Han Doona
WISH
Go for it..
Episode 6
"Men ortiq nafas olayapman deb o'ylamayman"
Tez tez nafas olayotgan qizning tomog'i shu qadar qurib ketganki, go'yo u sahroda qolib ketgandek. Yutinish.. Keyingi chuqur nafas. Ammo baribir qizning hushi joyiga kelmadi. Tae o'zining kuchli so'zlari bilan tortib olgan hushini.
- nega men qo'rqishim kerak? - qiz shunchaki o'zini ushlay olmaydi, balki sababini bilish uning yaqinida turishdagi haq sifatida olingan havoni qaytarib berar.
Qizning boshi oldida, Tae mashina ustiga urgandan baland ovoz chiqib, qizni seskanib, joyida muzlatib qo'yishga sabab bo'ldi. Holatga yana erkakning jag'i qattiq qisilishi va ko'zlari qorayib, qizga xuddi xanjar kabi qadalishi ham qo'shildi.
- men aytgan gaplarimni eshitdingmi o'zi?
- ha va shu uchun so'radim. Nega qo'rqishim kerak?
Erkakning qo'li qiz tomon keldi, aniqrog'i, qizga emas, sochiga. Yigirma yildan beri Yujinga yopishib olgan o'sha qaysar, qoramtir tolaga. Qancha harakat qilmasin, qiz uni boshqara olmaydi.
Xozir esa o'sha tolani Tae ushlab turibdi. Yujinning tomog'iga birnima tiqildi so'ngra g'alati his lablarida paydo bo'ldi go'yo ular o'sha tolaga hasad qilayotgandek. Albatta buni xech qachon tan olishmaydi. Go'yo o'sha tola erkakni ko'zlaridagi butun diqqatni o'g'irlab olgan. Ammo bu hasad uzoq davom etmadi, chunki u tolani hissiyotsiz qizning qulog'i ortiga o'tkazdi. Yuzidagi sovuq niqob hanuz joyida. Jag‘i hanuz tarang. Bo‘ynidagi tomirlar esa hanuz qotib, qattiqlashib turibdi.
- qo‘rqishing kerak, chunki.. — deya bosh barmog‘ini qulog‘i orqasidan tomog‘idagi bo‘shliq bo‘ylab sirg‘alib, hozir qizni ich-ichidan parchalab yuborayotgan telba yurak urishi ustiga kelib to'xtatdi, - agar o‘zingni ko‘z-ko‘z qilishni bas qilmasang, agar meni qo‘zg‘atishda davom etsang va o‘z chegarangda qolmasang, men harakatga o'tishdan o'zimni to'xtatmayman. Seni shunchalik tez yutib yuboramanki, na sen qolasan, na kinoyalaring va na soddadil yuraging. Oynaga qaragancha boshqa o‘zingni tanimay qolasan. Bu mening oxirgi ogohlantirishim va senga beradigan yagona imkonim. Shu yerda to‘xta, Yujin. Sen nimaga o'ralashib qolayotganingni mutlaqo bilmaysan. Shuning uchun kollejga qayt. Xavfsiz yigitlaringga, vanilli sutlar va zerikarli, kichik hayotingga.
"Yurak inson tanasidan chiqib ketsa ham urib turishining iloji bormi? Chunki u aytayotgan har bir so'zda yuragim tanamni tark etayotganday his vujudimga tarqagan. Men chindan ham unga quloq solishim kerak. U juda ham daxshatli ko'rinmoqda va u xozirgi kayfiyatida aytayotgan gaplarini harakatda qo'llasa , buni ko'tara olishimga ishonchim komil emas. Lekin agar buni o'z ko'zlarim bilan ko'rmasam, menga qanday foyda bor? Shuning uchun yuragim xuddi xuruj qilayotgandek bo‘lsa ham, hanuz to‘g‘ri nafas ololmayotgan bo‘lsam ham to'xtay olmayman"
- lekin men havfsiz va zerikarli hayotni istamayman.
"Men seni istayman"
Yujin buni deyarli aytib yuborgandi. Deyarli.. lekin erkakning keyingi so'zlari undagi barcha havoni urib chiqardi.
- sen endi chindan ham tamomsan, babygirl.
"Otam “sendagi miya poezdga o‘xshaydi” deganida, bu mening poezdlarni qanchalik yoqtirishimga umuman aloqasi yo‘q edi. Mening poezd miyam ortga qaytmaydi. Hech qachon. U oldinga harakatlana boshladimi, shunchaki davom etadi. Afsus ham ortga yo‘l ham yo‘q. Va men aytganimni yoki qilganimni xech qachon qaytarib olmayman. Shuning uchun hozir menda poezdga o‘xshash hayot bor: faqat ishni bitirishga, keyingisiga o‘tishga, undan keyingisiga… va yana davom etishga qaratilgan. Mening poezd-miyam shunday ishlaydi.
Oldinga.
Tashqariga.
Ichkarida hech narsa saqlanmaydi. Aks holda, u chiriydi va qulashimga sabab bo'lishi mumkin. Hozir ham bundan farqi yo‘q. Hozirgi va o‘tmish , kelajak uchun atigi bir qadam. Bir to‘xtash va bir bekat. Ular e’tiborimni qaratishim kerak bo‘lgan narsa emas. Va men, albatta, uning la’nati so‘zlari haqida o‘ylamasligim kerak edi. U aytmasligi kerak bo‘lgan so‘zlar haqida. Men eshitishni istaydigan o‘sha maftunkor ovozda. Menga buzuq, yaramas gaplarni aytishini xohlaydigan ovozda."
"men havfsiz va zerikarli hayotni istamayman."
Bu hammasini boshlagan narsa edi. Aynan shu ularni hozirgi lahzaga olib keldi , Yujin unga xuddi sevimli ertagidagi katta, yovuz bo‘ri qarshisida turgandek tikilib turibdi. Ilgari u bundan qo‘rqardi, lekin baribir o‘sha hikoyani qayta-qayta eshitishni xohlardi, chunki Yujin shunday. Oddiy odamlar kabi qochib ketish o‘rniga, u o‘zini qo‘rqitadigan narsaning ro‘parasida turadi va unga yoki unga o‘xshagan kishiga o‘sha yopiq jigarrang ko‘zlari bilan qaraydi.
- Men ularni shu holga keltirgan sababni ko'rishni xohlayman. Har kimning o‘z xaqiqati bor, to‘g‘rimi?
Va endi uning nigohi erkakga qadalgan. U aniq Taedan qo‘rqadi yoki hech bo‘lmaganda undan cho‘chiydi. Shunday bo‘lsa-da, baribir ixtiyoriy ravishda erkakning vayronkor yo‘lida turibdi. Tae uni uyga olib ketayotganida ham qiz sinchkov nigohlarini undan uzmadi. Qiziquvchan ko‘zlari tinimsiz kuzatdi, o‘rgandi, go‘yo qandaydir ishora, nimanidir kutayotgandek. La'nati, Aniq nima ekanligini erkak ham tushunmaydi.
Hozir ular Jungkookning uyi oldida. Kelishuvga ko‘ra, bu yerga Taehyung ko‘chib o‘tadi. Faqat uy haqida qayg'urgani uchun emas, balki sodir bo‘lgan hamma narsadan keyin Yujinni yolg‘iz qoldirishni ham istamaydi. Ammo bu tafsilotni qiz bilmadi. Va hech qachon bilmaydi ham.
- uyga kirib , biroz uxla
Qoshlari biroz yeg'ilgan Yujin, erkakga o'girildi.
- kecha tunda uxlamaganimni qayerdan bildingiz? Oynaga ham qaradim, ko'zlarim ostida qorayish ham yo'q-ku.
- qo'llaring titrayapti.
- titrayapti?
Iyagi bilan qizning qo'llariga ishora qilgan Tae, yon tomonida jim turgan bo'lsa ham, yengilgina qaltirayotgan qo'llarini ko'rdi.
"U qo‘llarini ko‘tarib, quyosh nurida ularga tikildi, lablari biroz ochilgan. Va shu onda o'sha biroz ochiq lablariga barmoqlarimni suqib, og'zini ochish va ularni so'rishga buyruq berish istagi hayolimga o'rnashdi. Mushtlarim qattiq siqildi.. La'nati nima haqida o'ylayabman o'zi? Jungkookning uyida? Uning singlisi haqida? Bu la’nati so‘zlar tufayli. Yujin ularni aytmasligi kerak edi. U xavfsiz va zerikarli hayotni xohlamasligini tan olmasligi kerak edi. U kabi qizlar xohlashi kerak bo'lgan narsa aslida shu.
Xavfsiz va zerikarli, jin ursin. Bu avvaldan bor bo'lgan, natijasi ma’lum bo‘lgan narsa. Ammo butun hozirgi yangi holat , avvaldan mavjud emas."
- buni bilmagandim, - uning qo'llari pastga tushdi, - qanday qilib men o'zim ham sezmagan narsani sezdingiz?
- chunki bu holatni ancha vaqtdan buyon qilyapsan, - yolg'on. Buni yaxshilab tikilmaguncha inson ko'ra olishi mumkin emas.
- chindanmi?
Boshini biroz qimirlatgan erkak boshqa so'z demadi. Yujin unga tikilishda davom etdi, go'yo uning gapirishini kutayotgandek. Shunda ham sukut saqlangach, qiz kaftlarini o'z shimiga artdi.
- endi nima bo'ladi? - dedi u yana o‘sha ohangda, la’nati yorqin va qiziqish bilan to‘la ohangda.
- endi sen uxlab olasan, men esa firmaga qaytaman.
- undan keyin?
- keyin esa uyg’onasan va nimadir yeysan. Aslida.. hoziroq shunday qil, uxlamasdan avval ovqatlan.
- juda ko‘p buyruq berasiz, bilasizmi?
- va sen ham juda ko‘p gap qaytarasan.
- chunki siz juda qat’iysiz. Kimdir biroz kayfiyatni ko'tarishi kerak.
- bu hazil bo‘lishi kerakmidi?
- istasangiz, ha
- unda meni kulayotganimni ko‘ryapsanmi?
U qo‘lini e’tiborsiz havoda qimirlatdi
- Men sizni hech qachon kulayotganingizni ko‘rmaganman, Tae. Muammo menda emas, sizning o‘zingizda. Nima bo'lganda ham, uyg‘onib biror nima yedim va akamni ham ziyorat qilib bo'ldim va siz ham ishxonadan qaytdingiz deylik, keyin nima bo‘ladi?
- nima bo'ladi deb o'ylaysan? - o'zini ingichka muz ustida yurayotgandek his etgancha dedi Taehyung. Lekin qizning ko‘zlaridagi qorong'u qismidan porlayotgan yorug‘likni, o'yinqaroqlik ohangini inkor etaolmaydi. Ammo u ham baland ovozda yutinib qo'ygancha yo'qoldi.
- men.. bilmayman.
- bilmaysan, shundaymi?
- yo‘q
- bu hech narsa bo‘lmaydi degani.
- lekin siz men tamom bo'lganim haqida birnima dedingiz. Men buni eshitdim. Va boshqa narsani ham eshitdim.
- qaysi boshqa narsa?
U pastki labini shunchalik qattiq tishlaganidan qon chiqmagani hayratlanarli, - o'zingiz bilasiz.
- Ayt
- Men.. ayta olmayman.
- Ko‘ryapsanmi. Shuning uchun senga xavfsiz va zerikarli hayotingga qayt dedim.
- Men buni istamasligimni aytdim. Agar buni xohlaganimda , ikki yil oldin sizdan bo'sa olmasdim.
"Gap bunga taqalarkan, uning lablari menikiga bosilgandagi xotiralar qaytdi. Bular bir qancha xira voqealar, xuddi tanasi mening tanamga tegib, ifori ruhimga o'rnashib olgani kabi. Men aslida o‘pishishni ham yoqtirmayman, lekin hozir uning la'nati lablaridan ko'zlarimni uzolmay qoldim. Aynan shu lablar boshlashi kerak bo'lmagan narsalarni boshlagan."
- bu faxrlanadigan narsa emas, Yujin.
- bilaman. Sizni o‘zimga qattiqroq tortib, itarib yubora olmasligingizni oldini olishim kerak edi. Lekin siz kuchlisiz. Men sizni akam bilan shug'ullanishingizni ko'rganman, shuning uchun qanday bo‘lmasin, menda xech qancha imkoniyat yo'qligini bilardim.
Jag'i va ko'kragining yuqori qismlari taranglasharkan, Yujinning og'zidan chiqqan xar bir so'z tegishi kerak bo'lmagan joylarga pichoq sanchayotgan kabi edi.
- birinchi marotaba to'gri gapirding
- qaysi qismda?
- imkoning bo‘lmasligi haqidagi qismi. Bo‘lmagan. Hozir ham yo‘q. Shuning uchun olov bilan o‘ynashishni bas qil.
- yoki..?
Erkak unga yirtqichdek, atayin shoshilmasdan yaqinlashishni boshladi. Avvaliga u joyida turib, doim o'zgarib turadigan o'sha ko'zlari bilan tikilib turdi. Taehyung qanchalik uzoq tikilsa, shunchalik tortilish paydo bo'lmoqda. Bu la'nati sehrdan qochishning umuman iloji yo'q.
U yetib oladigan masofaga kelganida, Yujin bir qadam ortga tashladi, bir oyog'i ikkinchisini ortida, Taening qadamiga moslashgan, lekin yetarlicha tez emas. Chunki erkak uni tirsagidan ushlab o'ziga tortdi.
Qiz to'g'ri uning ko'ksiga urildi. To'liq tana bilan, uning yumshoq tana chiziqlari Taehyungnikiga moslashgan, sonlari unikiga tegib, boshi esa ko'ylagida.
Va go'yo tanadagi suyakni yorib chiqmoqchiday urayotgan yurak Taenikimi yoki qizniki?
Yujin unga xuddi bir xil urish, tortilish, tortib olish ritmini eshitayotgandek lablari ochiq xolatda qaramoqda. Yuzidagi qizarish tomoq chuqurligiga va quloq atrofiga tarqalgan.
"Va o'zimni tutib turolmaganimdan, uning iyagini bosh barmog‘im va ko‘rsatkich barmog‘im bilan ko‘tardim. Sababi, uning sehrli ko‘zlarini, ularning o‘zgarishini, ulardagi tuyg‘ular aralashmasini tomosha qilmoqchi edim. Balki , unga tegishni istaganim uchun ham qildim. Qo‘limni unga tekkazish. U yoqimli va kichik, shuningdek bu menga la’nati ta'sir qiladi. Bunday bo'lmasligi kerak edi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Lekin jin ursin, men buni hozir tushunolmayapman. Chunki mana shu, aynan shu lahza, xech qanday sababsiz men uzoq vaqtdan beri boshdan kechirgan eng haqiqiy narsa kabi tuyilmoqda. Ammo keyin bir narsa sodir bo‘ldi. Uning butun tanasi titradi. Bu insomnianing yana bir ta'sirlardan biri emas; bu zo‘ravon bir titroq, go‘yo u portlamoqchi bo‘lgandek. Uning iyagi ham titradi, xuddi qo‘rqgandek. Xuddi u yashirinmoqchi bo‘lgandek. Men nima qilayapman, jin ursin? Uni qo‘yib yurbordim va ortga qadam tashladim. Uni tark etishim kerak, aks holda keyin afsuslanadigan ish qilaman. Yana Jungkookning o'z uyi oldida."
2 haftadan so'ng.
Ikki hafta o‘tib, Yujinni yana haqiqat bag‘riga majburan qaytarishdi. Akasi baxtsiz hodisaga uchragan paytda shunchalik mahkam yopishib olgan umidini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. Chunki haqiqat shuki, u uyg‘onmayapti va ehtimol, hech qachon uyg‘onmaydi. Shifokor u qanchalik uzoq komada qolsa, undan chiqib ketish ehtimoli shunchalik kamayishini aytdi.
Va qiz har kuni uning oldiga kelayotgan bo‘lsa ham, kasalxona karovati ustida osilib turgan va tark etishni istamayotgan g‘amgin bulutni his qiladi. Qancha gapirmasin, o‘qib bermasin, akasi endi u yerda emasdek tuyulmoqda.
Bu haqda o‘ylash juda og‘riqli bo‘lgani uchun, Yujin yozgi ta’til oldidan o‘zini darslar bilan chalg‘itdi. Va tozalash bilan. Xavotir yoki stress bosganda u takrorlaydigan ishlardan biri.
Xayolida esa ongini tozalaydi. Bu ish beradimi? Bir muddatga, balki. Ammo uzoq muddatga emas. Chunki muammolar yechimlardan ancha og‘ir. Qiz bularning barchasiga bardosh bera olaman deb o'ylagandi. Ammo balki bu uni ich-ichidan yemirayotgandir.
Akasi bilan bog‘liq o‘sha O' - so‘zi haqida o‘ylash qizni shkaf ichida turgan joyida beixtiyor titratib yuboradi.
Shuning uchun u chalg‘ishi kerak. Yozgi ta’til rasman boshlandi, agar o‘zini band qilmasa, aqldan ozishi mumkin. Shkafida yashaydi, uylarni tozalaydi, muzqaymoq yeydi, to qaysidir biri inqirozga uchramagunicha.
Ruhiy buzilish. Qulash. Yoki oxiri qulash bilan tugaydigan boshqa bir narsa.
Susan esa ortga chekinayotgani yo‘q. Bir qarich ham emas. U hanuz o‘ngdan‑chapdan da’volar yog‘diryapti, uy erining mulki bo‘lgan, demak unga tegishli bo‘lishi kerak, ammo go‘yoki akasi uni “o‘g‘irlab olgan”, deb da’vo qilmoqda.
Qiz aralashishga harakat qilganiga qaramay, Tae bu borada unga deyarli hech qanday yangilik bermaydi.
- Hammasini o‘zim hal qilaman, - bu uning har safar nimanidir so‘rasa aytadigan imzo kabi javobi.
"U huquqiy tomonini, firmadagi ishlarni, akamning kasalxonadagi jarayonlarini hammasini o‘z zimmasiga olgan. Hammasini.
Faqat meni emas, albatta. Turmush qurganimizdan beri u menga tegmadi. Hatto qo‘lining, barmoqlarining eng yengil tegishi ham bo‘lmadi. Go‘yo ikki yil avvalgidek hammasi qayta boshlangan. U qachon mendan uzoqlashayotganini sezaman. U faqat zarurat bo‘lgandagina gapiradi, qisqa so‘zlar bilan va yonimda uzoq qolmaydi. U bir uyda yashab turib ham, xonamdan jismonan, imkon qadar uzoq bo‘lgan pastki qavatdagi mehmonlar uchun xonani tanladi. Ammo bu safar boshqacha. Men uni o‘pmadim. Hech narsa qilmadim, aslida. Aksincha, menga tekkan ham, o'sha la'nati olovni menga tashlagan ham, men chinakamiga tamom bo'lganimni aytgan ham va meni doimgidan farq qiluvchi nom bilan chaqirgan ham o'zi edi. Keyin u shunchaki yana o‘zining ishga mukkasidan ketgan hayotiga qaytdi va meni shubhalar bilan yolg‘iz qoldirdi — balki men aqldan ozayotgandirman, balki to‘y kuni his qilganim o‘sha taranglik aslida bo‘lmagandir. Balki haddan tashqari uyqusiz bo‘lganim uchun to‘g‘ri fikrlay olmagandirman. Balki dorilar meni telbaga aylantirgandir."
Va yana bo'shliq uning miyasini ich-ichini sekin taqillatin borayotgandek.
Yujin chekkada bo'la olmaydi. Chunki barcha falokatlar aynan o'sha joydan boshlanadi. Uyqusizlik, tushkun fikrlar va daftaridagi har bir salbiy so‘z kabi.
Shuning uchun u bu yerga, ya'ni "Jeon & Kim" yuridik firmasiga keldi.
Nima bo'lsa ham, u bu binoga ilgari son‑sanoqsiz marta kirgan, lekin bino hech qachon hozirgidek ulkan va qo‘rqinchli tuyulmagan. Ehtimol, yangi arizachilar uzun yo‘laklardan o‘tib, minoralarga olib chiqadigan liftga chiqqanida o‘zlarini xuddi shunday his qilishsa kerak.
Oppoq yaltiroq pol va devorlar, dog‘siz oynali eshik va derazalar bu joyga toza, ishchan qiyofa beradi. Bu ishonch uyg‘otish uchun ishlatiladigan psixologik usul. Agar u mijoz bo‘lib bu yerga kirganida, ichida bir ishonch paydo bo‘lardi.
Ammo u mijoz emas. Va hozir tomirlariga oqib kirayotgan narsalar orasida ishonch eng oxirgisi.
Oynali eshiklardan birida aksini ko‘rib qoldi va oyoqlari bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ustida qora qalam shaklidagi yubka va oq ko‘ylak. Qora tusli sochlari tepaga yig‘ilgan, yuzidagi bo'yoqlar esa yengil. Va muhitga mos tushadigan eng sodda juft oq krasovkalar.
Va qo‘lida "pora" solingan quti ham bor.
"Gap shundaki, Tae bugun bu yerga kelishimni bilmaydi. Va ehtimol, jahli chiqadi. Lekin nima bo‘pti, u baribir doim qandaydir tarzda jahli chiqqan bo‘ladi. Umid qilamanki, bu yerga kelishimdan ko‘zlagan narsamga erishgunimcha, meni quvib chiqarishga kech bo‘ladi. Chunki u yaramas. Bir necha kun oldin undan yozgi ta’tilga firma ichida amaliyot o‘tashimga ruxsat berishini so‘ragandim, u esa mutlaqo rad etdi. Sababini so‘raganimda esa meni butunlay e’tiborsiz qoldirdi.
Eshshak.
Shuning uchun endi ishni o‘z qo‘limga olyapman.."
- Buni uddalaysan, - deya pichirlagan qiz yo'lak bo'ylab, kichik yordamchilar hamda stajyorlarning ish stollari joylashgan ochiq maydonga qadam tashladi.
Ammo qiz ularni izlayotgani yo‘q. Ular juda mayda baliqlar, million yil o‘tsa ham Taega qarshi chiqishga jur’at eta olishmaydi.
Yujin izlayotganlar esa dam olish hududida o‘tirib, qahva ichib, o‘zaro gaplashib o‘tirishibdi. Sheriklar. Ular Taega qarshi chiqib ham ishini yo‘qotmaslikka yetarlicha qudratga ega. Hech bo‘lmaganda, shunday bo‘lishiga Yujin umid qiladi.
Ularning biri, Martin.
Ammo u korporativ huquq bilan shug‘ullanadi va bu qizga unchalik yoqmaydi. Shuning uchun u ko‘proq qolgan ikkitasiga qiziqadi. Jimin va Yoongi. Mos ravishda jinoyat huquqi va xalqaro huquq. Ikkalasini ham obro‘lari juda baland va rasman tasdiqlangan "playboy" yigitlar.
Uchovlari o‘tirgan tomonga ko‘zga tashlanmaslikka harakat qilib yurdi . Ular odatda aynan shu paytda qahva tanaffusini qilishadi, Tae esa ertalab ma’muriy yig‘ilishlarda bo‘ladi , shuning uchun Yujin kelish uchun bu vaqtni tanladi.
- Hayrli kun! - haddan tashqari quvnoq ohangda aytilgan ohang uch juft ko'zni o'ziga qaratdi. Martin jilmayadi, Yoongi ham. Unda Martin kollej paytidagi jozibaga o‘xshash bir nimasi bor, Taening jiyani hozir biroz jiddiyroq, xolos.
Yoongi modelga o‘xshash chiroyga ega: teshib yuboradigandek to'q rang ko‘zlar, och rang sochlar va chiniqqan qomat. Shu sababli jurnallar uni muqovalariga qo‘yishni yaxshi ko‘rishadi. Bunga uning huquqiy doiralardagi ayyorligi ham sabab.
- Yujin! Bizga yana o‘sha kapkeyklaringdan olib keldingmi?
- sen haqiqiy qo'g'irchoqsan - Yoongi qutini olib ochdi, lekin yeyishdan oldin bir zum to‘xtab qoldi, - Jungkook uchun uzr. Bu oson bo‘lmasa kerak.
- men yaxshiman, - mutlaqo. Go‘yoki ruhiy jihatdan qulash yoqasida turgani yo'qdek.
"Lekin men har doim shunday deb o‘ylaganman. “Yaxshiman” deyish, hatto unday bo‘lmasam ham, ishlaydi. Hech bo‘lmaganda odamlar meni tinch qo‘yishadi va ularning achinishiga mavzu bo‘lib qolmayman."
- bu yerda nima qilyapsan? - deb so‘raydi Martin, - Tae uchunmi?
- yo‘q
- unda-chi? — finjon chetidan menga tikilib so‘radi Jimin. Bu uning ko‘plab xavfli jinoyatchilar bilan ishlashi bilan bog‘liqmi yo‘qmi, lekin nigohi shunaqaki, eng katta gunohkorni ham yuragidagi eng chuqur, eng qorong‘i sirlarini tan olishga majbur qilishi mumkin. Bu esa uning "Shaxzodalarga xos uslub" qiyofasiga mutlaqo zid. Ammo Yujinning akasi har doim aytardi, Jimin hech qachon shahzoda tipida bo‘lmagan. U shunchaki shunday taassurot uyg‘otadi, xolos.
- men bu yoz shu yerda amaliyot qilmoqchiman.
Qisqa sukut cho‘kdi. Yujin uni biror gap bilan buzib yuborgisk keldi, lekin o‘zini tiyib turibdi. Bu professional muhit bunday qilib bo'lmaydi. Bu erkaklar endi akasining oddiy hamkasblari emas. Ular qiz yaxshi taassurot qoldirishi kerak bo‘lgan advokatlar.
- Tae nima dedi? - deb so'radi Martin.
Martin ularga to‘y haqida aytmagani aniq. Lekin u biladi. Va bu degani, u baribir har safar gapni Taega qaytaradi. Axir Tae uning amakisi.
- u bilmaydi, - degancha bir zum to'xtadi, - texnik jihatdan u rad etdi.
- texnik jihatdan? - Yoongi jilmaydi va yonoqlarida chiroyli chuqurchalar paydo bo‘ldi, - batafsilroq aytchi
- Tae meni amaliyot qilishim kerak emas deb hisoblaydi, lekin bu mantiqsiz-ku, to‘g‘rimi? Men huquqshunoslikka tayyorlov yo‘nalishida o‘qiyapman va huquq maktabiga topshirish uchun tajriba kerak. Yoz bo‘yi shunchaki hech narsa qilmay o‘tirolmayman.
- qila olasan, - bir dona kapkeykni olib, tishlamasdan barmoqlari orasida aylantirgancha dedi Jimin, - Men bilan Yoongi hech qanday huquqshunoslikka tayyorlov yo‘nalishida amaliyot qilmaganmiz, hozir esa juda yaxshi yuribmiz.
- chunki sizlar dahosizlar. Men esa yo‘q. Lekin men juda mehnatkashman, tez o‘rganaman va mutlaqo dangasa emasman, - biroz yolg'on, - shuning uchun har xil ishlarni uddalay olaman.
- yaxshi, - finjonini qizga qarata ko‘targancha Martin dedi, - shu tarzda davom et va bu ish berishi mumkin.
- bizni "Kim" shahzodamizga quloq soling, — dedi Jimin Martin haqida, - U yetarlicha kompaniyalar bilan ishlagan, marketing nima ekanini yaxshi biladi, - ular uni “shahzoda” deb atashadi, chunki Tae — uning amakisi. Va u esa.. qirol.
Ular Yujinni ilk bor uchratishganida “Jeon malikasi” deb atashgan, ammo u ukarga shunchaki Yujin ekanini aytgan. Ba’zan akasidek boshqa olamga mansub, buyuk bir insonning soyasida yashash qiyin bo‘ladi. Odamlar seni mustaqil shaxs sifatida emas, balki faqat uning davomi sifatida ko‘rishadi.
- demak, qabul qilindimmi? - umid bilan so'radi Yujin.
- Biz amaliyotchilarni shaxsan tasdiqlamaymiz, azizam, - uchinchi shirinlikni olgancha dedi Yoongi, - buni kadrlar bo‘limi hal qiladi, biz esa tanlaymiz xolos.
- men u bo'limga murojaat qila olmayman.
- nega?
- Tae, shundaymi? - Martin darrov tushundi.
- ha, - qizning tirnoqlari bir biriga *xujum qilishni boshladi, - u buyrug‘iga qarshi chiqqanimni bilib qoladi. Ochig‘i, qabul qilinmagunimcha u bundan bexabar bo‘lgani ma’qul.
- buni aytib o'ytganingdan keyin, endi uning yuzidagi ifodani ko‘rishni xohlayapman, demak, buni albatta amalga oshirishimiz kerak, - Martin kulimsiradi.
- xoy , "Kim" shahzodasi, bu isyonmi? - Yoongi istehzoli jilmaydi.
- Ikkoving ham buni yoqtirasan
- men qonunga itoatkor fuqaroman, - shirinlikni yeyishda davom etgancha dedi Yoongi. - Ammo Jimin esa..
Jimin qahvasidan bir ho‘plam ichdi. Ko‘zlarida g‘alati yaltirash paydo bo‘ldi, - agar buni qilsak biroz xursandchilik ham bo'ladimi?
- bunga kafolat beraman, - qizga ma'noli nigohini tashladi, - ammo seni o‘zimga ololmayman, Yujin. Menda amaliyotchilar haddan tashqari ko‘p. Yoongi, senchi?
- afsus, menda ham joy yo‘q. Ammo Doonaning hozircha hech kim yo‘q.
- yo‘q… faqat u emas, - qizning lablari burishdi.
- u Taening do'sti va u akamni yoqtirmaydi, - Yujin Jimin tomonga bir qadam tashladi, - xozir menda faqat siz qoldingiz
- sen mendan Taega qarshi chiqishimni so‘rayapsan, Yujin. Bu esa juda yomon fikr.
- bilaman. Lekin men buni mehnatim bilan qoplayman. Jinoyat huquqi mening haqiqiy ishtiyoqim.
Yoongi boshini chayqab, kulimsiradi.
- sen uni eshitmayapsan, azizam, u bu yomon fikr dedi
- ha… bilaman.
Jimin o‘rnidan turdi. Yuqoridan unga boqib jilmayadi, ammo bu harakat bilan uning qiyofasi qattiqlashib, sovuqlashadi.
- sen bilmaydigan narsa shuki… men yomon fikrlarni yaxshi ko‘raman.
- demak, meni qabul qilasizmi?
"Men bosh irg‘ashini yoki “ha” degan javobni kutyapman, ichimda quvonchdan raqsga tushishga bir qadam qolgandi. Ammo Jimin jim bo‘lib qoldi va muhit bir zumda o‘zgardi. Avval yengil va sho‘x bo‘lgan havo endi bo‘g‘uvchi, nafasni siqadigan darajaga yetadi. Men bu holatni juda yaxshi taniyman. So‘nggi bir necha haftadan beri hayotim aynan shunday. Nafas olish majburiyatga aylangan, qolgan hamma narsa esa haddan tashqari tarang va bo‘g‘uvchi. Yuragim gumburlab urdi. Sekin orqamga o‘girilib, kunduzlarimni ham, tunlarimni ham azobga aylantirgan odamni ko‘rdim. Hozir bu yerda bo‘lishi kerak bo‘lmagan odamni.
U qo‘lini cho‘ntagiga solgancha biz tomonga yurib kelmoqda. Atrofdagilar nigohi avtomatik ravishda unga qaratiladi. Tae shunaqa - u e’tiborni o‘g‘irlaydi. U o‘g‘ri. Chunki u ko‘rinishi bilanoq, mendan nafasimni va nom qo‘yishga jur’at etolmaydigan yana nimanidir tortib oladi. Va hozir… hozir u mendan yana nimanidir tortib oladigandek tuyuldi. Men bermoqchi bo‘lmagan bir narsani. Shuning uchun bermayman. Chunki endi men hamma narsani o‘z qo‘limga olyapman."
•Han Doona
WISH
Go for it..
Episode 5
Tuni bilan uxlamaslik. Va bu unchalik ham yaxshi emas, sababi Yujinning asablari bunday holatlardan so'ng taranglashadi va biroz...vahima ham. Insomnia u uchun begona emas, go'yo qizil marker bilan yozilgandek - Yujin qiynaladigan so'zlardan biri. Xuddi o'lim kabi.
