bilan bog'liq voqealar bayon etilgan.

Faqat bu asarning "Kafansiz ko'milganlar" asari bilan farqi, bu kitobni adib Shuhratning o'zi yozmagan, ammo shaxsan Shuhratni aytib turgan gaplari asosida uning kotibi, yozuvchi Mirzo Kenjabek so'zga ko'chirgan. Shuningdek, kitobdagi voqealar Shuhratning o'g'li, yaqinlari bergan ma'lumotlar va arxiv hujjatlari asosida boyitilgan.

Darvoqe Shuhrat Shukrullo bilan bir vaqtda qamoqqa olingan va har ikkisi ham Sibir o'lkalarida surgun qilingan. Kitobda Shukrullo bilan bog'liq voqealar ham kiritilgan. Bundan tashqari adib bilan birga tuhmat asosida qamoqqa olingan Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi yetuk adabiyot vakillari bilan bog'liq voqealar ham Shuhrat tilidan bayon etiladi.

VOQEALAR

Yozuvchi o'zining ilk marta tergov xonasiga tushib qolishi haqida so'zlab, bir kichik voqeani aytib beradi. Ta'kidlashicha, yozuvchi yomg'irli kunlarning birida ishdan chiqib, Xadradagi bir pivo xonaga kirib bir finjon pivo ichadi. So'ng, ko'chaga chiqib, uyiga ketish uchun mashina to'xtatadi. Shunda uning ortidan bir yigit yugurib kelib, mashinaga o'tirib oladi. Shu yerda janjal boshlanadi. Shuhrat mashinani men to'xtatdim, u meni uyga eltadi deydi. Haligi odam esa, yo'q, men ketaman bu mashina bilan deydi. Ikkisi, biroz qizishgach, haligi odam, yur militsiya xonaga, masalani o'sha yerda hal qilamiz deydi. Qizishib turgan Shuhrat ham "bo'pti, borsak, boramiz" deb, ikkalasi militsiya xonaga boradi. U yerdagi mas'ullardan biri voqeani eshitib, boshqa bir xodimga telefon qiladi. Telefonda u "mast bezorini tutdik" deb xabar beradi. "Men bezorilik qilganim yo'q" deyishiga qaramay, adibni boshqa bir xonaga , qamoqxonaning eski xonasiga tiqib qo'yishadi. Sochlarini olib tashlab, bir kecha shu yerda qoldiradi.

Qizig'i, yozuvchi bilan kelgan va janjalni boshlagan haligi odamni qo'yib yuborishadi. Yozuvchi keyin biladiki, bu odam "yollanma" organ xodimi bo'lib, pivoxonaga ketayotganlarni kuzatib turadigan va so'ng, bahona bilan mirshabxonaga olib boradigan inson bo'ladi.

Ana shu pivo voqeasidan so'ng adibga nisbatan kuzatuv va ayblovlar qo'yish ishlari boshlanadi. Yozuvchilar uyushmasidagi ishidan bo'shatishadi. Va hokazo...

Yana bir voqea: Yozuvchi Qirg'izistondagi Frunze shahriga qarindoshlarinikiga borib kelgandan so'ng boshlanadi. Unga "go'yoki, Qirg'iz respublikasi orqali Xitoyga qochib ketmoqchi bo'lgan" deya ikkinchi ayblovni bo'yniga iladi.

... Xullas, yozuvchi qamoqqa olingach, unga asosiy ayb, Muhiddin Komilov degan tuzgan "Milliy istiqlol tashkiloti" a'zosi ekanligini bo'yniga qo'yish bo'ladi. Aytilishicha, bu tashkilot SSSR g'oyalariga qarshi chiquvchilarning maxsus tashkiloti emish...

Eng qizig'i, Shuhratni qamalishi uchun o'sha davrdagi Yozuvchilar Uyushmasi raisi Uyg'un jonbozlik ko'rsatadi. Uyg'unning aytishicha, Shuhrat Usmon Nosir bilan yaqin bo'lgan va uning she'rlaridan ilhom olib ijod qilgan. Bundan tashqari Ne'mat Toshpo'lat, Muhiddin Komilovlar ham Shuhrat bilan birga yuqorida tilga olganimiz Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy kabi adiblarga ayb qo'yishga jonbozlik ko'rsatib, tuhmat va yolg'onlar bilan guvohlik beradi.

... Hukm o'qilib, yozuvchi va sheriklari o'sha davrdagi JKning 58-moddasi ("siyosatga qarshi ish tutganlar") bilan ayblanib, 25-yilga "kesiladi" va Sibir lagerlariga surgun qilinadi.

Voqealarni to'liq aytib o'tirmayman. Lagerdagi hayot, mahbuslar qo'zg'oloni, Stalin va Beriyaning o'limidan so'ng lagerdagi muhitning o'zgarishi bilan voqealar yozuvchi tilidan bayot etilgan.

... Barcha yozuvchilar taqdirning taqozosi bilan, muddatdan avval qamoqdan sog'-omon qaytib kelgach, o'zlarini qamatgan "haligi" odamlar bilan yana ko'rishib qoladi. Kitobda bu voqealar go'zal tarzda bayon etilgan. Ayrimlari sharmandali va uyatli holatlarga tushib qolgan. Menga ta'sir qilgani Maqsud Shayxzoda tadbirlarda Uyg'un bilan duch kelsada u bilan mutlaqo gaplashmaydi. Sababi Uyg'un Shayxzodani qamalishiga "hissa" qo'shish bilan birga, u qamalganda uyini olib qo'ygan edi...

XULOSA

Men o'tgan asrda SSSR degan davlat voqealari haqidagi asarlarni o'qir ekanman, millatimizni yo'q qilish uchun tilimiz, dinimiz va qadriyatimizni yo'q qilish yo'lida vahshiyona usullardan foydalanganini his etib turaman. Achinarlisi, millat ziyolilarini yo'q qilish uchun, ularning yonidagi do'stlari, millatdoshlari qo'lidan foydalanishgan. Jonini saqlash uchun do'stlarini sotgan sotqinlarni xalq faqat nafrat bilan eslasa kerak. Bizning eng katta kamchiligimiz ana shunday vaziyatlarda birika olmasligimiz, pul uchun birodarlarimizni sotib yuborishimizdir. Men hozir ham bundan cho'chiyman, "senga mukofot va pul beramiz, falonchi birodaringni bo'yniga falon aybni qo'yib, guvohlik ber" desalar, sotib ketadigan xoinlar ichimizda yashab yurgan bo'lsachi, deya xavotirda bo'laman.

