𝗦𝘂𝗺𝗶𝗻 ❦

-Taqdir istagan yo'l
“For My Sweet Moomy”

Saroy devorlarida shivirlab aytilgan so‘zlar daryo suvidek tez tarqalayotgan edi. Oshxonadagi xizmatkor qizlardan biri, dag‘dag‘ali ko‘zlarini kattaroq ochgancha, qo‘lidagi laganni yerga tushirib yuboray dedi:

— Nimalar deyapsiz? Rostan ham… Malika Armin o‘z akasiga turmushga chiqayotganmikan?

Uning dugonasi unga yangilikni biroz oldin yetkazgan edi. U shunchaki eshitmagan, eshitganlarini hali-hali o‘z ongiga sig‘dira olmayotgandi.

— Ha-da, o‘z quloqlarim bilan eshitdim, — dedi boshqa xizmatkor, past ovozda. — Malika hali endigina 16 yoshda, ammo Shaxzoda Sunghoon 23da. Eng yomoni, ular akayu-singil, onalari boshqa bo‘lsa ham...

Malikaning xonasida esa sukut hukm surardi. Bu sukutni shunchaki jimlik deb atab bo‘lmasdi. Bu, yurakni tilayotgan savol va ko‘zga ko‘rinmas azobning og‘ir sukunati edi.

— Ona… Nimalar deyapsiz? — Arminning ovozi larzaga to‘ldi. — Nega aynan… akam?

Yoshgina malika g‘azab, hayrat va ko‘ngilning sindirilgan bo‘laklari ichida bo‘g‘ilayotgan edi. Uning xayolida hali to‘liq ochilmagan yoshlik gullari, orzulari, hali yozilmagan hayot sahifalari bor edi.

— Qizim… — Ikkinchi qirolicha, onasi sanaluvchi ayol, ko‘z yoshlarini yashirishga harakat qildi. — Majburmiz. Bu bizni surgundan qutqarib qoladi. Qirol bu qarorni bekor qilmaydi...

Arminning yuragi gup-gup urar, bu so‘zlar unga pichoqdan battar edi.

— Siz… siz ming qirolicha bo‘lsangiz ham, aslida onamsiz. Nega bunday bo‘ldi? Qarshilik qilolmadingizmi? Yoki sizga faqat manfaat kerakmi, a?

Arminning ovozi g‘azabli, ammo aslida o‘ksinib titrardi. U kutgan mehr, himoya bu ayoldan chiqmayotgandi.

— Bas qil! Haddingdan oshma, zero men seni onangman… Qirolichaman!

Qirolicha xonani tark etdi. Og‘ir eshikning yopilishi bilan Armin butunlay yolg‘iz qoldi. Bu eshik faqat xonani emas, yurakdagi barcha yo‘llarni ham yopgandek bo‘ldi.

Shaxzoda Sunghoon... U jim edi. Bu to‘y uning siyosiy kuchini mustahkamlardi. U uchun bu qadami kerak edi. Ammo Armin… bu to‘y uni parcha-parcha qilayotganini ko‘rib ham hech narsa deya olmadi.

Shu kunlardan so‘ng, ular bir-birining ko‘ziga qarashga yurak topa olmadilar. Aka-singil orasidagi har qanday mehrdan asar qolmadi. Har ikkisining ham ko‘nglida alam va sovuqlik ildiz otgan edi.

To‘ydan bir kun avval.

— Malikam, iltimos, o‘zingizni qo‘lga oling. Qirol bu harakatlaringizni ko‘rsa, oqibati og‘ir bo‘ladi…

Bu so‘zlarni Armin bilan tengdosh xizmatkor qiz, titrab aytardi. Ammo Arminning ko‘zlari qizargan, yuragi sinib ketgan, va uning bag‘rida to‘xtovsiz alangalanayotgan narsa — norozilik edi.

— Senga nima? Chiqib ket xonamdan! Sen kimsan menga nasihat qilishga! Yoqol!

U qo‘lidagi kichkina xanjarni eshik tomonga otib yubordi. Xanjar og‘ir gumburlab eshikka tegdi. Xizmatkor qo‘rqqancha ortga chekindi.

Ammo… Armin to‘xtamadi. Uning yuragidagi og‘riq tana orqali chiqardi. U xanjarni yana qo‘liga oldi. Yelka, bel, son, oyoq… har joyi qonga belandi. Har bir kesik — to‘yga, qirolga, hatto taqdirga bo‘lgan ichki norozilikning aks-sadosi edi.

Xizmatkor jim ketdi, ammo yuragi bukilgancha yugurdi. U bunday holatni indamay qoldira olmasdi.

— Shaxzoda! Malika Armin… u… u tanasini xanjar bilan shilmoqda!

Qizning ko‘zlarida yosh, ovozida titroq bor edi. Shaxzoda Sunghoon buni eshitib, titrab ketdi. Nafas olishi qiyinlashdi, yuragi g‘azab bilan to‘ldi. U tezlikda yugurdi. Arminning xonasi eshigini ochib, birdan yopdi. Ko‘rganlari yuragini tilib yubordi.

Yerda hushsiz holatda, butunlay yalang holda yotgan singlisi… Malika…

— Tez, choyshab bilan uni o‘ra! — deb baqirdi u xizmatkorga.

Xizmatkor uni orab bo‘lgan zahoti, Sunghoon Arminni qo‘liga oldi. Yuragidagi og‘riq kuchaygancha yugurdi. U shunchaki valiahd emasdi — u qattiq azob chekayotgan birodar edi.

— Tabib! Tabib! — u baqirdi. — Tezroq unga yordam bering!

Tabib ayol Arminni yotoqqa yotqizdi, malham surtishga tushdi. Sunghoon esa ularni yolg‘iz qoldirib chiqib ketdi, yuragida o‘zini aybdor sanab.

Oradan uch soat o‘tdi.

Armin asta ko‘zini ochdi. Atrofda notanish, oppoq xona. U o‘zini tabibxonada ekanini angladi. Yonida esa tanish bir qiz — xizmatkori.

— Malikam, ahvolingiz yaxshimi? Hech qayeringiz og‘rimayaptimi?

Armin og‘ir boshini ko‘tardi. Ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Yuragida savol qaynadi:

— Meni bu yerga kim olib keldi?

— Shaxzoda Sunghoon…

Bu so‘zlar Arminni hushyor torttirdi. Sochlari tikka bo‘lib, boshini yerga egdi:

— Nima?.. Yalang‘och holimdami?.. Sharmanda…

— Yo‘q, yo‘q! Men sizni choyshab bilan oradim. U kishi sizni shunday holatda ko‘rishni xohlagan emas…

Armin bir zum jim qoldi. Yuragidagi og‘riq o‘zgarayotgan edi. Endi u faqat g‘azab emas, balki noaniq, achchiq bir mehr, alamli bir ehtimol edi.

To‘y kuni...

Saroy bugun ilgari hech ko‘rilmagan darajada fayzli, shovqinli va ulug‘vor edi. Me’moriy naqshlar yaltirab turar, devorlardagi oltin yoysimon bezaklar yorug‘likda ko‘zlarni qamashtirar, har bir burchakda mayin kuy yangrardi. Ayollar nafis atlas liboslarda, erkaklar esa tantanali shoh kiyimlarda birin-ketin zalga kirib kelar, har kimda bayramona kayfiyat bor edi.

Bugun... qirollikdagi eng muhim nikoh marosimi bo‘lib o‘tardi. Barchaning nigohi — malikaga.

Armin... Malika Armin.

U baland va hashamatli zinapoyalardan shivirlagan oydek sokin, ammo yuragi har zarbda sinayotgan ohangda pastga tushdi. U bugun nihoyatda go‘zal edi — o‘zining ham istamasdan go‘zal bo‘lib ko‘ringani unga o‘zgacha og‘riq bag‘ishlardi.

Uning tanasini nozik, uzun qiyofa bergan, oppoq va och moviy rangdagi hanfu kiyimi qoplagan edi. Libos yelka va bilaklardagi atlas cho‘zilmalar bilan orzu kabi hilpirardi. Bu kiyim u uchun emas, bu nikoh uchun tanlangan edi. Ammo baribir u o‘sha libosda malika edi — o‘z azobida, o‘z soxtaligida beqiyos chiroyli.

Sochlari esa yarim yoyilgan holatda, yelkasidan pastga oqib tushgan. Qorong‘u va to‘lin tundek jingalak sochlarining orasida oppoq kapalak shaklidagi to‘g‘nog‘ich yaltirardi — u go‘yo so‘nggi bor erkinlik ramzi edi. Sochlari orasidagi bu nafis bezak Arminning asl mohiyatini, o‘ziga bo‘lgan isyonini ko‘rsatardi.

Yuziga birozgina upa surtilgan — yonoqlari ohangli pushti, lablari xira qizil edi. Ko‘zlari esa... ularni hech bir qizil surma chiroyliroq qilolmasdi. Ularning ichida shunchalar to‘lib-toshgan tuyg‘ular bor ediki, har kim qarasa, ular ortida butun bir faryod yashiringanini anglardi.

Armin yurarkan, yuragi yurmayotganday tuyulardi. Atrofdagi har bir olqish, har bir tabassum, har bir nigoh unga begona edi. Bugun u chiroyli qobiqda, ammo ichida sinib ketgan ko‘ngil bilan to‘y tomon borardi. U go‘yo gulxanga uzatilayotgan ipakli pardaday — tashqarisi chiroyli, ichkarisi yonayotgan.

Ko‘pchilik u go‘zallikdan hushdan ketgudek bo‘ldi. “Malika bugun farishtadek ko‘rinadi” deyishdi. Ammo hech kim — hech kim — bu go‘zallik ortida qanday iztirob borligini anglay olmasdi.

U o‘zini ko‘zguda ko‘rganda “bu men emas” deb o‘yladi. Bu shunchaki Armin emas edi. Bu — qirolning farmoniga bo‘ysunayotgan, butun qalbi qarshilik qilsa ham jilmayish kerakligini bilgan bir qiz edi.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu to‘y bo‘lardi. Armin bu holatni tushungan. U o‘zini ovutmoqchi bo‘lib, ichida shunday deb takrorlardi: “Men faqat siyosiy kelishuv uchun turmushga chiqyapman. U akam. Chegaralar bo‘ladi. Hech narsa o‘zgarmaydi.”

Ammo o‘sha kechagi voqea… U hushsiz bo‘lganida Sunghoon uni ko‘targancha tabib qoshiga olib borgandi. O‘sha paytda, Shaxzoda Arminning yuziga qaradi. U avval hech bunday qaramagandi. Uning nigohida hayrat aralash hissiyot bor edi. Balki ilgari shunchaki singlisi sifatida ko‘rgan qiz bugun boshqacha ko‘ringandir. Sunghoon uchun hammasi o‘zgarib borayotgandek edi.

To‘y kuni saroyda hamma bayramga tayyor edi. Ayollar chiroyli liboslarda, erkaklar tantanali kiyimlarda. Musiqa yangraydi, hushbo‘y hidlar havoda. Armin ham ko‘pchilik kabi go‘zal edi, lekin yuragida og‘riq bor edi. Oq va och moviy rangli hanfu kiyimida, sochlari yengil yoyilgan, kapalak shaklidagi to‘g‘nog‘ich bilan bezatilgan. Yuziga ozgina upa surtishgan, ammo u tabiatan ham juda chiroyli edi.

U Sunghoon yoniga bordi. Shaxzoda odatdagidek jiddiy edi. Ammo ichida nima bo‘layotganini hech kim bilmasdi.

Marosim an’anaga ko‘ra boshlandi. Avval duo, so‘ng uzuklar taqildi. Sunghoon Arminning barmog‘iga uzuk taqqanda, qiz biroz titradi. Armin ham unga uzuk taqdi. Shunda ularning ko‘zlari bir-biriga tushdi.

Ular uzoq qarab turishdi. Atrofdagi hamma narsa jim bo‘lib qolgandek. Hech kim hech nima demadi. Ammo Armin noqulay bo‘lib, ko‘zlarini olib qochdi. Yuragi g‘ash edi. Bu qarashlar unga yoqmasdi.

Va nihoyat, saroy vakili baland ovozda e’lon qildi:

— Malika Armin Valiahd Shaxzoda Sunghoonning qonuniy rafiqasi deb e’lon qilinadi!

Zalda qarsaklar yangradi. Barchaning yuzida tabassum. Ammo Armin va Sunghoon… ich-ichidan jim edi. Ular bu nikohni xohlamagan edi. Ammo bu — ularning taqdiri bo‘lib qolgandi.

voqeani bunday bo'ladi deb o'ylamagandi. Armin ham, Sunghoon ham nima qilishni bilmasdi — axir ular oddiy yigit va qiz kabi erkin munosabatda bo‘la olishmaydi. Keyinchalik agar farzand bo‘lmasa, buni qanday tushuntirishadi?

To‘y marosimi tugadi, mehmonlar tarqaldi. Kelin va kuyov esa allaqachon o‘z xonalariga ketishgandi.

Yotoqxonada, katta to‘shakning ikki chetida Armin va Sunghoon jim o‘tirishardi. Hech kim hech nima demasdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, nihoyat Sunghoon gap boshladi:

— Men divanda yotaman, sen yotoqda uxla, — dedi u sal asabiyroq ohangda. O‘rnidan turib, divan tomon yurdi va o‘ziga yostiq bilan choyshab olib joylashdi.

— Noqulay emasmi? — so‘radi Armin. Rostdan ham bu holat unga noqulay tuyuldi. Endi ular orasida ilgari bo‘lgani kabi hazil, erkin suhbatlar bo‘lmaydi. Bunday sovuqlikni hech kim kutmagandi.

— Yo‘q, iltimos, uxla. Hamma narsani ertaga gaplashamiz, — dedi Sunghoon. U hozir hech narsa haqida gaplashgisi kelmasdi, ammo Arminga nisbatan muloyimroq bo‘lishga ham kuchi yetmadi.

Erta tong otdi. Bahorning yoqimli nafasi esib, sakura gullari g‘unchalay boshlagan edi. Saroyda kun allaqachon boshlangan, tayyorgarliklar davom etayotgan edi. Yaqinda Malika Armin — aniqrog‘i, Valiahd shahzodaning rafiqasining tug‘ilgan kuni. Sana — 16-mart.

Armin va onasi bir oydan beri asosiy saroyda yashayapti. Ular ilgari eski saroyda edi, sababi Arminning onasi bir paytlar birinchi qirolichaning homilasini ataylab tushirishga sabab bo‘lgan. Qirol buni bilgach, ularni oilasi bilan surgun qilgan edi. Oradan sakkiz yil o‘tib, ular saroyga qaytishdi. Bu qaytishning sababi esa — to‘y edi.