Shuning uchun butun tun u shkafda o'tirib chiqdi. Akasi bilan qolishni istadi ammo Taehyungning qat'iy ohangda "uyga borib , uxla" chunki ertaga, ya'ni bugun muhim kun. So'nggi so'zlar aytilmasada Yujin ularni anglab ulgurgandi.
Lekin u shunchaki uxlay olmadi. Na Billiening baland musiqalari bilan raqs yordam qildi. Na uchta, yoki ehtimol beshdan ortiq uyqu dorilari.
Odatda, Yujinda bunday muammolar sodir bo'lganda Jungkook vanilli o'simlik choyi damlab berardi yoki xuddi u kichik malika singari, unga ertaklar o'qib berardi. Gohida esa tinchlantiruvchi musiqa va Yujin uxlab qolguniga qadar uning oldida qolish..
Lekin xozir Jungkook uyda emas, qolip ketgan biroz tafti bilan uy xuddi qo'rqinchli kinolar kabi bo'lib qolgan. Va balkim shu sababli Yujin uxlay olmadi. Va biroz ortiqcha o'ylar ham.. "Men uxlayotgan payt ularga biror nima sodir bo'lsachi? Agar vaqtida bora olmasamchi? Xuddi bobomni olib ketgan kabi o'lim ham uni olib ketsachi?"
Shu sababli ham u erta tongdanoq Jungkookni ko'rishi va o'sha la'nati uskunalar ishlab, uni hayotda ushlab turganiga ishonch xosil qilishi kerak edi. Jungkook hali ham tirik va hali ham tashlab ketmaganiga amin bo'lishi kerak edi.
Jungkookni intensiv terapiya bo‘limidan chiqarishdi, chunki u endi o‘zi nafas ola oladi va shish ham deyarli ketgan. Lekin hali ham uni diqqat bilan kuzatishlari kerak. Shuning uchun u kasalxonaning shaxsiy bo‘limiga o‘tkazildi. Bu yerda unga maxsus hamshira, maxsus xona va hamma narsa ajratilgan. Lekin uning yuzidagi ko‘karishlarni davolaydigan yoki qimirlamas tanasiga hayot qaytaradigan hech qanday “maxsus” narsa yo‘q.
Yotoq yoniga cho'kkalagan qiz uning qo'lini ushladi. Qirilishlar, ko'karishlar...xuddi qolgan tanasi kabi jonsiz ko'rinmoqda.
- Aka… siz har doim hamma narsani sizga aytishim kerak deysiz, to‘g‘rimi? Chunki siz mening eng yaqin do‘stimsiz. Men yuragimni bemalol to‘kib soladigan, keyinchalik foydalanib ketishidan qo‘rqmaydigan yagona odam sizsiz. Meni hukm qilmaydigan yagona do‘st - hatto men ozgina g‘alati bo‘lsam ham, so‘zlar va odamlar oldida g‘ayrioddiy qo‘rquvlarim bo‘lsa ham, ba’zan ichim bo‘sh bo‘lib qolsa ham. Hozir ham shunday bo‘shliqni sezayapman, aka. Lekin avvalgidek emas. Bu safar ichkarida hech qanday yorug‘lik yo‘q. Hamma narsa g‘alati, noto‘g‘ri va faqat salbiy so‘zlar bilan ifodalanadigan darajada yomon. O‘tgan kecha bu haqida o‘yladim, siz aytgandek qachon to'xtab qolsam, o‘ylashim kerak. Siz aytgansiz, chuqur nafas olib, muammoning ildizini topish kerak, chunki ildiz hal qilinsa, qolgan hammasi ham iziga tushadi.
- Menimcha, men topdim, aka. Bu Taega turmushga chiqishga rozi bo‘lishim. Men buni qilishim kerak emas, to‘g‘rimi? Hatto bu sizning merosingizni va menga qoldirgan narsalaringizni himoya qilishni anglatadigan bo‘lsa ham. Men unga chumolidek yopishib olishim kerak emas. Men yuk bo‘lishni istamayman, aka. Tae meni erkalab, faqat sizning singlingiz bo‘lganim uchun nozik guldek muomala qilishini ham istamayman.
Lablarida ko'z yosh tamini his qilgan qiz, yana davom etdi.
- Shuning uchun iltimos, uyg‘oning. Agar shunday qilsangiz, men uni foydalanayotganday o‘zimni yomon his qilmayman. Men uni majburlab, yoqtirmaydigan narsani qildirishga urinmayman. Avval ham shunday qilganman va u bunga yomon munosabat bildirgan. Siz payqamagandirsiz, lekin u mendan qochib, meni orqa fon sifatida, go‘yoki umuman mavjud bo‘lmagandek ko'rgandi. Bu og‘riqli edi, lekin mayli, chunki men undan o‘tib ketdim. Balki.. Shuning uchun iltimos, ko‘zlaringizni oching va qaytib keling. Iltimos, meni boshqalarga yuk qilib qo‘ymang, aka.
Balki uni qimirlashi uchun yoki shu yerdaligini bildirish maqsadida qiz boshini uning qo'liga qo'ydi. Go'ya bu harakat uni yana ortga qaytaradi.
- kim seni yuksan dedi?
Yujin bosim bilan boshini ko'tardi. Shunchalik tezki, kutilmaganda lablaridan tovush ham chiqdi. Juda kichik, lekin eshitiladi.
"Bu u. Akamning eng yaqin do'sti. Mening bo'lajak erim. O'sha tug'ulgan kunda hammasini barbod qilishim, g'ururim sababli undan voz kechishimdan avval yillar davomida ishtiyoq bo'lgan insonim. Men undan voz kechib bo'ldim. Va baribir… ko‘zimni undan olib qocholmayman. Ko‘ylagi ostidan tarang tortilgan mushaklari, nigohi har soniya tobora qorong‘ulashib borishi, qaysar iyagi.. hozir shunchalik qattiq qisilib, yuzida muskullar titrab chiqqan… Uning uzun oyoqlari bir lahzada masofani yutib, menga yaqinlashgan sari, qonimga hayajonli bir dori singari kirib bormoqda. Har bir qadami yuragimni yanada tezroq urishga majbur qiladi."
Taehyung uning yonida to‘xtaganda, unga qarash uchun Yujin bo‘ynini yuqoriga cho‘zishga majbur bo‘ladi. Chunki u shunchalik ulkan. Ulkan va qudratli.
- o'rningdan tur.
Yujin ko'zlarini yumib yod olishni istovchi ovoz - chuqur, jarangdor tembr ichida sezilar - sezilmas qat'iyat bilan. Hammasini. Lekin boshqa bir narsa ham bor. Iyagidagi tinimisz qimirlayotgan mushak. Uni biror narsadan jaxli chiqqan. Balki biror narsa dan. Bundan tashqari qop qora bo'lib ketgan nigohi bilan tikilib turibdi.
- senga o'rningdan tur dedim, Yujin - bu safar u qizni kutmasdan, uning qo'lidan ushlagancha turg'izdi.
U yana bir bor kichik tovush chiqardi. Lekin xozir bu muhim emas. Yujinning tanasiga tegib turgan uning terisi. Undagi doimiy issiq teri va katta, tomirlar ko'ringan qo'li. U qizga tegayotgan joy avval kuydirdi , so'ng bir zumda junjikib ketdi va xech qanday olinayotgan chuqur nafaslar bu hissiyotlar o'chirib yuborolmayabti. Balki teginish ham "man etilganlar ro'yxati"ga kirish kerakdir. Yoki ehtimol buni faqat Taehyungning teginishlari bilan cheklash kifoya.
Erkak boshini bir tomonga egib, Yujinga jinoyatchilarga xos bo'lgan sovuq va sinchkov nigoh bilan qaradi.
- nima deganimni eshitdingmi?
- nima haqida? - Yujin deyarli tinglamayotgan edi , sababi Tae haliham unga tegib turibdi. U haliham iliq qo'li bilan qizning tirsagini ushlagan. Taehyung bunday qilmaydi. U qizga teginmaydi. Xech qachon. Faqatgina Yujin buni takrorlaydigan va har safar yutqazadigan inson. Ammo xozir buni Tae qilmoqda. Va qiz bulutlarda uchib yurgan bir paytda diqqatni jamlash juda qiyin.
- yuk emasliging haqida
Qizning yuragi bir zum hapqirdi va badani bo'ylab yugurib o'tgan titroqni jilovlay olmadi. Bu uning tuyg'ularini oshkor qiladigan, o'zi ham yomon ko'radigan reaksiya. Ayniqsa, uning oldida. Har safar shu holatga sabab bo'ladigan odamning qarshisida.
- bu haqiqat - boshini eggan qiz o'zining oq krassovkalariga tikildi va o'z - o'zidan nigohini uning silliq charm tuflilariga olib bordi. Ularning o'rtasidagi katta farqning yana bir belgisi, - bilaman, menga uylanishingiz sababi akamning mulkini himoya qilish istagingiz va men buni tushundim. Lekin baribir bu meni yukdek his qildiradi. Chunki men ishlarni o‘zim mustaqil hal qilishga hali yetarlicha katta emasman. Hatto o‘qishni ham tugatmadim, advokatlik imtihonidan ham o‘tmadim, demak, na huquq amaliyoti bilan shug‘ullana olaman, na sudda Susan’ga qarshi tura olaman va—
- menga qara.
Boshini qimirlatgan qiz , aytib yuborgan barcha gaplarini yutdi. Agar u qizning yuzidagi uyatni ko'rib qolsachi? Undan ham yomoni, yashirishga urinayotgan hissiyotlarni sezib qolsachi? Bu xech kimga kerak bo'lmagan falokat bo'lishi mumkin.
- Yujin.
Kichik sakrab tushgan qizning yuragi ko'ksida qattiq urmoqda. Qo'rquv sababli emas. Bunga yaqin ham emas. Bu erkakning gapirish ohangi sabab. Qanday qilib bitta so‘zga shuncha buyruq va kuchni sig‘dirish mumkin? Ismini shunchaki tilga olganida ham? Va bu ohangda yana gapirishini Yujin xohlashi g‘alati emasmi?
Faqat shu sababning o‘ziyoq, uni yana eshitish uchun unga bo‘ysunmaslik haqida o‘ylashiga yetadi. Ammo ayni paytda, ogohlantirishni ham, uning jiddiyligini ham inkor eta olmaydi.
Shuning uchun sekin bosh ko‘tarib, uning nigohiga qaradi. Va shu zahoti bundan afsuslandi, chunki u qizni tirsagini qo‘yib yubordi va qiz go‘yo mavjud bo'lmagan suvda o'zini cho'kayotgandek his qildi.
- chindan ham buni faqat yoningda bo‘lish uchun yoki porloq, zirhli ritsardek qahramonlik qilish uchun tanladi deb o‘ylaysanmi? Men unday emasman, Yujin. Hatto yaqin ham emas.
- Unda kimsan ?
- Porloq, zirhli ritsarlar nimaga qarshi jang qilsa o‘sha narsaman. Va bu shuni anglatadiki, tanamda bir parcha ham olijanoblik yoki fidoyilik yo‘q. Senga uylanishimning sababi, seni yoki Jungkookning merosini himoya qilish emas. Men o‘z firmamni himoya qilyapman. O‘z merosimni. Shuning uchun o‘zingni yukdek his qilishing mutlaqo asossiz va keraksiz. Biz bir-birimizdan foydalanayapmiz. Tushundingmi?
Qizning ko‘ksi bo‘shab ketgandek bo‘ldi va lablaridan og‘ir bir nafas chiqib ketdi. Ammo bu yengillik emas. Bu u qanday gapirgani bilan shu qadar band bo‘lib qolganidan nafas olayotganini deyarli unutib qo‘ygan.
Har doimgi kabi.
Lekin ilgari Yujin uni deyarli ko‘rmasdi, oyiga bir marta yoki umuman. U ham qiz bilan deyarli gaplashmasdi. Endi esa akasining baxtsiz hodisasidan beri uni har kuni ko‘rmoqda, u bilan gaplashmoqda, unga yaqin va qiz qandaydir haddan oshish holatini boshdan kechirayotganga o'xshaydi. O'lim bilan barobarini.
- Savolimga javob ber. Tushundingmi? - deya erkak yana takrorladi o‘sha qattiq ohangda. Undagi qat’iyat esa Yujinning ichidagi tegilmasligi kerak bo‘lgan joylarga qo‘l tekkizayotgandek bo‘ladi.
- xa..
-Aqlingni borishi kerak bo'lmagan joylarga adashib ketishiga yo‘l qo‘yma. Keyingi safar shubhang yoki biror fikring bo‘lsa, kelib to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga aytasan. Yashirinmaysan va, albatta, la'nati telefoningni o‘chirib qo‘ymaysan.
Qiz yana bir bor seskanib ketdi. Bu g‘alati, ammo bu safar bunga sabab uning so‘kinishini eshitish uchuvchi yakkashoxni ko‘rishdek noyob hodisa bo‘lgani. Va bu… jozibali. Uning so‘kinishi. Unda erkaklarcha bir qo‘pollik bor va u uning hukmron, buyruqboz tabiatiga juda yarashadi.
- Telefonimning quvvati tugab qoldi, — dedi sustgina. Ha, rostdan ham shunday bo‘lgan, ammo qiz uni ataylab o‘chib qolishiga ham yo‘l qo‘ygan.
- Boshqa hech qachon bunday bo‘lmasligiga ishonch hosil qil. Keyingi safar qo‘ng‘iroq qilsam, darhol ko‘tarasan.
- Siz mening qo‘riqchim emassiz, Taehyung - dedi qiz. O'zini yukday his qilmasligi uchun buni aytib qo'yishi kerak.
Tae bir zum to‘xtadi va qizga o‘sha vahshiyona nigohi bilan tikildi, endi odamlar nega u bilan ko‘z urishtirishdan qo‘rqishini Yujin tushungandi. Oddiygina bir qarash bilan ham u odamni o‘z hayoti haqida shubhalantirib qo‘ya oladi. Qorong‘i ko‘zlardan va ulardagi buzilgan va’dadan yuz o‘girish xavfsizroq bo‘lardi, ammo qiz bunday qilmaydi.
U hech qachon xavfsizlikni yoqtirmaganman.
- Unda men kimman?
- Nima? — dovdirab qolgan qiz, boshqa so'z topolmay qoldi.
- Agar men sening qo‘riqching bo‘lmasam, unda men kimman?
"Akamning eng yaqin do‘sti. Ammo men buni aytgim kelmaydi, chunki bundan nafratlanaman. U men uchun bundan ortig‘i bo‘la olmasligidan nafratlanaman."
- do'st? - qiz harakat qilib ko'rdi.
- men do'st bo'lmayman.
- lekin sizda Doona bor.
- men va Doona birga ishlaymiz va yosh jihatdan ham yaqinmiz. Bu toifaga sen ham kirasanmi?
Lablari egilgan qiz, nam qo'llarini shimiga olib bordi.
- to'grimi, Yujin?
"La’nat bo‘lsin unga ham, Doonaga ham. Yana nega u bergan har bir savoliga javob talab qiladi o‘zi? Xuddi bir diktator kabi."
- Yo‘q, men bu toifaga kirmayman. Ammo yosh o'zingiz bilganingizdek shunchaki raqam. Yoshroq ekanim mening ishlay olmasligimni yoki siz bilan do‘st bo‘la olmasligimni anglatmaydi. Bularning bari o‘zgarishi mumkin..
- yo'q, o'zgarolmaydi
- xa, o'zgaroladi - oyoqlarini keng ochib turdi Yujin.
- o'zgara oladi ham deylik. Lekin yaqin kelajakda bunga umid yo‘q. Unda men hozir kimman?
- siz.
- men?
- Ha, faqat siz. Sizni biror toifaga qo'yishimga ehtiyoj yo'q. Siz shunchaki Taehyungsiz
- Lekin bu rost emas, shundaymi? — dedi u qizni bilagidagi soatga ishora qilib va qiz unga tikilib qoldi. Go‘yo u uning yonida bo‘lgani uchun erib ketgandek. Ba’zan aynan shunday his bo'ladi: u xuddi quyosh atrofida aylanayotgan ojiz bir yulduzdek va yagona taqdiri yonib kulga aylanish.
- soat nechchi bo'ldi?
- O‘n bir. Nega?
- Bir soat oldin qayerda bo‘lishing kerak edi, Yujin?
- Oh.. - eslagan bo'ldi qiz.
-“Oh” degan joy yo‘q. Qayerda bo‘lishing kerak edi?
- Hokimiyat binosida
- Nima uchun?
- Turmush qurish uchun.
- U yerda bo‘ldingmi?
- Javobini o‘zingiz bilasiz.
- O'zing aytishing kerak. U yerda bo‘ldingmi?
- Yo‘q… lekin bu yerga kelib, vaqtni unutib qo‘yganim uchun–
- To‘xta.
Yujinning ichida nimadir qattiq silkindi, go‘yo qorin bo‘shlig‘ida nimadir joyidan ko‘chayotgandek. Chunki u aytgan bitta so‘zning o‘zidayoq shunchalik hukmronlik bor ediki, u suyaklarigacha yetib bordi.
- buni boshqa takrorlama, - Taehyung dedi
- nimani?
- so‘zlarni o‘ylamasdan gapirishni. Bahonalar zaiflarning ishidir, ayniqsa ular dalil yoki haqqoniy sababga tayangan bo‘lmasa.
- mening esa haqqoniy sababim bor edi
- qulog'im senda
- sizga aytdim, yuk bo'lishni istamayman
- Men senga buni rost emasligini aytdim. Shuning uchun hammasi aniqlashdi.
- menimcha ham..
- "menimcha" - bu ha yoki yo'q?
- Dunyo faqat “ha” yoki “yo‘q”dan iborat emas. “menimcha” degan lahzalar ham bor, ehtimollar, ishonchsiz vaziyatlar va shularning barchasi.
- Va shularning barchasi, huh? — deya u lablarining yengil bir tortilishiga e’tibor bilan takrorladi. Bu noodatiy yarim tabassum. Yujin uni qachonki ahmoqona o‘ylar bilan o‘pib, jazolarsiz qolaman deb o‘ylaganida ham Tae unga ko‘rsatmagan edi.
- Ha, va bunday lahzalarim ko‘p.
- Nimalar ko‘p?
- ishonchsiz vaziyatlar va shularning barchasi.
- esda saqlayman - deya u iyagini eshikka qarata egadi - Endi ketaylik. Biz kechikdik.
"To'y marosimi.
Bizniki. Mening va Taehyungning.
Meni yanoqlarim shunchalik qizarib ketganki, u olovga aylanib yoki portlab yoki qandaydir uyatli hodisa sodir bo'lmaganidan hayronman. Chunki, jin ursin, bu chindan ham sodir bo'lmoqda. Qanday qilib inson bir paytlar oshiq bo'lgan , balki hali ham oshiq bo'lgan insoniga , akasining yaqin do'stiga turmush qurishini qabul qilishi mumkin? Chunki o'ylashomcha bunday vaziyatga biror qo'llanma yoki kitob kerak. Yoshimni u shunchalik e’tiborsiz qoldirganini hisobga olmaydigan qo‘llanma."
- Ha, yaxshi, albatta
- Uchchala so‘z ham bir narsani anglatadi
- Xo‘sh? - ovozi biroz past va nafas olishiga aralashib ketgancha dedi Yujin.
- hayajonlanyapsanmi? - peshonasida o'sha chiziqlar paydo bo'ldi .
- Yo‘q! Men buni uddalay olaman.
- Ishonching komilmi? Agar o‘zingni yaxshi his qilmasang, biz —
- Men yosh bola emasman, Tae. Bunga ancha oldin to'xtatganman va bilasizmi bu nimani anglatadi? Bu o‘z qarorlarimni o‘zim qabul qila olishim va bosim ostida ham ish tuta olishimni anglatadi. Bu nikoh muhimligini , nafaqat akamning mulkini himoya qilish uchun, balki "Jeon & Kim"dagi hammaning va mijozlarining manfaatlari uchun ham muhimligini tushunishimni anglatadi. Shuning uchun men buni qila olaman, chunarlimi?
- yaxshi
U buni sokin, beparvo ohangda aytdi, go‘yo so‘zlariga butunlay ishonayotgandek hatto qizning o‘zidan ham ko‘ra ko‘proq.
- yaxshi, - takrorlagan qiz chuqur nafas chiqardi, - endi ketishimiz mumkin
- sen hali ham meni savolimga javob bermading.
- qaysi savol?
- men sen uchun kimman?
So'ngra qizning xayoliga u savolni berganidan beri izlab yurgan javob keldi. Yoki balki bu , javobni o‘ylab topgan, keyin esa qo‘yib yuborishni istamagan qizning buzilgan ongidir. Chunki bu fikr miyasiga o‘rnashgan zahoti, undan qutulishning iloji qolmadi.
Shuning uchun yagona mantiqli bo‘lgan javobni berdi.
- Bugundan keyin bo'lsa? Mening erim.
"Tegishim taqiqlangan er."
Turmush qurish qismi Yujinni ichini ag‘darib tashlash darajasiga olib kelmadi. Ya’ni, bu oddiy bo‘lishi kerak edi, lekin umuman unday bo‘lmadi. Ehtimol, bunga sabab — yarim karaxt, yarim esa Doonaning borligidan g‘azabda bo‘lganidir. Uning kelishini bilardi. Axir u Tae bilan deyarli teng yoshda va u bilan birga ishlaydi. Be’mani. Ammo ha, uni bu yerda ko‘rish odatda qizni ichiga ko‘mib yuradigan jahlini yuzaga chiqargan bo‘lishi mumkin. Bu zaharli. Juda-juda zaharli. Va Yujin to‘y kunida Tae oldida aynan shunday odam bo‘lishini istamaydi.
Doonaning o‘zi ham hech narsa qilmadi. Uni shunchaki mavjudligini o‘ziyoq qizni chegarasiga olib chiqishga yetadi.
"Xullas, barchasi tugadi. Biz turmush qurdik. Sudya oldida uzuk taqdik, lekin marosim tugashi bilan ularni yechdik, chunki Tae bu nikoh mutlaqo sir ekanini aniq aytdi va bu haqida to‘rt kishidan va Doonadan boshqa hech kim bilmaydi. Uzuklar hozir uning cho‘ntagida. Ehtimol, ko‘zdan yo‘qolishi bilan ularni uloqtirib yuborar. Tez orada nikoh guvohnomamizni olamiz va keyin hammasi domino effekti kabi o‘z o‘rniga tushadi. Hanuz ishonolmayapman, lekin bunga ko‘nikib ketaman. O'ylashimcha.
Uyga qaytgach, albatta "Doonasiz" va o‘zimni bir necha marta chimchilagach, uning ismini “salbiy so‘zlar” ro‘yxatining D bo‘limiga qo‘shaman.
Axir nega ular shunchalik yaqin? Va faqat unga? Jungkook uni ko‘rishni istamaydi , Yujin ham va bular o'zaro . U ijtimoiy muloqotga qiziqmaydi, unda nega aynan Taega qiziqadi? Nega u uning yonida bunchalik erkin va nega odatda mag‘rur, sovuq va jodugardek bo‘lsa-da, u bilan gaplashadi?
Keyin hokimiyat binosidan chiqayotganda qizning xayoliga birdan keldi: "balki u… uni sevar? Yoki ular birga uxlashadimi?"
Ular birinchi bo‘lib chiqib ketishgani uchun, qiz oldidagi zinadan tushib borishayotganda ularga yashirincha ko‘z tashladi. Dunyo ularning sirlarini bilmasligi uchun, past ovozda gaplashishyapti. Ular shu qadar uyg‘un, bir-biriga shunchalik mos va qulayki, hozir rostdan ham Yujinning ko‘ngli aynib ketadigandek.
"Jin ursin. Ular aniq birga uxlashadi, bu aniq."
Qizning qo‘li bilaguzugini topdi va uni shunchalik qattiq siqdi-ki, deyarli uzib yuborish darajasida.
- yaxshimisan?
Qiz asta-sekin nigohini o‘sha manzaradan uzib, e’tiborini Taening ancha ochiqko'ngil jiyani Martinga qaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina uning postlarida amakisining bir parcha ko‘rinishini ilib olish uchun qiz kuzatib boradiganadigan yigit.
Martin yoshligida ota-onasidan ayrilgach, uni buvi va bobosi asrab olishgan, ammo uni deyarli Tae ulg‘aytirgan. Ularning munosabatlari yengil va iliq , yigit asosan amakisini asabiylashtirishga urinadi va ko‘pincha bunga erisha olmaydi. Tae shu jihatdan toshdek odam. Ammo jiyani uning izidan borib, advokat bo‘lishni tanlaganida, qiz Taeni butun hayotida ko‘rganidanda g‘ururliroq holatda ko‘rgan. Martin Taening haqiqatan ham g‘amxo‘rlik qilgan yagona odami bo‘lsa kerak. Va bundan Yujin ozgina rashk ham qilgan bo‘lishi mumkin.
Martin aqlli nabira. U sportchi bo‘lgan va hozir huquqiy firmalardan birida eng yosh hamkorlardan biriga aylanganlardan.
Kim Taehyung esa… u sovuq yunon xudosiga o‘xshaydi, ota-onasiga qarshi chiqqan, ammo baribir eng maqbul bo‘ydoqlardan biri. Jungkookni hisobga olmaganda.
Endi esa yo‘q.
U endi uylangan. Hatto bu haqda deyarli hech kim bilmasa ham.
- Ha, yaxshiman, - dedi yigitga. U qizga och yashil ko‘zlari bilan qarayapti, amakisining qoraroq nigohlariga umuman o‘xshamaydigan ko‘zlar. Sochlari ham haddan tashqari sarg‘ish, juda yorqin.
Lekin u chiroyli. Haqiqatan ham. Suzy doim aytadiganidek, “juda jozibali”. Va Yujin uning jozibasini ko‘ra olishi mumkin, rostdan ham. Ammo his qilmayapti. Uning yonida bo‘lishning o‘ziyoq yuzini va his-tuyg‘ularini nazorat qilishga majbur qiladigan o‘sha junjikish va issiqlik yo‘q.
- Ishonching komilmi, Yujin?
- Ha.
U hali ham Doona bilan gaplashib turgan Taega qaradi, o‘sha ikkalasi birga bo‘lganda nimanidir rejalashtirayotgandek . So‘ng yigit ovozini pastladi.
- Agar u bilan qiyin vaziyatga tushsang, menga ayt.
Qizni e'tibori yana yigitga ko‘chdi va unga diqqat bilan tikildi.
- va nima qilishni reja qilyapsan?
- unii to‘xtataman, albatta
- U sening amakingku.
- Bu uning tomonini ko‘r-ko‘rona olaman degani emas.
- Rostdanmi?
- Rostdan.
- bu shuni anglatadiki, bu huddi, menga sherik bo'lasanmi?
- Agar senga bittasi kerak bo‘lsa.
Yujinni ichi iliqlik bilan to‘ldi va lablariga tabassum tarqaldi, qo‘lini uning tirsagiga olib bordi.
- Rahmat, Martin, - dedi Yujin.
Yigit nimadir demoqchi bo‘layotganida, ularning ustiga bir soya tushdi. Aniqrog'i qizning ustiga. Martin bu soyadan qocha oladigan darajada baland
Yujin esa? U aynan erkakning to‘liq diqqat markazida qolib ketdi. Taening nazari shunchalik qattiq va o'tkirki, qiz bexosdan qimirladi.
- Sen uyga qaytaman demaganmiding? - odamni noqulay his qilib yuboradigan ovozida dedi Taehyung.
"Ha, men akamni ko‘rishga borishdan avval, biroz uxlamoqchi edim. Shu kunlarda darslarni o‘tkazib yuboryapman, chunki, agar men o‘qiyotgan paytim biror narsa bo‘lib qolsa va tez yetib bormasamchi? Agar u uxlashni to‘xtatsa va o‘sha O'- xarfdagi so'zlar ro'yxatga kirishga qaror qilsa nima bo‘ladi?"
- shuncha shoshilinch nimaga? - ko‘zlarida yorqin nur bilan Martin so'radi - men va Yujin qahva ichib, suhbatlashishni reja qilayotgandik.
Biz ? Yaxshi, bu qizni bezovta qilmaydi, lekin Yujin rostdan ham qulash arafasida. Uyqusizlik, haddan tashqari stress, tashvish va ortiqcha o‘ylash insonni shunday qiladi. Boshqa sharoitda yigit bilan borishi mumkin bo‘lardi, lekin hozir buni jismonan uddalay olmaydi.
- Yujin xozir dam olishi kerak va sening ishlaring bor, - bu faqatgina qizga shunday tuyuldimi yoki uning ovozi odatdagidan qo'pol va qattiqroq , xuddi kamon kabi eshitildimi?
Shuningdek, u qanday qilib qizni jismonan toliqqanligini biladi? U bularni qizni tanasining rangidan sezdimi yoki diqqat qarata olmayotgan ko'zlaridan? Balki bu qorong‘i doiralarmikan? Ular uzun tunlardan keyin g‘azab bilan paydo bo‘ladi.
- unday bo‘lsa, keyinroq ko'rishamiz, — deya Martin qizning hali ham uning tirsagida turgan qo‘lini siladi, chunki Yujin hali ham erkakga qarab chalg'ib qolgan.
- meni ham tashlab o't, Martin , - deydi Doona pastdagi zinadan. Yujin uni deyarli unutib qo‘ygan edi. Deyarli..
Tae qizni tirsagidan ushlab, jiyani oldidan tortib oldi. Bu harakat shunchalik osonki, Yujinga havodan suzib o'tgandek hisni berdi.
Doona unga qaradi va qiz bu qarashni qanday qabul qilishni bilmaydi. Shafqatmi? Uzrmi? Lekin nega u qizga shafqat qilishi yoki uzr so‘rashi kerak? U bunday qilmaydi. U jodugar. Xuddi Jungkook aytgandek?
- qayerga ketayapmiz? - biroz hushiga kelgancha Taega savol berdi. Faqat biroz, chunki shirinlik kabi yutib yuborgan tabletkalari xozir ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
- Seni uyga olib boraman.
- Nega?
- Chunki sen qulashdan bir necha daqiqa uzoqdasan
Demak, u qizning charchaganini sezgan ekan. Yujin boshqalarga shunchalik bilinarli ko‘rinib turibdimi?
- Men taksida bora olaman. Firmaga qaytishingizni aytgandingiz
- Sen kechikding, shuning uchun ertalabki uchrashuvlarimni qayta rejalashtirdim va tushgacha endi hech qanday ish yo‘q - u mashinasini ochib, haydovchi tomoniga o‘tdi.
- Ertalabki uchrashuvlaringnizni buzganim uchun uzr, xurmatli turmush o'rtoq - Yujinning ko‘zlari kinoyali aylandi.
U eshik tutqichida to‘xtab qoldi.
- meni xozirgina nima deb atading?
- turmush o'rtog'im. O'zingiz bilganingizdek, odamlar turmush qurishsa, ular er va xotin bo‘ladilar.
- Yo‘q qil.
- Nimani yo‘q qilay?
- Shu so‘zni. Yo‘q qil.
- Yo‘q. - qo'llarini oldiga chalishtirdi qiz, - sizni qanday atash bu mening ishim. Qolaversa, agar Susanni ishontirmoqchi bo‘lsak, hammasi ishonarli bo‘lishi kerak. U ayyor, bilasiz. Akam butun umri davomida sudlarda u bilan olishib kelayotganining o‘zi bejiz emas.
- Yujin, - deya u ogohlantiradi.
- Bu ishlar o'xshashi uchun siz meni Yujiya yoki boshqa bir narsa deb atashingiz kerak.
Sovuq tabassum lablarida paydo bo‘ldi va qiz uning keyingi so‘zlari yoqmasligini, u hali aytmasidan turiboq sezib bo'ldi. U shunday, boshqalarning his-tuyg‘ularini mutlaqo hisobga olmaydigan darajada shafqatsiz.
- kichkina bolakay bo‘lsa-chi?
- Men bolakay emasman.
- agar shuni istasang
- siz hanuz meni shunday ko‘rasizmi? Kichik qizaloq deb? - deya mashinaning o'zi tomonidan chiqib, uning qarshisiga bordi, - o'smir siz bilan turmush qura olarmidi?
- Bu soxta nikoh.
- Soxta bu bir xayol. Ammo bu esa haqiqiy, seziladigan, qo‘l bilan tegsa bo‘ladigan darajada.
