Min Risoo 민 리소

Romeo va Julietta
SAHNA: JULIETTANING BALKONI

Joy: Kapulettilar bog‘i, Juliettaning balkoni osti.
Vaqt: Kechasi, oy yorug‘i ostida.

Qahramonlar:

Romeo

Julietta

[SAHNA BOSHLANADI]

(Romeo bog‘ga yashirincha kiradi. U balkon tomonga qaraydi. Julietta balkonga chiqadi, lekin Romeo uni ko‘rmaydi.)

ROMEO (o‘zicha):
Jim! Qaysi nur u derazadan taralmoqda?
Bu sharqdir, Julietta esa quyoshdir.
Ey go‘zal quyosh, ko‘taril va hasadgo‘y oyni so‘ndir.

(Julietta osmon tomonga qaraydi.)

JULIETTA:
Ey Romeo, Romeo! Nega sen Romeosan?
Otangdan voz kech, ismingni tashla.
Yoki bo‘lmasa, meni sevishingga qasam ich,
Men esa Kapuletti bo‘lishdan voz kechaman.

ROMEO (sekin):
Yana tinglaymi yoki javob beraymi?

JULIETTA:
Faqat isming mening dushmanim.
Sen o‘zingsensan, Montague emas.
Ism nima o‘zi? Atirgulni boshqa nom bilan atasak ham,
U xuddi shunday xushbo‘y hid taratadi.

ROMEO:
Men sening so‘zlaringni qabul qilaman.
Meni sevganingni ayt, va men endi Romeo bo‘lmayman.

JULIETTA (hayrat bilan):
Kim bu? Qorong‘ulik orasidan mening sirlarimni tinglayotgan kim?

ROMEO:
Menga ismim bilan murojaat qilma.
Bu ism sen uchun dushman bo‘lsa, men undan voz kechaman.

JULIETTA:
Sen Romeo emasmisan? Montague emasmisan?

ROMEO:
Agar bu nomlar senga yoqmasa, ikkalasidan ham voz kechaman.

(Julietta balkon panjarasiga yaqinlashadi.)

JULIETTA:
Agar qarindoshlarim seni shu yerda ko‘rsa, seni o‘ldirishadi.

ROMEO:
Sening ko‘zlaringning nuri ularning yigirma qilichidan ham kuchliroq.
Faqat menga mehr bilan qarasang, xavfdan qo‘rqmayman.

JULIETTA:
Meni haqiqatan sevasanmi?

ROMEO:
Oy nuriga qasam ichaman—

JULIETTA (to‘xtatib):
Yo‘q, oyga qasam ichma.
Oy o‘zgaruvchan. Sevging ham oy kabi o‘zgarib qolishini istamayman.

ROMEO:
Unda nimaga qasam ichay?

JULIETTA:
Hech narsaga qasam ichma.
Yoki agar istasang, o‘zingning pok qalbingga qasam ich.

ROMEO:
Qalbimdagi sevgiga qasamki—

JULIETTA:
Bu so‘zlarni eshitishdan xursandman.
Lekin bu muhabbat juda tez boshlandi.
Shuning uchun ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

(Ular bir muddat bir-biriga qarab turishadi.)

JULIETTA:
Agar niyating jiddiy bo‘lsa va menga uylanmoqchi bo‘lsang, ertaga menga xabar yubor.
Men senga qayerda va qachon uchrashishni aytaman.

ROMEO:
Jonim bilan va’da beraman.

JULIETTA:
Xayr, Romeo.

ROMEO:
Xayr, sevgilim.

JULIETTA:
Yaxshi tunlar! Ayriliq shunchalik shirin qayg‘uki,
Ertalabgacha xayr deyaverishni istardim.

ROMEO:
Yaxshi tunlar!
Uyqu ko‘zlaringga, tinchlik qalbingga yor bo‘lsin.

(Julietta ichkariga kiradi. Romeo bir muddat balkon tomonga qarab turadi va keyin bog‘dan chiqib ketadi.)

[SAHNA TUGAYDI]

SAHNA: YASHIRIN NIKOH

Joy: Rohib Lorensning hujrasi (kichik ibodatxona).
Vaqt: Ertalab.

Qahramonlar:

Romeo

Julietta

Rohib Lorens

[SAHNA BOSHLANADI]

(Rohib Lorens ibodat qilib turadi. Romeo shoshilib kiradi.)

ROHIB LORENS:
Xush kelibsan, Romeo. Bugun yuzingda g'alati quvonch ko'ryapman.

ROMEO:
Ota Lorens, bugun qalbim baxtga to'ldi. Men Juliettani sevaman va u ham meni sevadi. Biz turmush qurmoqchimiz.

ROHIB LORENS:
Bu juda tez qaror emasmi? Kechagina boshqa qiz haqida qayg'urayotgan eding.

ROMEO:
Yo'q, ota. O'sha hislar o'tkinchi edi. Julietta mening haqiqiy sevgim.

(Rohib bir oz o'ylanadi.)

ROHIB LORENS:
Agar bu nikoh ikki oilaning adovatiga barham bersa, men sizlarga yordam beraman.

(Romeo minnatdorlik bilan bosh egadi.)

ROMEO:
Rahmat, ota.

(Shu payt Julietta kirib keladi. Romeo unga qarab jilmayadi.)

JULIETTA:
Assalomu alaykum, ota Lorens.

ROHIB LORENS:
Xush kelibsan, qizim.

(Romeo va Julietta bir-biriga yaqinlashadilar.)

ROMEO:
Seni ko'rganimda dunyodagi barcha tashvishlarim yo'qoladi.

JULIETTA:
Men ham shunday his qilaman.

ROHIB LORENS:
Farzandlarim, agar qalblaringiz bir-biriga sodiq bo'lsa, qo'llaringizni tuting.

(Ular qo'l ushlashadilar.)

ROHIB LORENS:
Muhabbat va sadoqat bilan bir-biringizni umr yo'ldosh sifatida qabul qilasizlarmi?

ROMEO:
Ha, butun qalbim bilan qabul qilaman.

JULIETTA:
Ha, butun qalbim bilan qabul qilaman.

ROHIB LORENS:
Unday bo'lsa, Xudo nomi bilan sizlarni er va xotin deb e'lon qilaman. Tinchlik va baxt sizlarga hamroh bo'lsin.

(Romeo va Julietta bir-birlariga quvonch bilan qaraydilar.)

ROMEO:
Bugun men dunyodagi eng baxtli insonman.

JULIETTA:
Va men eng baxtli ayolman.

ROHIB LORENS:
Endi ehtiyot bo'linglar. Oldinda sizlarni sinovlar kutmoqda.

(Romeo va Julietta qo'l ushlashgancha chiqib ketadilar. Rohib esa ularga tashvish bilan qarab qoladi.)

[SAHNA TUGAYDI]

ROVIY:

Romeo va Julietta yashirin ravishda nikohdan o‘tadilar.

Ammo ko‘p o‘tmay Tibalt va Merkutsio o‘rtasida janjal chiqadi. Merkutsio halok bo‘ladi. G‘azablangan Romeo Tibaltni o‘ldiradi.

Shundan so‘ng Verona hukmdori Romeoni shahardan quvib yuboradi. Romeo va Julietta og‘ir xayrlashadilar.

Juliettaning ota-onasi uni Parijga turmushga bermoqchi bo‘ladilar. Bunga rozi bo‘lmagan Julietta Rohib Lorensdan yordam so‘raydi.

SAHNA: MAJBURIY NIKOH HAQIDAGI XABAR

Joy: Kapulettilar uyi.
Vaqt: Ertalab.

Qahramonlar:

Julietta

Kapuletti (otasi)

Ledi Kapuletti (onasi)

Hamshira

[SAHNA BOSHLANADI]

(Ledi Kapuletti va Hamshira xonaga kiradilar. Julietta g'amgin o'tiribdi.)

LEDI KAPULETTI:
Qizim, senga quvonchli xabarim bor.

JULIETTA:
Qanday xabar, ona?

LEDI KAPULETTI:
Yakshanba kuni sen Parijga turmushga chiqasan.

(Julietta hayratga tushadi.)

JULIETTA:
Yo'q, ona. Men bunga tayyor emasman.

(Huqumron ohangda Kapuletti kirib keladi.)

KAPULETTI:
Nima gap? Nega xursand emassan?

LEDI KAPULETTI:
Julietta Parijga turmushga chiqishni istamayapti.

KAPULETTI:
Nima deding? Parij kabi munosib yigitni rad etmoqchimisan?

JULIETTA:
Ota, iltimos, menga biroz vaqt bering.

KAPULETTI:
Yo'q! Yakshanba kuni nikoh bo'ladi. Bu masala tugadi!

JULIETTA:
Ota, iltimos...

KAPULETTI:
Menga qarshi chiqma! Agar bo'ysunmasang, seni qizim deb bilmayman!

(Kapuletti g'azab bilan chiqib ketadi. Ledi Kapuletti ham ortidan ketadi.)

JULIETTA:
Hamshira, menga yordam bering. Men nima qilaman?

HAMSHIRA:
Qizim, Parij yomon yigit emas. Balki unga turmushga chiqqaning ma'quldir.

(Julietta xafa bo'lib boshini egadi.)

JULIETTA:
Demak, menga hech kim yordam bermaydi...

(Hamshira chiqib ketadi. Julietta yolg'iz qoladi.)

JULIETTA:
Men Rohib Lorensning oldiga boraman. Balki u menga yo'l topar.

[SAHNA TUGAYDI]

Joy: Rohib Lorensning hujrasi.

Qahramonlar:

Julietta

Rohib Lorens

[SAHNA BOSHLANADI]

(Julietta yig'lagan holda kiradi.)

JULIETTA:
Ota Lorens, meni qutqaring! Ota-onam meni Parijga turmushga bermoqchi.

ROHIB LORENS:
Tinchlan, qizim. Balki bir yechim toparmiz.

JULIETTA:
Agar yordam bera olmasangiz, men umidsiz qolaman.

(Rohib bir lahza o'ylanadi.)

ROHIB LORENS:
Menda bir reja bor. Mana bu dorini ichasan.

JULIETTA:
Bu nima qiladi?

ROHIB LORENS:
Uni ichganingdan keyin qirq ikki soat davomida o'likdek ko'rinasan. Oilang seni maqbaraga qo'yadi. Shu vaqt ichida men Romeoga xabar yuboraman.

JULIETTA:
Agar bu meni Romeo bilan birlashtirsa, roziman.

ROHIB LORENS:
Unda jasur bo'l, qizim.

JULIETTA:
Rahmat, ota Lorens.

[SAHNA TUGAYDI]

Joy: Juliettaning xonasi. Kechasi.

Qahramonlar:

Julietta

[SAHNA BOSHLANADI]

(Julietta qo'lida shisha idish bilan yolg'iz turibdi.)

JULIETTA:
Yuragim qo'rquvga to'ldi. Agar bu reja ishlamasa-chi?

(Bir oz sukut.)

JULIETTA:
Ammo Romeosiz yashay olmayman.

(U shishaga qaraydi.)

JULIETTA:
Romeo uchun!

(Julietta dorini ichadi.)

JULIETTA:
Xayr... ertangi kun nima olib kelishini bilmayman...

(U asta-sekin yotoqqa yotadi va ko'zlarini yumadi.)

[SAHNA TUGAYDI]

Joy: Kapulettilar uyi. Ertalab.

Qahramonlar:

Hamshira

Ledi Kapuletti

Kapuletti

Julietta

[SAHNA BOSHLANADI]

(Hamshira Juliettani uyg'otish uchun kiradi.)

HAMSHIRA:
Julietta! Tur, qizim! Nikoh kuni keldi!

(U javob bo'lmagach, yaqinlashadi.)

HAMSHIRA:
Julietta?... Julietta?!

(Hamshira vahima bilan qichqiradi.)

HAMSHIRA:
Yordam bering! Julietta uyg'onmayapti!

(Ledi Kapuletti va Kapuletti yugurib kiradilar.)

LEDI KAPULETTI:
Qizim!

KAPULETTI:
Bu qanday fojiya?!

HAMSHIRA:
U... u o'lganga o'xshaydi...

(Barchasi qayg'u ichida qoladilar.)

[SAHNA TUGAYDI]

Joy: Kapulettilar oilasi maqbarasi. Kechasi.

Qahramonlar:

Romeo

Parij

Julietta

[SAHNA BOSHLANADI]

(Parij maqbara yonida gul qo'yib turadi. Romeo kirib keladi.)

PARIJ:
To'xta! Sen Romeo emasmisan? Bu yerga nima uchun kelding?

ROMEO:
Meni to'xtatma. Men Julietta bilan vidolashgani keldim.

PARIJ:
Men bunga yo'l qo'ymayman!

(Ular qisqa kurashadilar. Parij yiqiladi.)

PARIJ:
Julietta yoniga... meni ham qo'ying...

(Parij ko'zlarini yumadi.)

(Romeo maqbara ichiga kiradi va Juliettani ko'radi.)

ROMEO:
Ey sevgilim... Sen shunchalik go'zalsanki, o'lim ham seni o'zgartira olmabdi.

(U Juliettaning yoniga o'tiradi.)

ROMEO:
Sensiz hayotning ma'nosi yo'q.

(Romeo zaharni ichadi.)

ROMEO:
Xayr, sevgilim... Men sen bilan qolaman...

(U Juliettaning yoniga yiqiladi.)

[SAHNA TUGAYDI]

Joy: Maqbara.

Qahramonlar:

Julietta

Rohib Lorens

Romeo

[SAHNA BOSHLANADI]

(Julietta asta-sekin uyg'onadi. Rohib Lorens kiradi.)

JULIETTA:
Ota Lorens? Romeo qani?

(Rohib Romeoni ko'rsatadi.)

ROHIB LORENS:
Kech qoldik... Romeo seni o'lgan deb o'ylabdi.

(Julietta Romeoning yoniga yuguradi.)

JULIETTA:
Romeo! Romeo! Uyg'on!

(Javob bo'lmaydi.)

ROHIB LORENS:
Tez yur, bu yerdan ketishimiz kerak.

JULIETTA:
Yo'q. Men Romeoni tashlab ketmayman.

(Rohib chiqib ketadi. Julietta Romeoning qo'lini ushlaydi.)

JULIETTA:
Agar sen ketgan bo'lsang, men ham sensiz yashamayman.

(Julietta Romeoning yoniga boshini qo'yadi.)

JULIETTA:
Xayr, mening sevgilim...

(U ham ko'zlarini yumadi.)

[SAHNA TUGAYDI]

Joy: Maqbara oldi.

Qahramonlar:

Shahzoda

Kapuletti

Montague

Rohib Lorens

[SAHNA BOSHLANADI]

(Kapuletti va Montague oilalari maqbaraga keladilar.)

SHAHZODA:
Mana, adovatning oqibati. Ikki begunoh yosh halok bo'ldi.

ROHIB LORENS:
Ular bir-birlarini chin yurakdan sevishardi. Yashirin nikoh ham qurishgan edi.

(Kapuletti va Montague bir-biriga qaraydilar.)

KAPULETTI:
Bizning nafratimiz bolalarimizning umriga zomin bo'ldi.

MONTAGUE:
Endi bu adovat tugasin.

(Ikki ota qo'l berib ko'rishadilar.)

SHAHZODA:
Romeo va Juliettaning muhabbati Verona tarixida abadiy qoladi.

(Barcha bosh egadilar.)

[SAHNA TUGAYDI]

YAKUN

Romeo  — Jeon JungKook

Juliet — Min Mina

Friar Laurence (Rohib Lorens) — Seowo

Lord Capulet (Juliettaning otasi) — ustoz Hanvul

Lady Capulet (Juliettaning onasi) — ustoz Son Mari

Nurse (Hamshira)  — Jisoo

Count Paris  — Suxo

Prince Escalus (Shahzoda)  — SeoJon

Lord Montague — HyunSok

Жизнь с прошлым
4-qism

Inson hayotida tasodiflar ko‘p bo‘ladi, ba’zida ketma-ket tasodiflar bo‘lib, bizni gangitib qo‘yadi. Ammo tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi, taqdir kimni kimga ro‘baro‘ qilishni aniq biladi. Yaratganning rejasi mukammal ekani qaysi dinda bo‘lsa ham aniq ta’kidlanganidek, hayotimizdagi tasodiflar ham juda mukammal. Ammo biz bilmaymiz, bu tasodiflar oxiri yaxshilik bilan tugaydimi? Yoki yomonlik bilan?

Sulli bugun ertaroq uyg‘ondi, soat 07:00 edi. U sekin o‘rnidan turdi. Oyog‘iga shippagini kiyib, uyqusiragan ko‘zlarini ishqalagancha o‘rnidan turdi va vanna tomon yura boshladi. Vannaga doimgidek shippagini yechib kirdi. Marmarga oyog‘i tegarkan, sovuqdan uyqusi ochildi. U sochlarini yig‘ib, badanini yuvdi. Iliq suvda u yengil tortdi. Yuzlarini va tishlarini yuvib, artindi, halatini kiyib oynaga qaradi-da, sochlarini tartibladi va vannadan chiqib formasini kiydi.

Sumkasiga darsliklarini solib, sekin pastga tushdi. Allaqachon nonushta tayyor edi. Sulli chuqur nafas oldi-da, ichkariga kirib dedi:

— Xayrli tong! — uning kayfiyati kechagi iliqlik va akasi bilan suhbatdan so‘ng yaxshilashgan edi.

— Xayrli tong, yaxshi dam oldingizmi? — xizmatkor ayol so‘radi.

— Yaxshi. Nonushta rosa yaxshi tuyilyapti, tezroq tatib ko‘rishni istayman! — Sulli stolga o‘tirdi.

— Mana nonushtangiz, yoqimli ishtaha. Hozir mashina ham kelib qolsa kerak! — xizmatkor ayol o‘z ishlari bilan ovora bo‘lib ketdi.

Sulli maroq bilan nonushta qilishga kirishdi. Nonushta davomida telefonidan Minaga xabar yozdi.

Xabar: "Julietta, yaxshi dam oldingmi? Bugun maktabga ertaroq kel."

U javobni kutdi. Minadan xabar keldi:

"Ho‘p, hozir yo‘lga tushaman."

Sulli o‘qib xursand bo‘ldi va yana javob berdi:

"Men ham mashina kelishi bilan yo‘lga tushaman!"

U telefonini qo‘yib, nonushtasini yeb bo‘ldi. Sofi xonim hali uyg‘onmagan, Sonje esa allaqachon uyg‘onib, Sullining yoniga keldi. Sulli uni ko‘rishi bilan salom berdi.

— Salom, dadajon, yaxshi dam oldingizmi?

— Yaxshi, rahmat. O‘zingchi, qizalog‘im?

— Yaxshi, maktabga ketyapman. Mashina keldi shekilli, ishlarda charchab qolmang! — Sulli yelkasiga sumkasini ilgancha eshik tomon yurdi.

— Ho‘p, qizim, sening kuning ham yaxshi o‘tsin! — Sonje shunday deya nonushtaga o‘tirdi.

Sulli qo‘rg‘on eshiklaridan bardam qadam tashlab chiqdi. U eshikdan chiqishi bilan bir og‘ir yukdan qutulganday yengil "uhh" tortdi va qop-qora mashina tomon yurdi. Heosok mashinadan tushib, qizning eshigini ochdi.

— Salom, kichik xonim, marhamat o‘tiring! — Heosok jilmaydi.

— Salom, xayrli tong! Rahmat! — Sulli yengil qadamlar bilan mashinaga mindi.

Heosok Sullining eshigini yopib, o‘zi tezda rulga o‘tirdi. U sekin mashinani yurg‘izdi. Mashina yana o‘sha trassaga tushar ekan, Heosok sekin gapni boshladi.

— Sulli, kecha janob Sonje va Sofi xonimdan gap eshitmadingmi? O‘zing aytganingdek, seni "sen"lab chaqiraman. — Heosok kuldi.

— Ha, shunday chaqiravering. Kecha bahonam o‘xshadi, shuning uchun uncha gap eshitmadim.

— Unda yaxshi-da! Bugun erta turibsanmi? Kecha uxlab qolgan eding. — Heosok kulib yubordi.

— Ha, bugun ertaroq turdim. O‘zi erta turaman, kecha uxlab qolibman-da. — U qizargan yuzini qo‘li bilan yopdi.

— Ha yaxshi, Sulli, menga nomeringni yozib ber. Ba’zida o‘qishdan erta chiqaman, ba’zida kech. Senga moslashishim kerak. Sen o‘qishdan qachon chiqasan, vaqting qanday, so‘rab turaman. — U shunday deya telefonini Sulliga tutdi.

— Ho‘p, mayli! — U shunday deya raqamini yozib berdi.

Mashinada sukut cho‘kdi. Faqat katta trassada mashinaning ovozi va motorning baqirishi eshitilardi. Sulli telefonidan akasiga qo‘ng‘iroq qildi. Bu payt Germaniyada soat 00:30 edi. Seokjin qattiq uyquda edi, Yoongi esa sekin o‘rnidan turib telefonni qo‘liga oldi. U go‘shakni ko‘tardi va sekingina dedi:

— Alo! Sulliyim, xayrli tong! — Yoongi ataylab uni shunday chaqirdi.

— Sizga esa xayrli tun, bezovta qilmadimmi? — Sulli hijolat bilan dedi.

— Yo‘q, bezovta bo‘lmadim, hali uxlamagan edim! — Yoongi kulimsirab javob qildi.

— Aka, o‘zingizmisiz? Siz erta uxlar edingiz-ku? — Sulli ikkilanib qoldi va keyin Yoongi esiga tushib dedi. — Yoongi aka, sizmisiz?

— Hozirgina tanimaydi meni deb o‘tirgandim. Seokjin uxlab qolgan, men esa hali uxlamagan edim. Qayerdasan, maktabga otlandingmi? — Yoongi mayin ovozda so‘radi.

— Folbinmisiz? Ha, maktabga ketyapman. O‘zingiz nega uxlamadingiz? — Sulli havotir bilan dedi.

— Uyqum kelmadi, yana birozdan so‘ng uxlayman. O‘zing maktabda ehtiyot bo‘l, nimadir bo‘lsa ayt. Begonalardan ehtiyot bo‘l. Tushundingmi? — Yoongi jiddiy ohangda dedi.

— Ho‘p bo‘ladi, ehtiyot bo‘laman! O‘zingiz ertaroq uxlang, kasal bo‘lib qolasiz. — Sullining ovozi biroz mayus, xuddi yosh bolani ehtiyotkorlik bilan tergagandek chiqdi.

— Ho‘p, hozir uxlayman va sen menga ham qo‘ng‘iroq qilib tur. Men ham akang-ku, a? — Yoongi kuldi.

— Ho‘p, yaxshi dam oling! — Sulli kuldi.

— Ho‘p, kuning yaxshi o‘tsin! — Yoongi telefonni o‘chirib, yotog‘i tomon yurdi. U juda tez uxlab qoldi.

Sulli telefonini sumkasiga solgancha oynadan ochiq trassaga qarab, sekin derazani ochdi va qo‘lini chiqardi. Tongning salqin havosi derazadan kirib uning yuzini siladi, uning ko‘ngli shu yo‘l bilan taskin topdi. Uni kuzatib turgan Heosokning xayoliga behosdan yaxshi ko‘rgan suyuklisi, birinchi va oxirgi sevgisi keldi.

Uning xayoli:

— U shunday qo‘llarini derazadan chiqarib, shamol bilan o‘ynashishni yaxshi ko‘radi. Shamol ichkariga kirib uning mayin yuzlaridan silab, sochlarini o‘ynaganda u juda chiroyli va nafis ko‘rinadi. Hattoki shamolga ham havas qilaman, u hech bo‘lmasa unga tegina oladi. Men noshud esa undan kattaman, hattoki yillar ham bizga to‘sqinlik qiladi. U meni hech qachon yoqtirib qolmaydi, agar katta bo‘lsa ham! — u shunday xayollar bilan biroz xo‘rsinib qo‘ydi.

U xayollarga berilgan payt Sulli unga savol berdi, ammo u eshitmadi. Sulli savolini qaytardi.

— Heosok aka, maktab yaqinidagi Yarim Tun kutubxonasiga boramiz! Eshitdingizmi?

— Ha, nima? Eshitdim, ho‘p, birinchi u yerga boramiz. — Heosok xayollarini yig‘ishtirdi, ammo qalbining tub-tubida hali ham o‘sha xayollar edi.

— Nima xayol surib qoldingizki, buncha e’tiborsiz darajaga keldingiz? Muammolaringizmi yoki o‘qishingiz? — Sulli havotir bilan gapni davom etdi. — Aka, kuyinmang, o‘zim sizga ko‘maklashaman, o‘qishingizga ulgurasiz. Albatta, muammolar bo‘lsa aytasiz, dadamga aytaman, ertaga yo‘q bo‘ladi.

— Yo‘g‘-e, shukrki muammolar yo‘q, bo‘lsa mayli aytaman! — Heosok kulib yubordi.

— Unda nimani shuncha xayol qildingiz? — Sulli qiziquvchanlik bilan so‘rashda davom etdi.

— Sening harakatlaring menga bir insonni eslatib yubordi! — Heosok mashina oynasidan Sulliga qarab dedi.

— Haa, sevgilingizmi? — Sulli kuldi.

— Voy, bu kichkina sevgini ham biladi ekan-da? — Heosok kuldi va davom etdi. — Ha desam ham, yo‘q desam ham bo‘ladi.

— Voy, men bilaman-da, kitoblarda o‘qiganman, ammo his qilmaganman! — Sulli kuldi va yana dedi. — Nega ikkilanyapsiz yoki u sizga befarqmi?

— Menimcha shunday. — Heosok mashinani to‘xtatishi barobarida dedi.

— Unda sizga qiyin, ammo bir gap aytaman: nima bo‘lsa ham unga sevishingizni ayting, bo‘lmasa kech bo‘ladi! — Sulli mashinadan tushdi va kutubxona tomon ketdi.

Mashinada yolg‘iz qolgan Heosok yana o‘ylarga toldi. U Sullining gaplaridan biroz bo‘lsa ham dalda olgandi. U sekin telefonini oldi-da, Heringa qo‘ng‘iroq qildi. Heosokning ikki marta qilgan qo‘ng‘irog‘idan keyin Herin telefonni ko‘tardi va javob berdi.

— Alo! Ha aka, nima gapingiz bor? Bilasiz-ku, velosipedda ketayotib telefonni ko‘tara olmayman! — u hansiragancha dedi.

— Uzr, singlim, esimdan chiqibdi. Maktabga keldingmi? — Heosok sekin so‘radi.

— Ha, hozir yetib keldim, nima edi? — Herin ikkilanib dedi.

— Ha, hech narsa, kuning yaxshi o‘tsin! — Heosok boshqa gap ayta olmadi va behos chiqqan peshonasidagi terni artdi.

— Ho‘p, sizniki ham yaxshi o‘tsin. Ha, aytgancha, siz ham Sullini maktabga olib keldingiz shekilli?! — Herin yana savol berdi.

— Ha, shu atrofdagi kutubxonadamiz, hozir boramiz! — Heosok sekin javob berdi.

— Unda yaxshi! — Herin telefonni o‘chirdi va velosipedini qulflab, maktab ichkarisiga kirib ketdi.

Sulli kutubxona oldidagi peshtaxtaga ko‘z yugurtirgancha kutubxonaga tikilib qoldi. U biroz shoshib qoldi, chunki kutubxona obunasi ko‘rsatilmagan, lekin kutubxona shartlaridan qimmat ekani sezilib turardi.

Sulli qabul xonasiga kirdi, hammayoq qorong‘u, unga bu yoqayotgan edi. Sulli menejerning xonasiga kirdi, u sekin salom berdi.

— Salom, janob! Men obuna uchun kelgan edim. — Sulli biroz egildi.

— Salom, xush kelibsiz! Obuna bo‘lishingizdan boshimiz osmonga yetgan bo‘lar edi. — menejer jilmaydi.

— Obuna tariflari bilan tanishtira olasizmi, narxlar qancha? — Sulli biroz hijolat bo‘ldi.

— Obuna tariflari narxi quyidagicha: u uch pog‘onada bo‘lib, 1-VIP. Bu holda siz kutubxonadan shaxsiy xona olasiz, tunab qolishingiz ham mumkin. 2-O‘rtacha. Bu holda siz kutubxonada xona olasiz, lekin muqobil emas, siz faqat ish soatining bir qismidagina u yerda bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi. 3-bu holda siz kutubxonadan bemalol foydalanasiz, ammo xonangiz bo‘lmaydi. Ammo eslatib o‘taman, kutubxonada 3 ta obunada ham ovqatlarni olishingiz mumkin, kitoblarni ham. Ha, bir obuna 3 oy amal qiladi va 3 oydan so‘ng yana ro‘yxatdan o‘tsangiz kela olasiz, lekin ro‘yxatni bekor qilsangiz, boshqa obunachi qabul qilinadi. Va yana bu yerda ba’zi qoidalar bor, keyin tanishib chiqa olasiz. O‘sha qoidalar buzilsa, obuna bekor bo‘ladi va pullar qaytarib beriladi. Bir marta haydalganingizdan so‘ng qayta obuna bo‘la olmaysiz!

— Demak, obuna tariflari faqat xonalar uchun baholanadi, shundaymi? Qoidalarga rioya qilish qiyin emas!

— Ha, xuddi shunday, xona bilan bog‘liq narxlar, ammo kutubxonaning o‘zi ajoyib. Odobli qiz ekansiz!

— Aynan narxlarni aytmadingiz, narx qancha?

— (Koreya pulidan 1-eng qimmat narx, 2-o‘rtacha narx, 3-arzonroq narx yoz) mana shu narxlarimiz. Ha, aytgancha, tariflarimiz yaqinda yopiladi, VIPda bitta joy mavjud.

— O‘sha VIPga ro‘yxatga olib qo‘ying, keyin kelib to‘lov qilaman. — Sulli xursandchilikdan sho‘x ovozda dedi.

— Mayli, ammo u obuna bo‘sh emas hali, ro‘yxatdagi yigit kelib pul to‘lashini aytgan edi. Ammo hozircha sizni yozib qo‘yaman. Ismingiz nima? Va tug‘ilgan yil, oy, sana? — Menejer kompyuterga ro‘yxatga ola boshladi.

— Kim Sulli, 20.01.2010, bo‘ldimi?

— Ha, bo‘ldi. Keyinroq albatta kelishingiz talab qilinadi, chunki tarif limiti tugab bormoqda. Ha, yana aytgan yigitim pul olib kelib qolsa, VIPdagi oxirgi joy tugaydi, lekin agar xohlasangiz, o‘sha yigit bilan birga to‘lov qilsangiz bo‘ladi.

— Unda telefon raqamim mana shu, o‘sha yigit menga qo‘ng‘iroq qilsin! — Sulli nomerini yozib, qog‘ozni menejerga berdi.

— Xo‘p! Yaxshi boring, Sulli! — Menejer jilmaygancha uni kuzatdi.

— Rahmat! — Sulli u yerdan yugurib chiqdi.

Sulli xursand bo‘lib kutubxonadan chiqdi, u yugurayotganda sochlarini shamol silkitdi. Mayin kulgusi bilan mashina eshigini ochdi. Uning bu harakatlarini kutubxona tomon yugurib kelayotgan Taehyung ko‘rib, joyida qotib qoldi. Uning hayolida bir savol bor edi:

— Qorong‘u kutubxonadan uchib chiqqan bu farishta kim edi? Oldinlari o‘sha farishta men bilan birga kutubxonaga kirar edi, endi esa u yo‘q. Ammo endi bu farishta kim bo‘ldi?

U yana yo‘lida davom etdi va qabul xonasi tomon kirib ketdi.

Sulli mashinaga tezda chiqib oldi, maktabga kirish bo‘lishiga atigi 7 daqiqa qolgan edi. Heosok Sullining xursandchiligi nimadan ekaniga qiziqdi.

— Muncha xursand bo‘lmasang, nima seni buncha xursand qildi?

— Men kutubxonaga obuna bo‘lyapman, bu yerda juda ko‘p kitoblar bor, endi mazza qilib bu yerda kitob o‘qiyman. — U hayajon bilan dedi.

— O‘uww, buncha zo‘r, endi seni maktabdan tashqari shu yerdan topa olar ekanman-da? — Heosok kuldi.

— Ha, shunday. Ha, aytgancha, lekin bu yer haqida ota-onam bilmasin, iltimos! — Sulli Heosok tomon mo‘ltillagan ko‘zlari bilan qaradi.

— Nega, ular bilsa nima bo‘ladi? — Heosok ortiga qarab dedi.

— Ular buni bilishsa, muammo chiqishi aniq. Iltimos, bu bizning sirimiz bo‘lsin! — Sulli jimjaloq barmog‘ini Heosokka tutdi.

— Mayli! — Heosok jilmaygancha uning jimjalog‘iga o‘zinikini o‘radi.

Heosok mashinani yurg‘izdi, ular maktab tomon borishdi. Orada masofa uzoq emasdi, ular tez yetib borishdi. Heosok mashinadan tushdi va Sullining eshigini ochdi.

— Marhamat!

— Rahmat!

Sulli mashinadan tushdi. Shu payt Jisoo kelib qoldi. Jisoo Heosokni ko‘rarkan, ichini hayajon bosdi. Heosok ham Jisooni ko‘rishi bilan biroz titradi.

— Salom, Heosok aka! Salom, Sulli! — u jilmaygancha salom berdi.

— Salom, Jisoo! Yaxshimisan?

— Yaxshi, rahmat! O‘zingizchi?

— Ha, men yaxshi! Nega biznikiga bormay qo‘yding?

— O‘qishlar bilan band bo‘lib qolyapman. — Jisoo jilmaydi.

— Ha, mayli, o‘qishlar bilan charchab qolma! — Heosok jilmaydi. Keyin davom etdi. — Unda kuningiz yaxshi o‘tsin. Sulli, darslardan so‘ng seni olib ketaman, telefon qilaman, javob berishni unutma.

— Xo‘p bo‘ladi! Yaxshi boring! — Sulli unga qo‘l silkidi.

— Yaxshi boring, oq yo‘l! — Jisoo ham unga qo‘l silkidi.

Heosok mashinaga mingancha gazni bosib, o‘z o‘qishiga yo‘l oldi. Jisoo va Sulli maktab ichkarisiga kirib ketishdi. Jisooning ichida savol paydo bo‘ldi:

— Sulli va Heosok qanday tanish? Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!

U hayollarini uchurib yubordi va savolni tashqariga chiqardi.

— Sulli, Heosok aka bilan qanday tanishsizlar?

— Ha, u Herinning akasi ekan-ku, buni kecha bildim men ham. Uni otam haydovchi sifatida ishga oldilar, maktab uzoq ekanini aytganim uchun! — Sulli Jisoo tomon burildi.

— Ha, yaxshi, — dedi Jisoo jilmayib.

Ular sinfxonaga kirishdi. Sullining ko‘zi birinchi bo‘lib g‘azab bilan qarayotgan Minaning ko‘zlariga tushdi. Sulli Minaga ertaroq kel deb, o‘zi ushlanib qolgandi. Sulli biroz uning oldida hijolat bo‘lib, sekin bordi. Jisoo ham uning oldiga yurdi.

— Salom, Mina, kechir, men kutubxonada ushlanib qoldim, seni ham aldab qo‘ydim. — Sulli sekin Minaning qo‘lini tutdi.

— Salom, mayli, hech qisi yo‘q, — dedi Mina jilmayib, keyin Jisooga qarab dedi. — Salom, Jisoo.

— Salom, xayrli tong! — dedi Jisoo jilmayib.

Sulli joyiga o‘tirdi, sumkasidan daftarlarni chiqarib, dars qilishga kirishdi. Herin va Jisoo deraza oldiga borib suhbatlasha boshlashdi.

— Jisoo, nega ertalabdan kayfiyating yomon, kimdir hafa qildimi? — Mina havotir bilan dedi.

— Yo‘q, kayfiyatim yaxshi, faqat... — u jim bo‘lib qoldi.

— Nima, faqat? Aytsangchi! — Mina Jisooni qistovga oldi.

— Men Heosok akamni ko‘rdim boyagina, u Sullining haydovchisi bo‘lib ishlayotgan ekan va...

— Va? Va nima? Bu yaxshi-ku, shu bahona ko‘rib tura olasan. — Mina endi pichirlashga o‘tdi.

— Va u mendan hol-ahvol so‘radi, nega kelmay qo‘yding dedi! — Jisoo qotib qoldi.

— Yaxshi-ku, u senga befarq emas demak! Nega kuyinasan, bu ajoyib-ku! — Mina quvonib ketdi.

— Yo‘q, u shunchaki singil sifatida so‘radi, yana nima ham bo‘lardi. — Jisoo xo‘rsindi.

— Eyy, nega bunday fikrlaysan, bunday o‘ylama bo‘ldi. Yaxshi tomoniga ham qara, kayfiyatingni ko‘tarish kerak. Buning uchun nima qila olaman? — Mina jilmaydi.

— O‘zingda nima gaplar, Julietta? Kecha zo‘r o‘ynading. Romeo kim ekan, qiziqib ketyapman! — Jisoo hiringlab kuldi.

— Bilmadim, ammo menga ham qiziq, ammo bekor shu rolni oldim, endi afsusdaman. — Minaning tabassumi birdaniga yo‘qoldi.

— Nega, nima bo‘ldi, nega afsuslanasan? — Jisoo havotir aralash dedi.

— Men bu haqida akam va Seokjin akamga aytmoqchi emasdim, Sulli esa telefonda kecha ularga aytib qo‘ydi. Seokjin akamning ko‘ziga zo‘rg‘a qaradim, o‘sha payt yer yorilmadi, men kirib ketmadim. — dedi Mina qo‘lini boshiga urarkan.

— U ham senga befarq emas shekilli unda, u bu gapga tez javob berdimi? — Jisoo tezda hayoliga kelgan gapni tiliga chiqardi.

— Ha, Romeo bo‘lmaydi, tamom-vassalom dedi. Men shoshib qoldim, bu aka sifatidami yoki yo‘q, sezish qiyin edi.

— Hech qisi yo‘q, o‘zing aytganing kabi, yaxshi-yamki befarq emas. — dedi Jisoo oynadan qararkan.

— Ha, yaxshi-yamki, — dedi Mina.

Jisoo va Mina joy-joylariga o‘tirishdi va uyga vazifalarni ko‘zdan kechirishdi. Eshik ochilib, undan Ustoz Nuna va Herin kirib keldi. Hamma joyiga o‘tirdi.

Sinf sardori:

— Hurmat! — dedi.

Hamma salom berishdi. Ustoz tilga kirdi:

— Salom hammangizga! Umid qilamanki, hammaning uyga vazifalari tayyor!? — Nuna sekin partalar orasidan o‘qituvchi partasining oldiga bordi.

O‘quvchilar jim, ammo bu sukut alomati rizo edi. O‘quvchilar bu fandan dars qilmasliklari mumkin emasdi. O‘qituvchi yangi darsni doskaga yozdi va joyiga o‘tirdi. U sinf tarkibiga qarab, hamma bor ekaniga qaradi.

— Jongsuk, nega kecha kelmagan eding? — Nuna xonim sababini bilsa ham, yana so‘roqqa tutdi.

— Men biroz shamollab qoldim, uyga vazifalarim tayyor! — dedi Jongsuk o‘rnidan turib, bo‘g‘iqroq ovozda.

— Hozir salqin, ehtiyot bo‘l. Hammangiz ehtiyot bo‘ling! Endi esa uyga vazifalarni tekshirib, keyin yangi darsni boshlaymiz.

Nuna ustoz telefonidan jurnalni ochdi. U yerdan birinchi turgan o‘quvchini emas, aksincha kecha juda aktiv bo‘lgan Sullini chaqirdi.

— Kim Sulli, qani daftaringni olib kel. — uning ovozida biroz sovuqqonlik bor edi.

— Xo‘p bo‘ladi, — dedi Sulli va daftarni olib parta tomon yurdi.

Nuna ustoz daftarni qo‘liga olar ekan, mayda ammo chiroyli yozuvlarni maroq bilan tekshirdi. U Sulliga qarab bir zum haqiqiy qobiliyatni ko‘rdi, u adashmaganini bugun isbotini ko‘rgandi.

U sekin daftarni Sulliga tutqazib dedi:

— Mukammal, joyingga o‘tirishing mumkin.

Sulli joyiga o‘tirdi. Ustoz Jongsukni chaqirdi, daftarni qo‘lga olib uni tekshira boshladi. Nuna ustoz ko‘zlari bevosita qoldirib ketilgan misolni ilg‘adi.

— Bu yerda bitta misol qolib ketibdi, uni bajarib keyin daftarni olib kel. Menga chala qoldirilgan misollar bilan kelma!

— Xo‘p bo‘ladi ustoz, hozir bajarib kelaman. — dedi Jongsuk hovliqib.

— Xo‘sh, endi jurnal boshidan kelishingiz mumkin, — dedi ustoz vazminlik bilan.

Sinfdagilar tartibi bilan daftarlarini olib kelishdi, yangi mavzu ham boshlandi. Ular yangi mavzuni o‘tishdi, tanaffus boshlanishiga ham oz qolgan edi.

Ustoz sekin partasi ustidagi buyumlarni sumkasiga soldi. Kitobni qo‘liga olib, doskaga undagi uyga vazifani, undan tashqari misollarni ham belgilab yozib dedi:

— Mana shu misollarning hammasini ertadan keyingi darsimiz bor, o‘shanda tekshirib olaman. Hammasini to‘liq bajarasiz degan umiddaman, — dedi Nuna piching bilan.

— Albatta bajaramiz. Xayr, ustoz! — deyishdi barcha o‘quvchilar bir ovozdan.

Sinfdagi taranglik yo‘qoldi. Ustoz Nunaning bosimidan chiqqan o‘quvchilar yengil uhh tortishdi. Sulli sekin Minaga qaradi va gap boshladi.

— Mina, ertalab Yoongi akam bilan gaplashdim! Ular bizdan yaxshigina xavotir olishyapti shekilli, tez qo‘ng‘iroq qilishyapti. Kecha Romeo va Taehyung ismlarini eshitib, tepa sochlari tikka bo‘lishdi. — Sulli kulib yubordi.

— Kecha shu Romeo haqidagi gapni bekor aytding, — dedi boshini sekin egib Mina.

— Nima qilibdi, yashiradigan sirimiz bo‘lmasdi-ku, shunga aytgan edim. Nega o‘zi bunday deyapsan, yoki Yoongi akam senga telefon qilib nimadir dedimi? — Sullining ko‘zida havotir paydo bo‘ldi.

— Yo‘q, hech narsa bo‘lmadi, kel unutaylik. Shundoq ham Romeo kim bo‘lishi meni ezyapti. Tezroq tadbir o‘tib ketsa deyman, hali 2 hafta tayyorlanamiz. — Mina xo‘rsindi.

— O‘tib ketadi. Romeoga nomzod bor edimi? Yoki faqat Julietta sifatida seni tanlab qo‘yishdi, xolosmi?

— Menda nomzod bor! — dedi Jisoo yugurib kelib.

— Kim ekan? — dedi Herin ham qiziqish bilan.

— Jeon Jungkook, aniq o‘sha san’at sardori. U kecha senga mulozamat qilib yaxshi e’tirof bildirdi. Yana qolaversa, qaragin, narigi korpusdagi tayyorlov zali, u menimcha dialogni o‘qiyapti! Qaragin! — dedi Jisoo qo‘llari bilan ko‘rsatib.

Mina deraza oldiga borib, u yerdan qaradi. Jungkook dialogni o‘qib tayyorlanayotgan edi. Qo‘llarida dialog qog‘ozi, xonaning u yog‘idan bu yog‘iga yurib uni o‘qiyotgan edi. Mina hayrat bilan deraza oldida qotib qoldi, uning ortidan Sulli va Herin kelib qaradi.

— Romeoga gap bo‘lishi mumkin emas, bu axir maktab goldeni-ku! — dedi Herin kulib.

— Golden!? — kuldi Sulli.

— Ha, u rostdan maktab goldeni, ko‘rkam yigit, odobli va qizlarning erkatoyi. Menimcha, u Romeo bo‘lsa, senga ancha-muncha qizlar hasad qilishi aniq! — Jisoo Minaning yelkasiga urib qo‘ydi.

— Bilmadim! — Mina shunday deya derazadan Jungkookka qaradi.

Jungkook derazadan o‘ziga qarab turgan qizlardan birining yuzi tanish ekanini ko‘rib, qo‘l ko‘tardi. U bor ovozi bilan baqirdi:

— Juliettaa! Xayrli kun! — U qo‘lini Minaga silkitdi.

Mina quloqlariga ishonmadi, keyin ko‘zlarini qisib sinchkovlik bilan qarab, bosh barmog‘i bilan o‘zini ko‘rsatib, menga gapirdingizmi degandek ishora qildi. Jungkook bu harakatini ko‘rib kulib yubordi, deraza oldiga chiqib yana baqirib dedi:

— Ha, sizga gapirdim, Julietta! Sizdan boshqa Julietta bormikin bu maktabda? Qani, ortimdan qaytar! — dedi Jungkook bor ovozi bilan.

Hamma ularni kuzatib turardi, derazadan qarab turgan qizlar-u, maktab hovlisidagi barcha ularga hayrat bilan tikilib turishardi.

— Nimani qaytaray? — dedi Mina hayrat bilan.

— Kechagi dialogdagi so‘zlarni, ularni yana eshitishni istadim! Romeo... ismingni tashla. O‘sha ism evaziga mening butun qalbimni ol... Qani, buni yana qaytara olasizmi, Julietta?! — dedi Jungkook yana ovozini balandlatib.

Mina hayratdan qotib qoldi. Herin, Jisoo va Sulli lom-mim deya olmadi, bu haqiqiy Romeo va Julietta kabi edi.

Shu payt Jungkook turgan xonaga o‘qituvchi kirib, bu tomoshaga barham berdi. O‘qituvchi Jungkookning quloqlaridan tortib, derazadan tushirdi va yelkasiga urib dedi:

— Shuncha o‘quvchini oldida tomosha qo‘ymasdan, o‘qishlaringni to‘g‘irla, yaramas bola! — uning ovozida g‘azab emas, balki bir o‘quvchi sho‘xligiga barham beruvchi dakki bor edi.

— Iltimos, ustoz, qulog‘imdan emas faqat! Axx! — Jungkook og‘riqdan ingrab qo‘ydi.

— Darsingga bor, Romeo! — dedi ustoz kulib.

Jungkook eshikdan asta chiqib ketdi. Ustoz deraza oldiga kelib, bor ovozi bilan dedi:

— Tomosha tugadi, hamma darsiga jo‘nasin!

U xonadan chiqib ketdi.

Kirish qo‘ng‘irog‘i chalindi, o‘quvchilar joy-joylariga o‘tirishdi. Biologiya darsi. Ustoz o‘quvchilarga mavzuni tushuntirib bo‘lib, daftariga nimalarnidir qayd eta boshladi. O‘quvchilar esa o‘zaro pichir-pichirlarni boshlab yuborishdi.

Jisoo ortiga o‘girilib Minaga va Sulliga qaradi. Mina boshi egilgan, xato qilib qo‘ygan odamdek g‘amgin edi. Sulli esa daftariga biologiyadan konspekt qilish bilan band edi.

Jisoo birinchi qatorda ikkinchi partada, Herin uning yonidagi qatorda bir parta orqada, Sulli va Mina esa keyingi ikki yonma-yon qatorda teng oʻtirishardi.

— Sulli! Sullii! — chaqirdi pichirlab Jisoo.

Sulli eshitmadi, uning bor e’tibori darsga berilgan edi. U boyagina matematikadan berilgan misollarni berilib bajarayotgan edi. Jisoo yengil uff tortib Heringa pichirladi.

— Herin! Herinn! — uning ovozi ustoz eshitmasligi uchun pasaydi.

— Nima deysan? — Herin darrov javob berdi.

— Minaga berib yubor! — u qoʻlidagi qogʻozni berdi.

— Hoʻp, — dedi Herin qogʻozni olarkan.

Herin orqasiga qaradi. Mina na kitob oʻqiyotgandi, na yozayotgandi. U sekin uni chaqirdi.

— Mina! Minaa!

Eshitmadi. Herin endi Sullini chaqirishga urindi.

— Sulli! Sullii! — Herin yengil uhh tortdi, yaxshiyamki Sulli uni eshitdi.

— Ha Herin, nima deysan? — u ovozini iloji boricha pasaytirdi.

— Manabu qogʻozni Minaga ber ekan, Jisoo berdi! — u shunday deya qogʻozni Sulliga otdi.

Sulli qogʻozni ushlab oldi-da yoniga qaradi va boyagina shoʻx turgan qizning kayfiyati tushib ketganini, sochlarini gʻijimlab nimalarnidir hayol qilayotganini koʻrib ichida gʻashlik sezdi. U joyidan biroz qoʻzgʻalib unga yaqinlashgandek boʻldi, ustozning e’tibori daftarida edi. Sulli qoʻlini sekin Minaning yelkasiga qoʻydi va ikki silab sochlarini koʻtardi.

— Mina yaxshimisan? Ahvoling joyidami? — uning ovozi juda past, ammo undagi havotir sezilib turardi.

Mina boshini koʻtarmadi. U rostdan ham oʻzini xato qilib qoʻygandek his qilayotgan edi. U oʻz ahvolini oʻzi tushunmayotgan edi, boshini yanada egdi. Unga qarab turgan Sulli, Herin va Jisoo hayron qolishdi.

— Shunday shoʻx qiz nega bugun bu ahvolda? — shu savol ularni qiynayotgan edi.

Bu savolning javobini Jisoo anglab yetgandi. Shuning uchun qogʻozga unga taskin beruvchi gaplarni yozgandi.

— Mina eshityapsanmi? Havotirga solmasangchi, qani menga qara! — Sulli Minani amallab oʻziga qaratdi.

— Yaxshiman! Ssenariyni oʻqib koʻrayotgan edim, biroz murakkab ekan, boshim gʻovlab ketdi. — dedi Mina majburiy tabassum bilan.

Mina yaxshigina aktrisa edi. Uning bu tabassumi soxta, ammo ishonarli chiqdi. Aslida ichida mingta savol bor edi.

— Ssenariyni qoʻysangchi, keyin oʻqiysan. Meni havotirga qoʻyding, shuni bilasanmi?

— Kechir, mayli. Endi nima demoqchi eding? — Mina unga savolli nigohlar bilan qaradi.

Sulli darrov qogʻozni qoʻliga oldi.

— Manabu qogʻozni Jisoo berdi! Senga, ushla. Va endi murakkab ishlarni dars jarayonida qilma.

— Hoʻp, hoʻp, — u qogʻozni qoʻliga oldi.

Qogʻozdagi soʻzlar:

"Mina, nega u holdasan? Kechagi gaplarni, bugungi holatni oʻylab siqilayotgan boʻlsang, ularni unut! Iltimos, boshingni koʻtar, seni koʻrib men ham siqilib ketyapman. Qani tabassum qil! Hali imkon koʻp, ikki hafta koʻz ochib yumguncha oʻtib ketadi."

Mina bir qogʻozga, bir unga qarab turgan Jisooga qarardi. U kulib yubordi. Kulgusi ajoyib taskin beruvchi edi. Uni koʻrib Jisooning koʻngli taskin topdi. Sullining havotiri tarqadi, Herinning savoli yoʻq boʻldi, ammo bu pastgina kulgu oʻqituvchini sinfga qarashga majbur qildi.

Oʻqituvchi kim kulganini ilgʻay olmay qoldi, lekin oʻrnidan gʻazab bilan turdi.

— Men sizlarning pichirlashlaringizga, oʻzaro suhbatlaringizga koʻndim! Hech boʻlmasa kulgularingizni ichingizga yutishni oʻrgansangiz boʻlar edi! — uning ovozi sinfxona boʻylab tarqaldi, ovozlar sinf devorlariga urilib aks-sado berdi.

U sekin qoʻliga lineykasini olib sinf boʻylab aylana boshladi.

Butun sinfning pichirlashlari-yu suhbatlari tindi, hamma tinchlik saqlab ustoz qadamlarini sanay boshlashdi. Ustoz sinfni ikki marta aylanib chiqdi, shu payt katta tanaffus qoʻngʻirogʻi chalindi.

Sinfxonadagi oʻqituvchining boyagi qoʻpolligi va baqirib aytgan gaplari yoʻqoldi. Taranglik tarqab, hamma oʻrnidan turdi. Katta tanaffusda kimdir oshxona tomon ketsa, kimdir maktab hovlisiga chiqdi.

Sulli darsliklarini chetga surib deraza oldiga bordi, u yana hayollariga botdi. Ikki kun davomida u bu oʻylardan qutulgan edi, bugun esa yana hammasi tiklandi.

— Nega men bilan shunday ishlar sodir boʻlgan ekan-a? Nega aynan men? Otam juda yaxshi inson, lekin oʻsha kuni aytgan gaplari... Toʻgʻri, men yoshman, tushunmasligim mumkin ularni. Lekin uning aytgan gaplari va shubhalarini tushunish qiyin emasku! Ota-onamning bu tortishuvlari qachongacha davom etar ekan? Akam ham oldimda emas, bir oʻzim ham aybdor, ham guvoh boʻlayotgandekman.

Sulli hayollarini chetga surib, berilib dars qilayotgan Herinning oldiga bordi.

— Herin, nimalarni bajaryapsan? — Sulli Herinning oldiga stul qoʻyib oʻtirdi.

— Kecha ustoz bergan misollarni bajarib qoʻyyapman, bugun uyda ishlarim koʻp, vaqtim boʻlmaydi. — Herin e’tiborini daftardan uzmagan holda javob berdi.

— Ha, shunday degin, kel yordam beraman, tezroq boʻlib nimadir yeb kelar edik.

— Ha, tezroq bajaringlar, qornim ochib ketdi, hammamiz birga boramiz! — Jisoo suhbatga qoʻshildi.

— Hoʻp, tezroq bajaramiz, sabr qilib tur! — dedi Herin kulimsirab.

Sinfda faqat ular qolgan edi. Mina ssenariyni oʻqib ichidagi savollarni yoʻqotishga urinayotgan edi. Jisoo esa unga ikkinchi rolni oʻqib, rol oʻynashga yordam berayotgan edi. Herin va Sulli tezlikda misollarni bajarishga kirishishdi. Ular misollarni yakunlashga bir oz vaqt qolganda Jongsuk sinfga kirib keldi. Uning sochlari biroz toʻzgʻigan, qoʻllarida esa bir paketda gamburger va qahva bor edi.

— Salom qizlar! Herin, buni sen uchun olib chiqdim, yana darslar bilan band boʻlib och qolmagin dedim-da! — u qoʻlidagilarni unga tutdi.

Mina va Jisoo bor hayratini yashira olmay:

— Ouvv! — deya baqirib yuborishdi.

Herin qizarib ketdi, axir bu deyarli doimgi holat edi. Sulli esa savolli nigohi bilan Jongsukga qaradi.

— Jongsuk, mehnatingni qadrlayman, avvalambor rahmat! Lekin biz oshxonaga bormoqchi edik, qizlar bilan. — Herin ikkilanib javob berdi.

— Ha, shunday degin. Men seni yana darslar bilan boʻlib, oshxonaga tusha olmaysan deb oʻylabman. Mayli, hech qisi yoʻq, buni oʻzim oshxonaga olib tushaman. — Jongsuk shunday deya unga uzatilganlarni sekin ortga tortdi.

— Faqat ranjish yoʻq. Xohlasang yur biz bilan oshxonaga! Sulli va Mina bilan ham yaxshilab tanishasan, darvoqe hali ular bilan tanishmading. — Herin Sulli va Minaga ishora qildi.

— Aytgancha, boya tanaffusda sizlar bilan tanishmoqchi edim, ustoz chaqirib qoldi. Mening ismim Lee Jongsuk, sinf sardoriman. Menimcha, sen Kim Sullisan, sen esa Min Mina. Sizlar bilan tanishganimdan xursandman.

— Haa, tanishganimdan xursandman. — dedi Sulli biroz nim jilmayish bilan.

— Men ham xursandman. — dedi Mina ssenariy qogʻozini parta ustiga qoʻyib.

— Jongsuk, shu qizga ovqat tashiyverib charchamading sen ham? — Jisoo kulib dedi.

— Nega unday deysan, axir doʻstlarmiz, charchab boʻlarmidi? Qolaversa, unga qoʻshib senga ham olib kelaman-ku doim! — Jongsuk kulib yubordi.

— Endi toʻrt kishi uchun ovqat olib berishingga toʻgʻri keladi, bizning guruhga Mina va Sulli ham qoʻshildi. — Herin hazil aralash dedi.

— Mayli, guruhimizdagi yagona yigit sifatida men buni bajaraman! — Jongsuk endi jiddiy ohangga oʻtib dedi.

— Unda ketdik, mening qornim ochdi! Tan olishim kerak, ertalab eringanimdan choy ichmagan edim. — Jisoo nolingandek kulib dedi.

Hamma kulib yubordi. Ular sekin sinfdan chiqib, oshxona tomon yura boshlashdi. Oshxona ikki korpus oʻrtasida qurilgan boʻlib, oʻquvchilar soniga mos ravishda tashkil qilingan edi. Har katta tanaffusda ikki korpusdagi oʻquvchilar ham u yerga yigʻilishardi.

Ular oshxonaga kirishdi, u yer shinam va tartibli edi. Ovqatlarning, fastfudlarning hidi dimogʻga urilib, oshqozonni junbushga keltirardi. Ular sekin chekkaroq joydagi boʻsh oʻrinlarga joylashishdi.

— Kim nima yeyishni istaydi, xonimlar? Men? — Jongsuk kulib ularga yuzlandi.

— Voyboʻy, buncha iltifot shart emas edi! — Sulli hijolat bilan dedi.

Hamma kulib yubordi.

— Menga kimpap va sutli qahva. — Jisoo kulgu aralash Jongsukga dedi.

— Menga esa boyagi gamburger boʻladi, qahvani issigʻidan faqat. — Herin ham kulgusini tiyib zoʻrgʻa javob qildi.

— Mmm, menga ramen yetadi, yoniga sutli qahva bilan. — Mina biroz hijolat bilan dedi.

— Menga qahva yetarli, hech narsa yegim yoʻq. — Sulli shunday deya telefonini qoʻliga oldi.

— Sulli, agar puliga hijolat boʻlayotgan boʻlsang, buni oʻylama. Men qancha boʻlsa ham toʻlayman. — Jongsuk ichida yaralgan savolni sirtiga chiqardi.

— Yoʻq, yoʻq, bunday oʻylamanglar. Ertalab yetarlicha nonushta qilgan edim. — Sulli unga savolli qarab turgan nigohlarga tezlikda javob berdi.

— Mayli, unda men bilan kim boradi? Axir mening toʻrtta qoʻlim yoʻq-ku! — Jongsuk kulib dedi.

— Men boraman. — Jisoo tezda oʻrnidan turib unga ergashdi.

Jongsuk va Jisoo aytilgan narsalarni tezlikda olib kelishdi. Ular maroq bilan tamaddi qilishar edi. Tamaddi qilib boʻlib, ular sekin u yerni tark etishdi. Katta tanaffus tugab, hamma sinfiga kirishdi. Hozir ularga fizika darsi boshlandi, lekin ayni paytda Janob Kim kompaniyasida vaziyat ancha tarang edi.

Жизнь с прошлым
2-qism

Oʻtmish — bu qaytib boʻlmas goʻzal bogʻ, ammo uning gullari allaqachon qurib, tikanakka aylangan. Agar sen oʻsha bogʻdan chiqib ketishni istamasang, har bir qadamingda qonaysan. U har tunda oʻsha xotiralar sahifasini varaqlardi. Har bir sahifa qalbida yangi chiziq, yangi jarohat qoldirardi. Tirik boʻla turib, oʻliklar dunyosida yashash qanchalik ogʻir? Shunchaki eski xotiralar bilan yashash, oʻzingga doʻzaxni yaratishdek gap. Bu doʻzaxning na olovi bor, na tutuni, lekin u ich-ichingdan seni kulga aylantiradi. Inson oʻz xotiralarining asiriga aylangan kundan boshlab, uning kelajagi oʻladi.

Sulli hayolidagi og‘riqli fikrlarni unutish uchun qadamlarini tezlashtirdi. Sovuq tong havosi yuziga urilar, ammo bu ham uning ichidagi bosimni kamaytirmasdi.

Maktab binosi uzoqdan ko‘rina boshlagach, hovlida yig‘ilib turgan o‘quvchilarni payqadi. Bugun hamma odatdagidan erta kelgandi.

Shu payt uzoqdan Mina uni ko‘rib qoldi.

— O‘o‘o‘ Sulli!

Mina qo‘l silkigancha yugurib keldi.

— Yaxshimisan? Kecha sizlarnikiga bormoqchi edim, ammo darslar ko‘pligidan ulgurmadim.

Sulli unga qaradi.

— Salom…. – Ovozi hissiz chiqdi.

Mina birdan qoshlarini chimirdi.

— Sulli, senga nima bo‘ldi? Nega bugun kayfiyating yo‘q?

— Hech qisi yo‘q. Yaxshiman. O‘zingchi?

— Men yaxshiman! — Mina odatdagidek quvnoq gapirdi. — Aytgancha, eshitmadingmi? Endi 12ga kirdik, yuqori maktabga o‘tamiz. Bugun hamma maktab tanlaydi!

Sulli indamay qarab turdi.

— Sen qaysi maktabni tanlaysan?

— Men… bilmayman.

— Yo‘q, yo‘q! — Mina kulib uning qo‘lidan ushladi. — Ikkimiz bir maktabda, bitta sinfda bo‘lishimiz shart!

Sulli uning sho‘x harakatlariga biroz charchoq bilan qaradi.

— “Xo‘p” demagunimcha qo‘ymaysan, buni bilaman.

— Albatta! Endi yur, sinfga kiramiz!

Mina Sullining qo‘lidan tortib ichkariga olib ketdi.

Sinfga kirishlari bilan shovqin quloqqa urildi. Hamma o‘quvchilar allaqachon yig‘ilgan, kimdir blankalarni to‘ldirar, yana kimdir qaysi maktab yaxshi ekanini muhokama qilardi.

O‘qituvchi har bir o‘quvchiga tanlov blankasini tarqatdi.Sulli qog‘ozni qo‘liga oldi.Bir necha soniya maktablar ro‘yxatiga tikilib qoldi.Keyin sekin ruchkasini olib bir maktab nomini belgiladi.Bu uyidan ancha uzoqdagi maktab edi.

Sababi oddiy edi.U endi uyda kamroq vaqt o‘tkazishni istardi.Mina yon tomondan qarab qoldi-da, hayrat bilan dedi:

— Voy… sen shunchalik uzoq maktabni tanladingmi?

— Ha.

— Senga qiyin bo‘lmaydimi?

— Yo‘q.

Sulli bir soniya ham ikkilanmadi.Mina unga bir necha soniya qarab turdi. Keyin birdan jilmayib qo‘ydi.

— Unda birga qiynalamiz!

U ham o‘sha maktabni belgilab qo‘ydi.Sulli hayron bo‘lib unga qaradi.

— Mina…

— Nima? Seni yolg‘iz qo‘yaman deb o‘yladingmi?

Mina kuldi.Ammo ichida boshqa his bor edi.U bugun Sullining nimadir yashirayotganini aniq sezayotgandi.Odatda jim bo‘lsa ham, bugungi sukunat boshqacha edi.Juda sovuq.Juda charchagan.Va negadir… juda yolg‘iz edi.

O‘quvchilar qo‘llariga berilgan blankalarni topshirishdi. Direktor va eski sinf rahbari ularni sanab tekshirdi. Koreyada yuqori maktab majburiy emas, lekin hamma uni o‘qiydi.

Sinfda o‘quvchilar o‘zaro bahslasha boshlashdi. O‘quvchilar keyingi yil yangi maktabga o‘tishlari, bu yillari ortda qolishini anglashgandi. Ammo keyingi yildan maktabga topshirishlari g‘alati bo‘ldi. Aynan shu savol Sullini qiynadi va Minani turtib dedi:

— Mina, senga bir gap aytsam, nega biz o‘tgan yil oxirida emas, hozir maktab blankasini to‘ldirdik?

— Bilmadim, shu yil menimcha shu ish qo‘llangan. Endi nima bo‘lsa ham yangi maktab va yangi hayotga qadam qo‘yamiz. — Mina afsuslangandek chiqdi.

— To‘g‘ri. — Sullining ovozi past chiqdi.

Mina jim bo‘lib qoldi. Direktor gap boshladi:

— Xullas, o‘quvchilar, endi siz yosh bola emassizlar! Endi katta hayotga qadam qo‘yyapsizlar. Shunday ekan, har biringizga omad! Hayotda o‘z o‘rningizni toping. Kechgacha hujjatlaringiz boshqa maktab bazasiga kiradi va telefoningizga qaysi maktabni tanlagan bo‘lsangiz, lokatsiya, sinf xonangiz va sinf rahbaringiz haqida ma’lumot boradi. — Direktor vazminlik bilan gapni tugatib chiqib ketdi.

Sinfda hamma jim bo‘lib qoldi. Muhokama ham, so‘zlashuv ham yuraklariga sig‘may qoldi. Ular endi butunlay begona bo‘lishlari, boshqa ko‘rishishmasliklari mumkin. Aslida hammasi shunday: katta hayotga qadam qo‘yayotganda kimdir yoki nimadandir ayrilasan. Bugun esa buni ushbu sinfdagi barcha o‘quvchilar his qildi.

Sinf rahbari astagina so‘z boshladi. Uning ovozida o‘quvchilarga bo‘lgan mehr va cheksiz g‘am bor edi:

— Mana, o‘quvchilar, ko‘rib turganingizdek, endi rostdan katta hayotga otlanyapsizlar. Bu boshlanishi ekanini unutmang! Bu maktabdan ketganingizdan so‘ng hammasi tugamaydi, aksincha boshlanadi. Shunday ekan, hech qachon yo‘ldan va tanlovdan adashmang! Sizlar men uchun doim yosh bola bo‘lib qolasizlar!

Sinf rahbari ko‘zlarini burdi. Undan ikki tomchi yosh chiqdi. O‘quvchilar chiday olmay o‘qituvchisini oldiga borib, uni quchoqlashdi.

Sulli ustozini juda yaxshi ko‘rardi. U ham uni quchoqladi, yig‘ladi. Ammo bu tugash emas, boshlanish edi. Albatta, bu hayot davom etadi. Sinf rahbari hammaga javob berdi. Endi hamma boshqa-boshqa maktabga qadam qo‘yishadi.

Sulli va Mina tashqariga chiqishdi. Sulli bir bor maktab isini tuydi. Mina esa maktab bog‘ini ko‘zdan kechirdi, u Sullining harakatlarini ko‘rib kulib qo‘ydi. Uni suratga tushirib oldi. Buni sezgan Sulli norozi bo‘lib dedi:

— Mina, senga ruxsatsiz rasmga olish juda yoqadi-a? — Ikki qo‘li belida Sulli Minaga qarab turib oldi.

Mina qattiq-qattiq kulib yubordi va Sullini shu holida ham rasmga oldi. Buni ko‘rgan Sullining fig‘oni falakka chiqdi. U Minani quvlay ketdi. Mina juda tez yugurar, Sulli esa uning ortidan qolmasdi. Sulli charchab o‘rindiqqa o‘tirib qoldi. U hansirar, chuqur-chuqur nafas olardi. Ammo bu charchoqdan emas, tushunib bo‘lmas quvonchdan edi.

Mina uning oldiga o‘tirdi, qo‘lini Sullining yelkasidan o‘tkazib dedi:

— Sulli, xafa bo‘lma, buni bir necha yildan keyin ko‘rib kulib o‘tiramiz. — U kuldi.

Sulli Minaning sochlaridan tortib, kulib dedi:

— Boshqa ruxsatimsiz suratga olma, tushundingmi? — Uning so‘zlarida na g‘azab, na tahdid bor edi. Faqat hazil aralash so‘zlar.

— Xo‘p, sochimni qo‘yib yubor, iltimos. Boshqa bunday qilmayman. — Mina qiqir-qiqir kulardi.

Sulli Minaning sochlarini qo‘yib yubordi. Ikkisi ham betartib nafas olar edi. Ular har bir nigohi bilan maktabni kuzatishdi. Mina qo‘liga telefonini olib, yangi maktab haqida izlay boshladi. Sulli esa faqat kuzatar, telefonini olmoqchi bo‘ldi, ammo ichidagi bir og‘riq qo‘ymadi. U na telefon, na kompyuter ishlatishni xohlayotgandi.

Sulli o‘rnidan turib bog‘dagi romashkalardan terdi. Ularni sumkasidagi tasma bilan bog‘lab, Minani turtdi.

— Hoy, ketdik kutubxonaga. U yerga kitob topshirib, aylanib kelamiz.

— Qara, yangi maktab haqida qizlardan surishtirdim. U yer juda katta va muqobil maktab ekan. — U Sullining gaplariga e’tibor bermay telefonni tutdi.

Sulli muqobil maktab nima ekaniga hayron qoldi va savolli nigoh bilan Minaga tikildi.

— Ya’ni? U qanday maktab?

— Biznikiga o‘xshab o‘quvchilar boshqa maktabga ketishmaydi, oxirigacha o‘qishadi, albatta xohlashsa. Ammo u yerda ta’lim kuchli ekan. Tungi darslar va to‘garaklar ham bor ekan. — Mina quvonch bilan aytardi.

— Unda yaxshi ekan, demak salohiyati kuchli maktabda o‘qiymiz. — Sulli mamnun jilmaydi.

— U yerda chiroyli yigitlar va chiroyli qizlar ko‘p ekan, qara-qara! — U telefonni Sullining yuziga yaqin olib keldi.

— Hoy, senga odamlar emas, o‘qish muhimroq bo‘lsin. Adashmasam, sening ko‘ngling kimdadir bor edi. Yoki endi uni unutdingmi? — Sulli kuldi.

— Jinnimisan? Kimnidir sevib qolsam, unutmayman. Faqat endi yo‘q. Axir hamma o‘z yo‘lidan ketdi. — Mina hovuri bosilib dedi.

— Demak, u inson men o‘ylagan inson yoki sinfdoshlarimiz orasidan. Yoki o‘zing aytasanmi? — Sulli Minani joyidan turg‘izdi.

— Hali aytmayman, bu isbotlansa aytaman, xo‘pmi?

— Xo‘p, yaramas qiz. Ketdik endi kutubxonaga! — Sulli Minani sudradi.

— Sen hali yangi maktabda ham kutubxona topib, o‘sha yerdan beri kelmaysan, bu aniq! — Mina kuldi.

Sulli qattiq-qattiq kuldi. U hozir kulayotgan bo‘lsa-da, yangi maktab va yangi o‘quvchilar haqida o‘ylar edi. U o‘zini yangi hayotda qanday qabul qilishlarini bilmasdi. Asta-sekin ichidagi g‘am tugunlari qattiq tortildi. Ammo eski maktabidagi oxirgi kunini g‘am bilan o‘tkazishni istamadi.

Ular kutubxona tomon yugurishdi. Kutubxonaga kirishar ekan, Sulli chuqur nafas oldi. Bu yerda u yosh bo‘lishiga qaramay juda ko‘p vaqtini o‘tkazgan. To‘garaklarining oxirgi kunlarini shu yerda o‘tkazdi. Bu yer u uchun qadrli edi.

Kitob javonlari orasidan yurarkan, Mina ortda qoldi. Sulli uni chaqirdi:

— Hoy, Mina, qayerdasan?

Javob yo‘q.

Mayli, deya Sulli kutubxonaning oxiriga bordi. Javondan olgan kitobini qo‘ydi-da, chuqur nafas oldi.

