Sen bir olam, Men o‘zga olam
O‘n beshinchi Bob

Ertasi kuni uzzukun Elias mendan qochib yurdi.

Mana! Orzum amalga oshdi.

U ortiq g'ashimga tegmaydi, zaharxanda qilmaydi, ko'ngilni aynitadigan ahmoqona hazillari bilan asabimni qitiqlamaydi...

Biroq negadir bundan xursand bo'lmayotgandim.

- Qani, qizlar, dadilroq! - janob Uezersning ovozi meni xayollar girdobidan tortib oldi. U jismoniy tarbiya o'qituvchisi sportchilarnikidek o'ktam jussali, harakatchan, jarangdor ovozli, xuddi Rokki Balboadek mushakdor. Sochlariga allaqachon oq oralagan, ellikdan oshgani ko'rinib turibdi, lekin sport bilan professional shug'ullangani sababli Chak Norrisdek ko'rinadi.

Chetda turgancha, sinfdosh qizlarning to'plar solingan qop tomonga yugurgilab ketishganini kuzatarkanman, o'zimni Kerrieta Uaytdek his qildim. Uning o'ziman, desam ham bo'ladi. Hatto familiyamiz ham bir xil. Ikkimiz ham omadsizmiz, ikkimizning ham Kristina ismli dushmanimiz bor. Faqat, afsuski, men telekinetik qobiliyatdan mosuvoman.

- Hoy, Lamiya! - qoʻqqisdan qizlardan beri meni chaqirib qoldi. U kaltagina sportcha ishtonini to'g'rilagancha oldimga yugurib keldi. Beixtiyor o'zimni himoyalashga chog'landim.

- Bizning jamoamizga qo'shil, iltimos! - yalindi u.

Angrayib qoldim.

- N-nima?

- Skeytdagi mahoratingni ko'rgandim. Jismoniy tayyorgarliging chakki bo'lmasa kerak.

- A chumchuq pir etsa yuragi shir etadi-ku uning! - yigitlardan biri luqma tashlab qichqirdi.

Bu ahmoqqa javob berishga endi og'iz juftlagan edim-ki, so'zimni bo'lib, imkon qoldirishmadi.

Janob Uezers hammasini eshitib turgandi, birdan ko'zlari chaqnab ketdi.

- Xo'sh, gap bundoq, bolalar! - to'lqinlanib xitob qildi u. - Ikki jamoaga boʻlining: yigitlar va qizlar. Qaysi jamoa yutsa, o'sha darsdan yarim soat oldinroq ozod bo'ladi.

- He, shu ham mukofot bo'ldi-yu, - oldimdagi qiz norozi to'ng'illadi.

- Senda boshqa yaxshiroq fikr bormi? o'qituvchi uni eshitib so'radi. - Jon deb eshitgan bo'lardim.

- Yutqazgan jamoa hojatxonada pollarni tozalasin...deylik, bir hafta! Jonajon yigitlarimiz bir terga botib ishlashlarini ko'rsak zo'r bo'lardi-da!

- Nega endi darrov yigitlar? Mag'lubiyatga tayyorlanaveringlar. Hiqillab ko'zyosh to'kib o'tirasizlar hali.

- Bo'pti, boshladik! - qichqirdi janob Uezers.

- Lekin g'olibga nima?

G'olib tomonni qanday taqdirlash haqida birtalay variantlar aytildi. Men quloq solib o'tirmadim.

Shunday qilib, jamoalar tuzildi. Yigitlar qizlarni kalaka qilishar, qizlar esa ularni zaharli gaplar bilan siylashardi. Umuman olganda, hamma kim zo'rroq ekanligi haqida bahslashardi.

- Tayyorlanamiz! - hushtakni chaldi. To'pga qaraymiz! janob Uezers bo'yniga osilgan - Makkenzi, Elsher, to'rdan nari turinglar!

U qoq o'rtada turib, har bir o'quvchini ko'zdan kechirdi, hamma ko'zini yuqoriga tikkancha, shunchalik zo'riqdiki, beixtiyor kulib yubordim. Keyingi soniyada to'p havoga uchdi. Shu zahoti qiyqiriqlar yangradi, bir necha kishi baravar to pga tashlandi.

Tashqari ancha salqin, qora xudim shamoldan unchalik himoya qilmayotgandi. Tanam yoqimsiz jimirlar, burnim esa ro'molim ostidagi quloqlarimdek qizarib ketdi. Hatto qalin ro'mol ham yordam bermayotgandi.

Osmon bir tekis kulrang tusga kirgan, maktab hovlisi odatdagidan rangsizroq ko'rinadi. Bu qo'msash hissini uyg'otadi. manzara allaqanday

- Ushla, - Xyul bilan urganida malla yigit qichqirdi. - Jin ursin, Xyu! Nima, Makkenzi familiyali qiz to'pni epchillik qo'ling ketingdan o'sib chiqqanmi?!

- Menmi?! Ana u-ku qiyshiq uloqtirgan! javob qildi Xyu. shikoyatomuz kulishdi.
- Omadsiz ekanliklaringiz tan olinglar, bo'ldi! qizlar

Janob Uezers yondaftarida qizlar jamoasiga ball qo'yib, tag'in bizni diqqat bilan ko'zdan kechirdi.

Garchi voleybol sevimli o'yinlarimdan biri bo'lsa ham, yomon ob-havo sababli sira o'ynagim kelmayotgandi.

- Lamiya!

To'p yerga tushishga ulgurmasidan o'zimga keldim.

Qo'llarimni tutashtirib, oldinga cho'zdim va to'pni zarb bilan urdim, u tag'in raqib tomonga uchdi. Aniqroq aytganda, Elias tomonga. U hozirgina kelgandi.

- Konli, qayerlarda daydib yuribsan? - janob Uezers uni ilg'adi, o'yin birpas uzildi. - Bir soniya avval paydo bo'lganimni ko'rmadi, deb xomtama bo'lma.

- Uzr, ser, ishlarim bilan ketib qolgandim, yigit xuddi basketboldagidek to'pni yerga tapillatgancha o'zini oqladi. -Boshqa takrorlanmaydi. So'z beraman Janob

Uezers xuddi bunaqasi birinchi marta takrorlanmayotgandek g'ashi kelib xo'rsindi va tag'in hushtagini labiga tutib, chaldi.

O'yin davom etdi.

Otsang-chil oldimdagi mallasoch qiz qichqirdi.

Elias iljaydi. G'alati his tuydim. Yengil tortdimmi?

Sariq-ko'k to'p havoga uchib, Eliasning kuchli zarbasi bilan maydonning qizlar turgan tomoniga uchib tushdi. Yana hamma yugurgan, qichqirgan, g'ala-g'ovur. Xuddi haqiqiy musobaqadagidek. Men esa... tashlar, u esa men tomonga qiyo ham boqmasdi. nuqul yigitga o'g'rincha nazar

Buni qarang-a. Rollarimiz almashib qoldimi?

Baribir ham. Kecha nima bo'ldi? Men nima dedimki, uni ketishga majbur qilgan?

Menga nima? Bu haqida umuman o'ylashim kerak emas.

- Daniya, seni hali ko'p chaqirishim kerakmi?!

Janob Uezersning jarangdor ovozi meni xayollar olamidan yerga tushirib qo'ydi. Boshimni ko'tarib, nimanidir kutayotgan qattiqqo'l erkakka qaradim. Uning noroziligi yaqqol ko'rinib turibdi.

- Lamiya, - uni tuzatdim.

- Nima farqi bor, - beparvo dedi u. - Boshqalar qanday kiyinganini ko'ryapsanmi?

Tag'in o'sha yoqimsiz, tuturiqsiz his.

Yana o'sha ssenariy.

Namoyishkorona tarzda sinfdoshlarimni ko'zdan kechirdim, o'z navbatida, ular ham mendan ko'z uzishmasdi. Hammaning egnida yorqin kiyimlar: pushti losinalar, och sariq futbolkalar, rang-barang chiziqli kalta ishtonlar... Ob-havoning ham farqi yo'q.

Faqat men azaga kelgandek qop-qora kiyinib olganman. Ammo, tabiiyki, gap rangda emasdi.

- Xo'sh, ko'ryapman deylik, nima bo'pti? - dedim ko'zdan kechirib bo'lgach.

Janob Uezers pishqirdi.

- Xo'sh, bu nimani bildiradi?

- Boshqalarning qanday kiyinganiga tupurib, o'zimga qanday qulay bo'lsa, shunday kiyinishim mumkinliginimi? -,Javobim uni lol qoldirdi. Erkakning qalin oq qoshlari g'azabdan tutashdi, og'zidan hushtagi tushib ketdi, qo'llari tirishdi, vaholanki, hozirgi vaziyatda ular qanday asqatishi mumkinligini bilmayman.
- Bu qanaqa hurmatsizlik bo'ldi? o'shqirgudek bo'ldi u. - Mening esa kulgim qistadi.

- O'zingizning muomalangizga yarasha. Kechirib qo'yasiz.

- Sen maktab ust-boshiga amal qilmayapsan. Jismoniy tarbiya darslariga belgilangan ko'rinishda kelish shart. Sen esa xuddi azaga kelganga o'xshaysan!

Uning so'zlari xuddi sinfdoshlardan birining hamlasidek eshitildi. Chuqur nafas olib, javobga og'iz juftlagandim, birdan so'zimni bo'lishdi:

- Nega uning kiyimiga bunchalik yopishib oldingiz, janob Uezers?

Hamma Elias tomonga o'girildi.

Va xuddi oradan million yillar o'tib ketgandek nihoyat u menga qaradi. Qanchalik g'alati bo'lmasin, tan olaman, ichimdan quvonib qo'ydim.

- Nima? - o'qituvchi tushunqiramay yigitga qaradi.

O Xudoyim. Bu yana takrorlanyaptimi? Sovuq sukunat cho'kdi. Hatto yuragimning dukurini ham eshitib turardim. Hech kim miq etishga jur'at qilolmayotgandi. Hamma qiziqish bilan nima bo'lishini kutardi. Darsga Chester ham, Kristina ham kelmaganidan quvonib ketdim. Ochig'i, bu juftlikni ko'rishga toqatim yo'q, ayniqsa kecha Chesterni ochiqchasiga kamsitishga uringanimdan keyin.

- Hozirgina nima deding, yana bir bor takrorla-chi. irilladi janob Uezers.

- Uning kiyimiga yopishib olganingiz adolatdan emasligini aytdim.

- Adolatdan emas?

Bu ikkovlon atrofdagi hammani unutgandek edi. Ikkisi ham raqibidan boshqani ko'rmasdi.

- Ha, adolatdan emas. Aks holda, hozirgi gaplaringizni qanday izohlash mumkin?

- Maktabimiz islomchilar uchun boshpana emas, - janob Uezers bu so'zlarni tupurgandek gapirdi. yashamayapmiz. Bizning o'z qoidalarimiz, o'z majburiyatlarimiz, Biz Arabistonda o'z qonunlarimiz bor! Modomiki shu yerga kelgan ekan, bizning qoidalarimizga amal qilishga majbur!

- Bu berma'nilik, janob Uezers, - zerikkandek choʻzib dedi Elias.- Nima deyayotganingizni o'zingiz ham tushunmayapsiz. Axir bizda allaqachon qonun bor har kim irqi, millati, shuningdek, e'tiqodiga koʻra daxlsizdir. Adolatsizlik mana shunda.

Menimcha, og'zim ochilib qoldi-yu, shu-shu qayta yopilmadi.

Ishonchsizlik iskanjaga oldi. Yana bir noxushlikni sezgandek yoqimsiz his ham. Bunday tish qayrab turgan odamdan yaxshilik kutib bo'lmaydi. Har holda, o'zimni xuddi hech narsa bo'lmagandek tuta olmayman.

- Bilasanmi, nima? - janob Uezersning ovozi qo'rs, keskin va sovuq jarangladi. U shunday gapirardiki, xuddi ovoz emas, po'lat parchasi havoni tilayotgandek tuyuldi. - mashg'ulotlarimdan uch haftaga chetlatilding. Bu uch hafta ichida o'z xulqing haqida o'ylab ko'rasan. Keyin ko'rsatkichlarni topshirasan. Uddalay olmasang, yuqori ball va kollejga tavsiyanomadan umidingni uzaver.

O'qituvchi xuddiki jismoniy tarbiya darsi katta ahamiyatga egadek gapirar, vaholanki, aksar o'quvchilar unga vaqtichog'likdek qarashardi.

- Zo'r, bo'la qolsin. - dedi shartta Elias. - Bo'pti. Aytganingizdek

Janob Uezers pishqirdi, jahldor itdek tirishib, menga yeb o'qraydi-da burilib, nari ketdi. Yana hushtak chalindi.

- Darsni davom ettiramiz!

Ajabo, jismoniy tarbiya darsidan keyin maktabga kirib kelishda endi men Eliasning ortidan yugurib bordim.

- Demak, ortiq mendan xafa emasmisan? - dedim javoncham sari borayotib. U ham o'sha tomonga borayotgani aniq, chunki javonchalarimiz yonma-yon joylashgandi.

- Sendan xafa bo'ldi, - deb kim aytdi? Elias to'xtab, menga yuzlandi. U yana avvalgidek kulimsirab turar, men kecha ko'rgan, kutilmaganda tund qiyofaga kirgan yigitdan asar ham yo'q edi.

- Menga shunaqa tuyuldi, - dedim.

- Aynan, senga tuyulgan xolos.

Ryukzakimni javonchadan oldim, u esa tokchadagi quloqchin va pleyer oldiga kasseta qo'ydi.

- Mashg'ulotga tayyormisan?

- Sen avval kechagi darsni qoyillatib o'tib qo'y.

Elias indamadi, ammo qandaydir qat'iyatsizlik bilan bosh irg'adi, xuddi kechagi hodisani bir on esga olgandek. Men ham indamay, ACTga tayyorlov bo'yicha darsligimni olib, ko'rsatdim, u tag'in bosh irg'idi.

Janob Xemmingsning xonasi sari yo'l oldik. Bu gal muallim sinfda yo'q ekan.

Sinfda sarishtalik va kutilayotgan momaqaldiroq ifori ufurardi; derazalar lang ochiq, ichkariga top-toza, salqin havo kirib turardi.

- Burning qizarib qolibdimi? - birdan dedi yigit. Ko'chada sovqotdingmi?

Bu so'zlarni aytayotganida yuzida tabassum jilvalanganini ilg'adim va bunga bahona izladim ustimdan kulyapti, hoynahoy.

bosh irg'idim, o'zimni qanday tutishni ham bilmay. -,Aha,

- Teringning rangi juda ham och. Men hamma arab qizlari qoramag'iz bo'lishadi, deb o'ylovdim. Ammo familiyangni hisobga olsak... Otang arab emas, shunaqami?

- Ha. U Angliyadan. Surrey grafligidan.

Elias xuddi yillar davomida o'zi izlab yurgan o'ta muhim ma'lumotni topganga o'xshardi.

- G'alati talaffuzingning boisi shu ekan-da, - dedi u o'ychanlik bilan.

Toza jonimga tegib ketdi. Toqatim toq bo'ldi.

- Menga qara, qachondan beri "seni ko'rgani ko'zim yo'q, islomchi" dan "talaffuzing g'alati"ga o'ta qoldik? Negadir biridan boshqasiga qanday o'tganingni umuman sezmay qoldim. Gap nimada?

Elias partaga cho'kdi, oldiga o'tirishimni ishora qilgandek taxtani tapillatdi. Stulni surib o'tirdim.

Xuddi yovvoyi odamni ko'rayotgandek bir necha daqiqa tikilib turdi.

- Shunchaki o'zgardim. Sezilmayaptimi?

- Odamlar o'zgarishmaydi, chertib gapirdim. Ayniqsa sendaqalar.

- Mendaqalar? Nahotki meni shunchalik uchchiga chiqqan ablah deb bilsang?

- Rostini aytaveraymi?

- Yo'q, yaxshisi alday qol.

Jimib qoldim. Darslikka tikilib, sahifalarni varaqlay boshladim. Tayyorgarlikni tezroq boshlab qo'ya qolsak ekan! Hozirgacha gap sotishdan nariga o'tganimiz yo'q.

- Yo'q, jiddiy so'rayapman. Meni shunchalik ablah deb hisoblaysanmi?

- Fikrim senga shunchalik muhimmi? - qarashga to'g'ri keldi. Uning ko'zlarida umidsizlik aks etgandi.

-Ha. Chunki men ablah emasman. Men oliyjanob yigitman. Shunchaki hali buni tan olging kelmayapti.

- Oliyjanob yigitlar ojizlarni kalaka qilishmaydi.

- Lekin sen mutlaqo ojiz emassan, Lamiya.

Oh, u ilk bor meni ismim bilan atadi. Uning tilida bu shunchalik boshqacha jarangladiki... Boshimda nimadir portlab ketgandek bo'ldi. Tan olishdan xijolatdaman, lekin...menga xush yoqdi.

- Nega bunaqa deb o'ylaysan? - so'radim nigohlarimni yerga qadab. Ko'zlarim ko'pincha tilimdagini emas, dilimdagini fosh qiladi.

- Hali ham shu yerda ekanligingning o'zi kifoya emasmi?

- Shunchaki boshqa choram yo'q. Chidashga majburman. - Elias yaqinroq surilib, tirsagini partaga tirab, boshini kaftiga qo'ydi va tag'in sinchkov tikildi.

- Chidash va sen qilayotgan ish boshqa-boshqa narsa. Ishonch bilan aytishim mumkinki, sen chidayotganing yo'q.

- Sen nimani ham tushunarding? so'radim. astoydil ajablanib qochirmayman. Men juda e'tiborliman.

- Birontangizni ham ko'rishga ko'zim yo'qligini-chi, buni ham ko'zdan qochirmadingmi ishqilib?

- Ha. Ularning ham seni ko'rgani koʻzi yo'q. To'g'rirog'i, ko'pchiligining.

- Jumladan sening ham, - dedim shartta.

U indamadi. Nima ham derdi? Barmoqlarim darslikning kerakli sahifasini izlab topdi, qachon darsni boshlaymiz degandek Eliasga qaradim.

- Bilasanmi, nima bo'lganda ham bu baribir aloqa.- Nimaga ishora qilayotganini tushunmay qarab qoldim.

- Sening kafting mening yonog'imni, yonog'im esa kaftingni unutgani yo'q, - izoh berdi u. - Sening qo'llaring teggan birinchi yigit ekanligimni anglash shunchalik zo'rki!

Naq qulog'imgacha qizarib ketdimov o'ziyam. To'g'ri, u buni mutlaq beg'arazlik bilan aytgan bo'lsa ham, yo'talib yuborishdan o'zimni arang tutib turardim.

- Balki mashg'ulotni boshlarmiz-a? biroz achchiq aralash toqatsizlanib so'radim.

Elias bu yerda o'tirganimizning asl sababini endi tushungandek darslikka qaradi.

- Ha, - bosh irg'idi u. - Sen nima desang shu, sharq go'zali, nima desang shu...

O‘n oltinchi Bob

Xonamda o'tirgancha sevimli yondaftarimga surat solardim.

Oxirgi tushkun suratdan keyin yangi sahifada ancha yorqin tasvirlar paydo bo'layotgandi. Demak, hayot ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Har holda, shunga umid qilayotgandim.

Har zamonda nim ochiq deraza tomonga, roʻparadagi uyga qarayman. U yerda Elias yashaydi. Qizig'-a, bir-birimizga shunchalik yaqin yashaymiz.

Nega birdaniga bu haqida o'ylab qoldim o'zi?

Yana mashg'ulotimga qaytib, shamoyil chizdim, yuzning o'rniga pion va yosuman kabi olachipor gullarni tasvirladim, so'ng ularga rang berdim. Eskigina magnitofondan yaqinda chiqqan "Cheri Cheri Lady" qo'shig'i yangrayapti. Ilk bor tinglagandayoq bu qo'shiqqa maftun bo'lgandim.

Tim qora qalin sochlarim tartibsiz tugilgan, kokillarim hadeb yuzimga tushaverar, har zamonda ularni qulog'im ortiga to'g'rilab qo'yardim.

- Lamiya! Men unga sevgi izhor qildim.

Kani xonaga o'qdek otilib kirdi. To'zg'igan sochlari va egnidagi poyjomaga qaramay, juda hayajonlanayotgan ko'rinardi.

- Unga sevgi izhor qildim. O'zim ham ishona olmayapman! Izhor qildim! Lamiya, tasavvur qilyapsizmi?

Shunda hammasini tushundim. Kani juda xursand ko'rinadi, demak, sevgi izhori muvaffaqiyatli o'tgan. Balki ijobiy javob ham olgandir. Bug

- Qani, tezroq yorila qol-chi, - kulimsiradim. - Juda ham eshitgim kelyapti.

Ukam karavotimga chiqib oldi. U bunga haqli yagona odam. Tizzamni bukib, ko'ksimga bosgancha kursida qulayroq o'mashib oldim.

- Xo'sh... Kani goh yerga, goh shiftga qarab sekin so'z boshladi, - unga sevgi izhor qildim. Menga yoqishini aytdim. Oh, bu shunchalik qiyin bo'ldiki, opa, tasavvur ham qila olmaysiz. Bu so'zlarni aytguncha hayajondan terlab ketgandek ko'rindi. Yoyilib jilmaydim.

- Sen uchun juda ham xursandman. Kani. Rostan xursandman...

Turmagimdan bir tutam soch tushib ketdi, qulog'im to'g'rilab qo'yayotib, so'radim:

-,Xo'sh, u nima deb javob berdi?

- Avvaliga hayratga tushgandek ko'rindi, keyin esa.... Oh, u jahli chiqqanida shunaqa ham ochilib ketadiki, Lamiya! Ta'riflashga til ojiz!

Buni sevgi deydilar, bu gapni shunday ohangda aytdimki, xuddi ma'nosini tushunadigandek. Aslida bu tushuncha men uchun ter bosgan oynadek o'ta mavhum edi.

- Unga aniq uylanaman!

Kulib yubordim.

- Kani, sen atigi o'n ikki yoshdasan.

- Nima qilibdi? Ayrimlar boshqalar ilib ketmasligi uchun oldindan og'iz solib qo'yishadi-ku. O, agar kimdir uni ilib ketsa, men... Men... Xullas, hammasining kallasini uzvolaman.

- Ishonaman, ishonaman.

- Jiddiy aytyapman! U boshqa birovga yor bo'lishini istamayman.

Men o'n ikki yoshimda bolalar kitoblarini o'qishdan nariga o'tmasdim, bu yoshda kimnidir chinakamiga sevib qolishni-ku xayolimga ham keltira olmasdim. Kani ikkimiz bir qorindan tushgan bo'lsak ham mutlaqo boshqa boshqamiz.

- O'zingizning o'qishlaringiz qalay? - ukam birdan mavzuni o'zgartirdi. Ko'zlaridagi uchqun yo'qoldi. - Haligi yigit kim?

Og'zim ochilib ketishiga sal qoldi.

- Qaysi yigit?

- Ro'para uyda yashaydigan yigit-chi. Aytgancha, u ham sizga o'xshab skeyt uchadi! - Kani ayyorlik bilan iljaydi. - Bir gal xuddi taqillatishga chog'langandek darvozamizga yaqinlashdi, keyin esa fikridan qaytdi. G'alati. Tentak.

Nega Elias eshigimizga yaqinlashib yana qaytdi ekan? Yaxshilab surishtirmasam bo'lmaydi.

- Uning ro'para uyda yashashini qayerdan bilasan?

ukam aynan Elias haqida gapirayotganiga aniq ishonch hosil qilish uchun so'radim.

- O'sha yerdan chiqib kelganini ko'rdim. Yana qo'lida skeyti ham bor edi.

Aniq o'sha. Beixtiyor o'ylanib qoldim. Qayoqdagi mayda-chuydalar bilan boshimni og'ritishdan nima naf?

- Xo'sh, kim u? Kani bo'sh kelmadi. - Sevgilingizmi? Asabiy iljaydim.

- Demak, shunaqa, - o'zicha xulosa chiqardi ukam.

- Bo'lmag'ur gaplarni gapirma! Unga o'xshagan tentak ikki dunyoda ham menga yoqmagan bo'lardi!

-,Nega endi tentak ekan?

Nim ochiq derazadan salqingina havo sirg'alib kirayotgan xonamda o'tirgancha, o'n ikki yoshli ukamga nega Elias Konlini tentak deb hisoblashimni tushuntirib o'tirgim kelmadi. Harqalay, unga hammasini tushuntirish kamida o'n yil kerak. Vaqtim esa yo'q.

- Borib uxlayqol, Kani, - deb ish stolimga burildim. -Men dars tayyorlashim kerak. sening esa uxlaydigan vaqting bo'ldi.

U ortiqcha gap-so'zsiz o'rnidan turib, eshikka yo'naldi.

- Xayrli tun, opa.

Ukamga qarab jilmaydim.

- Xayrli tun.

Kanining sharpasi eshik ortida g'oyib bo'lgach, sukunat bag'rida yana o'zimning mitti olamimda tanho qoldim. Bu mitti olamning har bir qarichi, har bir nafasi mening fikr-u xayollarimga limmo-lim. Qarshimda ACTga tayyorgarlik bo'yicha darslik, u Eliasni eslatadi. Sahifalarga boqaman-u uning barmoqlari varaqlayotgani ko'z oldimda jonlanadi. Kecha yaxshigina shug'ullandik, uning murakkab mavzularni ham sodda tushuntira olishi e'tiborimni tortmay qolmadi.

Endi janob Xemmingsdan bu g'avg'oni qo'zg'agani uchun uncha achchiqlanmay qo'ydim. Elias ham ilgari o'ylaganimdan farqli ravishda havoyi tentakka o'xshamayapti.

Mashg'ulotdan keyin men bilan xayrlashdi-yu, yana o'sha takasaltang do'stlarining oldiga yugurib ketdi. Ular orasida Chester yo'q edi, tag'in vujudim tarang tortdi.

Kulgili. Nuqul o'zimni dovyurakdek ko'rsatmoqchi bo'laman, aslida esa o'zimning soyamdan ham qo'rqib yashayman.

Qo'limga Qur'on oldim. Odatda u chang bosmasligi yoki biron zarar yetmasligi uchun matoga o'rog'liq holda eng yuqori tokchada turadi. Garchi arabchada amallab so'zlasholmasam ham, ravon o'qiy olardim.

Odatda hayron qolishadi: qanaqasiga arabchani bilmasligim mumkin? Aralash millatli oilada o'sganingda shunaqasi ham boʻladi. Qolaversa, oyim men tug'ilishimdan avvalroq Amerikaga ko'chib kelgan, shuning uchun o'zi ham ona tilida tuzuk-quruq gapirmasdi. Otamni toza qonli inglizni uchratgandan keyin esa umuman tilga olmay qo'ydi.

Qur'onning birinchi sahifasini o'qishga bir daqiqadan kamroq vaqt ketdi. Keyingi betni ochdim.

Eshik ochildi.

- Lamiya, kiyinaqol, - qizim, yo'l-yo'lakay so'z boshladi oyim. - Bizni kechki ovqatga taklif qilishdi.

Shu yetmay turgandi o'zi. Uni boshdan-oyoq ko'zdan kechirdim: chiroyli, nazokatli, bashang. Oyimga har qanday kiyim varashadi, ammo tillarang kashta tushirilgan bu Suriya abayasida haqiqiy qirolichalarga o'xshardi.

