Nilufar Abdullayeva

JANNAT IFORI.2
2-ep.Xotima.Haqeqat boʻlishini istagan tentagona orzuyim.

Hulkar

Hulkar kichkina yigitchaning orqasidan yugurib, boʻm boʻsh yoʻllardan oʻtdi. Hulkar ushlashga yotayotganida qora tun edi. Lekin u bolakay ortidan quvalaganida hamma yoq kundek yorugʻ. U bunga ahamiyat bermadi ham. Atrofda hech bir zot koʻrinmaydi. Va nihoyat bolakay ma'lum bir manzilga kelib, katta darvozasidan oʻynoqilab kirib ketdi. Hulkarning qadamlari sekinlashib, bu yerga nazar soldi. Qaraganida bu yer qabristonning kirish yoʻli edi...

Katta darvozaning qiya ochiq qolganini koʻrdi. Qiya ochiq qolgan qabriston darvozasidan ichkari kirdi. Kirishi bilan havo aynigan sifat boʻldi. Qabriston ichida osmonni qora bulut qoplagan edi. Bu sovuq sukunatga hamohang shamol esardi. Kichik bolakayni nigohlari orqali qidirar ekan qabrlar oralab ketgan yoʻlakdan u tomon yura boshladi. Yoʻlning yarmiga kelganida ichidan nimadur uni toʻxtashga undadi. U beixtiyor chap tomoniga qaradi. Yoʻlakning ikki yoni qabrlar bilan toʻlgan. Hulkar qaragan taraf ham shunday. Shu qabrlar orasidan bir kichik oʻlchamdagi qabr uning e'tiborini tortdi. Butun tanasi bilan u tarafga oʻgirildi. Uni nigohlari orqali chuqur kuzatdi. Ana endi esa yoʻlakning ohirirogʻida jigarrang eshikni koʻrdi. Qiziq ? Bu eshik tikk turibdi. Lekin hech qanday devor-u, tirkagich yoʻq. U eshik yoniga keldi. Eshikni ochib kirganida bagʻoyatda goʻzal manzaraga guvoh boʻldi. Yam-yashil dala: osmon koʻm-koʻk rangda, oppoq paxta misoli ulkan bulutlar, myin esayotgan shamol dirkillab turgan maysalarni vals raqsidek tebratayabdi. 100 qadamcha narida salobatli daraxtlar ham bu manzaraga koʻrk qoʻshib turibdi. Bir muddat bu goʻzallikdan koʻz uza olmay qoldi, Hulkar. Toza havodan chuqur hidladi. Bundan zavq olsa arziydi. Bu goʻzal manzarani yaratgan Musavvirning qudratiga lol qolmay iloj yoʻq. Hulkar endi, boyagi oʻyinqaroq bolakayni qidira boshladi.

~ Kimnidur qidirayabsizmi ? )
Ortdan kelgan ovozdan yuzida savol nigohi paydo boʻldi. Hulkar oʻgirilganida hali balogʻat yoshiga yetmagan yoshroq yigit turgandi. Taxminan 17 yoshlar atrofida. Bu jilmayib turgan yuzli yigitni savolga tutdi.

Hulkar: Kimsan oʻzi ?
Yigit: Qiziqib ketayabsizmi ? ) savolga savol ila javob bergan bu yigitcha kishini oʻziga jalb qiladi. Sirligi bilan oʻziga yana ham qiziqtirib qoʻyadi.

Hulkar: Bir bolakayni qidirib yuribman. U shu yerga kirib ketgandi.
Yigit: Tashqi koʻrinishi qanday edi ?
Hulkar: Uni koʻrdim. Lekin eslolmayman.
Yigit: U sizga kim boʻladi ? ) muloyimlik bilan soʻradi.
Hulkar: Bilmayman. Sen oʻsha bolamisan ?
Yigit: Balki ? ) yigit yura boshladi.
Hulkar: Qayoqqa ?) ortidan ergashdi.
Yigit: Hech qayer. Shunchaki bu yerlarni sizga koʻrsatgim keldi.
Hulkar: Seni taniymanmi ?
Yigit: Menimcha, allaqachonlar taniysiz. She'rlaringizda doyim men haqimda eslaysizku. Nima, unutdingizmi ?
Hulkar: Bu yerda, qabriston ichida nima qilayabsan ?
Yigit: Sayr.
Hulkar: Sayr ? Qabristondami ?
Yigit: Ha. Umuman olganda, bu yer qabriston emas. Qabriston, shunchaki oʻtish eshigi edi holos.
Hulkar: Unda nima ? Bu tushmi ? Biz tushdamiz-a ?) koʻzlaridan tabassum yugurib soʻradi.
Yigit: Tush, hayol yoki roʻyo ? Buning ahamiyati yoʻq. Muhimi, biz birgamiz. Birga sayr qilish uchun qulay imkon bu.
Hulkar: Bu gapingda jon bor. Bu yerlar juda goʻzal ekan... Huddi, jannat misoli.
Yigit: Jannat bu yerdan ham ziyodaroq, bilsangiz agar.
Hulkar: Sen u yerda boʻlganmisan ?
Yigit: Yoʻq. Hali emas. Kun kelsa, u yerga ham olib kiraman.
Hulkar: Intiqlik bilan kutaman ubda.

Ikkisi suhbat qurgan holda, bir daraxtning soyasiga kelib oʻtirdilar.

Yigit: Bu kiyim sizga yarashibdi.
Hulkar: Buni qachon kiyganim esimda yoʻq.) Hulkar endi e'tibor qaratdi. Egnida malikalarniki singari libos bor edi. Etagi uzun va keng edi.
Yigit: Aytmasam, qaramasdingiz ham...
Hulkar: Koʻzlarim koʻrib turgan yerlarda, koʻzlarim ilgʻamagan jumboqlar chiqib kelayabdi. Bu chindan ham tush. Tavirlar birin ketin ulanayabdi.
Yigit: Bu kimlar uchundir oddiy tushdir. Men uchun esa juda muhim bu.
Hulkar: Men uchun ham, juda muhim.

Hulkar va oʻsha Yigit.

Jahongir

Jahongir: Hulkar ... Oyi...Oyiii Hulkar... Oyii...) u baqirib, onasini chaqirdi.

Bu baqir-chaqirdan hovliqib, yugurgilab chiqdi, Xadicha ona.

Xadicha: Hay. Nima boʻldi ? Nefa baqirasan ?
Jahongir: Oyi, Hulkar istimalab yotibdi. Chaqirsam uygʻonmayabdi. Tinmay gʻinshib, alaqsirayabdi.
Xadicha: Tez yordam chaqir. Biror korxol boʻlmasin tagʻin.) Xadicha onasochiqni namlab kelib, Hulkarning peshonasiga qoʻydi. 25 daqeqa deganda Tez yordam yetib keldi.

Jahongir: Faqat tezroq. Issigʻi juda baland.
Doktr: Yoʻllar juda tirband. Zudlik bilan birinchi yordamni koʻrsatamiz. (Hamshiraga yuzlanib gapirdi) Qonbosimini oʻlchang. Termometrni qoʻying istimasi nechchi ekan bilib olaylik.

Hamshira: Qon bosimi tushib ketibdi. Koʻtarish kerak.
Doktr: Issigʻichi ?) Tanometrni qoʻltigʻostidan olib koʻrdi.
Hamshira: Harorat 39.3. Juda baland.

Doktr: Analgin-demedrol joʻnating. Yonboshdan Kordiamin qiling. ) u shunday deb Hulkarning yurak urishini eshitib koʻrdi. Yumiq yotgan koʻzlaridan birini ochib, koʻzini tekshirdi.

Xadicha: Axvoli yaxshimi ?
Doktr: Charchagan. Qattiqroq biror ish qilganmidi ? Yoki biror narsadan siqilganmi ?
Xadicha: U yaqinda ishga kirgandi. Boxchaga, ishim juda shovqin deb kelardi, ishdan.
Doktr: Unga dam kerak. Yana shamollabdi. Istima chiqib, qon bosimi meyoridan ancha tushib ketibdi. Ukol qildik. Bir soatlarda ancha issigʻi tushadi. Qon bosimi ham normallashadi.
Xadicha: Rahmat sizlarga.
Doktr: Bemorga e'riborli boʻling. Bir necha kun sovuq suv ushlamasin. Ovqatini vaqtida yesin. Mana bu dorilar roʻyxati. 5 kun shuni ichsa, koʻrmaganday boʻlib ketadi. Vitaminga boy kalloriyali ovqatlardan koʻproq yesin. Quvvat boʻladi.
Xadicha: Albatta shunday qiladi. Rahmat sizga.

Xadicha ona minnatdorlik bildirib tez yordam hodimlarini kuzatib ortiga qaytdi. Oʻgʻli Jahongir Hulkarning tepasida oʻtirgandi. Hulkar qoʻlida ushlab uhlab qolgan oq yaxtaga termulib oʻtirgandi u. Sekin uning gʻijimlab olgan qoʻlidan boʻshatib oldi. Va bu kichik bolalar kiyimiga termulib, boshini quyi egdi. Xadicha ona oʻgʻlining yelkasiga qoʻlini qoʻydi. Jahongir esa boshini onasiga suyab oldi. Xadicha ona chuqur xoʻrsinib qoʻydi.

Hulkar

Daraxt soyasida oʻtirar ekanlar, ular dunyo tashvishlaridan holi edilar.

Yonlaridan iqib oʻtgan sharqiroq suvga qoʻlini soldi, Hulkar.
Hulkar: Naqadar zilol...
Yigit: Hu anavi daraxtlarni koʻrayabsizmi ? ) qoʻli bilan koʻrsatdi. Qator oʻsib chiqqan darxtlar bir tekkisda tizilgan edi.
Hulkar: Ha.
Yigit: Borishni istaysizmi ?
Hulkar: Yoʻq demayman.

Ikkisi oʻsga yarafga borishdi. Daraxtlar orasidan oʻtganlarida ular biroz boshqacharoq koʻrinib qoldi. Yoshlari ulgʻaygan misol edi. Ikkisi ham bunga e'tibor bermadilar. Bogʻning bu tarafiga oʻtib, daraxtlar orasida qyrilgan argʻimchoqqa oʻtirdilar.

Ularning kattaroq koʻrinishlari.

Hulkar: Bu yerlar menga yoqdi. Hidi ham juda nafis.
Yigit: Ha, anchadan beri yetishmayotgan ifor keldi.
Hulkar: Bu ifor, aslida sendan taralayabdi shekili.
Yigit: Ehtimoldan holi emas. Xoʻsh, bu koʻrinishim sizga yoqdimi ? Ulgʻaygan koʻrinishim siz istaganday- a.
Hulkar: Juda koʻrkamsan.
Yigit: Siz istaganday uzun boʻyli, keng yelkali.

Hulkar tabassum bilan javob berdi.

Yigit: She'rlaringiz juda ajoyib.
Hulkar: Ularni oʻqidingmi ?
Yigit: Har birini.
Hulkar: Aynan qay biri senga koʻproq yoqdi ?
Yigit: Hammasi ham oʻziga yarasha. Masalan:

Yigit: Aytgin menga ichingda borinSen menga begonami yo yaqin ? Hulkar: Yoki aldab, ovut, men yoringYorilmasin boshing, oʻzing tut sokin. ) Hulkar birga hamohang davom ettirdi.

Yigit: Huddi, muz qoplagan yurak singari
Hulkar: Qayta yana eriy boshlayin.
Yigit: Oʻtdayin gʻalayon etdi, ilgari
Hulkar: Seni qayta seva boshlayin.

Yigit: Seni sevaman degin!
Hulkar: Seni sevaman degin!

Yigit: Sen-la jannatlarda birgaman.
Hulkar: Qachon kelar, bu kun bilmam.
Yigit: Qoʻshiqdagi duet singarman.
Hulkar: Qoʻyib bersa oldingdan kelmam.

Yigit: Kel, hammasin qaytadan boshla.
Yashashda sen odim davom et.
Hulkar: Biz sevganlar ketmasin tashlab
"Rasvo fe'ling" asta gumdon et.

Yigit: Seni sevaman degin.
Oʻz-oʻzimni,
Faqat oʻzim
Sevaman degin!

Hulkar: Ki, boshing tanaga qolib ketmasin.
Seni yosh boshingda sarson etmasin.
Shu koʻyga solganlar gumdon etmasin.
Bir parcha oloving yonib ketmasin.

Yigit; E'tibor aylama, oʻzga quzgʻunga
Gap-soʻzlar shunaqa kelib ketadi.
Hulkar:Gʻiybatlar yuraging ezib, mijgʻilab,
Seni bu yoshliging uvvol ketadi.

Yigit: Uni ketgan bahorday esla.
Hulkar: Baxordan ham oldinroq ketdi.
Yigit:Uni tunda yulduzday qumsa
Hulkar: Yulduzdan ham ulkan va mitti.

Yigit: Koʻkraginga toʻlgan ozuqa
Hulkar: Unga bu rizq nasib etmadi.
Yigit: Tan ogʻrigʻi boʻlib adoqa
Hulkar: Dil yarasin yuvib ketmadi.