Oyoqlari gavdasini ko‘tara olmay, asta-sekin marmar ustida sirpandi. Javonga suyangancha yerda qotib qoldi. Ko‘zlaridan yosh oqdi. U endi nima bo‘lishini va hayoti qanday davom etishini bilmasdi.

Xayolida o‘tmish va oilasidagi chalkashliklar, endi esa yangi hayot haqidagi qorong‘u hislar paydo bo‘ldi. U sekin va unsiz yig‘lay boshladi. Kutubxonaning tinchligi endi battar sukut bilan to‘qnashdi.

Sulli xayolidagi barcha o‘ylarni quvishga urinar, ammo qo‘lidan kelmasdi.

Uning xayollari:

"Endi nima bo‘ladi? Nahotki endi hayotim tubdan o‘zgarsa? Yolg‘izman. Meni qo‘llaydigan akam ham yo‘q. Mina men bilan, ammo u ham doim yonimda bo‘lavermaydi. Onam bugun meni urushmaydimikan? Uzoq maktab tanladim. Endi afsuslanish yo‘q. Balki bu yo‘l bilan men uydan qochib qutularman.

Otam kecha aytgan gaplar... Nahotki men ularning farzandi emasman? Nahotki?!"

Sulli yig‘lay boshladi.

"Yo‘q, unday emas. Jahl bilan aytilgan gaplar bu! Ular meni amakimdan qutqarishmadi. Ular meni shu olovga topshirdi. Yoshligimni ham, kelajagimni ham ular barbod qilishdi. Nafratlanaman!"

Sulli xayollarini yig‘ishtirib o‘rnidan turdi, kiyimlarini to‘g‘irlab yuzini artdi. U sumkasini qayta ilib, javonlar orasidan Minaning oldiga qaytdi.

Mina Sullining ko‘zlaridagi birdan so‘ngan quvonchni tezda sezdi.

— Yur, endi biror parkni aylanib rasmlarga tushamiz. Mening dadam mashina haydovchisiga ertalab park haqida gaplashgan edi. — U Sullining qo‘lini tutdi.

— Eyy, nima qilasan? Uyga borib darslarimni qilishim kerak. O‘zing aylanib kelaver! — Sulli qo‘llarini tortdi.

— Yo‘q! — dedi qat’iy Mina. — Borasan. Uyingga ham tashlab qo‘yamiz, yur! — U Sullini tortqilay ketdi.

Ular birga mashinaga o‘tirishdi. Mashina haydovchisi sekingina Sulliga salom berdi. Mashinani yurgizishi barobarida qizlarga savol berdi:

— Qani, kichik xonimlar, endi qayerga yo‘l oldik?

Sulli endigina "uyga" deya og‘iz juftlamoqchi bo‘ldi, afsuski ulgirmadi.

Mina vaziyatni qo‘lga olib, quvnoq holda dedi:

— Parkka yo‘l olamiz. Endi oxirgi kunni quvonch bilan o‘tkazamiz.

— Mayli, unda ketdik! — dedi haydovchi Han.

Ular parkka yetib borishdi, juda katta, Seouldagi eng yaxshi park edi. Ular park oralab yugura ketishdi. Ular birinchi katta charxpalakka chiqishdi, muzqaymoq yeyishdi. Sulli qiziquvchanligi bilan ular kuchli atraksion tomon ketishdi. Chipta olishar ekan, ikki kishilik o‘rindiqqa birga o‘tira olishmadi. Mina bir qiz bilan rosa tortishdi, ammo u chiptasini bermadi. Sulli tezroq chiqishni istagani uchun oxirgi chiptani olaqoldi. Mina esa ichida yengil bo‘ldi, u bunday joylarda qo‘rqar edi.

Sulli chipta raqami yozilgan joyga o‘tirdi, u yonidagi sherigi kim ekanini bilmasdi. Balki qiziqmayotgandir ham. Ko‘p o‘tmay hamma joyini egalladi, hali ham qizning sherigi yo‘q edi. Endi yura boshlagan payt bir yuqori maktab o‘quvchisi yugurib kelib uni to‘xtatdi va chiptasi borligini ko‘rsatib atraksionga chiqdi.

Sulli atraksion yurib boshlaganini sezib, ko‘zlarini yumib olgandi. U oldiga kelgan sherigini sezmadi ham. Joyiga yaxshilab o‘tirgan yigit qizning ko‘zlari qattiq qisilganini ko‘rib kulib yubordi. U joylashib, kamarni taqdi va uni qattiq ushladi. Atraksion harakatga keldi, u tepaga chiqquncha Sullining ko‘zlari ochilmadi.

Eng yuqori balandlikka chiqqan atraksion bir zum to‘xtadi. Sulli ko‘zlarini ochdi. Yonidagi sherigiga nigohini qaratdi. Yigit qattiq hansirar, ko‘zlari qattiq yumilgan edi. Yigit boshini egib, chuqur-chuqur nafas olardi.

Sulli to‘xtab turgan vaqtdan foydalanib dedi:

— Mmm, savolim bor edi? Janob! — Sulli uni biroz turtdi.

— Janob emas, shunchaki V deyaver. Savoling nima? — yigit boshini ko‘tarmadi, ammo qizning yoqimli ovozidan biroz tinchidi.

— Qo‘rqar ekansiz, nega bunday balandlikka chiqdingiz? Hozir ishga tushsa qo‘rqmaysizmi? — Sulli unga g‘amxo‘rlik bilan boqdi.

— Men, men... — Atraksion ishga tushib, kuchli tezlikda harakatlandi va uning so‘zlarini bo‘g‘di.

Atraksion juda tez harakatlanar, Sulli esa qo‘rqmas, u faqat quvonchdan baqirar edi. Sulli bu atraksionga akasi bilan juda ko‘p kelgan, shuning uchun qo‘rqmas edi. Yonidagi yigit qo‘rquvini yashira olmas, hali ham boshini ko‘tarmagan edi. Yana bir balandlikka ko‘tarilgan chog‘i, yigit Sullining qo‘llarini ushlab baqirdi. Sulli uning qo‘rquvini tushunib gapirmadi, e’tiroz bildirmadi, ammo noqulay bo‘lardi.

Atraksion pastlayotgan payt, Sulli qo‘lini undan yulib olib, kamarini bo‘shatdi. Atraksion to‘xtadi. Hamma o‘rnida zo‘rg‘a turar, Sulli esa tezlik bilan undan tushib ketdi.

Yigit hayrat bilan ortidan tikilib qoldi. U qizning jasoratidan lol qolgandi. Sulli yigitning yuzini eslab qola olmadi, chunki boshi egilgan, ko‘zlari qisilgan odamni qanday eslab qolish mumkin?

Mina Sullining xotirjam bo‘lib kelayotganini ko‘rib hayron qoldi va Sullining qo‘llarini tutib gapira boshladi:

— Sulli, senga qoyil! U yerdan hali hech kim tushmadi. Ammo sen juda tetiksan. Nahot qo‘rqmading?

— Eee, bu atraksionga juda ko‘p chiqqanman, muammo emas! — Sulli o‘zidan faxrlanib gapirdi.

— Aytgancha, sheriging kim ekan? Men juda qiziqdim, ishonasanmi, oxirida bir ko‘rkam yigit chiqib ketdi. Exx, u kim bilan sherik bo‘lgan ekan-a? — u hayajon bilan gapirdi.

— Ko‘rkam yigit? Mening sherigim juda kech chiqdi! — u hayron bo‘lib dedi.

— Kech chiqdi demak, u sening sheriging ekan-da. U qanday ekan, jasurmikan? Qo‘rqmadimi? — Minaning savollari Sullini qisdi.

— Eee, qo‘ysangchi. Men uning na yuzini ko‘rdim, na jasurligini. Ishonasanmi, o‘ta qo‘rqoq ekan. Boshini eggancha umuman ko‘tarmadi. Yana qo‘rqqanida qo‘limni ushlab oldi, yosh bola! — Sulli kuldi.

— Birovning ustidan kulma! Endi ketdik, nimadir yeymiz. U yog‘ini o‘sha yerda gaplashamiz. — u Sullini yana sudradi.

Ular tamaddixonaga kirishdi va kimpap hamda ramen buyurtma qilishdi. Buyurtmani kutib zerikkan ikki qiz tamaddixona yonidagi suratga tushish apparatiga kirishdi. Ular juda ko‘p suratlarga tushishdi va ularni bo‘lib olishdi.

Apparat esa Sullining o‘sha yerda yolg‘iz tushgan rasmini yo‘qotib qo‘ydi. Ikki qiz rosa qidirdi, ammo ovqatlari tayyor bo‘lgani sabab u yerni tark etib yana tamaddixonaga kirishdi.

Ular tamaddixonaga kirishgan payt, o‘sha atraksiondagi yigit apparat yoniga keldi. U rasmga tushmoqchimidi? Yoki shunchaki keldimikan? Yigit apparatga qo‘lini qo‘yib asta esladi, u oldin shu yerda juda ko‘p suratga tushgan.

U sevgani bilan tushgan rasmini qo`lga olib turardi!

U apparat ichiga kirib xayol sura boshladi. Boshi apparat ichidagi devorga suyangan edi. Ko‘zlaridan yosh oqdi va pichirlab dedi:

— IU! Seni sog‘indim!

Ozgina o‘tirgandan keyin yigit asta o‘rnidan turdi va yerdagi suratga ko‘zi tushdi.

— Buu o‘sha qiz, atraksiondagi o‘shaku.

U qizning suratini cho‘ntagiga solib, asta gavdasini ko‘tardi va yo‘lidan davom etdi.

Ichkarida esa boshqa vaziyat. Mina Sullini savollar bilan ko‘mib yuborgandi. Sulli savollarni rad etib faqat ovqat yer edi, Mina esa ovqat yeyish barobarida uni tinch qo‘ymas edi. Ovqatlanib bo‘lib ular asta hisobni to‘lashdi va mashina tomon yurishdi. Soat allaqachon kechki 17:00 bo‘lgan, parkdagi odamlar siyraklashgan, hamma uylariga tomon ketishardi.

Haydovchi Han mashina eshigini ochib, ikki kichik xonimni ichkariga chorladi. Qizlar o‘tirishdi va o‘zaro suhbat boshlagan chog‘da, haydovchi Han ularga qo‘shildi.

— Kichik xonimlar, aylanish qalay o‘tdi? Rosa aylanib keldingiz shekilli? — haydovchi Han ularni so‘roqqa tutdi.

— Zo‘r o‘tdi, mazza qilib aylandik. To‘g‘rimi, Sulli? — Mina quvonch bilan dedi.

— Ha, mazza qildik! — Sulli biroz jilmaydi, u hozir biroz charchagan edi.

— Ha, unda hozir Sulli kichik xonimimizni uylariga tashlab, Minlar qo‘rg‘oniga yo‘l olamiz. — vazminlik bilan javob qildi haydovchi Han.

— Ha, ketdik! — quvnoq ovoz bilan so‘zladi Mina.

Quyosh o‘z qiniga kirib ketar ekan, ufq sarg‘ayib, osmon go‘zal tusga kirgan edi. Shahar odamlari muqaddas oila atalmish uylariga sokinlik topish uchun ketayotgan bir paytda, Sulli xayolida bitta o‘y: “Bugungi qarorim qanday qabul qilinarkin? Uyda meni qanday kutishyapti?” U har qancha o‘ylasa ham, javobi aynan o‘z uyida kutardi.

Mashina motori sokinlik bilan harakat qilarkan, haydovchi Hanning shoshmayotganini shundoq sezsa bo‘lardi.

Mashina Kimlar qo‘rg‘oniga yaqinlashgan sari, motor tovushi biroz tezlashdi. Qo‘rg‘on darvozasi shunchalar salobatliki, qo‘rg‘on haybatini yanada jonlantirib turardi. Janob Han mashinani to‘xtatib, asta Sullining eshigini ochdi.

— Qani, kichik xonim, yetib keldik! — haydovchi Han jilmaygancha turardi.

— Rahmat! Ha, Mina, yaxshi bor. Ertaga yangi maktabda ko‘rishguncha! — Sulli jilmaygancha Minaning qo‘lidan tutdi.

— Ho‘p, sen ham yaxshi qol. Ertaga yangi maktabda soat sakkizda! — Mina kuldi va Sullining qo‘lini qo‘yib yubordi.

Sulli qo‘l silkigancha Minani kuzatdi, keyin esa qo‘rg‘on tomon og‘ir qadamlar bilan yura boshladi. Bugun ancha aylanishdi, kulishdi, ammo negadir bu hislar oldin unga zavq bersa, endi u bundan charchagan edi.

Sulli eshik oldiga kelgan chog‘da, xizmatkor qo‘lidan sumkasini oldi.

— Kichik xonim, yaxshi keldingizmi? Xonim Sofi sizni kutib turgandi, kayfiyatlari biroz yomonga o‘xshaydi.

— Yaxshi keldim! Hozir qayerdalar?

— Xonalarida dam olyaptilar, keyinroq chiqsalar kerak. — xizmatkor biroz past ovozda gapirardi.

— Ha, unda men xonamga ketdim, ovqatlanish chog‘ida chiqaman. — Sulli biroz qadamini tezlatdi.

— Ho‘p mayli. — jilmaydi xizmatkor ayol.

Sulli zinalardan ildam qadam tashlarkan, o‘z xonasiga tomon oshiqardi. U yerda tinchlik va sokinlik hukmron, shovqin va musiqa ovozlari yo‘q edi. Sulli eshikni ochib xonaga otilib kirdida, o‘zini beixtiyor karavotga tashladi.

Astagina oyoqlarini yozib yengillagandek bo‘ldi va kiyimlarini asta-sekin almashtirishga tushdi.

Kiyimlarini almashtirib bo‘lib, Sulli astagina kompyuter oldiga o‘tirdi. Telefonini ochdi-da, undagi barcha suratlarni kompyuterga o‘tkazib, telefonni tozaladi. Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini muzlatib, telefonda faqat kontaktlarini qoldirdi. Kompyuterda ham arzirlik narsalarni qoldirib, hamma narsani tozaladi. U bu yo‘l bilan o‘ziga biroz taskin bermoqchi edi.

U ishlarini tugatar ekan, soat 18:00 bo‘lib bo‘lgandi. Bu payt qo‘rg‘onda hamma kechki ovqatga yig‘iladi. Sulli uchun bu kechki ovqatlar endi fayzsiz edi. Akasi yo‘q va ota-onasining mehri ham yo‘q.

Sulli bir oz tin oldi-da, yuzini yostiqqa bosib sekin dedi:

— Exx, charchab ketdim. Ertaga esa maktabga borish kerak! Uff! — u shunday deya o‘rnidan turib dushga kirdi.

Muzdek marmarga oyoq bosarkan, Sulli hushiga keldi. Astagina rakovina oldiga borib suvni yoqib, biroz qo‘llari bilan o‘ynadi. Keyin esa asta ikki kaftini birlashtirdi-da, unga suv yig‘ib yuzini yuvdi.

Bir marta, ikki marta, uch marta yuzini to‘liq yuvib, qo‘llarini yaxshilab sovunladi. Sekin oynaga yaqin kelib qo‘liga sochiqni oldi va asta-sekin yuzi va qo‘llarini artdi.

Sulli oyna oldida biroz qotib qoldi. U bu yuz va bu tanadan nimagadir nafrat his etdi. Xayollari esa faqat keyingi kun va kelajagi haqidagi o‘ylar bilan band edi.

U sekin qora triko kiyib, ustiga qora hudiysini kiyib oldi. Sochlarini yig‘gisi kelmadi, ularni o‘z holicha qoldirdi. Ko‘z ostlari charchoqdan biroz qoraygan, sochlari biroz to‘zg‘igan Sulli zinalardan asta-sekin pastga tusha boshladi.

Pastda xizmatkorlar va ota-onasining ovozi eshitila boshladi. U sekin oshxonaga kirdi va muloyim ovozi bilan salom berdi.

— Xayrli kech hammangizga! — u sekingina o‘tirdi.

Ota-onasi kechagi janjaldan so‘ng negadir jim edi. Balki hali yarashib ulgirmagandir. Sulli shunday o‘ylariga botib ketdi.

Janob Sohwe asta qo‘lidagi telefonini chetga surdi-da, Sulli tomon o‘girildi.

— Xayrli bo‘lsin, qizalog‘im! Bugun kuning yaxshi o‘tdimi? — uning ovozida qiziga nisbatan chuqur mehr sezilib turardi.

— Ha, bugun kun yaxshi o‘tdi. O‘zingiz ishlarda charchamayapsizmi? — Sulli sokin va mehrli javob qaytardi.

— Yo‘q, charchab bo‘larmidi, oddiy ishlarku. — Janob Sohwe kuldi.

Xonada kechagiga qaraganda o‘zgacha iliqlik bor edi, bu iliqlikni Sofi xonimning zaharli so‘zlari buzdi.

— Sulli, sening kuning yaxshi o‘tdi, ammo ahmoqona qaroring asabimni buzdi! — u jahl bilan so‘zladi.

— Qanaqa qaror, qizim? Maktab haqidagimi? — Janob Sohwe sokinlik bilan so‘radi.

Sullining ko‘zlari jovdirar, qay tarzda bu ishni izohlab berishni bilmasdi. Ichida ming savol: “Otamning jahli chiqsa-chi?” Yo‘q, bunday bo‘lmaydi. Onasi-chi? U shundog‘am g‘azablangan.

Sulli nima qilishi va nima deyishini bilmay qoldi. Vaziyatni yumshatish uchun iloji boricha sekin va asta javob qildi:

— Ha, men bugun maktab tanlagan edim, u qo‘rg‘ondan biroz uzoq. Shuning uchun...

Sulli gapini tugatmasdan onasi gapira ketdi:

— Nima “shuning uchun”? Boshqa maktabni tanla! Seulda yuqori maktablar ko‘p. Qo‘rg‘onga yaqiniga o‘tasan. Seningcha onang sifatida bunga ruxsat beramanmi? — Sofining ovozi juda baland chiqdi.

— To‘xta, Sofi. Nega qizga buncha baqirasan? Uni eshitaylik. Gapir, qizim! — Sohwe qiziga yuzlandi.

— Men... menga haydovchini gaplashib bersangiz, faqat janob Kwonni emas. Maktab uzoq bo‘lgani bilan, u yerda ta’lim saviyasi yaxshi ekan. Shuning uchun aynan o‘sha maktabni tanladim.

Sulli so‘zlarini tugatar ekan, ko‘zlariga kelgan yoshni arang to‘xtatdi.

Oshxonada endi na xizmatkorlar, na ota-onasi gapira olmay qoldi. Sofi endigina gapirishga shaylangan edi hamki, Janob Sohwe qiziga qarab faqat ikki og‘iz so‘z dedi:

— Xuddi aytganingdek bo‘ladi, faqat yaxshi o‘qisang menga shu kifoya! — u bu gaplarni tugatar ekan, sekin telefonni qo‘liga oldi.

— Rahmat, dadajon! — Sulli xursand va sho‘x ohangda dedi.

Vaziyat batamom o‘zgargan, Sulli endi mehrli sokinlikni topdi deguncha onasining fig‘oni falakka chiqdi.

Sofi g‘azabdan biroz qizargan, qo‘lidagi nikoh uzugini biroz aylantirdi-da, so‘zlay ketdi:

— Farzandimizni shunday qilib erka qilib qo‘yamiz, keyin esa boshimizga chiqadi. O‘g‘limiz SeokJin chet elda shuncha qiynalib o‘qiydi-yu, biz bu yerda bir qizimizni taltaytirib yuboramizmi?

So‘zlar havoda osilib qolgandek, xona ichi sukutga to‘ldi. Ammo jahl bilan aytilgan gap xona devorlaridan aks sado berib o‘tdi.

Sullining ko‘zlari yoshlandi. “Nahotki onasi akasini o‘ylaydi, ammo qizini emas?” Uning yanoqlaridan hech kim ko‘rmaydigan yoshlar oqdi.

Janob Sohwe dasturxon atrofidagi janjallarni yomon ko‘rgani sabab, boya ovoz ohangini pasaytirgan edi. Afsuski, endi chidab bo‘lmaydi.

Janob Sohwe qo‘lini stol ustiga urdi-da, qattiq so‘zlay ketdi:

— U o‘g‘ling bo‘lsa, bu qizing! Shunday ekan uni hurmat qilishing kerak. Bu oilada menmi xo‘jayin yoki senmi? Haddingdan oshyapsan, Sofi. Bir-ikki marta bu ovoz ohangingga chidab turdim. Lekin sabrimni sindirding. Shunchaki kechki ovqatni tinchgina yeylik. Bu yog‘ini keyin gaplashamiz, tushundingmi?

Uning ovozi avval biroz baland, keyin esa pastroq chiqdi. Janob Sohwe qizini yaxshi ko‘radi, uni bunday janjallarda jabr ko‘rishini istamaydi.

Hamma jim qoldi. Sukut jonlandi. Sofi indamadi, u biror gap bilan e’tiroz bildira olmas edi.

Sulli bu gaplardan biroz tinchlandi. U otasining mehribon ekanini yana bir bor his etdi.

Kechki ovqat tortiq qilindi, xonada shirin taomning hidi taraldi. Janob Sohwe qoshiqni oldi-da, taomdan bir qoshiq totdi. U boshlab bergandan so‘nggina qolganlar ovqatdan yeya boshlashdi.

Xona jimjit. Endi ovqat ustida so‘zlashuvlar-u, jilmayishlar yo‘q edi.

Sulliga bu yoqmadi. U ovqatni tezda yeb, astagina qo‘llari va lablarini artdi. U tartibli qiz edi. Idishlarni olib sekin xonadan chiqdi, ularni oshxonaga topshirib, xonasiga chiqib ketdi.

U xona atrofidagi otasiga ham, onasiga ham bir og‘iz indamadi. Chunki bu vaziyatda ularni shunday yolg‘iz qoldirish kerak ekanini bilardi.

Sulli zinalarni asta-sekin qoralab tepaga chiqarkan, pastda ota-onasining ovozlari hali ham kelmasdi. Sulli ota-onasining yarashib olishiga umidvor edi. U eshigi oldida biroz qotib qoldi, qo‘llari sekin eshik ruchkasini ushladi-da, sokinlik bilan uni ochdi. Xonadan o‘zining shirin atiri hidi dimog‘ini erkaladi, u yugurib divanga o‘zini otdi. Yuzini yostiqqa bosdi-da, oyoqlariga erkinlik berdi, so‘ng chalqancha yotib shiftga termuldi.

— Ertaga qanday kun bo‘larkin-a? Ich-ichimdan qiziqyapman, ammo bir tomoni bor. U yerda o‘quvchilar qanday ekan, qanday qabul qilishadi? Ha mayli, agar qabul qilishmasa, shunchaki o‘zim harakat qilaman. Axir yolg‘izlik ham yaxshi, dardlaringni kimgadir ishonib topshirgandan ko‘ra qalb tubida ko‘tarib yurgan afzal.

U shunday xayollar bilan asta o‘rnidan turdi, dars stoli yoniga bordi-da, darsliklarini ochdi. Soat 19:30, hali zamon qorong‘u tun keladi, uning eng og‘riqli tuyg‘ulari-yu, og‘riqli o‘tmishi aynan tunda uyg‘onadi. Telefonini qo‘lga oldi-da, akasining chet el raqamini terdi, qo‘llari biroz qaltiradi.

— Telefon qilsammikin? Yoki hozir bezovta qilamanmikin? — uni shu savollar qiynardi.

Va nihoyat u telefon qildi. Asta-sekin qo‘ng‘iroq ketar ekan, u nima deyishini miyasida tartiblab oldi. Birinchi qo‘ng‘iroq rad etildi, Sulli hayron tikildi va yana qo‘ng‘iroq qildi.

Ayni paytda Germaniya.

Telefon ovozidan Yoongi bezovtalanib qo‘zg‘aldi, ayni paytda soat 12:30 ni ko‘rsatar edi. Yoongi o‘rnidan turib telefonni qo‘liga oldi, ko‘zlari shira bosganidan telefon yozuvini o‘qiy olmadi. U sekin telefonni qo‘liga olib go‘shakni ko‘tardi.

— Alo!

— Alo, akajon, yaxshimisiz? Charchamayapsizmi? Sizni sog‘indim! — Sullining ovozi biroz titradi.

— Ha, singlim, yaxshiman, yaxshi yuribman. O‘zing yaxshimisan? — Yoongi Mina bilan gaplashyapman deb o‘ylardi. Uyqusiragan ovozini shundoq sezsa bo‘lardi.

— Men yaxshiman, aka. Uxlayotgan edingizmi? Kechirasiz, bezovta qildim. Ertaga gaplashamiz. Yaxshi yuring, sizni yaxshi ko‘raman. — Sulli darrov telefonni o‘chirmadi.

Bu shirali va sokin ovoz Sulli ekanini bilib, Yoongining uyqusi qochdi. Ko‘zlari katta ochilib, qo‘llari bilan yuzlarini ishqalagancha telefon ekraniga tikildi.

— «Sulliyim».

Ekrandagi yozuvni o‘qib Yoongi asta jilmaydi va sokin ovozda dedi:

— Ha, uxlayotgan edim. Boshqa payt gaplashamiz. Men ham seni yaxshi ko‘raman, yaxshi dam ol! — u sekin telefonni o‘chirdi.

Yoongi bugun o‘qishdan kelib rosa qattiq uxlagan edi.

Sulli telefon o‘chganini sezib uni stol chetiga qo‘ydi, kechagi matematik misollarni ochib ularni yecha boshladi. Qo‘llari daftar yuzidagi har burchakka aylanarkan, qandaydir arifmetik allambalolarni ishlab chiqardi. U charchagan bo‘lsa-da, darslarini bajarishi shart edi, bo‘lmasa onasi tekshirganda xato chiqarsa tamom desa ham bo‘ladi.

Janob Sohwe va Sofi xonimda mutlaqo boshqa vaziyat, ular na bir-biriga qarar, na gapirar edi. Janob Sohwe hujjatlar bilan ishlar, Sofi telefonida nimadirlar qilar edi. G‘urur o‘lgur shunaqa narsa, ikki inson urushganda, ikkisining ham g‘ururi kuchli bo‘lsa, yarashish qiyin bo‘ladi. Ha, aynan shunday. Janob Sohwening ham, Sofining ham g‘ururidan ajoyib qasr qursa arziydi.

Sofi xonim telefonida Sullining yangi maktabi haqida ma’lumot qidirar edi. Maktab va maktabdan keyingi to‘garaklar haqida yangi sinf rahbari bilan yozishayotgan ediki, uning qo‘lidan hujjatlarni tashlab kelgan Sohwe telefonni yulqib oldi.

— Kim bilan buncha yozishasan-a? Mening oldimda bunchalar telefonga kirib ketishingga kim sababchi bo‘lyapti? — uning ovozida biroz bo‘lsa-da iliqlik yo‘q edi, faqat rashk, faqat g‘azab.

— Sullining yangi sinf rahbari. Men u bilan yozishyapman, unga maktabdan keyingi to‘garaklar va yaxshi ustozlar biriktirilishi haqida gaplashyapman. E’tirozingiz bormi? Bor bo‘lsa ayting va telefonni qaytarib bering. — uning ovozida o‘zgacha qat’iyat va biroz sovuqlik bor edi.

— Qiziq, sinf rahbari erkak kishimikan yoki ayol kishi? Tezroq javob ber, sabrimni sinama. Senda faqat tuyg‘ular bormi? Faqat sen rashk qilasanmi? Aslida o‘shanda senga qattiqroq bo‘lishim kerak edi. Shunda hozir asabiylashib shubha qilmasdim. Hayf senga sarflagan asablarim.

Sukut. Ha, xona jim-jit. Sofi javob qilishni istamadi, u Sohwening gaplaridan ham hayron, ham g‘azablanar edi. Og‘ziga ikki og‘iz ham so‘z kelmas, talqon yutgandek turardi.

Ayolining bunday jim turishi unga yoqmadi, asabiylashib telefonni stolga qattiq qo‘yib so‘zlay boshladi:

— Nimaga indamaysan? Balki aytarsan biror gap. Axir men ham qizimning sinf rahbari haqida biror narsa bilishim kerak!

— Ayol kishi, ismi Luri. O‘sha maktabda anchadan beri ishlar ekan. Yetarlimi ma’lumot? Endi tinch qo‘yarsiz va asossiz ayblovlarni bas qiling. — uning ovozi titradi.

— Asossiz ayblov? O‘shanda sen Sonjenikiga juda ko‘p borar eding. Axir bu yolg‘on emasligini ikkimiz ham bilamiz, shundaymi, azizam?

Janob Sohwe Sofining yuzlaridan tutib o‘ziga qaratdi, unga shunchalar chuqur tikildiki, nigohlari teshib yuboradigandek edi.

— Aytganimdek, ayoli Sui bilan ko‘rishgani borganman, boshqa gap yo‘q. Yana nimani isbotlab beray? — u yuzlarini burdi.

— Ishonishim uchun vaqt kerak bo‘ladi shekilli. Chunki SeokJin uchun bazmga kelganingda sen Sonjening stolidan beri kelmagan eding. Indamadi degani sezmaydi degani emas. Hammasini astalik bilan ichimda yig‘ib kelyapman. Agar men portlasam, senga ham, menga ham oxiri xayr bilan tugamaydi, shuni bilib qo‘y.

Har bir so‘z Sofining quloqlari ostigacha jarangladi, uning yuragiga hanjardek sanchildi.

— Yaxshi, unda o‘sha vaqtni kutaman. Shunday ekan menga bosim bermang. — Sofi so‘zlarini tugatar ekan, sekin o‘rnidan turib xonadan keta boshladi.

– Sofi soʻzlarni tugatar ekan, sekin oʻrnidan turib xonadan keta boshladi.

– Mayli, kut. Agar mening rashkim va tuygʻularim bilan oʻynayman desang, shuni bil, oʻyinda oʻzing qoʻgʻirchoq boʻlib qolma. Buni tahdid emas, balki shunchaki ogohlantirish deb qabul qil, xotinjon! – u soʻzlarini tugatar ekan, ish stoliga joylashdi.

Bu soʻzlar Sofining qulogʻi ostida yangrar ekan, eshik oldida bir zum qotib qoldi. Sekin oʻzini qoʻlga olgancha Sullining xonasi tomon yoʻl oldi. Zinalardan sekin koʻtarilar ekan, hayolidagi erining gaplari biroz yuragini bezovta qildi. Ichida bir olov yonar, uning nomi gʻazab edi, uni qanday bosishni bilmasdi. Sekingina Sullining xonasiga kirdi-da, qizining dars qilayotganini koʻrib, gapirishga arzirli gap topa olmay, boyagi suhbatni yana ochdi.

– Sulli, sen aytganimni qilmayapsan umuman. Qanday qilib buncha uzoq maktab tanlaysan? Akang ketganiga shuncha oʻzgarib qoldingmi? – uning ovozi juda qoʻpol chiqardi, xuddi kimnidir juda nohaq ekanini isbotlash uchun gapirayotgandek.

– Nima, qachon keldingiz? Dars bilan sezmay qolibman. Uzr, oyijon, meni kechiring. Oʻsha maktab menga juda yoqdi, unda Mina bilan boʻlaman. U bilan bir sinfda oʻqiymiz, xavfsiz boʻlaman. Aytganingizni qilyapman-ku, qarang, darslarni ham qilyapman. Nima desangiz qilaman, faqat urishmang! – uning ovozi taskin beruvchi, ammo iltijoli chiqdi.

– Meni bunday avrama. Endi yaxshi oʻqimasang, sinf rahbaring menga aytib turadi. Ha, bilgan boʻlsang, ismi Luri ekan. Maktab manziling ertaga haydovchiga aytiladi. Asosiy fanlar toʻgaragiga seni yozdirib qoʻydim. Agar ogʻirlik qilmasa, oʻzing ham biror qiziqqan toʻgarakka yozilishing mumkin. – uning ovozida hech qanday mehr yoʻq edi, faqat ogohlantirishlar.

– Xoʻp boʻladi, oyijon!

Sulli onasining mehrini uygʻotish uchun qoʻlidan kelgancha harakat qildi. Qancha urinmasin, Sofi erimasdi, uning ichidagi olov oʻchishni istamas edi. Sulli asta koʻzlari jovdirab dars kitoblariga tikildi, Sofi esa eshikni asta ochdi.

– Yaxshi dam oling, oyijon! – Sulli juda iliq gapirdi, ammo javob boʻlmadi.

Sofi xona eshigini qattiq yopgancha xonadan chiqib ketdi. Sulli ruchkasini qisgancha yana misollarni yechishga kirishdi. Sulli misollarni bajarar ekan, koʻzlari harflarni anglay olmay qoldi. U koʻzlarini ishqalagancha stol ustiga boshini qoʻydi. Soat 00:00. Sulli ancha vaqt dars qilish bilan shugʻullangan edi, uning na qoʻllari harakat qilishni istardi, na oyoqlari. U koʻzlarini sekin yumdi va stol ustiga bosh qoʻygan holda uxlab qoldi.

Germaniya. 17:00.

Seokjin qoʻshimcha darslardan kelib, telefonini qoʻliga oldi.

– Sulli bilan qoʻngʻiroq 12:30 da, qiziq, – dedi u. – Yoongi, uygʻon, nega hali ham uxlayapsan? – u sekin Yongini turtkiladi.

– Eyy, tinch qoʻy, bugun oʻqishda juda charchadim! – Yoongi norozi ohangda gʻingshidi.

– Oʻqishdan 12 da kelgansan, hozir nechchi boʻldi bilasanmi? – Seokjin uni boshiga bir marta urdi, ammo unchalik qattiq emas.

– Nima qilyapsan? Nechchi boʻlibdi? – u oʻrnidan sekin turdi.

– Soat kechki besh, sen uxlab yotibsan, gʻaflat bosib. – Seokjinning ovozi endi qattiqroq chiqdi.

– Eh-he, uxlab qolibman-u! Hozir nechinchi yil? Nechchi yil uxladim? – u kuldi.

– Hazilni yigʻishtir, Yoongi. Undan koʻra ayt, singlim bilan sen gaplashdingmi? 12:30 da qoʻngʻiroq qilibdi-ku!

– Haa, men Mina qildi deb oʻylab, Sulli bilan gaplashibman. U sezmadi shekilli, yaxshi dam oling deb oʻchirib qoʻydi. – Yongi endi sekinroq va mayinroq gapirdi.

– Haa, yaxshimikan? Soʻradingmi? Ovozi yaxshi eshitildimi, gʻamgin emasmidi? – Seokjin bir dunyo xavotir bilan soʻzlardi.

– Yaxshi ekan, soʻradim, ammo u men bilan gaplashayotganini sezmadi. Qiziq-a? – Yongi kuldi.

– Yongi, kel, men ham Mina bilan gaplashay, balki sezmas? – Seokjin kulib yubordi.

– Eyy, Seokjin, asabimga tegma! – Yongining uyqusi tarqalib ketdi.

– Hazil qilish qalay boʻlar ekan-a? – Seokjin astagina kiyimlarini almashtirishga kirishdi.

– Ha mayli, kechga biror joyda ovqatlanib kelsak yaxshi boʻlardi? – Yongi biroz sekin gapirdi.

Seokjin uning ovozidan bu yerlarning ovqati unga yoqmaganini sezdi, sekingina telefonini olib mashina chaqirdi. Yongi buni sezmay ham qoldi. U sekin oʻrnidan turib yuvinish uchun dushga kirib ketdi. Muzdek suvda yuz yuvarkan, boyagi uyqusiragan koʻzlar ochildi. Sekingina yuzini sochiq bilan artar ekan, oynadagi aksiga qarab dedi:

– Albatta hammasini eplaymiz!

U jilmaygancha dushdan chiqdi. U Seokjinning juda yaxshi kiyinib olganiga hayron boʻlib soʻradi:

– Qayoqqa otlanding, menga bir ogʻiz aytmay?

Seokjin asta ortiga oʻgirildi-da, Yongining hali tayyor boʻlmaganini koʻrib qattiq kulib yubordi.

– Senga aytmadimmi, mashina kelyapti. Boshqa joyda ovqatlanib kelamiz. Oʻzing taklif berding-ku! – dedi kulgusini zoʻrgʻa tiyib.

Yongi biroz talmovsirab kiyimlarini yecha boshladi, ustiga qora koʻylak va pastiga qora shimini kiyib oldi.

– Darvoqe, oʻzim aytgan gapim oʻz esimdan chiqib qolibdi. – u kulib yubordi.

– Hechqisi yoʻq, uyqusirayapsan-da. Unda ketdik, – dedi Seokjin.

– Ketdik! – dedi Yongi jilmayib.

Ular mashinaga minishdi va yotoqxonaga yaqin birorta yaxshiroq tamaddixonaga borishdi. U yer juda katta va hashamdor bezatilgan, yoʻlaklarida zarhal gilam toʻshalgan edi. Ular ichkariga kirishdi-da, mol goʻshtidan steyk buyurtma qilishdi va kutib turishdi.

Ayni damda Sulli stol ustida uxlab qolganini sezib, asta koʻzlarini ochdi, sekingina boshini koʻtardi. Umurtqa qismi tortishib, boʻyin sohasiga qattiq ogʻriq berdi. Qoʻllari bilan boʻynini uqalagancha borib divanga quladi. Oyoqlarida ham, qoʻllarida ham kuch qolmagan, koʻzlarini yumgancha uxlab qoldi.

Steykni kutib oʻtirgan Yongi va Seokjin zerikkanlaridan telefon titkilab oʻtirishar edi. Yongi restorandan bir-ikki rasm oldi-da, Minaga joʻnatdi. Seokjin esa rasm oldi, ammo Sulliga tashlay olmadi, uning akkauntlari muzlatilgan edi.

Seokjin astagina telefonni qoʻyib, Yongiga yuzlandi:

– Yongi, meni rasmga olib Minaga yubora olasanmi? Sullining akkauntlari oʻchirilganmi, yuborilmayapti.

– Ha, mayli, kel, rasmga olaman. Chiroyli turib ol, – javob qildi Yongi.

Yongi uni suratga oldi va Minaga yubordi.

Mina hali uxlamagan edi. U telefoniga kelgan xabardan darrov hushyor tortdi va qoʻliga oldi. Akasidan kelgan xabar:

„Buni Sulliga koʻrsat, uning akkauntlari ishlamas ekan.“

Mina Seokjinning rasmini koʻrib juda hayron boʻldi. U oʻzida yoʻq xursand boʻlib, telefonga bir necha marta oʻpich qoʻyib, uni quchoqlagancha divanda agʻanadi. Ammo birozdan soʻng oʻzini yigʻishtirib, xabar yubordi:

„Xoʻp boʻladi, aka, koʻrsataman.“

Yongi xabarni koʻrib jilmaydi. Ularning buyurtmasi keldi va ular bir ogʻiz soʻzsiz tamaddi qilishga kirishib ketishdi.

Koreya. Minlar qoʻrgʻonidagi hali oʻchmagan yagona chiroq ham astagina oʻchdi. Mina divaniga oʻzini tashladi-da, telefonida Seokjinning rasmini ochdi va unga oʻpich berib, telefonni quchoqladi. U asta koʻzlarini yumdi va uxlab qoldi.

Germaniyada allaqachon shafaq qoraygan, tun kirib kelayotgan edi. Yoongi va Seokjin hisobni toʻlashdi-da, sekin mashinaga oʻtirishdi. Mashina motori sekin gʻizilladi-da, harakatga keldi. Shahar chiroqlari mashina oynasidan oʻzgacha jilvalanar, ular Yoongining xayolini olayotgan edi. Seokjin bir telefoniga, bir Yoongiga qarab jovdirab turardi. U Sulliga qoʻngʻiroq qilishni, ovozini eshitishni istar, ammo vaqt oraligʻi unga xalaqit berayotgan edi.

Yoongi derazaga sekin suyandi-da, qoʻllarini tashqariga chiqardi. Qoʻllari sovuq shamolda mayin holga keldi, u bu holatdan seskanmadi, aksincha oʻzgacha his oldi. Seokjinning xayolida esa faqat singlisi bor edi, u Sullini sogʻingan edi. Afsuski, u bilan endi ancha keyin koʻrishishadi. Ammo vaqt hamma narsani tubdan oʻzgartirishi mumkin.

Mashina asta-sekin yotoqxona yaqiniga borib toʻxtadi, ikki doʻst mamnun holda mashinadan tushdi. Seokjin taksi haqini toʻlab joʻnatdi, Yoongi esa xonaga kirib kiyim almashtira boshladi. Seokjin xonaga kirib, Yoongining kiyim almashtirib boʻlganiga hayron boʻlib qaradi.

– Hoy, sen kelganimizga hech qancha vaqt boʻlmadi, qanday qilib buncha tez kiyim almashtira olasan? – hayrat aralash dedi Seokjin.

– Senga oʻxshab sudralib yurishni yomon koʻraman! – dedi Yoongi kulib.

– Yaxshi, unda dars qilasanmi hozir? – Seokjin astagina soʻradi.

– Yoʻq, uxlayman, charchadim. Oʻzing darslaring boʻlsa bemalol. – Yoongi shunday deya joyiga yotdi.

Seokjin kiyimlarini almashtirib, sekin dars stoliga oʻtirdi. U Yoongi tomon burildi-da, sekin dedi:

– Hoy, Yoongi, menimcha darslarni eʼtiborsiz qoldirsang, oʻzingga yomon boʻladi! Otang oʻqishlaringni tekshiradi, bilasan. Agar darslaring joyida boʻlmasa, studiyangni sotib yuborishdan ham tap tortmaydi amakim.

– Menga farqi yoʻq, oʻqib yuribman. Bu yogʻi bilan ishlari boʻlmasin. – Yoongi koʻzlari shiftga tikilgan holda biroz xoʻrsinib javob berdi.

– Men shunchaki aytdim-da, yana aqllilik qilyapti deb oʻylama. Doʻstimning qarorlarini hurmat qilaman men ham, lekin shunchaki amakimning aytganini qilish ham kerak! – Seokjin biroz qatʼiyroq gapirdi.

– Bilaman, doʻstim, meni oʻylayapsan, buni qadrlayman. Rahmat! – Yoongi koʻzlarini yumdi. Aytayotgan gaplaridan uni parishonxotir deb oʻylash mumkin. Lekin uning xayollarida faqat studiya, otasi va akasi aylanib yurardi.

Soat 23:00 ga bong urdi. Seokjin sekin dars stolidan uzoqlashdi, koʻzoynagini yechdi-da, joyiga yura boshladi. Charchaganidan oyoqlari zoʻrgʻa yurar, koʻzlari uyqudan zoʻrgʻa ochilib turardi. U sekin yotoq ustiga oʻtirdi-da, oyoqlarini zoʻrgʻa koʻtarib chiqardi, boshini asta yostiqqa qoʻydi-da, koʻzlarini yumib uxlab qoldi.

Seokjin uxlab qolganini sezgan Yoongi asta oʻrnidan turib, oʻzi dars stoliga oʻtirdi. Xira yorugʻlikni yoqdi-da, darsliklarini ochdi, qoʻliga ruchkasini olib uyga berilgan vazifalarni bajara ketdi. Uning ruchka ushlagan qoʻllari daftar yuzasida sekin aylanar, ammo qatʼiyat bilan ishlarini bajarayotgan edi. U biznes frazalarini yechar, yana hisob-kitob ishlarini bosh qotirib bajarayotgan edi.

Soat 01:00 gacha Yoongi berilgan vazifalarni bajarib boʻldi. Koʻzlari qizargan, qoʻllari holsiz edi. Ammo uyqu yoʻq edi. U bu yerga kelganidan beri soat 03:00 da uxlay olayotgan edi. Bugun ham uning koʻzlarida uyqu yoʻq. Qoʻliga oppoq varoq oldi-da, ikki ogʻiz soʻz yozdi:

– Mayli, takrorlanuvchi argʻimchoq oʻyini,
Endigina buni yakunlamoqchiman.

U biroz tin oldi va qoʻlidagi ruchkani biroz qisdi, keyin esa soʻzlarni davom ettirdi:

– Mayli, takrorlanuvchi argʻimchoq oʻyini,
Endigina buni yakunlamoqchiman.
Mayli, jonga tekkan argʻimchoq oʻyini,
Kimdir bu yerdan tushishi kerak,
Qoʻlimizdan kelmasa ham...

Soʻzlarni tugatar ekan, ichidagi nimadir yengil tortgandek "uhh" tortdi. Sekin oʻrnidan turdi-da, qogʻozni papkaga solib qoʻydi. Ruchkasini stolga qoʻyib, polda yurganini ham bilintirmaslik uchun oyoq uchida yurib yotogʻiga yotdi. Oyoqlarini bir-biriga bogʻlab, qoʻllarini koʻkragiga chirmashtirdi. Qorongʻu xonada shiftga termulgancha xayollariga kirib ketdi. Uning xayollarida endi oilaviy muammolari emas, balki sevgilisi Sulli bor edi.

Minlar va Kimlar oilasi shunchalar yaqin ediki, oila farzandlari ham juda yaqin edi. Yoshlikdan Seokjin, Yoongi, Sulli va Mina birga katta boʻlishgan. Bir bogʻchaga borishgan, birga oʻynashgan, birga juda koʻp vaqt oʻtkazishgan. Oʻtgan yili yozgi taʼtilda ikki oila farzandlarini chet eldagi dam olish lageriga joʻnatishgan edi.

Flashback

Yoz oyi. Quyosh tanalarni qizdirar, shunchalar qizdirar ediki, go‘yo kuydirib yuboradigandek edi. Kimdir sohil bo‘ylab mazza qilib yugurar, yana kimdir esa suvda suzar edi. Atrof uncha gavjum emasdi. Bunday joylarga faqat boy oilalar kelardi. Shuningdek, Minlar va Kimlar oilasining farzandlari ham aynan shu yerga dam olishga kelishgandi.

— Menga oshir! Otaqolsangchi! — baqirdi Seokjin bor ovozi bilan.

— Ushla! — Yoongi qo‘lidagi to‘pni bor kuchi bilan otdi.

— Aka, iltimos qaytarib bering, iltimos! — Sulli yolvorgancha baqirdi, uning ovozi sohilda shamol kabi taraldi.

— Berma, Seokjin! Zo‘rg‘a oldim, tushundingmi? Bera ko‘rma! — Yoongi baqirdi.

Vaziyatni uzoqdan kuzatib turgan Mina yugurib keldi va jon holatda Seokjinga tashlandi. Mayin qum ustiga Seokjin quladi, Mina esa uning ustiga yiqildi.

To‘pning yerda yumalab ketganini ko‘rgan Sulli uni darrov olib qochdi. Buni ko‘rgan Yoongi esa uning ortidan quvlay ketdi. Yoongi juda tez yugurar, Sulli esa zo‘rg‘a qochayotgan edi.

— Kechirasiz, Seokjin aka, men bunday bo‘lishini istamagan edim! — Mina o‘rnidan turib, qizarib ketgan yuzini qo‘llari bilan to‘sdi.

— Hechqisi yo‘q, bo‘lib turadi. O‘zing yaxshimisan? — Seokjin o‘rnidan turib, ust-boshidagi qumni qoqdi.

— Yaxshiman! Keling, tozalab qo‘yaman! — Mina Seokjinning ustidagi qumlarni qoqishga tushdi.

Sulli esa juda uzoq yugurdi. Oyoqlari tolib, sohildagi mayin qumda sirg‘alib ketdi. Kuchli kelgan to‘lqin uni asta o‘ziga tortdi. Sulli suzishni bilmas edi.

Suvga sirg‘alib tushgan Sulli uncha sayoz bo‘lmagan joyga tushib qoldi. U asta-sekin suvga ko‘mila boshladi. Qo‘llari tipirchilar, bor ovozi bilan baqirardi.

Yoongi buni ko‘rdi va futbolkasini yechib suvga tushdi.

— Yordam! Yordam bering! — Sulli ovozini balandlatdi.

To‘lqin kuchli edi. U Sullini o‘ziga tortib ketdi. Sullining og‘zi-burniga suv to‘ldi. Endi u na baqirar, na harakat qilardi.

Buni ko‘rgan Yoongi tezroq harakat qildi.

Suv yuzida biroz qalqib turgan Sullini qo‘llari bilan ko‘tarib oldi. Uni sekin sohilga olib chiqib, qum ustiga yotqizdi.

— Yaxshimisan? Sulli, uyg‘on! Yaxshimisan? — Yoongi uning yuziga yengil urib ko‘rdi.

Ular Seokjin va Minadan ancha uzoqlashib ketishgandi. Yoongi Seokjinni chaqirdi, ammo u eshitmadi.

Yoongi Sullini chalqancha yotqizdi. Ichiga kirgan suv chiqdi, ammo qiz hali ham nafas olmayotgandi. U qizning ko‘krak qafasiga bosim berib ko‘rdi, ammo foydasi bo‘lmadi.

Keyin esa ilojsiz holda qizning yuziga egildi. Bir qo‘li bilan burnini yopib, ikkinchi qo‘li bilan iyagidan ushlab sun'iy nafas bera boshladi.

Bir marta — foydasi bo‘lmadi.

Ikki marta — o‘xshamadi.

Uchinchi marta berilgan nafasdan keyin Sulli hushiga keldi.

Yoongi yengil tortdi va qizni quchog‘iga oldi. Sulli uning quchog‘ida kichkina chaqaloqdek jim turardi.

Yoongi sekin qumga o‘tirdi va Sullining boshini qo‘llari ustiga qo‘ydi.

— Chuqur nafas ol! Sal qolsa o‘lay deding. Suzishni bilmas ekansan, sohildan uzoqroqqa qochmasliging kerak edi, ahmoq qiz! — Yoongi asabiylashib gapirdi.

— Kechiring, endi bunday qilmayman. Rahmat, akajon! — Sulli sekin ko‘zlarini yumdi.

— Baqirganimga hafa bo‘lma. Havotir oldim! — Yoongi uning ho‘l sochlarini siladi.

Biroz vaqt o‘tib uzoqdan Seokjin va Minaning ovozlari eshitildi.

— Yoongiii! Qayerdasizlar? — Seokjin bor ovozi bilan baqirdi.

— Akaaa! Qayerdasiz? Akaaaa! — Mina ham baqirdi.

Yoongi boshini ko‘tarib Sulliga qaradi. U uxlab qolgan edi. Quyoshda sochlari biroz qurigan, uzun kipriklari esa bir zum qilt etmasdi.

Yoongi qo‘lini uning boshidan sekin oldi. Chap qo‘li bilan bosh tomonidan, o‘ng qo‘li bilan oyoqlari tomonidan ko‘tarib, uni bag‘riga oldi va Seokjinlar tomon yurdi.

Yoongining Sullini ko‘tarib kelayotganini ko‘rgan Seokjinning ko‘zlari katta ochildi.

— Nima bo‘ldi? U nega bu holda? — dedi u havotir bilan.

— Hech narsa. Suvga tushib ketdi, keyin olib chiqdim. Quyoshda sochlari qurisin deb yotgandik, uxlab qolibdi, — dedi Yoongi qiz uyg‘onib ketmasligi uchun past ovozda.

— Rahmat, Yoongi! Qani, endi menga ber. Xonasiga olib boraman.

— Yo‘q, o‘zim olib chiqaman. Sizlar ovqatlanishga boraveringlar.

— Xo‘p, ehtiyot bo‘l. Senga ham ovqat olib qo‘yamiz! — dedi Seokjin.

Seokjin va Mina oshxona tomon ketishdi.

Yotoqxonaga kirar ekan, Yoongi qizni sekin yotoqqa yotqizdi. Uning qo‘llari go‘yo nodir buyumni ushlab turgandek ehtiyotkor harakat qilardi.

Yoongi qizning sochlarini qulog‘i ortiga o‘tkazdi va yuziga bir muddat tikilib qoldi. Keyin esa yupqa ko‘rpani uning ustiga yopib qo‘ydi.

So‘ng qizni xonada yolg‘iz qoldirib, eshikni sekin yopgancha oshxona tomon yo‘l oldi.

Comeback

O‘sha yilgi ta'tilda Yoongining Sulliga nisbatan hislari uyg‘ongan edi. U bu voqeani hatto qo‘shiqlaridan birida ham eslab o‘tgandi.

— Eslasam ko‘nglim yengil tortadi. Tovba, inson shunchalik telba bo‘lishi mumkinmi? Exx, uni sog‘indim. Hozir uxlayotgandir yoki uyg‘onganmikin? Hozir Koreyada soat nechchi ekan? — dedi u.

Telefonini olib Koreya vaqtiga qaradi.

— Haa, u allaqachon uyg‘ongan. U yerda soat 08:00 bo‘libdi. Menimcha, maktabga ketgan bo‘lsa kerak.

Shu xayollar bilan ko‘zlarini yumib, sekin uyquga ketdi.

Balki yangi maktab, yangi hayot Sulliga o‘zgarish uchun imkon berar. Ammo haqiqiy o‘zgarish insonning ruhidan boshlanadi. Unutish uchun esa avval kechirish kerak. Agar o‘zgarishni istab, ruhimizni o‘zgartirmasak, qancha urinmaylik, natijaga erisha olmaymiz. Agar unutishni xohlasak-u, ammo kechira olmasak, o‘tmish bizni baribir ortga tortaveradi. Shu sababli har bir yangi qadam ortida qandaydir qurbonlik yotadi.

2-qism tugadi.

Жизнь с прошлым
Tanishtiruv

1.  Kim Sulli - Bosh qahramon.

Xarakteri:Tashqi ko'rinishdan ojiz, g'amgin va tushunarsiz qizdek ko'rinsa-da, aslida mehribon oq ko`ngil.

Muammolari:  overthinking (ko'p o'ylash) va chuqur depressiya. Uni yoshligidan katta trauvmasi bor u buni hech kimga aytmagan. U depressiyaga keyinchalik tushadi.

Oila muhiti: Milliarder Kim oilasining ikkinchi farzandi. Ota-onasi (Kim Sohwe va Kim Sofi) o'rtasidagi tinimsiz janjallar uning psixologiyasini butunlay buzgan.

2. Kim Seokjin  — Sullining akasi

Xarakteri: Nihoyatda mehribon, g'amxo'r va yaxshi yigit. Shuning bilan birga juda jiddiy va mas'uliyatli. Singlisi Sullini jonidan ortiq yaxshi ko'radi va uni himoya qilishga intiladi.

Muammosi: Singlisi Sulli uni chet elga ketganidan so`ng yomon ko`rib qoladi va doim asossiz ayblaydi. Jin uning ayblovlaridan azob cheksa-da, baribir singlisidan voz kechmaydi, uni qutqarishga harakat qiladi. Min Yoongining eng yaqin do'sti.

3. Min Yoongi  — Sirli va aqlli yigit

Xarakteri: Tinch, og'ir-vazmin, ba'zida tez jahli chiqadigan (sal jahldor) yigit. Judayam aqlli va odamlarning ichki dunyosini tezda o'qiy oladi.

Hayoti: Chet eldaligida o'zi ham og'ir depressiyani boshdan kechirgan, shuning uchun ham Sullining ichki og'riqlarini va uning o'yinlarini darhol payqaydi. Janob Min Hemin va xonim Min Rianning shox, ammo jiddiy o'g'li. Jinning eng yaqin sirdoshi.

4. Min Mina  — Yoongining singlisi

Xarakteri: To'liq ekstrovert, quvnoq va shox qiz. Sullining tamoman aksi.

Hayoti: Sullining deyarli yagona dugonasi. Sullining tabiati og'ir ekanini bilsa-da, unga chin dildan dalda bo'lishni va uni hayotga qaytarishni istaydi.

5. Kim Namjon - Sulli va seokjinning amakisi.

Xarakteri jiddiy, boylik va nafsga ruju qo`ygan. Juda chigal harakterli . Kimlar oilasining teng huquqli aksiyadori.

1-qism

Nafs ortidan kelgan pushaymonlik oilaning bugunini kul qilsa, o‘tmish bilan yashash uning ertangi kunini ham yo‘q qiladi.

Dunyo — bu adolatli makon emas. Biz unga begunoh bo‘lib kelamiz, lekin yovuzlikning ilk zarbasini ham aynan o‘sha beguborlikda qabul qilamiz.

Nafs — insonni hayvondan ham tubanroqqa tushira oladigan yagona kuch. U shunday ochko‘z mahluqki, bir parcha oltin yoki bir chimdim hokimiyat uchun hatto o‘z qonidan bo‘lgan go‘dakning begunohligini ham qurbon qilishdan qaytmaydi. Biz yovuzlikni ko‘chada, qorong‘u burchaklarda izlaymiz, biroq eng mudhish jinoyatlar ko‘pincha qimmatbaho devorlar ortida, ipak choyshablar ustida va "oila" degan muqaddas niqob ostida sodir bo‘ladi.

Go‘dakning qalbi oppoq qog‘ozga o‘xshaydi. Unga chizilgan ilk qora chiziq butun bir umrni bulg‘aydi. O‘shanda, 2016-yilning o‘sha qaltis tunida, nafs va qahr bir insonning qiyofasida mujassamlashgan edi. O‘sha tunda nafaqat bir oilaning sha’ni, balki olti yoshli qizaloqning butun kelajagi, odamlarga bo‘lgan ishonchi va iliq dunyosi kul bo‘ldi.

Eng dahshatlisi nima, bilasizmi? Jinoyatchi o‘z qilmishini vaqt o‘tishi bilan unutishi mumkin. U "bu bir xato edi" deb o‘zini ovutadi, aksiyalar va pullar bilan vijdoni ustiga parda tortadi. Ammo jabrdiyda unutmaydi. U o‘sha og‘riq bilan uyg‘onadi, o‘sha qo‘rquv bilan nafas oladi va o‘sha nafrat bilan ulg‘ayadi.

Sulli o‘sha tunda o‘lgan edi. Hozir biz ko‘rib turgan narsa esa — o‘tmishning tirik sharpasi. U endi qurbon emas. U endi o‘sha o‘tmishning mevasidir. Va u o‘zi bilan birga butun bir sulolani jahannamga yetaklab borishga tayyor. Chunki qalbida jarohati bor insonning nafratidan daxshatliroq kuch yo‘q...

Muqaddima: Hikoyaning boshlanishi (2016-yil)

Hammasi aynan Kim Namjon va Kim Sohwe otasining o‘limidan boshlanadi. O‘shanda ularning otasi kompaniya ancha chigal vaziyatda turgani sababli, katta o‘g‘li Sohwega ishonch bildiradi. Sohwe yoshi katta bo‘lgani uchun ham, otasi vasiyatnomada merosning katta qismini uning nomiga hujjatlashtirib bergan edi.

Otasining o‘limi haqidagi xabardan so‘ng, Namjon Koreyaga qaytib keladi. Holbuki, u uzoq vaqt chet elda o‘qigani sababli, chet el fuqaroligi maqomida edi. Namjon otasining janoza marosimlarini o‘tkazadi. Biroq, meros e’lon qilinadigan kuni akasi bilan oralarida qattiq nizo kelib chiqadi.

Kompaniyadagi dialog:

Namjon: (G‘azab bilan vasiyatnomani stolga urib) Demak, otam butun umrlik mehnatining mevasini senga qoldiribdi-da?! Men-chi? Men bu oila uchun hech kim emasmidim?!

Sohwe: (Vazminlik bilan ukasini tinchlantirishga urinib) Namjon, gapni eshit. Kompaniya hozir juda og‘ir va chigal ahvolda. Otam shuning uchun shunday qarorga kelgan. Men senga merosning yarmini to‘laqonli qilib beraman, so‘z beraman. Faqat hozir emas, vaziyat barqarorlashsin...

Namjon: (Aalamli kulgi aralash) Va’dalaringni o‘zingga olib qo‘y! Men sening rahm-shafqatingga muhtoj emasman!

Namjon akasining so‘zlariga ishonmaydi va jahl bilan kompaniyadan chiqib ketadi.

Tun va Qora qadam

Alam va nafrat otashida yongan Namjon tun yarmigacha tungi klubda o‘lar darajada ichdi. Hushi joyida bo‘lmagan ahvolda, ichidagi qahrini bosolmay, Kimlar xonadoniga (qo‘rg‘oniga) yetib keldi. Aqli nafs va g‘azab ortida ko‘r bo‘lgan Namjon to‘g‘ri Sullining xonasi tomon yurdi. Sulli o‘shanda atigi 6 yoshli ma’sum qizaloq edi (u 2010-yilda tug‘ilgan, Namjon esa 1996-yil, oradagi yosh farqi 14 yosh edi).

Eshik ochilganidan kichkina Sulli uyg‘onib ketadi va ko‘zlarini uqalab amakisiga qaraydi:

Sulli: (Chala uyquda, mayin ovozda) Amaki, sizmi?..

Ammo Namjonning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas edi. U nafsi va qahri qurboniga aylanib, 6 yoshli jiyanini zo`rlaydi (nomusiga tegadi). Sulli nima bo‘layotganini mutlaqo tushunmaydi, qo‘rquv va cheksiz og‘riqlarni ichiga yutib, faqat yig‘laydi.

Namjon ketish oldidan qizaloqning qulog‘iga sovuq ohangda tahdid qildi:

Namjon: Agar bu gapni birortaga aytsang, o‘zingga juda yomon bo‘ladi. Tushundingmi?! O‘zingni o‘ldiraman!

Shu voqeadan so‘ng 1yarim yil vaqt o‘tadi. Sohwe va’dasining ustidan chiqib, kompaniya aksiyalarining yarmini teng huquqli qilib Namjonga topshiradi. Aksiyalarni qo‘lga kiritgach, Namjon o‘sha tunda qilgan mudhish ishidan qattiq pushaymon bo‘ladi, ammo endi juda kech edi. U ich-etini yeb, Sulli bu mudhish voqeani shunchaki esidan chiqarib yuborishini umid qilib yashaydi.

Lekin Sulli buni hech qachon unutmaydi. Uning ruhiyatida erkaklarga va butun jamiyatga nisbatan cheksiz nafrat uyg‘onadi. Boz ustiga, qizaloqning oilasidagi muhit ham og‘ir edi — ota va ona o‘rtasidagi doimiy muammolar sabab, Sulliga hech kim e’tibor bermasdi. Ota-onasi faqat uning akasining o‘qishi va kelajagiga sarmoya kiritib, bor mehrini unga berishardi. Sulli mutlaqo mehrsizlik, yolg‘izlik va qo‘rquv ichida ulg‘aymoqda edi.

Sulli 12ga kirguncha vaziyat unchalik yomon emasdi. Hattoki oilasi ham unga mehr berar edi. Namjon Sullini xotirasidan o`chish uchun, Chet elga ketdi. U shu bilan uni xotirasidan o`chishga urindi, chet eldagi kompaniya ishlari bilan shug`illandi. Seokjin 2006-yilda tug`ilgan Sullidan 4yosh katta edi. U qat`iyatli bo`lib katta bo`layotgan edi. Janob Sohwe uni chet elga o`qishga jo`natishi munosabati bilan katta bazm uyushtirishdi. Seokjinning o`qishlari juda yaxshi, u juda ko`p o`qir hatto kompaniya ishlarida otasiga yordam berardi. Janob Sohwe shuning uchun ham o`g`lini juda yaxshi ko`rar edi. Bazm biznes tarixida 2022-yilning eng katta iz qoldirdi. Seokjin o`smirlik sho`xliklarini yengan, juda jiddiy ammo singlisini jonidan ortiq ko`radigan aka edi.

Bazm boshlangan, juda ko`p odamlar kelgan edi. Janob Kimlar oilasining mansabi juda yaxshi edi, ular Minlar oilasi bilan juda yaqin edi. Deyarli qarindoshdek bo`lib qolishgan. Hattoki Janob Heminning otasi va janob Sohwening otalari ham do`st bo`lishgan. Bu Bazmda ular ham bor ularning o`g`li Min Yoongi ham Jin bilan o`qishga ketayotgan edi. Min oilasining ikki farzandi qizil gilam ustidan mag`rur yurib mehmonxonaga kirishar edi.

Min Yoongi va Min Mina Minlar oilasining ko`z va ko`z qorachig`i kirib kelishyapti.

Bazm avjida asta-sekin mehmonlar yanada ko`payar edi. Hamma bazm to`rida turgan ikki oila farzandlaridan ko`z uzishmas edi. SeokJin va Sulli uzuk va uning olmosidek oilani ko`rkini ochib turgandi.

Bazm ochib berilish so`zini Sohwe ayta boshladi.

KIM SOHWE: Mana bugun biz oilamning kattasi bo`lgan farzandim, o`z pushti kamarimdan bo`lgan o`g`limni biznesga tayyorlash uni sirlarini o`rganish uchun chet elga jo`natmoqdaman. Uning muvaffaqiyatlari juda ko`p, yosh bo`lishiga qaramasdan ishonchimni oqlagan farzandim.

U SeokJin tomon qarab yana gapni davom etdi: O`g`lim yosh bo`lishingga qaramay, ishonchimni oqlaganing uchun senga bugun kompaniya aksiyalarining teng yarmini o`tkazmoqchiman. Bugundan sen aksiyadorsan chet eldan kelishing bilan hujjat o`z kuchiga kiradi va sen kompaniyaning bir bo`lagisan omad o`g`lim.

Hamma qarsak chalib olqishlashdi, Yoongi Seokjinni qutladi. Sulli mutloq xursand u akasini bunday mavaffaqiyatidan hursand edi. Mina ham Jinga tabrik sozlarini aytdi. Janob Sohwe esa hammani tinchlantirdi va yana gap boshladi.

Agar bilsangiz bugun nafaqat mening o`g`lim Minlar oilasining do`stim Heminning o`g`li Yoongi ham Jin bilan ketyapti. U ham o`qishlarida kuchli va otasining ishonchi. Uni ham olqishlashingiz mumkin.
Hamma olqishlar hamma ularning farzandlarining omadiga havas bilan qarar edi. YonGi hammaga jilmayib qarar Jin esa uni qo`lladi. Hamma bugungi ikki omadlining muvaffaqiyatlaridan hursand edi.

Hemin o`g`lining bu g`alabasidan obr`osidan faxr hissini tuydi ammo Wo Binga tuyganchalik emas(WoBin uning akasi). U Sohwega mamnun jilmaydi va o`rnidan turib so`z boshladi.

Avvalambor do`stim Sohwe iliq so`zlar uchun minnatdorman. Albatta bu do`stlik juda uzoq bo`ladi o`g`illarimiz ham shunchalar yaqin bo`ladi. Ularni birga o`qishga jo`natish eng maqsadli ish edi. Bu bazmni tashkil qilganing esa ayni muddao bo`libdi qadahlarni olinglar bugungi bazm biznes tarixiga muxrlansin.
Hamma qarsaklar chalishdi, qadahlar ko`tarildi hamma bazmni mazmunli o`tkazar edi. Xonim Min Rian va Xonim Sofi boshqa mansabdor ayollar bilan suxbat qurardi. Erkaklar esa biznes haqida hujjatlar tahriri kabilar haqida gaplashishar edi.

Sulli va Mina stol ustidagi shirinliklardan tamaddi qilib maktab voqealaridan suhbat qurishar edi. SeokJin va Yoongi tashqariga chiqishdi.

-          Yoongii mana chet elga ketyapmiz, endi katta hayotga qadam qo`yamiz. Esingdami sen o`qishga ketishdan avval birinchi muhabbating kim ekanini aytmoqchi eding. Bugun aytish vaqti kelmadimi? – SeokJin xazil aralash gapirdi.

-          SeokJin balki o`zing aytarsan, axir vadani bir o`zim bermaganman. – Yoongi kuldi.

-          Mayli men uyalmayman, singlingni yaxshi ko`raman. – So`zlar xuddi havoda osilib qolgandek bo`ldi. Yoongii rashk olovida yondi, u hech ikkilanmay Jinni yoqasidan oldi va dedi.

– Aqldan ozdingmi? SeokJin do`stimsanku aytgan gapingni qara.

-          Nima yomonmi? Axir mendak do`sting Minaga arzimasa kimga arziydi?

-          Jin xazilni bas qil.

-          Men yolg`on gapirmadim, ishonmasang o`zing bilasan ammo sevgim yolg`on bo`lganida uni akasiga iqror bo`larmidim.

-          O`ziga aytganmisan? – Yoongi biroz xira ovozdan dedi.

-          Yo`q aytmadim, o`zimni tiklab olsam aytaman.

-          To`g`ri qilasan u hali yosh sen oqishdan kelsang aytasan. Sen ham o`shanda bilasan meni yaxshi ko`rgan qizimni. – Yoongi qattiq kuldi.

-          Nima? Nega endi sen hozir aytmaysan? – SeokJin baland ovozda dedi.

- Chunki sen singlimni yaxshi ko`rasan endi, meni ko`nglimga do`st emas balki kuyov sifatida ham kirishing kerak. – Yoongi kuldi.

-          Bu adolatsizlik, yaramas Yoongi. – U shunday deb ichkariga kirib ketdi.

SeokJin kirib otasining va boshqa biznes hamkorlarning yonidan joy oldi. YonGi esa hamon o`ylar u biznes emas o`z yo`lidan ketishni istar edi. U majburlov bilan o`qishga ketayotgan edi. Aslida Yoongi prodyusserlikka qo`shiq yozish va san`atga qiziqadi, ammo otasi uni biznes olamiga kirishi uchun harakat qilyapti. Yoongii qo`shiqlar yozishini hech kim bilmasdi faqat Jin bilardi. Yoongi otasiga bu qilmishini aytganda otasi unga qattiq qarshi chiqdi. Yoongining studiyasini sotib yubordi va keyin Yoongi qayta sotib olish uchun otasi bilan shartnoma tuzdi. Otasi studiyani qaytarib beradi evaziga esa, u otasi aytganidek o`qishga ketadi. Yoongi shunchaki ssenariyga tushib qolgandek his qilardi o`zini lekin, bu qiyin u bunday davrida nega qiyinchililar ko`rishi kerak. Endi kech shartnoma buzilsa uning studiyasini sotib yuborishadi.

Yoongi mehmonxonaga kiruvchi eshik oldida qotib qoldi.

U atrofdagilarga qarar ammo ular orasida o`ziga joy topa olmadi. U yana ichkariga ko`z yugurtirdi, uzoqroqda singlisi va Sullining jilmayib suhbatlashishini ko`rib ichidan bir hisni his qildi. U Sullini yaxshi ko`rardi, xuddi Jin Minani yaxshi ko`rgan kabi. Hayot shunisi bilan qiziq ekanda. Har bir-biriga chirmashib ketgan taqdirlar, afsuski Sulli na o`z tarixida bo`lgan ish mag`zini chaqmagan, na Yoongi uni o`tmishini bilmasdi. Xolbuki Sulli hali juda yosh bunday narsalarni qayerdan ham bilsin. Yoongi astagina ichkariga qadam qo`ydi, odamlar shovqini uni o`z domiga tortdi. Yoongi Janob Hemin va Janob Sohwening oldiga bordi va ular bilan turgan akasi Wobinning qarishisidan joy oldi. Wobin unga jilmaydi ammo Yoongi emas.

-          Janoblar kecha yaxshi o`tyaptimi? – Yoongi jilmaydi.

-          Ha a`lo darajada! – dedi otasi Hemin.

-          Nega janoblar deysan? Rasmiyatchilikning keragi yo`q o`g`lim. – Janob Sohwe uni yelkasiga qo`lini qo`ydi.

Yoongi jilmaydi, otasi Hemin uni biznesga chorlay olganidan xursand edi. SeokJin suxbatga qo`shildi:

-          Yoongi men kabi xushmuomala bo`lsangchi, qara otang bilan juda yaqinmiz to`g`rimi amaki?

Yongi Seokjin va otasining yelkalashib turganini ko`rib kulib qo`ydi. Yoogi SeokJinning buncha harakati nimadan ekanini bilgani bois dedi:

-          Sen rostdan ham otam bilan juda yaxshi kelishasan, lekin men ham Sohwe amakim bilan ota boladekmiz to`g`rimi?

-          Albatta o`g`lim! – Dedi janob Sohwe.

