@shahikoook

Cuppffup
Yododdoydoyd

Maskarad
Bir marta boʻlsa ham narsalarni jahl bn emas aql bn boshqar

CHANGDA QOLGAN GUL
#passage_14

Shifoxona ichiga kirgach yo'lida birinchi uchragan yuvinish xonasiga kirgan qiz oynalardan biriga ro'para kelib uning qarshisida to'xtadi. Bo'lib o'tgan ishdan so'ng butun vujudi kamsitilish alami bn yonib ko'zlari yoshlanishni boshladi. Lekin ular tomchilamasdan burun barmoqlari uchida darhol artib tashladi va suvni ochib yuzini chaydi. Qog'oz sochiq yordamida yaxshilab namlikni quritib olgach ko'zgudagi nigohlarida qat'iyat bn boqdi.

Jiye: Ruhingdagi yig'loqini shu yerda tashlab ketish vaqti keldi. Birovlar senga istagancha nag'ma qilishlariga yo'l qo'yishni bas qil endi. Ko'rinib turibdi insonlarga bosh egsang seni battar yer ostiga tiqishni boshlashadi.  Ko'z yoshlaringni ularning qo'lida qurol qilma! Qaddingni tik tut JIYE! Sen kuchli bo'la olasan va bunga majbursan! Ota-onang o'tmishi tufayli sen javob berishing kerak degan ahmoqona o'ylarni endi hayolingdan chiqar. Inson bo'lib tug'ilding va inson bolasi sifatida yashashga haqlisan. Seni ezishga urinishsa ham o'zingni ezdirib qo'ymaysan

Butunlay boshqa insondek xonadan chiqqan qiz eshikdan yuzi siniqlashib yelkalari susayib qolgan akasining kirib kelishi bn yuzlashdi. Uni tanimagan odam Jungkook 3 kunda ruhan qarib qoldi deb o'ylaydi. Koshki edi barchasi boshqacha bo'lganida... Jiye o'shanda akasini Taehyung bn sinamaganida , bir onlik o'tkinchi tuyg'ulariga yengilmaganida balki hozir hammasi asl holida bo'larmidi? Ammo afsuslanish uchun endi juda kech edi. Hammasi ortga qaytmas darajada o'tib bo'lgandi. Jungkook unga yaqin kelib telefonini uzatarkan Jiye uni olish mobaynida akasining cho'kib qolgan ko'zlariga qaradi.

Jiye: Aka...

Qizning pichirlaganini Jungkook eshitdimi yoki o'zini eshitmaganlikka oldimi xullas unga javob bermadi. Jiye yana uni bir sira ko'zdan kechirarkan yuragining bir chetida hech qanday ma'no kasb etmaydigan aybdorlik va uyalish chaqnardi. Akasida aks etib turgan butun olamga sig'adigan darajadagi dard qizni yuragini mislsiz tilkalardi

Jiye: Kechirimingizga loyiq emasman aslida , lekin baribir uzr so'rayman. G'ururingiz bn o'ynashganim uchun kechiring

Jungkook: O'sha mishqini atrofingda o'ralashishini istamayman. Vaqtida aql-hushingni yig'ib qadamlaringni orqaga tashla!

Jiye: Muammo yo'q. Dadam bn gaplashaman uni ishdan bo'shatadilar. Ont ichaman boshqa yuzingizni yerga qaratadigan ish qilmayman. Yana bir bor uzr

Jungkook: Ba'zan ayrim narsalarni kechirish emas , unutish kerak bo'ladi

Qiz akasining havsalasini pir qilganini juda yaxshi biladi. O'tmish ortda qolganini va unga ta'sir o'tkazish umuman foydasiz ekanini ham tushunadi. Yuragini o'rtayotgan afsusning og'irligi yelkasiga tobora bosilar biroq Jungkookning oldida o'zini yo'qotmaslikka urinardi.