Hulkar:Tushda bir koʻrsayding, farishtadayni.Yigit: Yuzini bir bora koʻra olsayding.Hulkar: Uning siyratini qalbga chizaymi?Yigit: Tushdagi xotirang eslab olsayding.

Iching boʻshab qoldi, ketgandan beri.
Kemtik yuraging ham taning singari.
Hulkar: Boʻshliqda uchasan, sen nari beri.
Usiz toʻlmas boʻshliq, eh haliberi.

Yigit: Ajoyib she'r.

Hulkar: Dunyo tezroq tugasa edi,
Koʻrsam edi sening jamoling.

Yigit: Bunga jud oz qoldi. Menga ishoning. Sizga uzoqday tuyiladi. Lekin, juda qisqa vaqt bu.
Hulkar: Sen aytar ekansan, ishonaman.
Yigit: Unda bergan va'dangizda sobit turing.
Hulkar: Qanday va'da ?

Yigit: "Va'da berdim senga ming bora,
Oʻz jonimga qilmagayman qasd."
Hulkar: Kutmoqdaman umrim tugashin,
Sogʻinchlarga qoʻyilsin nuqta.
Aytish ossondir, balki,menga.
Bajaraman va'damni puxta. ) yigit sokinjilmayib qoʻydi. Hulkarning toʻlqinlangan koʻzlarini koʻrib,
Yigit: Sizni juda yaxshi koʻraman. ) Hulkarning oʻtirgan oʻrni oldiga tizzalab oʻtirkb ikki qoʻlidan tutdi. Qoʻllarini qyta qyta oʻpib, Hulkarga qaradi. Hulkarning ham yuzida kulgu yugurgach,
Hulkar: Men ham seni yaxshi koʻraman. Juda ham.) bagʻriga kirgazdi. Yigit ham uni mahkam quchdi.
Hulkar: Ulgʻaysang juda koʻrkam boʻlar ekansan. Farishta kabi. Sen mening jannatimsan.
Yigit: Siz esa mening jannatimsiz. ) ikkisi ham bir-birlariga qarab jilmaydilar.
Hulkar: Aytishlaricha, u yerda hamma 17 yosh boʻlar ekan.

Yigit: Endi, ortga qaytishimiz kerak.
Hulkar: Birpasdaya. Yana ozroq oldingda qolgim kelayabdi.
Yigit: Men ham siz bilan koʻproq boʻlishni istayman. Lekin vaqt tugayabdi.
Hulkar: Nailoj.

Ikkisi ortiga klegan yoʻllaridan qaytdilar. Birma bir daraxtlar qatoridan oʻtib yana yish koʻrinoshga kirdilar. Yigit 17 yoshli Hulkar ham oʻzining yoshi 21 yosh holiga qaytdi. Bu jannatmakon manzilning boshlanishiga yaqin kelib qoldilar. Hulkar kirgan eshik 10-15 qadam narida qayta ochildi. Buni koʻrib, ikkisi bir-biriga qyta yuzlandilar.

Hulkar: Seni sogʻinib qolaman.
Yigit: Men ham. Sizdan havotir olishayabdi. Tezroq uygʻonishingiz kerak.
Hulkar: Imkonim boʻlsa, bu tushdan hech ham uygʻonmasdim.
Yigit: Bunaqasi ketmaydi. ) yigit Hulkarning qornini kafti bilan yengil siladi.
Yigit: Uygʻonmasangiz mittivoylar qiynalishadi. ) Hulkar hayrat ila qorniga qaradi.
Hulkar: Nima, bu rostmi ? ) yuzidagi hayrat toʻla xursandchilikni koʻrdi yigit. Va bosh irgʻash va jilmayish ila "Ha" dedi. Soʻngra egilib, Hulkarning qorni tarafga gapirdi.

Yigit: Toʻpalon qilmanglar, onamizni koʻp ham toliqtirmanglar. Katta boʻlgach, uni himoya qilinglar. Akangiz sizlarni juda yaxshi koʻradi. Buni unutmanglar, hoʻpmi ?

U qayta qasdini rostladi.

Hulkar: Quvonchimni cheki yoʻq.
Yigit: Allohning marhamati shunaqa cheksiz boʻladi.
Hulkar: Unga hamd va sanolar boʻlsin.
Yigir: Ami(y)n. ) Hulkar eshik tomon yura boshladi.
Yigit: Maxshar kuni koʻrishguncha.
Hulkar: Koʻrishguncha, Muhammadmansur.

U tomon qarab qolishi

Oxirgi bor unga qaradi. Unga tomon boqib, kulib turgan yuzga.
Soʻng, eshik ichiga ravona boʻldi.

Hulkar tomon qarab qolishi.

Hammayoq oppoq boʻlib ketdi. Koʻzlari qamashgan Hulkar koʻzlarini yumib-ochdi. Oppoq xira tasvir sekin tiniqlashdi. Koʻzlarini ochganida tepasida havotir bilan qarab oʻtirgan erini koʻrdi.

Ayoli xushiga kelganini koʻrgan Jahongir, kafti bilan Hulkarning yuzidan tutdi.

Jahongir: Ahvoling ancha yaxshimi ?
Hulkar: Hech qachon bunday yaxshi boʻlmagandim. Nega kpzlaringiz qizargan, sizni qoʻrqitib yubordimmi ?

Jahongir: Yoʻgʻe, koʻzim shamollabdi. Uhlab yotganingga ham qoʻrqaveramanmi ?
Hulkar: Unda koʻzlarimgizdan oʻpib qoʻyaman.
Jahongir: Keyin tuzalib ketadimi ?
Hulkar: Albatta, siz menga dori boʻlganingizdek... Men ham sizga darmon boʻlaman...
Jahongir: Qani, oʻzimga kelaqol...

Ayolini bagʻriga kirgazib, peshonasidan oʻpdi.

Hulkar: Men bir qiziq tush koʻribman.
Jahongir: Qanaqa ekan ?
Hulkar: Unda jannatning ifori barq urib turgandi. Uni sizga aytib beraman.

Jahongir va Hulkar

TAMOM !

Muallif: Nilufar Abdullayeva

JANNAT IFORI
Sening yoding uchun...

Avtomobilning orqa oʻrindigʻida oʻtirgan qiz turmush oʻrtogʻi kelishini kutardi. Yoʻlning narigi betida yangi tushgan doʻkonlar uzoqdan deyarli boʻsh koʻrinadi. Qizga bu yer tanishdek tuyuldi. Eri kelishini kutib oʻtirmay, qiziquvchanligi sabab, hovliqib yoʻlning narigi tomoniga oʻtdi. 3 xonadan iborat kichik doʻkonlar: oʻzimizning oddiy doʻkonlar singari. Uning yoniga bordi. Va ichini kuzatdi. Avvaliga boʻshdek koʻringan xonalar endi boshqacha holda koʻrindi. Chap tarafdan birinchisi tarafga qadamlar ekan, qiz oʻzining doʻkonini topishga urindi. Chap qoʻldagi doʻkonda atir-upa deganday, ayollar goʻzallik vositalari sotilardi. Bu xonaning eshik ostonasidan qaytdi. Qolgan ikki xonanning yana birini qarab koʻrdi. Bu yer boʻsh edi. Keyingisini ochganida, huddi uyning kichik xonasi bezatilgandek gavdalandi. Eniga nisbatan boʻyi uzunroq tushgan, kichik xona. Chap tarafida bir kishilik uchun moʻljallangan yotoq. Oʻng tarafida oʻziga yarasha stol, roʻparada esa jigarrang shkaf turgandi. Xona tartibli, yotoqning usti bir tekkis yigʻilgan.

Qiz ongida oʻziga oʻzi savollar yogʻdira boshladi:

Qiz: Axir, bu bizga tegishli doʻkon edi. Bu yerni kim uyga aylantirib oldi ? Kim ? Bu yerda men bolalar kiyimini sotmoqchi edim. Men niyyat qilib, olib qoʻygan kiyimlar shu yerda edi. Qani ular ? Men uni oʻgʻlim uchun olgandim. Mendan tortib olishga haqqilari yoʻq. Yoʻq... Men bu yer meniki, ya'ni oilamizniki. Demak xohlaganimcha kirib koʻrishga haqqim bor. Yomon ish qilayotganim yoʻq. Ha.( Bir zum ongida bolalar uchun moʻljallangan oq rangdagi kiyim gavdalandi.) Ha.. bu yomon ish emas... Bunday emas.

U toʻgʻri borib, shkafni ochdi. Kiyim taxlash uchun moʻljallangan qavat tarafi ochildi. Uning nigohi birinchi navbatta bir tekisda, tartib bilan taxlangan sochiqlarga tushdi. Hayolidan allanechuk hayollar oʻtar ekan, qoʻl sochiqlar koʻziga tanish koʻrindi.

- Naxotki, bu sochiqlar... Uyimizdagilarga juda oʻxshar ekan... Oyimning sochiqlari... Nahotki ? Boʻlishi mumkin emas. U chet elga ketmaganmidi ? Yoki, dadamdan buni yashirish uchunmi ? Nima sababdan ? Men bu yerdan ketishim kerak. ) u zinhor eshikni ochib tashqariga chiqdi. Qalbida gʻashlik,u izlagan narsani topa olmay ezilganday koʻrindi. Bu yerdan ketmoqchi boʻlganida, qaynonasining ovozi uni toʻxtatdi.
- Hulkar ...) qiz ortiga qarab, uni koʻrdi, va hayrat bilan u tarafga yaqin keldi. Yuzidagi savollar tillariga koʻchdi. Ammo, sokinlik ila.
Hulkar: O-oyi... Yaxshimisiz. Bu yerda siz yashayabsizmi ? ) yigʻlamsiragan, oʻzini zoʻrgʻalab tutib turgan ayol soʻz boshladi.
Xadicha ona: Haa, Hulkar... Yaxshiman. Oʻzing yaxshimisan. Dadang bilan Jahongir akang tuzikmi ? Ovqatlarini vaqtida berayabsanmi ?
Hulkar: Ha oyi. Berayabman. Ular yaxshi... ) ayol hokisor yigʻlab turardi. Qizlardek kpringan yosh Hulkar ham qalbi ezilganday, koʻzlari atrofi qizara boshladi.
Xadicha ona: Hulkar,meni bu yerdaligimni hech kimga aytmagin, hoʻpmi ? Hech kimga aytmagin.
Hulkar: Hoʻp, aytmayman.... Oyi... Oldingizga kelaymi ? Siz bilan birga yotgani... Ertaga kelaman. Dadam va erimga dugonamnikida qolishga deb soʻrayman. Ha.. shunaqa deyman. ) ayol sekin boshini irgʻab qoʻydi. Hulkar ortiga qaytar ekan, koʻzlaridagi qizarishlar yaqqol sezilib turardi.

Qarshisida birdan eri paydo boʻldi.
Hulkar: Jahongir aka ?
Jahongir: Qayerdn kelayabsan ? Yigʻlaganmisan ?
Hulkar: Ha, men... U roʻparadagi doʻkonlar... Biz.. biz olgan doʻkonlar-a shundaymi ? Biznikiyaaa ?
Jahongir: Haa...
Hulkar: Oyim shu yerda yashayabdimi ? U shu yerdami ? Buni bilardingiza ?
Jahongir: Ha. Shu yerda, men joylashtirdim. Sen nega yigʻlayabsan ?
Hulkar: Kiyimlar sotmochi boʻlgan edik, esingizdami ?(U allakim bilan savdo qilishni istaganini eslatdi) Men oʻgʻlim uchun kiyim olgandim. U yoʻq, kim yoʻq. Oʻgʻlim uchun olgan kiyimni topolmadim. Men u uchun olgandim. Qani u ? Topolmayabman. Oʻgʻlimizg olgan kiyim qani ? Uni topolmayabman....

Hulkar toʻlgʻonib yotgan joyida koʻzlari ochildi. Koʻzlarini ochganidagi manzara qora tunga burkangan xonasi boʻldi. U tish koʻrganini angladi.
Hulkar: Bunchlar aniq va esda qolarli tush boʻlmasa bu ?

Hulkar

U yotgan yerida chap tarafiga qaradi. Eri Jahongir uhlab yotgan edi. Hulkar erining bagʻriga tirmashib kirib oldi. Uyqini ichida yarim uygʻongan Jahongir, ayoli ekanligini payqab, ayolini bagʻriga kirgazib oldi.