-          Hali ko`rasan Yoongi men oilangizning bir bo`lagiga aylanaman, amaki meni qabul qilasizmi?

SeokJinning gapiga hamma kuldi, janob Sohwe o`g`lining gapidan qattiq-qattiq kuldi. Hemin esa biroz to`xtab qiziga qaradi va hammasini tushunib dedi:

-          Ha, o`g`lim seni qabul qilamiz. Avval o`zingni yo`lingni topib ol, ikkingizga ham omad yor bo`lsin.

Wobin  bu suhbatga ikki og`iz gap qo`shishga urindi, ammo unday qila olmadi. U ukasiga qilinayotgan ishlaridan mutloq xabari bor edi. U otasiga qarshi chiqa olmasdi, ukasining tarafini ola-olmasdi.

Ular jim qolishdi, birozdan so`ng yana biznes haqidagi gaplar ochildi. YonGi bunday suhbatlardan bezor bo`lib ketgan, u astagina yana tashqariga qochib qutuldi. Tashqarida Sulli telefonida nimadirlarni ko`rib bir kular, bir g`amgin tortib qolardi.

Yoongi uni ko`rib miyig`ida kulib qo`ydi.

Yoongini kelganini bilmagan Sulli o`zicha nimadirlar deb shivillar, hayolidagi hamma gaplarni bichirlab chiqarardi:

-          Qanchalar chiroyli tun, men bunda yulduz emas oy bo`lishni istayman. Bu juda ajoyib bo`ladi hayot go`zal faqat qanday yashamoqni bilish kerak. Ammo bilganlarimdan bilmaganlarim ko`proq.

-          Kxm Kxm. – Yoongi ortiq bu falsafaviy gaplarga toqat qila olmay tamoq qirdi.

Sulli dovdirab qoldi, u Yoongiga qarab dedi:

-          Qachondan beri bu yerdasiz?

-          Mmm nima desam ekan telefonda nimalarnidir korib keyin shivir-shivir qilib gapirib boshlaganingdan beri. – Yoongi kuldi.

Sulli labini tishlagancha stulga o`tirib qoldi. U boyagina aytgan gaplaridan juda ham afsuslandi. Yoongi uni bunchalik hafa bo`lib qolishini hayoliga ham keltirmagan edi.

Tashqaridagi tungi shamol mayin esardi. Mehmonxona ichidan kelayotgan musiqa ovozi esa uzoqdan xira eshitilib turardi. Sulli hanuz noqulay ahvolda stul chetida o‘tirar, YonGi esa unga qarab miyig‘ida kulardi.

— Rostini aytsam… — dedi Yoongi qo‘llarini cho‘ntagiga solib. — 12 yoshli kichkina qizchada bunchalik falsafa bo‘lishini kutmagandim.

Sulli darrov qoshlarini chimirdi.

— Men yosh bola emasman.

U yuzini ishshaytirib boshqa tomonga qaradi. Yoongi esa uning xafa bo‘lganini ko‘rib kulib yubordi.

— Xo‘p-xo‘p, kechirasan. Shunchaki… odam ichidagini pichirlab chiqarmasa, ba’zida portlab ketadigandek bo‘ladi.

Sulli asta unga qaradi. Boyagi hazil ohangi orasida g‘alati bir jiddiylik bor edi.

— Aka… siz nega bunchalar dardlisiz?

Yoongi bir soniya qotib qoldi. So‘ng kulib yuborgandek bo‘ldi.

— Nima?

— Kulmang. Rostdan so‘rayapman. Sizni nimadir bezovta qilyapti.

Yoongi ko‘zlarini olib qochdi.

— Yo‘g‘-e… shunchaki charchaganman.

Sulli indamadi. Faqat uning yuziga tikilib qoldi. Yoongi esa ilk marta kimdir uning ichidagi yashirin charchoqni bunchalik tez payqaganidan biroz hayratga tushdi.

Atrof jimjit edi.Faqat uzoqdagi musiqa va tungi shamol.Sulli esa negadir yuragi siqilib ketayotganini his qildi.Yoongi hozir uning yonida edi. Uni tushunayotgandek edi. Gaplarini masxara qilmayotgandi. Bu hissiyot Sulliga yoqayotgandi.

Ammo aynan shu narsa uni qo‘rqitdi ham.Chunki u yaxshi bilardi:inson eng ko‘p o‘rganib qolgan odamidan ayrilganda og‘riq kuchli bo‘ladi.

Yoongi esa yaqin orada ketardi.Juda uzoqqa.

Bazm asta-sekin yakuniga yetardi. Mehmonlar birin-ketin xayrlashib, hashamatli mehmonxonani tark etishardi. Yorqin chiroqlar, baland kulgular va qadah jaranglari ham sekinlik bilan tun qa’riga singib borardi.

Sulli esa ortiq u yerda qololmadi. U hech ikkilanmay Mina tomon yugurdi.

— Minaaa! – Mina kulib uni quchoqlab oldi.

— Voy, qo‘rqitib yubording-ku!

Sulli atay erkalangandek uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Zerikdim.

— Yolg‘onchi, boyadan beri Yoongi akam bilan falsafa qilib o‘tirganding.

Sulli birdan qizarib ketdi.— Nimalar deyapsan?!

Mina qiqirlab kuldi.Uzoqroqda esa Yoongi yolg‘iz qolgancha chuqur nafas oldi. Salqin tun havosi boshidagi chalkash o‘ylarni bir zumga bo‘lsa ham yengillatgandek edi.

Ammo yuragidagi g‘ashlik ketmadi.U osmonga qaradi.Ba’zan inson eng yaqin bo‘lmagan odam bilan ham g‘alati darajada o‘xshash dardni his qilarkan.Va bu hissiyot uni bezovta qilayotgandi.

Tun anchaga borib tugadi.

Kimlar qo‘rg‘oniga qaytilgach, xizmatkorlar bazmdan olib kelingan sovg‘alar va buyumlarni joylashtirish bilan ovora edi. Uy ichida esa charchoq hukm surardi.

SeokJin xonasida chet elga olib ketadigan kiyimlarini tartib bilan yig‘ayotgan edi. Karavot ustida ochiq chamadon yotar, xona bo‘ylab esa tartibli taxlangan kiyimlar sochilib ketgandi.

Shu payt eshik qattiq ochildi.

— Akaaaa!

Sulli shamolday ichkariga otilib kirdi.

SeokJin cho‘chib boshini ko‘tardi.

— Yahshi yuribsanmi o‘zi?! Yuragimni tushirib yubording-ku.

Sulli indamay kelib karavotiga o‘tirdi-da, yuzini yostiqqa bosdi.

— Ketmang.

Xonadagi havo bir zumda o‘zgardi.SeokJinning qo‘llari sekin to‘xtadi.U singlisiga qaradi.Boyadan beri sho‘xlik qilib yurgan qizaloqning ovozida hozir juda g‘alati mung bor edi.

— Sulli…

— Ketmang, aka.

Bu safar ovozi pastroq chiqdi.SeokJin asta uning yoniga kelib o‘tirdi.

— Axir o‘qish uchun ketyapman. Qaytaman-ku.

Sulli boshini ko‘tarmadi.

— Hamma qaytaman deydi.

Bu oddiy gap edi.Lekin negadir SeokJinning yuragini g‘ash qildi.

SeokJin sekin singlisini bag‘riga bosdi. Uning mayda yelkalaridan taralayotgan titroq akasining yuragini ezib yuborgandek bo‘ldi.

— Men qaytaman-ku, — dedi u mayin ovozda. — Nega buncha xavotir olasan? Akalar singlisini tashlab ketmaydi.

Sulli labini tishladi. Ko‘zlari yoshga to‘lib ketgan edi.

— Sizni sog‘inaman…

SeokJinning nigohi yumshadi. U singlisining boshini siladi.

— Men ham sog‘inaman. Ammo majburman.

Bir necha soniya sukut cho‘kdi. So‘ng SeokJin birdan jilmaydi.

— Shunday ekan… kel, va’da beramiz.

Sulli yoshlarini artib unga qaradi.

— Qanday va’da?

— Qaytib kelganimda bir-birimizni qattiq quchoqlaymiz. Keyin esa birga borib eng mazali ponchiklardan yeymiz.

Sulli nihoyat kulib yubordi.

— Kelishdik.

U akasini mahkam quchoqladi.

— Yaxshi dam oling, aka.

Shunday deb asta xonadan chiqib ketdi.

SeokJin esa uzoq vaqt eshikka qarab qoldi. Go‘yo hozirgina berilgan oddiy va’da uning xotirasiga muhrlanib qolgandek edi.U chuqur nafas olib, kiyimlarini yig‘ishtirdi. So‘ng yuvinib kelib karavotiga yotdi.

Sulli ham xonasiga kirib, indamay yuvundi va uyquga tayyorlandi. Tashqarida tun allaqachon sukutga cho‘kkan edi.Ko‘p o‘tmay u uxlab qoldi.Ammo uyqu unga tinchlik olib kelmadi.

Qorong‘i tush yana o‘sha eshikni ochdi.Yana o‘sha tun.Yana o‘sha qo‘rquv.Olti yoshli qizaloqning titrayotgan qo‘llari…Amakisining sovuq nigohi…Sulli tushida ham qichqira olmadi.U birdan uyg‘onib ketdi.

Ko‘zlaridan yosh oqardi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, butun tanasi qaltirardi. Qalbida o‘sha eski og‘riq yana tirilgandi.

Bu hissiyot unga uyatli tuyulardi.Shu sabab doimgidek ovozsiz yig‘ladi.Unsiz.Hech kim eshitmaydigan darajada sekin.

So‘ng yana ko‘zlarini yumdi.Go‘yo uxlab qolsa, hammasi yo‘qoladigandek.Lekin u yaxshi bilardi — bu xotira hech qayerga ketmaydi.

Sulli o‘sha voqeadan keyin ko‘p marta o‘zini ishontirishga uringan edi. Ba’zan bo‘lmagan deb o‘ylashga harakat qilardi. Ba’zan esa o‘sha tunni xotirasidan sug‘urib tashlamoqchi bo‘lardi.Ammo tushlari uni doim haqiqatga qaytarardi.Bu sodir bo‘lgan edi.Va u buni unutolmasdi.

Namjon esa aksincha, uning unutishini istardi.Hatto chet eldan qaytib kelgan paytlarida ham Sulliga atay mehribon ko‘rinishga urinardi. Sovg‘alar olib kelar, yumshoq gapirar, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek muomala qilardi.

Sulli esa bundan battar nafratlanardi.Yosh bo‘lishiga qaramay, u bir narsani juda yaxshi tushunardi:ba’zi insonlar qilgan gunohini yashirish uchun mehribonlik niqobini taqadi.

Ertasi tong Kimlar qo‘rg‘onida g‘alati sokinlik hukm surardi. Kechagi bazmning shovqini allaqachon yo‘qolgandi. Faqat xizmatkorlarning past ovozdagi qadamlari va hovlidagi mashina tovushi eshitilib turardi.

Kotib Chxve barcha hujjatlar va chiptalarni olib kelgan, haydovchilar esa yuklarni mashinaga joylashtirish bilan band edi.

SeokJin jo‘nab ketishidan avval bir joyga kirishi kerakligini his qildi.U sekin Sullining xonasi tomon yurdi.

Eshikni ehtiyotkor ochganda, Sulli hali uxlayotgan edi. Kechagi dahshatli tush uni holdan toydirgandi. Oqartirilgan pardalar orasidan tushayotgan tong nuri qizning charchagan yuziga urilar, ko‘z atroflaridagi bilinib turgan shishlar esa uning kecha yig‘laganini oshkor etardi.SeokJinning yuragi uvishib ketdi.

U asta singlisining yoniga o‘tirdi-da, uni ehtiyotkor bag‘riga bosdi.

— Men qaytib kelaman, — deb pichirladi u. — Va’damning ustidan chiqaman. Seni yaxshi ko‘raman, singlim.Sulli uyqu aralash biroz qimirladi, ammo uyg‘onmadi.

SeokJin sekin o‘rnidan turdi. So‘ng stol ustidagi Sullining daftarini ko‘rib qoldi. U ruchkani olib, bir necha soniya o‘ylanib turdi-da, yozdi:

"Men qaytib kelaman. Va’damni unutmayman. Seni yaxshi ko‘raman."

U daftarni yopib, xonadan chiqdi.

Pastda esa janob Sohwe va xonim Sofi kutib turishardi.Sohwe o‘g‘lining oldiga kelib uni mahkam quchoqladi.

— Seni yaxshi ko‘ramiz, o‘g‘lim. Yo‘ling bexatar bo‘lsin.

Bu oddiy gap edi. Ammo SeokJin otasining ovozidagi faxrni his qildi.

Sofi esa o‘g‘lini bag‘riga bosgancha uzoq qo‘yib yubormadi.

— Faqat o‘zingni ehtiyot qil…Xolos.

Shundan ortig‘ini aytolmadi.Ko‘zlariga yosh qalqib chiqdi.

SeokJin mashinaga o‘tirgach, oynadan ortda qolayotgan uyiga qaradi. Yuragi siqildi. Ko‘zlari namlandi.Ammo u endi yosh bola emasdi.Hammasini eplashi kerak edi.

Xuddi shu paytda Minlar xonadonida ham jo‘nab ketish taraddudi davom etardi.Mina akasini kuzatish uchun juda erta uyg‘ongan edi. U yugurib Yoongining xonasiga kirdi.

— Akaaa!

Yoongi karavotdan boshini burdi. Mina esa yugurib kelib uni quchoqladi. Yoongi kulib singlisini ko‘tarib oldi.

— Akajon, sizni yaxshi ko‘raman. O‘zingizni asrang.

Yoongi uning beg‘ubor gaplaridan iliq jilmaydi.

— Men ham seni juda yaxshi ko‘raman, singlim.

U Minani ko‘targancha pastga tushayotganida qiz cho‘ntagidan taxlangan qog‘oz chiqarib unga uzatdi.

Yoongi uni ochib qaradi.Bu eski she’r edi.O‘zi yozgan she’r.Bir paytlar otasi yoqib yubormoqchi bo‘lgan qog‘oz.Yoongi hayrat bilan Minaga qaradi.

Mina esa jiddiy ohangda dedi:

— Aka… bilaman sizga aslida biznes yoqmaydi. Qo‘shiqlaringiz juda yaxshi. Shu ishingizni tashlab qo‘ymang. Balki ikkisini ham birga olib borarsiz.

Yoongi bir necha soniya gapira olmadi.So‘ng singlisining peshonasidan o‘pdi.

— Rahmat, Mina.

Mashina oldida yuklar joylashtirilayotgan payt janob Hemin asta o‘g‘lining yoniga keldi.

— O‘g‘lim… ishonchimni oqlaysan deb umid qilaman.

Yoongi jim tinglardi.

— Akangni bilasan. U sendan atigi uch yosh katta, ammo allaqachon mening o‘ng qo‘limga aylangan. Sen esa hanuz orzularing qanotida yuribsan.Yoongining qo‘llari musht bo‘lib tugildi.

Hemin sovuq ohangda davom etdi:

— Akangning darajasiga yetmaguningcha chet eldan qaytib kelmaysan. Bu — mening oxirgi qarorim.

YoonGining ko‘zlari katta ochildi.Bu ularning kelishuvi emasdi.

— Dada…

— Jim.

Heminning qat’iy ovozi uni to‘xtatdi.

— Bu bosim emas. Otaning qarori. Va sen buni hurmat qilasan.

Yoongi indamay qoldi.Ichida nimadir sinayotgandek edi.

Xonim Rian esa o‘g‘lini mahkam bag‘riga bosdi.

— Omad, o‘g‘lim. Seni yaxshi ko‘raman.

Yoongi boshqa biror nima demadi. Mashinaga o‘tirdi va yuzini oynaga burdi.Ko‘zidan jimgina yosh oqdi.Ammo buni hech kim ko‘rmadi. Wobin chiqa olmadi uni kuzatishga ju'rat topa olmadi.

Aeroportda SeokJin va Yoongi bir-biri bilan ko‘rishishdi. Ular bir-birining ko‘zidagi yashirin qo‘rquvni sezishardi, ammo ikkalasi ham buni tilga olmadi.

Oradan ko‘p o‘tmay samolyot havoga ko‘tarildi.Koreya asta-sekin bulutlar ortida qolib ketardi.

Oldinda esa ularni Germaniyadagi mashhur iqtisodiyot akademik tayyorlov markazi — Heidelberg International Academy of Economics kutardi.

Va ular hali bilmasdi:bu safar nafaqat yangi hayot,balki ularning taqdirini butunlay o‘zgartiradigan sinovlar ham boshlanayotgan edi.

Min Wobin (Yoongining Akasi)

Min Wo Bin —19 yoshda, Yoongidan uch yosh katta yigit. U Koreyadagi nufuzli iqtisodiyot universitetlaridan birida tahsil olar, yosh bo‘lishiga qaramay allaqachon biznes olamida nom chiqara boshlagandi. Xarakteri jiddiy, sovuqqon va qat’iyatli bo‘lsa-da, oilasiga nisbatan juda mehribon edi. Ayniqsa singlisi Mina va ukasi Yoongia doim g‘amxo‘rlik qilardi. Ammo so`nggi yilda bunday g`amxo`rlik qila olmadi.

Janob Hemin kompaniyada eng ko‘p aynan Wobinga ishonardi. Shu sabab u allaqachon kompaniyaning teng huquqli aksiyadorlaridan biriga aylangan, hatto ko‘pchilik uni “janob Heminning o‘ng qo‘li” deb atardi. Wobin biznesni chin dildan sevardi va otasining yo‘lidan yurishni istardi. Bu esa uni Yoongidan tubdan farqlab turardi.

Ayni paytda Kimlar qo‘rg‘onida esa og‘ir sukunat hukm surardi.Sulli asta ko‘zlarini ochdi.

Bir necha soniya u qayerdaligini anglolmay shiftga tikilib yotdi. So‘ng birdan akasi bugun ketishini esladi.

U shoshib o‘rnidan turdi-da, xonadan yugurib chiqdi.Uy g‘alati darajada jimjit edi.Na SeokJinning ovozi, na xizmatkorlarning odatdagi shoshqinligi eshitilardi.Sullining yuragi g‘ash tortdi.U tezda akasining xonasiga yugurdi.

Eshik ochiq edi.Ichkarida esa xizmatkor ayollar xona yig‘ishtirayotgan edi. Karavot tartibga keltirilgan, shkaf eshiklari yopilgan, xona esa allaqachon egasisiz bo‘lib qolgandek tuyulardi.

Sulli sekin so‘radi:

— Akam… ketdilarmi?

Xizmatkor ayol ishini to‘xtatib unga achinish bilan qaradi.

— Ha, xonimcha. Siz uxlab qolgan ekansiz.

Shu zahoti Sullining ko‘zlariga yosh to‘ldi.U indamay ortiga chekindi.Go‘yo ichida nimadir bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandek edi.

— Oyimlarchi?..

— Janob Sohwe va xonim Sofi biznes hamkorlar bilan uchrashuvga ketishdi.

Yana sukunat.Uy juda katta edi.Ammo ayni damda Sulliga u bo‘m-bo‘sh va sovuq qo‘rg‘ondek tuyulardi.U birinchi marta o‘zini chinakam yolg‘iz his qildi.

Sulli sekin xonasiga qaytdi. Yuragi hanuz siqilib turardi. U akasining bo‘m-bo‘sh qolgan xonasidan chiqqanidan beri ichidagi sovuq hissiyot ketmayotgandi.

U stol yoniga kelib daftarini ochdi.Va birdan ko‘zlari yozuvga tushdi.

"Men qaytib kelaman. Va’damni unutmayman. Seni yaxshi ko‘raman."

Sullining ko‘zlari chaqnab ketdi. U daftarni bag‘riga bosib sekin jilmaydi.

— Ahmoq aka…

Ammo shu zahoti kechagi tush xotirasiga urildi.Birdan tanasi muzlab ketgandek bo‘ldi.O‘sha qorong‘i xona…O‘sha sovuq qo‘llar…O‘sha tahdid…

Sulli asta yerga cho‘kdi. Tizzalarini quchoqlagancha pichirladi:

— Nafratlanaman…

Boshqa hech nima deyolmadi.Faqat shu so‘z ichida aylanardi.Nafrat.Qo‘rquv.Uyat.

Sulli uzoq ikkilanib o‘tirgach, kompyuterini yoqdi. Yuragi juda tez urardi. Go‘yo hozir qilayotgan ishi ham katta gunohdek tuyulayotgandi.

Bir necha kun oldin u anonim qizlar guruhida savol qoldirgandi.Bugun esa javoblar juda ko‘paygan edi.

Savol oddiy, ammo dahshatli edi:

"Kimdir seni zo‘rlashi nimani anglatadi?"

Sulli izohlarni birma-bir o‘qiy boshladi.

“Qizaloq, bu nechchi yoshingda bo‘lganini bilmayman-u, lekin juda og‘ir narsa…”

“Agar seni majburlashgan bo‘lsa, bu jinoyat hisoblanadi.”

“Bu ish uchun o‘zingni ayblama.”

“Buni ichingda saqlama, iltimos.”

Sullining qo‘llari titray boshladi.

U uzoq ekranga qarab qoldi-da, nihoyat javob yozdi:

"5-6 yoshimda bo‘lgan edi. Hozir 12 yoshman."

Bir necha soniya ichida yangi javoblar yog‘ila boshladi.

“Voy xudoyim…”

“Senga juda achindim…”

“Bu yoshda bola hali hech narsani tushunmaydi-ku…”

“Kim qilgan buni?”

Sulli labini tishlab yozdi:

"Amakim. Hozir 26 yoshda."

Chat bir zum jimib qolgandek bo‘ldi.Keyin esa birdan hamma yozishni boshladi.

“Bu dahshat…”

“Iltimos, yolg‘iz qolma.”

“Biror ishonchli kattaga aytishing kerak.”

“Qo‘rqma, sen aybdor emassan.”

Ko‘p o‘tmay ulardan biri videochat ochishni taklif qildi.Sulli qo‘rqib turgan bo‘lsa ham, qo‘shildi.

Ekranda turli yoshdagi qizlar paydo bo‘ldi. Kimdir universitet talabasi edi, kimdir maktab o‘quvchisi. Ularning yuzida achinish va xavotir bilinardi.

— Isming nima? — dedi muloyim ovozli qizlardan biri.

— Sulli…

— Sulli, qo‘rqma maylimi? Bu yerda seni hech kim yomonlamaydi.

Sulli shu gapni eshitib yig‘lab yubordi.

— Men… men aytsam u meni o‘ldiradi…

— Yo‘q, — dedi boshqa qiz qat’iy ovozda. — Bu seni qo‘rqitish uchun aytilgan gap. Sen hali kichkina bo‘lgansan.

— Ota-onang biladimi?

Sulli bosh chayqadi.

— Hech kim bilmaydi…

Qizlar bir-biriga qarab qolishdi.

— Necha yil bo‘ldi?

— Olti yilcha…

— Shu vaqt ichida biror marta doktorga borgansanmi?

Sulli nima deyishni bilmay qoldi.

— Yo‘q…

Shunda katta yoshliroq qiz ehtiyotkor ohangda so‘radi:

— Sulli… sog‘lig‘ing yaxshimi? Masalan, odatdagi o‘sish jarayonlaring normal bo‘lganmi?

— Qanaqa?..

Qiz noqulay bo‘lib yo‘talgandek qildi.

— Masalan… hayz ko‘ra boshlaganmisan?

Sulli sekin bosh irg‘adi.

— Ha…

Qizlar yengil tortgandek bo‘lishdi.

— Demak jismoniy tomondan holating joyida ko‘rinadi.

— Eng muhimi, sen hozir xavfsizsan.

— Ammo baribir biror ishonchli katta odam bilan gaplashishing kerak.

Sulli esa faqat jim yig‘lardi.

Bir payt boshqa qiz muloyim ovozda dedi:

— Sulli, yaxshilab eshit. Senga qilingan ish — jinoyat. Bu seni yomon yoki “iflos” qilmaydi. Ayb u insonda.

Sulli shu joyda ko‘zlarini mahkam yumdi.Ammo ichidagi uyat hissi ketmayotgandi.

— Lekin men o‘zimni juda yomon his qilaman… — dedi u titroq ovozda.

— Chunki sen travma olgansan, — dedi qizlardan biri. — Bu normal holat. Lekin sening qadriing kamayib qolmagan.

— O‘zingni ayblama.

— Sen hali ham o‘sha begunoh qizsan.

Sulli yig‘isini zo‘rg‘a bosdi.

— Rahmat…

— Har doim yozishing mumkin.

— Yolg‘iz emassan.

Videochat tugagach, Sulli uzoq vaqt qotib qoldi.So‘ng sekin Facebook oynasini yopdi.Xona yana jimjitlikka cho‘mdi.

Ammo qizlarning ayrim gaplari uning miyasida aralashib ketgandi.

"Bu seni yomon qilmaydi..."

"Sen aybdor emassan..."

Ammo boshqa ovoz ichida kuchliroq yangrardi:

"Uyat..."

"Nomus..."

Sulli asta oynadagi aksiga qaradi.Va birdan o‘zini singandek his qildi.Ko‘zlaridan yosh oqib tusharkan, u pichirladi:

— Qanday qilib endi oddiy yashayman?..

Xizmatkor ayol eshikni asta taqillatdi.

— Kichik xonim… nonushta tayyor bo‘ldi.

Sulli kompyuter ekranidan bosh ko‘tardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi esa oqarib qolgan edi. U sekin o‘rnidan turdi.

Pastga tushayotganida oyoqlari qaltirardi.Boyagi suhbatlar hanuz miyasida aylanardi."Bu jinoyat...""Sen aybdor emassan...""Nomus...""Uyat..."

Har bir gap yuragiga mixdek botayotgandi.Sulli stol qarshisiga kelib o‘tirdi. Xizmatkorlar nonushtani qo‘yib ketishdi. Stol ustida tuxum, tost va issiq choy turardi.

U qo‘liga sanchqini oldi.Tuxumdan bir parcha olmoqchidek bo‘ldi.Ammo qo‘li havoda qotib qoldi.Ko‘ngli ayniyotgandek edi.Yutina olmadi.

Bir necha soniya jim o‘tirgach, sekin sanchqini qo‘ydi va indamay o‘rnidan turdi.

Xizmatkor ayol hayron qarab qoldi.

— Kichik xonim?..

Lekin Sulli javob bermadi.U yana xonasiga chiqib ketdi.Eshikni ichkaridan tambalab oldi.Va karavotiga yiqildi.Bugun u darslarini ham qilmadi.Telefoniga ham qaramadi.Faqat uxlab yotdi.

Go‘yo uyqu ichidagi og‘riqlarni bir muddat bo‘lsa ham o‘chirib yuboradigandek.

Kechga yaqin Kimlar qo‘rg‘oniga xonim Sofi qaytdi.U odatdagidek sumkasini xizmatkorga uzatarkan, beparvo ohangda so‘radi:

— Sulli qayerda?

Xizmatkor ayol biroz ikkilandi.

— Kichik xonim ertalabdan beri xonasidan chiqmadi. Sababini bilmayman… nonushtani ham deyarli yemadi.

Sofining yuzi jiddiylashdi.U qizining bu holatidan ichida asabiylashdi.Sofi farzandlarining ta’limiga juda qattiq qarardi. SeokJin har doim mukammal edi. Shu sabab u Sullining ham ortda qolishini istamasdi.

U darrov yuqoriga chiqdi.Tak.Tak.Tak.

— Sulli.

Ichkaridan javob bo‘lmadi.Sofi qoshlarini chimirdi. Ammo jahlini bosdi.

"Akasi ketgani uchun xafa bo‘lib yuribdi," deb o‘yladi u.U yana pastga tushdi-da, oshxonaga kirib buyurdi:

— Sulli yaxshi ko‘radigan sutli guruch tayyorlanglar.

Shundan so‘ng yana ish hujjatlari bilan band bo‘lish uchun xonasiga chiqib ketdi.

Sulli esa kechga yaqin uyg‘ondi.Xona qorong‘ilashib ketgan edi.U telefoniga qaradi.Soat sakkiz.Qiz birdan cho‘chib o‘rnidan turdi.

— Darslar…

Bugun birorta topshiriq qilinmaganini eslab yuragi siqildi.U onasidan gap eshitishini sezgandek shoshilib daftarlarini ochdi. Bir necha mashqlarni chala bo‘lsa ham yozib chiqdi.

So‘ng yuvinib, asta oshxonaga tushdi.Stol atrofida Sofi o‘tirardi.Ayol qiziga qisqa qarab qo‘ydi, ammo odatdagidek qattiq gapirmadi.

Sulli esa birdan tanish hidni sezdi.Sutli guruch.Uning eng sevimli ovqati.Qiz indamay stolga o‘tirdi.Sofi sokin ovozda gap boshladi:

— Akang ketgani uchun xafasan. Lekin bilib qo‘y, u qaytadi. Ko‘nglingni tushirma.

Sulli sekin bosh irg‘adi.

— Xo‘p…

U ovqatni asta yeya boshladi. Issiq sutli guruch tomog‘idan zo‘rg‘a o‘tayotgan bo‘lsa ham, negadir ichidagi sovuq hissiyot biroz yumshagandek edi.

Ovqat tugagach, Sulli o‘rnidan turdi.

Shunda Sofi yana dedi:

— Darslaringni qilgan bo‘lsang kerak?

Sullining yuragi orqaga tortib ketdi.

— Ha… biroz.

— Keyin chiqib tekshiraman.

— Xo‘p.

Sulli shunday deb deyarli yugurgancha xonasiga chiqib ketdi.Chunki u hali daftaridagi chala javoblarni tugatib ulgurmagan edi.

Sulli xonasiga chiqib, eshikni sekin yopdi. Pastdagi og‘ir kayfiyatni unutishga urinib, daftarlarini oldi. U o‘zini majburlab dars qilishga kirishdi. Matematik misollar, grammatika mashqlari… hech biri miyasiga kirmasdi. Ammo baribir yozardi.

Chunki xato qilishdan qo‘rqardi.Juda qo‘rqardi.U daftariga egilib o‘tirgan payt pastdan bo‘g‘iq baqiriq eshitildi.Otasi.Sulli qotib qoldi.

Keyin asta o‘rnidan turib, eshikni ochdi. Zinadan pastga mo‘raladi.Pastda Sofi va Sohwe bir-biriga qarab turardi. Sofining ko‘zlari qizarib ketgan, Sohwe esa jahl ustida edi.

— Agar hammasi yolg‘on bo‘lsa, nega buncha kech keldingiz?! — Sofining ovozi titrardi. — Ertaroq kelganingizda kam bo‘lib qolarmidi?!

Sohwe birdan ayolining bilagidan qattiq ushladi.

— Ish cho‘zilib ketdi, meni tushun!

— Yo‘q! Siz doim shunday deysiz! Doim aldaysiz!

Janjalning sababi oddiy rashk edi.Bugungi konferensiyada Sohwening kotibi Chxve Sonmin ning rafiqasi Chxve Soi bilan juda yaqin gaplashgani Sofining ichida shubha uyg‘otgan edi. Ayol bu hissini ichiga yutib yurgan, ammo Sohwening uyga kech qaytishi hammasini portlatib yuborgandi.

Sohwening ko‘zlarida ham eski alam uyg‘ondi.

— Menga qara, — dedi u sovuq ohangda. — Esingdami? SeokJin tug‘ilgandan keyin sen Park Sonje bilan juda yaqin eding.

Sofining yuzi oqarib ketdi.

— Men…

— Men o‘shanda senga indamagandim! Hatto uyiga ham qatnarding!

— Men faqat uning rafiqasi bilan yaqin edim!

— Shunga ishonadi deb o‘ylaysanmi?! — Sohwe baqirib yubordi. — Uning qanday odamligini butun biznes olami biladi!

Sofi boshini chayqardi.

— Yo‘q… bunday emas…

Ammo endi Sohwe to‘xtay olmasdi.Yillar davomida yig‘ilgan shubha, rashk va g‘azab bir zumda yuzaga chiqdi.

U birdan zaharli ohangda dedi:

— Xudo biladi… balki Sulli ham mendan emasdir.

Sulli zinada turgan joyida muzlab qoldi.Sofining ko‘zlari katta ochildi. Ayol birdan Sohwening oyoqlariga yiqildi.

— Yo‘q! Men sizga xiyonat qilmaganman! Ishoning! Sulli sizning qizingiz!Sohwe esa uni siltab yubordi.

— Ishonishim kerakmi?!

Uning jahli shu darajaga yetgandiki, u Sofini urib yubordi.Sulli endi chiday olmadi.

— Dada, bo‘ldi!

U yugurib tushib onasining oldiga bordi va otasining qo‘lini ushladi.Sohwe birdan hushiga kelgandek qiziga qaradi. Uning qahrli ko‘zlari bir zum yumshadi.

— Kechir, qizim… bu muammo sen bilan emas.

U egilib Sullining yelkasidan ushladi.

— Xonangga chiq. Buni o‘zimiz hal qilamiz.

Sohwe qizni zinapoya tomon yetakladi-da, ortiga qayrildi.Sofi esa yerda o‘tirgancha Sulliga qaradi.Ammo bu ona nigohi emasdi.Bu g‘azab, alam va aybdor izlayotgan insonning qarashi edi.Go‘yo hamma muammo sababchisi Sullidek.Sulli bu qarashni tushundi.Va indamay yana xonasiga chiqib ketdi.

Sofi bir necha daqiqadan keyin yuzini yuvdi. Oqartirilgan hammom oynasiga qararkan, o‘zidan jirkanayotgandek edi.

Ha.U bir paytlar Park Sonje bilan yaqin bo‘lgan.Ammo bu jiddiy munosabat emasdi.U bilan hech qachon oilasini buzadigan darajada yaqinlashmagan edi.Lekin endi buning ahamiyati qolmagandi.Sohwe unga boshqa ishonmasdi.

Ayolning ichidagi g‘azab esa noto‘g‘ri tomonga burildi.U shiddat bilan Sullining xonasiga kirib bordi.

— Darslaringni qildingmi?

Ovozi sovuq edi.Sulli titrab bosh irg‘adi.

— H-ha…

Sofi uning daftarini ochdi.Har bir satrni diqqat bilan tekshira boshladi.Birdan u bitta grammatik xatoni ko‘rib qoldi.

Va shu zahoti Sullining yelkasidan qattiq chimchidi.

— Nega xato qilding?!

Sulli cho‘chib ketdi.

— Men…

Gapini tugatolmay qoldi.Sofi unga tarsaki tushirdi.

— Xato qilma deganmidim?!

Sullining ko‘zidan yosh oqib tushdi.

— Seni o‘zi turgan-bitganing xato! Keyin hayotda ham xato qilasan!

Sulli yig‘lagancha onasiga yaqinlashdi. Balki quchoqlasa, balki mehr ko‘rsa hammasi yengillashadigandek edi.Ammo Sofi uni qo‘pol siltab tashladi.

— O‘qishingda bir pog‘ona tushsang ham kaltak yeysan, tushundingmi?!

Sulli qaltirab bosh irg‘adi.Sofi esa zaharli ohangda davom etdi:

— Akang kabi bo‘lolmaysan baribir. Sen juda bo‘shsan.

U eshik tomon yurdi-da, oxirgi marta ortiga qaradi.

— Shunday ekan, harakat qil.

Eshik qarsillab yopildi.Xona yana jimib qoldi.Sulli esa yerda yig‘lagancha o‘tirardi.Va shu damda u bir narsani aniq his qildi:bu uyda hech kim uning og‘rig‘ini ko‘rmayotgandi.

Sulli karavoti oldida tiz cho‘kkancha o‘tirardi. Ko‘z yoshlari tinmay oqardi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, boshi og‘rib ketgandi.

— Men xatolikman… — deb pichirladi u. — Men aybdorman…

Onasining gaplari qulog‘ida qayta-qayta jaranglardi.

"Seni o‘zi turgan-bitganim xato...""Akang kabi bo‘lolmaysan...""Bo‘shsan..."

Sulli boshini changallab yig‘lab yubordi.Unga rostdan ham butun hayoti bulg‘angandek tuyulardi. Yoshligi ham, kelajagi ham, qalbi ham.Go‘yo u tug‘ilganidan beri noto‘g‘ri insondek.

Bir necha daqiqadan keyin u asta o‘rnidan turdi. Stol yoniga borib ruchkasini qo‘liga oldi.Sovuq daftar sahifalariga misollar yozishni boshladi.

Bir misol.Yana bir misol.Yana…Ammo endi unda bolalarga xos qiziqish qolmagandi.Na orzu.Na mehr.Na o‘zini sevishga kuch.Na boshqalarni sevishga.Faqat qo‘rquv va majburiyat.

Go‘yo u endi yashash uchun emas, shunchaki xato qilmaslik uchun yashayotgandek edi.

Tun soat ikkidan o‘tganda Sulli yana Facebook akkauntiga kirdi.Qizlar hanuz guruhda yozishayotgan edi. Uni online ko‘rishlari bilan birdan yozishmalar boshlanib ketdi.

“Sulli, yaxshimisan?”

“Bugun qalaysan?”

“Yig‘lama, maylimi?”

Sulli uzoq qarab turdi-da, bugungi voqealarni yozib yubordi.

Otasi va onasining janjalini.Onasining urganini.O‘zini yomon his qilayotganini.

Va oxirida bitta gap yozdi:"Yashagim kelmayapti..."

Chat bir zum jim bo‘lib qoldi.Keyin qizlar ketma-ket yozishni boshlashdi.

“Iltimos, o‘zingni qo‘lga ol.”

“Hozir juda og‘ir tuyulyapti, lekin bu o‘tib ketadi.”

“Sen aybdor emassan.”

“Yolg‘iz qolma.”

“Shunchaki nafas ol va dam ol.”

Sulli esa ekranga bo‘sh qarab o‘tirardi.U hech narsani his qilmayotgandek edi.

Keyin sekin yozdi:"Men akkauntimni muzlataman. Hozir o‘qishim muhim."

Qizlar bu gapdan biroz tinchgandek bo‘lishdi.

“Mayli… lekin o‘zingni asra.”

“Joningni avayla.”

“Qaytib kelgin.”

“Sen kuchlisan.”

Sulli esa faqat qisqa javob yozdi:

"Rahmat."

Shundan so‘ng u akkauntini o‘chirib yubormadi.Uni o‘n yildan keyin qayta tiklash mumkin bo‘ladigan qilib muzlatdi.Go‘yo shu bilan bugungi og‘riqlarni ham muzlatib qo‘ymoqchidek.Kompyuter ekrani o‘chgach, xona qorong‘uga cho‘mdi.

Sulli yostiqqa yuzini bosdi.Va juda past ovozda pichirladi:

— Men faqat o‘qish va yashash uchun tug‘ilgan ekanman…

Ko‘zlaridan yosh yana oqdi.

— Akamga ham… boshqalarga ham yeta olmayman…

U chuqur yutindi.

— Omadsizman.

Bir necha soniya sukut saqladi.So‘ng o‘ziga qasam ichgandek pichirladi:

— Bugundan boshlab bu sirni hech kimga aytmayman. Aytsam… hammasi tugaydi.

Sulli hali bitta haqiqatni bilmasdi:inson qalbini yemiradigan eng xavfli narsa — og‘riqning o‘zi emas.Uni yolg‘iz ko‘tarishga urinishdir.

Sulli oxiri yig‘idan holdan toyib uxlab qoldi.

Xonani qorong‘ulik qurshab oldi. Ulkan qo‘rg‘on tun sharpasi ostida jimjit yotar edi. Yo‘laklardagi qimmat qandillar o‘chirilgan, xizmatkorlar allaqachon uyquga ketgan, devor soatining mayin chiqillashi esa sukunatni yanada chuqurlashtirardi.

Bu uyda hamma uxlayotgandi.Faqat og‘riqlar uyg‘oq edi.

Ertalab soat 05:00.

Sulli sekin ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya shiftga tikilib yotdi-da, chuqur xo‘rsinib o‘rnidan turdi.U indamay vannaxonaga kirib ketdi.

Sovuq suv jo‘mragini ochishi bilan muzdek tomchilar badaniga urildi. Tanasi seskanib ketdi, ammo u suvni o‘chirmadi.

Aksincha, ko‘zlarini yumgancha suv ostida qotib turdi.Go‘yo sovuq tanasidagi og‘riqlarni muzlatib yuboradigandek.Go‘yo ichidagi tartibsizlikni yuvib tashlamoqchidek.Ammo qalbdagi yaralar suv bilan ketmasdi.

Ayni damda Germaniyada soat tungi 22:00 edi.

Koreyadan yetti soat ortda qolgan boshqa bir tun.

Heidelberg International Academy of Economics yotoqxonasida SeokJin stol ustiga egilgancha dars qilardi. Qo‘lidagi ruchka qog‘oz ustida tez harakatlanar, u formulalar va iqtisodiy hisob-kitoblarga berilib ketgandi.

Yoongi esa boshqa ahvolda edi.U kitob ochib o‘tirgan bo‘lsa-da, fikri umuman darsda emasdi.Otasi.Wobin.Studiyasi.Majburiyatlar.

Hammasi miyasida bir-biriga qorishib ketgandi.

"Men ham akam kabi bo‘la olamanmi?"

"Hech qachon menga u kabi ishonishmagan..."

"Faqat Koreyaga eson-omon qaytay..."

"O‘qishni yaxshi tugataman… keyin studiyamni qaytarib olaman..."

"O‘shanda meni 16 yoshli bola deb ko‘rishmaydi."

Yoongi chuqur xo‘rsindi.U charchagandi.Faqat tanasi emas — ruhi ham.

SeokJin esa do‘stining o‘ychan yuziga qarab qo‘ydi.

— Hoy, yana nimalarni o‘ylayapsan?

Yoongi bosh ko‘tarmadi.SeokJin kulimsirab oldidagi qog‘ozni unga uzatdi.

— Undan ko‘ra mana bularni bajar.

Yoongi indamay qog‘ozni oldi. Bir necha soniya tikilib turdi-da, oxiri ruchkasini qo‘liga oldi.SeokJin esa yana o‘z ishiga qaytdi.Tun anchagacha davom etdi.

Oxiri barcha topshiriqlar tugagach, ikkalasi ham charchoqdan uyquga ketishdi.

Koreya.

Sulli yuvinib bo‘lgach, nonushta qildi. Stol yonida uzoq o‘tirmadi. Deyarli maktab vaqti bo‘lib qolgan edi.

U sumkasini olib, odatdagidan ertaroq uydan chiqib ketdi.Tonggi havo hali salqin edi. Yo‘llarda odam kam, osmon esa oqarib kelayotgan edi.

Sulli maktab tomon yurarkan, ichida o‘ziga va’da berdi:

"Bugundan boshlab hech kim bilan ishim yo‘q."

"Faqat o‘qish."

"Faqat yashash."

U qadamlarini tezlatdi.Ammo qancha urinmasin, miyasi tinchimayotgandi.Onasining gaplari.Kechagi chat.Akasining ketishi.

Va eng yomoni—o‘tmish.U hamon ortidan soyadek ergashib kelardi.

Muallifdan: Bir kitob o`qigan edim nomi: Men: bas qil ey nafs!

Unda shunday deyilgandi: - Nafs balodir, nafs dushmandir, u hech qachon tin olmaydi. Har birimizda nafs bor, u biz bilan nafas oladi. Faqatgina nafsni yenganlargina, o`zliklari bilan yashay olishadi.

1-qism tamom.

Жизнь с прошлым
3-qism

Yangi hayot boshlamoqchisan, ammo oldinda seni nima kutayotganidan mutlaqo xabaring yo‘q. Ko‘nglingni tushkunlik egallagan, xayollaring esa faqat yomon tomonlarni o‘ylash bilan band. Aslida hayotda biroz bo‘lsa ham tavakkal qilish kerak. Shundagina oldinda kutayotgan sinovlarni o‘z nazoratingga ola boshlaysan.

Koreya. Soat 08:00.

Sulli shosha-pisha sochlarini tartibga soldi va yangi maktab formasini kiydi. Sumkasiga daftarlarini va qalamdonini joylab, tezda pastga yugurib tushdi.

Mashina allaqachon kelgan va uning chiqishini kutayotgan edi.

Sulli oshxonadan kelayotgan shirin hidlardan bir zum mast bo‘ldi, ammo chalg‘imadi. Mashina oldiga borib, shoshib salom berdi.

— Salom!

U tezlik bilan mashinaga o‘tirdi.

— Salom, kichik xonim. Buncha shoshilish kerak emas. Men sizni eng qisqa yo‘l bilan maktabingizga eltaman, — dedi haydovchi Heosok va mashinaga o‘tirib, dvigatelni ishga tushirdi.

Mashina yo‘lga tushar ekan, Sulli oynadan tashqariga tikildi. Seoul ko‘chalari ertalabki shoshqinlik bilan yashar, odamlar ishga va o‘qishga ulgurishga harakat qilardi. Sulli esa sumkasining tasmasini mahkam ushlab olgan, yuragi negadir tez urardi.

— Kichik xonim, hayajonlanyapsizmi? — so‘radi Heosok ko‘zini yo‘ldan uzmay.

— Biroz... — Sulli jilmayishga urindi. — Yangi joy, yangi odamlar. Tabiiy holat bo‘lsa kerak.

— Siz aqlli qizsiz. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Sulli javob bermadi. U yana oynaga qaradi. Mashina qo‘rg‘on ortidagi eski trassaga chiqqach tezlashdi.

— Qaysi yo‘ldan ketyapmiz? Bu yo‘ldan hech yurmagan ekanmiz, — dedi Sulli savol nazari bilan Heosokka qarab.

— Bu poyga trassasi. Shaharning narigi chekkasiga olib boradigan eng qisqa yo‘l, xonim, — dedi u sokin ovozda. Ammo mashina ancha tez harakatlanayotgan edi.

— Ha ismingiz nima?

— Ismim Heosok!

— Menikini bilasiz Sulli! Tanishganimdan hursandman!

— Men ham kichik xonim!

Tanishtiruv

Jung Heosok (20 yosh) — sho‘x, samimiy va atrofdagilar bilan tez til topisha oladigan yigit.

Xarakteri:
Heosok aqlli va har bir ishni o‘ylab bajaradi. U extrovert bo‘lib, yangi insonlar bilan juda tez kirishib ketadi. Do‘stlariga sodiq va yordam berishni yaxshi ko‘radi. Biroq oilasi bilan bog‘liq og‘riqli voqealar sabab ba'zan jahli tez chiqib ketadi.

Hayoti:
Heosok unchalik boy bo‘lmagan oilada ulg‘aygan. U onasi va singlisi bilan yashaydi. Otasi o‘z davrining mashhur va mahoratli poygachilaridan biri bo‘lgan. Heosok mashina haydash va poyga sirlarini aynan otasidan o‘rgangan.

Afsuski, otasi poyga bilan bog‘liq mojarolar oqibatida halok bo‘ladi. Otasining o‘limidan so‘ng oilaning moliyaviy ahvoli yomonlashib ketadi. Bundan tashqari, otasining dushmanlari ham ularni uzoq vaqt tinch qo‘ymaydi.

Shu sababli Heosok yoshligidanoq oilasi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Avval mototsiklda yetkazib berish xizmatida ishlaydi. Ishdagi tezligi va mahorati tufayli unga xizmat mashinasi beriladi. Heosok buyurtmalarni hammadan tez yetkazib berishi bilan taniladi.

Bir kuni uning haydash qobiliyatini ko‘rgan Kwon Suho uni o‘zining poyga jamoasiga taklif qiladi. Onasi xavotir olishini bilgani uchun Heosok poyga olamiga ochiqchasiga kirishni istamaydi. Ammo pul va ish zarur bo‘lgani sabab poygalarda J-Hope taxallusi ostida qatnasha boshlaydi.

Hozirda u mashinasozlik yo‘nalishida 2-kurs talabasi hisoblanadi. Uning singlisi Herin esa yuqori maktabda tahsil oladi. Heosokning eng katta maqsadi — onasi va singlisini yaxshi hayot bilan ta'minlash.

So‘nggi paytlarda u poygalarda faol qatnashmayapti. Shu sababli vaqtincha Kimlar qo‘rg‘onida haydovchi bo‘lib ishga kirgan. Biroq uning qalbidagi poygachi ruhi hali ham so‘nmagan va bir kun kelib yana trassaga qaytishni orzu qiladi.

Oradan qariyb besh daqiqa o‘tgach, ulkan darvoza ko‘rindi. Maktab binosi zamonaviy va salobatli edi. Hovlida o‘nlab o‘quvchilar suhbatlashib turar, ayrimlari esa shoshilgancha binoga kirib ketayotgan edi.

— Yetib keldik, Sulli, — dedi Heosok.

Sulli chuqur nafas oldi.

— Rahmat Heosok aka.

U mashinadan tushdi. Eshik yopilishi bilan yuragi yana tez ura boshladi. Bir necha soniya joyida turib qoldi.

— Sulli!

Tanish ovozni eshitib ortiga o‘girildi. Mina qo‘l silkitgancha unga qarab yugurib kelayotgan edi.

— Mina!

Sullining yuzida ilk bor samimiy tabassum paydo bo‘ldi.

— Nega kechikding? Men seni kutib turgandim.

Mina uning qo‘lidan ushladi.

— Yur, sinfimizni ko‘rsataman.

Ikkalasi binoga kirib ketishdi. Koridorlar keng va yorug‘ edi. Devorlarda turli tanlovlar va musobaqalar haqidagi e’lonlar osilgan edi.

— Mana shu bizning sinf, — dedi Mina eshik oldida to‘xtab.

Sulli ichkariga qaradi. O‘quvchilarning aksariyati allaqachon kelib bo‘lgan edi. Ba’zilari suhbatlashar, ba’zilari telefon titkilar, yana kimdir kitob o‘qib o‘tirardi.

Ular sinfga kirgan zahoti bir nechta nigohlar yangi qizga qadaldi.

— Bu kim?

— Yangi o‘quvchimi?

— Chiroyli ekan.

Pichirlashlar eshitila boshladi.

Sulli o‘zini noqulay his qildi. Ammo Mina uning yonida turgani uchun biroz xotirjam edi.

Shu payt sinf eshigi yana ochildi.

— Hammaga xayrli tong!

O‘ttiz yoshlardagi ayol sinfga kirib keldi.

— Men sizlarning sinf rahbaringiz Luriman.

Sulli darhol onasining kecha aytgan gaplarini esladi.

Luri sinfni ko‘zdan kechirdi va yangi qizga qarab jilmaydi.

— Demak, bugundan bizga yangi o‘quvchilar qo‘shildi. Marhamat, o‘zingizni tanishtiring.

Butun sinfning nigohi birdan Mina va Sulliga qadaldi.

Sulli sekin o‘rnidan turdi.

Yuragi qattiq urardi.

— Salom. Mening ismim Sulli Kim. Bugundan boshlab sizlar bilan birga o‘qiyman. Sizlar bilan yaxshi chiqishib ketishga umid qilaman.

- Men esa Min Mina tanishganimdan xursandman.

Sinf bir muddat jim bo‘lib qoldi.

Keyin orqa partalardan kimdir qarsak chaldi.

Ortidan yana biri.

Bir necha soniyadan so‘ng butun sinf qarsak chalishni boshladi.

Sulli hayron bo‘lib atrofga qaradi.

Balki...

Bu maktabdagi ilk kuni u o‘ylaganchalik yomon boshlanmayotgandir.

Birinchi dars hayajonli o‘tdi, ammo Sulli va Mina o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi. Maktab juda yaxshi, osoyishta va mashhur edi. Sulli bu yerda o‘qiy boshlaganidan xursand edi. Ammo u hayollaridan qutula olmayotgandi. U faqat o‘tmish va uydagi muammolarni o‘ylab, sekin kitobini ochdi.

Sinfdagi ikki qiz ularning oldiga kelib, suhbat boshlashdi.

— Salom, mening ismim Jung Herin. Tanishamizmi? — Herin qo‘llarini uzatdi.

— Salom, mening ismim Kim Jisoo. Maktabimizga xush kelibsiz! — Jisoo ham qo‘l cho‘zdi.

— Salom, mening ismim Mina, uniki esa Sulli. Boya aytganimizdek. Tanishganimizdan xursandmiz! — Mina Herin va Jisooning qo‘lini siqdi.

— Men ham xursandman! — dedi Sulli va qizlarning qo‘lini siqib qo‘ydi.

— Maktabimiz sizga yoqdimi? Bizga anchadan beri yangi o‘quvchilar kelmayotgandi. Sizlar 2010-yillarda tug‘ilganlar orasida kelgan yagona yangi o‘quvchilarsiz. Qoyil! — dedi Herin hayrat bilan.

— Aslida bu Sullining ishi edi. Biz bu maktabdan juda uzoqda yashaymiz. Sulli ataylab shu yerni tanladi, endi esa birga o‘qiyapmiz! — Mina jilmaydi.

— Ha, tanishib ham oldik. Endi biz bilan birga yurishni xohlaysizmi? Odatda hamma guruh-guruh bo‘lib yuradi. Bizga qo‘shilsangiz, sizga ham foydali bo‘ladi. Keyin katta tanaffusda maktabni ham tanishtirib chiqamiz, — dedi Jisoo xursand ohangda.

— Mayli! — Sulli jilmaygancha javob berdi.

Keyingi dars ham boshlandi. O‘quvchilar sukut bilan o‘qituvchini maroq bilan tinglashardi. Hamma bir ustozga, bir doskaga termulib o‘tirardi.

Matematika darsida ustoz Nuna arifmetik ifodani tushuntirib berdi-da, sekin joyiga o‘tirdi. Biroz vaqt o‘tib, u yana gap boshladi:

— Hamma yozib bo‘ldimi? Doskaga kim chiqadi?

U qo‘lidagi lineykani sinf tomonga qaratdi.

Hamma jim edi. Ifoda juda murakkab bo‘lgani uchun birorta ham o‘quvchi chiqishga jur’at qilmadi.

Shu payt ifodaning javobini allaqachon topib bo‘lgan Sulli qo‘l ko‘tardi.

— Men chiqaman, ustoz. Bajarib bo‘ldim.

U gapini tugatib, qo‘lini tushirdi.

Ustoz o‘rnidan turib, qo‘liga bo‘r oldi va unga uzatdi.

— Yaxshi, unda chiqib yoz.

— Xo‘p bo‘ladi, ustoz.

Sulli o‘rnidan turib, doska tomon yurdi. Hayajondan oyoqlari biroz qaltirardi. U ustozning qo‘lidan bo‘rni olib, ifodaning yechimini doskaga yozdi.

— Javobi ikki x ko‘paytirilgan ildiz ostidagi yetti bo‘ladi. To‘g‘rimi, ustoz?

Sulli bo‘rni doska yoniga qo‘yib, ustoz tomonga o‘girildi.

Ustoz doskaga qaradi va hayrat bilan Sulliga tikildi.

— Tasanno! Juda yaxshi tushunar ekansan. Aqlli o‘quvchilarim safiga qo‘shilding, Sulli. Menimcha, onang aytganchalik yaxshi o‘quvchi ekansan. Mening to‘garagimga ham qo‘shilasan. Bugun seni o‘quvchilarim bilan tanishtiraman. Yana maktabdagi Kim Taehyung ismli bola bilan ham tanishib ol. U senga sherik bo‘ladi.

Sulli ustozning gaplaridan hayratda qoldi. Nahotki onasi uni aqlli deb tanishtirgan bo‘lsa? Nahotki shunday yaxshi ustozning to‘garagiga yozdirgan bo‘lsa?

Hayajondan lablari titrab javob berdi:

— Rahmat, ustoz. Astoydil harakat qilaman!

Sulli biroz egildi.

— Mayli, unda joyingga o‘tir. Darsdan so‘ng Herin seni to‘garak sinfiga olib boradi.

Ustoz joyiga o‘tirdi va sinfga qaradi.

Sulli joyiga qaytib o‘tirar ekan, uning qobiliyatiga butun sinf tasanno aytdi. Kimdir buni tasodif dedi, yana kimdir uning matematikadan juda kuchli ekanini pichirladi. Ammo hamma unga hayrat bilan qarardi.

Herin va Jisoo ham Mina va Sulli bilan tanishganidan mamnun bo‘lib jilmayib turishardi.

Ustoz yakuniy vazifani berib, qattiq tayinladi:

— Hamma uyga vazifani ertaga tayyor holda olib keladi. Bittalab tekshiraman. Bajarmaganlarni ayab o‘tirmayman.

Ustoz sinfdan chiqib ketar ekan, hamma o‘rnidan turib xayrlashdi.

Katta tanaffus boshlandi. Bu tanaffus bir dars soatiga teng edi. O‘quvchilar ovqatlanishga yoki shunchaki dam olishga tarqalishdi.

Herin va Jisoo tanaffusdan unumli foydalanish uchun Mina va Sullining oldiga kelishdi.

— Sulli, senga tan berdim. Matematikani juda yaxshi bilarkan-san, — dedi Herin Sullini qo‘ltiqlab.

— Ha, biroz bilaman, xolos, — dedi Sulli kamtarlik bilan.

— Yo‘q, kamtarlik qilma. Bu sinfda matematikadan Herin va Lee Jonsuk eng kuchlilar edi, endi sen ham qo‘shilding, — dedi Jisoo quvnoq ohangda.

— Ha, Sulli shunday yaxshi o‘quvchi. Men esa matematikani uncha xushlamayman, — Mina burnini jiyirdi.

— Buni qara, men ham matematikani yomon ko‘raman. Ikkimizning tabiatimiz bir ekan-a? — dedi Jisoo kulib.

— Ha, ikkimiz bir ekanmiz.

Ular biroz kulishib, maktab haqida suhbatlashishdi. Keyin Sulli gap boshladi:

— Ketdik, endi maktabni aylanib chiqaylik.

— Ha, darvoqe, ketdik! — dedi Jisoo o‘ynoqi ohangda.

— Qaysi joylarni ko‘rishni istaysizlar? Bizda maktab ikki korpusdan iborat. Birida madaniyat zali, ikkinchisida esa katta kutubxona bor, — dedi Herin.

— Men kutubxonaga qiziqdim. U yer juda katta bo‘lsa kerak? — dedi Sulli kiyimidagi bog‘ich bilan o‘ynab.

— Menga esa madaniyat zali qiziq. U yerda tanlovlar bo‘ladi shekilli? — dedi Mina eshik tomon yurarkan.

— Unda men Sullini kutubxonaga olib boraman. Yaxshiyamki, u bizning korpusda, — dedi Herin.

— Yaxshi, unda men Minani narigi korpusga olib o‘taman. Bilasanmi, u yerda yuqori sinf o‘quvchilari bor. Chiroyli yigitlar ham ko‘p, seni ular bilan tanishtiraman, — dedi Jisoo kulib va Minani sudrab ketdi.

Ularning ketishini ko‘rgan Sulli va Herin qattiq kulib yuborishdi. Ularning kulgisi sinf devorlariga urilib, aks-sado berdi.

Sulli kulishdan to‘xtab, eshik tomon yurdi.

— Herin, kutubxonada odatda odam ko‘p bo‘ladimi yoki kam?

— Odatda ko‘p bo‘ladi. Kutubxona juda katta, u yerda o‘quvchilar ko‘p dars qilishadi, — dedi Herin va biroz xo‘rsinib qo‘ydi.

— Ha mayli, kitoblar ko‘p bo‘lsa, shuning o‘zi yetadi. Ketdik, u yerni tezroq ko‘rishni istayman.

— Ketdik! — dedi Herin uning ortidan chiqarkan.

Ular avval butun korpus va sinf xonalarini aylanib chiqishdi, eng oxirida esa kutubxonaga kirishdi. U yerga kirishlari bilan kitoblar va yog‘och javonlarning o‘ziga xos hidi dimog‘lariga urildi. Bu ifor Sulliga juda yoqdi. U chuqur nafas olib, ichkariga kirib ketdi.

— Sen kutubxonalarni juda yaxshi ko‘rasan shekilli. Hatto bu yerning havosidan nafas olishning o‘zi senga zavq berayotgani bilinib turibdi, — dedi Herin kulib.

— Ha, menga kutubxonalar juda yoqadi. Yana odam kam bo‘lsa, undan ham yaxshi, — dedi Sulli javonlar orasiga kirib ketarkan.

— Men esa bu yerni yoqtiraman ammo kam kelaman. Matematikadan yaxshi o‘qisam ham, bu fan menga yoqmaydi, — dedi Herin xo‘rsingandek.

— Nima? — Sulli javon ortidan unga jiddiy qaradi.

— Ha. Menga adabiyot va tillar yoqadi, lekin aniq fanlarni ustozim majburlab o‘qitadi.

— Qanaqasiga majburlab o‘qitadi? Bu mumkin emas-ku, — dedi Sulli norozi ohangda.

— O‘qituvchi mening ammam bo‘ladi. U yaxshi inson, ammo biroz qattiqqo‘l.

— Ha, gapirishlaringdan bilgan edim. Lekin shunday bo‘lsa ham, o‘zing xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qiganing yaxshi, — dedi Sulli jilmayib.

— Ha, balki...

Ular bir muddat jim qolishdi. Birozdan so‘ng Herin yana kulib yubordi va Sulli bilan kutubxonani aylanishga kirishdi.

Sulli esa Herinning ko‘zlaridagi dardni bir qarashdayoq sezgan edi. Shu sababli uning ko‘ngli biroz g‘ash tortdi.

«Uning ham dardi meniki kabi ko‘p ekan. Nega bunchalik g‘amgin ekan-a?» — degan o‘y o‘tdi xayolidan.

Ammo bu savolni hozircha tiliga chiqara olmasdi.

Ular kutubxona ichida ancha aylanib yurishdi. Nihoyat qo‘ng‘iroq chalindi.

— Hoy, qo‘ng‘iroq chalindi! Yur, tezroq bo‘l, bo‘lmasa kechikamiz! — dedi Herin kutubxona eshigi oldidan.

Sulli esa bir kitobni olishga urinardi. Kitob yuqoridagi javonda bo‘lgani uchun bo‘yi yetmayotgan edi.

— Herin, o‘zim yetib olaman. Sen boraver!

— Yaxshi, unda ketdim. Tezroq kel, ustoz birinchi kundanoq yomon ko‘rib qolmasin, — dedi Herin va yugurib ketdi.

Sulli stulcha ustida ham oyoq uchida turib kitobga intildi.

Nihoyat qo‘li yetay deganda, orqadan kelgan baquvvat qo‘llar kitobni olib qo‘ydi.

Sulli ortiga o‘girilib qaramoqchi bo‘ldi, ammo muvozanatini yo‘qotib, yigitning ustiga yiqilib tushdi.

shunchaki biroz tasavvur qilamiz

Yigitning boshi javonga tegib ketdi.

— Uh...

U og‘riqdan ingrab qo‘ydi.

Sulli darhol o‘rnidan turdi va yigitning yuziga ham qaramay gapirdi:

— Shuning uchun birovning kitobiga qo‘l cho‘zmaslik kerak edi. Bundan keyin bu ishni takrorlamang. Va... uzr so‘rayman!

U gapini tugatishi bilan yugurib chiqib ketdi.

Yigit asta o‘rnidan turib uning ortidan qaradi.

— Men shunchaki kitobni olib bermoqchi edim...

U kiyimlarini to‘g‘riladi. Havoda qolgan romashka gulining mayin ifori unga kimnidir eslatib yuborgan edi.

Ammo qizning yuzini yaxshi ko‘ra olmadi.

U cho‘ntagidan parkda topib olgan suratni chiqarib qaradi.

— Nahotki shu o‘sha qiz bo‘lsa? Qarang-a, tasodif uchinchi marta takrorlanyapti.

Yigit jilmaydi va kutubxona eshigi tomon yurdi. Qo‘lidagi kitobni kutubxonachi ayolga rasmiylashtirib, o‘zi bilan olib chiqib ketdi.

Sulli yugurgancha sinfga yetib keldi. O‘qituvchi allaqachon kelganini ko‘rib, o‘zini tinchlantirishga urindi.

— Salom, ustoz. Kirishim mumkinmi? — dedi u mayin ovozda. Ammo u hozir ko`rib turgan insonidan juda xursand edi.

O‘qituvchi ayol unga yuzlandi va muloyim jilmaydi.

— Sen yangi o‘quvchi Kim Sullisan, shundaymi?

U Sulliga yaqinlashib, yelkasiga qo‘l qo‘ydi.

Bu adabiyot va koreys tili o‘qituvchisi Son Mari edi. Uning yoshi Sullining onasidan ham kattaroq edi.

— Ha, men yangi o‘quvchiman. Uzr, maktabni aylanib vaqt o‘tganini sezmay qolibman, — dedi Sulli afsus bilan.

— Hechqisi yo‘q. Joyingga o‘tir.

Sulli joyiga o‘tirdi. Nahotki bu mashhur yozuvchi va o‘qituvchi Son Mari bo‘lsa? Sulli ich-ichidan xursand bo‘lib, darsligini oldi.

Rostdan ham Mari ustoz maktabdagi eng yaxshi o‘qituvchi va yozuvchilardan biri edi. U juda ko‘p hikoyalar va kitoblar chop ettirgan, Koreyaning mashhur yozuvchilaridan sanalardi. Uni butun maktab hurmat qilardi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi aynan uning sababli hayotda o‘z yo‘lini topa olgan edi.

Herin ham aynan shu ustoz sababli adabiyotga mehr qo‘ygan. Hatto u hikoyalar va she’rlar yozib turardi. Ammo bu sirni o‘qituvchisi va Jisoodan boshqa hech kim bilmasdi.

Dars boshlandi. Mari ustoz doskaga mavzuni yozdi va joyiga o‘tirib gap boshladi.

— O‘quvchilar, bugungi mavzu: “Adabiyot va hayot bog‘liqligi”. Savol shuki, adabiyot va hayotimiz orasida qanday bog‘liqlik bor?

O‘quvchilar jim qolishdi. Kimdir xayolida javoblarni tartiblar, yana kimdir savolning javobini yuragidan izlardi.

— Yaxshi, o‘zim javob bera qolaman. Adabiyot bu shunchaki o‘rganish kerak bo‘lgan fan emas, buni avval ham aytganman. Adabiyot his qilinadi, adabiyot tarbiya beradi, adabiyot insonlarning ko‘zini ochadi va hayotga tayyorlaydi.

U gaplarini tamomlab, bir zum jim qoldi.

— Xo‘sh, demak, hayot va adabiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik nimada ekan?

— Adabiyot oyna, biz esa o‘sha oynada hayotning aksini ko‘ramiz! — Sulli yurak yutib javob berdi.

— To‘g‘ri ta’rif berding, juda to‘g‘ri! — ustoz unga mehr bilan qaradi.

— Biz adabiyotda hali his qilib ko‘rmagan tuyg‘ularni his qilamiz, shu orqali hayotga tayyorlanamiz. Adabiyot bizni qabul qilishga va har bir ishning oqibatini kutishga o‘rgatadi, — Herin ovozini pastlatib javob berdi.

— Barakalla! To‘g‘ri aytding! — ustoz Heringa jilmaydi.

Sinfdagi o‘quvchilar bu javoblarni ma’qullab, o‘zaro pichirlasha boshlashdi. Rostdan ham adabiyot insonni his qilishga va hayotga tayyorlashga yordam berishi haqida suhbatlashishardi. Sinfda biroz shovqin ko‘tarildi.

— O‘quvchilar, jimlik saqlang! — ustoz o‘ziga xos mayin ovozda sinfni tinchlantirdi.

Shu zahoti hamma yana jim bo‘lib qoldi.

— Demak, adabiyot va hayot o‘rtasida ko‘rinmas bir ip bor. Biz uni ko‘rmaymiz, ammo his qilamiz. Tilimiz ba’zan: “Bularning foydasi yo‘q, inson tuyg‘ular bilan yashay olmaydi”, deb aytishi mumkin. Ammo yurak his qiladi, yurak sezadi. U barcha tuyg‘ularni qabul qiladi.

Tasavvur qiling, siz hayotingiz davomida hech his qilmagan og‘riqli bir tuyg‘uni boshdan kechirdingiz. O‘sha paytda yiqilasiz. Go‘yo cheksiz ummonga qulagandek bo‘lasiz. Chunki bunday hisni ilgari boshidan o‘tkazmagan inson aynan shu og‘riq qarshisida ojiz qoladi. Kitobxon esa bunday tuyg‘uni to‘g‘ri qabul qila oladi, qolaversa uni yengish uchun yo‘l ham topadi. Shuning uchun adabiyot bizga doim kerak. Biz adabiyot bilan chambarchas bog‘liqmiz.

Ustoz Mari so‘zlarini tugatar ekan, cho‘ntagidan dori olib ichdi.

So‘zlar havoda muallaq qolib ketgandek edi. Hamma jim. Sinfxona go‘yo ustoz aytgan ko‘rinmas iplar bilan to‘lib ketgandi. Bu iplarni his qila oladigan odamlar uchun xursand bo‘lish mumkin, ammo ularni his qila turib og‘riq chekayotganlar ham bor edi.

Sulli sekin shiftga, keyin esa biroz yo‘talib qo‘ygan ustozga qaradi.

"Bu ko‘rinmas iplarga o‘zimni osib qo‘ygim keladi. Baribir bir kun bu og‘riqlar va tuyg‘ular ostida qulayman. Hayotim davomida kichkina qalbim bilan juda ko‘p kitob o‘qidim. Ammo oxir-oqibat eski dardlar meni baribir qo‘yib yubormadi..."

Sulli xayolga cho‘mdi.

O‘qituvchi sinfdagilarga yuzlanib yana so‘radi:

— Endi ham adabiyotni his qilmadingizmi? Yoki his qilyapsiz-u, ammo endi kech deb o‘ylayapsizmi?

Sinfxona jim edi. Hech kim javob bera olmadi. Ustoz ularning ichki kechinmalarini ochib bergandek edi. Rostdan ham o‘quvchilar adabiyotning ma’nosini anglay boshlagan yoki ayrim narsalar uchun kech qolganini his qilayotgandek edi. Xuddi Sulli kabi.

— Mayli, javob berishni istamasangiz, jim turing. Aslida inson bunday savollarga sukut bilan javob beradi. Lekin bilib qo‘ying, hech qachon kech bo‘lmaydi. Adabiyotni his qilish uchun emas, hayotni u orqali anglash uchun. Sizlar hali o‘sib kelayotgan yosh nihollarsiz. Men ishonaman, albatta o‘z yo‘lingizni topasiz. Qalbingizga quloq soling. Balki asl adabiyot kitoblarda emas, aynan qalbingizdadir.

U so‘zlarini tugatar ekan, qattiq-qattiq yo‘talib yubordi.

Sinfdagilar odatdagidek sukutda qolishdi, ammo bu safar ularning ko‘zlarida o‘zlariga bo‘lgan ishonch paydo bo‘lgan edi. Shu bilan birga, ustozning bu qadar qattiq yo‘talishi ularni xavotirga soldi.

— Ustoz, yaxshimisiz? Ahvolingiz joyidami? — Herin xavotir bilan uning yoniga yugurib bordi.

Boshqa o‘quvchilar ham o‘rinlaridan turishdi. Sulli sumkasidan suv olib, ustozga tutdi.

— Ustoz, ichib oling, o‘tib ketadi.

— Rahmat, qizlar. Menimcha, dori tomog‘imga tiqilib qoldi shekilli. Suv ichsam o‘tib ketadi. Joylaringizga o‘tiringlar.

U suvdan bir necha qultum ichdi.

Hamma ustoz uchun xavotir olayotgan edi. O‘quvchilar darsliklarini ochib, ustoz ko‘rsatgan joydan navbatma-navbat o‘qishni boshlashdi.

Mari ustoz esa o‘tirgan holda ko‘nglidagi noxush o‘ylar bilan kurashardi. U so‘nggi ikki yil ichida juda ko‘p operatsiyalarni boshdan kechirgan edi. Mana ikki yildirki, yurak kasalligi uni tinch qo‘ymasdi. Afsuski, operatsiyalar kutilgan foydani bermagan, aksincha yurak aortasi va yurak bo‘lmachalarida jiddiy chandiqlar qoldirgan edi.

