Тагаева Гавхар Абдиевна

Миллий валюта “Сўм рамзи”ни яратиш бўйича танлов эълон қилинди
Танловда мамлакатнинг миллий валютасини халқаро миқёсда ўзига хослиги, халқимизнинг маданий қадриятлари ва бошқалардан ажралиб турувчи хусусиятларини ифодаловчи энг яхши график ишлар аниқланади.

Танловда иштирок этиш учун, 2022 йил 31 мартга қадар ариза, ғоя тасвири ва концепцияси билан биргаликда tanlov@cbu.uz электрон манзилига юбориш лозим.

💵 Ғолибга Марказий банк томонидан 15.000.000 сўм пул мукофоти тақдим этилади. Танлов қоидалари билан бу ерда (https://finlit.uz/upload/medialibrary/521/UZB-Pravila-konkursa-simvola.pdf) танишиб чиқишингиз мумкин.

✅ Дўстларингизга ҳам улашишни унутманг!

Бу қанақа СМС.
⚡️САВОЛ;
Мен болалар нафақаси олиш учун ариза берган эдим. Менга манашу СМС келди. Шу бўйича тушунчага эга бўлмоқчиман. Нима дегани бу ўртача ойлик жами даромад ?

⚡️ЖАВОБ;
Ўртача ойлик жами даромад деганда, сиз билан турмуш ўртоғингиз бир ойда топаётган даромад тушунилади.

📃 Ҳукуматнинг 654-сонли қарори балин тасдиқланган низомда, болалар нафақасини олиш учун оиланинг ўртача ойлик жами даромади киши бошига хисобланганида минимал истеъмол харажатлари миқдори (498 000 сўм)дан ошмаслиги керак дейилган шарти бор.

❗️Сизларни оилавий даромадингиз оила аъзоларингиз (Сиз, турмуш ўртоғингиз ва фарзандларингиз) сонига бўлинганида ўша 498 000 сўмдан ошиб кетган. Шу сабабли сизга мана шундай СМС келган.

❗️Белгиланган мезон дегани хам манашу 498 000 сўм дегани.

Yangi qabul qilingan “Transport to‘g‘risida”gi qonunga sharh: avtomobil, havo, temir yo‘l, suv va shahar yo‘lovchi transporti faoliyati belgilab berildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va ular doirasida qabul qilinayotgan davlat dasturlarida respublikamizning transport-logistika sohasini rivojlantirish hamda mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Zero, har tomonlama rivojlangan transport tizimi ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz transport-logistika tizimini jahon standartlariga moslashtirish, xalqaro ahamiyatdagi transport koridorlarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish, yangi arzon va qisqa transkontinental tranzit koridorlarini shakllantirish, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining jahon transport tizimi bilan o‘zaro uyg‘unlikdagi rivojlanishi ta’minlashdan iboratdir.

Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning 9 avgust kuni “Transport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning imzolanishi bilan avtomobil, havo, temir yo‘l, suv va shahar yo‘lovchi transporti faoliyati va hamkorligining huquqiy, iqtisodiy hamda tashkiliy asoslari va tamoyillari belgilab berildi.

Zero, shu kunga qadar mamlakatimizda transport faoliyatini tartibga soluvchi alohida O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunlar, Havo kodeksi va boshqa ko‘plab qonun hujjatlari mavjud edi.

Biroq, barcha turdagi transportlarning optimal, muvozanatlashgan va uyg‘unlashgan o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan, samarali logistika tizimi, aralash tashishlarni kengaytirish orqali yagona transport tarmog‘iga integratsiya qilish mezonlarini belgilaydigan yagona qonun mavjud emas edi.

Mazkur qonun tarkibiy qismi 9 ta bob, 45 ta moddadan iborat bo‘lib, transport tashkilotlari, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, yo‘lovchilar o‘rtasida qatnovlarning har bir turida, asosan aralash qatnovlarda tashish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Transport to‘g‘risida”gi Qonunning 1-bobida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar ma’nosi ochib berilgan, xususan, milliy qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tushunchalar keltirilgan, bulardan:

“aralash tashishlar operatori”, “tashishlar xavfsizligi”, “transport xavfsizligi”, “transport infratuzilmasi ob’yektlari”, “tranzit transport yo‘lagi” va boshqalar.

Qonunning 2-bobida transport faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish, Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, transport sohasida davlat nazorati, transport faoliyatini litsenziyalash, transport vositalarini sertifikatlash va transport tariflari masalalari yoritib berilgan.

Qonunning 3-bobida yo‘lovchi, bagaj, yuk bagaji, pochta va yukni tashish bilan bog‘liq faoliyatni va transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari ta’riflangan, mijozning asosiy huquq va majburiyatlari hamda tashuvchining huquq va majburiyatlari belgilangan.

Ushbu qonun samarali transport logistikasidan foydalangan holda transport turlarining maqbul va muvozanatli, uyg‘unlashgan o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilganligi sababli qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqni bartaraf etish imkonini beradi. “Aralash tashishni tashkil etish”, deb nomlangan 4-bob ushbu qonunning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bob aralash tashishlarni amalga oshirish shartlarini tartibga soladi, aralash tashish shartnomasining mazmunini va tuzish tartibini belgilaydi.

