osonroq

21 yosh
hursand bo'lish kerakmi yoki yo'qmi, bilolmadim

vaqt o'tib bormoqda har doimgidek. o'tgan yili butun hayotimni yutqizgandek his qilyapman o'zimni degandim. hozir esa bilaman, allaqachon yutqizib bo'lganman

uhlayapman, uyg'onyapman. odamlar yoqmay ketyapti. nahot umrim shunday o'taversa. qayerdadir yaxshiroq joy bormi? oila eng yaxshi joy. agar u senda bo'lsa. mabodo bo'lmasa, hech qayerdan yaxshi joy topa olmaysan ekan

hayotni qo'lida o'yinchidek his etyapman o'zimni. ojiz, hech narsaga qodir bo'lmagan o'yinchi. to'g'risi, zeriktim. harakat qilaverasan, qilaverasan. lekin hayotga baribir seni harakatlaring. umuman ahamiyatga egamas. qancha ko'p harakat qilsang, hayot shunchalik ko'p ustingdan kuladi. nima qilishingni farqi yo'q. yashashdan ma'no yo'q. bu aniq

butun yil davomida ko'pgina narsalar haqida o'yladim. birinchidan katta odamga aylanib boryotganimni his etdim. bu o'yga tolishga arziydi. ikkinchidan odamzot uchun eng muhim narsa bu oila. bundanda muhimroq qadriyat yo'q.

tushunmovchiliklar ham ko'p bo'ldi. odamlarni ko'pincha mulohaza qilishmasligini, qilishsayam noto'g'ri yo'ldan yurishini tushundim. doim insonni ichidagi uning harakatlarini va qarorlarini to'g'ri noto'g'ri deb turadigan mehanizm bo'ladi. o'sha narsaga ishonish kerak ekan.

otang jinni bo'lsayam bog'lab boq deydiganlarni men umuman hurmat qilmayman. istalgan konteksda. jinni bo'lsa tug'dirmasin. men alohida odamman. ularni bog'lab boqadigan jismmas. agar jism bo'lsam, buni hamma tasdiqlasa demak bu hayotda hammasi yolg'on. na xudo, na adolat na jannat va jahannam yo'q. ota ona bola tug'ganda uni odam bo'lishi haqida o'ylashi kerak. kamida halaqit berishmaydi yordam berolishmasa. shunchaki birga yotib bola tug'ish/tug'dirish unaqa jasoratli, olqishlaydigan ishmas men uchun. dunyoda ota onalar judayam kam

va shu hayollar bilan 21 ga kirdim..

men o'zi kimman? 21 yil yashadim. qo'limda nima bor meni? befoyda yashayapmanmi? aynan shu savollar yili bo'ldi. hamma narsa haqida o'ylayerish charchatdi. foydasiz, men uchun tushunarsiz bo'lgan hissiyotlar miyamni egallagan. avvalgi yillarda yozgan ekanman "aqlingni ishlat, senda borku aql" degan gapni, menimcha o'shanda adashganman. o'sha paytda aqlimni ishlatardim. keyin to'xtatdim buni.

yozadigan gapni o'ziyam yo'q. hayot undan ma'no qidirish, aybdorni izlash uchunmas, yashash uchun berilgan. yashash kerak. chunki to'xtatishga hali yetarlicha sabab yo'q.

ichimdagi nafrat zarracha kamaygani yo'q. menimcha bu tugamaydi. aynan shu yuk bilan yashashga mahkumman. qachondir bo'ladigan oilamga sovg'a sifatida hayotimni beraman. barcha yaxshilik ularga bo'lsin. eng ko'p istaydigan narsa shu hozircha. shuning uchun yashash kerak.

depressiya... menimcha men qutulmasam kerak bundan. qachon qalbimdagi alam va o'zimga achinish hissi ketadi, o'shanda yengil tortaman. yoki bu men uchun butun umrlik tamg'a

judayam tushunarsiz yil bo'ldi. judayam tez va g'alati kunlar o'tdi. avvaliga toshkent... orzular, rejalar... hech biri o'xshamadi. men harakat qildim. lekin o'xshamadi. balki shunday bo'lishi ham kerakdir. balki shu yaxshilikkadir. men bilmayman. men hayotga qarshi turib u bilan urishmayman. yaxshiroq bo'lishga harakat qilaman tamom

o'lim haqida ko'p o'ylayapman. bu yil ham. yaqinlarimni o'ylayman o'lim haqida o'ylasam. ularga nisbatan ham bu qo'rqinchli tuyuladi. o'zimni yoki yaxshi ko'rgan insonim o'limi o'rtasida farqni bilmayapman. menimcha shu yaxshi ko'rish bo'lsa kerak

hozir yarim tun. yozadigan gaplarim qolmadi. ichimdagi bori shu. balki gapirishni istamasman, balki rostdan gapiradigan gap yo'qdir. nima bo'lsayam keyingisi keyingi yil yoziladi. hozir esa tugadi. salom doim soqoli o'sib yuradigan husniddin

haliyammi?