Chandiqlar bitmadi, ustozning ahvoli esa tobora yomonlashib borardi. U eng ko‘p maktabni tark etishdan va o‘quvchilariga katta ruhiy og‘riq yetkazishdan qo‘rqardi. Shu sababli bu yil nafaqaga chiqish uchun ariza bergan edi. U shunchaki o‘quvchilar uni ko‘rmasdan yashashga ko‘nikib olishi uchun sinflarni boshqa o‘qituvchiga topshirib ketmoqchi edi.

Mari xonim oldin yetimxonada ham ishlagan, u juda oqk`ongil inson. Maktabdan uzoq bo`lmagan joyda yetimxona bor u yerda biroz muddat tarbiyachi bo`lgan. U yerda "Bolalik sho‘xlik emas, beg‘uborlik" kitobini yozgan. Uning farzandlari bor va katta professor bo`lib ketishgan, uni ko`rgani har doim kelishadi.

Ammo u yetimxonada bir bolani o`g`lidek yaxshi ko`rib qoldi, afsuski to`g`ri kelmaydi deya unga berishmaydi. U bolaning ismi Kim Taehyung edi, u Taehyungni juda yaxshi ko`rib qoladi, ammo berishmaydi. U Taehyungni uyiga olib bordi, unda Taehyung 10yosh edi. Boshlang`ich sinfda o`qiydigan bolani deb yana maktabga o`qituvchilikka qaytdi, u paytlar Mari ham juda sog`lom edi. U Taehyung bilan juda yaqin bo`ldi Taehyung ham uni onasi kabi ko`rardi ammo yetimxonaga qaytishiga majbur bo`ldi. Mari maktabda Taehyungni doim ko`rib turar doim unga g`amxo`rlik qilardi. Bu maktabda Mari ustoz Taehyunga juda yaqin edi.

Taehyung Marining jiddiy kasalidan xabari bor edi, hozirda maktabdagi bir ko`ngilsizlikdan so`ng Taehyung faqat o`sha ustozning gapiga kirar va o`sha ustozga g`amxo`rlik qiladi. Taehyungni hatto Marining oila a’zolari ham qabul qilishgandi. Tutingan uka sifatida edi u.

Mari xonimning o‘limi yaqin edi. Bu qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, shifokorlar ham unga shu haqiqatni aytishgandi. Uzog`i bilan 3 yoki 4yil vaqti qolgan.

Mari xonim hayoti haqida roman yozishni boshlagan edi. So‘nggi ikki yil ichida yozgan sahifalari hatto yoshidan ham oshib ketgandi. U o‘limidan oldin so‘nggi kitobini chop ettirishni juda xohlardi.

Uning har kuni tonggi soat to‘rt yoki beshlarda boshlanardi. U cherkovga borib tavba qilardi. Mari xonim xristian bo‘lib, diniga va Xudoga qattiq ishonardi. Har kuni gunohlari uchun Xudodan panoh so‘rar, keyin esa hikoyasiga hech bo‘lmasa ikki og‘iz so‘z qo‘shishga harakat qilardi.

Uning ko‘plab kitoblari mavjud edi: "Tahqirlangan qalblar", "Sevgi va sarhad", "Bolalik sho‘xlik emas, beg‘uborlik", "18 ga qaytib", "Xayoliy shahzodam" va boshqa asarlar. Endi esa yangi kitobi ustida ishlayotgan edi. Kitobning nomi "Vido oqshomi yoxud o‘limimdan avval" edi.

Uning eng katta qo‘rquvi shu kitob yakuniga yetmay qolishi edi. Shuning uchun ham maktabni tark etishga qaror qilgan edi.

Dars yakuniga yetdi. Chiqish bo‘lishiga sanoqli daqiqalar qolganda ustoz shunday dedi:

— O‘quvchilar, sizlarga bir gap aytmoqchiman. Buni sizlardan yashirishni to‘g‘ri deb bilmadim. Balki bu sizlarga yoqmas yoki befarq bo‘lishingiz ham mumkin. Men nafaqaga chiqaman. Bilasizlar, qarib qoldim. Shu sababli maktabni tark etaman. Qachon ketishim aniq emas, ammo ketishim aniq. Shunday ekan, men ketganimda buning uchun siqilmanglar. Imkon topsangiz, ko‘rishga borib turinglar. Ertaga esa darslaringizni qilishni unutmanglar. Xo‘pmi, kelishdikmi?

U shunday deya eshik tomon yurdi.

— Kelishdik! — deya butun sinf ustozining oldiga borib uni quchoqladi.

Sulli va Mina ham ularga qo‘shilishdi.

Yo‘q, bu vido emas edi. Bu "endi boshqa ko‘rishmaymiz" degani ham emas edi. O‘quvchilar shunday tushunishardi. Ammo ustozning ko‘nglidan boshqa so‘zlar o‘tardi.

"Alvido, aziz o‘quvchilarim..."

Ammo u bu so‘zlarni tiliga chiqarmadi.

Sekingina sinfdan chiqib, direktor xonasiga yo‘l oldi.

O‘quvchilar esa uning ortidan ming xil o‘y bilan qarab qolishdi. Sulli esa hali ham mashhur yozuvchi ayol uning ustozi ekaniga ishona olmas, ko‘zlarini ishqalab uning ortidan qarab turardi.

— Herin, Herin! Axir u yozuvchi Son Mari-ku! Bizning o‘qituvchimiz yozuvchi ekan! Bilasanmi, juda xursandman, juda xursandman! — Sulli hayajondan Herinning qo‘lidan ushlab sakrab yubordi.

— Ha, u bizning o‘qituvchimiz. Hayajonlanma, endi har kuni ko‘rasan uni agar o`zi aytgandek nafaqaga chiqmasa! — Herin kulib javob berdi. Ammo ichida bir bo`shliq bor edi.

— Sulli, buncha hayajonlanding? — Mina kulib so‘radi.

— Mina, taniysan-ku! "Bolalik sho‘xlik emas, beg‘uborlik" kitobini senga bergan edim-ku. O‘sha kitobni yozgan ayol bizning o‘qituvchimiz ekan! — Sulli Minani quchoqlab oldi.

— Rostdan ham shundaymi? Men yozuvchining yuzini bilmasdim. Juda xursandman! — Mina ham quvonib ketdi.

Ularni kuzatib turgan Jisoo va Herin kulib yuborishdi.

Birozdan so‘ng Sullining yodiga Taehyung tushdi.

— Herin, aytgancha, ustoz Taehyung ismli o‘quvchi bilan tanishib ol dedi. U kim? — deb so‘radi Sulli.

— Jisoo, yaxshisi o‘zing aytib ber. Men uning faqat yaxshi o‘quvchi ekanligini bilaman, — dedi Herin.

— Mayli. Kim Taehyung 2006-yilda Daeguda tug‘ilgan. Eshitishimcha, ota-onasi uni yetimxonaga tashlab ketgan va bu rost. U yetti yoshidan beri yetimxonada ulg‘aygan. Shu maktabda ham bolaligidan o‘qiydi.

Uni butun maktab taniydi. Ko‘pchilik uni bezori deb hisoblaydi. O‘tgan yili o‘zidan bir yosh kichik qiz vafot etgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Taehyung o‘sha qizga yomonlik qilgan emish. Bunga chiday olmagan qiz o‘zini yetimxona tomidan tashlagan deyishadi. Ammo hech kim asl haqiqatni bilmaydi.

Menimcha, bu gaplar yolg‘on. Chunki u qizni hamma joyda himoya qilgan. Yetimxonada ham, maktabda ham. Kimdir qizni kamsitsa, albatta uning tarafini olgan. Balki shu sababli ham uni bezori deb atashar. Men bilganlarim shu.

Bu gaplarni eshitgan Sulli nima deyishni ham, Taehyung bilan tanishishga jur'at qilishni ham bilmay qoldi.

— Jisoo sen BBSmisan hamma narsani bilasan a? — Mina kuldi.

— Ha mening holam o`sha yerda ishlaydi, lekin uncha ko`p narsani aytmagan u bularni sir deb saqlaydi. Meni esa bilganlarim shu! — U jim bo`lib qoldi yana birozdan so`ng Sulliga qaradi va dedi.

— Nega jim bo‘lib qolding? Ikkilanayapsanmi? Hozir u unchalik ham bezori emas. Hech kim bilan gaplashmaydi. Faqat matematika guruhi bilan shug‘ullanadi, — dedi Jisoo.

— Agar xohlamasang, ustoz bilan gaplashib sheriklarni almashtiramiz. Men Jonsuk bilanman. Istasang, sen Jonsuk bilan bo‘lishing mumkin, — dedi Herin.

— Sulli, shunday qilamizmi? — Mina ham xavotir bilan so‘radi.

— Yo‘q. Men u bilan tanishib ko‘rmoqchiman. Tavakkal qilaman. Balki o‘ylaganimizdek yomon bola emasdir, — dedi Sulli.

— Unda ketdik. Uni sinfidan topamiz. Matematika guruhidagi hamma sen haqingda eshitgan. Hech kim noto‘g‘ri tushunmaydi, — dedi Herin o‘rnidan turib.

— Mayli, ketdik.

Ular yo‘lak bo‘ylab yurib ketishdi.

— Uni ko‘pchilik "V" deb chaqiradi! Eshitdinglarmi? — deb ortidan baqirdi Jisoo.

Sulli bu gapni chala eshitdi.

"V dedimi yoki boshqa ism aytdimi?" deb o‘yladi u.

Nihoyat ular yuqori sinf joylashgan qavatga yetib kelishdi.

— Men avval salom beraman va seni tanishtiraman. Keyin sen gapirasan. Sheriging ekaningni aytib chiqib ketamiz. Xo‘pmi? — Herin pichirladi.

— Mayli.

Ular sekin asta sinfga kirishdi. Eng oxirgi partada boshini parta ustiga qo‘yib yotgan o‘quvchi tomon yura boshlashdi.

Taehyungning boshi qattiq og‘riyotgan edi. Boyagi voqeadan so‘ng u faqat partaga bosh qo‘yib yotishdan boshqasiga arzimayotgandek tuyulardi.

Qizlar sekin uning yoniga yaqinlashishdi va Herin gap boshladi.

— Xmxm, salom Taehyung, yaxshimisiz? — Herin sekin uni turtdi.

Taehyung boshini ko‘tarmadi, ammo u yonidagi romashka ifori taralayotgan qiz va birga matematika guruhida o‘qiydigan qizning ovozidan tanidi. U kimlar kelganini bilardi, ammo ko‘rishi kerak edi. Bu o‘sha parkdagi jasur qizaloqmi yoki boshqa?

U sekin boshini ko‘tardi. Qattiq og‘riyotgan boshini chap qo‘li bilan ushlab, gavdasini ko‘tardi. Ammo bosh og‘rig‘i uni qo‘yib yubormadi.

— Uhh...

U og‘riqdan ko‘zlarini qattiq yumib oldi. Boshi yana egilib ketdi. Qo‘llari chakkalarini bosdi. Bir necha soniya shu holatda qoldi. Keyin yana chuqur nafas olib boshini ko‘tardi.

— Uhh...

Og‘riq hali ham ketmagandi.

— Salom, yaxshidek ko‘rinyapmanmi sizningcha? — Taehyung yana boshini ushlagancha javob berdi.

Yigitning bu holati Sulliga kimnidir eslatdi.

Nahotki bu o‘sha parkdagi yigit? Nahotki u?

U shunday deya yigitdan ko‘zini uzmay qoldi.

Taehyung nihoyat boshini ko‘tarib ikki qizga qaradi. Herin astagina gapini boshladi.

— Taehyung, bu qizning ismi Sulli. Matematika guruhimizning yangi o‘quvchisi. Uni ustoz sizga sherik qilib tayinladi. Menimcha eshitgansiz.

— Yaxshi, keyin nima qilay? Ustoz uni shunchaki tanishuv uchun jo‘natdimi? — u o‘ziga xos qo‘pollik bilan gapirdi.

— Ha, tanishib olishingizni aytdilar-da, shuning uchun oldingizdamiz, — Herin jilmaydi.

— Salom. Mening ismim Kim Sulli. Bu maktabga yangi keldim. Taehyung, siz bilan sherik bo‘lishimdan xursandman. Kelishib ketamiz deb umid qilaman, — Sulli muloyim jilmaydi.

Taehyung bir necha soniya unga tikilib qoldi. Romashka ifori yana dimog‘iga urildi.

Rostdan ham o‘sha qiz...

U bosh og‘rig‘idan yana ko‘zlarini qisib oldi va qo‘lini peshonasiga qo‘ydi.

— Yaxshi. Mening ismim ustoz aytganidek Kim Taehyung. Lekin meni V deb chaqirishingiz mumkin. O`shanda aytganimdek V deb chaqirishing mumkin — u Sulliga tikilib qoldi.

U boshini quyi soldi va biroz kuldi, ammo buni ularga ko‘rsatmaslikka harakat qildi.

— Kelishib ketamiz deb o‘ylamayman.

Taehyungning ovozi sovuq eshitildi. Ammo uning qalbida hali ham bolalarcha beg‘uborlik yashardi. Shunchaki u buni hech kimga ko‘rsatishni, o‘zini ojiz qilib qo‘yishni istamas edi.

Herin va Sulli bu javobdan so‘ng bir-birlariga termulib qolishdi, so‘ng yana unga qarashdi. Sulli ular kelishib keta oladimi yoki yo‘qmi, shu haqda o‘ylayotgan edi. Uning ichidan bir savol o‘tdi: nega bu ahvolda? Boshi nega og‘riyapti ekan? Shu savollar uni qiynadi va birdan kutubxonadagi voqea esiga tushib, boshini quyi soldi.

Jin ursin, nahotki o‘sha Taehyung deganlari bilan to‘qnash kelgan bo‘lsam? Qanday qilib uch marta tasodifan uchrashdik? Axx, boshi qattiq og‘riyotgandir, men esa bilmay qoldim. Uzr so‘rasammikan? Yo‘q, bunday qila olmayman...

U shu xayollariga cho‘kib ketdi.

— Ha, aytgancha, shu maktabda bir o‘rta sinf o‘quvchisini ko‘rmadingizmi? Sochlari olovrangmidi yoki jigarrang. Biroz ahmoqdek ko‘rinadi, yana lapashang, muvozanatini saqlay olmaydi. Lekin bir kitob uchun o‘limdan ham tap tortmaydigan qiz. Uni tanimaysizmi mabodo? — u Heringa bir qaradi, ammo ko‘zlarini Sullidan uzmadi.

— Kxm, kxm... — Sulli yo‘talib qo‘ydi va Heringa ishora qildi.

— Yo‘q, ko‘rmadik. Agar ko‘rsak, albatta aytib yuboramiz, — dedi Herin gapni tugatib va Sullining qo‘lidan sudradi.

— Yaxshi qoling, V! — dedi Sulli va Herin bilan birga sinfdan chiqib ketdi.

Taehyung sinfda yolg‘iz qolarkan, qattiq-qattiq kulib yubordi. U bunday ketma-ket uchraydigan tasodiflarga ko‘p duch kelmagan edi. U qizni topmoqchi bo‘lgandi, taqdir esa uni o‘zi oldiga olib kelgandi.

— Exx, yaratgan Egam, menga bergan shuncha yil ichidagi og‘riqlardan keyin bergan go‘zal tasodifing uchun rahmat! — dedi u.

Shunday deya sumkasiga darsliklarini soldi va deraza yoniga bordi.

Taehyung derazadan boshini chiqarib pastga qaradi. O‘qituvchi yo‘q, nazoratchi yo‘q. Bu ayni mavrid edi.

U sekin deraza tokchasiga chiqdi va o‘sha yerdagi tarnovga osildi. Ikkinchi qavatdan tushishga u allaqachon o‘rganib qolgan edi. Tarnov ham mustahkam, hali uzoq vaqt uni ko‘tara olardi.

U sekinlik bilan pastga tushayotgan paytda sinfga o‘qituvchi va o‘quvchilar kira boshlashdi. O‘qituvchi sinfda na sumkasi, na daftarlarini ko‘rib, derazadan tashqariga qaradi.

— Hoy, Kim Taehyung! Qayoqqa ketyapsan?! Qayt ortingga yoki direktorga yozib beraymi?! — dedi u jahl bilan lineykani uning tomon o‘qtalib.

— Men ketdim. Oxirgi darslar bo‘lsa qolaversin. San’at darslari men uchun muhim emas. Shunday ekan, men ketdim! — dedi u.

Shunday deya yerga sakrab tushdi.

Butun maktab tanaffus oxiridagi bu tortishuvning guvohi bo‘ldi. Sulli uni derazadan kuzatarkan, pichirlab dedi:

— Axmoq... Darsdan qochishni eplay olar ekan-u, lekin attraksiondan qo‘rqar ekan. Hmm...

— Qayt, Kim Taehyung! Qayt ortingga! — ustoz baqirgancha qoldi.

— Afsuski, darsingiz qiziq emas. Meni to‘xtata olmaysiz! — dedi Taehyung.

Shunday deya yugurib borib devordan oshdi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Tanishtiruv

Kim Taehyung

📅 Tug‘ilgan yili: 2006-yil
🎂 Yoshi: 16 yosh

Harakteri

Og‘ir-vazmin, o‘ylab ish qiladigan va insonlarni tez anglay oladigan yigit. Odamlarning g‘ami va quvonchini tez sezadi, vaziyatga moslasha oladi. Tashqaridan sovuqqon va befarq ko‘rinsa-da, aslida juda kuzatuvchan va hissiyotlarga boy inson.

Hayoti

Taehyung 7 yoshida ota-onasi tomonidan yetimxonaga topshirib ketilgan. O‘shandan beri u yetimxonada ulg‘aygan va hozirgi maktabida ham yoshligidan o‘qib keladi.

Yetimxonada u eng yaxshi xulqli bolalardan biri edi. Aynan o‘sha yerda u IU ismli qiz bilan tanishib, birga ulg‘aydi. Ularning orasidagi voqealar va his-tuyg‘ular esa hozircha sirligicha qoladi. (Sevgi tarixi ham, ular bilan sodir bo‘lgan voqealar ham keyinroq ochiladi.)

Maktabda ko‘pchilik uni bezori deb hisoblaydi. Ammo aslida u unday emas. Shunchaki hayot uni erta ulg‘ayishga majbur qilgan. Bolaligi og‘riqlar va yo‘qotishlar bilan o‘tgan, o‘tmishdagi yaralar esa hanuz qalbida yashaydi.

Hozirda Taehyung o‘sha asoratlar bilan kurashib, qalbida so‘nmagan sevgining kuyida yashamoqda. Tashqaridan kuchli va beparvo ko‘rinsa-da, ich-ichida ko‘plab og‘riqlarni yashirgan yigitdir. U ustoz Son Marining tutingan o`g`li uni garchi boqib ololmagan bo`lsada lekin Taehyung ularni oilasining bir bo`lagi.

Ustoz hammani tinchlantirdi. Qo‘ng‘iroq chalindi va yakuniy dars soatlari boshlandi.

Yana ikki soatlik dars ham ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi. Hamma ketishga shaylanar, kimdir uyiga, kimdir esa to‘garaklarga yo‘l olardi.

Sinfdagi barcha o‘quvchilar sumkalarini yig‘ib, sinfni tark etishdi. Qoq tush payti edi. Quyosh kuz bo‘lishiga qaramay, maktab hovlisini qizdirib turardi.

Hamma chiqib ketgandan so‘ng Herin, Sulli, Mina va Jisoo stollarni birlashtirib, suhbatlashishga kirishishdi.

— Sulli, Sulli, nima bo‘ldi? Boya tanishib keldingmi? — Mina qiziquvchanlik bilan so‘radi.

— Ha, rostdan tanishib oldingmi? — Jisoo unga savolli nigohi bilan qaradi.

Ularning savollaridan Sulli va Herin kulib yuborishdi. Herin biroz kuldi-da, keyin tinchib qoldi. Sulli esa asta fikrlarini yig‘ishtirib, so‘zlay boshladi.

— Tanishib oldim janob oliylari bilan. Ismlari Taehyung emas, V emish. — U ensa qotirib, gapida davom etdi. — Va u yigit bilan oldin ham tanishganman!

U shunday deya gapdan to‘xtadi.

— Ha, darvoqe, u sizga tanishdek munosabat qildi. O‘zim ham hayron qoldim, — dedi Herin kulimsirab.

— Haa, menimcha esladim, — dedi Mina kulib.

— Aynan topding. O‘sha parkdagi qo‘rqoq yigit edi, u o‘sha V ekan. Parkdagi attraksionda boshini bir marta ham ko‘tarmagan o‘sha qo‘rqoq. — U shunday deya kulib yubordi.

— Taqdirni qaranglar, qanday go‘zal taqdir! — dedi Jisoo xayollarga berilib.

— Unchalik ham emas. Menimcha, men uning asabiga birinchi kundanoq rosa tegdim. — Sulli boshini quyi soldi.

— Nima? Nima bo‘ldi? — Mina xavotir bilan so‘radi.

— Herin, sen bilan kutubxonaga borganimizda men bir kitobni olmoqchi bo‘lgandim-ku. O‘sha kitobga yetdim deganimda kimdir uni olib qo‘ydi. Unga qarayman deganimda muvozanatimni yo‘qotib, uning ustiga yiqilib tushdim. O‘sha paytda uning boshi javonga tegdi va yerga qattiq tushdi. Men esa jahl aralash gapirib chiqib ketdim. Ammo uzr ham so‘ragandim! — Sulli kulgancha voqeani aytib berdi.

— Demak, "kitob uchun borini berib yuboradigan o‘rta maktab o‘quvchisi" deb seni aytgan ekan-da? — Herin qattiq kulib yubordi.

— Afsuski, ha! — dedi Sulli afsus bilan.

— Hechqisi yo‘q, tasodiflar bo‘lib turadi. Endi kelishib ketsangiz bo‘lgani. — Mina sumkasining tasmasini o‘ynagan holda gapirdi.

— Haa, balki kelishib ketarmiz. Qiziq, bu uch martalik tasodifning oxiri nima bo‘larkin? — Sulli o‘ychan boshini quyi soldi.

— Nima bo‘lganda ham, uni hali tanimagandek ko‘rsat o‘zingni. Keyin o‘zi gap ochsa, eslagandek gapir. Ko‘p gapirma, e’tibor ham berma. Dramalarda ko‘rganman, bunday hollarda shunday yo‘l tutish kerak. — Jisoo jiddiy ohangda dedi.

— Yaxshi, rahmat. Sizlar bilan tanishib yaxshi qildim. Yordamingiz uchun katta rahmat. Birinchi kundanoq tashvishga qo‘ygan bo‘lsam, uzr. — Sulli ularga qarab dedi.

— Qo‘ysang-chi. Biz ham tanishganimizdan xursandmiz. Sizlar juda ajoyib va sho‘x qizlar ekansizlar. — Jisoo kuldi.

— Rostdan, men ham juda xursandman. Judayam! — Herin sekin o‘rnidan turdi va gapiga qo‘shib qo‘ydi. — Aytgancha, ketdik, Sulli. Matematika to‘garagi soat 14:00 da boshlanadi. Har hafta toq kunlari bo‘ladi, esingdan chiqmasin. Ha, yana juftliklar uchun har juma test olinadi.

— Ha, esimda saqlayman. Ketdik, men guruhdagilar bilan tezroq tanishmoqchiman. — U shunday deya eshik oldida turdi va yana dedi: — Mina, agar to‘garaklaring ko‘p bo‘lsa, kechga yaqin ko‘risharmiz, bo‘lmasa ertagacha.

— Xo‘p, mayli. Charchama! — Mina kulib uni kuzatdi.

— Yaxshi boringlar, omad! — Jisoo qo‘l silkidi.

— Mayli, sizlar ham! — Herin va Sulli sinfdan chiqib ketishdi.

Ular chiqib ketishgandan so‘ng Jisoo va Mina sumkalarini ko‘tarib sinfdan chiqishdi. Ular san’at zalidagi o‘quvchilar bilan kelishib, "Romeo va Julietta" pyesasining saralashiga qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishgandi. Hozir bir-ikki dialog o‘qib berishadi va qobiliyat bo‘yicha eng yaxshi o‘quvchi yigit hamda eng yaxshi qiz tanlanadi. Bu ro‘yxatdan Jisoo o‘tmadi, chunki unga rol ijro etish yoqmaydi. Mina esa yozilgandi, agar o‘ta olsa, Julietta rolini ijro etadi.

— Mina, hayajonlanmayapsanmi? Birinchi kundanoq juda uzun dorga osilding deb qo‘rqaman! — Jisoo xavotir va hazil aralash dedi.

— Yo‘q, men tayyor aktrisaman. Uyda juda yaxshi rol o‘ynayman. Men uydagilarga rol ijro etaman, ular esa shunchaki shunday bo‘lyapti deb o‘ylashadi. — Mina qattiq kuldi.

— Haa, sen balosan. Ketdik unda, kechikmaylik! — Jisoo qadamlarini tezlatdi.

Ular ikkinchi san’at korpusi tomon tezlashishdi. Ularni oldinda ko‘p ishlar kutayotgan edi.

Shu payt Sulli va Herin matematika to‘garagi xonasida boshqa qizlar bilan tanishib o‘tirishgandi. Herin qizlarga Sullini tanishtirdi. Qizlar bilan Sulli yaxshi kelishib ketdi. Hatto guruhdagi yigitlar ham unga qiziqish bildirishdi. Sulli xursand edi, ammo hali ham yuragida bo‘shliq bor edi. Lekin bu bo‘shliq sekin to‘lgandek edi, ammo Sullining yuragidagi bo‘shliq juda katta edi.

Eshikdan Kim Taehyung kirib keldi. Sinfdagi ovozlar o‘chdi, hamma gapira olmay qoldi. Sulli bu sukutdan g‘alati bo‘lib qoldi, o‘quvchilar esa hangomani sekinlashtirib davom ettirishdi. Guruhda o‘rta sinf va yuqori sinf o‘quvchilari bor, jami 14 ta. Bitta yuqori sinf o‘quvchisiga bitta o‘rta sinf o‘quvchisi biriktiriladi. Anchadan beri Taehyungning sherigi yo‘q edi, u ustoz bilan shug‘ullanardi. Endi esa uning sherigi Sulli bo‘ladi, agar ikkisidan biri qarshi bo‘lmasa.

Sinfda hamma darslar bilan shug‘ullana boshladi. Sulli ham daftariga juda ko‘p misollar bajardi. Eshik qiya ochildiyu undan ustoz Nuna kirib keldi.

— Hurmat! — dedi matematika guruhining sardori bo‘lmish Younjun va hamma salom berdi.

— O‘tiringlar! — dedi ustoz Nuna va hamma joyiga o‘tirdi.

— Xullas, guruhimizga o‘ziga xos salohiyatli qiz qo‘shildi. U sening sheriging bo‘ladi, Taehyung. Sulli, doskaga chiq va o‘zingni yaxshilab tanishtir! — ustozning ovozi xonada aks etdi.

Taehyung nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin gapirmadi. Sulli shahdam qadamlar bilan doskaga chiqdi. U hammaga o‘zini tanishtirishga ulgurgan bo‘lsa-da, yana o‘zini tanishtirishga kirishdi.

— Yana bir bor salom hammangizga! Mening ismim Kim Sulli. 2010-yilda tug‘ilganman. Bu maktabga endi o‘tdim. Hammangiz bilan tanishganimdan xursandman, kelishib ketamiz degan umiddaman. — U so‘zlarini tugatib, biroz ta’zim qildi.

— O‘tirishing mumkin. Qani, o‘quvchilar, bugun kim yo‘q? Ko‘zimga kam ko‘rinyapsizlar. Nega har kuni bir o‘quvchi darsda yo‘q? Oxiri bu guruhni boshqa o‘qituvchiga berib yuboraman yoki sizlar darslarimda hafsalamni pir qilmanglar.

Ustoz joyiga o‘tirdi. Hamma jim qoldi. Keyin Younjun turdi-da dedi:

— Ustoz, bugun Jonsuk yo‘q. U shamollab qolibdi!

— Ha, ertaga yana biringiz shamollang. Aytganimdek, keyin boshqa o‘qituvchiga topshirilasiz. Xullas, endi kimdir darsga e’tiborsiz bo‘lsa, guruhni tark etadi. Men charchadim bunday o‘quvchilardan. Tushundingizmi? — Nuna jahli bilan gapirardi.

Sinfdagilar bir zum jim bo‘lishdi, keyin esa hamma "tushundik" deyishdi. Ustoz darsni boshlab yubordi. Hamma yangi darsni o‘ta boshladi.

Bu payt kompaniyalar konferensiyasi juda katta qilib o‘tkazilayotgan edi. Bu konferensiyaning mezboni janob Kim Sohwe edi. Konferensiya zalida deyarli hamma yig‘ilib bo‘lgan, keyin esa tadbir boshlandi. Kompaniyalar sarmoya kiritish uchun arzirli startaplarni topishadi va ularga sarmoya kiritishadi. Konferensiya boshlandi. U yerda yirik kompaniyalar bor edi: Minlar oilasi, Kimlar, Parklar, janob Kwon va boshqalar.

Konferensiya tugadi. Janob Sohwe o‘z kabinetiga qaytdi va hisobchi bo‘lgan kotib Chxvening ayoli Jugyonni chaqirtirdi. Jugyon kirgandan so‘ng janob Sohwe kotibaga hech kimni kiritmasligini aytdi. Sohwe va Jugyon yangi startapni tahlil qilib, sarmoya kiritish uchun yaxshimi yoki yo‘qmi deb hisob-kitob qilishar edi.

Sofi erining kabinetiga keldi va eshikka yaqinlashdi. Shu payt kotiba qiz dedi:

— Janob Sohwe hech kim kirmasin deb aytdilar, xonim!

— Nimaga hech kim kirmasligi kerak ekan? Ichkarida kim bor? — u jahl aralash gapirdi.

— Hisobchi Jugyon xonim bor. Ular nimanidir tahlil qilishyapti. Hozir bezovta qilish yaxshi emas deb o‘ylayman. Uzr, xonim, hozircha kirmay tura qoling! — kotiba yumshoq ovozda dedi.

— Kirishim shart! — Sofi shunday deya eshikni tortib ochib yubordi va ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.

Janob Sohwe va Jugyonning stollari juda yaqin, deyarli orada masofa yo‘q edi. Ular nimanidir muhokama qilayotgandek ko‘rinmas, kulishib o‘tirishardi.

Janob Sohwe o‘rnidan turib Sofining oldiga bordi va uning yelkalaridan tutdi.

— Sofi, bu yerda nima qilyapsan? Konferensiyadan keyin ketaman deb aytgan eding-ku?

— Nima, ketganimda hozir bu yerda ko‘rganimdan ko‘ra ko‘proq ish bo‘lar edimi? — u jahl bilan dedi.

— Sofi, ko‘p gapirma va uyga ket! Gapni ko‘paytirma va xonadan chiqib ket! — u shunday deya Sofini eshikdan chiqarib yubordi.

Sofi inday olmay qoldi. Hozirgi holat uni juda yomon ahvolga solib qo‘ygandi. Jugyon esa hayron edi, chunki haqiqatdan ham bu o‘yin Sohwening nayrangi, xolos, edi. Bu o‘yinga Jugyon shunchaki beixtiyor aralashib qolgandi. Sohwening niyati xotinining tuyg‘ulari bilan o‘ynashish edi.

Sohwe bo‘yinbog‘ini bo‘shatdi va Jugyonga qarab dedi:

— Rahmat, hisob-kitoblar to‘g‘ri ekan endi, ketishing mumkin. Ha, aytgancha, ertaga yana ham yaxshilab hisobni to‘g‘irla, xo‘pmi?

— Xo‘p bo‘ladi, janob! — u shunday deya xonani tark etdi.

Sofi jahl ustida binodan chiqdi va o‘ziga dedi:

— Jin ursin, Sohwe endi hech qachon meni sevmaydi. Yuzidan aniq... yoki bu o‘yinmi? Yo‘q, agar sevsa, ko‘z oldimda shu ishni qilar edimi?

U shu xayol bilan turganda yoniga mashina to‘xtadi.

— Sofii, yaxshimisan? — Sui mashina oynasidan dedi.

— O‘o‘o‘, Sui, salom! Va yana salom, janob Sonje. Yaxshi, rahmat, o‘zingchi? — Sofi unga qarab dedi, ammo ko‘zi Sonjeda edi.

— Men yaxshiman, Sofi. Yur, biznikiga. Ancha bo‘ldi gaplashmadik. — Sui eshikni ochdi.

— Yo‘q, rahmat. Bugun uyda ishlarim ko‘p edi, afsus. — Sofi yolg‘on gapirdi, chunki u hozir jahl ustida xato qilishdan va noto‘g‘ri xayollar bilan yo‘ldan adashishdan qo‘rqayotgan edi.

— Nima ish ham bo‘lardi, Sofi? Yur, xotinimning shahdini qaytarma! — Sonje tilga kirdi.

— Sofi, rostdan yur. Ancha bo‘ldi, men Busanda edim. O‘g‘lim bilan keldim, u bilan ham ko‘rishasan.

— Mayli, qo‘ymading, qo‘ymading-da! — u shunday deya mashinaga mindi.

Ularning mashinasi Parklar xonadoniga yo‘l oldi. Mashina ildamlik bilan yo‘lga tushdi. Mashina ichida Sofi va Suining hangomalari jaranglar edi.

Sofi hali ham kompaniyadagi voqeadan chiqib ketolmayotgan edi. Sonje esa Sofining yuzidagi horg‘inlikni sezib olgandi.

Sonje hali o‘g‘li Jimin tug‘ilishidan avval, Sofining o‘g‘li Seokjin bir yoshga kirgan payt kompaniyalar yig‘ilishida Sofi bilan bir muddat gaplashib qolgandi. O‘shanda Sofi Sui bilan dugona edi. Sonje Suining eri ekanini Sofi keyinroq bilib qoldi.

Sonje va Sofining munosabatlari Sui Jiminni dunyoga keltirgandan so‘ng jiddiylashdi. Ular uch yil munosabatda bo‘lishdi, ammo buni na Sui, na Sofining eri Sohwe bilardi. Hammasi yashirincha davom etardi. Keyinchalik Sofi Sulliga homilador bo‘ldi, shundan so‘ng ular munosabatlarini uzishdi.

Sonje esa uni unuta olmadi. Sui bilan ham yaxshi munosabatda bo‘la olmadi, chunki uning ko‘zi vaqtinchalik sevgidan ko‘r bo‘lib qolgan edi. Sui boshqa farzandli bo‘la olmadi, bundan esa Sonje faqat nolir, ayolidan ayb qidirishda davom etardi.

Oxir-oqibat Sonje har doimgidek turli ayollarga ko‘z yugurtirib, Suiga e'tibor bermay qo‘ydi. Sui esa uch yil avval o‘g‘li bilan Seuldan Busanga ketdi.

Oilada mehr qolmadi, buni esa farzandiga bildirmaslikka harakat qilishardi. Hozir Sonje va Sui o‘rtada farzand bo‘lgani uchungina birga yashashardi.

Sonje kompaniyalardagi g‘iybat va gap-so‘zlarni doim eshitib yuradigan odam edi. Uning tanishlari ko‘p. Yaqinda uning qulog‘iga bir gap yetib keldi. Eshitishlaricha, «Janob Sohwe va Sofi urushib qolgan emish». Sonje bu gaplarni eshitib, o‘zi uchun imkon qidirdi.

Hattoki hozir Sofining qiyofasidan ham bu gaplar rost ekanini sezish mumkin edi. Sonjening miyasiga bir fikr keldi. U Sofini o‘ziga qaytarishni ich-ichidan xohlardi. Endi esa bu niyatini amalga oshirishgina qolgan edi.

Mashina katta qo‘rg‘onning darvozasi yonida bir tormoz bilan to‘xtadi. Mashinadan avval Sonje tushdi-da, Sui va Sofining eshigini ochdi.

— Marhamat, xonimlar, tushishingiz mumkin! — u jilmaydi, ammo bu jilmayish ortida Suiga nisbatan mehr emas, Sofiga bo‘lgan tuyg‘ular yashiringan edi.

— Rahmat! — dedi sovuqqonlik bilan Sui.

— Rahmat, janob Sonje! — Sofi g‘alati bo‘lib dedi.

Sonje Sofidan qo‘rg‘onga kirguncha ham ko‘z uzmasdi. Bu nigohlar esa Sofini yeb qo‘yayotgandek edi.

Ular eshikdan kirishlari bilan xizmatkor ayol kutib oldi.

— Salom, janob Sonje, salom Sui xonim va Sofi xonim! Yaxshi keldingizmi?

— Yaxshi, rahmat! — dedi Sui ayolga jilmayib.

— Mehmonxonaga kirishingiz mumkin. Men qahva tayyorlab kiraman, marhamat! — xizmatkor ayol ularni ichkariga chorladi.

Sonje o‘z xonasiga chiqib ketdi, Sui va Sofi esa mehmonxonaga kirishdi. Mehmonxona o‘ziga xos bezatilgan bo‘lib, o‘rtada osilib turgan katta qandil unga ko‘rk bag‘ishlab turardi.

Ular o‘tirishdi. Sofi telefonidagi soatga qarab qo‘ydi, Sui esa gap boshladi.

— Sofi, qizing katta bo‘lib qolgandir, ancha bo‘ldi ko‘rmaganimga. — Sui jilmaydi.

— Ha, katta bo‘lib qoldi. Ko‘rmaganingga ham uncha ko‘p bo‘lmadiku. O‘zi atigi uch yil ko‘rishmadik! — Sofi kuldi.

— Ha, vaqt juda ko‘p o‘tgandek tuyuladi-da. Busandan kelganimizga ham bir oy bo‘ldi. — Sui biroz xo‘rsindi.

— Nimaga horg‘insan? Nimadir bo‘lyaptimi? — Sofi o‘zini bilmaganga olib so‘radi.

— Nimasini aytasan. Mana uch yildirki Sonje bilan kelisha olmaymiz. Busanga ketishimdan oldin qattiq bahslashdik va qaytib yarashmadik. O‘g‘limiz Jimin uchungina unga chidayman, lekin baribir ajrashish tarafdoriman. Menga bunaqa suyuqoyoq er kerak emas. — Sui telefonga bir qarab qo‘ydi-da, keyin Sofiga tikildi.

— Sonjeni bunday deb o‘ylamayman. Nahotki senga xiyonat qilsa? — Sofi o‘zini hali ham hech narsani bilmaydigan odamdek tutib dedi.

— Ha, afsuski, u shunday inson. Jiminga mehribon bo‘lgani uchun ham u bilanman. O‘g‘lim ota mehrisiz katta bo‘lishini istamayman. Menga esa unday odamning e’tibori kerak emas. — Sui jahl bilan dedi.

— Mayli, asabiylashma. Balki o‘zgarib qolar, ko‘ngli bo‘lmasa ham biroz e’tiborli bo‘lib qolar. — Sofi kuyunib dedi.

— Mayli, menga e’tibor shart emas. Jiminga e’tibor qaratsa bas. Yana bir yoki ikki yil o‘tsin, ajrashaman. O‘zi Sonje shu gaplarni kutib yuribdi, xuddi uning ham ko‘nglida kimdir bordek. Ajrashishdan avval o‘g‘limni Yaponiyaga jo‘natib, keyin ortidan ketaman. Shunda osonroq bo‘ladi. — Sui rejasini Sofiga aytib berdi.

— Balki ajrashmassan axir...

Sui uning gapini bo‘ldi:

— Yo‘q, ko‘ramiz. Ajrashganimizdan so‘ng nima qilar ekan? — u kesatiq bilan gapirdi.

Suining haqoratlari va ahmoqona rejasini eshitib turgan Sonje oxiri chiday olmadi. Yana davom etishi kerak bo‘lgan suhbatni Sonjening qadam tovushlari va tomoq qirishi buzib yubordi.

Eshikdan mag‘rur kirib kelgan erkak ikki xonimning oldidan joy olib dedi:

— Nimalarni suhbat qurib turibsizlar?

Hammasini eshitgan bo‘lsa-da, u qiziqqan odamdek so‘radi.

— Shunchaki suhbat quryapmiz. E’tirozingiz bormi? — Sui kesatiq bilan gapirdi.

— Yo‘q, shunchaki qiziqdim. Xotinjon, eringga buncha qo‘pol bo‘lmasangchi. — U qo‘lini Suining yuziga olib bordi. Bu ish bilan Sofining rashkini qo‘zg‘atib ko‘rmoqchi edi.

— Ishingiz bo‘lmasin. — Sui jahl bilan yuzini olib qochdi.

Sofi biroz o‘zini noqulay his qildi, xuddi keraksiz paytda keraksiz joyga tushib qolgandek.

Xonada sukut hukmron bo‘ldi. Bu sukutni Suining telefon qo‘ng‘irog‘i buzib yubordi.

— Alo, salom! — Sui qo‘ng‘iroqqa javob berdi.

— Salom, men Jiminning sinf rahbariman. Iltimos, maktabga kela olasizmi?

— Nima bo‘ldi, jiddiy sabab bormi? — Sui xavotir bilan dedi.

— Yo‘q, shunchaki uning to‘garaklaridagi test sinovlari natijalari chiqadi. Yonida bo‘lib, qo‘llab-quvvatlasangiz degandim.

— Xo‘p, boraman hoziroq!

Sui shunday deya telefonni qo‘ydi va haydovchini chaqirtirdi.

Sui telefonini sumkasiga soldi-da, o‘rnidan turib Sofiga dedi:

— Sofi, o‘tira turasanmi? Men o‘g‘limni maktabdan olib kelaman. U bilan ko‘rishib, kechki ovqat qilardik.

— Yo‘q, mening uyda ishlarim bor edi. O‘tira olmayman, uzr, Sui. — Sofi qolishni istamay dedi.

— Yo‘q dema, iltimos. Bir safargina, iltimos!

— Xo‘p, qo‘ymading-da. Tezroq kelsangiz yaxshi bo‘lardi.

— Xo‘p, tez kelamiz!

Sui mehmonxonadan otilib chiqdi. U yerda esa Sonje va Sofi yolg‘iz qolishdi.

Sonje boyagi qo‘pollikdan so‘ng ayolidan qayerga ketayotganini ham so‘ragisi kelmadi, lekin bu qo‘pollikni u o‘zi uchun sotib olgandi. Sukut hukmron bo‘lgan mehmonxona qandili biroz titrab ovoz chiqardi. Sonje va Sofi birdaniga qandilga qarashdi. Qandildan ko‘z uzisharkan, beixtiyor bir-birining ko‘ziga to‘qnash kelishdi.

— Meni shuncha tez unutib yubordingmi, Sofi? To‘g‘ri, oradan 12 yil vaqt o‘tdi, — Sonje biroz horg‘inlik bilan dedi.

— Bu oddiy do‘stlik munosabatlari edi, men siz bilan jiddiy munosabatda bo‘lmaganman, — Sofi qat’iy dedi.

— Axir bellaringdan tutgan qo‘llarim taftini yodingdan chiqardingmi?

— Sonje, iltimos, eslamaylik!

— Nega? Nega axir? Sevgim yolg‘on emasdi. Unuta olmadim, hali ham sevaman!

— Taqdir emas ekan, balki ko‘nikarmiz. Farzandlarimiz ham bor.

— Farzandlar... Darvoqe, o‘g‘limni yaxshi ko‘raman, lekin Suida ko‘nglim yo‘q. Men seni sevaman, Sofi, seni...

— Men esa sevmayman. Mening ikki farzandim va erim bor.

— O‘sha hiyonatkor Sohwemi? O‘zining kompaniyasida ishlaydigan hisobchi ayol bilan sevishib yurgan.

— Nimalar deyapsiz?

— Ha, rostdan ham shunday emasmi? Sen o‘sha ayol bilan ko‘rmadingmi? Ko‘p guvoh bo‘lding shekilli?

— Ha, ammo ular shunchaki gaplashib turishgandi!

— Adashasan, Sofi. U seni tuyg‘ularing bilan o‘ynayapti, tuyg‘ularing esa meni deyapti. Nahotki seni shuncha yil sevgan insonga bir bor ishonch bermasang? O‘sha ering kabi bo‘la olaman, undan ortig‘ini bera olaman. Faqat ishonch bersang bas!

— Axir Suichi, u nima qiladi?

— Rejasini eshitding-ku. O‘g‘limni olib Yaponiyaga ketmoqchi. Qo‘lidan kelganini qilsin.

— Axir o‘g‘lingizni o‘ylang. Men farzandlarimdan kecha olmayman, uzr. Afsuski, shunchaki ko‘nib yashang.

— Ha, o‘sha tun-chi? Ikkimiz yolg‘iz. Nahot o‘sha tun ham yolg‘on edi?

— O‘sha tuni hech narsa bo‘lmadi, men... men...

Sofining ovozi titrab ketdi. O‘sha tun xotirasida hali ham tirik edi. U tun ular bir-biriga eng yaqin bo‘lgan, ammo aynan o‘sha yaqinlikdan keyin Sofi o‘zidan qo‘rqib qolgan edi. Chunki qalbi bir muddat bo‘lsa ham Sonjega og‘ib ketganini tan olgisi kelmasdi. Yillar o‘tsa ham bu xotira ko‘nglining eng chuqur joyida yashirinib yotardi.

— Ko‘rdingmi? Asos ham topa olmaysan. Ehtiroslarimiz aldamaydi. Demak, hali ham bir-birimizda ko‘nglimiz bor.

Sofi indamadi. Sonjening gaplari yuragiga og‘ir botayotgan edi. U o‘zini alday olardi, ammo yuragini emas. Bir vaqtlar Sonjeni sevganmi yoki yo‘qmi, bunga javob topolmasdi. Faqat bitta narsani bilardi — yana o‘sha yo‘lga qaytishni istamasdi. Bir marta qilgan xatosini ikkinchi bor takrorlashdan qo‘rqardi.

— Yo‘q, uzr Sonje, men ketdim, — u shunday deya o‘rnidan turdi.

— Ketishingga yo‘l qo‘yadi deb o‘ylaysanmi? — dedi Sonje.

U Sofining qo‘llaridan ushlab o‘ziga tortdi. Qo‘llarini uning belidan o‘tkazib, lablarini uning lablariga bosdi.

Sofi qotib qoldi. Uni itarib yuborishga ham, javob qaytarishga ham kuch topolmadi. Yuragi tartibsiz ura boshladi. Shu lahzada u o‘zidan nafratlandi. Chunki ich-ichida bu yaqinlikni butunlay rad eta olmayotganini sezdi. Ammo shu bilan birga, farzandlari, oilasi va yillar davomida qurilgan hayoti ko‘z oldiga kelardi.

Sonje bir muddat undan bo‘sa oldi, ammo Sofi javob qaytarmadi. U na Sonjeni quchoqladi, na undan uzoqlashdi. Shunchaki sukutda qoldi.

— Yaxshi, bugun javob qaytarmading. Ertaga o‘zing iqror bo‘lib kelasan! — dedi Sonje va uni qo‘yib yubordi.

Sofi bir necha soniya joyida qotib turdi. So‘ng indamasdan qo‘rg‘ondan chiqib ketdi va haydovchisini chaqirdi. Mashinaga o‘tirarkan, beixtiyor lablariga qo‘l tekkizdi. Yuragi esa hamon tinchimayotgandi.

— Nega endi? Nega aynan hozir? — degan savol xayolidan o‘tdi.

U darhol Suiga qo‘ng‘iroq qilib uyiga ketganini aytdi-da, uyiga qaytib keldi.

Soat 16:00. San’at o‘quvchilari Romeo va Julietta uchun saralashni tugatishga bir zum qolgandi. Sahnaga navbat Minaga keldi. U asta qadam tashlab markazga chiqdi. Qo‘llari biroz titrardi, ammo ko‘zlarida qat’iyat bor edi.

Zal jimib qoldi.

Mina chuqur nafas oldi va qo‘lidagi ssenariyga bir qaradi. So‘ng boshini ko‘tarib, go‘yo rostdan ham balkon ustida turgan Juliettaga aylandi.

— Ey Romeo, Romeo! Nega sen Romeo bo‘lishing kerak? Otangdan voz kech, ismingdan voz kech. Agar buni qilolmasang, meni sevishingni ayt, men esa Kapuletti bo‘lishdan voz kechaman...

Mina so‘zlarni shunchaki o‘qimadi. Uning ko‘zlari namlanib, ovozi mayin titradi.

— Ism nima o‘zi? Atirgulni boshqa nom bilan atasak ham uning ifori o‘zgarmaydi-ku...

U shu joyga kelganda qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ydi. Nigohlari uzoqqa qadaldi. Go‘yo qarshisida haqiqiy Romeo turgandek edi.

— Romeo... ismingni tashla. O‘sha ism evaziga mening butun qalbimni ol...

So‘ng jim bo‘lib qoldi.

Zalda sukut cho‘kdi.

Bir necha soniyadan keyin kuchli qarsaklar yangradi. Hattoki ayrim o‘quvchilar bir-biriga qarab hayrat bilan bosh chayqashdi.

O‘qituvchi Zeyna xonim ham bir muddat jim qoldi. So‘ng qo‘lidagi qalamni stolga qo‘yib jilmaydi.

— Mina, sahnada qo‘rqmading. So‘zlarni emas, tuyg‘ularni o‘qiding. Julietta aynan shunday bo‘lishi kerak. Men ko‘plab o‘quvchilarni ko‘rdim, lekin sen tomoshabinni eshitishga emas, his qilishga majbur qilding.

U biroz to‘xtab davom etdi:

— Ovoz nazorating yaxshi. Mimikalaring tabiiy. Ayniqsa "Ism nima o‘zi?" degan joyda ko‘zlaring bilan gapirding. Aktrisalik qobiliyating juda yaxshi ekan.

Zal yana qarsak chaldi.

— Tabriklayman Mina. Sen Julietta roli uchun qabul qilinding.

Mina bunga ishonmay bir necha soniya qotib qoldi. Keyin yuzida katta tabassum paydo bo‘ldi.

— Raxmat ustoz!

Sahnadan tushishi bilan Jisoo yugurib kelib uni quchoqlab oldi.

— Mina! Ajoyib aytib berding! Aktrisalik qobiliyating zo‘r ekan. Qoyil!

— Ha, aytgan edim-ku... — Mina uyalib kuldi.

— Endi ssenariyni olib keyin qahva ichgani boramizmi?

— Mayli, yur!

Ular san’at bo‘limi xonasiga kirishdi. U yerda san’at bo‘limi sardori Jeon Jungkook o‘tirardi. U stol ustidagi qog‘ozlarni tartiblayotgan edi.

— Kechirasiz, Julietta roli uchun ssenariy olgani kelgandik, — dedi Mina.

Jungkook boshini ko‘tarib unga qaradi.

— Demak yangi Julietta siz ekansiz?

— Ha...

— Rostini aytsam, sahnadagi ijrongizni ko‘rdim. Juda yaxshi chiqdi.

Mina biroz uyalib ketdi.

— Raxmat.

Jungkook jilmayib javondan ssenariy papkasini oldi.

— Mana. Endi bu qog‘ozni yaxshi asrang. Romeo bilan urushib qolmang yana.

Jisoo kulib yubordi.

— Hali Romeo topilmagan bo‘lsa-chi?

— Unda Romeo omadli ekan, — dedi Jungkook hazil aralash.

Mina nima deyishni bilmay qoldi.

— Raxmat, sardor.

— Omad sizga, Julietta.

Ular ssenariyni olib qahvaxonaga yo‘l olishdi.

Qahvaxonada o‘tirganlaridan keyin ham Minaning yuragi hayajondan tinchimayotgandi. Bolaligidan sahnani yaxshi ko‘rardi. Ammo bugun ilk marta o‘zini kimningdir oldida isbotlagandek his qildi.

Jisoo esa dugonasiga qarab ichidan quvonardi.

— Rostdan ham yaxshi qiz ekan. Birinchi kundanoq hammaga moslashib ketdi, — deb o‘yladi u.

Ular qahvalarini olib deraza yonidagi stolga o‘tirishdi. Tashqarida kuz shamoli daraxt barglarini asta silkitardi. Saralash tugagani uchun ikkalasi ham ancha yengil tortgan edi.

— Rostdan ham yaxshi ijro qilding, — dedi Jisoo stakandagi qahvani aylantirib. — Men bo‘lsam sahnaga chiqqanimda gapirishni ham unutib qo‘yardim.

— Qo‘rqdim aslida, lekin sahnaga chiqqanimdan keyin hayajonim yo‘qoldi, — Mina kuldi.

— Sen qayerda yashaysan o‘zi?

— Hozircha Seulda. Dadam biznes bilan shug‘ullanadi. Akam esa yaqinda chet elga o‘qishga ketgan.

— Voy, akang ham bormi?

— Ha, bitta akam bor.

— Omading bor ekan. Men yolg‘iz farzandman.

— Rostdanmi?

— Ha. Shuning uchun ko‘pincha zerikaman.

Mina jilmaydi.

— Men ham ko‘p vaqt akam bilan birga bo‘lardim. U ketganidan keyin uy juda jim bo‘lib qoldi.

— Demak akangni juda yaxshi ko‘rarkan-san.

— Albatta. U meni doim himoya qilardi.

Jisoo bosh irg‘adi.

— Bizning oilada esa faqat men va dadam. Onam men kichkinaligimda vafot etgan.

Mina bir zum jimib qoldi.

— Kechirasan... bilmasdim.

— Hechqisi yo‘q. Ko‘nikib ketganman. Dadam ikkovimiz yaxshi yashaymiz.

Suhbat asta-sekin davom etdi. Ular sevimli fanlari, bolalikdagi qiziq voqealari, maktab haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Oradan qariyb bir soat o‘tgach, Jisoo kulib dedi:

— Biz bir soatdan beri gaplashyapmiz, lekin telefoningdagi rasmlarni ko‘rsatganing yo‘q.

— Rasmlarnimi?

— Ha-da. Hozir hamma odamning telefoni yarim tarjimai holi hisoblanadi.

— Unda afsus qilasan.

— Ko‘ramiz!

Mina telefonini ochib unga uzatdi.

Jisoo rasmlarni varaqlay boshladi.

Birinchi suratda Mina va akasi tushgan edi.

— Voy, akang chiroyli ekan.

— Maqtama, o‘rganib qoladi.

Keyingi suratlarda oilaviy bayramlar, tug‘ilgan kunlar va sayohatlar aks etgan edi.

— Oilang juda ahil ko‘rinadi.

— Ha, yomon emas.

Jisoo yana bitta suratni surdi.

Birdan to‘xtab qoldi.

— Haa, yaramas qiz... bu kim endi?

Mina suratni ko‘rishi bilan yuragi hapriqib ketdi.

— Iii, to‘xta!

U darrov telefonni tortib oldi.

Ammo kech bo‘lgandi.

Jisoo allaqachon suratdagi yigitni ko‘rib ulgurgan edi.

— Ana endi qiziq joyiga keldik.

— Kim u, yaxshi ko‘rgan yigitingmi? Uni sevasanmi? — so‘radi Jisoo katta qiziqish bilan.

— Yo‘q, unday emas!

— Aldama! Mayli, sen aytsang men ham aytaman!

— Rostdanmi?

— Albatta. Dugonalar orasida sir bo‘lmaydi! Qolaversa men yaxshi sir saqlayman! — Jisoo jiddiylik bilan dedi.

Mina bir muddat telefon ekraniga qarab qoldi. Suratdagi yigitning kulgisi yuragini allaqachon o‘g‘irlab bo‘lgandi. Uni qachon sevib qolganini o‘zi ham bilmasdi. Balki ilk bor mehribon gaplashganida, balki uni himoya qilganida. Ammo bir narsani aniq bilardi — u yigit haqida o‘ylamagan biror kuni yo‘q edi.

— Mayli, unda eshit. Bu yigit Sullining akasi Kim SeokJin bo‘ladi. Ha, men uni rostdan sevaman. — Mina boshini egdi.

— Nega buncha horg‘inlik bilan aytasan, nima u o‘lganmi?

— Yo‘g‘-e, shunchaki chet elda. Yaqinda mening akam bilan o‘qishga ketdi.

— Ha, unda nega horg‘insan?

— U yerda qizlar ko‘p. Men esa hali kichikman va u sevishimni qayoqdan bilsin.

Mina kulishga urindi, ammo ko‘zlarida ozgina mung paydo bo‘ldi. Ba'zida inson eng ko‘p o‘ylaydigan odamiga eng uzoq odam bo‘lib qolarkan.

— Exx, aytilmagan sevgi shunday. Aslida sen unga hech kimsan, ammo rashk qilaverasan!

— Nima, sen ham aytmaganmisan? — hayron bo‘lib so‘radi Mina.

Jisoo qahvasidan bir ho‘plab ichdi.

— Axir qara, juda yoshmiz. Hali sevgiga bor! Ammo aytmasdan sevish ham boshqacha tuyg‘u!

Aslida u yolg‘on gapirayotganini bilardi. Sevgi yosh tanlamasligini o‘zi ham yaxshi bilardi. Shunchaki qalbidagi sirni aytishga qo‘rqardi.

— Shunday. Ha mayli, endi sen ayt. Sevganing kim?

Jisoo bir muddat jim qoldi.

— Herinning akasi Jung Heosok. Herinni taniganimdan beri akasini taniyman. Boshida rostdan aka deb yurar edim, ammo katta bo‘lib sevib qolganimni angladim. Uni shunchaki qarashi yurakda boshqa tuyg‘u uyg‘otadi.

Bu gaplarni aytarkan, Jisooning lablarida beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi. Hoseokning kulgisi, gapirish uslubi, odobli muomalasi ko‘z oldidan o‘tib ketdi.

— Exxeee, men telbaman desam sen mendan ham telbaroq ekansanku! — Mina kuldi.

— Balki...

— Rasmi bormi? Heringa aytganmisan?

— Mana rasmi. — Jisoo telefonni olib Minaga tutqazdi va davom etdi: — Yo‘q, aytmaganman!

Mina suratga qarab hushtak chaldi.

— Voy-bo‘, chiroyli ekan-ku!

— Jim bo‘l! — Jisoo kulib yubordi.

— Balki aytsang, u akasiga aytsa bo‘lmaydimi? Nega shunday qilmaysan?

— Bilasanmi, u mendan sakkiz yosh katta. — Jisoo qo‘lini peshonasiga urib dedi.

— Sevgi yosh tanlamaydi, Jisoo. Sevgan insoningga tezroq sevishingni aytishing kerak. Qabul qilsa umringni birga davom etasan, rad etilsang hayotingda yo‘l ochasan va davom etasan.

— O‘zing nega Sulliga aytib shunday iqror bo‘lmaysan?

Mina bir lahza jim qoldi.

— Chunki SeokJin qizlarga qaramaydi deb o‘ylayman. Kelganida iqror bo‘laman, aniq!

Aslida u bu gapni aytayotgan bo‘lsa ham, yuragining bir chekkasida qo‘rquv bor edi. Agar rad etsa-chi? Agar uni singlisining dugonasi sifatida ko‘rsa-chi?

— Ha mayli, bir gap bo‘lar. — Jisoo telefonga tikildi.

U ham xuddi Mina kabi o‘ylardi. Balki bir kun kelib sevgan insonlari oldida turib yuraklaridagi gaplarni ayta olishar. Balki o‘sha kun hech qachon kelmas. Lekin hozircha ikkalasi ham orzu qilishda davom etishardi.

Birozdan so‘ng qahva ichib bo‘lgan Mina va Jisoo hisobni to‘lab chiqishdi. Minaning uyidagilar erta kelishi uchun haydovchiga tayinlashgan edi. Haydovchi keldi. Mina Jisoo bilan xayrlashib uyiga ketdi, Jisoo ham uyiga yo‘l oldi. Uning uyi maktabga uncha uzoq emasdi.

Matematika to‘garagidan charchab chiqqan Sulli va Herin maktab yonidagi tamaddixonaga kirishdi. Ichkarida yangi pishgan taomlarning hidi dimog‘ni qitiqlar, joy esa juda ozoda va tartibli edi. Ular tokpoki buyurtma qilishdi. Buyurtma tayyor bo‘lguncha suhbatlashib o‘tirishga qaror qilishdi.

— Herin, menga o‘zing va oilang haqida gapirib ber. Men ham keyin o‘zim haqimda aytaman! — Sulli jilmayib dedi.

— Mayli, eshit. Bizning oilada uchta farzand edik. Otamning vafotidan keyin singlim ham kasallik sabab olamdan o‘tdi. Otam mashhur poygachi edi, poygalarning birida halokatga uchragan. Men hali juda yosh edim. Akam esa bizni yolg‘iz tashlab qo‘ymadi. Ham ishladi, ham o‘qidi. Hozir ham shunday. Shukrki, oilamiz inoq. Otam va singlimning qadri doim bilinadi, lekin akam ularning o‘rnini imkon qadar to‘ldirib turadi. Hozir universitetda o‘qiydi, mashinani juda yaxshi haydaydi. Shu yo‘nalishda tahsil olyapti.

— Haa... Men otangiz yo‘qligini bilmagandim. Dilingizni og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman.

— Hech qisi yo‘q. Endi sen gapir! — Herin jilmaydi.

— Men ham oilada kenjaman. Sen kabi. Bitta akam bor. Hozir Germaniyada moliya yo‘nalishida o‘qiydi. Dadamning o‘ng qo‘li desa bo‘ladi. Oilamizni inoq desa ham bo‘ladi.

— Nega "desa ham bo‘ladi"?

Sulli bir lahza jim qoldi. So‘ng kulimsirab bosh chayqadi.

— Kel, shu haqda gaplashmay qo‘yaqolaylik.

— Mayli. Nima desang shu.

— Haa, aytgancha, maktabning narigi tomonidagi qora binoni ko‘rdim. Yozuvini o‘qiy olmadim. U qanday joy?

— Haa, umi? Uning nomi "Yarim tun kutubxonasi". Adashmasam, pullik kutubxona. Eshitishimcha, ichkarida doim tun muhiti bo‘lar ekan. Faqat obuna bo‘lganlar kira oladi. Ichkariga kirishing bilan xira shamlar yorug‘i, qoramtir muhit. Xuddi tun kabi. Kunduzi ham, kechasi ham.

Sullining ko‘zlari chaqnab ketdi.

— Muncha zo‘r! Obuna bo‘lish qancha ekan? Men ham obuna bo‘laman. Bilmaysanmi?

— Yo‘q, faqat shularni bilaman xolos.

— Haa mayli... Iye, ovqat ham keldi. Yoqimli ishtaha!

— Senga ham!

Ular ovqatlana boshlashdi. Orada yana suhbatlashishdi, kulishdi, kitoblar haqida gaplashishdi. Vaqt qanday o‘tganini ham sezishmadi.

Sulli tasodifan telefoniga qaradi-yu, ko‘zlari kattalashib ketdi.

— Voy! Soat olti bo‘libdi!

— Rostdan ham! — Herin ham hayron bo‘ldi.

— Kech bo‘libdi, Herin. Uying qayerda?

— Uncha uzoq emas. Velosipedda qatnayman. Maktab oldida velosipedim turibdi. O‘zing qanday ketasan?

— Mening haydovchim kelishi kerak edi. Hali yo‘q. Otam kech borsam gapirishi aniq. Ayniqsa onam! Haydovchim juda yaxshi inson. Meni deb uni ham ishdan bo‘shatishlari mumkin.

— Shoshma. Balki ishlari chiqib qolgandir. Sen ham o‘qishni bahona qilasan, tamom.

— Ha, mayli. Yur, hisobni men to‘layman. Maktab oldiga boraylik.

— Men ham pul beraman!

— Hech qisi yo‘q, o‘zim to‘layman. Sen chiqaver.

— Ho‘p!

Sulli hisobni to‘lab tashqariga chiqdi. Herin uni eshik oldida kutib turardi. Kech kirib borayotgan bo‘lsa-da, ko‘chalarda hali ham odamlar ko‘p edi. Ular maktab tomonga piyoda yo‘l olishdi.

— Bugun rosa charchadim, — dedi Sulli yengil cho‘zilib.

— Men ham. Ayniqsa Nuna ustozning darsidan keyin boshim qotib qoldi.

— To‘g‘ri aytasan. Birinchi kunimdayoq bunchalik misol ishlashimni kutmagandim.

— Hali ko‘nikib ketasan. Bizning guruh doim shunaqa.

— Taehyung ham har kuni qatnashadimi?

Herin kulib yubordi.

— Nima bo‘ldi? Bir kunda sheriging bilan qiziqib qoldingmi?

— Yo‘q-e! Shunchaki so‘radim.

— Albatta qatnashadi. Ba'zan kechiksa ham keladi. To‘garakni qoldirmaydi.

— Qiziq bola ekan.

— Juda qiziq.

Ikkalasi kulib yuborishdi.

Suhbatlashib borisharkan, maktab darvozasi oldiga yetib kelishdi. Herin velosipedining qulfini ochdi va rulidan ushladi.

— Ertaga yana ko‘rishamiz, — dedi u.

— Ha, ertaga ko‘rishamiz. Faqat haydovchim qayerda qoldi ekan?

Sulli yo‘l tomonga qarab qo‘ydi. Shu payt uzoqdan qora mashina ko‘rinib, sekin ularning oldiga kelib to‘xtadi.

— Ana keldi! — dedi Sulli yengil xo‘rsinib.

Mashina eshigi ochildi. Haydovchi o‘rindig‘idan Heosok tushdi.

— Salom, Sulli. Uzr, biroz kechikib qoldim.

— Salom, Heosok aka. Hechqisi yo‘q. Men ham endi chiqib bo‘ldim.

Herin esa bir zum qotib qoldi.

U avval akasiga, keyin Sulliga, yana akasiga qaradi.

— Aka?!

Heosok ham singlisini ko‘rib hayron bo‘ldi.

— Herin?

— Nima qilyapsiz bu yerda?

— Nima qilardim? Sullini olib ketgani keldim.

Herinning ko‘zlari yanada kattalashdi.

— To‘xta... Sullining haydovchisi sizmisiz?

Sulli ham hayron bo‘lib ikkalasiga qaradi.

— Sizlar tanishmisizlar?

— Tanishmiz emas, bu mening akam! — dedi Herin.

— Nima?! — Sulli beixtiyor kulib yubordi. — Rostdanmi?

— Ha, afsuski shu mening akam, — dedi Herin hazillashib.

— Ey, "afsuski" deganing nimasi? — Heosok kulib qo‘ydi.

— Chunki ba'zida juda zerikarli bo‘lasiz.

— Menmi?

— Ha, siz!

Sulli ularning tortishuviga qarab kulib yubordi.

— Tasodifni qaranglar. Men butun kun yonimda yuradigan odamning singlisi bilan do‘stlashibman.

— Men ham kutmagandim, — dedi Heosok bosh chayqab. — Dunyo kichkina ekan.

— Juda kichkina ekan, — dedi Herin ham kulib.

Bir necha soniya uchalasi ham kulib turishdi.

— Mayli, men ketdim, — dedi Herin velosipediga o‘tirib. — Uyda ko‘rishamiz, aka.

— Ehtiyot bo‘l.

— Sen ham ehtiyot bo‘l, Sulli.

— Xo‘p, ertagacha!

— Ertagacha!

Herin qo‘l silkitib velosipedda uzoqlashdi. Heosok esa mashinaning orqa eshigini ochib, Sulliga joy ko‘rsatdi.

— Marhamat.

— Rahmat.

Sulli mashinaga o‘tirdi. Mashina asta harakatlana boshladi, Herin esa ortidan qarab turib, bugungi tasodiflarga hali ham ishonolmay boshini chayqab qo‘ydi.

Sulli mashina ichida xayollarga botdi. Bugungi kun unga juda hayajonli va qiziqarli o‘tgan edi. Tasodiflar ham bir-biridan ajoyib bo‘ldi. U beixtiyor kulib yubordi. Ammo telefoniga kelgan xabar kulgusini bir zumda tarqatib yubordi.

SMS:
"Qayerlardasan? To‘garak tugaganiga ancha bo‘lganku? Tezroq kel!"

Sulli xo‘rsinib qo‘ydi.

Heosok buni ko‘rib gap boshladi:

— Nima bo‘ldi, kichik xonim? Eee... Sulli?

— Eee, nimasini aytasiz. Kech bo‘lib ketdi. Onam jahl qilib yozibdi. Uyga borsam rosa dodimni beradilar shekilli!

Heosok kulib yubordi.

— Hafa bo‘lmang, Sulli. Onangiz sizni o‘ylab aytgandir. Hech qisi yo‘q. Qolaversa, kech bo‘lib ketganiga arzirli sababingiz bor-ku. Yana bir to‘garakka yozildim deng, tamom.

Sulli biroz jilmaydi.

— Maslahat uchun rahmat, aka. Meni senlayvering. Axir kichkinaman-ku.

— Hop, Sulli. Mayli.

Mashina yo‘lda davom etardi.

— Ha, aytgancha, Heosok aka. Singlingiz juda yaxshi qiz ekan. Yaqindan tanishib oldim.

— Ha, Herin yaxshi qiz.

— Yana siz bekorga haydovchi bo‘lib ishlamas ekansiz-a?

Heosok yengil kuldi.

— Ha. Oilamni boqish uchun ishlayman, ham o‘qiyman. O‘qishni bitirib olsam, yaxshiroq ish topaman. Ungacha haydovchilik qilib turganim yaxshi.

Sulli biroz ikkilanib so‘radi:

— Asosiy kasbingiz nima o‘zi? Herindan so‘ramabman.

Heosok bir lahza jim qoldi.

— Poygachiman.

— Rostdanmi?

— Ha. Lekin buni hech kim bilmaydi. O‘z taxallusim bor.

— Qanaqa?

— J-Hope.

— Voy! Juda zo‘r-ku!

Sullining ko‘zlari hayratdan kattalashib ketdi.

— Mashina haydash mahoratingizdan va poyga trassasini juda yaxshi bilishingizdan sezgandim.

Heosok kulib qo‘ydi.

— Shundaymi?

— Ha. Ayniqsa ertalab sezgandim.

Heosok bosh irg‘adi.

— Demak, yaxshi kuzatarkansan.

Mashina ichida yana sukut cho‘kdi. Faqat mashinaning asfalt ustida sirg‘anib borayotgan ovozi va motorning ayiqdek g‘uvillashi eshitilardi.

Sulli derazadan tashqariga qaradi. Kechki shahar chiroqlari birin-ketin yonib, yo‘llarni bezab turardi. Bugungi kun uning hayotidagi eng qiziq kunlardan biri bo‘lib qolayotgandek tuyuldi.

Ko‘p o‘tmay, ertalabkidek tezlik bilan ular qo‘rg‘on darvozasi oldiga yetib kelishdi.

Heosok mashinani to‘xtatib, tashqariga tushdi va orqa eshikni ochdi.

— Marhamat, Sulli xonim.

Sulli kulib yubordi.

— Iye, kichik xonimdan Sulli xonimga o‘tib qoldikmi?

— Kech bo‘ldi-ku, endi hurmat bilan gapirish kerak.

— Rahmat, aka.

— Arzimaydi.

Heosok eshikni yopdi. Sulli unga qo‘l silkitib xayrlashdi.

— Yaxshi boring!

— Sen ham ehtiyot bo‘l.

Heosok mashinaga qayta o‘tirdi va asta darvozadan uzoqlashdi.

Sulli esa chuqur nafas olib, qo‘rg‘on eshigi tomon yurdi. Sekin ichkariga kirdi.

Hamma kechki ovqat uchun yig‘ilgan edi.

Xizmatkor ayol Sullining oldiga biroz shoshilibroq keldi.

— Salom, kichik xonim! Yaxshi keldingizmi?

Sulli bosh irg‘adi.