Uning jag‘i aynan shu so‘zda qattiq qisilganini qiz payqamay qolmadi. Tegsa bo‘ladigan. U bu harakat munosabatning bir qismi bo‘lishni mutlaqo istamasligini aniq qilib aytib o'tgan.
- Ortga chekin.
"Yuzim shunchalik qizarganki, shu payt anglab yetdim, men uning juda yaqinidaman. Shunchalik yaqin, go‘yo tilimda uning ta’mi bor, shunchalik yaqin, issiqligi meni choyshabdek o‘rab olgan. Yoki, aniqrog‘i, bo'yinbog'dek, chunki har o‘tgan soniyada u meni bo‘g‘ib bormoqda.
Odatda, men uning shaxsiy hududini o'ziga qaytarib, o‘zimnikiga yashiringan bo'lardim, chunki bu teng o‘g‘ri ish , shunday emasmi?
Men shuningdek, to‘g‘ri ish, akamni u oq sochli bo‘lgunga qadar xavfsiz saqlash deb o‘ylaganman. Lekin u bunday bo'lmayabdi va men odat qilib olgan hamma narsa o‘zgarib, rivojlanib, nazoratdan chiqmoqda. Shuning uchun men Taening buyrug‘iga bo‘ysunmayman. Men uning bo‘ron yo‘lida turaman, o‘sha qorong‘i
ko‘zlarining nazorati ostida, uning tanasining soyasida."
- Yujin, ortga chekinishingni aytdim.
- va men bunga ochiqchasiga rozi emasman.
- Hozirgina “rad etyapman” dedingmi?
- Ha. Nima bo‘ldi? Nimadandir qo‘rqasizmi?
U oldinga qadam tashladi va Yujin seskanib, shunchalik keskin orqaga sakragandan, beli qattiq metalga urildi. Bu mashina ekani seziladi. Qiz eshikka yopishib qolgan, yopishib deganda, xuddi hayoti shunga bog‘liqdek. Chunki u yaqinlashgan sayin, rostdan ham shunday tuyuladi.
"Xuddi uni o‘pganimdagi kabi yaqin. Oyoq uchlarimga turib, shunchaki shunday qilganimdagi kabi. Endi esa uning gunohkorona mutanosib lablariga tikilib qolganman. Ular bir nafas narida xolos, chunki u ustimda egilib turibdi, quyoshni, havoni va barcha tabiiy unsurlarni to‘sib qo‘ygandek. U menga tegmayapti, ammo ichim o‘sha mayda junjikishlar, ignadek sanchuvchi hislar bilan to‘lib ketgan. Va men buni to‘xtata olmayman. Xuddi shisha sanchilganda qon chiqishini to‘xtata olmaganim kabi. Bu tabiiy. Bu kimyoviy.
Bu shunday bo‘lishi kerak."
- bunga o'zing ham ishonasanmi, Yujin? Men qo'rqayotganimga?
- xo‘sh.. qo‘rqmayapsizmi?
- senga qo‘rqayotgandek ko‘rinyapmanmi?
Shunda qiz uni sinchiklab o‘rgandi, haqiqatan ham tikildi: yuzining qat’iy chiziqlarini, naqadar halokatli darajada chiroyli ekanini. Chunki u o‘zini qudratli sifatida jiddiy qabul qiladi. Har doim mukammal parvarishlangan, go‘zalligi Yujinning yuraginini og‘ritadigan darajada. Hali sezgirligi so‘nmagan yuragini. Chunki bu so‘zni hali “salbiy so‘zlar” daftariga qo‘shmagan.
Yurak.
Ammo ha, u aniq qo‘rqayotgandek ko‘rinmaydi. Qiz Taeni hech qachon qo‘rqqan, xavotirlangan yoki odamlarni qiynaydigan boshqa holatlarda ko‘rmagan. Lekin uning yuzi ham o‘sha sovuq, befarq qotib qolgan ifodada emas.
Tanasida taranglik bor, jag‘ida bir mayda qimir, va ko‘zlarida qiz ilgari hech qachon ko‘rmagan bir narsa porlaydi. Yujin hech qachon uning qovoqlari shunday pastlashini yoki qorachig‘lari kengayishini ko‘rmagan.
Va bu biroz qo‘rqinchli.
Yoki balki juda qo‘rqinchli, chunki qiz o‘zini nazorat qila olmay titramoqda. U qizni qo‘rqitmoqchimi? Qarshi gapirgani uchun qizni sindirishi kerak bo‘lgan qandaydir jinoyatchidek ko‘rsatmoqchimi?
- savolimga javob ber, Yujin.
- yo‘q.
- "Yo‘q” nimaga?
- yo‘q, siz qo‘rqayotgandek ko‘rinmaysiz.
- unda men senga qanday ko‘rinayapman?
"Qo‘rqinchli. Ammo buni aytmayman. Chunki bu o‘zimni himoya qila olmasligimni tan olish bo‘lardi, holbuki men buni qila olaman. Albatta, qila olaman. Endi faqat ishonchsiz miyamni bunga ishontirishim kerak."
- Bilmayman, - dedi o'rniga.
- Bilmaysan, shundaymi?
Yujin bir marta boshini chayqadi.
- Unda senga ochiqlay. Bu men o'zimni tiyib turgandagi holat. O‘ylayotganlarimni amalga oshirmayotganimda va seni hech kim sening seskanishingni ko‘rmaydigan, o‘sha begona holatga tushganingda chiqaradigan mayda tovushlaringni eshitmaydigan bir burchakka sudrab bormayotganimdagi holat. Shuning uchun qo‘rqishi kerak bo‘lgan odam sen, men emas.
"Men ortiq nafas olayapman deb o'ylamayman"
•Han Doona
WISH
Go for it...
Episode 4
Zaruriyat. Taehyung xech qachon bu so'zni yoqtirmagan. Bu balki akasining shaharni tark etishi o'limga yetaklaganda boshlangan. Bir ma’noda, aynan zarurat barcha yovuzliklarning ildizi. Zarurat asosida qabul qilingan qarorlar ko‘pincha shoshma-shosharlik bilan qilinadi va bu qarorlarning oqibati — aksariyat hollarda og‘ir bo‘ladi. Ba’zida esa hatto xavfli, o‘limga olib keladigan darajada bo‘lishi mumkin. Hamma odamlar ichida Taehyung shoshqaloq harakatlarni qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi biladi va u hech qachon bir masalani 360 darajada o'rganib chiqmaguncha qadam tashlamasdi. U xozir qilayotgan ish - zaruriyat tufayli. Jungkookning merosini saqlab qolish zaruriyati. U qoldirib ketgan yuk og'irligi.
"Biroq men qo‘limni Yujinning yelkasiga o‘rab olganimda, og‘irlik — his qilayotgan oxirgi narsam edi. Sezilgan yagona narsa har doimgidek alangadir. Tim qora sochlari oralig'ida seziluvchi biroz qizil tolalar kabi yondiruvchi olov. Tanasi yumshoqligi, lablarining harakatlari va, albatta, o‘sha la'nati vanilin hidi. O‘zim xohlamasam ham, u hid meni changaliga qamrab olmoqda. Yuk? Xatto yaqin ham kelmaydi. Aksincha, bu yerda bo'ron orasida ko'rinmas bo'lib turgan soch tolasi kabi xotirjamlik bor. Deyarli yo'qolish arafasida, ammo mavjud. Ba'zida men har kim ham bosimni ko‘tarolmasligini unutaman. Har kim ham o‘z hislarini zanjirband qilib, ularni yurakning eng yiroq burchagiga tashlay olmaydi - huddi men kabi. Men uchun hissiyot unutilgan yuk bo‘lishi mumkin, Ammo Yujin uchun bu yuk emas, bu uning nafasidir, yuragining ohangidir."
Agar Susan o'zining zaharli niqobini ko'rsatmaganda erkak Yujinni avvalroq tayyorlagan bo'lardi. Ehtimol, qarorini shunday portlashdek e'lon qilmasdi. Endi esa qiz hali ham Taehyungning so'zlarini anglab ulgurmagan kabi turibdi. Susan esa erkakdan ancha past bo'lishiga qaramay, undan ko'zlarini uzmagan. Lablarining jaxldor harakatlari hatto o'ziga ham sezilmayapti.
- nima haqida gapiryabsan? - u har doimgi kabi mensimagan ohangda so'radi. Uni ovozining o'zi jinoyat qilish istagini uyg'otishini Jungkook har doim ta'kidlagan, Taehyung esa asta sekin bularni tushunib bormoqda.
- aynan aytgan so'zlarim. Men va Yujin turmush quryapmiz
Ikki sovuq va ifodasiz juft ko'z erkakga qadalgan. Erkak Yujinning ko'zlariga to'liq qaramadi, qarolmaydi ham. Agar shunday qilsa nima uchun xozir bu xabarni aytayotganini unutib qo'yishi mumkin.
- sen...bunday qilolmaysan. Uning yoshidan deyarli ikki barobar katta emasmisan? U endigina yigirma yoshda, - xuddi erkak buni bilmaydigan kabi, u juda yaxshi biladi. Xatto qiz tug'ulgandan beri. Lekin Taehyung ayol kutayotgan javobni berish o'rniga, qizning yelkasini qattiqroq siqdi.
- bu uni voyaga yetqizadi, qarorlarini to'g'ri qabul qilishni o'rgatadi. U menga turmushga chiqqandan so'ng barcha mol - mulk, pul masalalari menga o'tadi. Va siz bemalol o'z advokatingizga suddagi Yujinga qarshi qonuniy yoki noqonuniy yo'llaringiz, men orqali o'tishini aytishingiz mumkin.
Ayolning lablaridagi jaxldor harakatlar kuchaydi. Erkakning ko'ziga qattiq ifoda bilan qarab turarkan, nigohlardagi aloqa uzoqqa cho'zilmadi. Taehyung jiyanining aytishicha, erkakda insonlarni noqulay ahvolga soluvchi nigoh bor.
Va har doimgidek o'zidan kuchlilarga qarshi chiqishga jur'ati yetmagan zaif insonlar singari, ular o'zidan zaifroq tuyulganlarga yopishadi. Oldiga qadam tashlagan ayol, barmog'ini qizning yelkasiga tiradi.
- boshidan beri shunga ishora qilayotgan edingmi, iblis davomchisi?
"Men uning la'nati qo'lini sindirib, jismoniy hujum ayblovini bo'ynimga olmoqchi edim, lekin endi keragi yo'q. Sababi, Yujin mendan avval o'gay onasining barmog'ini go'yo jirkanch bir narsa singari o'zidan uloqtirdi"
- men sizga aytdim, akamning mol-mulkini so'nggi nafasimgacha himoya qilaman! Endi chiqib keting va bu yerda qayta yuzingizni ko'rsatmang. Men sizga qarshi agressiv va tahdidli harakatlaringiz uchun taqiqlov buyrug'ini topshiraman. Shunda akamga yaqinlashishning o'zi ham sizga man etiladi.
Susan go'yo kuyib qolgan inson singari ortga tisarildi. Sudlarda ishtirok etadigan ayol sifatida u qachon to'xtash kerakligini bilmaydi. Bu uning eri o'limidan keyin yoki Jungkookning onasini xaydab yuborib , bu haqda uning farzandlari unutib yuboradi deb o'ylagan paytda sodir bo'lishi kerak edi. Ammo endi bular ahamiyatsiz.
Taehyung esa Yujinning qilgan ishidan o'zidagi faxrni to'xtata olmadi. Axir u Jungkookning singlisi. Xar qancha mehribon va bag'rikeng bo'lsada, akasidagi kuchni meros qilib olgan.
- bu hali tugamadi, - deya tishlarini g'ichirlatdi Susan. So'ngra o'girilib bir damda ham ko'zni qamashtiruvchi va asabga teguvchi pushti ko'ylakda, poshnalarining baland ovozi bilan yo'lakni tark etdi.
Uning harakatlarini kuzatib turgan erkak, ayol kerkaksiz ish qilmasligiga ishonch xosil qildi. Doktorning oldida esa Doona bor, favqulotda holatda Susan u yerga kirib hujjatlarni o'zgartirishga urinishiga qarshi.
- bu rostmi? Men bilan turmush qurishni istaysizmi?
Erkakning e'tibori deyarli yarim bag'rida turgan qizga qaytdi. Yujin unga doimiy nigohlar bilan tikilib turibdi. Taening ichini tilka pora qiluvchi nigohlar bilan. Ko'zlarida esa Jungkookning holatidan so'ng ko'rmaydi deb o'ylagan ranglari yana mavjudlangan - qora va uni qamrab olgan jigarrang.
"Men bu qarashni yomon ko'raman. Chunki bu shunchaki tikilish yoki ko'zlar jangi emas. Bu go'yo men xech qachon anglashni istamaydigan so'zsiz iboralar kabi. Men uni qo'yib yubordim va u biroz chalkashdi, go'yo uning oyoqlari havodan endi yerni his qilgan kabi. Bu u aynan bo'lishi kerak bo'lgan joy. Yer - u ba'zida uchib yuradigan osmonlar emas. Ammo men uni ortiq ushlamayotgan bo'lsam ham, u hanuz menga tegib turibti. Mening ust kiyimimni bag'riga mahkam bosgan, go'yo himoya qalqoni sifatida. Va men endi o'ylashni bas qilishim kerak... U kurtkani bag'riga bosgan bo'lsada, men xozir kurtka qayerga tegib turganini o'ylayapman. Bu esa... haqiqatdan ham noto'g'ri."
- bu senga uylanishni istayman degani emas
Kichik yutinish, tirnoqlarning ovozi va yelkadagi harakat. U juda ham ta'sirchan, ba'zida buni o'zining soyalariga berkitishga urinsa ham.
- unda nega Susanga bunday dedingiz? Oh, yoki bu yolg'onmidi? Uni qo'rqitish uchun aytilgan yolg'on?
- xa bu uni qo'rqitish uchun edi lekin...yolg'on emas.
- sizni... tushunmayabman.
- Men aytgan gaplarim rost. Endi sen uy va ulushlarni nazorat qilayotganing uchun, ularni birgalikdagi mulkka aylantirishimiz kerak. Shuningdek, menga ishonchnoma berishing kerak. Shunda men yigirma bir yoshga to‘lmaguningcha mol-mulkingni boshqarib tura olaman. Buni faqat er bilan amalga oshirish mumkin. Shuning uchun nikoh g‘oyasida to'xtaldilm.
- demak... Menga uylanishni istaysiz, - uning ko'zidagi o'sha kichik yog'du yana qaytdi.
- men aytgan gaplarimni eshitdingmi o'zi, Yujin?
- xa, siz men bilan turmush qurishni xohlarkansiz
- bundan tashqari?
- akamning va o'zimning mol - mulkimni Susandan himoya qilish uchun. Ya'ni, men qilishni istaydigan ammo ahmoqona yoshim tufayli qila olmaydigan ish.
Uning burni so'nggi so'zlarda tirishdi. Ahmoqona yosh. Qoshlari ham biroz yeg'ilgan, go'yo Jungkook unga vanilla muzqaymoqdan tashqari boshqasini olib kelganda, "aka sizni yaxshi ko'raman, lekin doim ham emas" degandek. Va bundan so'ng u singlisiga butun boshli muzqaymoq firmasini sotib olib berishi mumkin. Albatta, vanillali. U biroz erka malika bo'lgani uchun, hali o'rganadigan narsalari ko'p. Jungkook esa... unga nisbatan mehribon edi va ularni o'rgata olmagan. Taehyungda esa "mehribon" sifati oxirgi ta'riflovchi so'z bo'lishi mumkin.
- birgalikdagi mulkchi? U haqida o'ylamayapsanm? Ishonchnoma bilan birga men seni oxirgi pulinggacha olib, o'zingni chetga uloqtirishim mumkin.
- siz bunday qilmaysiz, - xech qanday ikkilanishsiz javob qildi.
- agar qilsamchi?
- yo'q, siz xar nima bo'lishingizdan qat'iy nazar, xiyonatkor emassiz. Bundan tashqari, men sizga ishonaman
- ishonmasliging kerak. Ko'zini yumgancha ishonish, ahmoqning ishi
- bu bir kunlik emas. Mendagi ishonch ancha vaqtlardan buyon bor. Qolaversa, agar biz turmush quradigan bo'lsakk, oramizda qandaydir ishonch bo'lishi shart
- bu nikoh majburiyat sababli, chunyapsanmi Yujin?
- oh
- bu xa yoki yo'q javobli savol. Gaplarimni chundingmi?
- bu... Bu degani menga tegmaysizmi? - erkakning jag' suyaklari qattiqlasharkan, boshini qimirlatdi.
- yo'q. Bu faqatgina qog'ozda bo'ladi.
Uning ko'zlardagi ranglar yana tubsizlikka cho'kishni boshladi. Tirnoqlar ovozi to'xtadi va u oldinga bir qadam tashladi, lekin hali hamon nimalarni hayol qilganini bilib bo'lmaydi.
- lekin agar bu sodir bo'lsachi?
- bunday bo'lmaydi
- lekin bu bo'lgan. Ikki yil avval, esingizdami? Garchi tegingan shaxs men bo'lsam ham, bu hisobga o'tadi, shunday emasmi?
- Yujin, - u tishlari orasidan ogohlantirdi. Qiz esa biroz cho'chib tushdi, ammo haliham o'zini ushlab turibdi.
- deyishga urinayotganim bu qayta sodir bo'lishi mumkin, buni to'xtata olmaysiz.
- buni qila olaman
Yujin lablarini biroz burishtirdi, qoshlari esa qaysarlikdan yeg'ilgan.
- xech qanday teginishlarsiz, Yujin. Jiddiy aytyapman
- yaxshi, - u yelkalarini tashlab qo'ydi
- rostanmi? - Taehyung go'yoki ishongisi kelmadi. Chunki Yujinda asabga tegadigan, sindirib bo'lmaydigan qat'iyat bor.
- xa. Bu siz fikringizni o'rgartirmaysiz degani emas.
- Yujin, - qayta ogohlantirdi.
U qayta sakrab tushdi. Va Taehyung bunday harakatni unga ko'p marotaba qo'llaganini endigina sezdi. Uni qattiqo'l va qo'pol bo'lish bilan qo'rqitish. Ammo u bundan uzoq turishni istamaydigan yagona ahmoq.
- men uh... men shifokordan ichkariga kira olamanmi yo'qmi so'rab ko'raman, - u ortga qadam tashladi.
U o'girildi va qo'lidan kelgancha tezroq yurib undan qochishga urindi. Uning shortiklari ko'tarilib qizning sonini namoyish qilmoqda, ustidagi yopishin turgan kiyim esa ort bel qismini. O'ziga go'yoki u nima qilmoqchi ekanini kuzatyapman deyotgan Taehyung esa undan ko'zlarini uzishga harakat qildi, ammo befoyda. Endi u erkakning qarshisida emas va shu sabab uning oyoqlari ko'ringani kabi kalta emasdek tuyuladi. U aslida kichik inson emas, shunchaki Taehyung oldida shunday. Erkakning mushtlari yonida tugilgan va u hozir barcha kuchini o'zini bosiq holda ushlab turish va sodir bo'ladigan keyingi voqealarga diqqatini qaratishga sarfladi. Manzilga yetishidan avval to'xtagan qiz ortga o'girildi va eng boshidan buyon quchib turgan charm kurtkaga ishora qildi.
- buni o'zim bilan olib qolaman.
Taehyung ko'zlarini yumgancha yengil nafas chiqardi.
"Zaruriyat. Men barchasi uchun uni ayblashni istayman, lekin jin ursin, kimni ahmoq qilyapman? Balki hammasi zaruriyat tufayli boshlangan bo'lishi mumkin, lekin uni oxiriga yetkazuvchi yagona shaxs bu menman."
- nima qilayotganingni o'zing bilasanmi?
Bu kunning o'zida yuzinchi marotaba xo'rsingan erkak, keraksiz savollar manbasi bo'lgan jiyani tomon yuzlashdi
- xa biladi, - Doona uning o'rniga javob qildi.
Uchalasi hokimiyat binosining oldida turgancha atrofdagi *shovqinga e'tibor qilmasdan vaqtga e'tibor qilishgan. Yoki Taehyung bu yerdagi, soatiga ishtiyoqmand bo'lib qolgan yagona shaxs. Yujin yigirma daqiqa kechikmoqda. Uni kechikishi ortida bir sabab bo'lishi kerak. Chunki u maxsus uchrashuvlarga kech qoladigan inson emas. To‘g‘ri, akasining halokatidan atigi besh kun o‘tib turmush qurish odatiy hol emas,
lekin ularda vaqt yo‘q. U Taehyungga ishonchnoma bergani qanchalik erta bo‘lsa, erkak Susan’ning yurishlarini to‘xtatishni shunchalik oson uddalaydi. Chunki u ayni damda rejalar tuzmoqda. U qo'ng'iroqlar qilib, sudyalar bilan gaplashdi, uning advokati qanday chaqiruv qog‘ozlarini tayyorlayotganidan xabari bor. Unga qarshi choralar ko‘rishining muddati chegaralangan. Vaqt ular tarafda emas. Shu sababli bu nikoh shoshilinch.
U yana vaqtni tekshirish uchun soatiga qaradi va telefondagi qabul qilinmagan qo'ng'iroqlar ro'yxatiga. Balki u qizlar to'y kuni qilishi kerak bo'lgan narsalarga vaqt sarflayotkandir. Garchi Taehyung unga keyingi bosqichga o'tish uchun oddiy nikoh bo'lishini aytgan bo'lsa ham. Qiziqarli xech narsasiz. U tayyor bo'lishi kerak bo'lgan xech narsa yo'q.
Lekin bu Yujin. O'zining hayoliy tasavvur va orzulari bilan yuruvchi Yujin. U o'zidagi nikoh kuni uchun rejalari bo'lgani aniq. Ko'p qizlardagi holat. Va ko'pchilik buni shunchaki ishdan tanaffus qilgan paytda o'tkazishni istamaydi. Ya'ni, ular nikohdan so'ng ham o'zlarining real hayotlariga qaytadilar. Xech kim bu nikoh haqida kerak bo'lishidan ortiq xabar topmaydi. Xuddi, Taehyung o'zi bilan olib kelgan ikki guvoh kabi. Axir, bu faqatgina rasmiyatchilik. Suddai qo'llamuvchi narsa. Undan ko'p ham, kam ham emas. Yujin o'zidagi "qizlar orzusi"ni keyingi nikoh uchun asrab qo'yishi mumkin.
- bu hali ham mantiqiy emas, - Wooshik, Taehyungninh jiyani ta'kidladi.
Erkakning jag'i biroz qattiqlashdi, bu uning so'zlaridan yoki biroz avvalgi o'ylardan.
- menga ishonchnoma kerak degan gapimni qaysi qismiga tushunmading, tentak?
U erkakga g'alati qaramoqda, xuddi uni urishni istayotgan kabi. Odatda u bunday nigohlarni Taehyungga ishlatmaydi, demak u xozir chindan musht tushirishni istayapti.
Wooshik Taehyungdan 10 yosh kichik va u oila deb atay oladigan yagona shaxs. Ota - ona? Ular allaqachon yo'q.
U otasining pora va korrupsiyaga bulg'angan siyosat yo'lidan emas, balki Taehyungning izidan borishga qaror qilgan kun - erkak hayotida ilk bor haqiqiy g'ururni his etdi.
- u sizga ishonchnomani nikohsiz ham bera oladi
- bu yerda eng muhim narsa birgalikdagi mulk masalasi. U allaqachon shartnomani imzolagan, unga ko‘ra, nikohdan keyin bizning barcha mol-mulkimiz umumiy hisoblanadi. Bu esa menga sudda mustahkam huquqiy asos beradi.
- va Taehyung endi u qayergadir g'oyib bo'lib qolishidan xavotirlanishi shart emas, - Doona erkakning oldiga kelib turdi.
Wooshik mashinasiga suyanib oyoqlarini chalishtirgancha turibdi. Ba'zida Taehyung unga qarasa xuddi Wooshikninh otasini ko'rgandek bo'ladi. O'zlarining iflos harakatlari bilan ota onasi undan tortib olgan yana bir inson. Uning sochlari yorqinroq sarg'ish rangda, balki onasi kabi. Yana bir "Kim"larning kuchli juftligi sabab yo'q bo'lgan inson. Ommaviy axborot vositalari ularni shunday ataydi. Taehyung aytishicha "Hakokat juftligi" ularga ko'proq mos.
- men shunchaki, Yujiyaga rahmim keldi, - Wooshik hotirjam ohangda dedi va Taehyung uning yuzini xozirning o'zida mashinaga urishdab tiyilib turdi. Aslida, u xech qachon o'z jiyanini urish haqida o'ylamagan.
Ammo u tomonidan laqabning aytilishi erkak uchun normal holat kabi ko'rinmadi. Bu noto'g'ri. Aslida, bu xato kabi va buni sababini erkak o'ylashni ham istamaydi.
U o'zining bor tanasi bilan qaddini rostladi, yigit bunga va uning tarangligiga e'tiborsiz bo'lsa ham.
- nega unga achinyapsan?
- nega deb o'ylaysiz? - u iyagini erkak tomon ko'tardi, - chunki u siz kabi shaxs bilan bo'ladi
- va bu sababmi?
- siz va qadrli Doona uni sudda qarshi ishlatishingizni hisobga olmasak, hmm. Biroz o'ylashimga imkon bering, - u go'yo razil inson kabi jilmaymoqda, - oh, siz qo'polsiz, qattiqqo'l va uning ruhini qaytib kelmaydigan bir qora bo'shliqqa kirgazib yubora olasiz.
Taehyung tishlari qattiq botirildi va uning tana harakatini sezgan yigit qo'llarini havoga ko'tardi.
- hey, siz mening amakimsiz, va men sizga soyangizni o'pish uchun yolg'on gapirmayman. Buni siz o'rgatgansiz, esingizdami?
- yetar, Wooshik, - boshini qimirlatgancha Doona uni to'xtatdi.
- senga bu masalada fikr bildirish haqqi yo‘q, Doona sen uning sherigisan. Qani endi, manfaatlar to‘qnashuvi haqida eshitganmisiz?
- unda nima deysan, Jungkook ning minglab yechilmagan ishlarini olib, o‘z ishimizni chetga suraylikmi? Firma ishini yig‘ishtirib, shunchaki u bilan ovora bo'laylikmi? Ishingdan ayrilishni xohlaysanmi, Wooshik? To‘g‘ri, bu senga farq qilmas — axir sen boy oiladan chiqqan bolasan, senator bobong senga yangi ish topib beradi, hattoki o‘z firmangni ochishingda ham yordam berishi mumkin. Lekin bizga bog‘liq bo‘lgan o‘nlab odamlar haqidachi, ha? Ular ham senga yoki bobongga topshiryapmizmi o‘z hayotlarini?Yoki eng mantiqiy, eng kam boshog‘riqli yo‘lni tanlaymizmi? Axir sen aqlli bo‘lishing kerak edi. Qani ayt-chi, qaysi yo‘l mantiqan to‘g‘riroq ko‘rinadi?
Wooshik Doonaning sokin, biroq o'tkir so'zlariga biror harakat bilan javob bermaydi. Go‘yoki u sud zalida so‘nggi nutqini o‘qiyotgandek. Doona har doim aniq, lo‘nda gapiradi. Va o‘tkir. Shu sababli u yolg‘iz — odamlar bunday xarakterga bardosh bera olishmaydi. Taehyung Wooshikdan hamon qarshi fikr kutmoqda, chunki ota-onasi uni oxirgi so‘zni aytishga o‘rgatishgan.
Lekin u shunchaki shunday dedi.
- shunday tanlov bo‘lsinki, unda Yujin o‘zini qurbon qilmasin. Yana, yagona oilasi hisoblangan akasining halokatidan bir necha kun o'tib.
Taehyung qo'lladi qattiq mushtga tugildi, va undagi suyaklar sinadigan holda juda qattiq. Bu u boshidan buyon o'ylab kelgan narsalar edi.
- agar bu yerda bo'lishni istamasang, shunchaki ket, - u o'zining hissiz ifodasi bilan dedi, aslida ko'ksida yonayotgan olovni his qilib tursada.
U qayta soatini tekshirdi. O'ttiz daqiqa. Balki u bu kun uchun qo'g'irchoq kabi ko'rinishni istagan. Erkak xozirsan uning xonada qanday yugurib yurganini tasavvur qilmoqda. Yoki boshqa... U qaytadan qo'ng'iroq qilish tugmasini bosdi va yana to'g'ri ovozli xabar yo'nalishi. Qayta urinish. Yana javob yo'q. So'ngra u Jungkookning uy telefoniga qo'ng'iroq qildi.
- eshitaman? - xizmatchi Iseul javob qildi
- bu men. Taehyung. Yujin shu yerdami?
- u ikki soat avval uydan chiqib ketdi va siz bilan hokimiyat binosida uchrashishini aytgandi.
"Jin ursin. Jin ursin! Ichimda nimadir qizib, g‘azabga to‘lib bo‘ynimni siqib boradi — xuddi qizil ilgakday. Tong saharda ichimda junbushga kelgan o‘sha g‘alati, yomon hissiyot yana ko‘tarildi va endi butun manzarani egalladi. U endi qizil, ufqlar, ko‘z oldim, butun manzara holat qizil rangda yonmoqda"
Bo'yinbog'ini bo'shatgan erkak qayta gapirdi.
- uni xonasini tekshirdingizmi, Isuel? Vino omborichi? Yoki shkaf?
- u mashinasiga o'tirgancha, uydan chiqib ketdi, janob
- uni aniq ko'rdingizmi? Ishonchingiz komilmi?
- xa, men hatto ularga plastik idishda suv ham berdim, - uning ovozi biroz to'xtaldi, - hammasi joyidami, janob?
Agar u uyni ikki soat avval tark etgan bo'lsa, xozirgacha bu yerda bo'lishi kerak edi. Milliondan ortiq ssenariylar erkakning hayolini o'rab olgan va xech birini yoqimli deb aytib bo'lmaydi. Aslida, xar biri boshqasidan qo'rqinchliroq, xatarliroq va qonli.
Iseuldan agar u uyga qaytsa aytishini tayinlganacha erkak qo'ng'iroqni yakunladi.
"Jungkook halokatga uchraganida, ichimda bir shubha paydo bo‘lgandi. U shunchalik ezilib tushadiki, odatdagi yo‘lini tanlaydi, deb bilgandim. Ammo men uni Susan bilan gaplashayotganini ko‘rdim xuddi butun dunyo unga tegishli bo‘lgandek. Akasi uchun jonini ham berishga tayyor bo‘lgan qat’iyatini ko‘rdim, va bu ko‘rganlarim… ko‘z o‘ngimdagi Yujin haqidagi tasavvurimni xira qildi. Lekin aslida u qanday? U yashirinishni yaxshi ko‘radi. U o‘zini shunday chuqur joyga bekitadiki, faqat u o‘zi chiqishni istaganda topish mumkin. Va ichimdagi bir narsa menga shuni aytyapti, hozir u topilishni istamaydi. Qo‘limdagi telefonni qattiq siqqancha past ovozda la'natladim. Lekin men bu ishni tuzataman. Men uni topaman.
Men Yujinni o'sha bo'shliqdan olib chiqaman"
•Han Doona
WISH
Go for it...
Episode 3
Taehyungning jag'lari biroz qattiqlasharkan, qo'llarini uning yelkasidan bo'shatgancha o'girilib keta boshladi. U Yujinning kelasi xarakatlariga tayyor emasdi. Butunlay va mutlaqo. Xuddi ikki yil avvalgi kabi.
Taehyung tomonga deyarli otilgan qiz ikki qo'llarini uni belidan o'radi. Bu ham yetmagan kabi namlanishga ulgurgan yuzini uning ko'ksiga ko'mdi. Namlik ko'ylakda sezilgancha uning terisida ham his qilinishni boshladi. Go'yo erkakning terisidan ham o'tib tomirlarga singib kirmoqchiday. Agar Taehyungning jag'i biroz avval qattiqlashgan bo'lsa, xozir esa tishlarini bosib turganidan go'yo chiqib ketadiganday.
- Yujin, meni qo'yib yubor
Tirnoqlarini charm kurtkaga botirgan qiz boshini qaysarlik bilan qimirlatdi. Ko'proq titrash , ko'proq ko'z yoshlar bilan.