yiglab turish kerak
yogʻlangan soch, qizil lab boʻyoq dogʻi qolgan vetrovka, bittagina sunʼiy gul koʻtarib olgan loʻli qizaloq. homilador ayol, unga joy bergan koʻzi kichkina bolakay. chayon rasmli tatiurovka, nomsiz barmogʻida tirnogʻi yoʻq qiz, qizil ust kiyim kalta soch kepka oʻziga yarashgan sepkillar chiroyli converse, tikilib turgan yashil rang koʻzlar.

menimcha 3-4 yoshdagi qizaloq chaqaloq o'rta yoshli erkak chaqaloqni ko'tarib olgan chaqaloqqa kerakli narsalar ayolni qo'lida. yana uzuk ham. yurganda ovoz chiqaradigan oyoq kiyim chiroqlari ham bor

metrogacha uzoq yo'l. yo'ldagi g'alati rang gullar, har 3 nafar qizdan 2 tasida gul, uchinchisi o'zi gul hoynahoy, huddiki menga qiziq sening ertalab nechida uyg'onganing. aslida bu gaplashish uchun bahona bilaman, lekin hozir qiziq emas. kim bilandir gaplashish kerakdir. balki kerakmas. lekin kerak ruhingdagi so'zlarni kim bilandir bo'lishish. eng kerakli odamlar allaqachon dunyoda mavjud, keraksizi men. bu dunyoda hamma o'z joyida, bu men ishonadigan yagona narsa. yashashdan ma'no yo'qligini ancha avval anglab o'lganman, o'zimni o'ldirmasligimga sabab o'limdayam ma'no yo'qligi. lekin menimcha mano topyapman, ikkinchisi uchun. kelajakdagi qizalog'im barmoqlarini tasavvur qilish yaxshiroq albatta, lekin munosibmanmi, axir  hayot o'z o'rnimga solib qo'ygan. u barmoqchalar azobda qolishini istamayman axir

uyqu zarur narsa. huddi sen kabi. nega sen desa shaxsni tushunishadi axir balki u umuman mavjud narsamasdir, masalan mehr. men ishonaman dunyoda ota onalar mavjud. to'g'ri ular juda kam. lekin mavjud. men ota bo'la olamanmi. bo'lolarman, lekin bunga munosibmanmi. ichimdagi yaralar sabab ko'z yoshlari ham kelmay qolganiga ancha bo'ldi. yig'lab turish kerak. yig'laydigan odaming bo'lsa yig'lash ayni muddao. boradigan joying bo'lsin. yig'laydigan joying. bu hayotdami, yo o'lgandami farqi yo'q. bilmadim, yana so'zlarim tugab qoldi

Moychechakka
Hurmatli do'stim Baxtigul!

Xatni shunday boshlash kerak ekan. Men ancha izladim. Xatni boshida, o'sha insondan hol-ahvol so'rash kerak ekan. Yana uning universitetdagi o'qishi va ishlari yaxshi ekani, oila a'zolari haqida so'rab qo'yish kerak ekan. Hozirda qanday kitoblar mutolaasi bilan band ekani, kitobning aynan qaysi joylari yoqayotgani haqida so'rash muhim emish. Hissiyotlari haqida ham bilib qo'ymoq joiz deyishdi. Lekin, sezganingizdek, bular boshqa oddiy insonlar uchun me'yorlar. Biz dunyoni boshqa me'zonlar bilan tasavvur etamiz. O'shanga muvofiq ravishda yashaymiz. Demak, o'z uslubimda. Xotira uchun

Zerikarli bo'lishi tabiiy. Har qanday shakl, inson naznida idealliklikdan yiroqda bo'ladi. Har qanday ma'no vaqti kelib o'zining holatini yo'qotadi. Hamma narsa unutilishga va yolg'izlikka mahkumdir. Negadir Interstellar kinosidan, doktor Brandning gaplarini iqtibor keltirgim keldi "Sevgi - bu zamon va makondan ustun bo'lgan, biz idrok qila oladigan yagona narsa". Ha, hissiyotlar inson uchun unutimasdir. Kechib bo'lmas va takrorlanmas hissiyotlargina, doimo saqlanib qolguvchidir. Sizni xatni birinchi bor o'qiyotgan paytingizda hayolingizda o'tgan va siz his qiladigan tuyg'ulargina siz bilan abadiy qolur. Chunki, barcha o'limga mahkum

Boshidanoq, g'amginlikni ta'rif etish bilan boshlaganim uchun, meni ma'zur tutgaysiz. Nima qilay, men kamchiliklarga boy bo'lgan insonman. Aslida nima yozishimni bilmay, gapni olib qochayotgan aqli pastman holos

Men istaydigan narsa, siz bu xatni asrab qo'yishingiz va kelajakda, balki 20 yildan keyin eski buyumlar orasidan topib olib, meni bir eslab qo'yishingizdir. Kim sifatida eslashni esa, yaxshisi, o'zingizga qo'yib beraman. Do'st yoki shunchaki tanish, balki ahmoqona narsalarni gapirishni yoqtiradigan telba sifatida... Bu muhim emas. Kim sifatida eslashingiz emas, xotirangizda joy egallash muhimroq