Bugun Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosirlarni sotib, kun ko'rganlar ham allaqachon tuproq ostiga kirdi. Ularning nomi qaro, otilgan millat ziyolilarning nomi esa nur bo'lib abadiy yashajak...

IQTIBOSLAR

...O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi – yozuvchilarning ko‘ngilli ijodiy jamoat tashkiloti 1934 yil 8-11 mart kunlarida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yozuvchilarining 1-qurultoyida tashkil etilgan. Uyushma – mamlakat ijodkorlarni birlashtiruvchi tashkilot bo‘lishi bilan birga, qatag‘on yillarida yozuvchilarni markazga "ushlab beruvchi", ya’ni ularga siyosiy ayblar taqab, o‘lim  yoki surgunga hukm qilinishiga sabab bo‘luvchi ayblov tashkilotiga aylangan...

...Dinni esa gapirishga hojat yo‘q: dindor odam rahbariyatning, Jamiyatning aniq dushmani hisoblanadi. Dindorlar ijtimoiy hayotga deyarli aralashtirilmaydi. Soqolli kishilar ko‘chada yurolmaydi, bozorda savdo qilolmaydi, go‘yo soqoli bo‘lsa, bas, u tuzumga, siyosatga dushman Bu holni ko‘rib, faqat ziyolilar emas, siyosiy tushunchasi bo‘lmagan kishilar ham O‘zbekistonning qo‘ldan ketganini anglaydi.

Hammadan ham ko‘ra, biz sud raisidan xafa edik, – deydi Shuhrat, – chunki u o‘zbek bo‘laturib, Qodiriylarga kuyov bo‘laturib, o‘zbek yozuvchilarining xo‘rlanib, haqoratlanishiga ishtirokchi bo‘lib turibdi. Yet qavmlar-ku, tushunarli, davlat ularniki, hukm ularniki, ammo o‘zbekni kechirolmasdik... Qamoqdan kelganimizdan keyin u bilan ko‘rishdik. Birinchi...

© Komiljon Aslonov

Diktatura tuzumining oqibatlari haqidagi asar
Foto: asaxiybooks

Ba'zi "kattakon"larga, ya'ni mansabi baland bo‘lganlarga tanqid yoqmasa, uni tanqid qilganlarni yo‘q qilish yo‘lini izlaydi. Ya'ni ular faqat o‘zi haqida maqtov va yaxshi gaplar eshitishni istaydi. Hatto xato ish qilsa ham, boshqalar uni bu ishi uchun e'tiroz bildirishlarini istamaydi. Mansabidan foydalanib, cho‘ntagini to‘ldirsa ham, boshqalar "falonchi to‘g‘ri yo‘lda, u olgan bu pullar unga halol. Chunki, u shu xalq uchun ishlayapti" deb e'tirof etishlarini xohlaydi.

Jorj Oruelning “Molxona” asarida diktatura tuzumi hukumatining ana shunday kirdikorlari, razilliklari, yolg‘onlari ochib tashlangan. Faqat bunda, insonlar rolini jonivorlar bajaradi. Shaxsga sig‘inish, amaldor atrofidagi maddohlar to‘dasining shakllanishi, haqiqatni istovchilarning yo‘q qilinishi, ular boshqarayotgan hukumatdagi xato ishlarda go‘yoki o‘sha yo‘q qilinganlarning aybi bilan sodir bo‘lganligini "isbotlashlar"... Xullas, tuzimning jirkanch va shafqatsiz o‘yinlari bayon qilinadi.

Asar qahramonlari:

🦛 Cho'chqa mayor — Hayvonlar saltanati (Hayvonobodning rahbari
🦛 Cho'chqa Napolion — keksa cho'chqa o'lgach, hukumat uni qo'liga o'tadi
🦛 Cho'chqa Snoubol — ozgina bo'lsada "vijdoni" bor, haqiqat istovchi cho`chqa, (keyinchalik shu ishi uchun Hayvonoboddan quvg'in bo'ladi).
🦛  Cho'chqa Qichqiriq — Napolionni maddohi, hayvonlarni Napolionni ulug'lashga da'vat etib yuruvchi vazifasida ishlaydi
🐕 Itlar — Blyubell, Jessi, Pincher
🐎 Otlar — Boksyor, Klover, Molli
🐐 Echki — Myuriel
🫏 Eshak — Benjamen
🐦‍⬛️ Qarg'a (elchi) — Mozus

Voqealar

Barcha voqealar "davlat to'ntarilishi"dan boshlanadi. Ya'ni Mister Jons xonadonidagi hayvonlar Keksa cho'chqa rahbarligida bir kuni tunda yig'ilib, sabr-kosasi to'lganligini, tezroq, ikki oyoqlilardan xalos bo'lish rejasini tuzib, amalga oshirish kerakligini maslahatlashishadi.  Shunday bo'ladi ham... Bir kuni molxonada to'polon boshlanadi. Ular "ozodlik" iztab bosh ko'tarishadi va o'z xo'jayinlarini o'z hovlisidan quvlab chiqaradi.

Shundan so'ng mustaqil bo'lganligini, endi esa yangi davlat tuzish kerakligini maslahatlashishadi. Ular o'z davlatini "Hayvonobod" deb e'lon qilishadi. Davlat ramzi sifatida "Angliya jonivorlari" nomli madhiyasini yozib, har kuni aytishni joriy etadi. Shuningdek, bu davlatdagi barcha hayvonlar amal qilishi qat'iy bo'lgan 7 banddan iborat qoidani yozib devorga ilib qo'yishadi. Bu yozuvlarni sanoqligina hayvonlar o'qishni bilar va boshqalarga ahyon-ahyonda o'qib berib turishardi. Bu qoidalarda, hayvonlarga barcha ikki oyoqlilar dushmandligi, hech bir hayvon kiyim kiymasligi, sharob ichmasligi, to'sakda yotmasligi va boshqa qoidalar yozilgan edi. (Biroq asar oxirida bu qoidalarni barchasini hukumat tepasida turgan cho'chqa napolion va uning maddoh shotirlari buzishadi. Hech kim ularga g'ing diya olmaydi)