— Ha, yaxshi. Ichkarida vaziyat qalay, bilasizmi?

Xizmatkor ayol biroz ikkilanib qoldi.

— Onangiz Sofi xonim biroz asabiylashganlar. Otangiz esa sizdan havotirda edi.

— Haa, men keldim-ku. Endi indashmasa kerak. Ha mayli, sumkamni oling, olib chiqib qo‘ying.

— Xo‘p bo‘ladi, kichik xonim. Siz mehmonxonaga kiravering.

— Xo‘p, mayli.

Sulli mehmonxona tomon yurdi. Eshikni ochib ichkariga kirar ekan, barchaga qarab salom berdi.

— Hayrli kech, hammaga!

U stol yonidagi bo‘sh joyga o‘tirdi. Otasi birinchi bo‘lib gap boshladi.

— Qizim, nega kech kelding? Yoki haydovchi kechikib qoldimi?

Sulli tezda javob berdi:

— Yo‘q, dada. Men yana bir to‘garak topdim. Unga ro‘yxatdan o‘tish uchun test topshirdim. Shunga biroz kechikib qoldim. Uzr, boshqa bunday bo‘lmaydi.

Otasi bosh irg‘adi.

— Ha mayli, boshqa bunday bo‘lmasin.

— Xo‘p bo‘ladi, dada.

Shu payt onasi gap boshladi.

— Sulli, o‘zingni oqlashni juda yaxshi eplaysan. Kechikib kelib, shunchaki vaziyatdan chiqib ketaman deb o‘ylama. Bugun darslaringni tekshiraman.

Sofi jahl aralash gapirdi.

Sulli bir zum jim qoldi. Nima deyishni bilmay, shunchaki boshini egdi.

Shunda otasi gapga aralashdi.

— Sofi, haddingdan oshma. Unga baqirma. Bugun uning darslarini o‘zim tekshiraman. Senga esa boshqa gapim bor.

Sofi eriga bir qarab qo‘ydi, ammo indamadi.

— Hozir esa kech bo‘lmasdan ovqatlarga qaranglar. Bo‘lmasa sovib qoladi.

Stol atrofida qisqa sukut cho‘kdi. Keyin hamma ovqatlanishga kirishdi. Sulli esa ich-ichidan yengil nafas oldi. Otasining aralashgani uni katta janjaldan qutqargandek edi. Biroq onasining kayfiyati yaxshi emasligini sezib turardi. Bugungi kun tugamagan, shekilli.

Sulli ovqatlanib bo‘ldi va idishlarini doimgidek oshxonaga topshirib, xizmatkor ayolga rahmat aytdi. Pastda esa ota-onasi ham ovqatlanib bo‘lishgandi.

Sulli xonasiga kirib eshikni ichkaridan yopdi va dushga kirib ketdi. Iliq suv tanasidagi charchoqni asta yuvib ketayotgandek edi. Bugungi kun juda uzun va voqealarga boy o‘tgandi. U yuvinib chiqib, sochlarini quritdi va ustidagi pijamasini sekin to‘g‘irladi. So‘ng o‘zini yotoqqa tashlab, ko‘zlarini yumdi.

Xona jimjit edi. Faqat konditsionerning past ovozi eshitilardi.

Sullining xayoli beixtiyor akasiga ketdi.

— Hozir nima qilayotgandir ekan?.. — deb o‘yladi u.

SeokJin Germaniyaga ketganiga uncha ko‘p bo‘lmagandi, ammo Sulliga go‘yo yillar o‘tgandek tuyulardi. Akasi doim uning yonida bo‘lgan, darslariga yordam bergan, kayfiyati bo‘lmasa kuldirgan. Endi esa boshqa davlatda edi.

— Ovqatlanyaptimikin? O‘qishlari qiyin emasdir? Yolg‘iz qiynalib qolmaganmikin?..

Sulli chuqur xo‘rsindi.

Keyin xayoli Yoongiga ko‘chdi.

Uning yuzida beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi.

— Yoongi aka ham yaxshi yuribdimi ekan?.. O‘sha odatdagidek sovuqqon bo‘lib yuribdimi yoki hali hammani koyib yuribdimi?..

U kulib qo‘ydi.

Aynan Yoongi haqida o‘ylaganda ko‘ngli nimagadir yengillashardi. Balki bolaligidan tanishligi, balki uning har doim yonida bo‘lgani sababdir.

Ammo ko‘p o‘tmay xayoli bugungi voqealarga qaytdi.

Taehyung...

Yo‘q, V.

Bugun bir necha bor uchrashgan g‘alati yigit.

Sulli ko‘zlarini ochib shiftga tikildi.

— Nega ekan...

U kutubxonadagi voqeani esladi. Javonga urilgan bosh, yiqilish, o‘sha paytdagi jahli...

Keyin bugun sinfda ko‘rgan holati.

Rangi oqarib ketgandi.

Boshini ushlab o‘tirgandi.

Gapirayotganda ham ba'zan og‘riqni yashirayotgandek tuyulgandi.

Sulli beixtiyor labini tishladi.

— Nahotki rostdan ham o‘sha paytda qattiq urilgan bo‘lsa?..

Vijdoni yana bezovta qila boshladi.

— Jin ursin... Men undan to‘g‘riroq uzr ham so‘ramadim.

U yonboshiga o‘girildi.

— Bosh og‘rig‘i hali ham qolganmikin?.. Balki dori ichgandir... yoki umuman ahamiyat bermagandir.

Taehyungning derazadan tushib ketayotgan paytdagi qiyofasi ko‘z oldiga keldi.

— Ahmoq... Boshi og‘rib turgan bo‘lsa ham darsdan qochib yuradi.

Lekin bu safar gapni jahl bilan emas, kulimsirab aytdi.

O‘zi ham sezmagan holda Taehyungning holidan xavotir olayotgandi.

— Mayli... ertaga ko‘rsam balki yana bir marta uzr so‘rarman.

Shu o‘y bilan u asta o‘rnidan turdi.

— Yetar, Sulli. Ertaga dars bor.

U dars stoli tomon yurdi, sumkasini ochib darsliklarini chiqardi. Daftarlarini tartib bilan qo‘yib, qalamini qo‘liga oldi va matematikadan misollar ishlashni boshladi.

Xona yana jimjitlikka cho‘mdi. Faqat varaqlar shivirlagani va qalamning qog‘oz ustida sirg‘algan ovozigina eshitilib turardi. Bugungi kun tugayotgan bo‘lsa ham, Sullining xayolida akasi, Yoongi va sirli sherigi Taehyung haqida o‘ylar hali ham sekin aylanib yurardi.

Sohwe va Sofining xonasida esa butunlay boshqa vaziyat hukm surardi. Xonadagi havo og‘ir, sukut esa asablarni taranglashtirib yuborgandi.

— Sohwe, siz o‘sha vaziyatni menga tushuntirib berasizmi? Hiyonat qilmadim deb ayta olasizmi? Nega bunday qilyapsiz? — Sofi nihoyat ichida yig‘ilib qolgan savollarni aytib yubordi.

Sohwe achchiq kuldi.

— Sen ham darrov Sonje bilan ketding-ku.

— Sohwe, nimalar deyapsiz? — Sofi beixtiyor boshini egdi.

— Nima, yolg‘onmi? Kompaniyadan chiqib ketding-u, o‘sha Sonje bilan ketding.

— Sonjening o‘zi emasdi. Sui Busandan kelgan ekan. Meni chaqirdi, shunga birga bordim.

— Aldama! — Sohwe javoban ovozini ko‘tardi.

Sofi birdan seskanib ketdi.

Rostdan ham Sonje bilan birga bo‘lgandi.

Ha, u yerda Sonje ham bor edi.

U boshini yanada quyi soldi.

— Yo‘q... biz Sui bilan suhbat qurdik. Uch yildan beri ko‘rishmagandik.

— Mayli, inkor etishda davom et. Bir kun kelib o‘tmishning hammasi ochiladi. Sening Sonje bilan munosabatda bo‘lganingni bilib qolgan kunim... ishonaver, ko‘p narsani kechishim mumkin, ammo hiyonatni kechirmayman. Buni bilasan.

Sohwe bir zum jim qoldi.

— Yana bir savol meni qiynaydi. Sulli rostdan ham mening qizimmi yoki yo‘qmi?

Bu gap Sofining yuragiga tig‘dek botdi.

Ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.

U birinchi marta bu savolni o‘zidan ham qo‘rqib eshitayotgandi.

Chunki bir paytlar o‘zi ham shu haqda o‘ylagan edi.

Ammo qancha yillar o‘tmasin, Sullini ko‘rganida unda faqat o‘z farzandini ko‘rardi.

— Sulli sizning qizingiz... — dedi u yig‘lab. — Men hiyonat qilmaganman. Hech qachon...

Sohwe ayolining iyagidan tutib yuzini o‘ziga qaratdi. So‘ng yonoqlaridagi yoshlarni asta artdi.

— Mayli, bunga ishonaman deylik. Lekin Sonje bilan munosabatda bo‘lmaganingga ishonmayman.

Sofi javob qaytara olmadi.

— Men ushlab turgan shu iyagingdan boshqa erkakning qo‘li o‘tgan bo‘lsa, bilib qo‘y, o‘sha kundan boshlab men sen uchun yo‘q bo‘laman.

Sofi yana indamadi.

Sohwe chuqur xo‘rsindi.

— Yig‘lama, xotinjon. Meni shu holga o‘zing keltirding. Endi esa kuzataman xolos.

U bir necha soniya sukut saqlab turdi.

— Endi kompaniyaga har kuni bormaysan. Ishlaringni onlayn bajarasan. Zarur bo‘lsa haftasiga bir marta borasan.

Sofi erining nimani nazarda tutayotganini tushundi.

Bu buyruqdan ko‘ra ko‘proq rashk edi.

Egalik hissi edi.

Sohwe davom etdi:

— Seni anchadan beri haddan ortiq erkin qo‘yib yuborgan ekanman.

Xonada yana sukut cho‘kdi.

— Mayli. Sullining darslarini tekshirish uchun ketdim. Ungacha iltimos, yuzingni yuv.

U shunday deya Sofining lablaridan yengil o‘pib qo‘ydi.

So‘ng eshik tomon yurdi.

Sohwe aslida yomon inson emas edi. Ammo uning rashki va egalik hissi haddan tashqari kuchli edi. Ayniqsa keyingi yillarda Sonje va Sofi haqida qulog‘iga yetib kelgan mish-mishlar uni bezovta qila boshlagandi.

U ayolini har qanday yig‘in, konferensiya va tadbirlarda doimo yonida olib yurardi. Kimdir Sofiga ortiqcha qarasa ham ich-ichidan g‘ashlanardi.

Bugun esa eski shubhalar yana uyg‘onib ketdi.

Sohwe Sullining xonasidan chiqib, o‘z xonasi tomon yo‘l oldi. Yo‘lak bo‘ylab ketarkan, xayollari tinchlik bermasdi.

— Qanday qilib uni mening qizim emas deb o‘ylashim mumkin?.. — deb o‘yladi u.

Sullining kulishi, gapirishlari, hatto ayrim odatlari ham unga juda o‘xshardi.

— Sofi yolg‘on gapirmagandir... U mening qizim. Bunga shubha qilishning o‘zi gunoh.

U yo‘lakdagi grafindan suv ichib, chuqur nafas oldi va xonaga kirdi.

Sofi allaqachon yotib qolgan edi. Ammo uxlayotgan odamga o‘xshasa ham, yuzidagi charchoq hali ham bilinib turardi.

Sohwe sekin uning yoniga bordi. Sochlarini qulog‘i ortiga surib, yuzini siladi.

— Nega hammasi bunchalik murakkab bo‘lib ketdi?.. — dedi ichida.

So‘ng ayolining peshonasidan ohista o‘pib qo‘ydi va yoniga yotdi.

Ko‘p o‘tmay xonani sukut egalladi.

Bu paytda esa Sulli Mina bilan telefon orqali suhbatlashishni boshlab yuborgandi.

Soat 22:00 bo‘lishiga qaramay, ikkalasining ham uyqusi kelmasdi.

— Bilasanmi, bugun matematika guruhida qiziq voqealar bo‘ldi! — dedi Sulli hayajon bilan.

— Qanaqa voqealar?

— Avvalo ustozimiz juda qattiqqo‘l ekan. Bitta o‘quvchi shamollab darsga kelmabdi, ustoz esa "yana kimdir kelmasa butun guruhni boshqa o‘qituvchiga topshiraman" deb hammamizni qo‘rqitdi.

Mina kulib yubordi.

— Voy, jiddiy ekan-ku.

— Bu hali boshlanishi. Keyin meni butun guruh oldida tanishtirishdi. Hamma qarab o‘tirganda gapirish juda noqulay ekan.

— Sen ham hayajonlandingmi?

— Biroz. Lekin keyin o‘tib ketdi.

— Yana nima bo‘ldi?

— Kim Taehyung deganlaridan menimcha hamma qo`rqadi, u kirganda hamma jim bo`ladi.

— Ehee, buyog`I qiziq bo`ldiku.

— Ha, lekin u yaxshi o`qir ekan bezori ammo yaxshi o`qiydi.

Mina kulib yubordi.

— Sen uchun juda qiziqarli kun bo‘libdi.

— Ha, rost.

— Men sen uchun xursandman.

— Rahmat.

Bir necha soniya sukut cho‘kdi.

Keyin Sulli birdan eslab qoldi.

— To‘xta! Julietta roli haqida nega menga aytmading? Guruhda e'lon berilibdi-ku! Seni olishibdi!

Mina kulib yubordi.

— Aytishga ulgurmadim.

— Romeo kim ekan?

— Hali bilmayman.

— Men bo‘lsam qiziqib o‘lib qolyapman!

Ikkalasi kulib yuborishdi.

Shu payt Mina taklif berdi:

— Kel, video qo‘ng‘iroq qilamiz. Akalarimiz bilan ham gaplashamiz.

— Bo‘pti!

Ikkalasi bir paytda qo‘ng‘iroq yuborishdi.

Germaniyada esa endigina soat 17:00 edi.

Qo‘shimcha o‘qishdan qaytgan SeokJin va Yoongi kichik oshxonada ramen tayyorlash bilan ovora edi.

Birdan ikkala telefon ham bir vaqtda jiringladi.

Birida:

"Sulliyim ❤️"

Ikkinchisida:

"Minaxon"

degan yozuv paydo bo‘ldi.

Ikkalasi bir-biriga qarab kulishdi va qo‘ng‘iroqni qabul qilishdi.

Ekranda to‘rt kishi birdan paydo bo‘ldi.

— Syurpriz! — deb qichqirishdi Mina va Sulli.

SeokJin bilan Yoongi kulib yuborishdi.

— Salom, bezorilar.

— Salooom!

Bir necha daqiqa hol-ahvol so‘rash bilan o‘tdi.

Keyin Yoongi so‘radi:

— Xo‘sh, yangi maktab qanday?

— Zo‘r! — dedi Sulli.

— Haa, sizlarda bizdan ko‘ra ko‘proq yangilik bor ekan.

Yoongining ko‘zlari ekrandan uzilmay Sulliga qarab turardi.

SeokJin ham jilmaydi.

— Maktab qalay o‘tdi?

— Juda yaxshi. Matematika to‘garagiga qabul qilindim. Matematikadan kuchli o‘quvchilar guruhiga ham olishdi. Sherigim ham bor. Juda zo`r yigit!

— Yigit? — dedi Yoongi va SeokJin birdaniga.

Mina kulgidan o‘zini zo‘rg‘a ushlab turardi.

— Ha. Ismi Kim Taehyung. Yuqori sinf o‘quvchisi.

Sulli ataylab hayajon bilan gapirdi.

Yoongining qoshlari birlashdi.

SeokJinning ham kayfiyati o‘zgardi.

— Hali yoshsan, Sulli, — dedi Yoongi. — Ehtiyot bo‘l. U yigit qanday inson ekanini bilmaysan. Agar seni bezovta qilsa yoki biror gap desa, darrov bizga ayt.

— Tushundingmi?

— Haa...

— Ikkoving ham ehtiyot bo‘linglar, — dedi SeokJin. — Yangi maktabda har xil odamlar bo‘ladi.

Mina bilan Sulli bir-biriga qarab kulib qo‘yishdi.

Keyin Sulli yana gap boshladi:

— Tanishinglar! Mina endi bizning Julietta!

— Nima? — dedi Yoongi.

— Teatr tanlovidan o‘tibdi. Endi Julietta rolini ijro qiladi.

— Romeo kim? — so‘radi SeokJin.

— Hali bilmayman, — dedi Mina. — Kimligini e'lon qilishmadi.Mina uyalib ketdi.

— Eyy, aytmoqchi emasdim-ku! Sulliii!

SeokJinning yuzi jiddiylashdi.

— Romeo bo‘lmaydi.

— Nega? — Sulli hayron bo‘ldi.

— Bo‘lmaydi va tamom.

Yoongi qah-qah otib kuldi.

— Hey, SeokJin. Romeo allaqachon topilgandir. Yangi maktabda Romeolar ko‘p bo‘ladi.

— Ayniqsa mening singlimga.

Mina uyalganidan SeokJinning ko‘zlariga qaray olmadi.

— Aka, siz nega menga dushman bo‘lib qoldingiz? Senchi Sulli!

— Men emas Romeo bo`ladigan bola dushman — dedi Yoongi kulib.Bu safar hamma kulib yubordi.

— Sizlardan hafaman! — dedi Sulli yuzini burib.

— Mayli, kechir, — dedi Yoongi. — Shunchaki hazillashyapmiz.

— Ha, xolos, — dedi Sulli.

Mina yana telefonga qaradi.

SeokJin unga qarab turardi.

Bir soniyaga ko‘zlari to‘qnashdi.

SeokJin sekingina jilmaydi.Ammo o‘sha tabassum ortida qandaydir og‘riq va sog‘inch yashiringan edi. Mina bilmasdi, bu tabassum ortida uzoq yillik sog‘inch va aytilmagan hislar yashirin edi.

Yoongi esa Sulliga qarab dedi:

— Mayli, biz ovqatlanamiz. Sizlar esa ertaroq uxlanglar.

— Ha, yaxshi dam olinglar, — dedi SeokJin.

— Yoqimli ishtaha! — dedi Sulli.

— Ha yoqimni ishtaha! — Mina ham qo‘shildi.

Qo‘ng‘iroq yakunlandi.

SeokJin telefonni jahl bilan stol ustiga otdi.

— Yoongi, iltimos, ramenga qarab tur. Men yuvinib chiqaman.

— Hozirgina yuvinmaganmiding?

— Yana yuvinaman.

Yoongi kulimsiradi.U do‘stining ahvolini tushunib turardi.Rashk ba'zan insonni o‘zidan ham yashirib bo‘lmaydigan tuyg‘u edi.

— Boraver.

SeokJin vannaxona tomon yurdi.

Yoongi esa qaynayotgan ramen tomonga qaradi. O‘zi ham unchalik xotirjam emasdi. Taehyung degan ism qulog‘iga yoqmagan edi. Balki bu shunchaki akalik xavotiridir, balki boshqa tuyg‘u. Ammo u hozircha bu haqda o‘ylashni istamadi.

Bu paytda esa Sulli ham, Mina ham kun bo‘yi charchaganidan ko‘p o‘tmay uyquga ketishgandi.

Yoongi ramenni pishirib bo‘lgach, SeokJinni chaqirdi.

— SeokJin, tezroq chiq! Ramen pishdi, sovib qolmasin!

— Hozir chiqaman! — deb javob berdi SeokJin.

SeokJin vannaxonada artinib, kiyimlarini kiyib oldi. So‘ng oynaga qaradi va xo‘rsinib dedi:

— Sevgan insoningni uzoqdan turib rashk qilish ham azob ekan. Qachon qaytib boraman? Minaginamni sog‘indim... Sulliginamni ham sog‘indim...

U chuqur xo‘rsinib, oshxona tomon yurdi.

Ramenning hidi dimog‘ini qitiqladi. Ovqat oldida uning barcha tashvishlari biroz bo‘lsa-da unutilardi.

U stolga o‘tirib, ramen kosasini o‘ziga yaqinlashtirdi.

Yoongi kulib qo‘ydi.

— Sen doim shunaqasan. Asabiylashsang, darrov och qolasan.

SeokJin unga qarab bosh chayqadi.

— Bo‘ldi, tinchgina ovqatlanaylik. Keyin gaplashamiz.

Ikkalasi ovqatlanishga kirishishdi. Ovqatdan keyin idishlarni yuvib qo‘yishdi.

SeokJin sekin yotog‘i tomon borib, chekkasiga o‘tirdi. Yoongi esa yotoqxonaga kirib, kulib yubordi.

SeokJin uning kulayotganini ko‘rib qoshlarini chimirdi.

— Kulma.

Yoongi kulgisini zo‘rg‘a bosdi.

— SeokJin, sen ham rashk o‘tida yonib yuribsan. Singlingni rashk qilasan, yana Minani ham.

— Ha. Rashk erkak kishiga xos tuyg‘u, lekin men uni ichimga yutolmayman.

— Yutishni o‘rganish kerak.

SeokJin boshini quyi soldi.

— Men unday qilolmayman, Yoongi. Sevgim shunchalik kuchliki, rashk olovi bir yonsa, sevgim suv emas, xuddi benzin kabi uni yanada alangalatadi.

Yoongi unga bir muddat tikilib qoldi.

— Bilaman, sevasan. Lekin sen uzoqdasan. Qolaversa, sevishingni ham aytmagansan. Balki Minaning ko‘ngli boshqasidadir?

— Yo‘q... — SeokJin darhol javob berdi. — Buni o‘ylashning o‘zi azob. Iltimos, boshqa gaplashmaylik. Yur, dars qilamiz.

— Xo‘p, xo‘p. Yur.

Ular dars qilishni boshlashdi.

Yoongi esa daftariga tikilgancha boshqa narsani o‘ylardi.

"Exx, SeokJin... Sen mening holatimni bilmaysan. Men ham Sullini qanchalik sevishimni, qanchalik rashk qilishimni bilmaysan..."

U xo‘rsinib qo‘ydi.

Ammo bu gaplarni ovoz chiqarib ayta olmasdi.

Tun odatdagidek o‘tdi. Ular tungi soat o‘n ikkigacha dars qilishdi.

SeokJin charchab uxlab qoldi.

Ammo Yoongining ko‘ziga uyqu kelmasdi.

U stol chirog‘ini yoqib, yarim yozilgan qo‘shiq matnini oldiga tortdi va satrlarni davom ettira boshladi.

3-qism tamom.

Жизнь с прошлым
2-qism

Oʻtmish — bu qaytib boʻlmas goʻzal bogʻ, ammo uning gullari allaqachon qurib, tikanakka aylangan. Agar sen oʻsha bogʻdan chiqib ketishni istamasang, har bir qadamingda qonaysan. U har tunda oʻsha xotiralar sahifasini varaqlardi. Har bir sahifa qalbida yangi chiziq, yangi jarohat qoldirardi. Tirik boʻla turib, oʻliklar dunyosida yashash qanchalik ogʻir? Shunchaki eski xotiralar bilan yashash, oʻzingga doʻzaxni yaratishdek gap. Bu doʻzaxning na olovi bor, na tutuni, lekin u ich-ichingdan seni kulga aylantiradi. Inson oʻz xotiralarining asiriga aylangan kundan boshlab, uning kelajagi oʻladi.

Sulli hayolidagi og‘riqli fikrlarni unutish uchun qadamlarini tezlashtirdi. Sovuq tong havosi yuziga urilar, ammo bu ham uning ichidagi bosimni kamaytirmasdi.

Maktab binosi uzoqdan ko‘rina boshlagach, hovlida yig‘ilib turgan o‘quvchilarni payqadi. Bugun hamma odatdagidan erta kelgandi.

Shu payt uzoqdan Mina uni ko‘rib qoldi.

— O‘o‘o‘ Sulli!

Mina qo‘l silkigancha yugurib keldi.

— Yaxshimisan? Kecha sizlarnikiga bormoqchi edim, ammo darslar ko‘pligidan ulgurmadim.

Sulli unga qaradi.

— Salom….  – Ovozi hissiz chiqdi.

Mina birdan qoshlarini chimirdi.

— Sulli, senga nima bo‘ldi? Nega bugun kayfiyating yo‘q?

— Hech qisi yo‘q. Yaxshiman. O‘zingchi?

— Men yaxshiman! — Mina odatdagidek quvnoq gapirdi. — Aytgancha, eshitmadingmi? Endi 12ga kirdik, yuqori maktabga o‘tamiz. Bugun hamma maktab tanlaydi!

Sulli indamay qarab turdi.

— Sen qaysi maktabni tanlaysan?

— Men… bilmayman.

— Yo‘q, yo‘q! — Mina kulib uning qo‘lidan ushladi. — Ikkimiz bir maktabda, bitta sinfda bo‘lishimiz shart!

Sulli uning sho‘x harakatlariga biroz charchoq bilan qaradi.

— “Xo‘p” demagunimcha qo‘ymaysan, buni bilaman.

— Albatta! Endi yur, sinfga kiramiz!

Mina Sullining qo‘lidan tortib ichkariga olib ketdi.

Sinfga kirishlari bilan shovqin quloqqa urildi. Hamma o‘quvchilar allaqachon yig‘ilgan, kimdir blankalarni to‘ldirar, yana kimdir qaysi maktab yaxshi ekanini muhokama qilardi.

O‘qituvchi har bir o‘quvchiga tanlov blankasini tarqatdi.Sulli qog‘ozni qo‘liga oldi.Bir necha soniya maktablar ro‘yxatiga tikilib qoldi.Keyin sekin ruchkasini olib bir maktab nomini belgiladi.Bu uyidan ancha uzoqdagi maktab edi.

Sababi oddiy edi.U endi uyda kamroq vaqt o‘tkazishni istardi.Mina yon tomondan qarab qoldi-da, hayrat bilan dedi:

— Voy… sen shunchalik uzoq maktabni tanladingmi?

— Ha.

— Senga qiyin bo‘lmaydimi?

— Yo‘q.

Sulli bir soniya ham ikkilanmadi.Mina unga bir necha soniya qarab turdi. Keyin birdan jilmayib qo‘ydi.

— Unda birga qiynalamiz!

U ham o‘sha maktabni belgilab qo‘ydi.Sulli hayron bo‘lib unga qaradi.

— Mina…

— Nima? Seni yolg‘iz qo‘yaman deb o‘yladingmi?

Mina kuldi.Ammo ichida boshqa his bor edi.U bugun Sullining nimadir yashirayotganini aniq sezayotgandi.Odatda jim bo‘lsa ham, bugungi sukunat boshqacha edi.Juda sovuq.Juda charchagan.Va negadir… juda yolg‘iz edi.

O‘quvchilar qo‘llariga berilgan blankalarni topshirishdi. Direktor va eski sinf rahbari ularni sanab tekshirdi. Koreyada yuqori maktab majburiy emas, lekin hamma uni o‘qiydi.

Sinfda o‘quvchilar o‘zaro bahslasha boshlashdi. O‘quvchilar keyingi yil yangi maktabga o‘tishlari, bu yillari ortda qolishini anglashgandi. Ammo keyingi yildan maktabga topshirishlari g‘alati bo‘ldi. Aynan shu savol Sullini qiynadi va Minani turtib dedi:

— Mina, senga bir gap aytsam, nega biz o‘tgan yil oxirida emas, hozir maktab blankasini to‘ldirdik?

— Bilmadim, shu yil menimcha shu ish qo‘llangan. Endi nima bo‘lsa ham yangi maktab va yangi hayotga qadam qo‘yamiz. — Mina afsuslangandek chiqdi.

— To‘g‘ri. — Sullining ovozi past chiqdi.

Mina jim bo‘lib qoldi. Direktor gap boshladi:

— Xullas, o‘quvchilar, endi siz yosh bola emassizlar! Endi katta hayotga qadam qo‘yyapsizlar. Shunday ekan, har biringizga omad! Hayotda o‘z o‘rningizni toping. Kechgacha hujjatlaringiz boshqa maktab bazasiga kiradi va telefoningizga qaysi maktabni tanlagan bo‘lsangiz, lokatsiya, sinf xonangiz va sinf rahbaringiz haqida ma’lumot boradi. — Direktor vazminlik bilan gapni tugatib chiqib ketdi.

Sinfda hamma jim bo‘lib qoldi. Muhokama ham, so‘zlashuv ham yuraklariga sig‘may qoldi. Ular endi butunlay begona bo‘lishlari, boshqa ko‘rishishmasliklari mumkin. Aslida hammasi shunday: katta hayotga qadam qo‘yayotganda kimdir yoki nimadandir ayrilasan. Bugun esa buni ushbu sinfdagi barcha o‘quvchilar his qildi.

Sinf rahbari astagina so‘z boshladi. Uning ovozida o‘quvchilarga bo‘lgan mehr va cheksiz g‘am bor edi:

— Mana, o‘quvchilar, ko‘rib turganingizdek, endi rostdan katta hayotga otlanyapsizlar. Bu boshlanishi ekanini unutmang! Bu maktabdan ketganingizdan so‘ng hammasi tugamaydi, aksincha boshlanadi. Shunday ekan, hech qachon yo‘ldan va tanlovdan adashmang! Sizlar men uchun doim yosh bola bo‘lib qolasizlar!

Sinf rahbari ko‘zlarini burdi. Undan ikki tomchi yosh chiqdi. O‘quvchilar chiday olmay o‘qituvchisini oldiga borib, uni quchoqlashdi.

Sulli ustozini juda yaxshi ko‘rardi. U ham uni quchoqladi, yig‘ladi. Ammo bu tugash emas, boshlanish edi. Albatta, bu hayot davom etadi. Sinf rahbari hammaga javob berdi. Endi hamma boshqa-boshqa maktabga qadam qo‘yishadi.

Sulli va Mina tashqariga chiqishdi. Sulli bir bor maktab isini tuydi. Mina esa maktab bog‘ini ko‘zdan kechirdi, u Sullining harakatlarini ko‘rib kulib qo‘ydi. Uni suratga tushirib oldi. Buni sezgan Sulli norozi bo‘lib dedi:

— Mina, senga ruxsatsiz rasmga olish juda yoqadi-a? — Ikki qo‘li belida Sulli Minaga qarab turib oldi.

Mina qattiq-qattiq kulib yubordi va Sullini shu holida ham rasmga oldi. Buni ko‘rgan Sullining fig‘oni falakka chiqdi. U Minani quvlay ketdi. Mina juda tez yugurar, Sulli esa uning ortidan qolmasdi. Sulli charchab o‘rindiqqa o‘tirib qoldi. U hansirar, chuqur-chuqur nafas olardi. Ammo bu charchoqdan emas, tushunib bo‘lmas quvonchdan edi.

Mina uning oldiga o‘tirdi, qo‘lini Sullining yelkasidan o‘tkazib dedi:

— Sulli, xafa bo‘lma, buni bir necha yildan keyin ko‘rib kulib o‘tiramiz. — U kuldi.

Sulli Minaning sochlaridan tortib, kulib dedi:

— Boshqa ruxsatimsiz suratga olma, tushundingmi? — Uning so‘zlarida na g‘azab, na tahdid bor edi. Faqat hazil aralash so‘zlar.

— Xo‘p, sochimni qo‘yib yubor, iltimos. Boshqa bunday qilmayman. — Mina qiqir-qiqir kulardi.

Sulli Minaning sochlarini qo‘yib yubordi. Ikkisi ham betartib nafas olar edi. Ular har bir nigohi bilan maktabni kuzatishdi. Mina qo‘liga telefonini olib, yangi maktab haqida izlay boshladi. Sulli esa faqat kuzatar, telefonini olmoqchi bo‘ldi, ammo ichidagi bir og‘riq qo‘ymadi. U na telefon, na kompyuter ishlatishni xohlayotgandi.

Sulli o‘rnidan turib bog‘dagi romashkalardan terdi. Ularni sumkasidagi tasma bilan bog‘lab, Minani turtdi.

— Hoy, ketdik kutubxonaga. U yerga kitob topshirib, aylanib kelamiz.

— Qara, yangi maktab haqida qizlardan surishtirdim. U yer juda katta va muqobil maktab ekan. — U Sullining gaplariga e’tibor bermay telefonni tutdi.

Sulli muqobil maktab nima ekaniga hayron qoldi va savolli nigoh bilan Minaga tikildi.

— Ya’ni? U qanday maktab?

— Biznikiga o‘xshab o‘quvchilar boshqa maktabga ketishmaydi, oxirigacha o‘qishadi, albatta xohlashsa. Ammo u yerda ta’lim kuchli ekan. Tungi darslar va to‘garaklar ham bor ekan. — Mina quvonch bilan aytardi.

— Unda yaxshi ekan, demak salohiyati kuchli maktabda o‘qiymiz. — Sulli mamnun jilmaydi.

— U yerda chiroyli yigitlar va chiroyli qizlar ko‘p ekan, qara-qara! — U telefonni Sullining yuziga yaqin olib keldi.

— Hoy, senga odamlar emas, o‘qish muhimroq bo‘lsin. Adashmasam, sening ko‘ngling kimdadir bor edi. Yoki endi uni unutdingmi? — Sulli kuldi.

— Jinnimisan? Kimnidir sevib qolsam, unutmayman. Faqat endi yo‘q. Axir hamma o‘z yo‘lidan ketdi. — Mina hovuri bosilib dedi.

— Demak, u inson men o‘ylagan inson yoki sinfdoshlarimiz orasidan. Yoki o‘zing aytasanmi? — Sulli Minani joyidan turg‘izdi.

— Hali aytmayman, bu isbotlansa aytaman, xo‘pmi?

— Xo‘p, yaramas qiz. Ketdik endi kutubxonaga! — Sulli Minani sudradi.

— Sen hali yangi maktabda ham kutubxona topib, o‘sha yerdan beri kelmaysan, bu aniq! — Mina kuldi.

Sulli qattiq-qattiq kuldi. U hozir kulayotgan bo‘lsa-da, yangi maktab va yangi o‘quvchilar haqida o‘ylar edi. U o‘zini yangi hayotda qanday qabul qilishlarini bilmasdi. Asta-sekin ichidagi g‘am tugunlari qattiq tortildi. Ammo eski maktabidagi oxirgi kunini g‘am bilan o‘tkazishni istamadi.

Ular kutubxona tomon yugurishdi. Kutubxonaga kirishar ekan, Sulli chuqur nafas oldi. Bu yerda u yosh bo‘lishiga qaramay juda ko‘p vaqtini o‘tkazgan. To‘garaklarining oxirgi kunlarini shu yerda o‘tkazdi. Bu yer u uchun qadrli edi.

Kitob javonlari orasidan yurarkan, Mina ortda qoldi. Sulli uni chaqirdi:

— Hoy, Mina, qayerdasan?

Javob yo‘q.

Mayli, deya Sulli kutubxonaning oxiriga bordi. Javondan olgan kitobini qo‘ydi-da, chuqur nafas oldi.

Oyoqlari gavdasini ko‘tara olmay, asta-sekin marmar ustida sirpandi. Javonga suyangancha yerda qotib qoldi. Ko‘zlaridan yosh oqdi. U endi nima bo‘lishini va hayoti qanday davom etishini bilmasdi.

Xayolida o‘tmish va oilasidagi chalkashliklar, endi esa yangi hayot haqidagi qorong‘u hislar paydo bo‘ldi. U sekin va unsiz yig‘lay boshladi. Kutubxonaning tinchligi endi battar sukut bilan to‘qnashdi.

Sulli xayolidagi barcha o‘ylarni quvishga urinar, ammo qo‘lidan kelmasdi.

Uning xayollari:

"Endi nima bo‘ladi? Nahotki endi hayotim tubdan o‘zgarsa? Yolg‘izman. Meni qo‘llaydigan akam ham yo‘q. Mina men bilan, ammo u ham doim yonimda bo‘lavermaydi. Onam bugun meni urushmaydimikan? Uzoq maktab tanladim. Endi afsuslanish yo‘q. Balki bu yo‘l bilan men uydan qochib qutularman.

Otam kecha aytgan gaplar... Nahotki men ularning farzandi emasman? Nahotki?!"

Sulli yig‘lay boshladi.

"Yo‘q, unday emas. Jahl bilan aytilgan gaplar bu! Ular meni amakimdan qutqarishmadi. Ular meni shu olovga topshirdi. Yoshligimni ham, kelajagimni ham ular barbod qilishdi. Nafratlanaman!"

Sulli xayollarini yig‘ishtirib o‘rnidan turdi, kiyimlarini to‘g‘irlab yuzini artdi. U sumkasini qayta ilib, javonlar orasidan Minaning oldiga qaytdi.

Mina Sullining ko‘zlaridagi birdan so‘ngan quvonchni tezda sezdi.

— Yur, endi biror parkni aylanib rasmlarga tushamiz. Mening dadam mashina haydovchisiga ertalab park haqida gaplashgan edi. — U Sullining qo‘lini tutdi.

— Eyy, nima qilasan? Uyga borib darslarimni qilishim kerak. O‘zing aylanib kelaver! — Sulli qo‘llarini tortdi.

— Yo‘q! — dedi qat’iy Mina. — Borasan. Uyingga ham tashlab qo‘yamiz, yur! — U Sullini tortqilay ketdi.

Ular birga mashinaga o‘tirishdi. Mashina haydovchisi sekingina Sulliga salom berdi. Mashinani yurgizishi barobarida qizlarga savol berdi:

— Qani, kichik xonimlar, endi qayerga yo‘l oldik?

Sulli endigina "uyga" deya og‘iz juftlamoqchi bo‘ldi, afsuski ulgirmadi.

Mina vaziyatni qo‘lga olib, quvnoq holda dedi:

— Parkka yo‘l olamiz. Endi oxirgi kunni quvonch bilan o‘tkazamiz.

— Mayli, unda ketdik! — dedi haydovchi Han.

Ular parkka yetib borishdi, juda katta, Seouldagi eng yaxshi park edi. Ular park oralab yugura ketishdi. Ular birinchi katta charxpalakka chiqishdi, muzqaymoq yeyishdi. Sulli qiziquvchanligi bilan ular kuchli atraksion tomon ketishdi. Chipta olishar ekan, ikki kishilik o‘rindiqqa birga o‘tira olishmadi. Mina bir qiz bilan rosa tortishdi, ammo u chiptasini bermadi. Sulli tezroq chiqishni istagani uchun oxirgi chiptani olaqoldi. Mina esa ichida yengil bo‘ldi, u bunday joylarda qo‘rqar edi.

Sulli chipta raqami yozilgan joyga o‘tirdi, u yonidagi sherigi kim ekanini bilmasdi. Balki qiziqmayotgandir ham. Ko‘p o‘tmay hamma joyini egalladi, hali ham qizning sherigi yo‘q edi. Endi yura boshlagan payt bir yuqori maktab o‘quvchisi yugurib kelib uni to‘xtatdi va chiptasi borligini ko‘rsatib atraksionga chiqdi.

Sulli atraksion yurib boshlaganini sezib, ko‘zlarini yumib olgandi. U oldiga kelgan sherigini sezmadi ham. Joyiga yaxshilab o‘tirgan yigit qizning ko‘zlari qattiq qisilganini ko‘rib kulib yubordi. U joylashib, kamarni taqdi va uni qattiq ushladi. Atraksion harakatga keldi, u tepaga chiqquncha Sullining ko‘zlari ochilmadi.

Eng yuqori balandlikka chiqqan atraksion bir zum to‘xtadi. Sulli ko‘zlarini ochdi. Yonidagi sherigiga nigohini qaratdi. Yigit qattiq hansirar, ko‘zlari qattiq yumilgan edi. Yigit boshini egib, chuqur-chuqur nafas olardi.

Sulli to‘xtab turgan vaqtdan foydalanib dedi:

— Mmm, savolim bor edi? Janob! — Sulli uni biroz turtdi.

— Janob emas, shunchaki V deyaver. Savoling nima? — yigit boshini ko‘tarmadi, ammo qizning yoqimli ovozidan biroz tinchidi.

— Qo‘rqar ekansiz, nega bunday balandlikka chiqdingiz? Hozir ishga tushsa qo‘rqmaysizmi? — Sulli unga g‘amxo‘rlik bilan boqdi.

— Men, men... — Atraksion ishga tushib, kuchli tezlikda harakatlandi va uning so‘zlarini bo‘g‘di.

Atraksion juda tez harakatlanar, Sulli esa qo‘rqmas, u faqat quvonchdan baqirar edi. Sulli bu atraksionga akasi bilan juda ko‘p kelgan, shuning uchun qo‘rqmas edi. Yonidagi yigit qo‘rquvini yashira olmas, hali ham boshini ko‘tarmagan edi. Yana bir balandlikka ko‘tarilgan chog‘i, yigit Sullining qo‘llarini ushlab baqirdi. Sulli uning qo‘rquvini tushunib gapirmadi, e’tiroz bildirmadi, ammo noqulay bo‘lardi.

Atraksion pastlayotgan payt, Sulli qo‘lini undan yulib olib, kamarini bo‘shatdi. Atraksion to‘xtadi. Hamma o‘rnida zo‘rg‘a turar, Sulli esa tezlik bilan undan tushib ketdi.

Yigit hayrat bilan ortidan tikilib qoldi. U qizning jasoratidan lol qolgandi. Sulli yigitning yuzini eslab qola olmadi, chunki boshi egilgan, ko‘zlari qisilgan odamni qanday eslab qolish mumkin?

Mina Sullining xotirjam bo‘lib kelayotganini ko‘rib hayron qoldi va Sullining qo‘llarini tutib gapira boshladi:

— Sulli, senga qoyil! U yerdan hali hech kim tushmadi. Ammo sen juda tetiksan. Nahot qo‘rqmading?

— Eee, bu atraksionga juda ko‘p chiqqanman, muammo emas! — Sulli o‘zidan faxrlanib gapirdi.

— Aytgancha, sheriging kim ekan? Men juda qiziqdim, ishonasanmi, oxirida bir ko‘rkam yigit chiqib ketdi. Exx, u kim bilan sherik bo‘lgan ekan-a? — u hayajon bilan gapirdi.

— Ko‘rkam yigit? Mening sherigim juda kech chiqdi! — u hayron bo‘lib dedi.

— Kech chiqdi demak, u sening sheriging ekan-da. U qanday ekan, jasurmikan? Qo‘rqmadimi? — Minaning savollari Sullini qisdi.

— Eee, qo‘ysangchi. Men uning na yuzini ko‘rdim, na jasurligini. Ishonasanmi, o‘ta qo‘rqoq ekan. Boshini eggancha umuman ko‘tarmadi. Yana qo‘rqqanida qo‘limni ushlab oldi, yosh bola! — Sulli kuldi.

— Birovning ustidan kulma! Endi ketdik, nimadir yeymiz. U yog‘ini o‘sha yerda gaplashamiz. — u Sullini yana sudradi.

Ular tamaddixonaga kirishdi va kimpap hamda ramen buyurtma qilishdi. Buyurtmani kutib zerikkan ikki qiz tamaddixona yonidagi suratga tushish apparatiga kirishdi. Ular juda ko‘p suratlarga tushishdi va ularni bo‘lib olishdi.

Apparat esa Sullining o‘sha yerda yolg‘iz tushgan rasmini yo‘qotib qo‘ydi. Ikki qiz rosa qidirdi, ammo ovqatlari tayyor bo‘lgani sabab u yerni tark etib yana tamaddixonaga kirishdi.

Ular tamaddixonaga kirishgan payt, o‘sha atraksiondagi yigit apparat yoniga keldi. U rasmga tushmoqchimidi? Yoki shunchaki keldimikan? Yigit apparatga qo‘lini qo‘yib asta esladi, u oldin shu yerda juda ko‘p suratga tushgan.

U sevgani bilan tushgan rasmini qo`lga olib turardi!

U apparat ichiga kirib xayol sura boshladi. Boshi apparat ichidagi devorga suyangan edi. Ko‘zlaridan yosh oqdi va pichirlab dedi:

— IU! Seni sog‘indim!

Ozgina o‘tirgandan keyin yigit asta o‘rnidan turdi va yerdagi suratga ko‘zi tushdi.

— Buu o‘sha qiz, atraksiondagi o‘shaku.

U qizning suratini cho‘ntagiga solib, asta gavdasini ko‘tardi va yo‘lidan davom etdi.

Ichkarida esa boshqa vaziyat. Mina Sullini savollar bilan ko‘mib yuborgandi. Sulli savollarni rad etib faqat ovqat yer edi, Mina esa ovqat yeyish barobarida uni tinch qo‘ymas edi. Ovqatlanib bo‘lib ular asta hisobni to‘lashdi va mashina tomon yurishdi. Soat allaqachon kechki 17:00 bo‘lgan, parkdagi odamlar siyraklashgan, hamma uylariga tomon ketishardi.

Haydovchi Han mashina eshigini ochib, ikki kichik xonimni ichkariga chorladi. Qizlar o‘tirishdi va o‘zaro suhbat boshlagan chog‘da, haydovchi Han ularga qo‘shildi.

— Kichik xonimlar, aylanish qalay o‘tdi? Rosa aylanib keldingiz shekilli? — haydovchi Han ularni so‘roqqa tutdi.

— Zo‘r o‘tdi, mazza qilib aylandik. To‘g‘rimi, Sulli? — Mina quvonch bilan dedi.

— Ha, mazza qildik! — Sulli biroz jilmaydi, u hozir biroz charchagan edi.

— Ha, unda hozir Sulli kichik xonimimizni uylariga tashlab, Minlar qo‘rg‘oniga yo‘l olamiz. — vazminlik bilan javob qildi haydovchi Han.

— Ha, ketdik! — quvnoq ovoz bilan so‘zladi Mina.

Quyosh o‘z qiniga kirib ketar ekan, ufq sarg‘ayib, osmon go‘zal tusga kirgan edi. Shahar odamlari muqaddas oila atalmish uylariga sokinlik topish uchun ketayotgan bir paytda, Sulli xayolida bitta o‘y: “Bugungi qarorim qanday qabul qilinarkin? Uyda meni qanday kutishyapti?” U har qancha o‘ylasa ham, javobi aynan o‘z uyida kutardi.

Mashina motori sokinlik bilan harakat qilarkan, haydovchi Hanning shoshmayotganini shundoq sezsa bo‘lardi.

Mashina Kimlar qo‘rg‘oniga yaqinlashgan sari, motor tovushi biroz tezlashdi. Qo‘rg‘on darvozasi shunchalar salobatliki, qo‘rg‘on haybatini yanada jonlantirib turardi. Janob Han mashinani to‘xtatib, asta Sullining eshigini ochdi.

— Qani, kichik xonim, yetib keldik! — haydovchi Han jilmaygancha turardi.

— Rahmat! Ha, Mina, yaxshi bor. Ertaga yangi maktabda ko‘rishguncha! — Sulli jilmaygancha Minaning qo‘lidan tutdi.

— Ho‘p, sen ham yaxshi qol. Ertaga yangi maktabda soat sakkizda! — Mina kuldi va Sullining qo‘lini qo‘yib yubordi.

Sulli qo‘l silkigancha Minani kuzatdi, keyin esa qo‘rg‘on tomon og‘ir qadamlar bilan yura boshladi. Bugun ancha aylanishdi, kulishdi, ammo negadir bu hislar oldin unga zavq bersa, endi u bundan charchagan edi.

Sulli eshik oldiga kelgan chog‘da, xizmatkor qo‘lidan sumkasini oldi.

— Kichik xonim, yaxshi keldingizmi? Xonim Sofi sizni kutib turgandi, kayfiyatlari biroz yomonga o‘xshaydi.

— Yaxshi keldim! Hozir qayerdalar?

— Xonalarida dam olyaptilar, keyinroq chiqsalar kerak. — xizmatkor biroz past ovozda gapirardi.

— Ha, unda men xonamga ketdim, ovqatlanish chog‘ida chiqaman. — Sulli biroz qadamini tezlatdi.

— Ho‘p mayli. — jilmaydi xizmatkor ayol.

Sulli zinalardan ildam qadam tashlarkan, o‘z xonasiga tomon oshiqardi. U yerda tinchlik va sokinlik hukmron, shovqin va musiqa ovozlari yo‘q edi. Sulli eshikni ochib xonaga otilib kirdida, o‘zini beixtiyor karavotga tashladi.

Astagina oyoqlarini yozib yengillagandek bo‘ldi va kiyimlarini asta-sekin almashtirishga tushdi.

Kiyimlarini almashtirib bo‘lib, Sulli astagina kompyuter oldiga o‘tirdi. Telefonini ochdi-da, undagi barcha suratlarni kompyuterga o‘tkazib, telefonni tozaladi. Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini muzlatib, telefonda faqat kontaktlarini qoldirdi. Kompyuterda ham arzirlik narsalarni qoldirib, hamma narsani tozaladi. U bu yo‘l bilan o‘ziga biroz taskin bermoqchi edi.

U ishlarini tugatar ekan, soat 18:00 bo‘lib bo‘lgandi. Bu payt qo‘rg‘onda hamma kechki ovqatga yig‘iladi. Sulli uchun bu kechki ovqatlar endi fayzsiz edi. Akasi yo‘q va ota-onasining mehri ham yo‘q.

Sulli bir oz tin oldi-da, yuzini yostiqqa bosib sekin dedi:

— Exx, charchab ketdim. Ertaga esa maktabga borish kerak! Uff! — u shunday deya o‘rnidan turib dushga kirdi.

Muzdek marmarga oyoq bosarkan, Sulli hushiga keldi. Astagina rakovina oldiga borib suvni yoqib, biroz qo‘llari bilan o‘ynadi. Keyin esa asta ikki kaftini birlashtirdi-da, unga suv yig‘ib yuzini yuvdi.

Bir marta, ikki marta, uch marta yuzini to‘liq yuvib, qo‘llarini yaxshilab sovunladi. Sekin oynaga yaqin kelib qo‘liga sochiqni oldi va asta-sekin yuzi va qo‘llarini artdi.

Sulli oyna oldida biroz qotib qoldi. U bu yuz va bu tanadan nimagadir nafrat his etdi. Xayollari esa faqat keyingi kun va kelajagi haqidagi o‘ylar bilan band edi.

U sekin qora triko kiyib, ustiga qora hudiysini kiyib oldi. Sochlarini yig‘gisi kelmadi, ularni o‘z holicha qoldirdi. Ko‘z ostlari charchoqdan biroz qoraygan, sochlari biroz to‘zg‘igan Sulli zinalardan asta-sekin pastga tusha boshladi.

Pastda xizmatkorlar va ota-onasining ovozi eshitila boshladi. U sekin oshxonaga kirdi va muloyim ovozi bilan salom berdi.

— Xayrli kech hammangizga! — u sekingina o‘tirdi.

Ota-onasi kechagi janjaldan so‘ng negadir jim edi. Balki hali yarashib ulgirmagandir. Sulli shunday o‘ylariga botib ketdi.

Janob Sohwe asta qo‘lidagi telefonini chetga surdi-da, Sulli tomon o‘girildi.

— Xayrli bo‘lsin, qizalog‘im! Bugun kuning yaxshi o‘tdimi? — uning ovozida qiziga nisbatan chuqur mehr sezilib turardi.

— Ha, bugun kun yaxshi o‘tdi. O‘zingiz ishlarda charchamayapsizmi? — Sulli sokin va mehrli javob qaytardi.

— Yo‘q, charchab bo‘larmidi, oddiy ishlarku. — Janob Sohwe kuldi.

Xonada kechagiga qaraganda o‘zgacha iliqlik bor edi, bu iliqlikni Sofi xonimning zaharli so‘zlari buzdi.

— Sulli, sening kuning yaxshi o‘tdi, ammo ahmoqona qaroring asabimni buzdi! — u jahl bilan so‘zladi.

— Qanaqa qaror, qizim? Maktab haqidagimi? — Janob Sohwe sokinlik bilan so‘radi.

Sullining ko‘zlari jovdirar, qay tarzda bu ishni izohlab berishni bilmasdi. Ichida ming savol: “Otamning jahli chiqsa-chi?” Yo‘q, bunday bo‘lmaydi. Onasi-chi? U shundog‘am g‘azablangan.

Sulli nima qilishi va nima deyishini bilmay qoldi. Vaziyatni yumshatish uchun iloji boricha sekin va asta javob qildi:

— Ha, men bugun maktab tanlagan edim, u qo‘rg‘ondan biroz uzoq. Shuning uchun...

Sulli gapini tugatmasdan onasi gapira ketdi:

— Nima “shuning uchun”? Boshqa maktabni tanla! Seulda yuqori maktablar ko‘p. Qo‘rg‘onga yaqiniga o‘tasan. Seningcha onang sifatida bunga ruxsat beramanmi? — Sofining ovozi juda baland chiqdi.

— To‘xta, Sofi. Nega qizga buncha baqirasan? Uni eshitaylik. Gapir, qizim! — Sohwe qiziga yuzlandi.

— Men... menga haydovchini gaplashib bersangiz, faqat janob Kwonni emas. Maktab uzoq bo‘lgani bilan, u yerda ta’lim saviyasi yaxshi ekan. Shuning uchun aynan o‘sha maktabni tanladim.

Sulli so‘zlarini tugatar ekan, ko‘zlariga kelgan yoshni arang to‘xtatdi.

Oshxonada endi na xizmatkorlar, na ota-onasi gapira olmay qoldi. Sofi endigina gapirishga shaylangan edi hamki, Janob Sohwe qiziga qarab faqat ikki og‘iz so‘z dedi:

— Xuddi aytganingdek bo‘ladi, faqat yaxshi o‘qisang menga shu kifoya! — u bu gaplarni tugatar ekan, sekin telefonni qo‘liga oldi.

— Rahmat, dadajon! — Sulli xursand va sho‘x ohangda dedi.

Vaziyat batamom o‘zgargan, Sulli endi mehrli sokinlikni topdi deguncha onasining fig‘oni falakka chiqdi.

Sofi g‘azabdan biroz qizargan, qo‘lidagi nikoh uzugini biroz aylantirdi-da, so‘zlay ketdi:

— Farzandimizni shunday qilib erka qilib qo‘yamiz, keyin esa boshimizga chiqadi. O‘g‘limiz SeokJin chet elda shuncha qiynalib o‘qiydi-yu, biz bu yerda bir qizimizni taltaytirib yuboramizmi?

So‘zlar havoda osilib qolgandek, xona ichi sukutga to‘ldi. Ammo jahl bilan aytilgan gap xona devorlaridan aks sado berib o‘tdi.

Sullining ko‘zlari yoshlandi. “Nahotki onasi akasini o‘ylaydi, ammo qizini emas?” Uning yanoqlaridan hech kim ko‘rmaydigan yoshlar oqdi.

Janob Sohwe dasturxon atrofidagi janjallarni yomon ko‘rgani sabab, boya ovoz ohangini pasaytirgan edi. Afsuski, endi chidab bo‘lmaydi.

Janob Sohwe qo‘lini stol ustiga urdi-da, qattiq so‘zlay ketdi:

— U o‘g‘ling bo‘lsa, bu qizing! Shunday ekan uni hurmat qilishing kerak. Bu oilada menmi xo‘jayin yoki senmi? Haddingdan oshyapsan, Sofi. Bir-ikki marta bu ovoz ohangingga chidab turdim. Lekin sabrimni sindirding. Shunchaki kechki ovqatni tinchgina yeylik. Bu yog‘ini keyin gaplashamiz, tushundingmi?

Uning ovozi avval biroz baland, keyin esa pastroq chiqdi. Janob Sohwe qizini yaxshi ko‘radi, uni bunday janjallarda jabr ko‘rishini istamaydi.

Hamma jim qoldi. Sukut jonlandi. Sofi indamadi, u biror gap bilan e’tiroz bildira olmas edi.

Sulli bu gaplardan biroz tinchlandi. U otasining mehribon ekanini yana bir bor his etdi.

Kechki ovqat tortiq qilindi, xonada shirin taomning hidi taraldi. Janob Sohwe qoshiqni oldi-da, taomdan bir qoshiq totdi. U boshlab bergandan so‘nggina qolganlar ovqatdan yeya boshlashdi.

Xona jimjit. Endi ovqat ustida so‘zlashuvlar-u, jilmayishlar yo‘q edi.

Sulliga bu yoqmadi. U ovqatni tezda yeb, astagina qo‘llari va lablarini artdi. U tartibli qiz edi. Idishlarni olib sekin xonadan chiqdi, ularni oshxonaga topshirib, xonasiga chiqib ketdi.

U xona atrofidagi otasiga ham, onasiga ham bir og‘iz indamadi. Chunki bu vaziyatda ularni shunday yolg‘iz qoldirish kerak ekanini bilardi.

Sulli zinalarni asta-sekin qoralab tepaga chiqarkan, pastda ota-onasining ovozlari hali ham kelmasdi. Sulli ota-onasining yarashib olishiga umidvor edi. U eshigi oldida biroz qotib qoldi, qo‘llari sekin eshik ruchkasini ushladi-da, sokinlik bilan uni ochdi. Xonadan o‘zining shirin atiri hidi dimog‘ini erkaladi, u yugurib divanga o‘zini otdi. Yuzini yostiqqa bosdi-da, oyoqlariga erkinlik berdi, so‘ng chalqancha yotib shiftga termuldi.

— Ertaga qanday kun bo‘larkin-a? Ich-ichimdan qiziqyapman, ammo bir tomoni bor. U yerda o‘quvchilar qanday ekan, qanday qabul qilishadi? Ha mayli, agar qabul qilishmasa, shunchaki o‘zim harakat qilaman. Axir yolg‘izlik ham yaxshi, dardlaringni kimgadir ishonib topshirgandan ko‘ra qalb tubida ko‘tarib yurgan afzal.

U shunday xayollar bilan asta o‘rnidan turdi, dars stoli yoniga bordi-da, darsliklarini ochdi. Soat 19:30, hali zamon qorong‘u tun keladi, uning eng og‘riqli tuyg‘ulari-yu, og‘riqli o‘tmishi aynan tunda uyg‘onadi. Telefonini qo‘lga oldi-da, akasining chet el raqamini terdi, qo‘llari biroz qaltiradi.

— Telefon qilsammikin? Yoki hozir bezovta qilamanmikin? — uni shu savollar qiynardi.

Va nihoyat u telefon qildi. Asta-sekin qo‘ng‘iroq ketar ekan, u nima deyishini miyasida tartiblab oldi. Birinchi qo‘ng‘iroq rad etildi, Sulli hayron tikildi va yana qo‘ng‘iroq qildi.

Ayni paytda Germaniya.

Telefon ovozidan Yoongi bezovtalanib qo‘zg‘aldi, ayni paytda soat 12:30 ni ko‘rsatar edi. Yoongi o‘rnidan turib telefonni qo‘liga oldi, ko‘zlari shira bosganidan telefon yozuvini o‘qiy olmadi. U sekin telefonni qo‘liga olib go‘shakni ko‘tardi.

— Alo!

— Alo, akajon, yaxshimisiz? Charchamayapsizmi? Sizni sog‘indim! — Sullining ovozi biroz titradi.

— Ha, singlim, yaxshiman, yaxshi yuribman. O‘zing yaxshimisan? — Yoongi Mina bilan gaplashyapman deb o‘ylardi. Uyqusiragan ovozini shundoq sezsa bo‘lardi.

— Men yaxshiman, aka. Uxlayotgan edingizmi? Kechirasiz, bezovta qildim. Ertaga gaplashamiz. Yaxshi yuring, sizni yaxshi ko‘raman. — Sulli darrov telefonni o‘chirmadi.

Bu shirali va sokin ovoz Sulli ekanini bilib, Yongining uyqusi qochdi. Ko‘zlari katta ochilib, qo‘llari bilan yuzlarini ishqalagancha telefon ekraniga tikildi.

— «Sulliyim».

Ekrandagi yozuvni o‘qib Yoongi asta jilmaydi va sokin ovozda dedi:

— Ha, uxlayotgan edim. Boshqa payt gaplashamiz. Men ham seni yaxshi ko‘raman, yaxshi dam ol! — u sekin telefonni o‘chirdi.

Yoongi bugun o‘qishdan kelib rosa qattiq uxlagan edi.

Sulli telefon o‘chganini sezib uni stol chetiga qo‘ydi, kechagi matematik misollarni ochib ularni yecha boshladi. Qo‘llari daftar yuzidagi har burchakka aylanarkan, qandaydir arifmetik allambalolarni ishlab chiqardi. U charchagan bo‘lsa-da, darslarini bajarishi shart edi, bo‘lmasa onasi tekshirganda xato chiqarsa tamom desa ham bo‘ladi.

Janob Sohwe va Sofi xonimda mutlaqo boshqa vaziyat, ular na bir-biriga qarar, na gapirar edi. Janob Sohwe hujjatlar bilan ishlar, Sofi telefonida nimadirlar qilar edi. G‘urur o‘lgur shunaqa narsa, ikki inson urushganda, ikkisining ham g‘ururi kuchli bo‘lsa, yarashish qiyin bo‘ladi. Ha, aynan shunday. Janob Sohwening ham, Sofining ham g‘ururidan ajoyib qasr qursa arziydi.

Sofi xonim telefonida Sullining yangi maktabi haqida ma’lumot qidirar edi. Maktab va maktabdan keyingi to‘garaklar haqida yangi sinf rahbari bilan yozishayotgan ediki, uning qo‘lidan hujjatlarni tashlab kelgan Sohwe telefonni yulqib oldi.

— Kim bilan buncha yozishasan-a? Mening oldimda bunchalar telefonga kirib ketishingga kim sababchi bo‘lyapti? — uning ovozida biroz bo‘lsa-da iliqlik yo‘q edi, faqat rashk, faqat g‘azab.

— Sullining yangi sinf rahbari. Men u bilan yozishyapman, unga maktabdan keyingi to‘garaklar va yaxshi ustozlar biriktirilishi haqida gaplashyapman. E’tirozingiz bormi? Bor bo‘lsa ayting va telefonni qaytarib bering. — uning ovozida o‘zgacha qat’iyat va biroz sovuqlik bor edi.

— Qiziq, sinf rahbari erkak kishimikan yoki ayol kishi? Tezroq javob ber, sabrimni sinama. Senda faqat tuyg‘ular bormi? Faqat sen rashk qilasanmi? Aslida o‘shanda senga qattiqroq bo‘lishim kerak edi. Shunda hozir asabiylashib shubha qilmasdim. Hayf senga sarflagan asablarim.

Sukut. Ha, xona jim-jit. Sofi javob qilishni istamadi, u Sohwening gaplaridan ham hayron, ham g‘azablanar edi. Og‘ziga ikki og‘iz ham so‘z kelmas, talqon yutgandek turardi.

Ayolining bunday jim turishi unga yoqmadi, asabiylashib telefonni stolga qattiq qo‘yib so‘zlay boshladi:

— Nimaga indamaysan? Balki aytarsan biror gap. Axir men ham qizimning sinf rahbari haqida biror narsa bilishim kerak!

— Ayol kishi, ismi Luri. O‘sha maktabda anchadan beri ishlar ekan. Yetarlimi ma’lumot? Endi tinch qo‘yarsiz va asossiz ayblovlarni bas qiling. — uning ovozi titradi.

— Asossiz ayblov? O‘shanda sen Sonjenikiga juda ko‘p borar eding. Axir bu yolg‘on emasligini ikkimiz ham bilamiz, shundaymi, azizam?

Janob Sohwe Sofining yuzlaridan tutib o‘ziga qaratdi, unga shunchalar chuqur tikildiki, nigohlari teshib yuboradigandek edi.

— Aytganimdek, ayoli Sui bilan ko‘rishgani borganman, boshqa gap yo‘q. Yana nimani isbotlab beray? — u yuzlarini burdi.

— Ishonishim uchun vaqt kerak bo‘ladi shekilli. Chunki SeokJin uchun bazmga kelganingda sen Sonjening stolidan beri kelmagan eding. Indamadi degani sezmaydi degani emas. Hammasini astalik bilan ichimda yig‘ib kelyapman. Agar men portlasam, senga ham, menga ham oxiri xayr bilan tugamaydi, shuni bilib qo‘y.

Har bir so‘z Sofining quloqlari ostigacha jarangladi, uning yuragiga hanjardek sanchildi.

— Yaxshi, unda o‘sha vaqtni kutaman. Shunday ekan menga bosim bermang. — Sofi so‘zlarini tugatar ekan, sekin o‘rnidan turib xonadan keta boshladi.

– Sofi soʻzlarni tugatar ekan, sekin oʻrnidan turib xonadan keta boshladi.

– Mayli, kut. Agar mening rashkim va tuygʻularim bilan oʻynayman desang, shuni bil, oʻyinda oʻzing qoʻgʻirchoq boʻlib qolma. Buni tahdid emas, balki shunchaki ogohlantirish deb qabul qil, xotinjon! – u soʻzlarini tugatar ekan, ish stoliga joylashdi.

Bu soʻzlar Sofining qulogʻi ostida yangrar ekan, eshik oldida bir zum qotib qoldi. Sekin oʻzini qoʻlga olgancha Sullining xonasi tomon yoʻl oldi. Zinalardan sekin koʻtarilar ekan, hayolidagi erining gaplari biroz yuragini bezovta qildi. Ichida bir olov yonar, uning nomi gʻazab edi, uni qanday bosishni bilmasdi. Sekingina Sullining xonasiga kirdi-da, qizining dars qilayotganini koʻrib, gapirishga arzirli gap topa olmay, boyagi suhbatni yana ochdi.

– Sulli, sen aytganimni qilmayapsan umuman. Qanday qilib buncha uzoq maktab tanlaysan? Akang ketganiga shuncha oʻzgarib qoldingmi? – uning ovozi juda qoʻpol chiqardi, xuddi kimnidir juda nohaq ekanini isbotlash uchun gapirayotgandek.

– Nima, qachon keldingiz? Dars bilan sezmay qolibman. Uzr, oyijon, meni kechiring. Oʻsha maktab menga juda yoqdi, unda Mina bilan boʻlaman. U bilan bir sinfda oʻqiymiz, xavfsiz boʻlaman. Aytganingizni qilyapman-ku, qarang, darslarni ham qilyapman. Nima desangiz qilaman, faqat urishmang! – uning ovozi taskin beruvchi, ammo iltijoli chiqdi.

– Meni bunday avrama. Endi yaxshi oʻqimasang, sinf rahbaring menga aytib turadi. Ha, bilgan boʻlsang, ismi Luri ekan. Maktab manziling ertaga haydovchiga aytiladi. Asosiy fanlar toʻgaragiga seni yozdirib qoʻydim. Agar ogʻirlik qilmasa, oʻzing ham biror qiziqqan toʻgarakka yozilishing mumkin. – uning ovozida hech qanday mehr yoʻq edi, faqat ogohlantirishlar.

– Xoʻp boʻladi, oyijon!

Sulli onasining mehrini uygʻotish uchun qoʻlidan kelgancha harakat qildi. Qancha urinmasin, Sofi erimasdi, uning ichidagi olov oʻchishni istamas edi. Sulli asta koʻzlari jovdirab dars kitoblariga tikildi, Sofi esa eshikni asta ochdi.

– Yaxshi dam oling, oyijon! – Sulli juda iliq gapirdi, ammo javob boʻlmadi.

Sofi xona eshigini qattiq yopgancha xonadan chiqib ketdi. Sulli ruchkasini qisgancha yana misollarni yechishga kirishdi. Sulli misollarni bajarar ekan, koʻzlari harflarni anglay olmay qoldi. U koʻzlarini ishqalagancha stol ustiga boshini qoʻydi. Soat 00:00. Sulli ancha vaqt dars qilish bilan shugʻullangan edi, uning na qoʻllari harakat qilishni istardi, na oyoqlari. U koʻzlarini sekin yumdi va stol ustiga bosh qoʻygan holda uxlab qoldi.

Germaniya. 17:00.

Seokjin qoʻshimcha darslardan kelib, telefonini qoʻliga oldi.

– Sulli bilan qoʻngʻiroq 12:30 da, qiziq, – dedi u. – Yongi, uygʻon, nega hali ham uxlayapsan? – u sekin Yongini turtkiladi.

– Eyy, tinch qoʻy, bugun oʻqishda juda charchadim! – Yongi norozi ohangda gʻingshidi.

– Oʻqishdan 12 da kelgansan, hozir nechchi boʻldi bilasanmi? – Seokjin uni boshiga bir marta urdi, ammo unchalik qattiq emas.

– Nima qilyapsan? Nechchi boʻlibdi? – u oʻrnidan sekin turdi.

– Soat kechki besh, sen uxlab yotibsan, gʻaflat bosib. – Seokjinning ovozi endi qattiqroq chiqdi.

– Eh-he, uxlab qolibman-u! Hozir nechinchi asr? Nechchi asr uxladim? – u kuldi.

– Hazilni yigʻishtir, Yongi. Undan koʻra ayt, singlim bilan sen gaplashdingmi? 12:30 da qoʻngʻiroq qilibdi-ku!

– Haa, men Mina qildi deb oʻylab, Sulli bilan gaplashibman. U sezmadi shekilli, yaxshi dam oling deb oʻchirib qoʻydi. – Yongi endi sekinroq va mayinroq gapirdi.

– Haa, yaxshimikan? Soʻradingmi? Ovozi yaxshi eshitildimi, gʻamgin emasmidi? – Seokjin bir dunyo xavotir bilan soʻzlardi.

– Yaxshi ekan, soʻradim, ammo u men bilan gaplashayotganini sezmadi. Qiziq-a? – Yongi kuldi.

– Yongi, kel, men ham Mina bilan gaplashay, balki sezmas? – Seokjin kulib yubordi.

– Eyy, Seokjin, asabimga tegma! – Yongining uyqusi tarqalib ketdi.

– Hazil qilish qalay boʻlar ekan-a? – Seokjin astagina kiyimlarini almashtirishga kirishdi.

– Ha mayli, kechga biror joyda ovqatlanib kelsak yaxshi boʻlardi? – Yongi biroz sekin gapirdi.

Seokjin uning ovozidan bu yerlarning ovqati unga yoqmaganini sezdi, sekingina telefonini olib mashina chaqirdi. Yongi buni sezmay ham qoldi. U sekin oʻrnidan turib yuvinish uchun dushga kirib ketdi. Muzdek suvda yuz yuvarkan, boyagi uyqusiragan koʻzlar ochildi. Sekingina yuzini sochiq bilan artar ekan, oynadagi aksiga qarab dedi:

– Albatta hammasini eplaymiz!

U jilmaygancha dushdan chiqdi. U Seokjinning juda yaxshi kiyinib olganiga hayron boʻlib soʻradi:

– Qayoqqa otlanding, menga bir ogʻiz aytmay?

Seokjin asta ortiga oʻgirildi-da, Yongining hali tayyor boʻlmaganini koʻrib qattiq kulib yubordi.

– Senga aytmadimmi, mashina kelyapti. Boshqa joyda ovqatlanib kelamiz. Oʻzing taklif berding-ku! – dedi kulgusini zoʻrgʻa tiyib.

Yongi biroz talmovsirab kiyimlarini yecha boshladi, ustiga qora koʻylak va pastiga qora shimini kiyib oldi.

– Darvoqe, oʻzim aytgan gapim oʻz esimdan chiqib qolibdi. – u kulib yubordi.

– Hechqisi yoʻq, uyqusirayapsan-da. Unda ketdik, – dedi Seokjin.

– Ketdik! – dedi Yongi jilmayib.

Ular mashinaga minishdi va yotoqxonaga yaqin birorta yaxshiroq tamaddixonaga borishdi. U yer juda katta va hashamdor bezatilgan, yoʻlaklarida zarhal gilam toʻshalgan edi. Ular ichkariga kirishdi-da, mol goʻshtidan steyk buyurtma qilishdi va kutib turishdi.

Ayni damda Sulli stol ustida uxlab qolganini sezib, asta koʻzlarini ochdi, sekingina boshini koʻtardi. Umurtqa qismi tortishib, boʻyin sohasiga qattiq ogʻriq berdi. Qoʻllari bilan boʻynini uqalagancha borib divanga quladi. Oyoqlarida ham, qoʻllarida ham kuch qolmagan, koʻzlarini yumgancha uxlab qoldi.