Tong.
Hammayoqni supur sidir qilib, suvlarni yashnatib sochdi. Dasturxon yoydi. Erinchoqligi tutib, xonasiga kirdida yotoqqa yotib oldi. Uyqusi ochilgan Jahongir, ayolining yelkasini sekin turtdi.
Jahongir: Hulkar... Hoy Hulkar... Uhlama. Tong yorishib boʻlibdiku.
Hulkar: Aksincha, siz uhlamang. Men endi kirdim, bu yerga.
Jahongir: Nonushtani tayyorladingmi ?
Hulkar: Nonushta tayyor. Hammasini taxt qilib qoʻydim. ) Jahongir ayolining qoʻllarini ushlab yaqinroq olib keldi. Qoʻlini silab, barmoqlarini oʻz barmoqlari bilan qovushtirdi. Bir-biriga qarab qolgan yoshlar samimiy nigohla boqardi. Jahongirning yuzidan tutdi. Koʻrsatkich barmogʻida yuziga botirdi. Bu erkalatish ma'nlsidagi harakat edi.
Hulkar: Quyosh allaqachon chiqdi. Yuz-qoʻlingizni yuving.
Jahongir: Yaxshi) muloyimlik bilan soʻralganidan soʻng, Jahongir ust-boshini kiyib toʻgʻrillab tashqariga chiqdi. Hulkar esa, joylarni tartibladi. Xona pardalarini tortib qoʻydi. Soʻng eshikdan chiqqankda hovlidagi soʻrida qaynonasi va qaynotasi kulishib nonushta qilishayotganini koʻrdi. Bir muddat qarab qolgan Hulkar, ularga kulib qarab qoʻydi. Va u ham ularning oldiga borib qoʻshildi.

Kun shu tariqa boshlandi. Bu tush, aslida hayotga teskaridek koʻrindi. Va aslida haqeqiydek ham...

Jahongir

Oradan taxminan 1 oy oʻtdi.

Tong saxarlab, nonushta qildi Hulkar. Kiyinib tarandi. Egnida oq kofta qora yupka. Maktab oʻquvchilaridek koʻrinib qolgandi. Tashqi kprinishida oddiylik ufurib turgani rost. Yuzidagi pardozi ham uning yosh koʻrinishiga toʻsiq emas.

Xadicha ona: Hulkar, bugundan kech qolmagin boʻla qol. Tezroq mashinag oʻtirib, eson omon yetib olgin.
Hulkar: Hoʻp oyi. Duo bering) deb, qoʻllarini ochdi. Xadicha ona ham qoʻllarini duo uchun ochib duo qilib kuzatib qoldi. Soat hamo ertalabki, 6:30lar atrofi. Uyidan chiqib koʻcha boshidan moshina ushladi. Markazga yetib borgach, yana bir avtoulovga borib joylashdi. Damas avtomobili toʻlgach, yura boshladi. U oʻziga kerakli manzilni koʻrgach, moshinni toʻxtatib tushib qoldi.

Davlat Maktabgacha Ta'lim tashkiloti. Oddiy qilib aytganda boxcha.

U toʻgʻri kirib bordi. Va unga ishchilar Mudira ayol kelishini kutib turishini aytdilar. Soat 7dayoq yetib kelib olgan Hulkar oʻzini ichida koyiy boshladi.

Hulkar hayolida: Ha mana koʻrib turganingizdek bugun birinchi ish kunim. Birinchi kundanoq kech qolmay deb, soat 7:oo da kelib oldim. Va, mana qoqqan qoziqdek bir yerda turibman. Birinchi ish kunim sal kechroq kelishim kerakmidi bilmadim. Mayli, birinchi kundan kech qolish yarashmasdi, aslida. Taxminan 1 yarimsoatlardan keyin Mudira ayol keldi. Nihoyat. U hamma bilan iliq salomlashdi. Meni kelganimni koʻrsatishdi unga. V men bilan ham ular singari iliq salomlashdi.

Mudira: Toʻgʻridagi xonani koʻrsatib topshiring. Oʻzi tozalab, jihozlab sekin, koʻnglidagidek qilib joylashitirib oladi.

Hulkar hayolari: Shoshma. Nima dedi. Jihozlaydi dedimi ? Tozalash ? Ha mayli bunga mayli, lekin joylashtirib oladi degani nimasi ?) miyyasida savollar tugʻila boshladi.

Mudira: Qizim koʻnglingizdagidek qilib oling. Lekin boxchamiz eski aytib qoʻyay) deb kuldi. Hulkar ham: Boʻlaveradi: deb kulib javob qaytardi.

8 yoki 9 yillar oldin.

Televezorda ishga kirayotgan yosh qizlar va yigitlar haqidagi filimlar koʻp boʻlar edi. Efirga uzatilishi ham maromida. Hulkar ularni koʻrib, keljagini tasavvur qilardi.

Televezorda bir korxonaga ish uchun Boshliq qabulini kutib turgan qiz gavdalangandi. Chaqirishganda salom berib kirdi.

Direktor: Keling qizim,
Qiz: Ish boʻyicha e'lon bergan ekansizlar. Menga ish kerak edi. Shu sababdan keldim.
Direktor: Hukjatlaringizni bir koʻraychi) qiz hujjatlarini uzatdi. Direktor yani boshliq kprib, mamnun jilmaydi.
Direktor: Yosh ekansiz, nega erta ishga kirmoqchisiz ?
Qiz: Pul sabab. Oilada katta farzandman. Ukalarim hali kichkina. Oyim betob,dadam esa bir oʻzi qiynamib ketdi. Men ham ishg kirsam, ancha yordam boʻlarmidi... Deb oʻylab qoldim. Kamiga oyimning dprilariga ham pul kerak. Bir kishi topgan pul yetmas ekan...
Direktor: Meng yoqtingiz, qizim. Hujjatlaringiz ham joyida. Ertadan ishga keling. Xonangizni shaxsan oʻzim tayyorlatib qoʻyaman.
Qiz: Rahmat sizga) qiz quvonchini ichiga sigʻdirolmadi. Qabuldan xursand holda chiqdi.

Hozirgi vaqtlar

Hulkar metodis (direktor yoki mudir oʻrinbosari) ayolning orqasidan ergashib kichik xona ichiga kirdi. Deyarli, pmborga aylanishni boshlagan bu xona Hulkargq topshirildi. Ha, bu kinolardagi kutilmagan hol roʻy berganda chalinadigan musiqaga juda mos holat. Lekin, real hayotdan oʻzidan oʻzi musiqa chalinib qolmaydi. Ammo, aynan shunday holat edi bu.

Hulkar: Mana senga tayyorlangan xonayu, ana senga yangi va mustahkam jihozlar.... ) taxminan 2 yoki 2 soat oahiqroq bu xonani tartibladi. Astoyidil kirishib tozalab changlarini artdi. Toʻzligan hujjatlarni tartiblab, eski javobga joyladi. Keraksiz buyumlarni olib chiqib tashladi. Ha-a-a, oq kofta kiygani esingizdami ? Qarang, uning ahvolini: kiyimlari chang boʻlayotganini koʻrib, xoʻrsinib qoʻydi.

Birinchi kunni shunday boshladi. Bolalar bilan tanishtirish uchun Metodis ayol bir nechta gurpalarga olib kirib koʻrsatib chiqdi. U amallab, bolalar bilan suhbatlashdi.

Kechki payt.

Hulkar yotdiyu, uhlab qoldi. Kun boʻyi eriga nolishni reja qilib yurgan gaplari endi, ertaga qoldi.

Jahongir koʻchadan 22:35 larda keldi. Xonada ayoli allaqachon uhlab boʻlgandi.

Ayolining yoqimli uhlashini kuzatgan erkak, uning sochlaridan silab qoʻydi.

Hulkar ishga ancha moslashib qoldi. Ishdagi hamkasabalar bilan ham ancha tanishib ulgurdi. Mana bugun ham ishini tugatib, oʻz xonasidan chiqayabdi. Tashkilot hovlisiga chiqqanida ishdagi sheriklari bilan kulib hayrlashdi. Darvoza tomon ketgan uzun yoʻlak boʻylab yura boshladi. Yoʻlakning chap tomonida boxchaning kichik bogʻi joylashgan. Koʻplab kichik atraksionlar va argʻimchoqlar bor. Hulkarning diqqatini bir temir zanjirli argʻimchoq tortdi. Unda bola oʻtirmagan boʻlsa ham uchayotgandi. Unga qarab oʻtib ketdi. Va keyin chalgʻimaslik uchun diqqatini jamlab oldi. Yoʻluda davom etib, taksi ushladi. Taksi tuman markazigacha bordi. Hulkar endi markazdan,oʻzining koʻchasiga qatnaydigan damas avto-uloviga oʻtirdi. Taxminan 40-45 daqeqalarda uyiga yetib bordi.

Hulkar uyga kirib, ust-boshini almashtirdi. Kechgi ovqat uchun hali ancha ertaligi sabab, eshikda toʻkilgan xazonlarni supurishga tushdi. Hovlida hayol surib eshik supurayotgan Hulkar, oʻzidan sal nariroqda nimadur oʻtib ketganga oʻxshadi. E'tiborini jamlab oʻsha tarafga qaradi. Lekin, hech nars yoʻq edi.
Hulkar: Uy ajinlari boʻlsa kerak)deya oʻziga oʻzi xazilomuz kulib qoʻydi.
Buni charchoqdan bilib, ishini davom ettirdi.

Qaynona oyisi Xadicha ona ovqatga sabzi toʻrgʻab oʻtiribdi.

Xadicha ona: Bugun bir oʻchoqda osh qilamiz. Oʻtinlarni tayyorla qizim.) dedi.
Hulkar: Hoʻp oyi) dediyu, tomorqa tarafga oʻtib ketdi. Biroz vaqt oʻtib, quchogʻid qozon-oʻchoq uchun moʻljallangan oʻtinlarni olib oʻtdi. Ikkisi birgalikda osh damladilar. Jahongir va dadasi Qosim aka ishdan qaytdilar. Birgalikda kechgi ovqatni samimiy kayfiyatda tanavvul qildilar. Uyoq-buyoqdan kulishib oʻtirishibdi. Hulkarning qulogʻiga qadam tovushlari eshitilganday boʻldi. Oʻtirgan yerida ortiga oʻgirilib qaradi. Hech kim darvozadan kirib kelgani yoʻq. Qarasa, oʻrikning barglari toʻkilib, odam qadam tashlaganda shop etib chiqadigan ovozga oʻxshash ovoz chiqarayotgan ekan.

Hulkar hayolida: Haa, bugun anniq charchabman shekili. Barg toʻkilishini ham odam yurganiga oʻxshatayabman.) deb oʻyladi.

Kech tushib, ishlarini tezlik bilan yakunladi. Xonasiga kirib, xonasini biroz tartiblab qoʻydi. Sochlarini tarab, yotogʻiga yonboshladi. Hayol bilan yotgan qiz koʻzlari yumildi. Uyqu koʻzlarini endigina egallay boshlaganida, yuzidan oʻpich olinganini sezib, choʻchib uygʻondi. Koʻzlarini ochib, qaraganida kichik 3-4 yoshlar atrofidagi bolakay (oʻgʻil bola) xona oʻrtasida turgandi. Qiqirlab oʻynoqilab kuldida, eshikdan yugurib chiqib ketdi.

Bolakay

Hulkar: Shohma-a, deya oʻrnidan sakrab turdi. Ortida yugurgilab tashqariga chiqdi. Uyning hovlisida unga qarab yigitcha kulib yana qochishni boshladi. Bu goʻyoki, quvlashmachoq oʻyini singari tus oldiki, bolakay darvoza tarafga tomon qochdi. Hovlining oʻrtasiga borgan Hulkar, uyining juda ham tinchib qolganini sezib, oʻrnida biroz toʻxtalib qoldi. Hamma yoq jim-jit, kun kabi yorugʻ va juda sokin edi. Bolakay darvoza tashqarisidan boshini oʻtkazib, "men bu yerdaman" deganday ishora berdi.

Hulkar: Shoshmasngchi, qayerga ketayabsan ?
Bolalay: Yetolmaysiz. Yetolmaysiz.) oʻyinqaroq bolakay shoshilib yugurardi. Hulkar endi havotirlana boshladi. Yigitcha koʻchadan katta yoʻl boʻyi tarafga qarab ketayotgan edi. Qancha toʻxtatib chaqirmasin, battar tezlashib yugurar edi.

Hulkar: Yoʻldan uzoq tur, moshinalarga ehtiyot boʻl... Shoshma, senga yetolmayabman... Shoshmasangchi, axir. Qanaqa bolasan, oʻzi a ? )
Ortidan katta yoʻlgacha quvalab bordi.

Yaxshiyamki, moshina qatnovi yoʻq edi. Har doyim moshinalar soni uzilmas edi bu yoʻldan. Negadur hozir yoʻllar boʻm-boʻsh edi. Huvillagan koʻchalar edi...

Jahongir

Jahongir kechgi ovqatdan soʻng koʻcha tomonga yoʻl oldi. Oshna-ogʻaynilari bilan koʻrishib, bir ikki ishlarini hal qilgach, uyiga qaytdi. Koʻcha daevozani ochosh uchun qoʻlini olib bordi,va birdan hayoliga Hulkarning shamollagani keldi.

1 necha soat oldin:

Tashqari soʻrida oila jamul-jam ekan, Hulkar va Xadicha ona ovqatlarni suza boshladilar. Dasturxonga tortgach, shirin suhbat bilan taomlandilar.

