Mohirdev ta'lim platformasi

Project Management kursi haqida
O'zbek tilidagi birinchi Project Management (Loyiha Boshqaruvi) kursida o'qib, hozirda talabgir bo'lgan sohani o'rganing.

Kurs haqida qisqacha:

Videodarslar

Har bir moduldan keyin testlar

Amaliyot uchun kurs oxirida 2 ta loyiha (case studies)

40 ga yaqin qo'shimcha materiallar (PDF, template)

O'tiladigan mavzu va texnologiyalar: Waterfall, Agile, SCRUM, Jira, Azure DevOps, Kommunikatsiya, Jamoa boshqaruvi (Team management), Vazifalar boshqaruvi (Task management), Loyiha rejasi (Project Planning), Gantt Chart

Kurs o'qituvchisi haqida:

Abdulla Xaydarov - 4 yillik tajribaga ega Senior Project Manager.

DHL (Project Manager), Amazon (IT Programma menedjeri), OSON (IT departament boshqaruvchisi)  kabi kompaniyalarida faoliyat yuritgan va hozirda Applied Labs kompaniyasida Senior Project Manager lavozimida ishlab kelmoqda

O'zbekiston bozorida soha mutaxassislari qancha maosh olishmoqda?

Junior - 3-4 million, middle - 5-6 million, senior - 8-12 million

Kurs kimlar uchun

Loyiha Menejeri (PM) lavozimida ishlashga qiziqadiganlar

Shu sohada ishlab kelyapganlar

Boshlang’ich darajalaridan o’rta darajagacha bo’lgan mutaxassislar uchun.

Kurs tarikibi

Loyiha boshqaruviga kirish

Project Management yoki Loyiha Boshqaruviga kirib kelish uchun kerakli ma'lumotlar: loyiha deganda nimani tushunamiz, IT va dasturlash dunyosida loyihaning qanday ahamiyatlari bor, kompaniyalar nega loyihalar bilan shug'ullanishadi, loyiha uchun talab nima yaratadi, PM kim, PM-ning loyihada roli, PM-da bo'lishi zarur bo'lgan mohirliklar (skills), loyiha boshqaruvining tarixi, va kursda ishlatadigan asosiy terminologiyalar.

2. Loyiha bosqichlari va initiation (loyiha boshlanishi)

Xalqaro tan olingan standard loyiha bosqichlari haqida umumiy ma'lumot. Har bir bosqich bir-biridan qanday farq qiladi. Bu bosqichlar o'zi nega PM uchun zarur. Qanday holatda loyiha yaratish kerak, qanday holatlarda loyiha umuman kerak emas. Loyihani boshqa odatiy kundalik vazifalaridan farqi. Loyiha boshlanishi (initiation) bosqichi. Project Charter.

3. Reja (qamrov, vaqt)

Reja yaratish jarayoni, reja qamrovi (scope), vazifalar ro'yxati (activity list), scope statement, work breakdown structure, timelines, Gantt Chart, Milestones jadvali

4. Risk, tahmin, o'zgarishlar boshqaruvi

Loyiha risklari boshqaruvi, tahminlar va loyiha rejasida o'zgarishlar. Risk log hujjati. Change Request Form. Change Management. Expectations management.

5. Ijro va monitoring

Ijro bosqichi o'z ichiga nimalarni oladi. Loyiha doirasida jamoa va stakeholder-lar bilan birinchi uchrashuv (kick-off meeting, Project Status meeting). Uchrashuvlarni qanday yuritish kerak. Vazifalar kundaligi. Jamoa boshqaruvi. Loyiha nazorati.

6. Yakunlov bosqichi

Xatolar ustida ishlov, loyihani rasman sponsorlar, mijozlarga topshirish, loyiha yakunini e'lon qilish.

7. Agile va Scrum

Agile dunyosi bilan tanishuv: Waterfall va Agile frameworklarining farqi. SCRUM tushunchasi. Agile-ning 4 asosiy qadriyatlari va 12 tamoyillari. Agile loyiha boshqaruvi uchun Jira va Azure DevOps boardlari bilan tanishuv.

8. Amaliyot (case study)

Kursda o'rgangan nazariy bilimlaringizni amalda qo'llashingiz uchun, sizga ikkita loyiha beriladi. Project Management standardlari doirasidan chiqmagan holda, sizga berilgan loyihalarning batafsil rejasini va ijro uchun instrumentlar tayyorligini namoyish etishingiz kerak bo'ladi.

Kursni bitirgan o'quvchilar qanday darajaga chiqishadi?

O’quvchi kursni bitirib chiqqandan keyin, loyiha boshqaruvchisi (Project Manager) sifatida ishga joylashish uchun asosiy nazariy va texnik bilimlarga ega bo’ladi. IT dunyosidagi loyihalar, dasturlashga ta’luqli bo’lgan loyihalarni boshqara oladi; dasturchilar, dizaynerlar, va QA testerlardan iborat bo’lgan murakkab jamoalar uchun vazifalarni tartiblab IT loyihani boshidan oxirigacha boshqarish qobiliyatiga ega bo’ladi.

Loyiyaning asosiy 4 bosqichi, reja va ijro jarayonida kerak bo’ladigan nazariy tushunchalar va kerakli instrumentlardan foydalana oladi.

Kurs nimasi bilan boshqa kurslardan ajralib turadi?