Hozir kayfiyatingiz qanday ekanini bilmayman. Lekin, yaxshi deb tahmin qilishdan hursand bo'lardim. Dunyo sizga ko'rsatgan narsalar haqida yaxshiroq tasavvur ega bo'ling. Haqiqatdan ular yaxshi bo'lishi muhimmas. Siz shunday o'ylang. Nimalar deyapman? Chunki, aslida hammasi yomon. Barcha uchun yomon. Mavjud bo'lgan sof maqsadli hissiyotlarni unutishni boshlayapmiz. Hususan, do'stlik, sevgi, qarindoshlik rishtalari. Mehr biz uchun ojizlik bo'lib ko'rina boshlayapti. Dunyo shunday bo'lishga majbur qilyapti deya o'zimizni ovutyapmiz. Meningcha esa, dunyo bunga majbur qilmayapti. Biz o'zimiz buni istayapmiz. Biz o'zimiz mehrsiz bo'lishni tanlayapmiz. Insonlar sevgi yo'q bo'lgan dunyoni tanlashmoqda...

Bularning barchasini tushunish, nihoyatda muhimdir. Bu barcha uchun dasturamal bo'lib hizmat qilishi darkor. Biz sevgini faqat kitob yordamida anglashga majbur bo'lgan avlodmiz. Biz sevgini ko'rmadik. Biz uni faqat kitoblar yordamida idrok etishga va undan foydalanib, hayotimizda 'arzon sevgi nusxasini' yaratishga harakat qildik. Biz haqiqatni, yolg'on bilan yopib, keyin ham soxtalashtirishgan dunyoda yashashga mahkum bo'ldik. Biz sof tuyg'ularga ishonmay qo'ydik. Biz kemadagi barchani suzishni bilmaslikda teng aybladik. Zero, ular suzishni bilishmagani uchun, kemaga chiqishgan deb o'ylay boshladik.  To'g'ri, ularning ko'p qismi suzishdan mutlaqo bexabar. Ular insonlar ko'rishi uchun oddiy ko'lmakchada suzishni biladilar holos. Lekin, bu mutlaq haqiqat emas. Ularning ko'p qismi hech qachon suzmaslik uchun, hovuzchada suzishni o'rganishgan, cho'kib ketmaslik uchun kemaga chiqishgan. Ammo suzishni biladiganlar ham bor. Ular cho'kib ketishgan qo'rqib kemaga chiqishmagan. Ular hovuzchada suzishmaydi. Chunki ular qachondir okeanda suzishni o'zlari uchun ma'qul deb bilishadi

Balki qachondir ko'risharmiz. Suhbatlasharmiz. Biz onlayn hayotda do'stlar topadigan avlodmiz. Biz hozir, aslida bizniki bo'lgan dunyoda yashayapmiz. Ammo, dunyo bizniki bo'lgani bilan, undagi qonunlarni biz o'rnatmadik

Albatta, xat qanday yozilishini baribir tushuna olmadim. Shuning uchun eplolmadim ham, menimcha. Lekin samimiy yozdim. Samimiy bo'lish muhim. Har kim uchun samimiylik muhimdir

P.S Sizga aytmoqchi bo'lgan gaplarim juda ko'p. Lekin hozir ularni bir xatda bayon qila olmayapman. Balki qachondir boshqa bir xatda, barcha gaplarimni aytardim. Balki qachondir kelajakda uchrashib qolganimizda, o'zim aytib berarman

Xichtima - Moychechak. 2023.01.29

kapalaklarni o'ldirishning 6 xil usuli
yoshligimda janjallardan qochishga harakat qilardim. shovqin yoqmasdi. urushlarni yoqtirmasdim. balanddan yiqilib o'lmaydigan yoshda ham yuqoridan sakrashga qo'rqqan odamman.

aqlimmi tanibmanki, birovni narsasi xarom deb o'rgatishgan. o'zingni narsangni olib qo'yishsa yoqmaydiku senga deyishardi. juda sodda bo'lgan ekanman aytishlaricha, bilmadim qachon bu boshlangan lekin haligacha ko'nglim bo'sh ekanini tan olaman. o'zimni sal qo'lga olmasam yig'lab yuborishim hech gapmas. bu yomonlar bilan to'lgan dunyoda yashab ketishim uchun sal ko'ngli qattiqroq bo'lishim haqida ko'p aytishardi.

ko'nglimga bir qiz yoqardi. kitobsevar, uyatchang yigit uchun bu albatta samoviy muhabbat bo'lib ko'ringan. negadir o'sha paytlarda u bilan bir sinfda o'qishdan ko'proq yaxshi narsa yo'q deb hisoblaganman. hozir o'ylab ko'rsam kelajagim haqida aniq reja tuzmagan ekanman o'sha paytlar. olim bo'lmoqchi edim. yoki kosmonaft.

