Islamova

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀
𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀 𝙀𝙋⁵

Ertasi kuni.

Taehyung odatdagidek darsdan so'ng Luverianing uyiga keldi.

Ammo bu safar eshikni Luveria emas, Minjun ochdi.

— Aka!

U quvonib Taehyungni quchoqlab oldi.

Taehyung kulib uning sochlarini siladi.

— Salom, chempion.

— Tezroq kiring!

Uy ichiga kirishi bilan Taehyung g'alati jimlikni sezdi.

— Luveria qani?

Minjunning tabassumi asta yo'qoldi.

— Opa uxlayapti...

— Nega?

— Bilmayman. Hozirgina dori ichib, boshim aylanyapti deb xonasiga kirib ketdi.

Taehyungning chehrasi jiddiylashdi.

U sekin Luverianing xonasi eshigini taqillatdi.

— Luveria?

Javob bo'lmadi.

U eshikni sekin ochdi.

Luveria karavotda yotardi. Yuzi odatdagidan oqarib ketgan, nafasi ham biroz tez edi.

— Luveria...

Qiz sekin ko'zlarini ochdi.

— Tae... kelibsanmi...

Taehyung uning peshonasiga qo'lini qo'ydi.

— Isitmang chiqibdi.

— Hechqisi yo'q... biroz dam olsam o'tib ketadi.

— Yo'q, bu "hechqisi yo'q" emas.

Shu payt Minjun ham xonaga mo'raladi.

— Opa kasal bo'lib qoldimi?

Taehyung unga muloyim ovozda javob berdi.

— Biroz tobi yo'q. Xavotir olma.

Minjun sekin opasining yoniga kelib, uning qo'lidan ushladi.

— Opa... tezroq tuzalib keting.

Luveria ukasining qo'lini mayin siqdi.

— Albatta.

Taehyung telefonini olib, shifokorga qo'ng'iroq qildi.

Bir necha daqiqadan so'ng u Luveriaga qaradi.

— Shifokor kelib ko'radi. Jarohat tuzalyapti, lekin o'zingni juda ko'p qiynagansan.

Luveria ko'zlarini yumdi.

— Men shunchaki Minjunga qarashni xohlagandim...

Taehyung stulni karavot yoniga surib o'tirdi.

— Endi esa sen dam olasan.

— Minjunga esa ikkovimiz qaraymiz.

Minjun darrov bosh irg'adi.

— Ha! Men ham yordam beraman!

Taehyung kulib kichkina bolaga qaradi.

— Demak, bugundan boshlab biz bitta jamoamiz.

Minjun quvonch bilan qo'lini uzatdi.

— Jamoa!

Taehyung ham qo'lini uning ustiga qo'ydi.

Luveria ularni kuzatib, beixtiyor kulib yubordi.

Balki... u endi bu kurashda yolg'iz emasdi.

Shifokor Luveriani ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, dori yozib berdi.

— Xavotirga o‘rin yo‘q. Jarohat yaxshi bityapti. Faqat o‘zingizni zo‘riqtirmang va ko‘proq dam oling.

— Xo‘p, doktor.

Shifokor ketgach, Taehyung eshikni yopib qaytdi.

U Luveriaga qarab jiddiy ohangda dedi:

— Endi bir necha kun sen hech qanday uy ishini qilmaysan.

Luveria darrov e'tiroz bildirdi.

— Ammo...

— Hech qanday "ammo" yo‘q.

Minjun ham boshini qimirlatdi.

— To‘g‘ri! Men ham opamga ruxsat bermayman.

Luveria ikkalasiga qarab kuldi.

— Sizlar juda kelishib oldingiz.

Taehyung oshxonaga kirib muzlatkichni ochdi.

— Bugun kechki ovqatni men qilaman.

— Tae, rostdan ham shart emas.

— Men qaror qildim.

Minjun stulga chiqib oldi.

— Aka, men ham yordam beraman!

— Mayli, lekin pichoqni ushlamaysan.

— Xo‘p!

Bir necha daqiqadan so‘ng oshxonadan kulgi ovozlari eshitila boshladi.

— Minjun, sabzini yuvib ber.

— Bo‘ldi!

— Yo‘q, suvni bunchalik ochma.

— Voy...

Shu zahoti krandan sachragan suv Taehyungning kiyimiga tegdi.

Minjun qo‘rqib ketdi.

— Kechirasiz, aka...

Taehyung bir soniya jim turdi-da, keyin kulib yubordi.

— Hechqisi yo‘q.

Bu kulgini eshitgan Luveria xonasidan chiqib keldi.

Oshxonaga kirishi bilan kulgisini tiyolmadi.

Taehyungning ko‘ylagi ho‘l bo‘lib ketgan, Minjun esa aybdorona boshini egib turardi.

— Nima bo‘ldi sizlarga?

Taehyung yelka qisdi.

— Oshpazning yordamchisi biroz shoshilib yubordi.

Minjun sekin opasining ortiga yashirindi.

— Opa... aka mendan xafa emas-a?

Taehyung darrov javob berdi:

— Albatta yo‘q.

U Minjunning oldiga kelib cho‘kkaladi.

— Xatolar ham bo‘lib turadi. Muhimi, ehtiyot bo‘lishni o‘rganish.

Minjunning yuzida yana tabassum paydo bo‘ldi.

Luveria esa Taehyungga tikilib qoldi.

U nafaqat unga, balki kichkina ukasiga ham mehr bilan muomala qilayotganini ko‘rib, yuragida iliq tuyg‘u paydo bo‘ldi.

Ichida esa sekin pichirladi:

— Balki... u faqat rol o‘ynamayotgandir...

Luveria 🪷

Kechki ovqat tayyor bo'lgach, uchalasi stol atrofiga o'tirishdi.

Minjun bir qoshiq ovqat yeboq xursand bo'lib yubordi.

— Aka, yana shunday ovqat pishirasizmi?

Taehyung kulib bosh irg'adi.

— Agar opang ruxsat bersa.

— Men ruxsat beraman!

Luveria kulib yubordi.

— Mendan oldin javob berib yubording-ku.

Ovqat tugagach, Minjunning ko'zlari asta-sekin yumila boshladi.

U bir necha marta esnadi.

— Opa... uxlagim kelyapti...

— Unda yotamiz.

Luveria o'rnidan turmoqchi bo'lganida, jarohati yana ozgina og'ridi.

Buni sezgan Taehyung darhol uning oldiga bordi.

— Sen o'tir.

— Ammo Minjunni...

— Men olib boraman.

Taehyung Minjunni ehtiyotkorlik bilan bag'riga oldi.

— Qani, chempion, yotishga boramiz.

Minjun boshini Taehyungning yelkasiga qo'ydi.

— Aka...

— Ha?

— Siz ketib qolmaysizmi?

— Sen uxlaguningcha shu yerda bo'laman.

— Va'da?

— Va'da.

Taehyung uni xonasiga olib kirib, karavotga yotqizdi.

Adyolini yopib, chiroqni xiralashtirdi.

Minjun uning qo'lidan ushlab oldi.

— Aka...

— Eshitaman.

— Menda dada yo'q...

Taehyung bir zum jim qoldi.

— Bilaman.

— Bugun siz... dadamga o'xshadingiz.

Taehyungning ko'zlarida mayin g'am paydo bo'ldi.

U Minjunning sochlarini sekin siladi.

— Endi uxla, chempion.

Minjun bir necha soniyadan so'ng uxlab qoldi.

Taehyung xonadan sekin chiqdi.

Mehmonxonaga qaytganda, Luveria deraza yonida o'tirgan edi.

— U uxladimi? — deb so'radi u.

— Ha.

Luveria jilmaydi.

— Rahmat.

Taehyung uning yonidagi divanga o'tirdi.

Uy ichida sukunat hukm surardi.

Deraza ortida esa mayin yomg'ir yog'a boshlagandi.

Taehyung tashqariga qarab sekin dedi:

— Bilasanmi... bu uyga kelganimda o'zimni g'alati xotirjam his qilaman.

Luveria unga qaradi.

— Nega?

Taehyung yengil tabassum qildi.

— Balki... bu yerda ilk marta o'zimni haqiqiy oiladek his qilayotgandirman.

Bu gapni eshitgan Luverianing yuragi yana bir marta tez urib ketdi.

Luveria🪷

Oradan yarim soat o'tgach, Taehyung ketishga tayyorlandi.

Eshik oldida Minjun yarim uyqu holatda ko'zlarini ishqalab turardi.

— Aka... ertaga ham kelasizmi?

Taehyung kulib uning boshini siladi.

— Albatta.

— Va'da?

— Va'da.

Minjun mamnun bo'lib yana xonasiga qaytdi.

Taehyung Luveriaga qaradi.

— Dorilaringni vaqtida ichishni unutma.

— Xo'p.

— Va dam ol.

— Bo'ldi, doktor janoblari, — dedi Luveria hazillashib.

Taehyung kulib yubordi.

— Yaxshi, unda ertaga ko'rishamiz.

— Xayr.

Eshik yopildi.

Uy yana jimjit bo'lib qoldi.

Luveria deraza oldiga borib, Taehyungning mashinasi uzoqlashguncha kuzatib turdi.

So'ng sekin xo'rsinib, xonasiga qaytdi.

— Nega u ketgandan keyin uy bunchalik bo'sh tuyulyapti?..

U karavotga o'tirmoqchi bo'lganida, jarohati birdan qattiq sanchib ketdi.

— Ah...

Luveria beixtiyor qo'li bilan jarohatlangan joyini ushladi.

Og'riq avvalgidan kuchliroq edi.

U asta karavotga o'tirdi.

— Shunchaki charchagandirman...

Ammo bir necha soniyadan keyin og'riq yana qaytdi.

Bu safar u chuqur nafas olib, ko'zlarini yumdi.

Shifokorning gaplari yodiga tushdi.

«"Agar og'riq kuchaysa, darhol shifoxonaga murojaat qiling."»

Luveria telefonini qo'liga oldi.

Ekranda Taehyungning ismi ko'rinib turardi.

U bir necha soniya tikilib qoldi.

— Yo'q... U endigina ketdi. Uni yana bezovta qilmayman.

Telefonni stolga qo'ydi.

Og'riqqa chidashga harakat qilib, sekin karavotga yotdi.

Ammo u bilmasdi...

Eshik tashqarisida Taehyung nimanidir unutib qolgani uchun yana qaytib kelayotgan edi.

Luveria🪷

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀
𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀 𝙀𝙋⁴

Ertalab.

Quyoshning iliq nurlari palata derazasidan ichkariga tushardi.

Luveria asta ko'zlarini ochdi.

Karavot yonidagi stulda Taehyung o'tirgancha uxlab qolgan edi. Uning qo'li hali ham Luverianing qo'li ustida turardi.

Luveria sekin jilmaydi.

Xuddi shu payt eshik taqilladi.

— Kirsam bo'ladimi?

Ichkariga hamshira kirib keldi.

— Xayrli tong.

— Xayrli tong, — dedi Luveria.

Hamshira uning tomir urishi va qon bosimini tekshirib bo'lgach, tabassum qildi.

— Sizni xursand qiladigan xabarim bor.

Luveria qiziqib qaradi.

— Bugun javob beramiz. Uyga ketishingiz mumkin.

Luverianing yuzida tabassum paydo bo'ldi.

— Rostdanmi?

— Ha. Ahvolingiz ancha yaxshi.

Shu payt Taehyung ham uyg'onib ketdi.

— Nima bo'ldi?

Hamshira unga qarab dedi:

— Bugun javob beramiz.

Taehyung yengil nafas oldi.

— Rahmat.

Hamshira davom etdi:

— Lekin bir nechta qoidalarga amal qilishingiz kerak.

Luveria diqqat bilan tingladi.

— Bir necha hafta davomida o'zingizni ehtiyot qiling. Og'ir buyum ko'tarmang.

— Xo'p.

— Iloji boricha ko'p yurmang. Agar uzoqroq yurishingiz kerak bo'lsa, yoningizda sizga yordam beradigan odam bo'lsin.

Taehyung darhol javob berdi.

— Men yordam beraman.

Hamshira kulimsiradi.

— Juda yaxshi. Birinchi kunlarda zinadan chiqish yoki uzoq masofaga piyoda yurishdan ham saqlaning.

— Tushundim, — dedi Luveria.

— Agar og'riq kuchaysa yoki o'zingizni yomon his qilsangiz, darhol shifoxonaga murojaat qiling.

Luveria bosh irg'adi.

— Rahmat.

Hamshira hujjatlarni stol ustiga qo'yib chiqib ketdi.

Palatada faqat Taehyung va Luveria qoldi.

Taehyung unga qarab yengil kuldi.

— Demak, bugun seni uyga olib ketaman.

Luveria ham kulimsiradi.

— Men o'zim yura olaman.

Taehyung boshini chayqadi.

— Doktorning gapini eshitding-ku. Endi sen o'zingni qiynamaysan.

Luveria indamay unga qaradi.

Taehyung esa jiddiy ohangda qo'shib qo'ydi:

— Men yoningda ekanman, seni yolg'iz yurishga qo'ymayman.

Oradan ikki kun o'tdi.

Luveria shifokor aytganidek uyda dam olayotgandi.

Eshik qo'ng'irog'i chalindi.

"Ding-dong."

— Kim ekan?

U sekin eshik tomon yurib, uni ochdi.

Eshik oldida taxminan qirq yoshlardagi ayol turardi. Yonida esa jingalak sochli, katta ko'zli kichkina bola onasining qo'lidan mahkam ushlab olgandi.

Luveria ayolni ko'rib bir zum qotib qoldi.

— ...Ona?

Ayolning ko'zlari namlandi.

— Salom, qizim.

Oralarida noqulay sukunat cho'kdi.

Luveria sekin chetga chiqdi.

— Ichkariga kiring.

Ayol kichkina bola bilan uyga kirdi.

Bola qiziqib atrofga qarardi.

— Voy... opa, uyingiz juda chiroyli ekan.

Luveria unga mayin tabassum qildi.

— Rahmat.

Ayol divanga o'tirdi.

— Luveria... Bilaman, meni ko'rishni xohlamasang ham haqing bor.

Luveria indamadi.

— Lekin sendan bitta iltimos bilan keldim.

— Qanaqa iltimos?

Ayol yonidagi bolaga mehr bilan qaradi.

— Bu ukang.

Luveria bolaning yuziga diqqat bilan qaradi.

Uning ko'zlari onasinikiga juda o'xshardi.

— Ismi Minjun.

Kichkina bola kulib qo'lini silkitdi.

— Salom, opa!

Luveria ham sekin bosh irg'adi.

— Salom.

Onasi chuqur xo'rsindi.

— Ishim sababli o'n kunga boshqa shaharga ketishim kerak.

— Iltimos... Shu vaqt ichida Minjunga qarab tursang bo'ladimi?

Luveria hayrat bilan unga qaradi.

— Menmi?

— Ha.

— Ammo...

— Bilaman, sendan bunday narsani so'rashga haqqim yo'q.

Ayolning ovozi titradi.

— Men seni bolalar uyiga tashlab ketganimni oqlamayman. O'sha qarorim uchun har kuni afsuslanaman.

Luveria ko'zlarini yerga qadadi.

Ayol davom etdi:

— Lekin hozir mendan boshqa yordam so'raydigan odam yo'q.

Shu payt Minjun sekin Luverianing oldiga keldi.

U kichkina qo'llari bilan Luverianing barmoqlaridan ushladi.

— Opa...

— Men yaxshi bola bo'laman.

— Sizni umuman bezovta qilmayman.

Luverianing yuragi bir zum yumshab ketdi.

U bolaning beg'ubor ko'zlariga qaradi.

So'ng onasiga yuzlandi.

— Mayli...

— O'n kun qarab turaman.

Onasining ko'zlariga yosh keldi.

— Rahmat... Katta rahmat, qizim.

Luveria hech narsa demadi.

Uning nigohi esa yonida quvonchdan kulib turgan to'rt yoshli ukasida edi.

Luveria🪷

Onasi ketishga tayyorgarlik ko'rayotganda, Luveria indamay deraza oldiga borib turdi.

Minjun esa mehmonxonada o'yinchoq mashinasini polga yurgizib o'ynardi.

Luveria chuqur xo'rsindi.

— Qanday qilib unga qarayman?..

U sekin o'zining hali to'liq tuzalmagan joyiga qo'lini tekkizdi.

Harakat qilganda hamon og'riq sezilardi.

— Shifokor ko'p yurma, og'ir narsa ko'tarma degandi...

U kichkina ukasiga qaradi.

— U endi to'rt yoshda. Ovqatini tayyorlash, kiyintirish, sayr qildirish... Bularning hammasini qanday qilaman?

Bir zum xayoliga Taehyung keldi.

— Tae yordam bera olarmidi?..

Luveria darrov boshini chayqadi.

— Yo'q...

— Bo'lmaydi.

— Unga allaqachon juda ko'p muammo yukladim. Meni himoya qildi, shifoxonada yonimda qoldi... Endi yana yordam so'rasam, uyalib ketaman.

U telefonini qo'liga oldi.

Taehyungning ismi ekranda ko'rinardi.

Barmog'i qo'ng'iroq tugmasi ustiga bordi.

Ammo bir necha soniyadan keyin telefonni yana stol ustiga qo'ydi.

— Yo'q, Luveria... Bu safar o'zing uddalashing kerak.

Shu payt kichkina Minjun uning oldiga yugurib keldi-da, oyog'ini quchoqlab oldi.

— Opa...

— Men siz bilan qolganimdan xursandman.

Luveria uning sochlarini mayin siladi.

Yuzida tabassum paydo bo'lgan bo'lsa-da, yuragida bitta savol aylanardi.

— Rostdan ham buni yolg'iz uddalay olamanmi?..

Oradan yarim soat o'tdi.

Luverianing onasi chamadonini oldi.

U Minjunning oldiga cho'kkalab o'tirdi.

— Onajon, opangning gapiga quloq solasanmi?

Minjun boshini tez-tez qimirlatdi.

— Solaman!

— Yaxshi bola bo'lasanmi?

— Ha!

Ayol uning peshonasidan o'pdi, so'ng Luveriaga yuzlandi.

— Yana bir bor rahmat.

Luveria shunchaki bosh irg'adi.

Eshik yopildi.

Uy ichida sukunat cho'kdi.

Endi uyda faqat Luveria va Minjun qolishgandi.

Minjun atrofga qiziqib qaradi.

— Opa...

— Ha?

— Qornim ochdi.

Luveria kulimsiradi.

— Nima yeging keladi?

— Ramyon!

— Ramyonmi?

— Ha!

Luveria oshxonaga kirib, shkaflarni ochdi.

Yaxshiyamki, bir nechta ramyon bor ekan.

U ehtiyotkorlik bilan suv qo'ydi.

Ammo qaynayotgan qozonni ko'tarmoqchi bo'lganida, jarohati sanchib og'ridi.

— Ah...

U beixtiyor qo'lini qorniga qo'ydi.

Minjun yugurib keldi.

— Opa, og'riyaptimi?

Luveria darrov tabassum qilishga urindi.

— Yo'q, hechqisi yo'q.

— Rostdanmi?

— Ha.

Shu payt eshik qo'ng'irog'i chalindi.

Ding-dong.

Luveria hayron bo'ldi.

— Kim ekan?

U sekin borib eshikni ochdi.

Eshik oldida Taehyung turardi.

Bir qo'lida mevalar solingan paket, ikkinchi qo'lida esa dorilar bor edi.

— Salom.

Luveria hayratdan ko'zlarini kattalashtirdi.

— Tae?.. Sen bu yerda nima qilyapsan?