Xadicha ona: Kelaqol Hulkar,ovqating soviyabdi.
Hulkar: Hozir mana, keldim. ) rangi biroz oqargan, koʻzlari pushti siragan,holi quribroq qolgan...uning bu holini koʻrgan eri unga yuzlandi.
Jahongir: Koʻzing qizarib ketibdi. Tobing yoʻqmi ?
Hulkar: Ishda charchadim shekili. Biroz shamollagan edim. Issiq ovqat yeb, uhlasam oʻtib ketadi.
Jahongir: Senga dori olib kelman unda. Oʻzi koʻchada bir ikkita ishlarim bor edi.
Hulkar: Mayli.
Xadicha ona: Kuchaytirmay dori- darmon qilgin qizim.
Hulkar: Hoʻp oyi.

Come back. Hozirgi vaqt.

Boya boʻlgan bu suhbat yodiga tushgan yigit darvozaning ushlagichidam qoʻlini tortdi. Qayta ortiga qaytib ketdi. Markazga kelib, ochiq dorixona qidirdi. Axiyri topdi. Shamollash uchun dorilarni harid qilib yana ortiga qaytdi.

Uy.

Uyning hovlisidan kirib borar ekan, anchayim salqin tushib qolganini tushundi.

Oʻzlarining xonasi eshigini ochib kirdi. Yotoq tomonga qarab, ayolining holidan xabar olmoqchi boʻldi u. Yoniga yonboshlab, erkalab chaqira boshladi.

Jahongir: Hul-kaaar... Meni kuydurgim uhlab boʻldimi ? Kelishim kutmading demak ?! ... Yaxshi, sendan xafaman men....) ayoli tarafga yuzini qaratib, jilmayib qoʻydi. Yuzidagi toʻzgʻib yotgan sochlarini olib tashladi, va yuzini siladi. Keyin esa, yuzidagi issiqlik darajasi haddan oshiq ekanligi uni biroz choʻchitdi.
Jahongir: Hulkar ? ... Hoy Hulkar... Senga nima qildi ? ) Endi u ayolini oʻzi yaqinroq olib keldi. Bagʻriga kirgazib, yuzlarini va qoʻllarini ushlab koʻrdi. Juda qaynoq ediki, unda istima yuqori edi. Chaqiriqlari javobsiz qolgan Jahongir yuragi shuvillab ketdi. Endi vahima qila voshladi.

Jahongir: Hulkar ..
. Oyi...Oyiii Hulkar... Oyii...)u baqirib onasini chaqirdi.

Hulkar

Hulkar kichkina yigitchaning orqasidan yugurib, boʻm boʻsh yoʻllardan oʻtdi. Atrofda hech bir zot koʻrinmaydi. Va nihoyat bolakay ma'lum bir manzilga kelib katta darvozasidan oʻynoqilab kirib ketdi. Hulkarning qadmlari sekinlashib, bu yerga nazar soldi. Qaraganida bu yer qabristonning kirish yoʻli edi...

Davomi bor...

Muallif: Nilufar Abdullayeva

MAJOT // Meni sevma...
NAJOT .12ep.

Taehyung

Taehyung: Kimlarni koʻrayabman ? Qadrdonim, Son-i Chxveku bu.) har soʻzida ta'kid mujassam. Son-i u tomon qarab yutinib qoʻydi.
Son-i: Ongi va yuragi butunlay chirib ulgurgan, Kim Taehyung.
Taehyung: Haqorating koʻnglimga ogʻir botdi, Chxve honim.
Son-i: Pastkash.) past ovozda shunday degancha, yuzini burib ketdi. Ortidan hissizlarcha boqib qoldi. Lily bundan tutoqib eriningerining oldiga yaqin keldi. Taehyung uning nigihlariga e'tibor qaratdi. Lily erining oyogʻini baland poshnasi bilan bosdi. Lilyga qarayilgan yuzi ikkisining oyogʻi tomon yoʻnaldi.Qayta ikkki qoshini koʻtarib, peshonalari biroz tirishgan holda, ayoliga hayron nigohda boqdi.
Taehyung: Bu nima qiliq ? ) Lily battarroq ezgʻiladi.
Lily: Hazdingizni biling. Mening yonomda boshqa biror ayolga yana bir marta boʻlsa ham qarasangiz, mana shu koʻzlaringizni oʻyib olaman.
Taehyung: Taslimman sevgilim.) yuzini yaqinroq tutib, sokin jilmayib qoʻydi. Yoongi esa, ensa qotirib kuldi.
Yoongi: Kulmaysan deb oʻylardim. Nahotki, bizning Lily seni shu ahvolga solgan boʻlsaya.
Taehyung: Bu sening ishing emas.
Yoongi: Albatta. Lekin, sendan qoʻshtirnoq ichidagi avtomobil tormozi boʻlishni kutmagan edim.
Taehyung: Tushunmadim.
Yoongi: Uydan chiqishdan avval, oynaga qaraganingda tushungan boʻlarmiding. ) piching qilib gapirdi. Lily esa labi chetuda yengil kulib, sumkasidan kichik oynani chiqardi. Eri tomon tutdi, va Taehyung qarashi bilan yuzidagi qizil lab boʻyogʻining izini koʻrdi. Asabiy koʻzlarini yumib, xoʻrsindi.
Taehyung: Lily ! (Ayoli yosh bolalarcha labini qimtib kular ekan ) Bu nima qilganing endi ?
Lily: Ishingizga boring.) deya, yuzining boshqa tomonidan oʻpib qoʻydi, va eri hali taxlil qilib ulgurmasidan, qiqirlab kulib, xonasi tomon ketib qoldi. Eri esa ensa qotirib qolib ketdi.
Yoongi: Xayrsiz kun va yoqimsiz kayfiyat tilayman, Taehyung Kim.
Taehyung: Senga ham degan boʻlardimku, lekin, bu yerg gap sotish uchun kelmadim, Min. Ish yuzasidan Janob Kim yubordi meni.
Yoongi: Otangmi ? Yaxshi, unda xonamga marhamat, sherik.
Taehyung: Aksiyalar narxini koʻtarish borasida bir muncha loyihalar tuzdim. Eng maqbulini tanlagan ravishda ish olib borsak, maqsadga muvofiq boʻladi.
Yoongi: Tushunarli ) Xonaga kirishlari bilan ular ishga shoʻngʻib ketdilar. Ish toʻgʻrisidagi xar hil hujjatlarni taxlil qildilar.
Yoongi: Ishni hayoting bilan aralashtirmasligingni hurmat qilaman, Taehyung Kim.
Taehyung: Ha, shunday. Sen esa menga munosib raqibsan. Halol dushmanni topish mushkul masala.
Yoongi: Buni maqtov deb qabul qilaman.
Taehyung: Men ham.
Yoongi: Lily bilan orangiz yaxshiga oʻxshaydi.
Taehyung: U mening rafiqam. Yana qanday boʻlishi mumkin seningcha ?
Yoongi: Uni pullar evaziga, jin urgur Leedan sotib olganingni ikkimiz ham yaxshi bilamiz.
Taehyung: Boʻlsa bordir.
Yoongi: Qiziq, avvalari uni buyum sifatida koʻrarding. Oʻzgarishlar katta koʻrinadi.
Taehyung: Xulosa qilishga shoshilma, Min. Men boshida qanday boʻlsam, hozir ham shundayman. Yoongi: Yani ?
Taehyung: Men oʻzgarganim yoʻq. Menga tegishli hamma narsa, faqat menga tegishli !
Yoongi: Bu shunchaki, mening takabburligim degin. Oz boʻlsada sevasanmi uni ?
Taehyung: Ish vaqti shaxsiy masalalarni taxlil qilishni yoqtirmayman, Min. Chegaradan chiqma.
Yoongi: Shaxsiy, degin ? Juda soz. ... Borgan sari unga boʻlgan tuygʻularingni isbotlab kelayabsan.
Taehyung: Sen ham bu qiziqishlaring bilan unga befarq emasdeksan.) oʻqrayib gapirdi.
Yoongi: Boʻlsa bordir. Ayoling men uchun qadrli, buni yashirmayman.
Taehyung: Tilingni sugʻirib olmasimdan, suhbatimizni yakunlaganimiz ma'qul.
Yoongi: Toʻgʻri, boshlanishiga yomon emas. Ilk bor bunchalar uzoq gaplashding.
Taehyung: Sen ham bu safar haqoratlarsiz soʻzlading.
Yoongi: Lily sabab boʻlsa kerak. ) bu gapdan keyin Taehyung bor zaxarini sochib qaradi. Yoongi esa ikki qoʻlini koʻtarish va hayron kulish bilan javob qaytarib qoʻya qoldi.

Jungkook va Minso

Jungkook: Mana bu senga (gulni uzib uzatdi) bunisi ham, mana bunisi ham... Bunisii... ) ketma ket yoʻlda ochilgan gullarni sevgilisiga uztib ketar, qiz esa ularni yiʼib, iforidan tuyib ketar edi.
Ular goʻyoki, begʻubor yoshlik timsoliga oʻxshardi.

Jungkook: Kelajakda toʻying qayerda boʻlishini istaysan, taxminan qancha vaqtlardan keyin boʻlsin ?
Minso: Qayerda ? Qachon ? Qanday ? Boʻlishi unchalik ham muhim emas. Muhimi kim bilan boʻlish. Jungkook: Xoʻsh, kim bilan ekan ?
Minso: Faqat va faqat sen bilan boʻlishini istayman. Hech qachon,bunchalik qattiq sevib qolaman deb oʻylamagan edim.
Jungkook: Endichi ?
Minso: Endi esa, seni uchratdim.
Jungkook: Soʻzamollik... Shirin gaplar ... Mendan oʻrganayabsanmi deyman.
Minso: Qozonga yaqin yoʻlasang , qorasi yuqadi deyishardiku. Rost ekan oʻsha gap. ) yigit kulib qoʻydi. Va qiziga yaqinroq kelib belidan quchdi.
Jungkook: Sevgilim.... Jonim... Borim...Sen mening hayotimning mazmunisan....
Minso: Lugʻatingdagi bor soʻzlar bilan meni siylayabsanmi, nima ?
Jungkook: Yoʻq, lugʻatimadgi bor yaxshi soʻzlar bilan siylayabman. Aslida bundan ham yaxshisiga munosibsan.
Minso: Men charchadim, Jungkook. Balki ortga qaytarmiz. ) xarxahsa qilib gapirdi. Yigit sevgilining bolalarcha qiligʻiga kulib javob qaytardi. Jungkook: Mayli, keyin biror yerda ta'maddi qilamiz.
Minso: Yashasin. )qoʻllari bilan yengil chappak chaldi. Ikki yoshlar avtomobillaridan ancha uzoqqa ketib ulgurgan edilar. Jungkook Minsoni xapishtirib oldi ( Yelkasiga koʻtarib oldi.) Avtomobillariga yetib kelgach, shaxar markaziga keldilar.
Jungkook: Qayerga olib boray ? Nima yeyishni istaysan ?
Minso: Yuna holamning yoniga olib bor. Anchadan buyon xabar ham olmadik.
Jungkook: albatta. ) ular oʻsha kichik ammo fayzi boʻlgan tamaddixonaga keldilar.
Yuna: Sizlarni koʻrmaganimga ham ancha boʻlibdi. Ahvolingiz yaxshimi bolalar ?
Jungkook: Ha ancha boʻldi. Sizni juda sogʻindik.
Minso: Yuna hola, ahvollaringiz yaxshimi ?
Yuna: Ha men yaxshiman. Menimcha bu safar, hamkasbim deb emas, boʻlajak rafiqam deb tanishtirsang kerak.
Jungkook: Boʻlmasamchi, tez orada toʻyimiz boʻladi. Sizni taklif qilamiz. ) minso yarq etib yigitiga qaradi
Yuna: Chindanmi ? Qachonga reja qildingiz ? Men yangi koʻylak sotib olgani ulguramanmi, ishqilib ?
Jungkook: Tezroq harakat qilmasangiz ulgurmay qolishingiz mumkin. Tezroq bozorga tushib koʻylak tanglang. Yuna hola. Eng chiroyli libos sizda boʻlishikerak oʻsha kun) Jungkook toʻlqinlanib gapirar ekan,
Yuna: Chindanmi ? Shoʻrim qyrsin,sen menga oʻgʻildeksan, Jungkook. Bugunoq borib libos tanlayman. Yanaaa oyoq kiyim ham olishim kerak. Oxirgi tushumdan tushgan pullar yetsa kerak. Toʻy uchun oʻzim toʻrt pishirib beraman.
Minso: Yuna hola, shoshmasangizchi...(Kulgidan oʻzini zoʻrgʻa tiyib gapirdi) Jungkookni bilmaysizmi, axir. Qitmirligi tutayabdi yana. Hali qachon toʻy qilishimizni kelishmadik. Hozir uchrashayabmiz. Toʻy haqida biror gap boʻlsa, oʻzim sizga xabar beraman, albatta.
Yuna: Nimaa, bu gaplar hazilmidi ?
Minso: Ha, hali bunday gap yoʻq.
Jungkook: Men hazillashmadim Minso. Men juda jiddiyman.
Minso: N-nimaa ?
Jungkook: Men jiddiy gapirdim. Yuna hola, kiyim va shu kabi narsalardan tashvishlanmang. Yordamchim, Son-ini joʻnataman. U sizga yordam beradi. Axir siz ham menga onamdeksiz. Pulidan tashvishlanmay eng yaxshi va eng zoʻr libos tanlang. Oyoq kiyim ham... Hali sanasi aniq emas. Sanasini belgilagach sizga xabar qilamiz. Hozir esa, keliningizni qornini toʻygazishim kerak.
Yuna: Albatta. Nima yeyishni istaysiz bolalarim. Hammasini pishirib beraman.
Jungkook va Minso qorinlarini toʻqlagach, ishlari tomon yoʻnaldilar. Katta yoʻlda avtomobil qatnovi koʻpligi sabab,Jungkook avtomobilni sekinroq yurgazib ketdi.