Oradan ikki kun o'tdi. Bahorning iliq nafasi saroy bog‘larini to‘ldirib, havoda yengil sakura ifori suzib yurardi. Ammo Malika Armin uchun bu ikki kun og‘ir, chalkash va sukutga to‘la edi. Saroydagi hayot unchalik o‘zgarmagan bo‘lsa-da, Arminning ichki dunyosi butunlay siljib ketgandi.

U xonasida uyg‘onganida Sunghoon allaqachon ketgan edi. Bu hol har doimgidek edi—ular bir xona bo‘lishsa-da, bir dunyo uzoqlikda yashayotgandek edi. Armin yotoqda bir oz sukutda yotdi. To‘y kechasidan beri ular deyarli gaplashmagan, hatto ko‘zga-ko‘z ham kelishmagan.

Qiz yotoqdan turdi. Uzoq oynaga yaqinlashib, o‘z aksiga tikildi. Ko‘zlarida uyg‘onmagan savollar, ichida esa tugalmas gumonlar. “U menga nafratlanadimi? Yoki shunchaki... chalkashib ketdimi

Armin lablarini mahkam tishlab, nigohini derazadan tashqariga burdi. Ko‘m-ko‘k osmon, ochilgan gullar, va beg‘am qushlar hayotni davom ettirardi, ammo u qalbidagi muzlik hali erimagandi.

Deraza yonida turgan holatda, u yelkasiga tushib turgan ipak libosining bog‘ichini ko‘rsatmasdan tartibga soldi. Uning ichki iztiroblari tashqaridan sezilmasdi, biroq yuragi og‘ir bo‘lib urardi. To‘y—go‘yoki baxt eshigidek tuyulgani—endi g‘ira-shira xotira edi. U hech qachon bu hayotga tayyor bo‘lmagan.

Birdan eshik sekin ochildi. Ichkariga xizmatkor qiz kirdi. Yengil ta’zim qilgancha, ohangdor tovushda gap boshladi:

— Malika hazratlari, qirolicha sizni bugun tong saharda bog‘dagi choy marosimiga taklif qildilar.

Armin sekin bosh irg‘ab, chuqur nafas oldi.

— Tayyorlanaman. Hozir emas, birozdan keyin chiqaman.

Xizmatkor bosh egib chiqib ketdi. Armin esa derazadan bir qarashda shunchalik beg‘ubor ko‘ringan manzaraga yana bir bor qaradi. So‘ngra yuragini siqib kelayotgan og‘irlikni bosishga harakat qilib, libosini almashtirish uchun harakatga tushdi.

U hozir duch keladigan har bir kishi — har bir so‘z, har bir nigoh — unga qarshi sinovdek tuyulardi. Ayniqsa, Sunghoon bilan qayta yuzma-yuz kelish… Qanchalik qiyin bo‘lishidan qat’i nazar, saroydagi hayotni davom ettirishga majbur edi.

Qiz oynaga oxirgi marta qarab, ichida shunday dedi:

"Men Arminman. Malikaman. Saroydagi har bir ko‘z mening zaifligimni izlayapti. Men zaif ko‘rinmasligim kerak."

So‘ng eshikni ochdi va sokin, lekin qat’iyatli qadamlar bilan tashqariga chiqdi. Saroy bog‘idagi choy marosimi uni kutmoqda edi… va balki Sunghoon ham.

Oradan bir oy o'tdi. Bahor to‘la gullagan, saroy bog‘lari rang-barang lola va sakura barglari bilan bezanib ketgandi. Har tong qushlar sayrashi bilan uyg‘onish — Armin uchun endi odatga aylangandi. U saroy hayotiga asta-sekin ko‘nikayotgan, ammo yuragidagi g‘ira-shira tuyg‘ular hali ham to‘liq tiniqlik topmagan edi.

Sunghoon bilan o‘rtalaridagi muzdek sukut asta-asta eriy boshlagandi. Ular hali ham ko‘p gaplashishmasdi, biroq harakatlarida bir oz iliqlik, ko‘z qarashlarida esa ehtiyotkor yumshoqlik paydo bo‘lgandi. Bir kuni tongda Armin qayergadir ketmoqchi bo‘lib, sochini tushirib, oddiy, ammo nafis libos kiygan edi. Aynan o‘sha kuni Sunghoon uni kuzatib turdi va uzoqdan mayin ohangda:
— Bugun... chiroylisiz, — dedi.

Bu so‘zlar Arminni hayratga soldi. U bir zum jim bo‘ldi, yuragi asta urib, yuzlari qizargancha:
— Rahmat, Shaxzoda... — deb javob berdi.

Ularning o‘rtasida haligacha aniq sevgi izhori bo‘lmagan, biroq bu kichik, beg‘ubor e’tibor — yuraklardagi sovuqlikni iliqlik bilan almashtirayotgan edi. Endi ular bir-biriga begona emas, lekin hali bir-birining yuragini ochib o‘qimagan ikki qalb edilar. Va balki, bu qalblar asta-sekin bir-birini his eta boshlayotgandir...

Youth Spring
Chapter - 2

Tushlik vaqti edi. Maktab oshxonasining eshigidan kirgan Minhyun kim bilan va qayerga o'tirishni o‘ylardi. Uning tashqi ko‘rinishi xotirjamdek tuyulsa-da, ich-ichidan har kuni bir kurash ichra yashardi. Hayoti unchalik murakkab emasdek ko‘rinsa-da, ota-onasining ajrashish arafasida bo‘lishi uni charchatgan edi. "Bu shunchaki ajrim", deb aytish — haddan tashqari soddalik, hatto axmoqona bo‘lardi. Chunki Minhyun bunday holatlardan allaqachon to‘ygan edi. U tinchlikni xohlardi. Boylik, shovqin va tashvishlarga to‘la hayotni emas. Ammo taqdir unga aynan mana shu hayotni taqdim etdi. Ba’zida inson tanlovsiz qoladi — shunchaki qabul qiladi, ko‘nikadi.

Ertalabdan boshlab uydagi janjallar yana takrorlandi. Minhyun esa bu munosabatlar tezroq yakun topishini istar edi. Bu nikoh na sevgi, na sadoqat asosida qurilgan edi — bu bir kelishuv, bir manfaat edi. Aynan shu kelishuvdan Minhyun dunyoga kelgan, yolg‘iz farzand sifatida. Vaqt o‘tgan sari onasi eri — Minhyunning otasiga chin yurakdan mehr qo‘ygan edi. Ammo otasi o‘zining ilk sevgisi tomon og‘di... Va nihoyat xiyonat.

Ajrim sababi ham o‘sha oddiy, ammo og‘ir so‘z bilan nomlanardi: "Xiyonat."

Minhyun hech kim bilan uchrashmagan — va uchrashishga tayyor ham emasdi. Lekin u juda chiroyli, e’tibordan tashqarida qolmaydigan yigit edi. Qizlar esa unga go‘yo magnit kabi tortilardi. Har kuni sevgi izhorlari, yashirin maktublar, sovg‘alar — bu unga odatiy hol bo‘lib qolgan edi. Ammo Minhyun hech qachon qizlarning qalbini o‘ynashni xohlamaydi. Chunki u har kuni onasining ko‘z yoshiga guvoh bo‘ladi — otasining xiyonati ortida ezilgan yurakni ko‘radi. Bu esa unga hayotda muhim saboq bo‘ldi.

Minhyunning nigohi ikki suhbatlashib ovqatlanayotgan qizlarga tushdi. U ularni tanidi — bu qizlar uning sinfdoshlaridan edi. Biroz ikkilanib turgach, u ular bilan birga o'tirishga qaror qildi. Qo'lidagi ovqatini stolga qo'yib, ulardan bo'sh stulga o'tirdi.

— Hayirli kun, qizlar, — dedi u muloyim va hushmuomalalik bilan.

— Salom senga ham, — dedi Semi, lablarini keng yoyib tirjayarkan.

Dahye esa, Minhyunning bu yerga kelishini kutganday sokin edi. Ular shu paytgacha faqat sinfda bir-ikki bora ko‘rishgan, ammo bu yerda, bu paytda — ularning taqdirida nimadir o‘zgarayotgandek tuyuldi. Ammo Dahye qolmadi. Ovqatini qo‘lga olib, ortga o‘girildi.

— Men to‘ydim. Yoqimli ishtaha, — dedi u ohangsizgina va ketdi.

— Hey, Dahye, qayerga?! Axir menchi?! — dedi Semi ortidan chaqirib.

— U men tufayli ketib qolmadi, to‘g‘rimi? — dedi Minhyun biroz hijolat bo‘lib.

— Yo‘q, aslo. U shunchaki begonalar bilan gaplashishni yoqtirmaydi. Mayli, men seni bilan tanishaman. Gapir, — dedi Semi yana tabassum bilan.

— Ha, yaxshi, — dedi Minhyun, lekin u allaqachon Dahyenin ortidan qarab qolgan edi. Chunki, ha, u qizni bir ko‘rishda yoqtirib qolishga ulgurgandi. Balki bu — birinchi sevgi bo‘lishi mumkin edi.

FLASHBACK – bir necha soat oldin.

Minhyun sinfga endi kirgan payt.

Yigit sinfga qadam qo‘ygan zahoti har bir o‘quvchiga diqqat bilan qarab, ularni ichidan kuzata boshladi. Nigohi esa bir burchakda o‘tirib, oyog‘ini qimirlatib asabiylashayotgan qizga tushdi. U chindan ham chiroyli edi. Hatto asabiylashish holati ham unga yarashardi.

Shu ondayoq Minhyunning yuragi jiz etdi.

COMEBACK

— Men u bilan do‘stlashmoqchi edim, lekin... bilmadim, ehtimol bunga imkonim ham yo‘qdir, — dedi Minhyun past ovozda, boshini egib.

— Hey, nimaga bu qadar jiddiy bo‘lib qolding? Yo‘qsa, uni yoqtirib qoldingmi? U seni baribir rad etadi. Bilasan-ku, u o‘qishdan boshqa narsani o‘ylamaydi, buni hammaga aytgan. Menimcha, senga ham shunday javob beradi, — dedi Jeon Semi biroz kinoya bilan.

— Yo‘q, unday bo‘lmaydi. Men... men boshqacha bo‘lishga harakat qilaman. Jeon Semi, sen bilasan-ku, unga qanday yigitlar yoqadi? — dedi Minhyun, yuzida umidga to‘la ifoda bilan.

— Hm, o‘ylab qarasam, unga tartibli, o‘qimishli, mas’uliyatli yigitlar yoqadi. Lekin ehtiyot bo‘l, u juda sezgir, har narsani yuragiga oladi.

— Bu haqida tashvishlanma. Lekin... iltimos, men haqimdagi his-tuyg‘ularimni unga aytma. Bu sir qolishi kerak, yaxshi mi? — dedi Minhyun jilmayib, lablaridagi tabassumda nimadir mehr bor edi.

Kunlar o‘tgan sayin, Dahye undan qochishga urinar, ammo Minhyun unga asta-sekin yaqinlashaverardi. Hali sevgi izhori qilmagan bo‘lsa-da, u darslarda imkon qadar Dahye bilan birga ishlashga harakat qilar, qizni ko‘rganida yuragi joyidan chiqib ketadigandek urardi. Taslim bo‘lish? Bu so‘z Minhyunning qalbida mavjud emas edi.

Dahye esa, nima qilishni bilmay charchagandi. Qanchalik uzoqlashmasin, Minhyun go‘yo elimdek ergashaverardi. Aslida bu unga yoqardi, lekin baribir... undan qochish uchun uni ranjitishga harakat qilardi.

— Meni tinch qo‘y! Menga sendaylar yoqmaydi! Eshitdingmi? Sen shunchaki... cringesan! — dedi Dahye, ko‘zlarini chaqnatar ekan.

Minhyun bo‘lsa, sovuqqonlik bilan javob qaytardi:

— Qanday deb o‘ylasang, o‘ylayver. Lekin eslab qol: men sen bilan do‘st bo‘lishni istayman. Va men... agar kimnidir chin dildan yoqtirsam, uni hech qachon qo‘yib yubormayman.

— Jin ursin seni! — dedi Dahye, sport zalidan g‘azab bilan chiqib ketarkan. Uning burni qizarib, lablari titrardi... u asabiylashgan, ammo yuragi boshqa narsa deya shivirlayotgandek edi.

Dahye erta tongda, xona ichiga shivirlay kirib kelayotgan quyosh nurlarida o‘zini go‘yo boshqa bir olamga ketayotgandek his qilardi. O‘rtacha hajmdagi jamadoniga ehtiyojli narsalarni ehtiyotkorlik bilan joylab chiqarkan, yuragi g‘alati taranglik bilan urar, nimadandir havotir edi.

To‘satdan eshik ochilib, ichkariga otasi — Janob Seo kirib keldi. Uning yuzida har doimgidek sokin, ammo chuqur mehr bilan to‘la ifoda bor edi.

— Qizim, senga qancha kerak bo‘ladi?.. — dedi u biroz ikkilanib.

— Hammasi maktab tomonidan qoplangan... faqat o‘zim uchun... 100 ming won yetarli bo‘lsa kerak... lekin hozircha kerakmas ham... — dedi Dahye, gapini tugatishga ulgurmasidan, otasi cho‘ntagidan ikki dona 50 ming won chiqardi-da, qizining kaftiga joylashtirdi.

— Mana, ol. Yaxshi dam olib kel. Men seni do‘stlaringdan kam bo‘lishingni istamayman, Dahye.

Shu lahzada qizning yuragi yumshab ketdi. O‘zini ota bag‘riga tashladi.

— Raxmat, dada... Yaxshiyam siz borsiz, — dedi pichirlab.

Ota va qiz bir zum bag‘riga bosilib turishdi. Bu sokin, ammo yurakka o‘tirgan lahzaning qadri barchasidan ortiq edi.

Janob Seo — oddiy odam. U kichik bir restoran egasi, restoran binosi esa ijarada. Har oy ijara puli, oz miqdordagi mijozlar va ba’zan daromaddan ko‘ra ko‘proq chiqim... Ammo u yuragidan shukur so‘zini ayirmaydi. Asosan an’anaviy koreys taomlari tayyorlaydi, u mohir oshpaz. Ammo bu hayot — ularning tanlovi emas, ularning imtihoni.