- bir daqiqa...- erkakning ko'ksi ustida shivirladi qiz
- Yujin, - Taehyung qattiq va kuchli ohangda ogohlantirdi
- iltimos... Menda sizdan boshqa xech kim yo'q
Uning so'zlari Taehyungni bir zum to'xtatib qo'ydi. Qizni so'zlari ortidagi haqiqat 18 yoshdan beri qazib kelinayotgan kichik burchakka chuqur olib kirdi. Bu to'g'ri edi. Jungkook ketgandan so'ng unda Taehyungdan boshqa xech kim yo'q. Eshitgan so'zlarini qabul qilayotgan erkak, qo'ng'iroqdagi so'nggi so'zlarni qayta yodga oldi. Taehyungning Yujinga g'amxo'rlik qilishi to'g'risidagi vasiyat. Uning singlisiga. Taehyung uni o'zidan itarishi kerakligini majburan unutdi. Erkakning jimligini rozilik sifatida qabul qilgan qiz esa o'zini yengilroq qo'ydi. Tanasini yigitga yana ham botirish bilan yig'i orasida uning ko'ksidan nafas olmoqda. Va undan kelayotgan vanilla hidi esa Taehyungning suyaklarigacha yetib bordi. Uning ovozi juda ham past, kuchsiz va Yujin uning bu tomonini har kuni hammaga ham ko'rsatavermaydi. Ayniqsa Taehyungga.
"Men uni hafa bo'lishiga, ko'ksidagi ortiqcha yukni chiqarib tashlashiga qo'yib berdim. Chunki u bunday qilmasa portlashi aniq. Lekin men unga qarshi tegmadim, quchmadim va yo'q, taskin ham bermadim. Qo'llarim tanamning ikki yonida, tanam esa xuddi "yaqinlashma" deya qotib qolgandek. U buni sezmayabtimi yoki shunchaki e'tibor qilishni istamadimi bilmayman, chunki u meni qattiqroq quchdi. Bu qiz "shaxsiy chegaralar" degan so'zni mutlaqo tushunmaydi. Men boshimni biroz burgancha shisha orqali Jungkookning harakatsiz tanasiga tikilib chuqur xo'rsindim, lekin hatto bu ham uning past ovozdagi yig'isi bilan qorishib ketgan. Hammasi chalkashib ketgan, uning azobli ovozi, yumshoq tanasi va la'nati vanilla hidi. Lekn mening e'tiborim go'yoki o'lim to'shagida yotgan erkakda.
Aqlli bo'lgan bir inson sifatida sen, jin ursin, katta axmoqlik qilding, Jungkook. Uni xech qachon menga ishonib topshirishing kerak emas edi."
Yujin vanihoyat uxlab qoldi. Shuncha qiyinchilik va soatlab Jungkook qarshisida turgandang so'ng, o'z holatini ham ushlay olmasdan kutish yo'lagidagi stullardan biriga o'tirdi. Taehyung unga uyga ketishni aytgandan so'ng ham qat'iylik bilan bosh qimirlatgancha, oyoqlarini ko'ksiga yeg'ib olib ko'zlarini yumdi. Va shu sabab u xozir yeqilish arafasida. Barmoqlarini qizning peshonasiga tiragan erkak Yujin yerga yeqilmasligi uchun uni biroz ortga itardi. Bu shunchaki kichik teginish, birgina barmoq ammo shu ham erkakning terisida olov yoqmoqda va u olov butun tanaga tarqamoqda.
"Boshidanoq unga meni quchoqlashiga ruhsat berishim kerak emasdi. Yoki uni avvalroq o'zimdan uzoqlashtirishim kerak edi. Chunki xozir, birgina kichik teri bilan aloqa ham, u to'laqonli tanasi bilan mening ko'ksimga qarshi turganini qayta eslatmoqda. Uning menikiga nisbatan kichik bo'lgan yengil tanasini. Qo'llarim mushtga tugilgancha bundan qochish uchun ko'zlarimni yumdim. Foydasi yo'q. Ongim shunchaki qorong'ulikni ko'rsa ham meni o'rab olgan ifor, egasi kabi qaysarlik bilan turibdi. Hamma narsadan ham vanilla men uchun emas edi. Lekin shunga qaramasdan xozir u men nafas olishim mumkin bo'lgan yagona narsa"
Uni tushib ketmasligiga ishonch xosil qilgan erkak, uni qo'yib yubordi. Qiz yon tomoni bilan stulda joylashara ekan, oyoqlarini go'yo himoya sifatida quchib olgan.
- aka ...- uyqu aralash shivirlagan qizning yuzidan bir tomchi yosh oqdi.
Shuncha vaqtdan buyon yeg'lashiga qaramasdan hali hamon yosh tomchilari oqmoqda. Aslida ular tugab bo'lgan bo'lishi kerak edi, lekin qayg'u sirli ishlaydi. Balki u yig'lashdan xech qachon to'xtamas. Bu la'nati esa erkakning ichida chuqur izlar qoldirmoqda. Egnidagi charm kurtkani yechgan Taehyung, qizning ustiga tashladi. Bu shunchaki birgina yengil harakat bo'lishi kerak edi, lekin yana yo'nalish o'zgardi. Qizning qo'llari erkakning qo'lini ko'zlari haliham yopiq holatda qattiq ushlab oldi.
- ketma...
Kuchsiz shivirlash, balki yolvorish xuddi bir necha daqiqalar avvalgi kabi. Mana shuning uchun ham Taehyung Yujinni ko'rishni ismtamasdan ikki yildan buyon ko'rinmas bo'lishga harakat qilayotgandi. Endi u erkak tanigan begunoh qizaloq emas, garchi begunohlik halihamon shu yerda bo'lsa ham. Endi u akasini ranjitishini istamay, Taehyungdan biror narsalarni berkitishni iltimos qiladigan qiz emas. Bularning barchasi u o'zini bola kabi tutishni to'xtatgan kunda tugadi, xech bo'lmasa erkakga nisbatan. Bu jihatdan u Jungkookga o'xshaydi. U ham xuddi akasi kabi, istaganini olmaguncha to'xtamaydi. Taehyung uni qancha itarmasin u o'zini qayta tiklaydi va yana qaytib keladi.
"Agar men uni go'yo ko'rinmas qilib qo'ysam, u yana qaytadan buni bajaradi - oldingidan yorqinroq holda. Agar e'tiborsiz qoldirsam, u baribir o'zini bildirib turadi - kichik gavdasi, o'zining qora - jigarrang ko'zlari va o'sha la'nati vanilla ifori bilan."
Qo'lini tortib olgan erkak unga hali hamon tikilib turibdi. Qizning biroz tartibsiz sochi uning peshonasida qolgancha ko'zlariga yaqin holda yopishgan. Teginishi mumkin bo'lmasa ham qo'lini uzatgan erkak bir zum to'xtadi. Unga teginish bu huddi alangadan yurish kabi va Taehyung qanday yonishini yaxshi biladi. Va bir zumga, bularning ba'ri ahamiyatsiz bo'lib qoldi.
- jin ursin
Taehyung xech qachon oqibatlarni o'ylamasdan ish qiluvchi shaxs emas edi. Ichidagi qaysidur tubdan bosh ko'tarmagan iblisga bo'syunmasligi kerak edi. Ammo u xozir taslim bo'lmoqda. Unga o'z harakatlarini boshqaruviga ruxsat bermoqda. Birgina teginish. Bir soniya –
- vanihoyat seni topdim
Qo'lini ortga tortgan erkak ovoz sohibi bilan yuzlashish uchun ortga o'girildi. Doona. U Jungkookdan tashqari Taehyungning yagona do'sti. Firmadagi barcha uni erkakning yagona ishdagi sherigi sifatida bilishadi, chunki u ishni bajarish uchun noodatiy yo'llarni qo'llashdan cho'chimaydi. Taehyung undan biroz avvalgi bo'layotgan holatni to'xtatgani uchun minnatdor bo'lishi kerak edi, lekin uning tanasida butunlay boshqa tuyg'u girdikapalak kabi aylanmoqda.
Doonaning o'tkir jigarrang ko'zlari erkakdan Yujin tomonga bir muddat o'tib yana erkakga qaytdi.
- Jungkookdan xabarlar bormi?
Lablariga ko'rsatkich barmog'ini olib kelgan erkak unga ortidan kelishini ishora qilgancha yo'lak tomon bordi. Taehyung qizning qayta uyg'onishi va undan so'ng qayta sodir bo'lishi mumkin bo'lgan "ko'ngil erituvchi" holatga tayyor emas. Yetarlicha uzoqlashgandan so'ng erkak hozirgi bo'layotgan holat haqida qizga tushuntirishni boshladi. Devorga suyangan qiz qo'llarini oldidan chalishtirgancha uning gaplarini tinglamoqda. Undagi doimiy detallarga bo'lgan diqqatlilik shu yerda.
- demak, bu degani "Jeon & Kim" boshida faqatgina sen qolasan
- u uyg'onishi mumkin
- sen bunga ishonmaysan, Tae
Haqiqat. Taehyung realistligini hisobga olsa u hozir Jungkookni butunlay yo'qotish arafasida ekanligini yaxshi biladi. Lekin buni tan olish...o'ziga urilgan musht kabi.
- uning kichik malikasichi? - u odatda buni kinoyali ohangda aytgan bo'lardi, lekin xozir bu unday emas.
Doona xech qachon Jungkookning ustiga borishdan cho'chimagan - u har doim o'zining tim qora sochlariga yarasha fe'l atvori borligini isbotlab kelgan. Jungkook esa uni xech qachon yoqtirmagan , ayniqsa firmada katta hamkor maqomini olgani va uni ishdan hayday olmasligini bilgandan so'ng. Albatta, Taehyung bunga yo'l qo'yolmaydi. Doona firma uchun katta boylik, va Taehyung uni boshqa firmadan o‘g‘irlab olib, uni va Kingsley bilan yangi yo‘lga chiqishga ko‘ndirgandan beri — u erkakning hayotida mustahkam tayanch bo‘lib kelmoqda.
- unga nima qilibdi? - devorga suyangan erkak, oyoqlarini chalishtirdi.
- Jungkook ketgandan so'ng, u yolg'iz bo'ladi. Aniqki, uning o'gay onasi bunday vaziyatdan foydalanib, sudni davom ettirishi mumkin.
- biz Yujinni himoya qilamiz va hamma narsa hozirgidek qoladi
- hatto agar sen bu ishni shaxsan o‘z zimmangga olsang ham, Susan bu holatdan qo‘li bo‘sh chiqmaydi. Yujin o‘z merosi yoki ishonch fondiga yigirma bir yoshga to‘lmaguncha teginolmaydi. Bu degani — Susan uy va firmadagi ulushlarni talab qilishi uchun butun bir yil vaqti bor. U bunga asos topa oladi ham — chunki Jungkook otasining vasiyatnomasini bekor qilgan. U otasining pullarini "Jeon & Kim" firmasi kapitaliga sarflagani bois, Susan erining ulushlari uchun sudga murojaat qilishi mumkin — bu ulushlar Jungkookga meros bo‘lib o‘tgan edi. Bundan tashqari, u hali o‘z pullariga teginolmaydigan bir qizga qarshi kurashadi. Ha, sen aytmoqchi bo‘lishingdan oldin aytaman: biz sudda vaqtni cho‘zishimiz mumkin, lekin Susan va Jungkook o‘rtasidagi avvalgi barcha huquqiy janjallarni inobatga olsak, Yujinning hech qanday imkoniyati yo‘q. U akasining yuridik tajribasiga, qasoskor ruhiga yoki shafqatsizligiga ega emas. Susan uni tiriklayin yeb qo‘yadi.
Qarshi chiqishga urunsa ham Taehyung bunday qilolmadi. Sababi u ham Doonaning gaplari haqiqat ekanligini bilib turibdi.
- Susan firmadagi ulushlarga da'vo qilishi mumkin, Tae, - yana bir bor takrorlagan qiz, erkakning ko'zlariga qaragancha davom etdi, - Jungkook otasidan me'ros qilib olgan aynan o'sha ulushlar, vasiyatnoma sudda kuchga ega bo'lmagani uchun, ochiq o'lja kabi turibdi.
- la'nati, yo'q. U xech narsani ololmaydi.
- xuddi shunday. Shuning uchun ham sen ba'rini o'z qo'lingga olishing kerak, - qizning ko'zlarida biroz yarqirashni ko'rgan erkak bir zum to'xtadi.
- nimani maslahat bermoqchisan?
- yaqin kunlarda shifokor Jungkookning sog‘ligi tiklanishi ehtimoldan yiroq ekanini e’lon qilishi mumkin. Biz vasiyatnomasini rasmiylashtira olmaymiz, chunki u hali tirik. Ammo, xayriyatki, u ilgari shunday hujjatlarga imzo chekkan ediki, agar u mehnatga layoqatsiz holga tushsa, mulk ustidan Yujin boshqaruv huquqiga ega bo‘ladi.
Shu zahoti, u boyliklarni qo‘liga olganidan keyin, ulushlarni senga berishi uchun yagona yo'l qoladi.
- nima?!
- u senga ishonadi va savol ham bermaydi. Bu — firmani ochko‘z qo‘llardan asrashning eng yaxshi yo‘li. Agar sen hozirgi 50 foizlik ulushing o‘rniga ustunlikka ega bo‘lsang, Susan hatto qarshi chiqishga jur’at qilolmaydi, talab qo‘yish haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
- sen o'zingni eshityapsanmi, Doona? Sen menga "Jeon & Kim" firmasini egallash o'rnida do'stimning yagona singlisidan foydalanishim kerakligini aytyabsan
- u hali ham bola va yuridik firmaning qanday yuritilishi to'grisida xech narsani bilmaydi. Agar u bunga loyiqligini isbotlay olsa keyinroq qaytarib berasan, lekin biz ikkimiz ham u shunchaki tajribasiz yuridik o'quvchi ekanini yaxshi bilamiz. Sen chindan ham barini uning qo'liga qoldirishni reja qilmayabsan, shundaymi?
- yo'q, lekin men Jungkookning ham ishonchiga hiyonat qilmoqchi emasman
- u komada, Tae
- aynan shuning uchun, uning bu holatida ortidan pichoq ursam bu meni yanada pastkashga aylantiradi
- sen bunday qilmayapsan. Sen shunchaki o'z boyligingni ham, firmani ham himoya qilyapsan
- uni holatidan foydalanib, Yujinni vosita qilish orqalimi? - ichidagi olov ortgan sayin, betoqatlik bilan dedi
- ha
- yo'q, Doona. Bu variant butunlay rad etiladi va bu so'nggisi.
Qizning qoshlari bir zum yeg'ilgancha chuqur nafas chiqardi. Qiz bunday masalalarda Taehyung bilan talashish to'g'ri emasligini yaxshi biladi. Taehyung pastkash bo'lishi mumkin lekin uning o'ziga xos prinsiplari bor - ular xech kim tomonidan na o'zgartiriladi, na buziladi.
- unda nima qilmoqchisan, Tae
Chuqur nafas chiqargancha, bo'yinbog'ini bo'shatgan yigit, "poyezd miyya"siga e'tibor qaratdi. Otasi uni shunday atagan - "poyezd miyya" chunki u harakatga tushgandan keyin xech narsa uni to'xtata olmaydi.
- o'ylashga biroz vaqt ber
- bu yerda men bilmaydigan nimadur bormi? - oyoqlarini yerga yengil urishni boshlagan qizning qoshlari yeg'ildi
- nima haqida gapiryabsan?
- qizning ustiga kiyimingni yopish yoki qo'llaringni u tomon bo'lgan harakati... Balki. Sen bunday qilmaysan, xatto o'zing birga uxlagan* ayol bilan ham
"Albatta, Doona buni ko'rgan va o'zining fotografik xotirasiga muhrlagan. U xech narsani unutmaydi, shunday ekan, nega buni e'tiborsiz qoldiradi deb o'ylaganimni o'zim ham bilmayman."
- Yujin, men aloqa* qiladigan ayol emas, Doona. U Jungkookning singlisi va u xozirgina akasining holati haqida habar topdi
- bor yo'g'i shumi?
Shunchaki bosh irg'igan erkak, la'nati yolg'onni tiliga ola olmadi.
- unday bo'lsa, tezroq o'yla. Yo'qotish uchun ortiqcha vaqtimiz yo'q, - bir muddat uni o'ziga xos tarzda kuzatgan qiz, qayta gapirdi.
"Buni hammadan ko‘ra ko‘proq anglab turibman. Bunday vaziyatlarda vaqt hech qachon bizning tarafimizda bo‘lmaydi. Aynan shu sababli men tezlikda harakat qilishim kerak. Bosim bilan shakllanayotgan g‘oyani xayolimda qabul qilishni istamayman, lekin baribir bilamanki — bu eng mantiqli yo‘l. Garchi ko‘plab jihatlar bo‘yicha mutlaqo mantiqqa to‘g‘ri kelmasada."
Yujinning bolaligidagi yagona muammolardan biri bu so'zlarni yodlash bilan bog'liq edi. IQ darajasi yuqori, narsalarni o'z uslubida tushunib yo'llar topib keta oladi, lekin ba'zi so'zlarni eslab qolish bu biroz qiyin edi. Lekin bu shunchaki o'qiy olmaslik yoki tanimaslik emas edi, so'zlar go'yoki ...tirik. Yujin keyinchalik anglashicha bular faqatgina ma'lum so'zlar bilan, ya'ni salbiy so'zlar bilan bog'liq. Ko'z ongini xira qiluvchi, faqat o'qilmaydigan balki his qilinuvchi so'zlarda. Masalan shavqatsizlik - yuzni qizartiradi, tanani himoya qilishga majbur qiladi. G'am - tabassumni o'chiradi, yig'lab yuborish arafasiga olib keladi. Shu sababli ham Yujin fojiali filmlarni ko'ra olmaydi.
Aslida hammasi bular bilan boshlangan. Oddiy, salbiy so'zlardan. Ular Yujinni sergaklantiradi, biroz ko'ngilni ham bexuzur qilishi mumkin. Shuning uchun Yujin o'ziga boshqa bir yo'lni topdi. Go'yo ularni qaytadan tez - tez ko'rish, ularga nisbatan e'tiborsizlikni keltirishi mumkin. Bir kun kelib ularni o'qiganda "bu xech narsa emas" degan gapni aytish uchun. Va Yujin ularni "taqiqlangan so'zlar" deya nomlangan daftarda alifbo tartibida yozib chiqishni boshladi. Va ular turli ranglarda ajratilgan. Sariq bu - yengilroq so'zlar, alvonrang - biroz qiyinroq, qizil - ularni yozishning o'zi qizni go'yo do'zaxga olib boradi. Avvaliga bu ish bermadi lekin u taslim bo'la olmasdi. Ayniqsa akasi kabi yurist bo'lishni xohlagan bir paytida. Va advokat "jinoyat joyi", "pichoq zarbasi", "qotillik" kabi so'zlardan titrashi kerak emas. Biroz muddatdan so'ng qiz deyarli g'alaba qozondi. Sababi bu yerda hali ham Yujinni yenga oladigan yana bir harf bor - o'. Qizilda turuvchi yagona kuchli so'z. O'lim. O'lik. O'lish. U har bir so'zlarni 100 marotaba yozib chqidi, o'limni esa ming marotaba.
Va bu so'z hozir Jungkookga tegishli. Yujinning yagona oilasi. Yagona insoni. Dunyo qizga qarshi turganida, uni quchgan yagona inson. Qiz yiqilganda uni turg'zigan inson. Endi barchasi xech qacho mavjud bo'lmagan kabi g'oyib bo'lishi mumkin. Yujin hisoblagan yagona uy. Qizning og'zida o'zining ko'z yoshlarini ta'mi sezildi. Lekin u yeg'lashi kerak emas sababi u "yig'lash" degan so'zdan allaqachon qutulib bo'lgan.
Qizning egnidan uning tizzasiga tushgan charm kurtkadan Yujinning tanasiga tasodifiy titrash yoyildi. Uning barmoqlari charm ustidan yurgizilarkan, qiz uning barmoqlar yonib ketmaganidan hayratda edi. Qiz qanday qilib stulga o'tirgani, yoki erkak buni qachon, qanday qilib tashlab ketgani ahamiyatsiz. Qolib ketgani esa biroz achchiq va sovuqlik aralashgan ifor lekin kuchli, erkaklarniki kabi va bu unga tegishli. Bir necha soatlar avval ko'ksida burkangancha yeg'lagan insonga tegishli. U qayta quchmadi yoki tasalli bermadi, lekin xozir uning kiyimi Yujin bilan. Va bu, qiz uni ham o'zida olib qolishi mumkinligini anglatadi. Huddi uning yondaftari, uning bir marotaba unutgan ko'ylagi, akasi bilan yugurishdan so'ng qolib ketgan ust kiyimi kabi. Bular qisman Jungkookning kiyimlari lekin agar ularni Taehyung bir marotaba kiysa, unga tegishli bo'ladi. So'ngra sharf, sovuq havo sababli berilgan. Yuristlik haqidagi kitob.
Titroq qadamlar bilan o'rnidan turgan qiz yuzidagi biroz qolib ketgan yoshlarni qo'lining orti bilan artdi. Qo'lidagi charm kurtkani esa ohistalik bilan bilagiga joyladi - u ham o'zi kabi saranjom va ozoda bo'lishi kerak. Garchi bir muncha muddat avval uning ustida yeg'lagan bo'lsa ham. Qizning qo'li bilagidagi tanish taqinchoq ustida kezar ekan, o'zi esa atrofdan baland bo'yli, tanish ko'zlarga ega shaxsni qidirishga kirishdi. Birozdan so'ng istalgan inson topilarkan, xursand bo'lishdan avval uning yuragi siqildi.
"U yolg'iz emas. U o'sha jodugar bilan turibdi. Doona. Akam uni shunday chaqiradi. Jodugar. Men unga nisbatan bu so'zni avval qo'llamasdim lekin xozir ha. Chunki go'yo u Taehyungni o'zining "qora sehr"i bilan o'rab olgan. Sababi, u Taehyung e'tibor qaratuvchi, atrofida tinchlanuvchi va labida biroz ko'tarilish paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi yagon ayol. Ba'zilar buni tabassum deydi. Lekin men uni doim chala tabassum deyman. Deyarli shu yerda lekin to'laqonli emas. Nima bo'lganda ham Taehyung buni faqat unga ko'rsatadi. Men bundan nafratlanaman. Mening oq krassovkalarimga teskari bo'lgan baland poshnalarda go'yo ular yo'q kabi yurishidan nafratlanaman. Ammo eng ko'p nafratimni qo'zg'atuvchi narsa - ular ikkisi qanchalik bir - biriga mosligi. Qanday qilib ular xech narsa qilmasdanda birga yaxshi ko'rinishlari. Bir safar uni akamga aytayotganini eshitib qolganman — u erkaklar kabi agressiv tarzda karerasiga intiladigan ayollarni yoqtirishini aytgan. Aql-zakovati va ichki alangasi bor ayollarni, xuddi Doona kabi. Bu ajablanarli emas — shoh faqat qirolichaga nazar soladi."
Birdan qiz Taehyungga asli kim ekanligini angladi. Uni pastga tortayotgan to'siq. Uning yagona do'stidan qolgan majburiyat. Qizning tirnoqlari kurtkaga botirilarkan, undan chiqayotgan achchiq ifor qizni bo'g'a boshlaydi.
Ortga o'girilgan qiz xozir shunchaki uning kurtkasini qaytarib berishni va uning uchun og'ir yuk bo'lishni to'xtatishni istaydi. U g'amxo'rlik qilinishi kerak bo'lgan, do'stining yuki sifatidagi yosh qizaloq emas. U yigirma yoshda va o'zi uchun o'zi qayg'ura oladi.
Qizning qadamlari shisha oyna qarshisida turgan insonni ko'rgandan so'ng to'xtadi.
U ustiga har xil ranglar aralashmasidan iborat dabdabali pushti ko‘ylak kiygan. Boshida esa kamalak ranglariga bo‘yalgan patli shlyapa bor, ostidan oqartirilgan soch tolalari ko‘zga tashlanib turibdi. Yujin asta-sekin yaqinlashdi va qanchalik qarib qolganini ko‘rib hayratga ham tushdi— yuziga qilgan barcha shishlar va boshqa muolajalarga qaramay. Go‘yo yuzi niqobga aylangan. Lablarini aytmasa ham bo‘ladi — ular shunchalik shishgan va kattalashgan, xuddi o‘nlab asalari chaqib ketgandek.
- Susan?
Ayol hali ham erkakning holatidan ko'zlarini uzmadi. Yujin esa akasiga qayta qarashga o'zida kuch topa olmadi, lekin u ayol ko'zlari bilan Jungkookni qanday tahlil qilayotganini ko'rmoqda. Nigohlari erkakning boshidan oyog'igacha nazar tashlamoqda, go'yo bint bilan o'ralgan qismlarini qo'llari bilan his qilgan kabi.
- Susan, - eshitganligiga ishonch hosil qilgan qiz qayta takrorladi
- u juda og'ir ahvolda, - og'irlik bilan xech qanday hissiyotlarsiz dedi ayol
Ko'z yoshlariga qarshi chiqishga harakat qilgan qiz tirnoqlarini charm kurtkaning tagidan qimirlatishni boshladi. Go'yo kiyim bilan birgalikda Taehyung ham shu yerda. Va kesilgan barmog'ida kichik plaster ham borligini qiz endigina sezdi. Bu ham Taehyungning ishimi?
- bu pastkash vanihoyat qilmishlariga yarasha jazoni oldi, - o'girilgan Susan qizning fikrlarini tarqatib yuborar ekan, undagi doimiy kibrli ifoda yuziga mahkam yopishib olgandi.
- qanday... Qanday qilib bunday deyishingiz mumkin? Sizlar doim urushib kelgan bo'lsangiz ham, u xozir o'lim bilan kurashmoqda, - so'larning zarbasidan ortga sanchilgan qizning iyagi titray boshladi.
- ancha oldin shunday bo'lishi kerak edi. Uning turidagi yovuzlik imkon qadar tezroq jazolanishi lozim
- Susan!
- o'sha iblisning singlisi bo'lsang ham, men senga biroz maslahat bermoqchiman, - o'zining mast qiluvchi ifori bilan qizni o'rab olgancha uning oldiga qadam tashladi, - sen uchun eng yaxshisi — barcha ishlarni to‘xtatib, uyga da’vo qilmay, bu yerdan ko‘chib ketishing bo‘ladi. Mening yuristimning aytishicha, men uyni ham, erim "Jeon & Kim" firmasida egalik qilgan ulushlarni ham sening hiylakor akangga o'tishidan oldin qaytarib olaman.
O'zidagi qo'rquvni ko'rsatmaslikka uringan qiz boshini qaysarlik bilan qimirlatdi. Akasi ko'plab vaqtni, e'tiborni va pullarni uyni va firmani asrab qolish uchun sarfladi. U xech qachon hamma narsani tortib ololmaydi, shundaymi? Aniqrog'i, bu yerda Yujin qila oladigan boshqa ish ham bo'lishi kerak.
Susan qo'lqopli qo'li bilan qizning iyagini ushlagancha unga yengil silkitish berdi, - sendek kichik qizaloqlarni parchalashni yomon ko'raman, shuning uchun, kel shunchaki barchasini tashla va ikkimizni ham muammolardan qutqar. Sen 21 yoshga to'lganingda o'z ulushingni olasan va u boylik seni hayoting davomiga yetadi. Men advokatim bilan barchasini gaplashaman va sening qiladigan ishing bor yo'g'i hujjatlarga imzo chekish.
- yo'q, - shivirlagan qizning tirnoqlari charm kurtkaga botirildi.
- xozirgina nima deding? - ayolning shishgan lablari burildi.
- yo'q! - gavdasi titrayotgan qiz Susanni o'zidan uzoqlashtirdi, - men sizga akam mehnat bilan orttirgan narsalarni tortib olishingizga yo'l qo'ymayman. Xech qachon! Va u hali tirik, Susan! U qaytib keladi va buni menga taklif qilganingiz uchun ham sizni pushaymon qiladi.
- senda xech narsa bo'lmasa ham katta gapiryapsan, kichik qizaloq. Sudda ezilishga tayyorlan.
Qizning yurak tezligi ortib borarkan ayolning yuziga qayta otish uchun to'g'ri so'zlarni qidirardi. U xech qachon akasining mehnatlarini shundoqligicha berib qo'ya olmaydi, garchi so'nggida boshqa yo'l qolmasa ham.
- bu siz bilan sodir bo'lishi mumkin, Jeon xonim
Seskanib ketgan Yujinning yuragi qattiq siqilib, eshitgan ovozidan go'yo ichida chaqmoq kabi bir titroq o'tdi. Taehyung. Ular turgan joyga yetib kelgan erkak, Yujin xotirjamlik bilan nafas olishidan avval, qo'lini qizning yelkasidan o'radi. Taehyungning qo'li qizning yelkasida. Bu qandaydir tushmi? Yoki tushga aralashib ketgan qandaydir daxshat...
- sen hech narsa qila olmaysan, hatto uni himoya qilsang ham. Bu safar qonun mening tomonimda, - iyagini balandlagan ayolning lablari haliham burilgan.
- agar sen uning yuristi bilan gaplashayotgan bo‘lganingda, balki shunday bo‘lardi. Lekin hozir sen uning yuristiga emas, oila a’zosiga murojat qilyapsan. Aniqroq aytganda — uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga.
•Han Doona
Mystery
You belong to me...
Final episode 20
- jin ursin!
Bir necha soatlardan buyon suratni o'zi istagan holga keltira olmayotgan qiz jaxil bilan o'rnidan turdi. Haliham jarayonda bo'lgan suratga uzoqroq masofa bilan nazar tashlarkan, ko'rinib turgan xatolar sabab asabiy nafas chiqardi. Oldidagi dugonasiga nigohlarini oldi. Xatto unda ham axvol yaxshi emas. Ikki qizning chalkash o'ylari ijodiy hayollarni mutlaqo to'sib turibdi.
- buni shunchaki olib axlatga uloqtirish kerak, xatto birgina soya qismini ham o'xshata olmayabman, - Bora ham o'rnidan tugan ko'yi o'z san'at asariga yoqimsiz ifoda bilan tikildi
- menikiga hatto qaramasliging kerak, - qo'llari oldiga bog'lanarkan davom etdi - nima qilayotganimni o'zim ham bilmayman...
- hammasi anavi Hajoonni deb, la'nati
- Hajoon? Unga nima qilibdi? - qoshlari ko'tarilarkan, qiz tomon burildi
- u bilan...- so'zlarida to'xtalarkan, qanday davom etishni bilmasdi, - doimgiday asabimni buzadi, jin ursin
- chindan shuni o'zimi?
- xa Doona, ha - dugonasining ishiga ko'z tashlarkan savolni aylantirdi, - senga nima bo'ldi? Odatda senda bunday xatolar bo'lmasdi
- hammasi joyda, biroz charchagan bo'lishim mumkin, - qizning ko'zlariga qaramasdan javob bergancha eshik tomonga burildi, - men biroz havo almashtirib kelaman
Ishlash ustaxonasidan chiqqan qiz uzun yo'lak bo'ylab yurishni boshladi. Universitet hovlisi ko'rinib turuvchi oyna oldiga keldi. Kunning yarmidan ko'p qismi o'tganini hisobga olsa, bilinmas shamol sezilib turibdi. Ko'zlarini yumgan qiz kerakli bo'lgan chuqur havoni olgancha biroz o'zini yengil qo'ydi. Bir necha kunlardan buyon chalkash o'ylar tinchlik bermaydi. Bemavrid telefon ovozi esa, xabar kelgandan darak berdi.
"Sukut bu rozilik belgisi. 3 kundan buyon sukunat bilan javob qilyapsan, qizaloq. Allaqachon tanlov qilib olgansan deb umid qilaman"
Noma'lum raqamdan kelgan xabarni ko'rgan qizning qo'llari telefon atrofidan qattiqroq siqildi. Asabiylik. Qo'rquv. Zarar olishdan emas, bir insonni yo'qotishdan paydo bo'layotgan qo'rquv. Xozir tashlanayotgan xar bir qadam noto'g'ri yoki to'g'riligi ma'lum emas. Lekin biroz bo'lsada umid barchasi yaxshi bo'lishi bilan bog'langan.
Timeskip >>>
Tungi soat 23 : 21
Qiz doimiy o'z ijodi bilan shug'ullanuvchi xonasi. Deraza biroz ochiqligi bilan xonani yoqimli havo darajasiga to'ldirgan. Tayanch taxtaga o'rnatilgan , davom etayotgan san'at asari universitetdagi asabiylikdan yiroq holda qiz tomonidan qayta ishlab chiqilmoqda. Bellaridan o'ralgan katta qo'llar sohibi, qizni oyoqlari orasiga olgancha stulda o'tiribti. Yuzi qizning bo'yniga orqa tomondan joylashgan. Ko'zlar yumilgan holda qizni bo'ynidagi siren ifori bilan har nafasini olmoqda.
