@markazdayoshlar

DUNYO BO‘YLAB TA’LIM OLGAN YOSH YURIST
"Samarqand yoshlari" gazetasi

Insoniyat shiddat bilan o‘zgarayotgan, har kuni yangi g‘oya va yangi texnologiyalar paydo bo‘layotgan zamonda yashamoqda. Ana shunday tez sur’atli hayotda jamiyatning asosiy tayanchi va rivojlanish omili, albatta, bu o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, maqsad sari dadil intiladigan yoshlar hisoblanadi. Ana shunday yoshlardan biri endigina 22 yosh bo‘lishiga qaramasdan, tengdoshlaridan ancha ildamlab ketgan Damir Axrorovdir.

Past Darg‘om tumanida dunyoga kelgan qahramonimizning bolalik yillari Davkash qishlog‘ida o‘tdi. Ilk ta’limni esa 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib, uni oltin medal bilan tamomlashga muvaffaq bo‘ldi. 2020-yilda Damir uchun muvaffaqiyat eshiklari ochildi, u Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Ilm olishga bo‘lgan chanqoqligi sababli talabalik davrining dastlabki davridayoq eng ilg‘or “Top-50” talabalar ro‘yxatidan joy oldi.

— O‘sha vaqtdagi eng katta orzum yuqori malakali, jahon talabiga javob beradigan huquqshunos bo‘lish edi. Unga yetishish uchun o‘z oldimga qat’iy maqsadlar qo‘yganman, – deydi yosh huquqshunos Damir.

Albatta, orzular orzuligicha qolmaydi, harakat bo‘lsa hammasiga erishish mumkin. Damir ham izlanishlari va muntazam harakatlari ortidan dunyodagi nufuzli univeristetlarda tahsil olishga musharraf bo‘ldi. Xususan, Polshadagi Adam Mitskevich universiteti, Moskvadagi Oliy iqtisodiyot maktabi hamda Pensilvaniya davlat universitetining magistratura bosqichida ta’lim oldi. Hozirda esa AQSHning Nyu-York shtatida joylashgan yuridik firmada yurist yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

— Odatda ish hajmi juda katta bo‘lgani uchun deyarli bo‘sh vaqtim bo‘lmaydi, ammo bo‘sh vaqt topishim bilan undan unumli foydalanishga harakat qilaman, – deydi u.

Samarali kun tartibi sabab uddaburon qahramonimiz hozirda ona tilidan tashqari rus, ingliz tilida erkin muloqot qila oladi, ispan tilini boshlang‘ich darajada biladi, fors-tojik tilida erkin suhbatlasha oladi. “Bir yigitga qirq hunar oz” deyishganidek, u Sambo va erkin kurash bo‘yicha ko‘p marotaba viloyat, respublika chempioni ham bo‘lgan. Ilmiy faoliyatda ham Damirning natijalari chakki emas, “MDH eng yaxshi talabasi”’ xalqaro tanlovi g‘olibi, “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” MDH medali sohibi va 50 dan ortiq sertifikat, diplom yana turli xalqaro va respublika konferensiya, forum va tanlovlarda ishtirok etdi.

— Yodimda, Polsha davlatida o‘qib yurgan vaqtlarimda, “Xalqaro jinoyat huquqi” fanidan darsga 5 daqiqa kech kelganim uchun ustozim Damir “See you next week” degan edilar, ya’ni darsga kiritmagandi. Bu mening intizomim ustida yanada jiddiy ishlashimga sabab bo‘lgan. AQSHni tanlashimdan asosiy sabab esa uning nufuzli universitetlari va xorijiy tajribasini o‘rganish bo‘ldi. Amerika “imkoniyatlar yurti”, lekin imkoniyatlar o‘zi sizni topmaydi, siz uni topishingiz kerak. Amerika judayam ko‘p mehnat qilishga majbur qiladi, chunki bu yerda raqobat juda kuchli. Men Pensilvaniya shtatida joylashgan Pensilvaniya davlat universitetining magstiratura bosqichiga 45 000 AQSH dollari miqdorida grant bilan o‘qishga kirganman, biroq bu yerda o‘qish hayotimdagi eng katta sinovlardan biri bo‘lgan. Darslar faqat ingliz tilida o‘tilganligi sababli biroz qiyin, lekin o‘qituvchilar ajoyib. Har kuni yangilik, har hafta muhokama. Menga eng yoqqani o‘qituvchilarning har bir talabani tinglashi edi.