Dahye eshikdan chiqarkan, dugonasi Semi yo‘lning narigi tomonida paydo bo‘ldi. Qizning ko‘zlari charaqlab ketdi. Bugungi tong boshqacha edi — havo ochiq, mayin shamol yengilgina yuzni silab o‘tardi. Quyosh o‘zining zarrin nurlarini yer uzra mehr bilan yoyar, go‘yo "hammasi yaxshi bo‘ladi" degandek.

Mashinalar kam, odamlar esa turlicha: kimdir ishga, kimdir bedarak, kimdir hayot yo‘lida o‘z haqiqatini izlab yo‘lga chiqqandek.

— Bugun... bugun men o‘sha ta’qibchi bilan ilk bor uchrashadigan kunim. Yo‘q, men unga duch kelmasligim kerak, yo‘q! — dedi Dahye o‘ziga ovoz chiqarib.

— Nimadir dedingmi? — dedi Semi, boshini unga burib.

— Yo‘q, hech narsa. Yuring, avtobusga kech qolamiz, — dedi Dahye shoshib.

Maktab hovlisiga yetib kelishlari bilan, sayohatga tayyorlangan bolalarning sho‘x-shodon ovozlari atrofni to‘ldirdi. Bitiruvchilar, xuddi hayotning muhim burilishida turganlaridek, hayajonli va g‘am-xursand edi. Albatta, Minhyun ham u yerda edi.

— Qani, hamma avtobusga joylashsin! Yuklaringizni bagajga topshiring! — dedi maktab direktori baland ovozda.

Qizlar Semi bilan birga o‘tirmoqchi edi, ammo kutilmaganda Minhyun, xuddi taqdirning o‘zi unga o‘rta yo‘ldan imkoniyat bergandek, ularning o‘rtasiga joylashdi. Semi esa, bu vaziyatga shunchaki jilmayib qo‘ydi-da, boshqa do‘sti — Sunghoon bilan joylashdi.

Dahye yuragining ichkarisida begona bir quvonch chaqnaganini his qildi, ammo yuzida sovuqqonlik niqobi: go‘yo undan nafratlanayotgandek... yurak esa bunday sirlarga bo‘ysunmasdi — qattiq urardi, o‘z ovozida baqirayotgandek: "U seni sevmoqda!"

— Menga sayohat qilish yoqadi, — dedi Minhyun, ko‘ngilli ohangda, va qo‘lida ushlab turgan qulupnayli sutni Dahyega uzatdi.

— Menga esa... yoqsa ham, avtobusda o‘zimni yaxshi his qilmayman. Yaxshisi sen boshqasining yoniga o‘tirganding... — dedi Dahye, sutni olib, ko‘zlarini oynadan boshqa tomonga qaratib.

— Agar ko‘ngling aynisa, menga ayt. Men qopcha olib chiqqanman, har ehtimolga qarshi. Demak, yaxshi qilibman, — dedi Minhyun mamnun bir tabassum bilan.

— Xaa... ajoooyib... — dedi Dahye asabiy, lekin yuragining ichida qandaydir iliqlik tobora o‘sib borardi.

Avtobus to‘la sho‘xlik va quvonchga to‘lib ketgandi. Kimdir qo‘shiq kuylardi, kimdir mafiya o‘yinida shubha bilan do‘stiga tikilgan, kimdir esa har qog‘ozda o‘zini izlagan. Ammo Minhyun... u faqat Dahyega qarardi. Uni ko‘zlari, har bir holati — yuragini tortib olayotgandek edi.

Dahe va Minhyun bir lahza bir-birlariga uzoq tikilishdi, bu nigohlar “seni sevaman” deya turardi. Ammo bu sevgi, bu munosabatlar ohiri yomonlik bilan tugashini Dahegina bilardi. U buni his qilardi — yuragining tubida allaqachon yozilgan bitik bor edi: “U ketadi.” Ammo shunga qaramay, u nigohidan bosh tortmadi.

Minhyun biroz ikkilanib turdi, ammo yuragidagi ichki tovush unga najotdek shivirlay boshladi. "Endi yoki hech qachon." U ohangraboday tortayotgan qizga yaqinlashdi va lablarini... titrayotgancha Dahega yaqin olib bordi. Ammo to lablari tegay deganda, Dahe qo‘lini yigitning ko‘kragiga qo‘yib, uni asta to‘xtatdi.

— Bo‘lmaydi... — dedi Dahe sekin, yuragi og‘risa-da, ko‘zlarini chetga olib. — Senga achinaman. Chunki bu sevgi senga faqat og‘riq olib keladi. Men senga zarar yetkazishni istamayman.

Muallif - Eveille Seraphina Liora

Youth Spring
Chapter - 1

Dengiz...
Ko‘k to‘lqinlar og‘ushiga o‘zimni otganimda, yuragimda nima borligini anglashdan yiroq edim. Faqat bitta narsa aniq edi — orqamda mashina g‘izillab kelayotgan, ichida esa ko‘zlarida yovuzlik balqib turgan bir erkak bor edi. U meni ta'qib qilayotgan, men esa faqat qochayotgan edim. Qayerga borishni, qanday yashashni, qayerda yashirinishni bilmay qolgan edim. Axir men hali 18 yoshga endigina qadam qo‘ygan, hayot nimaligini hali to‘la tushunib ulgurmagan, orzulari havolarda uchayotgan oddiy bir o‘smir qiz edim.

Suv... sovuq va bag‘rida sir saqlagan dengiz...
Men o‘zimni ichkariga otganimda, yuragim allaqachon yurmay qolgandek edi. Ammo ortimdan sakragan Minhyunni ko‘rganimda... yuragim yana bir bor urdi. U meni qutqarish uchun, hech ikkilanmasdan, dengizning qa'riga intildi. Biz cho‘kib borayotgan edik. Vujudimizni sovuq cho‘qqan, nafasimiz tobora qisqarib borayotgan edi. Shu on... men uni oxirgi bor quchog‘imga oldim. Bu quchoq — xo‘rlikdan emas, himoya topgandek, iloji bo‘lmasa ham, bor kuchim bilan uni asragandek edi. So‘ng... hamma narsa qoraya boshladi. Ko‘zlarim yumildi. Xotiram chalkashib ketdi. O‘tmish, hozirgi vaqt — barchasi qorong‘ulikda g‘arq bo‘ldi...

Keyin... birdaniga yorug‘lik.
Ko‘zlarimni ochdim. Oq shift, nosharaf hidi burnimga urildi. Atrof jim-jit. Shifoxonada edim. Nafasim og‘ir, tanam toliqqan edi. Hushimga kelarkanman, birinchi savol boshimda yashin bo‘lib chaqdi:
"Biz tirikmizmi..?"
Bu savolga javob topolmasdim. Axir... Minhyun suza olardi, . Men esa... men umuman suza olmayman-ku...

Ko‘zlarim bilan devorlarga, oynalarga, eshikka, hamshiralarga — atrofdagi har bir maydonga navbatma-navbat tikilarkanman, yuragimda noma’lum xavotir bor edi. So‘ng birdan... qornimda kuchli og‘riqni his qildim. Nima bo‘layapti? Bu nima edi?

Xonaga otam kirib keldi, ortidan singlim. Ko‘zlari yoshga to‘la, yuraklari ezilgan. Ular bir nima deyishayotgandi, lekin men faqat bitta savolni ayta oldim. Tilimdan faqat bitta so‘z chiqdi:
"Minhyun qani..?"

Ammo... ularning javobi meni ichimdan titratdi.
"U kim o‘zi?" deyishdi ular.
Ularning nigohi... meni hech qachon tanimagandek, bu ismni eshitmagandek edi.

Menga nima bo‘lyapti? Nega ular Minhyunni tanishmaydi? Nima men o‘tmishdamanmi? Yoki bu — men tushib qolgan sehrli dunyomi? Yo meni qandaydir kuch bu hayotdan boshqasiga ko‘chirib yubordimi?..

Barcha savollar ichimda gumburlab urilar, javob esa — sukutda g‘arq bo‘lib yotar edi.

Har qancha urinsam ham, eslay olmadim. Har bir xotira xuddi tutun singari qo‘limdan sirg‘alib chiqardi. Yodimda faqat hislar qolgan: qo‘rquv, og‘riq, va yuragimda chuqur joy olgan birgina ism — Minhyun. Balki bu tushdir, degan fikr xayolimni chulg‘adi. Ehtimol, men bu sirli, og‘ir manzaralarni shunchaki tushimda ko‘rgandirman? Axir... bu qadar dramatik holatlar real hayotda ro‘y bermasligi kerakku?

Shu o‘y bilan sekin o‘zimni chimchilab ko‘rdim. Barmoqlarim terimga botdi. Og‘riq aniq edi. Men his qilyapman... bu ro‘yoki emas. Bu haqiqat edi. Sovuq, salqin, keskin haqiqat.

Shifoxonaga qanday tushganim haqida so‘raganimda, ular aytishdi — men maktabda hushimdan ketibman. Faqat shunchaki hushdan ketgan. Ammo bu oddiy hol emas edi. Ichimda bir taxmin bor edi, bu g‘alati, tushunarsiz, hatto aqldan ozdiradigan taxmin:
"Nima bo‘ldi, men o'tmishdagi o'zimga qaytdimmi?"
Bu savol ichimni tirnab o‘tayotgan edi. Qorong‘ilik ichra men o‘z javobimni his qilgandek bo‘ldim. Ha, ehtimol bu yangi imkoniyatdir. Hayot menga o‘tmishdagi xatolarimni tuzatish, yoki ba'zi narsalarni qayta his qilish uchun imkon bergandir.

Uyga qaytganimda, yuragim gursillab urardi. Xonamga kirgan zahoti, devorga ilingan kalendarga ko‘zim tushdi. Qo‘llarim bir oz titrarkan, asta qadam qo‘yib oldiga bordim. Va ko‘rdim...

Men salkam bir yil ortga qaytgan edim.
Bu... bu bitiruv sinfning boshlanishi edi. Ayni bahor. Sinfda hali ham yangi o‘quv yili hidi, yozdan qolgan quyosh iliqligi. Bu vaqtda... bu vaqtda Minhyun hali maktabga kelmagan edi. Yana bir-ikki kun ichida u keladi. U hamon keladi. Yuragim tub-tubidan nimadir siljidi. Bu ilinjmi? Qo‘rquvmi? Yoki qayta uchrashish istagimi?

Hali bu sir ochilmagan, hali hech narsa o‘zgarmagan edi.

Shu o‘ylar bilan bo‘lib turganimda, xonam eshigi sekin ochildi.
Otam kirib keldilar.

— "Ahvoling yaxshimi, qizim? Nega nonushta qilmading? Onang har doim senga aytardi-ku: nonushta qil, deb…"
Otamning ovozida yurak bezovtaligi aralash mehr bor edi. Ammo men... hozir bu so‘zlarni eshitishga tayyor emasdim. Bu hayotda o‘zimni topishga urinayotgan chog‘imda, oddiy hayot davom etaverayotgani menga begona tuyuldi.

Men yostiqqa yuzimni bosib, orqamni unga o‘girdim. Qattiq, ammo charchagan ohangda javob qaytardim:
— "Ota... iltimos. Menga hozir tinchlik kerak. Keyinroq gaplashamiz."

Otam biroz sukut saqladi. Yuragida ko‘p narsa bor edi, ammo aytmadi. Tushundi, yoki shunchaki tushungan ko‘rindi. Xonadan sekin chiqib ketdi.

Dahye esa, hali ham xayollar qa’rida — chalkash, sirli, og‘ir fikrlar ichida suzar edi.
"Nega aynan shu yerda, aynan shu vaqtda turibman?.. Bu tasodifmi, yo bu bir imkoniyatmi?"
Uning yuragi o‘zi ham anglay olmaydigan darajada titrardi. Balki bu safar u... yomon hodisalarni to‘xtatib qolish uchun bu yerga qaytgan. Balki bu — taqdirning ikkinchi imkonidir?

Quyosh hali tong pardasini yorib chiqishga ulgurmay, Dahye allaqachon kiyinib, ko‘chaga chiqib ketgan edi. Yuragi beixtiyor uni yetaklar, oyoqlari esa qayerga borayotganini aniq bilardi — u dengiz tomon intilar edi. O‘sha sirli, og‘riqli, lekin baribir qalbining eng chuqur qatlamida muqaddas bo‘lib qolgan joyga.

Telefonini qo‘lida siqib ushlab, o‘sha kuni yuz bergan voqealarni yana bir bor ko‘z oldidan o‘tkazdi. Har bir lahza — yurakdagi cho‘g‘ni yana alanga oldirardi. Bu joyda u... birinchi marta haqiqiy sevgining nimaligini his qilgan edi. Birinchi marta yuragi shunchalik kuchli urgan edi. Endi esa, u yana shu joyga qaytayapti. Balki… Minhyunni yana ko‘radi. Tirik jon holda. Ilk marta ko‘rayotgandek.

Ammo yuragi bu quvonchni butunlay qabul qilishdan cho‘chirdi.
"Balki bu safar u bilan yaqinlashmasligim kerakdir? Balki undan uzoqda yurishim kerak? Axir... agar bu sevgi yana boshlansa, u azob chekmasligiga kim kafolat bera oladi?"

Lekin yurak… yurak boshqacha urardi. U faqat Minhyun ismini bilar edi. Uning ko‘zlari, jilmayishi, qo‘lining iliqligi — bularsiz qanday yashash mumkin edi? Yurak o‘z yo‘lini tanlab bo‘lgan edi. Ammo aql qarama-qarshi yo‘lni ko‘rsatardi:
"Agar u yana menga bog‘lansa, yana meni asrashga urinsa-chi? Agar yana bir marta… jarohat olsa-chi? Yoki undan ham yomoni…"

Bu savollar qizni ich-ichidan yeb bitirar, yuragini g‘amda ezardi. Sevgi va qo‘rquv — birday kuchli edilar. Endi u faqat yuragini tinglay olarmidi?

Maktab hovlisi...
Bu yer unga har doimgidek tanish tuyular, biroq bugun har bir burchak, har bir qadam g‘alati bo‘shliq bilan to‘lib turgandek edi. Qishda qolgan bargsiz daraxtlar ham xuddi nimanidir kutayotgandek, jim jim qarab turardi. Dahye maktab darvozasidan ichkariga kirar ekan, yuragi go‘yoki og‘ir bir sirdan ezilayotgandek edi. Har bir qadam — yurakdagi minglab savollarning aks-sadosi edi.