Steykni kutib oʻtirgan Yongi va Seokjin zerikkanlaridan telefon titkilab oʻtirishar edi. Yongi restorandan bir-ikki rasm oldi-da, Minaga joʻnatdi. Seokjin esa rasm oldi, ammo Sulliga tashlay olmadi, uning akkauntlari muzlatilgan edi.

Seokjin astagina telefonni qoʻyib, Yongiga yuzlandi:

– Yongi, meni rasmga olib Minaga yubora olasanmi? Sullining akkauntlari oʻchirilganmi, yuborilmayapti.

– Ha, mayli, kel, rasmga olaman. Chiroyli turib ol, – javob qildi Yongi.

Yongi uni suratga oldi va Minaga yubordi.

Mina hali uxlamagan edi. U telefoniga kelgan xabardan darrov hushyor tortdi va qoʻliga oldi. Akasidan kelgan xabar:

„Buni Sulliga koʻrsat, uning akkauntlari ishlamas ekan.“

Mina Seokjinning rasmini koʻrib juda hayron boʻldi. U oʻzida yoʻq xursand boʻlib, telefonga bir necha marta oʻpich qoʻyib, uni quchoqlagancha divanda agʻanadi. Ammo birozdan soʻng oʻzini yigʻishtirib, xabar yubordi:

„Xoʻp boʻladi, aka, koʻrsataman.“

Yongi xabarni koʻrib jilmaydi. Ularning buyurtmasi keldi va ular bir ogʻiz soʻzsiz tamaddi qilishga kirishib ketishdi.

Koreya. Minlar qoʻrgʻonidagi hali oʻchmagan yagona chiroq ham astagina oʻchdi. Mina divaniga oʻzini tashladi-da, telefonida Seokjinning rasmini ochdi va unga oʻpich berib, telefonni quchoqladi. U asta koʻzlarini yumdi va uxlab qoldi.

Germaniyada allaqachon shafaq qoraygan, tun kirib kelayotgan edi. Yoongi va Seokjin hisobni toʻlashdi-da, sekin mashinaga oʻtirishdi. Mashina motori sekin gʻizilladi-da, harakatga keldi. Shahar chiroqlari mashina oynasidan oʻzgacha jilvalanar, ular Yoongining xayolini olayotgan edi. Seokjin bir telefoniga, bir Yoongiga qarab jovdirab turardi. U Sulliga qoʻngʻiroq qilishni, ovozini eshitishni istar, ammo vaqt oraligʻi unga xalaqit berayotgan edi.

Yoongi derazaga sekin suyandi-da, qoʻllarini tashqariga chiqardi. Qoʻllari sovuq shamolda mayin holga keldi, u bu holatdan seskanmadi, aksincha oʻzgacha his oldi. Seokjinning xayolida esa faqat singlisi bor edi, u Sullini sogʻingan edi. Afsuski, u bilan endi ancha keyin koʻrishishadi. Ammo vaqt hamma narsani tubdan oʻzgartirishi mumkin.

Mashina asta-sekin yotoqxona yaqiniga borib toʻxtadi, ikki doʻst mamnun holda mashinadan tushdi. Seokjin taksi haqini toʻlab joʻnatdi, Yoongi esa xonaga kirib kiyim almashtira boshladi. Seokjin xonaga kirib, Yoongining kiyim almashtirib boʻlganiga hayron boʻlib qaradi.

– Hoy, sen kelganimizga hech qancha vaqt boʻlmadi, qanday qilib buncha tez kiyim almashtira olasan? – hayrat aralash dedi Seokjin.

– Senga oʻxshab sudralib yurishni yomon koʻraman! – dedi Yoongi kulib.

– Yaxshi, unda dars qilasanmi hozir? – Seokjin astagina soʻradi.

– Yoʻq, uxlayman, charchadim. Oʻzing darslaring boʻlsa bemalol. – Yoongi shunday deya joyiga yotdi.

Seokjin kiyimlarini almashtirib, sekin dars stoliga oʻtirdi. U Yoongi tomon burildi-da, sekin dedi:

– Hoy, Yoongi, menimcha darslarni eʼtiborsiz qoldirsang, oʻzingga yomon boʻladi! Otang oʻqishlaringni tekshiradi, bilasan. Agar darslaring joyida boʻlmasa, studiyangni sotib yuborishdan ham tap tortmaydi amakim.

– Menga farqi yoʻq, oʻqib yuribman. Bu yogʻi bilan ishlari boʻlmasin. – Yoongi koʻzlari shiftga tikilgan holda biroz xoʻrsinib javob berdi.

– Men shunchaki aytdim-da, yana aqllilik qilyapti deb oʻylama. Doʻstimning qarorlarini hurmat qilaman men ham, lekin shunchaki amakimning aytganini qilish ham kerak! – Seokjin biroz qatʼiyroq gapirdi.

– Bilaman, doʻstim, meni oʻylayapsan, buni qadrlayman. Rahmat! – Yoongi koʻzlarini yumdi. Aytayotgan gaplaridan uni parishonxotir deb oʻylash mumkin. Lekin uning xayollarida faqat studiya, otasi va akasi aylanib yurardi.

Soat 23:00 ga bong urdi. Seokjin sekin dars stolidan uzoqlashdi, koʻzoynagini yechdi-da, joyiga yura boshladi. Charchaganidan oyoqlari zoʻrgʻa yurar, koʻzlari uyqudan zoʻrgʻa ochilib turardi. U sekin yotoq ustiga oʻtirdi-da, oyoqlarini zoʻrgʻa koʻtarib chiqardi, boshini asta yostiqqa qoʻydi-da, koʻzlarini yumib uxlab qoldi.

Seokjin uxlab qolganini sezgan Yoongi asta oʻrnidan turib, oʻzi dars stoliga oʻtirdi. Xira yorugʻlikni yoqdi-da, darsliklarini ochdi, qoʻliga ruchkasini olib uyga berilgan vazifalarni bajara ketdi. Uning ruchka ushlagan qoʻllari daftar yuzasida sekin aylanar, ammo qatʼiyat bilan ishlarini bajarayotgan edi. U biznes frazalarini yechar, yana hisob-kitob ishlarini bosh qotirib bajarayotgan edi.

Soat 01:00 gacha Yoongi berilgan vazifalarni bajarib boʻldi. Koʻzlari qizargan, qoʻllari holsiz edi. Ammo uyqu yoʻq edi. U bu yerga kelganidan beri soat 03:00 da uxlay olayotgan edi. Bugun ham uning koʻzlarida uyqu yoʻq. Qoʻliga oppoq varoq oldi-da, ikki ogʻiz soʻz yozdi:

– Mayli, takrorlanuvchi argʻimchoq oʻyini,
Endigina buni yakunlamoqchiman.

U biroz tin oldi va qoʻlidagi ruchkani biroz qisdi, keyin esa soʻzlarni davom ettirdi:

– Mayli, takrorlanuvchi argʻimchoq oʻyini,
Endigina buni yakunlamoqchiman.
Mayli, jonga tekkan argʻimchoq oʻyini,
Kimdir bu yerdan tushishi kerak,
Qoʻlimizdan kelmasa ham...

Soʻzlarni tugatar ekan, ichidagi nimadir yengil tortgandek "uhh" tortdi. Sekin oʻrnidan turdi-da, qogʻozni papkaga solib qoʻydi. Ruchkasini stolga qoʻyib, polda yurganini ham bilintirmaslik uchun oyoq uchida yurib yotogʻiga yotdi. Oyoqlarini bir-biriga bogʻlab, qoʻllarini koʻkragiga chirmashtirdi. Qorongʻu xonada shiftga termulgancha xayollariga kirib ketdi. Uning xayollarida endi oilaviy muammolari emas, balki sevgilisi Sulli bor edi.

Minlar va Kimlar oilasi shunchalar yaqin ediki, oila farzandlari ham juda yaqin edi. Yoshlikdan Seokjin, Yoongi, Sulli va Mina birga katta boʻlishgan. Bir bogʻchaga borishgan, birga oʻynashgan, birga juda koʻp vaqt oʻtkazishgan. Oʻtgan yili yozgi taʼtilda ikki oila farzandlarini chet eldagi dam olish lageriga joʻnatishgan edi.

Flashback

Yoz oyi. Quyosh tanalarni qizdirar, shunchalar qizdirar ediki, go‘yo kuydirib yuboradigandek edi. Kimdir sohil bo‘ylab mazza qilib yugurar, yana kimdir esa suvda suzar edi. Atrof uncha gavjum emasdi. Bunday joylarga faqat boy oilalar kelardi. Shuningdek, Minlar va Kimlar oilasining farzandlari ham aynan shu yerga dam olishga kelishgandi.

— Menga oshir! Otaqolsangchi! — baqirdi Seokjin bor ovozi bilan.

— Ushla! — Yoongi qo‘lidagi to‘pni bor kuchi bilan otdi.

— Aka, iltimos qaytarib bering, iltimos! — Sulli yolvorgancha baqirdi, uning ovozi sohilda shamol kabi taraldi.

— Berma, Seokjin! Zo‘rg‘a oldim, tushundingmi? Bera ko‘rma! — Yoongi baqirdi.

Vaziyatni uzoqdan kuzatib turgan Mina yugurib keldi va jon holatda Seokjinga tashlandi. Mayin qum ustiga Seokjin quladi, Mina esa uning ustiga yiqildi.

To‘pning yerda yumalab ketganini ko‘rgan Sulli uni darrov olib qochdi. Buni ko‘rgan Yoongi esa uning ortidan quvlay ketdi. Yoongi juda tez yugurar, Sulli esa zo‘rg‘a qochayotgan edi.

— Kechirasiz, Seokjin aka, men bunday bo‘lishini istamagan edim! — Mina o‘rnidan turib, qizarib ketgan yuzini qo‘llari bilan to‘sdi.

— Hechqisi yo‘q, bo‘lib turadi. O‘zing yaxshimisan? — Seokjin o‘rnidan turib, ust-boshidagi qumni qoqdi.

— Yaxshiman! Keling, tozalab qo‘yaman! — Mina Seokjinning ustidagi qumlarni qoqishga tushdi.

Sulli esa juda uzoq yugurdi. Oyoqlari tolib, sohildagi mayin qumda sirg‘alib ketdi. Kuchli kelgan to‘lqin uni asta o‘ziga tortdi. Sulli suzishni bilmas edi.

Suvga sirg‘alib tushgan Sulli uncha sayoz bo‘lmagan joyga tushib qoldi. U asta-sekin suvga ko‘mila boshladi. Qo‘llari tipirchilar, bor ovozi bilan baqirardi.

Yoongi buni ko‘rdi va futbolkasini yechib suvga tushdi.

— Yordam! Yordam bering! — Sulli ovozini balandlatdi.

To‘lqin kuchli edi. U Sullini o‘ziga tortib ketdi. Sullining og‘zi-burniga suv to‘ldi. Endi u na baqirar, na harakat qilardi.

Buni ko‘rgan Yoongi tezroq harakat qildi.

Suv yuzida biroz qalqib turgan Sullini qo‘llari bilan ko‘tarib oldi. Uni sekin sohilga olib chiqib, qum ustiga yotqizdi.

— Yaxshimisan? Sulli, uyg‘on! Yaxshimisan? — Yoongi uning yuziga yengil urib ko‘rdi.

Ular Seokjin va Minadan ancha uzoqlashib ketishgandi. Yoongi Seokjinni chaqirdi, ammo u eshitmadi.

Yoongi Sullini chalqancha yotqizdi. Ichiga kirgan suv chiqdi, ammo qiz hali ham nafas olmayotgandi. U qizning ko‘krak qafasiga bosim berib ko‘rdi, ammo foydasi bo‘lmadi.

Keyin esa ilojsiz holda qizning yuziga egildi. Bir qo‘li bilan burnini yopib, ikkinchi qo‘li bilan iyagidan ushlab sun'iy nafas bera boshladi.

Bir marta — foydasi bo‘lmadi.

Ikki marta — o‘xshamadi.

Uchinchi marta berilgan nafasdan keyin Sulli hushiga keldi.

Yoongi yengil tortdi va qizni quchog‘iga oldi. Sulli uning quchog‘ida kichkina chaqaloqdek jim turardi.

Yoongi sekin qumga o‘tirdi va Sullining boshini qo‘llari ustiga qo‘ydi.

— Chuqur nafas ol! Sal qolsa o‘lay deding. Suzishni bilmas ekansan, sohildan uzoqroqqa qochmasliging kerak edi, ahmoq qiz! — Yoongi asabiylashib gapirdi.

— Kechiring, endi bunday qilmayman. Rahmat, akajon! — Sulli sekin ko‘zlarini yumdi.

— Baqirganimga hafa bo‘lma. Havotir oldim! — Yoongi uning ho‘l sochlarini siladi.

Biroz vaqt o‘tib uzoqdan Seokjin va Minaning ovozlari eshitildi.

— Yoongiii! Qayerdasizlar? — Seokjin bor ovozi bilan baqirdi.

— Akaaa! Qayerdasiz? Akaaaa! — Mina ham baqirdi.

Yoongi boshini ko‘tarib Sulliga qaradi. U uxlab qolgan edi. Quyoshda sochlari biroz qurigan, uzun kipriklari esa bir zum qilt etmasdi.

Yoongi qo‘lini uning boshidan sekin oldi. Chap qo‘li bilan bosh tomonidan, o‘ng qo‘li bilan oyoqlari tomonidan ko‘tarib, uni bag‘riga oldi va Seokjinlar tomon yurdi.

Yoongining Sullini ko‘tarib kelayotganini ko‘rgan Seokjinning ko‘zlari katta ochildi.

— Nima bo‘ldi? U nega bu holda? — dedi u havotir bilan.

— Hech narsa. Suvga tushib ketdi, keyin olib chiqdim. Quyoshda sochlari qurisin deb yotgandik, uxlab qolibdi, — dedi Yoongi qiz uyg‘onib ketmasligi uchun past ovozda.

— Rahmat, Yoongi! Qani, endi menga ber. Xonasiga olib boraman.

— Yo‘q, o‘zim olib chiqaman. Sizlar ovqatlanishga boraveringlar.

— Xo‘p, ehtiyot bo‘l. Senga ham ovqat olib qo‘yamiz! — dedi Seokjin.

Seokjin va Mina oshxona tomon ketishdi.

Yotoqxonaga kirar ekan, Yoongi qizni sekin yotoqqa yotqizdi. Uning qo‘llari go‘yo nodir buyumni ushlab turgandek ehtiyotkor harakat qilardi.

Yoongi qizning sochlarini qulog‘i ortiga o‘tkazdi va yuziga bir muddat tikilib qoldi. Keyin esa yupqa ko‘rpani uning ustiga yopib qo‘ydi.

So‘ng qizni xonada yolg‘iz qoldirib, eshikni sekin yopgancha oshxona tomon yo‘l oldi.

Comeback

O‘sha yilgi ta'tilda Yoongining Sulliga nisbatan hislari uyg‘ongan edi. U bu voqeani hatto qo‘shiqlaridan birida ham eslab o‘tgandi.

— Eslasam ko‘nglim yengil tortadi. Tovba, inson shunchalik telba bo‘lishi mumkinmi? Exx, uni sog‘indim. Hozir uxlayotgandir yoki uyg‘onganmikin? Hozir Koreyada soat nechchi ekan? — dedi u.

Telefonini olib Koreya vaqtiga qaradi.

— Haa, u allaqachon uyg‘ongan. U yerda soat 08:00 bo‘libdi. Menimcha, maktabga ketgan bo‘lsa kerak.

Shu xayollar bilan ko‘zlarini yumib, sekin uyquga ketdi.

Balki yangi maktab, yangi hayot Sulliga o‘zgarish uchun imkon berar. Ammo haqiqiy o‘zgarish insonning ruhidan boshlanadi. Unutish uchun esa avval kechirish kerak. Agar o‘zgarishni istab, ruhimizni o‘zgartirmasak, qancha urinmaylik, natijaga erisha olmaymiz. Agar unutishni xohlasak-u, ammo kechira olmasak, o‘tmish bizni baribir ortga tortaveradi. Shu sababli har bir yangi qadam ortida qandaydir qurbonlik yotadi.

2-qism tugadi.

Жизнь с прошлым
Tanishtiruv

1.  Kim Sulli (12 yosh)- Bosh qahramon.

Sulli

Xarakteri: Tashqi ko'rinishdan ojiz, g'amgin va tushunarsiz qizdek ko'rinsa-da, aslida mehribon oq ko`ngil.

Muammolari:  overthinking (ko'p o'ylash) va chuqur depressiya. Uni yoshligidan katta trauvmasi bor u buni hech kimga aytmagan. U depressiyaga keyinchalik tushadi.

Oila muhiti: Milliarder Kim oilasining ikkinchi farzandi. Ota-onasi (Kim Sohwe va Kim Sofi) o'rtasidagi tinimsiz janjallar uning psixologiyasini butunlay buzgan.

2. Kim Seokjin (16 yosh) — Sullining akasi

Xarakteri: Nihoyatda mehribon, g'amxo'r va yaxshi yigit. Shuning bilan birga juda jiddiy va mas'uliyatli. Singlisi Sullini jonidan ortiq yaxshi ko'radi va uni himoya qilishga intiladi.

Muammosi: Singlisi Sulli uni chet elga ketganidan so`ng yomon ko`rib qoladi va doim asossiz ayblaydi. Jin uning ayblovlaridan azob cheksa-da, baribir singlisidan voz kechmaydi, uni qutqarishga harakat qiladi. Min Yoongining eng yaqin do'sti.

3. Min Yoongi (16 yosh) — Sirli va aqlli yigit

Xarakteri: Tinch, og'ir-vazmin, ba'zida tez jahli chiqadigan (sal jahldor) yigit. Judayam aqlli va odamlarning ichki dunyosini tezda o'qiy oladi.

O'tmishi: Chet eldaligida o'zi ham og'ir depressiyani boshdan kechirgan, shuning uchun ham Sullining ichki og'riqlarini va uning o'yinlarini darhol payqaydi. Janob Min Hemin va xonim Min Rianning shox, ammo jiddiy o'g'li. Jinning eng yaqin sirdoshi.

4. Min Mina (12 yosh) — Yoongining singlisi

Xarakteri: To'liq ekstrovert, quvnoq va shox qiz. Sullining tamoman aksi.

Roli: Sullining deyarli yagona dugonasi. Sullining tabiati og'ir ekanini bilsa-da, unga chin dildan dalda bo'lishni va uni hayotga qaytarishni istaydi.

5 Kim Namjon ( 20 yosh)- Sulli va seokjinning amakisi.

Xarakteri jiddiy, boylik va nafsga ruju qo`ygan. Juda chigal harakterli . Kimlar oilasining teng huquqli aksiyadori.

Nafs ortidan kelgan pushaymonlik oilaning bugunini kul qilsa, o‘tmish bilan yashash uning ertangi kunini ham yo‘q qiladi.

Dunyo — bu adolatli makon emas. Biz unga begunoh bo‘lib kelamiz, lekin yovuzlikning ilk zarbasini ham aynan o‘sha beguborlikda qabul qilamiz.

Nafs — insonni hayvondan ham tubanroqqa tushira oladigan yagona kuch. U shunday ochko‘z mahluqki, bir parcha oltin yoki bir chimdim hokimiyat uchun hatto o‘z qonidan bo‘lgan go‘dakning begunohligini ham qurbon qilishdan qaytmaydi. Biz yovuzlikni ko‘chada, qorong‘u burchaklarda izlaymiz, biroq eng mudhish jinoyatlar ko‘pincha qimmatbaho devorlar ortida, ipak choyshablar ustida va "oila" degan muqaddas niqob ostida sodir bo‘ladi.

Go‘dakning qalbi oppoq qog‘ozga o‘xshaydi. Unga chizilgan ilk qora chiziq butun bir umrni bulg‘aydi. O‘shanda, 2016-yilning o‘sha qaltis tunida, nafs va qahr bir insonning qiyofasida mujassamlashgan edi. O‘sha tunda nafaqat bir oilaning sha’ni, balki olti yoshli qizaloqning butun kelajagi, odamlarga bo‘lgan ishonchi va iliq dunyosi kul bo‘ldi.

Eng dahshatlisi nima, bilasizmi? Jinoyatchi o‘z qilmishini vaqt o‘tishi bilan unutishi mumkin. U "bu bir xato edi" deb o‘zini ovutadi, aksiyalar va pullar bilan vijdoni ustiga parda tortadi. Ammo jabrdiyda unutmaydi. U o‘sha og‘riq bilan uyg‘onadi, o‘sha qo‘rquv bilan nafas oladi va o‘sha nafrat bilan ulg‘ayadi.

Sulli o‘sha tunda o‘lgan edi. Hozir biz ko‘rib turgan narsa esa — o‘tmishning tirik sharpasi. U endi qurbon emas. U endi o‘sha o‘tmishning mevasidir. Va u o‘zi bilan birga butun bir sulolani jahannamga yetaklab borishga tayyor. Chunki qalbida jarohati bor insonning nafratidan daxshatliroq kuch yo‘q...

Muqaddima: Hikoyaning boshlanishi (2016-yil)

Hammasi aynan Kim Namjon va Kim Sohwe otasining o‘limidan boshlanadi. O‘shanda ularning otasi kompaniya ancha chigal vaziyatda turgani sababli, katta o‘g‘li Sohwega ishonch bildiradi. Sohwe yoshi katta bo‘lgani uchun ham, otasi vasiyatnomada merosning katta qismini uning nomiga hujjatlashtirib bergan edi.

Otasining o‘limi haqidagi xabardan so‘ng, Namjon Koreyaga qaytib keladi. Holbuki, u uzoq vaqt chet elda o‘qigani sababli, chet el fuqaroligi maqomida edi. Namjon otasining janoza marosimlarini o‘tkazadi. Biroq, meros e’lon qilinadigan kuni akasi bilan oralarida qattiq nizo kelib chiqadi.

Kompaniyadagi dialog (2016-yil):

Namjon: (G‘azab bilan vasiyatnomani stolga urib) Demak, otam butun umrlik mehnatining mevasini senga qoldiribdi-da?! Men-chi? Men bu oila uchun hech kim emasmidim?!

Sohwe: (Vazminlik bilan ukasini tinchlantirishga urinib) Namjon, gapni eshit. Kompaniya hozir juda og‘ir va chigal ahvolda. Otam shuning uchun shunday qarorga kelgan. Men senga merosning yarmini to‘laqonli qilib beraman, so‘z beraman. Faqat hozir emas, vaziyat barqarorlashsin...

Namjon: (Aalamli kulgi aralash) Va’dalaringni o‘zingga olib qo‘y! Men sening rahm-shafqatingga muhtoj emasman!

Namjon akasining so‘zlariga ishonmaydi va jahl bilan kompaniyadan chiqib ketadi.

Tun va Qora qadam

Alam va nafrat otashida yongan Namjon tun yarmigacha tungi klubda o‘lar darajada ichdi. Hushi joyida bo‘lmagan ahvolda, ichidagi qahrini bosolmay, Kimlar xonadoniga (qo‘rg‘oniga) yetib keldi. Aqli nafs va g‘azab ortida ko‘r bo‘lgan Namjon to‘g‘ri Sullining xonasi tomon yurdi. Sulli o‘shanda atigi 6 yoshli ma’sum qizaloq edi (u 2010-yilda tug‘ilgan, Namjon esa 1996-yil, oradagi yosh farqi 14 yosh edi).

Eshik ochilganidan kichkina Sulli uyg‘onib ketadi va ko‘zlarini uqalab amakisiga qaraydi:

Sulli: (Chala uyquda, mayin ovozda) Amaki, sizmi?..

Ammo Namjonning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas edi. U nafsi va qahri qurboniga aylanib, 6 yoshli jiyanini zo`rlaydi (nomusiga tegadi). Sulli nima bo‘layotganini mutlaqo tushunmaydi, qo‘rquv va cheksiz og‘riqlarni ichiga yutib, faqat yig‘laydi.

Namjon ketish oldidan qizaloqning qulog‘iga sovuq ohangda tahdid qildi:

Namjon: Agar bu gapni birortaga aytsang, o‘zingga juda yomon bo‘ladi. Tushundingmi?! O‘zingni o‘ldiraman!

Shu voqeadan so‘ng 1yarim yil vaqt o‘tadi. Sohwe va’dasining ustidan chiqib, kompaniya aksiyalarining yarmini teng huquqli qilib Namjonga topshiradi. Aksiyalarni qo‘lga kiritgach, Namjon o‘sha tunda qilgan mudhish ishidan qattiq pushaymon bo‘ladi, ammo endi juda kech edi. U ich-etini yeb, Sulli bu mudhish voqeani shunchaki esidan chiqarib yuborishini umid qilib yashaydi.

Lekin Sulli buni hech qachon unutmaydi. Uning ruhiyatida erkaklarga va butun jamiyatga nisbatan cheksiz nafrat uyg‘onadi. Boz ustiga, qizaloqning oilasidagi muhit ham og‘ir edi — ota va ona o‘rtasidagi doimiy muammolar sabab, Sulliga hech kim e’tibor bermasdi. Ota-onasi faqat uning akasining o‘qishi va kelajagiga sarmoya kiritib, bor mehrini unga berishardi. Sulli mutlaqo mehrsizlik, yolg‘izlik va qo‘rquv ichida ulg‘aymoqda edi.

Sulli 12ga kirguncha vaziyat unchalik yomon emasdi. Hattoki oilasi ham unga mehr berar edi. Namjon Sullini xotirasidan o`chish uchun, Chet elga ketdi. U shu bilan uni xotirasidan o`chishga urindi, chet eldagi kompaniya ishlari bilan shug`illandi. Seokjin 2006-yilda tug`ilgan Sullidan 4yosh katta edi. U qat`iyatli bo`lib katta bo`layotgan edi. Janob Sohwe uni chet elga o`qishga jo`natishi munosabati bilan katta bazm uyushtirishdi. Seokjinning o`qishlari juda yaxshi, u juda ko`p o`qir hatto kompaniya ishlarida otasiga yordam berardi. Janob Sohwe shuning uchun ham o`g`lini juda yaxshi ko`rar edi. Bazm biznes tarixida 2022-yilning eng katta iz qoldirdi. Seokjin o`smirlik sho`xliklarini yengan, juda jiddiy ammo singlisini jonidan ortiq ko`radigan aka edi.

Bazm boshlangan, juda ko`p odamlar kelgan edi. Janob Kimlar oilasining mansabi juda yaxshi edi, ular Minlar oilasi bilan juda yaqin edi. Deyarli qarindoshdek bo`lib qolishgan. Hattoki Janob Heminning otasi va janob Sohwening otalari ham do`st bo`lishgan. Bu Bazmda ular ham bor ularning o`g`li MinYonGi ham Jin bilan o`qishga ketayotgan edi. Min oilasining ikki farzandi qizil gilam ustidan mag`rur yurib mehmonxonaga kirishar edi.

Min YonGi va Min Mina Minlar oilasining ko`z va ko`z qorachig`i kirib kelishyapti.

MINA

YONGI

Bazm avjida asta-sekin mehmonlar yanada ko`payar edi. Hamma bazm to`rida turgan ikki oila farzandlaridan ko`z uzishmas edi. SeokJin va Sulli uzuk va uning olmosidek oilani ko`rkini ochib turgandi.

Sulli

SEOKJIN

Bazm ochib berilish so`zini Sohwe ayta boshladi.

KIM SOHWE: Mana bugun biz oilamning kattasi bo`lgan farzandim, o`z pushti kamarimdan bo`lgan o`g`limni biznesga tayyorlash uni sirlarini o`rganish uchun chet elga jo`natmoqdaman. Uning muvaffaqiyatlari juda ko`p, yosh bo`lishiga qaramasdan ishonchimni oqlagan farzandim.

U SeokJin tomon qarab yana gapni davom etdi: O`g`lim yosh bo`lishingga qaramay, ishonchimni oqlaganing uchun senga bugun kompaniya aksiyalarining teng yarmini o`tkazmoqchiman. Bugundan sen aksiyadorsan chet eldan kelishing bilan hujjat o`z kuchiga kiradi va sen kompaniyaning bir bo`lagisan omad o`g`lim.

Hamma qarsak chalib olqishlashdi, YonGi Seokjinni qutladi. Sulli mutloq xursand u akasini bunday mavaffaqiyatidan hursand edi. Mina ham Jinga tabrik sozlarini aytdi. Janob Sohwe esa hammani tinchlantirdi va yana gap boshladi.

Agar bilsangiz bugun nafaqat mening o`g`lim Minlar oilasining do`stim Heminning o`g`li YonGi ham Jin bilan ketyapti. U ham o`qishlarida kuchli va otasining ishonchi. Uni ham olqishlashingiz mumkin.

Hamma olqishlar hamma ularning farzandlarining omadiga havas bilan qarar edi. YonGi hammaga jilmayib qarar Jin esa uni qo`lladi. Hamma bugungi ikki omadlining muvaffaqiyatlaridan hursand edi.

Hemin o`g`lining bu g`alabasidan obr`osidan faxr hissini tuydi ammo Wo Binga tuyganchalik emas(WoBin uning akasi). U Sohwega mamnun jilmaydi va o`rnidan turib so`z boshladi.

Avvalambor do`stim Sohwe iliq so`zlar uchun minnatdorman. Albatta bu do`stlik juda uzoq bo`ladi o`g`illarimiz ham shunchalar yaqin bo`ladi. Ularni birga o`qishga jo`natish eng maqsadli ish edi. Bu bazmni tashkil qilganing esa ayni muddao bo`libdi qadahlarni olinglar bugungi bazm biznes tarixiga muxrlansin.

Hamma qarsaklar chalishdi, qadahlar ko`tarildi hamma bazmni mazmunli o`tkazar edi. Xonim Min Rian va Xonim Sofi boshqa mansabdor ayollar bilan suxbat qurardi. Erkaklar esa biznes haqida hujjatlar tahriri kabilar haqida gaplashishar edi.

Sulli va Mina stol ustidagi shirinliklardan tamaddi qilib maktab voqealaridan suhbat qurishar edi. SeokJin va Yoongi tashqariga chiqishdi.

-          Yoongii mana chet elga ketyapmiz, endi katta hayotga qadam qo`yamiz. Esingdami sen o`qishga ketishdan avval birinchi muhabbating kim ekanini aytmoqchi eding. Bugun aytish vaqti kelmadimi? – SeokJin xazil aralash gapirdi.

-          SeokJin balki o`zing aytarsan, axir vadani bir o`zim bermaganman. – Yoongi kuldi.

-          Mayli men uyalmayman, singlingni yaxshi ko`raman. – So`zlar xuddi havoda osilib qolgandek bo`ldi. Yoongii rashk olovida yondi, u hech ikkilanmay Jinni yoqasidan oldi va dedi.

– Aqldan ozdingmi? SeokJin do`stimsanku aytgan gapingni qara.

-          Nima yomonmi? Axir mendak do`sting Minaga arzimasa kimga arziydi?

-          Jin xazilni bas qil.

-          Men yolg`on gapirmadim, ishonmasang o`zing bilasan ammo sevgim yolg`on bo`lganida uni akasiga iqror bo`larmidim.

-          O`ziga aytganmisan? – Yoongi biroz xira ovozdan dedi.

-          Yo`q aytmadim, o`zimni tiklab olsam aytaman.

-          To`g`ri qilasan u hali yosh sen oqishdan kelsang aytasan. Sen ham o`shanda bilasan meni yaxshi ko`rgan qizimni. – Yoongi qattiq kuldi.

-          Nima? Nega endi sen hozir aytmaysan? – SeokJin baland ovozda dedi.

- Chunki sen singlimni yaxshi ko`rasan endi, meni ko`nglimga do`st emas balki kuyov sifatida ham kirishing kerak. – Yoongi kuldi.

-          Bu adolatsizlik, yaramas Yoongi. – U shunday deb ichkariga kirib ketdi.

SeokJin kirib otasining va boshqa biznes hamkorlarning yonidan joy oldi. YonGi esa hamon o`ylar u biznes emas o`z yo`lidan ketishni istar edi. U majburlov bilan o`qishga ketayotgan edi. Aslida Yoongi prodyusserlikka qo`shiq yozish va san`atga qiziqadi, ammo otasi uni biznes olamiga kirishi uchun harakat qilyapti. Yoongii qo`shiqlar yozishini hech kim bilmasdi faqat Jin bilardi. Yoongi otasiga bu qilmishini aytganda otasi unga qattiq qarshi chiqdi. Yoongining studiyasini sotib yubordi va keyin Yoongi qayta sotib olish uchun otasi bilan shartnoma tuzdi. Otasi studiyani qaytarib beradi evaziga esa, u otasi aytganidek o`qishga ketadi. Yoongi shunchaki ssenariyga tushib qolgandek his qilardi o`zini lekin, bu qiyin u bunday davrida nega qiyinchililar ko`rishi kerak. Endi kech shartnoma buzilsa uning studiyasini sotib yuborishadi.

Yoongi mehmonxonaga kiruvchi eshik oldida qotib qoldi.

U atrofdagilarga qarar ammo ular orasida o`ziga joy topa olmadi. U yana ichkariga ko`z yugurtirdi, uzoqroqda singlisi va Sullining jilmayib suhbatlashishini ko`rib ichidan bir hisni his qildi. U Sullini yaxshi ko`rardi, xuddi Jin Minani yaxshi ko`rgan kabi. Hayot shunisi bilan qiziq ekanda. Har bir-biriga chirmashib ketgan taqdirlar, afsuski Sulli na o`z tarixida bo`lgan ish mag`zini chaqmagan, na Yoongi uni o`tmishini bilmasdi. Xolbuki Sulli hali juda yosh bunday narsalarni qayerdan ham bilsin. Yoongi astagina ichkariga qadam qo`ydi, odamlar shovqini uni o`z domiga tortdi. Yoongi Janob Hemin va Janob Sohwening oldiga bordi va ular bilan turgan akasi Wobinning qarishisidan joy oldi. Wobin unga jilmaydi ammo Yoongi emas.

-          Janoblar kecha yaxshi o`tyaptimi? – Yoongi jilmaydi.

-          Ha a`lo darajada! – dedi otasi Hemin.

-          Nega janoblar deysan? Rasmiyatchilikning keragi yo`q o`g`lim. – Janob Sohwe uni yelkasiga qo`lini qo`ydi.

Yoongi jilmaydi, otasi Hemin uni biznesga chorlay olganidan xursand edi. SeokJin suxbatga qo`shildi:

-          Yoongi men kabi xushmuomala bo`lsangchi, qara otang bilan juda yaqinmiz to`g`rimi amaki?

Yongi Seokjin va otasining yelkalashib turganini ko`rib kulib qo`ydi. Yoogi SeokJinning buncha harakati nimadan ekanini bilgani bois dedi:

-          Sen rostdan ham otam bilan juda yaxshi kelishasan, lekin men ham Sohwe amakim bilan ota boladekmiz to`g`rimi?

-          Albatta o`g`lim! – Dedi janob Sohwe.

-          Hali ko`rasan Yoongi men oilangizning bir bo`lagiga aylanaman, amaki meni qabul qilasizmi?

SeokJinning gapiga hamma kuldi, janob Sohwe o`g`lining gapidan qattiq-qattiq kuldi. Hemin esa biroz to`xtab qiziga qaradi va hammasini tushunib dedi:

-          Ha, o`g`lim seni qabul qilamiz. Avval o`zingni yo`lingni topib ol, ikkingizga ham omad yor bo`lsin.

Wobin  bu suhbatga ikki og`iz gap qo`shishga urindi, ammo unday qila olmadi. U ukasiga qilinayotgan ishlaridan mutloq xabari bor edi. U otasiga qarshi chiqa olmasdi, ukasining tarafini ola-olmasdi.

Ular jim qolishdi, birozdan so`ng yana biznes haqidagi gaplar ochildi. YonGi bunday suhbatlardan bezor bo`lib ketgan, u astagina yana tashqariga qochib qutuldi. Tashqarida Sulli telefonida nimadirlarni ko`rib bir kular, bir g`amgin tortib qolardi.

Yoongi uni ko`rib miyig`ida kulib qo`ydi.

Yoongini kelganini bilmagan Sulli o`zicha nimadirlar deb shivillar, hayolidagi hamma gaplarni bichirlab chiqarardi:

-          Qanchalar chiroyli tun, men bunda yulduz emas oy bo`lishni istayman. Bu juda ajoyib bo`ladi hayot go`zal faqat qanday yashamoqni bilish kerak. Ammo bilganlarimdan bilmaganlarim ko`proq.

-          Kxm Kxm. – Yoongi ortiq bu falsafaviy gaplarga toqat qila olmay tamoq qirdi.

Sulli dovdirab qoldi, u Yoongiga qarab dedi:

-          Qachondan beri bu yerdasiz?

-          Mmm nima desam ekan telefonda nimalarnidir korib keyin shivir-shivir qilib gapirib boshlaganingdan beri. – Yoongi kuldi.

Sulli labini tishlagancha stulga o`tirib qoldi. U boyagina aytgan gaplaridan juda ham afsuslandi. Yoongi uni bunchalik hafa bo`lib qolishini hayoliga ham keltirmagan edi.

Tashqaridagi tungi shamol mayin esardi. Mehmonxona ichidan kelayotgan musiqa ovozi esa uzoqdan xira eshitilib turardi. Sulli hanuz noqulay ahvolda stul chetida o‘tirar, YonGi esa unga qarab miyig‘ida kulardi.

— Rostini aytsam… — dedi Yoongi qo‘llarini cho‘ntagiga solib. — 12 yoshli kichkina qizchada bunchalik falsafa bo‘lishini kutmagandim.

Sulli darrov qoshlarini chimirdi.

— Men yosh bola emasman.

U yuzini ishshaytirib boshqa tomonga qaradi. Yoongi esa uning xafa bo‘lganini ko‘rib kulib yubordi.

— Xo‘p-xo‘p, kechirasan. Shunchaki… odam ichidagini pichirlab chiqarmasa, ba’zida portlab ketadigandek bo‘ladi.

Sulli asta unga qaradi. Boyagi hazil ohangi orasida g‘alati bir jiddiylik bor edi.

— Aka… siz nega bunchalar dardlisiz?

Yoongi bir soniya qotib qoldi. So‘ng kulib yuborgandek bo‘ldi.

— Nima?

— Kulmang. Rostdan so‘rayapman. Sizni nimadir bezovta qilyapti.

Yoongi ko‘zlarini olib qochdi.

— Yo‘g‘-e… shunchaki charchaganman.

Sulli indamadi. Faqat uning yuziga tikilib qoldi. Yoongi esa ilk marta kimdir uning ichidagi yashirin charchoqni bunchalik tez payqaganidan biroz hayratga tushdi.

Atrof jimjit edi.Faqat uzoqdagi musiqa va tungi shamol.Sulli esa negadir yuragi siqilib ketayotganini his qildi.Yoongi hozir uning yonida edi. Uni tushunayotgandek edi. Gaplarini masxara qilmayotgandi. Bu hissiyot Sulliga yoqayotgandi.

Ammo aynan shu narsa uni qo‘rqitdi ham.Chunki u yaxshi bilardi:inson eng ko‘p o‘rganib qolgan odamidan ayrilganda og‘riq kuchli bo‘ladi.

Yoongi esa yaqin orada ketardi.Juda uzoqqa.

Bazm asta-sekin yakuniga yetardi. Mehmonlar birin-ketin xayrlashib, hashamatli mehmonxonani tark etishardi. Yorqin chiroqlar, baland kulgular va qadah jaranglari ham sekinlik bilan tun qa’riga singib borardi.

Sulli esa ortiq u yerda qololmadi. U hech ikkilanmay Mina tomon yugurdi.

— Minaaa! – Mina kulib uni quchoqlab oldi.

— Voy, qo‘rqitib yubording-ku!

Sulli atay erkalangandek uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Zerikdim.

— Yolg‘onchi, boyadan beri Yoongi akam bilan falsafa qilib o‘tirganding.

Sulli birdan qizarib ketdi.— Nimalar deyapsan?!

Mina qiqirlab kuldi.Uzoqroqda esa Yoongi yolg‘iz qolgancha chuqur nafas oldi. Salqin tun havosi boshidagi chalkash o‘ylarni bir zumga bo‘lsa ham yengillatgandek edi.

Ammo yuragidagi g‘ashlik ketmadi.U osmonga qaradi.Ba’zan inson eng yaqin bo‘lmagan odam bilan ham g‘alati darajada o‘xshash dardni his qilarkan.Va bu hissiyot uni bezovta qilayotgandi.

Tun anchaga borib tugadi.

Kimlar qo‘rg‘oniga qaytilgach, xizmatkorlar bazmdan olib kelingan sovg‘alar va buyumlarni joylashtirish bilan ovora edi. Uy ichida esa charchoq hukm surardi.

SeokJin xonasida chet elga olib ketadigan kiyimlarini tartib bilan yig‘ayotgan edi. Karavot ustida ochiq chamadon yotar, xona bo‘ylab esa tartibli taxlangan kiyimlar sochilib ketgandi.

Shu payt eshik qattiq ochildi.

— Akaaaa!

Sulli shamolday ichkariga otilib kirdi.

SeokJin cho‘chib boshini ko‘tardi.

— Yahshi yuribsanmi o‘zi?! Yuragimni tushirib yubording-ku.

Sulli indamay kelib karavotiga o‘tirdi-da, yuzini yostiqqa bosdi.

— Ketmang.

Xonadagi havo bir zumda o‘zgardi.SeokJinning qo‘llari sekin to‘xtadi.U singlisiga qaradi.Boyadan beri sho‘xlik qilib yurgan qizaloqning ovozida hozir juda g‘alati mung bor edi.

— Sulli…

— Ketmang, aka.

Bu safar ovozi pastroq chiqdi.SeokJin asta uning yoniga kelib o‘tirdi.

— Axir o‘qish uchun ketyapman. Qaytaman-ku.

Sulli boshini ko‘tarmadi.

— Hamma qaytaman deydi.

Bu oddiy gap edi.Lekin negadir SeokJinning yuragini g‘ash qildi.

SeokJin sekin singlisini bag‘riga bosdi. Uning mayda yelkalaridan taralayotgan titroq akasining yuragini ezib yuborgandek bo‘ldi.

— Men qaytaman-ku, — dedi u mayin ovozda. — Nega buncha xavotir olasan? Akalar singlisini tashlab ketmaydi.

Sulli labini tishladi. Ko‘zlari yoshga to‘lib ketgan edi.

— Sizni sog‘inaman…

SeokJinning nigohi yumshadi. U singlisining boshini siladi.

— Men ham sog‘inaman. Ammo majburman.

Bir necha soniya sukut cho‘kdi. So‘ng SeokJin birdan jilmaydi.

— Shunday ekan… kel, va’da beramiz.

Sulli yoshlarini artib unga qaradi.

— Qanday va’da?

— Qaytib kelganimda bir-birimizni qattiq quchoqlaymiz. Keyin esa birga borib eng mazali ponchiklardan yeymiz.

Sulli nihoyat kulib yubordi.

— Kelishdik.

U akasini mahkam quchoqladi.

— Yaxshi dam oling, aka.

Shunday deb asta xonadan chiqib ketdi.

SeokJin esa uzoq vaqt eshikka qarab qoldi. Go‘yo hozirgina berilgan oddiy va’da uning xotirasiga muhrlanib qolgandek edi.U chuqur nafas olib, kiyimlarini yig‘ishtirdi. So‘ng yuvinib kelib karavotiga yotdi.

Sulli ham xonasiga kirib, indamay yuvundi va uyquga tayyorlandi. Tashqarida tun allaqachon sukutga cho‘kkan edi.Ko‘p o‘tmay u uxlab qoldi.Ammo uyqu unga tinchlik olib kelmadi.

Qorong‘i tush yana o‘sha eshikni ochdi.Yana o‘sha tun.Yana o‘sha qo‘rquv.Olti yoshli qizaloqning titrayotgan qo‘llari…Amakisining sovuq nigohi…Sulli tushida ham qichqira olmadi.U birdan uyg‘onib ketdi.

Ko‘zlaridan yosh oqardi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, butun tanasi qaltirardi. Qalbida o‘sha eski og‘riq yana tirilgandi.

Bu hissiyot unga uyatli tuyulardi.Shu sabab doimgidek ovozsiz yig‘ladi.Unsiz.Hech kim eshitmaydigan darajada sekin.

So‘ng yana ko‘zlarini yumdi.Go‘yo uxlab qolsa, hammasi yo‘qoladigandek.Lekin u yaxshi bilardi — bu xotira hech qayerga ketmaydi.

Sulli o‘sha voqeadan keyin ko‘p marta o‘zini ishontirishga uringan edi. Ba’zan bo‘lmagan deb o‘ylashga harakat qilardi. Ba’zan esa o‘sha tunni xotirasidan sug‘urib tashlamoqchi bo‘lardi.Ammo tushlari uni doim haqiqatga qaytarardi.Bu sodir bo‘lgan edi.Va u buni unutolmasdi.

Namjon esa aksincha, uning unutishini istardi.Hatto chet eldan qaytib kelgan paytlarida ham Sulliga atay mehribon ko‘rinishga urinardi. Sovg‘alar olib kelar, yumshoq gapirar, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek muomala qilardi.

Sulli esa bundan battar nafratlanardi.Yosh bo‘lishiga qaramay, u bir narsani juda yaxshi tushunardi:ba’zi insonlar qilgan gunohini yashirish uchun mehribonlik niqobini taqadi.

Ertasi tong Kimlar qo‘rg‘onida g‘alati sokinlik hukm surardi. Kechagi bazmning shovqini allaqachon yo‘qolgandi. Faqat xizmatkorlarning past ovozdagi qadamlari va hovlidagi mashina tovushi eshitilib turardi.

Kotib Chxve barcha hujjatlar va chiptalarni olib kelgan, haydovchilar esa yuklarni mashinaga joylashtirish bilan band edi.

SeokJin jo‘nab ketishidan avval bir joyga kirishi kerakligini his qildi.U sekin Sullining xonasi tomon yurdi.

Eshikni ehtiyotkor ochganda, Sulli hali uxlayotgan edi. Kechagi dahshatli tush uni holdan toydirgandi. Oqartirilgan pardalar orasidan tushayotgan tong nuri qizning charchagan yuziga urilar, ko‘z atroflaridagi bilinib turgan shishlar esa uning kecha yig‘laganini oshkor etardi.SeokJinning yuragi uvishib ketdi.

U asta singlisining yoniga o‘tirdi-da, uni ehtiyotkor bag‘riga bosdi.

— Men qaytib kelaman, — deb pichirladi u. — Va’damning ustidan chiqaman. Seni yaxshi ko‘raman, singlim.Sulli uyqu aralash biroz qimirladi, ammo uyg‘onmadi.

SeokJin sekin o‘rnidan turdi. So‘ng stol ustidagi Sullining daftarini ko‘rib qoldi. U ruchkani olib, bir necha soniya o‘ylanib turdi-da, yozdi:

"Men qaytib kelaman. Va’damni unutmayman. Seni yaxshi ko‘raman."

U daftarni yopib, xonadan chiqdi.

Pastda esa janob Sohwe va xonim Sofi kutib turishardi.Sohwe o‘g‘lining oldiga kelib uni mahkam quchoqladi.

— Seni yaxshi ko‘ramiz, o‘g‘lim. Yo‘ling bexatar bo‘lsin.

Bu oddiy gap edi. Ammo SeokJin otasining ovozidagi faxrni his qildi.

Sofi esa o‘g‘lini bag‘riga bosgancha uzoq qo‘yib yubormadi.

— Faqat o‘zingni ehtiyot qil…Xolos.

Shundan ortig‘ini aytolmadi.Ko‘zlariga yosh qalqib chiqdi.

SeokJin mashinaga o‘tirgach, oynadan ortda qolayotgan uyiga qaradi. Yuragi siqildi. Ko‘zlari namlandi.Ammo u endi yosh bola emasdi.Hammasini eplashi kerak edi.

Xuddi shu paytda Minlar xonadonida ham jo‘nab ketish taraddudi davom etardi.Mina akasini kuzatish uchun juda erta uyg‘ongan edi. U yugurib Yoongining xonasiga kirdi.

— Akaaa!

Yoongi karavotdan boshini burdi. Mina esa yugurib kelib uni quchoqladi. Yoongi kulib singlisini ko‘tarib oldi.

— Akajon, sizni yaxshi ko‘raman. O‘zingizni asrang.

Yoongi uning beg‘ubor gaplaridan iliq jilmaydi.

— Men ham seni juda yaxshi ko‘raman, singlim.

U Minani ko‘targancha pastga tushayotganida qiz cho‘ntagidan taxlangan qog‘oz chiqarib unga uzatdi.

Yoongi uni ochib qaradi.Bu eski she’r edi.O‘zi yozgan she’r.Bir paytlar otasi yoqib yubormoqchi bo‘lgan qog‘oz.Yoongi hayrat bilan Minaga qaradi.

Mina esa jiddiy ohangda dedi:

— Aka… bilaman sizga aslida biznes yoqmaydi. Qo‘shiqlaringiz juda yaxshi. Shu ishingizni tashlab qo‘ymang. Balki ikkisini ham birga olib borarsiz.

Yoongi bir necha soniya gapira olmadi.So‘ng singlisining peshonasidan o‘pdi.

— Rahmat, Mina.

Mashina oldida yuklar joylashtirilayotgan payt janob Hemin asta o‘g‘lining yoniga keldi.

— O‘g‘lim… ishonchimni oqlaysan deb umid qilaman.

Yoongi jim tinglardi.

— Akangni bilasan. U sendan atigi uch yosh katta, ammo allaqachon mening o‘ng qo‘limga aylangan. Sen esa hanuz orzularing qanotida yuribsan.Yoongining qo‘llari musht bo‘lib tugildi.

Hemin sovuq ohangda davom etdi:

— Akangning darajasiga yetmaguningcha chet eldan qaytib kelmaysan. Bu — mening oxirgi qarorim.

YoonGining ko‘zlari katta ochildi.Bu ularning kelishuvi emasdi.

— Dada…

— Jim.

Heminning qat’iy ovozi uni to‘xtatdi.

— Bu bosim emas. Otaning qarori. Va sen buni hurmat qilasan.

Yoongi indamay qoldi.Ichida nimadir sinayotgandek edi.

Xonim Rian esa o‘g‘lini mahkam bag‘riga bosdi.

— Omad, o‘g‘lim. Seni yaxshi ko‘raman.

Yoongi boshqa biror nima demadi. Mashinaga o‘tirdi va yuzini oynaga burdi.Ko‘zidan jimgina yosh oqdi.Ammo buni hech kim ko‘rmadi. Wobin chiqa olmadi uni kuzatishga ju'rat topa olmadi.

Aeroportda SeokJin va Yoongi bir-biri bilan ko‘rishishdi. Ular bir-birining ko‘zidagi yashirin qo‘rquvni sezishardi, ammo ikkalasi ham buni tilga olmadi.

Oradan ko‘p o‘tmay samolyot havoga ko‘tarildi.Koreya asta-sekin bulutlar ortida qolib ketardi.

Oldinda esa ularni Germaniyadagi mashhur iqtisodiyot akademik tayyorlov markazi — Heidelberg International Academy of Economics kutardi.

Va ular hali bilmasdi:bu safar nafaqat yangi hayot,balki ularning taqdirini butunlay o‘zgartiradigan sinovlar ham boshlanayotgan edi.

Min Wobin (Yoongining Akasi)

Min Wo Bin —19 yoshda, Yoongidan uch yosh katta yigit. U Koreyadagi nufuzli iqtisodiyot universitetlaridan birida tahsil olar, yosh bo‘lishiga qaramay allaqachon biznes olamida nom chiqara boshlagandi. Xarakteri jiddiy, sovuqqon va qat’iyatli bo‘lsa-da, oilasiga nisbatan juda mehribon edi. Ayniqsa singlisi Mina va ukasi Yoongia doim g‘amxo‘rlik qilardi. Ammo so`nggi yilda bunday g`amxo`rlik qila olmadi.

Janob Hemin kompaniyada eng ko‘p aynan Wobinga ishonardi. Shu sabab u allaqachon kompaniyaning teng huquqli aksiyadorlaridan biriga aylangan, hatto ko‘pchilik uni “janob Heminning o‘ng qo‘li” deb atardi. Wobin biznesni chin dildan sevardi va otasining yo‘lidan yurishni istardi. Bu esa uni Yoongidan tubdan farqlab turardi.

Ayni paytda Kimlar qo‘rg‘onida esa og‘ir sukunat hukm surardi.Sulli asta ko‘zlarini ochdi.

Bir necha soniya u qayerdaligini anglolmay shiftga tikilib yotdi. So‘ng birdan akasi bugun ketishini esladi.

U shoshib o‘rnidan turdi-da, xonadan yugurib chiqdi.Uy g‘alati darajada jimjit edi.Na SeokJinning ovozi, na xizmatkorlarning odatdagi shoshqinligi eshitilardi.Sullining yuragi g‘ash tortdi.U tezda akasining xonasiga yugurdi.

Eshik ochiq edi.Ichkarida esa xizmatkor ayollar xona yig‘ishtirayotgan edi. Karavot tartibga keltirilgan, shkaf eshiklari yopilgan, xona esa allaqachon egasisiz bo‘lib qolgandek tuyulardi.

Sulli sekin so‘radi:

— Akam… ketdilarmi?

Xizmatkor ayol ishini to‘xtatib unga achinish bilan qaradi.

— Ha, xonimcha. Siz uxlab qolgan ekansiz.

Shu zahoti Sullining ko‘zlariga yosh to‘ldi.U indamay ortiga chekindi.Go‘yo ichida nimadir bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandek edi.

— Oyimlarchi?..

— Janob Sohwe va xonim Sofi biznes hamkorlar bilan uchrashuvga ketishdi.

Yana sukunat.Uy juda katta edi.Ammo ayni damda Sulliga u bo‘m-bo‘sh va sovuq qo‘rg‘ondek tuyulardi.U birinchi marta o‘zini chinakam yolg‘iz his qildi.

Sulli sekin xonasiga qaytdi. Yuragi hanuz siqilib turardi. U akasining bo‘m-bo‘sh qolgan xonasidan chiqqanidan beri ichidagi sovuq hissiyot ketmayotgandi.

U stol yoniga kelib daftarini ochdi.Va birdan ko‘zlari yozuvga tushdi.

"Men qaytib kelaman. Va’damni unutmayman. Seni yaxshi ko‘raman."

Sullining ko‘zlari chaqnab ketdi. U daftarni bag‘riga bosib sekin jilmaydi.

— Ahmoq aka…

Ammo shu zahoti kechagi tush xotirasiga urildi.Birdan tanasi muzlab ketgandek bo‘ldi.O‘sha qorong‘i xona…O‘sha sovuq qo‘llar…O‘sha tahdid…

Sulli asta yerga cho‘kdi. Tizzalarini quchoqlagancha pichirladi:

— Nafratlanaman…

Boshqa hech nima deyolmadi.Faqat shu so‘z ichida aylanardi.Nafrat.Qo‘rquv.Uyat.

Sulli uzoq ikkilanib o‘tirgach, kompyuterini yoqdi. Yuragi juda tez urardi. Go‘yo hozir qilayotgan ishi ham katta gunohdek tuyulayotgandi.

Bir necha kun oldin u anonim qizlar guruhida savol qoldirgandi.Bugun esa javoblar juda ko‘paygan edi.

Savol oddiy, ammo dahshatli edi:

"Kimdir seni zo‘rlashi nimani anglatadi?"

Sulli izohlarni birma-bir o‘qiy boshladi.

“Qizaloq, bu nechchi yoshingda bo‘lganini bilmayman-u, lekin juda og‘ir narsa…”

“Agar seni majburlashgan bo‘lsa, bu jinoyat hisoblanadi.”

“Bu ish uchun o‘zingni ayblama.”

“Buni ichingda saqlama, iltimos.”

Sullining qo‘llari titray boshladi.

U uzoq ekranga qarab qoldi-da, nihoyat javob yozdi:

"5-6 yoshimda bo‘lgan edi. Hozir 12 yoshman."

Bir necha soniya ichida yangi javoblar yog‘ila boshladi.

“Voy xudoyim…”

“Senga juda achindim…”

“Bu yoshda bola hali hech narsani tushunmaydi-ku…”

“Kim qilgan buni?”

Sulli labini tishlab yozdi:

"Amakim. Hozir 26 yoshda."

Chat bir zum jimib qolgandek bo‘ldi.Keyin esa birdan hamma yozishni boshladi.

“Bu dahshat…”

“Iltimos, yolg‘iz qolma.”

“Biror ishonchli kattaga aytishing kerak.”

“Qo‘rqma, sen aybdor emassan.”

Ko‘p o‘tmay ulardan biri videochat ochishni taklif qildi.Sulli qo‘rqib turgan bo‘lsa ham, qo‘shildi.

Ekranda turli yoshdagi qizlar paydo bo‘ldi. Kimdir universitet talabasi edi, kimdir maktab o‘quvchisi. Ularning yuzida achinish va xavotir bilinardi.

— Isming nima? — dedi muloyim ovozli qizlardan biri.

— Sulli…

— Sulli, qo‘rqma maylimi? Bu yerda seni hech kim yomonlamaydi.

Sulli shu gapni eshitib yig‘lab yubordi.

Hamma taniydi shekilli?

— Men… men aytsam u meni o‘ldiradi…

— Yo‘q, — dedi boshqa qiz qat’iy ovozda. — Bu seni qo‘rqitish uchun aytilgan gap. Sen hali kichkina bo‘lgansan.

— Ota-onang biladimi?

Sulli bosh chayqadi.

— Hech kim bilmaydi…

Qizlar bir-biriga qarab qolishdi.

— Necha yil bo‘ldi?

— Olti yilcha…

— Shu vaqt ichida biror marta doktorga borgansanmi?

Sulli nima deyishni bilmay qoldi.

— Yo‘q…

Shunda katta yoshliroq qiz ehtiyotkor ohangda so‘radi:

— Sulli… sog‘lig‘ing yaxshimi? Masalan, odatdagi o‘sish jarayonlaring normal bo‘lganmi?

— Qanaqa?..

Qiz noqulay bo‘lib yo‘talgandek qildi.

— Masalan… hayz ko‘ra boshlaganmisan?

Sulli sekin bosh irg‘adi.

— Ha…

Qizlar yengil tortgandek bo‘lishdi.

— Demak jismoniy tomondan holating joyida ko‘rinadi.

— Eng muhimi, sen hozir xavfsizsan.

— Ammo baribir biror ishonchli katta odam bilan gaplashishing kerak.

Sulli esa faqat jim yig‘lardi.

Bir payt boshqa qiz muloyim ovozda dedi:

— Sulli, yaxshilab eshit. Senga qilingan ish — jinoyat. Bu seni yomon yoki “iflos” qilmaydi. Ayb u insonda.

Sulli shu joyda ko‘zlarini mahkam yumdi.Ammo ichidagi uyat hissi ketmayotgandi.

— Lekin men o‘zimni juda yomon his qilaman… — dedi u titroq ovozda.

— Chunki sen travma olgansan, — dedi qizlardan biri. — Bu normal holat. Lekin sening qadriing kamayib qolmagan.

— O‘zingni ayblama.

— Sen hali ham o‘sha begunoh qizsan.

Sulli yig‘isini zo‘rg‘a bosdi.

— Rahmat…

— Har doim yozishing mumkin.

— Yolg‘iz emassan.

Videochat tugagach, Sulli uzoq vaqt qotib qoldi.So‘ng sekin Facebook oynasini yopdi.Xona yana jimjitlikka cho‘mdi.

Ammo qizlarning ayrim gaplari uning miyasida aralashib ketgandi.

"Bu seni yomon qilmaydi..."

"Sen aybdor emassan..."

Ammo boshqa ovoz ichida kuchliroq yangrardi:

"Uyat..."

"Nomus..."

Sulli asta oynadagi aksiga qaradi.Va birdan o‘zini singandek his qildi.Ko‘zlaridan yosh oqib tusharkan, u pichirladi:

— Qanday qilib endi oddiy yashayman?..

Xizmatkor ayol eshikni asta taqillatdi.

— Kichik xonim… nonushta tayyor bo‘ldi.

Sulli kompyuter ekranidan bosh ko‘tardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi esa oqarib qolgan edi. U sekin o‘rnidan turdi.

Pastga tushayotganida oyoqlari qaltirardi.Boyagi suhbatlar hanuz miyasida aylanardi."Bu jinoyat...""Sen aybdor emassan...""Nomus...""Uyat..."

Har bir gap yuragiga mixdek botayotgandi.Sulli stol qarshisiga kelib o‘tirdi. Xizmatkorlar nonushtani qo‘yib ketishdi. Stol ustida tuxum, tost va issiq choy turardi.

U qo‘liga sanchqini oldi.Tuxumdan bir parcha olmoqchidek bo‘ldi.Ammo qo‘li havoda qotib qoldi.Ko‘ngli ayniyotgandek edi.Yutina olmadi.

Bir necha soniya jim o‘tirgach, sekin sanchqini qo‘ydi va indamay o‘rnidan turdi.

Xizmatkor ayol hayron qarab qoldi.

— Kichik xonim?..

Lekin Sulli javob bermadi.U yana xonasiga chiqib ketdi.Eshikni ichkaridan tambalab oldi.Va karavotiga yiqildi.Bugun u darslarini ham qilmadi.Telefoniga ham qaramadi.Faqat uxlab yotdi.

Go‘yo uyqu ichidagi og‘riqlarni bir muddat bo‘lsa ham o‘chirib yuboradigandek.

Kechga yaqin Kimlar qo‘rg‘oniga xonim Sofi qaytdi.U odatdagidek sumkasini xizmatkorga uzatarkan, beparvo ohangda so‘radi:

— Sulli qayerda?

Xizmatkor ayol biroz ikkilandi.

— Kichik xonim ertalabdan beri xonasidan chiqmadi. Sababini bilmayman… nonushtani ham deyarli yemadi.

Sofining yuzi jiddiylashdi.U qizining bu holatidan ichida asabiylashdi.Sofi farzandlarining ta’limiga juda qattiq qarardi. SeokJin har doim mukammal edi. Shu sabab u Sullining ham ortda qolishini istamasdi.

U darrov yuqoriga chiqdi.Tak.Tak.Tak.

— Sulli.

Ichkaridan javob bo‘lmadi.Sofi qoshlarini chimirdi. Ammo jahlini bosdi.

"Akasi ketgani uchun xafa bo‘lib yuribdi," deb o‘yladi u.U yana pastga tushdi-da, oshxonaga kirib buyurdi:

— Sulli yaxshi ko‘radigan sutli guruch tayyorlanglar.

Shundan so‘ng yana ish hujjatlari bilan band bo‘lish uchun xonasiga chiqib ketdi.

Sulli esa kechga yaqin uyg‘ondi.Xona qorong‘ilashib ketgan edi.U telefoniga qaradi.Soat sakkiz.Qiz birdan cho‘chib o‘rnidan turdi.

— Darslar…

Bugun birorta topshiriq qilinmaganini eslab yuragi siqildi.U onasidan gap eshitishini sezgandek shoshilib daftarlarini ochdi. Bir necha mashqlarni chala bo‘lsa ham yozib chiqdi.

So‘ng yuvinib, asta oshxonaga tushdi.Stol atrofida Sofi o‘tirardi.Ayol qiziga qisqa qarab qo‘ydi, ammo odatdagidek qattiq gapirmadi.

Sulli esa birdan tanish hidni sezdi.Sutli guruch.Uning eng sevimli ovqati.Qiz indamay stolga o‘tirdi.Sofi sokin ovozda gap boshladi:

— Akang ketgani uchun xafasan. Lekin bilib qo‘y, u qaytadi. Ko‘nglingni tushirma.

Sulli sekin bosh irg‘adi.

— Xo‘p…

U ovqatni asta yeya boshladi. Issiq sutli guruch tomog‘idan zo‘rg‘a o‘tayotgan bo‘lsa ham, negadir ichidagi sovuq hissiyot biroz yumshagandek edi.

Ovqat tugagach, Sulli o‘rnidan turdi.

Shunda Sofi yana dedi:

— Darslaringni qilgan bo‘lsang kerak?

Sullining yuragi orqaga tortib ketdi.

— Ha… biroz.

— Keyin chiqib tekshiraman.

— Xo‘p.

Sulli shunday deb deyarli yugurgancha xonasiga chiqib ketdi.Chunki u hali daftaridagi chala javoblarni tugatib ulgurmagan edi.

Sulli xonasiga chiqib, eshikni sekin yopdi. Pastdagi og‘ir kayfiyatni unutishga urinib, daftarlarini oldi. U o‘zini majburlab dars qilishga kirishdi. Matematik misollar, grammatika mashqlari… hech biri miyasiga kirmasdi. Ammo baribir yozardi.

Chunki xato qilishdan qo‘rqardi.Juda qo‘rqardi.U daftariga egilib o‘tirgan payt pastdan bo‘g‘iq baqiriq eshitildi.Otasi.Sulli qotib qoldi.

Keyin asta o‘rnidan turib, eshikni ochdi. Zinadan pastga mo‘raladi.Pastda Sofi va Sohwe bir-biriga qarab turardi. Sofining ko‘zlari qizarib ketgan, Sohwe esa jahl ustida edi.

— Agar hammasi yolg‘on bo‘lsa, nega buncha kech keldingiz?! — Sofining ovozi titrardi. — Ertaroq kelganingizda kam bo‘lib qolarmidi?!

Sohwe birdan ayolining bilagidan qattiq ushladi.

— Ish cho‘zilib ketdi, meni tushun!

— Yo‘q! Siz doim shunday deysiz! Doim aldaysiz!

Janjalning sababi oddiy rashk edi.Bugungi konferensiyada Sohwening kotibi Chxve Sonmin ning rafiqasi Chxve Soi bilan juda yaqin gaplashgani Sofining ichida shubha uyg‘otgan edi. Ayol bu hissini ichiga yutib yurgan, ammo Sohwening uyga kech qaytishi hammasini portlatib yuborgandi.

Sohwening ko‘zlarida ham eski alam uyg‘ondi.

— Menga qara, — dedi u sovuq ohangda. — Esingdami? SeokJin tug‘ilgandan keyin sen Park Sonje bilan juda yaqin eding.

Sofining yuzi oqarib ketdi.

— Men…

— Men o‘shanda senga indamagandim! Hatto uyiga ham qatnarding!

— Men faqat uning rafiqasi bilan yaqin edim!

— Shunga ishonadi deb o‘ylaysanmi?! — Sohwe baqirib yubordi. — Uning qanday odamligini butun biznes olami biladi!

Sofi boshini chayqardi.

— Yo‘q… bunday emas…

Ammo endi Sohwe to‘xtay olmasdi.Yillar davomida yig‘ilgan shubha, rashk va g‘azab bir zumda yuzaga chiqdi.

U birdan zaharli ohangda dedi:

— Xudo biladi… balki Sulli ham mendan emasdir.

Sulli zinada turgan joyida muzlab qoldi.Sofining ko‘zlari katta ochildi. Ayol birdan Sohwening oyoqlariga yiqildi.

— Yo‘q! Men sizga xiyonat qilmaganman! Ishoning! Sulli sizning qizingiz!Sohwe esa uni siltab yubordi.

— Ishonishim kerakmi?!

Uning jahli shu darajaga yetgandiki, u Sofini urib yubordi.Sulli endi chiday olmadi.

— Dada, bo‘ldi!

U yugurib tushib onasining oldiga bordi va otasining qo‘lini ushladi.Sohwe birdan hushiga kelgandek qiziga qaradi. Uning qahrli ko‘zlari bir zum yumshadi.

— Kechir, qizim… bu muammo sen bilan emas.

U egilib Sullining yelkasidan ushladi.

— Xonangga chiq. Buni o‘zimiz hal qilamiz.

Sohwe qizni zinapoya tomon yetakladi-da, ortiga qayrildi.Sofi esa yerda o‘tirgancha Sulliga qaradi.Ammo bu ona nigohi emasdi.Bu g‘azab, alam va aybdor izlayotgan insonning qarashi edi.Go‘yo hamma muammo sababchisi Sullidek.Sulli bu qarashni tushundi.Va indamay yana xonasiga chiqib ketdi.

Sofi bir necha daqiqadan keyin yuzini yuvdi. Oqartirilgan hammom oynasiga qararkan, o‘zidan jirkanayotgandek edi.

Ha.U bir paytlar Park Sonje bilan yaqin bo‘lgan.Ammo bu jiddiy munosabat emasdi.U bilan hech qachon oilasini buzadigan darajada yaqinlashmagan edi.Lekin endi buning ahamiyati qolmagandi.Sohwe unga boshqa ishonmasdi.

Ayolning ichidagi g‘azab esa noto‘g‘ri tomonga burildi.U shiddat bilan Sullining xonasiga kirib bordi.

— Darslaringni qildingmi?

Ovozi sovuq edi.Sulli titrab bosh irg‘adi.

— H-ha…

Sofi uning daftarini ochdi.Har bir satrni diqqat bilan tekshira boshladi.Birdan u bitta grammatik xatoni ko‘rib qoldi.

Va shu zahoti Sullining yelkasidan qattiq chimchidi.

— Nega xato qilding?!

Sulli cho‘chib ketdi.

— Men…

Gapini tugatolmay qoldi.Sofi unga tarsaki tushirdi.

— Xato qilma deganmidim?!

Sullining ko‘zidan yosh oqib tushdi.

— Seni o‘zi turgan-bitganing xato! Keyin hayotda ham xato qilasan!

Sulli yig‘lagancha onasiga yaqinlashdi. Balki quchoqlasa, balki mehr ko‘rsa hammasi yengillashadigandek edi.Ammo Sofi uni qo‘pol siltab tashladi.

— O‘qishingda bir pog‘ona tushsang ham kaltak yeysan, tushundingmi?!

Sulli qaltirab bosh irg‘adi.Sofi esa zaharli ohangda davom etdi:

— Akang kabi bo‘lolmaysan baribir. Sen juda bo‘shsan.

U eshik tomon yurdi-da, oxirgi marta ortiga qaradi.

— Shunday ekan, harakat qil.

Eshik qarsillab yopildi.Xona yana jimib qoldi.Sulli esa yerda yig‘lagancha o‘tirardi.Va shu damda u bir narsani aniq his qildi:bu uyda hech kim uning og‘rig‘ini ko‘rmayotgandi.

Sulli karavoti oldida tiz cho‘kkancha o‘tirardi. Ko‘z yoshlari tinmay oqardi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, boshi og‘rib ketgandi.

— Men xatolikman… — deb pichirladi u. — Men aybdorman…

Onasining gaplari qulog‘ida qayta-qayta jaranglardi.

"Seni o‘zi turgan-bitganim xato...""Akang kabi bo‘lolmaysan...""Bo‘shsan..."

Sulli boshini changallab yig‘lab yubordi.Unga rostdan ham butun hayoti bulg‘angandek tuyulardi. Yoshligi ham, kelajagi ham, qalbi ham.Go‘yo u tug‘ilganidan beri noto‘g‘ri insondek.

Bir necha daqiqadan keyin u asta o‘rnidan turdi. Stol yoniga borib ruchkasini qo‘liga oldi.Sovuq daftar sahifalariga misollar yozishni boshladi.

Bir misol.Yana bir misol.Yana…Ammo endi unda bolalarga xos qiziqish qolmagandi.Na orzu.Na mehr.Na o‘zini sevishga kuch.Na boshqalarni sevishga.Faqat qo‘rquv va majburiyat.

Go‘yo u endi yashash uchun emas, shunchaki xato qilmaslik uchun yashayotgandek edi.