nimadir bo'ldiyu, hayotni yutqizganim haqida o'ylashni boshladim. vaqt juda tez o'tdi. men kechagidek eslayman hayolimdagi nimadir bilan gaplashib yurgan paytlarimni. nimadir o'zgardi. o'zgartirishdi shekilli. balki bir qiz va atrofimdagi muhit. o'sha paytdan boshlab hech narsaga erishmaganimni ta'kidlay boshladim. sodda ekanimdan foydalanib birinchi bor meni aldashdi. huddi ayam aytgandek. dunyo haqida kim nima desa ham, uni birinchi bor o'zingiz ko'rsangiz butun umr shu tasavvur bilan yashaysiz. demak dunyo yolg'onchilar maydoni. o'zini baxti, umri, qalbi bilan aldovlar aytadigan odamlar dunyosi. sodda odamlar qayerdadir baxtli, dunyodamas, omadi kelsa kimnidir qalbida. ha, keyingisi qalbda yashash haqida bo'ladi

qalb, men sizga aytsam chiroyli joy. kim nima desa deyaversin, qalbda doim yosh bola yashaydi. do'konga yetib bormasdan nimalar bilan qaytishidan huzurlanish boshlaydigan bola. dadasi quchog'idan aroq hidinimas, mehrni sezadigan bola. 'meni dadam tug'gan' deb maqtanadigan bola yashaydi u yerda. dunyoni bilishga oshufta ko'ngil har doim. ayasiga bo'lgan mehrni yashirmaydigan farzand o'sha ko'ngilda qolib ketgan. u yerda yashash yaxshi. albatta keyinroq

hammasi tugaydi. o'tmish boshlangan joyda. u ko'ngil hafa. hammadan, avvalo o'zidan. barcha insonlardan. o'tmishdan, hozirdan. balki kelajakdan ham. hammasini murakkablashtirmasdan, shunchaki yashash kerak deyishadi. qayerda? natijasi o'lim bo'lgan dunyodami? yo'q. senga ko'nglidan joy bergan odamlar yonida.

iqror
Men bilan hamma narsa boʻlishi mumkin. Lekin sevib, doʻstlashib boʻlmaydi. Zararli kasallik kabi sherigim hissiyotlarini yemirishni boshlayman. Men bilan koʻproq birga boʻlganlar hislarsiz, insoniyliksiz bir mujdaga aylanadi. Men uning tuygʻularini tortib olmayman - yoʻq, ular menga kerakmas, tushunmayman. Men ularni shunchaki yoʻq qilaman. Huddi oʻzimnikini yoʻqotganim singari

Men bir vaqtlar tush koʻrganman. Dadam va men qatnashgan sanoqli tushlardan biri. Hullas tushimda dadam va men bir birimizga qarab oʻtiribmiz. Atrof qorongʻu va sovuq. Tushunarsiz, yurakni tilka pora qiluvchi ovoz eshitilardi. Zax va qoʻlansa havo oʻpkamni har bir hujayrasini yemirayotgandek edi. Birdan "bilib qolding-a" degan ovoz eshitildi. Biroz kulguli va shu bilan birga juda qoʻrqinchli ovoz edi bu. Ovozni tasvirlay olmayman. Dadamni kulib turganiga koʻzim tushdi. Ovoz manbasini izlash uchun atrofga qaradim. Endi eʼtibor beribman, men belimgacha yer ostida edim. Yer ham emas, shilimshiq botqoq. Juda yomon, buni ham tasvirlash qiyin. U paytdagi qoʻrquvni soʻz bilan taʼriflash mumkin emas. Ovoz manbasini topa olmadim. Lekin dadam hamon kulayotgandi. Birdan tushunarsiz sokinlik, tushunarsiz deganim sababi u sokinlik emas lekin ovoz bor deb ham aytolmayman. Oʻsha paytda ovoz ikkimizdan birimiz tomonidan chiqarilganini tushunib yetdim. Lekin bu ovoz dadam tarafdanmi yoki men tomonimdanmi anglay olmadim.

Keyinroq tushundim. U kamida shayton boʻlsa kerak. Lekin ovoz kimdan chiqdi? Dadam yoki men?

Keyinroq dadamni ahvolini koʻrib oʻsha ovoz dadamdan chiqqan degan qarorga keldim. Axir boshqa qanday oʻylay? Oilasiga eʼtibor bermaydigan, shuncha farzandni tugʻdirib qoʻyib ularni hatto non ovqatiga qaramagan odamni kim deb atash mumkin?
Oilasini bitta aroqqa almashgan odamni boshqa nima deb oʻylash mumkin?

Ota mexri boshqacha. Hamma narsadan qadrli ota ifori. Otaning kiyimlari hech boshqa matoga almashtirib boʻlmaydigan qadrli boʻladi. Avval shunday edi. Lekin kiyinroq ulardan faqat ter, aroq hidi kela boshladi.

Boʻldi, men iqror edim. U tush menga berilgan jazo!