To‘satdan u tomon chopib kelayotgan bir qiz ko‘rindi. Yengil, sho‘x qadamlari, iliq tabassumi bilan yurakni eritar edi. Bu qiz — Semi, Dahyenin eng yaqin dugonasi, yuragining ko‘zgu singari tiniq aksidir.

— "Salom, jonginam!" — dedi Semi mehr bilan, Dahyening qo‘lidan tutdi. U do‘stining holatini bir qarashda fahmladi. Uning nigohlari charchagan, yuzi esa ohangraboday sokin va mungli edi.

Semi biroz to‘xtab, ko‘zlarini unga tikdi:
— "Hey, Daheshi... Axvoling joyidami? Nimadir bo‘ldimi?" — ovozida g‘amxo‘rlik va sezilarli xavotir bor edi.

Dahye esa bir lahza jim qoldi. Nafas oldi, yuragini bosishga urindi. So‘ng, soxta tabassum ila javob qaytardi:
— "Ha, ha... hammasi joyida. Yur, sinfga boraylik."

Uning so‘zlari oddiy eshitsa-da, ichki tovushi titragan edi. Semi buni sezdi, lekin so‘ramadi. Balki vaqt o‘tib o‘zi aytadi, deb umid qildi. U yurishlarida avvalgiday yengillik bo‘lmasa ham, yonida do‘stini qoldirmaslikka qaror qildi.

Yo‘lda yurarkan, Semi birdan kulib yubordi, va deyarli pichirlab dedi:
— "Eshitdingmi? Bugun sinfga yangi o‘quvchi kelarkan!"
Keyin sirli ohangda qo‘shdi:
— "Ismi… A, ha — Hwang Minhyun! Aytishlaricha matematika, fizika, hatto ingliz tilidan ham juda kuchli emish. Sardor aytibdi... u juda chiroyli ekan, yurish-turishidan o‘zgacha karizma ufurarkan!"

Semi kulib qo‘ydi, ko‘zlarida qiziqish porlab turardi. Bu gaplar oddiy qizlar uchun qiziq yangilik edi — lekin Dahye uchun... bu ism yuragiga yashin kabi urildi. Minhyun. Nihoyat u yaqinlashayotgan edi. Yana bu vaqt ichida, yana shu maktabda. Bu safar hammasi boshqacha bo‘lishi kerakmi? Yoki yana hammasi avvalgidek og‘riqli yakun topadimi?

Dahye bo‘sh ovozda, o‘zini tutib, javob berdi:
— "Ha... yaxshi."

Ammo yuragi... yuragi bu sodda javob ortida kuchliroq urardi.

Semi

Dahyening yuragi urardi. Yo‘q, shunchaki urmasdi — u to‘lib, gursillab, devorlarni yorib chiqayotgandek, har urishda uni esdan chiqarayotgandek edi. Har bir urish — savol, har bir urish — shubha, va har bir urish... Minhyun edi.
"Nima bo‘lsa-chi? Agar bu safar ham hammasi o‘zgarib ketmasa-chi? Yoki undan battar voqealar ro‘y bersa-chi?"
Bu yurak hali ham unga sog‘inch kuylashni buyursa-chi? Bu safar Minhyun ham uni sevib qolsa-chi? Va hammasi yana... yana boshidan boshlansa-chi?..

Dahye qanday yo‘l tutadi? Qanday yashaydi? Qanday asraydi bu yuragini? Bitta narsa aniq edi:
Agar o‘zgartirish kerak bo‘lsa — bu bugundan boshlanishi kerak edi.
Chunki hozir — hammasi hali boshlanmagan, hali hech nima yozilmagan sahifa edi...

Sinf allaqachon bolalar bilan to‘lib-toshgan. Shovqinlar, pichirlashlar, hazil aralash qiy-chuv. O‘quvchilar daftarlarini chiqarayotgan, kunni odatdagidek boshlayotgan edi. Shu vaqtda eshik ochildi.

Sinf raxbari, orqasidan esa...
U.

U kirib keldi. Tanaffus ichida kutilgan, nomi allaqachon darsliklar o‘rtasida yurib ulgurgan, hali sinfga qadam bosmasidanoq yarim maktab qizlarining e’tiborini qozongan o‘sha yigit — Hwang Minhyun.
O‘qituvchi jilmayib tanishtirdi:
— "Tanishing, bolalar. Bu bizning yangi o‘quvchimiz — Hwang Minhyun."

Sinfxonadagi havo go‘yo to‘xtadi.
Qizlarning nigohi bir nuqtaga jamlandi. Ko‘zlarida hayrat, yuzlarida yengil ilinj. Uning birgina jilmayishi yetarli edi — sinfda yengil shivir-shivir, chuqur nafaslar eshitildi.

Ammo Dahye... u bunday emasdi.
U nigohini yerdan uzmagan, qo‘llari esa etagini qattiq siqib turgan edi. U e’tibor bermaslikka, yuragini tinchlantirishga harakat qilardi. Lekin yurak — yurakni aldab bo‘lmaydi. Yuragining bir chekkasi qichqirardi:
"U! Bu u-ku!"

Biroq bu ichki to‘lqinlarga dosh berish qiyin edi. Tana aqlga bo‘ysunmay qoldi. Tiniq ovoz bilan sinfni larzaga keltirdi:
Dahye birdan joyidan turdi. Nafasi qisilib, yuragi achishib, shoshilinch harakat bilan eshik tomon yugurdi.

O‘qituvchining hayratga to‘la ovozi ortidan yangradi:
— "Seo Dahye! Qayerga boryapsan?"

Dahye qisqa javob berdi, ovozi titrar edi:
— "Ustoz, qornim og‘riyapti. Agar kelmasam, uyga ketgan bo‘laman."

So‘ng hech narsa tushuntirmay chiqib ketdi. Sinf jim bo‘ldi. Qizlarning nigohlari Minhyundan Dahyega o‘tdi. Minhyun esa... shunchaki qiz ketgan eshikka biroz uzoq tikilib qoldi.

Ikkinchi darsgacha Dahyeni hech kim ko‘rmadi. O‘qituvchilar va sinfdoshlar uni hojatxonada deb o‘ylashardi. U esa... o‘ziga vaqt bermoqda edi. Nafas olib, yuragidagi qiyomatni tinchlantirishga urinardi.

Bu orada Semi xavotirga tushdi. Yuragi do‘stining holatidan notinch edi. Telefonini oldi-da, qo‘ng‘iroq qildi:

— "Alo? Qayerdasan? Ahvoling joyidami?"

Telefonning narigi tomonida esa Dahyenin jim, ammo o‘zini bosgan ovozi eshitildi:
— "Ha, joyida. Hozir sinfga boraman."

Minhyun

Muallif- Eveille Seraphina Liora!

𝐌𝐘 𝐂𝐇𝐎𝐈𝐂𝐄
6-bob. Voz kechish

Tashqarida osmon jim edi. Yomg‘ir yog‘ayotgandek tuyulardi, lekin bu faqat Mina yuragida yog‘ayotgan sog‘inch edi. Uning ko‘zlari ekran nurida jimirlab turgan telefon ekraniga qadalgandi. So‘ngi xabardan so‘ng hech nima kelmadi. Na bir so‘z, na bir izoh. Faqat sukut.

U yotoqxona derazasidan uzoqqa tikildi. "Nega bu qadar jim qolding?" degan savol qalbini tilka-pora qilardi. Taehyung uni rad etgani — buni aytishi emas, aytolmagani ko‘proq azob berardi. Bu rad javob emasdi. Bu — majburiyat edi. Va Mina buni yuragining eng chuqur qatlamida his qildi.

U yostiqqa bosh qo‘yar ekan, ich-ichidan bir narsa uzilgandek bo‘ldi. Endi orzu qilgan sahnalar, so‘zlar, uchrashuvlar faqat xayolida qolardi. Ular hech qachon to‘liq yaqin bo‘lishmagan, lekin... yuraklari bir lahzaga bo‘lsa-da, bir ritmda urgan edi-ku.

— "Senga og‘irlik bo‘lishni istamaganman," — deya pichirladi u o‘ziga. — "Lekin sen menga og‘irlik qilganingda ham, men hech qachon senga orqa qilmagan bo‘lardim."

Ko‘zlaridan tinmay yosh oqardi. U hech kimga aytmagan, hech kimga ko‘rsatmagan muhabbatidan o‘zi voz kechdi bu kecha. Qandaydir kuchli sukut bilan.

Sukut — eng qattiq ohang edi.

Taehyung deraza yonida turardi. Qo‘llari muzlab qolgan, yuragi esa yondirib yuborgudek qizigan edi. Telefonidagi oxirgi xabar ochiq qolgan — Mina yozgan, oxirida faqat bitta savol: "Nega?"

Nega?.. U javob bera olmasdi. Chunki haqiqatni aytsa, bu uni sindirardi. Uni rad etganda, o‘zini ham rad etgandi. Chunki u ham sevard... Hali hech kimga sevmaganidek. Lekin... bu sevgi ruxsat etilmagan edi. Uning hayoti allaqachon boshqalarning qo‘liga topshirilgan. Brendlar, jadval, shartnomalar, Otasi-yu soxta sobiq qiz do'sti va yarim yurak, .. yuragida joy qolmagan edi, qolgan bo‘lsa ham — unga Mina joylashgan edi allaqachon.

— “Men seni yo‘q qildim...” — deya o‘ziga pichirladi Taehyung, xuddi bu so‘zlar ichini teshib o‘tayotgandek. — “Men seni saqlab qolish uchun emas, o‘zimdan itarish uchun harakat qildim. Men yutdim. Ammo bu g‘alaba emas... bu yo‘qotish.”

U Mina ko‘zlaridagi o‘sha mehrni esladi. U hech narsa talab qilmagan. Faqat yonida bo‘lishni istagandi. Va Taehyung buni rad etgandi. Ataylab emas, majburan. Faqat orqaga chekinish unga Mina xavfsizligini kafolatlardi. U o‘zini bu sevgiga loyiq deb bilmasdi.

Telefon ekranini o‘chirarkan, yuragi yana bo‘shab ketdi. U qanchalik mashhur bo‘lmasin, ichki dunyosi sinib ketgan bir oddiy inson edi. Va bu kecha — u o‘z orzusidan voz kechgan edi.

Sukut bilan. Sog‘inch bilan. Sevgisiz emas, sevgiga qarshi.

Taehyung butun bir hafta davomida kompaniyadan, jamiyatdan, hatto o‘zidan ham uzoqlashdi. U shahar chetidagi kichik, silliq devorlari va qattiq sukutli atrofi bilan ajralib turadigan shaxsiy uyiga joylashdi. Ushbu joy unga yolg‘izlikni eslatmas, aksincha tinchlik berardi — lekin bu safar... bu sukut qiynardi.

Kun bo‘yi u yotdi. Yonida faqat bir piyola qora qahva va labida qotib qolgan sukunat. Telefonini o‘chirgan, derazalarni yopgan. Qog‘ozlar, eslatmalar, bir paytlar yozilgan Mina bilan bog‘liq so‘zlar stolning bir chetida yotardi — yirtiq, yarmi ho‘l, ammo ularni yo‘q qila olmasdi.

U Mina haqida o‘ylamaslikka urinardi. Lekin Mina uning tanasida emas, yuragida joylashib bo‘lgandi. Har safar ko‘zini yumsa, o‘sha ovoz — o‘sha nigoh. Har eshik ochilgandek tovushda, qalbi irg‘ib ketardi — go‘yoki u keldi, lekin yo‘q... faqat xayol.

— “Men tanladim, Mina... va men bu tanlov uchun qiynalaman,” — deya pichirladi u o‘ziga qarata, sado chiqmaydigan xonada.

Tashqarida yomg‘ir yog‘ardi. Ichkarida esa ko‘z yosh — ko‘rinmas, ammo yurakni ezuvchi.

Mina ofisda yolg‘iz qoldi. Taehyung yo‘qligi go‘yoki butun qavatni sukunatga botirdi. Kompaniyada hamma o‘z ishi bilan band, ammo Mina yuragidagi bo‘shliq hech bir “meeting” bilan to‘ldirilmasdi.

Taehyung ketganidan beri o‘tgan etti kun — go‘yoki yillar.

Har kuni ertalab kofesini olib, Taehyung o‘tiradigan joyga qarab qo‘yadi. Bo‘sh stul. Toza stol. Va yana o‘sha ko‘z yoshlari.

— “Nega hech nima demay ketdi?.. Menimcha... u menga ishonmadi,” — degan fikr har kuni miyasini teshardi.

U har safar telefoniga qaraydi — hech qanday xabar yo‘q. Hech qanday izoh, tushuntirish, sababsiz ketish.

Ammo... bu kun boshqacha edi.

Ish kuni oxirida ofis eshigi ochildi. Hammaning nigohi o‘sha tomonga qaradi.

Taehyung edi. Lekin... o‘zgargan.

Sochlari biroz o‘sib ketgan, ko‘zlari charchagan, lekin ichida bir qaror bilan qaytgandek. Boshqa odam edi — yoki his-tuyg‘ularga yon berib, o‘zini yo‘qotgan odam.

Mina unga tik qaray olmadi. Yuragi urar, lekin oyoqlari qotib qolgan.

Taehyung bir necha qadam tashladi. To‘g‘ri Mina qarshisiga bordi. So‘zsiz.

U ko‘zlarida yosh bilan asta dedi:

— “Men hamma narsadan voz kechdim, lekin sendan voz kecholmadim.”

So‘ngra o‘girilib ketdi.

Mina esa qotib qoldi. Bu izhor... bu yurakdan otilgan bir jumla uni butkul larzaga soldi. U yutindi. Yuragi baqirib yuboray derdi.

Author " Eveille Seraphina Liora"

𝐌𝐘 𝐂𝐇𝐎𝐈𝐂𝐄
5-BOB

"Portlash"

Ofis havosi g‘alati edi. Hamma o‘z ishi bilan mashg‘uldek tuyulardi, lekin xonadagi titroq, sirli og‘irlikni ko‘rib, hatto devorlar ham quloq tutayotgandek edi.

Mina stoli ustida turib qolgan ko‘zni qamashtiruvchi oq konvertga tikilgancha qotib qolgan edi. Bu xat Taehyungning o‘z qo‘li bilan yozgan, yuragini ochib bergan iltijosi edi. Ammo xat hali yopiqligicha qolayotgan bir vaqtda, hayot bu jimjitlikni portlatdi.

— Assalomu alaykum. Menga direktor Kim kerak. Favqulodda.

