Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

OILADA O‘SMIRLARNING IJTIMOIY ROLI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA TAVSIYALAR
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ota-onaning tarbiya uslubi:

– demokratik tarbiya uslubi o‘smirda mustaqillik, javobgarlik va ijtimoiy faollikni shakllantiradi;

– avtoritar yoki loqayd tarbiya esa o‘smirning o‘zini ifoda etishi yoki ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oila muhitining barqarorligi:

– totuv, mehribon, hurmat asosida qurilgan oilada o‘smir o‘zining ijtimoiy rolini ishonchli va sog‘lom tarzda shakllantiradi.

Oila a’zolari bilan muloqot:

– ochiq va samimiy muloqot o‘smirda o‘z fikrini bildirish, muammolarni hal qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Ijtimoiy rollarning o‘zaro namoyon bo‘lishi:

– ota-onaning o‘z rollarini qanday bajarishi – mas’uliyat, halollik, mehnatsevarlik – o‘smir uchun bevosita namuna.

Ta’lim va madaniyatga munosabat:

Kitob o‘qishga rag‘bat, ma’naviy muhit, san’at va sport bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish ijtimoiy ongni kengaytiradi.

TAVSIYALAR

Ota-onalarga:

– farzand bilan doimiy, ochiq va samimiy muloqotda bo‘lish;

– unga ishonch bildirish, fikrini hurmat qilish;

– sog‘lom qadriyatlarni targ‘ib qilish: halollik, sabr, hurmat, mas’uliyat.

O‘smirlarga:

– oiladagi rollarni anglash va o‘z o‘rnini topishga intilish;

– mas’uliyatli bo‘lish, oilaviy ishda ishtirok etish;

– ota-ona, opa-uka, buva-buvi bilan muloqotni qadrlash.

O‘qituvchilarga:

– o‘quvchilarni oiladagi ijtimoiy rollar haqida o‘ylashga undovchi topshiriqlar berish;

– oila bilan hamkorlikda ishlash, ota-onalar bilan pedagogik suhbatlar tashkil etish.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

DEFEKTOLOG-LOGOPED MASLAHATI
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Bugungi kunda bolalar o‘rtasida nutqning kech chiqish holati va muloqotga kirishish ko‘nikmasi rivojlanishi kechikib borayotgandek. Quyida farzand va o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashuvchi amaliy tavsiyalar to‘plamini taqdim etamiz.

Bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha umumiy maslahatlar. Sokin va aniq gapiring, chunki bolalar nutqni taqlid orqali o‘rganadi. Kattalarning aniq tarzdagi hamda his-tuyg‘uga boy nutqi bola yangi so‘zlarni idrok etishi va eslab qolishida yordam beradi.

Bolani diqqat bilan tinglang – bola xato gapirayotgan bo‘lsa ham, uning gapini bo‘lmang, chunki bunday nutq ishonch va rag‘batni shakllantiradi.

Nutqiy faoliyatni o‘yinga aylantiring – harakatlarni so‘zlar bilan ifodalagan holda rolli o‘yin (“do‘koncha”, “shifoxona”)lar o‘ynang. Bu nutqni rivojlantirishning tabiiy usullaridan biri hisoblanadi.

Xatolarni tuzatishga shoshilmang, yaxshisi, so‘zni to‘g‘ri, lekin tabiiy holatda takrorlang:

— Bola: “Dadam ketdi”.

— Katta yoshdagi odam: “Ha, dadang ishga ketdi”.

“BOLALAR TILIDA” SO‘ZLAMANG!

– Ko‘p holatlarda kattalar bolani erkalab, unga “bola tili”da gapiradilar. Natijada bola nutqni shu holatda qabul qiladi va “bola tili”da erkalanib gapirishga ko‘nikib qoladi.

👅Artikulyatsiyani rivojlantirish. Artikulyatsion mashqlar bilan shug‘ullaning – ko‘zgu oldida lablar va til uchun quvnoq mashqlar (“soatcha”, “otcha”, “naycha”, “tabassum”) bajarish mumkin.

NAFAS OLISHNI TUZATING

To‘g‘ri nutqiy nafas olish – chiroyli va ravon nutq asosi. Turli mashqlar orqali bola bilan nafas ustida ishlang: patni puflash, paxtani uchirib yuborish, lunjlarni shishirish.

📚 Lug‘at va grammatikani rivojlantirish. Har kuni ovoz chiqarib o‘qing, hatto 10-15 daqiqa davomida rasmlar va matnni muhokama qilgan holda o‘qish ham nutq va tafakkurni rag‘batlantiradi.