Palataning unga ajratilgan yotog'ida haykaldek qotib o'tirgan Seo choyshab matosini qattiq siqib qalb og'rig'ini bosishga urinardi. Uning ko'zlari yetarlicha shishib qizargan , jussasi esa sovuqdan emas allaqanday alamdan qaltirardi. Eshik ochilib jasoratini ichiga yutgan yigit kirib keldi. Seo unga bir marta ko'z tashladi-yu so'ng yuzini tezda burib qaytib o'girilmadi. Jungkook ushlab turgan nafasini bir tekisda qo'yib yubordi va og'ir oyoq bosishlar bn yaqinlashib keldi. Qiz u yana janjal qilgani keldi deb o'ylab o'zini navbatdagi sinovga tayyorlayotganda Jungkook uning yonidan ohista joylashib kuchsiz qo'lidan yumshoqlik bn tutdi. Shundan keyingina Seo uning nigohlariga tikilishga jazm qildi.

Jungkook: Haq ekansan...

Ularning orasidagi sukut bu gal boshqacha edi. Bu nafrat yoki ayb emas balki parchalangan yuraklarning tiklanish davri edi go'yo.

Jungkook: Men rostini aytganingni bildim

Seo: Xo'sh? Hali ham uni himoya qilasizmi?

Jungkook: Yo'q , bu narsani hech qanday sabab bn oqlab bo'lmaydi. Men butunlay boshqa maqsadda qaytdim

Seo: Jungkook... men juda yomonman. Siz ham mendan kam azob chekmayapsiz buni bilaman. Lekin... bundan keyin meni yolg'onchiga chiqarishdan avval vaziyatni surishtiring

Jungkook so'zsiz uning o'ziga yaqinroq tortib qattiq quchoqlagancha yelkasiga yuzini yashirdi. Seoning barcha hissiyotlari shu on so'nib yosh bola singari yig'layotgan erini ovutish uchun bir qadam tashladi. Jungkookning sochlarini silagancha uni yupatarkan unda kechayotgan jarayonlar o'zinikidan-da og'riqli ekanini yurakdan sezdi.

Jungkook: Men shu paytgacha uni mehribon va kuchli ayol deb bilganman va qattiq yaxshi ko'rganman. Qanday qilib... qanday qilib meni onam begunoh bolaning , o'z nabirasining hayotiga zomin bo'lishi mumkin?

Nixoyat Jungkookdan birdamlik umidini topgan qiz uni o'ziga yana-da mahkam tutib ko'zlarini yumdi. Bolasining sog'inchi hozir uni qamrab olsa-da Jungkookka kerak ekanini tushunib unga kuchliroq madad bo'lishni istadi.

Seo: Meni bu yerlardan olib keting...

Jungkook boshini ko'targanda Seo unda shu vaqt oralig'ida yig'ilgan charchoq va iztirob asoratini ko'rdi. Biroq uning nigohlari chorasizlikka qarshi umid topilgani bn chaqnab turardi. Ularda rozilik alomati yaqqol sezilar Jungkook  hoziroq uni bu qabihlikka to'lgan joylardan olib ketish haqida o'ylardi.

Jungkook: Ketamiz... Qayerga bo'lsa ham , biz uchun tich bo'lgan joylarga boramiz...

Seoning ovozi titrab ko'ngliga kelgan so'zlaridan ozorlangancha erining qo'llarini qattiq siqdi.

Seo: Yana bir gap... iltimos qizalog'imni... ota-onamning yoniga dafn qilishsin...

Jungkookning azobi qayta yangilanib Seoning sochlarini sokin silagancha bosh irg'adi. Uning nozik va dardli iltimosi ichki og'rig'ini kuchaytirdi.

Jungkook: Hotirjam bo'l... hammasini hal qilaman. U o'sha yerda tinch va sokin uxlaydi

Bir onda tushunib bo'lmas og'ir jimlik cho'kib Seoning yig'i orasida entikib nafas olgani eshitildi. Hozir bu mavzuni ko'tarishning mavridi emas ammo Jungkook farzandlik mas'uliyati tufayli ham buni gapirmasa bo'lmasdi. Jinju xonim nimalar qilmasin uning onasi... Jungkook onasiga bo'lgan sevgisini qancha urinsa ham nafratidan ustun qo'ya olmaydi va ketish oldidan uni sovuq panjaralar ortida qoldirishni istamaydi. Shu sababdan Seoga jur'atsiz termulgancha ko'nglidagini aytdi.

