NeoJadid

Jumhuriyatchilikka chizgilar
Neojadidlarning maslagi jumhuriyatchilik g'oyasini targ'ib etish bo'lishi kerak degan edik. Bu nima degani? Odam tahakkumsiz erkinlikda yashashini ta’minlash yohud neo-feodal O'zbekistonda odam qadrini tiklash deganidir.

20 asr boshida O’rta Osiyo musulmon ziyolilarining (jadidlarning) maslagi (missiyasi) “Turkiston musulmon millatini” uyg’otib, hozirgi zamon sivilizatsiyasiga esh qilish edi. Jadidlar bunga O’rta Osiyo o’troq musulmon aholisini o’zbeklarga, bu aholi taqsimlangan uchta xonlik hududini bir davlatga birlashtirish orqali (nation- va state-building) erishish mumkin deb ishonishgan. Millat va davlatchilik bunyodkorligi harakatlari 20 asr boshidagi o’zbeklarning zamon undoviga eng munosib javobi edi. Ular o’z maqsadiga erishdi, hozirgi chegaralarda O’zbekistonga asos solinishi, o’zbek millatini shakllanishi aynan shu jadid harakatining g’alabasi bo’ldi.

Hafsalani pir qilgan mustaqillik

1991 yilda o’z aqlimizga, o’z mulkimizga, o’z mehnatimizga o’zimiz ega bo’lish, o’zligimizni anglash va saqlash imkoniyatini qo’lga kiritdik. Lekin bu imkoniyat hamon amalga oshmagan ehtimol bo’lib qolmoqda, biz hali mustaqillikning mevasini ta’tib ko’rmadik. Mustamlakachilikning tugatilishi erkinlik va farovonlikni keltirishi kerak edi. Bularni o’rniga qashshoqlik, total korruptsiya, zulm va potensial xaos kirib keldi. Aholining salmoqli qismining bunday mustaqillikdan ko’ngli qolyapti, ba’zilar undan voz kechishga ham rozi.

Jumhuriyatni tiklash

Shunday ekan, 21 asr boshidagi o’zbeklarning oldida qanday vazifa turibdi? “Sarbastona va masʼudona suratda yashamoqchi bo‘lg‘on bir millatning ijtimoiy hayotindagi vazifalarini lozimincha ifo etmak yo‘linda qanday tadbir va choralar” lozim?

Javob Konstitutsiyada yozilgan. Konstitutsiyamiz 1992 yilda millat o’zi bilan o’zi tuzgan shartnomadir, unda hamjihat va farovon yashashimiz, bir-birimizni so’yib qo’ymasligimiz uchun barchamiz uchun majburiy “o’yin qoidalarini” kelishib olganmiz. Hususan, eng muhim, eng birinchi qoida sifatida O’zbekistonni respublika deb e’lon qilganmiz: O’zbekiston — suveren demokratik respublikasidir (1-modda). Ota me’ros qoladigan monarxiya emas, yakka shaxsning kayfiyatiga qarab yashaydigan diktatura yoki bir hovuch boyning tasarrufidagi oligarxiya ham emas. Aynan “res publica”, ya’ni umum (millat) ishi.

O’zbekistonning rasmiy nomi “O’zbekiston respublikasi”dir, lekin biz iboraning ikkinchi qismiga deyarli ahamiyat bermaymiz. Demak, 20 asr jadidlari asosiy e’tiborni “O’zbekiston”ga bergan bo’lsa, 21 asr neo-jadidlarining diqqat markazida “respublika” turishi kerak. Bu nima degani?

Barchamiz guvoh bo’lib turgan voqelikdan boshlaylik: murakkab zamonda yashayapmiz. Ham milliy, ham global darajada istibdod, zulm kuchaygan. Qashshoq davlatlarda zulm nafaqat noqobil hukmron yoki elita tomonidan, balkim rasvo ekologiya, total nazoratga mubtalo qilguvchi yangi raqamli texnologiyalar, davlatni neo-mustamlaka darajasida ushlab turishga qaratilgan global o’yinchilar tomonidan ham kuzatilmoqda.

Istibdod, zulmga qarshi kurash yangicha siyosiy tafakkurni, qarash va yashash tarzimizni isloh etilishini taqozo etadi. Mana shu yerda bizga jumhuriyatchilik (respublikachilik) g’oyasi juda az qotadi.
Jumhuriyatchilik tahakkumsiz erkinlikda yashashdir
Jumhuriyatchilikning asosida juda oddiy bir fikr yotibdi: inson titramasdan yashashi kerak. Buning uchun atrofdagi tahakkum bartaraf etilishi, yoki kamida kamaytirilishi lozim.

Arabchadagi “al-tahakkum” (domination, доминирование) atamasi o’zbek tilida ham bor:
1️⃣ Hukm yuritish, zo‘rlik bilan hukmronlik qilish; ustun chiqish;
2️⃣ Birovga o’z hukmini, amrini istar-istamas qabul ettirishdir.
Shuningdek, “tahakkum” atamasi “o‘zgani kamsitish, tahqirlash, o‘zini kiborli tutish, achchiqlanish, g‘azablanish, buzib tashlash, o‘zgaga tajovuz va hujum qilish” maʼnolarini ham ifoda etadi.
Tahakkumning o‘zagi — hukm. Tilimizdagi hukmdor, hokim, mahkum, hakam so‘zlari tahakkum bilan o‘zakdosh. Ya’ni, tahakkumni “o’z boshimchalik bilan, kayfiyatiga qarab hukmronlik qilish” deb talqin qilsa bo’ladi. Bunday hukmronlik esa zulmning bir turidir. Hz. Ali aytganidek, “zaif qudratlidan o’z haq-huquqini titramay talab qilolmagan jamiyat rasvo jamiyatdir”.

