@nazarov12

Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
“Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-263-son, 17.07.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, “Sayar LLC” kompaniyasi (Investor) tomonidan “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi doirasida “Sayar green” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona (Loyiha kompaniyasi) ta’sis etilgan.

Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investor, Loyiha kompaniyasi va Hukumat nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.

2024 yil 1 avgustdan:

tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda Loyiha kompaniyasiga topshiriladi;

loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta’minlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.

Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilarini Loyiha kompaniyasiga to‘liq yetkazib berish bo‘yicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

O.Qurbonov

Qanday mulklar er va xotinning umumiy mulki xisoblanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga ko`ra,

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.

Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.

Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunlarda belgilanadi. Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligining mol-mulkini bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 223 va 225-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.
“Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-270-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2021–2024 yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlangan.

Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Har yili oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.

Xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi ko‘p asrlik mardona kurashi, bu yo‘lda ciyosiy qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari, ta’lim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari tashkil etiladi.

“Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi va platforma yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM  boshlig`i:

M.T.Mamayusupov

Qanday hollarda nikoh tuzishga monelik qiladi?
O‘zbekiston Respublikasi oilakodeksining 16-moddasiga ko`ra,

Nikoh tuzishga:

loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;

nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;

loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi.
“2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi (F-36-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi

Farmoyishga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga — 34 838 nafar etib;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 9 365 nafar etib.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir hafta muddatda quyidagi takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1200 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 2000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti bo‘yicha.

Bundan tashqari, davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abiturientlar 2024/2025 o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanadi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-266-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 sentyabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar o‘rinbosari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratilishi bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi.

2025 yil 1 yanvardan:

vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta’minlaydi;

vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o‘qitiladi.

2024 yil 1 oktyabrdan:-

shahar yo‘lovchi transportida I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat ko‘rsatiladi;

I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplab beriladi.

Ijtimoiy inspeksiya nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay muhit va to‘siqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Belgilangan ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-266-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, joylardagi hokimliklar:

har yili 1 noyabrgacha keyingi yil uchun o‘zining hududidagi kamida bittadan ko‘chani nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uning qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;

2024 yil 1 dekabrgacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida belgilangan ro‘yxatga muvofiq ko‘chalarni moslashtiradi.

2026 yil 1 yanvargacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi to‘siqlarsiz muhit yaratilgan ob’ektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2024 yil 1 oktyabrdan Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo‘lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.

Ushbu talab kuchga kirgunigacha tenderda g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning:

avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi 2024 yil 1 noyabrdan qoplab beriladi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratiladi.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-266-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 oktyabrdan:

rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi;

har yili “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlariga yo‘naltiriladi.

2025 yil 1 yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya berishda ob’ektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Bolaning bog`chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to`lov undirilmaydi.
Quyidagi sabablar bilan bolaning bog‘chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi sababli;

karantin holatida bo‘lganligi tufayli;

ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog‘chaga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni bola amalda bog‘chaga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.
“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan

“IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.

Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish;

seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta’lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti:

R.T.Nazarov