Butun oila, butun dunyo men uchun jazodek tuyuldi. Keyinchi,  hissiyotlar ahamiyatsiz boʻlishni boshlaydi. Yaʼni oʻlishni boshlaysan. Ayang yigʻisi endi senga shunchaki koʻz yosh bo'lib tuyuladi. Hayotdan faqatgina nafratlanish emas, jirkanish hissini tuyasan tugʻilganing uchun. Hayot kuchli va doimiy ogʻriq deb oʻylaysan

Bir sirni ochaman. Agar senga laʼnat qilib oila berilgan boʻlsa, hech qachon baxtli boʻlolmaysan. Hech qachon oroming boʻlmaydi

Har qancha yomon odam boʻlishga harakat qilsam ham oʻxshamadi. Qizlar bilan sevishish? Men shunchaki oddiy munosabatlarni ham tushunmayman. Har qancha urinsam ham boshqa rahmga oid tuygʻular bosib ketaveradi. Toʻgʻridan toʻgʻri yomon ish qilishku aniq qoʻlimdan kelmaydi. Kimdandir oʻgʻirlash...kimnidir narsasini soʻramay olsam kechasi uhlolmayman. Yesam oshqozonim buziladi. Qachonki oʻziga aytmagunimcha ahvolim yomonlashib boradi

Yomon odam boʻlish buncha qiyin? Eng alam qiladigani, atrofimda yomonlar koʻp. Men har qadamda yomon odatlari bor kimsaga duch kelaman. Lekin oʻzimga kelganda bu hech qachon oʻxshamaydi.

Nega bunday qilmoqchiman? Tush sabab. Menga dada kerak. Hammadan koʻproq. Men bu xotira bilan yashay olmayman. Tushimdagi ovoz mendan chiqqaniga ishonishni istayman. Shunda dadamdan yaxshi xotira qoladi. Agar yagona tilak tilash imkoni boʻlganda, xotiramni oʻchirish va unda yagona dadam haqidagi yaxshi xotiralarni qoldirishni tilagan boʻlardim

Men hissiyotlarni yo'q qilaman. Chunki shunday odamman, sovuq va yuraksiz. Yagona tilagimni amalga oshirish uchun yashayman. Shuning uchun doʻstlarim yoʻq: chunki bir kun ularni butkul unutishdan qoʻrqaman. Shuning uchun men azobga loyiqman, do'stlarsiz, sevgisiz. Men bilan do'stlashib va yoki sevib bo'lmaydi...

oqim
yangilangan metrodagi yo'naltirgichlarga qaramasdan yo'limni topishni o'rgandim. odamlar ko'p, tiqilinch. hamma bir-biriga turtib yuradigan odatiy dunyo

Taksoparkdagi akani issiqroq kiyinib chiqing ishga degan gapi uchun yarim kun hursand yurdim. yetarlicha baxtli bo'lmasam kerak o'zi yetarlichasi qancha bo'ladi? yosh bola o'lchovi bilan hisoblab beringlar menga. doim klaviaturaga qarasam hayolimdan kelayotgan ko'plab arzimas so'zlar, sog'inch tushunarsiz mavhum g'azabni ketma-ketligini ko'raman. hayotni yutqizganingni tan ol va yasha shunchaki deyish osonroq, hey sochlaring ro'molingdan chiqib qolyapti, issiqroq kiyin degandan ko'ra

uzoq o'tmish yetib keldi shekilli yana bilmadim shunga o'xshashroq nimadir. qanday yashash kerakligini o'rgatadi uzun poshnali oyoq kiyim kiyib oyisi bilann janjallashgan qizaloq. kerakli keraksiz so'zlarni sochib tashlaganing bilan qalbingni ifoda qilolmaysan deyishdi, bu esa hafa qiladi

men barchasini bir o'tirishda yozaman. aniqrog'i kimdir yozadi. bilmayman u kim. doim klassik musiqa bilan birga gaplashadigan hamrohim kimdir. maslahat berishni bilmaydi. o'zi haqida maqtanishni boshlagan kundan uni yoqtirmayman. o'zbek tilida qalbdagi sadolarni ifodalovchi so'zlar yo'qligidan noliydi. ana ular yozishganku deb aytsam meni ranjitadi.

o'tgan vaqt davomida odamlarga unchalik yomonmas deb qarashni boshladim. balki buyam hamma bo'lgan o'sha kasallikdir. sekin sekin simptomlar boshlanar shu so'zni qachondir yozishni rosa istagandim

hayot qonuni shunaqa shekilli. odamlar hafa ikki kishilik yo'lakda yurib umr o'tkazishga majbur

odamlar kabi svetaforga eʼtiborsiz harakatlanyapman, kitob oʻqimay oʻqishni tavsiya qilyapman, imtihonda gʻirrom qilyapman. endi oqimdaman oʻylaymanki yuqori partadagi endi hursand hammasidan

uzr,
kutdim, qanchadir oy bo'ldi, sodir bo'ladigan narsa faqat hayolimda ekanini tushunib olishimga. tushunmadim,

uzoq vaqtdan buyon izlab yurgan tuyg'umni topgandekman. qachondir yo'qotib qo'ygandekman. men aytaman, o'zi seniki bo'lmagan narsani yo'qotish mumkinmi