Tahakkum siyosiy (bir shaxs yoki tor manfaat guruhning butun millat ustidan), iqtisodiy (ish beruvchining xizmatkor ustidan yoki monopolistning bozor ustidan), jamoaviy (sekulyaristlarning dindorlar ustidan, yoki aksincha), oilaviy (odatda, erning ayol ustidan) tahakkum shaklini olishi mumkin.

Neo-jadidchilikning asosiy g’oyasi ham mana shu atrofimizdagi tahakkumni, uning turi, manbasi, tahakkumda kim yashayotgani va tahakkum kim tomonidan amalga oshirayotganidan qat’iy nazar, bartaraf etish, yoki kamida, uni darajasini kamaytirishdir.

Tahakkumsiz erkinlik odamga uch narsani beradi:
1. Mavhumlikdan ozod etadi. Birovning irodasidan va o’zgaruvchan kayfiyatiga qaram bo’lmagan inson o’z hayotini tizimli va uzoq muddatli rejalashtiriladi. Masalan, qonun ustuvor bo’lgani uchun biznesini amaldorga yaqin reyder olib qo’ya olmasligini bilgan tadbirkor mablag’ni chet elga chiqarmasdan, O’zbekistonga tikadi.
2. Moslashish (hameleonlik) majburiyatidan ozod etadi. Tahakkum zararsizlashtirilgan jamiyatda odam birovning (rahbar, boy yoki yana qandaydir qudrat egasi) qovog’iga qarab yashashdan, uning irodasiga moslashish zaruriyatidan ozod bo’ladi. Masalan, davlat xizmatida meritokratik tamoyillar aniq yozib qo’yilgan bo’lsa, amaldor butun energiyasini prezidentga yaltoqlanishdan o’z professional vazifalarini sifatliroq bajarishga qaratadi, chunki uning karyerasi bir odamning rayiga emas, yozma qoidalarga bog’liq bo’ladi.
3. Qulluq qilishdan ozod etadi. Tahakkumsiz yashash uchun sharoit odamga tik yashash imkonini beradi. Natijada, hozir kuzatayotganimiz neo-feodal “boy va xizmatchilar” jamiyatidan teng va hur insonlar jamiyati vujudga keladi.

Umuman olganda jumhuriyatchilik g’oyasi o’zbekka o’z(iga)bek ekanligini eslatib, hur va o’zini hurmat qiladigan inson sifatida o’ziga o’xshagan ozod insonlar jamiyatida yashashga imkon beradi. Lekin tahakkumsiz erkinlik shunchaki mavjud bo’lmaydi, uni ongli ravishda vujudga keltirish kerak; faqatgina qonuniy va ijtimoiy cheklovlar mavjud bo’lsagina boshqalar sizga o’z irodasini o’tkaza olmaydi.

Jumhuriyatchilikda qullik va zulm eng katta illat, erkinlik va tenglik eng katta ne’mat hisoblanadi, va erkinlik lisoni sifatida bu harakat hozirgi jamiyatimizda barcha oqim va kayfiyatlar bilan umumiy til topishishi mumkin. Masalan, dindorlar sekulyaristlar zulmidan norozimi? Jumhuriyatchilar ham bundan norozi. Sekulyaristlar dindorlar zug’umidan norozimi? Jumhuriyatchilar ham bundan norozi. Sotsialistlar ijtimoiy tenglikni istayaptimi, oddiy mexnatkash ish beruvchiga tobe bo’lishi kerakmas deb hisoblaydimi? Jumhuriyatchilar ham shunday fikrda. Va aksincha, tadbirkorlar mavjud qoidalar yollanma ishchilar tomonidan zug’umga olib kelayapti, biznesni o’ldiryapti desa, jumhuriyatchilar vaziyatga qarab, bu masalani ham “tahakkumsiz erkinlik” tamoyili bo’yicha ko’rib chiqishga tayyor. Ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatini o’ziga bo’ysundirib olganmi? Demak, jumhuriyatchilarning fikricha, eng birinchi qilinadigan ish, shu ikki hokimiyatning real mustaqilligini ta’minlashdir. Ko’rinib turibdi-ki, jumhuriyatchilarning qat’iy, toshda yozilgan siyosati yo’q, taklif etayotgan choralari va vazifalari zamon va makonga, sharoitga qarab o’zgarib turadi. Lekin bir qator qat’iy etiqodi bor, tahakkumsiz erkinlik shulardan asosiysi va butun siyosati mana shu e’tiqodidan kelib chiqadi.

Qutblashgan jamiyatni birlashtiruvchi g’oya

O’zbek jamiyati o’ta bo’lingan, qutblashgan jamiyatdir, Jumhuriyatchilik mafkurasi orani birlashtirishga, o’rtadagi jarlikdan o’tish uchun ko’prik bo’lib xizmat qilishi mumkin. Dindorning eng katta dushmani sekulyarist emas, tahakkumdir. Rusiyzabonning ham eng katta dushmani millatchi emas, tahakkumdir. Sotsialist, liberal, muhofazakor va hkz o’nlab “-parastlar”ning ham dushmani muhattabi emas, tahakkumdir.

Bu Jumhuriyatchilik mafkurasining juda yuzaki tasviri edi. Bu g’oyani batafsil o’rganib, ziyoli qatlamimiz “hozirgi musoidi zamin va zamonni g‘animat bilib vatan, huquq va hayotimizning muhofazasi, istiqbolimizning taʼmini uchun kerak bo‘laturg‘on tadbir va choralarg‘a” kirishadi degan umiddaman.