- senga borgan sari bog'lanib qolyapman, - hali ham holatini o'zgartirmagan Jungkook, qizning bo'ynida shivirladi, - Doonam...
- meni chalg'ityapsan
- hm, shundaymi? Unda ishimni yaxshi qilayotgan ekanman, - qizni yanaham qattiqroq tortgancha shivirlashda davom etdi, - xatto xozirning o'zida qo'lingdan mana shu bo'yoqlaringni tortib olib-
- Jungkook, - yigitni gaplarini anglagan Doona, so'zlarini tugatmasdan norozi ohang chiqardi, - buni chindan tugatishim kerak, xozir hayolimdagi o'ylar faqatgina manashu tasvir bilan to'lgan, bundan foydalanib qolganim yaxshi
Yigitning qo'llari qiz atrofida yanaham qattiqlasharkan, Doonaning gaplaridan tushunib bo'lmaydigan rashkni his qildi. Qizni hayollarini o'ziga to'g'rilashga bo'lgan xohish, biroz avval uyg'ongan xirsiy maxluqcha uchun yashil chiroqni yoqdi.
- hadeb qimirlama, - bo'yoqlar yoki suv uchun biroz harakat qilayotgan qizga , deyarli buyruq ohangida dedi Jungkook
- iloji yo'q , Jungkook. Shunchaki qotib turib buni yakunlay olmayman
- endi shundoq ham yakunlay olmaysan deb qo'rqaman, - qo'li qizning kiyimi ostidan kirgancha, qorin bo'shlig'ida to'xtaldi.
Tasodifiy sezilgan biroz sovuq teridan, qizning bo'yoq tomon cho'zilgan qo'li, idishdagi qizil bo'yoqni qo'lini qoplashiga olib keldi. Ikkisining ham kiyimlarida ba'zi qismlari qizil dog'ga aylandi.
- jin ursin, buni yuvishim kerak - o'rnidan turgan qiz uzoq ketib ulgurmasidan, Jungkook tomonidan majburiy ortga qadam tashladi, - Jungkook ?
- Doonam, chindan meni shunchaki uxlaydi deb o'yladingmi? - biroz egilish bilan qizni qo'llariga olgan erkak, qiz yotoqxonasining eshigi tomon yura boshladi, - chiroyli boshing rostdan ham boshqa hayollar bilan to'lgan yoki shunchaki judayam yaxshi rol ijro qilyapsan.
- xech bo'lmasa yuvinish xonasiga kirib chiqishim kerak, hoy, - qo'lidagi rangni yigitga tegib ketmasligi uchun harakat qilgancha e'tiroz bildirdi
- kerak emas, yotoqqa yetib kelganimiz uchun minnatdorchilik bildirishing kerak aslida
Qizni yotoqqa joylagan Jungkook, keyingi harakat bilan ustidagi kiyimdan halos bo'ldi. Ikkisining masofasi zudlikda yigit tomonidan yopilarkan, qizning lablarini egalladi. Qizning qo'llari yigitning yalang yelkasidan ushlagan ko'yi, bo'yoq surkalishlar bilan davom etdi. Harakatlarga Jungkookning qo'polligi qo'shilarkan, qizning kengroq futbolkasini pastlatish bilan, lablaridan so'nggi tish botirilishdan so'ng uzilib, ochilgan yelkasi tomon botirildi. Tanasida surkalgan qizg'ishlikka e'tibor ham qilmagan yigit xirs qobig'iga o'ralgancha davom etdi. Tashqariga chiqishni xohlagan *yengillikni qizni oyoqlarini ochgan holda harakatlantirar ekan, qizning bo'yoqli qo'llarini birlashtirgancha yotoqqa bosim bilan mixladi. Ruxsatsiz chiqayotgan ovozlar faqatgina yigitning ichidagi xohishni ortishiga olib kelmoqda.
Timeskip >>>
Tong.
Bir necha soat avvalgi vaxshiyga aylangan insondan xozir go'yo asar ham yo'qdek. Doonaning nigohlari qarshisidagi uxlab yotgan erkakning ifodasiga tikilgan. Uning yuzini kuzatish bilan hatto qancha vaqt o'tganini ham bilish mushkul. Doonaning ikkilangan qo'li uning yuziga tegarkan, yigitdagi yuz tuzilish sohasi bo'ylab ohista yurg'izdi. G'alati bir his. Jungkook aytgani kabi u Doonani xech qachon to'liq haqiqatini bila olmaydi. Va xozir qiz ilk marotaba yigitdan saqlayotgan siri uchun afsuslanmoqda. Aytish ham aytmaslik ham noto'g'ri qaror bo'lishi mumkin. Tanlov murakkab. Boshqa yo'lni esa, izlash uchun vaqt yo'q. Qizning barmoqlari yigitni yuzidan tegib o'tarkan, Jungkook uni qattiqroq o'ziga tortdi. Qiz haliham nigohlarni uzmagan. Hislar go'yo so'nggi marotaba kabi tuyilmoqda.
Doimgi bekatdan turgan qiz qo'lidagi olib yurish uchun noqulaylik tug'dira oladigan dars buyumlariga qaradi. Bunday yurish bilan qo'pol ko'rinish ham mumkin. Biroz chuqur nafas chiqargan qiz avtomobil ovozi bilan katta yo'lga qaradi. Kutilmagan inson.
- darsga kech qolmayapsanmi, detektiv? - mashina oynasini pastlatkan Hajoon qizga qaragancha so'radi
- seni bu tashvishlantirmasin, pastkash
Qizning javobiga yengil kulib qo'ygan yigit mashinadan tushgancha qiz oldiga katta qadamlar bila yaqin keldi. Qo'llaridagi katta buyumlarnga qaragancha davom etdi.
- bularni jamoat transportida olib yura olasanmi? Meni qulay va tez eltib qo'yuvchi mashinam turganda - taklifini soddaroq ifoda bilan so'ragan yigit, Boradan nigohlarini uzmadi
- men haqida qayg'urma dedim senga! Daf bo'l, Hajoon, - yigitdan uzoqlashgancha masofa paydo qildi.
- mana shu yerda ilk marotaba uchrashganimiz esingdami?
- kiyimlarimni rasvo qilganingmi? Xatto dog' ham qolib ketgan, ahmoq
- xa... Shuni yuvish o'rnida senga bir taklifim bor, - qiz qarshisini egallagancha dedi
- qanday taklif?
- deylik, seni bir umrga himoya qilib yuraman, sovg'alar, xursandchilik, o'rnini to'ldirish uchun ko'ylaklar, - biroz to'xtalgancha, - va...sen meni sevgan qizim bo'lasan
- nima? - yigitning to'g'ridan to'g'ri gaplaridan ko'zlari kattalasharkan, eshitgan so'zlari yoki ularning ma'nosi qiz ichida qabul qilinmaydigan hayajon turdi, - sen...aqldan ozbsan, endi chinakamiga
- Bora, bir marotaba gaplarimni jiddiy qabul qil, - bu safar ohangida qat'iyat bilan dedi yigit. Qiz esa qanday javob qilishini bilmasdan turarkan, Hajoon atrofga bir muddat nigoh tashlagandan so'ng, kutilmaganda qizni qo'llarida ko'tarib mashina o'rindig'iga o'tqizdi. Tipirchilayotgan qiz ustidan eshikni qulflagan erkak boshqa tomonga aylanib haydovchi o'rindig'iga joylashdi.
- endi, xozir men seni universitetga olib boraman va, - gapga aralashmoqchi bo'lgan qizni to'xtatib yana davom ettirdi, - jim. Va biz bu yo'l davomida sen bilan kelishib olishimiz kerak bo'lgan masalalarni hal qilamiz... sevgilim.
Timeskip >>>
Bo'g'ilish hissi. Qorong'ulik. Tan olish kerakki biroz...qo'rquv ham. Kelayotgan ovoz faqatgina mashinaning motor ohangi. Universitetdan chiqqan qiz, nima bo'lganini anglab ulgurmasdan ikki erkak tomonidan mashinaga bosim bilan olindi. Xozir esa ko'zlar bog'langan. Qo'llar ham. Oldida yana bir boshqa shaxsning harakati ham seziladi. Birozdan so'ng mashina to'xtadi. Yana biroz kutish va qo'shimcha qo'rquv. Eshikning ochilishi bilan qiz mashinadan tushirildi. Ko'zlardagi bog'ich yechilarkan, atrofga moslashayotgan ko'zlar bir ikki yumildi. Katta uyning hovlilaridan biri. Mashina atrofi yana uch erkak bilan o'ralgan, lekin boshqa bir shaxsni topish mushkul.
- nega meni bu yerga olib keldingiz?
- kelishuvni bajarishing kerak, senga ogohlantirish berdim. Sevimli yigitchangni yo'qotishni mutlaqo istamaydigan ko'rinasan.
- lekin bu degani men odam o'ldira olaman degani emas. Rozilikni esa hatto bildirmadim ham
- bu holatimizda sen yutadiganga o'xshamaysan, qizaloq, - masofada turgan erkak qizning yuziga qo'l cho'zarkan, lekin Doona tomonidan chetga turtildi, - menimcha vaqtni ketqizishdan foyda yo'q, shunday emasmi?
Qizning tirsagidan ushlagan erkak, qizni butalar bilan to'silgan tomonga yetaklashni boshladi. Butaninh narigi tomonida boshqa uy va boshqa bir bog'ni ko'rish mumkin. Va u yerdagi ikki erkakni.
- ularni ko'ryapsanmi?
Ikkilanish bilan bosh silkigan qiz, hali ham bu ishlarga to'liq rozi bo'lmagandi.
- biroz bo'yi balandroq va qora ustki kiyimli erkak. Bugun sen o'ldirishing kerak bo'lgan shaxs, - qo'lida turgan to'pponchani qizning qo'liga mahkamladi. Yana ortgan qo'rquvdan endi qo'llar ham titramoqda
- yo'q, men... Bunday qiloymayman-
- jim qizaloq, jim. Rad etsang oqibatini ikkimiz ham yaxshi bilamiz, - qizni tanasini go'yo nishonga olishga tayyor shaxs kabi, noma'lum shaxs tomon burib qo'ydi, - endi esa, boshqa vaqt ketkazma. Shunchaki tepkini bos
Qizdan biroz uzoqlashgan yigit , uni hali ham kuzatmoqda. Titrayotgan qo'llar aytilgan shaxsni nishonga olish uchun ko'tarildi. Kuzatuv. Diqqatni jamlash. Birgina tepkini bosish va barchasi yana yaxshilanadi. Ammo....nishon o'rnida hisoblangan yigit ortga o'girildi. Jungkook. Qiz bir zum muzlab qoldi. Inson o'ldirish haqidagi vasvasa endi kuchli qo'rquvga aylandi. Bunday bo'lishi mumkin emas. Harakatlari to'xtalishni boshlagan qiz ortidan erkak kelgancha, to'pponchani qayta o'lishi reja qilingan insonga to'g'rilandi.
- buni to'xtata olmaysan. Bizning rejamizni buza olmaysan, lana'ti, - aniq mo'ljalni olishga uringancha, qizning ochiqchasiga qilayotgan qarshiligini to'xtatishga urindi. Qo'llar qizning to'pponcha ushlab turgani ustidan mahkamlandi, faqatgina qizning barmoq izlari tushishini ta'minlagan kabi.
- yo'q buni qilmayman, qo'yib yubor, jin ursin
Qarshilik qilish. Qarshi tomondan ortib borayotgan bosim. Hayotidagi yo'qota olishi mumkin bo'lmagan insonning hayotiga xavf bu o'zi bo'layotganini his qilish. Xatto o'ylab ham ko'rilmagan ko'z yoshlar. Xech qanday kuchli harakat ham to'xtata olmaydigandek tuyiladi. Va so'nggida esa o'q ovozi...
- mendan boshqa sir saqlashingga yo'l qo'ya olmasdim, oppog'oy, - o'q ovozi kelgan tomon burilgancha shivirladi yigit.
Faqatgina oyning yorug'ligi mashinaning ochiq oynalaridan tushib turibdi. Tashqaridan kelayotgan ovozdan, dengizning toshlarga urilayotgan ohangini anglash mumkin. Quloqlarda biroz chiyillash bilan ko'zlarini ochgan qiz tashqari tomonga qaradi. So'nggi esda qolingan sahna ko'z o'ngida qayta gavdalandi. Ortidagi yigitning yerga hushsiz yeqilishi va qon. Boshqa voqealar faqatgina qorong'ulik. O'rniga yaxshiroq joylashgan qiz atrofga yaxshiroq nazar tashlarkan, mashinada yolg'iz emasligini angladi.
- qilgan ishing uchun jazo olishing kerak, Doonam...
The_End
Hello good girls
•Han Doona
WISH
Go for it...
Episode 2
Qo'ng'iroqning chaqiruv ovozi mashinani to'ldirdi, lekin hali hamon javob yo'q.
- jin ursin! - rulning charm qismiga mushtlagan Jungkook boshqaruvni o'ngga burdi.
Mashinalar orasidan tartibsiz yo'nalish bilan tez haydayotgan erkak , ogohlantiruv signallari yoki chaqiruvlarni e'tiborsiz qoldirdi. Xozir u huddi topshiriqdagi shaxs kabi. Firmaga borib o'sha ablah bilan gaplashmasa tugallanmaydigan topshiriq.
"Ertalab hujjatni birinchi marta ko‘rganimda, nimadir noto‘g‘ri deb o‘yladim. Axir, ism va ko‘zim oldida yotgan la'nati dalillar qandaydir xato bo‘lishi kerak edi. Hisob-kitobdagi xatolik. Tasodif. Tizimdagi biron bir la’nati nosozlik. Lekin bu unday emasdi. Xususiy tergovchidan eshitganlarim ham xato emasdi. Men hatto o‘zimni pastga urib, qarzdorlik evaziga qo‘lga kiritgan yozuvlar ham — ular ham ayni haqiqat edi. La'nati haqiqat shuncha yillardan buyon to'g'ridan - to'g'ri qarshimda turgan ekan va men buni ko'rish uchun ojizlik qildim. Bu manmanlikmi? Bexabarlik?"
Lekin u qisqa vaqt ichida tez ulg'aygan shaxs. Shunchasi yetmagan kabi g'ururi yo'lida ham keraksiz va tuganmas kurashlarga bos suqdi. Jungkookni o'lim yoqasiga olib kelgan o'sha o'gay ona uning shavqatsizligiga guvohlik bera oladi. Erkak u ayolni yo'q qilishga maqsad qilgan , lekin bu jarayon asta - sekin kechadi. Shunday og'riqli va uzoq davom etadiki oxir oqibat u o'z bo'yniga arqon solishni o'ylab qoladi. Lekin yana, u o'zini haddan ortiq sevuvchi kishi. Bundaylar hech qachon bunday tanlov haqida o'ylamaydilar.
Butun shu vaqt davomida Jungkookni hech kim o'yinchoq qila olmasligi aniq edi. Axir u Jungkook, la'nati Jeon . Faqatgina bir necha yil ichida yuksaklikka chiqqan "Jeon & Kim" firmasining egasi. Bu huddi Taehyungning yovuz g'ayrati bilan Jungkookning kuchi to'qnashishga o'xshaydi. Va aynan shu narsa Taehyungni unga bog'lab turadi. Jungkook g'alaba qilganda ham u qayta tiklanadi. Xar safar kuchliroq va yanada xavfliroq. Uning iroda kuchi — tuganmas. Go‘yoki abadiy aylanuvchi halqa. Yoki cheksizlik belgisi. Yoki la’nati ufqning o‘zi. Agar siz Kim Taehyungga to'gri vositalarni bersangiz u bitta qasr quradi, keyin ikkinchi va keyin esa butun bir shaharni paydo qiladi. Otasiday siyosiy yo'ldan emas - balki soyalarda yashirinib. Shunday joyda hech kim uni ko'rmaydi va zarar yetkaza olmaydi. Xuddi Jungkook istagan kabi. Shuning uchun ular yin va yang kabi - biri yorug'lik, biri qorong'ulik, ajralmas butun ikki qism singari.
Ular yuqori maktab paytida ilk bor uchrashganlar. Jang maydonida. Taehyungning ko'zi oldi biroz ko'kargan, labi chetida qon. Lekin u hali hamon tik oyoqda, Jungkookning qarshisida. Qancha harakat qilmasin u taslim bo'lmadi, to u g'alaba qozonmaguncha. Va mana shu payt Jungkook, u allaqanday senatorning erka og'li emasligini angladi. Va o'ziga munosib bo'lgan yagona raqibligini.
Ular doim raqib bo'lgan lekin ko'p hollarda, direktordan, ota onalardan, hatto politsiyadan ham bir birlarini qutqarib kelganlar. Ularning go'yoki o'z dunyolari bor edi, tashqaridagi real hayotning shaxslari kirishi mumkin bo'lmagan hayot. Bir necha ayollar kirishga urindi, hatto ikki tomon bilan o'yin qilmoqchi kabi. Lekin buni hech kim uddalay olmagan. Ular har qanday mavzu yuzasida janjallashishi mumkin - faktlar, uslublar, ishchilar - lekin xech qachon ayol ustidan emas. Buning uchun do'stlikni xavf ostiga qo'yish arzimaydi. Garchi "do'stlik" so'zi ularga to'g'ri kelmasa ham - ular hanuz bir birining raqibi. Hali ham raqobatlashishadi, tortishishadi va so'ngida esa baribir bir birlarining muammosi yuzasidan oldida paydo bo'ladi. Qachonki Taehyung va Jungkook topshiriqda bo'lsalar ularni xech kim to'xtata olmaydi. Yoki bugun erta tonggacha shunday edi. Toki o'sha qo'ng'iroq qabul qilinmaguncha. Yujin hayoti uchun haqiqiy xavfni Jungkook anglamaguncha.
Nechadir yillar avval eshik ostonasiga tashlab ketilgan o'sha qizaloq. Bola ulg'aytirish yoki hissiyotlar haqida tushunchaga ega bo'lmagan o'smir yigit yelkasidagi vazifa. Jungkook uni hatto berib yuborish haqida ham o'ylamagan. Qattiqo'l ota bilan yashash va o'z xonimiga uylanish uchun esa haqiqiy ayolini uydan quvib solish Jungkook hissiz maqsadi faqat varongarchilik bo'lgan shaxsga aylantirdi . Shu sababli ham o'smirlik davrida o'ylamay qilgan har bir harakati bilan deyarli hamma narsani barbod qildi. Lekin bu Yujin uning bo'shliqdagi hayotida paydo bo'lishidan avval edi. Xatto DNK testni ham qilishdan avval , Jungkook bu uning singlisi ekangligini chaqaloqning ko'zlariga tikilish arafasida sezib bo'lgandi. Shundan so'ng esa barchasi yana oydinlashdi. Kuch qudratga ishtiyoqmand bo'lgan erkak yana barchasini boshidan boshladi. Chunki kuch oilani qutqarishi mumkin. Jungkookda bor bo'lgan yagona oila esa Yujin. Yo'ldan chiqqan barcha narsani uning xavfsizligi uchun yakson qilishga tayyor bo'lgan oila. Lekin bir xatolik bor. U atrofga yaxshilab e'tibor bermasdan, Yujinga keluvchi yana bir xavfni ko'rmadi. 20 yildan buyon qarab kelgan singlisini tortib olishi mumkin bo'lgan shaxs.
- jin ursin! - tezlik i oshirish uchun pedalni yanaham bosgan erkak yana Taehyungga qo'ng'iroq qildi.
- nima bo'ldi Jungkook? Meni yeg'ilishim bor, - vanihoyat go'shakni ko'targan erkak zerikkan ohangda gapirdi.
- jin ursin yeg'ilishni. Bu favqulodda holat
- nima bo'ldi? - uning ohangi hushyorlashdi
Og'zini ochib uning ustiga do'zaxni yog'dirishga uringan erkakning ovozini chalingan mashina signali to'sdi. Qarshisiga keskin burilgan avtomobil, behuda tormozning bosilishi va havoda jaranglagan qattiq chiyillash. Keyingi holatda esa metallning metalga urilgan ovozi atrofga yoyildi. Ko'zlar yarim ochiq, va peshonadan oqib tushayotgan suyuqlik nigohni ham qizg'ish tuman bilan qoplaydi.
- Jeon?! Jungkook...bir nima de! Jin ursin, nima bo'ldi o'zi? - atrofdagi tartibsiz chiyilashga Taehyungning ovozi ham kuchsiz eshitilib turadi.
- Yujin...- bazor shivirlagan erkak , yakunladi - ung...g'amho'rlik...qil
Nigohlar oldi qorong'ulashib, go'yo ko'rinmas qo'llar uni tubsizlikka olib ketdi.
Meni kechir, kichik farishtam.
Qo'llardan sirg'alib tushgan shisha stakan tovush chiqargancha pol qismlariga sochildi. Balandroq ohangda kelib turgan Billie Eilish musiqasiga shisha ovozi qo'shilib ketdi. Yerga egilib siniqlarni olayotgan qiz barmoqlariga shishaning biroz bosimi bilan achishish sezdi. Telefondagi tinimsiz suhbatlar xabarlarni keltirmoqda. Do'stlarning hazillari yoki kollejdagi qizlarning chatidan bo'lak muhim narsani ko'rish mushkul.
Suho va Jenny esa Yujin bilan kollejda huquqshunoslik uchun tayyorlov kursida o'qigani bois, ular bir birlariga yaqinlashib bordilar. Yujin kimnidur chin do'st deb hisoblashi aslida qiyin, chunki boshlang'ich maktabdan beri barcha yoki akasining muvaffaqiyati yoki oilaviy mojarolar , ayniqsa o'gay ona o'rtasidagi tortishuvlarga qiziqadi. Huquqshunoslikda o'qish esa barchasini yanada murakkablashtirdi. Chunki deyarli barcha "Jeon & Kim" firmasida ishlash uchun kurashadi. U yerdagi tanlov jarayoni shunchalik qat'iy va puxta tuzilganligidan hatto Yujin ham bundan o'tishiga umid qila olmaydi. Jungkook bo'lsa xech qanday imtiyozlar bo'lmasligi to'grisida avvaldan ta'kidlab o'tgan.
Barcha xabarlarni e'tiborsiz qoldirgan holda kontaktlar bo'limiga kirgan qiz, Susan ismida to'xtaldi. Aslida Jungkook o'gay onasining raqami singlisida borligi to'g'risida bilmaydi. Yashirincha deb bo'lmaydi, shunchaki kafeda turtilib ketgan on, qiz raqamni o'zida saqlab qo'yishni so'ragandi. Balkim aynan mana shu kabi kun uchundir. Jungkookning tug'ulgan kuni yaqin va behuda umidlar bilan qiz, ularning aloqalari yaxshi bo'lishiga umid qilmoqda. Otasi Yujin kelgandan so'ng, 2 yil o'tib vafot etdi va xozirgi , ya'ni biologik onasiga sotib olgan uyini Susanga qoldirdi. Jungkookning esa g'azabi ortdi, garchi "Jeon & Kim" dagi ulushlarni unga qoldirgan bo'lsa ham, uy u uchun qadrli bo'lgan. Jungkook hatto otasi vasiyatnoma yozayotgan paytda hushida bo'lmaganini ham isbotladi va shundan so'ng vasiyatnoma o'z kuchini yo'qotdi. Endi bu safar esa Jungkook uyning unga bo'lgan huquqini isbotlash uchun, uyning u uchun qanday katta hissiy ahamiyatga ega ekanini isbotlash uchun harakat qilmoqda. Susan esa qarshi ko'rsatmalar berib, endi "Jeon & Kim" firmadagi ulushlarni ham talab qilmoqda. Jungkook esa u ayol million yilda ham yuta olmasligini aytgan. Yujin esa ularning o'rtalaridagi urushdan nafratlanadi. Akasi va Susan bur umir sudlashib o'tishlarini istamaydi.
Qo'ng'iroq qilish tugmasini bosgan qiz , barmog'i orasida turgan shisha bo'lagini biroz qattiqroq ushladi. Go'shakni ko'targandan so'ng to'xtab qolgan qiz, oynadan tashqaridagi bog' tomonga qaradi.
- kim bu? - har doimgi yopiq va qattiq ovozida so'radi ayol
- bu men. Yujin
- nima istaysan? - uzoq cho'zilgan sukutdan so'ng javob qildi Susan.
- yaqin kunlarda akamning tug'ulgan kunlari va ...balki siz ham kelishni istarsiz?
- akangni tug'ulgan kuni uchun xohlaydigan yagona narsam bu uning o'limi - beep
Yutungan qiz telefon ushlab turgan qo'lini pastlatdi. To'g'ri, aslida ham qiz kutgan narsa shu edi. Balkim ularning o'rtasini tuzatish uchun xech qanday imkon yo'qdir. Bularning barchasi behuda umidlardir. Balki qiz rostdan ham tashvishlanishi kerak bo'lmagan masalalarga bosh qotirishi kerak emas ...yoki unga e'tibor qilmaydigan shaxslarga.
Uning telefoni navbatdagi xabar bilan tebrandi.
Suho: kechki sayrga nima deysan?
Qiz pastki labini biroz tishladi.
"Suho bilan mening munosabatlarimni to'liq deb bo'lmaydi ham. Bu huddi dam olish kunlarida birga vaqt o'tkazish, birga biroz *ko'ngilxushlik qilish kabi. Jennyning aytishicha uning mototsikili meni o'zidan ko'ra ko'proq jalb qiladi va bu to'g'ri bo'lishi ham mumkin. Menga taqiqlangan narsalarni qilishdagi hayajon yoqadi - masalan, akamning ichimligidan yashirincha biroz ichish, belgilangan vaqtdan kech qaytish yoki...akamning yaqin do'stini o'pish kabi. Bu shaxsiyatimdagi kamchilik"
Ular hali munosabatni asosiy bosqichiga olib chiqishmadi - aniqrog'i Yujin buni istamaydi. Go'yo bunga rozilik berish xiyonat kabi tuyuladi. Garchi u majburlayotgan bo'lmasada , bosim qilmayotgan bo'lsada , u ham abadiy kuta olmaydi.
Suhoga xozirgi munosabatning o'ziga rozilik bildirishini asosiy sababi, bu shunchaki bir shaxsni ortda qoldirib, oldinga intilib yashash edi. Ichidagi bo'shliqni to'ldirish uchun boshqa inson topish kerak edi. Biroq kichik bir muammo bor edi - Taehyung. Erkak bu joyni xech kimga bo'shatishni istamasligi hisobga olinmagan. Yujin esa bu joyni boshqa bir uni sevuvchi, masalan - Suho kabi inson egallashiga umid qiladi.
Biroz titroq barmoqlar bilan qiz javob qildi.
Yujin: albatta
Suho: uyingga borsam bo'ladimi yoki akang yuzimni yangidan dizayn qiladimi?
Akasining avvalgi tahdidlarini eslagan qiz biroz tabassum qildi.
Yujin: u ishga allaqachon ketgan va kechgacha bo'lmaydi. Biz xavfsizmiz
Suho: unda tez orada ko'rishguncha, go'zal qiz
Go'zal qiz. Negadir buni Suhodan eshitish qiz uchun biroz og'riqli. Balki bu so'zlarni eshitishni xohlagan insoni u bo'lmagani uchundir.
Qolgan shishalarni olishga uringan qizning ko'ziga tashqaridagi noaniq bir harakat ko'rindi. Bu bo'lishi mumkin emas. Tezlikda boshini ko'targan qiz bog' yo'lagi bo'ylab katta qadamlar bilan kirish eshigiga kelayotgan insonni ko'rdi. Kelishi mumkin bo'lmagan shaxs. Taehyung.
Uning yurishi hatto aniqlik bilan. Undagi har bir narsa qattiq. Bu uning keng yelkalari qanday qilib qora, badaniga mos kostyumini tarang tortib turganidadir.
"Muskullar. Nafaqat ko‘kragi yoki qorni, balki bilaklari, sonlarigacha — har bir bo‘lagi kuch bilan yasalgan. Uni akam bilan ortiqcha kiyimlarsiz holatda boks qilayotganini ko‘p bor kuzatganman. Aynan u menga erkak go‘zalligining ilk namunasi bo‘lgan. Men uning tarang qornini, bo‘rtib chiqqan mushaklarini, chaqqon harakatlarini, yengil, lekin aniqlik bilan yo‘naltirilgan zarbalarini ko‘rganman. Yosh qizlar o‘z tengdoshlari — o‘smir o‘yinchilar va sportchilarga mahliyo bo‘lishadi. Lekin men boshqa bir go‘zallikni ko‘rganman. Yetuk, hayot va kuch bilan to‘lib-toshgan erkak timsolini.
Va afsuski, bu standartni endi hech kim ortda qoldirolmaydi. Na maktabdagi jismoniy yetilgan bolalar, na kollej yigitlari. Chunki ular men uchun hamisha bir maqomda qolishadi — yigit"
Sevimli musiqani o'chirgan qiz, qo'lidagi achishishga e'tibor qilmagan holda oshxona eshigi tomon bordi.
- men xech qanday yomon ish qilmayabman. Men shunchaki uni kirayotganini ko'rishim kerak
Ish vaqtining o'rtasida u nega bu yerda bo'lishi mumkinligi haqida xozir Yujin o'ylashni ham istamaydi. Taehyung ikki yil avvalgi bo'sadan so'ng bu uyga kam keladigan bo'lib qolgan. Kelgan vaqtlari ham bu faqat Yujin uyda bo'lmagan paytlari , Jungkook bilan ish yuzasidan. Va so'nggida qiz bularni xizmatkor Iseuldan bilishi kerak bo'lardi. Lekin baribir, Taehyung xozir akasi bo'lmagan paytda bu yerda bo'lishi kerak emasdi va yana yolg'iz.
- Yujin qayerda?
O'z ismini undan doim uni eritib yuboruvchi tovush bilan eshitish qizning yurak urishi tezlashishiga sabab bo'ldi. U Iseuldan Yujin haqida so'ramoqda? Demak bu degani, Taehyung u uchun shu yerda. Qizning nozik yuragiga bular og'irlik qiladi. "Men shu yerdaman" deb baqirish istagi xozir juda yuqori ammo xech bir so'z tomoqdan o'ta olmaydi. Iseul esa allaqachon unga oshxona yo'lini ko'rsatib bo'ldi.
"Nafas ol, Yujin . Shunchaki nafas" qadam tovushlari yaqinlashishi bilan qiz o'ziga eslatgan bo'ldi. Lekin bularning bari erkak eshikdan kirishi bilan to'xtadi , ya'ni nafas olish. Erkakning ifodasi doim qattiq bo'lgani bilan, xozirgi holat farq qiladi. Qattiqlashgan nigohlar va mushtlari tugilgan. Musht go'yo qattiq jismni urgan kabi qizargan holda. Bunday holat hatto akasi bilan boks mashqlarida ham kam uchraydi, sababi ular doim xavfsizlikni birinchi o'ringa qo'ygan.
- men bilan ketishing kerak, Yujin
"Birgina gap. Birgina gap va men nimadir no'tog'ri ekanini angladim. Taehyung meni o'zi bilan xech qayerga olib bormaydi. Xech qachon"
Qo'lidagi shisha qattiqroq siqilarkan, yerga qon tomchilari oqishni boshladi.
- q..qayerga ketamiz? - o'zidagi duduqlanishni to'xtatishga urinsada, befoyda. Biror nima noto'g'ri va u xozir shunchaki qochishni va shkafga berkinishni istaydi. Balki o'sha yerda biroz uxlash va qaytib chiqmaslik.
- bu Jungkook. U avtohalokatga uchradi va...juda og'ir.
