@sgcc_uzb

Xarid jarayonlari shaffofligi va xodimlar malakasini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxona va tashkilotlarda davlat va korporativ xaridlar tizimini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda qonuniylik hamda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jamiyat Boshqaruvi raisining tegishli topshirig‘iga asosan, joriy yilning 12-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan tizim korxonalari — zavod va boshqarmalarning xarid jarayonlariga mas’ul mutaxassislari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning korporativ xaridlar bo‘yicha mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi mutaxassislarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yuksaltirish, xarid jarayonlarida samarali ichki nazorat mexanizmlarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi:

Huquqiy asoslar: Xarid jarayonlarini amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq holda tashkil etish;

Qonunchilikdagi yangiliklar: Soha rivojiga qaratilgan so‘nggi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xarid tartib-taomillariga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda raqamlashtirish jarayonlaridagi yangi talablarni amaliyotga tatbiq etish;

Jarayonlar boshqaruvi: Xaridlarni to‘g‘ri rejalashtirish, amalga oshirish tartibi hamda tegishli hujjatlarni xatosiz rasmiylashtirish amaliyoti;

Ochiqlik va raqobat: Tender va tanlovlarda sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda shaffoflik tamoyillariga to‘liq rioya qilish;

Komplayens va nazorat: Xarid faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish.

O‘quv seminari ochiq muloqot va savol-javob ruhida yakunlandi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi hamda kundalik ish faoliyatida uchrayotgan muammoli vaziyatlar yuzasidan aniq huquqiy izoh va amaliy tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Shurtan gaz kimyo majmuasida bo‘lishdi
​Xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ham bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

​Delegatsiya a’zolari majmuaning ma’muriy binosida kutib olindi. Mehmonlarga korxonaning tashkil topgan kunidan boshlab bugungi kunga qadar bosib o‘tgan shonli yo‘li, erishilgan yutuqlar hamda rivojlanish bosqichlari aks ettirilgan maxsus videorolik namoyish etildi.

​Shundan so‘ng “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat Aslanov so‘zga chiqib, majmuaning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvatlari, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda mamlakatimiz neft-gaz va kimyo sanoatida tutgan strategik o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqotda hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, sanoat sohasida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

​Shundan so‘ng, tashrif dasturiga muvofiq, mehmonlar majmuaning texnologik hududiga taklif etilib, murakkab muhandislik yechimlari, gazni qayta ishlash texnologiyasi hamda uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishtirildi.

​Shuningdek, deputatlar korxonaning Markaziy laboratoriyasida ham bo‘lishdi. Bu yerda ularga majmuada ishlab chiqarilayotgan turli markadagi polietilen granulalari, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlovchi zamonaviy sinov va tahlil jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tashrif yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Shurtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada tashkil etilgani, ishchi-xodimlarga yaratilgan munosib shart-sharoitlar hamda mutaxassislar malakasini yuqori baholadilar.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi
"11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda sport musobaqalari o‘tkazildi

​“Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda mehnat jamoasida o‘zaro birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratildi.

​Sport tadbirlariga “Salomatlik uchun 5 000 qadam” ommaviy yurishi orqali start berildi. Majmua jamoasi jismoniy faollik va sog‘lom hayot tarzining amaliy ifodasini namoyon etgan holda, kun davomida o‘tkazilgan asosiy bellashuvlarga ko‘tarinki ruhda kirishdi.

Shundan so'ng, ​dasturga muvofiq, majmuaning turli tarkibiy bo‘linmalari xodimlari 100 metrga yugurish hamda yuqori jamoaviy uyg‘unlik talab etuvchi “Quvnoq sport” yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy hamkorlik salohiyatini to‘la namoyon etdilar.

Quyida ​musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

​100 metrga yugurish (ayollar o‘rtasida):
​1-o‘rin – Mexinbonu Soatova (Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi);
​2-o‘rin – Farida Omonova (Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi);
​3-o‘rin – Mahliyo Yo‘ldosheva (Zavod poliklinikasi xodimasi).

​100 metrga yugurish (erkaklar o‘rtasida):
​1-o‘rin – Shaxzod Erkinov (Ichki suv taʼminoti sexi xodimi);
​2-o‘rin – Husan Xushnarov (Zavod poliklinikasi xodimi);
​3-o‘rin – Nurbek Ishoqov (Etilen ishlab chiqarish sexi xodimi).

​“Quvnoq sport” (ayollar jamoalari):
​1-o‘rin – Umumiy ovqatlanish sexi;
​2-o‘rin – Zavod poliklinikasi;
​3-o‘rin – Maishiy xo‘jalik xizmati.

