.r

Bir paytlar biz
Bilasizmi, nima? Bugun men uchun juda muhim kun, chunki kollejimizda yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Agar men yutsam, ikki kishilik konsertga chipta yutib olaman va sevimli qo‘shiqchimni ko‘raman. Shuning uchun ham men juda hayajonlanib ketyapman. Eh, men bir oz xayol surishim uchun ham vaqt yo‘q. Hozir chet tili darsim bor va men boshqa xonaga o‘tishim kerak

Sumin kitob-daftarlarini olib, shiddat bilan zinalardan yugurib tushardi. To‘g‘risidagi bolani ko‘rmay, unga urilib ketdi. Yigit ortidan bo‘lgan shiddatli itarilish sababli to‘g‘risidagi qizlar bilan suhbatlashayotgan kollejning erkatoyi Moonaga kelib urildi.

‎Moona to‘lachadan kelgan qiz edi. U yig‘lasa yoki asabiylashsa, shishib, qizarib ketardi. Moona kollejning mashhur, kelishgan yigitiga urilib ketganini ko‘rib, unga osilib yig‘lay boshladi.

‎— Kechir, atayin qilmadim. Hoy! Nega yuzingni kiyimimga artyapsan? Qoch, ketishim kerak! — shunday deb Jungkook uni turib yuborgan qizga jahl bilan qaradi.

‎Sumin esa kulgidan o‘zini zo‘rg‘a tiyib, yugurib ketib qoldi.

‎Jungkookning kiyimiga Moona ko‘z yoshlarini artib turganida, Jungkook zinalardan shoshib tushib ketayotgan Sumini ichida lanatlardi.

‎— Kollejda musobaqalar bo‘layotgani uchun darslar bekor qilinibdi, eshityapsanmi, Sumin? — dedi Luna.

‎— Rostdanmi? Nima, shunaqalik omadli bo‘lamanmi? Hatto Bugun mavzuni o‘qimagandim ham,— dedi Sumin.

‎— Ha, omadlimiz. Lekin hozir faollar zaliga borib, bizga kimlar jamoa sifatida berilishini bilib kelishimiz kerak.

‎Sumin va Luna juda yaqin dugonalar edi. Ular bolalikdan do‘st, hatto bir mahallada turishardi. Shuning uchun har kuni kollejga birga borib, birga qaytishardi.

‎Sumin juda xursand edi, chunki agar bugungi musobaqada yutsa, dugonasi bilan sevimli guruhining konsertiga bora olardi.

‎Dugonalar o‘z joylarini egallashdi. Hali ustozlar kelishmagan edi. Baland musiqa yoqilgan, qizlar K-pop raqslariga tushishardi. Bolalar ham ularga qo‘shilib raqs tushishardi.

‎Sumin kulib, Lunaga pichirlab gapirmoqchi bo‘lganida, orqasidan kelgan qo‘llar uni to‘xtatib qoldi.

‎— Hoy, senga uzr so‘rashni o‘rgatishmaganmi, nima? — dedi Jungkook.

‎— Nima? Nega sendan uzr so‘rashim kerak ekan-a? — Sumin qoshlarini chimirib gapirdi.

‎— Juda qiziq ekansan-ku. Meni itarib, yana menga do‘q qilyapsanmi? — Jungkook jahl aralash kinoya bilan kulardi.

‎Sumin mana endi boyagi baxtsiz hodisani esladi.

‎— Haa, esladim... — Sumin nima deyishni bilmay, har yoqqa alanglardi.

‎— Xo‘sh? Nima deyish kerak ekan?

‎Sumin bosh egishni istamay, gap boshladi.

‎— Hoy, og‘ayni, nega menga sakrayapsan-a? Qani, uzoqroq turchi, — Sumin ko‘rsatkich barmog‘i bilan Jungkookning ko‘ksiga tirab, uni o‘zidan uzoqlashtirdi.

‎— Og‘ayni? — Jungkook hozir qiz unga yalinib kechirim so‘rashini kutgandi. Ammo Sumining qo‘pol so‘zlarini eshitganidan so‘ng hayratdan qotib qoldi.

‎Luna Sumini qo‘lidan ushlab, Jungkook va uning bir gala do‘stlaridan uzoqlashtirdi.