Koma. Shifokor ularga Jungkook vegetativ holatda ekanini aytyapti. Miyadagi shish zarba natijasida yuzaga kelganini tushuntiryapti , lekin aniq bir javob yo'q - bir necha kun ichida uyg'onishi mumkin yoki hafta, yoki xech qachon. Shifokorlar Taehyungning do'sti ustida soatlab ishlashdi, ammo baribir uni ortga qaytarib bo'lmadi. Operatsiya davomida umid bilan kutgan ikki shaxs xozir shifokorning xatto yolg'on taskinsiz ham haqiqat gaplarini tinglamoqda. Xozir Taehyung uni ushlasa ham yuziga ursa ham Jungkookni qaytarib bermaydi. Yujin erkakning gaplarini lablari biroz ajralgan holda tinglamoqda. Ular jonsiz va umidsiz, xuddi uning qolgan yuzi kabi. U bosh barmog'i tirnoqlarini qolganlari ustidan deyarli g'azab bilan harakatlantirmoqda. Bu undagi yoshlikdan beri qachonki asabiylashganda sodir bo'luvchi holat - yoki oyisi haqidagi haqiqatlarni bilgandan beri. Erkakning har bir izohi bilan u yengil titramoqda. Har bir so'z - umidsizlikka urilgan yangi bir zarba. O'sha rang barang porlab turadigan nigohlar so'nmoqda. Chunki u hech qachon yashira olmaydi. Va ayni shu lahzada Taehyung uning umidi qanday so'nib bo'rayotganini guvohi bo'lmoqda. U xech qachon yig'lamaydi. Bu Jungkookning sovuq tarbiyasidanmi yoki onasi haqida bilgandan beri ichida topishga urinayotgan bo'shliq sababmi - noma'lum. Lekin Yujin hech qachon odamlar oldida yeg'lamaydi. Kamida o'n ikki yoshdan beri shunday. U shunchaki tirnoqlarini bir - biriga urib, ko'rsatkich barmoqda kichik kesilgan joyni qayta va qayta bezovta qiladi. Taehyung kasbi bois, insonlarning qayg‘uga bergan turfa xil reaksiyalarini ko‘p bora kuzatgan. Kimdir bu yuk ostida butunlay qulab tushadi, boshqalar esa his-tuyg‘ularini tashqariga portlatib chiqarishga urinadi — ba’zan bu qichqiriq, yig‘i, mushtlar, hatto o‘ldirishgacha boradi. Qayg‘u — shunday bir tuyg‘uki, u hech qachon bir xil aks etmaydi. Har bir inson unga o‘z ruhiy arxitekturasi, ichki dunyosi orqali javob qaytaradi. Lekin eng ko‘p aziyat chekadiganlar — hech nima bo‘lmagandek yurishga urinadiganlar. Har kuni bir xil yuz ifodasi bilan, sokin, sokinlikdan ham sokin qadam tashlaydiganlar. Garchi yuraklari ichida qon yig‘layotgan bo‘lsa-da, yuzlarida soya yo‘q. Agar ular psixopat bo‘lmasa yoki empatiya tuyg‘usidan butkul ayrilmagan bo‘lsa, bu holat normal emas. Yujin esa, har qancha o‘zini tutmasin, hech qachon hissiz inson bo‘lmagan. Demak, hozirda u o‘zining so‘nggi ichki istehkomini shu qonli tirnoqlari bilan o‘z qo‘li bilan qulatmoqda. Xuddi har bir tirnoq bilan o‘ziga bir bo‘lak hayotini ko‘mib borayotgandek.
Shifokor o'z dialogini tugatgandan so'ng Jungkookni ko'rish uchun ruxsat berdi, faqatgina shisha oyna ortidan. Yujin akasining xonasi yo'nalishi tomon bordi, lekin uning tanasi silkinayotgan ko'yi oyoqlar qotib qoldi. Yiqilib ketishidan avval Taehyung uni qo'li yuqorisidan ushlab, qolgani bilan atrofidan o'radi.
- men yaxshiman - past va sust ovozda dedi Yujin.
O'zini tutib olgandan song Taehyung undan qo'llarini oldi. Xozir u istaydigan so'nggi narsa bu Yujinga teginish yoki yaqinida bo'lish. Lekin xozir u ko'z quloq bo'linishi kerak bo'lgan holatda. Jungkook uning shunchaki akasi emas dunyosi... edi. U uning otasi, onasi hatto yaqin do'sti ham va shuning uchun u xozir yaxshi ekanligiga Taehyung bir soniya ham ishonmaydi. Kuchsiz qadamlar bilan ichkarilagan qiz, oyna qarshisida to'xtadi. Butunlay. U hatto kiprik ham qoqmayabti, yoki nafas ham olmayabdi. Jungkookning qo'li gipsda, ko'kragi esa butunlay bint bilan o'ralgan, lekin eng yomoni bu emas. Eng og'rig'i yuzini va chakkalarini qoplab olgan ko'k, binafsha va pushti rangli ko'karishlar. Oq choyshablar va bintlar orasida bu manzara yanada dahshatli ko'rinmoqda.
- aka...- Yujin iyagi qimirlagancha shivirlarkan, ikki qo'li shishaga urildi, - o'rningizdan turing. Siz menga biz ertaga birga tushlik qilamiz degandingiz. Men hatto bu kun uchun kiyim ham tanlab bo'ldim, bu ko'p vaqtimni oldi. Shuning uchun meni shunchaki tashlab ketolmaysiz.
Taehyung uni bezovta qilmaslik uchun ortga qadam tashladi. Lekin hali hamon barchasini eshitib turibdi. Undagi titroq , berkingan umidzsik va ularning ortidagi inkor. Barchasini.
- aka... o'zingizni uxlaganday ko'rsatishni bas qiling. Siz erta turadigan odamsiz. Ko'p uxlashni yoqtirmaysiz, - uning turnoqlari shishaga botirildi, - aka... siz meni yolg'iz tashlab ketmaslikka va'da bergandingiz. Siz u emasligingizni aytgandingiz, esingizdami? Siz oyim kabi ma'suliyatsiz emassiz, u kabi yovuz emassiz yoki u kabi yuraksiz emassiz. Siz...siz mening akamsiz. Mening yaqin do'stim va hamma narsam. Yaqin do'stlar ogohlantirmasdan uxlab qolmaydi, shuning uchun uyg'oning! Uyg'oning aka!
Uning mushtlari oynaga zarb bilan urildiki, o'z yelkalari ham qimirlab ketdi. Uning ovozi tobira sustlashib, yo'qolib bormoqda. Har bir Jungkookni chaqirsh va mushtlashda rad etilish aniq turibdi. Taehyung yurgancha unga yaqin keldi va qo'lini cho'zdi, ammo to'xtash. U Yujinga tegishi mumkin emas. Xech qanday sabablarsiz. Lekin agar u xozir Yujinni to'xtatmasa u qo'llarini sindiradi yoki xech kim topa olmaydigan bo'shliqqa g'oyib bo'ladi. Mana shu holat doim u qattiq hayajonda bo'lsa sodir bo'ladi. U berkinadi. U buni juda yaxshi bajarganidan, uni qayta topa oluvchi yagona shaxs bu uni o'zi bo'ladi. Lekin xozir bularni o'ylashga yo'l qo'ymagan Taehyung qizning yelkasidan ushladi.
- to'xtashing kerak, Yujin
- men yaxshiman. Qo'yib yubor, - u yelkalarini aylantirgancha erkakning qo'lini silkitishga urindi, lekin qo'llar tutqichi qattiqlashdi.
- seni akang komada. Sen yaxshi bo'lishing mumkin emas
- u komada emas. U uyg'onadi, - u kaftlarini yana shishaga urdi, - uyg'oning aka. Bu yo'lg'on. Uyg'oning.
U qo‘llarini o‘ynatib, o‘zini yo‘qotishni boshladi va Taehyung unda asta-sekin paydo bo‘layotgan vahima xurujining belgilarini ko'rdi. Nafas olishining qisqaligi, peshonasidagi mayda ter tomchilari, lablarining titrashi — bularning bari yaqqol. Balki u o‘zi ham anglamayapti, lekin ruhiyati chandon tig‘ yoqasida turibdi.
Taehyung uning boshqa yelkasidan ham ushlagancha o'zi tomonga qo'pollik bilan aylantirdi.
- Yujin, yetar
Qiz bir titrab qo'ydi, ovoz go'yo tanasiga singin kirgan kabi. Taehyungning ohangi xozir bunday baland bo'lmasligi kerak edi, lekin ish berdi.
Uning qo'llari ikki tomonga tushdi, lekin titroq haliham to'xtamadi. Kuchaydi hatto. Oldingidan bilinadigan tarzda. U Taehyungga pastdan tikilmoqda - o'sha sehrli ko'zlari bilan. Hozir ular o'zidagi qora ohangini biroz yo'qotgan. Va biroz hiralashgan. Ichkaridan chiqmoqchi bo'layotgan jigarrangni bo'gib, yashashga yo'l qo'ymayotgan kabi.
"Jin ursin uning menga qarashini. Go‘yoki men barcha javoblar va yechimlarga ega shaxsman. Go‘yoki hammasini to‘g‘rilay oladigan yagona odamman. Men Yujinning menga boquvchi nigohlarini doim yoqtirmaganman. To‘g‘rilash kerak: bu nigohdan men nafratlanaman — ayniqsa, u o‘zining o‘n sakkizinchi tug‘ilgan kunida oramizdagi g‘isht devorini parchalagandan beri. Chunki u ko‘rayotgan “shaxs" aslida — niqobdagi iblis"
- bu haqiqat emas. Menga buni haqiqat emasligini ayting , Taehyung
Taehyung unga doimgi kabi aka qo'shimchasi bilan murojat qilmasligini tanbehini berishi kerak edi. Lekin xozir buning na vaqti va na joyi.
- rad etish bunga yordam qilmaydi. Buni qancha tez qabul qilsang, shuncha tez o'rganasan
- yo'q, - u tishlari orasidan shivirladi, - yo'q...
- buni qo'yib yubor, Yujin - Taehyung o'z ohangini iloji boricha yumshatishga harakat qildi, lekin bu hanuz biz buyruq kabi yangradi.
U boshini qimirlatdi. U yumshoq, yengil edi. Xuddi Taehyungning tutqichi ostida turgan kabi.
"Men hozirgacha Yujinning menga nisnatan qanchalik kichik ekaniga e'tibor qilmaganman. Qanchalik nozik. Aslida bir marotaba bu sodir bo'lgandi. U tanasi bilan birga lablarini menga bosganida. Lekin men xozir bular haqida o'ylashim kerak emas. U qanchalik ojizligi to'g'risida yoki mening deyarli quchog'imda qanday turgani haqida o'ylamasligim kerak, yana uning qarshisida"
Taehyungning jag'lari biroz qattiqlasharkan, qo'llarini uning yelkasidan bo'shatgancha o'girilib keta boshladi. U Yujinning kelasi xarakatlariga tayyor emasdi. Butunlay va mutlaqo. Xuddi ikki yil avvalgi kabi.
•Han Doona
WISH
Go for it ...
Episode 1
"Do'stimni singlisining tug'ulgan kuniga kelish men xozir istayotgan narsalarning eng oxirgisi edi. Sababi ish stolimda talaygina yotgan "sud ishlari" hujjatlar emas, firmadagi rejalashtirishim kerak bo'lgan yig'ilish ham bor. Lekin hujjatlarni ustun qo'yib, uni kichik malikasining tug'ulgan kunini rad etishim, hatto bu o'z kompaniyasi bo'lsa ham - u meni buning uchun o'ldirishi mumkin.
- 15 daqiqa. 15 daqiqa bu yerda bo'laman va biror bahona topib bu joyni tark etaman" - o'ziga ta'kidlagancha mashinadan tushgan Taehyung, kostyumi tugmasini qadadi.
Turli xil o'simliklar bilan atrofi o'ralgan oq "saroy" - uy ta'rifi kamlik qiladigandek. Qarshisida esa bazim boshlanib ulgurgan bog'. Bog'da joylashgan hovuz yonida uzun stol va uning atrofida son sanoqsiz odamlar to'plangan. Ularning ayrimlari firmadagi hamkorlar va yordamchi yuristlar. Voqeliklardan qolib ketmasdan, Jeon Jungkookning oyog'ini *o'pishni kutayotganlar atrofni to'ldirgan.
Haqiqiy erkak sifatida, Taehyung bilan esa yoshlikdan turli xil janglarda birga kurashgan inson, barcha uchun qattiqqo'l boshliq hozir deyarli o'zidan kattaroq bo'lgan pushti tortni, "tug'ulgan kun" qo'shig'ini kuylagancha singlisining oldiga olib kelmoqda. Atrofdagilar ham aytilayotgan qo'shiqga jo'r bo'lishgan
Uy kirish qismiga yaqin kelgan erkak, darvoza oldida to'xtab, sodir bo'layotgan tomoshani tugashini kutdi. Axmoqona tug'ulgan kunga kelish , u ham bundan rohatlanishi kerakligini anglatmaydi. Baxt u uchun emas. Bunday ko'rinishdagi bayramlarda ham. Ayniqsa o'zining tug'ulgan kuni dafn marosimiga aylangan bir paytda.
Qo'llarining orti bilan to'planib qolgan ko'z yoshlarni artgan qiz esa - Yujin, Jeon Jungkookning yagona singlisi. Akasidagi tabassumga kontrast ravishda bo'lgan yoqimli tabassumga ega bo'lgan shaxs. Erkakning sochlari tim qora rangda , qizda ham buni ko'rish mumkin, ammo aniqroq kuzatilsa to'q holda aralashgan qizil ham sezilishi mumkin. Akasining ko'zlari qora - to'q kumush rang bo'lsa, Yujinda esa katta qorachiqlar atrofini biroz to'q jigarrang aralashgan holda, atrofdan yeg'ilgan qora rang bilan kombinatsiya hosil qilib ularni yana ham kattaroq ko'rsatadi. Qo'shiq nihoyasiga yetarkan birgalikda o'chirilgan 18 ta shamlardan so'ng , Jungkook singlisini quchog'ig tortib, bag'rida biroz muddat ushlab turdi. Uzoqlashgan ko'yi singlisining peshonasiga lablarini bosdi.
- agar kimdur menga shafqatsiz Jungkook muloyim bo'la olishini aytsa ishonmagan bo'lar edim. Lekin mana, dalil ko'z o'ngimda. U singlisiga keragidan ortiq bog'lanib qolgan va eng achinarlisi, buni o'zi ham biladi - o'ziga o'zi shivirlagan Taehyung burchakka o'tib kutish o'rnida xabarlar orasidan zaruriyat tug'dirganlarga javob berishni boshladi.
Bu ish 15 daqiqadan ko'proq vaqt oldi - bu esa belgilangam vaqtdan 5 daqiqa ko'proq, u bo'lsa haliham ichkariga qadam bosganicha yo'q. Biroz daqiqalardan so'ng Yujin sovg'alarni qabul qildi va Jungkook esa ichkariga kirib ketdi, aniqroq bo'lsa ichimliklar uchun va Taehyung ham uning ortidan ketdi. Eski xodimlar va xozirgi hamkasblar orasidan ko'rinmas holda o'tish qiyin, ammo tug'ulgan kuni sohibi va tort hamma e'tiborni jalb qilgan bir paytda bu osonroq. Oshxonada esa muzlatgich qarshisida Jungkook yordamchiga aniq , reja asosida ichimliklar uchun buyruqlarni bermoqda. Mana bu Taehyung doim tanib kelgan Jungkook . Keskin belgilangan shubhasiz aniqlik bilan. Va shunisi bilan Taehyung u bilan yaxshi kelisha oladi. Axir iblislar bir - birlarini taniydilar. Lekin singlisidan keyin uni biroz o'zgarganini hisobga olsa - sobiq iblis.
- rolingni to'liq bajarish uchun , xizmatkor kiyimini kiymaganing qoldi - oshxona mebeliga suyangan Taehyung kinoyali dedi.
- sen ketishing mumkin, - oldidagi xizmatkorga qat'iyat bilan yuzlanib unga ichimlikni tutqazgancha dedi. Biroz avvalgi "tug'ulgan kun" qo'shig'ini kuylayotgan yigitdan asar ham yo'q, - kelmaysan deb o'ylagan edim, - cho'ntagidan temir yondirgichni chiqarib , uni ochib yopishni boshlagancha dedi. Tamakilar bilan aloqani singlisidan so'ng to'xtatgan bo'lsa ham bu kichik o'vunchoqni yo'qota olmagan
- hm, lekin shu yerdaman, shunday emasmi ?
- yaxshi urinish, bo'lmasa seni do'pposlashni o'ylab turgandim
- menga qarshi chiqolmaysan. Hech bo'lmasa bu hayotda
- o'tgan haftadagi o'yinni unutgan ko'rinasan
- o'tgan haftada yuzimga sochiq otish bilan g'irrom o'ynading
- buni jang san’ati deb o‘ylama — bu ko‘chaning qonuni. Ammo mayli, bu haftada sen yutishingga qo'yib beraman.
- jin ursin seni. Yutqazayotgan paytingda mehribon rolini o'ynama
- bunga yana qaytamiz. Xo'sh nega kech qolding?
- bu shunchaki tug'ulgan kun Jungkook, bunda muhim narsani ko'rmadim
- bu meni singlimning tug'ulgan kuni. Muhimlik ham shunda
Shunda ham muhim narsani ko'rmagan yigit ortiq gapirmadi. Bunday gapni takrorlashi faqatgina yigitga keladigan mushtni ta'minlashi mumkin. Taehyungning yuzi esa go'yo o'zidagi tegib bo'lmaydigan mulk kabi, Jungkookda ham va shuning uchun ulardagi janglarda yuz - qizil zona sifatida turadi. Yoritgichni yopib qayta cho'ntagiga joylagan Jungkook , egilgancha pastdagi oshxona shkafidan viski olib ikki stakanni to'ldirdi.
- ichish uchun biroz erta emasmi?
- bu mahsus taklif - bir stakanni yigit oldiga qo'ydi
- Yujinni tug'ulgan kuni bo'lgani uchunmi yoki sen haliham qidirib yurgan sirli qiz bilan ko'rishgan kuning bo'lgani uchunmi?
- u ayol bilan ishim yo'q. U men uchun mavjud ham emas, - stakanni mebel ustiga qo'ygancha javob qildi.
- rostdan ham? Shuning uchun 18 yilni firmadagi millonlab insonlarni yollab uni qidirish uchun sarflading.
- dushmaning qayerdaligini bilish zarar qilmaydi, lekin yo'q. Men oyimizni qidirish uchun sarfladim.
- shuncha yillardan beri uni topishni istamaganingga meni ishonadi deb o'ylaysanmi, jiddiymisan Jungkook?
- men bu to'grisida xech narsa demadim - labi cheti biroz ko'tarilgancha dedi
- meni va firmani bu ishlaringga aralashtirmaganing ma'qul, - hafsalasiz nafas chiqargancha dedi Taehyung
- firma to'grisida o'ylab ko'raman. Lekin sen, mening do'stim, cho'ksam ham men bilan birga bo'lasan.
Jungkook do'stining oldida suyanib turgancha , ikkisi birgalikda sukutda ichishni davom ettirishdi. Huddi avvallari maktabdagi janglardan so'ng , qonagan va ko'kargan yuzlar bilan , tun osmonini kuzatib tomda ichkilik bilan o'tirgan kabi.
- u juda ham tez katta bo'lyapti, - stol ustiga taomlarni qo'yishga yordam berayotgan Yujinni kuzatgancha davom etdi, - mening kichik farishtam bo'lgan paytlarga qaytishini istardim
- yoshlik davri doimiy emas
- huddi buni bilmayman, - istehzo bilan dedi, - o'tgan kuni uni dugonasi bilan bokiralik haqida gaplashib o'tirganini eshitib qoldim
- aqldan ozdingmi? Singling haqidagi bunday gapni menga qanday aytyabsan? - gaplardan biroz noqulaylik va asabiylashgancha dedi.
- bu narsa bir kun sodir bo'lishini bilardim, - do'stini gapiga ahamiyat bermagancha davom etdi, - ammo menda uni kimdur tortib olishi tog'risidagi qora o'ylar hali ham bor. Va bulardan so'ng esa men chindan ham u uchun qotil bo'lish haqida o'ylashni boshlayman.
- aniqroq qilib olishimiz uchun - seni advokating bo'lmayman
- jin ursin seni, Tae
- ahmoqona ish qilganingdan so'ng seni oldingda bo'lmayman, shuning uchun jin ursinmi?
- doim men yutganim sababli xasad qilganing uchun. Ko'cha janglarda yoki baholarim senikidan yuqori bo'lgani asosiy sabab emas, senda singil ham yo'q
- birinchidan sen barcha janglarda go'lib bo'lmagansan va bo'lganlaringni bari esa iflosli yo'llar bilan bajarilgan. Ikkinchidan esa baholar shunchaki subyekt. Men sendan ko'proq sudlarda yutib chiqqanman va mening uslublarim sening keraksiz muammolar olib keladigan uslublaringdan aqlliroq. Singilga kelsak, bu uchun tashakkur. Men shundoq ham jiyanimni deyarli katta qildim va u men uchun keragidan ortiq, - soatiga ko'z tashlagan Taehyung kelgandan buyon 20 daqiqa o'tganini ko'rdi. Reja qilingandan 5 daqiqa ko'proq. Stakani stol ustiga qo'ygan yigit yakunladi, - men ketyapman
- qayerga?
- mijoz bilan uchrashuvim bor
- dam olish kunidami?
- iblislar dam olmaydi, - o'girilib eshik tomon yurgan yigitni, Jungkookning ovozi to'xtatdi
- shoshma
- nima? - yelkasidan qaragan yigit javob qildi
- Yujinni tug'ulgan kun bilan tabriklamading
- buni meni nomimdan o'zing bajar. Sovg'ani tashlab ketaman
- xech qachon. Sen o'zing borib bu ishni bajarasan. Men farishtamning yuzida Taehyung akasi uni muhim kunida e'tiborsiz qoldirganini bilgandan so'ng xafa bo'lgan ifodani ko'rishni istamayman.
"5 daqiqa. Va men bu yerda ortiq qolmayman"
"Men vanihoyat voyaga yetdim. To'g'rirog'i bu men o'ylashni istayotgan narsa. Akam uchun esa hali ham himoya qilinishi kerak bo'lgan kichik qizaloqman. Ular doim meni kuzatishlarini bilaman, hatto meni atrofimda bo'lmasalar ham. Ayniqsa ular ma'qullamaydigan ishlarni qilmoqchi bo'lgan paytlarimda.
Men doimo mehr bilan sevilgan qiz bo‘lganman, garchi yolg‘iz bo‘lsam ham, lekin miyam nima uchundir birdaniga bo‘shab qolgan paytlari bo‘ladi. Akam meni olib borgan terapevt bu holatni depressiya deb atadi. Men esa buni hech qanday terapevt davolay olmasligi mumkin bo‘lgan bo‘sh miyaga o‘xshataman. Menga doim mehr berilgan bo'lsada , o'zim istagan erkinlikdan mahrum etilganman. Va bugun bundan ozod bo'lishni istayman. Hatto tug'ulgan kunimni ham yoqtirmayman. Bu menga mening bo'sh miyyam paydo bo'lganini eslatadi va ....tashlab ketilgan kunimni ham"
Soxta tabassum yuzida paydo qilgan qiz mehmonlar orasidan yurib keta boshladi. To'q rangdagi qizil rangli ko'ylak, old qismi v shaklida ochilgan, ko'ylakning tanani qoplab turishidan qizdagi kichik bel ham sezilib turibdi. Oyoqlarida esa qiz doimiy sevib kiyuvchi oq krossovkalar o'rniga baland poshnalar, go'yo kichik qizaloq endi ulg'ayganini ko'rsatganday. Lekin agar u ni ko'rmasa, bularning barchasi bekor. Odamlar orasidan yurishda davom etgan qizning tirnoqlari qo'liga yanaham botirilmoqda. Izlashi xech qanaqasiga mumkin bo'lmagan insonni esa nigohlar qidirmoqda.
Birozdan so'ng ikkinchi hovuz oldida joylashgan arg'imchoqqa o'tirgan qiz suvdagi quyoshning nurlari o'ynashishini kuzatdi. Bog'ning boshqa qismi bo'lgani tufayli atrofda odamlar yo'q. Muhim bo'lgan kunga rejalar tayyorlagan qiz shunchaki arg'imchoq ustida tebranib o'tiribdi. Muhimlik esa 18 yoshga to'lgancha voyaga yetganini boshqa insonlarga isbotlash.
Telefonini ochgan qiz suratlar bo'limiga kirgancha akasi va Taehyung, uchalasi birga tushishgan suratni yaqinlashtirdi. Taehyung. Taehyung aka emas, qiz uchun shunchaki Taehyung. Suratdagi yigitning yuziga qo'l yurg'zigan qiz tanasida yana o'sha hayajonni his qildi. Bir muddatdan beri biroz g'alati bo'lgan hissiyotlarni bu insonga nisbatan paydo bo'lishi. Tun yarmida u haqidagi tushlardan uyg'onib ketish. Shuning uchun ham u boshqa aka bo'la olmaydi.
- vanihoyat seni topdim
Ortdan kelgan ovozdan qizning tanasi muzlab, qo'llari telefon atrofida qattiqlashdi. Ortda turgan insonning mavjudligini his qilish, undan kelayotgan ifor. Biroz achchiq. Va biroz....no'tog'ri. Qiz uning iforidan tanishi, yoki butun boshli odamlar ichidan izlashi kerak emasdi. Undagi chuqur, qattiq - jiddiy paytlarda qo'llanuvchi ovozdan qizning quloqlari bunchalik ta'sirchan bo'lishi kerak emasdi. Va u hozir ortida.
Ko'rmaganlikka umid bilan telefonni ko'ksiga qadagan qiz, uni qattiqroq ushladi. Telefondagi suratga izoh qilmagan yoki ko'rmagan erkak esa qizning qarshisiga turdi.
- havotirlanma, yigiting bilan yozishmalaringni o'qimayman
Qizning yigiti bo'lishi... Gaplardan yurak urishi tezlashgan qiz Taehyung tomon tikilib qoldi. Jag'dagi aniq chiziqlar, keskin nigoh, qoshlarning yo'nalishi. Unda doim tana tilida so'zlar o'rnida harakatlar bilan ifoda qilish odati bor. Yujin esa unga qarashni to'xtatmas ekan, go'yo bu uzoq muddat uni ko'rmaslik o'rnini qoplaydigandek.
"Men uning uzun va tekkis turgan kipriklariga, asabiylashayotganidan yoki boshqa sababdan qattiqlashgan jag'iga va har bir yengil shamolda peshonasini go'yo o'payotgan soch tolalariga qarashdan to'xtay olmadim. Kichik bir muddatga bo'lsada, havoda o'ynayotgan mana shu soch tolalariga aylanishni istardim"
- meni yigitim yo'q, - telefon atrofi qattiqroq siqilgancha javob qildi
- Jungkook uchun yana bir kamaygan tashvish
Yigit gapga e'tibor qilmasdan, barchasini shunchaki akasiga olib kelishidan qiz pastki labini tishladi.
- sizningcha men o'g'il bola do'st orttirishim kerakmi? - qanchalik uzoqqa bora olishini bilishni istagancha so'radi qiz. Shu paytgacha u 18 yoshga to'lishni kutdi, endi esa bundan shunchaki ort o'girib keta olmaydi. U ortiq yosh qizaloq emas va Taehyungni ham shunday qabul qilishini istaydi.
- bu mening ishim emas, qizaloq
- men...men qizaloq emasman
- bu bilan huddi yosh bolalar kabi ifoda qilyapsan, - lablari biroz burilgancha dedi
"Jin ursin. Bilardim, u hali ham meni kichkina qizcha deb o‘ylaydi. U men ortiq ulg'ayganimni ko'ra olmaydimi? Hatto undan nigohimni uza olmayotganimni?"
- unda buni sizning ishingizga aylantiraman, - o'jarlik bilan javob qildi, - xo'sh , nima deb o'ylaysiz?
- qaysi masalada?
- yigitim bo'lishi kerakmi?
- yo'q
- nega yo'q? - biroz paydo bo'lgan umid bilan javob qilgan qiz o'zini doimiy tutishga harakat qilgancha so'radi
- Jungkook buni istamaydi
- sizchi? - gap akasiga taqalgandan so'ng yana takrorladi qiz
- men?
- agar yigitim bo'lsa buni qanday qabul qilardingiz?
- Menga buni qizig'i yo'q
Albatta. Bundan ortig'i bo'lmaydi. Ko'ksidagi achishishdan telefonni qattiqroq siqqan qiz, yuz ifodasini yaxshi saqlashga harakat qilgancha o'tirdi. Shkafga berkingancha vanillali muzqaymoq va sutli kokteyl ichish xozir qiz istaydigan yagona narsa.
- tug'ulgan kuning bilan , Yujin, - cho'ntagidan kichik ko'k qutini chiqargancha qiz tomonga uzatdi. Sovg'ani olgan qiz, xozir o'ylayotgan barchani hayollarini unutgancha unga tikildi.
- buni ochsam bo'ladimi?
- albatta
Taehyungning sovg'alari doimo qizning ro'yxatida birinchilardan turadi. Boshqalarning sovg'larini hatto ochmagan qiz, qo'lidagi qutichani ochib ichida nafis yasalgan tilla bilak uchun taqinchoqni topdi. Qo'lida ushlab turgan ko'yi undagi kichik gul nusxasi osilganiga qarab, yuziga tabassum yugirdi.
- bu juda chiroyli
- yordamchim buni tanladi, - bunday narsalarni xech qachon tanlamasligini bildirgan kabi javob qildi. Lekin xozir qiz uchun eng muhumi esa bu u tomonidan bajarilishi.
- baribir chiroyli. Rahmat.
- Jungkook huquqshunoslikda o'qishni istashingni aytdi.
- ha.. ular mening ilhom manbaim
"va siz ham" - bu gapdan so'ng o'rtaga yigit qanday devorlar qo'yib, yuzi qattiqlashishini bilgan qiz buni aytmadi
- buni taqishda yordamlasha olasizmi?
- yo'q, - qat'iy javob qildi yigit
- nega endi yo'q?
- chunki buni o'zing bajara olasan, - uning ifodasi deyarli yopildi, xuddi ketishga tayyorgarlik ko'rayotgan kabi. Va u ketsa, qizning tayyorlangan rejalari buziladi. U hali ham Yujinni yosh qizaloq sifatida ko'radi va qiz hozir bu uchun biror nima qilmasa, bu fikr xech qachon o'zgarmaydi. O'zidagi barcha juratni to'plagan qiz, telefonini arg'imchoq ustiga qo'ygancha o'rnidan turdi. Bo'yi unchalik ham kichik bo'lmasada, baland poshnalar bilan yigitning yelkalariga yeta oladi. Keyingi harakatda oldinga qadam tashlagan qiz, erkakdan nigohlarini uzmadi. Bu qizning Taehyungga ilk bor bunday yaqin kelishi emas lekin, xozir tushlardagi bosh qahramonning qarshisida birinchi bor bunday masofa bilan turishi.
- nima qilyapman deb o'ylayapsan? - uning so'zlari huddi tanasi kabi qattiq edi, lekin u na ortga chekindi na qizni uzoqlashtirdi. Qiz doim chiqib olishni istaydigan mustahkam devor kabi turibti.
- taqinchoqni taqishda yordam bera olmaysizmi?
- men yo'q dedim
- buni qilishning nimasi yomon?
- ziyofatingga qayt, Yujin
So'nggi so'zdan qizning lablari burishdi. U hech qachon qizni qandaydir laqab yoki shunchaki barcha kabi erkalash shakli bilan chaqirmagan, va bu Yujin yomon ko'ruvchi narsalardan biri. O'rtada masofa saqlash xozir qiz hohlaydigan narsalarning oxirida ekan, Yujin yana bir qadam tashladi.
"Men endi ulg'ayganman va buni qila olaman"
- men shu yerda turishni istayman, Taehyung
- meni hozirgina nima deb chaqirding? - qoshlari hayronlik va jaxil aralashgan ifoda bilan yeg'ildi.
- Taehyung... - qizning ovozi biroz pastladi.
- bu Taehyung aka, bo'ladi - qattiq ovozda ta'kidladi yigit
- sizni ortiq bunday chaqirishni istamayman
- buni sen hal qilmaysan. Bu Taehyung aka, chunarlimi? - qizning sukut saqlab turganidan takrorladi - javob ber, Yujin.
- ha. Chundim. - bir ma'noni anglatuvchi ikki so'z. Qayta takrorlanish yigitga yoqmaydi va qiz ham buni bilgancha javob qildi.
- endi esa ziyofatingga qayt - qizning gaplarini e'tiborsiz qoldirib, o'zini qo'lga olishga uringancha dedi.