​“Quvnoq sport” (erkaklar jamoalari):
​1-o‘rin – Ichki suv taʼminoti sexi;
​2-o‘rin – Zavod poliklinikasi;
​3-o‘rin – Etilen ishlab chiqarish sexi.

​Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlanib, ularning sportdagi muvaffaqiyatlari e’tirof etildi.

Bu kabi tadbirlar korxonada sog‘lom korporativ muhitni qaror toptirish, ishchi-xodimlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda kasaba uyushmalari faoliyatining ijtimoiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Taqdirlash marosimidan fotolavhalar:

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

REGENERATSIYA GAZIDAN — ELEKTR ENERGIYASIGA: «SHURTAN GKM» MCHJDA 4,6 MVTLIK LOYIHA
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda energiya samaradorligini oshirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Xususan, majmuada umumiy quvvati 4,6 MVt bo‘lgan, har biri 2,3 MVt quvvatga ega ikkita gaz-porshenli generator qurilmasini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Loyihaning muhim jihati shundaki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda majmuaning texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan regeneratsiya gazidan yoqilg‘i sifatida foydalanish ko‘zda tutilgan. Ikkilamchi energiya resurslaridan qayta foydalanish mavjud imkoniyatlarni samarali ishga solish, tashqi elektr ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va korxonaning energetik mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida yangi energiya markazi binosi va zarur muhandislik infratuzilmasi barpo etilmoqda. Shuningdek, elektr taqsimlash uskunalari, texnologik quvurlar, sovitish tizimlari, avtomatik boshqaruv hamda generatorlarning umumiy elektr tarmog‘i bilan sinxron ishlash tizimlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda asosiy generator agregatlari va yordamchi uskunalar obyektga yetkazib kelingan. Energiya markazining qurilish konstruksiyalari va tom qoplamasi bo‘yicha ishlar bajarilgan. Ayni paytda texnologik kommunikatsiyalar, kabel trassalarini yotqizish, elektr jihozlarini montaj qilish hamda obyektni ishga tushirishga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Yangi generatsiya quvvatlarining ishga tushirilishi majmuaning ichki elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining muayyan qismini o‘z manbalari hisobidan qoplash imkonini beradi. Natijada elektr energiyasi xarajatlarini maqbullashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarining energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Mazkur loyiha Shurtan gaz kimyo majmuasida zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlardan biridir.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

FACT-CHECK: «SHURTAN GKM» MCHJ 2026-YIL OKTABR OYI BO‘YICHA
2026-yilning oktabr oyida «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ tomonidan belgilangan ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda mahsulot yetkazib berish rejalari to‘liq bajarildi. Tayyor mahsulotlar belgilangan taqsimot hamda «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» (O‘zRTXB) AJ ochiq birja savdolari orqali iste’molchilarga yetkazib berildi.

1. Ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari:

Qabul qilingan xom-ashyo gazi: 375,212 million kub metr (rejaga nisbatan 101,4%).

Tozalangan tabiiy gaz (jami): 320,602 million kub metr (rejaga nisbatan 103,1%). Shundan:

«Uzbekistan GTL» MCHJga yetkazib berish: 298,453 million kub metr (rejaga nisbatan 100,8%);

«UzGazTrade» AJga yetkazib berish: 22,149 million kub metr (rejaga nisbatan 147,7%).

Suyuq uglevodorodlar (jami): 21 495,852 tonna (rejaga nisbatan 108,0%). Shundan:

Suyultirilgan gaz: 12 082,477 tonna (rejaga nisbatan 114,0%);

Gaz kondensati: 9 413,375 tonna (rejaga nisbatan 101,2%).

Polietilen granulasi: 12 330,0 tonna (rejaga nisbatan 101,9%).

Texnik oltingugurt: 134,227 tonna (rejaga nisbatan 144,3%).

2. Mahsulotlar realizatsiyasi va sotuv:

Polietilen granulasi («O‘zRTXB» AJ birja savdolari orqali): 10 981 tonna (rejaga nisbatan 107,7%).

Suyultirilgan gaz (jami): 11 165,7 tonna (rejaga nisbatan 105,0%). Shundan:

Aholi maishiy ehtiyojlari uchun («Hududgazta'minot» AJ): 10 308,5 tonna;

«O‘zRTXB» AJ ochiq birja savdolari orqali: 857,2 tonna.

Texnik oltingugurt («O‘zRTXB» AJ birja savdolari orqali): 120 tonna (rejaga nisbatan 129,0%).

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Gubkin universiteti talabalari «Shurtan gaz kimyo majmuasi»da malaka oshirmoqda
Zamonaviy neft-gaz sanoati uchun raqobatbardosh, yetuk mutaxassislar tayyorlashda ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan uzviy bog‘lash va bo‘lajak muhandislarning kasbiy ko‘nikmalarini real ishlab chiqarish muhitida shakllantirish uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJga tashrif buyurdi.