- Hech qayerga borgim yo'q....

Ovozim qat'iy jarangladi. Oyim xavotirlanib, ko'zlarimga tikildi.

- Maktabdagi voqeani debmi?

- Yo'q. Shunchaki kayfiyatim yo'q.

- Bizni Kuperlar taklif qilishdi, qo'shimcha qildi u. Emi ham o'sha yerda bo'lsa kerak.

Esimni tanibmanki, ota-onam Kuperlar bilan bordi-keldi qilishadi. Odatda ular dam olish kunlari biznikiga kelib turishardi, ammo keyin qo'shni shaharga ko'chib ketishdi. Birinchi sabab shu edi: hozir bunchalik olisga borishni sira istamayotgandim.

- Zo'r, dedim, lekin baribir borgim yo'q.

Tasodifan tushirib yubormaslik uchun Qur'onni chetga surdim. Oyim meni nima bezovta qilayotganini va nega yaxshi insonlar davrasida hordiq chiqarishni istamayotganimning asl sababini ko'zlarimdan izlagandek menga sinchkov razm soldi (Kuperlar favqulodda odamoxun kishilar edilar, garchi diniy e'tiqodlari biznikidan tamoman farq qilsa-da). Aniqroq aytganda, ular buddizmga e'tiqod qilishardi. Ilgari katolik bo'lgan Kuperlar bir gal Myanmaga sayohat qilib, u yerdan umuman boshqa odam bo'lib qaytishdi. Tag'in qo'llarida Buddaning haykalchasi bilan.

Oqshomgi davralarda oilalarimiz tez-tez din mavzusida ham suhbatlashishar, ammo hech bir tomon na Islom, na Buddizm haqida nojoʻya gapni tilga olmasdi.

- Ishonching komilmi? - so'radi oyim.

- Ha, - javobim qat'iy chiqdi. U bosh irg'adi.

- Bo'pti... Unda biz keta qolaylik. Kech qaytamiz. Hamma eshiklarni qulflab qo'y, hech kimga ochma.

- Oyi-i, men besh yashar bola emasman-ku, -,jilmaydim, u ham javoban tabassum qildi.

- Sovitkichda qolgan kechki ovqat bor. Qorning ochsa, isitib ye.

- Xo'p.

Oyim engashib peshonamdan o'pib qo'ydi va xonamdan chiqdi. Besh daqiqadan so'ng derazada avtomobil chiroqlarining shu'lasi tovlandi va dadamning mashinasi garajdan chiqib, uzoqlashib ketdi. Sokin xonamda tanholik og'ushida yarim soatcha Qur'on o'qidim, keyin derazani yopmoqchi bo'ldim.

Boshimga ro'mol tashlab derazaga yaqinlashganimda ro'paradagi uyga tikilib qoldim. Ichkarida odam ko'pga o'xshaydi. Quvnoq suhbatlar aniq-tiniq eshitilar, tashqarida bir nechta yangi avtomobillar turar, ular uy egalariga tegishli emasligi aniq edi.

Shu mahal qo'qqisdan darvoza ochildi, parda ortiga yashirinishga ulgurmay qoldim. Har xil yelimli tasvirlar yopishtirilgan sariq skeytini bag'riga bosgancha Elias chiqdi. Skeytni yerga tashlab, ucha boshladi. Biron yoqqa otlangan bo'lsa kerak, deb o'ylovdim, lekin u shunchaki turli tryuklarni bajarib ko'rayotgandi.

Va birdan menga ko'zi tushdi.

- O, salom, sharq go'zali,- boshini ko'tarib, jilmaydi. - Hammani ortidan shunaqa ayg'oqchilik qilib o'tirasanmi?

Shu ahmoqona derazani yopmasam nima qilardi-a? Biroz kutib tursam osmon uzilib yerga tusharmidi!

-Salom, - dedim tezgina. Allaqachon o'zimni ichkariga birovlarni poylamaslikka ont ichishga chog'langandim hamki. olib, derazani yopishga va hech qachon-hech qachon tashqarida poylamaslikka ont ichishga chog‘landim.

Elias so'z bermadi:

- Nima, uyda ham shu bilan yurasanmi?

Uning nigohlari boshimdagi ro'molga tikilgandi.

- Yo'q. Faqat ko'chaga chiqqanimda yoki kimdirning ko'zi tushishi mumkin bo'lganida.

- Demak, doim yurak hovuchlab yurarkansizlar-da. Xudo ko'rsatmasin, kimdir bir tola sochni ham ko'rib qolmasin. Unda nima bo'ladi?

- Bu to'g'risida biron narsa deyolmaymanku-ya, lekin bunaqa ahmoqona savollarni berishni bas qilmasang, seni nima kutayotganini aniq aytishim mumkin.

Elias iljaydi. Gap bilan joyiga o'tqazib qo'yishim unga soyoqadigan ko'rinadi.

- Balki aylanib kelarmiz? Ota-onang ketishganini ko'rdim. Hech kim boshimni uzvolmasa kerak.

Hech bilganidan qolmaydi u.

- Ortiqcha tavakkal qilmay qo'ya qol, aytib bo'ladimi?!

G'ashim kelganini sezdim.

- Qo'ysang-chi, - tag'in iljaydi u. - Tan olaman, bema'ni hazil. Hazillashyapman-ku.

Uning taklifini o'ylab, uzoq tikilib qoldim. Nega u haqidagi o'ylarga erk berdim, o'zim ham hayronman. Jinniman.

- Bo'pti, - o'z-o'zidan irg'idi. beixtiyor tilimdan chiqib ketdi, boshim esa

Elias mamnun ko'rinardi.

Yaxshi ko'rgan hudimni, och tusli jinsi va qora ro'molimni kiyib oldim. Ancha urinib qolgan kedilarimni kiyib, bog'ichini qattiq tortib boyladim, skeytimni ham ovoldim. U graffitlar bilan bezatilgandi.

- Ko'rinishing chakki emas, - Elias menga peshvoz chiqdi. - Aslida, boshingdagi matoh kundalik kivim bilan zo'r ketarkan. Ilgari bu g'alati narsani butun badanlaringizga o'rab olasizlar deb o'ylardim. Xuddi allambalo qora choyshabdek.

- Bu abayya deyiladi, - tushuntirdim. kiyadi. - Men esa xohlamayman.

- Nega?

Eshikni yopib, skeytni yerga tashlab, o'girildim.

- Sen nega yubka kiyib yurmaysan? - javobni kutmay so'radim.

- Tushundim, -,dedi u qisqa qilib.

Skeytda oldinga sirg'alib borarkanman, miyamda millionlab savollar g'ujg'on o'ynardi. "U bilan sayr qilishga nega rozi bo'ldim o'zi?"

- Hali ham sendan ikkita tilak qarzligimni unutganim yo'q, - yana so'z boshladi Elias. - Aytasanmi-yo'qmi?

O'ylanib qoldim.

-,Biron narsa so'rashimni shunchalar xohlayapsanmi?

- Aytdim-ku, men so'zimning ustidan chiqaman deb.

Bir necha soniyadan keyin nihoyat xayolimga ehtimoliy "tilak" keldi.

- Bir savolimga javob berishingni xohlayman.

- Ikki qulog'im senda, sharq go'zali.

- Ziraklarni mening ryukzakimga kim tashlab qo'yganini bilasanmi?

U savolimdan ajablandi. Noodatiyroq va qiziqroq narsa kutgan ko'rinadi. so'radi u.
- Ziraklar haqida xabarim borligini qayerdan bilasan?

- Meni tentak deb o'ylayapsanmi?

- Yo'q, albatta. Sal-pal.

Yo'ning o'rtasiga chiqdik. Ko'cha jimjit, askardek saf tetib turgan baland chiroglargina atrofni yoritib turibdi. Ahyon-ahyonda suhbat va kulgi ovozi eshitiladi. Menimcha, roʻpara uydan chiqyapti.

- Bilmayman, - dedi u. Faqat allaqanday ziraklarni o'g'irlaganingni eshitdim xolos

- Men hech qanaqa zirak o'g'irlaganim yo'q!

- Bo'pti-bo'pti. Seni o'g'rilikda ayblashayotganini eshitdim. Buni uyushtirilgan deb o'ylayapsanmi?

- Boshqacha boʻlishi ham mumkinmi? Ko'rinib turibdi-ku. Elias buni kim qilishi mumkinligini chamalab o'ylanib qoldi.

- Istalgan birov qilgan bo'lishi mumkin.

So'ng xuddi ustimdan kulgandek iljaydi.

Skeytda oldinga sirg'alib ketdik, so'ng yana ortga burildik.

Uning derazalarida chiroq yonib turgan uyiga ishora qilib so'radim:

- Uylaringda nimadir bo'lyaptimi?

U menga qarab, javob berdi:

- Odatiy oilaviy yig'inlar. Uzoq qarindoshlarimiz kelishgan.

Elias piq etib kuldi.
- Birontasini ham tanimayman. Shuning uchun sekingina quyon bo'ldim.

- Oilaviy yig'inlarni yoqtirmaysanmi?

- Jinim suymaydi.

- Uni juda yaxshi tushunaman. O'zim ham doim shunaqa bo'lganman.

- Nega meni sayrga chaqirding? - so'radim. Bilaman, mujmal savol, lekin negadir so'ragim keldi.

- Hamrohlik qilishing uchun, - yaqinroqdan bilgim keldi. iljaydi u. - Yana seni

Ishonqiramay pishqirdim.

Xuddiki men sezmasligim uchun ko'rinib turgan be manilik yashirmoqchidek.

- Jiddiy aytyapsanmi? - piching qildim. - Nima munosabat bilan kimsan Elias Konli osmonlaridan tushib, oddiy odamlar bilan muloqot qilishni istab qolibdilar?

- Men hecham osmonda yurmayman-da.

- Do'stlaring nima deyishadi? Har holda, bu muloqoting ularga hecham yoqmasa kerak.

-Yoqimtoy qiz bilan muloqotimmi?

Zumda lovullab ketgan yonoqlarim sirimni boy berishiga bir bahya qoldi.

- Qo'y, do'stlarimni ham, mening mavqeimni ham unutaylik, bo'ptimi? - yolvorgudek dedi Elias. - Shunchaki hayotdan zavqlanaylik! Ko'nglimizga yoqqan ish bilan band bo'laylik.

U ko'zi bilan skeytlarga ishora qildi va ko'chadagi qiyalik bo'ylab tushishni taklif qildi. Kimo zarga. Ko'cha oxiridagi, chapki muyulishga yetmasdan turgan kichik do'konchaga kim birinchi yetib borsa, o'sha g'olib dedi.

Chorlovni qabul qildim.

Yonma-yon turib, ikkimiz ham bir oyoq bilan doskani tutib turdik.

- Yutqazishga tayyormisan? - iljaydi Elias.

- O'tgan gal dog'da qolganingni unutding, shekilli.

U nima deb javob berishni bilmay yelka qisdi; ammo so'zlarimni ko'ngliga olmagani yuz ifodasidan ko'rinib turardi.

- Xullas, - oldinga biroz engashib, shay holatga keldik. So'ng oldinga bir intilib uchib ketdik.

Skeytlarimiz deyarli bir tekisda borar, ammo Elias mendan bir necha santimetr o'zib ketayotgandek edi, shuning uchun ishga kirishdim. Oyog'im bilan tezlikni oshirdim, hatto havoda aylanib, bir-ikkita tryuk qilishga ham ulgurdim. Nafaqat marraga birinchi yetmoqchi, balki mahoratim bilan uni qoyil qodirmoqchi ham edim. Tezligimiz esa rejamni amalga oshirish imkonini berardi.

- Mana, qariyb yetib keldik.

marraga yetay deb Shunda Elias katta xato qildi qolganida allaqachon yutdim deb o'ylab men tomonga burildi.

Oxirgi soniyada qoqilib, naq skeytining ustiga orqasi bilan o'tirib goldi. Men esa do'kon oldida to'xtadim, belgilangan manzilga atigi yarim metr qolganda ag'darilib tushgan Eliasga qaradim. U shu holida beo'xshov, kulgili ko'rinardi.

Alloh guvoh, o'zimni tutib qolmoqchi bo'ldim. Kulgimni tiyishga urindim, chunki boshqalar ustidan kulish menga xos emas. esimni tanibmanki, shu qoidaga amal Gap umuman dinda emas, balki tamoyillarda. Samimiy hissiyotlar faqat yaqinlar uchun qilaman.

Lekin o'xshamadi: bo'g'zimdan qahqaha otilib chiqdi. Qornim buralib qolguncha xoxoladim, u shuncha vaqtdan beri mendan ko'z uzmay tikilib turganini sezganimdagina o'zimga keldim. Uning yuzida bu harakatimdan na achchiqlanish, na g'azab, na g'ijinish ifodasi yo'q edi.

Orqasi bilan qattiq o'tirib qolgan odam ustidan miriqib kulayotgan tentakka qanday munosabatda bo'lardi? To'g'ri, har qanday odamning jahli chiqqan bo'lardi. Faqat Eliasning emas.

-,Ha? - qahqahamni arang to'xtatsam-da, iljayishdan o'zimni tiyolmay so'radim.

U mendan hamon ko'z uzmay dedi:

- Chiroyli kular ekansan... Tabassuming ham chiroyli. O'zingga yarashadi.

Bu tanishganimizdan beri men Elias Konlidan eshitgan va g'ashim kelmagan ilk so'zlar edi.

{ Asar Freya Holmes tomonidan teletype ko‘rinishida yozildi }

Je t'aime
Fransiya . 17:20

Dekabr oylari, qor Parijni sekin asta o‘z quchog‘iga olayotgandi. Sovuq shamol tor ko‘chalar orasida izg‘ib, shahar ustiga kuzning achchiq nafasi­ni yoyardi. Yorug‘likka cho‘mgan Eyfel minorasi tun bag‘rida sokin porlab turar, atrofdagi imoratlar esa uning soyasida jim qolgan edi. Kech tushgan bo‘lsa-da, bu maskan hanuz odamlar bilan to‘lib-toshardi - kimdir shoshmasdan sayr qilar, kimdir manzaraga termilgancha vaqtni unutgandek edi.
Mayda rastalar ortidagi kichik , shinam kafega qiz kirdi . Yengil jaranglagan qo‘ng‘iroqcha tashqaridagi sovuqdan ichkaridagi iliqlikka yana bir inson kirib kelganini bildirdi.

- Jin ursin! - oppoq qo‘lqoplarini qoqar chog‘i so‘kinib, cho‘ntaklariga soldi - tezroq bo‘lish kerak.

Rastalar orasidan ichimliklar qatoriga yo‘nalgan Tessa , sovuqdan qizargan barmoqlari orasiga kichik idishchadagi sutni oldi.

Issiq havo yuziga urilib , sovuqdan uvishib turgan tanasini biroz bo‘shashtirdi. Stolchalar deyarli band .
Eshik ochilib , inson kirib kelganligi bildiruvchi qo‘ng‘iroq jarangladi.

Qor tomchilari sochlariga ilinib qolgan, jacket yoqasi ko‘tarilgancha kirib kelgan qiz. Atrofga bir zum qarab , nigohi Tessaga tushgach , yengil tabassum qilib u tomon yugurdi.

- Nihoyat - hansirash ohangda - anchadan beri seni kutyapmiz. Sovuq ham tinchimaydi bugun.

U stulni tortib o‘tirarkan, kaftlarini bir-biriga ishqaladi

Tessa uning qarshisiga o‘tirarkan, qo‘lidagi savatchani stol chetiga qo‘ydi.

- Kech qoldim - dedi sokin ohangda. - Ko‘chalar kutilgandan ham sirpanchiq ekan.
Freya yelkalarini qisdi.

- Muhimi kelding. Men allaqachon bitta qahva ichib bo‘ldim, - kulimsirab. - Issiq narsa ichmasang bo‘lmaydi bu ob-havoda.

U ofitsiant tomonga qarab, yengil ishora qildi. Ko‘p o‘tmay stol ustiga issiq ichimliklar qo‘yildi. Bug‘ ko‘tarilib, havo ichkarida yanada iliqroq bo‘lib ketgandek tuyuldi.
Freya kaftlarini piyola atrofiga o‘rab, chuqur nafas oldi.

- Bugun seni aynan shu yerga bekorga chaqirmadim - bir oz jiddiylashib. — Gap bor.

Tessa boshini ko‘tardi.

- Qanday gap? - Deraza ortida qor asta yog‘ishda davom etardi.

- Jonimga tegdi.. - hafsalasiz bosh chayqadi - tahdid qilishga o‘tyapti!

- Freya. O‘zin nimani hoxlayapsan?
Qahvani simirib qizga yuzlandi.

- Bilmadim. Biroq . Aniq uning tahdid-u zo‘rlovlarini emas! - jiringlayotgan telefoniga qarab , o‘rnidan turdi - kettik . Kech qoldik ham

Freya

19:50

Qirg‘oq chetiga yeg‘ilgan o‘smirlar tomon qizlar yo‘naldi. Bosilgan qadamlarda ortidan g‘ichirlagan qor, qalin daraxtlar o‘rab olgan, shoxlarida oppoq qor osilib qolgan edi. Muzlab qolgan kichik ko‘l , uning sathi go‘yo vaqtni to‘xtatib qo‘ygandek sokin...

- Buncha imillaysiz? - o‘smirlar orasidan chiqqan qiz, Tessaning qo‘lidan tortqilagancha oldinladi.

- Hozir kelaman - kichik oynasiga nazar tashlab, lab bo‘yog‘ini surgan Freya sochlarini tartibladi - yo‘qligimni bildirma

Daraxtlar tomon ketayotgan qizning ortidan qaragan Tessa, uyerdagi yigitni ko‘rib ko‘rib ko‘z suzdi.

- Sevmayman, jonimga tegdi deydi... Kelsa yugurgilab qoladi - jilmaygancha pichirladi.

Kichik butkalardagi sotuvga qarab ho‘nsirib, oldini yanada yopib o‘sha tomonga qadam tashladi.
Oppoq konkilar...

- Havfli! Qara . Uchmaysan - yigit oldidagi qizning qo‘lidagi konkilarni olib qayta joyiga qo‘ydi
- Nega..? Jackob iltimos.. - yeg‘lamsirab yigit qo‘llariga yopishdi.
- Yur. Tomosha ko‘rsatma

Oldidan o‘tib ketgan juftlikka jilmaygancha. Hozirgina qo‘yilgan konkilarni qo‘liga oldi.

- Olasizmi? - yoshroq yigit qizga yuzlandi - Ochig‘i hozirgi havoga mos emas
- Nega?
- To‘g‘ri kelmaydi . Maslahat bermayman - kichik jilmayish hadiya etib , teparoqdagi qora konkilarni olib qizga tutqazdi - bular yaxshiroq.

Qo‘lidagi konkilarga qaragancha o‘ylandi Tessa. Biri oppoq va tishlari yirikroq bo‘lsa. Ikkinchisi qora hamda naqshli ...

- Tessa! - jilmaygancha yugurib kelgan qiz uning bo‘yniga osildi - Ichimga sig‘may ketyapman..

- Tinchlikmi? - qizning qo‘llarini olishga urinib uzoqlashdi. Biroq yanada unga qapishib olgan Freyaning harakatlaridan uh* tortdi.

- Bilasanmi nimalar bo‘ldi!? - Tessadan uzoqlashib , jiddiylashishga urindi . Samarasiz. Yanada kulib yubordi .

- Aytaqol endi

- Uni o‘pdim! - labini to‘sgancha kulib yubordi.

- Nahotki? - kulgancha bosh chayqadi - Bechora yigit , umrini oxirigacha seni roziligingni ololmay yuradi deb o‘ylagandim .

Konkilar uchun pul qo‘yib o‘rindiqlar tomon oshiqdi Tessa.

- Hooy! O‘pdim holosku. Roziman demadim

Tessa

Oppoq qirg‘oqdan tortilgan chiziqlar go‘yo qalam bilan chizilgan raqsga o‘xshardi. Har bir qadami ostida mayin g‘ichir chiqarar..
Atrofdagi daraxtlar qalin qor bilan qoplangan, shoxlardagi oppoq oqimlar quyosh nurini aks ettirardi.
- Balki kerakmasdur Tessichka? - Qizning oyoqlaridagi oppoq konkiga qarab hayqdi qiz.
- Kerak - past ovozda hayajon bilan pichirladi.

- Qara senga qarayapti - qizning qulog‘iga shivirladi.

Narigi yo‘lda qizdan ko‘zini uzmay kelayotgan ikki juftdan yutinib , nigohlarini olib qochdi.
O‘rindiqlardan biriga o‘tirib , dugonasini ham oldiga oldi.
- Freya .
Pionlar bilan kelgan Jungkook, qizning qarshisiga turdi.
- Tessa ketaylik - dugonasining qo‘lidan tortqilab turg‘azdi.
- Gaplashib olishimiz kerak - qizning qo‘liga majburlab gullarni tutqazgan Jungkook, sudragudek bo‘lib tirsagidan ushlab daraxtlar tomon olib o‘tdi.

Jungkook

Ortidan havfsaliz qarab qolgan Tessa , qayta o‘rindiqlarga joylashdi.
- Tessa..
- Sizni eshitishni istamayman..! - konkigi bilan qorlarni g‘achirlatgancha muz yo‘lak tomon qayrildi .

Oppoq qor bag‘ridagi muzlab qolgan ko‘l . Uning sathida qolgan mayda izlar.
Ikkilagancha chuqur nafas rostlab konkilari bilan qadam bosdi.

Yuzga urilayotgan muzdek havo. Sochlarini halpirashi, shamol singari nafisligi qizga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlardi.
Ko‘lning markaziga yo‘nalgan Tessa yanada tezlikni oshirdi. Biroq birdan eshitilgan g‘ichirlagan tovush va muz yorilishi....
Tubsizlik.

Muzdek suvga sho‘ng‘igan tana tipirchilagancha oldinga oshiqdi.
Suzishni yoshlik chog‘idan o‘rgangan bo‘lsada , tanani muzlatib qo‘yuvchi suvda ojiz.

- Hoziroq turmasang Taehyungga o‘zim tegib olaman - moslamalarga ulangan qizga, yeg‘lamsirab jaxl qildi.
- Keyin Jungkookdan yeysan - past ovozda qovoqlarini yoydi Tessa.
- Tessa! - mahkab quchib - yo hudo. Taehyungni aytishim bilan uyg‘ondin. - Jilmaygancha yuzidan chimchidi.

15:25

Suvni simirib oldidagi javonga qo‘yib , boyagi dugonasining gaplarini o‘ylab ho‘nsirgancha qayta yostiqqa sho‘ng‘idi.

" - Seni kim qutqarib qolganini bilasanmi? Aslida hech kimni u taraflarga o‘tqizishmayapgan edi. Ammo jonini havfga qo‘yib ham . Suvga sho‘ng‘idi. Kim deysanmi? Taehyung!
Sen bo‘lsa qandaydur yolg‘on hiyonatni deb undan arazlab yuribsan! Axmoq qiz. Bo‘ldida endi. "

- Lanati! - ko‘zlarini yumib pichirladi qiz.

Shiftga tikilgancha o‘ylanyayotgan qiz , eshik ochilib gullar bilan kirib kelgan yigit sabab , ko‘zlarini chirt yumdi.
Oyoq tovushlari yaqinlashib , javonga qo‘yilgan gullar tovushi va kravotning g‘ichirlashidan qiziqibgina ko‘zlarini qisib ochdi.
Bo‘lmadi. Kipriklari sabab ko‘rolmadi.
Qayta yumib , uxlaganga solib oldi.
Birdan belidan o‘ralgan qo‘llar va issiq quchoqni his qilib ko‘zlarini katta ochib yubordi.
- Hoy.. nimasi bu.. - belidagi qo‘llarni olishga urinib.
- Tessam..
Bo‘ldi. Tamom. Birgina mayin ovoz sabab yumshay dedi qiz.
Yanada mahkam quchib qizni quloqlariga shivirladi Taehyung.
- Yetarlicha jazo oldim deb o‘ylayman. Buni tuxmatligini ikkimiz ham bilsakda.

- Hechamda. Siz..
Lablariga bosilgan qaynoq lablardan esankirab qoldi Tessa. Fursatdan foydalanib tanasini jipslashtirib ustiga chiqqan yigit , qizning oppoq bo‘yniga yuzini ko‘mdi.
- Je t'aime ...

Sen bir olam, Men o‘zga olam
O‘n uchinchi Bob

Tarix darsiga Shusterman xonim kiradi ajablanarli darajada past bo'yli, miqti gavdali, boshida "makaron fabrikasi portlagan" ayol. Och qizil rangga bo'yalgan tirnoqlari to'q shokolad rangli terisi bilan keskin qarama-qarshilik hosil qiladi.

- Kim aytadi, 1861-yilda mamlakatimizda qanday muhim voqea sodir bo'ldi?

Sinfxonada tabiiyki, jimlik hukmron edi. Bu tentaklarning ziyofatdan ortib dars qilishga vaqti yo'q.

- Fuqarolar urushi, Shusterman xonim, - javob berdi Elias.

Qarama. Faqat qarama. U sen uchun hech qachon mavjud bo'lmagandek tut o'zingni, Lamiya. Aqlliroq bo'l.

Kimdir hihiladi. Bu befahmga qora tanli muallimaning Fuqarolar urushi haqida so'z boshlagani kulgili tuyuldi.

Sodir bo'layotgan jarayonda ishtirok etmaslik uchun daftarimga g'arq bo'lishga urindim. Shunaqasi ham bo'ladi, o'zingni banddek ko'rsatsang, o'qituvchining ko'ziga tashlanmaysan. Qiziq, bu qanday ish berarkin-a?

- Ajoyib, janob Konli. Hammasi to'g'ri.

Shusterman xonim qo'liga bo'r oldi va bir necha soniyadan keyin yozuv taxtasida shunday yozuv paydo bo'ldi: "Fuqarolar urushi".

- Kim bunga ta'rif beradi?- davom etdi u.

- Ruxsatingiz bilan, men.

Elias yoki qasddan o'zidan aqlli yasab olgan yoki rostdan ham o'qimishliligi bilan ajralib turardi. Ammo ziyoli deyilgan yigit sinfdagi yangi o'quvchini kalaka qilishdek bemazagarchilikni o'ziga ep ko'radimi axir? Yo'q. O'qimishli insonlarning muhimroq ishlari bor. Demak, u ham boshqalar qatori ahmoq.

- Fuqarolar urushi 1861-yil 12-aprel kuni boshlangan, - so'z boshladi u, - shu kuni janubiy shtatlar Amerika Qo'shma Shtatlaridan mustaqilligini e'lon qildi. Biroq sabablaridan biri janubiy va shimoliy shtatlar o'rtasida ziddiyatni keltirib chiqargan qullik masalasi edi. Urush jami to'rt yil davom etib, AQSH tarixidagi eng qonli jang sifatida qoldi. Jang harakatlarining asosiy qismi janubiy shtatlar hududida kechgan, sust infratuzilma va harbiy texnikasi sababli ular nisbatan zaifrog edi. Shimoliy shtatlar esa aholi soni va armiya holati bo'yicha ustuvorlikka ega bo'lgan, G'alaba aynan ular tomonda bo'ldi. Ziddiyatga nuqta qo'yilgach, Avraam Linkoln AQSHdagi barcha qullarga erkinlik bergan Ozodlik proklamatsiyasiga imzo chekdi. Bu fuqarolik huquqlari va erkinlik uchun kurashdagi eng muhim pallalardan biri bo'ldi.