Bolaning lug‘at boyligini to‘lidirish uchun “Belgilari bo‘yicha narsani top”, “Kim qanday kasb egasi?”, “Bu narsa bizga nega kerak?” o‘yinlarini o‘ynang.

She’r va qo‘shiqlar orqali ritm va eshitish qobiliyatini rivojlantiring — bu nafaqat nutqqa, balki tovushlarni idrok etishga ham yordam beradi.

“Nutq kundaligi”ni yuriting – rivojlanish dinamikasini kuzatish uchun bola talaffuz qilgan qiziqarli so‘zlarni, nutqda erishilgan yutuqlar va qiyinchiliklarni yozib boring.

“Teletarbiya”dan qochishga harakat qiling. Video va multfilmlar passiv idrokni shakllantiradi. Eng yahshi tarbiya usuli – jonli muloqot.

Bolani har bir to‘g‘ri talaffuzi uchun maqtang. Maqtov nutqni rivojlantirish istagini kuchaytiradi. Bir og‘iz shirin so‘z ham bolani o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Saitova Muattar tomonidan tayyorlandi

ZAMONAVIY BIKARYER OILALARNING MODELLARI
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Jahondagi institutsional oʻzgarishlar sharoitida iqtisodiy sohada doimiy siljishlar roʻy bermoqda. Mazkur tendensiya zamonaviy shaxs uchun karyera motivatsiyasini oilaviy farovonlikka erishishdan ustun qoʻyadigan qadriyatlarni belgilashga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalashuvda oilada gender rollar taqsimlanishi, bikaryer oilalarning vujudga kelish dinamikasi, mazkur tipdagi oilalarning hayotning tarkibi va tuzilishi, turmush tarzi, ijtimoiy nazorat va ishtirok etish shakllari, shuningdek, prinsipial ravishda yangi ijtimoiy xatti-harakatlar normalarining oilaviy farovonlikka ta’sirining oʻzgarishi keng tarqaldi.

Bikaryer oilaning ekstremal varianti er va xotin uchun kasbiy yoki ijtimoiy-siyosiy faoliyat oilaviy faoliyatdan koʻra muhimroq ekanligini koʻrsatadi.

Bikaryer oilaning mavqeyini mustahkamlashi mumkin boʻlgan bir qator omillarni ta’kidlash kerak.

Ularga quyidagilar kiradi:

–        – ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotda toʻgʻri va amaliy ishtirok etish imkoniyati;

–        bolalarni tarbiyalashda erkaklarni faollashtirish;

–        uy xoʻjaligida mehnatni oqilona taqsimlash;

–        uy mehnatining ijtimoiy ahamiyatini oshirish;

–        an’anaviy rol tuzilmalarini modernizatsiya qilish;

–        jinsga mos kasbiy va oilaviy rollarni shakllantirish.

Hozirda aksariyat yosh ayollar “uch fazali model”ni amalga oshirishni niyat qilmoqdalar. Bolalarni parvarish qilish uchun ishni bir muddat toʻxtatib, keyin uni oilaviy hayot bilan birlashtirgan holda ishga qaytish shular jumlasidandir. Ular uzoq muddatli ishdan keyin kasbiy oʻsish imkoniyatlari sezilarli darajada cheklanganligini hisobga oladi. Biroq aksariyat Yevropa va Amerika davlatlarida oilaviy sheriklik modeli hukmron boʻlib, unda turmush oʻrtoqlar oʻzlarining oilaviy va ota-ona vazifalarini teng ravishda taqsimlaydilar. Oilada, koʻp daromad keltiruvchi sohada turmush oʻrtoq ishlaydi, hatto u ayol kishi boʻlsa ham. Xususan, er kamroq ish olib, uy ishlari va bolalarni tarbiyalash bilan ham shugʻullanadi. Oilaviy munosabatlar tizimidagi sheriklik (juftlik) modeli – oila a’zolarining shaxsiy hayotini tartibga solishning gʻayrioddiy usuli. Biroq ushbu usulda nikohda koʻplab xavfli va turli munosabatlar boʻlgani bois ideal model sifatida baholanmasligi mumkin.

XX asrning 50-, 60-yillari oxiri va 70-yillari boshlarida sanoat rivojlangan mamlakatlarda ayollar (shu jumladan, turmush qurganlar)ni samarali mehnat sohasiga faol jalb qilish jarayoni boshlandi. 1993-yilda olib borilgan sotsiologik soʻrovda qatnashganlarning 86 foizi ushbu turdagi ayollarni ma’qullagan (ishlovchi), ammo deyarli uchdan ikki qismi hali ham bolalar uchun ideal oilaviy vaziyat – ota ishlaydigan, ona esa uyda oʻtiradigan va bolalarga gʻamxoʻrlik qiladigan holatni ma’qullashgan. Oila oʻzgarishi umuman jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga parallel.