Ofis eshigidan ostonani yoritgancha kirib kelgan ayol — Yoo Inhye, jurnalist, sobiq sevgilisi, ayni damda esa — dushman tusiga kirgan ayol edi. Uning ko‘zlarida o‘tkir, yolg‘onlardan to‘kilgan g‘azab bor edi.

Taehyung xona ichida turar, bu ayolni ko‘rishi bilan yuragi gursillab ketdi. Yillar oldingi soxta muhabbat, o‘zaro foyda uchun qurilgan, ammo hissiz munosabat... bugun portlash uchun qayta tirilayotgandek.

— Inhye? — dedi u ohangida sovuqlik aralash hayrat bilan. — Bu yerga kelishingiz... noto‘g‘ri.

Ayol kuldi. Ammo bu kulgi achchiq edi. Zaharga to‘la, intiqom aralash kulgi.

— Noto‘g‘rimi? Yoki, siz uchun haqiqatlar noto‘g‘rimi? Men seni ogohlantirgandim, Taehyung. Meni rad etganing uchun afsus qilasan, degandim. Endi vaqti keldi.

U sumkasidan kichik fleshka chiqardi. Undagi ramziy nom:
"THE TRUTH — KIM GROUP"

Mina bu nomni ko‘rishi bilan yuragiga o‘tkazilgan qilichni his qildi. Chunki u ham bilardi — bu ayol nafaqat shaxsiy, balki professional hayotiga ham zarba berishga kelyapti.

— Bu nima? — dedi Taehyung sovuqqina. — Yana bir o‘yinmi?

— O‘yin tugadi, sevgilim. Endi haqiqat vaqti. Bu faylda Kim guruhining noqonuniy investitsiyalari, xorijdagi yashirin hisobraqamlari va... sizning otangiz haqida ma’lumotlar bor. Ha, to‘g‘ri eshitdingiz. Otangiz. Shunchaki men emas, hujjatlar gapiradi.

Ofisda portlagandek sukunat cho‘kdi.

Mina beixtiyor o‘rnidan turdi. Ular orasida yillar oldingi jinoyatlar, yashirin pullar va sirlarga o‘ralgan sharmandaliklar haqida gap ketmoqda edi.

— Inhye, bu narsalar... — Taehyung ovozini tikladi. — Bular noto‘g‘ri tushunilgan. Otam... bu kompaniyani halollik bilan yuritishga harakat qilgan.

— Halollik?! — Inhye qahqaha otib kuldi. — Sen bu so‘zni og‘zingga olishga loyiqmisan? Sen onangni himoya qila olmagan, mening yuragim bilan o‘ynagan, hozir esa yangi ayolni "qutqaraman" deb o‘ylayotgan — oddiy qobiqsan, Taehyung. Shunchaki, qobiq!

Mina bu so‘zlarni eshitarkan, yuragi o‘z-o‘zidan himoyaga o‘tdi. Taehyung bu ayolning g‘azabidan qaltiramasdi. Ammo uning ko‘zlarida – o‘tmishda qamalgan bola, onasini yo‘qotgan va hozirda yana bir yo‘qotishga tayyor bo‘lmagan erkak bor edi.

— Bu ayolga chiqish eshigini ko‘rsating. — dedi Mina qat’iy, ilk bor. — Bu ofisda tahdid emas, haqiqat ishlaydi. Siz bu yerda faqat shov-shuv qilish uchun kelgansiz. Ammo biz hayotimizni sizga qurbon qilmaymiz.

Inhye bir lahzaga to‘xtab qoldi. U bu ayoldan bu qadar jasorat kutmagandi.

— Demak, sen ham undan bir parchamisan, Mina? Afsus... hayoting yana bir portlashni kutmoqda.

Ayol chiqib ketdi.

Ammo portlash boshlangan edi.

Yana bir marta.

Yana qoniqlar, kechikkan og‘riqlar, haqiqatlar yondiruvchi iz qoldirar edi.

Mina asta Taehyungga qaradi. U esa – uzoq jim turdi.

— Men... hamma narsani yo‘qotishim mumkin, Mina.

— Balki, — dedi Mina, yuragiga sekin qo‘l tekkizarkan. — Ammo men sizni yo‘qotishni istamayman.

Mina oynadan kafeda qo‘llarini issiq chashkaga o‘rab, darchadan tashqariga tikilgancha, ko‘zlarini yumdi. Ko‘chalarda hayot odatdagidek davom etayotgan edi, ammo uning ichida esa — to‘xtovsiz silkinayotgan savollar, adashgan hislar va charchagan yurak bor edi.

U hozirgina yenggan narsasi tashqi xavf emas edi. Inhye — shunchaki boshlanish edi. Asl portlash — Minaning o‘zida bo‘layotgan edi.

Nima sababdan u bu erkakni himoya qildi?
Nega har gal Taehyung xavf ostida bo‘lsa, yuragi zirqirab ketadi?
Bu mehrmi? Rahm-shafqatmi?
Yoki — yurakning tan olishni istamagan so‘zsiz iltijasi?

Taehyung esa shahar chekkasidagi haydovchisiz garajda mashinasiga suyanib, sokin tunda pastga — asfaltga tikilgancha turgan edi. Qorong‘ilik undan so‘z so‘rardi. Ammo u jim edi. Negaki, bu safar kurash kim bilandir emas, o‘zi bilan edi.

“Men yana yo‘qotamanmi?” deb o‘yladi u.
“Bu safar ham kimnidir himoya qila olmaymanmi?”

Onasini yo‘qotganida u faqat besh yoshda edi. Lekin hozir... hozir u erkak. U shunchaki qochib qola olmaydi. Ammo yurakda bir bo‘shliq bor. U yerda haligacha bola yig‘layapti. Hali ham kechqurun shamol oynalarni qarsillatganida — onasining dodini eslaydi.

Va hozir ham... yana bir ayol. Yana kimnidir yo‘qotish xavfi.

Mina.

Uning tim qora ko‘zlari, jim tabassumi, charchagan, ammo mehrli yuragi... bularning barchasi Taehyung uchun so‘nggi bir oy ichida hayotining eng sokin va eng xavfli qismiga aylangandi.

“Men undan uzoqlashishim kerak. U menga yaqin bo‘lsa — u ham kuyadi.”
Shu fikr bilan telefonini chiqardi. Mina nomini topdi. Lekin... qo‘ng‘iroq qilmadi. Faqat tikildi. Tikilib, yuragidagi sukutni eshitdi.

Shu payt, eshik ochildi. Yonidan yengil qadam tovushi eshitildi.

– Taehyung...

Mina edi. U kelgandi. Uning ko‘zlarida charchoq ham, xavotir ham, jasorat ham aralash edi.

– Menga nega telefon qilmadingiz? – dedi u asta.

– Qila olmadim, — Taehyung ovozi bo‘g‘iq, ammo halol edi. – Chunki sizni bu hamma narsadan uzoqroq tutmoqchiman.

– Juda kech. Siz hayotimga kirdingiz, endi chiqa olmaysiz.

Taehyung ilk bor nigohini ko‘tarib unga tikildi. Bu nigoh — chuqur, samimiy, qorong‘ilik bilan yorug‘lik orasidagi chaqnashdek edi.

– Nega bunday deysiz?

– Chunki bu safar... men birinchi bo‘lib qo‘rqishni to‘xtatdim. Bu yurak avval sevgan, lekin ishonmagan. Endi esa – ishonishni o‘rganayapti.

Taehyung bir qadam oldinga yurdi.

– Sizni o‘zim bilan qulab ketish xavfi bor bo‘lgan jarlikka olib ketayotgan bo‘lsam-chi?

Mina kuldi. Ko‘zlarida yosh yiltirab turardi.

– Agar jarlik siz bo‘lsangiz, men sakrayman. Chunki siz meni qo‘lga olasiz. O‘sha kechadagi kabi. Meni yerda qoldirmadingiz. Endi men ham sizni yolg‘iz tashlab keta olmayman.

Ularning orasidagi masofa yo‘qoldi. Na ovoz, na gap, faqat yuraklarning qarsillab urishi qoldi.

Mina yumshoq tabassum bilan Taehyungga qarab dedi:

— Siz – tinchligimsiz, Taehyung. Endi hech qaerga ketmang...

Taehyung bir lahza sukutda qoldi. Ichida qandaydir og‘riq harakatlandi. U qo‘llarini asta orqaga oldi. Nigohi, avvalgi kabi iliq emasdi. Balki, juda uzoqqa ketgandek... juda sovuq va to‘g‘ri qarar edi.

— Kechirasiz, Mina... men bu yerda bo‘lmasligim kerak.

— Nima? — Mina bir qadam yaqinlashdi, ko‘zlarida hayrat va tushunmaslik.

— Siz bu e’tiborni, bu muhabbatni... undan ham ortig‘ini haqli tarzda olishingiz kerak. Lekin men... bu hislar bilan sizni azoblamoqchi emasman.

— Siz meni azoblamayapsiz... aksincha...

— Yo‘q, — dedi Taehyung, ovozi past, ammo qat’iy edi. – Menimcha, bizning yo‘limiz bu yerda ajralishi kerak. Chunki men sizga kerak bo‘lgan odam emasman.

U ortga qadam tashladi. Mina yuragining ichidagi ohang so‘nib borayotganini his qildi. U harakat qilmoqchi bo‘ldi, lekin Taehyung asta jilmaydi — bu jilmayish... vidolashuv edi.

— Mina... siz haqiqiy baxtga loyiqsiz. Va men... sizning tinchligingizni buzmasligim kerak.

U ortiga o‘girildi.

O‘sha yulduzli osmon, o‘sha sokin tun — bu gal guvoh bo‘ldi: ikki yurak yaqin bo‘lsa-da, ikki ruh yo‘llari ajralmoqda edi.

Mina jim qoldi. Faqat yuragining urishi qolgan edi — sekin, og‘ir va bo‘shliq bilan.

Taehyung ketdi.

Va bu safar... ortga qaytmaslikka harakat qilgandek.

"Ba’zan sevgining eng kuchli shakli — ketishni tan olishdir."

Muallif - Eveille Seraphina Liora

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ BLAYZE
EPISOTE 3: QAT'IY QIZ ORTIDAGI ASLI KIM?

Kunlar sovuy boshladi, quyosh nurlari yerni isitishga qurbi yetmasdi. Har demay qor ham yog'ib qolsa kerak, kunlar unchalik ham qizg'in emasdi Jungkook ishga sho'ng'ib ketgandi, bazan esa tunlarni barlarda o'tkazar edi. Yeonjun Dahega qancha yaqinlashishga urinmasin bari bekor ketmoqda. Mina va Taehyung ular uchrashishmoqda ammo hali hamon Dahe hechkimga yaqinlashmadi Na Minaga yoki Taehyungga hech qanday chuntirishlarsiz.. 2hafta o'tdi.

Bugun bu Kompaniyaning 35 yillik yubiley bayrami. Kompaniyada katta Bazm va tadbirlar bo'ladi. Stol hashamat ila bezatilgandi xamma bayramona kiyimda, afitsantlar esa mehmonlarga alkagol va shampanlar tarqatish bilan band edi. Bazm boshlanib bo'lgandi xamma hursand va shod, ammo Dahe hechxam ko'rinmasdi.

Zal eshigi ochildi Dahe unchalik shohona bo'lmagan ammo o'ziga juda yarashgan uzun ko'ylak bilan kirib keldi.

Yeonjun uni ko'rib bir lahza to'xtab qoldi, qizning och jigar rang ko'zlaringa boqdi, xa bu qiz uning ideal tipi bo'lmasada allaqachonoq yigit qizga oshiq bo'lgan edi, menimcha sevgi faqat tashqi ko'rinishda emas Dahe rostan ham muloyim va yoqimli ammo ishiga puxtalik bilan yondashuvchi xodima ham edi.

Dahe biroz hayajon bilan o'z jamoasi oldiga bordi, hamma unga mulozamat ko'rsatib juda ham ochilib ketkanini aytishar edi.

Biroz vaqtdan so'ng, yoqimli kuy ovozi eshitildi bu juftliklar uchun ball raqsi desa ham bo'ladi. Yeonjun paytdan foydalanib Daheni raqsga taklif qildi.

-Keling birga raqsga tushamiz- Deya qo'llarini qizga uzatdi

-Ammo bu juftliklar uchun- Qiz gaplarni tugatishga ulgurmay yigit ogiz juftladi.

-Bu shart degani emasku to'g'rimi? - Dahe ham bu shunchaki raqs deya qo'llarini unga uzatdi, hamma raqs tushmoqda, Jungkook esa Dahe va Yeonjunni diqqat bilan kuzatib turardi. Qo'llari terlab asabiylasha boshladi

Taqdirlash marosimi boshlandi, kimdur qaysidur nominatsiyada g'olib bo'lsa xamma qarsak chalishar edi.

Taehyung mast holatda to'g'ri Minaning uyiga bordi, Mina eshikni ochib unga qaradi, Taehyungni ko'zlari qizarib ketgandi aftidan u ichgan deya hayolga keldi, ammo yigit bu tun har doimgidan ehtirosli ko'rinardi.

-Seni yana hohlayabman, negadur bugun doimgidan ham kuchliman

Taehyung tashnalik bilan qizning qirmizi lablariga o'zining nordon lablarini bosdi, bu shunchaki o'pich emas, balki ehtirosli bo'salar edi, Minaning hissiy nolalari Taehyungni allaqachon uyg'otgan edi. Mina abjirik bilan bosa davomida yigitni shimini yechishga ulgurdi, navbat esa yuqoridagi kastyum va ko'ylakka. Mina yigitni mushak qismidan qo'llarini olmas edi, ularning qurboni esa ehtiros. Taehyungning lablari qizning ochiq oppoq bo'yniga tushdi, qiz esa, o'zining ilq nolalari bilan band. Ular yalang'och holatda qolishdi. Taehyung qizni divanga itarib, qizning oyoq bosh barmoqlaridan boshlab to sonlarigacha lablari bilan yalab bordi, bundan esa qizning bellari yuqorilar edi, Va nihoyat Taehyung qizning ichiga kirdi. Buni ta'riflay olmayman ikkisi ham juda tajavvuzkor va ideal edilar. Oradan 1 soat o'tgach charchoqdan aloqani yakunladilar. Taehyung Minani ko'tarib Yuvinish xonasi tomon yo'l oldi. Choyshab esa ikkisining ter dog'lariga burkangan edi.

P.O.V. MINA:

Taehyung meni ko‘tarib hammomga olib bordi.
Uning ko‘kragiga boshimni qo‘ygancha, yurak urishini eshitardim. Har galgidek emasdi bu kecha. Nafaslarimiz hamohang, haroratimiz bir xil edi — xuddi yuraklarimiz yillar oldin kelishib olgandek.