Minso: Jungkook
Jungkook: Nima deysan.
Minso: Yana qanday toʻy ?

Jungkook: Ikkimizning toʻyimiz. Nima mumkin emasmi ? Menga turmushga chiqishni istamaysnmi ?
Minso: Xohlayman, albatta. Nega, mening xabarim boʻlmasidan oldin, toʻyimiz yaqin deysan ? Avval mendan soʻramaysanmi ?
Jungkook: Boya soʻragandimku, QAYERDA ? QACHON ? QANDAY ?... bular muhim emasdiku...

Men muhim edimku toʻgʻrimi ? Nega hayron boʻlayabsan endi ?
Minso: Sen tentaksan. Men avval oyim bilan bu masalada gaplashishim kerak. Undan keyin,shu yaqin orada toʻy boʻlsa, bunga tayyor emasman. Yetarlicha pulim ham yoʻq.
Oʻgay otamning yordami bilan toʻy oʻtkazishni istamayman.
Jungkook: Sen shunday pul haqida gapirganingda, hafa boʻlib ketaman. Nima sendan toʻy qilish uchun pul soʻradimmi ? Men borman. Men. Nimani oʻylayabsan yana ?
Minso: Jungkook...) toʻlqinlanib qaradi Jungkook: Nima ?
Minso: Bu tush emasmi ? Nahotki men shunday inson bilanman....
Jungkook: Anglashni istaysanmi ? ) qiziga yaqinroq egilib, yuzidan sekin tishlab qoʻydi.
Minso: Bu nima qilganing yaramas ? Jungkook:Tushmi, oʻngmi ajrata olmayotgan edingku ʼ. Senga biroz yordam berdimda...) iljayib qoʻydi. Bir qoʻlida moshinani harakatlantirar ekan, birida qizining qoʻlini tutib ketdi. Minso esa yigiting yelkasiga boshini qoʻyib oldi. 20 daqeqalik yoʻldan keyin, ular korxonaga yetib keldilar. Koʻp qavatli binoning eshigini ochib kirishar ekan, roʻparalaridagi lift ochilib, biri chiqib keldi. Uzoqroqda boʻlganligi uchun, gavjum boʻlgan yerda kimligiga ahamiyat berib boʻlmaydi. Lekin ular lift tomon qadamlashar ekan, eshik tomon yurib kelayotgan Kim Taehyung koʻrindi. Jungkookning qiyofasi jiddiylashib, sovuq shaxsga aylandi. Na salomlashuv, na qpl siqishlarsiz ular beetibor bir-birlarining yonidan oʻtib ketishardi. Minso esa unga qarar, soʻngi lahzalarda, Taehyungning nigohi ham unga qaratildi. Ammo toʻxtashlar boʻlmadi.
Taehyung binodan chiqib qoʻl telefonidan otasiga qoʻngʻiroq qildi.
Taehyung: Janob Kim, hammasi aytganingizdek boʻldi.
Kazarma: Oʻgʻlim... Biror kun.... Biror kun oilaviy yigʻilsak nima deysan ?
Taehyung: Janob ? Oldingizda oʻgʻlingiz bor edimi ? Bemavrid qoʻngʻiroq qilgan koʻrinaman. Hayrli kun, janob.
Kazarma: Taa-ehhung, shosh-m) gapirishga ulgurmasidan qoʻngʻiroqni yakunladi. Uzoqroqda turgan avtomobili tomonga qadamlar ekan, orqasidan kimdur boshiga qop kiydirdi. 3-4 ta erkaklar kelib doʻpposlay boshladilar. Yuqoridan, deraza orqali, Yoongi kuzatib turar edi. Ortidan kelib, boʻlgan voqealarga Lily ham guvoh boʻldi.
Lily: Bu nimasi. Hozir uni oʻldirib qoʻyishadi. ) Ortiga qarab erining oldiga bormoqchi boʻldi. Lekin bilagidan qattiq siqishlar bilan Yoongi uni toʻxtatdi.
Lily: Yoongi. Nima qilayabsan ? Bu sening ishingmi ? Bas qil, qoʻyvor meni.
Yoongi: Oʻlmaydi. Shunchaki qarzdor boʻlgim yoʻq. Ayniqsa eringdan.
Lily: Yoongi ! ....(Sas-sado chiqarmadi) Qoʻyvor meni. Ogʻritayabsan qoʻlimni, qoʻyib yuborsangchi. Tipirchilab, yigitga qarshilik qildi. Derazaga qarab manzaraga qarab turavergan yigit, birdan qizning qoʻlini zarda bilan qoʻyib yubordi. Va unga tomon yuzlanib qarab oldi. Qiz uning qarashidan biroz choʻchidi, va ortiga ikki qadam chala tashladi. Ogʻrigan qoʻlini ushlab, yigitga qarab qoldi. Yoongi u tomon yaqin kelgach, qiz ish stoliga deyarli yopishib qoldi. Koʻzlarini katta ochib, Yoongiga qarab turavergach, Yoongi choʻngagidan qoʻl telefonini olib chiqardi. Qoʻngʻiroq. Va narigi
tarafdan javob kelgach, Yoongi: Yetarli. Toʻxtatinglar.) dedi.
- Yaxshi janob,tushundim. ... Toʻxtating. Janob toʻxtashimizni aytdi.

Lilyga eshittirib, uning koʻzlariga boqdi. Yuzini yaqinroq tutib, qulogʻi tagigacha keldi.
Yoongi: Tinchlan, senga nimadur qilishga qurbim yetmaydi. Qayta qizga qaradi. Lily asabiy Yoongini turtib yubordi. Iljayib qoʻydi
Yoongi: Goʻshakni unga ber.) Qayta derazaga tomon yaqinlashdi.

Taehyung: .....
Yoongi: Qadrdonim, uyga yaxshi yetib ol. Maroqli suhbat uchun tashakkur. ) Yuzi kulib gapirdi. Pastdan tepa qavatga qarab,Yoongining silkuetini koʻrdi.
Taehyung: Haaa, bu senmiding ? Oxiri qaytaribsanda. ) Yoongi qoshini koʻtarib qoʻyib,
Yoongi: Boʻlmasamchi. Oʻylaymanki, sendan farqli oʻlaroq, men ancha muloyim javob qaytardim.
Taehyung: Rahmat aytishimni kutmayotgandirsan.
Yoongi: Yoʻq albatta. Shunchaki, Yaxshi bor demoqchi edim. Boya yodimdan koʻtarilibdi.

Taehyungning atrofini yigitlar yolgʻiz qoldirdi. Oʻzi qolgan Taehyungning oldiga yugurib kelgan Lily erini quchib oldi.

Taehyung: Lily...
Lily: Yomon urishmadimi ? Hayriyat... Men sizni oʻlib qolasiz deb oʻylagandim. Nega doyim jiqqamush boʻlaverasizlaraa...
Taehyung: Meni oʻpib qoʻysang, koʻrmaganday boʻlib ketaman, hotinjon.) Erining yuzlarini qayta- qayta oʻpdi.
Ikki kafti orasiga yuzini olib, eruga qarab jilmaydi Lily: Xuddi, qulupnayning oʻzi boʻlib qoldingiz.
Taehyung: Nima. Hoy, shoshma. Yanami a ?.... Bu nimasi, Kim Lilyy! Seni hozir oʻzim oʻldiraman. Yaramas qiz. ) yuzini betartib artishga urindi.
Lily: Shoshmang. Bunda ketmaydi. Qoʻlingizga ishqalaganingiz qoladi. Qizil boʻyoq ketishi qiyin. Yuzingizni sovunlab yuvib tashlang.
Taehyung: Lily! Sen qoʻrqishni bilasanmi oʻzi ? Qanchalik yomon boʻlsam, shunchalik haddingdan oshib ketayabsan.
Lily: Shunday... Haddimga sigʻmay ketayabman. Sizga boʻlgan sevgim, bunga majbur qilayabdi. Mayli jazolang.) yuzini aybdorlardek qilib, ikki qoʻlini uzatdi. Goʻyoki, kishan taqishga tayyor qoʻllardek... Qoʻllariga nazar solib, uni ushladi. Va kutilmaganda oʻziga tortib, bagʻriga kirgazdi. Boʻynidan chuqur hidlab, oʻpib qoʻydi. Qaynoq taftdan seskanib ketgan ayoliga ma'noli boqdi.
Taehyung: Men yaxshiman. Endi ishinga bor.

Yoongi

Bularni yuqoridan kuzatib turgan Yoongi pardani tortib qoʻydi. Xonadan tashqari chiqib, Jungkookning xonasi tomon bordi. Ammo, u yerdagi manzara eshik oldid uni toʻxtatib qoʻydi. Jungkook bilan Minso bir-birlarini qattiq quchgancha oʻtirishardi. Shishib Yoongi tomon qaragan nigohlarga toʻqnash kelay deganda, eshikni qaytarib yopdi.
Koʻzini yumib, ochdi.

Yoongi: Jin ursin. Pastda anavilar, bu yerda bular. Men nima yerdan chiqqan qoʻziqorinmanmi ? Minso, Jungkookdan boshqasini koʻrmaydigan boʻlib qolgan. Jungkook ham undan qolishmaydi. Lily ham erini sevib qolgan. Eri turganda hech qachon meni tanlamaydi. Men yetimchaga oʻxshab oʻzim oʻtirishim kerakmi endi. ) oʻziga oʻzi asabiy gapirayotgan Yoongi odamning kulgusini keltiradi.

Jungkook: Seni eshitayabmiz.) xona ichidan kelgan ovozdan xona eshigiga qaradi.
Yoongi: Aish. Jin ursin
hammangni.... Hujjatlarni koʻrib chiq. Men ketdim.) nolib bu yerdan ketdi.
Ishdan erta boʻshagan yigit kunning qolgan qismini shaxar aylanib oʻtgazdi

Oʻsha oyogʻi hech tortmaydigan,Minlar uyiga yetib keldi. Oʻzining xonasi tomon yuqoriga koʻtarildi. Zinadan chiqib, chap tomonga burilar ekan, biriga turtilib ketdi. Qarasa Minso edi.
Yoongi: Minso... senmiding ?) Qiz boshini ha degancha chayqadi. Endi e'tibor berdiki, qizni qattiq ushlab olganligiga. Sekin uni qoʻllaridan boʻshatdi. Tomogʻini hijolatli qirib,
Yoongi: Tepa qavatda nima qilayabsan, biror ishing bor edimi ?
Minso: H-haa... Sizning yoningizga, chiqgandim aslida) toʻxtamli gaplardan keyin unga qarat yuzlandi.
Yoongi: Aslida senda gapim bor edi, yaxshi boʻldi oʻzing kelganing. Jiddiy biror narsa boʻldimi ? Choʻchimay gapiraver.... ) qiz unga gapi bor ekanligini bilgach biroz oʻylanib qoldi. Bu qanday gap boʻlishi mumkin? Deb. Nima deb gap boshlashga ikkilandi. Yoongi: Yaxshisi xonamda gaplashamiz. Qulayroq boʻladi.
Minso: Ha. Yaxshi boʻlar edi. Ular Yoongining yotoqxonasiga kirishdi.
Yoongi: Nima gap boʻldi ?
Minso: Nima demoqchi edingiz menga ?
Yoongi: Avval, sen gapira qol. Muhim gap edimi ?
Minso: Haaa. Aytmoqchimanki, sizdan soʻramoqchi edim.
Yoongi: Nimani ?
Minso: Yoongi aka... Hozir bu haqida soʻrash.. yani sizdan... Sizdan bu gaplarni soʻrash xato boʻladi, bilaman. Lekin, sizdan boshqasiga ishona olmayman ham... Haligi... Jungkook... Jungkook men bilan toʻy qilishni istaydi. U bu maslada juda jiddiy.
Yoongi: Xoʻsh...
Minso: Men unga rozilik bersam toʻgʻri boʻladimi ?
Yoongi: Uni sevarding shekili, nega ikkilanayabsan ? ) yuzini tes oʻgirib oldi.