‎— Hoy, Sumin, nega u bilan tortishyapsan? Bilasan-ku, u boyning erkatoy farzandi. Ustiga-ustak, kollejdagi qizlarning toshbo‘ronida qolib ketmoqchimisan? — dedi Luna.
‎n
‎— O‘zi-ku menga tashlandi. Nima qilishim kerak edi? — Sumin jahl bilan uzoqdan do‘stlari orasida kulishib turgan Jungkookka qarab xo‘rsindi.

‎Ularning tortishuvini baland mikrofondan kelgan kollej direktorining ovozi to‘xtatdi.

‎— Bu hafta bizda har xil musobaqalar bo‘lib o‘tdi. O‘zingiz guvohsizki, yutganlar hatto televizorlarga ham chiqishdi. Bugun bizda yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda jamoa bo‘lib ishlashingiz zarur bo‘ladi. Hozir qatnashuvchilar ro‘yxatidagi o‘quvchilarni jamoalarga bo‘lamiz va oxirida jamoalaringizni e’lon qilamiz.

‎O‘quvchilar orasida shivirlashlar boshlandi. Hamma o‘z do‘sti bilan jamoa bo‘lishni istardi. Sumin ham hayajondan dugonasining qo‘lini ushlab, sakrab-sakrab qo‘yardi.

‎Shu orada ko‘zlari Jungkookka tushdi. Do‘stlari uni o‘rab olib, qo‘llab-quvvatlashardi. Sumin Jungkook ham yugurish musobaqasida qatnashishini anglab, asabdan tirnoqlarini tishlay boshladi.

‎POV — Sumin

‎Iltimos, faqat u bilan jamoa bo‘lib qolmay. Iltimos, Xudoyim. Agar uning do‘stlari bilan jamoa bo‘lib qolsam, ular bu qo‘polliklari bilan meni bosib ketishadiku, axir.

‎Sumin xayoliga keltirgan manzarasidan o‘zi qo‘rqib ketdi.

‎Jungkook shu on odamlar orasidan xayol surib, asabdan tirnoqlarini tishlayotgan qizga qarab kulib qo‘ydi.

‎Direktorning ovozi bilan hamma jim bo‘ldi. Jamoalar e’lon qilina boshladi. Oltinchi jamoaning ismlari birin-ketin e’lon qilinarkan, ularning ichidan Han Luna ismi ham chiqib ketdi.

‎Sumin endi hafa bo‘la boshladi. Uning ismi dugonasi bilan bir guruhdan chiqmaganligi sababli xo‘rsinib qo‘ydi.

‎— Han Luna! — direktor uni zal markaziga chaqirdi.

‎Luna ham Sumining qo‘lini nochorlikdan qo‘yib yuborib, markazda turgan o‘z guruhi yoniga borib joylashdi.

‎Direktor yana ismlarni o‘qishni boshladi.

‎— Oxirgi jamoa — yettinchi jamoa. O‘quvchilari: 1) Kim Seokjin, 2) Park Jimin, 3) Jeon Jungkook, 4) Min Sumin.

‎Sumin o‘zini kollejning takasaltang yigitlari ismlari orasida eshitib, joyida qotib qoldi.

‎Jamoa vakillari birin-ketin markazga chiqisharkan, Jungkook Sumin hali ham joyidan qimirlamaganini ko‘rib, Sumining yelkasidan ushlab, uni oldinga itarib, markazga olib chiqib qo‘ydi.

‎Jungkook biroz egilib, Suminga qulog‘iga pichirladi:

‎— Nega bunchalik qotib qolding? Yoki kelishganligim seni hayajonga solyaptimi? — Jungkook kulib gapirdi.

‎— Asabimga o‘ynama, bo‘lmasa, — Sumin tishlarini g‘ichirlatib gapirdi.

‎— Bo‘lmasa nima qilasan? Yuzimdan o‘pib olasanmi? — Jungkook Suminga tenglashish uchun biroz egilib, lablarini ishirtirib gapirdi.

‎Sumin atrofga hech kim qaramayotganini ko‘rib, Jungkookning qorniga qarab musht tushirdi.