Issiq suv tomchilari tanamizga tusharkan, u sochlarimni ohistalik bilan orqaga surdi.
"Men seni hohlaganim uchun kelmadim..." — dedi u, nihoyat sukutni buzib.
"Men seni sog‘indim. Hamma gap shunda."

Qo‘llari yuzimda. Ko‘zlarida mehr aralash xavotir.
Mening yuragim esa uni yillar oldin yo‘qotgan qiz bola kabi qinimdan chiqay deb urardi.

"Men senga doim ishonishni xohlaganman, Taehyung," — dedim asta.
Uning barmog‘i labimni jim qildi.
"Menga bugun ishon. Qolganiga vaqt hal qiladi."

Tana harakati bu kecha faqat ehtiros emasdi.
Bu — bizning yillar davomida so‘z bilan ayta olmagan tuyg‘ularimiz edi.
Bu — o‘tmishdagi barcha "agarlar"ga berilgan javob edi.
Bu — biz bir-birimizdan ketgan tunda aytilmay qolgan "sevar edim"larning ovozi edi.

Biz yotoqqa qaytdik. Lekin bu safar, har bir quchoq, har bir o‘pich — faqat shunchaki istak emas, balki tan olish edi.
Men Taehyungni quchoqlaganimda, nafaqat tanasini, balki barcha yillar davomida sukutda qolgan so‘zlarini quchoqlagandek bo‘ldim.

U yostiqqa bosh qo‘yib, qo‘lini belimga qo‘ydi.
Ko‘zlarini yumdi.
Men pichirlab dedim:
"Sen doim yuragimda bo‘lgansan. Men o‘zimni aldagan edim."

U esa hech nima demadi. Faqat qo‘li bir oz qattiqroq siqildi. Bu yetarli edi.

Muallifl " Eveille Seraphina Liora"

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤBLAYZE
EPISODE 2: RASHK YOKI BOSHQA, AMMO HAMMASI BIR HIL!

P.O.V. DAHE:

Ishdan chiqqanimdan so'ng, kayfiyatim butunlay charchagan edi. Minaga bir necha bor qo'ng'iroq qildim — ikki, balki uch marta. Javob yo'q. Ichimda bir g'alati tuyg'u bor edi — u menga kerak edi. Shunchaki gaplashish, ko'ziga qarab jim turish ham bo'lsa... kerak edi. Telefon javobsiz qolgach, to'g'ridan-to'g'ri kvartirasiga yo'l oldim.

Mina — bolaligimdan beri eng yaqin inson. 9 yoshimdan buyon yonimda. Bizni nafaqat do'stlik, balki oilalarimiz o'rtasidagi iliqlik ham bog'lab turardi. U mendan ikki yosh katta bo'lsa-da, men har doim uni "sen"layman. Chunki u hech qachon e'tiroz bildirmagan, shunchaki qabul qilgan. Har doim.

Uning hayoti doim menga g'alati tuyulgan: ota-onasining bosimi ostida yashaydi. Ular uni itlar bo'yicha mutaxassis bo'lishga majburlashgan. Mina o'qishni yoqtirmaydi, biroq ota-onasi aytganidek o'qidi, diplom oldi, va endi otasining kichik kompaniyasini boshqaryapti. Mening esa yo'lim boshqa edi. Men bu sohaga oshiqman. Ishimni sevaman. Orzuim — shaxsiy reklama agentligimni ochish.

Mina yashaydigan binoga yetib keldim. Liftda 5-qavat tugmasini bosib, ko'nglimda og'irlik bilan yuqoriga ko'tarildim. Uning kirish parolini bilaman, albatta. Eshik ochildi.

Ichkarida qorong'u. Hech qanday chiroq yoqilmagan. Poyabzallar tartibsiz sochilgan. Bu Mina emas. U tartibni sevadi. Har bir narsani joyida saqlaydi. Yuragimda noaniq xavotir bilan yotoqxona tomon bordim.

Ichkaridan g'alati ovozlar eshitilardi. Nafasimni ichimga yutib, eshikni sekin ochdim va chiroqni yoqdim.

Ko'z oldimda ko'rgan manzara meni titratib yubordi.

Mina... va bizning kompaniyadagi bosh o'rinbosar — yalang'och holda, bir-biriga yopishgan. Ular meni ko'rib qoldilar, hayrat bilan choyshab ostiga yashirishdi.

Men esa... jim edim. Nafas ololmadim.

"O'yoo'q... Mina, men noto'g'ri pallada kelib qoldim shekilli. Mayli, hayr. Bo'shaganingdan so'ng qo'ng'iroq qilarsan," — dedim va chiroqni o'chirib, yuragimda portlayotgan tuyg'ular bilan eshikni yopdim.

Uyga kelib, shunchaki yig'ladim. Tilimda so'z yo'q edi. Ko'zlarimdan yosh oqayotganini ham sezmadim. Bu kun — balki hayotimdagi eng og'ir kunlardan biri edi. Yigitim bilan ajrashgan kunimni esladim. Bu voqeaga ham roppa-rosa bir yil bo'ldi. O'shandan beri yuragimga hech kimni yaqinlashtira olmayapman. Ehtimol, hanuzgacha o'shani sevayotgandirman. Kim bilsin.

Ertaga oilam sayohatdan qaytadi. Otam, onam, o'gay opam Soojin. Akam esa hanuz Xitoydagi savdo do'konimizni boshqaryapti. Ularni sog'indim.

Ko'zlarim og'irlashib, uyquga ketdim.

Tong. Soat 5:00. Xonam eshigi taqqilladi. Soojin edi. Ichkariga kirdi.

Men shoshib o'rnimdan turdim.

"Pastga tush, otang va onang seni chaqirishayapti," dedi u odatdagi sovuqlik bilan.

Men yuzimni yuvib, pastga tushdim. Otam bilan quchoqlashib so'rashdim, onamga esa xolosgina salom berdim. U bilan oramiz allaqachon sovigan.

Menga Parijdan turli sovg'alar olib kelishgan. Raxmat aytdim, va xonamga chiqib ketdim. Ishga borish vaqti yaqinlashmoqda, ammo hech qanday ishtiyoq yo'q. Yuragim g'ijim. Ruhiy charchoq haddan tashqari.

OFIS – Jungkook tarafidan

Tushlik yaqinlashmoqda, lekin Seo Dahe hanuz ofisda yo'q. Bu — g'ayrioddiy. Chunki Dahe hech qachon kechikmaydi. Har doim o'z vaqtida. Har doim mas'uliyatli.

Jungkook ofisida reklama dizayniga doir bir muhim loyiha ustida ishlayotgan edi. Ko‘zlari monitorga tikilgan bo‘lsa-da, yuragi noto‘g‘ri urayotgandek tuyuldi. Va nihoyat, o‘zini tuta olmadi.

Marketing bo‘limiga bordi.

Xonada odatdagi shovqin, lekin... Dahe yo‘q. Uning joyi bo‘sh.

Jungkook Yeonjunning oldiga bordi.

"Hayrli kun barchaga. Seo Dahe qani? Biror narsa bo‘ldimi?"

Yeonjun salom qaytardi:

"Bugun Dahe xonim kelmadilar. Telefon qilishdi, ammo javob yo‘q."

Jungkook bir zum jim qoldi. So‘ng ohangsiz ohangda:

"Mayli. Yaxshi ishlanglar," — dedi va orqasiga burilib, chiqib ketdi.

Ammo yuragida savollar girdob edi:

"Nega u kelmadi? Nima bo‘ldi? Va... nega bu menga ta'sir qilayapti?"

DAHE – Kechki payt

Uzoq uxlab qolganimni bildim. Tongdagi uchrashuv ham, ota-onam bilan qisqa suhbat ham, bugungi ishim — hammasi bir-biriga aralashib ketdi.

Telefonimni tekshirdim. Yeonjun, ishxonadagi qizlar — hammasi yozgan. Ammo Jungkook... u hech narsa yozmagan. Shu jimligi bilan yuragimni battar siqib qo‘ydi.

Bir zumda ko‘z oldimga o‘sha Mina ko‘rinishi keldi. Yuragim yana siqildi.

Ko‘zlarim deraza tashqarisiga qadaldi. Shahar chiroqlari yaltiraydi, odamlar harakatda. Men esa bir joyda qotib qolganman.

"Ertaga... men kuchli bo‘lishim kerak. Bugun yo‘q bo‘lib qolganim yetarli. Yana o‘zimni ko‘rsataman..." — dedim o‘zimga.

Yostiqqa boshimni qo‘ydim. Faqat yelkamda og‘irlik bor. Yolg‘izlik. Ishonchsizlik. Ammo baribir umid... bor.

Ammo Tae shunchaki u.. mening sobiq yigitim ammo, u hali ham qalbimda bor edi, o'sha 1 oylik sirli munosabatlar va ajralish menga yomon ta'sir qildi, mana 1 yildan so'ng uni boshqa ammo menga yaqin qiz bilan ko'rdim, bilasizmi nima men xatto Minani ham ayblay olmayman u bundan bexabar.

...Men esa... bularni kechirib yuraveraman. O‘zimni baxtli ko‘rsataman.
Lekin yuragimdagi bo‘shliq – u haqiqiy. Soxta tabassumlar bilan to‘lgan kunlarim endi ortda qolishi kerak.

Men hozir yolg‘izman. Ammo bu — kuchsizlik emas. Bu – kuch to‘plash bosqichi.
Shunchaki, ertaga men o‘zim bo‘laman.

Derazamni ochdim. Tashqarida yengil shamol esyapti. Havo salqin, biroq bu meni o‘zimga keltirayotganday. Osmonga qarab, ohista pichirlab qo‘ydim:
“Endi hech kimga orqa qilmayman. Hatto hislarimga ham.”

Telefonimga bir qaradim — “Soat: 00:48”. Ish boshlanishigacha besh soat bor.
Ko‘zlarim ohangrabodek xiralashib borar ekan, ichimdan shunday deb uxlab qoldim:

“Yangi kun, yangi men...”

QUETO :
“Ba'zan eng og‘riqli haqiqatlar, eng kuchli insonni uyg‘otadi.”

Muallif> Eveille Seraphina Liora

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤBLAYZE
EPISODE 1: MEROSXO'R JEON JUNGKOOK!

Jeon Jungkook ilk bor Seul osmoniga tikilganida, bu yerni yoddan ko‘ra tushda ko‘rgandek edi.
Yillar o‘tgan. U ketganda o‘n to‘qqiz yoshda edi.
Endi — yigirma yettida.
Yuzidagi sharp qirrali nigohlar, ichidagi sukunat – bu yillar Amerikalik biznesga, yolg‘izlikka, kuchli intizomga to‘la bo‘lganini eslatardi.

Ammo u hech qachon bunday holatda qaytishini kutmagandi.

Otasi vafot etgan edi.

Shu lahzada kompaniya boshqaruvi to‘liq unga o‘tdi.
Xodimlar hushyor. Raqiblar sukutda. Investorlar hushyor. Onasi esa... hech qachon unchalik yumshamagan.

Endi bu ofisda, Koreyaning yuragida, eng yuqori qavatda — Jeon Jungkook qaytgan edi.

U bugun ilk bor ishchi jamoa bilan uchrashmoqchi. Ammo oldin — reja.
Ichki uchrashuv. Sekretarlardan biri unga iltimos bilan qaradi:

> “Janob Jeon, marketing menejeri kechikmoqda. Juda sal… kechikdi.”

Jungkook orqasiga o‘girilmay turib so‘radi:

> “Ismi?”

> “Seo Dahe. Loyiha rahbari ham o‘sha.”

Jungkook bosh irg‘adi.

> “Yaxshi. Esimda tutaman.”

Dahe esa hozir shahar markazining tirbandligida, telefoniga qarab, yuragida qisilgan edi.
Yangi direktor bilan uchrashuv, yangi qoidalar, yangi bosim...

> “Nima bo‘lsa ham, xotirjam bo‘l,” — dedi u o‘ziga.
“Bu ofis meni yutmaydi. Men o‘zimni yo‘qotmayman.”

Shunday dedi-da, sumkasini mahkam ushlab, baland ofis eshigini ochdi.

Ofis eshigi asta ochildi.
Seo Dahe qadam tashlarkan, yuragi baralla urardi.
U kechikganini bilar, ammo bu aynan hozirgi nigoh — uni biroz titratdi.

Stol ortida — u.
Jeon Jungkook.
Faqat rasmda ko‘rgan, lekin hozir — jonli va sovuq.
Ko‘zlarida shunday aniqlik borki, go‘yoki u oldinga qadam bosganingda qayerdan kelganingni o‘qiy oladi.

Jungkook nigohini uzmadi.
U kaftidagi qalamni qo‘ydi va stolga suyanib dedi:

> “Siz Seo Dahe’siz, to‘g‘rimi?”

Dahe yengil bosh irg‘adi.

> “Ha. Bugungi kechikish uchun uzr so‘rayman. Tirbandlik...”

U gapini tugatmay qoldi. Chunki Jungkook asta turdi.

> “Bu kompaniya uzr bilan ishlamaydi, Dahe-shi. Bu yerda vaqt — puldan ham qimmatliroq.”

Dahe nigohini tushirmadi. U sokin javob berdi:

> “Men bu yerda sabablarga tayanib emas, natija bilan ishlashni xohlayman.”

Uning ohangi juda sokin edi, ammo mag‘rurlik sezilardi.
Jungkook bir soniya sukut saqladi, keyin yengil kulimsiradi.

> “Demak, siz o‘zingizni juda kuchli deb bilasiz?”

Dahe yuragini boshqara olmasdi, ammo yuzida — hech nima o‘zgarishsiz edi.

> “Men hech qachon o‘zimni past ko‘rgan emasman, janob Jeon.”

Ofisdagi havo qalinlashdi.
Ikki odam – ikki olam.
Ammo bir joyda, birgina jimlikda to‘qnash kelishgan edi.

Jungkook unga biroz yaqinlashdi. Ko‘zlari ilgarigidan ham chuqurroq.

> “Menga qaraganingizda… bir lahzaga tanigandek bo‘ldingizmi?”
“Yo‘q,” — dedi Dahe. “Lekin sizda nimadir tanish tuyuldi.”

Javob... go‘yoki Jungkook ichidagi chuqur xotiraning ustiga engil shamol olib keldi.
U bir zum jim qoldi.

> “Yaxshi. Men tanish bo‘lishni yomon ko‘rmayman. Ammo bu ishda sizga shaxsiylik yordam bermaydi.”