Er-xotin o‘rtasida kechadigan oʻzaro emotsional munosabatlar ulardagi empatiya kanalining barqarorlashuviga olib kelsa-da, tashqi tarafdan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan “stimullar” oila barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Shu bois, sheriklik modeli oilaviy munosabatlar dinamikasini ochib berishda ideal koʻrinishda tavsiflanmaydi.

Sheriklik modelida turmush oʻrtoqlar birga umumiy oilaviy masalalarni hal etadi va kimning ishi va mansabi hozirgi paytda ustuvor ekanligi toʻgʻrisida qaror qabul qilib, bir-birining huquq va erkinliklarini buzmagan holda rivojlanishga imkon yaratadi. Bugun ayollarni yirik tashkilotlar, kompaniyalar yoki mamlakatlarning boshida koʻrish ajablanarli emas. Ish ogʻirligiga qaramay, ayollar oila va oilaviy qadriyatlarni unutmaydi. Ularning erlari oʻz xotinlarining martabalari uchun murosaga kelishga tayyor. Bundan tashqari, erkakning bola parvarishi uchun ta’til olishlari odatiy holga aylangan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, xorijda turmush oʻrtoqlar munosabatlariga aralashuv minimallashtirilgan, ya’ni oilaviy munosabatlarga ota-ona, qarindosh urugʻlari, mahalla va tanishlar aralashmaydi. Yosh oila mustaqil qaror qabul qilishi, oʻz muammolarini oʻzi hal qilishi olqishlanadi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi tomonidan tayyorlandi

HISSIYOTLARINGIZNI QABUL QILING!
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Ba’zi insonlar har qanday emotsiyani kuchsizlik, irodasizlik yoki g‘alati xatti-harakat sifatida baholaydilar. Natijada ular tabiiy his-tuyg‘ularni ham yashirishga, ularni bo‘g‘ishga harakat qiladilar. Masalan, orzu qilgan ishga qabul qilingan kishi quvonchini ifoda etmay, sovuqqonlik bilan “bu oddiy holat” deb o‘zini tutishi — bularning barchasi sog‘lom psixikaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Har qanday holatda sovuqqonlik va hissiy bee’tiborlikni kuchlilik yoki sog‘lomlik belgisi deb qabul qilish jiddiy xato hisoblanadi. Gap emotsiyalarni butunlay bostirishda emas, balki ularni anglab, boshqarishni o‘rganishda. His-tuyg‘ularni doimiy ravishda yashirish yoki bostirish odamning quvonch va qayg‘uni tabiiy tarzda kechirish, idrok etish qobiliyatini susaytiradi.

Shunday ekan, hayratlanarli voqealarga hayrat bilan javob bering, kulgili holatlarda chin yurakdan kuling, quvonchli onlarda shodlaning, qayg‘uli damlarda esa tabiiy qayg‘uga yo‘l qo‘ying. Eng muhimi – his-tuyg‘ularni boshqarishda me’yorni bilish, ichki muvozanatni saqlash va hissiyotlar chegarasidan chiqmaslikni unutmaslik.

Insoniy emotsiyalar bu ijobiy qadriyatdir. Hissiyotsiz hayot esa inson tabiatiga zid bo‘lib, uni ichki bo‘shliq va ruhiy iztirob sari yetaklashi mumkin.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti
Yusupova Muhabbatxon Abdullajon qizi

Siz qaysi turga kirasiz?
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Ko‘pchilik o‘zining introvert yoki ekstrovert ekanligiga ishonadi, lekin haqiqatda buni aniq bilish uchun ilmiy testdan o‘tganmisiz?  Ayzenkning mashhur testi orqali bu savolga javob topamiz! 10 ta savolga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob bering va natijalarni bilib oling.

📌 Savollar:

1️⃣  Yangi tanishlar orttirishni yoqtirasizmi?

2️⃣  Odatda, tadbirlarda faol bo‘lasizmi?

3️⃣  Vaqtni ko‘proq yolg‘iz o‘tkazishni afzal ko‘rasizmi?

4️⃣  Ko‘pincha diqqat markazida bo‘lishni xohlaysizmi?

5️⃣  Telefon orqali suhbatlashishni yoqtirasizmi?

6️⃣  Qaror qabul qilishda boshqalardan maslahat so‘rashni yaxshi ko‘rasizmi?

7️⃣  Ko‘pincha o‘zingizni energiyaga to‘la his qilasizmi?