Barcha voqealarni yozib o'tirmayman. Keksa cho'chqa vafotidan so'ng, uning o'rniga Napolion nomli cho'chqa taxtga o'tirgach, "Hayvonobod"dagi barcha ish rejalarini o'zining va yaqinlarining manfaatlariga moslab tog'rilab boraveradi. Bu nohaqlikka chidolmagan Snoubold(cho'chqa) esa badarg'a qilinadi. Sigirlarning sutiyu, tovuqlarning tuxumini maxfiy yeb bitirayotgan Napolion cho'chqa, go'yoki bu holatni Snoubold qilayotganiga boshqa jonivorlarni ishontiradi. Xullas davlatdagi barcha tirik jon hukumat kattakonlarining hayotini farovon qilish uchun jon kuydirib ishlashadi. Buyo'lda bir nechta jonivor vafot etadi. BUni sharaf deb e'tirof etishadi.

Haftada bir-ikki marta yig'ilish qiladigan Napolion cho'chqa hovliga chiqsa oldida maddohi Qichqiriq yurib, hammani "dohiy rahbar"ni olqishlashga chorlaydi. Itlar qo'riqchi, xo'rozvoy esa hammani sergaklovchi vazifasini o'taydi. Asar yakuni va voqealar rivojini o'zingiz o'qib bilib olasiz.

Xulosa

Bu asardagi voqealarni ko'pchilik sobiq SSSR g'oyasi asosida yozilganligini aytishadi. Davlat to'ntarilishi, undan keyingi hayot, tuzim, jamiyatdagi o'zgarishlar aynan "Hayvonobod"dagi voqealar bilan bir xildek, tuyiladi. O'quvchi mutolaa orqali, diktatura tuzimining qanday oqibatlarga olib kelishi, jamiyatdagi tirik jon hayoti va o'zgarishlar qanaqa bo'lishi haqida bilib olishlari mumkin.

Kitob tarjimasi atigi 99 sahifa. Chin dildan o'qishni istasangiz bir kunda tugatib qo'yasiz. O'qing,telefon titkilamasdan, instagramda reels ko'rmasdan )

© Komiljon Aslonov.

"YAKSHANBA"NI KO'RIB...
© K. Aslonov

Yosh rejessyor Shokir Xoliqovning ilk katta janrdagi “Yakshanba” filmining maxsus namoyishiga tushdim. Avvalgi qisqa metrajli filmlarida oddiylik, samimiylik, ammo chuqur falsafiy mazmun ko‘rganligim bois, bu filmidan ham shuni kutgandim va adashmabman. Bu o‘z uslibiga ega rejessyorning yutug‘idir.

Film yakunida Shokir Xoliqov bir gapni aytdi. Bizga namoyish qilingan film 2 xil ishlangan ekan, ya’ni yakuni ikki xil ekan. Badiiy kengashning talabiga ko‘ra, shunday qilishga majbur bo‘libdi. Aks holda tastiqdan o‘tmasligi mumkin ekan. Yaxshiki, biz uchun Shokir Xoliqovning o‘zi istagan asl varianti namoyish qilindi. Badiiy kengash talabi bilan o‘zgargan film esa hali namoyish etilmagan.

Mening xayolimdan esa, “Bu rejessyorni yo‘qotmasligimiz kerak, ya’ni o‘z dunyosi bilan, ruhiyati bilan film ishlashiga qo‘yib berishimiz kerak. Badiiy kengashlar uni ishiga aralashmasligi kerak” degan fikrlar o‘tdi.

© K.Aslonov

FILM HAQIDA

Ushbu film hayotning past-u balandini, og‘ir-u yengilini, achchig‘-u shirinini birgalikda bosib o‘tgan, bir-biriga suyanib qolgan chol-u kampir haqida.

Ushbu film farzandlarini uyli joyli qilib, so‘nggi orzusi kenjasini uylanishini kutayotgan sabr, vafo chinorlari haqida.

Ushbu film pastgina so‘rili, paxsa devorlarida kashta, so‘zanalar ilingan, devorlarida tokchalari bo‘lgan, borganimizda yangi sog‘ilgan qaymog‘i olinmagan sutga non to‘g‘rab beradigan bobo buvilarimiz, bizning bolaligimiz haqida...Unda biz bolaligimizni ko‘ramiz, qishloqning oddiygina baxtli xonadonini ko‘ramiz.

Ushbu film yangilanish davri va o‘tmish o‘rtasidagi kurash haqida.

© K.Aslonov

VOQEALAR

Filmdagi barcha voqealar qishloqdagi oddiy bir xonadon hovlisida olingan.

Farzandlarini uyli-joyli qilgan, kenjasini uylanishini kutayotgan, hovlida ikkisi qolgan cholu kampirningning kundalik hayoti haqida hikoya qilinadi. Chol o‘zinining kundalik yumushlari bilan band, ya’ni qo‘y qo‘zilariga qaraydi, yungini oladi, o‘g‘li buzmoqchi bo‘lgan, eski nurab borayotgan uyining devorini loy suvoq bilan yamaydi, shu bilan birga kampirining yumushlariga yordam beradi.

Kampir ham o‘zining yumushlari bilan band, ya’ni sigirlarini sog‘adi, (ahyon ahyonda xabar olgani kelgan katta o‘g‘liga berib yuboradi bu sutdan) ovqat pishiradi, ip yigirib, gilam to‘qishga urinadi, shu bilan birga cholining loy suvoq ishlariga yordamlashadi.

Farzandlaridan ko‘ra, cholu-kampir bir-biriga suyanib qolgan holda yashashda davom etadi.

Voqealar hafta kunlariga bo‘lingan holda davom etadi.

Yakshanba...

Keyingi hafta, dushanba..

Keyingi hafta, seshanba...

Yakshanba.

Har bir hafta, xorijga ishlashga ketgan, kenja o‘g‘li yuborgan puldan uning akasi uydagi eski narsalarni yangilashga o‘tadi.

Avval gaz plitani, keyin oq-qora ko‘rsatuvchi televizorni, so‘ngra muzlatgich, onasining telefoni,.. Hatto otasining minib yurgan eski mashinasini...