Taehyung yengil kulimsiradi.

— Shunchaki ahvolingni ko'rgani keldim.

Shu payt Minjun Luverianing orqasidan mo'raladi.

Taehyung kichkina bolaga qarab hayron bo'ldi.

— Bu... kim?

V🪷

Luveria biroz noqulay tortdi.

— Bu... ukam.

Taehyung hayrat bilan Minjunga qaradi.

— Ukang bormi?

— Ha. Ismi Minjun. To'rt yoshda.

Minjun Taehyungga qiziqib tikildi.

— Aka, siz opamning yigiti bo'lasizmi?

Luveria darrov:

— Minjun!

deb uyalib yubordi.

Taehyung esa kulimsiradi.

— Ha... shunday desa ham bo'ladi.

Minjunning ko'zlari chaqnab ketdi.

— Voy! Mening opamning yigiti bor ekan!

U Taehyungning oldiga yugurib bordi.

— Men Minjunman!

Taehyung cho'kkalab, u bilan ko'rishdi.

— Men Taehyung.

— Siz mashina haydaysizmi?

— Ha.

— Voy! Meni ham aylantirasizmi?

Taehyung kulib yubordi.

— Opang ruxsat bersa, albatta.

Luveria ham beixtiyor kulimsiradi.

Taehyung uy ichiga kirarkan, oshxonadan kelayotgan ramyon hidini sezdi.

— Ovqat qilayotganmiding?

— Ha... Minjun och qolibdi.

Taehyungning nigohi qozonga, keyin esa Luveriaga tushdi.

— Shifokor senga og'ir narsa ko'tarma degan edi.

Luveria indamay qoldi.

— O'zim qilaman deb o'ylagandim.

Taehyung yengil xo'rsindi.

— Sen hali tuzalmagansan.

U yenglarini shimardi.

— Qani, chetga o'tir.

— Yo'q, o'zim...

— Luveria.

Taehyung bu safar jiddiy ohangda gapirdi.

— Bir marta bo'lsa ham mening gapimni eshit.

Luveria uning ko'zlariga qaradi-da, oxiri taslim bo'ldi.

— Mayli...

Taehyung tabassum qildi.

— Mana endi yaxshi.

U ramyonni tayyorlay boshladi.

Minjun esa Luverianing yoniga kelib sekin pichirladi:

— Opa...

— Ha?

— Menga bu aka juda yoqdi.

Luveria kulgisini zo'rg'a yashirdi.

— Nega?

Minjun jiddiy yuz bilan javob berdi:

— Chunki u sizni kuldiryapti.

Minjun

Bir necha daqiqadan so'ng ramyon tayyor bo'ldi.

Taehyung uchta kosaga ovqat suzib, stolga qo'ydi.

— Tayyor.

Minjun darrov stulga o'tirdi.

— Voy! Juda mazali hid kelyapti!

Taehyung kulib uning boshini siladi.

— Avval "yoqimli ishtaha" de.

— Yoqimli ishtaha!

Uchalasi ovqatlana boshlashdi.

Minjun bir qoshiq yeboq ko'zlarini katta ochdi.

— Aka, siz juda zo'r ovqat pishirar ekansiz!

— Rahmat.

— Endi har kuni biznikiga kelasizmi?

Luveria suv ichayotgan edi. Bu gapni eshitib, deyarli yo'talib yubordi.

— Minjun...

Kichkina bola hech narsani sezmay davom etdi.

— Opa yolg'iz qolsa tez charchab qoladi.

Taehyungning tabassumi asta yo'qoldi.

— Charchaydimi?

Minjun bosh irg'adi.

— Ha. Hozir ham qozonni ko'tarayotganda "ah" dedi.

Luveria darrov ukasiga qaradi.

— Minjun...

— Men rostini aytdim-ku.

Taehyung indamay Luveriaga qaradi.

— Demak, og'riyotganini mendan yashirding.

Luveria ko'zlarini olib qochdi.

— Unchalik emas edi.

— Shunday bo'lsa ham, o'zingni qiynashing kerak emas.

Palatada emas, endi o'z uyida ham Taehyungning xavotirli nigohidan qochish qiyin edi.

Ovqat tugagach, Taehyung idishlarni yig'ishtira boshladi.

— Yo'q, men yuvaman, — dedi Luveria.

— Sen o'tir.

— Ammo...

— Men qilaman.

Luveria indamay qoldi.

Minjun esa sekin opasining qulog'iga pichirladi:

— Opa...

— Nima?

— Shu akani qo'yib yubormaylik.

— Nega?

— Chunki u kelganidan beri siz bir necha marta kuldingiz.

Luveria ukasiga qarab kulib yubordi.

O'sha paytda oshxonadan chiqayotgan Taehyung ularning kulayotganini ko'rib, o'zi ham beixtiyor jilmaydi.

Uy ichida uzoq vaqtdan beri ilk bor iliq va xotirjam muhit hukm surayotgandi.

Kech kirib qolgandi.

Taehyung soatiga qaradi.

— Men asta-sekin ketay.

Minjun darrov boshini ko'tardi.

— Yo'q!

Taehyung kulib qo'ydi.

— Nega?

— Ketmang.

Minjun yugurib kelib Taehyungning oyog'ini quchoqlab oldi.

— Yana ozroq qoling.

Taehyung Luveriaga qaradi.

Luveria yelka qisdi.

— Menimcha, u sizni qo'yib yubormaydi.

Taehyung cho'kkalab Minjunning ko'ziga qaradi.

— Men ertaga yana kelaman.

— Rostdanmi?

— Ha. Senga yolg'on gapirmayman.

Minjun barmog'ini uzatdi.

— Unda va'da.

Taehyung kulib, kichkina barmog'ini uning barmog'iga tekkizdi.

— Va'da.

Shundan keyingina Minjun uni qo'yib yubordi.

Taehyung eshik oldiga kelganda Luveria ham kuzatib chiqdi.

— Tae...

— Ha?

— Bugun uchun rahmat.

— Rahmat aytishing shart emas.

— Baribir.

Taehyung bir muddat jim turdi.

— Luveria, bir narsani so'rasam maylimi?

— Albatta.

— O'n kun davomida ukangga yolg'iz qaramoqchimisan?

Luveria boshini egdi.

— Boshqa ilojim yo'q.

— Bor.

Luveria hayron bo'lib unga qaradi.

Taehyung xotirjam ohangda davom etdi:

— Men yordam beraman.

— Yo'q, kerak emas.

— Nega?

— Chunki seni yana bezovta qilishni xohlamayman.

Taehyung yengil kulimsiradi.

— Luveria, men bu uyga o'zim keldim. Sen meni majburlamading.

Luveria indamadi.

— Bundan tashqari, Minjun menga yoqib qoldi.

Shu payt ichkaridan kichkina ovoz eshitildi:

— Akaaa!

Ikkalasi ham kulib yuborishdi.

Taehyung yana Luveriaga qaradi.

— Ertaga darsdan keyin kelaman. Minjun bilan qolaman, sen esa dam olasan.

— Ammo...

— Bu safar rad javobini qabul qilmayman.

Luveria bir necha soniya unga tikilib turdi.

So'ng asta kulimsiradi.

— Mayli... rahmat.

Taehyung ham kuldi.

— Ertaga ko'rishamiz.

U mashinasiga o'tirib ketarkan, Luveria uzoq vaqt uning ortidan qarab qoldi.

Negadir, Taehyung ketganidan keyin uy yana biroz bo'shab qolgandek tuyuldi.

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀
𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀 𝙀𝙋³

Telefon ushlab turgan yigit kulib yubordi.

— Voy, uzr! Juda yaxshi kadr chiqdi.

Taehyung qo'lini Luverianing belidan oldi.

— O'chirib tashla.

— Nega? Juda chiroyli tushibdi-ku.

Yigit telefonini ko'tarib suratni ko'rsatdi.

Rasmda Taehyung Luveriani yiqilishdan ushlab qolgan, ikkalasi esa bir-biriga tikilib turardi.

— Kinodagi sahnaga o'xshaydi, — dedi yigit kulib.

Luverianing yuzi qizarib ketdi.

— Iltimos, o'chirib tashlang.

— Mayli, mayli.

Yigit suratni o'chirib tashladi.

— Endi bayroqni qidiringlar, bo'lmasa yutqazasizlar.

Taehyung va Luveria yana yo'lda davom etishdi.

Bir necha daqiqadan so'ng ular daraxtga bog'langan qizil bayroqni topishdi.

— Topdik! — dedi Luveria quvonib.

Taehyung bayroqni yechib oldi.

— Endi qaytamiz.

Ular maydonga birinchilardan bo'lib yetib kelishdi.

O'qituvchi jilmaydi.

— Tabriklayman. Birinchi bo'ldingizlar.

Sinfdagilar qarsak chalishdi.

Ammo qizlarning ayrimlari bundan mamnun emas edi.

— Omadlari kelibdi, xolos...

— Ha, boshqa narsa emas.

Kechga yaqin o'qituvchi yana hammani yig'di.

— Bugun kechqurun gulxan atrofida o'tiramiz. Hamma qatnashadi.

Quyosh asta-sekin botib, osmonni to'q sariq rangga bo'yay boshladi.

O'quvchilar gulxan atrofida aylana bo'lib o'tirishdi.

Kimdir gitara chalardi, boshqalar qo'shiq aytardi.

Luveria olovga tikilib o'tirgan edi.

Shu payt Taehyung sekin uning yoniga o'tirdi.

— Sovqotyapsanmi?

— Biroz.

Taehyung indamay ustidagi kurtkasini yechib, uning yelkasiga yopdi.

— Sen-chi?

— Menga sovuq emas.

Luveria kurtkani mahkamroq o'radi.

— Rahmat...

Ularning bu holatini uzoqdan kuzatayotgan qizlardan biri jahl bilan mushtini qisdi.

— Yetar...

U sekin o'rnidan turdi va hech kim sezmagan holda qorong'i tomonga yurib ketdi.

Uning xayolida esa faqat bitta reja bor edi...

Gulxan atrofidagi suhbatlar davom etardi.

Luverianing telefoni titradi.

Noma'lum raqamdan xabar kelgandi.

«"Taehyung seni o'rmon yo'lagi oldida kutyapti. Muhim gapi bor ekan. Hech kimga aytma."»

Luveria xabarga bir necha soniya tikilib qoldi.

— Tae nega o'zi yozmadi ekan?..

Shunga qaramay, u sekin o'rnidan turdi.

— Hozir kelaman, — dedi yonidagilarga.

Hech kim shubhalanmadi.

Luveria o'rmon yo'lagi tomon yurdi.

Atrof jimjit edi. Daraxtlar orasidan faqat shamolning ovozi eshitilardi.

— Tae...?

Javob bo'lmadi.

— Qayerdasan?

Birdan orqasidan qadam tovushlari eshitildi.

Luveria ortiga o'girilishi bilan qora kiyimdagi bir qiz uning qarshisida paydo bo'ldi.

— Demak, kelding.

Luveria hayron bo'ldi.

— Sen... meni chaqirdingmi?

Qiz istehzoli kuldi.

— Albatta. Taehyung hech qachon seni bu yerga chaqirmagan.

Luveria ortga bir qadam tashladi.

— Nima xohlaysan?

— Faqat bitta narsa... Taehyungdan uzoqroq yurishingni.

— Men...

Luveria gapini tugatishga ulgurmay, qiz qo'lidagi pichoqni chiqardi.

— Afsuski, endi juda kech.

Luveria qo'rqib ortga chekindi.

— Bunday qilma!

Keyingi lahzada qiz unga tashlandi.

Luveria chetga chiqishga urindi, ammo baribir yengil jarohat oldi va og'riqdan yerga o'tirib qoldi.

Qiz qo'rqib ketdi.

— Men... men bunday bo'lishini xohlamagandim...

U shoshilgancha qorong'ilik tomon yugurib ketdi.

Luveria esa titrayotgan qo'llari bilan telefonini oldi.

Ekran xiralashib ko'rinardi.

U zo'rg'a bitta ismni bosdi.

Taehyung.

Qo'ng'iroq ketdi...

— Luveria? — dedi Taehyungning ovozi. — Nima bo'ldi?

Luverianing ovozi zo'rg'a eshitildi.

— Tae... o'rmonda...

Aloqa uzildi.

Taehyung o'rnidan sapchib turdi.

— LUVERIA?!

U bir soniya ham kutmay, o'rmon tomon yugurdi.

V🪷

— LUVERIA!

Taehyungning ovozi tun sukunatini yorib yubordi.

U o'rmon yo'lagi bo'ylab yugurar, atrofga xavotir bilan qarardi.

— Luveria! Qayerdasan?!

Bir necha soniyadan so'ng u daraxt tagida o'tirgan Luveriani ko'rdi.

— Luveria!

Taehyung darhol uning yoniga cho'kkaladi.

— Menga qara... Eshityapsanmi?

Luveria zo'rg'a ko'zlarini ochdi.

— Tae...

— Men shu yerdaman.

Taehyung kurtkasini yechib, ehtiyotkorlik bilan uning yelkasiga yopdi.

— Hammasi yaxshi bo'ladi.

Luveria gapirishga urindi.

— Bir... qiz...

— Kim edi?

Luveria boshini sekin chayqadi.

— Yuzini... ko'rmadim...

Taehyung darhol telefonini olib, tez yordam va o'qituvchilarga qo'ng'iroq qildi.

Oradan ko'p o'tmay o'qituvchilar va bir necha o'quvchi ham yugurib kelishdi.

— Nima bo'ldi?!

Taehyung xotirjamligini saqlashga harakat qildi.

— Kimdir unga hujum qilgan. Tez yordam yo'lda.

O'qituvchi darhol boshqa o'quvchilarga murojaat qildi.

— Hech kim bu yerdan ketmaydi. Hamma maskanga qaytsin.

Bir necha daqiqadan so'ng tez yordam mashinasining ovozi eshitildi.

Shifokorlar Luveriani ehtiyotkorlik bilan zambilga yotqizishdi.

Uni olib ketishayotganida Luveria sekin Taehyungning qo'lidan ushladi.

— Ketma...

Taehyung uning qo'lini mahkam ushladi.

— Ketmayman.

— Va'da?

— Va'da.

Tez yordam mashinasi eshiklari yopildi.

Taehyung ham ichkariga chiqdi.

Mashina shifoxona tomon yo'l oldi.

Tun esa odatdagidan ham sokin edi.

Ammo Taehyung ichida bitta qaror allaqachon qabul qilingandi.

Luveriaga buni qilgan odam kim bo'lishidan qat'i nazar, u haqiqatni albatta topardi.

V🪷

Tez yordam mashinasi shifoxona oldida to'xtashi bilan shifokorlar Luveriani zudlik bilan ichkariga olib kirishdi.

Taehyung ham ularning ortidan yugurdi.

Ammo operatsiya bo'limi eshigi oldida hamshira uning yo'lini to'sdi.

— Kechirasiz, siz bu yerdan nariga o'tolmaysiz.

— Lekin...

— Iltimos, kuting.

Og'ir temir eshik yopildi.

Taehyung ilk bor o'zini mutlaqo ojiz his qildi.

U devorga suyangancha boshini egdi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, maktab direktori va o'qituvchilar ham shifoxonaga yetib kelishdi.

— Taehyung, ahvoli qanday? — deb so'radi sinf rahbari.

— Hali hech narsa deyishmadi...

Direktor chuqur xo'rsindi.

— Politsiyaga xabar berdik. Ular tez orada kelishadi.

Taehyung bosh irg'adi.

Bir soat...

Ikki soat...

Vaqt juda sekin o'tayotgandek tuyulardi.

Nihoyat operatsiya bo'limi eshigi ochildi.

Shifokor tashqariga chiqdi.

Taehyung darhol uning yoniga bordi.

— Doktor, u yaxshimi?

Shifokor xotirjam ohangda javob berdi:

— Xavfli vaziyatdan chiqdi. Hozircha kuzatuv ostida qoladi. Bir muddat dam olishi kerak.

Taehyung yengil nafas chiqardi.

— Uni ko'rsam bo'ladimi?

— Besh daqiqaga.

Taehyung palataga sekin kirdi.

Luveria hali uyg'onmagan edi.

Yuzlari oqarib ketgan, qo'liga tomchi dori ulangan edi.

Taehyung karavot yonidagi stulga o'tirdi.

U sekin Luverianing qo'lidan ushladi.

— Kechir...

— Men seni himoya qilaman degandim.

— Ammo baribir senga zarar yetdi.

Palatada yana sukut hukm surdi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, Luverianing barmoqlari asta qimirlagandek bo'ldi.

Taehyung darhol boshini ko'tardi.

— Luveria...?

Qizning ko'zlari asta-sekin ochildi.

U xiralashgan nigohi bilan Taehyungga qaradi.

— ...Tae?

Taehyungning ko'zlaridagi xavotir bir oz bosildi.

— Men shu yerdaman.

Luveria zaif jilmayishga harakat qildi.

— Sen... ketmabsan.

Taehyung uning qo'lini yana ham mahkamroq ushladi.

— Axir senga va'da berganman.

— Hech qachon seni yolg'iz qoldirmayman.

Palatada sukunat hukm surardi.

Faqat yurak urishini kuzatib turuvchi apparatning bir maromdagi ovozi eshitilardi.

Luveria sekin boshini Taehyung tomonga burdi.

— Necha soat uxladim?

— Deyarli bir kun.

Luveria hayratlandi.

— Bir kun?

Taehyung bosh irg'adi.

— Hamma sendan xavotir oldi.

Shu payt eshik taqilladi.

— Kirsam bo'ladimi?

Ichkariga sinf rahbari va direktor kirishdi.

— Ahvoling yaxshimi, Luveria? — deb so'radi direktor.

— Ancha yaxshiman, rahmat.

Direktor yengil tabassum qildi.

— Bu yaxshi xabar.

Sinf rahbari mevalarni stol ustiga qo'ydi.

— Sinfdoshlaring ham seni ko'rgani kelmoqchi edi. Lekin shifokor ko'p odam kirishiga ruxsat bermadi.

Luveria bosh irg'adi.

— Rahmat.

Direktorning chehrasi jiddiylashdi.

— Politsiya voqeani tekshiryapti. Dam olganingdan keyin sendan ham bir necha savol so'rashadi.

— Men u qizning yuzini yaxshi ko'rmadim...

— Muammo emas. Qo'limizda boshqa dalillar ham bor.

Taehyung hayron bo'lib qaradi.

— Qanday dalillar?

Direktor javob berdi:

— Dam olish maskanining ayrim joylarida kuzatuv kameralari bor ekan. Politsiya yozuvlarni tekshiryapti.

Taehyungning ko'zlarida umid paydo bo'ldi.

— Demak, aybdorni topishlari mumkin.

— Ha.

Direktor va o'qituvchi chiqib ketishdi.

Palatada yana ikkovigina qoldi.

Luveria oynadan tashqariga qarab pichirladi:

— Tae...

— Eshitaman.

— Agar o'sha kuni sen meni topmaganingda nima bo'lardi?

Taehyung javob bermadi.

U bu savol haqida o'ylashni ham istamasdi.

Bir necha soniyadan so'ng u xotirjam ovozda dedi:

— Ammo topdim.

Luveria unga qaradi.

— Va bundan keyin ham seni yolg'iz qoldirmayman.

Shu payt palata eshigi yana sekin ochildi.

Eshik ortida esa qalpoq kiygan notanish bir qiz turardi.

U ichkariga kirishga jur'at qilmay, Luveriaga uzoq tikildi.

So'ng hech narsa demasdan ortiga burilib, shoshilgancha ketib qoldi.