​Mazkur amaliyot bo‘lajak neft-gaz sohasi mutaxassislariga oliy ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini bevosita zamonaviy korxona sharoitida mustahkamlash, texnologik jarayonlarni chuqur o‘rganish imkonini bermoqda.

​Tashrif avvalida amaliyotchi talabalar mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi texnikasi va ichki tartib-qoidalar bilan atroflicha tanishtirilib, maxsus himoya kiyimlari bilan ta’minlandi. Belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilingan holda, talabalar majmuaning asosiy ishlab chiqarish maydonlariga kiritildi.

​Ayni paytda amaliyot jarayonlari reja asosida qizg‘in davom etmoqda. Talabalar, xususan, Tayyor mahsulot va xomashyo sexida smena ishlarida bevosita ishtirok etib, texnologik rejimlar hamda qurilmalarning ishlash tamoyillarini tajribali muhandis-texnik xodimlar nazorati ostida o‘rganmoqdalar. O‘tkazilayotgan muloqotlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha kasbiy va texnologik savollarga mutaxassislardan bevosita javob olishmoqda.

​Amaliyot jarayonlari, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bevosita tanishish maqsadida filial rahbariyati hamda mas’ullar ham korxonaga tashrif buyurdi. Xususan, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori, professor Abdulla Magrupov, filialning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mirzaanvar Axmedov hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – personalni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Elmirza Turdikulovlar amaliyot joylarida bo‘ldilar.

​Tashrif davomida mehmonlar majmua boshqaruv jarayonlarini raqamli monitoring qilish imkonini beruvchi Zamonaviy taqsimlangan boshqaruv tizimi (DCS) markazida bo‘lib, avtomatlashtirilgan jarayonlarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, soha uchun yetuk kadrlarni maqsadli tayyorlashga xizmat qilayotgan «Ilg‘or muhandislik maktabi» faoliyati bilan atroflicha tanishdilar.

​Shu bilan birga, talabalarning yashash va dam olish sharoitlari ko‘zdan kechirilib, yotoqxonada yoshlar uchun yaratilgan barcha zarur maishiy va qulay imkoniyatlar yuqori baholandi. Amaliyotchi talabalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazilib, ularning taassurotlari, takliflari va o‘rganayotgan bilimlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

​Mehmonlar majmuaning ko‘p yillik boy tarixi, erishgan yutuqlari va soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasini aks ettiruvchi «Shurtan gaz kimyo majmuasi» muzeyida ham bo‘lib, boy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

​Uchrashuv va muzokaralar yakunida mehmonlar yosh kadrlarning amaliy ko‘nikmalarini charxlashida yaratib berilgan keng imkoniyatlar, yuqori darajadagi amaliyot bazasi uchun majmua rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

​Barcha qulayliklar bilan ta’minlangan mazkur ishlab chiqarish amaliyoti hafta yakuniga qadar davom etadi va u bo‘lajak muhandislarning kelgusidagi professional faoliyatida mustahkam amaliy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

"O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Shurtan gaz kimyo majmuasida bo‘ldi ​
​"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.Hamroyev va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari A.Xudoyberganov boshchiligidagi ishchi guruh "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif dastlab «Qarshitermoplast» sexidan boshlandi. Rahbariyat sexdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda texnologik jarayonlar holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida sex faoliyatini sog‘lomlashtirish, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, ishchi guruh a’zolari Shurtan gaz kimyo majmuasiga tashrif buyurib, korxonada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan bevosita tanishdilar.

Tashrif yakunida majmuada kengaytirilgan sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Unda korxona faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari konsepsiyalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Shurtan mintaqasida tabiiy gaz qazib chiqarish prognozlari tahlil qilinib, "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ hamda "Uzbekistan GTL" MCHJni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, xarid jarayonlarini samarali tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan barcha yo‘nalishlar, xususan, istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisiga tegishli takliflar kiritish belgilandi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda 2026-yilning 9 oylik faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ boshqaruv apparatida 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi topshiriqlari ijrosi, ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi, kuz-qish mavsumida texnologik qurilmalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda kelgusi yil uchun belgilangan vazifalarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, majmuaning joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari muhokama qilindi. Yil yakuniga qadar belgilangan reja ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish, ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini saqlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bunda rahbar xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish va topshiriqlar ijrosini doimiy nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi. Majmua faoliyatiga oid dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish, topshiriqlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi muhim masalalardan biri 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida majmua obyektlari va texnologik qurilmalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘ldi. Mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining holati, zarur moddiy-texnik resurslar zaxirasini shakllantirish hamda kelgusi yil may oyida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarida foydalanilayotgan uskuna va qurilmalarning texnik holatini o‘rganish, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan qismlarni qayta xatlovdan o‘tkazish, zarur hollarda ularni almashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifalari belgilandi. Texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni oldindan aniqlash va bartaraf etish, sanoat xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi talablariga rioya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Kun tartibida moliyaviy-iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish va 2027-yil uchun biznes-rejani shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Kelgusi yil ishlab chiqarish ehtiyojlarini, moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan talabni va xarajatlarni puxta rejalashtirish, debitor-kreditor qarzdorliklarni kamaytirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida majmuaning 2026-yil to‘rtinchi choragi va yil yakunlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish, ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini saqlash, kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish hamda kelgusi yilgi faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