So‘nggi reja esa, eski paxsali uyini buzib, yangi 2 qavatli zamonaviy uy qurish va so‘ng uylanish edi kenjaning maqsadi..

Har bir narsa yangisiga almashganda otaning qalbida og‘riq paydo bo‘ladi, o‘g‘lining koyigandek bo‘ladi, jahli chiqadi. Ammo, nachora... Ichiga yutib, chidab yashaveradi. Hatto bir safar bir mehmon zajikalka bilan sigaretini yoqib bermoqchi bo‘lganda,buni rad etib, cho‘ntagidagi o‘z gugurti bilan yoqib oladi. Chol, yangilikdan qochishni istaydi. O‘tmishdagi buyumlar, qadriyatlar, urf-odatlar bilan yashashni istaydi.

Barcha voqealarni aytib o‘tirmayman, ammo filmdagi har bir detal, obrazda, voqealarda chuqur falsafiy mazmun yotadi.

© K.Aslonov

OBRAZLAR

Yuqorida aytganimdek, filmda ko‘plab obrazlar mavjud. Ularning har birining o‘z falsafiy ma’nosi, mazmuni bor. Masalan,

Gugurt obrazi

Segaret chegadigan chol,har chekkanida gugurt donalarini ehtiyotlaydi.Guyo uning donasi tugasa, hayoti tugab qoladigandek...Kim kelsa, gugurt so‘raydi. Film oxirida esa, tugab qolishini istamagan gugurtiring so‘nggi donasini yoqib, so‘ng uyidan siqib ketganida ham yashirin ma’noni anglaysiz.

Ip obrazi

Film boshida kapirning ip yigirish jarayonidan boshlangan voqea, film yakunida to‘qilishi yakuniga yetmagan gilam bilan tugaydi. Filmni to‘liq ko‘rgan tomoshabin bu holatda ham chuqur falsafiy ma’noni anglay oladi.

Tv kanallarining almashtirilishi obrazi

Kechqurun tv ko‘rayotgan chol har safar kampiriga kanallarni almashtirishni so‘raydi.Bunda futbol, tok shou, intellektual o‘yin kanallarini o‘tkazib, og‘ir ohangdagi kuy, o‘tmishni eslatuvchi lavha kelganda to‘xtatadi.Bu ham cholning bugungi kundagi yengil yelpi yoshlar ko‘radigan tomoshalardan chekinib, yoshlik damlarini eslatuvchi o‘tmishga qaytishni istashiga ishoradir.

Bulardan boshqa bir qancha obraz, detallar ham borki, ularning har birida ma’no yashirin. Bu esa rejessyorning mahoratini baholaydi.

© K.Aslonov

XULOSA

Xo‘sh, nega yoshi kattalar zavonaviylikni qabul qilishni istamaydi?

Ehtimol ular, o‘sha paxsalali devorlarda bu dunyoni tark etgan, dadasining qo‘l izlarini, siymosini ko‘rar. Ehtimol devordagi tokchalarda terib qo‘yilgan gulli choynak piyolalarni ko‘rganda, devordagi kashta so‘zanalarga ko‘zi tushganda sog‘ingan onasining siymosini ko‘rar, hidlarini his etar. Bir tomoni qiyshayib turgan molxona, somoxonani ko‘rganda, hovlidagi daraxt tagidagi so‘rini ko‘rganda ota-onasini bag‘rida chopqillab yurgan shirin damlari, quvonchli kunlarini his qilar.

Biz har bir narsani yangilayotganimizda, ularning yupanchini, shirin xotiralarini ko‘z o‘ngida ulardan tortib olmayapmizmi? “Mayli, bolam o‘rtoqlari oldida uyalmasin” deya, jimgina ichki og‘riqlarini aytolmayotgan ota-onalarimizni o‘tmish xotiralarini o‘chirib yubormayapmizmi?

Bilmadim... O‘ylab ko‘rishimiz kerak.

Film oxirida o‘sha mung‘aygan uyini yangilash boshlanganida, cholning indamaygina, o‘g‘lini ranjitmaygina uyini tark etishida “bu uyda endi mening ota-onam xotirasi, bolaligim quvonchi, ahli ayolim bilan o‘tgan baxtli kunlar siymosi yo‘q” degan sassiz nido aytilgandir, ehtimol...

© Komiljon Aslonov

Nafsni yengish va Allohga do‘st bo‘lish yo‘llari haqidagi asar
© Komiljon Aslonov

ASAR HAQIDA

Fotih Duman qalamiga mansub ushbu asardagi asosiy voqealar NAFS va VIJDON o‘rtasidagi kurashdan iborat. Biroq voqealar asar qahramonlari tilidan bayon etiladi. Bir safar kitob muallifi tilidan bayon etilsa, boshqa safar uning nafsi gapiradi voqealarni. Shuningdek, asardagi bosh qahramonlar, Qozi Mahmud Afandi, Bakr afandi, Eskifurush Mahmud ota, Muhyiddin Uftoda shayx hazratlari tomonidan ham so‘zlab beriladi, voqealar. Ularni bog‘lab turgan narsa esa Nafsdir. Barchalari nafsga qarshi kurashish yo‘lida o‘zini, vijdonini qiynaydi.

Asardagi voqealar, ya'ni NAFSNI YENGISH va ALLOHGA DO‘ST bo‘lish uchun bosib o‘tilgan yo‘l martabalarga bo‘lingan holda ochib beriladi. Bular*:

1.  Nafsi ammora. Nafsi bu maqomda bo‘lgan kimsa Haqni inkor etadi, har doim yomon ishlarni qilishni rejalashtirib yuradi. Nafsi ammora – kofirlar va munofiqlarning nafsi. Bu bosqichda bo‘lgan kimsalarda vasvasa bo‘lmaydi, ular jahannamdan qo‘rqmaydi. Bu toifa Alloh taolodan boshqa hamma narsadan qo‘rqadi

2.  Nafsi lavvoma (o‘z-o‘zini ayblash)

3.  Nafsi Mulhima – bu martabada inson Allohdan ilhom oladigan darajaga yetgan bo‘ladi. Nafsi bu maqomda bo‘lganlar solihlardir. Ular o‘limdan qo‘rqadi, hisob berishning og‘irligidan yanada qattiqroq qo‘rqadi. Ular halol va haromga diqqatli bo‘lgan kishilardir.