Buni esa Taehyung ham, Luveria ham payqamadi.

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀
𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀 𝙀𝙋²

Qizlar asta-sekin ortlariga o'girilishdi.

Taehyung qo'lida telefoni bilan turardi. Uning nigohlari odatdagidan ham sovuqroq edi.

Yerda o'tirgan Luverianing yorilgan labi va to'zg'igan sochlarini ko'rishi bilan uning jag'i taranglashdi.

— Kim boshladi? — dedi u past, ammo jahlga to'la ovozda.

Hech kim javob bermadi.

Taehyung Luverianing oldiga kelib, cho'kkaladi.

— Tura olasanmi?

Luveria sekin bosh irg'adi.

Taehyung ehtiyotkorlik bilan uni o'rnidan turg'izdi.

— Yaxshimisan?

— Ha... unchalik emas.

Taehyung uning labidagi qonni ko'rib, bir lahza indamay qoldi.

Keyin qizlarga qaradi.

— Men sizlarni ogohlantirgandim.

Qizlardan biri jur'at topib gapirdi.

— Tae... biz faqat—

— Jim.

Qiz darrov gapini to'xtatdi.

— Biror marta ham Luveriaga tegmang degandim. Gapim tushunarsiz bo'lganmi?

Koridor atrofida to'plangan o'quvchilar ham sukut saqlab turishardi.

Taehyung Luverianing qo'lidan ushladi.

— Yur.

Ikkalasi endi ketayotganida qizlardan biri baland ovozda dedi:

— U bunga arzimaydi!

Taehyung qadamini to'xtatdi.

Sekin ortiga burildi.

— Kim mening hayotimda bo'lishini men hal qilaman. Siz emas.

Bu gapdan keyin hech kim bir og'iz ham so'z ayta olmadi.

Taehyung yana Luveriaga yuzlandi.

— Kasalxonaga boramiz.

— Kerak emas, men yaxshiman.

— Bu safar mening gapimni eshitasan.

Luveria uning jiddiy yuziga qarab, indamay bosh irg'adi.

Taehyung sumkasini olib, sekin uning yelkasiga qo'ydi.

So'ng ikkalasi maktab darvozasidan chiqib ketishdi.

Ularning ortidan esa butun maktab o'quvchilari hayrat bilan qarab qolishdi.

Endi hamma bitta narsani tushungandi...

Taehyung Luveriani hech kimga ozor berishga yo'l qo'ymasdi.

V🪷

Taehyung Luveriani mashinasiga o'tqazdi. Mashina ichida uzoq vaqt sukut saqlandi.

Luveria oynadan tashqariga qarab o'tirar, yorilgan labi achishayotganini sezdirmaslikka harakat qilardi.

Taehyung esa rulni mahkam ushlab olgandi.

Bir necha daqiqadan so'ng u gap boshladi.

— Nega menga qo'ng'iroq qilmading?

— Hammasi juda tez bo'lib ketdi...

— Qarshilik ham qilmading.

Luveria yengil kulimsiradi.

— Ular besh-olti kishi edi.

Taehyung chuqur xo'rsindi.

— Baribir seni yolg'iz qoldirmasligim kerak edi.

Mashina dorixona oldida to'xtadi.

Taehyung ichkariga kirib, bir nechta dori va bog'lov vositalarini olib chiqdi.

U mashinaga qaytgach, Luveriaga qaradi.

— Menga qara.

Luveria indamay unga yuzlandi.

Taehyung paxtaga dori surtib, ehtiyotkorlik bilan uning yorilgan labiga tekkizdi.

— Achishyaptimi?

Luveria beixtiyor yuzini tirishtirdi.

— Biroz...

— Chida.

Uning harakatlari juda ehtiyotkor edi.

Dori surtib bo'lgach, Taehyung qo'lini sekin tortdi.

— Endi yaxshiroq.

Luveria unga qarab jilmaydi.

— Rahmat.

Taehyung bir necha soniya indamay qoldi.

— Luveria...

— Ha?

— Bugundan boshlab maktabda ham, maktabdan keyin ham seni yolg'iz qo'ymayman.

— Bunga hojat yo'q.

— Bor.

— Tae...

— Men senga himoya qilishga va'da berganman. Bugun esa va'damni bajara olmadim.

Luveria uning ovozidagi aybdorlikni sezdi.

— Bu sening aybing emas.

Taehyung boshini chayqadi.

— Baribir takrorlanishiga yo'l qo'ymayman.

Luveria derazadan tashqariga qaradi.

Ularning munosabati aslida yolg'on edi.

Ammo Taehyungning xavotiri... mutlaqo haqiqiy edi.

Luveria 🪷

Ertasi kuni ertalab.

Luveria odatdagidek maktabga yolgʻiz kelmoqchi edi. Ammo darvoza oldida tanish qora mashinani koʻrib toʻxtadi.

Taehyung mashinadan tushib, uning oldiga keldi.

— Yaxshi uxladingmi?

— Ha... Sen-chi?

— Unchalik emas.

Luveria uning ko'zlari ostidagi yengil qora doiralarni payqadi.

— Kecha uxlamadingmi?

— Ko'p emas.

Taehyung uning labiga qaradi.

— Hali ham og'riyaptimi?

— Biroz.

— Yur.

Ikkalasi yonma-yon maktabga kirishdi.

Koridorda ularni ko'rgan o'quvchilar yana pichirlasha boshlashdi.

— Kechagi voqeani eshitdingmi?

— Taehyung o'sha qizlarni rosa koyibdi.

— Endi hech kim Luveriaga tegmasa kerak.

Ammo hamma ham shunday o'ylamayotgandi.

Dars tugagach, Taehyungni sinf rahbari chaqirib qoldi.

— Kim Taehyung, direktor sizni chaqiryapti.

Taehyung Luveriaga qaradi.

— Besh daqiqa kutib tur. Birga ketamiz.

— Mayli.

Taehyung chiqib ketishi bilan sinf eshigi sekin ochildi.

Kecha Luveriani urgan qizlardan biri ichkariga kirdi.

Uning ortidan yana ikki qiz kirib keldi.

— Demak, Taehyung yo'q ekan.

Luveria partasidan turdi.

— Sizlarga yana nima kerak?

Qiz istehzoli kuldi.

— Kecha Tae kelib qutqarib qoldi. Bugun-chi?

Luveria ularga tik qaradi.

— Men janjal qilishni xohlamayman.

— Ammo biz xohlaymiz.

Shu payt eshik oldidan sovuq ovoz eshitildi.

— Men ham xohlamayman.

Hamma bir vaqtning o'zida eshikka qaradi.

Taehyung direktor xonasiga umuman bormagandi.

U nimadir ko'ngliga g'ashlik solgani uchun qaytib kelgan edi.

Qizlarning yuzidagi ishonch bir zumda yo'qoldi.

Taehyung sekin ichkariga kirib, Luverianing yoniga bordi.

— Men seni yolg'iz qoldirmayman degandim.

U Luverianing qo'lidan ushladi.

— Endi esa bu gapni hamma yodida saqlasin.

Sinf ichida yana chuqur sukunat cho'kdi.

V🪷

Taehyungning so'nggi gapi aytilishi bilan sinf jimib qoldi.

Qizlar bir-birlariga xavotir bilan qarashdi.

Taehyung esa ulardan ko'zini uzmadi.

— Hammangiz.

Hech kim joyidan qimirlamadi.

— Eshitmadinglarmi?

Uning ovozi bu safar yanada sovuqroq eshitildi.

— Direktorning oldiga boramiz.

Qizlardan biri shoshib gap boshladi.

— Tae... biz faqat—

— Menga bahona kerak emas.

U Luveriaga yuzlandi.

— Sen ham yur.

Bir necha daqiqadan so'ng hammasi direktor xonasida edi.

Direktor jiddiy nigoh bilan ularga qaradi.

— Nima bo'ldi?

Taehyung bir qadam oldinga chiqdi.

— Kecha ham, bugun ham Luveriaga bezorilik qilishdi.

Direktorning yuzi jiddiylashdi.

— Rostmi?

Qizlar indamay boshlarini egib turishardi.

— Javob beringlar!

Ulardan biri sekin dedi:

— Ha...

— Kecha uni urdik.

— Bugun ham qo'rqitmoqchi bo'ldik.

Direktorning sabri tugadi.

— Maktabimizda bunaqa xatti-harakatlarga o'rin yo'q!

U stol ustidagi hujjatlarni olib, qat'iy ohangda davom etdi:

— Ota-onalaringizni maktabga chaqiraman. Sizlarga intizomiy chora ko'riladi.

Qizlarning rangi oqarib ketdi.

— Iltimos, direktor...

— Kechirim so'rashga kech bo'ldi.

Taehyung butun vaqt davomida indamay turdi.

Direktor esa Luveriaga qaradi.

— Ahvoling yaxshimi?

Luveria muloyim bosh irg'adi.

— Ha, rahmat.

— Agar yana shunday holat bo'lsa, darhol menga yoki o'qituvchilarga aytasan.

— Xo'p.

Direktor ularga chiqishga ruxsat berdi.

Xonadan chiqqach, koridorda yana sukut cho'kdi.

Taehyung sekin Luveriaga qaradi.

— Endi hech kim senga tegmaydi.

Luveria uning ko'zlariga tikildi.

— Nega men uchun shuncha harakat qilyapsan?

Taehyung bir lahza jim qoldi.

— Chunki seni himoya qilishga va'da berganman...

U bu gapni aytdi, ammo ichida bitta haqiqatni yashirayotgandi.

Bu endi shunchaki va'da emas edi.

Luveria🪷

Oradan ikki hafta o'tdi.

Maktabdagi shov-shuv asta-sekin bosildi. Hech kim endi Luveriaga ochiqchasiga tegishga jur'at etmasdi.

Dars tugagach, Taehyung odatdagidek uning partasi oldiga keldi.

— Ochmisan?

Luveria bosh irg'adi.

— Biroz.

— Unda yur, oshxonaga boramiz.

Ikkalasi yonma-yon yurib oshxonaga kirishdi.

Ular o'tirishi bilan butun oshxona ularga qarab qoldi.

— Qarang, yana birga.

— Taehyung unga ovqat ham olib berarkan.

Taehyung esa bu gaplarga e'tibor bermadi.

— Shu yerda kut, — dedi u.

Bir necha daqiqadan keyin qo'lida ikkita lagan bilan qaytdi.

— Sen nimani yaxshi ko'rishingni bilmaganim uchun bir nechtasidan oldim.

Luveria kulib yubordi.

— Buncha ovqatni ikkimiz ham yeya olmaymiz.

— Qolsa, qoladi.

Ular ovqatlanayotganda Luveria bir bo'lak go'shtni olishga uzandi. Xuddi shu paytda Taehyung ham qo'l uzatdi.

Ikkalasining qo'llari bir-biriga tegib ketdi.

Luveria darrov qo'lini tortib oldi.

— Kechir.

Taehyung esa kulimsiradi.

— Sen olaver.

Luverianing yuragi negadir tezroq ura boshladi.

— Axir bu faqat rol... Nega hayajonlanyapman?

Ovqatlanib bo'lishgach, ular maktab bog'i tomon yurishdi.

To'satdan Taehyungning telefoni jiringladi.

U ekranga qaradi va tabassumi darrov yo'qoldi.

— Kim ekan? — so'radi Luveria.

— Hech kim.

Ammo uning jiddiylashgan yuzidan bu oddiy qo'ng'iroq emasligi bilinib turardi.

— Men hozir kelaman, sen shu yerda kutib tur.

Taehyung shoshilgancha uzoqlashdi.

Luveria esa uning ortidan qarab qoldi.

U hali bilmasdi...

O'sha qo'ng'iroq ikkalasining hayotini butunlay o'zgartiradigan voqealarning boshlanishi edi.

Taehyung Luveriani mashinasiga o'tqazdi. Mashina ichida uzoq vaqt sukut saqlandi.

Luveria oynadan tashqariga qarab o'tirar, yorilgan labi achishayotganini sezdirmaslikka harakat qilardi.

Taehyung esa rulni mahkam ushlab olgandi.

Bir necha daqiqadan so'ng u gap boshladi.

— Nega menga qo'ng'iroq qilmading?

— Hammasi juda tez bo'lib ketdi...

— Qarshilik ham qilmading.

Luveria yengil kulimsiradi.

— Ular besh-olti kishi edi.

Taehyung chuqur xo'rsindi.

— Baribir seni yolg'iz qoldirmasligim kerak edi.

Mashina dorixona oldida to'xtadi.

Taehyung ichkariga kirib, bir nechta dori va bog'lov vositalarini olib chiqdi.

U mashinaga qaytgach, Luveriaga qaradi.

— Menga qara.

Luveria indamay unga yuzlandi.

Taehyung paxtaga dori surtib, ehtiyotkorlik bilan uning yorilgan labiga tekkizdi.

— Achishyaptimi?

Luveria beixtiyor yuzini tirishtirdi.

— Biroz...

— Chida.

Uning harakatlari juda ehtiyotkor edi.

Dori surtib bo'lgach, Taehyung qo'lini sekin tortdi.

— Endi yaxshiroq.

Luveria unga qarab jilmaydi.

— Rahmat.

Taehyung bir necha soniya indamay qoldi.

— Luveria...

— Ha?

— Bugundan boshlab maktabda ham, maktabdan keyin ham seni yolg'iz qo'ymayman.

— Bunga hojat yo'q.

— Bor.

— Tae...

— Men senga himoya qilishga va'da berganman. Bugun esa va'damni bajara olmadim.

Luveria uning ovozidagi aybdorlikni sezdi.

— Bu sening aybing emas.

Taehyung boshini chayqadi.

— Baribir takrorlanishiga yo'l qo'ymayman.

Luveria derazadan tashqariga qaradi.

Ularning munosabati aslida yolg'on edi.

Ammo Taehyungning xavotiri... mutlaqo haqiqiy edi.

V🪷

Oradan ikki hafta o'tdi.

Maktabdagi shov-shuv asta-sekin bosildi. Hech kim endi Luveriaga ochiqchasiga tegishga jur'at etmasdi.

Dars tugagach, Taehyung odatdagidek uning partasi oldiga keldi.

— Ochmisan?

Luveria bosh irg'adi.

— Biroz.

— Unda yur, oshxonaga boramiz.

Ikkalasi yonma-yon yurib oshxonaga kirishdi.

Ular o'tirishi bilan butun oshxona ularga qarab qoldi.

— Qarang, yana birga.

— Taehyung unga ovqat ham olib berarkan.

Taehyung esa bu gaplarga e'tibor bermadi.

— Shu yerda kut, — dedi u.

Bir necha daqiqadan keyin qo'lida ikkita lagan bilan qaytdi.

— Sen nimani yaxshi ko'rishingni bilmaganim uchun bir nechtasidan oldim.

Luveria kulib yubordi.

— Buncha ovqatni ikkimiz ham yeya olmaymiz.

— Qolsa, qoladi.

Ular ovqatlanayotganda Luveria bir bo'lak go'shtni olishga uzandi. Xuddi shu paytda Taehyung ham qo'l uzatdi.

Ikkalasining qo'llari bir-biriga tegib ketdi.

Luveria darrov qo'lini tortib oldi.

— Kechir.

Taehyung esa kulimsiradi.

— Sen olaver.

Luverianing yuragi negadir tezroq ura boshladi.

— Axir bu faqat rol... Nega hayajonlanyapman?

Ovqatlanib bo'lishgach, ular maktab bog'i tomon yurishdi.

To'satdan Taehyungning telefoni jiringladi.

U ekranga qaradi va tabassumi darrov yo'qoldi.

— Kim ekan? — so'radi Luveria.

— Hech kim.

Ammo uning jiddiylashgan yuzidan bu oddiy qo'ng'iroq emasligi bilinib turardi.

— Men hozir kelaman, sen shu yerda kutib tur.

Taehyung shoshilgancha uzoqlashdi.

Luveria esa uning ortidan qarab qoldi.

U hali bilmasdi...

O'sha qo'ng'iroq ikkalasining hayotini butunlay o'zgartiradigan voqealarning boshlanishi edi.

Ertasi kuni ertalab.

Luveria sinfga kirganida Taehyung hali kelmagandi.

U joyiga o'tirib kitobini ochgan edi, yonidagi qizlardan ikkitasi pichirlasha boshladi.

— Kecha yana Taehyung bilan ketibdi.

— Ha, ularni deyarli har kuni birga ko'rishyapti.

Luveria bu gaplarga e'tibor bermaslikka harakat qildi.

Oradan bir necha daqiqa o'tib, sinf eshigi ochildi.

Taehyung ichkariga kirdi.

— Tae!

Bir nechta qizlar darrov uning yoniga yugurishdi.

— Bugun tug'ilgan kunim, sovg'amni olib qo'ying.

— Men siz uchun shirinlik pishirdim.

Taehyung ularga odatdagidek xotirjam qaradi.

— Uzr.

U sovg'alarni ham olmadi, shirinlikni ham qabul qilmadi.

Qizlarning kayfiyati tushib ketdi.

Taehyung esa to'g'ri Luverianing yoniga bordi.

— Xayrli tong.

Luveria jilmaydi.

— Xayrli tong.

Shu payt sinfdagi bolalardan biri hazillashib dedi:

— Tae, sen o'z sevgilingdan boshqa hech kimni ko'rmay qolibsan.

Sinfdagi yigitlar kulib yuborishdi.

Taehyung esa xotirjam javob berdi:

— Shunday bo'lsa kerak.

Bu gapni eshitgan Luveria hayrat bilan unga qaradi.

— Rol uchun shunchalik ishonarli o'ynaydimi?..

Dars boshlanishiga oz qolganida o'qituvchi sinfga kirib keldi.

— Bolalar, e'lonim bor.

Hamma jim bo'ldi.

— Kelasi haftadan boshlab uch kunlik maktab sayohatiga boramiz. Xonalarni esa juftlik yoki do'stlar bilan bo'lib joylashasizlar.

Sinf bir zumda shovqin-suronga to'ldi.

Luveria esa beixtiyor Taehyungga qaradi.

Taehyung ham unga qarab, yengil kulimsiradi.

— Nazarimda, oldinda bizni qiziqarli uch kun kutyapti.

Luveria🪷

O'qituvchining e'lonidan keyin butun sinf hayajonga tushdi.

— Uch kun-a?

— Juda zo'r bo'ladi!

— Men allaqachon nima olib borishimni o'ylayapman.

Luveria esa daftariga qarab o'tirardi.

Shu payt o'qituvchi yana gap boshladi.

— Juftliklar bugunning o'zida ro'yxatdan o'tadi.

Sinfdagilar bir-birlarini chaqira boshlashdi.

— Men sen bilan!

— Yo'q, men uning bilan bo'laman!

O'qituvchi qo'lidagi ro'yxatga qarab:

— Kim Taehyung?

— Men, — dedi Taehyung.

— Sen kim bilan bir xonada bo'lasan?

Taehyung bir soniya ham o'ylamadi.

— Luveria bilan.

Sinf birdan jimib qoldi.

— NIMA?!

— Axir ular...

O'qituvchi kulib qo'ydi.

— Xonalar qizlar va o'g'il bolalar uchun alohida bo'ladi. Men faqat juftliklarni bir guruhga yozaman.

Sinf yengil kulib yubordi.

Luveria esa uyalganidan yuzini pastga soldi.

Tanaffusda u Taehyungning oldiga bordi.

— Sen nega darrov ismimni aytding?

Taehyung yelka qisdi.

— Chunki sen mening juftimsan.

— Bu faqat rol-ku.

— Bilaman.