> “Men shaxsiyatni aralashtirmayman,” — dedi Dahe. “Lekin insoniylikni yo‘qotmayman.”

Jungkook sekin jilmaydi. Bu – kutilmagan jilmayish edi.

> “Siz bilan ishlash qiziqarli bo‘ladi.”
“Ehtimol, siz mendan o‘rganishingizga ham to‘g‘ri kelar.”

U asta orqasiga o‘girildi. Yurdi.
Dahe unga qarab qoldi.

“Bu odam... tanish tuyg‘ularni uyg‘otdi.”

Ichida bir olov sekin yonib borardi.
Va bu olovga bir nom kelayotgandi.
Blayze.

Konferensiya xonasi.
Jungkook stol ortida o‘tirgan.
Qo‘lida kofe, nigohi esa Dahe tomon qadalgan.
Dahe esa, sumkasini qo‘yib, noutbukni ochdi. Jimgina.

Ammo sukunat uzoqqa cho‘zilmadi.

> “Xo‘sh, kechikish sababingizni eshitdim. Endi ishni ko‘raylik,” — dedi Jungkook.
“Ha. Men tayyorman.”
“Bu ovozingizdan bilinmayapti.”
“Bu esa sizni qiziqtirmasligi kerak.”

Jungkook ko‘zlarini qisdi.

> “Siz har doim o‘zingizni bunchalik tutib olasizmi?”
“Faqat o‘zini haddan tashqari tutgan odamlar oldida.”

Javob tez keldi. To‘g‘ri yurakka.
Jungkook xotirjam jilmaydi, lekin ko‘zlarida chaqnash paydo bo‘ldi.

> “Men haddan tashqari deb hisoblanamanmi?”
“Siz ishga endi kelgansiz, lekin o‘zingizni shu yerga yillar berib ishlagan odamlar ustidan ko‘rib turibsiz.”

> “Demak, siz o‘zingizni menga qaraganda ko‘proq haqli his qilasiz?”
“Men o‘zimni sizga nisbatan tajribaliroq deb bilaman. Farqni sezsangiz kerak.”

Jungkook noutbuk tomon engashdi.

> “Farqni ko‘ryapman. Biroq aybdorni emas.”
“Kechirasiz?!”

> “Sizning rejalaringiz men ko‘rgan eng tartibsiz strategiyalardan biri.”
“Siz hali bir kunga bu yerda ishlamadingiz! Strategiya sizga yoqmayapti, chunki uni tushunishga ulgurmadingiz.”

Jungkook stuldan turdi.

> “Yaxshi, tushuntiring. Nega 3-chorak reklama budjeti avvalgi yillik xarajatdan 30% ko‘p?”
“Chunki biz avvalgidan ko‘proq foyda keltiradigan shartnomalarni olib kelganmiz. Bu statistik emas, amaliy qaror.”

> “Amaliy? Yaxshi. Demak, siz ishda raqamga emas, o‘z g‘oyangizga tayanasiz?”
“Yo‘q. Men har doim natijaga qarayman. Faqat siz natijani hali ko‘rishga ulgurmadingiz.”

Jungkook qo‘llarini ko‘kragiga qovushtirib qaradi.

> “Yaxshi. Ko‘raylikchi. Sizni bir oy kuzataman. Agar men ko‘rganim – natija bo‘lsa, qolgan jamoa sizga ergashadi.”
“Agar yo‘q bo‘lsa-chi?”
“Unda men... sizga o‘rgatishimga to‘g‘ri keladi.”

> “Unday bo‘lishi ehtimoldan yiroq,” — dedi Dahe sovuqqina.
“Men sizdan o‘rganadigan hech nima ko‘rmayapman.”

Jungkook asta yurdi, stulga qaytib o‘tirdi.

> “Demak, men sizni hayratlantirishim kerak?”
“Yoki hech bo‘lmaganda, e’tiborimni tortishingiz.”

> “E’tiboringizni qaysi yo‘nalishda?” — dedi u kulimsirab.
“Siz noto‘g‘ri yo‘lga o‘tyapsiz, janob Jeon.”

Unga yaqin turib, papkasini olib chiqib ketdi.
Eshik oldida yana to‘xtadi.

> “Aytgancha, sizni e’tirof qilaman: kechikdim. Lekin siz keldingiz-yu, birdan bu joy... zerikarli bo‘lib qoldi.”

Jungkook jim qoldi.
Yuzida tabassum —

Kompaniya qabul xonasiga yangi amaliyotchi kirib keldi.
Qadamlar ehtiyotkor, ko‘zlar hayratga to‘la.
Choi Yeonjun — 24 yoshda, universitetni endi bitirgan. Ko‘pdan beri aynan shu joy — Jeon Global Corporation — orzusi edi.

Qabuldagi xodima unga yaqinlashdi:

> “Siz Choi Yeonjunmisiz?”
“Ha, men.”
“Sizni Seo Dahega biriktirishgan. U sizga rahbar bo‘ladi.”

Yeonjun ko‘zlarini kattaroq ochdi:

> “U bosh menedjermi? Shunchalik yoshligiga qaramay?”

Xodima jilmaydi.

> “Siz hali uni ko‘rganingiz yo‘q.”

Ofis ichida, Seo Dahe (23 yosh) kofe olib chiqayotgan edi. Unga qarshi — Yeonjun.
Yeonjun bir oz tortinchoqlik bilan, ammo ishonch bilan oldinga qadam tashladi.

> “Salom. Men Choi Yeonjunman. Bugundan boshlab sizga biriktirilgan amaliyotchiman.”
“Seo Dahe. Keling, o‘tiraylik. Sizga kompaniyamiz haqida qisqacha tushuntiraman.”

Ular kichik uchrashuv xonasida joylashishdi.
Yeonjun diqqat bilan quloq soldi, Dahe esa papkalarni ochib gapira boshladi:

> “Biz Jeon Global Corporationda ishlayapmiz. Bosh ofis Seulda joylashgan. 17 ta sho‘ba kompaniyamiz bor.”
“Faoliyat yo‘nalishi?”
“Asosan — media, marketing, texnologiya va dizayn. Reklama, brending, IT loyihalar, hamda kino sohasiga ham sarmoya kiritayapmiz.”

> “Wow... hamma narsa bormikan?”
“Ko‘proq ham bor. Rahbarimiz — Jeon Jungkook. AQSHdan yaqinda qaytdi. Otasi vafotidan keyin rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi.”

Yeonjun bosh irg‘adi.

> “Men u inson haqida eshitganman. Jiddiymi?”
“Ko‘proq... xavfli.” — dedi Dahe, yarim jilmayib.
“Hazilmi?”
“Yo‘q.” — dedi Dahe, jiddiy nigoh bilan.

> “Demak, u ishdan ko‘ra odamni sinaydi?”
“Yo‘q. U odamni sinab, keyin ishga qaramaydi.”

Yeonjun yelkasini qisdi.

> “Xavotir olmang. Meni nigoh sindirmaydi. Odatda men aytgan gap sindiradi.”

Dahe kuldi. Bu yumshoq sinish edi.

> “O‘ziga ishonadigan odamsiz, Yeonjun-shi.”
“Shunchaki o‘zimdan boshqa tayanchim yo‘q.”

Unga papkalarni uzatdi.

> “Ertaga majlis bor. Jungkook bo‘ladi. Men sizga marketing bo‘limidagi asosiy liniyani tushuntiraman.”
“Majlisga men ham kiramanmi?”
“Agar ko‘p gapirmasangiz, ha.”

Yeonjun kulimsiradi:

> “Men ko‘p gapirmayman. Faqat ko‘p so‘rayman.”
“Qaysi biri battar?” — dedi Dahe, hazil bilan.

Yeonjun unga bir zum tikilib qaradi. Ko‘zlarida mayin ifoda.
Ammo Dahe bu nigohdan bexabar, noutbukdagi jadvalga ko‘z tashlayapti.

Ichida esa bir fikr jim turib uyg‘ona boshlaydi:

> “Bu bola... qiziqarli. Lekin men bunga joy qoldirmasligim kerak.”

Majlis zali sokin. Hamma joyida.
Dahe oldingi qatorda, Yeonjun yonida — daftar, qalam, tahliliy ko‘zlar bilan.
Jungkook esa hali kirmagan.

Yeonjun pichirladi:

> “U qanaqa odam o‘zi?”
“Kutib o‘tirmang. O‘zingiz ko‘rasiz.”

Dahe jimgina ekranga qaradi.
Yeonjun esa uzoq tikilmay, atrofni kuzatishda davom etdi.

Birdan eshik ochildi.
Jeon Jungkook — qora kostyumda, shaffof nigoh, ohangida qattiqlik.
Hamma jim bo‘ldi.

U to‘g‘ri podium tomon yurdi, ammo yurish paytida ko‘zi...
Yeonjunda to‘xtadi.

Ammo hech nima demadi.
U zalga qarab so‘z boshladi:

> “Hammaga salom. Meni tanimasligingiz mumkin. Men Jeon Jungkookman. Endilikda — bu kompaniyaning egasi emas, yuragi bo‘lishim kerak.”

Zalda yengil pichirlash.
Dahe esa unga bir soniya ko‘z tashladi — ammo bu nigohda sovuqlik bor edi.

> “Keling, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashamiz. Bu yerda faqat yutuq uchun yashaymiz. Bahonalar emas. Qog‘ozdagi raqamlar emas. Haqiqiy, keskin va natijali harakat.”

Jungkook ovozini pasaytirdi:

> “Lekin... bugun men birinchi navbatda, jamoani sinayman. Ayniqsa, menga eng yaqin ishlayotganlarni.”
Ko‘zlari Dahega qaradi. Bir zumgina.

Yeonjun pichirladi:

> “Sizni yaxshi ko‘rmaydiganga o‘xshaydi.”
“U hatto meni tanimaydi,” — dedi Dahe, ammo ichida esa allaqachon yuragi tez urayotgandi.

Majlis davomida Jungkook qog‘ozlarni varaqlar ekan, birdan to‘xtadi:

> “Bu reklama loyihasi… kimga tegishli?”

Dahe papkani oldi:

> “Menga.”
“Menimcha, bu juda xavfli yondashuv. Brend imidjini buzishi mumkin.”
“Bu esa siz brendni hali tushunmaganligingizni bildiradi.”

Zal jim bo‘lib qoldi.
Jungkook asta boshini ko‘tardi.

> “Siz hali men kimligimni bilmayapsiz, Dahe-shi.”
“Siz meni ish bilan emas, og‘zaki tahdid bilan baholayotganingizni ko‘ryapman, janob Jeon.”

Bu safar Yeonjun ham hayratda.
U endi Dahega butunlay boshqa ko‘z bilan qaray boshladi.

> “Uff… kuchliroq ekansiz-da.” — dedi u sekin, iljayib.

Jungkook jimgina Dahega qarab qoldi.

> “Menga bu yoqmoqda,” — dedi u sekin.
“Sizni sinash.”

Birdan eshik ochildi.

Sekretarka hovliqib kirdi:

> “Janob Jeon! Matbuotdan odamlar erta kelishgan! Sizga tashrifni bekor qilishni taklif qilishyapti!”

Jungkook nigohini qattiq qildi:

> “Yo‘q. Men chiqaman. Men qochmayman.”

U o‘rnidan turdi.

Ammo chiqishdan oldin bir lahzalik sukutda — u yana Dahega qaradi.
Nigoh — tanib bo‘lmas, ammo ilgaridan tanish tuyg‘udek edi.

Yeonjun sekin Dahega egildi:

> “Siz ilgari bu odamni uchratgan bo‘lishingiz mumkinmi?”
Dahe nigohini o‘zgartirmasdan javob berdi:
“Agar uchratgan bo‘lsam ham… eslashga sabab bo‘lmagan.”

Ular jim turishdi.
Jungkook chiqib ketdi.

Ammo eshik yopilishi bilan — Dahe ichida shoshqaloq hayajonni yashirishga harakat qildi.
Yeonjun esa unga tikilib qarab turardi.

Ichida esa bitta fikr aylanardi:

> “Siz menga qiziqasiz, Seo Dahe. Lekin siz hozircha o‘zingizni o‘ylayapsiz.”

Queto :

> "Biz birinchi marta uchrashmadik. Faqat bu safar... eslay olmadik."

Muallif " Eveille Seraphina Liora"

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤBLAYZE
EPISODE 1: MEROSXO'R JEON JUNGKOOK!

Jeon Jungkook ilk bor Seul osmoniga tikilganida, bu yerni yoddan ko‘ra tushda ko‘rgandek edi.
Yillar o‘tgan. U ketganda o‘n to‘qqiz yoshda edi.
Endi — yigirma yettida.
Yuzidagi sharp qirrali nigohlar, ichidagi sukunat – bu yillar Amerikalik biznesga, yolg‘izlikka, kuchli intizomga to‘la bo‘lganini eslatardi.

Ammo u hech qachon bunday holatda qaytishini kutmagandi.

Otasi vafot etgan edi.

Shu lahzada kompaniya boshqaruvi to‘liq unga o‘tdi.
Xodimlar hushyor. Raqiblar sukutda. Investorlar hushyor. Onasi esa... hech qachon unchalik yumshamagan.

Endi bu ofisda, Koreyaning yuragida, eng yuqori qavatda — Jeon Jungkook qaytgan edi.

U bugun ilk bor ishchi jamoa bilan uchrashmoqchi. Ammo oldin — reja.
Ichki uchrashuv. Sekretarlardan biri unga iltimos bilan qaradi:

> “Janob Jeon, marketing menejeri kechikmoqda. Juda sal… kechikdi.”

Jungkook orqasiga o‘girilmay turib so‘radi:

> “Ismi?”

> “Seo Dahe. Loyiha rahbari ham o‘sha.”

Jungkook bosh irg‘adi.

> “Yaxshi. Esimda tutaman.”

Dahe esa hozir shahar markazining tirbandligida, telefoniga qarab, yuragida qisilgan edi.
Yangi direktor bilan uchrashuv, yangi qoidalar, yangi bosim...

> “Nima bo‘lsa ham, xotirjam bo‘l,” — dedi u o‘ziga.
“Bu ofis meni yutmaydi. Men o‘zimni yo‘qotmayman.”

Shunday dedi-da, sumkasini mahkam ushlab, baland ofis eshigini ochdi.

Ofis eshigi asta ochildi.
Seo Dahe qadam tashlarkan, yuragi baralla urardi.
U kechikganini bilar, ammo bu aynan hozirgi nigoh — uni biroz titratdi.