Ichimda qarama-qarshi hissiyotlar olishardi. Bir tomondan ensamni qotirib, pishqirgim kelsa, boshqa tomondan hayratlanmay ilojim yo'q edi. Qaysidir darajada hatto to'lqinlanib ham ketdim.

Shusterman xonim ham mamnun koʻrinardi.

- Barchasi to'g'ri, janob Konli! Har doimgidek meni quvontirishdan to'xtamaysiz.

- Bundan chiqdi, agar o'sha urush bo'lmaganida, - orqa partadan Kristinaning ovozi eshitildi, - qul bo'lib yurarmidingiz? siz hozir ham kimgadir

Ovoz kelgan tomonga o'girildim, ammo bunday qilishim kerak emasdi. Bu to'daning mavjudligini unutaman deb harchand o'zimga so'z bermay, hammasi benaf ketayotgandi.

Kristina oxirgi partada o'z uyidagidek yalpayib-yastanib o'tirardi. Egnida qora kalta kofta, qorni ko'rinib turibdi, yashil mini yubka va to'rpaypoq. Parta ustidagi pleyerga quloqchinlar va ikkita kasseta ulangan, qiz dars vaqtida musiqa tinglab o'tirganini yashirishga ham urinmasdi.

Shusterman xonim horg'in tin oldi.

- Nikotera xonim, o'qituvchiga bunday savol berish mutlaqo nojoizdek tuyulmayaptimi?

- Yo'q, aslo, - bitta tuki ham qilt etmay javob berdi qiz. - Men shunchaki haqiqatni aytdim xolos.

Oh, og'irgina narsa bilan aylantirib boshiga solsang-da. Shunda o'ziga kelib, osmondan tushgan ma'buda emas, hammamiz qatori oddiy odamligini tushunarmidi.

- Javobingiz uchun rahmat, janob Konli, - xonim mavzuni keskin o'zgartirdi. - Men yangi o'quvchimizni ham eshitmoqchi edim.

Mana, yana. A'zoyi badanim jimirlab, ichimdan zil ketdim. Bu rasvo hisga toqatim yo'q.

- Uayt xonim, fuqarolar urushi haqida nimalarni bilasiz?

- Fuqarolar urushi AQSH uchun jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar olib keldi, birinchi bo'lib xayolimga kelganini tilimga chiqardim. Urush iqtisodiyotni zaiflashtirib, infratuzilmaning barbod bo'lishiga sabab bo'ldi.

Javobim o'qituvchini juda taajjublantirdi.

U ham boshimdagi ro'molni jaholat va savodsizlik belgisi, deb hisoblasa ajabmas. Uning nazdida men soqoldor bir erkakning na bir so'z aytish, na ta'lim olishga haqli bo'lg'usi cho'risiman xolos. Boshqacha aytganda, u meni kelajakda nuqul ezgʻin, ahmoq, burnidan narini ko'ra olmaydigan kaltafahm, paqillatib tug'ishdan boshqasiga yaramaydigan baxtiqaro sifatida ko'radi.

- Juda yaxshi, Uayt xonim, - dedi muallima. - Aytgancha, men ballaringiz bilan tanishib chiqdim. O'zlashtirishingiz ancha yaxshi.

Zo'raki jilmayib qo'ya qoldim.

Tarix darsi nihoyasiga yetdi, biqiq xonadan otilib chiqib, yo'lakka intildim. Ortimdan allakimning sharpasi ergashdi.

- Janob Xemmings menga topshiriq berdi, - ortimdan izma-iz kelayotgan Elias yo'l-yo'lakay so'z boshladi. - Endi men sening repetitoringman.

Javonchalar oldida to'xtadim.

- To'rt tomoning qibla. Sen bilan mashg'ulotga qatnaydigan ahmoq yo'q. Undan ko'ra o'lganim yaxshi.

Eliasning yuzida birvarakayiga ham iljayish, ham taajjub ko'rindi.

- Nega endi men haqimda bunday o'ylayapsan, sharq go'zali?

- Va meni bunday atashni bas qil!

Juda baland qichqirib yubordim, shekilli, hatto odatda darsdan tashqarida hech kim bilan ishi bo'lmaydigan o'qituvchilar ham burilib qarab qo'yishdi.

- Qochib ketolmaysan, azizam, iljaydi Elias. - O'zim ham qimmatli vaqtimni senga sarflayman deb o'lib turganim yo'q, lekin nachora. Bosh tortsang, yaxshi balldan umidingni uzaver.

- Janob Xemmingsga bu bemazagarchilik qaysi go'rdan kerak bo'lib qoldiykin-a?!

Elias angrayib qoldi, ko'zlari xonasidan chiqib ketayozdi. - Oh-ho! Ja unchalik ham avliyo emas ekansan-ku.

Ko'zlarimdan chaqmoq sachratib nari ketdim. Hozir yo'limda duch kelgan odamni bo'g'ib qo'yishdan ham tap tortmasdim.

- Yomon ball yaxshi kelajak uchun imkoniyatingni chippakka chiqaradi, - ortimdan yana ergashib davom etdi Elias. - Kollejga kirmoqchisan-ku, to'g'rimi?

Hozir u xuddi rostdan ham menga qiziqayotgandek gapirardi. Kulgili. To'xtab, o'girildim. Kerakli so'zlarni tanlash qo'limdan kelmadi.

- Kecha ziyofatdagi qilg'iliklaringdan keyin do'stlaringdan nafratlanaman. Sendan ham nafratlanaman. Tushunarlimi?

Ko'rgani ko'zim yo'q hammangni. Yo'qoll

- Bo'lar ish bo'ldi. Bunchalik ko'ngilga yaqin olishga hojat yo'q,- tag'in iljaydi u. So'zlarim uning qulog'iga kirmayotgandek edi. - O'tgan ish o'sh yerda qolsin, vassalom.

Shunaqa dahshatga tushdimki... va sharaqlab yuziga tarsaki tortvordim.

Bilmayman, bu qanday sodir bo'ldi, qanday qilib kaftim uning terisiga tegishiga yo'l qo'ydim, qanday qilib g'azabimga erk berdim, qanday qilib achchig'imni tiya olmadim?

Va nihoyat: qanday qilib kimsan Elias Konliga qo'l ko'tarishga haddim sig'di?

Bo'lar ish bo'ldi, endi o'zimni koyishdan nima ma'ni? Uning javobini kuzatishdan boshqa choram yo'q.

U yuzini shunchalik ohista burdiki, xuddi ana-mana naq Iblisning qiyofasi bilan yuzlashadigandek edim.

Ammo kutilmalarimga zid o'laroq, u kulimsirab turardi.

Bu shunchalik zavq va hayratga toʻla tabassum ediki, go'yo atigi bir necha soniya avval men unga qo'l ko'tarmaganman-u, aksincha qandaydir ajoyib ish ro'y bergandek.

Men aqldan ozdimmi yoki Elias devonami?

- Vay, zo'r bo'ldi-da.

Quloqlarimga ishonmayman: u rostdan shunday dedimi yoki menga tuyuldimi?! Aqldan ozish hech gapmas.

- Boshingni yaxshilab tekshirtirib ol, zoʻraki. Toming ketib qolibdi. - dedim

Kaftim hamon lovullab yonar, bunday zarbdan keyin Elias o'zini qanday his qilayotganini tasavvur ham qila olmasdim. Joni og'ridimikan o'zi? Zig'ircha bo'lsa ham. Shunchaki uning javobidan mutlaqo boshqacha xayolga borish mumkin edi Harqalay, boshqa ortimdan ergashmadi. Demak, tarsaki is! berdi. G'alati usul, nima ham derdim.

Javonchamni ochib, to'g'nog'ichlar qadalgan yostiqchani oldim. Ro'molim hadeb sirg'alib ketyapti, ertalab yaxshi mahkamlamabman chogi.

- Lamiya?

Shundoqqina yonimda ovoz eshitildi. Qarshimda o'ziga xos bo'lmagan tund qiyofada Rubi turardi.

Javonchamni yopib, unga qiyo ham boqmay, oldinga yurdim.

- To'xta.

Haddan tashqari muloyim ovozidan to'xtashga majbur bo'ldim. Ammo baribir u tomonga qaramadim.

- Mendan xafa bo'lsang kerak-a....

- Bo'lsang kerak-a emish...

- Bunaqa qilganim uchun kechir... Yoningni olmaganim uchun... Men shunchaki... Shunchaki....

- Qo'rqib ketding, - dedim uning o'rniga. - Shunday deb qo'ya qol: "Men bu oliftalardan qo'rqib ketdim. Menga ham biron narsa qilishlari mumkinligidan qo'rqdim". Lekin, rosti, endi buni aytishning keragi ham yo'q. Shundoq ham allaqachon tushunganman.

Rubi mulzam bo'layotgani ko'rinib turardi. Ota-onasi oldida ayb ish qilib qo'ygan boladek ko'zlarini yerga tikdi. Qo'liga momiq Vinni Pux tutqazib qo'ysang bas.

- Meni kechirmaysanmi? - to'satdan so'radi u.

"Yo'q", degim keldi. Uning bu ishini xiyonat deb hisoblash mumkinmi? Mumkin bo'lsa, bu men hech qachon, hech qanday vaziyatda kechirmaydigan birdan-bir holat edi.

Rubining harakati aynan xiyonat edi, boshqa narsa emas. Balki bu adolatdan emasdir, ammo baribir xiyonat.

- Menga qara, Rubi, - so'z boshladim, - men bilan xushmuomala bo'lishga urinishingga hojat yo'q. Menga hech kim kerak emas. O'qish tugaguncha bir amallab chidayman keyin hech qachon sizlarni ko'rmayman. Sizlar ham meni ortiq ko'rmaysiz. Shuning uchun xotiring jam bo'laversin.

Rubi javob berishga ulgurmadi, chunki shundoqqina oldimizda temir javonchaga zarb bilan urilgan ovoz eshitildi. Beixtiyor o'sha tomonga qaradim.

- Menga qara, sen, - Chester notanish qizni javonchaga tiragancha tahdidnok vishillardi,- men hazillashib o'tirmayman. Shuncha vaqt nima qilib yurganding-a, jin ursin? Menga ajratishing kerak bo'lgan vaqtda?

Shart burilib nari ketish kerak edi. Axir bu mening ishim emas. Men shunaqa vaziyatga tushganimda boshqalar ham tomoshabin bo'lib o'tirdi-ku.

Sabr qil, sabr.

Lekin men shundoq o'tib keta olmadim.

- Hey, o'zingdan kuchsizlarga tirg'alishdan boshqasini eplaysanmi o'zi?

Chester tushunqiramay men tomonga qaradi, yigitning changalida hamon bo'g'ilib turgan qiz ham.

- Nimadir dedingmi? - Chester nihoyat qizni qoʻyvordi, - menga tikilgancha qaddini rostladi.

- Sen o'zidan kuchsizlarga tahdid qilishdan boshqasiga yaramaydigan quyonyuraksan, - dedim.

U ustimga bostirib kela boshladi. O'rnimdan jilmadim.

- Kecha shalabbo bo'lganing yetmadimi deyman?

Chester o'zi eslagan manzarani eslab, tirjaydi. - Takrorlashni istaysanmi?

- Rostini aytganda, hozir faqat bitta narsani istayman: basharangni bejab qo'yishni.

"Nega, Lamiya? ichimdan allakim iltijo qildi.

Jimgina, g'iring demay, imtihonga tayyorlansang bo'lmaydimi? Nega o'z boshingga g'alva orttiraverasan? Axir hozir sen uchun eng muhimi maktabni a'lo bahoda tamomlab olish-ku".

Hamasiga fe'lim sababchi. Lattadek mum tishlab o'tirish - yo‘q bu qo‘limdan kelmaydi.

- Nima sen kuchsizlarning himoyachisimisan? O'zingga o'xshagan yalangoyoqlarning-a?

- Bu atrofda sendan boshqa bironta yalangoyoqni ko'rmayapman, seni esa himoya qilish niyatim yo'q.

G'azabdan Chesterning ko'zlari chaqnab ketdi.

Uning sabrini sinayotgandim.

Atigi bir daqiqa oldin boyagi qizdek meni ham devorga pachaqlab qo'yish unga nima degan gap? Qovurg'amni majaqlab yuboradigan kuch bilan itarib yuborish unga nima degan gap? Va nihoyat, darslar tugashini kutib, uyga qaytayotganimda ortimdan poylab biron pastqam joyda oʻlasi qilib do'pposlash unga nima degan gap?

Hech gap emas. Bularning barini osongina qilishi mumkin.

- Miyangni yeb qo'ydingmi? - so'radi Chester. Ovozi mutlaqo jiddiy yangradi. - Kallangdagi mana bu pollatta tagida miyang suyulib qolganmi? Bo'lmasa, bu jur'atingni boshqacha izohlab bo'lmaydi. Vaziyatni hisobga olsak, buni ahmoqlik deb atash to'g'riroq bo'ladi.

- Bu yerda ahmoq faqat sensan. Mana bu ahmoqona o'rimlaring ostida miyang aynib qolgan.

- Axir tarix darsida Shusterman xonim Fuqarolar urushi haqida gapirganida sinfda tirjaygan tentaklardan biri shu emasmidi? Qora tanlilarni tahqirlaydi, boshida esa afrikancha o'rimlar. Tentak.a Kechagisi kamlik qildimi? - achchiqlanib dedi Chester.

Shundan keyingi voqealar atigi bir necha soniya ichida sodir bo'ldi. Chester xezlanib qo'l ko'targanini ilg'ab qoldim xolos. Balki urmoqchi bo'lgandir, balki tag'in ro'molimni yulib olishga chog'langandir. Bilmayman.

Biroq ulgurmadi.

Chunki ustiga qaynoq nimadir to'kilib ketdi.!

- Jin ursin! - qichqirdi Chester vishillab, rasvosi chiqqan futbolkasini badanidan nari qilishga urinib. - Ming la'nat!

- Voy, kechir, Ches! Og'ayni, qasddan qilmadim.

Elias yo'q joydan paydo bo'ldi. Qo'lida qahvadan bo'shagan stakanchani tutib turar, do'stiga kuygan joyini sovitishga yordam berishga tirishib, qayta-qayta uzr so'rardi.

- He, onangni, - Chester tishlarini g'ichirlatib ingrashdan nariga o'tmasdi.

Mana, ojiz tomoning bor ekan-ku. Boyoqishgina. Qaynoq qahvaga kuyib qoldi-ya. Badxohlik bilan ich-ichimdan quvonayotgandim.

- Sen bilan hali yana gaplashamiz, - dedi u oxirgi bor va qarama-qarshi tomonga yurib ketdi.

Elias uning ortidan achingandek qarab qoldi, so'ng menga yuzlandi.

Tabassum. Keyingi soniyada uning yuzida ko'rganim shu bo'ldi. Eng yaxshi do'stining ustiga qaynoq qahva to'kib yuborganidan zarracha afsuslanayotganga o'xshamaydi. Aksincha, o'z g'alabasidan qoniqishga to'la mamnunlik.

- Arzimaydi, - dedi Elias bo'sh stakanchasiga nazar tashlab. So'ng yana menga qaradi. Qora ko'zlarda o'z aksimni ko'rdim. Yana ham yoyilib iljaydi. - Arzimaydi, sharq go'zali. So'ng burilib, - Chesterning ortidan ketdi.

Men esa butkul talmovsirab qoldim. Qattiq xo'mrayganimdan mushaklarimda og'riq turdi. Hozirgina bo'lgan ishni tushunishga urinardim. Elias Konli do'stining ustiga qaynoq qahva to'kib yubordi.... meni urmasligi uchunmi?

U... meni himoya qildimi?

Inkor ma'nosida bosh chayqadim. Yo'q, bo'lishi mumkin emas. Bari tasodif. Ko'rinib turibdi-ku.

- Lamiya? - kutilmagan ovoz xayollarimni toʻzgʻitib yubordi.

O'girilib, ota-onamni ko'rdim: bugun Deyfus xonim bilan uchrashishlari kerak edi-ku. Kayfiyatim shunchalar tushib ketdiki, so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi.oq kimberl

Oyimning egnida sevimli qora libosi - ro'moli oʻziga qo'shib tikilgan, butun a'zoyi-badanini yashirib turgan oʻta keng ko'ylak. Aynan mana shunaqa ko'rinish hammaning ichiga g'ulg'ula soladi.

Atrofdagi o'quvchilarning yuz ifodasini ko'rishni aslo xohlamayotgandim. Oyimga nisbatan biron haqorat aytishdan o'zlarini arang tiyib turishgan bo'lsa kerak, hoynahoy. Uning maktabga shov-shuvli tashrifidan keyin mish-mishlar avvalgidan ham avjiga chiqishini taxmin qilyapman.

Bundan ham battari bo'lishi mumkinmi? Mumkin ekan.

O‘n to‘rtinchi Bob

Yo'lakda ota-onamning chiqishlarini kutib turibman.

Deyfus xonimning eshigi ortidan faqat bo'g'iq ovozlar eshitiladi. Shunchalar bo'g'iqki, kim so'zlayotganini ham farqlay olmayotgandim.

Qo'rqyapman. Qo'rquv butun borlig'imni mahv etdi. Chindan ham aybdordek his qildim o'zimni.

Lekin men hech qanday zirak o'g'rilarmidim. Bu ishga umuman aloqam yo'q.

Ammo baribir adolat birdan-bir umidim bo'lib qolayotgandi.

Hali yana bitta dars bor. So'ng janob Xemmingsning nuqul kuygan kalladek xonasiga borishimga to'g'ri keladi ishshayib turadigan Elias va ACTga bir soat tayyorgarlik.

Nahotki bunga chindan ham rozi bo'ldim? Nahotki maktabdagi har bir kun yakunida men astoydil nafratlanadigan insonlardan biri bilan shug'ullanishni itoatkorlik bilan qabul qildim?

Buni hazm qilish oson bo'lgani yo'q, lekin uddaladim. Yaxshi ball men uchun muhimroq, shuning uchun bir necha kun o'tadi-ketadi, chidayman.

Eshik ochildi.

- Yaxshi, Uayt xonim, biz buni isbotlashga harakat qilamiz, - dedi ota-onamni kuzatib qo'yayotgan direktor.

- Shunday qiling, iltimos, - qo'shimcha qildi dadam.

Uning qarashlari tund, jahli chiqqani ko'rinib turardi. Dadamni birinchi bor bu holatda ko'rishim. Menimcha, buni qizimni tahqirlashdan oldinroq qilishingiz kerak edi.

- Uzr so'rayman. Qo'limizdan kelgan hammasini qilamiz.

Oyim sukut saqlardi. Sovuq sukunat, desam ham bo'ladi U men tomonga qaradi. Ko'zlarida chuqur hafsalasizlik. Nahot bularning bariga ishongan bo'lsa, deb o'ylashga ham yuragim betlamayotgandi.

- Biron xabar bo'lishi bilan sizga ma'lum qilaman,- Deyfus xonim so'zini yakunlab, xonasining eshigini yopdi.

Yo'lakda uchalamiz yolg'iz qoldik.

- Direktor nima dedi? - so'radim.

To'g'ri, eng yaxshi himoya - hujum.

- Seni o'g'riga chiqarishyapti, Lamiya, Qanday jirkanchlik. dedi dadam.

U meni emas, vaziyatni jirkanch deb atagandi.

- Allaqachon ko'nikib ketganman, qo'l siltadim. - Rost. Tashvishlanmang. Bir amallab bunisiga ham chidayman.

Ota-onam menga achinib qarashdi. Oyoqlarim bo'shashib ketdi. Bunaqa nigohlarga toqatim yo'q.

- Denfis xonim... yoki

Deyfus...

- Ha-ya, Deyfus xonim hammasiga oydinlik kiritishga so'z berdi, shuning uchun xavotir olma. U bunda kimning qo'li borligini aniqlashtiradi.

Bosh irg'idim. Dadam jilmaydi. So'ng xuddi kichik qizaloqdek boshimni silab qo'ydi. Dadamning yirik kafti ostida sirg'alib ketmasligi uchun ro'molimni tutib turishimga to'g'ri keldi.

Oyim hamon sukut saqlar, bundan toqatsizlana boshlagandim.

- Adilya?- dedi dadam.- Negadir juda kamgapsan. Sen nima deb o'ylaysan?

Oyim boshini ko'tardi. Yoshdan namlangan ko'zlarida anduh ufurib turardi. O'zimni rasvo his qildim.

- Oyi, nima bo'ldi? nahot oyim bu qip-qizil yolg'onga Nega ishondi, degan fikrdan tag'in ko'ksimda og'riq turdi. yig'layapsiz?

Oyim ko'zyoshlarining yonoqlariga dumalashiga izn bermay, bir necha bor kiprik qoqdi.

- Shunchaki har Hammasi joyida, Lamiya, - dedi u.

- So'zlarim uchun Alloh kechirsin, lekin... Nima bo'lganda ham gal holimiz qanchalik mushkulligini tan olishim qiyin bo'lyapti.
qalbimdagi Unga ayon. O'shanda kamdan-kam qiladigan ishimni qildim.

Oyimga yaqinlashib, quchoqladim. U ham meni bag'riga bosdi muloyim, taskin beruvchi, dalda beruvchi bir tarzda quchoqladi. Rost, menga undagi yengillik yetishmas, shuning uchun quchoqlashim ham fe'limni aks ettirardi.odal

- Hammasi yaxshi bo'ladi, shivirladim. Biz uddalaymiz.

Biologiya xonasidan endi ostona hatlab chiqqandim hamki, Elias ortimdan yugurib yetib oldi. Darsda janob Xemmings men tomonga har zamonda ma'noli-ma'noli qarab qoʻyar, chamasi, olam-olam tashakkurlar kutayotgandi. Undan minnatdor bo'laman deb ko'zim uchib turgani yo'q. Ayniqsa taklifidan bosh tortsam, ballimni pasaytirish bilan tahdid qilganidan keyin.

- Birinchi mashg'ulotimizga tayyormisan? - Elias, qarshimizdan chiqayotgan hammani chetlab, men bilan yonman-yon borar, tentakdek iljayardi.

Hech tushunolmayapman, nimaga bunchalik xursand bo'ladi bu?

- Eslatma, - zarda qildim.

- Qanaqasiga eslatmay? Hoziroq shug'ullanishga boramiz. Lekin avval biron narsa yevolay, ertalabdan beri tuz totganim yo'q...

Meni zarracha qiziqtirmaydigan rejalarini qisqacha so'zlab bergach, Elias tushunqiramay so'radi:

- Aytgancha, qayoqqa ketyapsan o'zi? Mashg'ulotimiz biologiya xonasida o'tadi.

Javoncham oldida to'xtatdim.

- ACTga tayyorgarlik bo'yicha darslikni olmoqchiman. Ijozating bilan, - uzib oldim g'ashim kelib.

Ko'z oldimda hamon uning yoqimsiz obrazi turar, faqat ora-sirada buning o'rnini avtobusdagi sahna egallardi. Men esa uning ziyofatda o'zini qanday tutganini eslashga jo'rttaga urinardim.

U meni tahqirlashlarini boshqalar qatori tirjayib tomosha qilib o'tirdi. Buni hech qanaqasiga izohlab bo'lmaydi. Unga xolis munosabatda bo'lishga uringanim yetar. Bunga munosib emas u.

Javonchamni ochib, rang-barang darslikni oldim. Shu mahal o'tgan gal yuqori tokchaga pala-partish tashlab qo'ygan kassetalar polga sochilib ketdi.

Elias ularni olish uchun cho'kkaladi.

- Modern Talking'ni eshitasanmi?- so'radi u kassetalardan birini ko'zdan kechirib.- Qo'shiq eshitasan deb o'ylamagandim... Umuman, pleyering bor deb o'ylamovdim.

- Buni qara-ya, mening ham pleyerim bor, - qo'lidan qo'pollik bilan kassetani yulib oldim, tag'in tasodifan uning terisiga tegib ketmaslikka juda tirishdim.- Qaytib narsalarimga qo'l tekkiza ko'rma!

- Tentak, - dedi u jilmayib.

Ryukzak bilan boshiga aylantirib solgan bo'lardim-u, ichidagi darslik va daftarlarga ziyon yetkazishni istamadim, shuning uchun qahrli qarab qo'yish bilan kifoyalandim.

Biologiya xonasiga qaytdik, Elias yo'l-yo'lakay vending qurilmasidan shokoladli batonchik ovolgandi, endi ikki lunjini to'ldirib uni paqqos tushiryapti.

Janob Xemmings hamon allaqanday hujjatlarni titkilagancha ish stolida o'tirardi.

- O, sizlarni yana ko'rib turganimdan xursandman, yosh do'stlarim, ostonada bizni qarshi oldistoleteisel

Istamaygina sinfga kirib, ryukzakimni stulga tashladim, darslikni avaylab parta ustiga qo'ydim. Bo'ladigan ishga ruhan tayyorlanib ulgurdim, deb o'yladim.

Sinfxonadan hali ham ter isi angirdi: bundan avval jismoniy tarbiya darsi bo'lgan, sinfdosh yigitlar o'lib-tirilib me'yoriy ko'rsatkichlarni topshirishgandi. Birontasi ham bu dunyoda dezodorant degan narsa borligidan bexabar ko'rinadi.

Janob Xemmings kaftlarini tutashtirib, ikkimizni boshdan-oyoq mamnun ko'zdan kechirdi:

- Va'da beraman, qimmatli o'gay o'g'lim sizni boshqa xafa qilmaydi, Uayt xonim.

Kutilmagan yangilikdan ko'zlarim olayib ketdi. Avval Eliasga, keyin biologiya muallimiga qaradim. U ko'zimga ibtidoiy davrlardan beri yashab kelayotgandek ko'rinib ketdi.

- Shunaqa, - yigit mening reaksiyamdan hatto biroz quvongandek edi. - Filipp Xemmings mening o'gay otam. Shuning uchun ham seni deb boshimni og'ritishimga to'g'ri keladi.

- So'zlaringizga hazir bo'ling, yigitcha. Shartim esingizda-a? - Javoban Elias g'udrangancha mening partam tomon yo'naldi.

- Xullas, mashg'ulotlaringiz sermahsul o'tadi imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingizda bu yigitchaning yordami asqatadi, degan umiddaman, Uayt xonim, u sizni xafa qilsa, menga bildiring.

Biologiya muallimi kurtkasini olib, yelkasiga tashladi, ko'zoynagini to'g'rilab bizga so'nggi bor jilmaydi-yu omad tilab xonadan chiqib ketdi.

Xonada ikkimiz qoldik. O'rtaga og'ir taranglik cho'kdi.

- Demak, senga ham tahdid qilibdi-da? - so'radim. Rostini aytganda, badxohlik bilan quvongim kelayotgandi.

- Bu gapni qayerdan olding?

- Hozirgina shu haqida gaplashdingiz-ku.

Elias qo'shni partadan stul olib, yonimga o'tirdi. Parta esa juda kichik. bir kishiga mo'ljallangan. Amerikadagi hamma maktablarda shunaqa.

- U oyimning ikkinchi eri. Uni inson sifatida qattiq hurmat qilaman, chunki oilamiz uchun o'z otamdan million karra ko'proq qayg'uradi. O'ylab o'tirmay iltimosiga rozi bo'ldim. uning yuzida g'ayriodatiy ifoda yilt etdi. Hatto tush ko'ryapman, deb ham o'yladim. Xullas, shunaqa gaplar... Hafsalamni pir qilmassan, sharq go'zali.