- istamayman
- Yujin - ogohlantirgan bo'ldi yigit
- men tug'ulgan kun sovg'amni istayman
- senga allaqachon berdim
- yordamchingiz tanlagan qo'l taqinchog'i hisobga o'tmaydi - aslida qiz bu haqida tashvishda emas, lekin xozircha erkakni bu haqda bilishini istamaydi
- nima istaysan? - chuqur nafas chiqargan Taehyung so'radi
- istaganimni olishim mumkinmi?
- mantiq doirasida
- bir paytlar siz menga mantiq subyektiv ekanini aytgan edingiz. Demak sizning mantiqingiz, menikidan tubdan farq qiladi
- to'g'ri
- shunday ekan meni mantiqsiz harakat qildi deb o'ylamang, maylimi?
Taehyung javob qilishidan avval Yujin uning yoqasidan ushlab, oyoq uchlarida turgancha lablarini unikiga bosdi. Qizning lablari unikiga tekkan payt, qiz hech qachon o'ylab ko'rilmagan hayajonni his qildi. Yumshoq va iliq, lekin Taehyungning qolgan vujudi kabi biroz qattiqlikni yashiradi. Qiz lablarini harakatlantirar ekan , yigitning lablari qotib turardi. Ikkilanish bilan tilning chiqishi qarshi tomonga tegib o'tadi. U hattoki lablarini ham ochmadi yoki bo'saga javob ham qilmadi. Akasi bilan doimiy mashg'ulotlarga borishini bilsada, lekin yigitning muskullarini o'z tanasiga nisbatan his qilish buning yaqqol isbotidir. Ammo qizning o'zgacha hissiyotlarga to'lgan onlari, sochini ushlagancha ortga tortish bilan uzildi. Nigohlari Taehyungnikiga bog'langan qiz, ko'zlardagi qattiqlikni yaqqol ko'ra oladi. Huddi sochlaridagi barmoqlar kabi.
- bu ishni boshqa takrorlama, tushunarlimi?
Titrayotgan lablarini qiz tili bilan biroz namladi va uning tami hali hamon sezilmoqda. Yigitda esa jag'lari yana ham taranglashar ekan, nigohlari qizga qadalgandi.
- tushunganingni ayt, Yujin - buyruq ohangida gapirgan yigitning nigohlari qizning lablaridan, ko'zlariga ko'tarildi.
- men..men tushundim
Bu so'zlar Taehyungni biroz tinchlantirishini kutsada, undagi jag'lari yana bir bor taranglashdi. Va qizning sochlarini qo'yib yubordi. U boshini qizga qaratib qimirlatgancha o'girilib ketishni boshladi. Qadamlar katta va aniqlik bilan, lekin bir narsa boshqacha: yelkasida qattiqlikning o'zgacha ifodasini ko'rish mumkin. Uni ketishini kuzatib turgan qiz, nigohlarini qo'lidagi taqinchoqqa qaratdi. Yuzidan yosh tomchilari oqar ekan, o'ziga shivirladi.
- tug'ulgan kunim bilan...
2 yildan so'ng...
- Aka! - zinalardan shoshib tushayotgan qizning oq krassovkalari yerga ishqalanish bilan ovoz chiqardi.
Kelgan ovoz tomonga qaragan erkakning esa yuzida esa tabassum paydo bo'ldi. Doim singlisiga qaraganda paydo bo'luvchi iliq kulgi, hattoki undan jaxli chiqqan paytlar ham tezda unutilib ketadi. Xizmatkor ayol Iseulning aytishicha, Jungkookda faqatgina singlisiga qaraganda haqiqiy tabassumni ko'rsatadi.
- telefoningizni unutdingiz - erkakning oldida unutib qoldirilgan buyumni silkitgan qiz, boshqa qo'li bilan sutli kokteylini ichishda davom etdi. Yujindagi tonggi qahva o'rnida doim iste'mol qilinuvchi ichimlik.
Chuqur xo'rsingan erkak telefonni qo'liga oldi. U xech qachon narsalarni unutuvchi shaxs emas. Xech qachon. Lekin so'nggi paytlarda u odatdagidan ko'proq chalg'igandek. Balki bu muhim sud ishlari sabablidir. Balki bu o'gay onasi, Susan bilan haliham davom etayotgan yillik suddagi urushning yana sodir bo'layotganidan.
Bu huddi ikkisidan biri o'lmaguncha to'xtamaydigan jangga o'xshaydi. Telefonni cho'ntagiga joylagan erkak, Yujinning yuzidan kichik chimchilab qo'ydi.
- sensiz nima qilgan bo'lardim, kichkina farishtam?
- hey aka! men ortiq yosh qizaloq emasman. Bir oy avval 20 yoshga to'lganimni birga nishonladik axir, - akasining erkalashlaridan biroz uzoqlashgancha dedi
- sen doim men uchun mitti bo'lib qolasan, qolaversa vanilla - sutli kokteyl haliham sevimli ichimliging va bu meni gaplarimni isbotlaydi
- bu meni kayfiyatimni yaxshilaydi
- hm? Shundaymi?
- men chindan ham ulg'aydim. Bo'yimni qarang, qanchalar o'sganman ?
- qanchalar bo'ying baland yoki katta bo'lmagin, men uchun doim kichkintoy bo'lib qolasan
- katta bo'lib va sizga g'amxo'rlik qilayotgan bo'lsam hammi?
- unda ham. Bunga o'rganib borganing maqul
- umidsizsiz , aka
- Jeon Yujin, sen kimni umidsiz deyapsan?
- yoshi katta bo'lib borayotgan bo'lsa ham, hech kim bilan jiddiy munosabatga kirishishni istamaydigan Jungkookni - biroz tartibsizlangan galstugini tog'irlangan ko'yi , soxta g'amgin ifoda bilan gapirdi
- menda kichik farishtam bor, shuning uchun menga xech kim kerak emas
- bir kun men ham ketaman, aka
- men ruhsat bermagunimcha , yo'q
- meni bir umir yo'lgiz ushlab o'tirmoqchimisiz?
- hmm, - o'ylangan erkak, davom ettirdi, - faraz qiladigan bo'lsak yo'q. Chunki senda farzandlar bo'lishini va men jiyanlarimni ko'rishni istayman. Ammo bunga olib boradigan yo'lni emas.
- har doim kutilmagan homiladorlik ehtimoli bor
Gaplardan taranglashgan erkakni ko'rgan qiz, tezda o'gzini yopib tura olmagani uchun o'zini la'natladi. Jiddiy aytilmagan gap bo'lsa ham homiladorlik haqidagi gaplar Jungkook uchun ta'sirli - ularning onasi sabab balkim.
- sen homiladormisan? - ovozi pastlagan erkak hazildan yiroqlashgan ohangda so'radi
- nima? Albatta yo'q, aka
Qizning yelkalaridan ushlagan erkak, u bilan teng kelish uchun boshini biroz pastlatdi.
- Yujin, agar bu haqiqat bo'lsa, menga aytishing mumkin
- yo'q...
- bu o'sha la'nati mototsikldagi yigitmi? Men uni o'ldiraman
- yo'q bu Suho emas, aka. Men shunchaki xazillashayotgandim. Kechiring
- aminmisan? Chunki o'sha yaramas mening va uni o'lim farishtasining kutilmagan tashrifiga ega bo'lishi mumkin
- unday qilmang, aka. Chindan ham hammasi joyida, va'da beraman
Ushlab turgan nafasni qo'yib yuborgan erkak, jangda yuziga musht tushgan kabi ifoda bilan qoldi. Kutilmagan homiladorlik unga oyisini eslatib yuborganidandir balkim. 20 yil avval eshik ostida bir parcha qog'ozdagi yozuvlar bilan tashlab ketilgan chaqaloq va unga ma'suliyatli bo'lgan bitiruv maktabi o'quvchisi.
- bunday masalalarda men bilan hazillashma - Jungkook biroz jiddiyroq ohang bilan dedi
- yaxshi, men ham bunday bo'lishini istamagandin, - biroz jilmaygan qiz akasining ham kayfiyatini ko'tarishga urindi, - yana biror nimani unutmadingzmi?
- kelaqol, - portfelini yerga qo'ygan erkak, qo'llarini ochdi. Akasining katta bag'riga kirgan Yujinham qo'llarini qattiq o'radi
- sizni yaxshi ko'raman, aka
- men ham seni yaxshi ko'raman, farishtam. Menda berilgan eng bebaho sovg'amsan
Gaplardan so'ng qiz o'zidagi ko'z yoshlarini tiyishga urindi. Hayollarda esa aylanayotgan savollardan "nega oyimning ham sovg'asi emasman?". Go'yoki kerkasizdey his etilish. Ikkisini ham qo'rqoqlarcha tashlab ketilganligi... Necha yillardan buyon akasini hali hamon qidirishini va oyisining qaytib kelishiga ishonishini ham biladi. Balki u kutishdan charchagandir ? Balki Yujin ham? Yillardan beri akasi deyarli ota ona mehrini qoplagan bo'lsa ham, baribir bo'shliq bor. Tashqaridan judaham baxtli ko'ringan shaxs ammo ichki hissiyotlardagi bo'shliq. Miyyada qandaydir uzilishlar bo'lgan, yashab qolish uchun esa ro'yxat yoki moslashuv usullarga muhtoj shaxs.
- soch shampuningni o'zgartirdingmi, Yujiyam? Bu hali ham vanillali, lekin boshqa brendmi?
Akasining so'zlaridan ko'zlarini aylantirgan qiz biroz uzoqlashdi. Jungkookda doimhid sezishda o'tkirlik bo'lgan. Yoshlikda akasining ichkiliklaridan ichib, izlarni yo'q qilishga urinishlardan so'ng ham u buni sezisi, yaqqol misol.
- 2 xil brendni aralashtirgan holda ishlatdim. Rostdan ham , aka sizning hid sezish sezuvchanligingiz juda g'alati
- bu mening farishtam ichishi kerak bo'lmagan ichimliklarni ichgan paytda boshlangan, - yuzini burishtirgan qizni sochlarini akasi erkalash barobarida to'zg'itdi.
- faqat sochlarim emas, aka! - qo'llardan qochgan qiz, tartibsizlangan sochlarini to'girlagan bo'ldi
- sen shundoq ham chiroylisan
- siz buni faqat mening akam bo'lganligingiz uchun aytyapsiz
- sen menga tortgansan, farishtam. Hammaning ko'zida sen go'zal ko'rinasan
"Lekin Taehyungning ko'zlarida emas. To'satdan uning ismini o'ylashim ichimda sodir bo'luvchi hissiyotlarni yana paydo qildi. Qizarishni boshlagan yanoqlarimni berkitish uchun o'zimda kuch topib akam bilan hayrlashish biroz qiyin bo'ldi. Ular ketgandan so'ng esa, zinaga o'tirgan ko'yim sutli kokteylni oldimga joylagancha qo'limdagi taqinchoqqa tikildim. 2 yil avvalgi mening tug'ulgan kunimda sovg'a sifatida berilgan taqinchoq. Aynan men undan bo'sa olgan va u shafqatsizlarch meni rad etgan tug'ulgan kun. Bu haqida o'ylashning o'zi suyaklarimni titratadi"
Agar Taehyung usha paytda biroz sovuqlashgan bo'lsa, u hozir tosh kabi bo'lib qolgan - hissiz, befarq. U hatto zarur bo'lmasa Yujinga gapirmaydi ham, ularning ko'rishishlari ham juda kam, hatto akasiga tushlik olib borgan paytlari ham u shunchaki e'tborsiz holda. Bu narsa deyarli Jungkook sezadigan darajada emas, uning butun tabiati deyarli shunday. 2 yil davomida esa Yujin uni ko'rganini raqamlarda hisoblasa ham bo'ladi. Yo'llarda uchrashib qolish - yigirma marotaba. Suhbatlar - nolga teng, hissiyotsiz aytilgan "ahvollaring joyidami?" kabi savollardan tashqari.
Lekin bu Taehyung avval ham unga *juda e'tiborli bo'lganini anglatmaydi. Jungkook ikkisi ishlash barobarida, u go'yoki fonda eshitilib turuvchi ovoz kabi edi. Yoki devordagi gul. Yoki shunchaki...mitti qizaloq. Yuzaki bo'lsa ham bor bo'lgan munosabatlar bo'sadan so'ng butkul uzildi.
Kelasi haftada Jungkookning tug'ilgan kuni va bu u ham shu yerda bo'lishini anglatadi. Bunday o'yning o'zidan yutingan qiz ichida yana hayajon turdi. Lekin yana boshqa xech narsa sodir bo'lishi kerak emas, barcha uchun ham yaxshi tomon shu. Barchasi yaxshi: bu yolg'on 2 yildan beri qizning hayolida aylanmoqda. Buning sababi esa Taehyung. Yillar avval qizning ichidagi bo'shliqni, kuchga aylantirishni o'rgatgan Taehyung.
- bu bo'shliq xech qachon yo'qolmaydi. Uni qabul qilish va nazorat qilishni istasang ham istamasang ham o'rganishing kerak, - qizning o'n besh yoshlik tug'ulgan kunida, yigit Yujinni vino podvalida topib olganda aytgan gaplari. Yashirinish. Hammasi ortiqcha bo'lib ketganda, akasiji ranjitishni istamasdan shunchaki yashirinish.
Va mana shu paytda qiz qanchalik ham akasi tomonidan mehrga ega bo'lmasin, o'zida yo'qolgan bo'lakni to'ldirishga umid qiladi. Umid esa, tug'ulgan kundagi tilak esa - ona.
Lekin har safar tug'ulgan kunda akasining yuzida u faqat tabassumni ko'radi. Va shu sababdan o'sha kuni vino podvalida yashirinishni tanladi. Va eshikni ochib kirib kelgan inson esa Taehyung bo'ldi. Maktabda ba'zi bir bezorilarni ularni onasi haqidagi gaplaridan hafa bo'lgan qizaloqni tinchlantirgan yagona inson. Ertasi kuni ham maktabdan olishga borgan yigit, undan nima bo'lganligini tinmay so'ragandan so'ng qiz yeg'lagancha barchasini aytib beradi.
- Yujin, seni hafa qilgan odamlarni oqlashing kerak emas. Bu faqat ularni yana va yana zarar yetkazish uchun xizmat qiladi. Agar bunday ishlarga Jungkook aralashishini istamasang, mening oldimga kel, chunarlimi?
Oynaga qaragancha jim ketayotgan qizaloq, halo ham qo'rquv ta'siri ostida edi. Lekin endi uning hayotida akasi bilan birga qadrlovchi yana bir shaxs bor.
- gaplarimni chundingmi? - u takrorlari va javoban qizning bosh silkishini oldi, - yaxshi, endi esa sen bularni barchasini unutishing mumkin bo'lgan joyga boramiz
Qizni turli xil attraksion va xursandchilik uchun dam olish maskaniga olib borishi , Yujin hayotidagi eng baxtli kunlardan biri bo'lib qoldi. Ertasi kuni esa yigitning bezorilarning onalari bilan gaplashish orqali hal qilingan ishdan so'ng, bezorilar qizdan kechirim so'rashdi .
Boshqa bir kunda esa, yerda o'tirgan qiz oldiga Taehyung ham qo'shildi.
- men bundan nafratlanaman, - yuzi qo'llari bilan yopilgan qiz, takrorladi, - men ichimdagi mana shu bo'shliqni istamayman
- Bu tuyg‘uni ustingdan hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘yasanmi yoki uni tiz cho‘ktirib, o‘zing oldingda egiltirasanmi? Chunki, Yujin, senda faqat shu ikki yo‘l bor. Uni nima bilan to‘ldirishing esa — kuch bilanmi yoki ojizlik bilan — bu faqat o‘zingga bog‘liq.
"Men esa ikkisini ham tanlamadim. Men bo'shliqni u bilan to'ldirishni istadim"
Next episode...
- Yuj...unga g'amho'rlik ...qil - bazor aytilgan ovozdan so'ng atrof butkul qorong'ulashdi.
•Han Doona
Mystery
Episode 19
Bo'lib o'tgan kichik ko'ngilsizlikga toqat qilolmagancha asabiy qadamlar bilan uy tomon qaytishni boshlagan qiz , ortidan sekinlik bilan kelayotgan mashinani sezmasdi ham.
Asabiy qadamlar... Har tashlangan qadamda qizdagi ahamiyatsiz yeg'ilgan sochlarning harakati... Uning xozirgi xolatidagi yuz ifodasi... O'zi bilmagan yoki bilgan holda ortidan taqib qilayotgan yigit, qizning har bir harakatini labida paydo bo'lgan yengil tabassum bilan kuzatib turardi. Noaniqlik. Qiz bilan xar galgi uchrashuvlar janjalsiz o'tmaydi. Lekin nega hali ham o'rtada tortishuv bor?
Oldidagi o'rindiqda paketga joylangan narsalarni qiziqish bilan ochib qararkan, mahsulotlar orasida ikki shishadagi sojuga ko'zi tushdi. Balki ...yaxshi taklif emasdur? Yana biroz yurgandan so'ng ko'p qavatli binoga kirib ketgan qizni ko'rarkan, mashinadan tushib uni ortidan bordi.
Endigina eshik ochib uyga kirgan qizni, eshik qong'irog'i chalinishi to'xtatdi.
- kim bo'ldi shu vaqtda?!
Hali ham jaxldan tushmagan. Asablari tarang holda. Va...xozirda ko'rishni xohlagan ro'yxatdagi oxirgi inson qarshisida.
- bularni unutding, - qo'lidagi paketlarni qiz tomon uzatgancha dedi.
- yana ustimdan kulmoqchimisan? Agar hali ham mendan alamingni olish niyatida bo'lsang, juda yaxshi! Meni esa xozirgi paytda o'yinlar qiziqtirmaydi, janob Hajoon.
- senga mahsulotlaring pulini to'lab bersamu, hamma eshitgan gapim shumi?
- boshqachasi bo'lishi mumkin ham emas! - qo'llari oldiga bog'langan holda javob qildi.
- Buni nomi yaxshilik deyiladi, yaxshilik. Lug'atlaring orasiga qo'shib qo'ysang bir kun kelib foydasi tegib qolishi mumkin, - qizdagi jaxl ifodasini biroz sustlasharkan, yigit og'ir nafas chiqarib qo'lidagi narsarni yana bir bor uzatdi, - olaqol endi, chindan yomon niyatda emasman.
- yaxshi ...- taslim bo'lgan bo'lsada biroz qo'pollik bilan javob qilgancha, yigit qo'lidagi narsalarni oldi. Boraga qaran biroz ikkilanib turgan yigit esa, hayolida aylanayotgan gapni tog'ri aytishga qaror qildi.
- haligi, balki-
- men bilan birga ichasanmi?
- nima? - to'satdan berilgan savol va Hajoon ham xuddi shu taklifni bermoqchi bo'lgan paytda, biroz shoshib qoldi.
- aytmoqchimanki, xozirgi qilgan biroz qo'polligimni yuvish o'rnida, - paketlardan sojuni olarkan, xuddi yigit kelishi bilgan kabi ortga o'irilib ichkari tomon kirib ketdi, - va yana men ichgan payt oldimda menga ko'z quloq bo'lish uchun bir inson kerak! - qo'shimcha qilib baqirdi qiz.
- detektiv, - pichirlab, biroz tabassum bilan boshini qimirlatgan yigit, eshikni yopib qiz ortidan kirib bordi.
Timeskip >>>
Ijara bo'lgani uchun mehmonlarga mo'ljal qilingan xona kichik o'lchamda. Qarshisida kattaroq televizor ekrani, devorning bir tomonida qizning xonasiga o'tish eshigi. Va boshqa tomonda yigit kirib kelgan tashqari uchun yo'lak qismi. Kichik stol va ikki chetidagi stullardan birida yigit, qarshisida tinmay har xil voqealarni aytib ulgurgan qizdan ko'z uzmaydi. Sherik bo'lishini so'ragan bo'lsada deyarli ikki shishani qizning o'zi tamomlagan. Ko'z quloq bo'lishni so'ragani bekorga emasligini yigit tobora tushunib bormoqda. Qiz bir zum jim bo'lib qoldi.
- yetib kelding menimcha? Huh? - biroz kulib qizning to'xtab qolganiga ishora qildi.
Keyingi harakat bilan televizor boshqaruv pultini zo'rg'a olgan qiz , duch kelgan musiqani balandlatdi va o'zi ham jo'r bo'lishga kirishdi.
- hoy hoy, faqat bu emas, - o'rnidan turgan yigit qizning qo'lidan pultni olishga urindi, lekin mast holiga qaramasdan qiz osonlikcha qo'yib yubormadi, - Bora? Meni eshityapsanmi o'zi? Hoy detektiv?
- tinch ...qo'y meni. Men mashhur qo'shiqchilardan biriman!
Yigitga qarshi chiqarkan, sabri chegarasiga yetib kelayotgan yigit, kuch bilan qizdan pultni tortib olib, ekrandagi musiqani ham o'chirdi. Boshqaruv buyumni joyiga qo'ygan yigit, kutilmagan yoqasidagi qo'llar va qizning yaqinligidan to'xtab qoldi. Mastlik va jaxil ifodasi aks ettirib turgan qizning yuzi.
- nega ...meni to'xtatishga urinyapsan?!
- Bora mastsan, - qizning qo'llarini uzoqlashtirishga urinarkan buyruq ohangida davom etdi, - juda kech bo'ldi, uxlashing kerak.
- yo'q istamayman! Istamayman dedim!
- nima istaysan unda?!
- seni!
Mastlikda aytilgan so'zlar. Xatto qiz ertalab bu gaplarni eslay olishi ham noaniq. Ko'zlari deyarli yumilish arafasida. Lablari esa...qiz ifodasiga juda mos ravishda shishgan. Va bularning barchasi yigitni sabrini deyarli sinamoqda. Agar xozir biror voqea sodir bo'lsa, ertasi kunichi? Qizning bularga reaksiyasichi? Hajoonning nigohlari xozir xushida bo'lmagan qizning yuziga tikilgan. Eshitgan so'nggi so'zi, yigitdagi savollarga ijobiy javob kabi ko'rinmoqda. Gipnoz bo'lgan kabi Borani kuzatgan yigit, biroz egilish bilan qizning lablarini egalladi. Bir muddat shu holatda turarkan, so'ngra yana uzoqlashdi. Yurak urishi ikkisida ham tezlashib ulgurgan. Yigitning nafas olishi ham qiyinlashmoqda. Nigohi qizning lablarini kuzatmoqda. Ikkinchi bor egilib bo'sa olishni boshlarkan , bu safar bir qo'lini qizning belidan va boshqa birini boshi ortiga olib, o'rab olingan ehtiros bilan davom etdi...
Tong >>>
Bir kun avvalgi mastlik o'z ta'sirini og'riqli qilib bermoqda. Ko'zlar ochilishni ham istamaydi. Boshdagi og'riq chidab bo'lmas darajada. Ko'zlarini ochmasada, sekinlik bilan o'ziga kelayotgan qiz nimadir g'alati ekanligini his etdi. Tanasi ustidan tashalgan bir qo'l, bo'yniga esa yengil ammo sezilarli nafas urilib turishi, doim bir o'zi yotadigan kichik yotoqda boshqa shaxs borligini aytib turibdi. Tezlik bilan o'rnidan turgan qiz ortga o'girildi. Hajoon va uning ustki kiyimi ham yo'q. Keskin harakatdan u ham uyg'onib bo'ldi. Bora o'zining tanasiga qararkan kiyimlari joyidaligi uni biroz tinchlantirdi. Lekin hali ham savollar bor.
- bu yerda nima qilyapsan? - oldidagi yostiq bilan yigitni urarkan so'radi.
- o'zingga kelgan ko'rinasan, - bezovtalanmagan yigit ham o'rniga qulay o'tirib oldi.
- senga savol berdim, Hajoon! Sabrimni sinama
- xech nimani esloymaysanmi? Tuni bilan bo'lgan voqealarni? - qizni biroz asabiga tegishni istagan yigit, *begunoh inson kabi so'radi.
- jin ursin! - qo'llari sochi orasidan asabiy o'tarkan, eslashga urindi, - Hajoon, menga xozir xech narsa sodir bo'lmaganini ayt.
- unda nega bir yotoqda yotibmiz?
- bu meni yotog'im, nega yotibsan deb men so'rashim kerak! - yana bir bor yostiq bilan urdi.
- yaxshi yaxshi, o'zingni bos. Xech nima sodir bo'lgani yo'q , faqat...- to'xtab qolarkan, bo'lgan voqeani eslashdan labi cheti biroz ko'tarildi.
- faqat...? - davom ettirishga ishora qilarkan, bor diqqati yigitda edi.
- faqatgina bo'sa dan tashqari, - yigit buni go'yo har kungi ob - havo ma'ulmotchisi kabi dedi. Qo'llari ortga qo'yilgancha o'z tanasini tashlab, qizni kuzatib turibdi.
- sen mendan foydalangansan! Seni bunday pastkash deb o'ylamagandim! - yana bir yostiq hujumi.
- hoy o'zing meni istashingni aytding. Men shunchaki senga yordam qildim, lekin havotir olma - labidagi tabassumni yashirmasdan davom etdi, - kichik deb bo'lmaydigan bo'samizdan so'ng uhlab qolding, yoki men bergan bo'sani yoki...mastlikni ko'tarolmasdan.
Qizdagi asabiy taranglik ortib borarkan , yana yostiqni ko'tarishi bilan , Hajoon tomonidan ushlanib u tomonga tortildi. Tipirchilayotgan qizni ushalb turish uchun, belidan qattiq o'rab oldi.
- istasang yana tekshirib ko'ramiz, ko'tara olarmikansan yoki yo'q...
Timeskip >>>
Bir necha kundan so'ng...
Kunning tunga o'tish arafasidagi vaqti. Sohil atrofida deyarli xech kim ko'rinmaydi. Eshitilayotgan yagona narsa suvning bosim bilan sohil bo'yiga kelgani va qumlar bilan o'ynashishi. Dengizning markazida esa quyosh osmon rangini o'zgartirgancha vazifasini yakunlamoqda. His qilinayotgan yengil shamol erkinlik hissini beruvchi toza havo. Sohilda esa manzarada o'zligini yo'qotgancha ikki inson o'tiribdi. Ko'zlari qarshisidagi tasvirdan uzilmagan Doona va yoyilgan oyoqlari ustida boshini qo'ygancha ko'zlarini yumib yotgan inson. Bir qo'li yigit tomonidan mahkam holda ushlab ko'ksiga qadalgancha , goh - goh Jungkook tomonidan kichik bo'salar bilan siylanadi. To'xtatib bo'lmaydigan kichik tabassum bilan Doonaning nigohlari yigitning xotirjam yuzini ko'zdan kechiradi.
- nimaga tikilib qolding? - ko'zlari yumilgan holatda yigit so'radi, - Doonam?
- shunchaki... Ilk bora seni bunday holda ko'rishim, - nigohlari qarshisiga ko'tarildi.
- yana?
- nima yana?
- boshqa sabab, - ba'zi so'zlarni eshitishni istagan kabi dedi.
- boshqa sabab yo'q - yigitni ilmoqli gaplarini anglamagancha javob berdi.
Yaxshi atmosferani buzishni istamagan Jungkook, shunchaki og'ir nafas chiqarib qo'ydi.
- kichik bo'lgan bo'lsamda , oyim bilan bunday yerlarga ko'p kelganimiz esimda...- qulay sukunatni buzgancha qiz dedi.
- menga oilang haqida gapirmagansan, - ko'zlarini ochib, qizning qo'liga yengil siqish bilan davom etdi, - sen haqingda hali hamon barchasini bilmayman, Doonam. Ularga aslida nima bo'lgan? Nega meni oyim bilan shuncha yillar davomida birga eding?
Doonaning nigohlari pastlarkan, yigitniki bilan birlashdi. Ilk bor o'zidagi qorong'u haqiqatlarni bir inson bilan bo'lishishni istashi...u uchun g'alati bir tuyg'u. Bir zum barchasini ko'z oldidan o'tkazdi. Ichidagi kichik bir qizaloq xozir tashqariga chiqish istagi bilan qoplangan. Chuqur nafas olgan qiz, bir qarorga keldi.
- aslida ...kichik bir qizaloq sifatida oyim bilan ko'p vaqt o'tkazardim. Oyim doim men istagan ishlarni bajarishimiz uchun yengillik va erkinlik yaratib bergan yagona shaxs. Dadam kunlarini ko'p qismini ishda o'tkazardi. Balki shungadir ularning tasvirlarini deyarli eslay olmayman. Lekin kichik bo'lgan bo'lsamda, ba'zi voqealarni aniq esimda, - yuziga biroz tabassum kelarkan, qo'llari asabiylashishdan biroz Jungkookning qo'llarini qisdi, - yong'in hamma narsani yo'q qilib yubordi, lekin menda saqlanib qolgan xotiralar hali hamon meni tark etmagan.
- qanday yong'in sodir bo'ldi? - nigohlari pastdan qiznikini kuzatishda davom etdi.
- bu doim yashaydigan uyimiz bilan sodir bo'ldi. Sabablarini esa topa olishmadi, ba'zilarning gapiga ko'ra bu uyushtirilgan, - bir qo'li yigitning sochlariga kelarkan, tolalar bilan o'ynab xozirgi his qilayotgan og'ir yukni go'yo chalg'itardi, - u yerda...ular ham bor edi, qutqarib qolingan yagona shaxs men edim. Va...shundan so'ng Mina xolam, ya'ni seni oying bilan uchrashdim. Meni xozirgacha yaxshi tanigan yagona inson...
Keyingi lahzalarda o'zini yigitning quchog'ida ko'rgan qiz, ko'zlaridan oqqan bir necha yoshni Jungkookning kiyimi biroz namlanganidan sezgandi. Yigit atrofidan qo'llarini o'ragancha, Doona uni bag'rida yo'q bo'lib borarkan, ortda esa quyosh allaqachon botib bo'lgandi. Jungkook qo'llari qizning sochlarida, ortida seziladi. Uni yaxshi holatga qyatarish uchun xozir eng tog'risi ko'ringan ishlarni qilmoqda. Biroz ortga harakat bilan qizni ko'rish uchun yetarli masofa qoldirdi.
- Doonam... - qiz bilan nigohlari birlasharkan, yana biroz egilib yuzidagi oqqan yosh o'rniga lablarini bosdi, - bu ko'zlaringda men bilmagan yana nimalar bor? Hm?
- endi barchasini bilasan, - biroz tabassum yuzida paydo qildi.
- yo'q, - boshini qimirlatgan Jungkook davom etdi, - sen menga qancha haqiqtlaringni aytma, baribir senda sirlilik tugamaydi. Va eng qiziq tomoni esa, men ularni o'rganishdagi har bir soniyadan zavqlanaman.
Yana biroz egilgancha bu safar lablarini qizning lablariga bosdi. Doimgi qo'pollikga nisbatan kontrast ravishda muloyimlik bilan olinayotgan bo'sa. Ortda hali hamon dengizning harakatlari eshitilib biroz sovuq havoni yaratmoqda. Jungkookning qo'llari qiz atrofidan qattiq o'ralarkan, bir zum lablaridan uzildi.
- qaltirayapsan. Sovuqqotingmi?
- xa menimcha... Havo biroz salqinlashdi
- ketamiz yoki mashinadan yopinchiq olib kelaman?
- yo'q , yana biroz qolishni istayman, - yigit quchog'idan chiqib o'rnidan turdi, - yopinchiqni o'zim olib kelaman
- yo'q joyingga qayt Doona, xoziroq - qizni to'xtatishga urinib bilagidan ushladi.
- Jungkook...- aslida xozirgi suhbatdan so'ng biroz o'ziga kelib olish niyati bilan qaysarlik qilmoqda. Qorachiqlar yigitni ko'zlarini biroz kuzatarkan, Jungkook hafsalasiz nafas chiqarib qo'lini qo'yib yubordi.
- yaxshi, lekin uzoq qolib ketma.
Rozilik bildirib biroz uzoqroqda joylashgan mashina tomon borarkan, o'zini yengillikda his qilardi. Bu necha yillardan buyon yuk sifatida bo'lganlarni chiqazib tashlashmi? Dengiz havosi? Yoki oldidagi inson bilan bog'liqmi? Mashinaga yetib kelarkan, ort yuk xonani ochdi. Kerakli choyshabni olib , qayta qulflarkan ortda eshitilgan ovozdan to'xtadi. Biroz yig'i va do'pposlash ovozi. Masofa narida o'tirgan Jungkook tomon nigohlarini tashlab qo'ydi. Qiziquvchanlik balki yordam berish hissi bilan ovoz kelayotgan tomonga borarkan, avval ketma - ketlikda turgan ikki qora mashina va undan so'ng butalar bilan o'ralgan qism. Yana biroz yaqinlashgan Doonaning ko'zi buta ortida avval yerda ahvoli deyarli og'irlashib bo'lgan yigitni ko'rdi.