8️⃣  Vaqti-vaqti bilan shovqinli joylardan qochishga harakat qilasizmi?

9️⃣  Do‘stlaringiz bilan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutasizmi?

1️⃣0 Ko‘pincha shoshilinch qaror qabul qilasizmi?

Natijalar 👇

✅ 7 va undan ko‘p “Ha” → Siz ekstrovertsiz!

Siz odamlar bilan muloqot qilishni, yangi tanishlar orttirishni yaxshi ko‘rasiz. Faol va energiyaga to‘lasiz!

🟡 4–6 “Ha” → Siz ambivertsiz!

Sizda ham introvertlik, ham ekstravertlik xususiyatlari bor. Muayyan vaziyatga qarab o‘zgarasiz.

🔵 3 va undan kam “Ha” → Siz introvertsiz!

Siz yolg‘izlikni yoqtirasiz va ko‘proq ichki dunyoga yo‘nalgansiz. Odamlar orasida bo‘lishdan tez charchashingiz mumkin.

📝 Sizning natijangiz qanday chiqdi? Izohlarda yozib qoldiring!

📢 Do‘stlaringiz bilan ulashing va ularning natijalarini bilib oling!

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktornati Saodat Jumaqulova tomonidan tayyorlandi.

SHAXS PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Psixologik salomatlik – bu insonning ruhiy farovonlik holati bo‘lib, u emotsional barqarorlik va tashqi omillarning ta’sriga zararsiz va xavfsiz moslashuvchanlik qobiliyati bilan tavsiflanadi.

PSIXOLOGIK SALOMATLIKNI SAQLASHNING 4 USULI

I. Ovqatlanish:

a.      psixologik salomatlikning muhim qismi;

b.     biz iste’mol qilayotgan mahsulotlarning sifati bevosita ruhiy holatimizga ta’sir qiladi; jumladan, gormonlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan oziq-ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilsak, unda qayg’u, tajovuzkorlik, xushchaqchaqlik kabi tuyg’ularni his qilishda o‘zgarishlar kuzatiladi;

c.      inson salomatligiga zarar keltirmaydigan eng yaxshi suyuqlik oddiy suvdir.

II. Harakat faolligi:

a.      sport va harakat nafaqat mushak massasini tashkil qiladi, balki psixikaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

b.     harakat bizning yaxshi kayfiyatimiz uchun mas’ul bo‘lgan ba’zi moddalar – endorfinlarni ishlab chiqarishga yordam beradi;

c.      psixologik barqarorlikni saqlash uchun eng yaxshi kombinatsiya – bu uyqu va faoliyatning muvozanati;

d.     toza havoda sayr qilish ham samarali vosita hisoblanadi.

III. Tuyg‘u va hissiyotlarni boshqarish:

a.      his-tuyg‘ular va emotsiyalar nazorat ostida bo‘lishi kerak;

b.     hech qachon his-tuyg‘ularingizni bostirmang, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan, jismoniy holatingiz uchun ham;

c.      o‘z ichida his-tuyg‘ularni yashirish boshqalar va yaqinlar bilan munosabatlarga ta’sir qiladi;

d.     salbiy his-tuyg‘ulardan qochishning hojati yo‘q, chunki ular hayotimizning bir bo‘lagidir. Negativlikni jilovlay olish ham san’at, biroq buni hamma ham uddasidan chiqa olmaydi. Ammo salbiy emotsiyalar bilan kurashishning bir qancha usullari mavjud: yoga texnikasi bo‘yicha nafas olish, ma’lum bir raqamgacha hisoblash, dam olish va meditasiya qilish.

IV. O‘z-o‘zini rivojlantirish:

1.     ichki psixologik muvozanatning holati ko‘p jihatdan odamlarning o‘z ustida ishlashga tayyorligiga bog‘liq. O‘z-o‘zini rivojlantirish – psixologik salomatlikni saqlash va qo‘llab-quvvatlash usullaridan biri;

2.      o‘z harakatlarini tahlil qilib, odamlar ko‘p ish qila oladilar – o‘z imkoniyatlari va o‘z-o‘zini baholashini oshiradi. Aks holda, ular muvaffaqiyatsizliklar, norozilik va salbiy his-tuyg‘ular girdobiga tushib qoladilar.