To'ng'illagancha, darslikda o'zim to'xtab qolgan sahifani ochdim. Yetmishtadan yigirma beshinchisi. Ahvol chatoq aslida.

- Hey, shoshma, - dedi Elias kaftini darslikka qo'yib. -Men o'qituvchingman, shuning uchun qaysi biridan boshlashni men hal qilaman.

Hali ko'p asabiylashaman, shekilli.

- Ingliz tilidan qanaqasan? - oʻta ahmoqona savol berdi u. - Tiling yaxshi kelishishini ko'rib turibman, lekin grammatikada tobing qalay? Arabchadan inglizchaga oʻtish qiyin bo'lgandir?

- Elliginchi marta takrorlayapman, men tug'ilganman, har bir so'zni chertib-chertib baland ovozda dedim. Butun bolaligim Shtatlarda o'tgan, sizlar meni astoydil shu yerda tiqishtiradigan bironta arab mamlakatiga umrimda qadam bosmaganman. Uyda ham inglizcha gaplashaman, bir nechta so'zni aytmasa, arab tilini bilmayman ham. Tushunarlimi?

- Aha.

Elias darsligimni olib, varaqladi va "O'qish" bo'limida to'xtadi.'

- Menimcha, shundan boshlaganimiz ma'qul. Asosiy bilimlaringni tekshirib ko'rmoqchiman.

-Sarlavha diqqatingni tortdimi? u savolimdan taajjublandi.

- Nima deganing bu?

-O'qishni yaxshi ko'rasan-ku, shundaymi? - so'radim.

Eliasning yuzidan qoni qochdi.

- Senga buni kim aytdi?

- Seni avtobusda ko'rgandim. "Javdarzordagi xaloskor"ni o'qib ketayotganding.

O, uning to'rsayib, xijolatdan sholg'omdek qip-qizarib ketganini ko'rish qanchalik yoqimli edi-yal Ura, nihoyat nozik joyidan ushladim. Har kuni maktabda o'zini ko'z-ko'z qiladigan jirrakidan asar ham qolmagandi.

- Senga shunaqa ko'ringandir, - uzoq jimlikdan so'ng dedi Elias. - Umuman, bu sening ishing emas. Hozir mutlaqo boshqa narsa haqida gaplashyapmiz.

Men iljaydim. Shunchaki o'zimni tutib tura olmadim.

Demak, o'qishni yaxshi ko'rishini yashiradi. Nega? Kimdan? Ha-ya... Kimdanligi aniq, lekin nega? Nahotki kitobga mehri uning maktabda hammani maftun qilgan "taniqli" va "muvaffaqiyatli" degan sifatlariga soya solsa? Nima, mutolaa uning imijiga putur yetkazadimi?

Qiziqish ustun kelib, yana so'radim.

- Dars kutib turadi. Nega o'qishni yaxshi ko'rishingni yashirasan?

- Hey, aytdim-ku, bu sening ishing.

- Anavi qovoqkallalar seni "botanik"ka chiqarishadimi? Shundan qo'rqasanmi? O'zlaring masxara qiladigan, bo'sh vaqtida kitob o'qiydiganlardek kalaka bo'lasanmi?

- Buni sen bilan muhokama qilgim yo'q.

Uning kayfiyatida va ovozidagi bunday keskin o'zgarishni ko'rib, astoydil hayron qoldim. Atigi bir daqiqa avval "sharq go'zali" deb jig'imga tegayotgandi, o'zini aqlli ko'rsatishga urinayotgandi, endi esa... Endi bu mavzuni boshlashim bilan to'nini teskari kiyib oldi. Qizig'i, buni g'azab deb ham bo'lmasdi. Elias og'ir xo'rsindi.

- Bugun sen bilan shug'ullangim kelmayapti, - deb, darsligimni sharaqlab yopib, chetga surdi, stulni irgʻitgudek bo'lib o'rnidan turdi. O'zing amallab turarsan.

Ryukzagini yelkasiga tashladi-yu men tomonga qiyo ham boqmay, xonadan chiqib ketdi.

Endi men sarosimaga tushib qoldim.

Mana, ularning ham jilovini tortib qo'yish mumkinligiga bir dalil. Hech narsani pisand qilmaydigan superqahramon emasligiga.

Men o'zim bilmagan holda Elias Konlining hissiyotlarini junbushga keltirgandim. Maktabdagi eng taniqli o'quvchilardan biri, Chester va Kristinaning do'sti, deyarli hamma yaxshi ko'radigan, qo'yingki, ilohiylashtiradigan Elias Konli!

Qiziq, nega gaplarim uni bunchalik hayajonlantirib yubordi ekan? Haq boʻlib chiqdimmi? Yoki bu yerda boshqa maxfiyroq gap bormi?

Yashayversak ko'ramiz.

{ Asar Freya Holmes tomonidan teletype ko‘rinishida yozildi }

Sen bir olam, Men o‘zga olam
O‘ninchi Bob

Kun bo'yi hamma menga tikildi.

Tan olish kerak, bu qarashlar avvalgisiga o'xshamasdi.

Hovlida Deyfus xonim paydo boʻlgach, Elias boshqa qorasini ko'rsatmadi. Xuddi do'stlari bilan birga havoga singib ketgandek. Yoki qattiqqo'l direktorning kutilmagan tashrifidan azbaroyi dovdirab qolganimdan, ketganini sezmaganman.

Bir narsaga ishonchim komil edi endi uning men haqidagi tasavvuri tubdan o'zgargani aniq. Hang-u mang qiyofasini o'z ko'zlarim bilan ko'rganimdan keyin boshqacha o'ylab bo'lmaydi.

- Bunaqa uchishni qayerda o'rgana qolding? - Rubining hayrat to'la ovozi yangradi.

U osmondan tushgandek edi.

- Juda zo'r bo'ldi-da, - ham taajjubini yashirmadi. uning ortidan paydo boʻlgan Rey

Yo'lak bo'ylab borarkanman, atrofdagilar ko'z urishtirishar, menga baqraygancha, o'zaro shivirlashar, bularning bariga ijobiy qarashga harakat qilardim.

- Bolaligimdan beri skeytparklarga qatnayman, berdim. Shu xolos.

Ro'molimning chekkalarini yoygancha uzundan uzoq cho'zilgan darsdan keyin birinchi qavatga tushdim. O'qituvchimiz janob Rodriges naq ikki soat kvant fizikasi haqida tog'dan-bog'dan gapirib o'tirdi. To'g'rirog'i, istar-istamay, har zamon stol ustida turgan, qog'ozlar qisman yopib turgan jurnalga chalg'ib, mavzuni gapirdi. Sinfda qimmatli fizigimizning stoli ustida "Pentxaus"ning nusxasi turgani haqida kulgi va pichir-pichirlar yangradi. Buning nimasi kulgili-yu, "Pentxaus" qanday jurnal ekanligini aglimga sig'dira olmadim.

- jiddiy aytyapsanmi? - Rubi menga ergashib ko'chaga tizzaga tushib turgan nafis sariq ko'ylak. Qop-qora sviter kiygan Rey uning oldida qora bulutdek ko'rinardi. - Shu xolosmi?

- Bir gal bobom va buvimning Ayovadagi fermasiya bordim. Xo'jalik ishlariga qarashdim va ular pul berishdi. Uncha - ko'p emas, lekin bir yil ichida skeyt uchun pul yig'a oldim.

- Necha yoshda eding? - xuddi yoshim chindan ahamiyatga egadek to'satdan so'radi Rey.

- O'n, - shunday dedim-u yana so'zimda davom etdim: -Skeytbord sotib oldim va har kuni skeytparklarga chiqib yurdim. Avvaliga boshqalarni kuzatdim, keyin sekin-asta o'zim ham mashq qila boshladim. Tizzam shilinmagan kun yo'q edi. Juda ko'p chandiqlar orttirdim....

- Shunga qaramay, skeytbordingni astoydil yaxshi ko'rasan, - so'zimni yakunladi Rubi. Savolomuz qaradim, u esa bosh irg'ib, dedi: Bularni so'zlab berayotganingda shunday samimiy jilmayding-ki!

Aytgancha, men kamdan-kam, hayotimdagi eng yoqimli lahzalardagina jilmayardim. Bunday lahzalar sanoqli bo'lmasa-da, uncha ko'p deb ham bo'lmasdi. Dadam hatto hazillashib meni Garfild, ya'ni komikslardagi doim qovog'idan qor yog'ib, nimadandir norozi yuradigan mallarang mushukka o'xshatardi. Maktab darvozasiga yetib keldik.

Rubini qizil "Kadillak Eldorado" dadamning orzusidagi mashina kutib turardi. Yillarcha tuflab tugib ham olishimiz mahol bo'lgan qimmatbaho mashinalarning suratlari tushirilgan jurnallar doim uyimizda bo'lardi. Kani bu jurnallarni o'sha vaqtdagi umumiy xonamizga olib chiqishni yaxshi ko'rar, keyin ulami ko'z qorachig'idek asraydigan dadamning ovozidan uy Jarzaga kelardi.

- Dada, bu yerdaman! - Rubi mashinada rasmiy kostyumda o'tirgan erkakka xitob qilib, qo'l silkidi. - Bir daqiqa!

Unga javoban dadasi muloyim jilmayib, qora ko'zoynagini yechdi.

- Ziyofatda ko'rishamiz, - eslatdi Rubi shaxsan menga , murojaat qilmagan bo'lsa ham. Reyga burildi-yu bo'yniga osilib, lablaridan bo'sa oldi. Xijolatdan orqa o'girib oldim. Keyin esa qo'qqisdan meni mahkam bag'riga bosdi, hushimni yig'ishga ulgurmay qoldim. Xuddi qadrdonini quchoqlagandek.

- Seni eshik oldida kutib olamiz, bo'ptimi? Mabodo bormaslikka qaror qilsang, Rey bilan biron bahona o'ylab topamiz.

Unga minnatdorlik bildirgandek jilmayib qo'ydim, ammo tabiiyki, bunga hech qanday zarurat ko'rmayotgandim. Bormasligim mumkin emas.

Shunday bo'lsa-da, Rubi va Reyning samimiyatiga to'liq ishona olmayotgandim. Nuqul ular orqavoratdan fitna qo'zimoqchidek tuyulardi. Qandaydir g'alamislikni, Kristinaga xos bo'lgan pastkashlikni ko'zlagandek. Bu tahlikadan hech qachon qutulolmasam kerak.

- Ko'rishguncha,- Rey menga qo'l silkidi. qiz otasi tomonga yugurib ketgach,

- Ko'rishguncha.

Shu zahoti u ham maktab avtoturargohida turgan mashinasi sari oshiqdi. Bu ikkisi oʻziga to'q oiladan, aks holda bunday hashamdor mashinalarga ega bo'lisharmidi?

Bu fikr shubhamning ortishiga sabab bo'ldi, umidsizlik bilan ortga burilib, maktabning sariq avtobusini chetlab o'tib, uyga yo'l oldim.

Aksimga tikilarkanman, biroz toza havo hayajonni bosishga yordam Xonam salqin. Deraza lang ochiq. Ko'zgu qarshisida unh berar, deb o'zimni ovutardim.

Aslida, Nyu-Yorkda musulmonlar uchun mos kiyim topish ancha qiyin. Biri o'ta kalta, boshqasi uzun, lekin yengi kalta, yana birining esa o'zi ham yengi ham kalta. Shuning uchun garderobimning katta qismini oyim o'z qo'llari bilan yaratardi Do'konda xarid qilingan kiyimlarga mos matolar tanlar, nari-beri ikki soatlik mehnatdan keyin musulmonlarga munosib ajoyib kiyim paydo bo'lardi. Ovim o'z kivimlarini har doim Vatanini eslatadigan unsurlar bilan bezatishga harakat qilardi.

Kiyim javonimni ko'zdan kechirdim: bir nechta hudi, ikkita kurtka va to'rtta ko'ylak. Beshinchi ko'ylak egnimda: lampasli, metall pistonlar bilan bezatilgan to'q ko'k rangli libos. Dastlab ko'ylakning yengi yo'q edi, oyim o'zi yeng qo'shib qo'ydi.

Ro'molimni mahkamroq bog'lab, poyabzalim turgan qutiga engashdim. Tagcharmi qalin botinkamni kiyib, ipini boyladim. Obrazni yakunlash uchun yelkamga charm kurtkamni tashladim.

Tag'in o'zimni ko'zguga soldim, granj yoki hatto rok-n rollcha uslub hosil bo'lgan, bu mening musulmoncha qiyofam bilan favqulodda zo'r uyg'unlashgandi.

Chuqur nafas olib, xonamdan chiqdim. Pastda oilam kechki ovqat ustida jamlangandi.

- Ketyapsanmi? - so'radi oyim. Ostonada to'xtadim.

-Ha. Do'stlarim kutib qolishdi.

Do'stlar deganda kutib olishni va'da qilgan Rubi va Reyni nazarda tutayotgandim.

- Ko'rinishing chakki emas!- ikki lunjini to'ldirib kavshanayotgan Kani xitob qildi. - Naq Elvis Preslining o'zisan! Faqat ro'molli ayol variantida.

Kalimsirab, bularning barini u tufayligina qilayotganimni o'zimga eslatdim va biroz yengil tortgandek bo'ldim.

- Mushtlashib yurma tag'in, bo'ptimi, Lamiya? - hazillashdi dadam. Balki ketishdan oldin u-bu narsa vevolarsan?

- U yerda yegulik bo'ladi, chiqish eshigining tutqichidan tutdim.

Tabiiyki, Chesterning uyida biron narsa yeyish niyatim yo'q edi. Oshqozonim qattiq tugunga aylangan, ovqat haqida o'ylash hatto og'riq berayotgandi.

- Bo'pti. Kechroq ko'rishamiz.

Javobni ham kutib o'tirmay, tashqariga chiqdim, eshikni yopib, sotqinlarcha hayajonimni fosh qilib potirlayotgan yuragim bilan yakka-yolg'iz qoldim.

Kurtkamning cho'ntagidan uy manzili va avtobuslar qatnov jadvali yozilgan qog'ozni oldim. Elias, Chester yoki Kristina kabi pulim oshib-toshib yotganida bekat izlab, bir qo'limda qatnov jadvali, boshqa qo'limda manzilni ko'tarib yurishimga to'g'ri kelmasdi. Shartta mashinamga o'tirardim-u, ko'z ochib yumguncha kerakli manzilga yetvolardim.

Pulga muhtoj bo'lmaslik juda zo'r bo'lsa kerak.

Istaganingcha sarflay olsang.

Bahor nafasi hukm surayotgan ko'chada loy kechib, yakkam-dukkam ovozlarga quloq tutib borarkanman, osmon tobora qorayib kelardi. Shahar uzra ohista tun cho'kar, men esa ukamning hayotini saqlab qolish uchun ziyofatga ulgurish va uyga juda kech qaytmaslik uchun oshiqardim.

Gohida shunday fikr uyg'onardi: "Balki ular shunchaki hazillashishgandir? Kaniga hech qanday zarar yetkaza olishmas. Qo'rqitmoqchi bo'lishgandir. Yoki undan ham yomonrog'i, nima qilishimni ko'rmoqchi, yana bir bor kalaka qilmoqchi bo'lishgandir". Asl haqiqatni mendan talab etilganidek Chesterning uyiga borganimdan keyingina bilishim mumkin.
Mavhumlikka peshvoz chiqish qoldi.

ayoldan avtobus yo'nalishini va kelish vaqtini so'radim. Ayol Avtobus bekatiga yetib olgach, eng yaqin turgan uzun paltol oshkora xushlamay, ikki ko'zini boshimga lo'q qilgancha bo'lsa hamki, harqalay javob berdi. Chetga o'tib, o'ylab qoldim: undan qanchalik farq qilaman? Ikkita oyoq, ikkita qo'l. O'sha ko'zlar, lablar, burun va qoshlar. Mening ham boshim bitta, uniki ham. Uning boshida qalpoq, menikida esa matoli oddiy ro'mol. Nega mendan bunchalik qo'rqadi, yovqarash qiladi?

Bunga javob berish qiyin. Xira sabzirang tusli avtobus yetib kelgach, avtomatga bir nechta tanga tashlab, chipta olib, darhol haydovchiga uzatdim. U xo'mrayib chiptani yulqib oldi va yana rulga yuzlandi.

Ichkariroqqa o'tib, avtobus oxiridagi hammadan uzoq joyga o'rnashib oldim.

Yo'lda borarkanmiz, avtobusda jimlik hukm surar, faqat ora-sirada bolalar dodlab qolar, onasi ularni tinchlantirishga behuda urinardi. Imkoniyatdan foydalanib yo'lovchilarni kuzata boshladim.

O'ng tomonimdagi oyna oldida keksa ayol o'tiribdi, o'ta yorqin moviy ko'z bo'yog'i va pushti lab bo'yog'ini chaplab olgan. Och sariq sumkachasini ko'ksiga bosgancha oynaga termilar, xuddiki allaqanday mo'jiza kutayotgandek edi.o

Old qatorda mallasoch juvon o'tiribdi, shovqin solayotgan bolalar shuniki qizaloq va bolakay. Ayol ora-sira qo'lidagi jurnaldan bosh ko'tarib, bolalarga tanbeh berib qo'yadi, so'ng yana mutolaaga sho'ng'iydi, xuddiki ularda o'ta muhim narsa yozilgandek.

Yaqinroq o'rindiqdagi ikki erkak bir nuqtaga tikilgancha jim borishardi. Xuddi rulni o'zlari boshqarayotgandek yo'lga diqqat bilan qarayotganga o'xshaydi.

Faqat mening oldimda kitobga g'arq boʻlgancha, atrofida hech narsani ilg'amay u o'tirardi.

Yo Alloh...

Ko'zlarim aldamayotganiga aniq ishonch hosil qildim-u oldidagi eumda Jablarim qurib qoldi. Mendan atigi bir metr narida, oyna oldida yelkasi bilan shishaga suyanib, oyoqlarini esa bo'sh o'rindiqqa uzatgancha Elias o'tirardi. U to'q muqovali kitobni berilib mutolaa qilar, atrof-olamni unutgandek edi.

Butkul sarosima va dahshatda fikrlarimni yig'ib, oxirigacha qanday o'zimni sezdirmaslik haqida o'yladim. Boshimdagi ro'mol haqidagi oniy, ammo aniq-tiniq fikrdan keyin e'tibordan chetda qolishim mutlaqo imkonsizligini angladim.

Boshqa joyga o'tib olsammikan.... Bekorga diqqatni tortganim qoladi.

Bir soniya to'xtab o'zimdan so'rashga botindim: nega bunchalik shoshib qoldim o'zi? Javob yo'q. Avtobus yengil chayqalib borar, hali u, hali bu tomonga burilar, men esa o'ylab o'yimga yetolmasdim: nega Elias bu yerda o'tiribdi? Uning fikricha, yalangoyoqlar foydalanadigan arzon jamoat transportida. Axir biz bu dunyo qiroli bilan bir salonda o'tirishga munosibmizmi?

Uning sahifalarni birin-ketin ochishini, goh jilmayib, goh xo'mrayishi, matn bo'ylab ko'zlari bir tekis harakatlanishini kuzatib turdim. Bir mahal kitobni muqovasi ko'rinadigan tarzda eggandi, nihoyat nimani o'qiyotganini ko'rib oldim.

Jerom Selinjer. "Javdarzordagi xaloskor".

Elias kitobni shunchalik berilib o'qirdiki, umuman chalg'imasdi, bir marta ham boshini ko'tarmadi, aks holda shundoqqina qarama-qarshisida o'tirganimni darrov ilg'agan bo'lardi.

Qarshimdagi manzaradan hayratga tushganimni his qildim.

Seni kalaka qiladiganlarning hammasini harfni harfga qo'shib yozolmaydigan esipastga chiqarish noto'g'ridir balki. Ular shunchalik yomon-ku axir, degan xayolga borasan.

Elias nafsoniyatimga tegish va tahqirlashga uringandayoq undan ilk bor boshqalardan ham nafratlanganim kabi. U ham qovoqkallalardan an nafratlanib qolgandim. Xuddi shu ishni qilgan ko'ngilxushlikdan boshqasini o'ylamaydigan nusxa. Oyog'i yerdan biri-da, deb o'zimni ishontirishga urinardim. Ahmoq, takasaltang, uzilgan tantiq erkatoy.

U esa shundoqqina roʻparamda "Javdarzordagi xaloskor ni gaplarni hosil qilgan harflardan ko'z uzmasdi. o'qib, so'zlar va Fikrim unchalik to'g'ri emasdir, ehtimol.

Shu-shu Elias meni payqamadi.

Avtobus to'xtagach, epchillik bilan kitobni yopdi - kerakli sahifaga belgi qo'yishni ham unutmadi, men tomonga qiyo ham boqmay yugurib tushdi.

Quvonib ketdim.

Bir necha soniya kutib turdim, so'ng o'sha keksa, yuziga bo'yoq chaplagan, sariq sumkachali xonimning ortidan men ham tushdim. Bir qadam tashlashga ham ulgurmasimdan ayol dafatan men tomonga o'girildi.

- Qanday sohibjamol qiz!

Odatimga ko'ra uning ovozidan kinoyani izladim, lek o'xshamadi. Hatto ortimda kimdir bormikan, deb burilib qaradim ham. Boshqa hech kim yo'q.

Ammo ehtiyot bo'l, azizam. Bu dunyo jamiyat qabul qila olmaydiganlarga shafqat qilmaydi. Hayot kechirishga emas,

- yashab qolishga urinayotgan sho'rpeshonalarga kun bermaydi. - Ayol shunday dedi-yu, jilmayib oldimdan o'tib ketdi. qo'shildim.

Umuman olganda, uning fikriga Bir necha daqiqa piyoda yurgach, Chesterning uyi oldidan chiqdim. Bu ham Eliasning uyiga o'xshar, faqat bitta katta farq bor edi u Nyu-Yorkning eng nufuzli mavzelaridan biri.
Kvins, Forest Hillda joylashgandi.

Ikki qavatli, shiftlari baland, sirtiga qimmatbaho materiallar bilan bezak berilgan. Orqa tomonida keng hovlisi ham bo'lsa kerak... Mening uyim buning oldida xarobaga o'xshab qoladi. Avovadagi bobom-buvimning uylari ham.

Men kirib qolgan ko'chaga tun o'zgacha kayfiyat baxsh etar, uy tomiga va ichkariga kirayotgan o'smirlar ustiga ko'kish soya tashlab turardi. O'smirlar ko'p. Chester tug'ilgan kuniga butun maktabni taklif qilishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim.

Bo'lar ish bo'ldi. Kirish kerak. Oyoqlarim bo'shashib oldinga intildim.

Arang qadam bosardim. Xuddi ikki tovonimga tosh osib qo'yilgandek. Chesterning uyiga yaqinlashganim sari yuragim potirlar, nafasim tezlashib borardi.

- Hey, mana u, - dedi kimdir.

Tengdosh yigit-qizlar men tomonga qarab qo'yishar, kimdir
jilmayar, kimdir esa pichirlash bilan kifoyalanardi, ammo bir narsa aniq edi: hamma menga allaqanday hayrat bilan qarayotgandi.

Avvalgi g'alamislikdan nom-nishon qolmagandek go'yo.

Balki o'zimni ovutish uchun shunaqa xayollarga borayotgandirman. Har holda bunga o'zim javob topolmasligim tayin.

- Lamiya! - men tomonga Rubi yugurib kelardi. Rey ikkisi chindan ham meni mashinada kutib o'tirishgan ekan.- Ko'rinishing ajoyib! Ro'mol bunday ko'ylak bilan yarashadi deb o'ylamagandim.

- Oyim haqiqiy chevar, izoh berdim.

Meni uyga boshlab borishdi, sekin-asta yana o'sha noxush holatga qayta boshladim: ohista falajlanayotgandeksan-u, ayni vaqtda ichingda hamma narsa ag'dar-to'ntar bo'layotgandek.
guruhining yaqinda chiqqan plastinkasi jarang sochardi. Bu yoshlar Stereotizimga ulangan karnaylardan "Born In The U.S.A. bazmiga unchalik ham mos kelmaydigan qo'shiq, degan fik xayolimdan yarq etib o'tdi. Balki Chester amerikalik ekanligidan haddan ziyod faxrlanar va faqat naqarotni tinglashni xohlagandir?

- Ko'ylaging buncha zo'r, - shishirilgan turmakli, ko'k kofta va yorqin pushti yubka kiygan qiz oldimdan o'tib ketayotib
shunday dedi. Quloqlarida halqali ziraklar jiringladi.

Avvaliga boshqa birovga gapiryapti, degan xayolga bordim.

- Yuz foiz qo'shilaman, - ma'qulladi jingalak mallasoch. - Isming nima edi, uzr, xayolimdan ko'tarildi?

- Lamiya, - o'rnimga javob berdi Rubi.

- Jeks ikkimiz shokka tushdik! Lamiya, tan olish kerak, bugun hammani qoyil qoldirding.

Zo'raki jilmaydim. Aslida qoshlarimni chimirib, ularning yonib turgan ko'zlariga savolomuz tikilgim kelayotgandi. Qizlar tentaklarcha hiringlab, maktab basketbol jamoasining belgisi tushirilgan kurtka kiygan yigit tomonga ketishdi.

Atrof to'la musiqa, raqs, sho'x ovozlar, yeguliklar, gazli ichimliklar. Bari uncha yomon emasdek. Har holda men juda yomon ssenariyni kutgandim.

Ziyofatga yorqin kiyim ishqibozlari yig'ilgandi. Xatdagi so'zlar aniq esimda: "Yorqinroq kiyin". Bu qoidaga hamma amal qilgan ko'rinadi. Boshdan-oyoq to'q rangga oʻralib olgan mendan tashqari.

- Sharq go'zali baribir tashrif buyuribdilar-da?

Elias ortimda turardi. O'girildim.

Shu zahoti ko'z oldimda avtobusdagi sahna jonlandi. Shuning uchun bo'lsa kerak, uni ko'rganimda uncha achchiqlanmadim. Allanarsa hovurimdan tushishga undadi.

-Nima, boshqa narsani kutganmiding? - dedim. Dedim-u

pushaymon bo'ldim. Tilimni tiyishga harchand urinmay, ilojini Boshimga g'alva orttirmoqchi emasman, lekin mum gilolmasdim. E tishlab o'tirgim ham yo'q. Elias xuddi fikrlarimni o'qiyotgandek iljaydi, rostdan tilimga chiqarmadimmikan, deb shubhaga ham borib qoldim.

- Yo'q, - qo'l siltadi.. - Telbaligingni bilganim uchun ham kelishingni kutgandim.

Nimqorong'i mehmonxonada uning sochlari va ko'zlari yanada to'qroq ko'rinar, bunaqasi bo'lishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim. Havoda taranglik seziladi. Uning egnida sariq xudi, kapyushonini boshiga tashlab olgan. Shu ko'rinishida o'zini bo'yni yo'g'on yigitdek ko'rsatishga urinadigan tipik o'smirga aylanib qolgandi.

- Buni qanday uddalading? - qo'qqisdan so'radi Elias uzoq jimlikdan keyin.

- Nimani?

- Meni, butun Nyu-Yorkdagi eng zo'r skeytbordchini yengding-a.

- Sen ko'rsatgan tryuklarni to'rt yashar bola ham eplaydi.