Jungkook: Menga o'sha kungi gapni jahl ustida aytganding , to'g'rimi? Oyimni ustidan shikoyat qilmaysan shundaymi?

Seo: Yo'q , qilaman!

Jungkook: Seo! U nima qilgan bo'lsa ham meni onam... Uni tashlab ketayotganim - u uchun katta jazo. Bu fikringdan qaytishing kerak

Seo: Kechiring... Men bu masalaga ortiq qaytmoqchi emasman. Menga qilganlari uchun qonun oldida javob berishini xohlayman

Jungkook: Senga yolvorishimni istayapsanmi?

Seo: Jungkook yolvorganingiz bn qarorim o'zgarmaydi!

Jungkook: U mening onam , Seo! U sen uchun zarracha ahamiyatga ega bo'lmasa ham meni hurmatim uchun voz kechishing kerak

Seo: O'q yoydan chiqib bo'lgan , endi uni qaytarish imkonsiz!

Bu mavzuga qat'iy kirishishni boshlagan Jungkookni xonaga kirgan hamshira to'xtatib qoldi. Bundan keyin u uchun yangi tashvish tug'ilarkan ichiga tushgan g'ulg'ula hozirdanoq miyasini kemira boshladi. Endi Jinju xonim bn  nima bo'lishi mavhum... Jungkook o'g'il sifatida uni himoya qilishi lozim.

Ertasi kuni...

Jiye: Hozirgina oʻqishdan qaytdim , dada. Bir pas Seoni yonida bo'lib keyin uyga boraman... aytgancha men aytgan masalada nima deysiz?

-nega birdan bunday xulosaga kelib qolding? Balki qayta o'ylab ko'rarsan?

Jiye: Yo'q , qarorimni o'zgartirmayman. Aslida menga tansoqchini keragi yo'q. Lekin mendan havotir olsangiz , shu bn hotirjam bo'laman desangiz yangisini yollashingiz mumkin

-ammo nega nargisim? Taehyungdan qanday ayb o'tdi? Agarda seni hafa qiladigan biror nima qilgan bo'lsa u bn boshqacha gaplashaman

Jiye: Sabablari ko'p. Biroq unga tegishli hech narsa yo'q. Iltimos buni boshqa muhokama qilmaylik. Keyinchalik sizga albatta hammasini tushuntiraman. Shifoxonaga kiryapman ko'rishguncha dadajon

Palataga yaqinlashgan qiz go'shakni qo'yib xona eshigini ochishi bn kechagidan biroz tetik bo'lgan Seoga duch keldi. Uning ahvoli oz bo'lsa-da yaxshilanganidan yengil tortgan Jiye u bn ochiq chehrada ko'rishdi. Ko'rinishidan Seo kasalxonadan ketishga tayyorlanayotgandek edi shuning uchun Jiyening birinchi qiladigan ishi uni so'roq qilish bo'ldi.

Jiye: Shifoxonadan chiqmoqchimisan?

Seo: Ha , juda ko'p erkalik qilib yubordim... keyin nafasim ham siqildi

Jiye: Yaxshiligingga ishonching komilmi?

Seo: Hammasi joyida. Tashvishlanma...

Jiye: O'zingni tiklab olganingdan xursandman

Jiyeni bir talay savollar qamrab olarkan Seodan so'ramoqchi bo'lganlarini ochiqchasiga ayta olmay iymanar edi. O'tirishgandan so'ng baribir qiziqishi ustunlik qilib undan o'sha masalani so'rab ko'rdi.

Jiye: Akam bn gaplashib oldingizmi?

Seo: Gaplashdik va o'ta muhim bir qarorga keldik

Jiye: Jinju xonim borasidami? Arz qilmaydigan bo'ldingmi?

Seo: Yo'q bu to'g'risida niyatim jiddiy. Qayta gaplashmaymiz...