— Unda bunchalik tabiiy gapirma.

Taehyung kulib yubordi.

— O'zim ham sezmay qolarkanman.

Luveria ham beixtiyor kulib yubordi.

Ularning kulayotganini uzoqdan kuzatib turgan qizlardan biri mushtini mahkam qisdi.

— Yetar...

Yonidagi dugonasi unga qaradi.

— Nima qilmoqchisan?

Qizning labida ayyor tabassum paydo bo'ldi.

— Sayohat boshlansin... Luveria bu maktabda qolganiga afsuslanadigan holatni o'zim yarataman.

Luveria esa bundan mutlaqo bexabar edi.

Oradan bir hafta o'tdi.

Nihoyat sayohat kuni ham yetib keldi.

Maktab hovlisida katta avtobus o'quvchilarni kutib turardi.

Hamma qo'lida sumkalari bilan hayajonlanib gaplashardi.

Luveria ham avtobus tomon yurayotgan edi.

— Luveria!

U ortiga o'girildi.

Taehyung qo'lini ko'tarib unga ishora qildi.

— Bu yoqqa kel.

Luveria uning yoniga bordi.

— Erta kelibsan.

— Sen ham.

Shu payt o'qituvchi baland ovozda gapirdi.

— Hamma avtobusga chiqsin!

O'quvchilar birin-ketin joylariga o'tira boshlashdi.

Taehyung deraza yonidagi ikkita o'rindiqqa sumkasini qo'yib qo'ygandi.

Luveria kulimsiradi.

— Menga joy olib qo'ydingmi?

— Ha.

— Rahmat.

U Taehyungning yoniga o'tirdi.

Buni ko'rgan qizlardan biri jahli chiqib dedi:

— Nega aynan uning yonida o'tiradi?

Boshqa qiz esa pichirladi:

— Chunki u Taehyungning sevgilisi-da...

Avtobus yo'lga tushdi.

Yo'l davomida ko'pchilik musiqa tinglar, kulishar va suratga tushishardi.

Bir payt avtobus kutilmaganda chuqurga tushib ketdi.

Luveria muvozanatini yo'qotib, Taehyungning yelkasiga suyandi.

— Uzr...

Taehyung kulimsiradi.

— Hechqisi yo'q.

Ammo avtobus yana silkinib ketdi.

Bu safar Luveria yiqilib ketmasligi uchun Taehyung uning qo'lidan ushlab qoldi.

— Ehtiyot bo'l.

Luveria uning qo'liga qaradi.

— Rahmat...

Atrofdagi o'quvchilar esa yana ularga tikilib qolishdi.

— Voy...

— Qaranglar, qo'l ushlashib o'tirishibdi.

Qizlarning jahli yanada chiqdi.

Taehyung esa hech kimga e'tibor bermay, qo'lini faqat avtobus tekis yo'lga chiqqandan keyingina sekin qo'yib yubordi.

Luverianing yuragi esa negadir odatdagidan tezroq ura boshlagandi.

Bir necha soatdan so'ng avtobus tog' etagidagi dam olish maskaniga yetib keldi.

O'quvchilar quvonch bilan avtobusdan tushishdi.

— Voy, bu yer juda chiroyli ekan!

— Tezroq suratga tushaylik!

O'qituvchi hammani atrofiga yig'di.

— Hozir xonalarga joylashasizlar. Bir soatdan keyin esa hamma pastdagi maydonda yig'iladi.

Hamma sumkalarini olib, o'z xonalariga yo'l oldi.

Luveria qizlar uchun ajratilgan xonaga kirdi.

U bilan yana uch nafar qiz joylashgan edi.

Qizlar unga sovuqqina qarab qo'yishdi, ammo hech narsa deyishmadi.

Luveria karavotiga sumkasini qo'yib, deraza yoniga bordi.

— Manzara juda chiroyli ekan...

Oradan bir soat o'tgach, barcha maydonga yig'ildi.

O'qituvchi qo'lidagi qog'ozga qarab dedi:

— Hozir jamoaviy o'yinlar o'tkazamiz. Har bir guruhga bittadan topshiriq beriladi.

Tasodifan Taehyung va Luveria bir guruhga tushishdi.

— Birinchi topshiriq, — dedi o'qituvchi. — O'rmon ichidagi belgilangan joydan bayroqni topib kelasizlar. Eng tez qaytgan jamoa g'olib bo'ladi.

Hamma guruhlar har tomonga yugurib ketishdi.

Taehyung va Luveria ham o'rmon yo'lagi bo'ylab yurishardi.

— Charchamadingmi? — so'radi Taehyung.

— Yo'q.

Shu payt Luveria oyog'i ostidagi toshni payqamay qoldi.

— Voy!

U muvozanatini yo'qotib oldinga yiqilayotgan edi.

Taehyung darhol uning belidan ushlab qoldi.

Ikkalasining ko'zlari bir-biriga tikildi.

— Yaxshimisan? — dedi Taehyung past ovozda.

Luveria uning qo'llari hali ham belida ekanini sezib, asta bosh irg'adi.

— Ha...

Ular bir necha soniya indamay turishdi.

Shu payt uzoqdan kamera ovozi eshitildi.

"Chiq!"

Kimdir ularning suratini olib ulgurgandi.

Taehyung va Luveria bir vaqtda o'sha tomonga qarashdi.

Daraxt ortida esa sinfdoshlaridan biri telefonini yashirishga ulgurmay qolgandi.

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀
𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀 𝙀𝙋¹

Ertalabki mayin shabada Luverianing malla sochlarini yengil hilpiratardi. U maktab darvozasi qarshisida to'xtab, ulkan binoga tikildi.

— Bugun hammasi yangidan boshlanadi... — dedi u ichida.

Qo'lidagi hujjatlarini mahkam ushlagancha ichkariga kirdi. Yuragi hayajondan tez urardi. Axir bu uning Koreyadagi ilk maktabi edi.

Direktor uni sinfiga olib bordi.

— Bolalar, bugundan boshlab sinfingizga yangi o'quvchi qo'shiladi.

Eshik sekin ochildi. Luveria ichkariga kirishi bilan sinfdagi barcha nigohlar unga qadaldi. U biroz tortinib jilmaydi.

— Salom. Mening ismim Luveria. Koreyaga yaqinda ko'chib keldim. Sizlar bilan yaxshi do'st bo'lishga umid qilaman.

O'qituvchi jilmaydi.

— Xush kelibsan, Luveria. Marhamat, bo'sh joyga o'tir.

Luveria sinfning o'rtasidagi bo'sh partaga o'tirdi. Atrofdagilar unga qiziqish bilan qarashardi. Ba'zilari pichirlashar, ba'zilari esa shunchaki kuzatishda davom etardi.

Luveria esa derazadan tushayotgan quyosh nuriga bir zum tikilib qoldi.

— Balki bu safar hammasi yaxshi bo'lar...

U hali bu maktabda taqdiri butunlay o'zgarishini va bir inson bilan uchrashuvi hayotini izdan chiqarishini bilmas edi.

Luveria🪷

Tanaffus qo'ng'irog'i chalindi.

Luveria sumkasidan telefonini olmoqchi bo'lib koridorga chiqdi. Ammo oradan ko'p o'tmay g'alati manzaraga duch keldi.

Koridorning ikki tomonida qizlar to'planib turishardi. Ba'zilari qo'llarida sovg'a qutilari, ba'zilari esa xatlar ushlab olishgan edi.

— U kelyapti! — Tezroq, joy bering! — Bugun albatta unga gapiraman!

Luveria hayron bo'lib yonidagi qizdan so'radi:

— Kechirasiz... Nima bo'lyapti?

Qiz unga ajablanib qaradi.

— Sen yangi ekaning bilinib turibdi.

— Ha...

— Shuning uchun bilmaysan. Hozir Kim Taehyung keladi.

— Kim Taehyung?

Qiz kulib yubordi.

— Butun maktabdagi eng mashhur bola. Deyarli hamma qiz unga oshiq. Har kuni shu ahvol.

Luveria yana koridorga qaradi. Haqiqatan ham nafaqat o'z sinfi, balki boshqa sinflardan ham qizlar yig'ilgandi.

Shu payt olomon asta chetga surildi.

Uzun bo'yli, malla sochli yigit xotirjam qadamlar bilan koridor bo'ylab yurib kelardi. U atrofdagi shovqinga umuman e'tibor bermas, berilgan sovg'alarni ham olmasdi.

— Taehyung! Iltimos, buni oling!

— Taehyung, siz bilan gaplashsam bo'ladimi?

Yigit esa hech kimga javob bermay, indamay yo'lida davom etdi.

Luveria hali ham koridordagi manzarani kuzatib turardi.

— Voy... Mashhurlik ham shunaqa bo'ladimi? — deb pichirladi o'ziga.

Yonida turgan qiz kulib qo'ydi.

— Bu hali hech narsa emas. Har kuni shunday.

— Demak, u doim shunchalik mashhur?

— Ha. Nafaqat maktabimizda, hatto boshqa maktabdagi qizlar ham uni taniydi.

Luveria yelka qisdi.

— Menga baribir. Men shunchaki tinchgina o'qishni xohlayman.

Qiz unga bir oz jiddiy qaradi.

— Yaxshisi, Taehyungga yaqinlashma.

— Nega?

— Chunki unga yaqinlashgan har qanday qizni hamma yomon ko'radi. Ayniqsa, uning ashaddiy muxlislari.

Luveria kulimsirab qo'ydi.

— Men u bilan tanishishni ham rejalashtirmaganman.

Shu payt Taehyung koridor bo'ylab yurib o'tarkan, bir lahzaga Luveriaga ko'zi tushdi.

Ikkalasining nigohlari bir necha soniyaga to'qnashdi.

Luveria odob yuzasidan yengil bosh irg'adi.

Taehyung esa hech narsa demay, xuddi uni eslab qolgandek bir qarab, yo'lida davom etdi.

Bu oddiy nigoh almashinuvi esa uzoqdan kuzatib turgan ba'zi qizlarning g'ashiga tegdi.

— U... nega yangi qizga qaradi?

— Menimcha, ular tanish.

— Yo'q... bo'lishi mumkin emas.

Qizlar bir-biriga shubhali nigoh tashlashdi.

Luveria esa hali bilmasdi... aynan mana shu bir necha soniyalik nigoh sabab u yaqin kunlarda ko'p muammolarga duch kelardi.

V🪷

Taehyung koridor oxirigacha ko'zdan g'oyib bo'lishi bilan maktab yana shovqin-suronga to'ldi.

Luveria esa hayron holda sinfga qaytdi.

— Rostdan ham hamma unga oshiq ekan... — dedi ichida.

Sinfga kirishi bilan bir nechta qiz uning atrofiga yig'ildi.

— Sen yangi qizsanmi?

— Ha.

— Unda yaxshilab eshit.

Luveria ularga xotirjam qaradi.

— Kim Taehyung bilan ortiqcha gaplashma.

— Nega?

— Chunki u bizning maktabdagi eng mashhur bola.

— Nafaqat bu maktabda, butun tumanda uni tanishadi.

— Har kuni qizlar unga sevgi izhor qiladi.

— Lekin u hech kimni rad ham qilmaydi, qabul ham qilmaydi.

Luveria yelka qisdi.

— Mening bunga umuman qiziqishim yo'q.

Qizlardan biri kulib qo'ydi.

— Hamma yangi kelganlar shunday deydi.

— Keyin esa Taehyungni ko'rib fikrini o'zgartiradi.

— Ammo ogohlantirib qo'yamiz... unga yaqinlashsang, biz bilan muammoing chiqadi.

Luveria bir lahza jim turdi-da, xotirjam javob berdi:

— Men bu yerga sevgi izlab emas, o'qish uchun kelganman. Kim bilan do'stlashishimni esa o'zim hal qilaman.

Qizlar uning javobidan mamnun bo'lishmadi.

— Ko'ramiz hali...

Shunday deb, ular sinfdan chiqib ketishdi.

Luveria esa deraza yonidagi joyiga o'tirib, chuqur xo'rsindi.

— "Koreyadagi birinchi kunimdayoq muammo boshlanibdi..." dedi u pichirlab.

Darslar tugagach, o'quvchilar birin-ketin sinfdan chiqa boshlashdi.

Luveria ham sumkasini yelkasiga ilib, koridor bo'ylab yurardi.

— Luveria.

Orqasidan eshitilgan chuqur ovoz uni to'xtatdi.

U ortiga o'girildi.

Taehyung qo'llarini cho'ntagiga solgancha unga tikilib turardi.

— Men bilan bir daqiqa gaplashasanmi?

Luveria hayron bo'lsa-da, bosh irg'adi.

Ikkalasi maktabning odam kam yuradigan bog' tomoniga borishdi.

Bir necha soniya sukut saqlanib qoldi.

— Senda bir iltimosim bor, — dedi nihoyat Taehyung.

— Qanaqa?

— Mening sevgilim bo'lib ko'rin.

Luveria hayratdan ko'zlarini kattaroq ochdi.

— Nima?!

— Albatta, bu haqiqiy emas.

— Unda nega?

Taehyung chuqur xo'rsindi.

— Har kuni o'nlab qizlar ortimdan yuradi. Sevgi izhorlari, sovg'alar, xatlar... Bularning hammasidan charchadim. Agar mening sevgilim bor deb o'ylashsa, balki meni tinch qo'yishar.

Luveria bir muddat indamadi.

— Nega aynan men?

— Chunki sen bu yerda yangisan. Meni yoqtiradiganlarga o'xshamaysan. Bugun ham menga umuman qiziqmading.

Luveria kulimsirab qo'ydi.

— To'g'ri.

— Evaziga seni himoya qilaman.

— Himoya?

— Ha. Bugun seni ogohlantirishganini ko'rdim. Agar mening sevgilim sifatida ko'rinish bersang, hech kim senga tegishga jur'at qilmaydi. Kimdir bezovta qilsa, men hal qilaman.

Luveria o'ylanib qoldi.

— Qancha vaqt?

— Bir yil.

— Bir yil juda uzoq-ku...

— Bilaman. Lekin bu ikkalamiz uchun ham foydali.

Luveria yengil xo'rsindi.

— Men o'ylab ko'rsam bo'ladimi?

Taehyung bosh irg'adi.

— Albatta. Ertaga javobingni kutaman.

Shunday deb u ortiga o'girildi va sekin uzoqlashdi. Luveria esa uning ortidan qarab qoldi.

— Qanday g'alati taklif...

Luveria🪷

Ertasi kuni.

Luveria odatdagidan ertaroq maktabga keldi. Kecha Taehyung aytgan gaplar hali ham xayolidan ketmagandi.

— Rostdan ham rozi bo'lsammi?..

U sinfga kirib joyiga o'tirdi.

Oradan ko'p o'tmay eshik ochildi.

Taehyung xotirjam qadamlar bilan ichkariga kirdi. Odatdagidek sinfdagi qizlarning nigohlari darrov unga qadaldi.

U esa hech kimga e'tibor bermay, to'g'ri Luverianing partasi oldiga bordi.

Butun sinf jimib qoldi.

— O'ylab ko'rdingmi? — deb so'radi Taehyung.

Luveria bir necha soniya unga qarab turdi.

— Ha.

— Xo'sh?

— Roziman.

Taehyungning lablarida yengil tabassum paydo bo'ldi.

— Rahmat.

Shu payt sinfdagi qizlardan biri o'rnidan turdi.

— Nima? Nimaga rozi bo'ldi?

Boshqa qiz ham hayron bo'lib qaradi.

— Taehyung, nima bo'lyapti o'zi?

Taehyung hech ikkilanmay Luveriaga qo'l uzatdi.

— Endi rasman... mening sevgilimsan.

Luveria chuqur nafas olib, uning qo'lini ushladi.

Sinf bo'ylab shovqin ko'tarildi.

— NIMA?!

— Hazillashyapsizlarmi?!

— Bu yangi qiz-ku!

— Qanday qilib?!

Taehyung esa xotirjam ohangda dedi:

— Hammangiz eshitib qo'ying. Bugundan boshlab Luveria — mening sevgilim. Shuning uchun unga hech kim tegmaydi.

Sinf yana shovqinga to'ldi.

Ba'zi qizlarning ko'zlari yoshlandi, ba'zilari esa Luveriaga nafrat bilan tikilib turardi.

Luveria esa ichida bitta narsani o'ylardi.

— Endi ortga yo'l yo'q...

Luveria🪷

Taehyungning gapidan keyin sinfda bir necha soniya mutlaq sukunat hukm surdi.

Keyin esa...

— Bu bo'lishi mumkin emas!

— Kechagina kelgan qiz-ku!

— Taehyung uni qayerdan taniydi?

Qizlar bir-biriga qarab pichirlasha boshlashdi.

Taehyung esa Luveriaga sekin pichirladi:

— Endi rolni boshlaymiz.

Luveria sezdirmay bosh irg'adi.

Shu payt qo'ng'iroq chalindi va o'qituvchi kirib keldi.

Dars davomida deyarli hech kim o'qituvchini tinglamadi. Hamma vaqti-vaqti bilan Luveria va Taehyungga qarab qo'yardi.

Tanaffus.

Luveria endigina sinfdan chiqmoqchi bo'lganida, uch nafar qiz uning yo'lini to'sdi.

— Sen bilan gaplashamiz.

Luveria xotirjam qaradi.

— Eshitaman.

— Taehyung bilan rostdan ham uchrashyapsanmi?

— Ha.

— Yolg'on gapirma!

— Kechagina kelib, bugun uning sevgilisi bo'lib qolibsanmi?

Luveria javob bermay turdi.

Qizlardan biri uning yelkasiga turtib yubordi.

— Bizni ahmoq deb o'ylayapsanmi?

Shu payt tanish ovoz eshitildi.

— Qo'lingni undan ol.

Qizlar bir vaqtda ortlariga o'girilishdi.

Taehyung ularga sovuq nigoh bilan tikilib turardi.

U sekin Luverianing yoniga kelib, uning bilagidan ohista ushladi.

— Men kecha nima deganimni unutdinglarmi?

Hech kim javob bermadi.

— Luveriaga tegadigan odam... men bilan ish qiladi.

Qizlar indamay bir-biriga qarashdi.

— Ketamiz...

Ular norozi holda uzoqlashib ketishdi.

Taehyung Luveriaga qaradi.

— Yaxshimisan?

Luveria bosh irg'adi.

— Ha. Rahmat.

Taehyung yengil kulimsiradi.

— Endi tushundingmi? Nega seni himoya qilishimni aytgandim.

Luveria uning ortidan ketarkan, maktabdagi deyarli barcha o'quvchilar ularga qarab turganini sezdi.

Bu "soxta munosabat" endigina boshlangandi... va hali oldinda ularni bundan ham murakkab sinovlar kutardi.

V🪷

Oradan bir hafta o'tdi.

Maktabdagilar allaqachon Taehyung va Luveriani "eng yangi juftlik" deb gapira boshlashgandi.

Kimdir ularga havas qilardi, kimdir esa Luveriaga nafrat bilan qarardi.

Ammo Taehyung bergan va'dasida turardi.

Har kuni ertalab uni maktab darvozasi oldida kutardi.

— Erta kelibsan, — dedi Taehyung.

— Men har doim shunday kelaman.

— Unda bugundan boshlab birga kiramiz.

Luveria bosh irg'adi.

Ikkalasi yonma-yon maktabga kirishdi.

Koridorda ularni ko'rgan o'quvchilar yana pichirlasha boshlashdi.

— Qaranglar...

— Yana birga kelishibdi.

— Rostdan ham uchrashishyapti, shekilli.

Luveria bunday gaplarga e'tibor bermaslikka harakat qilardi.