Elias tirjaydi. Uzoq tikilib turdi, undan nari ketish istagi bilan kurashardim, ammo g'ururim yo'l qo'ymayotgandi.

- Ikkita istagingni bajarishim kerak, yodingdami? Uchta emas, faqat ikkita tryuk ko'rsatishga ulgurdim-ku.

-Ha-ya, yodimdan ko'tarilibdi.

- Hech narsa qilishning keragi yo'q, - javob berdim. - Menga sendan hech narsa kerak emas.

Boyadan beri jim turgan Rubini ergashtirib o'tib ketmoqchi bo'ldim, lekin Elias qo'li bilan yo'limni to'sdi. Baxtimga, menga qo'l tekkizmadi, faqat kaftini devorga tirab, oldinga o'tishga qo'ymadi.

- Bunaqasi ketmaydi, - xo'mraydi u. - Men bahsning hamma shartlarini bajaraman, tushunarlimi? Gohida g'ashimi keltirsang ham so'zimning ustidan chiqaman. Xo'sh, tila tilaging - Bir zum jimib, keyin qo'shimcha qildi: - Ogohlantirib qo'yay hech qanaqa bo'sa bo'lmaydi. Senga hayotda barmog'imning uchini ham tekkizmayman.

Bu gapim bilan nishonga urdim, boplab tahqirladim, deb o'yladi, lekin menga shunchalik baribir ediki, hatto ensa qotirishni ham o'zimga ep ko'rmadim.

- O, kimsan Lamiya Uaytning o'zlari-ku! - birdan qiz bolaning ovozi jarangladi.

Osmondan tushgandek paydo bo'lgan Kristina biz tomonga bir necha qadam bosdi, har zamonda qizil stakanchadan bir hoʻplab, labini cho'lpillatib qo'yardi. Meni bamaylixotir ko'zdan kechirarkan, xuddi kiyimimdagi, yuzimdagi va umuman qiyofamdagi har bir tafsilotni eslab qolmoqchidek edi.

Uning ortidagi qorong'ilik qa'ridan Chester chiqib keldi.

Ikkisining ham ko'rinishi ancha tahdidnok edi.

- Maktabda birinchi bo'lib bizga qarshi chiqishga haddi siqqan qizaloq qalay?- Tez orada holiga
maymunlar yig'laydi, shekilli. - dedi yigit.
Qonxo'r juftlik o'zining gapiga o'zi qahqah otdi.

Chester kashtan rangli sochlarini orqaga taragan, shu holida o'rimlariga qaramay Ronald Reyganni¹ oz-moz eslatardi.

- Jonajon ukangga rahming keldimi? - so'radi Kristina. Uning ovozi kuniga qutilab sigaret chekadigandek xirillab

qolganini endi ilg'adim. Kristina sekin yaqinlashdi. Shunchalik yaqinlashdiki, yupqagina maykasi ostidan bo'rtib turgan kindigidagi pirsingni ham ko'rib turardim.

- Axir so'zlaring qanchalik qimmatga tushishini aytib ogohlantirgandik-a...

Barmog'imni qimirlatishga ham ulgurmagandim hamki, dafatan yuz-ko'zimga allaqanday sovuq va achchiq narsa sachradi.

Bir necha soniya jimlik. Keyin esa..

Kulgi. Zolim, cho'ziq, masxaralovchi, vujudimni parchalab yuborishga qodir kulgi.

To'rt tomondan iskanjaga olayotgan kulgi.

- Hoy, - qulog'im ostida Rufning ovozi eshitildi va shu ondayoq namiqqan ro'molimni changallab olganini his qildim.

Azbaroyi dahshatga tushganimdan harakat qilishga ham majolim kelmadi, u kuch bilan ro'molimdan tortib yubordi.

Yaxshi hamki, ro'molim boshimdan uchib ketmadi. Lekin men uchib tushdim. Naq polga.. Atrofimda esa qahqah otayotgan o'smirlar. Chirkin va ikkiyuzlamachi qalbini osongina niqoblaydigan shafqatsiz va pastkash nusxalar.

- Ataylab qilmadim, - piching qildi Ruf. - Jin ursin, bu la'nati latta boshingdan tushmagani chatoq bo'ldi-da... Nima balo, kallangga mix bilan qoqib qo'yganmisan?

Men polda cho'k tushib o'tirar, yuzimga sepilgan allaqanday achimsiq ichkilikni kaftimning orqasi bilan zo'r berib artardim. Buni Kristina qildi, zarracha shubha yo'q.

Xonaning narigi burchagidan Eliasning ko'zlari boqib turardi.

U ishshayardi. Shunchaki ishshayardi. Xuddi quvnoq teleshou ko'rayotgandek, xuddi sirkda yirtqichni tomosha qilayotgandek. Xuddi qalbi kabi qora ko'zlari bundan zavqlanayotgandek.

Yo'q, bu men avtobusda ko'rgan Elias emas. Butun borliqni unutib, sahifalarni birin-ketin yutoqib, "Javdarzordagi xaloskor"ni zo'r ishtiyoq bilan mutolaa qilgan Elias emas.

Ko'nglim chilparchin bo'ldi.

O'rnimdan turdim. Yuragim esa o'sha yoqda o'z bo'laklariga ko'milib qolaverdi.

O‘n birinchi Bob

Hayot senga "mahkumsan" deb qichqirsa-yu, yana umid qilishda davom etaversang... Shunchalik ham sodda bo'ladimi odam degan.

Rubi meni kuzatib qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin yuzimga ichkilik sepib, ro'molimni yulqib olishlariga sal qolganida qayerda edi u
- Lamiya, juda xunuk ish boʻldi-da, kel, iltimos, men...

- Tinch qo'y meni - ovozim xuddi millari chiqillayotgan bombadek tahdidli eshitildi. O'ljasiga tashlanishga chog'langan yirtqichniki kabi. Obdan charxlangan pichoq kabi.
. - Yo'qol!

Rubi qotib qoldi, hammani turtib-surtib oldinga intildim, u esa ortimdan qarab qoldi. G'azabdan tishlarim g'ichirladi. bo'g'zimda tugun paydo boʻldi.

Ularning hammasidan nafratlanaman.

Nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman.

Ko'zimga hech narsa ko'rinmasdi. Turli tusga kirayotgan birgina-yagona xira dog'. Bu ko'z yoshi ekanligini taxmin qilsam-da, sharros quyib yuborgan yomg'ir yonoqlarimga tushishga-da ulgurmayotgan yoshlarimni yuvib ketardi.

Jala ostida bekat sari bordim. Soyabon ostiga yashiringan o'tkinchilar ajablanib men tomonga burilib qarashardi. Bu nigohlarga zarracha parvo qilmadim.

Hech narsani xohlamayotgandim. Avtobus to'xtadi, eshiklar ochildi. Tanga tashlab, chipta oldim, o'rindiqqa o'tirib, terlagan sovuq oynaga yonog'imni bosgancha yo'l bo'yi shu alfozda ketdim. Oyna ortida yomg'ir tomchilardi.

Uyga qaytish ziyofatga borishdan tezroq kechdi. Eshikni ochib, loyga botgan botinkalarim bilan ostona hatladim, boya yo'lda sotib olingan, chala yeyilgan Kranch batonchigini dahlizdagi stol ustiga tashladim. Oyim, dadam va Kani allaqachon uxlashyapti deb o'ylagandim. Yo'q, adashibman.

Poyabzalimni yechishga urinib eshik tutqichini shiqirlatayotganimni eshitgan oyim oshxonadan bosh chiqardi. Ko'rinishim rasvo bo'lsa kerak: ro'molim ip-ipigacha ivib ketgan, kiyimim bundan battar, Loyga belangan botinkam polda kulrang-jigarrang iz qoldirdi.

- Lamiya? - dahshatga tushdi oyim. - Nima bo'ldi? Menga yaqinlashdi.

Unga ma'nisiz nigohlarimni tikdim. - Hammasi joyida, - shivirladim. Har doimgidek.

Oyim hushini yig'ib olishga ulgurmasidan, oldidan o'tib, xonamga ko'tarildim. Madorim faqat kiyimimni yechib, chetga uloqtirishga, to'shakka kirib, bugungi kunni la'natlashga yetdi.

Deraza pardalari ochiq, hamon ko'chaning narigi bo'yidagi hashamatli uy ko'rinib turibdi. U endi xayolimda Elias bilan qattiq bog'liqlik hosil qilib qolgandi.

Uydan ham uning o'zi kabi nafratlanib ketdim.

G'azabim toshib, pardani tortib, manzarani to'sdim.

Bir necha daqiqalik sassiz nolishlarimdan keyin xonaga

oyim kirib keldi. Ingichka nur shu'lasi kattalashib, butun xonani yoritishini kuzatib turdim.

- Lamiya, - dedi u ohista.

Oyim odimlab, karavot boshiga keldi, men esa yuzimni yotiqqa bosgancha yotaverdim.

- Lamiya, iltimos, menga qara.

Bo'ysundim.

Ovim kursini tortib, karavot oldiga o'tirdi, bir finjon kakan va pechenyeli likopcha turgan patnisni uzatdi.

- Nima bo'ldi, qani gapir-chi.

Agar hozir so'z boshlasam, yig'logi qizchadek ho'ngrab yuborishimni his qildim. Bundan battar tahqir bo'lmaydi.

- Hech narsa bo'lgani yo'q, - yolg'on gapirdim. Buni volg'on deyish ham to'g'ri emasdi, chunki rost gapirmayotganimni oyimning o'zi ham tushunib turardi.

- Nega sochlaring ho'l?

- Shunchaki vaqtichog'lik qildik.

Ovozim arang chiqar, kamiga yuzimning yarmi yumshoq yostiqqa ko'milib turgani uchun tuzuk-quruq eshitilmasdi ham.

- Seni kimdir xafa qilgan, - qat'iy dedi oyim. - Va men bu kimligini bilmoqchiman.

- Ertaga dadam ikkingizni maktabga chaqirishgan, - tan oldim. Chamasi, shunchaki bu suhbatga nuqta qo'yib, boshqa mavzuga o'tmoqchi edim.

Oyim hayron qoldi.

- Nega? Biron jiddiy kor-hol ro'y berdimi?

- Ha. Ryukzakimdan o'g'irlangan zirak topib olishdi. Direktor ularning o'g'irlanganini mendan ko'ryapti.

Oyim "sen o'g'irlaganing yo'qmi?" kabi ahmoqona savollarni berib o'tirmadi, chunki tuqqan qizini juda yaxshi biladi. Sevimli qizalog'ingni oqlash uchungina ahmoqona bahona topish maqsadida o'zingni go'llikka solishga urinish emasdi bu. Yo'q. Oyim shunchaki bunday ish qo'limdan kelmasligini bilardi xolos.

- Nega ziraklar Qanaqasiga bunday bo'ldi? ryukzakingga tushib qoldi? - so'radi u.

- Bilmayman... Bilishni ham istamayman.

Yuzimga yopishib qolgan sochlarimni surib, ko'rpaga burkalib oldim va eng yaxshi hayot haqida orzularga cho'mdim. Bu muammolardan xoli hayot haqida.

- Tentak Lamiya. O Xudo, qanchalar tentaksan, Lamiva. Kel, vaxshisi, ertaga gaplashamiz, - dedi oyim nihoyat.

U mehr bilan yelkamga qo'l qo'yib, asta shapatiladi-da, o'rnidan turib xonadan chiqdi.

Ko'chadan qo'ng'izlarning chirillashi, olisdan turli ovozlar eshitiladi, ziyofatni eslatuvchi qo'shiq quloqqa chalinadi. Qahqaha, og'riq va mudhish kalakalarni.

Eliasning qiyofasini. Chesterning uyida iljayishga aylangan avtobusdagi tabassumini. Avvaliga uning qarashlari shunchalar mehrli edi. og'zidan jirkanch so'zlar chiqmasdi, keyin esa meni sariq chaqaga olmasligini butun borlig'i bilan tasdiqladi. Bu dunyoda uning safida menga joy yo'qligini.

Bir inson, ikki qiyofa. Qay biriga ishonishni bilmaysan.

Hammasidan nafratlanaman.

Shu o'y bilan uxlab qoldim.

Tanaffusga qo'ng'iroq chalindi, gala o'smirlar shu zahotiyoq sinfxonadan otilib chiqdi.

Ota-onam o'n ikkida kelishadi, shuning uchun bemalol kutubxonaga kirib, biron kitob olib, maktabdagi rangsiz kunlarimdan biroz chalg'ishim mumkin.

Kitoblarga liq to'la xonaga kirib, qog'oz isini tuyib o'yladim: bu yerda ishlash mazza bo'lsa kerak. Maktab kutubxonasi rang-barang muqovalar ostidagi rangpar, sarg'imtir yoki oppoq sahifalarda saqlanayotgan minglab hikoyalar jamlangan joy. Odam uncha ko'p emaskan, bundan ichimda quvonib qo'ydim.

G'adir-budur muqovalarni barmoqlarim bilan siypalagancha tokchalar pralab yura boshladim. Ayrim kitoblar azbary eskiligidan sarg'ayib ulgurgan, ulardan o'zgacha ajoyib is ufuraedt Eski kitoblarning hidi jon-u dilim.

Qo'lim o'z-o'zidan to'xtadi.

"Javdarzordagi xaloskor" qo'lga oldim.. Ichimda yoqimsiz qaltiroq turdi, ammo tezda o'zimni Kitobning yon qismidagi sarlavhani o'qidim:

Bunday bema nigarchilikka vaqtim yo'q.

Deyarli o'ylab o'tirmay, kitobni oldim, bo'sh stolga o'tirib, birinchi sahifani ochdim.

"Haqiqatdan ham bu hikoyani tinglashga chog'langan qayerda o'tkazganim, tug'ilgunimga qadar ota-onam nima ish ekansiz, avvalo qayerda tug'ilganim, ahmoqona bolaligimni qilgani bir so'z bilan aytganda, devidkopperfildcha safsatani eshitishni istarsiz, ehtimol. Ammo rosti, bularni kovlashtirib o'tirishga hushim yo'q".

O'yladim: mening ham ahmoqona bolaligimni kovlashtirishga tobim yo'q. Holbuki, eslashga arziydi. Axir bu hayotimdagi birdan-bir yorqinlik edi, ehtimol.

Kitobga boshim bilan sho'ng'ib ketishga umid qilib, mutolaaga kirishdim. Ammo uni Elias o'qigani uchun emas. Aslo.

Shunchaki u nimani tanlash mumkinligiga ishora qilgandek edi.

Sirtdan bu bahonaga o'xshab ko'rinishi mumkin.

Rostini aytganda, o'zim ham shunday fikrga borgan bo'lardim. Keyingi sahifani ochdim. So'ng yana. Yana va yana. Sahifalar ortda qolar, jumlalarni birin-ketin yutoqar, syujet esa hali boshlanmagandi ham.

Buni qarangki, tolesizlik borasida Xolden' bilan hamqismat ekanmiz. Chunki ikkimizning ham hayotimiz Nyu-York bilan bog'langan. Kulrang va zolim shahar bilan. Faqat u hayotning mazmunini izlab, shaharni kezishga qaror qiladi, men esa allaqachon bu dunyoda o'z yo'lini yo'qotgan baxtiqaroman.

- Sizga qo'shilsam, qarshi emasmisiz, Uayt xonim?

Kutilmagan murojaatdan sal qolsa kitobni tushirib yuborayozdim, xuddi yana biron narsa uchib kelishidan hadiksiragandek, juda sekin boshimni ko'tardim. Janob Xemmings shunchalik oqko'ngillik bilan kulimsirab turardiki, javoban
jilmaymaslik imkonsiz edi.
- Yo'q, bemalol.

Bilmayman, nega unday dedim? Rad javobini berish uchun biron narsa o'ylab topsam bo'lardi-ku. Biologiya muallimi ro'paramga o'tirdi. Jildidan ensiklopediyaga o'xshash qalingina kitobni stol ustiga qo'ydi.

- Ishlaringiz qalay, Uayt xonim? O'qishlar qanday ketyapti?

- Bir maromda. Har doimgidek.

Ovozimdagi tushkunlikni sezmaslik imkonsiz edi.

- Bo'lib o'tgan ishdan xabarim bor, - dedi u.

Uyatdan yer yorilsa-yu kirib ketsam.

- Lekin bu ishni siz qilmaganingizga ishonaman.

Tushunqiramay qoshlarimni chimirdim. U kechagi ziyofat va sharmandagarchilikni emas, ziraklarni nazarda tutayotganini tushunib, yengil tortdim.

Nega aybsizligimga ishonyapsiz? chetga surib. so'radim .

- Siz odamda sofdil qiz sifatida taassurot qoldirasiz.

- Shu xolosmi? Javobingiz faqat shumi?

- Afsuski, ha.

Boshimni quyi soldim, stolning yog'och qoplamasiga tikildim. Sukunat uzoqqa cho'zilmadi.

- Qanday uddalayapsiz? - so'radi - janob Xemmings Shtatlarda musulmonlarning hayoti oson emasligidan muncha xabarim bor, shunga qaramay, hech narsa bo'lmagandel maktabga qatnashga o'zingizda kuch topa olasiz. Hamma sizga loy chaplashga shay. Bunga qanday dosh beryapsiz?

Javob o'ta jo'n bo'lsa hamki aytishga qaror qildim:

- Shunchaki ko'nikib ketganman.

- Nahotki vaziyatni o'zgartirishni xohlamasangiz?

Uning so'zlari meni ajablantirdi, hatto biroz shoshirib ham qo'ydi .
- Nimani nazarda tutyapsiz? so'radim.

- Nimani nazarda tutayotganimni juda yaxshi tushundingiz, Uayt xonim. Bularning baridan voz kechishni istarmidingiz?

"Bularning bari" deganda, tabiiyki, ro'molimga ishora qilayotgandi. Bu aniq.

- Yo'q. E'tiqodim men uchun bir gala tentakning fikridan ko'ra muhim.

- Juda ham yaxshi javob.

Suhbat shu nuqtada tugadi, deb o'ylagandim, ammo janob Xemmingsning ketish niyati borga o'xshamaydi. Bir necha soniyadan keyin yana so'z ochdi.

- ACT sanalarini bilib oldingizmi?

- Ha, bosh irg'idim.

- Tayyorgarlik qanday ketyapti? Tayyorlanyapsizmi axir?

Rostini aytgim keldi: rasvo. Ammo bu holatda o'zimni unchalik odobli tutmagan bo'lardim, shu sababli qisqa javob bilan kifoyalanishga to'g'ri keldi.

- Bo'ladi.

- O'zingiz tayyorlanyapsizmi yoki repetitorlardan yordam olyapsizmi? Har holda, imtihonlar ancha murakkab.

Bu so'zlar shunchalik be'mani ediki, pishqirishdan o'zimni tiyolmadim.

- Repetitorni uydagilarning cho'ntagi ko'tarmaydi

ichimdagi yoqimsiz hisni inkor etib, rostini aytib qo'ya qoldim. O'zimni xohishlarini ota-onasi ko'tara olmaydigan bechora boladek tutayotgandim.

Janob Xemmings o'ylanib qoldi. Menga rahmi kelayotgan, ko'chada oriqqina kir qo'llarini cho'zgancha tilanayotgan sho'rlik boladek achinayotgan bo'lsa kerak.

- Sizga yordam berishni astoydil xohlardim, Uayt xonim. Shu bois, siz uchun ajoyib bir imkoniyat borligini aytmasam bo'lmas, dafatan yana so'zga tushdi muallim. - Elias Konli eng a'lochi o'quvchilarimizdan biri. O'tgan yili u kimyo boʻyicha o'zlashtirishi eng sust o'quvchi janob Silvani tayyorlashning uddasidan chiqqan. Ko'rib turibman, salohiyatingiz bor, sinfdoshlaringiz bilan munosabatlaringizga havas qilib bo'lmasa-da, darslarda mavzularni yaxshi o'zlashtiryapsiz. O'ylaymanki, janob Konli bu masalada sizga qarashib yubora oladi.
Aslo! Hech qachon! Jig'ibiyron bo'lganimdan qornim buradi.
- Yo'q, rahmat, janob Xemmings,- bosh chayqadim. Azbaroyi qattiq chayqaganimdan bo'ynim qisirlab ketgandek bo'ldi. Elias eng a'lochi o'quvchilardan biri bo'lsa bordir, bunga ishonaman, lekin u maktabda menga eng yomon munosabatdagi odamlardan biri ham. Taklifingiz uchun rahmat, lekin qabul qila olmayman.

- Siz meni noto'g'ri tushundingiz, Uayt xonim, jilmaydi o'qituvchi. Bu taklif emas, buyruq. Hamma narsani o'z nomi bilan ataydigan bo'lsak. Bugundan boshlab mening xonamda har kuni bir soat janob Konli bilan shug'ullanasiz. Umid qilamanki, so'zimni yerda qoldirmaysiz, chunki bu foydangizga xizmat qiladi, Uayt xonim.

U qalingina kitobini stol ustidan olib, ortiq bir so'z demay, nari ketdi.

O‘n ikkinchi Bob

Hayotdan battar nafratlanib ketdim.

{ Asar Freya Holmes tomonidan teletype ko‘rinishida yozildi }

Sen bir olam, Men o‘zga olam
Yettinchi Bob

- O. sharq go'zali. Seni ko'rib, boshim osmonga yetdi.- yigit shunday deb, kesatayotganini ko'rsatish uchun barmog'i bilan qo'shtirnoq belgisini tasvirladi.

U ham mendan kam ajablanmagan, faqat bu so'zlarni bosiq ohangda ayta oladigan darajada o'zini juda yaxshi tuta olayotgandi.

Men esa boshqacha odamman. Ko'zlarimga ishonmay qotib qoldim, u ko'z oldimda barmog'ini shiqillatgandagina o'zimga keldim.

Elias qarshimda uy kiyimida turardi. Och tusdagi odmi jinsi, allaqanday pank guruhning tasviri tushirilgan oddiy futbolka. Qora sochlari to'zg'igan, xuddi uyqudan turib kelgandek.

- Sen bilan bu yerda qaqqayib turishga vaqtim yo'q, nega kelganingni aytib, qorangni o'chirarsan-a balki? - achchiqlanib dedi u.

Nihoyat o'zimga keldim. Bir og'iz so'z aytmay, qo'limdagi xatjildlarni g'ijimlab, kuch bilan uning ko'ksiga itqitib yubordim. Qattiq itqitganimdan hatto chayqalib ketdi, xatjildlar sochilib ketmasligi uchun beixtiyor ushlab qoldi.

So'ng shart burilib ketdim, ortimdan uning masxaraomuz, qahr va nafratga to'la nigohlarini his qilib turardim. Uyga yetgach, eshikni qarsillab yopdim, bundan o'zimning kulgim qistadi. Xuddiki bu bilan undan o'ch olishim mumkindek. Ota-onasining navbatdagi taqiqidan xafa bo'lgan yosh bola kabi. Yaxshiyamki, qarsillash oshxonada dasturxon atrofida o'tirgan oilamning e'tiborini tortmadi va tinchgina xonamga ko'tarildim.

Derazani ochdim, xonaga toza havo kirdi. Nigohlarim ro'paradagi uyning katta eshigiga tikildi. Elias allaqachon Vi Pardani tortdim, tunchiroqni yoqdim, yostiq tagidan yondaftar olib, sevimli mashg'ulotimga kirishdim rasm chiza boshladim Bu gal ichimdagi doimiy qulash hissini, bu his yetaklak keladigan xayollarni qog'ozga tushirishga urindim.

Boshni, so'ng orasidan bilinar-bilinmas qorachiqlar ko'rish turgan vujud, xuddi allaqayga qulayotgandek boshni changall turgan nim shaffof qovoqlarni chizdim. Keyin bo'yin, g'ujan olgan oriq qo'llar, barmoqlar orasidan to'zg'igan to'q sochlar Rasmlarimda og'riqlarimni aks ettirishni yaxshi ko'raman Yelkamdan tog ag'darilgandek bo'ladi. Kimdir qalbda suhbatlashganida yengil tortganidek.

Sketchni tamomlagach, pastiga chiroyli mayda harflar bil yozib qo'ydim:

Ichimdagi doimiy qulash hissi.

Sanani yozib, yondaftarni yopdim, ko'nglim taskin topgande bo'ldi.

- Shu tariqa, hujayra tuzilmasi va ishlashini tushunish ti organizmda kechadigan ko'plab jarayonlarni anglashning asosi hisoblanadi.

Sinfning yarmi ko'zi ochiq holda mudrab yotardi. Men han shular sirasida edim.

Har holda, o'zimni aldashga urinishdan foyda yo'q.

Bu gal eng oxirgi partada o'tirgancha qalamni g'a miyamda yoqimsiz sahnalar g'ujg'on aylanardi. Ya'ni qandą qilib Chesterning tug'ilgan kuniga kirib borishim. U yerda nima kutayotganini tasavvur ham qilolmasdim, lekin bu xayollam xira pashshani nari surgandek tezda haydab yubordim.

Hammasi Kani uchun.

Liq to'la sinfda oxirgi partada o'tirish o'ziga xos ustunlik beradi. Bu yerdan hamma, har narsa ko'rinib turadi. Aksar o'quvchilar o'zini yozuv taxtasida hujayralarning rasmini chizib. tagiga allanimalarni yozayotgan o'qituvchini diqqat bilan tinglayotganga solib o'tiribdi. Kimdir darslik bilan daftarini to'sib olgancha, g'alati naqshlar solish bilan band; odatda hammamiz ham chidab bo'lmas zerikish onlarida shunday qilamiz.

Chester va Kristina tomonga qaramaslikka harchand urinmay, xayolimdan ularning ismi o'tishi hamon nigohim o'z-o'zidan shu tomonga yugurardi. Ular stul suyanchig'iga yastanib, saqich chapillatgancha yozuvtaxtasiga tikilib turishardi.

Yigit qizning stuli suyanchig'idan qo'lini shunday o'tkazib olganki, xuddi yelkasidan yengil quchoqlab turganga o'xshaydi. Ular men tomonga qarashmas, shuning o'zidanoq ichim yorishardi.

Ey Xudo, bunchalar qo'rqoqman-a. Bunday emasligiga o'zimni ishontirish qanchalik foydasiz.

Sitoplazma o'z tarkibida turli molekulalarni hamda mitoxondriya, ribosoma va Goldji kabi organellalarni saqlaydi, janob Xemmings nihoyat bo'rni joyiga qo'ydi. - Endi, aytinglar-chi, qaysi DNK yadroga ega?

Sinfxonada faqat bitta qo'l ko'tarildi.

- Xo'sh, janob Konli? - bosh irg'idi muallim.

- Genetik ma'lumotni tashuvchi DNK tarkibida yadro mavjud, - javob berdi tanish ovoz.

Bu Elias edi.

Vujudim tirishdi.

- Juda soz, janob Konli, - muallim yoyilib jilmaydi. U doim o'quvchilarining muvaffaqiyatidan quvonadigandek taassurot qoldirardi. - Javobingiz to'g'ri.
Elias ayni shu so'zlarni kutgandek ko'rindi. Daftar bo'ylab, ruchkasini yurgizib, yana tilga kirdi:

- kelgusi rivojida qaysi yo'nalishlar muhim o'rin tutadi? Hozit Janob Xemmings, nima deb o'ylaysiz, biologiyanins, kolleiga kirish uchun shu mavzuga qiziqib yuribman. Shunchaki juda ham qiziq.