Jiye: Lekin yana o'ylab ko'rsang bo'lardi...

Seo: Jiye... sen ham boshlama endi

-Yaxshi-yaxshi senga bosim o'tkazmayman. Yuraging nimani buyursa shuni qil

Derazadan muloyim tushayotgan quyosh yog'dulariga termulgan Seo ketayotganlarini Jiyega bildirish vaqti yetganini tushundi.

Seo: Biz ketmoqchimiz Jiye... Bu yerda qolgan har bir kunim menga yangi azob tug'diryapti. Kuchli bo'lishga harakat qilyapman ammo bu ayriliqqa dosh berish men uchun qiyin kechyapti. Buni nima deb atashardi?... Ha... qo'rqoqlik... Muammolarimdan shunchalik cho'chiyapmanki hozir istalgan joyga qochishga tayyorman

Qiz Seoning tushkun chehrasiga qarab parishonlik bn xo'rsindi. U uchun kutilmagan va og'riqli yangilik. Ikki ishongan va jon dilidan yaxshi ko'rgan insoni kutilmaganda undan uzoqlashish arafasida. Seo bu paytda shusiz ham darz ketgan edi , endi Jiye ham ichki sinishni boshidan o'tkazdi. Nima ham qila olardi? Ular ham o'z hayotida sitamlarsiz bekami ko'st yashashga haqli. Akasi ham qachongacha onasi qo'ygan to'siqlar bn kurashib yashaydi. Ayniqsa so'nggida yuz bergan mudxish voqea g'ishtni qolipdan batamom ko'chirgan edi. Jiye hafa bo'lmaslikka harakat qilib Seoning qo'lidan siqib qo'ydi.

Jiye: Shu yo'l bn hayotingiz iziga tushsa sizlarga oq yo'l tilayman. Hamisha baxtli bo'ling va zinxor bir-biringizni tark etmang. Taqdir sizga juda katta dars berdi. Buni umringiz davomida qalbingizda saqlamasdan kelajak uchun harakat qiling... kichik farishtangiz ham ehtimol shuni istar... Ota-onasi o'zining yomon xotirasi bn yashashi ruhini ranjitar...

Jiyening yurakni lahzaga keltiradigan so'zlaridan Seoni mijjalari qayta yoshlanib uni to'satdan qattiq bag'riga bosdi. Qiz ham ko'z yoshlarini boshqara  olmay uning yelkasidan silab qayta kuch  bag'ishladi. Ular bir-birlaridan sokin ajralishib hozirdanoq sog'inchga to'lgan nigohlariga tikilib qolishdi.

Seo: Bir tomondan seni o'sha zaharli ilonni qo'lida qoldirishni istamayapman. Balki biz bn birga ketarsan

Jiye: Yo'q menga shu yer yaxshi. Havotir olma o'zimni hafa qildirib qo'ymayman. Kech bo'lsa-da ko'zlarim ochildi

Seo: Nima bo'lgan taqdirda ham ehtiyot bo'l , Jiye. Seni o'z singlimdan-da ziyoda ko'raman. Menga borliging bn opalik baxtini bergandek bo'lding va men senga shunchaki qaynisingil sifatida qaray olmadim. Katta rahmat senga... Hayotimga mo'jiza bo'lib kirding va menga ishonishni o'rgatding. O'zingga e'tiborli bo'l va aslo baxtsiz bo'lishga urinma. Aks holda dunyoning bir chekkasida turib bo'lsa ham adabingni beraman

Jiye kulimsirab uni yana o'z bag'riga tortdi va ular yuraklarida titroq bn quchoqlashishdi. Ikkisining ham ko'ngli allanechuk xira tortgan bo'lsa-da biror kun qayta ko'rishish umidi bn o'zlarini yupatishdi.

Jiye: Men endi bora qolay

Seo: Darrov a?

Jiye: Ishga borishim kerak. Ketishingiz oldindan koʻp uchrashamiz buguncha aybga buyurmaysan

Seo: Yaxshi bor... Kechqurun qoʻngʻiroq qilsang uzoq dardlashamiz

Jiye: Albatta... Har tundagidek... Koʻrishguncha

-o'g'lim bu juda jiddiy qaror? Bizni shunchalik oson tashlab ketmoqchimisan?