Ammo tanaffus payti kutilmagan voqea yuz berdi.

Taehyungni maktabning eng mashhur qizlaridan biri yo'lda to'xtatdi.

— Taehyung, sen bilan gaplashsam bo'ladimi?

Taehyung befarq qaradi.

— Nima gap?

Qiz Luveriaga bir qarab oldi.

— Ikkingiz haqingizdagi gaplarga ishonmayman.

Taehyung indamadi.

— Agar rostdan ham sevgiling bo'lsa... buni isbotla.

Atrofdagi o'quvchilar ham to'xtab, nima bo'lishini kuzata boshlashdi.

Luverianing yuragi tez ura boshladi.

Taehyung esa xotirjam qadam tashlab uning yoniga keldi.

U Luverianing qo'lidan ushladi va barmoqlarini uning barmoqlari orasiga chirmashtirdi.

— Endi ishondingmi?

Qizning yuzi birdan oqarib ketdi.

Atrofdagilar esa hayrat bilan ularga qarab qolishdi.

Luveria esa ichida bitta narsani o'ylardi:

— Bu rol... tobora haqiqiydek tuyulishni boshlayapti.

Darslar nihoyat tugadi.

Luveria sumkasini yelkasiga ilib, Taehyung bilan maktab darvozasi tomon yurdi.

— Uyga ketamizmi? — dedi Luveria.

Taehyung birdan to'xtab qoldi.

— Bir daqiqa... Telefonimni sinfda qoldiribman shekilli.

U peshonasiga yengil urib kulimsiradi.

— Sen shu yerda kutib tur. Ikki daqiqada qaytaman.

— Mayli.

Taehyung shoshilgancha yana maktab binosiga kirib ketdi.

Luveria esa darvoza yonida yolg'iz qoldi.

Oradan ko'p o'tmay uning oldiga bir nechta qiz kelib to'xtadi. Ularning yuzida tabassum yo'q edi.

— Demak, sensan-a...

Luveria ularga xotirjam qaradi.

— Nima gap?

Qizlardan biri uning oldiga yaqinlashdi.

— O'zingni Taehyungga munosib deb o'ylaysanmi?

— Men hech kimga o'zimni isbotlashim shart emas.

— Hali javob ham qaytaradi...

Boshqa qiz Luverianing yelkasidan qattiq turtib yubordi.

Luveria bir qadam ortga chekindi.

— Qo'lingizni tekkizmang.

— Bo'lmasa nima qilasan?

Yana bir turtki...

Bu safar Luveria muvozanatini yo'qotib yerga yiqildi.

Qizlar uning atrofiga o'rab olishdi.

— Taehyungni bizdan tortib olaman deb o'yladingmi?

— Kechagina kelib, o'zingni uning sevgilisi deb yuribsan!

Qizlardan biri Luverianing qo'lidan tortib o'rnidan turg'izdi-da, yuziga tarsaki tushirdi.

Luverianing labi yorilib, qon chiqdi.

U qarshilik ko'rsatishga urinayotgan edi, ammo qizlar son jihatdan ko'p edi.

Yana biri uning sochidan tortdi.

— Endi Taehyungga yaqinlashib ko'r!

Luveria og'riqdan ko'zlarini yumdi.

Xuddi shu payt orqadan sovuq va jahl aralash ovoz eshitildi.

— Nima qilyapsizlar?!

Qizlarning qo'llari bir zumda to'xtab qoldi.

𝑀𝐸𝑅𝐶𝐼𝐿𝐸𝑆𝑆||𝑆𝐻𝐴𝐹𝑄𝐴𝑇𝑆𝐼𝑍
𝑀𝐸𝑅𝐶𝐼𝐿𝐸𝑆𝑆||𝑆𝐻𝐴𝐹𝑄𝐴𝑇𝑆𝐼𝑍 EPISODE³

Ertasi kuni ertalab...

Luveria eshikni ochishi bilan polga tashlab ketilgan qora konvertni ko'rdi.

U atrofga qaradi.

Yo'lakda hech kim yo'q edi.

Konvertni olib, sekin ochdi.

Ichidan bitta surat va kichkina qog'oz chiqdi.

Suratda kecha yaralangan Taehyung mashinadan tushayotgan payti aks etgandi.

Luveriyaning qo'llari titrab ketdi.

Qog'ozda esa atigi bir jumla yozilgan edi:

"Hali ham vazifangni unutganing yo'q, shundaymi?"

Qog'ozning pastki qismida hech qanday ism yo'q edi.

Faqat qora siyoh bilan chizilgan ilon belgisi.

Luveriyaning rangi oqarib ketdi.

U bu belgini yaxshi tanirdi.

Bu... o'gay otasining yashirin tashkiloti belgisi edi.

Shu payt telefoni titradi.

Noma'lum raqam.

U qo'ng'iroqqa javob berdi.

— Alo...

Narigi tomondan sovuq ovoz eshitildi.

— Uch kundan keyin janob Kim Taehyung xayriya kechasiga boradi.

Luveriyaning yuragi tez ura boshladi.

— Men...

— O'sha kecha sening birinchi va oxirgi imkoniyating bo'ladi.

— Men buni qila olmayman...

— Bu buyruq.

Qo'ng'iroq uzildi.

Luveria telefonni sekin tushirdi.

Ko'zlari yana suratga tushdi.

Uning qo'llari qaltirardi.

— Men... nima qilaman endi...

Aynan shu payt pastdan Taehyungning ovozi eshitildi.

— Luveria, nonushta tayyor.

Luveria shosha-pisha surat va xatni tortmaga yashirdi.

— H-hozir tushaman...

U chuqur nafas olib, xonasidan chiqdi.

Ammo u sezmadi...

Yo'lakning narigi chetida turgan kimdir uning qo'lidagi qora konvertni ko'rishga ulgurgandi.

Luveria chuqur nafas olib, oshxonaga kirdi.

Taehyung odatdagidek stol boshida o'tirardi.

U boshini ko'tarib, Luveriyaga qaradi.

— Yaxshi uxlay oldingmi?

Luveria bir lahza ikkilanib qoldi.

— Ha... yaxshi.

Aslida esa tun bo'yi ko'ziga uyqu kelmagandi.

Taehyung uning yuziga sinchkov tikildi.

— Yolg'on gapirishni bilmaysan.

Luveria hayron bo'ldi.

— Nima?

— Ko'zlaring shishgan.

Luveria javob topolmadi.

U indamay stulga o'tirdi.

Xizmatkorlar nonushtani qo'yib chiqib ketishdi.

Bir necha daqiqa ikkalasi ham sukutda ovqatlandi.

Shu payt Taehyung stakanini stolga qo'ydi.

— Bugun kechqurun bir xayriya tadbiriga boramiz.

Luveriyaning qo'lidagi qoshiq yerga tushib ketdi.

Jaranglagan ovoz butun xonani tutdi.

Taehyung qoshlarini chimirdi.

— Tinchlikmi?

— H-ha... shunchaki qo'lim sirg'alib ketdi.

U ichida vahimaga tushgandi.

"Demak... qo'ng'iroqdagi gap rost ekan..."

Taehyung hech narsadan shubhalanmagandek davom etdi.

— Tayyor bo'l. Soat yettida chiqamiz.

— Mayli...

Nonushta tugagach, Taehyung o'rnidan turdi.

Eshik oldiga borganda yana bir bor ortiga qaradi.

— Luveria.

— Ha?

— O'zingni majburlama. Agar bu uyda nimadir seni bezovta qilayotgan bo'lsa, menga ayt.

Luveriyaning yuragi siqilib ketdi.

U rostini ayta olmasdi.

Faqat sekin bosh irg'adi.

— Tushundim.

Taehyung chiqib ketdi.

Luveriya esa joyida qotib qoldi.

Endi uning oldida bitta savol turardi...

O'gay otasining buyrug'ini bajaradimi... yoki Taehyungning ishonchiga xiyonat qilmaydimi?

Kech soat oltida xizmatkorlar Luveriyaning xonasiga kirishdi.

— Xonim, tayyorgarlikni boshlashimiz kerak.

To'shak ustiga uzun qora libos qo'yildi.

Libos sodda edi, ammo nihoyatda nafis.

Luveria indamay uni kiyib oldi.

Sochlari yengil turmak qilindi, bo'yniga esa nozik kumush taqinchoq taqildi.

U oynaga qaradi.

Ko'zguda o'zini tanimadi.

Yuzida tabassum yo'q edi.

Faqat charchoq...

Va qo'rquv.

Shu payt eshik taqilladi.

— Tayyormisan?

Taehyungning ovozi eshitildi.

— Ha...

Luveria eshikni ochdi.

Taehyung bir lahza unga tikilib qoldi.

Qora kostyumdagi yigit bilan qora libosdagi qiz yonma-yon turganda, ular haqiqiy er-xotindek ko'rinardi.

Ammo ikkalasi ham bu nikohning haqiqatini bilardi.

Taehyung indamay qo'lini uzatdi.

— Ketdik.

Luveria bir zum ikkilanib turdi-da, qo'lini uning qo'liga qo'ydi.

Pastga tushishlari bilan mashina allaqachon tayyor edi.

Haydovchi eshikni ochdi.

Mashina shahar ko'chalarida harakatlana boshladi.

Ichkarida esa og'ir sukunat hukm surardi.

Luveria derazadan tashqariga qarab o'tirardi.

Ko'ylagining yashirin cho'ntagida esa o'gay otasi bergan kichkina flakon bor edi.

Uning barmoqlari beixtiyor flakonga tegdi.

Yuragi tez ura boshladi.

"Yo'q... men buni qila olmayman..."

Shu payt Taehyung uning titrayotgan qo'llarini payqab qoldi.

— Sovqotyapsanmi?

Luveria tezda qo'lini tortib oldi.

— Yo'q... shunchaki biroz hayajondaman.

Taehyung kostyumining orqa o'rindig'ida turgan pidjakni olib, uning yelkasiga sekin yopdi.

— Tadbirlarda birinchi marta qatnashayotganing uchun normal holat.

Luveriya hayrat bilan unga qaradi.

Uning ko'zlariga yosh qalqdi.

"Nega menga yaxshi munosabatda bo'lyapsan...?"

Mashina ulkan mehmonxona oldida to'xtadi.

Haydovchi eshikni ochdi.

Taehyung mashinadan tushib, yana qo'lini uzatdi.

— Tayyormisan?

Luveria uning qo'liga qaradi...

So'ng o'zining yashirin cho'ntagidagi flakonga.

Bu kecha...

Uning taqdirini butunlay o'zgartirishi mumkin edi.

Mehmonxonaning ulkan eshiklari ochilishi bilan yuzlab mehmonlarning nigohi ularga qadaldi.

Fotoapparatlar chaqnay boshladi.

— Janob Kim!

— Bu yoqqa qarang!

Taehyung xotirjam qadam tashlar, Luveria esa uning yonida yurardi.

U bunday muhitga umuman o'rganmagan edi.

Taehyung buni sezib, sekin pichirladi:

— Xotirjam bo'l. Faqat menga ergash.

Luveria bosh irg'adi.

Zalga kirishlari bilan turli kompaniya egalari va mehmonlar Taehyung bilan salomlasha boshlashdi.

— Janob Kim, to'yingiz muborak bo'lsin.

— Rahmat.

— Turmush o'rtog'ingiz juda go'zal ekan.

Taehyung faqat odob yuzasidan bosh irg'adi.

Luveria esa noqulay bo'lib qolgan edi.

Shu payt ofitsiant ichimliklar solingan patnisni ko'tarib ularning oldidan o'tdi.

Luveriyaning yuragi birdan tez ura boshladi.

"Hozir..."

U qo'lini sumkasiga olib bordi.

Flakon hali ham o'sha yerda edi.

Faqat bir necha tomchi...

Shu bilan hammasi tugardi.

Ammo...

U Taehyungga qaradi.

Taehyung bir keksa mehmon bilan jiddiy suhbatlashayotgan, uning yuzida hech qanday shubha yo'q edi.

Luveriyaning qo'li titray boshladi.

"Yo'q..."

"Men buni qila olmayman..."

U flakonni yana sumkasiga qaytarib qo'ydi.

Xuddi shu paytda zalning narigi burchagida qora kostyum kiygan noma'lum erkak ularni kuzatib turgandi.

U qulog'idagi naushnikka sekin gapirdi:

— Nishon harakat qilmadi.

Narigi tomondan sovuq ovoz eshitildi:

— Unda... ikkinchi rejani boshlang.

Erkak qo'ng'iroqni uzdi.

Luveria esa hali bilmasdi...

Bu kecha Taehyungning hayoti nafaqat uning qo'lida, balki boshqa birovning ham nishonida edi.

Musiqa mayin yangrar, mehmonlar bir-biri bilan suhbatlashardi.

Luveria esa o'zini g'alati his qilardi.

Birdan uning yelkasiga kimdir yengil tegdi.

U ortiga burildi.

Qora kostyum kiygan notanish erkak qo'lidagi qadahni unga uzatdi.

— Janob Kim sizga yubordilar.

Luveria qadahni olarkan, Taehyung tomonga qaradi.

U boshqa mehmonlar bilan gaplashayotgandi.

— Rahmat...

Notanish erkak hech narsa demay olomon orasiga singib ketdi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, Taehyung Luveriyaning yoniga keldi.

— Zerikmadingmi?

— Yo'q...

Taehyungning nigohi uning qo'lidagi qadahga tushdi.

— Buni kim berdi?

— Siz yubordingiz, deyishdi.

Taehyungning chehrasi birdan jiddiylashdi.

— Men hech narsa yubormadim.

Luveriyaning yuragi bir urishni o'tkazib yuborgandek bo'ldi.

— Nima...?

Taehyung hech ikkilanmay uning qo'lidan qadahni oldi.

— Buni ichma.

Xuddi shu payt...

Sharaq!

Qadah Taehyungning qo'lidan yerga tushib chil-chil sindi.

Mehmonlar cho'chib ortga qarashdi.

Taehyung polga to'kilgan suyuqlikka tikildi.

Uning nigohi sovuqlashib ketdi.

— Hamma ortga chekinsin.

Qo'riqchilar darhol ularning atrofini o'rab olishdi.

Taehyung past ovozda Luveriyaga dedi:

— Mendan bir qadam ham uzoqlashma.

Luveria nima bo'layotganini tushunmay qolgandi.

Ammo Taehyung allaqachon bitta narsani anglagan edi...

Bu hujum unga emas.

Luveriaga qilingan edi.

Zalda shovqin ko'tarildi.

Mehmonlar nima bo'lganini tushunmay, bir-birlariga savol bera boshlashdi.

Taehyung esa bir soniya ham vaqtni boy bermadi.

— Hammani tashqariga olib chiqing.

Qo'riqchilar darhol buyruqni bajarishga kirishishdi.

Luveriya esa hali ham qotib qolgandi.

— Nima bo'lyapti...?

Taehyung uning bilagidan ushladi.

— Men bilan yur.

Ikkovlari mehmonxonaning orqa yo'lagiga chiqishdi.

Yo'lak huvillab yotardi.

Taehyung birinchi marta jiddiy ohangda so'radi:

— Rostini ayt.

Luveriya uning ko'zlariga qaradi.

— Nimani?

— So'nggi kunlarda senga tahdid qilgan odam bo'ldimi?

Bu savol Luveriyaning yuragini muzlatib yubordi.

"U bilib qoldimi...?"

— Y... yo'q.

Taehyung bir necha soniya unga tikilib turdi.

— Yana yolg'on.

Luveriya ko'zlarini olib qochdi.

— Men...

Gapini tugatishga ulgurmadi.

Bang!

Yo'lak oxiridan o'q ovozi yangradi.

Taehyung bir lahzada Luveriyani o'ziga tortib, devor ortiga yashirdi.

Ikkinchi o'q devorga tegib, uchqun sachratdi.

— Pastga egil!

Luveriya qo'rquvdan qaltirab ketdi.

— T-Taehyung...

Taehyung qulog'idagi aloqa vositasini bosdi.

— Shimoliy yo'lak. Darhol yetib keling!

Narigi tomondan:

— Tushunarli, janob Kim!

Yana bir o'q ovozi eshitildi.

Taehyung Luveriyani orqasiga yashirib turardi.

Uning butun diqqati hujumchi tomonda edi.

Luveriya esa hayrat ichida unga qarab qoldi.

"U... meni himoya qilyaptimi?"

Axir bu odamni o'ldirish uchun shu yerga kelgandi.

Ammo hozir...

O'z hayotini xavf ostiga qo'yayotgan inson aynan Taehyung edi.

𝑀𝐸𝑅𝐶𝐼𝐿𝐸𝑆𝑆||𝑆𝐻𝐴𝐹𝑄𝐴𝑇𝑆𝐼𝑍
Qadam tovushlari bir necha soniya davom etdi.

Taq... taq...

Eshik sekin taqilladi.

Luveria cho'chib ketdi.

— K-kiring...

Eshik ochildi.

Ichkariga Taehyung kirdi.

Uning nigohi bir zumda Luveriyaning yuzidagi niqobga tushdi.

Bir necha soniya indamay qarab turdi.

Luveria esa noqulay bo'lib o'rnidan turdi.

— B-biror narsa kerakmidi...?

Taehyung xotirjam ohangda javob berdi.

— Kechki ovqat tayyor.

— Ishtaham yo'q.

— Bugun deyarli hech narsa yemading.

Luveria nigohini olib qochdi.

— Och emasman.

Taehyung chuqur xo'rsindi.

— Och bo'lmasang ham, organizming ovqatga muhtoj.

Luveria indamadi.

Taehyung eshik tomon yurdi-da, to'xtadi.

— O'n daqiqadan keyin pastga tush.

— Agar tushmasam-chi?

Taehyung ortiga qaramadi.

— Unda ovqatni xonangga yuboraman.

Shu gapni aytib, u xonadan chiqib ketdi.

Eshik sekin yopildi.

Luveria esa hayron qoldi.

"Men uni sovuqqon, shafqatsiz inson deb o'ylagandim..."

"Unda nega meni ovqatlanishim haqida qayg'urayotgandek tuyuldi?"

U boshini sekin chayqadi.

— Yo'q... aldanma, Luveria.

— U dushman.

Qiz chuqur nafas olib, yuzidagi niqobni yechdi.

Ichida esa tushunarsiz hissiyot paydo bo'layotgandi. Bu qo'rquvmi, qiziqishmi yoki boshqa narsa — u hali bilmasdi.

Ovqat tugagach, Taehyung sekin o'rnidan turdi.

— Menga ergash.

Luveria indamay uning ortidan yurdi.

Ikkovlari balkon tomon chiqishdi. Tungi shahar chiroqlari uzoqdan miltillab turardi.

Taehyung panjaraga suyanib, bir muddat jim qoldi.

— Senga bir narsani boshidanoq aytishim kerak.

Luveria unga savol nazari bilan qaradi.

— Eshitaman.

Taehyung chuqur nafas oldi.

— Mening sevgan insonim bor.

Bu gap Luveriyani bir lahzaga jim qoldirdi.

— Nima...?

— Bu nikohni men ham xohlamadim. Uni unutganim yo'q va unutmayman ham.

Luveria indamay tinglardi.

Taehyung davom etdi.

— Shuning uchun mendan mehr yoki sevgi kutma. Buni bera olmayman.

Luveria sekin bosh irg'adi.

— Xavotir olmang.

Taehyung unga qaradi.

— Men ham sizni sevishni rejalashtirmaganman.

Bu javobni kutmagan Taehyungning qoshlari biroz ko'tarildi.

Luveria sovuq tabassum qildi.