Boshqa davlatlardagi ta’lim yoki huquqiy tizimdan O‘zbekiston uchun amaliy ta’limni olib kelishni maqsad qilgan Damir Axrorov mediatsiya tizimini kengaytirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida mediatsiya kursini ham muvaffaqiyatli tamomlaydi. Hozirda u Adliya vazirligi reyestrida malakali mediator sifatida ro‘yxatda turadi.

— Kelajakda o‘zimni xalqaro tajribaga ega yurist sifatida ko‘raman. Shu sababdan qisqa muddatda AQSHda tajriba orttirib, keyin esa O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqchiman. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida huquqiy aloqalarni mustahkamlashga o‘z hissamni qo‘shishni niyat qilganman. Tengdoshlarimga ham maslahat berardimki, orzu qilishdan hech qachon uyalmang. Hech narsa imkonsiz emas. Til o‘rganing, xorijiy tillar fikr dunyongizni kengaytirishga yordam beradi. Eng muhimi, hech qachon taslim bo‘lmang, chunki orzular davomiy harakatingiz ortidan ro‘yobga chiqadi.

Damir kabi bilimli, qobiliyatli, izlanishdan to‘xtamaydigan yoshlarning yutuqlari sizni ham o‘qishga, izlanishga, bir nuqtada to‘xtab qolmaslikka undashi aniq.

Muxlisa KAMOLOVA suhbatlashdi.

Пост 12.12.2025

Пост 12.12.2025

Пост 12.12.2025

Shoshilinch chaqiriq (hajviya)
Safar Kokilov.

Ertalab. Soat 10-00. Tez yordam bo‘limida telefon jiringlaydi. Oq xolat, qalpoq kiygan navbatchi (dispetcher) boshqaruvchi go‘shakni ko‘tardi.

— Da. Tez yordam eshitadi.

— Familiyang nima?

— Familiyamni nima qilasiz? Xizmat bo‘lsa aytavering, yozib olaman.

— Senga familiyangni ayt deyapman.

— Siz kimsiz o‘zi?

— Men hokimiyatdanman. Familiyangni ayt, tez!

— Navbatchi boshqaruvchi Aliev eshitadi. Xo‘sh xizmat?

— Nega darrov shunday demaysan? Kimsan? Duxturmisan o‘zi?

— Ha. Feldsherman. Nimaydi?

— Menga bosh hakim kerak. Tez top!

— Bosh hakim yangi ochilgan ambulatoriyaning faoliyati bilan tanishgali ketgan. Tushlikdan so‘ng kelib qoladi.

— Unda kelsa ayt. To‘xta. Qog‘oz-qalam olib, yoz.

— Ayting.

— Xo‘sh-sh. Tezlikda hakim muovinining uyiga ko‘z og‘riqqa qarshi tomchi doridan 2-3 dona olib borsin. Tezlikda. Yozdingmi? Shu bugundan qolmasin. Tayin ayt. Familiyang nimaydi?

— Alievman. Yozib oldim. Yetkazaman.

— Shunday bo‘lsin. Aytib quyay. Familiyang Aliev ekan. Yozib oldim. Agar unutsang, o‘zingdan ko‘r. Hokimiyatning topshirig‘ini bajarmagan deb, ishdan xaydataman-a. Bildingmi?!

— Xo‘p aka, xo‘p. So‘zma-so‘z yetkazaman. Agar juda shoshilinch bo‘lsa, aptekalardan olib tursa bo‘lardi-ku.

— Aql o‘rgatma. Sendan so‘ralmaydi. Buyruqni bajar. Hokimiyatning ishlari senga o‘yin emas. Tushunding?!

— Xo‘p, xo‘p, kechirasiz.

— Shunday bo‘lsin.

— Xo‘p. Ha, aytgancha. Bosh hakimga bu buyruqni kim aytdi deyin? Siz kimsiz? Familiyangiz?