Qonunning 5-moddasiga muvofiq transport faoliyatining asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilangan:

xavfsizlik;

ekologik tozalik;

transport xizmatlaridan foydalana olish;

ochiqlik va shaffoflik.

Qonunda yuklarni tranzit tashish, transport logistikasi, transport xavfsizligi alohida boblar bilan ochib berilgan. Shuningdek, respublika transport tizimining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, qonunning 7-bobida alohida “Transport sohasida ekologik normalarni ta’minlash” nomli 32-modda kiritilgan.

Ushbu qonunning qabul qilinishi natijasida:

birinchidan, amaldagi qonun hujjatlari normalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining transport sohasidagi hujjatlaridan kelib chiqadigan talablariga muvofiqlashtirish, shu jumladan qonunchilikdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga;

ikkinchidan, transport faoliyatini, shu jumladan aralash tashishlarni amalga oshirishda transport tashkilotlari va ular xizmatlaridan foydalanuvchilarning o‘zaro hamkorligi huquqiy asoslarini yaratishga;

uchinchidan, milliy transport tizimining xalqaro transport-logistika tizimiga integratsiyalash jarayonlarini chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida transport sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining ushbu sohadagi xalqaro-huquqiy baza bilan uyg‘unlashtirishga;

to‘rtinchidan, transportda tashishning barcha turlarini barqaror rivojlantirish, ularning hammabopligi va sifatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga;

beshinchidan, yo‘lovchi va yuk tashish xalqaro bozorida milliy transport tizimining raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga;

oltinchidan, transport tizimini davlat tomonidan boshqarish samaradorligini oshirishga;

yettinchidan, respublika hududi bo‘ylab barcha turdagi tashishlarni amalga oshirishda raqobat muhitini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga erishildi.

Shu nuqtai nazardan, mazkur qonun mamlakatimiz transport tizimining holati va rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etib, uning boshqa infratuzilma tarmoqlari bilan birga jamiyat faoliyati uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi siyosat maqsadlariga erishishda muhim element sifatida xizmat qilishi shubhasizdir.

Madaniyat sohasi uchun muhim huquqiy asos
Prezidentimiz tomonidan joriy yil 20-yanvar kuni “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida” gi Qonun imzolandi. Qayd etish joiz, ushbu hujjatda madaniy faoliyat va uning doirasida yuritiladigan maqsad va vazifalar, vakolatlar, huquq va majburiyatlar aniq ifodalangan bo'lib, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, mahalliy hokimliklarning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari hamda vazifalari aniq ajratilgan holda belgilanib qo'yilgan.

Qonunning “Asosiy tushunchalar” nomli bobida “ijodkor”, “ijodiy jamoa”, “ijodiy faoliyat”, “madaniy tadbirlar”, “madaniy tadbir tashkilotchisi”, “madaniyat xodimi” singari tushunchalarga atroflicha yuridik taʼrif berilgan. Maʼlumki, madaniy faoliyat sohasida oʻtkazilgan turli tekshiruvlar jarayonida soha faoliyatiga tegishli xodimlarning mehnat faoliyatini toʻgʻri baholash bilan bogʻliq tushunmovchiliklar va noaniqliklar mavjud boʻlib, sohaning aniq maqsadlarini belgilash borasida qiyinchiliklar yuz bergan. Endilikda qonun bilan belgilab qoʻyilgan vakolatlar taʼrifi madaniy sohaga nisbatan huquqiy munosabatning obyektivlashuvini taʼminlab berishga xizmat qilmoqda.

Madaniy faoliyatda sanʼat sohasining koʻplab yoʻnalishlarini toʻliq qamrash, ularning faoliyatini toʻgʻri baholash maqsadida soha mutaxassislarining maslahat organi boʻlgan tarmoq badiiy kengashlarini tuzishga muhtojlik mavjud edi. Endilikda tasarrufida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, madaniyat tashkilotlari tomonidan teatr, musiqa va konsert faoliyati, sirk sanʼati va tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn boʻyicha tarmoq badiiy kengashlarini tashkil etish huquqi qonun bilan mustahkamlandi. Tarmoqlarga oid badiiy kengashlar tarkibiga, qoida tariqasida, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillari kirishi mumkin ekanligi toʻgʻrisidagi qonuniy norma kiritildi.

Shuningdek, fuqarolar va ijodkorlarning madaniy faoliyat sohasidagi mulk huquqi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ijod natijalarini olib chiqish va olib kirish huquqi, ularning oʻziga xos xususiyatlari qonunda koʻrsatib qoʻyildi.

Mazkur Qonunda Madaniyat vazirligiga davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlarni joriy etish masalalariga ham to'xtalib o'tilgan bo'lib, Madaniyat va sanʼat muassasalarining tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik asosida berilishi byudjet xarajatlarining kamayishi, yangi ish oʻrinlarining yaratilishi, madaniy obyektlar moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi, madaniy xizmat koʻrsatish xizmati sifatining oshishini taʼminlashga zamin yaratadi.