Tun soat ikkidan o‘tganda Sulli yana Facebook akkauntiga kirdi.Qizlar hanuz guruhda yozishayotgan edi. Uni online ko‘rishlari bilan birdan yozishmalar boshlanib ketdi.

“Sulli, yaxshimisan?”

“Bugun qalaysan?”

“Yig‘lama, maylimi?”

Sulli uzoq qarab turdi-da, bugungi voqealarni yozib yubordi.

Otasi va onasining janjalini.Onasining urganini.O‘zini yomon his qilayotganini.

Va oxirida bitta gap yozdi:"Yashagim kelmayapti..."

Chat bir zum jim bo‘lib qoldi.Keyin qizlar ketma-ket yozishni boshlashdi.

“Iltimos, o‘zingni qo‘lga ol.”

“Hozir juda og‘ir tuyulyapti, lekin bu o‘tib ketadi.”

“Sen aybdor emassan.”

“Yolg‘iz qolma.”

“Shunchaki nafas ol va dam ol.”

Sulli esa ekranga bo‘sh qarab o‘tirardi.U hech narsani his qilmayotgandek edi.

Keyin sekin yozdi:"Men akkauntimni muzlataman. Hozir o‘qishim muhim."

Qizlar bu gapdan biroz tinchgandek bo‘lishdi.

“Mayli… lekin o‘zingni asra.”

“Joningni avayla.”

“Qaytib kelgin.”

“Sen kuchlisan.”

Sulli esa faqat qisqa javob yozdi:

"Rahmat."

Shundan so‘ng u akkauntini o‘chirib yubormadi.Uni o‘n yildan keyin qayta tiklash mumkin bo‘ladigan qilib muzlatdi.Go‘yo shu bilan bugungi og‘riqlarni ham muzlatib qo‘ymoqchidek.Kompyuter ekrani o‘chgach, xona qorong‘uga cho‘mdi.

Sulli yostiqqa yuzini bosdi.Va juda past ovozda pichirladi:

— Men faqat o‘qish va yashash uchun tug‘ilgan ekanman…

Ko‘zlaridan yosh yana oqdi.

— Akamga ham… boshqalarga ham yeta olmayman…

U chuqur yutindi.

— Omadsizman.

Bir necha soniya sukut saqladi.So‘ng o‘ziga qasam ichgandek pichirladi:

— Bugundan boshlab bu sirni hech kimga aytmayman. Aytsam… hammasi tugaydi.

Sulli hali bitta haqiqatni bilmasdi:inson qalbini yemiradigan eng xavfli narsa — og‘riqning o‘zi emas.Uni yolg‘iz ko‘tarishga urinishdir.

Sulli oxiri yig‘idan holdan toyib uxlab qoldi.

Xonani qorong‘ulik qurshab oldi. Ulkan qo‘rg‘on tun sharpasi ostida jimjit yotar edi. Yo‘laklardagi qimmat qandillar o‘chirilgan, xizmatkorlar allaqachon uyquga ketgan, devor soatining mayin chiqillashi esa sukunatni yanada chuqurlashtirardi.

Bu uyda hamma uxlayotgandi.Faqat og‘riqlar uyg‘oq edi.

Ertalab soat 05:00.

Sulli sekin ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya shiftga tikilib yotdi-da, chuqur xo‘rsinib o‘rnidan turdi.U indamay vannaxonaga kirib ketdi.

Sovuq suv jo‘mragini ochishi bilan muzdek tomchilar badaniga urildi. Tanasi seskanib ketdi, ammo u suvni o‘chirmadi.

Aksincha, ko‘zlarini yumgancha suv ostida qotib turdi.Go‘yo sovuq tanasidagi og‘riqlarni muzlatib yuboradigandek.Go‘yo ichidagi tartibsizlikni yuvib tashlamoqchidek.Ammo qalbdagi yaralar suv bilan ketmasdi.

Ayni damda Germaniyada soat tungi 22:00 edi.

Koreyadan yetti soat ortda qolgan boshqa bir tun.

Heidelberg International Academy of Economics yotoqxonasida SeokJin stol ustiga egilgancha dars qilardi. Qo‘lidagi ruchka qog‘oz ustida tez harakatlanar, u formulalar va iqtisodiy hisob-kitoblarga berilib ketgandi.

Yoongi esa boshqa ahvolda edi.U kitob ochib o‘tirgan bo‘lsa-da, fikri umuman darsda emasdi.Otasi.Wobin.Studiyasi.Majburiyatlar.

Hammasi miyasida bir-biriga qorishib ketgandi.

"Men ham akam kabi bo‘la olamanmi?"

"Hech qachon menga u kabi ishonishmagan..."

"Faqat Koreyaga eson-omon qaytay..."

"O‘qishni yaxshi tugataman… keyin studiyamni qaytarib olaman..."

"O‘shanda meni 16 yoshli bola deb ko‘rishmaydi."

Yoongi chuqur xo‘rsindi.U charchagandi.Faqat tanasi emas — ruhi ham.

SeokJin esa do‘stining o‘ychan yuziga qarab qo‘ydi.

— Hoy, yana nimalarni o‘ylayapsan?

Yoongi bosh ko‘tarmadi.SeokJin kulimsirab oldidagi qog‘ozni unga uzatdi.

— Undan ko‘ra mana bularni bajar.

Yoongi indamay qog‘ozni oldi. Bir necha soniya tikilib turdi-da, oxiri ruchkasini qo‘liga oldi.SeokJin esa yana o‘z ishiga qaytdi.Tun anchagacha davom etdi.

Oxiri barcha topshiriqlar tugagach, ikkalasi ham charchoqdan uyquga ketishdi.

Koreya.

Sulli yuvinib bo‘lgach, nonushta qildi. Stol yonida uzoq o‘tirmadi. Deyarli maktab vaqti bo‘lib qolgan edi.

U sumkasini olib, odatdagidan ertaroq uydan chiqib ketdi.Tonggi havo hali salqin edi. Yo‘llarda odam kam, osmon esa oqarib kelayotgan edi.

Sulli maktab tomon yurarkan, ichida o‘ziga va’da berdi:

"Bugundan boshlab hech kim bilan ishim yo‘q."

"Faqat o‘qish."

"Faqat yashash."

U qadamlarini tezlatdi.Ammo qancha urinmasin, miyasi tinchimayotgandi.Onasining gaplari.Kechagi chat.Akasining ketishi.

Va eng yomoni—o‘tmish.U hamon ortidan soyadek ergashib kelardi.

Muallifdan: Bir kitob o`qigan edim nomi: Men: bas qil ey nafs!

Unda shunday deyilgandi: - Nafs balodir, nafs dushmandir, u hech qachon tin olmaydi. Har birimizda nafs bor, u biz bilan nafas oladi. Faqatgina nafsni yenganlargina, o`zliklari bilan yashay olishadi.

1-qism tamom.

Yorug`ligim bo`l hikoyasi uchun
Qalb darchasidagi sirlar

Seul ko‘chalarida kezadi bir dard,
Kutubxona ichra sukunat hokim.
Ikki ayro dunyo, ikki xil qismat,
Uchrashdi bu yerda, bilmaydi hech kim.

Biri — qalb tubiga yashirgan og‘riq,
Biri — sovuqqonlik ortidagi nur.
Bloknot sahifasi sirlarga bog‘liq,
Taqdir sahifasi bo‘lar qat-ma-qat.

Yetti yulduz kabi porlar orzular,
Lekin ko‘z yoshlarda yuvilar armon.
Yolg‘izlik tugaydi, bitsa yozuvlar,
Muzlagan qalblarga muhabbat — darmon.

Sizning hikoyangiz, sizning bu asar,
Dardli yuraklarga bo‘lar bir taskin.
O‘qigan har inson his qilar bir-bir,
Tuyg‘ular olami naqadar rangin.

Yorug`ligim bo`l
Har bir inson o‘z ichida kichik bir dunyo ko‘tarib yuradi — kimdir uni gullar bilan bezatadi, kimdir esa qalin muz qatlami ostiga yashiradi. Ushbu hikoya nafaqat ikki ijodkorning uchrashuvi, balki inson ruhidagi yashirin og‘riqlar va ularni davolashga bo‘lgan urinishlar haqidadir. Qahramonlar o‘zgalarning dardini tahlil qila turib, beixtiyor o‘z qalb jarohatlariga duch keladilar. So‘z va sukunat, mantiq va tuyg‘u o‘rtasidagi bu nozik kurash sizni chinakam samimiylik nimaligini anglashga chorlaydi.

Ikki qalb, bir loyiha va cheksiz savollar. Muzlagan nigohlar ortida qanday sirlar yashiringan? Inson o‘z dardini doston qilishi oson, lekin uni tushunadigan insonni topishi naqadar qiyin. Ushbu asarda qahramonlarimizning hayoti orqali sabr, ishonch va samimiy tuyg‘ularning qayta tug‘ilishiga guvoh bo‘lasiz.

Seulning kuzgi havosi biroz namchil, ammo institut hovlisidagi sarg'aygan chinor barglari manzaraga o'zgacha shukuh bag'ishlardi. Risoo kutubxonaning eng chekka burchagida, deraza yonidagi o‘rindiqda o‘tirardi. Uning oldida qalin adabiyot darsliklari taxlanib yotgan bo‘lsa-da, qizning butun diqqati qo‘lidagi kichik bloknotiga qaratilgan. U yerda institut talabasi emas, balki internet olamida shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan, ammo yuzini hech kim ko‘rmagan "R.S." taxallusi ostidagi sirli yozuvchi yangi asarining satrlarini tizardi.22 yoshli Risoo uchun so‘zlar — uning yagona dunyosi edi. U odamlardan o‘zini chetga olib yursa-da, asarlarida inson ruhining eng chuqur qatlamlarini tasvirlardi.Aynan shu vaqtda kutubxonaning boshqa bir burchagida, moliya va psixologiya yo‘nalishi bitiruvchisi Suga o‘tirardi. Uning qulog‘ida har doimgidek naushnik, nigohlari esa murakkab iqtisodiy grafiklar va inson xulq-atvori tahlil qilingan monitorga mixlangan. 25 yoshli Suga uchun hayot raqamlar va mantiqiy xulosalardan iborat edi. U odamlarning yuziga qarab, ularning navbatdagi qadamini hisoblab chiqishga odatlangan, ammo o‘z his-tuyg‘ularini muzdek sovuq niqob ortiga yashirgan edi.Ular bir binoda, bir havodan nafas olishar, hatto ba’zan bir-birlarining yonidan beparvo o‘tib ketishardi. Risoo adabiyot olamidagi xayollari bilan, Suga esa sovuq mantiq dunyosi bilan band edi. Taqdir ularni qachon va qanday to‘qnashtirishi esa hali sir edi...

Zaldagi shovqin va talabalarning hayajonli pichirlashlari Risooning qulog‘iga go‘yo uzoq-uzoqdan eshitilayotgan g‘o‘ng‘illashdek tuyulardi. U deraza ortidagi sarg‘aygan barglarning shamolda raqs tushishini kuzatar ekan, xayolan o‘zining yangi hikoyasidagi qahramonning iztiroblari haqida o‘ylardi."KIM Risoo! Siz ikkinchi guruhga o‘ting, nega tushunmadingizmi?!" — o‘qituvchining baland va biroz qattiq ovozi zalda aks sado berdi.Atrofdagilarning kulgisi Risooni real hayotga qaytardi. U o‘zining biroz parishonxotirligidan uyalib, labining chetida mayimgina jilmayib qo‘ydi-da, sekin o‘rnidan turib ko‘rsatilgan tomonga o‘tdi. Bu befarqlik ortida aslida uning o‘z olamiga bo‘lgan sadoqati yashiringan edi.Sinfxona raqamlari e’lon qilingach, hamma shovqin-suron bilan yo‘laklar bo‘ylab tarqala boshladi. Risoo 304-xonaga yetib kelganida, ichkarida allaqachon bir nechta talabalar joylashib bo‘lishgandi. U odatdagidek eng chekka, deraza yonidagi partani ko‘zladi. Ammo u yerda bir yigit o‘tirardi.Bu Suga edi. U qora kiyimda, oq yuzli va nigohlari juda sovuq ko‘rinardi. Oldida qalin psixologik tahlillar kitobi yotardi. U atrofdagi tartibsizlikka, yangi guruhdoshlariga mutlaqo e’tibor bermas, go‘yo o‘zining mantiqiy devorlari ortiga berkinib olgandek edi.Risoo ehtiyotkorlik bilan uning yonidagi bo‘sh o‘rindiqqa sumkasini qo‘ydi. Suga boshi ko‘tarmadi, faqat barmog‘i bilan kitobining sahifasini o‘girdi. Uning qo‘llari oppoq, barmoqlari uzun va xuddi pianinochilarning qo‘llaridek nafis, ammo harakati qat’iy edi.O‘qituvchi xonaga kirib keldi va e’lon qildi:
— Xush kelibsiz. Bu semestrda adabiyot va psixologiya uyg‘unligini o‘rganamiz. Shuning uchun har bir stolga bir adabiyotshunos va bir psixolog o‘tirdi. Sizlar butun semestr davomida birgalikda loyiha ustida ishlaysizlar.Risoo yonidagi "muzdek" sherigiga sekin ko‘z qiri bilan qaradi. Suga ham xuddi shu lahzada nigohini kitobdan uzib, birinchi marta Risooning ko‘zlariga tik bo‘ldi. Uning ko‘zlari shunchalik chuqur va o‘tkir ediki, Risoo go‘yo uning nigohi ruhining eng tubigacha kirib borayotganini his qildi.— Demak, sherikmiz, — dedi Suga juda past, ammo bo‘g‘iq va jiddiy ovozda. Uning ovozida na quvonch, na norozilik bor edi. Shunchaki faktni qayd etdi.

Risoo qat’iy, hatto biroz sovuq ovoz bilan "Ha, shunday ko‘rinadi," dedi-yu, nigohini Suganing o‘tkir ko‘zlaridan uzdi. Uning uchun bu shunchaki majburiyat edi.Dars boshlandi, ammo Risoo o‘qituvchining ma’ruzasiga mutlaqo quloq solmasdi. Uning butun dunyosi hozir qo‘lidagi eski, chetlari bir oz sarg‘aygan bloknotiga ko‘chgan edi. U shoshilib nimalarnidir yozar, gohida to‘xtab, chuqur o‘yga tolar va yana qalamini qog‘oz uzra yugurtirardi. Uning bu qadar beparvoligi va darsni mensimayotgani Suganing asabiga tegdi. Suga tartibni va aniqlikni yoqtiradigan inson edi.U tirsagi bilan Risooni turtib, past ovozda, lekin zaharxanda bilan pichirladi:
— Hoy, darsga e’tibor berib o‘tir yoki shunchaki xonadan chiqib ket. Boshqalarning xalaqit berishini yoqtirmayman.Risoo go‘yo uni eshitmagandek, yozishda davom etaverdi. Bu Suganing sabr kosasini to‘ldirdi. U chaqqonlik bilan Risooning qo‘lidagi bloknotni yulqib oldi.
— Senga aytyapman! — dedi u bloknotni balandroq ko‘tarib.Risoo shok holatida unga o‘girildi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv va g‘azab aralash yashin chaqnadi. Bu bloknot uning borlig‘i, siri edi. U bloknotga qo‘l cho‘zib, uni qaytarib olishga urindi, biroq ular orasidagi bu qisqa janjal o‘qituvchining e’tiboridan chetda qolmadi.— Ikki "odobli" o‘quvchidan bunday janjal chiqishini bilganimda, sizlarni aslo sherik qilmagan bo‘lardim! — dedi o‘qituvchi ko‘zoynagi ustidan ularga qarab.Risoo darhol o‘rnidan turib, biroz qizargan holda uzr so‘radi:
— Uzr so‘rayman, ustoz. Iltimos, menga boshqa sherik bering. Bu inson bilan ishlay olmayman.Sinfda sukunat cho‘kdi. Suga Risooning titrayotgan barmoqlariga va uning ko‘zlaridagi haqiqiy og‘riqni ko‘rib, o‘zining haddan oshganini tushundi. U kutilmaganda Risooning stol ustidagi qo‘lini mahkam tutdi. Uning qo‘li muzdek, Suganiki esa issiq edi.— Uzr so‘rayman, ustoz, — dedi Suga kutilmaganda yumshoq va bosiq ovozda. Keyin Risooga qarab, pichirladi: — Hoy, uzr... Qo‘pollik qildim. Kel, darsni tinglaylik, hammasi joyida bo‘ladi.Suga o‘qituvchiga qarab, "Davom etavering, biz kelishib oldik," degandek ishora qildi va xonada tinchlikni saqlab qoldi. U bloknotni sekin Risooning oldiga qo‘ydi, lekin uning qo‘lini darrov qo‘yib yubormadi. Risoo hayrat ichida unga qarab qolgandi.

Risoo qo‘llarini Suganing issiq kaftidan chaqqonlik bilan tortib oldi. Bu kutilmagan taft unga begona va biroz noqulay edi. Suga esa bo‘sh qolgan qo‘llariga qarab, o‘sha lahzada his qilgan muzdek sovuqlikdan junjikib ketdi. Psixolog sifatida u bu sovuqlik shunchaki tana harorati emas, balki qizning atrofga qurgan baland devori ekanini sezdi. Risoo o‘zini dunyodan shunchalik uzganki, hatto qon aylanishi ham go‘yo sekinlashgandek...

Dars tugab, hamma talabalar shovqin-suron bilan oshxona tomon yo‘l olishdi. Ammo Risoo joyidan qimirlamadi. U dunyoni unutgancha yana bloknotiga yopishdi. Uning barmoqlari shiddat bilan harakat qilar, go‘yo ichidagi vulqonni qog‘ozga to‘kayotgandek edi.

Suga xonadan chiqish o‘rniga, sekin uning ortiga keldi. Qiz nima yozayotganiga qiziqishi ustun kelib, biroz egildi. Suganing issiq nafasi Risooning bo‘yniga urilganida, qiz seskanib ketdi va qalami to‘xtadi. Risoo sekin ortiga o‘girilib, Suganing o‘tkir nigohlariga duch keldi. Ular bir necha soniya jim qolishdi.

To‘satdan Risooning ko‘zlariga yosh qalqidi va ular behosdan yanoqlari bo‘ylab dumaladi. Suga hayratdan qotib qoldi. U shunchaki nima yozayotganini ko‘rmoqchi edi, xolos. Nima bo‘lganini anglashga ulgurmasidan, Risoo partaga boshini qo‘ygancha o‘ksib-o‘ksib yig‘lab yubordi. Uning hiqillashi bo‘sh xonada aks sado berardi.

Suga shoshib qolib, ehtiyotkorlik bilan uning yelkasidan tutdi:
— Hoy, yaxshimisan? Nega yig‘layapsan? Men... men nimadir xato qildimmi? Uzr so‘rayman, — dedi u ovozi qaltirab.

Risoo boshini ko‘tardi, uning nam ko‘zlari Suganing ko‘zlariga bir muddat tikildi — bu qarashda ham nafrat, ham chuqur sog‘inch, ham tushunarsiz bir og‘riq bor edi. So‘ng qiz bloknotini bag‘riga bosgancha o‘rnidan turib, kutubxona tomon yugurib ketdi.

Suga yolg‘iz qoldi. Uning tahliliy ongi ishga tushdi: bu oddiy injiqlik emas edi. Uning birgina harakati qizning xotiralaridagi qaysidir og‘riqli nuqtani qo‘zg‘atib yuborgan edi. Bu qiz — u yozayotgan sirli satrlar kabi murakkab bir jumboq edi. Suga endi bu "puzzl"ni yig‘ishga, Risooning qalbidagi muzlik qayerdan kelganini bilishga qaror qildi.

Suga hali ham xonaning o‘rtasida qotib turgancha, bo‘ynidagi o‘sha titroq va Risooning ko‘z yoshlarini hayolidan o‘tkazardi. Shu payt eshik ochilib, institutning tajribali psixologi — professor Pak kirib keldi. Uning yuzida xavotir alomati bor edi.— Suga? Bu yerda Kim Risooni ko‘rmadingmi? Hozir u bilan mashg‘ulotimiz bor edi, lekin u kelmadi, — so‘radi professor atrofga alanglab.Suga biroz ikkilanib turdi-da, bosiqlik bilan javob berdi:
— U... u hozirgina chiqib ketdi. Menimcha, kutubxonaga ketdi shekilli. Yaxshimi o‘zi?Professor Pak chuqur xo‘rsinib, qo‘lidagi papkasini mahkamroq ushladi:
— Shunchaki, u bu kunlarda juda nozik bo‘lib qolgan. Mayli, rahmat, Suga.Professor xonadan chiqishi bilan Suganing psixologik instinktlari uyg‘ondi. Oddiy talaba uchun psixolog bunchalik qayg‘urmaydi. Bu yerda Suganing tahliliy aqli sezyotgan "katta og‘riq"ning izi bor edi. U sekin, bildirmasdan professorning ortidan kuzatishga qaror qildi.Suga yo‘lak bo‘ylab masofa saqlab borarkan, professor Pak kutubxona tomon emas, balki arxiv bo‘limidagi kichik bir xonaga kirib ketganini ko‘rdi. Suga eshik ortida to‘xtadi. Ichkaridan professorning telefon orqali gaplashayotgan past ovozi eshitildi:— ...Ha, yana o‘sha holat. Bugun uning ota-onasi vafot etganiga roppa-rosa uch yil bo‘ldi. Risoo hali ham o‘sha kunni xotirasidan o‘chira olmayapti. Har qanday jismoniy yaqinlik yoki kutilmagan harakat uni o‘sha avariya bo‘lgan lahzaga qaytarib yuboryapti...Suganing yuragi bir silkinib tushdi. U hozirgina nima qilganini endi angladi. Uning ortidan kelib, bo‘yniga yaqinlashgani — Risoo uchun shunchaki qiziqish emas, balki o‘sha dahshatli xotirani uyg‘otgan trigger bo‘lgan edi.Suga devorga suyandi. Endi u qizning nima uchun qo‘llari muzdek ekanini va nima uchun dunyodan qochib, bloknotiga berkinishini tushuna boshlagandi.

Suga professor Pakning so‘zlarini eshitarkan, tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. Risooning o‘sha sovuq qo‘llari, befarq nigohlari va to‘satdan to‘kilgan ko‘z yoshlari — bularning hammasi og‘riqli bir manzara bo‘lib ko‘z oldida birlashdi. U birinchi kursligidayoq hayotning eng og‘ir zarbasini qabul qilgan, hatto yashashdan umidini uzgan ekan-da...Suga professorni kutubxonaning chekka xonasigacha kuzatib bordi. Ichkaridan kelayotgan o‘ksib-o‘ksib yig‘lash ovozi Suganing qalbini parchalab yubordi. U psixologiya talabasi sifatida ko‘p narsani o‘rgangan edi, lekin hozir nazariya emas, uning insoniy tuyg‘ulari ustun keldi. U ichkariga kirishga chog‘langanda, to‘satdan nimadir "tars" etib yerga yiqilgan ovoz eshitildi.Suga ikkilanib o‘tirmay, eshikni shartta ochib kirdi. Risoo yerda jonsizdek yotar, professor Pak esa sarosimada uning boshida turardi.— Risoo! — Suga qizning yoniga otilib keldi va uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llariga oldi. Qizning rangi oqarib ketgan, nafas olishi juda sust edi.Professor Pak Sugani ko‘rib hayron qolsa-da, hozir yordam kerakligini tushunib, uni to‘xtatmadi. Ular Risooni xonadagi kichik divanga yotqizishdi. Professor darhol telefonini olib, boshqa o‘qituvchilarga Suga va Risoo loyiha ustida ishlash uchun qolishganini aytib, vaziyatni yopdi. So‘ng sumkasidan maxsus dori chiqarib, Sugaga uzatdi.— Mana buni ol, Suga. U hushiga kelishi bilan bu dorini ichishi shart. Agar qarshilik qilsa ham, majburlab bo‘lsa ham ichir, aks holda uzoq vaqt hushiga kelmasligi yoki ahvoli og‘irlashishi mumkin, — dedi professor shoshgancha. — Men hozir rektoratga borib, darslar masalasini hal qilib kelaman. Unga yaxshi qarab tur.Professor xonadan chiqib ketishi bilan Suga va hushsiz Risoo yolg‘iz qolishdi. Xonada faqat soatning chiqillashi va qizning og‘riqli nafas olishi eshitilardi. Suga qizning titrayotgan barmoqlarini yana o‘z kaftlari orasiga oldi. Bu gal u qizning qo‘lini qo‘yib yubormoqchi emasdi.— Kechir meni, — deb pichirladi Suga, uning sochlarini sekin silab. — Sening dunyong bunchalik qorong‘u ekanini bilmagandim.Oradan biroz vaqt o‘tgach, Risoo sekin ko‘zlarini ocha boshladi, ammo uning nigohlari hali ham o‘sha mudhish xotiralar ichida sarson edi.

Suga dorini ehtiyotkorlik bilan uning lablariga yaqinlashtirdi.
— Buni ich, Risoo. Shunda o‘zingni yaxshi his qilasan, — dedi u ovozini iloji boricha yumshatishga harakat qilib.Risoo boshini chetga burdi, uning nigohlari hali ham xira edi.
— Ichmayman... xohlamayman. Meni tinch qo‘yinglar, — deb pichirladi u, qaysarlik bilan lablarini mahkam qisib. U hozir hech qanday yordamni qabul qilgisi kelmas, faqat o‘z og‘rig‘i ichiga g‘arq bo‘lishni istardi.Suga bo‘sh kelmadi. U qizning yuzini sekin o‘ziga qaratib, ko‘zlariga tik bo‘ldi:
— Hoy, agar buni ichmasang, o‘zingga yanada yomon bo‘ladi. Shuning uchun hozir ichishing shart. Shunda hammasi yaxshiroq bo‘ladi, va’da beraman.Risoo Suganing ko‘zlaridagi qat’iyatni va begaraz xavotirni ko‘rib, dori ichishga qarshilik qilmay qo‘ydi. U dorini yutarkan, Suga uning mayin sochlarini sekin silab, pichirladi:
— "Brava ragazza" (Aqlli qiz), — dedi u italyan tilida, ovozi shu qadar mayin chiqdi-ki, go‘yo bu so‘zlar sehrli kuchga ega edi.Risoo kutilmagan bu iltifotdan va "aqlli" degan so'zdan biroz qizardi. Bu uning muzlagan qalbi ichidagi kichik bir uchqun edi. Ammo o‘sha zahoti miyasiga urilgan dahshatli xotiralar — ota-onasining so‘nggi bor jilmayib turgani, tormoz ovozi va sovuq temir tovushi — uning yuzidagi o‘sha nimjon jilmani o‘chirib yubordi.U yana hiqillab yig‘lay boshladi. Bu galgi yig‘isi yanada achchiqroq edi. U Suganing kiyimlaridan mahkam tutib, boshini uning ko‘ksiga qo‘ydi. Go‘yo bu begona yigit hozir uning dunyodagi yagona tayanchi edi.Suga qizni mahkamroq quchib, uning boshini silashda davom etdi. U endi shunchaki kursdosh emas, balki Risooning qalbini davolashi kerak bo‘lgan inson ekanini chuqur his qilardi.

Professor Pak xona derazasidan bu manzarani kuzatarkan, yuzida mayin tabassum paydo bo‘ldi. U Risooning yillar davomida qurgan devorlari ilk bor darz ketganini, qiz nihoyat o‘zini himoya qila oladigan, unga g‘amxo‘rlik qiladigan ishonchli qo‘llarda ekanini tushundi. Risoo Suganing nafaqat loyihadagi sherigi, balki uning psixolog sifatidagi ilk va eng muhim "bemori" bo‘lishi tayin edi.Professor ataylab tomoq qirib ichkariga kirdi. Risoo tog‘asi hammasini ko‘rganini sezib, uyalganidan o‘zini qayerga qo‘yishni bilmasdi, lekin tushkunlik va holsizlik ustun kelib, Sugani yanada mahkamroq quchoqladi. Suga ham bunga javoban qizni o‘ziga tortdi — bu quchoq endi shunchaki tasalli emas, balki himoya edi.— Risoo, bugun akang xizmat safari bilan chet elga ketibdi, — dedi professor yumshoq ovozda. — Biznikiga borasanmi?Suga biroz hayron qoldi. "Professor va talaba... qanday yaqinlik bu?" degan savol uning nigohida aks etdi. Risoo hali ham Suganing bag‘rida turgancha, bo‘g‘iq ovozda so‘radi:
— Kelnoyim uydami?
— Ha, kelnoying, o‘g‘lim va dugonang — hammasi uyda. Borasanmi?Risoo sekin bosh irg‘adi. U o‘rnidan turishga harakat qildi-yu, lekin boshi aylanib yana o‘tirib qoldi. Suga uni mahkam tutib qoldi.
— Mayli, o‘tirib tur, — dedi janob Pak kulimsirab. — Darslar tugagach borasan. Suga, sen-chi? Hozir chiqasanmi yoki... — professor hazilomuz ohangda unga qaradi.
— Keyinroq chiqaman, — dedi Suga jilmayib.Xonada yana sukunat cho‘kdi. Bu galgi sukunat avvalgidek og‘ir emas edi.
— Hoy, — dedi Suga ovozini pastlatib, — professor senga kim bo‘ladi?
— Tog‘am bo‘ladilar, — deb javob berdi Risoo ehtiyotkorlik bilan.
— Shunaqa de... — Suga jilmayib qo‘ydi. — Risoo, senga bir savol bersam maylimi? Do‘st bo‘lsak, qarshi emasmisan?Risoo uning samimiy ko‘zlariga qaradi. Suganing ovozidagi o‘sha iliqlik qizning qalbini eritayotgan edi.
— Mayli, qarshi emasman, — dedi u past ovozda.
Suga keng jilmaydi. Ular bir muddat jim qolishdi, ammo bu jimlikda ko‘p narsa aytilgan edi.Darslar tugab, institut hovlisi bo‘shab qoldi. Professor Pak xonaga qaytib kirganida, Risoo o‘rnidan turishga urindi, ammo dori va charchoq tufayli ko‘zlari qira tortib, muvozanatini yo‘qotdi. Suga ikkilanib o‘tirmay, uni dast ko‘tarib oldi.— Hoy, ketdik! — dedi u qat’iy ohangda.
Risoo uyalganidan lola kabi qizarib ketdi. Tog‘asining ko‘z oldida ikkinchi marta bunday holatga tushishi edi. Suga uni ehtiyotkorlik bilan mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tqazdi. Professor haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirar ekan, Sugaga qaradi:
— Suga, sen ham o‘tir. Biznikiga borasan, oilam bilan tanishib olasan.Suga rad etmadi. U bu murakkab, ammo go‘zal qizning dunyosiga yanada chuqurroq kirib borishni istayotganini angladi va mashinaga o‘tirdi.

Mashina oynasidan Seulning kechki chiroqlari lip-lip o‘tib borar, ichkaridagi sukunatni faqatgina dvigatelning bir maromdagi g‘o‘ng‘illashi buzardi. Professor Pak ko‘zgudan orqa o‘rindiqda o‘tirgan, bir-biriga ham yaqin, ham begona bo‘lgan bu ikki yoshga qarab qo‘ydi. Uning qiziqishi ustun keldi.— Xo‘sh, — deb gap boshladi janob Pak, ovozini biroz cho‘zib. — Mening aqlli o‘quvchim Suga qanday qilib ulkan universitetda aynan Risooni topib oldi? Bu shunchaki tasodifmi yoki oldindan rejalashtirilgan "kelishuv"?Risoo derazaga qarab olgancha jim qoldi, uning xayollari hali ham o‘sha bloknotidagi satrlar bilan band edi. Suga esa professorning savoliga dadil va qat’iyat bilan javob qaytardi:— Bu baxtli tasodif, menimcha. Bugungina rasman tanishgan bo‘lsak-da, hozir mana shunday yaqinmiz, — dedi u Risooning yonida o‘tirganidan mamnunligini yashirmay.Professor Pak ma’noli jilmayib qo‘ydi. U Suganing psixologik instinktlari va qat’iyatini yaxshi bilardi.
— Yaxshi, unda senga bir narsani aytay. Risooning do‘stlari juda kam. Qizim bilan dugona bo‘lsa-da, negadir o‘g‘lim bilan hech kelisha olmaydi. Bugun sen ham ular bilan tanishasan, ko‘raylik-chi, bu davraga qanday moslasharkansan, — dedi professor mashinani uyning hovlisiga to‘xtatar ekan.Ular mashinadan tushishdi. Professorning uyi shinam va issiq chiroqlar bilan yoritilgan edi. Risoo hali ham biroz holsiz bo‘lgani uchun Suga uning yonida turib, ehtiyotkorlik bilan qo‘ltig‘idan tutib oldi.Uy eshigi ochilishi bilan ichkaridan sho‘x kulgi va shovqin eshitildi.
— Dadajon keldi! — deb baqirdi bir yosh yigitning ovozi.Eshik oldida professorning oilasi ko‘rindi. Risooning dugonasi Sugani ko‘rib, hayratdan ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi. Suga esa o‘zini bosiq tutishga harakat qilsa-da, bu yangi muhit uning uchun ham sinov edi.

Janob Parkning o‘g‘li Jimin yugurib kelib, Risooning holsizligini ko‘rdi-yu, yuzi jiddiylashdi. U Suga va boshqalarga qisqa salom berdi-da, hech qanday ikkilanishsiz Risooni Suganing qo‘llaridan tortib oldi. Uning harakatlari shunchalik o‘rganib qolgan va yaqin ediki, go‘yo bu uning doimiy vazifasidek edi.— Jimin, uni xonasiga olib chiqib yotqiz, — dedi Park xonim xavotir bilan.Jimin Risooni dast ko‘tarib, yuqori qavatga yo‘l oldi. Suga qizning Jiminning yelkasiga tushgan sochlarini va unga butunlay suyanib qolganini kuzatarkan, ichida bir narsa "zil" ketdi. Bu kutilmagan va o‘tkir bir tuyg‘u — rashk edi. U hali o‘zi ham tushunmagan bu qizni shunchalik tez birovga berib qo‘ygisi kelmayotganini sezdi.Janob Parkning qizi, ziyrak va sho‘x qiz, Suganing qotib qolgan nigohlarini va tugilgan mushtlarini ko‘rib, ohista pichirladi:
— Asabiylashmang... Ichkariga kiring, — u jilmayib, Sugani mehmonxonaga boshladi.Mehmonxonada Janob Park oilasini tanishtirdi: rafiqasi — olijanob Park xonim, qizi va hozirgina yuqoriga chiqib ketgan o‘g‘li Jimin. Kechki ovqat boshlandi, hamma dasturxon atrofida jam bo‘ldi. Faqat Jimin pastga tushmadi.
— Jimin, tushmaysanmi? — deb chaqirdi Park xonim.
— Men ovqatni Risooning xonasida yeyman, u hali o‘ziga kelgani yo‘q! — deb javob berdi Jimin yuqoridan.Suga ovqatdan biroz tatib ko‘rdi, ammo tomog‘idan hech narsa o‘tmasdi. Xayolida faqat bir savol: "Jimin va Risoo qanchalik yaqin? Nega u qizga bunchalik g‘amxo‘r?"Suga o‘zini ortiqcha his qila boshladi va o‘rnidan turib, ketishga ruxsat so‘radi:
— Hammasi uchun rahmat, men endi borishim kerak.Biroq Janob Park uni to‘xtatdi. Uning yuzi bir lahzada jiddiylashdi:
— Suga, shoshma. Sen bilan gaplashadigan muhim gapim bor. Qani, men bilan yur-chi...Ular professorning ish xonasiga kirishdi. Eshik yopilishi bilan xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Professor Suga ko‘zlariga tik qaradi.

Professor Pak og‘ir tin olib, stoli ustidagi eski bir suratni Sugaga uzatdi. Suratda Risoo kichkina qizaloq, yonida esa baxtli ota-onasi turardi.— Suga, sen boya Jimindan rashk qilding, buni sezdim, — deb gap boshladi professor. — Lekin bilishingni xohlayman: Jimin Risooni faqatgina himoya qiladi. Chunki u Risooning ota-onasi vafot etgan o‘sha dahshatli avariya guvohi bo‘lgan.Professor deraza yoniga borib, qorong‘u osmonga tikildi:— Uch yil avval, aynan kuzning shu kunlarida Risooning ota-onasi uni institutdan olib ketish uchun kelishayotgan edi. Risoo yo‘l chetida ularni kutib turgan. Ular bir-birlariga qo‘l silkishgan, hamma narsa baxtli edi... Ammo kutilmaganda katta yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, ularning mashinasini Risooning ko‘z o‘ngida urib yuborgan.Suga qotib qoldi. Professorning ovozi titrab chiqdi:— Risoo ota-onasining so‘nggi bor unga qarab jilmayganini va keyingi soniyadagi dahshatli zarbani ko‘rgan. O‘shanda u qattiq shok tushganidan bir oy gapirmay qo‘ygandi. U o‘zini aybdor his qiladi — go‘yo u ota-onasini chaqirmaganda, ular tirik qolishadigandek. Shundan beri u jismoniy yaqinlikdan, kutilmagan teginishlardan qo‘rqadi. Chunki har qanday issiqlik unga o‘sha kuni yo‘qotgan baxtini eslatadi.Suga professorning gaplarini eshitarkan, boya Risooning bo‘yniga yaqinlashgani naqadar og‘ir xato bo‘lganini butun vujudi bilan his qildi.— U "R.S." taxallusi bilan yozadigan hikoyalar — uning yagona davosi, — davom etdi professor. — U qog‘ozga o‘zi aytolmagan og‘riqlarini to'kadi. Suga, sen psixologiyani o‘rganyapsan. Men senga ishonaman. Risooni bu zulmatdan faqat sen kabi qat’iyatli va uni tushunadigan inson olib chiqishi mumkin. Lekin ehtiyot bo‘l, uning qalbi shishadek nozik.Suga professorning xonasidan chiqqanida, butunlay boshqa odamga aylangan edi. U endi Risooning har bir nigohini, har bir titrog‘ini tushunardi. U zinadan yuqoriga, Risooning xonasi tomonga qaradi. U yerda Jimin hali ham uning yonida edi.

Suga xonaga kirganida, ko‘rgan manzarasi yuragiga o‘tkir pichoqdek sanchildi. Jimin Risooni mahkam quchoqlab olgan, unga o‘z qo‘llari bilan ovqat yedirar, go‘yo dunyoda ulardan boshqa hech kim yo‘qdek edi. Jiminning qizning lablarini ohista artib qo‘yishi, Risooning esa unga ishonch bilan suyanib turishi — bu shunchaki aka-singilning emas, balki bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan insonlarning yaqinligiga o‘xshardi.Suga ichidagi g‘alayonni yashirishga urinib, tomoq qirdi.
— Suga... — Risoo uning ismini pichirlab aytdi, bu ism uning lablaridan birinchi marta shunday mayin chiqishi edi.Suga xona o‘rtasida to‘xtab, sovuqqonlik niqobini kiyishga harakat qildi:
— Men ketyapman. Yaxshi bo‘lib qolding degan umiddaman, — dedi u ovozi biroz qaltirab.Risoo uyalganidan qizarib ketdi va Jiminning bag‘ridan biroz uzoqlashib, "Rahmat," deb javob berdi. Jimin esa bu notanish yigitning qizga bunchalik yaqin gapirayotganidan hayron bo‘lib, Sugaga shubha bilan tikildi. Uning nigohida "Sen kimsan?" degan savol bor edi.Risoo buni sezib, Jiminning qo‘lidan sekin tutdi — bu "keyin tushuntiraman" degani edi. So‘ng Sugaga qarab, ilk bor ochiq va samimiy ohangda qo‘shib qo‘ydi:
— Rahmat hammasi uchun. Ertaga institutda ko‘rishamiz.— Mayli, yaxshi dam ol, — dedi Suga qisqa qilib.U uydan chiqib, sovuq tungi havoda yolg‘iz qolganida, ko‘z oldidan Jimin va Risooning o‘sha holati ketmasdi. Suga professor aytgan gaplarni eslashga urindi: "U faqat himoya qiladi". Lekin inson psixologiyasini o‘rgangan mutaxassis sifatida u Jiminning ko‘zlaridagi narsa shunchaki himoya emas, balki chuqur muhabbat ekanini sezib bo‘lgandi.Suga mashinasiga o‘tirib, rulni qattiq siqdi. Endi u nafaqat Risooning o‘tmishdagi og‘rig‘i bilan, balki uning hayotidagi eng yaqin inson — Jimin bilan ham kurashishi kerakligini tushundi.

Suga uydan chiqib ketayotganida, ichidagi g'alayon yuziga chiqqan edi. Uning qovog'idan qor yog'ar, har bir qadami g'azabga to'la edi. Buni kuzatib turgan Yuna (professorning qizi) Suganing bu holatidan hamma narsani tushundi. U jilmaygancha yuqoriga, Risooning xonasiga chiqdi.Xonada hali ham o'sha manzara: Jimin Risooni qo'yib yuborgisi kelmas, qiz biroz chetlanishga urinsa ham, uni o'ziga tortib, erkalatardi. Ularning kulgisi xonani to'ldirgan edi.Yuna eshikni sekin ochib, kinoya bilan gap boshladi:
— Ha-ya... Endi tushundim, Suga oppa nima uchun bunchalik jahli chiqib, uyni tark etganini... — u "Suga oppa" degan so'zlarni ataylab cho'zib, ma'noli ohangda aytdi.Jimin singlisining bu gapidan hushyor tortib, unga o'qrayib qaradi:
— Nimalar deyapsan? Qanaqa Suga?
Risoo esa darrov vaziyatni yumshatishga urindi:
— Yuna, qo'ysang-chi! U bilan bugungina tanishdim, shunchaki bir guruhda o'qiymiz, xolos.Jimin g'olibona ohangda Yunaga yuzlandi:
— Eshitingmi? Ular unchalik yaqin emas! Shuning uchun asabimga tegma.Yuna akasining bu qaysarligidan va Risooni "mulki"dek ko'rishidan charchagan edi. U jahl bilan akasiga yaqinlashdi:
— Balki endi Risooni qo'yib yuborarsiz, aka? Uni go'yo bir nodir buyumdek quchoqlab o'tiraverasizmi? Boring, xonamizdan chiqib keting, biz qizlar bilan gaplashib olamiz!Jimin biroz ranjigandek bo'lsa-da, baribir qizlarga xoli joy berishga qaror qildi. U o'rnidan turib, Risooning peshonasidan ohista o'pib qo'ydi:
— Yaxshi, men ketdim. Risoo, yaxshi dam ol, shirin tushlar ko'r, — dedi-yu, Suganing ismini eshitganidagi shubhali xayollar bilan xonadan chiqdi.U ketishi bilan Yuna eshik ortidan baqirib qoldi:
— Mening akam mendan ko'ra boshqalarni ko'proq o'ylaydi! Kelajakda haqiqiy "xotin quli" bo'ladi bu!Risoo Yunaning bu sho'xligidan va gaplaridan chin dildan kulib yubordi. Bir necha soat oldingi og'riqli xotiralar Yunaning quvnoqligi va akasining g'amxo'rligi ortida biroz chekingandek edi. Ammo uning xayolida baribir o'sha o'tkir nigohli, qo'llari issiq Suga va u aytgan italyancha so'z — "Brava ragazza" qolib ketgan edi.

Yunaning Suga haqidagi tinimsiz savollari Risooni ancha charchatdi. Risoo qanchalik rad etmasin, uning ichida Sugaga nisbatan tushunarsiz bir qiziqish uyg‘onganini Yuna sezib turardi. Oxiri qizlar uyquga ketishdi, ammo Risoo uchun bu tun tinch o‘tmadi.Tun yarmida Risoo dahshatli tushdan seskanib uyg‘ondi. Tushida o‘sha mudhish avariya takrorlanar, ammo bu gal ota-onasi emas, mashina ichida Suga bor edi. Go‘yo Suga ham Risooning taqdiriga sherik bo‘lgani uchun hayotdan ko‘z yumgandek... Bu dahshatli tasavvur qizni butkul sarosimaga tushirdi. U nafas ololmay qoldi va o‘rnidan turib, vannaga yugurdi. U yerda sovuq suvni oqizib qo‘yib, o‘zini to‘xtata olmay ho‘ngrab yig‘lab yubordi.Yuna uning hiqillashidan uyg‘onib ketdi va vanna eshigi oldiga keldi:
— Hoy, Risoo! Eshikni och, nima bo‘ldi? Tinchlikmi? — Yuna eshikni taqillatar, ammo ichkaridan faqat achchiq yig‘i ovozi eshitilardi.Yuna qattiq qo‘rqib ketdi. Risooning o‘tmishdagi tushkunliklarini bilgani uchun, u o‘ziga biror narsa qilib qo‘yishidan vahimaga tushdi. Ota-onasini uyg‘otishni istamay, akasining xonasiga yugurdi:
— Aka! Yordam bering, tezroq chiqing!Jimin "yordam bering" degan gapni eshitib, go‘yo o‘qdek otilib xonasidan chiqdi.
— Nima bo‘ldi? Risoo qayerda? — uning ko‘zlarida cheksiz xavotir bor edi.
— U vannaxonada eshikni qulflab olgan, tinmay yig‘layapti, nima bo‘lganini bilmadim! — dedi Yuna ovozi qaltirab.Jimin kutib o‘tirmadi. U xonaga yugurib kirib, vanna eshigini bor kuchi bilan urib ochdi. Ichkarida Risoo burchakda o‘tirgancha, boshini tizzalari orasiga yashirib, titrardi. Jimin darhol uning yoniga cho‘kkalab, ishib ketgan ko‘zlariga, namlangan yuziga qaradi:
— Risoo... Yaxshimisan? Men shu yerdaman, qo‘rqma. Nima bo‘ldi, yana o‘sha tushmi? — u qizni mahkam bag‘riga bosdi.Risoo Jiminning ko‘ksiga bosh qo‘ygancha, tushida Suganing o‘lganini ko‘rganini aytishga botina olmadi. U shunchaki:
— U ketib qoladi... hamma ketib qolyapti, — deb pichirladi.Jimin uni ovutishga urinar ekan, ichida o‘sha "Suga" degan yigitga nisbatan g‘alati bir xavotir va g‘azab uyg‘ondi. U Risooning bu holatiga aynan Suganing bugun paydo bo‘lishi sababchi deb o‘ylay boshladi.

Tong quyoshining ilk nurlari Seul ko‘chalari uzra yoyilar ekan, Park xonadonida og‘ir va vazmin muhit hukmron edi. Tun bo‘yi Risooning yonida bo‘lgan Jimin va Yuna qizni yolg‘iz qoldirishmadi. Nonushta paytida hammasi kelishib olingandek tunda nima bo‘lganini Janob Parkka bildirishmadi, ammo Jiminning nigohidagi hushyorlik yanada ortgan edi.Jimin o‘zi IT sohasida o‘qisa-da, bugun darsiga kechikishni bo‘yniga olib, qizlarni institutga tashlab qo‘yishga qaror qildi. Mashinada ham Jimin tez-tez ko‘zgudan orqa o‘rindiqda o‘tirgan, ko‘zlari hali ham biroz qizargan Risooga qarab qo‘yardi.Institutga yetib kelishgach, Jimin shunchaki xayrlashib keta qolmadi. U Risooni xuddi kichik boladek sinf xonasigacha kuzatib bordi. Xonaga kirishar ekan, barcha talabalar, ayniqsa darsga vaqtli kelib o‘z joyida o‘tirgan Suga, bu manzaraga guvoh bo‘ldi.Jimin Risooni o‘z joyiga o‘tqazib, cho‘ntagidan o‘zining bank kartasini chiqardi va qizning qo‘liga tutqazdi:
— Hoy, nonushtani tuzuk-quruq qilmading. Keyinroq oshxonadan o‘zing yoqtirgan narsani olib ye, xo‘pmi? — dedi u ovozini ataylab hamma eshitadigan qilib.Risoo biroz tortinib, ammo Jiminning g‘amxo‘rligidan ko‘ngli erib, unga jilmayib qaradi va kartani oldi. Sinfdagi qizlar Risooning "baxt qushi"ga, ya’ni shunday kelishgan va mehribon yigitning unga bo‘lgan e’tiboriga havas bilan tikilishardi.Suga bu manzarani kuzatarkan, ich-ichidan o‘ziga nisbatan nafrat tuydi. Uning nazarida Jimin Risooning hayotida u egallay olmaydigan darajada katta joy egallagan edi. "Agar men bir zum oldinroq kelganimda yoki kecha o‘sha yerda qolganimda..." degan o‘ylar uning miyasini kemirar, rashk olovi esa yuragini kuydirardi.Jimin xonadan chiqib ketayotib, eshik oldida to‘xtadi va Sugaga bir muddat o‘tkir nigoh bilan tikilib qoldi. Bu nigohda ochiqchasiga ogohlantirish bor edi: "Unga yaqinlashma".Suga esa joyidan qimirlamadi, faqat qo‘lidagi qalamni sinmas darajada qattiq siqdi. Jimin ketishi bilan xonada g‘alati sukunat cho‘kdi. Risoo Sugaga qarashga botina olmay, bloknotini ochdi.

Suga stulini biroz Risoo tomonga surib, past va bo‘g‘iq ovozda gap boshladi:
— Salom... Yaxshi dam oldingmi? — uning ovozida ham xavotir, ham kechagi manzaradan qolgan achchiq bir ohang bor edi.Risoo unga qaramaslikka urinib, sekin javob berdi:
— Salom... Ha, rahmat. O‘zingiz-chi, yaxshi dam oldingizmi?Suga bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi. U ko‘zlari ostidagi ozgina charchoq izlarini ko‘rsatib, rashkini yashirmay pichirladi:
— Ochig‘i, yo‘q. Tun bilan o‘z xayollarim bilan kurashib, deyarli uxlay olmadim. Bunga ba’zi... sabablar va odamlar xalaqit berdi. O‘zing-chi? Ko‘zlaring ishib qolibdi...Risooning yuragi bir jiz etdi. Suganing "uxlay olmadim" degan gapi va tushidagi o‘sha dahshatli avariya sahnasi birlashib ketgandek bo‘ldi. U Suganing o‘tkir nigohlaridan qo‘rqib, darrov ko‘zlarini olib qochdi.
— Bo‘ladi... yaxshi, — deb qisqa javob qildi-yu, bloknotiga yopishdi.Dars boshlandi. O‘qituvchi psixologik portretlar va adabiy qahramonlar haqida gapirar, Suga esa odatdagidek diqqat bilan tinglar edi. Biroq uning butun fikri yonidagi qizda edi. U Risooning titrayotgan barmoqlarini ko‘rib, qo‘lini uning qo‘li ustiga qo‘ymoqchi bo‘ldi, lekin so‘nggi soniyada o‘zini to‘xtatdi. Risooning ota-onasi haqidagi gaplar yodiga tushdi.Baribir sabri chidamadi. U loyihani bahona qilib, Risooning yozayotgan qo‘lini to‘xtatdi:
— Hoy, darsni tingla. Loyihani birga qilishimiz kerak-ku. Sen adabiyotshunossan, menga yordam bermasang, men quruq raqamlar bilan hech nima qilolmayman.Risoo boshini ko‘targanida, Suganing ko‘zlarida g‘alati bir mungni ko‘rdi. U o‘zini aybdordek his qilib, boshini egdi:
— Xo‘p... eshitaman, — dedi u aybdorona pichirlab.Suga qizning bu qadar tez bo‘yin egishidan nimadir noto‘g‘riligini sezdi. Risoo darsga e’tibor berishga urinar, lekin uning xayoli hali ham o‘sha qorong‘u tushda edi. Suga uni kuzatar ekan, loyiha uchun tanlangan mavzu — "Inson ruhidagi yashirin og‘riqlar" ularning o‘z hayotiga naqadar mos kelishini tushundi.

S`uga oz hisobidan Yuna Risoo va o`ziga ovqat olib keldi va o`tirishdi keyin Yuna kulib - Rahmat Suga aka dedi.Risoo ham rahmat dedi. Shiringina guruchli tovuq sho`rvani Risoo yoqtirgani uchun darrov boshlab yubordi. Yuna kulib: Suga aka Risooni nima yoqtirishini bilar ekansiz unga manashu shorva juda yoqadi! dedi. Suga bundan jilmayib : - o`zimga kerakli shaxslarni shaxsiyati tez ochaman dedi keyin kulib ovqatlanishga kirishdi va yeb bolishib stolni Risoo yig`ib oxshonaning idish yuvuvchilar xonasiga olib bordi o`sha yerda oshxona oshpazi kulib biram odobli qizsaney rahmat dedi hech qisi yoq bu mening burchim deya xonadan chiqdi Risoo.

Suga oshpazlarning maqtovini eshitib, chetdan uyalibgina chiqib kelayotgan Risooga qarab, ich-ichidan faxr tuyganini sezdi. U uchta salqin ichimlik suvi olib keldi. Yuna esa fursatdan foydalanib, Suganing yoniga yaqinlashdi. Uning ko‘zlari Suganing Risoo ortidan qolgan mehrli nigohlarini allaqachon o‘qib bo‘lgan edi.— Hoy, — dedi Yuna pichirlab, — qarayvergandan foyda yo‘q. Tuyg‘ularni sukut bilan qalbga ko‘mishni to‘xtating, mehrni to‘xtamay bering. Jimin akam Risooni qattiq yaxshi ko‘rsa ham, Risoo uni faqat aka sifatida ko‘radi. Bu sizda katta imkoniyat borligini ko‘rsatadi.Suga kutilmagan bu gapdan biroz dovdirab qoldi, lekin siri fosh bo‘lganini sezib, kulib qo‘ydi:
— Nima tuyg‘u? Qanaqa tuyg‘u? — u o‘zini bilmaganga oldi.— Yashira olmaysiz, — dedi Yuna qat’iy qilib, — hech qachon yashira olmaysiz.Suga Yunaga suvni tutqazarkan, uning ko‘zlariga jiddiy qaradi. Endi bu o‘yinda o‘ziga ittifoqchi kerakligini tushungandi.
— Hamkormiz... Yordam berasanmi? U bilan birga bo‘lishimizni chindan istaysanmi?Yuna quvnoq ohangda "Albatta, yordam beraman!" deb javob berdi. Suga yengil tin olib, "Rahmat, endi o‘z xonangga borishing mumkin," dedi. Shu payt Risoo ularning yoniga qaytib keldi. Yuna unga ko‘z qisib, "Men ketdim, darsda ko‘rishamiz!" deya sho‘xlik bilan yugurib ketdi.Oshxonada faqat Suga va Risoo qolishdi. Atrofdagi shovqin go‘yo pasayib, ular o‘rtasida g‘alati, ammo yoqimli bir sukunat paydo bo‘ldi.— Yuna nega bunchalik shoshib ketdi? — deb so‘radi Risoo hayron bo‘lib, qo‘lidagi suvga termulib.Suga jilmayib, qizning ko‘zlariga tik qaradi:
— Chunki u bizga loyiha haqida gaplashishimiz uchun xoli joy kerakligini tushundi. Qani, yur, kutubxonaning sokinroq burchagiga boramiz. Bugun loyihaning eng muhim qismini — "Qahramonning ichki qo'rquvlari" haqida yozishimiz kerak.

Ular kutubxonaga borib o`tirishdi. Suga qat`iy dedi: Men R.S nomi ostidagi bir qizning hikoyalarini o`qidim menga ma'qul.

Risoo Suganing og‘zidan "R.S." taxallusini eshitishi bilan yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Uning asarlarini Suga o‘qishi tushiga ham kirmagan edi! Qiz hayajonini zo‘rg‘a yashirib, ko‘zlari porlagancha kulimsiradi.— Mayli... qaysi qahramondan boshlaymiz? — dedi u ovozi biroz titrab.Suga jiddiy qiyofada bloknotini ochdi:
— Uning "Tahqirlangan qalblar" hikoyasidan boshlaymiz. Undagi Noil ismli qiz obrazi... uning xarakteri menga juda yoqdi. U tashqaridan sovuqqon va befarq ko‘rinsa-da, ichida ulkan bir dunyoni va bitmas-tuganmas og‘riqlarni yashiradi. Menimcha, psixologik tahlil uchun bu eng mukammal obraz, — dedi Suga Risooning ko‘zlariga ma’noli tikilib.Risoo bir lahza nafasini yutib yubordi. Axir Noil — bu uning o‘zi edi-ku! U o‘zining barcha qo‘rquvlarini, ota-onasini yo‘qotganidagi iztiroblarini o‘sha qahramonga ko‘chirgan edi. Suga esa buni bexato his qilgandi.— Noil... u shunchaki yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi, deb o‘ylaysizmi? — deb so‘radi Risoo, go‘yo o‘zini emas, boshqa birovni muhokama qilayotgandek.— Yo‘q, — deb javob berdi Suga qat’iy ohangda. — U yolg‘izlikni yaxshi ko‘rmaydi, u shunchaki boshqa ozor chekishdan qo‘rqadi. Kimdir unga yaqinlashsa, u o‘zining og‘riqli o‘tmishini eslashidan hayiqadi. Xuddi... senga o‘xshab, Risoo.Kutubxonadagi sukunat birdaniga og‘irlashdi. Risoo qo‘lidagi qalamni mahkam siqdi. Suga asar qahramoni haqida gapiryaptimi yoki Risooning o‘zi haqidami?— Keling, yaxshisi, loyihaning psixologik qismiga o‘tamiz, — dedi Risoo gapni burishga urinib. — Noilning harakatlarini qanday tahlil qilamiz?Ular qizg‘in muhokamaga kirishib ketishdi. Risoo o‘z asaridagi qahramonning ichki kechinmalarini shunday mahorat bilan tushuntirib berardiki, Suga uning bu qadar chuqur bilimga ega ekanidan hayratda qoldi. Uning shubhasi kundan-kunga ishonchga aylanib borardi: uning ro‘parasida o‘tirgan bu sirli qiz — o‘sha mashhur yozuvchi "R.S." edi.Shu payt kutubxona eshigi qattiq ochilib, u yerda biroz asabiylashgan Jimin ko‘rindi. U uzoqdan ularning birga o‘tirganini ko‘rib, qoshlarini chimirdi.

Jiminning kutubxonaga kirib kelishi go‘yo momaqaldiroqdek kutubxonaning sokinligini buzdi. Risoo akasining asabiyligini ko‘rib, darrov uning yoniga yugurdi.— Aka, nega keldingiz? Tinchlikmi? — dedi Risoo hayron bo‘lib.Jimin qovog‘ini uymagan holda, qo‘lidagi telefoniga ishora qildi:
— Kartadan pul yechilgani haqida xabar kelmadi! Biror narsa yeb oldingmi? Sendan xavotir olib, darsimni tashlab keldim! — uning ovozi kutubxona uchun biroz baland chiqdi, bu esa talabalarning e’tiborini tortdi.Suga stuliga suyanganicha, burchakda turib bu manzarani achchiq kulgi bilan kuzatardi. U Jiminning bu qadar "nazoratchi" ekanidan g'ashlanib, gapga aralashdi:
— U ovqatlandi. Men o'zim unga tushlik olib berdim. Shunday ekan, ortiqcha tashvishlanmasdan universitetdan chiqib ketaversang bo'ladi. Risooning hali darslari bor, — dedi Suga qat'iy ohangda.Jimin Suganing "ovqat olib berdim" degan gapidan battar g'azablandi:
— Sen aralashmay tur! Risoo mening zimmamda!Risoo vaziyat yanada keskinlashib ketishidan qo'rqib, chaqqonlik bilan Jiminning qo'lidan tutdi va uning yuzidan ohista o'pib qo'ydi. Bu uning akasini tinchlantirish uchun ishlatadigan eng samarali usuli edi.— Aka, iltimos, asabiylashmang. Mening qornim to‘q, chindan ham ovqatlandim. Endi darsga kirishim kerak, ketishingiz mumkin, — dedi u yumshoq ovozda.Jimin bu mehrli harakatdan so'ng biroz bo'shashdi. U ham Risooning yuzidan o'pib, sochlarini silab qo'ydi:
— Yaxshi, men ketdim. Bugun darsdan keyin o'zim olib ketaymi? Yoki bugun o'z uyimga boraman... Jin akam kelibdi, meni ko'rishi kerakligini tayinlagan edi.Suga "Jin akam" degan ismni eshitib, yana bir yangi qahramon borligini tushundi. Uning hayolida: "Yana kim ekan u Jin?" degan savol aylana boshladi. Jimin ketgach, Suga va Risoo sinfga qarab yo'l olishdi.

Suga "Jin" ismini eshitishi bilan xotiralari bir qalqib tushdi. Birinchi kursda moliya yo‘nalishida o‘qib yurganida, uning eng yaqin do‘stlaridan biri Seokjin ismli juda aqlli va quvnoq yigit edi. Ammo hayot tashvishlari ularni ayro tushirgandi. "Naxotki o‘sha Jin bo‘lsa?" degan shubha uni tinch qo‘ymadi.

Ular sinfga kirayotganlarida, Suga o‘zini tutib turolmay so‘radi:
— Hoy, Risoo... Jin kim o‘zi? — uning ovozida ham qiziqish, ham biroz havotir bor edi.

Risoo to‘xtab, Suganing ko‘zlariga tik qaradi va shoshilib javob berdi:
— U akam. Mening yagona tug‘ishgan akam, — dedi u faxr va sog‘inch aralash.

Suga bu javobdan so‘ng chuqur tin oldi. Demak, boyagi Jimin kabi "himoyachi" emas, balki qon-qardosh ekan. Ichidagi o‘sha tushunarsiz tugun yechilib, ko‘ngli joyiga tushdi. "Demak, u shunchaki haqiqiy akasi... Unda yaxshi," deb qo‘ydi u o‘ziga-o‘zi pichirlab.

Darslar yakunlangach, hamma uyli-uyiga tarqala boshladi. Suga mashinasining kalitini qo‘lida aylantirarkan, Risooning yoniga keldi.
— Bugun charchading. Seni uyga o‘zim tashlab qo‘ymoqchiman, rad etmaysanmi? — deb so‘radi u kutilmaganda.

Risoo bir zum ikkilanib qoldi. Aslida Jimin kelib qolishi yoki Jin akasidan qo‘rqishi mumkin edi, lekin Suganing bugungi g‘amxo‘rligini va uni xafa qilishni istamay, taklifni rad etmadi.
— Mayli, rahmat, — deb sekin jilmayib qo‘ydi.

Ular Suganing qora, hashamatli mashinasiga o‘tirishdi. Mashina ichidagi atmosfera biroz sirli va osuda edi. Suga mashinani haydar ekan, Risooning bloknotiga ko‘zi tushdi.
— Risoo, akang bilan yaqindan tanishishni xohlardim. Balki u men bilgan o‘sha Seokjindir? — dedi u yo‘lga qarab.

Mashina Seokjin va Risoo yashaydigan katta hovli darvozasi oldida to‘xtaganida, eshik oldida baland bo‘yli, kelshgan bir yigit — Kim Seokjin turardi. U Suganing mashinasini ko‘rib hayron bo‘ldi.

Jin chindan ham o‘sha Suga tanigan, quvnoq va samimiy Seokjin bo‘lib chiqdi. U Sugani ko‘rishi bilan yuzida ulkan tabassum paydo bo‘ldi va eski qadrdonini mahkam bag‘riga bosdi.— Do‘stim! Bormisan? Ancha bo‘ldi ko‘rishmaganimizga, seni ko‘rib juda xursandman! — dedi Jin hayajonini yashirolmay.Suga ham kulimsirab, do‘stining yelkasiga qoqib qo‘ydi:
— Ha, ancha bo‘libdi. O‘qishni ham tashlab ketding, seni qidirib topolmadik, — dedi u biroz xo‘rsinib.Jin vaziyatni tushuntirmoqchi bo‘lgandek qo‘l silkitdi:
— Hammasini hozir ichkarida gaplashib olamiz. — Keyin u Risooning yoniga borib, uni mahkam quchoqladi. — Mening kichkina malikam! Sog‘indim seni. Tog‘am kechagi voqealarni aytib berdi, ancha qo‘rqitibsan-ku bizni? Hozir yaxshimisan? O‘sha yordam bergan qahramon yigit kim ekan, aytmaysanmi?Suga buni eshitib, beixtiyor kulib yubordi:
— O‘sha yordam bergan "qahramon" men edim, Jin. Risoo sening singling ekanligi xayolimga ham kelmabdi!Jin hayratdan qoshlarini chimirdi, keyin esa kutilmagan tasodifdan xursand bo‘lib ketdi:
— Rostdanmi? Senga katta rahmat, do‘stim. Singlimga g‘amxo‘rlik qilganing uchun sendan qarzdorman.Suga "Hechqisi yo‘q, do‘stlar shuning uchun kerak," degandek ishora qildi. Risoo esa bir chetda turib, hayotida eng muhim bo‘lgan ikki inson — o‘zining qat’iyatli akasi va uning qalbini larzaga keltirayotgan "muzdek" sherigi qanday qilib qadrdon do‘st bo‘lib chiqqanini tushunolmay hayron edi. Bu go‘yo u yozayotgan hikoyalardagi kutilmagan burilishga o‘xshardi.Jin vaziyatni sezib, Risooning sochlarini silab qo‘ydi:
— Bo‘ldi, hayron bo‘laverma, keyinroq batafsil gaplashamiz. Qani, bor-chi, bizga shirin qahva tayyorlab kel, — dedi u yumshoq ovozda.Ular uchalasi shinam va hashamatli uy ichkarisiga kirishdi. Risoo oshxona tomonga yo‘l olarkan, ortiga o‘girilib, bir-biri bilan qizg‘in gaplashib ketayotgan Jin va Sugaga qarab qo‘ydi. Uning ichida allaqachon yangi bir hikoya varaqlari ochila boshlagan edi.

Qahva hidi butun xonaga yoyildi. Jin va Suga o‘tgan yillar, o‘qishni tashlab ketish sabablari va hayotning kutilmagan zarbalari haqida uzoq suhbatlashishdi. Suga do‘stining naqadar og‘ir mas’uliyatni — ham katta kompaniyani, ham singlisini yolg‘iz o‘zi oyoqqa turg‘izishni o‘z zimmasiga olganini tushundi. Jin esa ota-onasidan ayrilgan o‘sha kundan keyin Risoo uchun ham ota, ham ona, ham aka bo‘lishga majbur bo‘lganini aytib berdi.Suga do‘stining hikoyasini tinglar ekan, Risooning nima uchun dunyodan shunchalik uzilib qolganini endi butunlay anglab yetdi.Shu payt Risoo qo‘lida qahva solingan patnis bilan xonaga kirdi. U hali ham biroz hayron va tortinchoq edi. Jin buni sezib, yuzida samimiy tabassum bilan singlisiga yuzlandi:— Risoo, kel, o‘tir yonimizga. Boya biz shoshilib qoldik, — dedi Jin qahvani olar ekan. — Mana bu yigit, men senga ko‘p gapirgan qadrdonim — Min Suga. U moliya sohasida ham, psixologiyada ham eng iqtidorli talabalardan biri. Biz birinchi kursda birga o‘qiganmiz. To‘g‘risi, u senga universitetda sherik bo‘lganidan hozir ko‘nglim juda xotirjam bo‘ldi.Suga Risooning ko‘zlariga tik qaradi. Endi u qizga shunchaki loyiha sherigi yoki tasodifiy tanish sifatida emas, balki qadrli insonining singlisi va qalbi jarohatlangan nozik bir yozuvchi sifatida boqardi.— Biz rasman tanishib bo‘lganmiz, Jin, — dedi Suga ovozini biroz pasaytirib, — lekin sen aytgancha emas. Biz bugun hamkorlikda bir sirlarni o‘rganishni boshladik.Risoo Suganing ko‘zlaridagi o‘sha iliq va tushunishga to‘la nigohni ko‘rib, ichida allaqachon unga nisbatan ishonch uyg‘onayotganini his qildi.— Akam sizni juda ko‘p maqtagan edilar, — dedi Risoo sekin, — lekin o‘sha mashhur Suga siz ekanligingizni bilmaganman.Kechki suhbat juda samimiy o‘tdi. Ammo aynan shu paytda uyning tashqarisida tormoz ovozi eshitildi. Bu Jimin edi. U Jinning kelganini eshitib, yetib kelgandi, lekin darvoza oldida Suganing mashinasini ko‘rib, yuzi bir zumda o‘zgardi.

Jiminning kirib kelishi bilan xonadagi iliq muhitga go'yo sovuq shabada kirdi. Risoo eshikni ochishi bilan Jiminning shubhali va o'tkir nigohiga duch keldi.— Jin akam keldimi? — so'radi Jimin, ovozida qat'iyat bilan. — Tashqaridagi mashinaga qaraganda, bizda boshqa mehmon ham bor shekilli?Risoo biroz tortinib: "Ha, shunday..." deb javob berishga ulgurdi, xolos. Jimin vaziyatdan foydalanib, xonada hech kim yo'qligida Risooni kutilmaganda mahkam quchoqlab oldi va uning yuzlaridan qayta-qayta o'pdi. Bu Jiminning o'ziga xos "egalik" qilish usuli edi.— Aka! Nima qilyapsiz? Qo'ying! — Risoo norozi bo'lib, uning quchog'idan chiqishga urindi. Uning uchun bu yaqinlik hozir juda noqulay edi, ayniqsa Suga ichkarida o'tirgan bir paytda.— Shunchaki... sog'indim, — dedi Jimin beparvogina va hech narsa bo'lmagandek ichkariga, Jin va Suga o'tirgan xonaga qarab yurdi.Jin va Jimin xuddi yaqin aka-ukalardek quchoqlashib so'rashishdi. Jin Jiminning bu oila uchun naqadar qadrli ekanini bilar edi. So'ng Jin qo'li bilan Sugani ko'rsatdi:— Jimin, tanishib qo'y, bu mening qadrdon do'stim — Min Suga. Universitetda birga o'qiganmiz. Bugun u Risooni uyga tashlab qo'yishga yordam berdi, — dedi Jin xushkayfiyat bilan.Jimin Sugaga qarab, sovuq jilmaydi. U bu yigitni bugun institutda ko'rganini, u bilan dahanaki jang qilganini Jinning oldida aytib o'tirmadi, lekin uning nigohlari: "Demak, sen Jin akamning do'stisan, lekin baribir Risoodan uzoqroq yur" degandek ma'noni anglatardi.Suga esa bosiqlik bilan o'rnidan turdi va Jiminning ko'zlariga tik qaradi:
— Tanishganimdan xursandman, Jimin, — dedi u, uning ovozida ham o'ziga xos bir ogohlantirish bor edi.Xonada g'alati bir "uchburchak" paydo bo'ldi: Jin — hammani yaxshi ko'radigan mezbon, Jimin — haddan tashqari rashkchi himoyachi va Suga — endigina Risooning dunyosiga kirib kelayotgan sirli psixolog.