4.  Nafsi mutmainna: Yetuklik maqomi bo‘lib, nafsi natiqa bu maqomda mutmainnadir. Bu maqomda  banda nafsining hoyu havaslarini jilovlab olib, uni sokinlashtirgan bo‘ladi.

5.  Nafsi roziya: Bu maqomda hali Alloh taolo nafsdan rozi bo‘lgani yo‘q, faqat nafs Allohdan rozi bo‘lgandir.

6. Nafsi marziya: Fe’llarning tajalliy etish maqomi bo‘lib, nafsi natiqa bu maqomda marziya otini oladi. maqom bandalar yetisha oladigan eng yuksak martaba, bu darajaga yetgan qullar faqat payg‘ambarlik rutbasiga yeta olmaydilar, xolos.  Bu maqom ilohiy ism va sifat nurlarining tajalliysi chaqmoq kabi chaqnab  g‘oyib bo‘lib turadigan maqomdir. Bu martabada nafs Alloh taolodang rozi, Alloh taolo ham nafsdan rozidir.

7. Nafsi komila yoki sofiya: Bu nafs payg‘ambarlarning, ulug‘ avliyolarning va xoslarning nafsi bo‘lib, nafsi natiqa bu maqomda sofiya nomini oladi. Bu martabada bo‘lgan buyuklarning ko‘nglida Zoti ilohiyning nurlari chaqmoq kabi chaqnab turadi va so‘nmaydi, har damda tajalliy etib turadi...

VOQEALAR

Kitob muallifi hayotdan siqilib, tushkun yurgan kunlarida bir kitob do‘koniga kirib qoladi. Tavakkaldan, nomiga, ichidagi yozuvlariga e’tibor bermay u kitobni xarid qiladi. So‘ng ko‘cha aylanadi, dengiz bo‘yiga boradi. Shu joyda olgan kitobi yodiga tushib qolib, uni varaqlay boshlaydi.  Avvaliga e’tiborsiz varaqlab, so‘ng undagi so‘zlar muallifni e’tiborini tortadi.  Kitob "Men siz bilan dardlashadigan o‘sha nafs haqida hikoya qilib beraman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan xitob qilinadigan bir hikoya deb qabul qilgaysiz..." degan satrlari bilan boshlanadi.

Kitob nafsga qarshi qattiq kurashib uni yengan Aziz Mahmud Xudoiy haqida edi. Muallif qiziqib qoladi.

- Aziz Mahmud Xudoiy kim o‘zi?
- U nafsni qanday yenggan?
- Hayotda yashagan insonmi yoki to‘qimami?

degan savollar qiynaydi. Hatto internetda qidiruv berib, bu inson haqiqatan yashab o‘tganligi haqida qisqa ma’lumot topadi. Shundan so‘ng kitobni o‘qishga tushadi.

Kitobdagi voqealar goh muallif tilidan, goh nafs tilidan, goh Mahmud afandi tilidan bayon etilgan holda bog‘lanib boraveradi.  Qozi Mahmud Afandini qozi darajasiga yetishiga uning ustozi Nosirzoda Ramazonning mehnati singadi. Ustozi vafot etgan Mahmud afandini Nafs yo‘ldan urishga, taqvosidan ayirishga, yomon yo‘l sari boshlashga tinmay ta’qib eta boshlaydi.

... Asardagi yana bir qahramon Bakr afandidir.   U kishi nihoyatda halol va kamtarin inson edilar. Moddiy jihatdan kambag‘al edi. Shu sababdan necha yillik orzusi bo‘lgan Haj ziyoratini ado etish orzusiga yetisha olmasdi. Bu orzusiga yetishi uchun tunlari yilab, yolvorib Allohdan madad so‘rardi. Kunlardan bir kuni Haj mavsumi boshlanish arafasida ayoliga Hajga borishligi aytadi. Buni eshitgan ayoli, uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi.
- O‘zingiz yaxshi bilasiz, moddiy ahvolimiz og‘ir. Haj amali imkoni borlar uchundir. Biz bundan hozir soqitmiz, ayb emas borolmasligimiz, — deydi.

Buni eshitgan Bakr afandining nihoyatda jahli chiqadi. "Necha yillik, orzuyimdan ayirmoqchimisan. Allohga qasamki ... agar men Hajga bora olmasam, boshing ochiq" deya uch marta qasam ichib yuboradi va uyidan chiqib ketadi.

Jahl ustida ichib yuborilgan bu qasam Bakr afandini qalbini tirnaydi. U xato ish qilib qo‘yganini bilib afsus qiladi. Bir chekkada chiqib, toshlar ustiga o‘tirib yum-yum yig‘laydi. Shunda kimdir uni yelkasini turtadi. Burilib qarasa bozorda eski buyumlar sotuvchi Eskifurush Mahmud otani ko‘radi. Unga bo‘lib o‘tgan voqealarni aytgach, Bakr afandi unining qo‘lini tutadi. Ko‘zlaringni yum deydilar. Bakr afandi ko‘zlarini yumadi, so‘ng, och deydi. Ko‘zlarini ochganda ne ko‘z bilan ko‘rsinki, o‘zini Ka’batulloh qarshisiga ko‘radi. ....

Aziz o‘quvchi, siz nima deb o‘ylaysiz: bunday bo‘lishi mumkinmi? Bunga ishonmayapsizmi? Kitobda bu haqda quyidagicha iqtibos keltiriladi.

" Allohga Osiy bo‘lgan shayton har ishni qila olishiga ishonasan-u, Allohning izni bilan O‘zining do‘sti qila oladigan ishga nima uchun ishonmaysan?

... Alloh istasa, hamma narsa bo‘ladi".

Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Bakr Afandining xotini Qozi Mahmud afandiga arz bilan keladi. Unga eri Bakr afandini qasam ichgani, so‘ng, bir kunda Haj ziyoratiga borib kelganini aytadi. Qozi Mahmud afandi Bakr afandini chaqirib, bu haqda so‘raganida, bo‘lgan ishlar rostligini, guvohlari borligi ham aytadi.