yana aytaman, nima seniki, qachon seniki bo'ladi o'zi. ataylab so'rov, undov belgilarini o'chirib chiqdim hozir. yo'q hissiyotlarni birovlarga yetkazib nega kerak

yo'q, menga yoqadigan odamlar ko'p emas, sen ular ichida borsan. balki faqat sen borsan. qalbimda bo'lsang, meniki bo'lib qolmaysanku, shuni o'zimga tushuntirish bilan bandman

yozuv qanchalik yaxshi ne'mat. hissiyotlarni ikkinchi boshqa odamga yetkazishing mumkin

meni dunyoim sen uchunmas. seni taklif qilmasligim sababi - bu yerda men yo'qman. doim kelganingda men yo'q bo'laman. men qornim ochganini soatga qarab biladigan odamman. seni baxtli qilolmayman, tushun yoki iltimos tushunma

hissiyotlarni jiddiy qabul qiladigan odamlar kamroq yashaydilar ekan. kim aytgan bilmayman. qanaqa qilib 'jiddiy qabul qilmaslikni' ham o'rgatinglar

harakatni o'zi aslida natija deyishardi. bilmadim, qanchalik natijadan uzoqman. bir kun o'lib qolsam yig'lang lekin. ozgina yoki ko'p - bilmayman. lekin yig'lang. meni o'lganim uchunmas, men yoqtiradigan odamlarim soniga sizni qo'shib hisoblay olmaganim uchun

20 yosh muborak!
davomli 3- yil. avvalo, haliyam tirikman. qiziq

ho'p, o'tib ketyapti yillarim. o'tkan umrim davomida nimadirlar his etyapman. bu yil bularni yozish ancha qiyin bo'ldi. yoziqlar uchun ma'no topish muammoga aylanyapti

aytgancha, haligacha tushuna olmayapman, bu yil 20 yoshga kiramanmi, yoki 21 yosh hisoblanamanmi endi?

odamlarda ko'p narsani payqagandim o'tgan yillarda. bu yili o'zimdagi ko'p narsalarni anglashga harakat qildim

huddi butun hayotimni yutqazgandek his qilyapman o'zimni. haqiqatdan hayotni yutqazdim. buni hayotdan nolish, noshukrlik deyish mumkindir, lekin undaymas. men hayotni yutqazdim deganda, ko'p narsalarga erishish mumkin ekanligini nazarda tutaman. hali kelajak borku, ulguraman degan hayollar butunlay yoqolib ketdi bu yoshda

yarim kechasi sababsiz uyg'onib ketaman. hayotim haqida o'ylayman. rejalarim haqida. juda juda qo'rqaman. birov bilmasin-u, qo'rquv kuchli ekanidan yuzimdan ter, ko'zimdan yosh chiqadi. yil davomida deyarli har kuni quyoshdan avval uyg'ondim. nimadir sabab bilanmas, shunchaki bu ohirgi kun bo'lsa, quyoshni o'zim kutib olay degan maqsadda

o'limdan qo'rqish juda kuchaydi. go'yoki, ertalab uyg'onmayman. svetaforda mashinalarga qo'rqib qarab o'taman, hozir o'lib qolsamchi deb. har soniya desam aldagan bo'larman, lekin boshqa hamma narsadan ancha ko'proq o'lim qo'rquvi bilan yashadim shekilli.

o'zimga savol berib ko'rdim albatta, o'lim baribir hammani boshida bor. qo'rqsang ham baribir o'lasan. 90 ga kirgan otaxon va 20 yoshli bola bilan o'lim o'rtasida bir yil masofa bor. bu qo'rquv, yillar davomida kuchayib borishi haqida ham o'yladim. tushunishimcha, qo'rquvni sababi hayotni yutqazdim deb o'ylashimda ekan. hech narsaga erisha olmasligimni bilib turib o'lishdan qo'rqish

juda pessimistik yil bo'ldi menimcha. vaholanki, avvalgi yillardan tinchroq bo'ldi

o'tgan tili mendan " qachon oxirgi martta haqiqatdan mazza qilib kulgansiz" deb savol berishdi. o'ylanib, eslolmaganim haqida aytgandim. demak bu 2- yil

yana bir narsa degan ekanman:

bo#'qti yebsan husniddin degim keldi. o'zi o'ylab qarasam, shu yil qanaqadir uzilish bo'lgan shekilli. shukr, endi hammasi yana avvalgidek

o'tgan yildan buyon kundalik yozaman. yozgim kelgan narsani yozib qo'yaman. juda foydali ish ekan. ancha narsani o'qib esladim

https://teletype.in/@osonroq/salom_19#54QA

azob? ey dabba o'zingni kim deb o'ylayapsan? o'zingcha azobli bo'lib bosh qahramon bo'lib ko'rinmoqchisan holos. bir tiyinga qimmatsan. hamma odamlar kabi.