Muallim o'z stolining oldiga borib o'tirdi.

- Juda ham qiziq savol, yigitcha. Fikrimcha, yaqin kelajakda biotexnologiyalar va gen injeneriyasi yo'nalishlari rivojlanadi Shuningdek, ekotizimlar va bioxilma-xillikni o'rganish ham muhim sohaga aylanadi, chunki ular hayotimiz bilan, sayyora farovonligi bilan bevosita bog'liq.

Elias bosh irg'ib, yana so'z qotdi:

- Fikringizga qo'shilaman... Umuman olganda, bilasizmi, janob Xemmings, menimcha, bizning avlodning eng muhim vazifasi har qanday holatda ham... tabiatni asrab qolish va muhofaza etish. Ayniqsa, unga allaqachon yetkazilgan zararmi hisobga olsak.

- Ajoyib fikrlar! Mutlaqo to'g'ri. Mulohazalaringiz chindan jiddiy bo'lsa, shaxsan sizdan xavotirlanmasam ham bo'ladi. Ishonchim komil, siz tabiat muhofazasiga, umuman fan rivojiga munosib hissa qo'shasiz.

Sodir bo'layotganlardan ozmuncha hayratlanmayotgandim.

Kristina, Chester, Elias... bunaqalarning hammasini... umuman olganda, maktab elitasiga mansub bo'lganlarni yoppasiga uchchiga chiqqan dangasa va bekorchi, o'qishga layoqatsiz deb hisoblash g'alatidek ko'rinar balki. Ammo menda aynan shunday tasavvur shakllanib qolgandi. Taniqlimi, demak, ahmoq, tuturiqsiz, dimog'dor va yana shunga o'xshash bir talay sifatlar xayolimga keladi.

Ammo Elias muallimga bergan savollari bilan bu fikrimni chippakka chiqardi hisob.

- Uayt xonim, siz bu borada nima deb o'ylaysiz? - Familiyamni eshitib, sapchib tushishimga sal qoldi.

Nafratlanaman bu hisdan.

Janob Xemmings o'ziga xos o'sha tabassum bilan menga tikilib turardi. Gohida bu odam jilmaymasligi mumkin emasdek. bu uning bisotidagi yagona yuz ifodasidek tuyuladi.

Tanglayimni taqillatishdan o'zimni arang tiyib qoldim.

- So'zlaringizga qo'shilaman,- ayta olganim faqat shu bo‘ldi.

-Batafsilroq tushuntirsangiz?

Yana barcha nigohlar menga qadaldi. Balki bunga ko'nika olarman?

- Qani, fikringizni aniqroq va kengroq tushuntiring, iltimos.
- dedi muallim stolga tayanib. - Deylik, diningizda tabiatga munosabat qanaqa? To'g'rirog'i, Islom ta'limotida tabiatga munosabat qanday?

Undan juda ham jahlim chiqdi, vaholanki, men bilan biroz bo'lsa-da yaqinlashish maqsadida bu savolni berganini tushunib turardim. Ammo buning ortidan meni nishonga oladigan nigohlarga toqatim yo'q.

- Tabiatni Xudo yaratgan va unga ziyon yetkazishga dedim tezgina, - bu mavzuga tezroq nuqta haqqimiz yo'q. qo'yish istagi zo'r keldi.

- Xudo bor, degan gapni qayoqdan olding o'zi? - to'satdan so'radi Elias.

Boshimni ko'tardim.

U javobimni kuchli qiziqish bilan kutib, iljayib turardi. O'pkamni to'ldirib nafas oldim-da, javob berish kerakmi yoki mavzuni o'zgartirgan ma'qulmi, o'ylab qoldim.

- Senga kosmologik dalil keltiraymi, axloqiymi, ontologikmi yoki teologik? - dedim uzoq o'ylab o'tirmay.

Bu gal Elias hissiyotlarini boshqarolmay qoldi va hayratlanah burganimizdan oshkora mamnunligini ko'z qirim bilan ilg'adim. qo'zg'alib qo'yganini, Elias bilan suhbatni bu yo'nalishga Garchi u biologiyadan saboq bersa ham, ko'proq dinshunoslikka qiziqadigandek tuyulardi.
- Bunaqa so'zlardan xabaring ham bo'lmasa kerak. davom etdim men.

Kimdir hihiladi.

O'ta g'alati va notanish hisni tuydim.

Yo'q, mening ustimdan kulishmayotgandi. Hoynahoy, birinchi marta.

- O'zingcha eng aqllimisan? - uning lablari iljayishdan to'xtamasdi. Ya'ni u, dedi Elias masalan, Kristina bilan ehtimoliy to'qnashuvda kutish mumkin bo'lganidek, achchiqlanmayotgandi.

- Eng ahmoq emas, har holda,- ayni ohangda javob berdim.

Nigohlarimiz haqiqiy duelda bemalol jangga kirishishi mumkin edi. Va katta ehtimol bilan u g'olib kelgan bo'lardi. To'g'riyam-da, mening g'alaba uchun o'ta sokinlik qiladigan och yashil ko'zlarim uning tun kabi qaro ko'zlariga bas kela olmaydi.

- Xo'sh,- janob Xemmings kaftini urib, nigohlar jangiga nuqta qo'ydi, - menimcha, bunchalik shaxsiy mavzularni biologiya darsida muhokama qilmagan ma'qul. Buning uchun har doim tanaffus va darsdan tashqari vaqt bor.

Xayolan undan mingdan-ming minnatdor bo'lib, nihoyat erkin nafas oldim. Elias haqida esa bunday deb bo'lmasdi, u hamon menga sinchkov tikilishda davom etdi.

Darsning qolgan qismida uni inkor qilib o'tirishga to'g'ri keldi.

Oshxona. Shovqin. Suhbatlar.

Ro'paramda Rubi Reyning tizzasiga o'tirib olib, yangi manikyurini ko'z-ko'z qilar, yigit esa rostakarniga qiziqayotgandek qarab turardi. Men esa sutli kokteyldan sipqorgancha noxush fikrlarni nari quvib, imtihonga tayyorgarlik haqida o'ylashga tirishardim.

- Shunday qilib nima qarorga kelding. Lamiya?

so'radi Rubi. Garchi uning ovozi oshxona shovqini oldida chivinning qanot qoqishidek bo'lsa-da, kutilmagan murojaatdan seskanib ketdim.

- Qaysi masalada?- so'radim.

- Chesterning tug'ilgan kunini aytyapman.

Xavf haqida endigina eslagandek bo'ldim. Kokteylni chetga surdim-u zumda unutdim. Quloqlarim ostida Chester va Kristinaning so'zlari jarangladi.

- Boraman. - dedim uzil-kesil. - Boshqa choram yo'q. - Rey va Rubi ajablanib ko'z urishtirib olishdi.

- Nima deganing u boshqa choram yo'q? - so'radi yigit.

Nima bo'lsa bo'lar. Bu dunyoda ko'nglimning bir uchini kimgadir ochsam, osmon uzilib yerga tushmas axir.

- Ularning aytishicha, rozi bo'lmasam, ukamga ozor yetkazisharkan.

Yigit va qizning qiyofasi o'zgarmadi. Xuddi Yer dumaloq. degan oddiy gapni eshitgandek.

- Ajablanmadim, - chuqur xo'rsindi Rubi. - Mening o'rnimda boshqa birov ham ajablanmagan bo'lardi.

- Lekin borish ham unchalik to'g'ri fikr emas, - qo'shimcha
qildi Rey, garchi buni usiz ham tushunib turgan bo'lsam-da. Bu gal men xo'rsindim.

Yana xayollarimga g'arq bo'lay deb turganimda oldimda kimdir paydo bo'ldi. Bezbetligim uchun o'ch olish maqsadida Elias keldi - tabiiyki, xayolimga kelgan birinchi fikr shu bo'ldi.

Ammo o'girib qaraganimda, baxtimga, uning qora ko'zlarini emas, och pushti yubka va po'rtaxol tusli kofta kiygan qizning nigohlarini uchratdim.

Nima, u menga jilmayib qarayaptimi?

- Salom, - dedi notanish qiz xuddi uni shu zahoti tanishim kerakdek

- Salom. dedim astoydil taajjublanib.

- Biologiya darsida gaplaringni eshitdim. Aytmoqchi edimki, zo'r ekansan

Hazilmi bu?

U adashdi yoki boshqa birovga o'xshatdi, degan qarorga kelib bo'lgandim. Yoki zarracha bo'lsa-da hurmatga muhtoj ongim xayollarga erk beryaptimikan?

Umuman, bu istalgan narsa bo'lishi mumkin, faqat amalda kutilayotgan narsa emas.

- Men...- kerakli so'zni topa olmayotgan g'alchadek kalovlanardim.

- Allaqachon bu tirraqilarning burnini yerga ishqab qo'yish kerak edi o'zi, - davom etdi qiz. Men esa hamon gap nimadaligini tushuna olmayotgandim.

- Sizlar bunga qodirsizlar, - deb o'ylamovdim...

- Uzrku-ya, lekin... nimani nazarda tutyapsan?

u paydo bo'lgan zahoti tug'ilgan o'ng'aysizlikdan qutulish istagida gapini bo'ldim.

- Kecha Kristinaga aytgan gaplaringni va bugun biologiya namoyishkorona darsida bo'lgan holatni aytyapman, - tishlarini ko'rsatib iljaydi qiz.

Ana endi tushundim.

Lekin nima deb javob berish kerakligi, hatto nimani his qilish lozimligini ham aqlimga sig'dirolmasdim. Bir tomondan, mening gaplarimni kimdir "zo'r" deb hisoblagani juda-juda yoqimli, lekin boshqa tomondan... Boshqalarning e'tibor markaziga tushishga umuman hushim yo'q. chunki yuqori sinflarda yangiliklar qanchalik tez tarqalishini juda yaxshi bilaman.

- Rahmat. - deya bosh irg'idim, bu harakatda dunyoning jamiki o'ng'aysizligi jamlangandi.

- Xohlagan vaqtingda bizning davramizga qo'shilishing mumkin. Yaqindan tanishib olardik.

Muloyimlik bilan rad javobini berish uchun endi og'iz juftlagan edim hamki, uning ortida nozikkina vujudiga soya solib Elias paydo bo'ldi. Qiz, tabiiyki, uni darhol ilg'adi, cho'chib, o'zini chetga oldi.

- Nimalar haqida gaplashayotganingizni bilsam bo'ladimi, - dedi u soxta do'stona ohangda. - qizlar? qo'shilsam, qarshimasmisiz? Suhbatingizga

Elias javobni kutib o'tirmay yonimga cho'kdi. Tag'in o'ta yaqin, o'ta shilqimona. O'ta g'ashni keltiruvchi.

- Ijozating bilan so'rasam, sharq go'zali, bu nima edi? Biologiya darsida.

Unga o'girilib qarashga o'zimga izn berdim.

- Nimani nazarda tutyapsan?- Tushunmayapman, so'zlarimda uni nazarga ilmaslikka zo'r ishtiyoq sezilib turardi. Bu ritorik savol edi. Javobni eshitgim yo'q edi.

Shunga qaramay, u ayyorona iljayib, so'z qotdi:

- Bezbetliging yaxshilikka olib kelmaydi. Bu maktabda emas.

- Menga baribir. Sur bu yerdan.

Pushti-sariq ust-boshli qiz kafti bilan og'zini to'sdi: yo hayratga tushdi, yoki kulgisi qistadi. Elias unga bir qur nazar tashladi, avzoyi o'zgargan qiz tezda o'zini o'nglab oldi.

- Qara, El. Rey. kuchidami? e'tiborni o'ziga tortib gapga qo'shikli bugungi- ziyofat masalasi nima bo'lyapti? Hammasi o‘z kuchidami?

Elias atigi bir necha soniyaga mendan nigohini uzib, yigit tomonga yuzlandi.

- O, eslatganing uchun rahmat! - Eliasning yana menga qadalgan nigohidan ko'rinib turibdiki, Reyning chalg'ituvchi hiylasi tantanali ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

- Bilasanmi, ziyofatga nima kiyib borishingga juda qiziqyapman.

- Agar hozir tuyog'ingni shiqillatmasang, sening teringdan po'stak kiyib boraman.

Piq etib kulgan tovush eshitildi. Bu Reyning so'zlarimga munosabati edi. U tomonga qaradim, lekin nigohlarim hayratdan og'zi lang ochilib qolgan Rubiga tushdi.

Nahotki hech kim hech qachon bu surbetlarga javob qaytarmagan bo'lsa?! Aks holda, bunday g'alati munosabatni qanday izohlash mumkin?

- Chakki emas, sharq go'zali, - iljaydi Elias va qo'qqisdan ro'molimni uchidan tortqiladi, yaxshi hamki, sochlarim ko'rinib qoladigan darajada qattiq emas. Ammo g'azabdan bir qarich sapchib tushishim uchun shuning o'zi yetarli bo'ldi. Bu kutilmagan harakatdan kursida arang o'tirib qoldim, dahshatdan ko'zlarim chaqchayib ketdi.

- Ziyofatga bu lattangni o'rab kelma, - dedi u o'zining tuturiqsiz harakatini izohlab. - Hammaning kayfiyatini buzganing qoladi.

- Modomiki qovoqkalla do'stlaringning kayfiyati shunchalik aziz bo'lsa, meni chaqirmay qo'ya qolsanglar ham bo'lardi, - dedim vishillab, g'azab bilan qoshlarimni kergancha. Menga tahdid qilishga ham hojat qolmasdi.

Elias yanada yoyilib namoyishkorona iljaydi, bu iljayishda uning xunukdan-xunuk siyratining jamiki zahri, jamiki zaqqumi jamlangandi.

- Lekin busiz ko'ngilxushlik bo'larkanmi?

U shunday dedi-yu hamon mum tishlab o'tirgan Rey va Rubi bilan soxtakorona xayrlashib, do'stlari kutib turgan stol tomon ketdi.

Men esa o'zimni himoya qilishim, haqiqiy jangchidek beshafqat dushmanlarni mag'lub etishimga to'g'ri kelishi haqidagi noxush o'ylar bilan qoldim.

Ammo raqiblarim safiga o'qituvchilar ham kirishini kim ham bilibdi? Buni Deyfus xonim oshxonaga kirib, hammadan tinchlik saqlashni so'ragach, xonasiga u bilan borishimni so'raganida tushundim.

Bir narsani aniq bilardim katta ehtimol bilan gap yana ro'molim haqida.

Sakkizinchi Bob

O'lim jazosi sari yetaklab borilayotgan mahbus nimani his qiladi? Menimcha, endi buni bilaman.

Avvaliga atrofdagi hamma shivir-shivirga tushib, vaziyatni muhokama qilishga kirishib ketganida Deyfus xonim ryukzakimni ham o'zim bilan olishni so'radi. Bir daqiqadan keyin esa allaqachon ikkinchi qavatga 'tarilgandik. Shoshilmay, hech bir gap-so'zsiz. Ammo yuragim hamon po'killayotgandi. Qiziq-ku axir. Hayajonlanmayapman, desam ham bo'ladi, chunki aniq bilaman, o'z haqqimni talab qilishda davom etaman, ammo boshqa tomondan, qaysidir ma'noda kelajagimga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan odam bilan sen-menga borishni ham xohlamasdim. Har holda, bu la'nati maktabning o'quvchisiman hali.

Umuman, esankirab qoldim, ikkala ehtimol ham meni unchalik qoniqtirmayotgandi.

Bir daqiqa ham o'tmay, yarim bo'sh yo'lak o'rtasiga, direktorning xonasiga yetib qoldik. Deyfus xonim eshikni sharaqlab ochganida ikki nafar notanish odamga ko'zim tushdi. O'qituvchi bo'lishsa kerak. Shundagina masala ro'moldan ko'ra ancha jiddiyligini tushundim, asablarim tordek taranglashdi.

- Kiring, Uayt xonim, dedi direktor. Mador qochgan oyoqlarimni arang sudrab xonaga kirdim. Notanishlar erkak va yoshi kattaroq ayol xushlamaygina meni ko'zdan yosh kechirishdi. Qizig'i, bunga unchalik ahamiyat ham bermadim. O'xshash holatlarga tez-tez duch kelaman.

- Ryukzakingni koʻrsat, - he yo'q be yo'q so'z boshladi ayol.

Margaret, erkak uni tinchlantirishga urindi, so'ng menga qaradi. - Ryukzakingizni ochib ko'rsata olasizmi, iltimos, Ichimdan zil ketdim, o'zimni xuddi chegaradan kontrabanda olib o'tayotgandek his qildim.

Ko'z o'ngimda bir necha oy oldin sodir bo'lgan holat jonlandi. O'shanda politsiyachi qo'pollik bilan tirsagimdan tutib o'ziga qaratib olgandi. Uning qiyofasida nafrat aks etar, zudlik bilan ryukzakimni ochib ko'rsatishni buyurgandi. Shunday qildim ham. Boshqa choram bormidi? Qonun vakiliga qarshi chiqib, yo'q joydan boshimga g'alva orttiraymi?

Butkul talmovsirab, avval hamon hissiz alfozda turgan Deyfus xonimga, keyin esa mendan tahdidli nigohlarini uzmay turgan o'qituvchilarga qaradim. O'zimni keskin noxush his qildim. Umid bilan yordam istadim, ammo aftidan, butun maktabda, hatto butun boshli mavzeda ham menga yon bosadigan kimsa topilishi mahol edi.

- Kechirasiz-u, lekin nega?- dedim ayni damda o'ta kuchli hayratdan og'zi lang ochilib qolgan tentakka o'xshab ko'rinayotgan bo'lsam kerak.

- Shunchaki hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilmoqchimiz, xavotir olmang, - dedi direktor. Garchi u zarracha dalda bermoqchidek ohangda gapirgan bo'lsa-da, bu daldani his qilmadim. Ovoz o'sha-o'sha sovuqligicha qolgandi.

- Iltimos, Lamiya, menga ryukzakingizni bering.

Direktor qo'lini cho'zgancha o'ta jiddiy qarab turardi.

Bir lahza o'zimni shunchalik rasvo his qildimki, oshqozonim halqumimga kelgandek edi. Ana-mana allaqanday qo'rqinchli ish sodir bo'ladigandek yoqimsiz his boshim uzra bulut misoli soya solib turganga o'xshaydi. Hushyor aqlim ko'proq savol berish va huquqlarimni yodda tutish kerakligini shivirlardi. dop

Ammo oson taslim bo'ldim.

Ryukzakni uzatishga to'g'ri keldi. Yashiradigan narsam yo'q edi. Shunchalik dovdirab qolgandimki, vaziyatga oydinlik kiritish uchun o'zimda kuch topa olmadim..

Mana, Deyfus xonim ryukzakni olib, stol oldiga bordi va ichidagi hamma narsani to'kib soldi. Men ro'molni mahkamlash uchun foydalanadigan to'g'nog'ichlar qadalgan yostiqcha, gigiyenik lab bo'yog'i, taxlangan joynamoz, bir nechta ruchka va sochbog'ich stolga sochilib ketdi. Ularning ortidan, eng oxirgi bo'lib kichik, ammo tovushiga qaraganda og'irgina allanarsa taq etib tushdi. Atigi bir on yaltillagan bo'lsa-da, taqinchoq ekanligini ilg'adim. Zirak. Tillaga o'xshaydi.

Dong qotib qoldim. Dahshatdan, yoqimsiz kutilmagan holat va chidab bo'lmas qo'rquvdan boshim ana-mana tars yorilib ketadigandek tuyuldi.

O'zimni chindan ham birovning oldida ayb ish qilib qo'ygandek his qildim.

Deyfus xonim ryukzakni chetga qo'yib, zirakni qo'liga oldi va menga savolomuz tikildi.

Jirkanch o'g'ril nisbatan vazminroq tutayotgan erkak esa uni tinchlantirmoqchi notanish ayol qichqirdi, o'zini bo'lgandek tirsagidan tutdi.
- Nima, Afg'onistoningda taqinchoq ko'rmaganmisan, bu yerga kelvolib bemalol o'g'rilik qilaversam boʻlaveradi, deb o'yladingmi?!

Ovozim menga bo'ysunishdan bosh tortdi. Xayolimda millionlab fikrlar charx urayotgan bo'lsa-da, bir so'z deyishga kuch topa olmay qaqqaygancha turaverdim.

- Marhamat qilib, bu ryukzakingizda nima qilayotganini tushuntirib bering, - so'radi Deyfus xonim.

Uning nigohlari.... Qaniydi, shu yerda shart o'lib qo'ya qolsam. Yo'q, chin so'zim, senga bunday jirkanish, bunday nafrat bilan qarashlarini ko'rgandan o'lgan afzal. Xuddi haqiqiy maxluqqa qaragandek.

Kimligi fosh bo'lgach, Ed Ginga ham shunday qarashgan bo'lsa kerak. Boshqacha aytganda, menga xuddi eng shafqatsiz seriyali qotilga qaragandek tikilishayotgandi. Buni yoqimli deb bo'lmasdi.

- Bu taqinchoq qanday qilib ryukzakimga tushib qolganini bilmayman, - shunday dedim-u darrov pushaymon bo'ldim.
- Jinoyat ustida qo'lga tushgan o'g'rilar o'zini aynan shunday
oqlashadi. - Tan olishga yuraging dov bermaydi-da, isqirt qo'rqoq!

ayol qariyb tupurgudek gapirar, menga o'xshaganlarni ko'rarga ko'zi, otarga o'qi yo'qligi bilinib turardi. Islomofoblar doim uzoqdan ko'zga tashlanadi. Ularning qandaydir bir umumiy xususiyati bor, buni har doim osongina ilg'ab olardim.

- Folk xonim, iltimos, so'zlaringizga e'tiborliroq bo'ling. - dedi direktor.

U mening yonimni olyapti, degan fikrga borishim mumkin edi, lekin aslo bunday emasdi. Ayolni tartibga chaqirish orqali o'zini direktorga munosib tutishga urinayotgandi xolos. Deyfus xonim buni azbaroyi menga hamdardligidan qilmagandi, yo'q.

Men uch katta odam qarshisida turar va o'zimni qayerga urishni bilmasdim. Oshqozonim qattiq tugunga aylanib qoldi, boshim ana-mana aylanib ketgudek, tilim esa sotqinlarcha so'zdan qolgandi. Bir so'z aytishga-da kuchim yetmadi.

Bundan zig'irchalik ma'no bormidi o'zi?

- Boraverishingiz mumkin,- Deyfus xonim hafsalasizlik Bu haqida va charchoq bilan so'lish olib, boshini quyi soldi. - keyinroq gaplashamiz. Ota-onangiz ham ishtirok etishsa, yaxshi bo'lardi.

Xonadan chiqarkanman, ortimdan navbatdagi haqorat yog'ildi. Badanim bo'ylab yopishqoq, yoqimsiz his jimirlab o'tdi. Yana nafrat va g'azab isyon qildi.

Go'yoki hayotim barbod bo'la boshlagandek. Bu maktab men uchun jahannamga aylandi. Unda menga joy yo'q. Bu verda meni masxara qilishadi, istaklarim bilan, fikrim bilan hisoblashishmaydi. Meni bu yerda begona, jirkanch, iflos, herb kim hech qachon qabul qila olmaydigan xavfli qizdek ko'rishadi

Pastki labimni tishladim. Ojizlikdan, qo'rquvdan, o'zimga, o'z kuchim va irodamga hafsalasizlikdan ilojsiz harakat edi bu Tishlarimni shunchalik mahkam qisdimki, og'zimda metall ta'mini tuydim.

Lablarimni hamon qattiq tishlab, ko'chaga chiqdim, ryukzakni chim ustiga tashlab, cho'kkaladim. Ichimda shunday bo'shliq paydo bo'ldiki, uni istalgan bir narsa bilan to'ldirgim kelayotgandi. Suhbat bilan. Hozir meni tinglaydigan, qoralamaydigan, muloyimlik va rahmdillik ko'rsatadigan birdan-bir zot Alloh edi. Xudoga ishonmaydiganlar qanday qilib yashashlarini aqlimga ham sig'dira olmayman. Daldasiz yashash juda og'ir bo'lsa kerak.

Ammo biz... e'tiqod qiluvchilar... biz hech qachon yolg'iz qolmaymiz. Qayerga bormaylik, Alloh biz bilan. U bizni tinglaydi, O'ziga iltijo qilishimizni so'raydi. Duolarimizni ijobat qilishni yaxshi ko'radi, bu haqida Qur'onda bir necha bor yozilgan.

Har kimning o'z tanlovi bor. Kimdir ishonadi, kimdir esa yo'q. Lekin bir-birimizni qoralamasligimiz kerak.

Oyoqlarimni mahkamroq qisdim, egnim kir bo'lishi bilan zarracha ishim yo'q. Shusiz ham o'zimni jirkanchdek his qilayotgandim. Atigi bir necha daqiqa avval meni o'g'ri deb atashgan bo'lsa, boshqacha bo'lishi mumkinmi?

- Iltimos, - osmonga qarab shivirlab, jimib qoldim, ko'zyoshlarimni arang tiyib qoldim, hech bo'lmaganda o'zimga ojizligimni ko'rsatmasligim kerak. Iltimos, hayotimni oz bo'lsa-da yengillashtir, Bilaman, o'taketgan ojizman. Sening nazdingda zarradek ko'rinarman ehtimol, lekin Sen har doim bizga yordam berishni, o'z holimizga tashlab qo'ymaslikni, marhamat ko'rsatishni va'da bergansan. Har bir bandangni yaxshi ko'rasan-ku axir. Menga ham yordam beraqol. Hayotimni yengillashtir. Ularni jazolashingni so'ramayman. Chunki yaxshi odam bo'lishga harakat qilyapman... Ammo kun sayin bu qiyinlashib boryapti.

U chindan ham hammasini eshitib turgandek tuyuldi. Har bir so'zimni, har bir tovushni, ovozimda titragan har bir notani. Chim ustida cho'k tushib, kaftlarimni tutashtirib, O'ziga iltijo qilayotganimni.

Yana kimdir tasalli berib boshimni silagandek bo'ldi.

Odatda eng yaqin insonlar shunday qilishadi. Seni chin dildan sevadigan va sen uchun hamma narsaga tayyor bo'lgan insonlar.

Ko'nglim shu qadar sokin tortdiki, yana o'n daqiqacha shu ko'yi ko'zlarimni yumib o'tirdim, qalbim halovat bilan to'layotganidan rohatlandim. Iltijolarimni yakunlagach, nihoyat oyoqqa turdim.

Maktab binosiga kirganimda hamma menga tikilayotgandek tuyuldi. Hozirgina direktorning xonasidan chiqqanimni bilishadigandek. Lamiya musulmon niqobini kiyib olib, barchani lagillatishga urinayotgan o'g'ri, axir musulmonlar xokisor va begunoh bo'lishini hamma biladi-da. Men jirkanch ikkiyuzlamachiman. Boshimdagi mavhum ovozlar aynan shunday xitob qilardi.

Muyulishdan burilganimda qo'qqisdan kimgadir to'qnashib ketdim, venova

- Mana, - yana, kuldi Rubi. - Nuqul bir-birimizga urilib ketamiz.