Shunday ekan, quyidagi faktlar haqida o‘ylab ko‘rish lozim:

a) mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling – shuni tushuningki, sizning muammolaringizni siz uchun hech kim hal qilib bermaydi. Muvaffaqiyatsizliklar uchun kimnidir ayblashdan naf yo‘q. Ularni qanday hal qilishni tushunishga harakat qilganingiz ma’qul;

b) boshqalar hayotidagi ishtirokingizni chagaralang. Biz yaqinlarimizning baxtsizliklari va muvaffaqiyatsizliklarini o‘zimiznikidek qabul qilishga odatlanganmiz. Aslida bu yaxshi odat emas, chunki bunday holatda biz o‘zimizni unutamiz. Bundan tashqari, har bir bunday hissiy tajriba bilan ichki energiyamiz kamayib boradi, shuning uchun hamma narsaning meyori bo‘lishi kerak.

d) o‘zingizga bo‘lgan ishonchni rivojlantiring – qilayotgan harakatlaringiz to‘g‘ri ekanligini yodda tuting, har qanday vazifa muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishoning. O‘z ustingizda ko‘p va qat’iyat bilan ishlang.

e) ma’qullash va qo‘llab-quvvatlash – agar bu ikki jihat mavjud bo‘lsa, unda har qanday faoliyat ancha osonlashadi, muvaffaqiyatga e’tibor qaratiladi va har bir inson o‘zini kerakli his qiladi.

f) insonlar bilan munosabatlarda o‘zaro tushunishga intiling – yaqinlaringiz va qarindoshlaringizdan uzoqlashishmang, aks holda, qiyin sharoitlarda ular ham yuz o‘girishadi.

JAMIYATIMIZDAGI BIKARYER OILALARNING IJTIMOIY MAVQEYI
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Hozirgi vaqtda jamiyatimizda oila haqidagi gʻoyalardan jamiyatning birligi sifatida uning qadr-qimmatini tushunib yetmoqda. Atrofimizdagi dunyo kundan-kunga oʻzgarib bormoqda, barcha sohalar va faoliyatning barcha darajalarida oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Ulardan ba’zilari oilaviy sohaga ham tegishli. XXI asrning boshlarida bikaryer oilalar soni tubdan koʻpaydi.

Bikaryer oila – bu jamoat sohasida professional oʻsish va oʻz-oʻzini tasdiqlashni talab qiladigan hamda ikkala turmush oʻrtogʻi ishlaydigan oila. Bunday oilaning ideal modeli – bu turmush oʻrtoqlar uy ishlarini oʻzaro teng taqsimlashlari, bir-birlarining kasbiy rejalarini hurmat qilishlari, oʻzaro bagʻrikenglik, yordam va qoʻllab-quvvatlashga tayyorliklarini turlicha namoyon etadilar. Bunda har bir turmush o‘rtoq har qanday muhim ishda sherigiga tayanishi mumkinligini biladi. Bu kabi oilada munosabatlarning teng huquqli turini shakllantirish uchun haqiqiy asos mavjud, ya’ni bunda erkak yoki ayol hukmronligi haqida emas, balki oilada ikki jins vakillarining teng huquqligiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Darhaqiqat, bu oilada er va xotinning kasbiy manfaatlari bir xil ahamiyatga ega, deb tan olinadi va ikkala turmush oʻrtogʻi ham oʻz oilasini yaratish va tanlagan kasbi boʻyicha martaba va obroʻ orttirish qadriyatlarini muvaffaqiyatli birlashtiradi. Bunday oila yuqori darajadagi integratsiya va qadriyat yoʻnalishlarining birligiga ega. Turmush oʻrtoqlar uy ishlari va vazifalarini teng ravishda taqsimlaydilar, bir-birlarining kasbiy rejalarini hurmat qiladilar, oʻzaro bagʻrikenglik, yordam va qoʻllab-quvvatlashga tayyorliklarini koʻrsatadilar. Har bir inson har qanday muhim ishda sherigiga tayanishi mumkinligini biladi. Boʻsh vaqtdan oqilona foydalaniladi hamda ishda sarflangan resurslar tiklash uchun dam olishni ahamiyatli tarzda tashkil etiladi. Oila farzandlari ham oilaviy ishlarda ishtirok etadilar, ya’ni uy ishlarini bajaradilar, kattalar bilan hamkorlikda tajriba orttiradilar. Buning natijasida, ularda mas’uliyat va oʻzgalarga keraklilik hissi yanada tarbiyalanadi.