Xullas, asardagi asosiy voqealar rivoji ushbu moʻjizadan so‘ng boshlanadi.   Qozi Mahmud afandi buning sirini bilishga qiziqadi. Bakr Afandini bir zumda Hajga olib borib kelgan Eskifurush Mahmud otadan bunga qanday erishganini bilishni istaydi. MAhmud ota esa buning uchun Allohga do‘st bo‘lish kerakligini aytadi. Bunga esa Nafsni yengib erishi mumkinligini tushuintiradi.  O‘zi bunga ustozi Uftoda (Muhammad Muhyiddin) sabog‘i bilan shu darajaga erishganini aytadi.

Qozi Mahmud shayx Uftodani izlab topadi. Maqsadini aytganida, Uftoda bu ish nihoyatda qiyin ekanligini, buning uchun Nafsni yengish kerakligini aytadi. Qozi Mahmud har qanaqa shartlarni bajarishga rozi bo‘ladi. Shunda shayx Uftoda quyidagi so‘zlarni aytadi:

"... Sendan uch istagim bor. Mana shu eshikdan bu xonaqohga kirishing uchun uch narsadan voz kechasan.

Birinchisi - mol-mulkingdan voz kechasan! Chunki mol-mulk senga berilgan imtihondir. Mol-dunyo sevgisi bilan Alloh sevgisi bir qalbda aslo jamlanmaydi.

Ikkinchisi maqom- martabadan, shuhratingdan voz kechasan! Chunki shuhrat og‘uli o‘qqa o‘xshaydi. Shon-shuhratning lazzatini bir marta totib ko‘rgandan keyin butun dunyo meniki deb o‘ylaysan. nafsingni oyoqlaring ostiga olib, ezasan. Chunki insonning eng buyuk dushmani nafsdir, u har doim sen bilandir, ammo o‘zini senga sezdirmaydi. Modomiki bu dargohga kirishni istar ekansan, birinchi imtihoning shunday bo‘ladi: hozir borib, egningdagi mana shu mo‘ynani ham yechmasdan, yelkangga ok surp tashlab, bozorda, odamlar orasida yurib, jigar sotasan! Shu bugundan boshlab qozi emas, jigarfurush bo‘lasan.

Kimsan, shaharning bosh Qozisi Mahmud afandi uchun lavozim va boylikdan voz kechib, bozorda jigarfurushlik qilish nihoyatda qiyin ish edi. Bu esa NAFS uchun ayni muddao bo‘ladi. U Qozi Mahmud afandini yo‘ldan urishga, bu ishlar ahmaqona ish ekanligi haqida uqtirishga urinadi.

... Uftoda Qozi Mahmudni keyingi shartida hojatxona tozalovchisi bo‘lib ishlashga chiqairadi.  Eh, voh...  Nahot nafsni yengish shunchalar qiyin bo‘lsa, Allohga do‘st bo‘lish sinovlari shunchalar og‘ir bo‘lsa...

Kitobda asar qahramonlari tomonidan siz-u biz ishonishimiz qiyin bo‘lgan bir qancha g‘ayri-tabiiy voqelar sodir bo‘ladi. Masalan, Qozi Mahmud afandining (bu vaqtda u qozilikdan ketib, Qozi Xudoiy taxallusini olgan) qishning chillasida bog‘dan uzum olib kelishi, yo‘lda qorda botib qolganida g‘oyibdan bir kimsa (Hizr) kelib, uning chiqarib olishi va boshqalar. Ularning barchasi Allohning inoyati bilan sodir bo‘ladi. Buning uchun esa, banda Allohga yaqin do‘st darajasiga erishishi va Nafsini mag‘lub etishi lozimligi bayon etiladi.

Asarda qanday qilib, Nafsni yengish mumkin ekanligi haqida, Nafsning o‘zi so‘zlab beradi. Ibratli iqtiboslar borki, unda NAFSNI YeNGISH, ALLOHGA DO‘ST BO‘LISH YO‘LLARI keltirilgan.

Xo‘sh, yakunda Vijdon g‘olib bo‘ldimi, yoki Nafs? Buni o‘zingiz kitobni o‘qish jarayonida bilib olasiz...

ASARDAN IQTIBOSLAR:

... xayol sura olgan inson — erkin insondir.

...inson eng g‘amgin paytida, boshiga bir mushkul tushgan paytda qo‘llarini duoga ochadi. Biror istagi amalga oshmay qolsagina Allohga yolvorib, iltijo qiladi.

...Inson zoti har qanday narsaga “kerak emas” deya olishi mumkin, lekin pul, shahvat, shon-shuhratni rad qilishi juda qiyin.

... eng yomon dushman — tanimagan dushmaningdir.

... Allohga Osiy bo‘lgan shayton har ishni qila olishiga ishonasan-u, Allohning izni bilan O‘zining do‘sti qila oladigan ishga nima uchun ishonmaysan?

... inson odamlardan uzoqlashib, tafakkur qilish uchun yolg‘iz qolsa, Allohga yaqinlashadi.

... nafs degan narsa aslo o‘lmaydi. Uni o‘ldirib bo‘lmaydi. Sen uni begunoh, beozor deb o‘ylaysan. Ichingdan kelgan ovozlarni o‘zingniki deb bilasan. Lekin bu — nafsning ovozi. Nima qilsang ham u o‘lmaydi. Uni o‘ldi deb o‘ylagan paytingda birdaniga senga tashlanib qoladi. Yaratganga omonatingni topshirmaguningcha u ha tirik bo‘ladi.

... nafsning ovozini o‘chirish uchun joningni qiynashing, kam yeb, kam gapirishing kerak.
... Bilginki, nafsning ovozi faqat Allohning zikri bilan o‘chadi, hoyu havaslarga qarshi mustahkam turiladi, shu yo‘l bilan dushmanlar o‘ldiriladi.

© Komiljon ASLONOV

(* - Nafs darajalaridagi izohlar muslim.uz saytidan olindi)

“Tushunaman, ammo so‘zlasha olmayman” asari haqida
Foto: K.Aslonov

Ushbu kitob, maktabda yaxshi o'qimagan siz va biz haqimizda. Ayniqsa, xorijiy tillarni, masalan ingliz tilini faqat baho olish uchun, choraklik imtihondan o'tish uchun o'qib, maktabni bitirgach, ingliz tilida fikrimizni bayon qila olmaydigan siz va biz haqimizdagi kitob bu.