— Hoy bola, men hokimiyatdanman, dedim-ku senga. Xo‘jaqulovman. Hakim muovinining muoviniman. Haliyam tanimadingmi? He, xumpar. Qo‘y trubkani...

Navbatchi boshqaruvchi qizarib go‘shakni quyarkan, hayronlikdan labini cho‘chchaytib, yelkasini uchirib quydi. O‘ziga o‘zi ming‘illadi:

— Tavba! Muovinining muovini emish. Bosh hakim qo‘shni tumanga to‘yga ketgan, birov so‘rasa, haligiday deb quy degan edi. Obbo. Endi nima qilsam ekan...

Kechqurun. Soat 8 dan 10 minut o‘tgan. Tez yordam telefoni jiringlaydi. Navbatchi boshqaruvchi go‘shakni oladi.

— Da. Tez yordam eshitadi.

— Bu menman. Bosh hakimman. Tinchlikmi? Meni hech kim so‘ramadimi?

— Ie. G‘ozi G‘ozievich, sizmisiz? So‘rashdi. Hokimiyatdan Xo‘jaqulov degan telefon qildi.

— Nima deydi?

— Hokimning muovinining uyiga tezlikda bir-ikkita ko‘z og‘riq dori olib borarkansiz. Tezlikda.

— Qachon aytdi?

— Kunduzi soat o‘nlar edi.

– Eh-he-e. Endi nima bo‘ladi?! Obbo. He, kallang qursin saning. Shuncha vaqtdan beri kutib o‘tiribsanmi?

— Nima qilishim kerak edi? Sizni kutdim-da, G‘ozi G‘ozievich.

— Qachon senlarga aql kiradi-ya. Shuni o‘zlaring oborib bersalaring ham bo‘lardi-ku. Hoy kallavaram. Tezda bironta feldsheringni ko‘chaga chiqar. Tungi aptekalardan ko‘z og‘riq dori sotib olsin. Oborib bersin. Tushundingmi? Tez bo‘l.

— Xo‘p, xo‘p. Dorining pulini berishadimi ular?

— Iye. Nima deyapsan. Kallang joyidami? O‘sha dori qancha turadi? 5-10 so‘m turar ko‘p bo‘lsa. Shuni ham so‘rab o‘tiradimi. Uyat bo‘ladi-e. Bu savob. Axir odam savob ham qilib turish kerak-da. Tez yubor. He seni qara-yu. Pul deysan-a. Bilib qo‘y, ertaga hokimiyatdan gap eshitsam, seni ishdan haydayman. Tushundingmi? Tez yubor. Borganda, avval kechirim so‘rashsin...

— Xo‘p, xo‘p, G‘ozi G‘ozievich. Hozir yuboraman.

Navbatchi boshqaruvchining rangi o‘chib, navbatchi vrach, feldsher va haydovchidan iborat tez yordam brigadasini oldiga chaqirdi va bosh hakimning buyrug‘ini yetkazdi.

— Puli-chi? – dedi ular baravariga.

— He, katta odamdan pul so‘rab bo‘ladimi?! Uchovlarning pul qo‘shib, tungi aptekadan sotib olasizlar ekan. Savob bo‘larkan. Savob, savob... Qani, tez jo‘nanglar. Tez, tez.

Birrozdan so‘ng tez yordam mashinasi ko‘k chirog‘ini lipillatganicha, sirenasini chalib, ko‘chaga “otildi”.

Kechqurun. Soat 9. Hashamatli uy yoniga tez yordam mashinasi shitob bilan kelib to‘xtadi. Duxturlar shosha-pisha hovli eshigining qo‘ng‘irog‘ini bosishdi. Birozdan so‘ng eshik ochilib semiz, gajakdor, uzun xalat kiygan ayol ko‘rindi va tez yordam duxturlarini ko‘rib seskanib tushdi:

— Voy o‘lmasam. Nima gap?

— Chaqirtirganmidingiz? – dedi oldinda turgan duxtur hovliqib.

— Voy, yo‘-o‘q. Chaqirmadik.