Jungkook: Dada meni bunday qiynamang. Shundoq ham necha kundan beri ichimdan zil ketyapti. Bir yoqda Seo , bir yoqda oyim , bir yoqda Jiye , bir yoqda siz... Sizlarni tark etish ham meni xursand qilayotgani yo'q

-oying kechirilmas xatoga qo'l urdi buni bilaman. Ammo ketish biroz shavqatsiz jazo bo'lmaydimi? Bu yerda shuncha boylik kimga qoladi? Singling tadbirkorlikka ro'yxush bermasa , hammasini boshqarish meni bo'ynimga tushadimi?

Jungkook: Dada siz shularga men bn birga erishmadingizku. Men sizga shunchaki ko'maklashdim. Qolgan hammasi sizning mehnatlaringiz samarasi

Uni yo'ldan qaytara olmasligini sezgan Minwoo behuda harakatlarini to'xtatdi. Yagona o'g'li olis yurtlarga ketayapti... Yana ko'rishish qachon nasib qilishini Jungkook aniq aytmadi. Demak bu sayohat uzoqqa cho'ziladi. U qaytganida Minwoo bormi yoki yo'q barchasi noma'lum. Shu sababdan uning o'pkasi to'lib vidolashayotgandek o'g'liga quchog'ini ochdi.

-bunday qisqa va lo'nda xayrlashish bo'lmaydiku , o'g'lim

Dadasini oxirgi marta quchoyotgandek qattiq siqqan Jungkook ham yoshlarini tiyishga ojizlik qildi. Minwoo biror muammoga duch kelganda doim o'g'liga suyanardi. Bundan keyin unga kim yo'ldosh bo'ladi. Kompaniya xodimlariga ham ishonish qiyin. Begona begonaligini istalgan paytda qilishi mumkin. Og'ir vaziyatlardan uni doim Jungkook olib chiqib ketardi. Endilikda bu mashaqqatli yo'lni faqat o'zi bosib o'tadimi?

Jungkook: Oyimni asrang... ikkingiz ham sog' bo'lishga majbursiz va Xudoga omonatsiz. Sizlarni yaxshi ko'raman. Biror kun qaytaman , ungacha bir-biringizni ehtiyot qiling

Shifoxonaga hashamat ila kiyingan bir xonim afandi barchani o'ziga qaratib koridor bo'ylab yurib borardi. Hamshira-yu felsherlar unga hayronlik bn yo'l berib atiri hididan mast bo'lgancha pichirlashib qolishardi. Jinju shaxsan Seo bn yuzma-yuz gaplashish uchun bu yerga qadam bosgandi. U yotgan xona raqamini surishtirib hech ikkilanish va hijolatsiz ichkariga kirib bordi. Jiyeni kuzatib erining olib ketishini kutayotgan qizning yuz ifodasi uni ko'rishi bn qo'rquv va alamga moyillik berdi. Boqishlarida hayronlik chuqurlashib ko'zlari ulkanlashgancha turgan joyida tarasha misol qotib qoldi. Bu qanaqa yuzsizlik? Qanday qilib bu ayol hech nima sodir bo'lmagandek uning oldiga kela oldi? Seoning yangi yarasi qayta ochilib ketishi haqida o'ylab ko'rmadimi?

-gaplashib olsak bo'ladimi?

Seo shunchaki o'ylanish bn qoshini ko'tarib qo'llarini bir-biriga bog'ladi. Ortiga tashlagan barcha ko'ngilsizliklari yana burnini tagiga kelgandek dadilligini yiqqancha ayolga tik qarab turardi.

-faqat gaplashamiz

Qiz uning yuzidan hamma narsani o'zicha o'rganib chiqdi-yu jahlini jilovlagancha bosh silkidi.

Seo: Yaxshi... muammosi yo'q...