Faqat kitobda bizning rolimizni turk farzandi Ilker degan bola bajaradi. U ham bizga o'xshab maktabda til o'rganishda shunchaki baho uchun o'qiydi. Ayniqsa otasining ishi sabab Istanbulga ko'chib kelgach, bu yerdagi maktabda bu dangasaligi o'zining ziyoniga ishlaydi.

Masalan kunlardan bir kuni Ilkerlarnikiga otasining o'rtog'i oilasi bilan mehmonga keladi. Ular ichida Ilkerning o'rtog'i Sinan va Sinanning nemis kelinoyisi ham keladi. Ilkernining oyisi nemis millatli kelin bilan suhbatlashish uchun ingliz tili tanlanadi. Chunki u kelin nemischadan boshqa ingliz tilini bilar edi. O'rtadagi tarjima yuki Ilker va o'rtog'i Sinanga yukalanadi. Ana shu vaziyatda Ilker qiynalib, tarjima qilishga urinadi. ammo ko'p "qovun tushirib" oyisini xijolat qiladi. Uning do'sti Sinan esa binoyidek tarjima qilib beradi.

Yoki yana bir misol. O'qishni tamomlagan Ilker ish izlaydi. Vakansiya e'lonlarining deyarli barchasida ingliz tilidan erkin gapira olish va yoza olish talab etilgan bandlar bo'ladi. Yana Ilkerning boshi qotadi, o'z vaqtida tilni yaxshi o'rganmagani uchun. Nihoyat bitta e'londa ingliz tilidan boshlang'ich daraja bilish talabi borligiga ko'zi tushib quvonadi. Ular bilan bog'langanda esa, ishga kirishdan oldin ingliz tilida tanishuv suhbati borligini aytishadi. Mana yana bir sinov...

Asarning yana qiymatini oshiruvchi bir omil, unda yillar davomida til o'rganishda xato metod tanlanganligini tushintirishdir. Masalan, nazariy ilmga e'tibor yuqori, ammo amaliyot kam. Yodlangan ilmni qanday qo'llashni, qayerda qo'llashni bilmaydi o'quvchi. Fikrimizning tastig‘i asardagi mana bu diologda ochib beriladi:

"... - Ilker, Ingliz tilini biz nega oʻrgana olmadik, bilasanmi? Ilker tezroq ish boshlashni xohlayotgandi. Lekin bir tarafdan ayb bo'lmasin deb suhbatni boʻlmadi.

- Nima ekan?

- Sen telefonda velosiped voqeasini eslatding-ku, shunda xayolimga keldi. Masalan, sen velosiped haydashni qanday o'rganding?

- Umuman esimda yoʻq. Harholda boshlang'ich sinfda o'qiyotib oʻrgangan edim.

- Yaxshi, kimdir senga velosipedni qanday haydashni o'rgatdimi?

- Yoʻoʻq, menimcha.

- Ya'ni to'g'ri kelib o'tirib pedalni bosding, shundaymi?

- Ha shunday bo'lishi kerak.

- Gap shu yerda, doʻstim. Bizga maktabda velosipedni qanday haydashimiz kerakligini tushuntirdilar. Lekin oldimizga velosipedni olib kelib: "Shunga oʻtir, pedalni bos”, - deganlar boʻlmadi.

- Rostdan ham! To'gri aytyapsan.

- Bu misol Ilkerga yoqib tushdi, lekin mavzuni yopib, tezroq muddaoga oʻtgisi kelayotgandi.

- Shunday qilib yillarimizni oʻgʻirladilar. Menga nima velosiped g'ildiragining diametridan, egarining og'irligidan? Bosdingmi, yuryaptimi bu matoh? Yuryapti. Unday bo'lsa, meni undan foydalanishga majbur qilishsin! Nega bizga nima qilishimiz kerakligini tushuntiryapsan? Nima emish, "Simple present tense"mish. Bordik Amerikaga, koʻrdik tensi-mensini. Hech bir ishga yaramaydi".

Ilker hayotiga tub burilish olib kelgan voqeani eslaylik. Kunlardan bir kuni Ilker gazetada ingliz tili o‘qituvchisi Hasan Yukselning “... Siz ham ingliz tilini o‘rgana olmagangiz haqida o‘ylasangiz, demak, “Tushunaman, ammo gaplasha olmayman” degan guruhiga kirasiz, aynan siz uchun maqola chiqmoqda” degan e'longa ko‘zi tushib, bu uni qiziqtirib qo‘yadi. Izlab, o‘sha o‘qituvchini topadi.

Buni qarangki, o‘qituvchi ingliz tilini o‘rgana olmayotganlarni nega o‘rgana olmayotganini aniqlashga qaratilgan ilmiy ish qilayotgandi. Ilker esa unga ayni kerakli inson edi.

13-kun davomida o‘qituvchi Ilker ustida tadqiqot olib boradi. Ammo, Ilkerning ingliz tilini nega o‘rgana olmaganligi, qanday o‘rganish kerakligi haqidagi ular o‘rtasida bo‘lgan suhbat bu kitobda kiritilmagan ekan. Aytishlaricha, asarning davomi “Inglizcha? No problem” kitobida ekan.

Shunaqa gaplar...

Xullas asarda siz va bizning hayotimizni bajargan Ilker ko'plab sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Bir necha bor "qovun tushiradi". Xijolatli holatlarga tushib qoladi.

Xulosa: Asar har bir inson sohasining yaxshi mutaxassisi bo'lish uchun nafaqat sohasiga oid bilimlarni, balki xorijiy tillarni yaxshi o'rganish kerakligini uqtiradi. Shuningdek maktab va oliygohda shunchaki baho olish, imtihondan yiqilmaslik uchun "o'zini aldab" ta'lim olmaslik kerakligi haqida so‘zlaydi.

Gapning iddallosi, ingliz tilini qanday o‘rganish kerakligi haqida badiiy asar orqali tushintirilishi ko‘plab til o‘rganishni istaydigan, ammo o‘rgana olmayotganlar uchun juda foydali asar vazifasini o‘taydi.

© Комилжон Аслонов

Abdulla Avloniy. Kim nimani yaxshi ko‘rar?
Foto: wikipedia

Ehtimol, bizning xalq ilmu ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish.

Eshonlarimiz toat va ibodat, pandu nasihat, zikru tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar.

Ulamolarimiz darsu ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi ko‘rurlar.