— Bizni bosh hakim yubordi. Ko‘z og‘riq dori opkeldik.
Xotin ko‘kragiga tuflay-tuflay o‘ziga keldi-da, so‘ng qosh-qovog‘i yana uyilib, baqirdi:

— Ha-a. Endi keldilaringmi? Eh-he-e. Xo‘jayinga ertalab ishga jo‘nash vaqtida aytgan edim-ku. Voy-bo‘-o‘. Tez yordam emish, tag‘in. Kasal o‘lib, go‘rga qo‘yib kelgandan so‘ng kelarkansizlarda, a?!

— Uzr endi, opa. Uzr. Ozgina tushunmovchilik bo‘libdi. Dispetcher yoshlik qipti. Kechirasiz. Mana. Kech bo‘lsa ham dorini opkeldik. Topib keldik, opa. Oling. Duxtur kichkina shishachadagi dorini uzatdi. Xotin o‘zini orqaga oldi...

— Voy, voy. Buni men nima qilaman?! O‘zlaring tomizib ketasizlar endi.

— Bo‘pti opa, bo‘pti. Yuring. Kimning ko‘ziga tomizish kerak. Ko‘rsating. Tomizamiz.

Xotin duxturlarni hovliga boshlab kirarkan, oldinda javrab ketardi:

— Yuringlar, yuraveringlar. He, ordonasi qolsin, ilohim. Ana. Bostirmaning tagida. Ikki kundan beri ho‘kizlardan birovining ko‘zi og‘rib qopti. Qizarib, shishib ketgan... Duxturlar birdan taqqa to‘xtab, bir-biriga qarab qolishdi:

— A?! Ho‘kiz?!

— Ha, ha. Ho‘kiz. Duxtur o‘zingiz yaxshilab davolab keting. Tuzuk bo‘lsa, ertaga bozor chiqartiraman, savilni. Boravering. Voy, qo‘rqmang, yuvvosh...

Bostirma tagida ho‘kiz pishqaradi. Duxturlar dag‘-dag‘ titraydi. Xotin esa ularni orqasidan itaradi:

— Yuring. Voy yuravering. Qo‘rqmang, yuvvosh. Yuvvosh deyapman-ku...

Mushtipar (hajviya)
Said Ahmad.

Teskari hikoya

Qizim, senga aytaman, Kelinim, sen eshit. Maqol

Markazda yoshlar

U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu orada un elab, xamir qorardi, sigir sog‘ib, qatiq ivitardi, qo‘l mashinasini shitirlatib, bolasiga har xil ko‘ylakchalar tikib qo‘yardi. Kuyovdan yolchigan qaynona uni yalab-yulqardi. To‘y-hashamlarga, lozimandalarga olib borardi. Nima balo bo‘ldi-yu, qaynona-kuyovning oralaridan qora mushuk o‘tib qoldi. Bola yig‘lasa, qaynona ming‘illaydi, samovarning o‘ti tutasa, qaynota do‘ng‘illaydi.

— Hoy, bolaga qarang, qanaqa ivirsigan kuyovsiz. Onangiz o‘lgur samovar qo‘yishniyam o‘rgatmapti-da. Hozirgi onalarga hayronman, o‘g‘il bola-ku birovning xasmi, hunar o‘rgatsa bo‘lmaydimi? Shuning uchun ham xotinga tekkanda kaltakdan boshi chiqmaydi. Kuyov yelib-yugurib ish qiladi. Kir yuvib turib ko‘pik yuqi qo‘li bilan qaynonaning oyog‘ini uqalagani chopadi, bodom tuyib dokaga soladi-yu, bolaning og‘ziga tiqadi. Kelin halizamon ishdan kelib, samovarga chiqib ketadi. Ovqatga unnash kerak, kiyimlarini dazmollash kerak. Qaynotasi iftorlikka boradigan, chakmonini cho‘tkalab, kalishini yuvib qo‘yish kerak.
Shunaqa ishlar bilan kuyov hech o‘ziga qarolmaydi. Buning ustiga, qaynonasi qizi kelishi bilan uni chaqadi:

— Singlisi keluvdi, nima berib yuborganini bilmayman. Xumchadagi yog‘ nazarimda kamaygandek. Urug‘lari o‘lgur muncha ko‘p. Xotin deganning topganini tejamagan er ermi.

Er juda siqilib ketdi. Xotini ishdan kelganda ko‘z yoshi qildi:

— Siqilib ketdim, javobimni bering, chiqaman.