— Bizning nikohimiz qog'ozdagi imzodan boshqa narsa emas.

Bir necha soniya ikkalasi ham jim turishdi.

So'ng Taehyung past ovozda dedi:

— Demak, bir-birimizning hayotimizga aralashmaymiz.

— Kelishdik.

Ikkovlari qo'l ham siqishmadi.

Faqat bir-birlariga sovuq nigoh tashlashdi.

Ular hali bilishmasdi...

Taqdir ularning orasiga nafaqat majburiy nikohni, balki qon, sir va xiyonatni ham yozib qo'ygandi.

Taehyung deraza yonida to'xtadi.

— Bir narsani aniq bilib qo'y.

Luveria indamay unga qaradi.

— Bu nikohni men ham xohlamadim.

— Bu qaror ikkalamiz uchun ham boshqalar tomonidan qabul qilingan.

Luveria chuqur nafas oldi.

— Demak... ikkovimiz ham majburmiz.

— Ha.

Taehyung unga yaqinlashmadi ham.

— Men senga yomon munosabatda bo'lmayman. Lekin mendan er-xotin kabi yashashni kutma.

Luveria boshini sekin qimirlatdi.

— Men ham buni kutmayman.

Taehyung eshik tomon yurdi.

— O'z xonang bor. O'zingni bu uyda xavfsiz his qilishing uchun qo'limdan kelganini qilaman.

Bu gap Luveriyani hayratda qoldirdi.

U Taehyungni shafqatsiz mafiya vorisi deb o'ylagandi.

Ammo uning ovozida sovuqlik bo'lsa-da, yolg'on yo'q edi.

Eshik yopilgach, Luveria pichirladi:

— Balki... u men o'ylagandek inson emasdir.

Ertasi tong.

Quyosh nurlari pardaning orasidan xonaga tushardi.

Luveria sekin ko'zlarini ochdi.

Bir lahzaga qayerdaligini anglay olmadi.

Ammo xonaga nazari tushishi bilan hammasi yodiga keldi.

Majburiy nikoh...

Yangi uy...

Va bajarishi kerak bo'lgan dahshatli vazifa.

U karavotdan tushib, yuz-qo'lini yuvdi. So'ng oddiy oq ko'ylak va qora yubka kiyib, pastga tushdi.

Oshxonaga kirganida Taehyung allaqachon nonushta qilayotgan edi.

U gazetasini o'qiyotgancha, Luveriyaga bir qarab qo'ydi.

— Xayrli tong.

Luveria biroz hayron bo'ldi.

— Xayrli tong...

Xizmatkorlar uning oldiga ham nonushta qo'yishdi.

U indamay o'tirdi.

Bir necha daqiqadan so'ng Taehyung gazetasini yig'ishtirdi.

— Bugun uyni bemalol aylanib chiqishing mumkin.

Luveria boshini ko'tardi.

— Rostdanmi?

— Faqat uchinchi qavatdagi oxirgi xonaga kirma.

— Nega?

Taehyungning nigohi jiddiylashdi.

— Chunki u yer shaxsiy hududim.

Luveria ortiq savol bermadi.

— Tushundim.

Taehyung o'rnidan turdi.

— Men ishga ketyapman.

Eshik oldiga borgach, bir lahza to'xtadi.

— Agar biror narsa kerak bo'lsa, xizmatkorlarga ayt.

Shu gapni aytib, u chiqib ketdi.

Luveria esa deraza yoniga borib, hovliga qaradi.

Taehyungning mashinasi darvozadan chiqib ketarkan, u beixtiyor pichirladi:

— Sen aslida kimsan, Taehyung...?

U hali bilmasdi...

Bu uyda yopiq qolgan eng katta sir aynan o'sha taqiqlangan xonaning ortida yashiringan edi.

Taehyung ketganidan so'ng uy yana jimjit bo'lib qoldi.

Luveria sekin yo'lak bo'ylab yurardi.

Devorlarda osilgan eski suratlar uning e'tiborini tortdi.

Ba'zilarida Taehyung yosh bola edi.

Ba'zilarida esa otasi bilan turardi.

Lekin bitta ham oilaviy suratda onasi yo'q edi.

— G'alati...

Shu payt yonidan o'tayotgan keksa xizmatkorni to'xtatdi.

— Kechirasiz...

— Ha, xonim?

— Bu uydagi suratlarda nega Taehyung janobning onalari yo'q?

Xizmatkorning yuzi birdan o'zgardi.

U atrofga xavotir bilan qarab oldi.

— Bu haqda gapirish mumkin emas.

— Nega?

— Janob bu mavzuni yoqtirmaydilar.

Shunday deb, xizmatkor shoshilib uzoqlashdi.

Luveria esa hayrat bilan uning ortidan qarab qoldi.

"Nimadir yashirishyapti..."

U zinadan ikkinchi qavatga ko'tarildi.

Yo'lakning oxirida qora rangli katta eshik ko'rindi.

"Uchinchi qavatdagi oxirgi xonaga kirma..."

Taehyungning ertalab aytgan gapi yodiga tushdi.

Luveria bir necha soniya ikkilanib turdi.

So'ng boshini chayqadi.

— Yo'q... Uning ishonchini yo'qotishni xohlamayman.

U ortiga burilib ketmoqchi bo'lganida...

Pastki qavatdan shisha singanining baland ovozi eshitildi.

Luveria cho'chib ketib, darhol zinadan pastga yugurdi...

Luveria shosha-pisha pastga yugurdi.

Oshxonaga kirishi bilan yerga sochilib ketgan shisha bo'laklarini ko'rdi.

Yosh xizmatkor qiz qo'rqqanidan titrab turardi.

— M-meni kechiring... Tasodifan tushirib yubordim...

Shu payt uy boshqaruvchisi jahl bilan unga baqirdi.

— Bu oilaning qadimiy vazasi edi! Bilasanmi, uning narxi qancha?!

Xizmatkorning ko'zlariga yosh keldi.

— Iltimos... meni ishdan haydamang...

Luveria indamay ularning oldiga bordi.

— Bo'ldi.

Ikkalasi ham unga qaradi.

— Bu shunchaki tasodif. Uni ayblamang.

Uy boshqaruvchisi norozi ohangda dedi:

— Ammo janob Taehyung buni bilsalar...

— Men o'zim gaplashaman.

Bu gapni eshitgan xizmatkor qiz hayrat bilan Luveriyaga qaradi.

— Rahmat... xonim...

Luveria unga mayin jilmaydi.

— Qo'ling kesilmaganmi?

— Y-yo'q...

Luveria yerda yotgan katta shisha bo'lagini olmoqchi bo'ldi.

Ammo ehtiyotsizlik qilib, kaftini kesib oldi.

— Ah...

Qizil qon marmar polga tomchilay boshladi.

— Xonim!

Xizmatkorlar darrov uning oldiga yugurishdi.

— Tezroq dori qutisini olib keling!

Luveria esa qo'lidan oqayotgan qonga tikilib qoldi.

Negadir o'gay otasining so'zlari qulog'ida yana jarangladi:

"Nikohdan keyin... uni o'ldirasan."

U beixtiyor mushtini qisdi.

— Men... buni qila olmayman...

Ammo u hali bilmasdi...

Bu uydagi birinchi to'kilgan qon uning qo'lidan emas, taqdiridan boshlangan edi.

Xizmatkor Luveriyaning qo'lini ehtiyotkorlik bilan bog'lab qo'ydi.

— Endi yaxshi, xonim. Faqat bugun qo'lingizni ko'p ishlatmang.

— Rahmat...

Luveria sekin xonasiga qaytdi.

Deraza yoniga borib, bog'ga qaradi.

Qanchalik katta va chiroyli bo'lmasin, bu uy unga hanuz begona edi.

Shu payt hovlidan mashina ovozi eshitildi.

U pastga qaradi.

Qora avtomobil darvoza oldida to'xtagan edi.

— Taehyung...?

— Axir u kechgacha kelmayman degandi...

Bir necha soniyadan so'ng Taehyung uyga kirib keldi.

U kostyumining yenglarini yechar ekan, nigohi darrov Luveriyaning bog'langan qo'liga tushdi.

— Qo'lingga nima bo'ldi?

— Hech narsa... shunchaki ozgina kesilib qoldim.

Taehyung qoshlarini chimirdi.

— Qani, ko'rsat.

— Keragi yo'q...

— Luveria.

Uning ovozi baland emasdi, ammo rad etib bo'lmaydigan darajada qat'iy edi.

Luveria sekin qo'lini uzatdi.

Taehyung bog'lamga bir qarab, chuqur xo'rsindi.

— "Hech narsa" deysan-u, qo'lingni ancha kesibsan.

— Ehtiyotsizlik qildim.

— Keyingi safar ehtiyot bo'l.

Shu payt uy boshqaruvchisi yaqinlashdi.

— Janob, bu mening aybim. Xonim xizmatkorni himoya qilaman deb...

Taehyung uning gapini bo'ldi.

— Tasodif bo'lgan ekan, boshqa bu mavzuni ochmang.

— Xo'p, janob.

Uy boshqaruvchisi chiqib ketdi.

Luveria hayrat bilan Taehyungga qaradi.

U hech kimga baqirmadi.

Hech kimni jazolamadi.

Faqat xotirjamgina dedi:

— Dam ol. Yaraga suv tegmasin.

Shu so'zlarni aytib, u ish xonasiga kirib ketdi.

Luveria esa uning ortidan qarab qoldi.

"U aslida qanday inson...? Sovuqqon mafiya vorisimi... yoki men hali tanimagan boshqa biri?"

Kech tushgandi.

Uy yana odatdagidek sokin edi.

Luveria xonasida kitob o'qishga urinardi, ammo xayoli boshqa joyda edi.

Shu payt eshik taqilladi.

— Kiring.

Ichkariga keksa xizmatkor ayol kirdi.

— Xonim, janob sizni kechki ovqatga kutyaptilar.

— Hozir tushaman.

Bir necha daqiqadan so'ng Luveria ovqat xonasiga kirdi.

Taehyung allaqachon stol boshida o'tirardi.

U boshini ko'tarib, Luveriyaga qaradi.

— Qo'ling yaxshimi?

Luveria biroz hayron bo'ldi.

— Ha... ancha yaxshi.

— Yaxshi.

Yana sukut.

Faqat idishlarning mayin ovozi eshitilib turardi.

Birdan Taehyung telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi.

Ekranga bir qaradi-yu, darhol javob berdi.

— Gapir.

Uning chehrasi bir zumda jiddiylashdi.

— Nima deding?

— Hech kimga bildirmang.

— Men hozir boraman.

U telefonni o'chirib, darhol o'rnidan turdi.

Luveria xavotir bilan unga qaradi.

— Tinchlikmi?

Taehyung kostyumining tugmasini qadarkan, qisqa javob berdi.

— Ish.

— Kech bo'lib qoldi-ku...

Taehyung bir lahza to'xtadi.

— Mening ishimning vaqti bo'lmaydi.

Shu gapni aytib, u chiqib ketdi.

Bir necha soniyadan so'ng tashqaridan mashinaning ovozi eshitildi.

Luveria deraza yoniga borib qaradi.

Qora mashina qorong'ulik bag'riga singib ketdi.

Uning yuragida tushunarsiz bezovtalik paydo bo'ldi.

Negadir...

Bu tun oddiy tun emasdek tuyulardi.

Oradan deyarli ikki soat o'tdi.

Uy jimjit edi.

Luveria hali ham uxlay olmasdi.

U deraza oldida o'tirib, hovliga termulardi.

Shu payt tashqarida mashina faralari ko'rindi.

— Qaytdi...

Darvoza ochildi.

Taehyungning mashinasi hovliga kirib keldi.

Ammo bu safar nimadir boshqacha edi.

Mashina to'xtashi bilan ikki qo'riqchi shosha-pisha orqa eshikni ochdi.

Taehyung sekin tashqariga tushdi.

U odatdagidek tik yurishga harakat qilardi, ammo qadamlaridan charchoq sezilardi.

Luveria beixtiyor zinadan pastga tushdi.

Eshik ochilishi bilan Taehyung ichkariga kirdi.

Kostyumining yengi yirtilgan, qo'lining chetidan esa ozroq qon oqayotgan edi.

Luveria bir zum qotib qoldi.

— Siz... yaralangansiz.

Taehyung beparvo qaradi.

— Arzimaydi.

U zinaga qarab yurmoqchi bo'lganida, biroz muvozanatini yo'qotdi.

Luveria uning qo'lidan ushladi.

— Ehtiyot bo'ling.

Taehyung unga qaradi.

Ikkovi bir necha soniya indamay turishdi.

— Birinchi yordam qutisi qayerda? — dedi Luveria past ovozda.

— Kerak emas.

— Kerak.

Bu safar Luveriyaning ovozi qat'iy edi.

— Yaraga infeksiya tushishi mumkin.

Taehyung bir lahza sukut saqladi.

So'ng sekin bosh irg'adi.

— Mehmonxonadagi javonda.

Luveria darhol dori qutisini olib keldi.

U paxtani antiseptikka botirib, ehtiyotkorlik bilan Taehyungning qo'lidagi jarohatni tozalay boshladi.

— Achishyaptimi?

— Yo'q.

Luveria uning yuziga qaradi.

— Yolg'on gapiryapsiz.

Taehyung labining chetida juda sezilarsiz tabassum paydo bo'ldi.

— Balki.

Bu ularning nikohidan beri birinchi marta bir-biriga dushmandek emas, oddiy insondek gaplashishlari edi.

Luveria bog‘lamni ehtiyotkorlik bilan tugib qo‘ydi.

— Bo‘ldi...

Taehyung qo‘liga bir qarab oldi.

— Rahmat.

Bu so‘zni undan eshitishni kutmagan Luveria bir lahza jim qoldi.

— Arzimaydi.

Taehyung o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo yelkasidagi og‘riq sabab biroz qiyshaydi.

Luveria buni payqadi.

— Qo‘lingizdan tashqari yelkangiz ham jarohatlanganmi?

— Yo‘q.

— Yana yolg‘on.

Taehyung chuqur xo‘rsindi.

— Shunchaki urilgan.

— Shifokorni chaqiraymi?

— Kerak emas.

Luveria boshqa tortishmadi.

Taehyung zinadan yuqoriga ko‘tarila boshladi.

Bir necha qadam yurgach, to‘xtadi.

— Luveria.

— Ha?

— Bugun menga yordam berganing uchun... yana bir bor rahmat.

Shu gapni aytib, u xonasiga kirib ketdi.

Luveria esa koridorda yolg‘iz qoldi.

U sekin qo‘llariga qaradi.

Bir necha kun oldin aynan shu qo‘llar bilan Taehyungni o‘ldirish haqida buyruq olgandi.

Bugun esa...

O‘sha qo‘llar uning yarasini bog‘ladi.

Luveriya ko‘zlarini yumdi.

— Bu ish tobora qiyinlashyapti...

U bilmasdi...

Ertasi kuni ertalab eshik tagida topadigan noma'lum xat uning hayotini yana butunlay o‘zgartirib yuborishini.

𝑀𝐸𝑅𝐶𝐼𝐿𝐸𝑆𝑆||𝑆𝐻𝐴𝐹𝑄𝐴𝑇𝑆𝐼𝑍
𝑀𝐸𝑅𝐶𝐼𝐿𝐸𝑆𝑆||𝑆𝐻𝐴𝐹𝑄𝐴𝑇𝑆𝐼𝑍 EP1

Qalin sukunatni faqat devordagi eski soatning "tik-tak" ovozi buzardi. Xonaning markazida turgan erkakning nigohi muzdek edi. Qo'lidagi viski qadahi sekin aylana boshladi.

— Luveria.

Qiz asta oldinga yurdi.

— Ha... ota.

Erkak chuqur xo'rsinib, uning ko'zlariga tikildi.

— Endi sening navbating keldi.

Luveria tushunmay qoshlarini chimirdi.

— Nimani nazarda tutyapsiz?

Erkak stol ustiga bir papka tashladi. Ichidan bir yigitning surati sirg'alib chiqdi.

— Uni taniysanmi?

— Yo'q...

— Bu mening eng katta dushmanimning o'g'li.

Luveria suratga yana bir bor qaradi.

— Menga buni nega ko'rsatyapsiz?

Erkakning labida sovuq tabassum paydo bo'ldi.

— Chunki sen unga turmushga chiqasan.

Qizning qo'lidan surat sirg'alib yerga tushdi.

— Nima...?

— Nikohdan keyin uning ishonchini qozonasan.

— Ota, men...

— So'ng...

U bir lahza jim qoldi.

— Uni o'ldirasan.

— N-Nima... nimalar deyapsiz axir...?

Luverianing ovozi bo'g'zida qolib ketdi. Nafasi og'irlashib, yuragi qattiq ura boshladi.

— Men odam o'ldira olmayman...

— O'rganasan.

— Yo'q! Men bunga rozi emasman!

Erkak stolga musht urdi.

— Bu buyruq!

Xona yana sukunatga cho'mdi.

— Esingda bo'lsin, Luveria... bu oilada hech kim menga qarshi chiqmaydi.

Luverianing ko'zlari yoshga to'ldi.

— Agar rad etsam-chi...?

Erkak sovuq nigoh bilan unga yaqinlashdi.

— Unda keyingi tobutniki sen bo'lasan.

Bu gapdan so'ng Luverianing rangi oqarib ketdi. U ortga bir qadam tashladi.

Erkak esa eshik tomon yurarkan, so'nggi marta ortiga qaramasdan dedi:

— To'yga tayyorlan. Senda atigi ikki hafta bor.

Eshik qarsillab yopildi.

Luveria esa qo'llari titragancha yerda yotgan suratni oldi.

Suratdagi yigitning sovuq nigohi go'yo unga bir narsani aytayotgandek edi...

"Bu o'yinda qurbon kim bo'ladi?"

V🪷

Luverianing oyoqlarida hol qolmadi. U sekin devorga suyanib pastga sirg'aldi va muzdek marmar polga cho'kdi.

Qo'llari qaltirardi.

— Nega...?

Shivirlagan ovozi bo'sh xonada aks-sado berdi.
Ko'z yoshlaridan biri yonoqlaridan oqib tushib, muzdek polga tomchilab ketdi.

— Men hech kimga yomonlik qilmaganman-ku...

U tizzalarini bag'riga bosib oldi. Nafasi titrar, ko'ksidagi og'riq esa tobora kuchayardi.

Stol ustida yotgan suratga yana bir bor qaradi.
Suratdagi yigit kulmayotgan bo'lsa ham, nigohida qandaydir sokinlik bor edi.

— Seni umuman tanimayman... — dedi u ko'z yoshlarini artishga urinib. — Ammo endi meni senga qarshi qurol qilishmoqchi...

— Men odam o'ldira olmayman...

Xonadagi soat yana bir marta jarangladi.
Har bir soniya go'yo uning hayotini o'zgartirayotgan edi.
Shu payt eshik tashqarisidan qo'riqchining ovozi eshitildi.

— Xonim, janob sizni ertaga ertalab soat sakkizda mashg'ulot zalida kutishlarini aytdilar.

Luveria javob bermadi.
U faqat ko'zlarini yumdi.
Ichida esa bitta savol tinmay takrorlanardi

"men qotil bolmayman"

–Hammangizni JIN URSIN LA'NATILAR!!!–dedi qiz bor ovozi bilan baqirib yubordi va koʻzlarini sekin yumdi.

Tun allaqachon shaharni qora pardadek qoplagandi.

Luveria hamon pol ustida o'tirar, yig'idan qizarib ketgan ko'zlari bir nuqtaga qadalgan edi.

