@namozova
Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarining tashkil etilishi shunday ishlar davomidir.Korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Ayni paytda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va mas'uliyatlilik talab etiladi.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, fuqarolarimizning faolligi kuzatilmasa, korruptsiya huqubuzarliklari, tamagirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralarini ogohlantirmasa, xabar bermasa ushbu illatdan butunlay qutilishning iloji yo'q. Korruptsiyaga qo'l urish natijasida ayrim g'arazli maqsadga ega shaxslarning bu kabi illati sababli halol va o'z mehnat faoliyatiga sodiqlik bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ham nomiga dog' tushishi achinarli holatlardan yana biridir.
Buxoro davlat universiteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasida 19-noyabr kuni “Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz” mavzusida o’tkazilgan ma’rifat soati
Ma`rifat soatini kafedra dotsenti Imomova Sh.M  boshlab berdilar. Ma’lumki, bayroq har bir davlatning davlatligini, har bir millatning tarixiy o‘zligini aks ettiradi. Azal tarixdan ma’lumki, har bir urug‘, etnik birlik yoki millat o‘z tug‘iga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, bayroq suverenitet, mustaqillik, ozodlik, hurlik, tinchlik va barqarorlik ramzi bo‘lib kelgan. Bayroq milliy g‘oyani aks ettiradi, chunki uning ta’rifining o‘zidayoq milliy-davlatchilik va uning mustaqillik orzusi yoki intilishi namoyon bo‘ladi.
1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Oliy Soveti ikkinchi sessiyasida Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. O‘n ikki banddan iborat hujjatda o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va boy an’analaridan kelib chiqib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi mavjudligi kabi g‘oyalar ta’kidlangan edi. Shuningdek, ushbu Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 8-bandida “O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘zining nomlanishini o‘zi belgilaydi, o‘z davlat ramzlarini ta’sis etadi: gerb, bayroq, madhiyasini”, deyilgan. Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya ilk marotaba bayroq haqida so‘zlangan huquqiy-rasmiy hujjat hisoblanadi.
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, davlat mustaqilligini mustahkamlovchi omil bo‘lishi bilan birga, davlat timsoli hamdir
Shundan so’ng J.Jumayev, H.Rustamov, G.Turdiyevalar so’zga chiqishdi.
Bu qonun davlat bayrog‘ini huquqiy-siyosiy jihatdan asoslovchi ikkinchi rasmiy va huquqiy hujjatdir. Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda, undan jamoat joylarida, binolar va boshqa ob’ektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin”, bu degani, deylik, ziyolilar, tadbirkorlar va barcha fuqarolar o‘z ishxonalari, ofislari, uylaridagi ish stollarida, bolajonlarimiz va talabalarimiz dars stolida bemalol davlat bayrog‘ining kichik nusxalarini qo‘yishlari yoki ishxona va uy yoki talabalar turar joyi(yotoqxona)da “hurmatni ta’minlagan holda” o‘rnatib qo‘yishlari mumkin. Shuningdek, fuqarolar davlat bayrog‘i aks etgan yoki bayroqning kichkinagina mo‘‘jaz tasviri bo‘lgan har xil suvenirlar tarzidagisini o‘z avtotransportlarida ilib qo‘yishlari mumkin, deganidir. Albatta, bu kabi ishlarning o‘zi vatanparvarlikni aks ettirishi bilan birga, jonajon vatanimizga, davlatimizga nisbatan ehtiromni ham aks ettiradi.
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYIDA “AMALIY MATEMATIKA VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI KUNI BAYONNOMASI
Tashkilotchilar: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor o’qituvchilari
2024 yil 13- noyabr kuni Buxoro davlat universitetining 1-talabalar turar joyida "Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Besh tashabbus doirasida "Yoshlar  o’rtasida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tadbiq etish", "Kiberjinoyatchilik profilaktikasi" hamda "Kitobga bo'lgan e'tibor" deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Bunda talabalarning kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishi davr talabi ekanligi , ulardan oqilona va kerakli maqsadlarda foydalanish shartligi, Kiberxavfsizlikni oldini olish chora tadbirlari, kiberxujumlarga uchraganda qilinadigan zarur ishlar to'g'risida fikr mulohazalar tinglandi. Zamon bilan hamnafas bo'lish bilan birga kitob mutolaasini ham unutmaslik takidlandi.
Tadbirni kafedra dotsenti Sh.M.Imomova ochib berdilar va talabalarga hozirgi kunda juda katta imkoniyatlar berilayotganligi, kundan-kunga sohamiz bo’yicha magistratura yo’nalishlari kengayib, chet elda magistatura va doktoranturada o’qishni davom ettirish imkoniyatlari haqida gapirib berdilar. Kafedramizda ta’lim olib, hozirda top 200 talikka kirgan oliy ta’lim dargohlarida o’qishini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan va o’qishini tugatib, IT yo’nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan talabalarimiz haqida, hattoki hozirda talaba bo’lib turib, IT yo’nalishidagi faoliyatida yaxshi daromad olib, oilasiga foyda keltirayotgan talabalarimiz haqida to’xtalib o’tdilar.
So’ngra kafedra o’qituvchisi F.S.Sodiqova  so’zga chiqib, talabalarning kiyinsh madaniyati, odob axloq qoidalari va Universitetning ichki tartib qoidalari haqida gapirdilar.
So’ngra "Kiberxavfsizlikni ta'minlash davr talabi" mavzusida suhbat o’tkazilib kerakli bilimlar berildi va muammoga duch kelganda kimga murojaat qilish kerakligi aytildi.  Talabalarga kerakli tavsiyalar berishdi va talabalarning savollariga javob qaytarildi.
Tadbir davomida Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining 3 tashabbusi bo‘yicha talaba yoshlarni kitobga bo’lgan mehrini uyg’otish va takomillashtirish maqsadida "KItobga bo'lgan e'tibor" mavzusiga ham to’xtalib o’tildi.
Ushbu tadbir juda qiziqarli, ma’lumotlarga boy va ko’tarinki ruhda o’tdi. Bir soʼz bilan aytganda, Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlarga birdek mehr, quvonch ulashildi. Mana shunday tadbirlarning tashkil etilishi, talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ulardagi jamoaviylik xarekterlarini yanada                   kuchaytirishga xizmat qiladi.