Bikaryer oilalar ayolning ijtimoiy mavqeyidagi katta oʻzgarishlar tufayli haqiqatga aylandi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ayollar (shu jumladan, turmush qurganlar)ni samarali mehnat sohasiga faol jalb qilish jarayoni boshlandi. Germaniyada 1962-yilda 25 yoshdan 30 yoshgacha turmush qurgan ayollarning 40 foizi yollanma ishchilar boʻlib faoliyat olib borgan. 10 yildan soʻng, ushbu yosh toifasidagi barcha turmush qurgan ayollarning 48 foizi allaqachon ish boshlagan. 1982-yilga kelib, shu toifadagi ayollarning ulushi 59% gacha oʻsdi. SSSRda 1987-yilda ishchi va xizmatkor ayollarning umumiy soni 50,8% ni tashkil etdi. 1938-yilda besh amerikalikdan faqat bittasi, agar eri uni boqishga imkoniyati boʻlsa, biznes yoki sanoat sohasida ishlaydigan turmush qurgan ayolni ma’qullagan. 1993-yilda ijtimoiy-psixologik soʻrovda qatnashganlarning 86 foizi ushbu turdagi ayollarni ma’qullagan, ammo deyarli uchdan ikki qismi hali ham bolalar uchun ideal oilaviy vaziyat – bu ota ishlaydigan va onasi uyda oʻtirgan va bolalarga gʻamxoʻrlik qiladigan ota-onalarni gavdalantirishga harakat qilganlarni koʻrishimiz mumkin.

Zamonaviy jamiyatni demokratlashtirish yangi turdagi oilalar – “bikaryer oilalar” paydo boʻlishida namoyon boʻladi. Bu, oʻz navbatida, gender rollarining aralashishiga olib keladi va er-xotinlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash “ixtiyoriy” xarakterga ega. Bunday oilada munosabatlarning teng huquqli turini shakllantirish uchun haqiqiy asos mavjud bo‘lib, erkak hukmronligi ham, ayolning iqtisodiy qaramligi ham yaqqol namoyon boʻlmaydi. Vazifalar va majburiyatlarni taqsimlash masalalari kelishuvlar asosida hal qilinishi mumkin. Agar oilada bolalar boʻlsa, unda koʻpincha ularga gʻamxoʻrlik qilish va ularni tarbiyalash keksa avlodning qarindoshlariga yoki ishchilarga ishonib topshiriladi yoxud turli darajadagi davlat va nodavlat bolalar muassasalariga topshiriladi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi
tomonidan tayyorlandi

OILAVIY ZO‘RAVONLIK – INSON UCHUN SHARMANDALI HOLAT
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

Oilaviy zo‘ravonlik – zamonaviy jamiyatning eng og‘riqli va yechimi murakkab muammolaridan biri bo‘lib, u nafaqat jismoniy salomatlikka, balki inson ruhiyati va qadr-qimmatiga ham vayronkor ta’sir ko‘rsatadi. Oila an’anaviy ravishda mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik va o‘zaro tushunishning tayanchi sanalsa-da, aynan uy devorlari, ko‘pincha, jamiyat nazaridan chetda qoladigan zo‘ravonlik holatlari guvoh bo‘ladi. Bu mavzu, ayniqsa, O‘zbekiston kabi madaniy an’analar va patriarxal tuzum kuchli bo‘lgan mamlakatlarda alohida dolzarblik kasb etadi. Alohida ta’kidlash joizki, bunday statistik ma’lumotlar e’tiborni tortmay qolmaydi. BMTning “Ayollar bo‘limi” va “Narkotiklar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish” boshqarmasi tomonidan 25-noyabr – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan e’lon qilingan xalqaro hisobotda keltirilishicha, har kuni dunyo bo‘ylab o‘rtacha 140 nafar ayol yoki qiz o‘zining turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshi tomonidan qasddan o‘ldirilmoqda. Bu esa o‘rtacha har 10 daqiqada bir nafar ayol zo‘ravonlik qurboniga aylanayotganini anglatadi.

2023-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, global miqyosda 85 mingdan ortiq ayol va qiz qasddan odam o‘ldirish jinoyati qurboni bo‘lgan. Ushbu qurbonlarning 60 foizidan ziyodi bevosita ularning oilaviy yaqinlari yoki turmush o‘rtoqlari qurboni bo‘lgan.

Xo‘sh, qanday holatlarda biz oilaviy zo‘ravonlik holatlarini uchratishimiz mumkin:

Ø Jismoniy zo‘ravonlik – shaxsga nisbatan tan jarohati yetkazish, urish, turtish, yo‘q qilish yoki boshqa jismoniy shikast yetkazish harakatlari. Bu zo‘ravonlik shakli tashqi belgilar orqali aniqlanishi mumkin.

Ø Psixologik (ruhiy) zo‘ravonlik – haqoratlash, tahdid qilish, doimiy tanqidiy munosabat, qo‘rqitish, izolyatsiya qilish, e’tiborsizlik yoki manipulyatsiya orqali ruhiy bosim o‘tkazish holatlari.