Birdan eshik sekin taqilladi.

— Kiring...

Eshik ochilib, xizmatkor ayol ichkariga kirdi. Qo'lida choy solingan patnis bor edi.

Luveriaga bir qaradi-yu, uning ahvolini ko'rib yuragi ezildi.

— Xonim... biror narsa yeb oling. Ertalabdan beri hech narsa yemadingiz.

Luveria boshini sekin chayqadi.

— Ishtaham yo'q.

Ayol xo'rsinib, patnisni stol ustiga qo'ydi.

— Janobning g'azabi tez bosiladi. Balki ertaga fikrlarini o'zgartirar...

Luveria achchiq kulib yubordi.

— Siz u kishini mendan ham yaxshi bilasiz. Bir marta aytgan qaroridan hech qachon qaytmaydi.

Xizmatkor indamay qoldi.

U chiqib ketishga chog'langanida, Luveria uni to'xtatdi.

— Xola...

— Eshitaman, xonim.

— Agar bir kun kelib men bu uydan qaytib kelmasam... meni yomon inson deb o'ylamang.

Ayolning ko'zlariga yosh qalqdi.

— Unday demang...

Luveria jilmayishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

Eshik yana sekin yopildi.

Xona yana sukunatga cho'mdi.

Luveria deraza yoniga borib, qorong'i osmon sari qaradi.

— Men seni tanimayman...

U stol ustidagi suratni qo'liga oldi.

— Ammo taqdir ikkovimizni bir-birimizning dushmaniga aylantiryapti.

U suratdagi yigitning yuziga uzoq tikildi.

— Balki... ikkovimiz ham bu o'yinning shunchaki qurbonimizdir...

Tun allaqachon shaharni qora pardadek qoplagandi.

Luveria hamon pol ustida o'tirar, yig'idan qizarib ketgan ko'zlari bir nuqtaga qadalgan edi.

Birdan eshik sekin taqilladi.

— Kiring...

Eshik ochilib, xizmatkor ayol ichkariga kirdi. Qo'lida choy solingan patnis bor edi.

Luveriaga bir qaradi-yu, uning ahvolini ko'rib yuragi ezildi.

— Xonim... biror narsa yeb oling. Ertalabdan beri hech narsa yemadingiz.

Luveria boshini sekin chayqadi.

— Ishtaham yo'q.

Ayol xo'rsinib, patnisni stol ustiga qo'ydi.

— Janobning g'azabi tez bosiladi. Balki ertaga fikrlarini o'zgartirar...

Luveria achchiq kulib yubordi.

— Siz u kishini mendan ham yaxshi bilasiz. Bir marta aytgan qaroridan hech qachon qaytmaydi.

Xizmatkor indamay qoldi.

U chiqib ketishga chog'langanida, Luveria uni to'xtatdi.

— Xola...

— Eshitaman, xonim.

— Agar bir kun kelib men bu uydan qaytib kelmasam... meni yomon inson deb o'ylamang.

Ayolning ko'zlariga yosh qalqdi.

— Unday demang...

Luveria jilmayishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

Eshik yana sekin yopildi.

Xona yana sukunatga cho'mdi.

Luveria deraza yoniga borib, qorong'i osmon sari qaradi.

— Men seni tanimayman...

U stol ustidagi suratni qo'liga oldi.

— Ammo taqdir ikkovimizni bir-birimizning dushmaniga aylantiryapti.

U suratdagi yigitning yuziga uzoq tikildi.

— Balki... ikkovimiz ham bu o'yinning shunchaki qurbonimizdir...

Luveria🪷

Tong otishiga hali ancha bor edi.

Luveria bir daqiqa ham uxlay olmadi. Deraza yonida tik turgancha, qorong'u osmonga termulardi.

Birdan eshik qattiq taqilladi.

— Xonim Luveria. Janob sizni kutyaptilar.

U chuqur nafas oldi-da, indamay eshik tomon yurdi.

Pastga tushishi bilan o'gay otasi allaqachon kutib turgan edi. Uning yonida qora kostyumdagi bir necha qo'riqchi saf tortgan.

— Kechagi gaplarimni yaxshilab o'ylab chiqdingmi?

Luveria indamadi.

— Savolimga javob ber.

— Menda tanlov bormi?

Erkak sovuq kulimsiradi.

— Yo'q.

U qo'riqchilardan biriga ishora qildi.

Qora papka Luveriyaning qo'liga tutqazildi.

— Bu yigit haqidagi barcha ma'lumotlar. Kimligi, odatlari, zaif tomonlari... Hammasini yod olasan.

Luveria papkani ochishga ham jur'at qilmadi.

— Men buni qilolmayman...

Erkakning chehrasi birdan jiddiylashdi.

— Qilasan.

— Agar qilmasam-chi?

— Unda bu safar men faqat seni emas...

U bir lahza to'xtab, sovuq ohangda davom etdi.

— ...senga qadrli bo'lgan har qanday insonni yo'qotasan.

Luveriyaning ko'zlari katta ochildi.

— Siz... bunday qila olmaysiz.

— Sinab ko'r.

Erkak ortiga burilib ketdi.

Luveria esa papkani mahkam ushlagancha qotib qoldi.

U ilk bor tushundi...

Bu uydan qochish oson edi.

Lekin bu odamdan qochish... deyarli imkonsiz edi.

Luveria🪷

–Nega... nega doim meni farzandlaringizdan ajratasiz men sizdan mehr kutmayabman shunchaki bir martta boʻlsa ham fikrimni eshiting doim siz hayotimni barbod qilasiz endi makatbni bitirdim meni oʻqish niyatim bor edi lekin meni fikrimni bu uyda hatto onam ham eshitmaydi sizdan Nafratlanam...Eshityabsizmi nafratlanaman...–Luveria ichida qolgan barcha narsalarni gapirgandan keyin ancha yengil tortdi va kozini yumib ochdi soʻngra sekin nafas oldi

Bu gaplarni eshitgan ogʻay otasi gʻazablandi va qoʻlini koʻtarib sekin uni yuziga tarsaki tushurmoqchi boʻlganda Luverianing Onasi yugurib keldi.

–toʻxtang iltimos qizim bilan oʻzim gaplashaman faqta urmang oʻzim aqlini kiritib qoyaman–dedi.

–Shukur qil bu safar qutulib qolding.

To'y kuni

Bugun Luveriyaning to'y kuni edi.

Butun saroy oppoq gullar, qimmatbaho qandillar va hashamatli bezaklar bilan bezatilgan bo'lsa-da, uning ko'ziga bularning bari motamdek ko'rinardi.

Xonadagi oynaning qarshisida oq kelinlik kiygan Luveria jonsiz haykaldek o'tirardi.

Vizajist uning yuzidagi yosh izlarini berkitishga urinar, ammo har safar yangi yoshlar oqib tushardi.

— Xonim... iltimos, yig'lamang. Pardoz buzilib ketadi.

Luveria achchiq kulimsiradi.

— Mening hayotim buzilib bo'lgan. Pardozning nima ahamiyati bor...

Xonadagi hamma jimib qoldi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, eshik ochildi.

— Vaqti bo'ldi.

Ikki xizmatkor Luveriyaning uzun ko'ylagini ushladi.

U o'rnidan turishga harakat qildi.

Ammo oyoqlari titrab ketdi.

Yuragi shu qadar qattiq urardiki, go'yo ko'ksidan otilib chiqadigandek edi.

U birinchi qadamni zo'rg'a tashladi.

Ikkinchi qadam...

Uchinchisi...

Har bir qadami unga tonnalab yuk ortilgandek og'ir tuyulardi.

Ko'zlaridan yosh tinmay oqardi.

— Men buni xohlamayman... — dedi u pichirlab.

Lekin hech kim eshitmadi.

Yoki eshitishni istamadi.

Marosim zalining eshiklari asta ochildi.

Yuzlab mehmonlarning nigohi bir zumda Luveriyaga qadaldi.

U esa boshini ko'tarishga ham jur'at eta olmadi.

Ko'z yoshlarini artishga urinarkan, qaltirayotgan qo'llarini ko'ylagining etagiga yashirdi.

— Yur, — dedi o'gay otasi sovuq ovozda.

Luveria unga bir lahza qaradi.

O'sha nigohda qo'rquv, nafrat va umidsizlik bir-biriga qorishib ketgandi.

U yana bir qadam tashladi.

Ichida esa faqat bitta tilak bor edi...

" iltimos kimdur meni bu dahshatdan qutqarsin..."

Marosim zalidagi musiqa sekin yangray boshladi.

Luveria boshini eggancha yo'lak bo'ylab yurardi.

Ko'z yoshlaridan oppoq fota ham nam bo'lib ketgandi.

Zalning narigi tomonida esa kuyov tik turardi.

Uning yuzi sovuq, nigohi esa mutlaqo hissiz edi.

Luveria unga bir lahza qaradi.

"Demak... shu insonni o'ldirishim kerak..."

Bu o'y uning yuragini yana ezib yubordi.

Nihoyat u kuyovning yoniga kelib to'xtadi.

Marosimni olib boruvchi kishi tabassum bilan ularga qaradi.

— Bugundan boshlab sizlar bir-biringizning umr yo'ldoshingiz bo'lasizlar...

Luveria eshitayotgan bo'lsa ham, go'yo hech narsani anglamayotgandi.

Quloqlarida faqat yuragining urishi jaranglardi.

— Rozimisiz?

Bir necha soniya...

Butun zal jim bo'lib qoldi.

Luveria lablarini qattiq tishladi.

Ko'zidan yana bir tomchi yosh oqib tushdi.

— ...Roziman.

Bu so'zni aytish unga hayotidagi eng og'ir azobdek tuyuldi.

Oradan ko'p o'tmay, navbat kuyovga keldi.

U Luveriyaga bir qarab qo'ydi.

Qizning ko'zlaridagi qo'rquvni ko'rdi.

Ammo hech narsa demadi.

— Roziman.

Marosim tugashi bilan zalni qarsaklar tutdi.

Hammaning yuzida tabassum.

Faqat kelin va kuyovgina kulmayotgandi.

Shu payt Luveriya beixtiyor o'gay otasi tomonga qaradi.

Erkak unga sezdirmay bosh irg'adi.

Bu oddiy ishora emas edi.

Bu buyruq edi.

"Vazifangni unutma."

Luveriyaning qo'llari yana titray boshladi.

U ichida bir narsani his qildi...

Bu nikoh sevgi bilan emas, qon bilan yakunlanishi mumkin edi.

Hashamatli qora mashina ulkan temir darvoza oldida to'xtadi.

Darvoza sekin ochildi.

Luveria oynadan tashqariga qararkan, ko'zlari hayratdan kattalashdi.

Bu uy emas...

Go'yo hashamatli saroy edi.

Mashina hovliga kirishi bilan o'nlab qo'riqchilar bir safga tizilishdi.

Haydovchi eshikni ochdi.

— Xonim...

Luveria zo'rg'a mashinadan tushdi.

Ko'zlari hamon yerda edi.

Shu payt chuqur va sovuq ovoz eshitildi.

— Xush kelibsan.

Luveria asta boshini ko'tardi.

Ro'parasida Taehyung turardi.

Qora kostyum, sovuq nigoh va mutlaqo hissiz chehra...

U bir necha soniya Luveriyaga tikilib turdi.

Ko'zlari qizning yig'laganini darrov sezdi.

Ammo bu haqida hech narsa demadi.

— Ichkariga kir.

Bu buyruqqa o'xshagan ohang edi.

Luveria indamay uning ortidan yurdi.

Saroyning ichi ham tashqarisi kabi dabdabali edi.

Baland shiftlar, marmar pollar va qimmatbaho rasmlar...

Lekin Luveriyaga bu joy sovuq qafasdek tuyulardi.

Taehyung to'xtadi.

— Bu uyning qoidalari oddiy.

U Luveriyaga burildi.

— Mening ishlarimga aralashmaysan.

— Ruxsatimsiz hech qayerga chiqmaysan.

Luveria sekin bosh irg'adi.

— Yana bir narsa...

Taehyung bir necha qadam yaqinlashdi.

— Bu nikoh faqat oilalarimiz uchun.

Uning ovozi sovuq edi.

— Mendan er bo'lishimni kutma.

Luveriyaning yuragi yana siqildi.

— Men ham buni kutmayman...

Taehyung bir lahza unga qarab qoldi.

So'ng xotirjam ohangda dedi:

— Xonang ikkinchi qavatda. –dedi soʻvuq ohangda qizga jiddiy qaradi.

U ortiga o'girilib ketdi.

Luveria esa zinadan ko'tilar ekan, ko'zlariga yana yosh qalqdi.

U bilmasdi...

Aynan shu uyda nafaqat sirlar, balki uning butun hayotini o'zgartiradigan haqiqatlar yashiringan edi.

Luveria xonasining eshigini sekin yopdi.

Nihoyat...

Bugungi uzun va og'ir kun ortda qolgandek tuyuldi.

U chuqur xo'rsinib, kelinlik libosining fermuarini sekin tushirdi. Oppoq ko'ylak yelkasidan sirg'alib polga tushdi.

Bir necha soniya unga tikilib turdi.

— Bugun... men erkinligimni ham shu libos bilan yechgandek bo'ldim...

U shkafdan oddiy ipak tungi kiyimini oldi va kiyib oldi.

So'ng vannaxonaga kirib, yuzidagi pardozni ehtiyotkorlik bilan yuvdi.

Oynaga qaraganida, ko'zlari yig'idan shishib ketganini ko'rdi.

— Juda charchadim...

Stol ustidagi yuz niqobini (maska) olib, yuziga ehtiyotkorlik bilan qo'ydi.

Luveria🪷

Yotoq yonidagi kresloga o'tirib, ko'zlarini yumdi.

Xonada faqat konditsionerning mayin shovqini eshitilardi.

Ammo uning xayoli tinch emasdi.

"Bir kuni... men rostdan ham uni o'ldira olamanmi?"

Bu savol yana yuragini ezdi.

U boshini orqaga tashlab, ko'zlarini mahkam yumdi.

Shu payt...

Eshik tashqarisidan sekin qadam tovushlari eshitildi.

Kimdir uning xonasi oldida to'xtagandi.

Thanks for reading

𝐶𝑜𝑣𝑒𝑟𝑡 𝑆𝑖𝑛 || 𝑌𝑎𝑠ℎ𝑖𝑟𝑖𝑛 𝑔𝑢𝑛𝑜ℎ
Oradan yana bir necha kun o'tdi.

Nihoyat ko'chish kuni ham keldi.

Taehyung avvalroq sotib olgan yangi uy tayyor bo'lgandi.

Bu uy avvalgisidan ham kattaroq, zamonaviy va eng muhimi — xavfsiz edi.

Darvoza oldida bir nechta qo'riqchilar navbatchilik qilardi.

Mashina hovliga kirishi bilan darvoza avtomatik yopildi.

Luveriya derazadan tashqariga qarab hayratlandi.

— Juda chiroyli ekan...

Taehyung unga qarab mayin kulimsiradi.

— Senga yoqdimi?

— Juda.

Mashinadan tushishgach, Taehyung uy bo'ylab hammani aylantirdi.

Keng mehmonxona.

Yorug' oshxona.

Katta kutubxona.

Gulzor bilan o'ralgan bog'.

Rose hayrat bilan atrofga qaradi.

— Bu uy juda katta ekan.

Jhope kulib dedi:

— Men ham shuni aytgandim.

— Taehyung uy olishni yaxshi ko'radi.

Luveriya kulib yubordi.

Taehyung esa indamay hovliga chiqdi.

Shu payt qora kiyimdagi bir necha qo'riqchi uning yoniga keldi.

— Janob.

Taehyung jiddiy ohangda buyruq berdi:

— Bugundan boshlab xavfsizlik kuchaytiriladi.

— Darvozada ikki baravar ko'proq qo'riqchi bo'ladi.

— Hovli va uy atrofida tunu kun navbatchilik qilasizlar.

— Kameralar har kuni tekshirilsin.

— Hech kim mening ruxsatimsiz ichkariga kirmaydi.

Qo'riqchilar bir ovozda javob berishdi:

— Tushunarli, janob.

Biroz narida turgan Luveriya buni eshitib, Taehyungning yoniga keldi.

— Hali ham xavotirdamisiz?

Taehyung uning ko'zlariga qaradi.

— Ehtiyot bo'lish yomon emas.

— Men endi hech qanday tavakkal qilmayman.

Luveriya uning qo'lidan ushladi.

— Bu yerda o'zimni xavfsiz his qilyapman.

Taehyung yengil tabassum qildi.

— Men ham aynan shuni xohlagandim.

Ular yangi uyning ayvonida yonma-yon turib, bog'ga qarashdi.

Ortda qolgan og'ir kunlar endi faqat xotira edi.

Oldinda esa ularni yangi uy, yangi hayot va tinch kunlar kutardi.

Yangi uyga ko‘chib o‘tganlariga uch kun bo‘ldi.

Hamma asta-sekin yangi muhitga ko‘nikayotgandi.

Tonggi soat08:00.

Taehyung odatdagidek hovliga chiqdi.

U yangi o‘rnatilgan xavfsizlik tizimini tekshirib chiqardi.

Darvozalardagi kameralar.

Bog‘dagi harakat datchiklari.

Tun bo‘yi navbatchilik qilgan qo‘riqchilar.

Hammasini birma-bir ko‘zdan kechirdi.

— Hammasi joyidami? — dedi u qo‘riqchilar boshlig‘iga.

— Ha, janob.

— Tun tinch o‘tdi.

— Hech qanday shubhali harakat kuzatilmadi.

Taehyung bosh irg‘adi.

— Hushyorlikni pasaytirmang.

— Tushunarli.

Shu payt Luveriya ayvonga chiqdi.

Qo‘lida ikki piyola qahva bor edi.

— Men sizni butun uy bo‘ylab qidirdim.

Taehyung unga yaqinlashib, piyolalardan birini oldi.

— Rahmat.

Luveriya hovliga qarab hayron bo‘ldi.

— Qo‘riqchilar soni yana ko‘payibdi.

Taehyung xotirjam javob berdi:

— Ha.

— Endi bu uy 24 soat nazorat ostida bo‘ladi.

Luveriya kulib bosh chayqadi.

— Men o‘zimni prezidentdek his qilyapman.

Taehyung ham kuldi.

— Men uchun sening xavfsizliging shundan ham muhimroq.

Luveriya uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Bilaman.

Shu payt Jhope va Rose ham ayvonga chiqishdi.

Jhope atrofga bir qarab, hazillashdi:

— Taehyung, bu yerga kirish uchun pasport ham kerak emasmi?

Taehyung jiddiy qiyofada javob berdi:

— Kerak bo‘lsa, shuni ham joriy qilaman.

Bir necha soniya hamma unga qarab turdi.

Keyin Rose kulib yubordi.

— U hazillashyaptimi?

Luveriya kuldi.

— Yo‘q...

— Afsuski, u jiddiy.

Jhope qo‘llarini ko‘tardi.

— Xo‘p, xo‘p. Men boshqa indamayman.

Hamma kulib yubordi.

Yangi uy ularga nafaqat xavfsizlik, balki yana bir bor bir oila bo‘lib yashash imkonini ham bergandi.

Oradan bir hafta o'tdi.

Yangi uyda hammasi tinch edi.

Hatto Taehyung ham asta-sekin xavotiri kamayayotgandek tuyulardi.

Ammo...

Bir kuni kechqurun.

Soat 22:38.

Uy ichidagi barcha chiroqlar birdaniga bir soniyaga o‘chib-yondi.

Chiq...

Jhope darhol o‘rnidan turdi.