Xotin do‘ng‘illadi:

— Qo‘yadigan erim yo‘q.

— Hech bo‘lmasa, ro‘zg‘orimizni bo‘lak qilib bering.

Xotinga bu gap malol keldi:

— Nomard qiz ona ro‘zg‘orini bo‘lak qiladi. Er topiladi, ona topilmaydi.

Er hurpayib, ikki kun yig‘ladi. Oxiri bolasini ko‘tarib, uydan chiqib ketdi. Bechora mushtipar er, bolani bag‘riga bosib, yig‘lab-yig‘lab onasinikiga ketyapti. O‘g‘il bola yor-yor bilan uydan chiqib ketdimi, qo‘shgani bilan qo‘shma qarisin ekan, bola ko‘tarib, uyga qaytib kelgulik qilmasin ekan. Onaga qiyin, qachon tengi chiqadi-yu, qachon uzatadi. Ammo bitta bolasi bilan qayoqqa ham sig‘ardi?
Ha, nomard xotin!

Пост 09.06.2025

Пост 03.06.2025

Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi
"Samarqand yoshlari" gazetasi

“Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi.

Haftalik ochilish tadbirida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov soʻz olib, bu singari loyihalarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni chop etib, kitobxonlar qoʻliga yetkazish kabi ezgu maqsadlar koʻzlanganini alohida taʼkidladi.

Taʼkidlash joiz, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida koʻplab maʼrifiy-madaniy tadbirlar oʻrin olgan. “Buyuklar bolaligi” turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimoti, “Mahalla – oila – kutubxona”, “Maʼrifatparvar ayollar” mavzusida davra suhbati, “Sogʻlom muhit – sogʻlom jamoa” shiori ostida amaliy mashgʻulotlar va treninglar, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, “Mutolaa” loyihasi shular jumlasidandir. Shuningdek, “Mehr kutubxonasi”, “Sevimli shoirimga maktub”, “Yoshlar uchun ming kitob”, “Sehrli kitoblar mamlakati boʻylab sayohat”, “Libmob”, “Kutubxonaga qanday boriladi?”, “Adabiy ustaxona”, “Tabiat qoʻynida mutolaa-kitobterapiya” singari taqdimot, aksiya hamda uchrashuvlar oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, haftalik 27-aprelga qadar davom etadi.

Final o‘z nomi bilan final, oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi – Ismoilov
"Samarqand yoshlari" gazetasi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiyi Islom Ismoilov Osiyo kubogi finali doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Finalda o‘ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik. Saudiya Arabistoni kuchli terma jamoalardan biri. Ularga qarshi ko‘p marta o‘yin o‘tkazdik. Lekin final o‘z nomi bilan final, oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi. Har ikki jamoa ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. Asosiy maqsadimiz ertangi o‘yinda g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilish”, deydi Ismoilov.

Shuningdek, murabbiy finalga tayyorgarlik haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rganmiz. Turnirda oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Final ham qiyin o‘tadi, sababi ruhiyat birinchi o‘ringa chiqadi. Biz futbolchilarni har tomonlama o‘yinga ideal holatda tayyorlash uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Barcha futbolchilarimiz uchrashuvga tayyor holatda, baxtimizga hech bir o‘yinchimiz jarohat olmadi. Umid qilamizki, ertaga jamoamiz eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatib, g‘alaba qozonadi”, deydi murabbiy.

Islom Ismoilov futbolchilarning ruhiyatiga ham alohida to‘xtaldi.

“Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz, lekin hech bir jamoadan qo‘rqmaymiz. O‘z uslubimizga egamiz, ishonch bilan, chiroyli futbol bilan g‘alaba qozonmoqchimiz. Buni futbolchilarga ham ta’kidlab kelmoqdamiz. KXDRga qarshi bahsga ham ruhiy jihatdan ko‘proq e’tibor qaratdik. Bu yoshdagi futbolchilarda ruhiyat o‘zgaruvchan bo‘ladi. Futbolda bir holat ikkinchi bor takrorlanmaydi. Biz o‘tgan o‘yindagi natijani unutib, eng asosiy uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz” deydi Ismoilov.

Ma’lumot o‘rnida, ertaga, 20 aprel kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa mezbonlari Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.