Jinju xonim u tomonga yaqin kelganda Seoning ko'zlaridagi ichki g'azab bir on ham so'nmaganini his etdi. U hozir qiz nobud bo'lgan farzandining alami ustidan tashlanib qolishi mumkinligini ham o'ylamadi.

-meni politsiyaga topshirmoqchimisan?

Seo: Ha!

-bunday qilmaysan?

Seo: Nega?

-agar shunday qilsang Jungkook menga qarshi guvohlik berishga majbur bo'ladi

Seo: Meni o'lasi qilib kaltaklab , hali tug'ilmagan bolamni joniga qasd qilishdan avval qayerda edi shu aqlingiz? Keyin men o'g'lingizni guvohlik berishga majburlamayapman

-hmmm~ sen hech narsaga majbur qilmaysan! Lekin oramizda qora mushukdek bo'lib turibsan... o'g'lim baxtsiz! Onasiga teskari bo'ldi , o'z hayotidagi muhim qarorni oilasidan , ota-onasidan yashirib qabul qildi-yu senga uylanib oldi , o'z uyiga qadamini bosmay qo'ydi. Seni deb oilamiz to'zib ketdi ko'rmayapsanmi? Nima xohlaysan? A? Meni o'g'limdan ajratmoqchimisan?

Seo: Men bn bunday gaplashishga qanday yuzingiz chidayapti? Shukur qiling Jungkook uchun o'zimni bosib turibman yo'qsa mana shu shifoxonaning eng hashamatli , luks xonalaridan birida bo'lardingiz. Aslida zo'ravon emasman ammo nohaq o'lib ketgan bolam uchun har qanday baloga tayyorman

Jinju xonim doimgidek gaplarini yo'qotib soxta muloyimlikka qayta boshladi.

-ustimdan shikoyat qilma! Sen ham onasan , men ham onaman. Meni bolamdan ayirma

Seo: Bir ona - boshqa onaga va uning tug'ilmagan bolasiga hujum qilmaydi. Siz ona emassiz Jinju xonim! Siz onalik deganda faqat bolaga egalik qilishni tushunasiz. Xuddi boyliklaringizni egasidek , o'g'lingizni egasiman deb o'ylaysiz. Uni baxti , kelajagi , istagi sizga zarracha qiziqmas. Boshqa narsalar ham siz uchun muhim emas. Siz faqat o'zingizni o'ylaydigan odamsiz. Nima bo'lsa ham sizni xohishingiz , sizni tuyg'ularingiz , sizni orzularingiz muhim. Uzr men endi bunga yo'l qo'ya olmayman. Jungkookni o'yinchoq qilishingizga jim qarab turmayman. Keyingi safar siz bn sudda ko'rishamiz

Ustki kiyimini yotoq ustidan olgan Seo uni egniga ildirdi-yu Jinjuni xona o'rtasida haykaldek qotirgancha chiqib ketdi.

Minwoo ish qog'ozlarini bir chetka surib o'g'lining bo'shatilgan xonasiga tikilib turardi. Hozir hech narsa ko'ngliga sig'mas faqatgina Jungkook bn bo'lgan bugungi suhbatni o'ylardi. Qachonlardir u ham bu yorug' dunyoni tark etganida uni ko'madigan yakka-yu yolg'iz o'g'li kilometrlar yiroqda bo'ladi. Shularni hayol suraverib vaqtini o'tkazgan Minwoo belgilangan muddatni ham unutib qo'ydi. Yordamchi kirib ogohlantirish berganidan keyin u beparvo qo'l silkitib bekor qilishlarini aytdi.

Soat o'tavergani sari yurishlari qat'iy , ko'zlari olovdek yongan holda bir yigit kompaniya ichiga kirishi bn hamma joyga qo'ydi. Orqasidan yugurgan kotibaga ham qaramay tavakkaliga lift bn yuqori qavatga ko'tarildi. Xonalarni skaynerlab so'nggi hashamdor ofis ichidan Minwooni topdi. Kotiba qiz unga yetib olib kirishiga ruxsat yo'qligini tushuntirsa ham unga quloq solmay eshikni itarib ichkariga kirdi. Uni ko'rgan Minwooning kayfiyati  oldingidan battar buzildi.