Minso: Ha uni sevaman. Lekin, bilmadim... Balki... Men... Men... Aka iltimos menga qarang. Unday qilmang menga... Men nima qilishni bilmayabman. Bunchalar tez boʻlib ketadi deb oʻylamagan edim, men. Men turmush qilgani qoʻrqaman. Biror narsa deb meni ovutishingiz kerak. Bu faqat sizning qoʻlingizdan keladi, iltimos...

Yoongi: Sen atay qilayabsanmi ? Seni sevishimni bilasanmi ? Qanchalik sevishimni bilasanmi ? Qanaqa odamsan, Minso ? Uni sevsang, unga shunchaki ishon va turmush qur. Meni yuragimni battar tirnama.
Minso: Siz...meni ishonasizmi ? Jungkookka ishonasizmi ? Sizdek qaray oladimi menga ?
Yoongi: Faqat unga ishonishim mumkin. U mendan ancha yaxshi.

Minso: Nima ?
Yoongi: Ortiq senga yomon koʻrinib kurashmayman. Shunchaki kulib, baxtli boʻlib yursang kifoya. Axir aytgandimku, men toʻxtadim deb. U sen uchun munosib yigit. Maslahat olgani meni munosib bilgan boʻlsang, Jungkook bilan birga boʻl deyman.
Minso: Mendan... Ranjiyabsizaa ? ) boshini sekin sarak qildi.
Yoongi: Aslida oʻzimdan ranjiyabman.
Minso: Meni... Kechiring... Sizga azob berishni istaganim uchun... 2 yil oʻrtamizda boʻlgan adovat uchun, sizga azob berishni bir muddat istagan edim. Qasos olish ilinjim paydo boʻlgandi... Lekin... Siz, ilitmos, azob chekmang... Sizga qarasam yuragim ming boʻlakka boʻlinayabdi. Aslida oʻzim jahlingizni chiqarar edim, lekin tan olmasdim... Kechiring... Men juda yomonman, akaaa... Azoblanishingizni xohlamayman....)Minso oʻzini tiyishga ytinsa ham,yuzidan yishlar sirgʻalib, tomogʻiga achchiq tiqilardi. ) Yoongi oʻgay singlisini baʼriga kirgazib, boshini siladi.
Yoongi: Kechirim soʻrama, aslida oʻzim aybdorman. Senga ozor berishning oʻrniga, mehrimni berganimda, balki, koʻnglingdan oz boʻlsada joy olar edim... Aqalli, yaxshi aka boʻlib qolar edim... Oying bilan oʻzim gaplashaman. Bilaman, Jungkook ikkingiz bir-biringizga munosibsiz. U seni yaxshi koʻradi. Sen ham uni...) Minso akasining bagʻrida gʻijimlangan qoʻllarini yoydi, va uni qattiq quchdi. Qanchadur muddat ular shunday turishdi. Yoongi, " Men toʻxtadim" dedi, yan buni takrorladi. U chindan ham Minsoning baxti uchun toʻxtagan edi. Lekin, sevishdan emas... U bagʻridan chiqargisi kelmasdi, qiz ham uning bagʻrida hotirjam boʻlib qoldi.
Biroz yupangach, yuzini uning koʻksidan oldi. Yoongi esa uni quchogʻidan chiqardi.
Yoongi: Ancha yaxshisan degan umiddaman. ) Minso ha deya bosh irgʻadi.
Minso: Menda qanday ishingiz bor edi, Yoongi aka ?
Yoongi: Ha, aytgancha, sal qolsa yodimdan koʻtarilar edi. Bir narsani aniqladim. Bu doʻsting Kai haqida.
Minso: Nimani aniqladingiz ?
Yoongi: Sening otang hamda mening otamning eski dushmani boʻlgan Lee Yodon isimli shaxs... Uni surishtirib yurgan edim. Negadur, Kaini uning yugurdaklari orasida koʻrib qoldim. Yordamchilarim aniqlashi boʻyicha, Kai aynan Lee Yodonga ishlar ekan. Minso: Boʻlishi mumkin emas. U Jungkookning amakisini aytayabsizmi ? Adashmadingizmi ?
Yoongi: Sen uni qayerdan taniysan ? Leeni aytayabman ?Minso: Jungkook, bir kkki gapirgandi u haqida.
Yoongi: Chindanmi ?
Minso: Haa ... ) Minso jimin qoldi, hayolida ming xil fikrlar aylana boshladi.
Minso: Men, xonamga bora qolay.
Yoongi: Yaxshi dam ol, Minso
Yoongi: Siz ham, Yoongi aka...

Minso

Qiz xonasiga kirib bir nuqtaga qarab turdi. Koʻzlari asabiy yumilib ochildi. Koʻziga koʻringa birinchi narsani yerga qarab uloqtirdi.
Qoʻlini beliga qoʻyib olib chuqur oʻylanib qoldi. Qoʻl telefoni orqali qoʻngʻiroq qildi.

Kai: Eshitaman farishtam.) deya erkaladi.
Minso: Kai... ) qizning boʻgʻiq ovozi yaqqol bilindi.
Kai: Nima boʻldi ovozinga ? Ahvoling yaxshimi ?
Minso: Kai, akam... U aloqa oʻrnatganimizni bilib qoldi. U meni yana jazoladi...) yigʻlamsirab gapirar ekan,
Kai: Jin ursin oʻsha Yoongini. Oʻldiraman uni.
Minso: Tinchlan. Unga kuchimiz yetmaydi. U juda qoʻrqinchli.
Kai: Sen oʻylaganingdan kuchliroqman. Sen istasang kifoya, yanchib tashlayman uni.
Minso: Iltimos, koʻrishaylik... Meni olib qochib ket... Charchadim... Hammasidan... Ortiq kuchim qolmadi. Sendan boʻlak, yaqinim yoʻq mening. Hatto, onamga ham kerak emasman. Meni olib ket oʻtinaman...
Kai: Olib ketaman. Birga ketamiz, hech kim topa olmaydigan yerga. Qayerdasan?

Minso: Hozir uydaman. Amallab chiqaman, eski uyimizda koʻrishamiz.
Kai: Seni kutaman, Minso. Qolib ketma.

Aloqa yakunlanib, Minsoning yumshagan nigohi qahrga almashdi. Telefonni gʻijimlagan kaftini yuziga yaqinroq olib kelib, asabiy barmoqlarini tishladi.

1 soatdan soʻng.

Eskiroq boʻlgan oʻrmon ichidagi uychada u yoqdan bu yoqqa yurgan yigitning sabru kosasi toʻlay deydi. Axiyri, eshik ochilib, Minso kirib keldi. Eshik jiddiy nigohlari qaratilgan holda yopib qoʻydi.
Kai: Minso )uni bagʻriga kiritib oldi. Hammayogʻiga havotirli qarab chiqdi.
Kai: Senga jiddiy biror narsa boʻlmadimi ?
Minso: Hammasi joyida. Qoʻl telefoningni berib tura olasanmi ?
Kai: Kimga qoʻngʻiroq qilasan ?
Minso: Doʻstimga... Unga yaxshi ekanligimni aytib qoʻyishim kerak. Oʻzimniki uyda qoldi. Arang qochib chiqdim.
Kai: Doʻsting kim ? Son-i mi ? Mayli olaqol. Keyin Shimol tarafga yoʻl olamiz. ) qiz qoʻliga olgan telefonni uyning burchagidagi axlat chelagiga uloqtirib yubordi. Bu qilgan ishidan Kai hayratlandi. Unga savol nigohlarida boqar ekan,
Minso: Aslida kimsan ? Kai, ochiq ayt. Nega meni aldab yuribsan ?
Kai: Nimalar deyayabsan, Minso ? ... Seni sevaman deb yolgʻon gapirmaganman. Bilaman bu doʻstlik chegaralarini buzib oʻtadi. Lekin seni chindan sevaman. Mayli meni sevmasang ham, lekin, seni himoya qilaman. ) Qiz telbalarcha kuldi.
Minso: Himoya ? Kechirib qoʻyasan, Kai. Men oʻzimni oʻzim himoya qila olaman. Chon Jinmanning qizi nega sendek oddiy yugurdakdan qoʻrqishi kerak ? ) bu gaplardan keyin, Kaining qoshlari yoyilib ketdi. Rangi esa biroz oqargan tusga kirdi. Kai: Minso... xato qilayabsan. Menga ishonishing kerak. Yoongi senga nima dedi ? Nima deb menga tuhmat qildi.
Minso: Yetadi Kai. Shunchasi yetadi. Arzimas his-tuygʻularni deb, maqsadimdan chalgʻimayman.
Kai: Bu nima degning Minso ? Chindan senga befarq emasman. Nimani bilib qolding. Nima sabab bunday qilayabsan ?
Minso: Lee Yodonning odami ekanligingni bilaman.
Kai: Yoongi aytdimi buni ?
Minso: Yoongiga yopishma. Aslida u doyim meni himoya qilgan. Allaqachonlardan beri shubxam ostida eding. Faqat buni akam tasdiqlab berdi holos. U Leening odami ekanlingni aytdi.
Kai: U seni ishontirgan. Shundaymi ?
Minso: Kai ! Juda chiroyli oʻynab berding yetadi. Endi ushbu filimda senga oʻrin yoʻq. U meni ishontirishga urinmadi ham. Hammasidan xabarim bor edi. Naqt 8 oydan beri oʻzimni aldab kelayotgan edim. Bu shunchaki taxmin deb. Lekin, asil basharangni har qancha urinmay, inkor eta olmayman.
Kai: Yaxshi. Tan olaman, xato qildim. Imkon ber, Minso...
Minso: Yetarli.... ) Qizning qat'iyatli soʻzidan telbanamo kulib yubordi.
Kai: Minso Chon! Xoʻsh nima boʻlibdi ? Nima keladi qoʻlingdan ? Aaa ? Nima ?
Sen baribir meniki boʻlasan. Majbursan, yoʻqsa, Yoongiga qoʻshib seni ham oʻldiraman.
Minso: Uyatni ham unitibsan.
Kai: Koʻp valdirama. Yaxshisi esli qiz boʻlib yonimga kelda, aytganimni qil. ) zaxarxanda nigohda kulgu yugurdi yuziga.

Minso: Shunchaki olov bilan oʻynashding.) u shunday dedida, qoʻynidagi pistolyetni chiqarib, hech ikkilanishsiz yigitning peshonasiga oʻq joyladi. Kai ochiq qolgan koʻzlari bilan yerga quladi. Qoʻllarida qaltiroqdan darak yoʻq qizning yuziga Kaining qoni sachradi. Xissizlarcha kulib qoʻydi. Sal nariroqda turgan benzin idishini turtib tepib yubordi. Kaining yerda yotgan tanasi atrofini, benzin toʻldirdi. Minso tashqariga chiqib, uychaning kirish qismiga gugurt chaqib tashladi. Allaqachon hamma yogʻi benzin bilan burkalgan uy bir deganda olov bagʻrida qoldi. Gurkillab yonatotgan ulkan olov qarshisida tikilib turar ekan, qizning yuzi olov yorugʻidan yorishdi.

Minso pov: Ularning hammasi javob beradi. Bunga va'da beraman dada...

Minso uyiga qaytdi. Xonasiga eshigidan emas, derazadan kirdi. Hech kim payqab qolmasligini oʻylagan edi. Derazadan sakrab, xonaga oyogʻini qoʻyib, qoʻl telefonining chirogʻini yoqmoqchi boʻldi. Lekin, birdan xona chirogʻi yondi.