Loyiha boshqaruvi nazariyasi haqiqiy IT bozorida, haqiqiy loyihalar misoli ustida qurilgan darsliklardan iborat kurs

O’qituvchi xalqaro kompaniyalarda real IT loyihalarni boshqargan va loyihalarni muvoffaqiyatli natijalarga olib kelgan

Kurs narxi: 1,500,000

Kurs boshlanish vaqti: 8-oktyabr

Taqdimot: https://youtu.be/2zjrNXEd4_k

Boshlang'ich frontend dasturchilar ko’p takrorlaydigan xatolar
Rasm manbasi: https://dribbble.com/shots/2094063

Dasturchilar xato qilishlari oson. Lekin agar biz bu xatolarni oldindan bilsak, ularni aylanib o’ta olamiz.

Bu maqolada yangi frontend dasturchilar yo’l qo’yadigan TOP xatolar haqida gaplashamiz.

Responsive veb dizayn qilmaslik

Mobil qurilmalar foydalanish karrasiga oshayotgan paytda, sayt yaratishda buni hisobga olishimiz kerak.

Agar biz responsive dizayn qilmasak, mobil qurilmalardan kirgan foydalanuvchilar juda ko’p mayda yozuvchalardan iborat sahifani ko’rishadi.

Har bir dizaynda mobil foydalanuvchilarni hisobga olishimiz kerak

Ma’lumot kiritish tekshiruvi yo’qligi (input validation)

Kiritilgan ma’lumotlar tekshiruvi muhim. Biz saytimziga kiritilishi kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’g’ri kiritishni foydalanuvchilarga ishona olmaymiz.

Shu sabab, foydalanuvchi tarafidagi ular kiritayotgan ma’lumotlar to’g’riligini tekshirishimiz kerak.

Ma’lumotlarni kiritish tekshiruvining yo’qligi sabab, sayt zararli hujumlar nishoniga aylanishi mumkin.

Turli xil browserlarda ishlash bilan muammo

Har xil browserlar sahifalarni turlicha render qilishi mumkin. Shu sabab, kod yozayotganimizda turli xil browserlarda hamma narsani tekshirishimiz kerak.

Ko’p browserlar standard tizimga asoslangan bo’lgani uchun bu muammo kamaygan bo’lsada, uning ehtimoli yo’q emas.

Eskirgan HTML ishlatish

Eskirgan HTML yaxshi emas. Biz HTMLning eng oxirgisini ishlatib, yangi imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz zarur.

Layout uchun float o'rniga flexbox yoki grid ishlatish kerak. Yana, semantik HTML ancha yillardan beri namuna sifatida ishlatilib kelayotgani uchun font styling tags'ga o'xshash narsalarni ishlatmasligimiz kerak.

Sayt yaratish vositalarini ishlatish

Sayt yaratish vositalari frontend dasturchilarga ko'pam yordam bermaydi. Ular odatda asosan kod yozishni bilmaydigan odamlar tomonidna ishlatiladi.

Agar biz frontend dasturchi sifatida kod yoza olsak. bunday vositalardan foydalanmasligimiz kerak.

Detallarga to’xtalmaslik

Saytning frontend qismini yaratayotgan payt - juda ko'p narsani hisobga olishga to'g'ri keladi. Kichkina detallargacha o'ylab chiqish qiyin.

Sizga berilgan dizaynni chizgan dizaynerdan ishingizni ko'rib berishini so'rang. Katta ehtimol bilan u sizning kamchiliklaringizni topadi.

Fancy va mayda shriftlar ishlatish

Fancy va mayda fontlarni ishlatish yaxshi emas. Ular juda beo’xshov ko’rinadi va o’qishga noqulay.

O’qishga qulay shriftlardan foydalaning

Buzilgan linklar

Hech qachon buzilgan linklarni e’tibordan chetda qoldirmang. Ular foydalanuvchilarga noqulaylik keltirib chiqaradi.

Avtomatik boshlanadigan audio va videoni ishlatish

Avtomatik boshlanib ketadigan audio va video har doim yoqimsiz bo’lgan.  Ko’pchilik bunday mediaplayerlarni darhol o’chirishadi.

Ayniqsa, bu narsa mobil foydalanuvchilarga juda noqulaylik keltirib chiqaradi, ular sahifa to’liq yuklanishini va audio yoki videoni to’xtatishni ancha uzoq kutib qolishi mumkin.

Shunchaki bu narsani saytingizda qo’llamang.

jQueryga suyanish

jQuery eskirgan kutubxona bo’lib, DOMni manupilatsiya qilish, animatsiyalar qo’shish uchun ishlatilgan.

Undagi juda ko’p funskiyalar standard JavaScript APIga qo’shilgan. Shu sabab, undan foydalanishga xojat yo’q. jQueryni ishlatib, JavaScript standard kutubxonasidagidan ko’proq qulaylik yoki qo’shimcha qiymat olmaymiz.

Agar jQueryni ishlatishga to’g’ri kelsa, sof JavaScript yordamida ekvivalent yechim qarab ko’rishimiz kerak.

Xulosa

Responsive dizayn frontenddagi eng muhim element hisoblanadi.

Eskirgan jQuery va HTML versiyaalrini ishlatmasligimiz lozim.

Foydalanuvchilarga ko’p ishonib yuborish kerak emas. Biz ular saytimizga kiritayotgan ma’lumotlarini tekshirib borishimiz kerak. Bu keyinchalik muammolarga uchramasligimizga yordam beradi.

Va oxiri, o’zimizni foydalanuvchilar o’rniga qo’yishimiz zarur. Hech qachon avtomatik audio va videoni ochadigan qilmang va ishdan chiqqan linklarni to’g’rilang.