-xonamga nima uchun bosqichidek kirib kelyapsan?

Taehyung: Qiziq buni sababi nima ekan a? Tantiq qizingizning erkaligidir balki?

-ko'zimdan yo'qol... yo'qsa qo'riqlash xizmatini oyoqqa turg'izaman

Taehyung: Boshingizda qolsin o'sha qo'riqchilaringiz , kerak bo'lsa butun qo'shinni shu yerga yig'ing. Gaplashmagunimizcha hech qayerga ketmayman

-Sen bu ishga noloyiq ekaningni Jiyega isbotlab bo'lgansan. Endi esa mendan ham , qizimdan ham uzoq yur!

Taehyung: Qolish niyatim yo'q. Bu yerga ishga qaytarish uchun yalingani keldi deb o'yladingizmi? Sira ham unday emas. 2 oylik xizmat haqqimni bering va siz bn ishimiz bitadi!

Minwoo mana endi ablah inson qiyofasiga kirib Taehyungga qarshi chiqishga qaror qildi. Oyoqlarini chalishtirib aylanma kreslosiga bemalol suyanib joylashgancha yigitning o'tkir ko'zlariga tikildi.

-nima haqida gapiryapsan?

Taehyung: Qizingizni ikki oy davomida har kimdan va hamma narsadan himoya qildim. Ishimdan kamchilik topa olmaysiz chunki u sog'-salomat. Shunday ekan maoshimni hisoblang

-mendan bir qurush ham ololmaysan

Taehyung jahl bn qo'llarini keng stolga urgancha tirab yaqinroq engashdi.

Taehyung: Zinxor meni ermak qilishga urinmang. Sizdan qarz yoki kredit so'rayotganim yo'q. O'z haqqimni talab qilyapman. U menga kerak... otamni davolatish uchun o'zimni o'qqa , cho'qqa uryapman. Sizga o'xshab yumshoq kursida yalpanib o'tirgancha vaqt sarflamayapman! Sabr kosamni to'ldirmasdan gazandalaringizga ayting. Hoziroq maoshimni taxt qilishsin

-sen kimni joyida kimga buyruq qilyapsan?

Taehyung: Men siz bn o'yin o'ynamayapman! Juda jiddiy tarzda talab qilyapman... Kuch ishlatishga majbur qilmang! Muhtoj bo'lmasam ikki dunyoda ham sizdan hech nima so'ramasdim

-Bechora , ancha qiynalib qolibsanku... dadangga hamdardligimni yetkaz , tezroq sog'ayib ketsin. Ko'p ham yig'lama hali hammasi yaxshi bo'ladi

Minwoo tortmadan biroz mayda pul chiqarib Tarhyung tomonga sochib yubordi. Butun g'ururi oyoqosti bo'lgan yigit sadaqadek uloqtirilgan pullarga qarab lablarini qattiq tishladi. Miyasida portlayotgan bomba ta'sirida ko'zlarini yumdi va o'zini bosishga harakat qildi. Bu yerda kuch ishlatib biror nimaga erishib bo'lmaydi shuning uchun aqli bn ishni hal qilishga qaror qildi.

Taehyung: Bu qilganingiz tovonini hali  juda og'ir tarzda to'laysiz!

So'nggi nuqtani qo'ygan Tae stoldan uzoqlashib Minwooning nigohlari bn yegancha eshik tomon yurdi. Ko'rinishidan qimmat bo'lgan noyob guldonni bir harakat bn yerga chilparchin qildi. Alamini shu bn bir muddat yenggan yigit Minwooni o'rnidan qo'zg'atib chiqib ketdi. Germaniya elchisining maxsus sovg'asini yerda tuzatib bo'lmas darajada sochilib yotganini ko'rgan Minwoo og'zini katta ochgancha unga qadalib qolgandi.

<tt-tags id="dMqE">
<tt-tag name="shahi">#shahi</tt-tag>
</tt-tags>

@shiny_fanfic