Qonunda ommaviy-madaniy tadbirlar tushunchasiga aniqlik kiritilgan. Ushbu tadbirlarni oʻtkazish tartibi, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yorda koʻrsatish, tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash shartlari aniq koʻrsatib berilgan.

Madaniy faoliyat sohasining oʻziga xos yana bir koʻrinishi — ijodiy buyurtmadir. Qonunchilikka ilk bor kiritilayotgan ushbu tushunchaga atroflicha yuridik taʼrif berilgan boʻlib, ijodkorlarning bu boradagi faoliyati buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan birga, ijodiy buyurtmani bajarganlik uchun ijodiy jamoalarga yoki ijodkorlarga mualliflik haqini toʻlash miqdori va tartibi qonun bilan belgilab qoʻyildi.

Qonunda Madaniyat markazlari, milliy madaniy markazlar, teatr, sirk, konsert tashkilotlari kabi madaniy tashkilotlarning har biriga taʼrif berilib, ularning bir-biridan farqi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda vazifalari, madaniy faoliyatda, shu jumladan, repertuar tanlashda mustaqil ekani koʻrsatib oʻtilgan.

Qonunda ilk bora madaniyat muassasalariga va tashkilotlarga madaniyat hamda sanʼat sohasida erishgan yutuqlari uchun “milliy” yoki “akademik” maqomini berish tartibi ham belgilandi. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Milliy” yoki “Akademik” maqomi berilishi mumkin.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarining attestatsiyasi ular asosiy faoliyatining samaradorligini baholash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularning tuzilmalarini tartibga solish maqsadida uch yilda bir marta oʻtkazilishi qonun bilan belgilandi.

Qonunda koʻrsatilishiga koʻra, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda madaniyatni rivojlantirish, madaniyat tashkilotlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholining estetik ehtiyojlarini qanoatlantirish va aholiga koʻrsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha ishlarga davlat tomonidan ustuvor ahamiyat berilgan.

Xalq ijodiyoti, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati, Oʻzbekiston xalq oʻyinlari jumlasiga kiruvchi madaniyat obyektlari qonun darajasida mustahkamlandi.

Qonun bilan fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning madaniy faoliyat sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilandi. Madaniyat yutuqlaridan foydalanish va jamiyatning madaniy hayotida ishtirok etish, ijodiy jamoalar tarkibida yoki mustaqil ravishda, kasbiy yoki nokasbiy (havaskorlik) asosda ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish, oʻz ehtiyojlariga, manfaatlari va qobiliyatiga (imkoniyatlariga) muvofiq madaniy faoliyat yoʻnalishlarini erkin tanlash, oʻz mulkida turgan madaniy boyliklarga qonunchilikda belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, madaniy-ommaviy tadbirlar jarayonida qonunchilikda taqiqlanmagan turli ramzlardan va oʻz fikrini oshkora ifoda etishning boshqa vositalaridan foydalanish kabilar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, Qonun bilan yurtimizda yashovchi boshqa millatlar va elatlarning milliy madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini saqlash hamda rivojlantirish, oʻz madaniy va tarixiy muhitini tiklash huquqi kafolatlanmoqda.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziya olishning talab va shartlari belgilanyapti.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur Qonun sohani tartibga solishga qaratilgan hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bilan birga, sohadagi huquqiy-normativ boʻshliqning bartaraf etilishini taʼminlamoqda. Shuningdek, madaniyat tashkilotlari yuritayotgan faoliyat maydoni kengayib, koʻrsatilayotgan xizmat sifati ham yaxshilanayotgani quvonrli holdir.

Деҳқончилик учун 1 гектаргача ер ижарага берилади.
Президентнинг 23.11.2021 йил куни ПҚ–20-сон “Мева-сабзавотчилик ва узумчиликда оилавий тадбиркорликни ривожлантириш, қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришида деҳқон ҳўжаликларининг улушини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилинди.

Қарор билан фермерлар ва кластерларнинг паст ҳосилли пахта ва ғалладан қисқартирилган 200 минг гектар экин майдони 2022-2025 йилларда захирага қайтарилади.

Қарор билан фермерлар ва кластерларнинг паст ҳосилли пахта ва ғалладан қисқартирилган 200 минг гектар экин майдони 2022-2025 йилларда захирага қайтарилади.

Ижарага беришда деҳқончиликда яхши натижаларга эришган, мутахассисликка эга, “ДАФТАР”ларга киритилган ЭХТИЁЖМАНД оилаларга устунлик берилади.

100 млн доллар пул банкларга миллий валютада 3 йил имтиёзли давр билан 10 йилга 10 фоиз ставкада жойлаштирилади.

Кредитлар деҳқон ва фермерларга:

100 млн сўмгача 14% ставкада;

Кичик интенсив боғ ва узумчиликка 3 йилгача имтиёзли давр билан 7 йилгача.

Полиз, дуккакли, мойли экинлар, картошка ва сабзавотчиликка эса 3 ойгача имтиёзли давр билан 2 йилгача ажратилади.

Кредитлар янги жорий этилаётган ҳоким ёрдамчиларининг ёзма тавсиясига асосан берилади.