hayotga ochiq oydin boqadigan bo'ldim shekilli. hayotimizda o'zimiz hohlamagan holatlarda bosh qahramon bo'lib bo'lganmiz.  lekin tushunishni istamaymiz. bizni shaxsiy hayotimizda ham boshqa qahramon bor. o'zimizcha ular bilan kurashamiz. boshqalarda bilmadim, menda shunday

https://teletype.in/@osonroq/salom_19#whX1

oila muhim. o'tgan yili bunday qanday kayfiyatda aytganim esimda. bu yildagi hislarni ham bilaman

gap shundaki, bizning aqllilar hech narsani bilmaydi. oila muhim. qanchalik muhim, buni bu yil tushunganlarim bilan ta'riflasam, koinotda menga eng ko'p kerak bo'ladigan bu oila. butun koinotda men sevadigan odamlar bo'lishi baxt. tushunyapsizmi, shuni o'zigina baxtni hammasi. shuni o'ylab hursand bo'lishi kerak odamlar aslida. bilmadim, ularga boshqa nima kerak

o'zim haqimda o'ylab, o'zimga baho berdim. men shunchaki hayotdan hafa bo'lib olgan bola ekanman. bu hafa bo'lish boshqalaridan farqli. men yaxshi hayotdan ham hafa bo'laman. nega bunday deb o'ylayman. hamma  yaxshiliklar ortidan keladigan yomonlik meni qo'rqitadi. odamlar nega hursand yashashlarini tushunmadim baribir. yashash og'riq beradi. undagi zavqli onlar, kelajak azoblari oldida tin olish holos. shunday ekan, nega hursand va baxtli yashash kerak? meni hayotdan hafa bo'lishim shunda

kattaroq narsalar haqida o'ylay boshladim. maktabni tugatganimga ancha bo'libdi. uyda yashamayotganimga ham ancha bo'lib qoldi. mayli, maqsad yo'q deb o'ylayapman o'zimcha, lekin baribir qayerga ketyapman. nima qilyapman o'zi bu yerlarda degan o'ylar tinchlik bermaydi. butun hayotni yutqazdim degan gap miyamda doim aylanadi. kelajak rejalar tuzganda bo'lishi mumkin bo'lgan baxtni emas, baxtsizlikni hisobga olaman

bu yil o'zim ustimda ko'p tajribalar qilib ko'rdim. birinchisi, semirish va ozish bo'yicha. uni nazorat qilish qiyin emas ekan. shunchaki kunlik kaloriyamdan ko'p yesam semirdim, kam yesam ozdim. kayfiyatni ushlab turish oson ekan. jismoniy mehnat ko'p bo'lsa kayfiyatim yaxshi, miyam yaxshi ishlaydi, kam bo'lsa aksincha. ovqat ratsionimni tuzdim. nimalar yomon ta'sir qilishini hisoblab ko'rdim. shakar yeyish ko'proq zarar ekan, mevalar, sabzavotlar bilann yaxshi kelishaman ekan. achchiq yeyolmayman. hamir ovqatlar bilan ham yaxshi kelishaman ekan. bilmadim bu hozirgi yoshim bilan bog'liqmi yoki butunlay shunday tuzilganmanmi hayronman

bu yil davomida depressiyada yurdim. bir depressiya muddati 3, 5-6 oy ham bo'ldi. menimcha menga suhbatdosh kerak. o'zbek bo'lib depressiyaga tushish ham qiyin. odamlarda aytib tushuntirolmaysam. undan tashqari o'zicha 'depressiv yoshla' paydo bo'lib boshladi. hayotdan nolib depressiyacha tushib o'zini reklama qiladigan yoshla. ula sabab haqiqiy depressiyadagi odamlar g'alati ahvolda qolishyapti. menga o'xshab

yana oila haqida yozaman. qachondir. qo'limda o'chmas qalam bo'lsa-yu, oila qadri haqida yozishga umrimni baxsh qilsam. sen, seni sevadigan insonlar bo'lishigina baxt. qolgan narsalar kerakmas umuman. hamma matohlar ortiqcha. sen sevgan insonlaringga nima kerakligini bilasan: seni baxting. seni baxtli bo'lishing, sevgan insonlaring uchun eng katta sovg'adir

insonlar faqatgina o'z manfaatlar uchungina yaqin munosabda bo'ladi. bu ikkiyuzlamachilik. ota ona ham o'zini manfaatlari uchungina bolaga mehr qo'yadi deb hisoblaganman. hozir ham shunday hisoblayman. lekin endi buni ikkiyuzlamachilik demayman. nega?

kimgadir olma berishni vada qilsangiz, u sizdan olma kutib, sizga yaxshi gapiradi. ota ona esa sizdan nima kutishni, siz o'sha narsani berib bo'lganingizdan keyin aytishadi

dunyo haqidagi fikrlarim o'zgarib bormoqda. hamma narsa oldinga harakat qiladi, lekin fikrlarim oldinga yurib rivojlanyaptimi yoki cho'kyaptimi buni bilmayman

o'tgan yili undan oldingi yilda ham balki undan avval ham shunchaki tinchlik istaganman. hech kim bilan gaplashmasam, bitta o'zim yolg'iz yashasam deb orzu qilganman. hozir esa, o'zimga muammolar izlayapman. hammasini noldan boshlash niyat bor. o'zi hech narsaga erishmaganman. lekin baribir bor narsalarimni ham tashlab boshidan boshlamoqchiman. hayotni qayta qurish desa ham bo'ladi menimcha buni. yana bilmadim