- aytilgan *mahsulotni nima qilganing endi ahamiyatsiz. Ishni eplay olmading, - yigit tepasida turgan ikki shaxsning biri qo'lidagi qurol bilan dedi . Ikki ham ort bilan o'girilib turibdi.
- jin ursin seni! Senga ishonish kerak emasligini boshidan bilgandim!
- yangi dorilar qachon kelarkan?
- 5 kundan so'ng. Olib keladigan yigit bilan xuddi shu yerda ko'rishamiz. Buni esa, - yerda yotgan yigitga qararkan, to'pponchadan ovozsiz o'q uzilgancha yigitga joylandi.
Ko'rib turgan manzarasidan ko'rish mumkin bo'lmagan holatni guvohi bo'lganini bilgan Doona, ortga qadam tashladi. Kelasi soniyada o'girilish bilan tezroq qadamlar bilan bu yerdan uzoqlashdi.
- jin ursin, noto'g'ri joyda, noto'g'ri payt bo'lishni bilasan Doona!
Sohil tomon kelarkan o'zi tomonga qarab yurib kelayotgan yigitni ko'rdi. Yuzida esa xavotir aralash biroz sovuqlik ham bor.
- qayerda qolib ketding? - qizga yaqin kelgancha nigohlarini uzmasdan so'radi.
- shunchaki... Mashinada buyumlar ko'p ekan, buni qidirish biroz vaqtimni oldi, - qo'lidagi choyshabga ishora qilgancha go'yo xozirgina bir qotillik guvohi bo'lmagan kabi javob berdi.
- hammasi joydami? - shubhalanish yuz ifodasi bilan, ikki qo'lini qizning yuziga olib keldi. Javoban qizning bosh silkishi, yigitni biroz hotirjam qilsada , to'laqonli shubhalarini yo'qotmadi.
Timeskip>>>
Ertasi kuni.
Darslar deyarli qizni holdan doydirmoqda. Katta suratlar bilan ishlash, yangi g'oyalar, tezlik va bularning bari ustozlar tomonidan talab qilinishi. Xatto ba'zida qizning hayoliga bularni barchasini tashlash hayolini ham o'tishiga sabab bo'ladi. Uyga kirib kelgan qiz, kiyimlarni alishtirishni ham o'ylamaym yotoqqa o'zini tashladi. Og'ir darslardan so'ng vanihoyat biroz yengillik. Lekin eshik qo'ng'irog'i bemavrid bo'ldi. O'rnidan erinib turgan qiz eshik oldiga kelib ochdi. Ikki yigit, boshdan oyoq qora kiyimda. Bir zum ko'zlari kattalashgan qiz , katta ochilmagan eshikni yopishga behuda urindi. Bostirib kirgan yigitlar sabab qiz ortga qadam tashladi.
- kimsizlar? Nima kerak? - qo'li ortida telefonini siqib turarkan, kerak bo'lganda zudlik bilan qo'ng'iroq qilishga uringancha turgandi.
- birovlarning suhbatini tinglash yaxshi ish emas qizaloq, - yigitlardan biri ichkariroq yurib, qizning chizmalarini ko'zdan kechirgan ko'yi dedi, - bizni nima sababdan bu yerda ekanligimizni bilasan, o'ylashimcha
Doona yigitni kuzatarkan, boshqasi kelib ortidagi telefonni oldi va qizni harakatlarini to'xtatib ortdan to'pponcha tiradi.
- shhh, aqlli qizaloq bo'l
- men.. xech narsa ko'rmadim va eshtmadim.
- lekin biz seni ko'rdik, - aylanib yurgan yigit qizga yuzlandi.
- xech kimga, xech narsa aytmayman, - ko'zlarini yumarkan, sodir bo'layotgan holatda o'zini qo'lga olishga urindi.
- bizga isbot kerak, - qizga yaqinlashdi, - va isbot o'rnida senga shartimiz bor.
- bajarishga majburmanmi?
- bizni hali tanimasliging mumkin, - yigit yengil kulib qo'ydi, - ko'rinishidan sevgilingni yo'qotishni istamaysan, Jeon Jungkook...
- jin ursin, - qarshi chiqishga urinarkan, ortdan to'pponcha yanaham botirildi, - unga biror nima qila olishingiz meni hayron qoldirgan bo'lardi.
- ishonmaysanmi? - telefonini chiqargan yigit, to'g'ridan to'g'ri ko'rsatib turgan kamerani qizning qarshisiga olib keldi. Jungkookning mashinada o'tirishi va uzoqroqda boshqa bir mashinada katta qurol bilan nishonga olib turgan yigit, - meni birgina so'zim bilan bu quroldan o'q otiladi,
- nima istaysan?
- aqlli qizaloq, sen bilan til topisha olishimizni bilgandim, - boshi bilan yigitga qo'yib yuborish ishorasini qilarkan davom etdi, - eng katta vazifang buning oramizda sir bo'lib qolishi. Xozir esa bizdan xabar kut, palitsiya aralashishi yo'qotadigan insonlaring sonini oshirishi mumkin.
Ikki yigit qaytib eshik tomon borarkan, qiz ularni kuzatib turardi. Chiqishdan avval yigit ortga o'girilib so'nggi marotaba gapirdi.
- yigitchani ham bu bilan bezovta qilishni o'ylab ham o'tirma, Doona.
Birgina shu so'zning o'zi qiz haqida ma'lumot izalaganlarini dalili bo'la oladi. Eshik yopilarkan qiz ushlab turgan nafasini qo'yib yubordi. O'ylab ham ko'rmagan joydan, yangi muammo kelib chiqishi. Yana biroz muddatdan so'ng esa qiz telefoniga noma'lum raqamdan xabar keldi.
"Biz uchun bir inson o'ldirish yoki sevgiling o'limi?"
•Han Doona
Mystery
Episode 18
Og'ir nafas olgancha ichidagi xirsiy maxluqchani tinchlatirishga urinarkan, qo'llari eshikga tiralgancha qizni ikki tomonida turardi. Yigitning nigohlari qizning lablarini kuzatadi. Doona yigitning ko'zlariga bir muddat qarab turib, so'ngra qorachiqlar pastladi. Tanalar orasidagi qolgan joyni deyali masofa deb bo'lmaydi.
- qani bo'laqol, - bog'ilishni boshlagan ovozda buyruq berdi Jungkook, - qilishni istayotgan ishingni bajar.
- nima istayotgan bo'lishim mumkin?
- doim qayerga tikilishingni bilmaydi deb o'ylama, - nigohlari qizning lablarini tark etmasdan, yuzlar orasi yigit tomonidan qisqardi, - sen tomoningdan yoki men, ahamiyatsiz. Bu ish baribir bo'ladi. Shunday ekan-
Jungkook gapini tugatib ulgurmasdan labi ostida sezgan iliqlikdan yengillik bilan ko'zlarini yumdi. Qiz lablarini biroz harakatga keltirar ekan, yigit qoniqish ohangda og'ir nafas chiqargancha Doona tomon egildi. Bir qo'li qizning bo'yni orqasidan siqib o'zi tomon tortgancha qizning lablarini ortib borayotgan hirs bilan egalladi. Qizning pastki labini tishlari orasiga olarkan, keyingilikda tilning qarshi tomonga kirib borishi , Doonaning qo'llari yigitni yelkalarini siqishga olib keldi. Lablar harakati hali hamon to'xtamagan. Bir qo'li qizning ort bo'ynini siqishda davom etsa, boshqa biri qizning to'q qizil rangdagi kiyimi ustidan notinch harakatlari kuchayib bordi. Birdan bo'sa uzilarkan, keyingi harakat bilan Jungkook qizni aylantirgancha eshik tomon qaratdi. Qo'llari qizning ikki qo'lini biroz teparoqda , ikki tomonga bosgan. Oldga qadam tashlanarkan tanalar masofasi butkul yo'qoldi. Qizning bo'yniga Jungkookning tez va qiyinchilik bilan olinayotgan nafaslari urilgancha sezilmoqda.
- o'zim tanlagan libos bilan meni bunchalik aqldan ozdirasan deb o'ylamagandim, - ortib borayotgan *xohishni qizning ortiga harakatalantirar ekan bo'yniga qo'pol o'pichlar bilan davom etdi, - bu vayrongarchilikni faqat sen tuzata olasan, Doonam.
Oyoqlar orasida *qattiqlashayotgan a'zo tobora yengillikni istarkan, qizning ortiga bosim ortdi. Qo'llar atrofi kuchliroq qisildi.
- Jungkook
- shhh, - qo'llar qizni qo'llarini eshikda qoldirgancha qizning tanasiga qaytdi. Bir qo'li bilan tizzadan teparoqda turgan ko'ylak etagi yuqoriga ko'tarildi, - tashqaridagilar bizning bu yerdagi *raqsimizni bilishlarini qancha istasam ham xozircha bu ovozlaringni ushlab qol, oppog'oy.
Ikki tana harorati ortib borarkan, yigitning harakati bir zum to'xtagan ko'yi shimning charm kamarini bo'shatishni boshladi. Xonadagi oynani parda qoplagani bois deyarli qorong'u atmosfera bu yerni egallagan. Ortida yigitning harakatlarini his qilarkan , qizning ichki kiyimi pastlagani bilan ikki kiyimsiz tananing pastki qismi yana jipslashdi. Jungkookning bir qo'li qizning belidan o'ralgan.
- Doonam, seni sevaman, - qizning siren iforidan o'pkasini to'ldirgan yigit, oldinga harakat bilan qizga *kirishni boshladi. Biroz rad etib bo'lmaydigan og'riq. Nazorat qilishga uringan ovozlar foydasiz bo'lib bormoqda. Tana xohishlari qondirilishi bilan harorat faqatgina ortib bormoqda.
- xonim, sizga xonani ko'rsatishim mumkin , sizga xonani ko'rsatishim mumkin
- menimcha keragi yo'q, bu yerlarni bilaman - Mina honim xizmatchiga javob bergancha ikkinchi qavatga ko'tarila boshladi. Beparvo xizmatchi sabab ko'ylak oldiga ichimlik to'kilgan. Xozir zarur bo'lgan xonani qidirar ekan, boshqa bir xona eshigiga ko'zi tushdi. Juda ham tanish bo'lgan ko'rinish. Biroz ikkilanish bilan xona tomon qadam tashlarkan, anglab ulgurmasdan ayol eshikni ochgancha ichkariga qadam qo'ydi. Ayolning sobiq eri bilan xotiralar bo'lishgan xonasi. O'ylab ham ko'rilmagan manzara. Deyarli xech narsa o'zgartirilmagan. O'rtada joylashgan katta hajmli yotoq, devorda joylashgan to'y kuni surati. O'ziga avval tegishli bo'lgan ko'zgu oldiga yaqin kelarkan , ko'zgudagi javon ustida Mina honim tomonidan qoldirilgan bir qancha buyumlar joyidan siljimagan.
- bu ...qanday qilib bunday bo'lishi mumkin? - o'ziga o'zi shivirladi .
- ketganingdan keyin ham seni mavjudligingni his qilib turishni istadim - to'satdan kelgan erkak kishining ovozidan Mina honim ortga o'girildi.
- bu ahamiyatli deb hisoblaysizmi?
- shunchaki...Seni yana xonamizda ko'rganim sabab, bilishingni istadim, - yoddan chiqmagan erkakning sovuqli ovozi xozir ham o'z ta'sirini ayolda yo'qotmagan, - buni yakunlagan sensan.
- nima uchun bunday qilganimni bilasiz, - chiqish tomon yurishni boshladi, - ikkimiz ham biladigan mavzuni qayta ochmaganimiz hammaga yaxshi.
- Jungkook o'sha qizga uylanishiga qarshiman.
Kutilmagan so'zlar ayolni bir zum to'xtatdi. Ortga o'girilgancha erkakkga tikilib qoldi.
- uni ortiq boshqara olmaysiz. Uning qarorlarini otasi sifatida xurmat qilishingiz kerak.
- Mina, - necha yillardan buyon yana shu ism, shu xona. Ayol ko'ksida unut bo'lgan hislar yodga olinmoqda. Erkak biroz yaqinlashgancha davom etdi, - agar bu unashtiruvni xohlamasam, demak buni yo'q qila olaman. O'ylashimcha bunga shubhang yo'q
- Jungkook bunga yo'l qo'ymaydi va albatta men ham.
- Mina, meni to'xtatishing uchun senda bir yo'l bor, - biroz masofa saqlagan holda to'xtadi.
Ayolning nigohlari erkakning harakatlarini kuzatishda davom etmoqda. Erkak bir qo'lini biroz ko'tadi. Siqilgan kaftlar orasi ochilarkan, 15 yil avval barmoqlarni tark etgan xalqacha o'zgarishsiz turardi...
Timeskip >>>
Tunning yoqimli havosi mashinaning ochiq oynasidan qizning yuziga urilmoqda. Ko'zlari yumilgan holda. Birozdan so'ng mashinaning to'xtatshi bilan atrofga qararkan, o'z uyiga ko'zi tushishi bilan xotirjam nafas chiqardi . Yonidagi yigitning o'z xavfsizlik kamaridan halos bo'lishini ko'rgancha sukutni buzdi.
- sen qayerga?
- qayerga bo'lishi mumkin? Albatta sen bilan kiraman - mashinadan tushgancha dedi.
- xozir shunchaki uyga borishing kerak, Jungkook - uy tomon borayotgan yigit ortidan ergashgancha e'tiroz bildirdi.
Kirish qism oldida to'xtagan yigit qiz tomon o'girildi. Ikkisining ham kiyimlari tartibsizlikka yaqin holda. Jungkook qizning qo'lini ushlab havoga ko'targancha Doonaga uqtirishga urindi.
- bu uzuk barmog'ingda ekanligini bilib turib meni bir o'zi uxlay oladi deb o'ylaysanmi? Bo'sh yotoqda?
- nega endi yo'q? - biroz noaniqlikni *ko'rsatib so'ragancha, Jungkookdan hafsalasiz chiqqan nafas qabul qildi.
- seni o'z uyingga olib kelganim ham aslida mo'jiza, yo'lda necha bor o'z uyimga yo'nalishni burishdan qaytganimni bilmaysan, - qizdan kalitni olar ekan, eshikni o'zi ochgancha ichkariga qadam tashladi.
- men charchaganman va uxlayman Jungkook, boshqa xech narsa emas, - xonasi tomon yigitdan avval kirib ketdi.
- boshqa "xech narsa" haqida o'zing aytding, men emas Doonam, - labida biroz tabassum bilan qizning ortidan ergashdi.
Timeskip >>>
Tungi chiroqlar bilan ko'cha yorishgan . Yarim tun bo'lganligini hisobga olsa avtomobillar deyarli atrofda ko'rinmaydi . Bo'lib o'tgan ziyofatdan qaytayotgan Hajoon, ochiq oynadan bir qo'lini chiqargancha tungi hayotdan zavlanmoqda . Ish vaqti tugamagan bir do'kon oldida to'xtarkan , ichimlik uchun mashinadan tushgancha ichkariga kirdi. O'ziga kerakli bo'limda biroz yurib , vanihoyat bir ichimlikni ma'qulladi. To'lov qilish uchun o'girilarkan qandaydur tortishuv ovozi kelgan ko'yi u tomon bordi.
- qanday qilib qabul qilmasligi mumkin? Men har doim shu kartadan to'lov qilaman. Qayta tekshiring! - asabiylashishni boshlagan qiz , sotuvchiga deyarli baland ohangda dedi.
- yo'q, bo'lmadi. Janjal ko'tarishni bas qiling. Karta miqdorida pul qolmagan yoki muddat tugagan bo'lishi mumkin. - qo'lidagi kichik kartani qizga qyatargancha dedi.
- siz xato qilyabsiz! Bunday bo'lishi mumkin emas. Ishingizni bilmasangiz bu yerda o'tirmang. Qanday qilib shuncha narsalarni pulini to'layman endi?
- Bora xonim, yordam kerakmi? - biroz tanish bo'lgan erkak kishining ovozi tomon burildi .
- sen? Ustimdan kulyabsanmi?! Axmoq , daf bo'l bu yerdan.
- nega endi? Shunchaki yaxshi inson sifatida senga yordam qilishni istadim, nima, bu jinoyatmi? - labida biroz tabassum bilan qiz tomon egildi.
- sen qilsang, demak ha!
- ehtiyot bo'lishingizni ogohlantiraman, bu xonim...sizni xatto palitsiyaga topshirishi mumkin, - yigitga ovoz ohangini pastlgancha dedi.
Biroz alam va jaxl bilan sotuvchidan kartani qaytargan qiz , tezlikda do'konni tark etdi. Ortidan nigohlarini uzmagan yigit, ikkilanishsiz qarshisida turgan sotib olinishi kerak bo'lgan narsalarni harajatlarini qopladi.
•Han Doona
Mystery
Episode 17
"Atrofni alanga qoplagan. Deyarli barcha buyumlar kul bo'lmoqda. Boshqa tomondan o'chirishga urinsa, boshqa tomondan yonayotgan olov uyda xotiralar qolishiga to'sqinlik qilmoqda. Tashqaridan eshitilayotgan insonlarning ovozlari , yonayotgan uchqunlarning chirsillash ovozlariga qo'shilgan. Umidsizlik. Qarshisida esa jonsiz qolgan ayol tanasi ..."
02 : 13 a.m.
Noma'lum vaqt kabi ko'ringan tungi soatlar... Ko'zlar hanuz yumilgan holda bo'lsada tana allaqachon uyg'ongan. Biroz sovuqlik... Ammo kuzgi shinam ko'rpa tanani qoplab turibdi. G'alati hissiyot. Xotira aralashgan tushdan g'ashlik sezgancha biroz ko'zlarini ochgan qiz bir on shu holda yotdi. Ko'rpa ostida issiqlik qidirgancha yaxshiroq joylasharkan biroz sezilib turgan titroq hissi qizning uyg'onayotgan ongiga endi ta'sir ko'rsatayotgandi. Oyoq qo'llar to'xtab - to'xtab silkinish bermoqda. Boshqa tomonga issiqlik istab o'girilgan qizning holati o'zgarmadi.
- bu nimasi bo'ldi? - bu safar o'rniga o'tirib olgan qiz bir on chuqur nafas oldi. Oyoq qo'llarini kuzatarkan , titrash halihamon davom etmoqda edi. Kuchli qolishni istasada qo'rquv qizni yengib bormoqda. O'rnidan qo'zg'algan Doona bazor qadamlar bilan xonasidan chiqarkan biroz avval chizish bilan mashg'ul bo'lgan stol ustida turgan stakandagi suvga ko'zi tushdi. Titrayotgan ikki qo'l bilan ko'tarilgan stakan chetlaridan suv polga tushishga sabab bo'lmoqda. Biroz ho'plagan qiz ilojsiz uni qayta joyiga qo'ydi. Foydasi yo'q. Xonaga qaytgan qiz tartibsiz kravat ustiga o'tirgancha chuqur nafaslar bilan tanasini tinchlantirishga urindi. Yurak urishi hayollarga kelayotgan o'ylardan yanaham tezlashmoqda. Ochiq oynadan tushib turgan oy nuri , biroz havo bilan honani egallab turibdi. Biroz chuqur nafas, bir on tinchlanish va yana qattiq titroq.
" Jin ursin! Bu nimasi bo'ldi? Go'yo oyoq qo'llarim o'zimga bo'ysunishdan bosh tortayotganga o'xshaydi. Barchasi o'z o'rniga tushdi degunimcha yanada kuchaymoqda. Uxlashdan oldin barchasi yaxshiydi. Havo ham sovuq emas. Kasallikmi bu? Buni qanday to'xtatish kerak?! "
Kichik javonchada turgan telefongan qaltirayotgan qo'lini uzatarakan , qo'ng'iroq qilishga uringan ko'yi yoqilmagan ekran telefon quvvati tugagandan darak berdi. Havotir kuchaygan qiz bazor ushlab turgan telefonni ham tushirib yubordi. Ahvol battarlashayotgan kabi ko'rinarkan, quloqlarini yopgancha ko'zlarini qattiq yumgan qiz yana chuqur nafas oldi. Peshonani deyarli ter qopladi. So'nggi kuchli titrash tanaga yoyilarkan , barchasi to'htadi. Xonadagi sukut qizga sezildi. Tanada qandaydir og'ir hissiyot qizni tark etdi. Jimjitlik. Bo'layotgan hodisa o'chirib qo'yilganga o'xshaydi. Ko'zlarini ochgan Doona nigohlarini ko'tararkan , eshikdan endigina xonaga kirgan yigitni ko'rdi.
- Doonam? Nega hali ham uxl-
O'ylab ham o'tirmasdan , turgancha yigitni quchgan qiz , ushlanib turgan ko'z yoshlarini qo'yib yubordi. Go'yo kutilayotgan *qulay shaxs mo'jiza kabi paydo bo'ldi. Xech narsaga tushunmasada bag'ridagi unsiz yig'layotgan qizni qattiqroq qucharkan , Jungkookning qo'llari qizning sochlari orasiga oraladi. Ilk bor, ilk bor kimsaning oldida Doona o'zining ojizligini qo'yib yuborishni istadi. Xatto xozir ko'z yoshlarini ham to'xtatishni istamaydi. Xozirgina bo'lib o'tgan voqea ta'sirimi yoki undan ortiq? Qo'llari esa yigitning ort qismidan kiyimlarini mahkam ushlab turibdi, biroz yengil qo'ysa go'yo u yo'qolib qoladi. Jungkookning esa nigohlari atrofni aylanarkan xech qanday xavf yo'qligiga ishonch hosil qildi.
- Doonam, nima bo'ldi? - quloqlari ostida doimgidan farq qiluvchi yumshoqroq ovozda so'radi.
- qo'rqdim Jungkook , qattiq qo'rqdim, - yig'i aralash chiqan ovozdan yigitda havotir ortdi. Qizni ohistalik bilan ko'targancha yotoqqa yaqin kelib, uni qo'yib yubormasdan o'tirdi. Doonaning qo'llari esa yigit atrofidan yengillashmadi...
Timeskip >>>
Tong...
Yuzini sochiq bilan artgancha yuvinish xonasidan chiqqan yigitning dimog'iga oshxonadan kelayotgan shirin tam isi urildi. Bir ikki qadam tashlagancha , qizning stoli oldida to'xtadi. Dars stoli ustida esa qiz doimiy oldida saqlovchi kichik daftarcha ochiq holda qolgan...qog'oz ustidagi chizilgan tasvir bilan. Jungkook qo'liga olgancha , chizmani yaxshiroq tekshirarkan bu o'zining ko'zlari ekanligiga shubha yo'q. Barmoqlar boshqa sahifalarni ocharkan , bir qancha yigitning turli xildagi lablari yengil qalam berib tasvirlangandi. Ko'rnishidan qiz yigitdagi bu a'zolarni yaxshi ko'radi. Yigtning yuziga kichik tabassum yugurdi. Boshqa sahifani ochib ulgurmasidan oldida paydo bo'lgan qiz daftarchani undan tortib oldi.
- nima qilyapsan?
- qiziq, bularni chizganda hayolingda nimalar bor edi? - bir qo'li stolga tiralgancha qiz tomon qararkan, paydo bo'lgan xavfli, o'ynoqi tabassum bilan so'radi.
- bular shunchaki vazifalar, kerak bo'lgani uchun chizilgan, - tezda daftarchani tortmaga joylarkan, yigitning ko'ziga qarolmasdi.
- shundaymi? Darsliklarda mening lablarim qayta va qayta berilganmi? Yoki, - qizning yuziga qo'llarini olib borarkan, bosh barmoq qizning pastki labini silab o'tdi, - yoki darslarni mening o'zimdan qabul qilishing mumkin, hm?
- ular...seniki emas, - yigitni so'zlarini inkor qilgancha ortga o'girilib oshxona tomon keta boshladi, - agar och bo'lsang , nonushtaga kel. Boshqa chaqirmayman.
- ochman, faqat nonushtaga emas, - o'ziga o'zi pichirlab qizning ortidan oshxonaga bordi.
- kecha nima bo'lganini balki aytarsan? Hayolingni o'qish qobilyatim hali paydo bo'lgancha yo'q, - nonushtani davom ettirgancha , kechadan buyon qiynayotgam savollarni berishni boshladi. Sukut saqlashda davom etgan Doona, birozdan so'ng javob qildi.
- o'zim ham aniq bilmayman. Uyqudan biroz titroqni his qilib uyg'ondim. Bo'ysunishni istamagan kabi tanam ham to'xtashni xohlamadi.
- nega menga qo'ng'iroq qilmading? Kelmaganimda nima bo'lardi? - ichidagi jaxlni nazorat qilish murakkablashgan ko'yi so'radi.
- qo'ng'iroq qilishga urindim, la'nati telefon quvvati tugagan ekan, - kichik qoshiq bilan qahvani aralashtirarkan, nigohlari ham shunga qadalgandi, - aytgancha, sen nega unday vaqtda kelganding?
- kelishim kerakligini sezdim desamchi?, - qizning ko'tarilgan nigohlariga qararkan davom etdi, - bu birinchisi emas
- nima demoqchisan?
- tunda sening oldinga kelishim, birinchisi emas, - o'rnidan turgan yigit stakan olib uni sovuq ichimlik suvi bilan to'ldira boshladi.
- nima? Yana qachon kelganding? Jungkook? - yigit ortidan turgancha , qarshisiga turdi, - kalitchi? Ularni qayerdan olding?
Hafsalasiz nafas chiqargan yigit suvdan ho'plarkan, qizning savollari tugamadi. Stakanni joyga qo'ygancha bir qadam bilan yaqinlashgan yigit, qizning lablarini egalladi. Sekinlik bilan harakatlanishni boshlarkan, qizni oshxona jihozi ustiga o'tqizdi. Doonaning qo'llari Jungkookning yelkalarini xar bir bosimda qattiqroq ushlardi. Yigitning qo'llari qizning tanasida kezgancha Doonani o'z tanasida his qilishni istab, yanaham tortmoqda, agar buning iloji qolgan bo'lsa... Jungkookning ikki tomonida turgan oyoqlari orasida, yigitning *qattiq holda turgan a'zosini aniq his qilmoqda. Qizdan biroz uzoqlashgan yigit, yuzini yaqin tutgan holda og'ir pichirladi.
- agar ahvoling yaxshi bo'lganda, - ko'zlarini yumarkan, gapni tugatsa so'nggi nazorat ham yo'qoladgan kabi ko'rinardi, - bugun seni shifohonaga olib boraman, hammasi yaxshiligiga ishonch xosil qilishim kerak.
Timeskip 5 kundan so'ng >>>
Darslardan halos bo'lgancha endi uyga kelgan qiz , kiyimlarini alishtirib bo'lishi bilanoq, eshik qo'ng'irog'i chalindi. Yaqin kelgan ko'yi eshikni ocharkan, ostonada turgan biroz kattaroq qora qutiga ko'zi tushdi. Chiroyli bog'langan bog'ich ham qora rangda. Biror kimsani ko'rish ilinjida atrofga qararkan, hech kim ko'rinmadi. Qo'liga qutini olib ichkariga qaytarkan, stol ustida turgan telefonga kelgan xabar ekranda paydo bo'ldi.
"Ba'zimda seni shu libosda ko'rishni istayman"
Biroz tabassum qiz yuzida tarqalarkan, quti ochilishi ichidagi to'q qizg'ish rangdagi ko'ylakni taqdim etdi...
Timeskip >>>
18 : 32
Deyarli hashamat bilan qurilgan katta uy. Zalni esa mehmonlar qoplab ulgurgan. Katta qandillar yordamida esa yorug'lik yaxshi xolda saqlangan. Bir - biridan o'zishga harakat qilvuchi badavlat shaxslar jamlangan musobaqa desa ham bo'ladi. Kelganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa ham, Doonaning qo'llarini qo'yib yubormagan yigit, qizdan nigohlarini uzmaydi, aniqroq holda esa uzolmaydi. Tanlangan unchalik uzun bo'lmagan to'q qizil rangdagi ko'ylak, qizdan kelayotgan ifor, yuzidagi kichik kulgichlar. Yigit hatto qanday qilib bazim oxirigacha *aqlli yigit bo'la olishi haqida o'ylardi.
Yonidan kelgan inson ovozidan hayollaridan chiqan yigit o'girildi. Yigitning taklifi, qistovi bilan tashrif buyurgan Mina xonim og'liga biroz tabassum bilan tikilgancha gapirdi.
- sekinroq, nigohlaring bilan qizni teshib yuboradiganday ko'rinaypsan.
- bu teshib yuborish emas, - biroz asabiy javob qildi.
- o'z og'limni yaxshi bilaman
Asabiy nafas chiqararkan, qarshisida kelayotgan Hajoon , yigitga biroz bosh silkin qo'yarkan, aytilgan topshiriq bajarilganini ta'kidladi. Javoban bosh silkigan Jungkook, qiz tomon burilarkan , chiroqlar ta'siri biroz sustlashgan on bir maromdagi musiqa boshlandi.
- Doonam, sovg'ani berish vaqti yetdi
Qizni qo'llarini ushlab biroz markaz qismga yetib kelarkan, bir qo'li qizning belidan mahkam o'ralgan ko'yi bir ritmda harakat qilishni boshladi. Yigitning nigohlari qiznikini tark etmasdi. Yuzdagi masofalar juda qisqa. Qizning qorachiqlari yigitda doimz kezadigan qism, lablari ostida joylashgan xolda to'xtab yana ko'zlarga qaytdi.
- bizning raqsimizmi sovg'a? Juda oddiy emasmi? Huh?
- yo'q albatta, yana birozdan so'ng bilib olasan, - qizga yana biroz egilarkan , ko'zlarini yumgancha iforidan chuqur hidladi, - albatta bu sen uchun ham unutilmas sovg'a bo'ladi.
Yana biroz davom etgancha, atrofda boshqa bir juftliklar ham qo'shilarkan, musiqa sekinlik bilan oxiriga yetib keldi. Jungkookga savolli nigohlar bilan qararkan, yigit qizning bir qo'lini qo'yib yubormasdan, boshqasini belidan qaytarib oldi. Ortga bir qadam tashlarkan, kostyum cho'ntagidan kichik qora qutini chiqarib , yonib turgan uzukni taqdim qilgancha bir oyog'i bilan tiz cho'kdi.
- Doonam, Jeon honim bo'lishga rozimisan?
Atrofdagi barchaning nigohlari markazga qaratilarkan, ular kabi qiz ham kutilmagan hodisadan ko'zlari biroz kattalashgandi. Jungkook ushlab turgan qo'llar esa qattiqroq siqildi. Bir tomonda Min honim baxtdan hursan va boshqa bir tomonda esa katta janob Jeon tomoshadan hayratda .
- telba... Nima qilyapsan? - yigitga eshitilar darajada shivirladi.
- nima qilayotganga o'xshayman? Jeon honim bo'lishga tayyormisan? - yigit yana takrorladi.
Qanday javob qilishga ikkilanayotgan Doona, atrofga bir on ko'z tashladi. Hammaning nigohlari ularda. Hayajon esa doimgidanda kuchli egallagan. Nima deb javob berish mumkin? Yurak allaqachon tan olib, javobni qizning hayolida qayta va qayta aylantirmoqda. Qaysarlik esa kurashda yutiqizish arafasida.
- ha...
Unchalik baland bo'lmasada chiqqan ovozdan atrofdagilarni qarsaklari tezda eshitildi. Doona esa yigitning yuzida ilk bor bunday tabassum ko'rarkan, Jungkook tezda o'rnidan turib uzukni qizning kerakli barmog'iga kirgazdi. Navbatdagi harakatda qiz barmog'idagi yonib turgan uzukni ko'rishga uringan ko'yi, yigitning qo'llari bosimi bilan odamlar orasidan yurib ketishni boshladi.
- Jungkook, qayerga? Shoshma-
Eshitmagan yigit yo'lakdagi qator eshiklarning so'nggisida to'xtarkan, eshikni ochib qizni tezlikda olib kirdi.
- boshqa toqat qila olmayman, ayniqsa javobingdan so'ng...
•Han Doona