‎Jungkook og‘riqdan yuzlari burishib, Sumining jahldan qizargan yuzlariga qarab kulishini bo‘shatdi.

‎Musobaqada yutgan jamoaga birinchi o‘rin uchun K-pop xonandalar guruhining konsertiga har bir kishi uchun bilet va Cheju orollariga jamoaviy ekskursiyaga ruxsat berilardi.

‎Direktor shoshilgancha chiqib ketishi bilan zalda baqir-chaqir boshlandi. Barcha qizlar baravariga:

‎— JEON JUNGKOOK! JEON JUNGKOOK! JEON JUNGKOOK! — deb chinqirishardi.

‎Kollej xalqaro unvonga ega bo‘lganligi sababli juda zamonaviy sharoitlarga ega edi. Sport uchunmi, raqs uchunmi yoki musiqa bo‘yichami — xullas, eng oldi o‘rinlarda turardi.

‎O‘qishga 16 yoshdan qabul qilinardi. Bu yerda o‘qib qolish uchun obro‘li oila farzandi bo‘lish yoki bilimda uncha-munchasini ortda qoldirish kerak bo‘lardi.

‎Musobaqa uchun katta maydon o‘yinini ko‘ruvchilar uchun maxsus o‘rindiqlar va jihozlar bilan ta’minlangan edi. Yuguruvchilar uchun esa ulkan maydonda dumaloq aylana yo‘l qilib qo‘yilgan edi.

‎Musobaqa boshlanishiga ham oz muddat qolgandi. Hamma sport kiyimlarini o‘z jamoasi bilan bir xil qilib kiyib, o‘z joylarini egallashdi.

‎Yuguruvchilar o‘z jamoalaridagi sheriklari bilan maroq bilan suhbatlashib, o‘yin uchun rejalar tuzishardi. Sumin esa ko‘zlari bilan faqat dugonasi Luna turgan jamoaga qarardi.

‎POV — Sumin

‎Ehh, Luna, qanchalik omadlisan-a! Jamoang juda yorqin ko‘rinyapti. Voy, Sunnoku! Nega uni kecha jamoalarni e’lon qilishayotganida ko‘rmadim yoki kimdir bilan o‘rin almashdimikan? Lekin kim uchun?

‎Sumin yolg‘iz turardi. Uning jamoasi hali kiyimlarini almashtirib ulgurishmagandi.

‎Qizlarning baqirishi sababli Sumin jamoasi kelayotganini angladi va ensasini qotirib, boshqa tomonga qarab oldi. Barcha jamoa azolari oz joylariga kelib turishdi. Murabiy barcha jamoa azolari bir birlari bilan tanishib olishlri uchun 10 daqiqa ajrtdi.

‎kim Seokjin ogir vazminlik bilan Suminga oz dostlarini tanishtirdi. Seokjin ozini song jimini VA ohirida Jungkookga navbat kelganda Jungkook kulib yubordi.

‎Seokjin qoshlarini chimirib Jungkookga savol shaklida qaradi.

‎— Meni tanishtirib ozingni qiynab nima qilasan axir meni butun kolej taniydi — Jungkook pastki labini tishlab Suminga qardi.

‎— Umid qilamanki yugurishda ham ozingni shunday koz-koz qila olasan —Sumin ensasini qotirib boshqa yerga qarab oldi.

‎— Hoy qoysangizchi bolalar.! Hali biz cheju orollariga ham birga boramiz axir.— Jimin

‎— bo'ldi bizga berilgan vaqt tugadi oz joylarimizgaturib olishimiz kerak — Seokjin

‎O'yining birinchi bosqischi qoidasga kora o'yinchilarning oyoqlariga arqon bog'landi. Musobaqa boshlanganligi belgisi sifatida to'poncha osmonga otildi.

‎— Avval chap oyoq. Keyin o‘ng oyoq. Hammaning qadami bir xil bo‘lsin. — Seokjin

‎— Buni bilamiz. — Jungkook

‎— Qaraya men Seni hatto!! yurishni ham bilmaysan Deb oylagandim — Sumin Jungkookga mazzahona kulib qoydi.

‎— Togri yurishni menga zinalardan duch kelganga turtilub yurgan qiz aytyaptimi.? —