hayotimni ohirgi qismlarida oilam bilan sokin, odamlardan uzoq joyda kichkina uychada yashash niyati maqsadga aylanganiga ancha bo'lgan. shu maqsad sari rejalar yaxshilanib boryapti. ko'proq intilyapman o'sha kunlarga

qaysidir qizni ishtoniga qaragandan, hayotni qiyinligi, murakkabligi ko'proq qiziqtiradigan yoshga tezda yetib kelgandekman. butun hayotda zavq olish uchun ajratilgan yillarimni 'hayotni yutqazish' bilan o'tkizvorgandekman. qachadir vaqt, o'zimcha yoshligimni o'tkizvormasdan, o'ynab kulib foydalanib qolish haqida o'yladim. lekin, tushunimcha men eplolmasakanman. unda ko'ra yasho'rey ekan o'z hayotimda, o'zim bilgancha

bu yilda ko'p narsaga erishdim deyolmiman. o'zi men erishadigan narsalar doim shunchalik kichik bo'lgan-ki, bu yilda go'shtli gumma yesam ham, o'tgan yilgidan ko'proq narsaga erishgan bo'laman. chundizku hullas

endi maqsadlar nima? endi maqsadlar yo'q. uzoq va doimgi rejalar bor. u bu narsalar qilish bor hayolda. hay masalan, maqsad bor ekan: qo'limdan kelgan paytgacha hayotdan azoblanish

bu yilda esda qoladigan katta narsa bo'mapti. hay mayli. uyog'ini ko'raylikchi nima bo'larkin endi

nima bo'ldi? tinchmisan axir?

ot kesim
og'ir naushnik simi odamni qiynab yubordi. yozaman deysan qaysi gapingni lekin, aslida gaplaring arzimaydi yozishga, o'qishga va eshitishga ham. faqat hayol qilasan, zerikishdan hayotdan. tug'ilganingga pushaymon emasliging yuzingdan ko'rinib turmaydi. afsundan bo'lsamchi degan hayol bilan qo'lingni qimirlatasan, natija esa yo'q. sen hatto afsungarlikni eplolmaysan

derazadan ko'ringan bulutlar senga nimanidir eslatmayaptimi? qaysidir anime, qaysidir tush. bilasanmi, tushlar osmondan keladi degan gap bor. urush bo'layotgan yerda bolalar ko'proq tush ko'rishni istashadi

mehr haqida o'yladim. menimcha yordam berolmasdan unga qayg'urish mehr. yoshligimda eng kichik opam bilan ko'p urushardim. janjal ohiri kimdir yig'lab tugaydi doim. men o'shanda opamni mendan boshqa hech kim yaxshi ko'rmaydi deb o'ylardim. hozir katta bo'ldim. buni aniq bilaman

qanaqa bulutlar? osmon qorong'u. qaraysan ko'rmaysan. kunduzi ham osmonga qaramading-ku? nega kechasi ular ko'rinmasligidan arz qilasan ikkiyuzlamachi?

odam deb tan olinish imtihoni bo'lishi tarafdoriman. hamma o'tsin. o'tolmaganlardan insoniy huquqlar olib qo'yilsin. ichki a'zolari boshqa insonlarga berilsin. o'zlari esa o'ldirib yuborilsin.

bu dunyoda otalar va onalar juda kam. afsuski tan olish kerak bo'lgan haqiqat bu. ohirgi gapim shu

n = 0
so'ngi umidni o'ldirganingda insonga aylanasan. kelajakdan, o'tmishdan yaxshilik kutmay qo'yganingda ulg'ayasan. insonlar, sen nafratlanadigan, sen yomon ko'radigan, iloji bo'lsa o'ldirishga tayyor bo'lgan insonlaring.... sen sevadigan insonlar, sen qadrlaydigan va sog'inadigan insonlar aslida huddi sen kabi ekanliginni bilganingda yashashni boshlaysan

hamma ahmoq. men ham. ha, kelajak o'tib ketadi. keyin o'tmish keladi. ulgursang o'tmishda ham hozirgidek jinniliklar qila olasan. ulgurmasang kelajak seni o'ldiradi

vaqt - o'lishni istaydiganlar tomonidan o'ylab topilgan birlik. aslida kimningdir qalbida abadiy qolishing mumkinligini ular yashirmoqda. chunki o'zlari hech kimni qalbida emaslar

baxt - baxtsiz insonlar yupanch uchun o'ylab topgan tuyg'u. baxtsizlik aslida baxt ekanini anglasak, o'lyotgan yoki o'lib bo'lgan bo'lamiz

sevgi - qalbsizlarning chinqiriqlari aks sadosi

ma'nolar oqimi nimadandir mosuvo qolgandek, birin ketin qalbingga yaqin inson tovushlari ortidan yuguradi

quloqlarimdagi shovqin o'zgardi. endi u teran fikrga chinakamiga to'siq qo'ydi.