Imomlarimiz, xaloyiqg‘a va’z va nasihat o‘rnig‘a, to‘y va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi ko‘rurlar.

Boylarimiz orqa-o‘nglarig‘a qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarig‘a raqobat qilaman deb, «bonka» va «kridit»larini ko‘payturub, do‘ffilari tor kelganda rus va yahudiylarning mollarini bukub-sinishini yaxshi ko‘rurlar.

Mo‘ysafidlarimiz namoz va niyoz o‘rnig‘a, masjid eshigiga yig‘ilub o‘turub, har kimni g‘iybat va shikoyat qilishni yaxshi ko‘rurlar.

Muallimlarimiz bir-birlaridan qizg‘onishub, bolalarni arzon o‘qitaman deb, bir o‘zlariga yuz, yuzdan ortuq bola yig‘ub, o‘zlari to‘y va ma’rakalarda bolalarning umrini bekor o‘tkarishni yaxshi ko‘rarlar.

Savdogarlarimiz: «To‘ylikni to‘yi o‘tar, to‘ysizni kuni o‘tar» degan so‘zga amal qilmay, qaysi mahallada to‘y bo‘lsa, dasturxonchilik qilishni yaxshi ko‘rurlar.

Muazzinlarimiz azonni yaxshilab adoyi maxraj qilub aytishni o‘rganmay, bir joyda to‘y bo‘lub qolsa, «Falonchinikiga oshga-ho!» deb qiroat ila qichqirishni yaxshi ko‘rurlar.

Do‘kondorlarimiz ishlarini tartib-la solmay, zamonag‘a muvofiq ish yuritmay, Mallaxon zamonidan qolg‘on eski do‘kon, eski tos, eski tartiblarini yaxshi ko‘rurlar.

Onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushub-talashub qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar.

Otalarimiz bolalarig‘a o‘qutmak va ta’lim bermak o‘rnig‘a «O‘g‘lum emdi kattakon yigit bo‘lding, shuncha o‘quganing yetar, pul top!» — deb «tashishka» — hammollik qildirishni yaxshi ko‘rurlar.

Kosiblarimiz bir-biridan mollarini arzon sotaman deb, tezgina yirtiladurg‘on, tikishlar undan urub, mundan chiqg‘on, suvni yetti chaqirim yerdan chaqiradurg‘on mahsi va etiklar tikub, sotishni yaxshi ko‘rurlar.

Zargarlarimiz yigirma tiyinlik kumush, o‘n tiyinlik tillo orasig‘a mum va saqichlar joylab, ismini qiz hayron, zebigardon qo‘yub, besh-o‘n so‘mga sotishni yaxshi ko‘rurlar.

Tabiblarimiz dolchin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha attorni qutisida yo‘q narsalardan murakkab doru va ma’junlar yasab, bechora nodon xalqni pulini olishni yaxshi ko‘rurlar.

Mashshoq va hofizlarimiz to‘y va bazmlarga bir mardakni(ng) ismini bachcha qo‘yub, o‘zlari ila barobar olib yurub, «milliy adabiyot» o‘rnig‘a «Xonim yalola, begim yalola» deb bachchaga tashlanayotgan pullarni bo‘lub olishni yaxshi ko‘rurlar.

Savodxonlarimiz jarida va jurnallar, tarix va ro‘monlar o‘rnig‘a Daqyonus zamonidan qolg‘on, xurofotlar ila to‘lg‘on «Andog‘ urdilarki, gard-gard bo‘lub ketdi», deb loflar yozilg‘on kitoblarni og‘izlarini qufurturub o‘qumoqni yaxshi ko‘rurlar.

Yigitlarimiz milliy majlis va suhbatlar o‘rnig‘a to‘kma va samavarlarda, rasta va do‘konlarda o‘lturub, «Falonchining o‘g‘li xo‘b yaxshi bola bo‘lubdur, kecha falonchining mehmonxonasig‘a qamab, qiyqirtirub bazm qilduk. Emdi falonchining o‘g‘lini(ng) ham bir bazm qilsak, dunyodan armonsiz ketar eduk» deb, islomiyatdan uzog‘ insoniyat nomiga yarashmagan ishlarni qilmoq va so‘zlashmoqni yaxshi ko‘rurlar.

Yoshlarimiz ilm va ma’rifatli bo‘lishni, hunar, san’at o‘rgonishni o‘rnig‘a, o‘zlariga zeb berub tor shim ila kalta kamzul, qotirma yoqalarga bino qo‘yishni yaxshi ko‘rurlar.

Ishchilarimiz ilm va hunardan mahrumligi sababli boshqa millatlar ilmu ma’rifatlari soyasida kuniga 4—5 so‘m ishlab turgan bu zamonda kuniga uch tangag‘a mardikorlikni, oyig‘a o‘n besh so‘mg‘a qorovullikni, yigirma so‘mg‘a fanar yoqishni, o‘n so‘mg‘a ko‘nka yo‘lini tozalashni va shularga o‘xshash eng past va og‘ir xizmatlarni yaxshi ko‘rurlar.

Bolalarimiz otalarimizning ilm qadrin bilmagan, ilm uchun pulni ko‘zlari qiymaganlik sababli o‘qumoq va o‘rganmoq o‘rniga «Oh pul, jonim pul», deb «tashishka» — hammollikni yaxshi ko‘rurlar.

Muharrirlarimiz ko‘b-ko‘b oqcha olib, oz-oz yozishni yaxshi ko‘rurlar.

Mushtariylarimiz foydali maqolalar o‘rnig‘a xabarlarni yaxshi ko‘rurlar.

Dumalarimiz majlisga kelub, ustulga suyolub farog‘at qilub turg‘on vaqtlarida, bir tarafdan qattig‘roq tovush chiqsa cho‘chib uyg‘onishni yaxshi ko‘rurlar.

Shoirlarimiz milliy she’r va adabiyot yozishni o‘rnig‘a muvashshahmi yoki «qoshingdan, ko‘zingdan», — deb, javonlarni maqtab fasod axloqg‘a sabab bo‘ladurg‘on she’rlar yozishni yaxshi ko‘rurlar.

Ammo men bo‘lsam, hozirgi zamonda indamasdan turishni yaxshi ko‘rurman.

© Abdulla Avloniy

Telegram: @komiljon_aslonov