Taehyung

Hammayogʻi momataloq boʻlib ketgan yigit uyiga keldi. Oʻzining shaxsiy ish xonasiga qarab kirdi. Arang yetib kelib olgandi. Qorin sohasidan qon oqishdan toʻxtamadi. U jarohat olgandi. Lilyga koʻrsatmagandi.
Daeyon oqqan qonlarni koʻrdi. Va qon oqqan iz boʻylab yura boshladi. Izlar Taehyungning ish kabinetiga eltdi. Bir yutinibq oʻyib eshikni qiya ochdi. Kichik divanga oʻzini tashlab yotgan Taehyungni koʻrib, yuragi shuvillab ketdi. Daeyon: Taehyung... Janob Taehyung...) Daeyon uning yoniga yugurib bordi. Xushidan ketayotgan Taehyungni jarohatini spirt bilan tozalab yuvdi. Va tikib qoʻydi. Daeyon: Anaa... Boʻldi. Anch yaxshimisiz ? Jsnob bu safar nima boʻldi,ehtiyot boʻksngiz boʻlmaydimi ? Lily opam koʻrsa yuragi ogʻriydi. Taehyung: Yaxshiman. Ancha qoʻling kelib qolibdi. Lilyga pichiqlanganimni aytish shart emas hoʻpmi, Dae ? Daeyon: Yaxshi, aytmayman. Uhlab oling.) 2 soatlarcha uhladi. Peshonasiga nam sochiq qoʻydi. Uygʻongach,ovqat olib kelib, yeyishga yordamlashdi. Eshik kabi ochiladigan katta derazani ochib qoʻydi. U yerdan salqin havo kirib turdi. Tashqari uyning hovlisi bilan tutashganligi sabab, Daeyonning oʻzi tashqariga deraza eshik orqali chiqdi. Hovlidagi maysa ustiga borib oʻtirib, osmonga tikildi. Oʻzini ancha oʻnglab olgan Taehyung ham uning ortidan chiqib yonidan joy oldi.
Taehyung: Rahmat, Dae... Daeyon: Nega ? Tirik qoldirganingiz evaziga deb qabul qiling. Taehyung: Ancha kuchim yoʻq edi,meni oʻldirib, qochib ketsang ham boʻlar edi... Lekin unday qilmading. Daeyon: Ha doyimgidek. Nima ham derdim... Ketib qolsam, Lilyning ahvoli nima kechadi ? Taehyung: Har safar... Har safar meni qutqarib qolayabsan. Ancha ulgʻayibsan... Birinchi bor koʻrganimda, hali bola eding. Endi esa, ancha katta qiz boʻlib qolibsan, bilmabman. Daeyon: Bunga bir yil boʻldi. Taehyung 1 yil, va 4 oy boʻldi. Seni zanjirband qilganimga. Hali 16 ga ham kirib ulgurmagan eding. 16 yoshinga juda rasvo sovgʻa boʻlgan edim. Daeyon: Ha bu toʻgʻri,bu gapingizga qoʻshilaman... Bu ilmoqli gaplaringizdan, ertaga tugʻilgan kunim ekanligini bilasizaaa... Shunaqami ? Taehyung: Haaa... Nima sovgʻa xohlaysan ? Daeyon: Toʻrt. Ismim tushirilgan katta toʻrt xohlayman. Taehyung: Toʻrt shundoq ham boʻladi. Sovgʻani nazarda tutayabman. Nimadur olishni istaysanmi ? Qizlar olishni istagan... Daeyon: Menga toʻrtning oʻzi yetadi. Bitta sham boʻlsa puflash uchun. Taehyung: Doʻkonga aylangani ham chiqishing mumkin. Hech qanday qoʻriqchilarsiz ... Bir oʻzing... Daeyon: Menga toʻliq ishonasizmi ? ) Taehyung: Ha. ) Xursand boʻlib ketdi.
Daeyon: Rahmat janob... Siz unchalik yomon odam emassiz. Taehyung: Aslida razilman. Seni ham Lilydek baxtsiz qilayabman. Daeyon: Yoʻq... Lily opam baxtsiz emas... Faqat Chansooni yoʻqotgani unga qattiq ta'sir qildi. U sizni sevadi. Taehyung: Bilaman... Daeyon: Aslida sizga ham qattiq ta'sir qildi... Boʻlgan ishdan keyin, holatingizni men koʻrdim. Sizni qanday tashlab ketishim mumkin edi...? ) Taehyung oʻychan va ma'noli nigohlarini qizdan uzib, osmonga qaratdi. Taehyung: Dadam sendan foydalanishimni istaydi. Daeyon:....) indamadi. Taehyung: Lekin... Men senga ertaga uchun biror sovgʻa berishim kerak... Senda tanlov yoʻq ekan oʻzim beraman. Daeyon: Meni fikrimsiz hal qilmoqchimisiz ? Taehyung: Ha. ) Daeyon Taehyungning ogʻziga boqib turar edi. Uni nima deyishi, va unga nima qilishi juda qiziq edi. Va bu uni qoʻrqitardi. Yoshlarini qaytardi. Koʻzlarining qinidan qoʻyib yubormadi. Taehyung: Men hammadan birinchi, xatto Lilydan ham oldin sovgʻa berishim kerak. Menimcha men, eng munosib sovgʻani tanladim. Daeyon: Nima ? Taehyung: Ketishing. Bu yerdan ketishingga ruxsat beraman. Oilangga, dadang va opangning yoniga qayt. Umringni xazon boʻlishiga yoʻl qoʻyma. Kichkintoy, toʻrtni ertaga beraman hoʻpmi ?) Daeyon ushlab turgan yoshlardan biri sirgʻalib ketdi.. Daeyon: Taehyung siz... Taehyung: Hey, Daeee... Nega yigʻlayabsan ? Daeyon: Bu chindanmi ? Taehyung: Ha. Chindan ham seni ozod qilaman... Endi sen ozodsan. Daeyon: Rahmat.... Taehyung... Janob siz... Akamdek boʻlib qoldingiz. Rahmat... hammasi uchun...

oʻrgatganlaringiz uchun ham... Taehyung: Fikrimdan aynib qolmasimdan narsalaringni yigʻ. Seni Leo kuzatib qoʻyadi. Oʻzimning bardoshim yetmaydi, vidolashishga... ) quvonch koʻz yoshlari qalqib, Taehyungni quchib oldi. Daeyon: Rahmat Taehyung akaa... Koʻrgani kelib turaman. )u oʻrnidan turib, kichik xonasi tomon yugurdi.

12. Qisim Tugadi.

Autor: LF_Lily_Flower

Bolalar psixologiyasi
🔹 Bolalar psixologiyasi nima?

Bolalar psixologiyasi — bu psixologiyaning bir sohasi bo‘lib, u bolaning tug‘ilgandan boshlab o‘smirlik davrigacha bo‘lgan ruhiy rivojlanishi, xulq-atvori, emotsiyalari, tafakkuri va shaxsiyatini o‘rganadi.

Uning asosiy maqsadi – bolalarning qanday fikrlashi, qanday his qilishlari, muhit bilan qanday munosabatda bo‘lishlarini tushunish va ularning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashdir.

🔹 Asosiy rivojlanish bosqichlari

1. Chaqaloqlik davri (0–1 yosh)

Ona bilan emotsional aloqa muhim.

Xavfsizlik va ishonch hissi shakllanadi.

Nutqning dastlabki belgilarini ko‘rsatadi.

2. Ilk bolalik (1–3 yosh)

Mustaqillikka intilish boshlanadi.

“Men o‘zim” davri.

Til tez rivojlanadi, oddiy jumlalar paydo bo‘ladi.

3. Maktabgacha yosh (3–6 yosh)

Ijodiy tasavvur va o‘yin asosiy faoliyatga aylanadi.

Savollar ko‘p beradi: “Nega?”, “Qanday?”

Do‘stlik va sotsial ko‘nikmalar paydo bo‘ladi.

4. Maktab yoshi (6–12 yosh)

Tafakkur, xotira va mantiqiy fikrlash rivojlanadi.

Javobgarlik hissi oshadi.

O‘zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.

5. O‘smirlik (12–18 yosh)

O‘zini izlash, kimligini anglash davri.

Mustaqillik va erkinlik istagi kuchli bo‘ladi.

Hissiyotlar keskin, qarama-qarshiliklar ko‘p bo‘ladi.

🔹 Bolalar psixologiyasi nimani o‘rganadi?

Nutq va tafakkur rivojlanishini

Xotira, diqqat, tasavvur xususiyatlarini

O‘yin, muloqot va ijodiy faoliyatni

Oilaviy munosabatlarning ta’sirini

Ijtimoiy moslashuv jarayonlarini

Stress, qo‘rquv, agressiya kabi muammolarni

🔹 Amaliy ahamiyati

Tarbiyachilar va ota-onalarga bolaning xatti-harakatini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.

Bolalarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixologik muammolarni erta aniqlash va hal qilish imkonini beradi.

Bola shaxsini to‘g‘ri shakllantirish, o‘zini anglashini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xullas, bolalar psixologiyasi – bu bolaning rivojlanish qonuniyatlari va psixik jarayonlarini chuqur o‘rganadigan fan bo‘lib, uning yordami orqali biz bolalarning ichki dunyosini to‘g‘ri anglaymiz va ularning sog‘lom tarbiyasi uchun sharoit yaratamiz. 🌱

Nilufar Abdullayeva

TEMPERAMENT ANIQLASH.
Bu test temperament (sangvinik, xolerik, flegmatik, melankolik) va shaxs xususiyatlaringizni tezda aniqlashga yordam beradi.

Temperament va Xarakterni Aniqlash Testi

Har bir savolga sizga mos keladigan javob harfini belgilang.

1. Yangi odamlar davrasiga kirganingizda siz odatda:
a) Faol suhbat boshlaysiz
b) Bir oz kutib, keyin qo‘shilasiz
c) Faqat kimdir so‘zga chaqirsa gapirasiz
d) Ko‘proq kuzatib turasiz

2. Qiyin vaziyatda siz:
a) Zudlik bilan qaror qabul qilasiz
b) Avval imkoniyatlarni tahlil qilasiz
c) Boshqalardan maslahat so‘raysiz
d) Uzoq o‘ylab, sekin harakat qilasiz

3. Kayfiyatingiz odatda:
a) Juda ko‘tarinki
b) Barqaror va tinch
c) Tez-tez o‘zgaradi
d) Bir oz sust

4. Ishni boshlaganda siz:
a) Darrov kirishasiz
b) Reja tuzib keyin boshlaysiz
c) Ilhom kelishini kutasiz
d) Sezilarli vaqt tayyorgarlik ko‘rasiz

5. Tanqidga munosabatingiz:
a) Tez javob berasiz
b) Muloyimlik bilan qabul qilasiz
c) Ko‘nglingizga og‘ir olasiz
d) Chuqur o‘ylab chiqasiz

6. Do‘stlaringiz orasida siz:
a) Ko‘ngil ochuvchi
b) Tinglovchi va maslahat beruvchi
c) Tinch va mo‘’tadil
d) Ortiqcha gapirmaydigan

7. Stressda bo‘lganingizda:
a) Yangi yo‘l topasiz
b) Yordam so‘raysiz
c) Sabrsiz bo‘lasiz
d) Ichki dunyoga chekinasiz

8. Rejalaringiz buzilganda:
a) Zudlik bilan yangisini o‘ylab topasiz
b) Yangi tartib tuzasiz
c) Hafsalangiz pir bo‘ladi
d) Sezilarli tushkunlikka tushasiz

9. Siz uchun muhimroq:
a) Tezlik va dinamika
b) Barqarorlik va tartib
c) Hissiy uyg‘unlik
d) Xotirjamlik

10. Sizning ish uslubingiz:
a) Faol va tashabbuskor
b) Rejali va ishonchli
c) O‘zgaruvchan va ijodiy
d) Sokin va sekin

Natija chiqarish

Ko‘p “a” – Xolerik: energiyali, tezkor, liderlikka moyil, lekin ba’zan sabrsiz.

Ko‘p “b” – Sangvinik: ijtimoiy, optimistik, moslashuvchan, ko‘ngilchan.

Ko‘p “c” – Melankolik: chuqur his qiluvchi, nozik tabiatli, mas’uliyatli.

Ko‘p “d” – Flegmatik: osoyishta, barqaror, qat’iy, o‘zgarishlarga sekin moslashuvchi.

BOXCHA YOSHIDAGI UYAYCHANG VA TORTINCHOQ BOʻLGAN BOLALAR UCHUN.
Uyatchang va tortinchoq 3–7 yoshli bolalar uchun mashqlar o‘ziga ishonchni oshirish, guruhga qo‘shilish va erkin fikr-ifodani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Eng muhimi — ular bosqichma-bosqich ochilishi uchun yumshoq, o‘yinli va bosim qilmaydigan muhit yaratish.

Quyida bog‘cha yoshidagi uyatchang bolalar uchun guruhiy trening mashqlari:

1. “Ismim va harakatim” 🙋‍♂️🙋‍♀️

Maqsad: O‘zini tanishtirish va guruh oldida gapirishga o‘rgatish.
O‘tkazish: Dumaloq turib, har bir bola o‘z ismini aytadi va bir harakat ko‘rsatadi (masalan, qo‘l siltash, sakrash). Keyingilar ismini aytib, avvalgisining harakatini takrorlaydi va o‘z harakatini qo‘shadi.
Natija: E’tibor markazida bo‘lishga o‘rganadi, uyatchanlik kamayadi.

2. “Sehrli mikrofon” 🎤

Maqsad: Jamoa oldida gapirishni qulay qilish.
O‘tkazish: Oddiy mikrofon yoki o‘yinchoq beriladi. Mikrofon kimning qo‘lida bo‘lsa, u “Men yoqtirgan narsam…” kabi oddiy jumlani aytadi.
Natija: Gapirish jarayoni o‘yin ko‘rinishida bo‘lgani uchun qo‘rquv kamayadi.

3. “Birgalikda surat” 🎨

Maqsad: Guruh bilan hamkorlik qilish.
O‘tkazish: Katta qog‘oz va bo‘yoqlar beriladi. Har bola navbat bilan bir bo‘lak chizadi va keyingiga topshiradi. Oxirida umumiy rasm bo‘ladi.
Natija: Birgalikda ishlashga o‘rgatadi, “men ham hissa qo‘shdim” hissini beradi.