Ø Jinsiy zo‘ravonlik – shaxsning irodasiga zid ravishda jinsiy harakatlarni amalga oshirish yoki bunga majburlash, jinsiy hayotga doir haqoratli harakatlar qilish, jinsiy ekspluatatsiya.

Ø Iqtisodiy zo‘ravonlik – moliyaviy vositalarni nazorat qilish, daromad yoki mulkni tortib olish, ishlashga yoki ta’lim olishga to‘sqinlik qilish, shaxsning iqtisodiy mustaqilligini cheklash.

Ø Ijtimoiy izolyatsiya (kommunikativ zo‘ravonlik) – yaqinlar, do‘stlar, jamiyat bilan aloqa qilish imkonini cheklash, shaxsni ijtimoiy aloqalardan mahrum qilish orqali nazoratni kuchaytirish.

Yuqoridagilardan tashqari, gender tengligining ortishi va ayollarning iqtisodiy hamda ijtimoiy mustaqilligi kuchaygan sari patriarxal madaniyatga ega oilalarda zo‘ravonlikning yangi shakllari kuzatilmoqda. Masalan:

1. Raqamli (digital) zo‘ravonlik. Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizga kirib kelishi bilan birga, zo‘ravonlikning yangi shakli — raqamli zo‘ravonlik shakllandi. Bu turdagi zo‘ravonlik Internet, telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Jumladan, doimiy ravishda shaxsning telefonini tekshirish, parollarini talab qilish, onlayn tarzda haqorat qilish yoki tahdid ostiga olish, shuningdek, shaxsiy fotosurat va videolarni ruxsatsiz tarqatish (masalan, “intiqom pornografiyasi”) orqali bosim o‘tkaziladi.

2. Kiberstalking va texnologik nazorat. Ushbu zo‘ravonlik shakli raqamli texnologiyalar vositasida shaxsni yashirin yoki oshkora kuzatish va nazorat qilishni anglatadi. Bu turdagi zo‘ravonlik smartfon orqali GPS joylashuvni doimiy aniqlab turish, ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlarini nazorat qilish yoki aqlli uy qurilmalari (kameralar, eshik qulflari, ovoz yozish moslamalari)dan noto‘g‘ri foydalanish bilan amalga oshiriladi.

3. Mikroagressiyalar. Mikroagressiya – kundalik turmushda begona bo‘lgan, ammo muntazam takrorlanuvchi kamsituvchi yoki mensimaydigan munosabatlar orqali amalga oshiriladigan psixologik zo‘ravonlik shaklidir. Bu holatlar, odatda, kichik, ahamiyatsizdek tuyulgan ibora yoki hazil ko‘rinishida bo‘lsa-da, muntazam takrorlanganda, kuchli psixologik zarar yetkazishi mumkin. Masalan, jins yoki millat asosidagi kinoyali so‘zlar, stereotiplarga asoslangan izohlar bunga misol bo‘ladi.

4. Ijtimoiy izolyatsiya va virtual befarqlik. Zamonaviy jamiyatda insonlar o‘zaro ko‘proq raqamli aloqa vositalari orqali muloqotda bo‘ladilar. Biroq bu jarayonda ayrim shaxslar ataylab yaqinlarini bloklash, tarmoqdagi do‘stlaridan ajratish yoki obro‘sini tushurish orqali ularni ijtimoiy izolyatsiyaga soladi. Bu esa psixologik zo‘ravonlikning yangi ko‘rinishiga aylangan.

5. Ekologik zo‘ravonlik. Bu zo‘ravonlik turi shaxsning atrof-muhit sharoitlaridan foydalanib unga zarar yetkazishni anglatadi. Masalan, uyda elektr yoki suvni o‘chirib qo‘yish, yashash joyini ataylab nomaqbul holatga keltirish, uni tark etishga majburlash orqali ijtimoiy beqarorlik yaratish mumkin. Bu usul orqali bosim o‘tkazuvchi shaxs kuch ishlatmasdan, lekin resurslarni nazorat qilish orqali zo‘ravonlikni amalga oshiradi.

Ushbu zo‘ravonlik turlarini aniqlash va oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollarning huquqlarini himoya qilish uchun har taraflama kompleks yondashuv talab etiladi. Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi qonunlarning ijrosini qat’iy nazorat qilish. Yoshlar va ota-onalarga zo‘ravonlik turlari, huquqiy himoya va sog‘lom munosabatlar haqida tizimli tushuntirishlar berish. Internetda tahdid va nazoratga qarshi himoya mexanizmlarini joriy etish, texnologik vositalarni suiiste’mol qilishga chek qo‘yish.

Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy,
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

INFANTIL OTA-ONALARNING PSIXOLOGIK BELGILARI
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz

2018-yilda ota-ona va farzand munosabatlarining psixologik va ijtimoiy tabiatini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-onalarning ijtimoiy infantilizmi bolalarda deviant xulq-atvor shakllarini shakllantiruvchi omil sifatida baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, deviant xatti-harakatlarning u yoki bu shakliga moyil bo‘lgan bolalarning 90,3 foizi ota-onalaridan birida yoki ikkalasida infantilizm ko‘rinishlari mavjud bo‘lib chiqqan. Mualliflar, shuningdek, ijtimoiy infantil ota-onalardan bolalarga ortiqcha e’tibor tajovuzkorlik, o‘ziga qaramlik xulq-atvori va boshqalarda namoyon bo‘lishi qo‘zg‘atuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelishdi.
2024-yilda o‘tkazilgan yana bir tadqiqotga ko‘ra, ikkala ota-onadan ajralish jarayoni va infantilizm hamda irodaviy fazilatlarning namoyon bo‘lish darajasi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganib chiqdi. Tadqiqot natijalariga muvofiq, infantilizmni insonning psixologik rivojlanishining yetuk emasligi: bolalik, soddalik, o‘z harakatlari uchun javobgarlikni boshqalarga o‘tkazish namoyon bo‘lishi aniqlandi.
Infantil ota-onalarga mas’uliyatsizlikni namoyon etuvchilar, voyaga yetmagan kattalar sifatida qaraladi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, infantil ota-onalarda quyidagi 12 ta belgi mavjudligi isbotlangan:
1. Egosentrizm va e’tiborga muhtojlik. Infantil ota-onalar o‘zlarining ehtiyojlari va istaklarini bolaning ehtiyojlaridan ustun qo‘yishga moyildirlar. Ular o‘z rolini anglamasdan, doimiy ma’qullash va qo‘llab-quvvatlashni talab qilishlari mumkin.
2. Emotsional beqarorlik, reaktivlik. Infantil ota-onalar kayfiyatning o‘zgarishi, impulsivlik va  o‘z g‘azabini boshqara olmaslikka moyil bo‘ladilar. Bola hech qachon ota-onadan nima kutishini bilmaydi, bu esa oilada xavotirlanish muhitini yaratadi.
3. Mas’uliyatdan qochish, o‘z aybini boshqalarga yuklash. Bunday tipdagi ota-onalar o‘z harakatlari va qarorlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lmaydi.
4. Xulq-atvorning tartibsizligi, uzoq muddatli rejalar tuza olmaslik. Infantil ota-onalar ko‘pincha “hozir va shu yerda” tamoyili biln yashaydilar. Shu bois, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishadi va o‘zlarini va bolalarini ta’minlashda qiynaladilar.
5. Bola bilan raqobatlashish. Ota-onalar o‘z farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirish o‘rniga ular bilan doimiy e’tiborda bo‘lish, muvaffaqiyat qozonish va o‘z xulq-atvorini ma’qullash uchun raqobatlashishi mumkin.
6. Chegaralarning yo‘qligi va rolning o‘zgarishi. Infantil ota-onalar o‘zlarini farzandlarining do‘stlari yoki tengdoshlari kabi tutishga harakat qilishadi. Ular bola bilan uning yoshiga mos kelmaydigan muammolar haqida gaplashishadi yoki uning vakolatiga kirmaydigan qarorlar qabul qilishni so‘rashadi.
7. Manipulyatsiyaga moyillik. Ota-onalar o‘z maqsadlariga farzandini yaxshi ko‘rishdan to‘xtash yoki ular bilan muloqot qilishni rad etish kabi tahdidilar orqali erishishadi.
8. Kategoriklik, murosasizlik. Infantil ota-onalar faqat o‘zlariga quloq soladilar, farzandlarining nuqtayi nazarlarini tan olmaydilar, o‘zlarini doim haq deb biladilar.
9. Bolalarning shaxsiy “chegaralarini” buzish. Infantil ota-onalar farzandlari nimani xohlayotganini, qanday munosabat farzand ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishini inobatga olmaydi.
10. Empatiya ko‘rsata olmaslik va shafqatsizlik. Bunday ota-onalar uchun bola ko‘pincha shaxsiy ishlari va umuman, hayotida to‘siq bo‘ladi.
11. Boshqa odamlarning fikriga bog‘liqlik. Infantil ota-onalar o‘z farzandining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olmasdan, an’anaviy standartlarga moslashishga majbur qiladi.
12. Bolaning ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish. Ba’zan bu farzandlarning ovqatlanishi, dam olishi va gigiyenasiga e’tibor bermaslikda namoyon bo‘ladi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li
tomonidan tayyorlandi