U o'zini bunchalik beg'am va quvnoq tuta olishiga astoydil havas qilishimni tushunishim uchun shu so'zlarning o'zi kifoya qildi. Har doim hayotdan mamnun, yuzidan kulgi arimaydi, yorqin kiyimlarni o'ziga ravo ko'radi. O'z soyasi ortiga bigimib yashamaydi, chunki hech kim unga bosim o'tkazmaydi. Islom nuqtai nazaridan qarasak, hayotingdan nolish nojoizligini bilaman, albatta. Ammo mening e'tiqodim har doim sust bo'lgan. Shunaga bo'lsa kerak.

Rubi birdaniga bugungi oqshom haqida so'z ochdi:

- Quloq sol, agar borishni shunchalik istamayotgan bo'lsang, biz...

Ular ukamga ozor berishga ont ichishdi, uning yaxshi dugona bo'lishga urinishlarini bo'lib qo'ydim. Bormasam bo'lmaydi.

Rubi o'ylanib qoldi, lekin bu uzoqqa cho'zilmadi. Qiyofasi yana beg'am-betashvish tusga kirdi. Yelkamga qo'l tashlab, do'stona jilmaydi.

- Eshit, Lamiya, hammasi yaxshi bo'ladi. Qo'rqishingga hojat yo'q. Biz oldingda bo'lamiz.

Negadir uning so'zlariga shubha bilan qarardim.go

Rubiga o'xshagan qizlarning oʻy-xayoli bitta orzudagi yigit, rok yulduzlar, latta-putta va ishq-muhabbat haqidagi filmlar. U g'ij-g'ij qand solingan choyni ham konfet bilan ichadiganlardan. Pushti, yoqimtoy, beg'ubor, o'ta nazokatli. Albatta, "oʻta" so'zini har kim har xil tushunadi, bu tarzda mulohaza yuritish tentaklik aslida.

Shunday bo'lsa ham

Balki bu yaxshidir ham-a? Balki shunaqa bo'lish ajoyibdir? U xuddi bu yerda emas, allaqayda samolarda, bulutlar og'ushida, qanotli pushti poni otlari kabi xayoliy mavjudotlar olamida yashaydigandek, har kuni kamalakning paydo bo'lishini kuzatacligandek. U quyoshning bir parchasini o'zi bilan olib yurardi go'yo.

- O, qanchalar yoqimli manzara, - shundoqqina oldimizda yangragan ovoz fikrlarimni to'zg'itib yubordi

Ikkimiz ham burilib qaradik.

Albatta, boshqa kim ham bezbetlarcha iljayib, bunday achchiq nafrat bilan menga tikilishi mumkin? Bu qiyofa allaqachon sotiramga ikir-chikirigacha muhrlanib ulgurgandi.

Elias bir qo'lini moviy xudisining cho'ntagiga solib, boshqasi bilan Bon Jovi tasviri tushirilgan kassetani qisib turardi. Oldida esa Chester egnida hamma jovi piston va zanjirqadamaga to'la och sariq charm kurtka, bo'ynida esa bir necha qavat zanjir. Og'zi qulog'ida. O'ziga e'tibor tortish uchun o'lib tiriladigan xumpar. Nega faqat men tashqi qiyofam uchun ta'na eshitarkinman-a?

- Qachon apoq-chapoq bo'lishga ulgura qoldingiz? - qiziqdi Chester. - Rubi, unga o'xshaganlarning qo'lidan nimalar kelishini eslatib qo'yaymi?

Rubi indamadi. Gapirishiga hojat han yo'q edi. Havoda qo'rquv hissi muallaq turib qoldi. Bu ahmoqlardan hamma qo'rqadi. Nahotki?

- Televideniyeda chiqishni istaysanmi? - so'radim Chesterdan. Rubi allaqachon qo'lini tushirib, yelkamni qo'yib yuborgandi, shuning uchun boshimni ko'tarib qaddimni rostladim.

- Yangiliklar dasturida chiqishni. Shaxsan men tayyorman.

- Nimaga tayyorsan?

- Uyingga o't qo'yishga.

Yaxshi emas. Juda ham xunuk. Bunaqa gap qaysidir jihatdan beo'xshov chiqdi. Ikkinchidan, noto'g'ri ham. Bu ishim bilan musulmonlarni yomonotliqqa chiqardim. Ammo boshqa nima qilishim kerak edi? Mum tishlab o'tirishni hecham istamayotgandim!

- Ular ukamga ozor berishga ont ichishdi, uning yaxshi dugona bo'lishga urinishlarini bo'lib qo'ydim. Bormasam bo'lmaydi.

Negadir uning so'zlariga shubha bilan qarardim.

Balki bu yaxshidir ham-a? Balki shunaqa bo'lish ajoyibdir? U xuddi bu yerda emas, allaqayda samolarda, bulutlar og'ushida, qanotli pushti poni otlari kabi xayoliy mavjudotlar olamida yashaydigandek.

- Hurmatli Deyfus xonimimiz bu gaplarni eshitsa, ne ko'yga tushishingni bilasanmi? Chester har bir so'zni cho'zib aytarkan, jangga kirishmay turib o'zini allaqachon g'olib his qilayotgandek tuyuldi. Maktabdan dumingni tugvorishadi. Yoki xuddi daydi itdek quvib solishadi.

Unaqada bor, oldiga borib diydiyo - qilaqol, mishigi erkatoy.

Chester xuddi bahaybat qal'adek ustimga bostirib keldi. Kurtkasidagi jamiki zanjirqadamalarning sovug'ini tanimda his qilgandek bo'ldim. Sigaret va yalpizli saqich isi dimog'imga gup etib urildi. Chetdan ayanchli ko'rinayotgan bo'lsam kerak. O'taketgan ayanchli va kulgili.

- Ertami-kechmi, bu tilchangni sug'urib olamiz, ilondek vishilladi u. Va hech kim... eshityapsanmi?... Hech kim senga yordam bera olmaydi.

Elias xuddi quvnoq tomosha ko'rayotgandek mamnun ishshayib turardi. Nigohi menga tushganida... oh, tanamdagi har bir hujayra uning jirkanch yuz ifodasiga nisbatan nafratdan jizg'anak bo'lardi. Qiziq, nega kimningdir botini ifloslikdan chirib, sasiyotgan bir vaqtda nomunosib chiroy bilan siylanarkin-a? Nega insonlarning zohiri ham botini kabi emas?

- Ko'rinishing bilan hammani qo'rqitayotganingdan o'zingning xabaring bormi? - qo'yishni istamay. davom etdi Chester meni tinch - Yech buni.

U ro'molimga qo'l cho'zdi, ilkis ortga qadam tashladim. Rubi ham chekindi, vaholanki, vaziyatning unga mutlaqo aloqasi yo'q, tahdid faqatgina menga qaratilgandi. Bilmadim, nega har gal u ishini oxirigacha yetkazib qo'ymaskin? Menga haqiqatda ziyon yetkazish uning uchun hech gap emas. Shuncha tahdid, ammo bironta ham harakat yo'q. Nega? Qamoqdan qo'rqmasligi aniq. Ular suvdan quruq chiqishlarini juda yaxshi bilishadi. Ehtimoliy terrorchini yo'q qilgani uchun mukofotlashar ham balki.

- Shunchaki yechib tashla, jin ursin! - Chesterning ovozi baland. Eliasnikidan bir necha parda yuqori jarangladi. Aynan mana shu g'alati jihat sababli uning tahdidlari Eliasnikichalik jiddiy eshitilmasdi. - Bu bir parcha latta xolos! Nima jin urib, shunga yopishib olgansanlar, mutaassiblar? Nima, tug'ilgan kunimga ham shu lattangga o'ralib-chirmalib kelmoqchimisan hali?!

Javob berib o'tirmadim. Shundoq ham asablarim tarang. Agar hozir yaqinlashib, hijobimni yulqib tashlasa, qarshilik ko'rsata olmayman, degan fikr o'tdi xayolimdan. U baland bo'yli, kuchli, zalda shug'ullanishi aniq, mendan ancha yirik. Bir hamla bilan devorga qapishtirib, ro'molimni yulib tashlash uning uchun nima degan gap? Men esa ojiz g'ingshib qolaveraman.

Elias barmog'ini shiqillatdi.

- Qaranglar, menda bir taklif bor! - U qo'qqisdan oldinga yurdi, kassetani cho'ntagiga solib, oyog'i bilan shunday harakat qildiki, boyadan beri men ilg'amagan skeytbord sapchib, qo'liga tushdi. Qora ko'zlar menga diqqat bilan tikildi. U nafaqat mendan, balki Chesterdan ham novcharoq edi, shuning uchundir tizzamdan mador qochdi. Elias do'stidan ancha xavfliroq ko'rinardi.

- Aylanib kelmaymizmi bir? Men ko'rsatgan uchta tryukni takrorlay olsang, uchta tilagingni bajaraman. Uddalay olmasang, mana bu lattani yechasan. Tanaffus vaqtida hovliga chiqib "Qaranglar!" deb baqirasan-da hammaning ko'z o'ngida yechasan. Kelishdikmi?

To‘qqizinchi Bob

Elias mamnun edi. Chester ikki hissa xursand edi.

Bu ikkovlon allaqachon meni yer tishlatdik, deb o'ylashyapti, shekilli. Halitdan tasavvur qilishayotgan bo'lsa kerak: atrofda to'p to'p o'quvchilar vaqtichog'lik qilayotgan mahal hovli o'rtasida qichqiraman, hamma angrayib qoladi, men ro'molimni yechaman, ular esa bir chekkada qiyqirib tantana qilishadi, bir-birlariga besh tashlab, xuddi orzulari amalga oshgandek xursand bo'lishadi.

Ularning xayolida shunaqa manzara jonlanyapti, hoynahoy.

Lekin chuchvarani xom sanashibdi...

Bazo'r o'zimni kulgidan tiyib turardim. Ichimda ancha vaqtdan beri ilk bor yorqin va o'xshashi yo'q qoniqish hissi uyg'ondi, bu gal aynan men bo'lg'usi g'alaba ta'mini tuyayotgandim.

Ular buni bilishmasdi, albatta. Tabiiyki, meni tarvuzi qo'ltig'idan tushdi, deb o'ylashyapti.

- Kelishdik, - bosh irg'idim.

Hatto kelishuv uchun qo'l tashlashimga oz qoldi Elias shunday qildi ham. (kalaka qilish uchunmi yoki shunchaki qoidalarimni unutdimi, aniq bilmayman). Ammo "xo'sh, yana nima deysan", degan ma'noda boshimni yonga egib, so'zining davomini kutdim.

Elias skeytbordini ko'tarib, ko'cha tomonga boshi bilan ishora qildi va oldinga tushdi.

Indamay ortidan ergashdim.

- Men esa bolalarni chaqiraman, bu tomoshani hamma ko'rishi kerak - deya Chester xoxolab, qarama-qarshi tomonga yugurib ketdi.

Iljayishdan o'zimni arang tutib qoldim.

Rubi nima qildi, bilmayman. Balki jonajon yigitini izlab ketgandir.

Eliasning ortidan borarkanman, negadir o'zim ham bilmagan holda uni ko'zdan kechira boshladim. Miyam unga yaqinroqdan razm solish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi bo'ldi, shekilli.

U oldinga qarab borayotgani uchun meni ko'rmas, kuzatayotganimni sezib qolishidan xavotirlanmasam ham bo'lardi. Uning ust-boshini ko'zdan kechirdim: moviy hudi, och tusli jinsi, orqa cho'ntagida yangigina pleyer. Qizil yulduz tasviri tushirilgan oq, juda-juda ham toza kedi. Bo'ynida hudi ostida yashirinib turgan kumush zanjirning bir parchasiga ko'zim tushdi. Boshining orqa qismida esa yengilgina hilpirayotgan, juda mayindek ko'ringan qora sochlar.

Bu iqrorim uchun o'zimdan nafratlanaman, lekin Eliasdan yoqimli is ufurardi. Yo'q, bu biron atirning hidi emasdi. Ko'proq tozalik tarovatiga o'xshardi. Bunday iflos odam uchun xos bo'lmagan tarovat. Bundan g'ashim keldi.

- Hali ham kech emas, sharq go'zali, taklifni rad etishing mumkin, - dedi u kutilmaganda o'ylarimdan chalg'itib. So'ng o'girilib, yana o'sha tubsiz nigohlarini tikkancha, sariq skeytbordni yerga tashladi.

Hovliga chiqqanimizni sezmay qolibman. Atrof to'la o'smirlar bizga tikilishardi.

- Yutqazishdan qo'rqyapsanmi?- dedim uni masxaralash uchun savolga tasdiqlovchi ohang berishga tirishib.

Javoban uning lablari yana iljaydi.

Direktorning xonasidagi holatdan keyin beg'amligimni va hammasiga tupurib qo'yganimni butun maktabga namoyish qilish to'g'ri emasdi, ehtimol. Ammo men qasdma-qasd, uyatdan ko'zlarimni yerga tikmay hovliga chiqdim va hozir oʻziga bino qo'ygan bu takasaltanglarning burnini yerga ishqab qo'yaman.

Chunki zarracha aybim yo'q, bu bilan ota-onamning
maktabga kutilayotgan tashriflaridan oz bo'lsa-da bilan chalg‘ishim mumkin.

Maktabning orqa hovlisi asfaltlangan keng yalanglik, bir nechta o'rindiq o'rnatilgan. Temir simto'siq bilan o'ralgan basketbol maydoni tanaffus chog'ida tamaddi qiladigan o'quvchilarning hordig iga xalal bermaslik uchun uzoqroqda, pastda joylashgan. Bu yerdan maktab binosi yaxshi ko'rinib turar, demak, ichkaridan istalgan kishi derazaga yaqinlashib, tomoshabin bo'lishi mumkin edi.

Qizig'i, shunday bo'ldi ham. Derazalar tomonga qaradim-u bunga amin bo'ldim. Maktab hovlisi go'yoki tomosha sahnasiga aylandi.

- O'zingdan ko'r, seni fikringdan qaytarmoqchi bo'ldim, lekin mag'lubiyatingni oldindan tan ololmaydigan darajada o'ta qaysar ekansan, - davom etdi Elias.

Buni eshitish hiqildog'imga keldi.

- Balki boshlarmiz-a? Yoki gap sotib o'tiraverasanmi?

So'zlarimdan maroqlanayotgani ko'rinib turibdi. Xuddi o'ziga nisbatan hujumlardan rohatlanadigandek.

Nihoyat namoyish boshlandi.

- Xonimlar va janoblar, siz bilan hozir aql bovar qilmaydigan voqeaga guvoh bo'lmoqdamiz,- tanish ovoz megafonga baqirdi. Ruf, ya'ni Eliasning qovoqkalla do'stlaridan biri gapirayotganini tushungunimcha bir daqiqadan ko'p vaqt o'tdi.- E'tiboringizni sahnaga qarating!

O'smirlar xuddi rostdan ham qandaydir jang yoki musobaqa boshlanayotgandek likillashardi. Ular qaysidir jihatdan haq edi ham. Atrofimizda uymalanishib olishdi, beixtiyor o'zimni Kolizey sahnasida turgandek tasavvur qildim.

Tumonat odam. Hayajondan boshim biroz aylandi, ko'nglim ozib ketdi.

Elias mendan ko'z uzmasdi. Meni shu yerda, qadrdon do'stlari bilan liq to'la hovlining qoq o'rtasida ana-mana yer tishlatishi haqidagi xayollarga berilib turgan bo'lsa kerak. Xuddiki men uning ashaddiy dushmanidek. Qiziq, bu nafratga arzigulik nima qildim ekan?

Olomon hamon likillar, qiyqirar, go'yoki bu maktabda hamma Elias desa o'zini tomdan tashlaydigandek edi.

- Yaxshilab qara, sharq go'zali.

Ensam qotib pishqirib qo'ydim.

Nihoyat u tubsiz qora ko'zlarini mendan uzdi, yerga tashlagan skeytbordiga mehr bilan qarab qo'ydi. Bir oyog'ini doskaga qo'yib, ikkinchisi bilan yerni itardi. Dastlabki ikki soniya keskin qiyalik tomonga sekin sirg'alib bordi. Ammo bu qiyalik skeyt uchish uchun mo'ljallanmagandi maktabda bunaqasi yo'q. U pastga, basketbol maydonchasiga olib tushadigan zinapoyalar sari borayotgandi.

Skeyt soniya sayin tezlashib borar, professional ko'nikmaga ega bo'lmagan, es-hushi joyida hech kim Eliasning bu harakatini takrorlamagan bo'lardi. U shunday sakradiki, qo'li doska chetiga tegishiga sal qoldi, so'ng zinapoya tutqichiga chiqib olib, bir tekisda pastga sirg'aldi, epchillik bilan muvozanatini saqlab qola oldi. Tutqich oxiriga yetganda yana xuddi shunday epchillik bilan sakradi, doska yerga qo'ndi, g'ildiraklar yana biroz aylanib uni oldinga surib ketdi.

Uni ma'qullovchi qiyqiriqlar yangradi, hatto yig'loqi qizlarning izhorlari ham qulog'imga chalindi. Elias esa men tomonga g'olibona nazar tashladi. Xuddiki u dunyo qiroli-yu, men uning oyog'i ostida o'ralashib yotgan chiqitdek.

- Oxirgi bor imkon beryapman, sharq go'zali, - dedi Elias - Hali ham bosh tortishing mumkin. Hozircha baland ovozda. mehribonman.

- Hecham-dal

Ikki velkamga tashlangan ro'molimning uchlarini bo'ynimnina, orqasiga tugib qo'ydim. Sochlarim ko'rinmayotganini tekshirdim. To'liq tayyorligimga va hech narsa xalal bermasligiga ishonch hosil qilgach, qo'llarimni ko'ksimga chalishtirdim. Elias zinapoyadan ko'tarilarkan, piq qilib kulib qo'ydi. Skeytni yerga tashlab, men tomonga itarib yubordi. Taqlid qilgandek u ham qo'llarini chalishtirib oldi.

Ensalarim qotib skeytni ko'tardim. Bu g'alvani boshlab qo'ygani uchun pushaymonlar bo'lib ko'zyosh to'kadi hali.

Skeytbord yerda sirg'alib ketdi, bir oyog'im bilan unga chiqib oldim, oldinga qarab, Eliasning tryukini takrorlash uchun qanday harakatlanishim kerakligini xayolan charnaladim

Atrofga jimlik cho'kdi. Hamma nafasini ichiga yutib meni kuzatar, chamasi, namoyishkorona sharmanda bo'lishimni, miriqib ustimdan kulishni kutib turishgan bo'lsa kerak.

Xomtama bo'lishadi. Ular hali bilishmaydi-da.

Bir oyog'im bilan yerni itarib, qo'llarimni silkidim. Shunda skeyt tezroq sirg'aladi.

Yaqinlashayotgan zinapoya tutqichidan ko'z uzmay, biroz engashdim va tizzalarimni bukib, sakrashga shaylandim. Barmoq uchlarim bilan doska chetini tutib, yana oyoq bilan ishlab, oldinga intildim. Skeyt tezlashdi, boshimdagi ro'mol shamolda hilpiradi.

Va mana bir soniya o'tib, havoga uchdim, butun tanam bilan yerni itarib, skeytbordni ham tortdim. Doska zinapoya tutqichiga chiqvoldi, pasayib borarkanman, oyoqlarim tagidagi yog'och taxta temirga ishqalanardi.

Eng qiyini to'g'ri qo'nib olish.

Har ehtimolga qarshi muvozanatni saqlab qolish uchun biroz engashdim. Skeyt yana havoga uchdi, yuragim tezlashdi, vaqt sekinlashdi.

Yerga muvaffaqiyatli qo'ndim. G'ildiraklar asfaltga tegdi, hatto skeytni Eliasdan ko'ra tezroq to'xtatib qoldim.

Bir gal xobbim borligini aytgandim. Mana o'sha xobbi.

Atrofga shunday jimlik cho'kdiki, bu hayrat to'la qiyqiriqlardan ming chandon afzal edi. Uzoq vaqtlardan beri ilk bor boshimni g'oz ko'tarib, atrofga g'urur, mutlaq ishonch va dadillik bilan qaradim.

Hamma jim, hech kim miq etmasdi. Yuzlarda hayrat, ko'zlar kosasidan chiqayozgan.

Ammo haqiqiy maroqni Eliasga qaraganimda tuydim. U hayratga tushgandi. Yo'q, yo'q, hayrat emas, sarosima desam to'g'riroq bo'ladi. Endi hammadan zo'rman deb o'ylaydigan o'ziga bino qo'ygan tentakka o'xshamasdi. Ichimda quvonchdan sakrar, qiyqirar, xursand bo'lar, tantana qilardim.

- Davom etamizmi? - so'radim. - Yoki fikringdan qaytib qoldingmi?

Uning qora ko'zlarida nimadir yilt etdi. Bu ko'zlar shunchalik qora ediki, zaif harakat ham o'z aksini topardi. Xuddi hozirgidek.

Elias qo'li bilan sochini taradi, boshini chetga solintirib, iljaydi, yana odatiy qiyofasiga qaytdi. Men tomonga qarab kela boshladi, vujudim taranglashdi, hozirgi g'alaba nashidasi birpasda unut bo'ldi.

U esa shunchaki engashib, skeytini oldi.

- Lekin Bo'pti, qoyil qoldirding, - rostini aytdi Elias, ammo uning so'zlari chinligiga shubhalanishga ulgurgandim. hali yana ikkita tryuk bor.

Gapni cho'zmay olg'a yurdi. Zinapoyadan ancha uzoqlashib, qarama-qarshi tomonga bordi. Boya tutqich ustida pastga sirg'alib bo'lgan joyda havoda tryuk ko'rsatishga qaror qilgandi. tomosha ko'rsatgan bo'lsa, bu gal zina yo'q, lekin tik sochlari hilpiradi. Mana, qiyalik labiga yetayozganida qadd egdi, tizzalarini bukdi, so'ng keskin gavdasini rostlab, itarib, qo'li yordamida tezlikni oshirib bordi, shamoldapes itardi-yu uchdi. Tanasi yerda ancha balandlab, xuddi fizikaning, barcha qonunlarini inkor etgandek ko'tarildi. Elias hamon havoda muallaq turgan holida skeytbordini bir siltagandi, doska ikki marta aylandi.

Tryuk nomini esladim: u 360 darajali aylanmani amalga oshirdi - skeyt doskasi o'z o'qida ikki marta to'liq aylandi.

Bola ekanman, o'sha vaqtdagi uyimizning orqa hovlisida bu tryukni o'rganaman deb nuqul tizzalarim, qo'l va bellarim shilinib, ko'karib yurardim. Atigi o'n yosh bo'lsam ham, og'riqni inkor qila oladigan darajada baquvvat edim.

Maqsadim aniq edi skeytparklarda uchadiganlar kabi zo'r bo'lish. Tamom. Qolgani muhim emas.

Elias tryukni bajargach, yengil qo'nib, oldinga sirg'alib ketdi, so'ng keskin ortga burilib, kedisining uchi bilan skeyt dumini bosdi.

Bu gal hayqiriqlarning shashti sustroq bo'ldi, tomoshabinlar hali ham mening g'alabam ta'sirida edi, chamasi.

Shu o'y menga kuch va ishonch bag'ishladi.

- Yuzing pachaqlanishiga tayyormisan? - skeyt bilan yana

tekis yuzaga chiqvolgan Elias masxaraomuz cho'zib dedi. Tezda skeytdan yo'l-yo'lakay sakrab tushib qoldi, doska.esa men tomonga sirg'alib keldi, epchillik bilan uni oyog'im yordamida to'xtatib qoldim.

Bundan osoni yo'q.

To'g'ri turishi uchun skeytni turtdim, ustiga chiqib, xuddi yugurayotgandek qo'llarimni silkidim, bir oyog'im bilan esa yerni itardim. Qiyalik labiga shamoldek sirg'alib borarkanman, havoda uchayotganimni tasavvur qildim. Va keyingi soniyada rostdan ham uchdim.

Bir on qornimda kapalaklar qanot qoqqandek bo'ldi. Bu ahmoqona ibora odatda sevib qolish ma'nosida ishlatiladi. Men esa skeytbordingga oshiq edim, shuning uchun havoga ko'tarilganimda o'xshash hisni tuyishim tabiiy.

Ikki ayanchli soniya o'tdi, oyog'im bilan doskani itardim, u aylanib oldi.

Ayni muvaffaqiyat bilan doskaga qo'ndim.

Ikkinchi tryuk bajarildi.

Bu gal shivir-shivirlar boshlanib ketdi. Ajablanarli joyi yo'q. Meni yana muhokama qilishayotgandi. Har doim shunday boʻlgan-ku axir. Lekin baribir nimadir o'zgargandi. Shivir-shivirlarda qoralash sezilmasdi. Hatto qandaydir boshqacha qarashayotgandi menga.

Balki necha yillardan beri men kutgan o'sha daldaga ilhaqlik bois shunday tuyilayotgandir.

Hamma narsa bo'lishi mumkin.

Skeytning burnini bosdim, u keskin sapchib ketdi, havoda ilib qoldim. Elias angrayib qolgandi. Men esa hayotimdagi bu noyob lahzani abadulabad eslab qolish ilinjida rohatlanardim. Tushkunlikka tushib, hech narsa quvonch bag'ishlamay qolganida qayta-qayta xotirlash uchun..

- Oxirgi tryuk. Va umid qilamanki, meni butkul tinch qo'yasan? - bu gal o'zim Elias tomonga yaqinlashib so'radim.

U javob berishga ulgurmadi.

Deyfus xonimning qat'iy va jarangdor ovozi eshitildi, ko'pchilik zumda pildirpis bo'lib ketdi. Esankirab, skeytni yerga tashladim, u sekin Elias tomonga sirg'alib bordi.

- O'g'rilik ustida qo'lga tushganingizdan keyin o'zingizni shunaqa tutarkansiz-da, demak?- so'radi direktor. Lekin javob kutmayotgani ko'rinib turardi.

Maktab hovlisida paydo bo'lgan Deyfus xonim "musobaqa mizga nuqta qo'ydi. Undan shunchalik qat'iyat yog'ilib turardiki, hamma quyonning rasmini chizib qoldi.

Garchi hech bir yomon ish qilmagan bo'lsam ham tag'in o'zimni aybdor his qildim. Ular meni nohaq ayblashyapti. Ziraklarni men o'g'irlaganim yo'q. Ularni kimdir ryukzakimga tashlab qo'ygan. Endi meni o'qishdan chetlatishsa kerak. Ehtimoli juda yuqori.

Deyfus xonim paydo bo'lgach, uning xonasida uchovlonning menga qadalgan nigohlari ko'z oldimda jonlandi... O'sha ayol menga yog'dirgan haqoratlar... Tag'in ishonchsizlik, qo'rquv va xavotir zulmatiga g'arq bo'ldim.

Ammo javob berishdan ma'ni yo'q.

- Ertaga soat ikkida ota-onangizni xonamda kutaman. Ikkingizning ham

Direktor shunday dedi-yu burilib nari ketdi. Atrofda yana shivir-shivirlar boshlandi. Faqat bir narsa ruhlantirayotgandi: o'quvchilar mening skeytbordingdagi mahoratimni muhokama qilishda davom etishardi. Boshqa narsa emas.