Stol ortida — u.
Jeon Jungkook.
Faqat rasmda ko‘rgan, lekin hozir — jonli va sovuq.
Ko‘zlarida shunday aniqlik borki, go‘yoki u oldinga qadam bosganingda qayerdan kelganingni o‘qiy oladi.

Jungkook nigohini uzmadi.
U kaftidagi qalamni qo‘ydi va stolga suyanib dedi:

> “Siz Seo Dahe’siz, to‘g‘rimi?”

Dahe yengil bosh irg‘adi.

> “Ha. Bugungi kechikish uchun uzr so‘rayman. Tirbandlik...”

U gapini tugatmay qoldi. Chunki Jungkook asta turdi.

> “Bu kompaniya uzr bilan ishlamaydi, Dahe-shi. Bu yerda vaqt — puldan ham qimmatliroq.”

Dahe nigohini tushirmadi. U sokin javob berdi:

> “Men bu yerda sabablarga tayanib emas, natija bilan ishlashni xohlayman.”

Uning ohangi juda sokin edi, ammo mag‘rurlik sezilardi.
Jungkook bir soniya sukut saqladi, keyin yengil kulimsiradi.

> “Demak, siz o‘zingizni juda kuchli deb bilasiz?”

Dahe yuragini boshqara olmasdi, ammo yuzida — hech nima o‘zgarishsiz edi.

> “Men hech qachon o‘zimni past ko‘rgan emasman, janob Jeon.”

Ofisdagi havo qalinlashdi.
Ikki odam – ikki olam.
Ammo bir joyda, birgina jimlikda to‘qnash kelishgan edi.

Jungkook unga biroz yaqinlashdi. Ko‘zlari ilgarigidan ham chuqurroq.

> “Menga qaraganingizda… bir lahzaga tanigandek bo‘ldingizmi?”
“Yo‘q,” — dedi Dahe. “Lekin sizda nimadir tanish tuyuldi.”

Javob... go‘yoki Jungkook ichidagi chuqur xotiraning ustiga engil shamol olib keldi.
U bir zum jim qoldi.

> “Yaxshi. Men tanish bo‘lishni yomon ko‘rmayman. Ammo bu ishda sizga shaxsiylik yordam bermaydi.”

> “Men shaxsiyatni aralashtirmayman,” — dedi Dahe. “Lekin insoniylikni yo‘qotmayman.”

Jungkook sekin jilmaydi. Bu – kutilmagan jilmayish edi.

> “Siz bilan ishlash qiziqarli bo‘ladi.”
“Ehtimol, siz mendan o‘rganishingizga ham to‘g‘ri kelar.”

U asta orqasiga o‘girildi. Yurdi.
Dahe unga qarab qoldi.

“Bu odam... tanish tuyg‘ularni uyg‘otdi.”

Ichida bir olov sekin yonib borardi.
Va bu olovga bir nom kelayotgandi.
Blayze.

Konferensiya xonasi.
Jungkook stol ortida o‘tirgan.
Qo‘lida kofe, nigohi esa Dahe tomon qadalgan.
Dahe esa, sumkasini qo‘yib, noutbukni ochdi. Jimgina.

Ammo sukunat uzoqqa cho‘zilmadi.

> “Xo‘sh, kechikish sababingizni eshitdim. Endi ishni ko‘raylik,” — dedi Jungkook.
“Ha. Men tayyorman.”
“Bu ovozingizdan bilinmayapti.”
“Bu esa sizni qiziqtirmasligi kerak.”

Jungkook ko‘zlarini qisdi.

> “Siz har doim o‘zingizni bunchalik tutib olasizmi?”
“Faqat o‘zini haddan tashqari tutgan odamlar oldida.”

Javob tez keldi. To‘g‘ri yurakka.
Jungkook xotirjam jilmaydi, lekin ko‘zlarida chaqnash paydo bo‘ldi.

> “Men haddan tashqari deb hisoblanamanmi?”
“Siz ishga endi kelgansiz, lekin o‘zingizni shu yerga yillar berib ishlagan odamlar ustidan ko‘rib turibsiz.”

> “Demak, siz o‘zingizni menga qaraganda ko‘proq haqli his qilasiz?”
“Men o‘zimni sizga nisbatan tajribaliroq deb bilaman. Farqni sezsangiz kerak.”

Jungkook noutbuk tomon engashdi.

> “Farqni ko‘ryapman. Biroq aybdorni emas.”
“Kechirasiz?!”

> “Sizning rejalaringiz men ko‘rgan eng tartibsiz strategiyalardan biri.”
“Siz hali bir kunga bu yerda ishlamadingiz! Strategiya sizga yoqmayapti, chunki uni tushunishga ulgurmadingiz.”

Jungkook stuldan turdi.

> “Yaxshi, tushuntiring. Nega 3-chorak reklama budjeti avvalgi yillik xarajatdan 30% ko‘p?”
“Chunki biz avvalgidan ko‘proq foyda keltiradigan shartnomalarni olib kelganmiz. Bu statistik emas, amaliy qaror.”

> “Amaliy? Yaxshi. Demak, siz ishda raqamga emas, o‘z g‘oyangizga tayanasiz?”
“Yo‘q. Men har doim natijaga qarayman. Faqat siz natijani hali ko‘rishga ulgurmadingiz.”

Jungkook qo‘llarini ko‘kragiga qovushtirib qaradi.

> “Yaxshi. Ko‘raylikchi. Sizni bir oy kuzataman. Agar men ko‘rganim – natija bo‘lsa, qolgan jamoa sizga ergashadi.”
“Agar yo‘q bo‘lsa-chi?”
“Unda men... sizga o‘rgatishimga to‘g‘ri keladi.”

> “Unday bo‘lishi ehtimoldan yiroq,” — dedi Dahe sovuqqina.
“Men sizdan o‘rganadigan hech nima ko‘rmayapman.”

Jungkook asta yurdi, stulga qaytib o‘tirdi.

> “Demak, men sizni hayratlantirishim kerak?”
“Yoki hech bo‘lmaganda, e’tiborimni tortishingiz.”

> “E’tiboringizni qaysi yo‘nalishda?” — dedi u kulimsirab.
“Siz noto‘g‘ri yo‘lga o‘tyapsiz, janob Jeon.”

Unga yaqin turib, papkasini olib chiqib ketdi.
Eshik oldida yana to‘xtadi.

> “Aytgancha, sizni e’tirof qilaman: kechikdim. Lekin siz keldingiz-yu, birdan bu joy... zerikarli bo‘lib qoldi.”

Jungkook jim qoldi.
Yuzida tabassum —

Kompaniya qabul xonasiga yangi amaliyotchi kirib keldi.
Qadamlar ehtiyotkor, ko‘zlar hayratga to‘la.
Choi Yeonjun — 24 yoshda, universitetni endi bitirgan. Ko‘pdan beri aynan shu joy — Jeon Global Corporation — orzusi edi.

Qabuldagi xodima unga yaqinlashdi:

> “Siz Choi Yeonjunmisiz?”
“Ha, men.”
“Sizni Seo Dahega biriktirishgan. U sizga rahbar bo‘ladi.”

Yeonjun ko‘zlarini kattaroq ochdi:

> “U bosh menedjermi? Shunchalik yoshligiga qaramay?”

Xodima jilmaydi.

> “Siz hali uni ko‘rganingiz yo‘q.”

Ofis ichida, Seo Dahe (23 yosh) kofe olib chiqayotgan edi. Unga qarshi — Yeonjun.
Yeonjun bir oz tortinchoqlik bilan, ammo ishonch bilan oldinga qadam tashladi.

> “Salom. Men Choi Yeonjunman. Bugundan boshlab sizga biriktirilgan amaliyotchiman.”
“Seo Dahe. Keling, o‘tiraylik. Sizga kompaniyamiz haqida qisqacha tushuntiraman.”

Ular kichik uchrashuv xonasida joylashishdi.
Yeonjun diqqat bilan quloq soldi, Dahe esa papkalarni ochib gapira boshladi:

> “Biz Jeon Global Corporationda ishlayapmiz. Bosh ofis Seulda joylashgan. 17 ta sho‘ba kompaniyamiz bor.”
“Faoliyat yo‘nalishi?”
“Asosan — media, marketing, texnologiya va dizayn. Reklama, brending, IT loyihalar, hamda kino sohasiga ham sarmoya kiritayapmiz.”

> “Wow... hamma narsa bormikan?”
“Ko‘proq ham bor. Rahbarimiz — Jeon Jungkook. AQSHdan yaqinda qaytdi. Otasi vafotidan keyin rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi.”

Yeonjun bosh irg‘adi.

> “Men u inson haqida eshitganman. Jiddiymi?”
“Ko‘proq... xavfli.” — dedi Dahe, yarim jilmayib.
“Hazilmi?”
“Yo‘q.” — dedi Dahe, jiddiy nigoh bilan.

> “Demak, u ishdan ko‘ra odamni sinaydi?”
“Yo‘q. U odamni sinab, keyin ishga qaramaydi.”

Yeonjun yelkasini qisdi.

> “Xavotir olmang. Meni nigoh sindirmaydi. Odatda men aytgan gap sindiradi.”

Dahe kuldi. Bu yumshoq sinish edi.

> “O‘ziga ishonadigan odamsiz, Yeonjun-shi.”
“Shunchaki o‘zimdan boshqa tayanchim yo‘q.”

Unga papkalarni uzatdi.

> “Ertaga majlis bor. Jungkook bo‘ladi. Men sizga marketing bo‘limidagi asosiy liniyani tushuntiraman.”
“Majlisga men ham kiramanmi?”
“Agar ko‘p gapirmasangiz, ha.”

Yeonjun kulimsiradi:

> “Men ko‘p gapirmayman. Faqat ko‘p so‘rayman.”
“Qaysi biri battar?” — dedi Dahe, hazil bilan.

Yeonjun unga bir zum tikilib qaradi. Ko‘zlarida mayin ifoda.
Ammo Dahe bu nigohdan bexabar, noutbukdagi jadvalga ko‘z tashlayapti.

Ichida esa bir fikr jim turib uyg‘ona boshlaydi:

> “Bu bola... qiziqarli. Lekin men bunga joy qoldirmasligim kerak.”

Majlis zali sokin. Hamma joyida.
Dahe oldingi qatorda, Yeonjun yonida — daftar, qalam, tahliliy ko‘zlar bilan.
Jungkook esa hali kirmagan.

Yeonjun pichirladi:

> “U qanaqa odam o‘zi?”
“Kutib o‘tirmang. O‘zingiz ko‘rasiz.”

Dahe jimgina ekranga qaradi.
Yeonjun esa uzoq tikilmay, atrofni kuzatishda davom etdi.

Birdan eshik ochildi.
Jeon Jungkook — qora kostyumda, shaffof nigoh, ohangida qattiqlik.
Hamma jim bo‘ldi.

U to‘g‘ri podium tomon yurdi, ammo yurish paytida ko‘zi...
Yeonjunda to‘xtadi.

Ammo hech nima demadi.
U zalga qarab so‘z boshladi:

> “Hammaga salom. Meni tanimasligingiz mumkin. Men Jeon Jungkookman. Endilikda — bu kompaniyaning egasi emas, yuragi bo‘lishim kerak.”

Zalda yengil pichirlash.
Dahe esa unga bir soniya ko‘z tashladi — ammo bu nigohda sovuqlik bor edi.

> “Keling, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashamiz. Bu yerda faqat yutuq uchun yashaymiz. Bahonalar emas. Qog‘ozdagi raqamlar emas. Haqiqiy, keskin va natijali harakat.”

Jungkook ovozini pasaytirdi:

> “Lekin... bugun men birinchi navbatda, jamoani sinayman. Ayniqsa, menga eng yaqin ishlayotganlarni.”
Ko‘zlari Dahega qaradi. Bir zumgina.

Yeonjun pichirladi:

> “Sizni yaxshi ko‘rmaydiganga o‘xshaydi.”
“U hatto meni tanimaydi,” — dedi Dahe, ammo ichida esa allaqachon yuragi tez urayotgandi.

Majlis davomida Jungkook qog‘ozlarni varaqlar ekan, birdan to‘xtadi:

> “Bu reklama loyihasi… kimga tegishli?”

Dahe papkani oldi:

> “Menga.”
“Menimcha, bu juda xavfli yondashuv. Brend imidjini buzishi mumkin.”
“Bu esa siz brendni hali tushunmaganligingizni bildiradi.”

Zal jim bo‘lib qoldi.
Jungkook asta boshini ko‘tardi.

> “Siz hali men kimligimni bilmayapsiz, Dahe-shi.”
“Siz meni ish bilan emas, og‘zaki tahdid bilan baholayotganingizni ko‘ryapman, janob Jeon.”

Bu safar Yeonjun ham hayratda.
U endi Dahega butunlay boshqa ko‘z bilan qaray boshladi.

> “Uff… kuchliroq ekansiz-da.” — dedi u sekin, iljayib.

Jungkook jimgina Dahega qarab qoldi.

> “Menga bu yoqmoqda,” — dedi u sekin.
“Sizni sinash.”

Birdan eshik ochildi.

Sekretarka hovliqib kirdi:

> “Janob Jeon! Matbuotdan odamlar erta kelishgan! Sizga tashrifni bekor qilishni taklif qilishyapti!”

Jungkook nigohini qattiq qildi:

> “Yo‘q. Men chiqaman. Men qochmayman.”

U o‘rnidan turdi.

Ammo chiqishdan oldin bir lahzalik sukutda — u yana Dahega qaradi.
Nigoh — tanib bo‘lmas, ammo ilgaridan tanish tuyg‘udek edi.

Yeonjun sekin Dahega egildi:

> “Siz ilgari bu odamni uchratgan bo‘lishingiz mumkinmi?”
Dahe nigohini o‘zgartirmasdan javob berdi:
“Agar uchratgan bo‘lsam ham… eslashga sabab bo‘lmagan.”

Ular jim turishdi.
Jungkook chiqib ketdi.

Ammo eshik yopilishi bilan — Dahe ichida shoshqaloq hayajonni yashirishga harakat qildi.
Yeonjun esa unga tikilib qarab turardi.

Ichida esa bitta fikr aylanardi:

> “Siz menga qiziqasiz, Seo Dahe. Lekin siz hozircha o‘zingizni o‘ylayapsiz.”

Queto :

> "Biz birinchi marta uchrashmadik. Faqat bu safar... eslay olmadik."

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ~ Muallif Eveille ~

hdjdhxbshs
hzhzbzvsgzgbssb