KUZ-QISH MAVSUMINI BARQAROR O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK
Kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish jarayonlarining barqaror ishlashi va muhandislik tizimlarining ishonchli faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 18-maydagi 150-sonli buyrug‘i asosida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha 14 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, undagi vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Rejada texnologik qurilmalar, elektr, issiqlik, gaz va suv ta’minoti tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbirlarni amalga oshirishda korxonaning mavjud moddiy-texnik bazasi, ehtiyot qismlari va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mavjud resurslaridan oqilona foydalanildi. Asosiy ishlarning ichki imkoniyatlar hisobidan bajarilishi resurslardan samarali foydalanish bilan birga, xarajatlarni maqbullashtirish va mablag‘larni tejash imkonini berdi.

Xususan, markaziy qozonxonadagi 2 ta yuqori bosimli bug‘ qozoni hamda ishchilar shaharchasidagi 5 ta suv isitish qozoni — jami 7 ta qozon profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, tegishli joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Qozonlar yakuniy sinovlardan o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 5 ta bug‘ kondensatini saqlash baki tozalanib, joriy ta’mirlandi.

Elektr ta’minoti tizimlarining ishonchliligini oshirish maqsadida jami 8 ta transformatorning texnik holati tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, transformatorlar tegishli sinovlardan o‘tkazildi va mavsum davomida ishonchli foydalanishga tayyorlandi. Shuningdek, 2 ta dizel elektr stansiyasi, 2 ta uzluksiz elektr ta’minoti manbai hamda 5 ta zaxirani avtomatik ulash qurilmasi joriy ta’mirdan o‘tkazildi.

Issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish ham tayyorgarlik ishlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Jumladan, bug‘, isitish va issiq suv tarmoqlaridagi jami 169 metr izolyatsiya qoplamasi bo‘yicha ta’mirlash va yangilash ishlari olib borildi. Shundan 60 metr izolyatsiya qoplamasi korxonaning mexanik ta’mirlash sexida ichki imkoniyatlardan foydalangan holda ta’mirlanib, qayta o‘rnatildi. Bu, o‘z navbatida, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bilan birga, mavjud resurslardan samarali foydalanish va xarajatlarni maqbullashtirish imkonini berdi.

Suv ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida "Suvni qayta haydash" nasos stansiyasidagi 4 ta suv saqlash rezervuari tozalanib, ularning texnik holati tekshirildi. Shu bilan birga, gaz kondensatini saqlash rezervuari hamda 130 ta konteyner-sisterna tozalanib, kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorlandi.

Amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish jarayonlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, mavjud imkoniyatlarni samarali foydalanish hamda xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|

MEHNAT FAXRIYLARI UCHUN SAMARQANDGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida uzoq yillar davomida korxona rivojiga munosib hissa qo‘shgan va bugungi kunda nafaqada bo‘lgan bir guruh mehnat faxriylari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Tarix va ma’naviyat nafasi ufurib turgan Samarqand safari faxriylar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ular Imom al-Buxoriy ziyoratgohini ziyorat qilib, buyuk alloma xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda, Go‘ri Amir, Bibixonim majmualari hamda Samarqandning beqiyos timsoli bo‘lgan Registon ansambli bilan yaqindan tanishdilar. Safar davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi ham ziyorat qilinib, xotirasi yod etildi.

Sayohat davomida faxriylar Samarqandning tarixiy obidalari va ziyoratgohlaridan bahramand bo‘lish bilan birga, o‘zaro samimiy suhbatlar qurib, mehnat yillarini yodga oldilar. Ko‘p yillar davomida majmua taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan insonlar uchun bunday e’tibor va ehtirom, shubhasiz, alohida ahamiyat kasb etadi.

Mehnat faxriylarini qadrlash, ularning fidokorona faoliyatini e’zozlash va ular bilan doimo hamnafas bo‘lish — “Shurtan gaz kimyo majmuasi”da shakllangan ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|