— Elektr uzildimi?

Taehyungning nigohi keskin o‘zgardi.

— Yo‘q...

Shu zahoti hovlidan signal ovozi yangradi.

Biiip! Biiip!

Qo‘riqchilardan biri quloqchin orqali xabar berdi:

— Janob!

— Shimoliy devor yonidagi kamera ishlamay qoldi!

Taehyungning yuzi jiddiylashdi.

— Boshqa kameralar-chi?

— Hozir tekshiryapmiz...

Ikkinchi qo‘riqchi shoshilib yugurib keldi.

— Janob!

— Orqa bog‘dagi ikkita kamera ham bir vaqtda o‘chib qoldi!

Jhope darhol belidagi qurolni oldi.

— Bu tasodif emas.

Rose xavotir bilan Luveriyaning qo‘lidan ushladi.

Luveriya ham yuragining tez urayotganini sezdi.

Taehyung qisqa buyruq berdi:

— Hamma ichkarida qolsin.

— Eshiklarni qulflang.

— Hech kim tashqariga chiqmaydi.

Qo‘riqchilar darhol harakatga tushishdi.

Uy ichidagi xavfsizlik eshiklari avtomatik tarzda yopildi.

Shu payt...

Tok... Tok... Tok...

Kimdir bosh eshikni taqillatdi.

Hamma bir zumda qotib qoldi.

Jhope sekin deraza yoniga borib tashqariga qaradi.

Hech kim yo‘q.

Faqat eshik oldida...

Qora quti turardi.

Taehyungning nigohi o‘zgardi.

Bu manzara unga o'tmishni eslatdi.

U past ovozda dedi:

— Hech kim tegmasin.

Xuddi o‘sha payt uy telefonlarining hammasi bir vaqtda jiringlay boshladi.

Tring... Tring... Tring...

Rose qo‘rquv bilan pichirladi:

— Bu... yana boshlandimi?

Taehyung javob bermadi.

Uning nigohi faqat o‘sha qora qutida edi.

Bir oy davom etgan tinchlik...

Bir necha soniyada yana qo‘rquvga aylangandi.

Uy ichida vahimali sukunat hukm surardi.

Telefonlarning jiringlashi birdaniga to‘xtadi.

Hech kim qimirlamasdi.

Shu payt...

Chiq...

Barcha chiroqlar yana yonib ketdi.

Xona yana yorishdi.

Rose chuqur nafas oldi.

— Elektr qaytdi...

Ammo Taehyungning yuzi o‘zgarmadi.

— Bu elektr emas edi.

Jhope bosh eshik tomon qaradi.

— Quti hamon o‘sha yerda.

Taehyung qo‘riqchilarga buyruq berdi:

— Ikki kishi men bilan.

— Qolganlar uy ichida qoladi.

— Luveriya va Roseni qo‘riqlang.

— Tushunarli, janob!

Taehyung va Jhope ehtiyotkorlik bilan eshik tomon yurishdi.

Eshik ochildi.

Hovlida sovuq shamol esardi.

Qora quti darvoza oldida turardi.

Ammo...

Uni olib kelgan odamdan asar ham yo‘q edi.

Go‘yo u hech qachon bu yerda bo‘lmagandek.

Qo‘riqchilar atrofni tekshirishdi.

— Hech kim topilmadi, janob!

Jhope qutiga yaqinlashdi.

— Ochamizmi?

Taehyung bir necha soniya o‘yladi.

— Avval skaner qiling.

Maxsus uskuna bilan tekshirilgach, qo‘riqchi bosh irg‘adi.

— Portlovchi modda yo‘q.

Taehyung sekin qutining qopqog‘ini ochdi.

Ichida...

Faqat bitta oq atirgul bor edi.

Va uning tagida kichkina konvert.

Jhope konvertni oldi.

Unda faqat bitta jumla yozilgan edi:

"Sizlar urush tugadi deb o‘yladingizmi?"

Xonaga og‘ir sukunat cho‘kdi.

Luveriya bu yozuvni o‘qib, beixtiyor Taehyungning qo‘lidan ushladi.

— Kim buni qildi?..

Taehyung xatni yana bir bor o‘qidi.

So‘ng uni sekin bukladi.

— Bilmayman...

— Lekin bitta narsani aniq bilaman.

Jhope unga qaradi.

— Nima?

Taehyungning nigohi sovuqlashdi.

— Kim bo‘lishidan qat'i nazar...

— Bu safar oilamga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymayman.

Tashqarida shamol yana kuchaydi.

Darvoza ortida esa, hech kim sezmagan holda, qora mashina sekin orqaga qayrilib, qorong‘ulik bag‘rida g‘oyib bo‘ldi...

Taehyung xatni qo‘lida mahkam ushlab turardi.

Uy ichidagi hamma jim edi.

Bu payt esa...

Shaharning boshqa chekkasida.

Qorong‘i ombor.

Stol ustida Felixning eski surati turardi.

Uning oldida bir yigit tik turardi.

U suratni qo‘liga olib, uzoq tikildi.

Ko‘zlarida g‘azab va alam bor edi.

— Felix...

— Senga va'da bergandim.

U suratni sekin stolga qo‘ydi.

— Seni yolg‘iz qoldirmayman.

Yigitning ismi...

Jimmy edi.

U Felixning eng yaqin do‘sti edi.

Felix vafot etganidan keyin u g‘oyib bo‘lgandi.

Hamma uni mamlakatni tark etgan deb o‘ylardi.

Ammo unday emas edi.

Jimmy yashirincha hammasini kuzatib yurgan edi.

U stol ustidagi monitorni yoqdi.

Ekranda Taehyungning yangi uyi paydo bo‘ldi.

Hovlidagi qo‘riqchilar.

Darvozalar.

Kameralar.

Hammasi kuzatuv ostida edi.

Jimmy kulimsiradi.

— Taehyung...

— Sen o‘zingni yutdim deb o‘ylayapsan.

— Lekin bu hali boshlanishi.

U yonidagi odamga qaradi.

— Tayyormi?

Niqob taqqan yigit bosh irg‘adi.

— Ha, janob Jimmy.

Jimmy sovuq ohangda dedi:

— Men ularga darrov hujum qilmayman.

— Avval...

— Ularning ishonchini sindiraman.

— Keyin esa...

— Bir-biridan ayiraman.

U monitor tomon yana qaradi.

Ekranda Luveriya bog‘da kulib turgan edi.

Jimmy ko‘zlarini qisdi.

— Qasos shoshilib olinmaydi.

— Uni sekin-sekin olish kerak.

U stol ustidagi oq atirgulni qo‘liga oldi.

— Felix...

— Endi navbat meniki.

Ombor ichida sovuq kulgi yangradi.

Shu tariqa urush tugagan deb o‘ylaganlar uchun...

Yangi va yanada xavfli dushman sahnaga chiqayotgandi.

𝐶𝑜𝑣𝑒𝑟𝑡 𝑆𝑖𝑛 || 𝑌𝑎𝑠ℎ𝑖𝑟𝑖𝑛 𝑔𝑢𝑛𝑜ℎ
Erta tong. 07:10

Quyoshning ilk nurlari parda orasidan xonaga tushardi.

Kechagi yomg‘irdan keyin havo musaffo edi.

Qushlarning sayrashi uy ichidagi sukunatni asta buzardi.

Luveriya ko‘zlarini sekin ochdi.

Birinchi bo‘lib kechasi ko‘rgan tushi yodiga tushdi.

Beixtiyor yoniga qaradi.

Taehyung hali ham uxlab yotardi.

Bir qo‘li hamon uning belida edi.

Luveriya chuqur nafas oldi.

— Rostdan ham shu yerda ekansiz...

U sekin kulimsiradi.

Kechagi qo‘rquv asta-sekin yo‘qolib borardi.

Shu payt Taehyung ko‘zlarini ochdi.

U Luveriyaning uyg‘onganini ko‘rib, mayin ovozda so‘radi:

— Yaxshi uxladingmi?

Luveriya biroz ikkilanib bosh irg‘adi.

— Oxiri... ha.

Taehyung uning yuziga qarab turdi.

— Endi qo‘rqmayapsanmi?

— Yo‘q.

— Chunki uyg‘onganimda sizni yonimda ko‘rdim.

Taehyung yengil tabassum qildi.

— Har tong shunday bo‘ladi.

Luveriya ham jilmaydi.

— Va'da?

— Va'da.

Shu payt eshik taqilladi.

Tok... tok...

Jhopning ovozi eshitildi:

— Uyg‘ondilaringizmi?

— Rose nonushta tayyorlashga urinibdi.

— Oshxonadan juda g‘alati hid kelyapti!

Luveriya kulib yubordi.

— Nima pishiryapti ekan?

Jhop kulib javob berdi:

— Bilmayman.

— Lekin Taehyung kechagi voqeani takrorlamasin deb, men oshxonaga yuguryapman!

Taehyung kulimsirab karavotdan turdi.

— Yur.

— Oshxonani qutqarish kerak shekilli.

Luveriya kulgancha unga qaradi.

— Umid qilamanki, bu safar hech kim qo‘lini kuydirib olmaydi.

Ular xonadan chiqishdi.

Pastki qavatdan esa Rose va Jhopning kulgili tortishuvi eshitilib turardi.

Urush tugagan bo‘lsa ham...

Bu uy endi kulgi va oddiy hayotning mayda sarguzashtlariga to‘la edi.

Taehyung va Luveriya pastga tushishdi.

Oshxona ichidan kulgi eshitilib turardi.

Jhope qo‘lida fartukni ushlab, Rosega norozi qarab turardi.

— Rose, tuxumni bunday sindirishmaydi.

Rose kulib yubordi.

— Men harakat qilyapman-ku.

— Harakat qilyapsan, lekin tuxumning yarmi stolga tushyapti.

Xuddi shu payt Taehyung va Luveriya oshxonaga kirishdi.

Luveriya kulgisini bosolmadi.

— Nimalar bo‘lyapti bu yerda?

Jhope yelkasini qisdi.

— Men bugun oshpazman deb o‘ylagandim.

— Endi yordamchim ham bor.

Rose aybdorona kulimsiradi.

— Men nonushta tayyorlab, hammaga rahmat aytmoqchi edim.

Taehyung xotirjam dedi:

— Muhimi, niyat.

Jhope kulib qo‘ydi.

— Ha, lekin oshxonani ham saqlab qolish kerak.

Bir necha daqiqadan so‘ng nonushta tayyor bo‘ldi.

To‘rtovlari stol atrofida o‘tirishdi.

Rose hammaning likopchasiga ovqat suzib berdi.

— Ta'mi qanday?

Luveriya bir luqma yeb, ko‘zlari chaqnadi.

— Mazali ekan!

Rose yengil nafas oldi.

— Rostdanmi?

Jhope ham bosh irg‘adi.

— Men kutganimdan ancha yaxshi chiqibdi.

Taehyung esa indamay ovqatlanardi.

Rose biroz xavotir bilan unga qaradi.

— Taehyung...

— Sizga yoqmadimi?

Taehyung boshini ko‘tardi.

— Yoqdi.

— Juda yaxshi.

Rose kulib yubordi.

— Sizdan bundan ortiq maqtov kutib bo‘lmaydi, shekilli.

Luveriya ham kuldi.

— Bu uning eng katta maqtovi.

Shu payt xizmatchilardan biri mehmonxonaga kirib keldi.

— Janob Taehyung.

Taehyung unga qaradi.

— Nima bo‘ldi?

— Sizga paket keldi.

— Kim yuborgani yozilmagan.

Jhope va Taehyung bir-biriga qarashdi.

Urush tugagan bo‘lsa ham, ehtiyotkorlik odati hali yo‘qolmagandi.

Taehyung sekin o‘rnidan turdi.

— Avval tekshiring.

Xizmatchi bosh irg‘ab chiqib ketdi.

Luveriya esa Taehyungga qaradi.

— Hali ham shubhalanyapsizmi?

Taehyung xotirjam javob berdi.

— Odatlar bir kunda o‘zgarmaydi.

Lekin bu safar uning ovozida qo‘rquv emas, shunchaki ehtiyotkorlik bor edi.

Oradan bir necha daqiqa o'tdi.

Xizmatchi yana qaytib keldi.

Qo'lida o‘sha paket bor edi.

— Janob, tekshirdik.

— Hech qanday xavfli narsa yo‘q.

Taehyung paketni oldi.

Qutini ochgach, ichidan oddiy oq konvert chiqdi.

Konvert ichida esa faqat bitta xat bor edi.

Taehyung uni sekin ochdi.

Luveria qiziqib so‘radi:

— Kimdan ekan?

Taehyung xatni o‘qib bo‘lgach, yengil tabassum qildi.

— Xayriya jamg‘armasidan.

— Biz ilgari yordam bergan bolalar bugun yangi markaz ochishibdi.

— Ular ochilish marosimiga taklif qilishyapti.

Luveriyaning ko‘zlari chaqnadi.

— Rostdanmi?

— Qanday yaxshi!

Rose ham xursand bo‘ldi.

— Demak, bugun biror joyga chiqamiz.

Jhope kulimsiradi.

— Anchadan beri birga oddiy sayr qilmagandik.

Taehyung bosh irg‘adi.

— Boramiz.

— Lekin Luveria ko‘p yurmaydi.

Luveriya darhol e'tiroz bildirdi.

— Yana boshlandi...

— Men ancha tuzalganman.

Taehyung unga qaradi.

— Shifokor nima deganini unutdingmi?

— Dam olasan.

Luveriya labini burishtirdi.

— Hamma birlashib menga qarshi chiqyapti.

Rose kulib dedi:

— Yo‘q.

— Biz faqat sizni asrayapmiz.

Jhope ham qo‘shildi.

— Menimcha, Taehyungning "himoya guruhi"ga biz ham qo‘shilib qoldik.

Luveriya qo‘llarini osmonga ko‘tardi.

— Endi mening tarafimni oladigan odam qolmabdi.

Taehyung sekin kulib dedi:

— Yo‘q.

— Chunki sen biz uchun muhimsan.

Luveriya bir lahza jim qoldi.

Keyin boshini egib, mayin tabassum qildi.

— Xo‘p...

— Bu safar bahslashmayman.

Taehyung unga qarab kulimsiradi.

— Mana endi yaxshi qiz.

Jhope darrov kulib yubordi.

— Taehyung, endi sening ustingdan kulishga navbat keldi.

Uy ichida yana kulgi yangradi.

Bu safar hech kim shoshilmasdi.

Oldinda ularni xavf emas, oddiy va baxtli kun kutayotgandi.

Bir soatdan keyin to‘rtovlari yo‘lga chiqishga tayyor edi.

Luveriya zinadan sekin tushayotgan edi.

Taehyung esa odatdagidek uning yonidan bir qadam ham uzoqlashmasdi.

Luveriya kulib qo‘ydi.

— Men zinadan tushishni ham unutganim yo‘q.

Taehyung xotirjam javob berdi.

— Bilaman.

— Shunchaki yoningdaman.

Jhope mashina kalitini aylantirib kuldi.

— Menimcha, Taehyung bugundan boshlab shaxsiy qo‘riqchiga aylangan.

Rose ham jilmaydi.

— Men ham shunday o‘ylayapman.

Luveriya kulib boshini chayqadi.

— Sizlar ikkalangiz birlashib olibsizlar.

— Meni hech kim himoya qilmayapti.

Jhope hazillashib dedi:

— Seni himoya qiladigan bitta odamning o‘zi yetadi.

Taehyung esa indamay mashinaning old eshigini ochib berdi.

Luveriya o‘tirgach, xavfsizlik kamarini taqdi.

Taehyung odatdagidek uning kamarini yana bir bor tekshirdi.

Luveriya kulib yubordi.

— Men uni taqdim-ku.

— Bilaman.

— Unda nega tekshiryapsiz?

— Ishonch hosil qilish uchun.

Rose bu holatni ko‘rib kulimsiradi.

U sekin Jhopega pichirladi:

— Ular juda yoqimli ekan.

Jhope ham kuldi.

— Taehyung buni hech qachon tan olmaydi.

— Lekin Luveriya haqida gap ketsa, u butunlay boshqa odamga aylanadi.

Mashina shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlana boshladi.

Derazadan quyosh nuri ichkariga tushardi.

Luveriya boshini o‘girib tashqariga qaradi.

— Anchadan beri shunchaki sayr qilmagandim.

Taehyung ham tashqariga qarab dedi:

— Endi buning uchun vaqtimiz ko‘p.

Mashina davom etar ekan, ichkarida hech kim shoshilmasdi.

Ular nihoyat kelajakka qarab yo‘l olayotgandi.

Oradan bir oy o'tdi.

Vaqt asta-sekin hamma yaralarni bitira boshladi.

Uy avvalgidan ancha sokin edi.

Endi tonglar vahima bilan emas, kulgi va choy hidi bilan boshlanardi.

Luveriya ham deyarli butunlay sog‘aygandi.

Faqat qornidagi jarohatning izi o‘sha og‘ir kunlarni eslatib turardi.

Bu tong ham boshqalardan farq qilmasdi.

Quyosh nuri katta derazalardan ichkariga tushib, mehmonxonani yoritar edi.

Luveriya zinadan tushib kelar ekan, xizmatchilar unga kulib salom berishdi.

— Xayrli tong, xonim.

— Xayrli tong.

U oshxonaga kirib, o‘zi uchun qahva tayyorlamoqchi bo‘ldi.

Shu payt ortidan tanish ovoz eshitildi.

— Yana o‘zing qilmoqchimisan?

Luveriya ortiga o‘girildi.

Taehyung eshikka suyanib, qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib turardi.

— Men shunchaki qahva tayyorlayapman.

— Buni ham xizmatchilar qilsinmi?

Taehyung yaqinlashib, uning qo‘lidan qahva idishini oldi.

— Ha.

— Sen dam ol.

Luveriya kulib yubordi.

— Bir oy bo‘ldi.

— Hali ham meni bemordek ko‘rasiz.

Taehyung unga qarab kulimsiradi.

— Chunki sen o‘zingni ehtiyot qilolmaysan.

— Kimdir qilishi kerak.

Luveriya indamay kuldi.

Aynan shu payt Jhope oshxonaga kirib keldi.

— Yana boshlandinglarmi?

Taehyung xotirjam javob berdi:

— Yo‘q.

— Men shunchaki qahva tayyorlayapman.

Jhope kulib qo‘ydi.

— Qahvani sen emas, Luveriya tayyorlamoqchi edi.

— Sen esa yana qutqaruvchi bo‘lib qolding.

Shu payt Rose ham ichkariga kirib, to‘rtoviga bir qarab kuldi.

— Bilasizlarmi?

— Menimcha, bu uyning eng o‘zgarmaydigan odami Taehyung.

Taehyung qoshini ko‘tardi.

— Nega?

Rose jilmayib javob berdi:

— Chunki oradan bir oy o‘tdi...

— Lekin siz hali ham Luveriyadan ko‘zingizni uzmaysiz.

Bir lahzaga oshxonada sukunat cho‘kdi.

Keyin Luveriya kulib yubordi.

Jhope ham kuldi.

Taehyung esa mutlaqo xotirjam holda dedi:

— To‘g‘ri.

— Buni o‘zgartirish niyatim ham yo‘q.

Luveriyaning yuzlari qizarib ketdi.

U past ovozda ming‘irladi:

— Siz ham...

Oshxonani yana samimiy kulgi egalladi.

Oradan bir oy o‘tgan bo‘lsa ham, ularning hayotidagi eng qimmatli narsa o‘zgarmagandi — ular endi bir-birini yolg‘iz qoldirmasdi.