4. “Qo‘g‘irchoq gapirdi” 🧸

Maqsad: O‘z fikrini bilvosita aytish orqali o‘ziga ishonchni oshirish.
O‘tkazish: Tarbiyachi qo‘g‘irchoqni olib keladi va “Bugun qo‘g‘irchoq bizga savol beradi, kim javob beradi?” deb so‘raydi. Savollar oddiy bo‘lishi kerak (sevimli rang, o‘yinchoq, taom).
Natija: Bola bevosita emas, qo‘g‘irchoq bilan muloqot qilgani uchun o‘zini erkinroq his qiladi.

5. “Bir-birimizga yaxshi so‘z aytamiz” 💌

Maqsad: Ijobiy ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash.
O‘tkazish: Bolalar dumaloq o‘tiradi, yonidagi bolaga “Sening kulging yoqimli” yoki “Sen juda yaxshi do‘stsan” kabi ijobiy jumla aytadi.
Natija: Guruhda iliqlik, o‘zini qadrlash hissi kuchayadi.

6. “Boshqani top” 🔍

Maqsad: Guruh ichida tanishish va muloqotni kuchaytirish.
O‘tkazish: Tarbiyachi: “Men kimnidir o‘ylayapman, u ko‘k kiygan” — bolalar qaysi do‘stini aytayotganini topadi. Keyin navbat bolalarga beriladi.
Natija: Diqqat va ijtimoiy muloqot rivojlanadi.

9- DMTM Psixologi Nilufarxon Abdullayeva

BOXCHA YOSHIDAGI ASABIY VA TAJANG BOʻLGAN BOLALAR UCHUN MASHQLAR.
Bunday bolalar hissiy taranglikni ichida ushlab turadigan, yig‘laganda ham bo‘shasholmaydigan, tez asabiylashadigan tipga kiradi.
Ularga mo‘ljallangan guruhiy mashqlar stressni tushirish, mushak tarangligini bo‘shatish, o‘zini ifoda etish va tinch ijtimoiy aloqaga kirishishga yordam berishi kerak.

Quyida bog‘cha yoshidagi (3–7 yosh) asabiy va tajang bolalar uchun guruhiy trening mashqlari:

1. “Qattiq – yumshoq” 🪵🪶

Maqsad: Mushak tarangligini sezish va bo‘shatish.
O‘tkazish:

Bolalar dumaloq o‘tiradi.

Tarbiyachi: “Hamma hozir yog‘ochday qattiq bo‘lsin!” — bolalar butun tanasini tarang qiladi.

“Endi bulutday yumshoq bo‘ling!” — mushaklar bo‘shatiladi.

4–5 marta takrorlanadi.
Natija: Taranglikni tan olish va uni ongli ravishda bo‘shatishni o‘rgatadi.

2. “Shovqinli baraban” 🥁

Maqsad: Ichki asabiy energiyani chiqarish.
O‘tkazish: Har bir bolaga kichik baraban, idish yoki qopqoqlar beriladi. 30 soniya davomida erkin uradi, keyin “to‘xtash” signali bo‘ladi.
Natija: Ichki to‘plangan energiya xavfsiz tarzda chiqadi, jamoaviy ritm hissi paydo bo‘ladi.

3. “Shamol esmoqda” 🌬

Maqsad: Nafas orqali tinchlanish.
O‘tkazish:

Bolalar dumaloq turadi.

Tarbiyachi: “Hamma qo‘llarini yon tomonga yozsin va shamol bo‘laylik” — bolalar chuqur nafas olib, “fffff” ovozi bilan chiqaradi.

Shamol tezligini o‘zgartirib turasiz (sekin, kuchli).
Natija: Chuqur nafas olish va chiqish asabiylikni kamaytiradi.

4. “Guruh quchog‘i” 🫂

Maqsad: Xavfsizlik va ijtimoiy yaqinlik hissini berish.
O‘tkazish: Bolalar kichik guruhga bo‘linadi (3–4 nafar). Har guruh qo‘llarini bir-birining yelkasiga qo‘yib, 5 soniya “guruh quchog‘i” qiladi.
Natija: Asabiylik pasayadi, bir-biriga ishonch ortadi.

5. “Yerga ildiz otgan daraxt” 🌳

Maqsad: Barqarorlik va o‘zini boshqarish hissini mustahkamlash.
O‘tkazish:

Bolalar oyoqlarini yelka kengligida qo‘yadi.

“Sizlar daraxtsiz, oyoqlaringiz ildiz, shamol sizni yiqa olmaydi” — deb asta shamol bo‘lib tebranib yurishingiz mumkin.

Oxirida “daraxt gulladi” — qo‘llar yuqoriga ochiladi.
Natija: O‘z tanasini sezish, ichki tinchlik.

9- DMTM Psixologi Nilufarxon Abdullayeva

INJIQ VA JUDA TEZ HAFA BOʻLIB QOLADIGAN BOXCHA YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN.
Juda tez hafa bo‘ladigan, injiq 3–7 yoshli bolalar bilan ishlashda asosiy maqsad — ularning his-tuyg‘ularini tan olish, tinchlantirish va ijobiy yo‘nalishga burish. Bunday bolalarga mos mashqlar qisqa, yumshoq va ishonch uyg‘otadigan tarzda bo‘lishi kerak.

Quyida bog‘cha yoshiga mos, injiq bolalarni tinchlantiruvchi va hissiy jihatdan mustahkamlovchi mashqlar:

1. “Sevgi doirasi” 🫂

Maqsad: Xavfsizlik va mehr hissini berish.
O‘tkazish: Bolalar aylana bo‘lib o‘tiradi. Tarbiyachi navbat bilan har bir bolaga qarab “Men seni yaxshi ko‘raman, chunki…” deb ijobiy sifat aytadi. Bolalar ham bir-biriga aytadi.
Natija: O‘zini qadrlash hissi ortadi, hafa bo‘lish kamayadi.

2. “Men qanday his qilyapman?” 😊😐😢

Maqsad: Hissiyotlarni ifodalashni o‘rgatish.
O‘tkazish: Stolga quvonchli, xafa, hayron, jahli chiqqan yuzchalar rasmini qo‘ying. Boladan: “Hozir qaysi yuzcha sening holatingga mos?” deb so‘rang. Keyin bu his haqida gaplashasiz.
Natija: Bola hissiyotini tanib, so‘z bilan ifodalay oladi.

3. “Qorin bilan nafas ol” 🌬

Maqsad: Stressni tushirish.
O‘tkazish: Bola qoriniga kichik yumshoq o‘yinchoq qo‘yadi. “O‘yinchoqni osmonga uchiraylik” — deb nafas oladi, “Endi pastga tushiraylik” — deb nafas chiqaradi. 3–5 marta takrorlanadi.
Natija: Tinchlanish, o‘zini boshqarish osonlashadi.

4. “Sehrli so‘zlar” ✨

Maqsad: Ijobiy ichki dialogni shakllantirish.
O‘tkazish: Bolaga kichik kartochkalarda yozilgan yoki rasmli “Men aqlliman”, “Men yaxshi do‘stm an”, “Men buni uddalay olaman” kabi jumlalarni berasiz. Bola ularni baland ovozda o‘qiydi.
Natija: O‘ziga ishonch ortadi, injiqlik yumshaydi.

5. “Sehrli quchoq” 🧸

Maqsad: O‘z-o‘zini tinchlantirishni o‘rgatish.
O‘tkazish: Bolaga o‘yinchoq beriladi va “Unga quchoq ochib, 5 soniya siqib turamiz” deyiladi. Keyin “O‘zingga ham mehr ber” — bola o‘zini quchoqlaydi.
Natija: Xavfsizlik va tinchlik hissi kuchayadi.

6. “Bulutlar uchib ketdi” ☁️

Maqsad: Salbiy hislardan xalos bo‘lishni o‘rgatish.
O‘tkazish: Bola ko‘zini yumadi, “Hafalik bulutini puflab osmonga uchiraylik” deb aytasiz, bola chuqur nafas chiqaradi.
Natija: Hissiy yengillik beradi.

9- DMTM Psixologi Nilufarxon Abdullayeva

BOXCHA YOSHIDAGI DIQQATI TARQOQ, YOKI BEPARVO BOLALAR UCHUN.
Diqqati tarqoq bog‘cha yoshidagi bolalar uchun trening mashqlarni ko‘proq qisqa, rangli, harakatli va taktil elementlar bilan tashkil etish kerak. Ular tez chalg‘iydi, shuning uchun faoliyat 3–5 daqiqada bir marta o‘zgarib turishi juda muhim.

Quyida 3–7 yosh bolalariga mos mashqlar ro‘yxati:

1. “Tingla va bajar” 🎧

Maqsad: Eshitish orqali e’tiborni jamlash.
O‘tkazish: Tarbiyachi “Oyoqlar bilan taq-taq”, “Qo‘llar bilan qarasak chalamiz”, “Boshni tepaga qarayamiz” kabi buyruqlar beradi. Ba’zida noto‘g‘ri buyruq ham aytadi ( Boshingni qoʻllarim bilan silayman. ) va bola uni bajarishi shart emas.
Natija: Diqqatni filtrdan o‘tkazish qobiliyati rivojlanadi.

2. “Rangga tegin” 🎨

Maqsad: Ko‘rish orqali diqqatni jamlash.
O‘tkazish: Xonadagi ranglarni aytasiz: “Qizil narsaga tegin!”, “Yashilga yugur!” va hokazo.
Natija: Tez topish va vizual konsentratsiya kuchayadi.

3. “Jimgina eshit” 🤫

Maqsad: Tinch diqqatni rivojlantirish.
O‘tkazish: Bolalar ko‘zlarini yumadi. Tarbiyachi bir tovush chiqaradi (qo‘ng‘iroq, suv shildirashi, qog‘oz shildirashi). Bola tovushni topishi kerak.
Natija: Eshitish e’tibori va xotira mustahkamlanadi.

4. “Ketdi–qoldi” 🚦

Maqsad: Diqqatni tez almashtirishni o‘rgatish.
O‘tkazish: “Ketdi!” deganda bolalar yuradi yoki yuguradi, “Qoldi!” deganda qotib qoladi.
Natija: Reaksiya tezligi oshadi, qoidaga bo‘ysunish kuchayadi.

5. “Top va qo‘y” 🧩

Maqsad: Predmetni aniqlash va joyiga qo‘yish orqali vizual va mantiqiy diqqatni rivojlantirish.
O‘tkazish: Xonaga bir nechta o‘yinchoq tarqatiladi. Tarbiyachi: “Menga sariq mashinani olib kel”, yoki “Yumaloq narsani top” deydi.
Natija: Ma’lumotni izlab topish va diqqatni markazlashtirish kuchayadi.

6. “Ketma-ket ayt” 🗣

Maqsad: Eshitish xotirasini mustahkamlash.
O‘tkazish: Tarbiyachi 3–4 ta so‘z aytadi (masalan: olma, shaftoli gilos). Bola ularni ketma-ket takrorlaydi. Keyin so‘zlar soni asta-sekin oshiriladi.
Natija: Diqqatni ushlab turish va eslab qolish yaxshilanadi.

9- DMTM Psixologi Nilufarxon Abdullayeva.

BOXCHA YOSHIDAGI QAYSAR BOLALAR UCHUN.
Quyida qaysar sifatlariga ega boʻlgan bolalar uchun kichik, koʻzga koʻrinmas, ammo yaxshi natija beruvchi harakatlar keltirib oʻtdim.

1. “Men tanlayman” o‘yini

Maqsad: Mustaqillik hissini berish, qaror qabul qilishni o‘rganish.

O‘tkazish: Bolaga ikki variant taklif qilinadi (masalan, “Oldin ayiqcha bilan o‘ynaymizmi yoki qushcha bilan?”). U tanlov qilgach, o‘yin shu yo‘nalishda davom etadi.

Natija: Qaror qabul qilganda “Men o‘zim tanladim” degan hissi qaysarlikni yumshatadi.

2. “Qahramonlar topshirig‘i”

Maqsad: Qoidaga rioya qilishni qiziqarli qilish.

O‘tkazish: Mashqni ertak ichiga joylashtiring: “Bugun biz super qahramonmiz va faqat yashil chiziqda yurishimiz kerak, chunki bu xavfsiz yo‘l”.

Natija: Qoidalarni “majburiyat” sifatida emas, “sarguzasht” sifatida qabul qiladi.

3. “O‘zini ko‘rsat” mashqi

Maqsad: Yetakchilik energiyasini ijobiy yo‘nalishga burish.

O‘tkazish: Bir bolani “o‘yin boshlig‘i” qilib tayinlang. U 2–3 daqiqa davomida boshqalarni qanday harakat qilishini aytadi (masalan, “Hamma qushdek uchsin!”). Keyin navbat boshqa bolaga o‘tadi.

Natija: Yetakchilik istagi qondiriladi, hamkorlik rivojlanadi.

4. “Men yordamchiman” roli

Maqsad: Mas’uliyatni his qilish.

O‘tkazish: Har kuni bir bolaga kichik vazifa bering (masalan, o‘yinchoqlarni tarqatish).

Natija: “Men muhimman” hissi qaysarlikni yumshatadi, chunki u o‘zini jamoaning muhim qismi sifatida his qiladi.

9- DMTM Psixologi Nilufarxon Abdullayeva.