Suga o‘rnidan turib, bu "oilaviy" va biroz noqulay muhitdan uzoqlashmoqchi bo‘ldi. Ammo aynan shu lahzada Risoo qo‘lida issiq ovqatlar bilan xonaga kirdi.— Hoy, qayerga? Ovqatlanib, keyin keting, — dedi Risoo uydagilarga xos samimiylik bilan.
Jin ham do‘stini to‘xtatdi: — Ha, Suga, shunday qilsang yaxshi bo‘lardi. Biz hali to‘yib gaplashmadik.Kutilmaganda Jimin ham o‘zini muloyim ko‘rsatib, "Keyinroq ketarsan," deb qo‘shib qo‘ydi. Suga biroz ikkilanib turdi-da, "Xo‘p," deya yana joyiga o‘tirdi. Biroq u o‘tirishi bilan Jiminning "namoyishi" boshlandi.— Kel, bu yoqqa o‘tir, — dedi Jimin Risooga joy ko‘rsatib.
Risoo o‘tirishi bilan Jimin go‘yo yosh bolani parvarish qilayotganidek, ovqatni qoshiqda olib, Risooning og‘ziga tuta boshladi. Risoo biroz uyalsada, buni odatdagidek qabul qildi. Jin bu manzaraga indamay, jilmayib qarab turardi. Chunki Risoo ota-onasidan ayrilgach, uzoq vaqt ovqat yemay qo‘yganida, uni faqat Jimin mana shunday usul bilan hayotga qaytargan edi.Jin Suganing yuzidagi g‘alati ifodani va noqulaylikni sezib, uning qulog‘iga pichirladi:
— E’tibor berma ularga. Risoo biroz injiq, Jiminning qo‘lidan ovqatlanishga o‘rganib qolgan. Bu uning uchun xotirjamlik belgisi.Suga ichidagi rashk va g‘alayonni zo‘rg‘a jilovladi. U Jiminning bu qadar yaqinligini ko‘rib, darsda Risoo bilan o‘zi o‘tkazgan o‘sha qisqa lahzalarni esladi. U bor e’tiborini Risoo tayyorlagan mazali ovqatga qaratdi va asablarini bosish uchun uni "paqqos" tushira boshladi. Ovqat chindan ham juda mazali edi — xuddi Risooning o‘zi kabi kutilmagan va yoqimli.Suga ovqatlanar ekan, ko‘z ostidan Risooga qaradi. Qiz Jiminning qo‘lidan ovqat yeyotgan bo‘lsa-da, uning nigohlari bir necha bor Sugaga to‘qnash keldi. Bu qarashlarda qandaydir "uzr so‘rash" yoki "bu shunchaki odat" degan ma’no bordek edi.

Suganing yuragi duk-duk urib ketdi. Risooning yuzini ko'targanida, ularning nigohlari to'qnashdi, nafaslari bir-biriga urildi. Suga bir lahza uning lablariga termulib qoldi, ammo Risooning hali ham nozik ekanini va bu qadam uni cho'chitishi mumkinligini anglab, o'zini tiyib oldi. U qizning peshonasidan ohista, mehr bilan o'pib qo'ydi.— Men ketdim. Yaxshi dam ol, ertaga institutda ko'rishguncha, — dedi u pichirlab.Ammo u mashina eshigini ochmoqchi bo'lganida, Risooning kutilmagan gapi uni to'xtatdi:
— Biznikida qoling...Suga hayratdan qotib qoldi: — Nima?— Tushunmadingizmi? — Risoo uning ko'zlariga mungli tikildi. — Nimagadir ko'nglim g'ash, iltimos... qoling. Akamga o'zim aytaman.Suga Risooning nigohidagi o'sha cheksiz qo'rquv va tushdagi xavotirni sezdi. U qizni yolg'iz qoldirolmasdi.
— Xo'p, — dedi u sekin.Risoo go'yo qimmatli narsasini topib olgandek, Suganing qo'lidan tutib, uni ichkariga sudrab kirdi. Mehmonxonada o'tirgan Jin va Jimin bu manzarani ko'rib, hayratdan o'rinlaridan turib ketishdi.— Suga? Sen... — Jin gapini boshlashga ulgurmay, Risoo gapni bo'ldi:
— Men uni ko'ndirdim! Suga bugun biznikida qoladi!Jin singlisining bunday qat'iyatidan hayron bo'lib, unga savolli qaradi. Risoo akasini chetroqqa tortib, tunda ko'rgan o'sha dahshatli tushini — Suganing avariyaga uchraganini aytib berdi. Jin singlisining nega bunchalik bezovta bo'layotganini tushundi. U Sugaga qarab samimiy jilmaydi:— Yaxshi qilibsan, Risoo. Qani, Suga, yur, mehmonlar uchun tayyorlangan xonani senga ko'rsataman.Jimin esa bu qarordan mutlaqo norozi edi. U Suganing bu uyda qolishini hazm qilolmay:
— Unda men ham shu yerda qolaman! — deb e'lon qildi.Risoo kulib yubordi: — Bizda jami uchta xona bo'lsa, siz qayerda yotasiz? Ko'chadami?Jimin qaysarlik bilan: — Yo'q, sen bilan yotaman! — deb qattiq hazil qildi.Jin Jiminning yelkasiga sekin urib qo'ydi: — Jimin, haddingdan oshma! Qanday uyatsiz bolasan-ey, — dedi u kulib. — Yuringlar, hammaning joyini ko'rsataman.Shunday qilib, Jin, Suga va Jimin mehmonlar yotoqxonasiga yo'l olishdi. Xonada uchta yigit yolg'iz qolishdi. Bu tun chindan ham juda qiziqarli va ziddiyatli o'tishi aniq edi.

Jin xonadagi ikkita alohida karavotga ishora qilib, "Xullas, yigitlar, sizlar shu yerda yotasizlar," dedi.Suga minnatdorchilik bildirib, "Rahmat, Jin," deb joylashmoqchi bo‘ldi. Ammo Jimin tinch tura olmadi. U ataylab Suganing asabiga tegish uchun kulib:
— Rahmat-u, lekin men baribir Risoo bilan uxlashni istayman, — dedi u ko‘zlarini qisib.Jin Jiminning bu gapidan "shartta" uning yelkasiga urdi:
— O‘le, farosatsiz! Qachondir senga bunga ruxsat berganmidim? Ota-onamiz yo‘qligida unga aka bo‘lishimiz kerak, sen bo‘lsang nimalarni o‘ylaysan! — deb ovozini balandlatib hazillashdi.Suga karavotiga o‘tirib, bu manzaradan zavqlanganicha kulib yubordi:
— Jimin uyatsiz ekanligini institutda ilk bor ko‘rganimdayoq sezgandim, endi bunga ishonchim komil bo‘ldi!Jin va Suga bir-birlariga "besh" tashlab, Jiminning ustidan kulishda davom etishdi. Jimin esa o‘zini oqlagandek: "Unday emas, shunchaki hazillashdim-ku!" deya tirjayib turardi.Shu payt eshik sekin ochilib, Risoo uch kishilik salqin sharbat solingan patnis bilan kirdi. U yigitlarning sho‘x kulgisini eshitib, ichkaridagi vaziyat biroz tinchiganidan xursand bo‘ldi. Patnisni stol ustiga ohista qo‘ydi-da, yigitlarga bir-bir qarab:
— Mana, sharbat ichib olinglar. Yaxshi dam olinglar, — dedi-yu, uyalibgina chiqib ketdi.Risoo chiqib ketishi bilan xonada yana o‘sha yigitlarga xos samimiy, ammo biroz raqobatli muhit qoldi. Sharbatlarni ichisharkan, Suga Jiminning Risoo haqidagi har bir gapi hazil bo‘lsa-da, uning zamirida kuchli tuyg‘u borligini his qilib turardi.

Tun yarmi. Uy ichi sukunatga g‘arq bo‘lgan, faqat devordagi soatning bir maromdagi chiqillashi eshitilardi. Suga o‘ziga notanish bo‘lgan bu xonada negadir uxlolmay, bezovta bo‘laverdi. Oxiri tashnalik ustun kelib, sekin xonadan chiqdi va oshxonaga tushdi.Oshxonadagi xira chiroq ostida bir manzara uni to‘xtashga majbur qildi: Risoo stol atrofida o‘tirgancha, ko‘zlari yarim yumilgan holda, uyqusirab mandarin archiyotgan edi. Uning oldida allaqachon bir necha mandarin po‘choqlari uyulib qolgan. Suga bu holatni ko‘rib, beixtiyor jilmaydi va past ovozda hazillashdi:— Sen mandarinxo‘r vampirmisan deyman? Uxlasang nima qiladi? — dedi u qizning yoniga yaqinlashib.Risoo cho‘chib tushib, og‘zidagi mandarin bo‘lagini yutishga urinar ekan, shartta ortiga o‘girildi. U qorong‘uda kelgan kishini Jimin deb o‘ylagan edi, ammo Suganing o‘tkir nigohlarini ko‘rgach, uyalganidan yuzlari mandarin po‘chog‘idek qizarib ketdi. U shoshgancha og‘zidagini chaynab yutdi-da, o‘rnidan turdi.— Suv... suv ichmoqchi bo‘lib chiqdingizmi? Hozir, hozir beraman, — deya bokalga suv to‘ldirib, Sugaga tutdi.Suga suvni olib, stolga o‘tirdi. Uning nigohi jiddiylashdi, lekin ovozida iliqlik bor edi:
— Rahmat, mandarinxo‘r. Senga bir savol bor... Jimin senga chindan kim bo‘ladi? — Suga bu savolni berishni kechadan beri kutayotgan edi.Risoo hayrat bilan Sugaga tikildi, so‘ng ishonch bilan javob berdi:
— Akam... Men uni faqat akam sifatidagina ko‘raman, xolos. Boshqa hech nima emas, — dedi u qat’iy ohangda.— Aniqmi? — Suga uning ko‘zlariga sinovchan boqdi.
— Aniq va tiniq! — Risoo bu savoldan kulib yubordi.Suga yengil tin olib, stol ustidagi mandarinlardan birini oldi-da, uni chaqqonlik bilan archishni boshladi. So‘ng bir bo‘lagini shundayligicha og‘ziga soldi. Buni ko‘rgan Risoo kıkır-kıkır kulib qo‘ydi:
— O‘zingiz ham mandarinxo‘rlikda mendan qolishmas ekansiz-ku!Suga ham unga jo‘r bo‘lib kuldi. Shu lahzada ular o‘rtasidagi barcha devorlar, o‘sha loyihalar-u qoidalar yo‘qolgandek edi. Faqat tun, mandarin hidi va ikki insonning samimiy kulgisi qolgandi.— Bilasanmi, — dedi Suga mandarinni chaynar ekan, — sening bu "vampir"lik odating menga yoqdi. Balki loyihamizdagi Noil ham tunda mandarin yeyishni yaxshi ko‘rar?

Risooning kutilmagan bu gapidan so‘ng oshxonadagi havo birdaniga o‘zgardi. Qiz o‘zi sezmagan holda ichki hislarini, balki o‘sha yashirin yozuvchi "R.S."ning xayollarini tiliga ko‘chirib yuborgan edi.— Balki shundaydir... lekin unga bundanda ko‘proq qulupnay ta’mli lablar yoqadi, — dedi-yu, Risoo nima deb yuborganini anglab, shartta og‘zini qo‘li bilan yopdi. Uning ko‘zlari hayrat va uyatdan katta-katta bo‘lib ketdi.Suga bu gapdan so‘ng bir necha soniya qotib qoldi. Uning nigohi beixtiyor qizning lablariga tushdi, so‘ng yuzida o‘sha o‘ziga xos, biroz ma’noli jilmayish paydo bo‘ldi.— Lablar? — dedi Suga ovozi biroz xirillab. — Agar o‘sha lablardan qulupnay emas, mandarin ta’mi kelsachi? Unda nima bo‘ladi?Risoo bu gapdan so‘ng butunlay yonib ketgudek qizardi. U ortiq bu yerda qola olmasligini tushundi. Shoshilib o‘rnidan turdi-da, kursini ham tushirib yuborayozdi.— Yaxshi dam oling! Men uxlashga ketdim! — deb pichirladi-yu, xonasi tomon xuddi birov quvlayotgandek yugurib ketdi.Suga uning ortidan qarab qolarkan, ilk bor o‘zini loyiha sherigi emas, balki bu qizning qalbini zabt etishni istayotgan oddiy bir yigitdek his qildi. U ham mandarinning so‘nggi bo‘lagini yedi-da, shirin o‘ylar bilan o‘z xonasi tomon yo‘l oldi.Ertasi kuni institutda ularni mutlaqo boshqacha kayfiyat va yangi voqealar kutib turardi. Uydagi barcha chiroqlar o‘chdi, tun o‘zining sehrli sukunati bilan hammani shirin uyquga g‘arq qildi.

Tong otib, quyosh nurlari derazadan mo‘ralay boshlaganida, hamma uxlar edi. Faqat Jin odatdagidek hammadan oldin uyg‘ondi. U pishiq va tartibli yigit sifatida mehmonlari va singlisi uchun shohona nonushta tayyorlashga kirishdi. Oshxonaga kirganida esa, stol ustidagi mandarin po‘choqlarini ko‘rib, bittasini qo‘liga oldi va ma’noli jilmayib qo‘ydi. U tunda kimlardir bu yerda "uchrashuv" o‘tkazganini darrov sezdi.Birozdan so‘ng Jimin va Suga uyqusirab xonadan chiqishdi. Jimin tunda nima bo‘lganidan mutlaqo bexabar edi, u faqat yaxshi uxlaganidan mamnun ko‘rinardi.— Hayrli tong, yigitlar! — dedi Jin qovurilgan tuxum va issiq nonlarni stolga qo‘yarkan. — Suga, tunda suv ichishga tushmadingmi? Mandarinlarimiz kamayib qolibdi...Suga kutilmagan bu savoldan biroz o‘ngaysizlandi, lekin o‘zini bosiq tutib:
— Ha, biroz chanqagan edim, — deb qo‘ya qoldi.Jimin esa hech narsani sezmay, ishtaha bilan nonushtaga yopishdi:
— Men esa toshdek uxlabman! Hech narsani eshitmabman.Eng oxirida Risoo xonasidan chiqib keldi. Uning ko‘zlari hali ham uyquga to‘la, yuzlari esa kechagi gaplaridan keyin biroz qizargan edi. U Sugaga qarashga botinolmay, sekin stol chetiga o‘tirdi.— Hayrli tong, mandarinxo‘r vampir, — dedi Suga past ovozda, faqat qiz eshitadigan qilib.Risoo seskanib tushdi va akasi Jinning unga qarab turgan o‘tkir, ammo mehribon nigohiga duch keldi. Jin hamma narsani tushunib bo‘lgandi, lekin Jiminning oldida buni sir tutishga qaror qildi.— Qani, hammangiz ovqatlaninglar, — dedi Jin kulib. — Bugun loyihangizni bitirishingiz kerak, shunday emasmi? Risoo, sening "qulupnayli" lablar haqidagi hikoyang qanday ketyapti?Bu gapdan so‘ng Risoo choyini ichayotgan joyida tiqilib qolayozdi. Suganing esa lablarida o‘sha kechagi sirlilik aks etdi. Faqat Jimin "Nima qulupnay?" deb hayron bo‘lib qoldi.

Risoo uyalibgina kulib qo‘ydi:
— Aka, birinchi marta romantik janrda hikoya yozishim edi, endi ustimdan kulishingiz shartmi? — dedi u qizargancha akasiga qarab.Jin esa kulib, taslim bo‘lgandek qo‘llarini ko‘tardi:
— Ha, mayli, men hech narsa demadim. Romantikang omon bo‘lsin!Nonushtadan so‘ng hamma yo‘lga hozirlandi. Jinning rejasiga ko‘ra, u Sugaga yo‘l ochib berishi kerak edi.
— Jimin, mashinangda meni ishxonaga olib borib qo‘y, o‘qishing ham yaqin-ku, — dedi Jin qat’iy ohangda.
Jimin biroz ikkilanib turdi-da, rozi bo‘ldi. Suga ham mashinasini o‘t oldirib, chiqishga tayyor turardi.— Suga, mayli, yaxshi bor, loyihada omad! — dedi Jin.
— Xo‘p, senga ham omad, — deb javob berdi Suga mashinaga o‘tirmoqchi bo‘lib.
Shu payt Jin xuddi hozirgina esiga tushgandek so‘radi:
— Suga, Risooni ham o‘zing bilan olib ketasanmi? Baribir bir joyga borasizlar-ku.— Ha, albatta, olib ketaman, — dedi Suga ich-ichidan xursand bo‘lib.
Jimin esa buni eshitib, darrov e’tiroz bildirdi:
— Risoo ham biz bilan ketsin! Men tashlab o‘taman!
— Yo‘q, biz kechikib qolamiz, yuraver, — deb Jin Jiminni mashinaga o‘tqazdi va ular darvozadan chiqib ketishdi.Risoo yugurib chiqib akasini kuzatib qolmoqchi edi, lekin ulgurmadi. U darvoza oldida biroz dovdirab turib qolganida, Suga mashina eshigini ochib, unga qarab jilmaydi:
— Qani, "romantik yozuvchi", mashinaga o‘tir. Kechikib qolmaylik.Risoo Suganing mashinasiga o‘tirdi. Endi ular yo‘lda butunlay yolg‘iz edilar. Mashina ichida kechagi mandarin hidi ham, o‘sha qulupnayli gaplar ham havoda muallaq turgandek edi.

Mashina shahar ko‘chalari bo‘ylab silliq harakatlanar ekan, Suganing telefoni kutilmaganda jiringlab qoldi. U ekranga qarab, biroz jiddiylashdi va qo‘ng‘iroqqa javob berdi:— Salom, aka, — dedi u ovozini biroz pastlatib.Risoo "aka?" degan so‘zni eshitishi bilan Sugaga hayratlanib qaradi. U Suganing ham akasi borligini bilmas edi. Telefondan baland va yoqimli ovoz eshitildi:— Ha, Suga, qayerdasan? Onam sendan xavotir oldi, kechasi bilan uyga kelmading, — dedi akasi biroz tanbeh ohangida.— Men do‘stimnikida qolgan edim, hammasi joyida, — deb javob berdi Suga Risooning borligini sezib, biroz qisqa qilib.— Xo‘p, bugun uyga kel. Esingdami, bugun qanday kun? — deb so‘radi akasi ma’noli qilib.Suga gapni bo‘lib, "Ha, esimda, albatta boraman," dedi-da, telefonini o‘chirdi. Mashina ichiga yana sukunat cho‘kdi. Risoo chidab turolmay so‘radi:— Akangiz bormi? Men sizni yolg‘iz farzand deb o‘ylagan edim.Suga jilmayib, ruldagi qo‘llarini biroz bo‘shatdi:
— Ha, akam bor. Ismi Kim Nam Jon . U mendan ancha farqli, lekin juda mehribon. Bugun esa oilamiz uchun muhim kun, onamning tug‘ilgan kunlari. Shunga hamma yig‘ilyapti.

— Akamning familiyasi onamning familiyasida — Kim Namjoon. Onam shuni xohlaganlar, — tushuntirdi Suga xotirjamlik bilan. — U juda bilimdon va jiddiy inson, senga yoqadi deb o'ylayman.Risoo "Kim" familiyasini eshitib, beixtiyor akasi Jinni va o'zining familiyasini esladi.
— Ismi juda chiroyli ekan. Namjoon va Suga... Sizlar chindan ham bir-biringizga o'xshamas ekansizlar, — dedi Risoo o'ychan ohangda.

Risoo Suganing oilasi haqida birinchi marta eshitayotgani uchun qiziqishi ortdi. Lekin shu bilan birga, Suganing o‘z dunyosi, o‘z mas’uliyatlari borligini his qilib, ichida g‘alati bir xijolatlik paydo bo‘ldi.— Onangizning tug‘ilgan kunlari bo‘lsa, men sizni loyiha bilan ushlab qolmayman, — dedi Risoo sekin.

Suga mashinani institut avtoturargohiga to'xtatdi. U o'rnidan jilishga shoshilmasdan, Risooga jiddiy nigoh bilan yuzlandi:
— Onamning tug'ilgan kunlari munosabati bilan uyimizda kichik ziyofat bo'ladi. Namjoon akam ham, onam ham men bilan birga ishlayotgan o'sha "sirli adabiyotshunos"ni ko'rishni juda xohlashyapti. Nima deysan? Borasanmi?Risoo bir zumga nima deyishni bilmay qoldi. Namjoondek jiddiy akasi bo'lgan xonadonga borish, ustiga-ustak Suganing onasi bilan tanishish... bu loyihadan ancha jiddiyroq tuyulardi.— Lekin... Jimin aka va Jin akam nima deyishadi? Ular ruxsat berisharmikan? — so'radi Risoo xavotir bilan.Suga uning qo'lidan ohista tutdi:
— Jin bilan o'zim gaplashaman, u meni taniydi-ku. Jiminni esa... Yuna orqali hal qilamiz. Muhimi, sen o'zing xohlaysanmi?Risoo Suganing issiq kaftini his qilar ekan, kechagi "qulupnay ta'mli lablar" haqidagi gapi yodiga tushdi va yuragi tez urib ketdi. U o'z qo'rquvlarini engib, Sugaga ishonishga qaror qildi.— Mayli... Agar akam ruxsat bersa, boraman, — dedi u sekin jilmayib.Ular mashinadan tushib institut binosiga kirib borishdi. Ammo yo'lakda ularni kutib turgan Yunaning yuzi biroz tashvishli edi. U yugurib kelib, Suganing qulog'iga nimalardir deb pichirladi.

Yuna Risoo bilan salomlashib tezda universitet ichkarisiga yugurdi. Yuna sinfiga shoshib ketganidan so'ng, Risooning ko'ngliga g'alati bir shubha oraladi. Suganing telefoni tinmas, u kim bilandir qizg'in yozishar, ekranda esa "Yuna" ismi porlab turardi.Risoo ich-ichidan bir narsani his qildi — bu rashk edi. U Sugaga va uzoqdan ko'rinib turgan Yunaga qarab: "Ular chindan ham chiroyli juftlik bo'lishardi, bir-biriga mos," deb o'yladi va beixtiyor kayfiyati tushib ketdi. U Suganing unga qilayotgan barcha yaxshiliklari shunchaki do'stona yoki loyiha uchun deb o'ylay boshladi.Aslida esa vaziyat butunlay boshqacha edi. Suga onasining tug'ilgan kuniga Risooni olib borishni qat'iy maqsad qilgan va qizning ustida chiroyli libos bo'lishini xohlagandi. Yuna bilan yozishmalari esa aynan Hanbok (milliy kiyim) haqida edi. Yuna boya Suganing qulog'iga: "Raqamingni ber, libos tayyor bo'lishi bilan manzilni tashlayman," deb pichirlagan edi.Suga Risooning yuzidagi ma'yuslikni sezdi. U qizning nimalarni xayol qilayotganini psixolog sifatida darrov tushundi.— Risoo, — dedi Suga unga yaqinlashib, ovozini pasaytirib. — Xayolingda nimalar aylanyapti, bilmayman-u, lekin adashyapsan. Yuna bilan yozishayotganimning sababi boshqa. Buni bir soatdan keyin bilib olasan.Risoo unga ishonmaydigandek qaradi:
— Menga farqi yo'q... Shunchaki loyihani tezroq tugataylik.Ular kutubxonaga kirib joylashishdi. Oradan roppa-rosa bir soat o'tgach, kutubxona eshigi oldida bir yigit paydo bo'ldi. Uning qo'lida hashamatli quti bor edi. Yigit Sugaga qarab ishora qildi.Suga o'rnidan turib, qutini olib keldi va uni Risooning oldiga qo'ydi.
— Bu nima? — so'radi Risoo hayron bo'lib.
— Ochib ko'r, — dedi Suga jilmayib. — Bu onamning tug'ilgan kuniga kiyib borishing uchun. Yunaning uyidagilar maxsus tayyorlashgan.Risoo qutini ochdi. Ichida nafis, och pushti rangli, shoyi matodan tikilgan juda chiroyli Hanbok turardi. Qiz hayratdan og'zi ochilib qoldi. Suga uni Yuna bilan aynan shu sovg'a ustida gaplashganini endi tushunib yetdi.Shu payt Suganing telefoni yana jiringladi. Bu safar Namjoon (akam) edi.
— Suga, tayyormisizlar? Onam hamma narsani tayyorlab, sizlarni kutyaptilar.

Risoo kiyimini kiyib, pardozdan so‘ng xonadan chiqib kelganida, go‘yo qadimiy koreys ertaklaridagi malika jonlanib qolgandek edi. Suganing ko‘zlari nafaqat quvonchdan, balki hayratdan ham porladi; u Risooning bunchalik go‘zal bo‘lishini tasavvur qilmagandi. Universitet yo‘laklarida hamma ularga termulib qoldi, lekin Suganing o‘tkir nigohi "u faqat menga tegishli" degandek atrofdagilarni tiyib turardi.Minlar xonadoniga yetib kelishganida, barcha kutilmagan mehmonlar — Suga, Risoo va Jin darvoza oldida to‘qnash kelishdi. Ichkariga kirishgach, ularni oqsoqol Janob Min va mehribon yuzli Min xonim kutib olishdi.Janob Min Seokjinning qo‘lini siqib ko‘risharkan:
— Nihoyat, biznes olamining yosh va qat’iyatli vakili bizning uyimizda! — dedi u samimiy hurmat bilan.Min xonim esa Risoodan ko‘zlarini uzolmay qoldi. U qizning kiygan hanboki unga naqadar yarashganini, uning har bir harakatidagi odobni ko‘rib, Suganing nima uchun aynan shu qizni olib kelganini tushunib yetdi. U Risooning nozik qo‘llaridan tutib, uning ko‘zlaridagi o‘sha yashirin ma’yuslikni his qildi.
— Juda odobli qiz ekansan, ko‘rinishingdan ma’lum, — dedi u yumshoq ovozda va uni o‘z yoniga o‘tqazdi.Shu payt eshik shiddat bilan ochilib, xonaga Suganing akasi — Namjoon kirib keldi. Uning egnida jiddiy kostyum, qo‘lida esa onasi uchun katta guldasta bor edi. U ichkaridagi davrani ko‘rib, hayron bo‘lib to‘xtadi.— O, hamma yig‘ilibdi-ku! — dedi Namjoon ovozi jaranglab. — Suga, mehmonlaringni tanishtirmaysanmi?Namjoonning nigohi avval Jinga, so‘ng Suganing yonida o‘tirgan va hanbokda nur taratayotgan Risooga tushdi. U psixolog/moliya sohasida emas, balki intellektual salohiyatda Sugadan ham o‘zib ketadigan darajada o‘tkir nigohli edi. U darrov bu yerda shunchaki loyiha sheriklari emas, balki jiddiyroq tuyg‘ular borligini sezdi.— Salom, men Kim Namjoonman, Suganing "aqlli" akasi, — deb jilmaydi u, yuzidagi kulgi chuqurchalari bilan. — Seokjinni taniyman, lekin bu go‘zal xonim bilan hali tanishmadim.Namjoonning paydo bo‘lishi bilan davra yanada qizidi. Suga esa akasining Risoo haqida nima deyishini intizorlik bilan kutardi.

Xonada ikki xil kayfiyat hukmron edi: bir tomonda erkaklarning jiddiy va salobatli biznes suhbati, ikkinchi tomonda esa ikki ayol qalbining samimiy yaqinlashuvi.Namjoon, Jin, Suga va Janob Min o‘rtasidagi suhbat chindan ham qizib ketdi. Namjoon o‘zining keng dunyoqarashi bilan moliya va strategik boshqaruv haqida gapirar, Jin esa o‘zining biznesdagi tajribasidan kelib chiqib unga munosib javoblar qaytarardi. Suga va Janob Min ham o‘z fikrlari bilan bahsni boyitishardi. Ular go‘yo bir-birini yuz yildan beri taniydigan biznes hamkorlardek ko‘rinardi.Bu orada Min xonim va Risoo bir-birlariga butunlay boshqa bir olamni kashf etishayotgan edi. Min xonim o‘ta sezgir ayol edi; u Risooning har bir so‘zida, hatto nigohlaridagi titroqda ham qizning boshidan o‘tganlarini his qilib turardi.— Risoo, — dedi Min xonim qizning qo‘lini ohista siqib, — Sugadan ko‘p eshitgandim, lekin seni ko‘rib, nima uchun u aynan sen bilan loyiha qilayotganini tushundim. Sening qalbing juda go‘zal ekan.Risoo bu kutilmagan iltifotdan biroz qizardi, ammo o‘zini juda erkin his qila boshladi. U Min xonimga adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, yozayotgan hikoyalari (sirli "R.S." ekanini aytmasa-da) va ota-onasi haqida (biroz bo‘lsa-da) gapirib berdi. Min xonim uning yetimlikdagi og‘ir kunlarini eshitib, ko‘zlari yoshlandi va Risooni xuddi o‘z qizidek bag‘riga bosdi.Bu manzara Suganing ko‘zidan chetda qolmadi. U bir tomondan Namjoon bilan bahslashsa-da, ko‘zi doimo Risooda edi. Onasining Risooni bunchalik tez qabul qilishi uning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.Kechki ovqat vaqti keldi. Hamma shohona bezatilgan dasturxon atrofida jam bo‘ldi. Namjoon qadah ko‘tarib, onasini tabrikladi va kutilmaganda Risooga qarab:— Risoo, — dedi u jilmayib, — Suga menga loyiha haqida aytgandi. "Inson ruhidagi yashirin og'riqlar"... Bu juda murakkab mavzu. Seningcha, inson o‘z og‘rig‘idan qachon butunlay qutuladi?Xonada bir zum sukunat cho‘kdi. Hamma Risooning javobini kutardi.

Risoo kulib: - uning hayotiga yorug`lik olib kirishganda. -deydi.

Risooning javobi Namjoonni hayratda qoldirdi. Uning "Inson hayotiga yorug‘lik olib kirishganda og‘riqlar chekinadi" degan so‘zlarida ham adabiy nafosat, ham hayotiy haqiqat bor edi.— Demak, hayotingga o‘sha yorug‘lik bo‘lib Suga kirsin! — Namjoon qadahini ko‘tarib, ma’noli jilmaydi.Bu gapdan so‘ng xonadagi muhit bir lahzada o‘zgardi. Risooning yuzlari hanbokining rangidan ham to‘qroq qizarib ketdi. Min xonim o‘g‘lini "turtib" qo‘ygan bo‘lsa-da, ich-ichidan bu gapga qo‘shilayotganini ko‘zlaridagi mehrdan bilish mumkin edi.Ziyofat yakunlanib, xizmatchilar dasturxonni yig‘ishtirishga kirishganda, Risoo shunchaki o‘tirib qololmadi. U darrov o‘rnidan turib, xizmatchilarga yordamlashib ketdi. Uning chaqqonligi va o‘zini mehmondek emas, balki uy egasining yaqinidek tutishi Janob Min va Min xonimni hayratga soldi. Boygina tarbiyali va nozik ko‘ringan bu qizning bunday mehnatkashligi Sugaga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi.— Suga, bu qiz chindan ham xazinaning o‘zi ekan, — deb pichirladi Janob Min o‘g‘lining yelkasiga qoqib.Hamma ishlar tugagach, xayrlashish vaqti keldi. Seokjin va Risoo darvoza oldida Minlar oilasi bilan quyuq xayrlashishdi. Min xonim Risooni yana bir bor bag‘riga bosib, "Tez-tez kelib tur, qizim," deb tayinladi.Mashina darvozadan chiqib ketayotganda, Suga darvoza oldida qolib, ularning ortidan kuzatib turardi. Uning nigohida kechagi "muzdek" psixologdan asar ham qolmagan, uning o‘rnini qalbida yorug‘lik paydo bo‘lgan oshiq yigit egallagan edi.Jin va Risoo uyga qaytisharkan, Jin kutilmaganda so‘radi:
— Xo‘sh, Risoo... Namjoonning gapiga qanday qaraysan? Sugani chindan ham yorug‘lik deb hisoblaysanmi?Risoo derazadan tungi Seul chiroqlariga qarab:
— Bilmadim, aka... Lekin u yonimda bo‘lsa, o‘zimni endi yolg‘iz his qilmayapman, — deb pichirladi.Ular uy darvozasi oldiga yetib kelishganida, u yerda asabiy holda u yoqdan-bu yoqqa yurayotgan Jiminning qorasi ko‘rindi. Uning qo‘lidagi telefoni tinmas, yuzidan esa g‘azab yog‘ilardi.

Jiminning g‘azabi va xavotiri hovli havosini og‘irlashtirib yuborgan edi. U Jinning ko‘zlariga tikilib, go‘yo biror sirni ochmoqchidek turganda, vaziyatni Yuna qutqarib qoldi. U sho‘xlik bilan Jiminga yaqinlashib:— Jimin aka, muncha xavotirlisiz? Har holda ular birga bo‘lishgan-ku! — deb Jin tomonga qarab ko‘z qisib qo‘ydi.Jin esa Jiminning rashkini qo‘zg‘atmaslik uchun zudlik bilan improvizatsiya qildi:
— Ha, Jimin... Bugun Risooni "qulupnayxo‘rlik"ka olib bordim. Birinchi marta romantik hikoya yozayotganmish, shunga biroz chalg‘isin dedim. Sizlarga aytish esimdan chiqibdi, — dedi u Risooga qarab ma’noli ko‘z qisib.Jiminning shubhalari biroz tarqagandek bo‘ldi, lekin baribir qovog‘i ochilmadi. Jin suhbatni chalg‘itish uchun amakisining ahvolini so‘radi. Jimin qisqa javob berib, uyga kirishga shaylandi.Yuna esa fursatdan foydalanib, Risooni qo‘ltig‘idan oldi-da, uni zinadan yuqoriga, xonasiga sudradi. Xonaga kirib, eshikni yopishlari bilan Yunaning pichirlashi boshlandi:— Qalay o‘tdi? Suganing onasi qattiqo‘l emasmi? Namjoon akasi bilan tanishdingmi? Tanishuv yaxshi bo‘ldimi? Tezroq aytib ber! — Yuna Risooni savollarga ko‘mib tashladi.Risoo hanbokini ehtiyotkorlik bilan yecharkan, yuzida o‘sha samimiy jilma bilan javob berdi:
— Hammasi ajoyib o‘tdi, Yuna. Min xonim shunaqangi mehribon ayol ekanki... Suganing akasi Namjoon esa... u juda aqlli, bir gap bilan hammani o‘ylantirib qo‘ydi.Pastda esa Jin Jiminni oshxonaga taklif qildi. U Jiminni biroz chalg‘itib, uning e’tiborini boshqa mavzuga burishga harakat qilardi. Biroq Jimin stolga o‘tirarkan, Suganing mashinasini kecha hovlida ko‘rganini va bugun ularning birga ketganini xayolidan o‘tkazib, baribir nimadir "noto‘g‘ri" ekanini his qilib turardi.— Jin aka, — dedi Jimin kutilmaganda, — Suga Risoo uchun shunchaki loyiha sherigimi? Menga nima uchun u juda g‘ayratli bo‘lib tuyulyapti?

Jin javob beradi: - Menga qolsa Sugani Risooga juft sifatida ko`ra olaman u yaqin do`stim va Risooni hurmat qiladi tushunadi ulardan ajoyib juft chiqadi. Jimin achchiq kulib: - Menchi ? - dedi. Jin: - Senga bir gap aytsam uni singil sifatida ko`rishda davom et. U seni faqat akasi deb biladi sevgi aralashtirib uni hayotini chalkashtirma. - dedi. Keyin jimin: -  Jin aka tushinaman lekin men uni.. uni... Jin gapni bo`ldi yo`q sen ham ozingga mosini uchratasan iltimos uni qiynama dedi va suvni Jiminga uzatdi.

Jinning gapi Jiminning yuragiga o‘qdek sanchildi. U yillar davomida asrab-avaylagan, sevgisini himoya niqobi ostiga yashirgan tuyg‘ulari bugun yaqin do‘sti tomonidan rad etilgandi. Jin Jiminning ko‘z yoshlarini ko‘rib, uni mahkam bag‘riga bosdi. Bu achchiq, ammo kerakli haqiqat edi.Jimin ko‘z yoshlarini artib, og‘ir tin oldi.
— Hech bo‘lmasa... Risoo bilan yolg‘iz aka-singil bo‘lib gaplashsam maylimi? — deb so‘radi u ovozi titrab.
— Mayli, Jimin. Faqat uning ko‘nglini og‘ritma, — deb javob berdi Jin.Shu payt Yuna Risooning xonasidan chiqdi. Uning yuzida tabassum bor edi, ammo Jiminning jiddiy qiyofasini ko‘rib, indamay pastga tushib ketdi. Jimin chuqur nafas olib, Risooning eshigini sekin taqillatdi va ichkariga kirdi.Risoo deraza yonida o‘tirib, tungi osmonga qarab xayol surardi. Jiminni ko‘rib, jilmaydi:
— Aka? Keling, nega hali uxlamadingiz?Jimin qizning qarshisidagi stulga o‘tirdi. Uning nigohida ham mehr, ham bitmas-tuganmas bir sog‘inch bor edi.
— Risoo... Bugun ancha xursand ko‘rinasan. Suganing uyiga borish senga shunchalik yoqdimi? — deb gap boshladi Jimin ovozini iloji boricha bosiq tutib.Risoo biroz tortinib:
— Ha, uning oilasi juda mehribon ekan. Bilasizmi, birinchi marta o‘zimni ota-onam bor paytdagidek his qildim, — deb javob berdi.Jimin qizning qo‘lini sekin kaftlari orasiga oldi. Bu safar u qizni majburlab o‘pmadi yoki quchoqlamadi. Shunchaki aka kabi mehr bilan ushladi.
— Men senga bir narsani aytmoqchi edim, — dedi Jimin qizning ko‘zlariga tik qarab. — Hayotingda nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, kim sening "yorug‘liging" bo‘lishidan qat’i nazar... Men doimo sening orqangda bo‘laman. Agar u seni xafa qilsa yoki ko‘zyoshing to‘kilsa, birinchi bo‘lib meni yoningda ko‘rasan. Tushundingmi?Risoo Jiminning bu gaplaridan uning ichidagi g‘alayonni sezdi. U Jiminning qo‘lini siqib qo‘ydi:
— Rahmat, aka. Siz mening eng yaqin himoyachimsiz.Jimin jilmaydi, ammo bu jilmayish ortida ulkan bir voz kechish bor edi. U o‘z sevgisini Risooning baxti uchun qurbon qilishga qaror qilgandi.

Jimin xonadan chiqishi bilan go‘yo uning ichidagi bardosh devori quladi. U eshik ortida devorga suyanib, sekin yerga tizzaladi. Shu paytgacha qalbida asrab kelgan, hatto o‘zidan ham yashirgan o‘sha umid uchquni endi so‘ngan edi. U yuzini kaftlari bilan yopib, achchiq-achchiq yig‘lab yubordi. Bu nafaqat rashk, balki yillar davomida kutilgan baxtdan butunlay voz kechishning iztirobi edi.Buni uzoqdan kuzatib turgan Yuna yugurib keldi va akasining yoniga cho‘kkaladi. Uning ko‘zlari ham yoshga to‘lgan edi.
— Aka, o‘zingizni qo‘lga oling... — dedi u yumshoq ovozda, Jiminning yelkasidan tutib. — Uni qattiq sevganingizni bilaman, lekin bu dunyoda amalga oshmaydigan, faqat tushlarda qoladigan narsalar ham bor ekan. Shunchaki uning baxtidan tasalli topishga harakat qiling.Jimin Yunani mahkam quchoqlab, yelkasiga bosh qo‘ydi.
— Lekin bilasanmi, Yuna... sevganingdan, butun hayoting mazmuni bo‘lgan insondan ayrilish — bu naqadar katta azob! Men uni o‘zimdan ham ko‘proq asragan edim...Yuna akasining sochlarini silab, ovuta boshladi:
— Akajon, iltimos, buncha tragediya kerak emas. Risoo biz uchun begona emas, u bizning bir bo‘lagimiz. Uni sevikli yor sifatida emas, balki shirin bir singlingizdek ko‘ring, tamom. Shunda o‘zingizga ham, unga ham oson bo‘ladi.Jimin chuqur tin olib, Yunaning ko‘zlariga qaradi. Uning yuzida mahzun bo‘lsa-da, samimiy bir jilmayish paydo bo‘ldi.
— Xo‘p, singiljon... Sening aytganingcha bo‘la qolsin.Janob Jin yo‘lakning narigi chetida turib, bu manzarani kuzatarkan, yigitlarning kelishib olganidan, Jiminning o‘zini jilovlaganidan mamnun bo‘ldi. U sekin yaqinlashib, Jiminning qo‘lidan tutdi:
— Yur, dam olaylik. Bugun hammamiz uchun og‘ir va uzun kun bo‘ldi.Yuna esa akasini kuzatib qo‘ygach, yana qaytadan Risooning xonasiga kirdi. U do‘stining tinchgina uxlab qolganini, yuzida esa uzoq yillik og‘riqlardan so‘ng ilk bor osoyishtalik hukm surayotganini ko‘rdi. Yuna uning yoniga yotarkan, ichida Sugaga minnatdorchilik bildirdi.Uyni tun zulmati va og‘ir sukunat egalladi. Faqat deraza ortidagi shamol va uydagilarning osoyishta nafasi eshitilardi. Bu tun ko‘p narsani o‘zgartirdi: kimdir sevgisidan voz kechdi, kimdir esa hayotidagi o‘sha kutgan "yorug‘ligini" topdi.

Yakshanba tongi parkdagi daraxtlar orasidan sizib kirayotgan mayin quyosh nurlari bilan boshlandi. Kechagi og‘ir tuyg‘ular va uzoq suhbatlardan so‘ng, bu yangi kun hamma uchun biroz taskin va yangi umidlar olib keldi.Suga ertalabdan Risooning raqamini terdi. Uning maqsadi loyihani yakunlash bo‘lsa-da, qalbining tubida shunchaki qiz bilan ochiq havoda vaqt o‘tkazish istagi bor edi. Risoo taklifni eshitib, kutilmaganda hayajonlandi va rad etishga bahona topolmadi. U darrov Yunani uyg‘otdi:
— Yuna, tur tezroq! Bugun biz parkka boramiz, Suga va Namjoon aka bizni kutishyapti!Yuna "Namjoon" ismini eshitishi bilan uyqusi tarqab, o‘rnidan sapchip turdi. U Namjoonni birinchi ko‘rgandayoq uning o‘tkir zehniga va salobatiga maftun bo‘lgan edi. Qizlar shoshilib tayyorlana boshlashdi.Pastda esa Jin va Jimin nonushta qilishayotgan edi. Risoo tayyorlagan shirin qahva va nonushtani ko‘rib, Jiminning qalbida kechagi achchiq yoshlardan so‘ng iliq bir mehr uyg‘ondi. U endi Risooni chindan ham faqat singlisidek, hayotini yorituvchi bir kichik malikadek ko‘rishga ahd qilgan edi.Risoo xonasiga chiqib ketgach, yuqoridan Yuna o‘ziga juda yarashgan, havorang nozik ko‘ylakda tushib keldi.
— Qayoqqa otlandilaring? — deb so‘radi Jin hayron bo‘lib.
— Risoo aytmadimi? Suga va Namjoon aka bizni parkka taklif qilishdi, — dedi Yuna ko‘zlari porlab.Shu payt Risoo ham chiroyli kiyinib tushib keldi:
— Ha, aka, hozir aytmoqchi edim. Biz loyiha ustida ishlashimiz kerak.Jimin Yunaga savolli qarab, uning hayajonini sezdi. Risoo buni payqab, Jiminning yoniga keldi:
— Jimin aka... Yunaga imkon bering. Balki bu uning haqiqiy baxtidir?Jimin chuqur xo‘rsinib, Jinga qaradi. Jin esa do‘stining yelkasiga qoqib kuldi:
— Vaqti keldi, Jimin.Jimin kulib javob berdi:
— Eh... Demak, ikkimiz ham o‘z bog‘imizdagi eng chiroyli gullarni boshqa bog‘bonlarga topshirar ekanmiz-da?Ular kulishib nonushtani tugatishdi. Risoo va Yuna hayajon bilan parkka yo‘l olishdi. Parkning markazida, katta chinor daraxti ostida Suga va Namjoon ularni kutib turishardi. Namjoon qo‘lida qandaydir kitob, Suga esa odatdagidek bosiq va o‘ychan edi. Bu yakshanba nafaqat loyihaning yakuni, balki to‘rtta qalbning bir-biriga yana bir qadam yaqinlashishi bo‘lishi aniq edi.

Parkning eng chekka, eski chinorlar soyasiga yashiringan sokin burchagida Suga va Risoo loyiha ustida ishlash uchun o‘tirishdi. Atrofda faqat qushlarning sayrashi va uzoqdan eshitilayotgan bolalarning sho‘x kulgisi eshitilardi.Suga bloknotini ochib, Risooning ko‘zlariga jiddiy, ammo juda mayin nigoh bilan boqdi.
— Risoo, kel, bugun loyihaning kulminatsiyasini tugatamiz. Noil o‘z og‘riqlaridan qutulishi uchun nima qilishi kerak? — deb so‘radi u.
Risoo biroz o‘yga toldi-da, pichirlab javob berdi:
— U o‘zini anglaydigan va uning sukutini ham eshita oladigan insonni topishi kerak. Faqat o‘shanda uning ichidagi muzlar eriydi.Suga kutilmaganda bloknotni chetga surib, Risooning nozik barmoqlaridan tutdi.
— Bilasanmi, — dedi u ovozi biroz xirillab, — men bu loyihani shunchaki institut uchun boshlagandim. Lekin hozir tushunyapman-ki, men Noilning emas, seni — Kim Risooning dunyongni o‘rganishni istayman. Sening mandarinxo‘rligingni, qulupnayli xayollaringni va o‘sha bloknotingdagi har bir so‘zni... Risoo, men sening hayotingdagi o‘sha "yorug‘lik" bo‘lishni xohlayman. Seni yaxshi ko‘raman.Risoo bu gaplardan nafasini yutib yubordi, uning ko‘zlarida hayajon yoshlari miltilladi. U javob berishga ulgurmay, uzoqdan Namjoon va Yunaning baland ovozdagi tortishuvi eshitildi.Ular yaqinlashishganda, Yuna lablarini burishtirib, qo‘li bilan ulkan charxpalakka ishora qilardi.
— Men charxpalakka chiqmoqchiman! — deb oyoq tirab olgandi u.
Namjoon esa xavotir bilan osmonga, so‘ng o‘sha baland temir qurilmaga qarab:
— Yo‘q, bu juda xavfli, uning ustiga shamol ham bor! — deya rad etardi.Suga kulib: — Nima tortishuv? — deb so‘radi.
Yuna shikoyat qila boshlagach, Suga va Risoo bir-biriga qarab jilmayishdi va kutilmaganda qo‘l ushlashib:
— Biz sevishganlarmiz! — deb e’lon qilishdi.Bu kutilmagan yangilikdan so‘ng, Namjoon noiloj taslim bo‘ldi va to‘rtovi charxpalakka chiqishdi. Charxpalak sekin yuqoriga ko‘tarilar ekan, Risoo qo‘rqib Sugani qattiq ushlab oldi. Yuna esa o‘zining qaysarligi sabab Namjoondan o‘zini olib qochib, nariroqqa o‘tirdi. Namjoon esa uning bu qiliqlariga kulib, Sugaga "ko‘ryapsanmi buni?" degandek qarab qo‘yardi.To‘satdan, charxpalak eng tepada bir silkinib to‘xtadi. Yuna kutilmagan zarbdan muvozanatini yo‘qotib, Namjoonning ustiga quladi. Shu lahzada ularning lablari bir-biriga to‘qnash keldi. Namjoon fursatdan foydalanib, Yunaning lablaridan ohista bo‘sa oldi va uning qulog‘iga pichirladi:
— Seni sevib qoldim, aqlliginam...Yuna lola kabi qizarib, "Bore!" deya shoshilib joyiga qaytdi. Bu manzarani yonlaridagi o‘rindiqda kuzatib turgan Suga va Risoo to‘xtovsiz kulishardi. Parkdagi bu yakshanba to‘rtta qalb uchun ham unutilmas baxtga aylandi.

Vaqt suvdek oqib, tabiat yana uyg‘onadigan, sarg‘aygan yaproqlar o‘rnini ko‘m-ko‘m maysalar egallagan bahor fasli yetib keldi. Yangi yil bayramining sehrli oqshomlari ortda qolib, Suga va Risooning muhabbati xuddi bahor gullaridek butunlay ochildi. Ularning samimiy tuyg‘ulari, Risooning hayotidagi yorug‘likka aylangan Suganing qat’iyati Seokjinni chin dildan quvontirar, u singlisining baxtidan sarmast edi.Biroq, Namjoon va Yuna o‘rtasidagi "jang" hamon davom etardi. Qaysar Yuna qalbida Namjoonni qattiq sevsa-da, mag‘rurligi sabab bir yil davomida uning barcha izhorlarini rad etib keldi. Namjoon esa Min oilasiga xos bo‘lgan matonat bilan taslim bo‘lmadi. U har kuni sevishini aytdi, Janob Kim va Kim xonimning (Yunaning ota-onasi) oldiga borib, niyati jiddiy ekanini isbotladi.Oxiri Namjoon "so‘nggi hujum"ga o‘tdi. U o‘z ota-onasini — Janob Min va Min xonimni hamroh qilib, Yunaning uyiga sovchilikka bordi. Ikki nufuzli oila jam bo‘lgan dasturxon atrofida Namjoon Yunaning qo‘lini so‘radi. Ota-onalar allaqachon rozi bo‘lishgan, faqat "kelin"ning qaysarligi to‘siq edi.Janob Kim qizining o‘jarligidan xijolat bo‘lib:
— Namjoon o‘g‘lim, qizimning fe’li og‘ir. Uni ko‘ndirish uchun nima qilsang ham ruxsat, — dedi.Namjoon o‘rnidan turdi-da, hamma hayratdan qotib qolgan bir paytda Yunaning yoniga keldi. U qizning qarshiligiga qaramay, uni o‘ziga tortib, hamma guvohligida chuqur va ehtirosli bo‘sa oldi. Buni kuzatib turgan Jiminning ko‘zlari qinidan chiqib ketayozdi, ammo u bosiqlik bilan mushtini tugdi — endi u Namjoonning singlisiga munosib kuyov bo‘lishini tan olgan edi.Namjoon lablarini uzib, Yunaning ko‘zlariga g‘olibona boqdi:
— Endi ham "yo‘q" deysanmi?Yuna butunlay taslim bo‘ldi. Uning yuzlari alvon rangga kirdi va pichirlab:
— Roziman... — dedi. Xonada qarsaklar va tabriklar yangradi. Shu oqshom ikki yosh rasman unashtirildi.Institutning so‘nggi semestri ham nihoyasiga yetdi. Bitiruv oqshomi — talabalikning eng hayajonli lahzalarida, Suga hamma o‘quvchilar va ustozlar guvohligida Risooning qarshisida tizzaladi. U qo‘lidagi olmos uzukni tutib, o‘zining Noiliga, o‘zining mandarinxo‘r vampiriga turmush qurish taklifini bildirdi. Risoo ko‘z yoshlarini tiya olmay, "Ha!" deb javob berdi.Shunday qilib, ikki juftlikning — Namjoon va Yuna hamda Suga va Risooning to‘y sanalari belgilandi. Bu hikoya og‘riq va yolg‘izlik bilan boshlangan bo‘lsa-da, muhabbat, sabr va "yorug‘lik" bilan g‘olibona yakun topdi.

To‘y tantanalari butun Seulda shov-shuv bo‘ladigan darajada dabdabali va hashamatli o‘tdi. Ikki nufuzli oilaning birlashishi, ikki juftlikning baxti barchaning ko‘zini quvontirardi.Namjoon va Suga endi bo‘ydoqlik bilan xayrlashib, o‘z oilalarining tayanchiga aylanishdi. Min xonim esa orzu qilganidek, bir emas, ikkita guldek kelinli bo‘ldi. U Risooning muloyimligi va Yunaning sho‘xligidan birdek mamnun edi.Risoo o‘tmishdagi barcha og‘riqlarini Suganing muhabbati bilan yengdi va sevimli yozuvchisi sifatida yangi, baxtli hikoyalarini yoza boshladi. Namjoon va Yuna esa hayotning har bir lahzasini qizg‘in bahslar va ehtirosli sevgiga to‘ldirib yashashda davom etishdi. Ularning hayoti ota-onalari duosi va bir-birlariga bo‘lgan cheksiz sadoqat bilan o‘ta mazmunli va nurli davom etdi.

Shunday qilib har bir baxtsizlik ortida cheksiz baxt bor. Faqat munosib inson qidirishimiz tanlashimiz kerak.

Aytgancha, sevgidan kuygan jimin akamiz oziga mos qaysar juft topdi, ismi Mira. Jimin uni huddi bolasidek asradi. Bir necha yil otib Jiminning hayotiga mazmun boluvchi qiz farzand dunyoga keldi uning ismini qaysarlik bilan Risoo qo`yishdi. Suga ham quruq qolmadi uning egizak farzandlari dunyoga keldi biri guldek qiz biri mard o`g`il. Ularning ismlari qizning ismi Sua o`g`liniki esa Seowoo bo`ldi. Namjon va yuna esa o`g`illik bo`lishdi ismini Taehyung qoyishdi oilalar juda baxtli hayot kechirishdi.

( Eshitishimcha Yuna VA NamJon hali ham baxsli va ehtirosli hayotni kechirishar ekan🤣)

Yozuvchi: MIN RISOO

MUTOLA MAROQLI BO`LDI DEB O`YLAYMAN!

Fe'l
"А" harfi bilan boshlanuvchi fe'llar

Аплодировать — Qarsak chalmoq

Анализировать — Tahlil qilmoq

Атаковать — Hujum qilmoq

Арендовать — Ijara olmoq

Агитировать — Tashviqot qilmoq

"Б" harfi bilan boshlanuvchi fe'llar

Бежать — Yugurmoq

Беречь — Asramoq, ehtiyot qilmoq

Беспокоить — Bezovta qilmoq

Бить — urmoq

Благодарить — Minnatdorchilik bildirmoq

Болеть — Og'rimoq / Kasal bo'lmoq

Бороться — Kurashmoq

Брать — Olmoq

Бросать — Otmoq, tashlamoq

Будить — Uyg'otmoq

"В" harfi bilan boshlanuvchi fe'llar

Варить — Pishirmoq (suvda)

Везти — Olib bormoq (transportda)

Верить — Ishonmoq

Вернуть — Qaytarmoq

Видеть — Ko'rmoq

Включать — Yoqmoq (elektr jihozni)

Владеть — Egalik qilmoq

Влиять — Ta'sir qilmoq

Влюбиться — Sevib qolmoq

Волноваться — Hayajonlanmoq

Воспитывать — Tarbiyalamoq

Врать — Aldamoq

Вспоминать — Esga olmoq

Вставать — O'rindan turmoq

Выбирать — Tanlamoq

"Г" harfi bilan boshlanuvchi fe'llar

Гладить — Dazmollamoq / Silamoq

Глотать — Yutmoq

Говорить — Gapirmoq

Готовить — Tayyorlamoq

Гулять — Sayr qilmoq

"Д" harfi bilan boshlanuvchi fe'llar

Давать — Bermoq

Дарить — Sovg'a qilmoq

Двигаться — Harakatlanmoq

Делать — Qilmoq, bajarmoq

Держать — Ushlab turmoq

Дышать — Nafas olmoq

Думать — O'ylamoq

"Е" va "Ж" harflari

Ездить — Yurmoq (transportda)

Есть — Yemoq

Ехать — Ketmoq (transportda, bir tomonga)

Жаловаться — Shikoyat qilmoq

Желать — Tilamoq, xohlamoq

Жениться — Uylanmoq

Живать / Жить — Yashamoq

Ждать — Kutmoq

"З" harfi

Забывать — Unutmoq

Завидовать — Hasad qilmoq / havas qilmoq

Завтракать — Nonushta qilmoq

Заказывать — Buyurtma bermoq

Закрывать — Yopmoq

Зарабатывать — Pul ishlab topmoq

Запрещать — Taqiqlamoq

Заставлять — Majburlamoq

Защищать — Himoya qilmoq

Звонить — Qo'ng'iroq qilmoq

Знать — Bilmoq

Знакомиться — Tanishmoq

"И" harfi

Играть — O'ynamoq

Идти — Bormoq, yurmoq (piyoda)

Извиняться — Uzr so'ramoq

Изменять — O'zgartirmoq / Xiyonat qilmoq

Изучать — O'rganmoq (chuqur)

Иметь — Egalik qilmoq, bor bo'lmoq

Интересоваться — Qiziqmoq

Искать — Qidirmoq

Использовать — Foydalanmoq

Исправлять — To'g'irlamoq, tuzatmoq

"К" harfi

Казаться — Tuyulmoq

Касаться — Tegmoq, taalluqli bo'lmoq

Кашлять — Yo'talmoq

Кидать — Otmoq, tashlamoq

Клясться — Qasam ichmoq

Краснеть — Qizarmoq

Кричать — Baqirmoq

Купаться — Cho'milmoq

Купить — Sotib olmoq

Курить — Chekmoq

Кушать — Yemoq (yumshoqroq shakli)

"Л" harfi

Лгать — Aldamoq

Лежать — Yotmoq

Летать — Uchmoq

Лечить — Davolamoq

Лить — Quymoq (suyuqlik)

Ловить — Tutmoq, ushlamoq

Ломать — Sindirmoq

Любить — Sevmoq, yaxshi ko'rmoq

1. Uyqu va kun tartibi (1–10)

Просыпаться [Prosipatsya] — Uyg‘onmoq

Вставать [Vstavat] — Turmoq

Умываться [Umivatsya] — Yuvinmoq

Чистить (зубы) [Chistit] — Tozalamoq (tishni)

Принимать (душ) [Prinimat] — Qabul qilmoq (dush)

Одеваться [Odevatsya] — Kiyinmoq

Завтракать [Zavtrakat] — Nonushta qilmoq

Обедать [Obedat] — Tushlik qilmoq

Ужинать [Ujinat] — Kechki ovqatni yemoq

Спать [Spat] — Uxlamoq

2. Harakatlanish (11–25)

Идти [Idti] — Bormoq (piyoda)

Ехать [Exat] — Bormoq (transportda)

Приходить [Prixodit] — Kelmoq

Уходить [Uxodit] — Ketmoq

Бежать [Bejat] — Yugurmoq

Гулять [Gulyat] — Sayr qilmoq

Возвращаться [Vozvrashatsya] — Qaytmoq

Подниматься [Podnimatsya] — Ko‘tarilmoq

Спускаться [Spuskatsya] — Tushmoq

Останавливаться [Ostanavlivatsya] — To‘xtamoq

Летать [Letat] — Uchmoq

Плавать [Plavat] — Suzmoq

Садиться [Saditsya] — O‘tirmoq

Стоять [Stoyat] — Turmoq (tik turmoq)

Лежать [Lejat] — Yotmoq

3. Muloqot va fikrlash (26–45)

Говорить [Govorit] — Gapirmoq

Сказать [Skazat] — Aytmoq

Спрашивать [Sprashivat] — So‘ramoq

Отвечать [Otvechat] — Javob bermoq

Слушать [Slushat] — Eshitmoq, tinglamoq

Слышать [Slishat] — Eshitmoq (quloqqa chalinmoq)

Думать [Dumat] — O‘ylamoq

Знать [Znat] — Bilmoq

Понимать [Ponimat] — Tushunmoq

Помнить [Pomnit] — Esda saqlamoq

Забывать [Zabivat] — Unutmoq

Писать [Pisat] — Yozmoq

Читать [Chitat] — O‘qimoq

Звонить [Zvonit] — Qo‘ng‘iroq qilmoq

Договариваться [Dogovarivatsya] — Kelishmoq

Благодарить [Blagodarit] — Rahmat aytmoq

Извиняться [Izvinyatsya] — Uzr so‘ramoq

Обещать [Obeshchat] — Va’da bermoq

Шутить [Shutit] — Hazillashmoq

Рассказывать [Rasskazivat] — So‘zlab bermoq

4. Ish-harakat va mehnat (46–65)

Делать [Delat] — Qilmoq

Работать [Rabotat] — Ishlamoq

Помогать [Pomogat] — Yordam bermoq

Использовать [Ispolzovat] — Foydalanmoq

Готовить [Gotovit] — Tayyorlamoq (ovqat)

Покупать [Pokupat] — Sotib olmoq

Продавать [Prodavat] — Sotmoq

Платить [Platit] — To‘lamoq

Искать [Iskat] — Qidirmoq

Находить [Naxodit] — Topmoq

Брать [Brat] — Olmoq

Давать [Davat] — Bermoq

Мыть [Mit] — Yuvmoq (idish, pol)

Убирать [Ubirat] — Tozalamoq (uyni)

Открыть [Otkrit] — Ochmoq

Закрыть [Zakrit] — Yopmoq

Включать [Vklyuchat] — Yoqmoq (svetni)

Выключать [Viklyuchat] — O‘chirmoq

Чинить [Chinit] — Tuzatmoq

Строить [Stroit] — Qurmoq

5. Tuyg‘u va xohishlar (66–80)

Хотеть [Xotet] — Xohlamoq

Любить [Lyubit] — Sevmoq

Нравиться [Nravitsya] — Yoqmoq

Надеяться [Nadeyatsya] — Umid qilmoq

Бояться [Boyatsya] — Qo‘rqmoq

Улыбаться [Ulibatsya] — Jilmaymoq

Смеяться [Smeyatsya] — Kulmoq

Плакать [Plakat] — Yig‘lamoq

Скучать [Skuchat] — Sog‘inmoq

Радоваться [Radovatsya] — Quvonmoq

Удивляться [Udivlyatsya] — Hayron qolmoq

Злиться [Zlitsya] — Jahli chiqmoq

Волноваться [Volnovatsya] — Hayajonlanmoq

Переживать [Perejivat] — Qayg‘urmoq

Ждать [Jdat] — Kutmoq

6. Turli xil zarur fe'ller (81–100)

Есть [Yest] — Yemoq

Пить [Pit] — Ichmoq

Видеть [Videt] — Ko‘rmoq

Смотреть [Smotret] — Qaramoq / Ko‘rmoq (televizor)

Чувствовать [Chuvstvovat] — His qilmoq

Болеть [Bolet] — Kasal bo‘lmoq / Og‘rimoq

Лечить [Lechit] — Davolamoq

Жить [Jit] — Yashamoq

Родиться [Roditsya] — Tug‘ilmoq

Умирать [Umirat] — O‘lmoq

Начинать [Nachinat] — Boshlamoq

Заканчивать [Zakanchivat] — Tugatmoq

Продолжать [Prodoljat] — Davom ettirmoq

Стараться [Staratsya] — Harakat qilmoq

Пробовать [Probovat] — Urinib ko‘rmoq / Tatib ko‘rmoq

Менять [Menyat] — O‘zgartirmoq

Выбирать [Vibirat] — Tanlamoq

Учиться [Uchitsya] — O‘qimoq / Tahsil olmoq

Ошибаться [Oshibatsya] — Adashmoq

Успевать [Uspevat] — Ulgurmoq

1. Hayratlanganda (Удивление)

Ничего себе! — Oho! (hayrat)

Неужели? — Nahotki?

Ого! — Oho!

Вот это да! — Ana xolos! / Mana buni qarang!

Да ладно! — Bo'lishi mumkin emas! (ishonmaslik bilan)

Серьёзно? — Jiddiy aytyapsizmi?

Я в шоке! — Men shokdaman!

С ума сойти! — Aqldan ozish hech gap emas!

Не может быть! — Bo'lishi mumkin emas!

Ну и ну! — Obbo!

Поверить не могу! — Ishonolmayman!

Как так? — Qanaqasiga?

Обалдеть! — Dahshat! (hayrat)

Невероятно! — Ishonarsiz!

Вот это сюрприз! — Mana buni sovg'a (kutilmagan holat) desa bo'ladi!

Ты шутишь? — Hazillashyapsanmi?

Поразительно! — Hayratlanarli!

Кто бы мог подумать! — Kim ham o'ylabdi deysiz!

Чудеса! — Mo'jiza!

Класс! — Zo'r!

2. Qo'rqqanda yoki tashvishlanganda (Страх и тревога)

Ой! — Voy!

Мамочки! — Voy onajon!

Боже мой! — Xudoyim-ey!

Мне страшно! — Men qo'rqyapman!

Осторожно! — Ehtiyot bo'ling!

Берегись! — O'zingni asra! (Qoch!)

Что это было? — Bu nima edi?

Я боюсь. — Qo'rqaman.

Кошмар! — Dahshat!

Ужас! — Qo'rqinchli!

Помогите! — Yordam bering!

Не пугай меня! — Meni qo'rqitma!

Сердце колотится! — Yuragim urib ketyapti!

Я волнуюсь. — Hayajonlanyapman (tashvishlanyapman).

Тише! — Jimroq!

Кто здесь? — Kim bor bu yerda?

Оставь меня! — Meni tinch qo'y!

Не трогай! — Tegma!

Я замер от страха. — Qo'rquvdan qotib qoldim.

Спасайтесь! — Qochinglar! (Najot topinglar!)

3. Shoshganda (Спешка)

Быстрей! — Tezroq!

Скорей! — Tezroq bo'l!

Поторапливайся! — Shoshil!

Живо! — Tez! (Chaqqon bo'l!)

Одна нога здесь, другая там! — Bir pasda borib kel! (Ibora)

Опаздываем! — Kech qolyapmiz!

У нас мало времени! — Vaqtimiz kam!

Погнали! — Ketdik! (Qani, boshladik!)

Бежим! — Yugurdik!

Не тяни! — Cho'zma!

Шевелись! — Qimirlab qol!

Давай-давай! — Qani-qani!

Я спешу. — Shoshilyapman.

Время поджимает! — Vaqt tig'iz!

Вперёд! — Olg'a!

Срочно! — Tezkor!

Прямо сейчас! — Aynan hozir!

Некогда объяснять! — Tushuntirishga vaqt yo'q!

Поторопись! — Shoshilgin!

Быстро! — Tez!

4. Buyruq berganda (Приказы)

Слушай меня! — Meni eshit!

Смотри сюда! — Bu yerga qara!

Иди сюда! — Bu yerga kel!

Стой! — To'xta!

Молчи! — Jim bo'l!

Говори! — Gapir!

Делай! — Qil! (Bajar!)

Уходи! — Ket!

Принеси! — Olib kel!

Отдай! — Ber! (Qaytar!)

Брось! — Tashla!

Сядь! — O'tir!

Встань! — Tur!

Перестань! — To'xtat! (Bas qil!)

Хватит! — Yetar!

Покажи! — Ko'rsat!

Помоги мне! — Menga yordam ber!

Войдите! — Kiring!

Жди здесь! — Shu yerda kut!

Не делай этого! — Bunday qilma!

5. Kundalik muloqot va qat'iy talablar (Разное)

Конечно! — Albatta!

Ни за что! — Hech qachon!

Обязательно! — Albatta (shart)!

Успокойся! — Tinchlan!

Не плачь! — Yig'lama!

Будь здоров! — Salomat bo'l!

Приятного аппетита! — Yoqimli ishtaha!

Удачи! — Omad!

Прости меня. — Meni kechir.

Не забудь! — Unutma!

Держись! — Chida! (O'zingni tut!)

Верь мне! — Menga ishon!

Попробуй! — Harakat qilib ko'r! (Tatib ko'r!)

Повтори! — Qaytar!

Отойди! — Nariga tur!

Замолчи! — Ovozingni o'chir! (Qattiqroq shakli)

Внимание! — Diqqat!

Счастливо! — Xayr! (Yaxshi qol!)

Пойдем! — Yur, ketdik!

Всё будет хорошо! — Hammasi yaxshi bo'ladi!

1. O‘qituvchi buyruqlari va ko‘rsatmalari

Здравствуйте, садитесь! — Salom, o‘tiringlar!

Тишина в классе! — Sinfda jimlik bo‘lsin!

Кто сегодня дежурный? — Bugun kim navbatchi?

Откройте тетради. — Daftarlaringizni oching.

Запишите число. — Sanani yozib qo‘ying.

Классная работа. — Sinf ishi.

Домашняя работа. — Uy ishi.

Внимание на доску! — Diqqat doskaga!

Слушайте внимательно. — Diqqat bilan eshiting.

Повторите за мной. — Ketimdan qaytaring.

Кто хочет ответить? — Kim javob bermoqchi?

Иди к доске. — Doskaga chiq.

Читай вслух. — Ovoz chiqarib o‘qi.

Пиши разборчиво. — Tushunarli qilib yoz.

Не болтай! — Gapirma! (Valdirama!)

Убери телефон! — Telefoningni olib qo‘y!

Дневник на стол! — Kundaligingni stolga qo‘y!

Выйди из класса. — Sinfdan chiqib ket.

Сдай работу. — Ishingni topshir.

Садись, пять! — O‘tir, besh!

2. O‘quvchilarning iltimos va savollari

Можно войти? — Kirsa maylimi?

Можно выйти? — Chiqsa maylimi?

Я готов(а). — Men tayyorman.

Я не понял(а). — Men tushunmadim.

Повторите, пожалуйста. — Iltimos, qaytarib yuboring.

Какая это страница? — Bu nechanchi sahifa?

Что нам задали? — Bizga nima vazifa berildi?

Можно стереть с доски? — Doskani o‘chirsam maylimi?

У меня нет ручки. — Mening ruchkam yo‘q.

Дай, пожалуйста, ластик. — Iltimos, o‘chirg‘ichingni berib tur.

Помоги мне с задачей. — Menga masala bilan yordam ber.

Я забыл(а) тетрадь дома. — Daftarimni uyda unutib qoldiribman.

Можно ответить? — Javob bersam maylimi?

Сколько минут осталось? — Necha daqiqa qoldi?

Когда будет звонок? — Qachon qo'ng'iroq bo'ladi?

3. Maktab anjomlari va joylar

Учебник — Darslik

Тетрадь — Daftar

Ручка — Ruchka

Карандаш — Qalam

Линейка — Chizg‘ich

Рюкзак / Портфель — Maktab sumkasi

Дневник — Kundalik

Доска — Doska

Мел — Bo‘r

Парта — Parta

Перемена — Tanaffus

Урок — Dars

Расписание — Dars jadvali

Столовая — Oshxona

Библиотека — Kutubxona

Спортзал — Sport zal

Кабинет — Xona / Kabinet

Директор — Direktor

Учитель / Учительница — O‘qituvchi

Одноклассник — Sinfdosh

4. Dars jarayonidagi iboralar

Начнём урок. — Darsni boshlaymiz.

Закончим на этом. — Shu yerda to‘xtatamiz.

Переведи это слово. — Bu so‘zni tarjima qil.

Составь предложение. — Gap tuz.

Реши пример. — Misolni yech.

Исправь ошибку. — Xatoni tuzat.

Громче! — Balandroq!

Тише! — Pastroq! (sekinroq)

Верно. — To‘g‘ri.

Неверно. — Noto‘g‘ri.

Садись на место. — Joyingga o‘tir.

Открой словарь. — Lug‘atni och.

Выучи наизусть. — Yod ol (she’rni).

Расскажи правило. — Qoidani aytib ber.

Чья это очередь? — Kimning navbati?

5. Intizom va baholash

Молодец! — Barakalla!

Умница! — Aqlli! (qiz bolaga nisbatan ko'proq)

Старайся лучше. — Yaxshiroq harakat qil.

Не опаздывай. — Kechikma.

Где твоя форма? — Formang qani?

Почему тебя не было? — Nega darsda yo‘q eding?

Принеси справку. — Ma’lumotnoma (spravka) olib kel.

Плохое поведение. — Yomon xulq-atvor.

Спиши с доски. — Doskadan ko‘chirib ol.

Не списывай! — Ko‘chirma! (birovdan)

6. Tanaffus va do‘stlar bilan muloqot

Пошли в столовую. — Oshxonaga ketdik.

Что сегодня на обед? — Bugun tushlikka nima bor?

Играем в футбол? — Futbol o‘ynaymizmi?

Дай списать. — Ko‘chirib olishga berib tur.

У тебя есть запасная ручка? — Sendada ortiqcha ruchka bormi?

Помоги мне с химией. — Menga kimyodan yordam ber.

Завтра будет контрольная. — Ertaga nazorat ishi bo‘ladi.

Я получил пятёрку! — Men besh oldim!

Экзамен был трудный. — Imtihon qiyin bo‘ldi.

Увидимся завтра. — Ertagacha ko‘rishguncha.

7. Fanlar nomi (yodlash uchun foydali)

Математика — Matematika

Русский язык — Rus tili

Литература — Adabiyot

История — Tarix

География — Geografiya

Биология — Biologiya

Физика — Fizika

Химия — Kimyo

Физкультура — Jismoniy tarbiya