{ Asar Freya Holmes tomonidan telegraph ko‘rinishida yozildi }

Sen bir olam, Men o‘zga olam
Birinchi Bob

Har kim hayotda aqalli bir marta o‘ylab ko‘rgan bo‘lsa kerak - sen hamma kabi bôlmagan olamda oq qarg‘adek yashash qanday ekan-a? Har holda men bu haqida ôylab kôrganim aniq.
Chunki o‘sha oq qarg‘a o‘zimman..!
Yo‘q, albatta, menga o‘xshaganlar ham, meni tushunadigan, do‘stona munosabatda bôladiganlar ham bor, ammo atrofimdagilarning aksariyati mutlaqo boshqacha umrguzaronlik qiladi. Qayga bormay begonaman. Bizning olamlarimiz butkul boshqa - boshqa, bu shunday olamlarki, har birining qonun-qoidalari bisyor. O‘z olamimda baxtiyorman, ammo hamma menga toleyi sho‘r bechoradek qaraydi.
Men ingliz ota va muhojir onaning farzandi, Shtatlarda yashovchi musulmon qizman. Hamma gap ana shunda.
- Bismillahir Rohmanir Rohim - qariyb pichirlagandek asta shivirladim.
Musulmonlar taom tanovulini aynan shu tarzda boshlashadi. Bu bizning duomiz, nasroniylar uni stol atrofida o‘zaro qo‘l ushlashib talaffuz qilishadi. Shu tariqa Parvardigorga riza bergani uchun shukrona keltiramiz. Aytishlaricha, bu sôzlar bilan boshlanmaydigan har qanday tanovul ikki lunjini to‘ldirib kavshanayotgan Iblisning hamoqatida kecharmish. Ammo bu duo yangradimi, bas, u nimaniki paqqos tushirishga ulgurgan bo‘lsa, hammasini varaqlatib qusadi va yana och qoladi. Bolalikda bu rivoyat doim kulgimni qistar, bo‘shliqqa tikilib, baland ovozda qichqirardim: ,, Senga shu ham kam! Ajab bo‘pti!" Bugungi nonushtamiz ham har doimgidek aynan shu sôzlar bilan boshlandi.
Umuman ishtaham yôq, lekin oğir va mashaqqatli kundan avval kuch tôplab olish uchun oyim saharmardonlab tayyorlagan katayefning (ichi qiyomli quymoq (blinchik)) bir bo‘lagini majburan oğzimga tiqishtiraman. Qovog‘imdan qor yogʻayotgani e'tibordan chetda qolmadi, shekilli, otam naq yarim soat davomida har-har zamon men tomonga mopralab qôydi, keyin esa daf'atan savolga tutdi:
- Tinchlikmi? O‘ychan ko‘rinasan. Haddan ziyod ôychan desa ham bo‘ladi.
- Shunchaki yangi maktabga borish oldi biroz hayajonlanyapti, - gazplita oldida pishir-kuydirni davom ettirayotgan oyim o‘rnimga javob berdi.
Indamadim: izoh berishga hojat yo‘q.
Oshxonaga shovqin-suron solib 12 yashar ukam - bu yorug‘ olamda men astoydil yaxshi ko‘radigan birdan bir bola otilib kirib keldi. Otamdan o‘tgan kashtanrang sochlari to‘zg‘iganidan ukamning hali vannaxonaga qadam bosmaganini shundoq bilsa bo‘lardi. Oshxonaga kirgan zahoti sovitkichni ochib, sut oldi.
- Kani, dasturxonga o‘tir-da, biz bilan nonushta qil, - norozi ohangda dedi oyim. - Opangga bir -ikki og‘iz dalda ham berib qo‘y.
Kani osmondek moviy kôzlarini menga tikib, dunyodagi eng yupatuvchi tabassumni hadya qildi.
- Hammasi zo‘r bo‘ladi, opaginam, - liq to‘la zalda she'r o‘qiyotgandek baland ovozda dedi u, - ishonchim komil, bekorga hayajonlanyapsiz.
- Hayajonlanayotganim yo‘q, - e'tiroz bildirdim o‘zimni aldashga oshkora urinib. - Sal-pal bo‘lsa bordir.
Oyim boshim va bo‘ynimni ôrab turgan qora ro‘molga nazar tashladi-yu hammasini angladi.
Ha, tan olishga hech bo‘ynim yor bermasa-da sochlarimni yot ko‘zlardan pana qilib turgan mana shu mato hayajonimning sababchisi edi. Yangi sinfdoshlarim meni qanday qabul qilishadi, o‘qituvchilar, qolgan amerikalik o‘smirlar qanday munosabatda bo‘lishadi, buni tasavvur ham qila olmas, shu sababli maktab binosiga kirib borishimni va shu zahotiyoq o‘nlab qiziquvchan nigohlar menga qaratilishini o‘ylasam, vujudim tarang tortardi.
Yo‘q, aslida ulardan qanday munosabat kutish mumkinligini juda yaxshi bilaman.
,, Shahidlikka chog‘langan bo‘lsang, buni bizdan nariroqda qil". Keyin esa kulgi kôtariladi, xuddi bu chindan ham kulgilidek.
Yoki biroz boshqacha. Masalan: ,,Qaysi terrorchilardansan? Afg‘onlardanmi? Yoki iroqliklardan? "
Katta ehtimol bilan shunday deyishadi.
- Adilya, - oyim bilan ma'nodor ko‘z urishtirayotganimizni ilğagan otam ehtiyotkorlik bilan so‘z boshladi, - balki ro‘molni sal boshqacharoq ôragan ma'quldir-a? E'tiborni tortmaydiganroq qilib balki. Xuddi shunchaki oddiy bezak yoki ayollar taqinchg‘idek.

Oqshomlari ko‘pincha ( ayniqsa, mehmonlar kelganida kichkina orqa hovlimizdagi shiyponda o‘tirib suhbatlashar, fonusdan taralayotgan nurlar sarg‘ish soyalarimizni akslantirarkan, lazzatli xurmolar bilan choyxo‘rlik qilardik. Hatto choyga qand solishga ham hojat qolmasdi. Soatga qaradim, kuchli qo‘rquv iskanjaga olgandek a'zoyi badaning tarang tortildi. Lekin qo‘rqyapman deya olmasdim. Shunchaki tashqi ko‘rinishim uchun o‘smirlardan navbatdagu ta'nalarn, balki hatto tahqirlarni eshitishni o‘lgudek istamayotgandin. Shuning uchun holatimni tushunsa bo‘ladi.
- Bomdodni o‘qigansan-a? - so‘radi oyim.
- Ha, - bosh irg‘idim . - Kanini ham uyg‘otgandim.
- Yaxshi. Maktabda ham namozingni kanda qilma.
- Joy topa olsam agar.
Oyim meni bag‘riga bosdi: undan ajib iliqlik ufurardi, yelkamni silagan qo‘llarining taftini his qildim.
- Xavotir olma. Hammasi yaxshi bo‘ladi.
Ikki marta bosh irg‘idim; odatda takrorlashga hojat yo‘qligini shu tarzda bildirardim. Oyim ham bosh irg‘idi, peshonasiga to‘kilgan bir tutam sochini epchillik bilan siltab qo‘ydi.
Oyimning sochlari juda qalin va qora, odatda ularni bitta qilib yig‘ib yuradi, bugun negadir o‘rib qo‘yibdi.
Hayratlanarli darajada och - yashil ko‘zlari buvimdan o‘tgan, yuz qirralari chizg‘ich bilan chizilgandek aniq. Parallel borliqda u o‘ta talabgir model bo‘lishi, taniqli jurnallarning muqovalarini bexab, jamiki dunyo go‘zallarini yer tishlatishi mumkin edi. Ishonchim komil, oyim aynan husni bilan dadamning e'tiborini tortgan.
Go‘zalligi bilan necha - necha xayollarni o‘g‘irlagan, son - sanoqsiz oshiqlarning barini ayovsiz rad etgan. Ko‘pincha o‘qishdan uyga qaytganida ostonada guldasta topib olgani haqidagi hikoyalarni ko‘p eshitganman. Gohida esa uyda o‘tirganida ham gul keltirishgan. Yana sevgi izhori bitilgan maktublar ham.
Sirli sohibjamolning qalbini zabt etish istagida yonganlarning hisobi bo‘lmagan. Hatto uning otasi, bobom bilan gaplashishga urinishlar ham bo‘lgan, bobom esa kuyovlikka davogarlar masalasida har doim qizining fikrini bilishga oshiqqan. Ammo oyim hammaga qatorasiga rad javobini bergan, avvalo talim olishni diliga tugib qo‘ygandi.
Aytgancha, oyim arab, oltmishinchi yillardayoq yaxshiroq hayot ilinjida Suriyadan Amerikaga ko‘chib kelgan. Otam esa.. Asl ingliz, lekin hayotining asosiy qismini ayni maqsadda Shtatlarda o‘tkazgan.
Bunday noodatiy juftlik har doim qo‘shnilarning qiziquvchanligiga sabab bo‘lar, hamma bir xil savol berardi: " Qanday qilib tanishgansizlar? " Javob oddiy va o‘ta jo‘n: otam - Kristofer Uayt ilmiy - tadqiqot instutiting sharqshunoslik fakulteti istedodli talabasi; onam Adilya Bag‘dodiy esa kunlarining birida o‘zi mustaqil topgan puliga Shimoliy Amerika bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilgan sharq go‘zali edi.
Shu orada ular uchrashib qolishadi. Va tamoman farqlidek ko‘ringan ikki insonning taqdirlari kesishadi.
Ikki yosh telbalarcha hapqirayotgan yuraklariga ishq o‘ti tushganini anglagach, onam Islomning nikohgacha bo‘lgan munosabatlarni man qiluvchi qoidalariga rioya qilgan holda o‘zini jiddiy tutadi, xushomadbozlikka imkon qoldirmaydi, universitetning uzun partasida o‘tirgancha otamga o‘z dini haqida so‘zlab beradi.
Otam esa bu dunyodagi eng beqiyos deb bilgani ko‘zlarga g‘arq bo‘lganicha uning so‘zlarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Uning o‘zi xuddi shunday gapirib bergan, men esa tentaklarcha kulib tinglaganman.
Otam Islomni o‘rganishga kirishib ketadi va tez orada aro yo‘ldan musulmonlikka kirib keladi. Darhol Qur'onni arab tilida o‘qishni, namozni o‘rganishga kirishadi, har bir musulmonning vazifalarini o‘zlashtiradi.

Sirli sohibjamolning qalbini zabt etish istagida yonganlarning hisobi bo‘lmagan. Hatto uning otasi, bobom bilan gaplashishga urinishlar ham bo‘lgan, bobom esa kuyovlikka davogarlar masalasida har doim qizining fikrini bilishga oshiqqan. Ammo oyim hammaga qatorasiga rad javobini bergan, avvalo talim olishni diliga tugib qo‘yuandi.
Aytgancha, oyim arab, oltmishinchi yillardayoq yaxshiroq hayot ilinjida Suriyadan Amerikaga ko‘chib kelgan. Otam esa.. Asl ingliz, lekin hayotining asosiy qismini ayni maqsadda Shtatlarda o‘tkazgan.
Bunday noodatiy juftlik har doim qo‘shnilarning qiziquvchanligiga sabab bo‘lar, hamma bir xil savol berardi: " Qanday qilib tanishgansizlar? " Javob oddiy va o‘ta jo‘n: otam - Kristofer Uayt ilmiy - tadqiqot instutiting sharqshunoslik fakulteti istedodli talabasi; onam Adilya Bag‘dodiy esa kunlarining birida o‘zi mustaqil topgan puliga Shimoliy Amerika bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilgan sharq go‘zali edi.
Shu orada ular uchrashib qolishadi. Va tamoman farqlidek ko‘ringan ikki insonning Taqdidlari kesishadi.
Ikki yosh telbalarcha hapqirayotgan yuraklariga ishq o‘ti tushganini anglagach, onam Islomning nikohgacha bo‘lgan munosabatlarni man qiluvchi qoidalariga rioya qilgan holda o‘zini jiddiy tutadi, xushomadbozlikka imkon qoldirmaydi, universitetning uzun partasida o‘tirgancha otamga o‘z dini haqida so‘zlab beradi.
Otam esa bu dunyodagi eng beqiyos deb bilgani ko‘zlarga g‘arq bo‘lganicha uning so‘zlarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Uning o‘zi xuddi shunday gapirib bergan, men esa tentaklarcha kulib tinglaganman.
Otam Islomni o‘rganishga kirishib ketadi va tez orada aro yo‘ldan musulmonlikka kirib keladi. Darhol Qur'onni arab tilida o‘qishni, namozni o‘rganishga kirishadi, har bir musulmonning vazifalarini o‘zlashtiradi.
Ko'p o'tmay ularning muhabbati to'liq qonuniylashadi.
Nazarimda, "qonuniy so'zi g'alati eshitiladi. Undan ham qizig'i, yigitlar bilan uchrashmaslik qanaqa bo'lishini ko'pchilik tushuna olmasa kerak. Nega?
Bolalikdanoq butun hayotim ko'pchilikka faqat taqiqlan iboratdek, men boshqa bolalar uchun odatiy bo'lgan hamma narsadan mosuvodek ko'ringan. Masalan, qo'shni qiz o'n ikki yoshidayoq o'zi "yigitim" deb ataydigan bola bilan qochib ketdi, bir necha devor narida yashaydigan qizlar esa kechgacha ko'chadan beri kelishmas, o'smirlarga xos turli ziyofatlarda ko'ngilxushlik qilarkan, ota-onalari bamaylixotir oshxonada choy ho'plab o'tirishar yoki barcha kanallarda nihoyasiz aylantiriladigan navbatdagi ahmoqona shou tomoshasi bilan ovora bo'lishardi.
Bu bolalarga, ularning beg'amligiga hasad qilishim, kuni kelib o'zim ham shunday yashashni orzu qilishim mumkin edi. Ammo bunday emasdi. Bunga shunchaki ehtiyojim yo'q edi. Odamlar esa na meni, na hissiyotlarimni bilmay-netmay, baxtiqaroga chiqarib qo'yishardi.

Aynan mana shu jihat meni quyushqondan chiqarardi.

- Xo'sh, yarim soat qoldi, kechikyapmiz,- U shundoqqina televizor tepasida osig'liq soatga nazar tashlab dedi dadam o'midan turarkan.- Oqshom ko'rishamiz, Adilya. oʻngʻaysizlanib, onamning yonoqlarini silab qo'ydi, har doimgidek oʻzaro erkalashlarini menga va Kaniga ko'rsatmaslikka tirishdi.
- Bolalar, qani, mashinaga.
Bu paytda yo'lakdagi ko'zgu qarshisida o'z aksimga tikilib turardim. O'ta g'ayriodatiy ko'rinmaslik uchun boshimdagi ro'molni to'g'rilab qo'ygan bo'ldim, bu, albatta, o'taketgan ahmoqlik edi. Ko'pincha ro'molimni xuddi paranjidek o'rar, sochlarim bilan birga yuzimni ham to'sib olardim, bunday qiyofaga ko'nikmagan amerikalik o'smirlar uchun bu yanada g'ayriodatiy edi. Bunaqasini
faqat terrorchilar haqidagi filmlarda yoki allaqanday taqiqlangan tashkilot qaysidir binoni portlatib yuborishiga bir bahya qolgani haqida xabar bosilgan gazetalarda ko'rgan bo'lishsa kerak. Tabiiyki, ular meni ham o'sha terrorchilardan biri sifatida ko'rishardi.

Aytgancha, ko'pchilik bu ikki tushunchani chalkashtiradi, aslida paranji va hijob biroz farq qiladi. Masaları, paranji koʻproq uzun yengli keng ko'ylakka o'xshaydi, ayolning tanasi va yuzini to'sib turadi, ko'zlar uchun ochiq qoldirilgan qismini chachvon deb ataladigan qalin to'r yopib turadi. Paranji odatda qora rangda bo'lib, ayolning qomatini butunlay yashirib turadi, hijob esa nisbatan "yengilroq" ko'rinishi, unda yuz yopilmaydi.
Bugun hijobni paranji kabi o'rashdek sevimli odatimni yaxshiroq kunlarga qoldirishga ahd qildim, yangi maktabdoshlarim (yoki dushmanlarim)ni cho'chitib yubormay dedim-da.
Oyim ikkimiz teri va ko'zlari och tusli arablardanmiz, ko'pchilik Yaqin Sharq odamlarining hammasini qoramag'iz, ko'zlari jigarrang degan fikrga boradi. Mening ko'zlarim och yashil, hatto kulrangga moyil, buni xos ustuvorlik deb bilardim.
Odamlar asli qayerlik ekanligimni va millatimni aniqlashga qiynalishadi, lekin hijobim sababli darhol zolim ekstremist tamg'asini yopishtirib qo'yishadi. Bunga ko'nikib ham ketganman. Chin so'zim. Allaqachon ko'nikkanman.
Dadam qahvadan bo'shagan finjonni taq etib stolga qo'ygach, es-hushimni yig'ib oldim, ryukzakimni yelkamga tashlab, jimgina uydan chiqdim. Ortimdan yugurib chiqayotgan Kani yo'l-yo'lakay og'ziga bir nechta chips tashlab oldi oyim juma kunlari o'zimizni chips bilan siylashga ruxsat berardi.

- Hali ham xavotirlanyapsizmi, opa? kavshangancha so'radi Kani mashinaga o'tirarkan.

- Yo'q, kamarni mahkamlayotib jahl bilan qoshlarimni chimirdim. Aytdim-ku, xavotirlanayotganim yo'q.

- Birontasi xafa qilsa, darrov menga ayting. Yaxshilab ta'zirini berib qo'yaman.
- Kanil-bizni kuzatish uchun chiqqan onamning ko'zlari xonasidan chiqib ketdi. Bu qanaqa gap bo'ldi?
Mashinani o't oldirish uchun kalitni burayotgan dadam piqillab kulib yubordi.
Hayotim, o'g'limizga hamma qatori o'smirlik gashtini surishiga qo'vib ber, Kanining sochlarini toʻzgʻitib dedi u. -Har holda o'n ikki yoshli yigitcha bo'lib qoldi.
Oyim xuddi o'g'lini uyaltirmoqchidek tomog'ini taqillatdi, ammo yumshagandek jilmayib qo'ydi.
Dadamning eskigina "Ford"i garajdan chiqib, tor yo'lakda yengil to'xtadi. Oyim oyna oldiga kelib, arabchada oq yo'l tilab "Safaran sa iidan" demaguncha jo'namaymiz. So'ng dadam unga javoban jilmayib, "Oqshom ko'rishamiz yoki shunga o'xshash biron narsa deydi. Mana shu kichkina marosimchadan keyin nihoyat mashina joyidan qo'zg'aladi.
Bu yerga kelganimizga hech qancha bo'lgani yo'q. Yangi uyga ko'chish rejalashtirilganidan bir oy o'tib xabar topdim. Ota-onam asossiz nafratiga turtki beradigan hammani qirishga shay millatchilar va irqchilar shaharning nisbatan tinch va sokinroq qismlarida uchramas, degan fikrga kelishgandi. Ular adashishgandi, albatta. Dunyoda hech bir joy yo'qki, sababsiz hammani qirishga tayyor zolimlar qadami yetmagan bo'lsa.
Yodimda, menga xos tushkunlik Kaniga butkul yot edi, eng yomon ssenariyni kutish o'rniga har qachongidan ham quvonar, chunki yangi uyda butun umr orzu qilgani shaxsiy xona unga muntazir edi-da.
Men-chi? Ko'chayotganimizdan xursandmidim? Yo'qdan ko'ra ha desam, to'g'riroq bo'ladi. Nimani ham yo'qotardim? Chin dugonam hech qachon bo‘lmagan ayni tarzda meni eski uyimizga bog'lab turadigan boshqa sabablar ham yo'q edi. Xullas, menga baribir edi.

- Lamiya, sinfxonangning raqami esingda-a?- savoli bilan xayollarimni to'zg'itgan dadam orqa oynadan menga qarab qo'ydi.

- Ha,- bosh irg'idim. - Qo'limga ham yozib oldin. Har ehtimolga qarshi.

- Xohlasang, sen bilan birga kirishim mumkin. Qo'rqayotgan bo'lsang.

Bunday ehtimoldan dahshatga tushganimdan ko'zlarim chaqchayib ketdi, lekin bamaylixotir javob berishga tirishdim.

- Yo'q, rahmat. O'zim uddalashim kerak.

- Chunki Lamiya endi kap-katta qiz, gapga suqildi Kani.
U hali ham uydan ovolgan chipslarini chaynardi. - Allaqachon o'n yettini urib qo'ydi axir.
Yaqinda bo'lib o'tgan tug'ilgan kunimni eslab, dadam ma'yus jilmayib qo'ydi.
- Ha, - dedi biroz o'ychanlik bilan. - Lamiya endi kap-katta qiz. Vaqtni uchishini qarang-a...
Uning ovozida anduhni ilg'agandek bo'ldim, ammo bu haqida so'rashga ulgurmasimdan oynadan jigarrang bino koʻrindi, tepasida "Oldrij nomidagi yuqori maktab" degan yozuv savlat to'kib turibdi.
Sariq maktab avtobuslari birin-ketin kelib ketyapti, xuddi ari galasidek g'ovur-gʻovur so'zlashayotgan o'smirlar to'da-to'da bo'lib tushishmoqda. Menga o'xshaganlar bitta ham yo'qligini darrov ilg'adim (boshqa nimani ham kutish mumkin?), tag'in bezovtalana boshladim, yo'lda biroz bo'shashdim, deb xato fikrga borishga ham ulgurdim.
- Xo'sh, mana yetib keldik, - dadam "Ford"ni maktab darvozasi oldida to'xtatdi. - Tayyormisan?
- Tayyor bo'lganda qandoq, - ishonch bilan javob berib, mashina eshigini ochdim - Ishlaringizga omad. Kaniga yuzlanib, musht urishtirish uchun qo'l uzatdim.
- Senga esa yangi maktabda yaxshi vaqt o'tkazishingni tilayman.

- Sizga ham, - Kani xuddi eski og'aynilardek mushtimga mushtini tekkizarkan, kulgichlarini koʻz-ko'z qilib jilmaydi. Uzoq o'ylovlar va ehtimoliy qo'rquvlarga imkon qoldirmay.
oldinga, o'sha uch qavatli, tepasida tillarang yozuv osilgan jigarrang bino tomonga qadam bosdim. Har biri o'zicha alohida olam bo'lgan, biri biriga o'xshamaydigan ko'plab o'quvchilarning asiriga o'xshardi bu bino. Kimdir kavshanyapti, kimdir jag'i tinmay gapiryapti, kimdir yoshlik quvvatini qayerga sochishni bilmay yeldek uchib yuribdi.

Eng muhimi, menga hech kim qaramayapti.

Hozircha.

Ikkinchi Bob

Qo'rquv, yoqtirmaslik, begonalik hissi soyama-soya ergashib kelardi. Qadam-baqadam ta'qib qilar, qayga bormay, ortimdan qolmasdi. Ko'p o'ylardim: biz, musulmonlar, qolgan barcha kabi yashay olarmikanmiz? Tashqi ko'rinishimiz uchun qoralashni, terrorchilar qatoriga qo'shishni bas qilisharmikan, ularning e'tiqodini hurmat qilganimiz kabi bizning dinimizga ham ehtirom ko'rsatisharmikan?

Va nihoyat: kalaka bo'lishdan qo'rqmay xotirjam nafas ola bilarmikanmiz?

Shularni mulohaza qilgancha maktab yo'lagidan borardim.

Miyamda fikrlar g'ujg'on o'ynar, yolg'iz qolmaslik uchun loaqal bittasini ushlab qolishga tirishardim. Xayollarimgina menga chin hamroh edi.
Maktabning ichi ham xuddi sirtidek qarshi oldi: nihoyasiz shovqin, suhbatlar va qadamlar dupuri.

Amerika bayroqlari va plakatlar ilingan uzun yo'lak bo'ylab borarkanman, atrofga nazar tashlamasdim. Shijoati haddan ziyod oshib-toshgan o'smirlardan uzoqroq turishga harakat qilardim. Ular esa hech narsa bilan zarracha ishi yo'qdek ko'rinardi. Har kim o'z hayoti bilan yashayapti; gohida oldimdan bir to'da yigitlar yugurib o'tadi, hazillashib bir-birini turtkilaydi, nisbatan bosiqroq o'smirlar ikki tomonga tizilgan javonchalardan darsliklarini olishadi, kimdir sinfxonaga otilib kirib eshikni qarsillatib yopadi Yo'lak oxirida ko'ksiga maktab ramzi tushirilgan qo'llov guruh kiyimida uch qiz turibdi, ularning atrofida esa baland bo'yl yigitlar girdikapalak bo'lishyapti bular maktabning futbo jamoasi a'zolari ekanligini qiyofasi aytib turibdi.

Mana, eng dahshatlisi boshlandi: meni ilg'ay boshlashdi.
Tengdoshlarim bilan to'la yo'lak o'rtasida beo'xshov, tanam mumkin emasdi, albatta. Odatdagi qora kiyimimni: keng ishton, va sochlarimni yopib turgan qopdek kiyimda e'tiborni tortmasligim Biroz yorqinroq, yoqimliroq, rang-barangroq kiyim tanlash sariq yozuv tushirilgan hudimni bugun bekor kiydimmikan-a kerakmidi?!
O'zim ham bilmagan holda qo'l cho'zib, boshim va bo'ynimni o'rab turgan qora ro'molni tuzatib qo'ydim, biryo'la qo'ymoqchi bo'ldim, Darvoqe, darhol payqaganimdek, aynan uning tagidan quloqchinlarim chiqib turgan-turmaganini tekshirib mana shu ro'mol sababli atrofdagilarning diqqat markaziga tushib qolgandim.
Har doim "zamonaviy" ko'rinishga, tengdoshlarimning "urfi" bo'yicha kiyinishga tirishganman, bu bilan o'rtamizdagi ulkan farqni biroz bo'lsa-da kamaytirishga harakat qilganman. Ilgari och tusli jinsi, ahmoqona chiziqlar yoki yorqin rangli yozuvlar tushirilgan qizil hudilar kiyib yurardim, ammo, boshingdan pastida nima borligi odamlarga baribirdek edi. "Aqlli gaplar oshib-toshgan" nutqlarini boshlashlari va seni biron terrorchi tashkilot a'zosiga chiqarib qo'yishlari uchun birgina shu ro'molning o'zi kifoya.
Beixtiyor boshimni egib, nigohlarimni yerga qadadim, xuddi shunday qilsam, ko'rinmas bo'lib qoladigandek. Begona nigohlar meni tashvishlantirmas, balki g'ashimga tegar, "Nimaga baqrayib turibsizlar?" deb qichqirgim kelar, ammo doim o'zimni bazo'r to'xtatib qolardim. Gohida tilimga erk berib yubormaslik uchun uni tishlashimga ham to'g'ri kelardi.
Ko'pchilik menga qarab pichirlashar, ortimdan qarab qolar, muhokama qilardi.
- Bu yerda unga pishirib qo'yibdimi? - o'ng tomondan eshitildi .

- Kiygan kiyimini qara, qulog'imga chalindi chap tomondan. Keyin har tarafdan kulgi va tirjayishlar yangradi. Parvo qilmaslikka tirishdim.
Yuqoriga olib chiquvchi zinapoya tomonga burilganimni bilaman, qo'qqisdan kimdir kelib urildi. Azbaroyi qattiq urilganidan oyoqda arang tik turib qoldim, ro'molim pastga tushib, sochlarim biroz ochilib qoldi. Tezda ro'molimni to'g'rilab, qarshimda turgan qizga tikildim. Unga juda ham "Tirband yo'lakda telbadek yelib-yugurish o'miga to'g'ri yurishni o'rgansang bo'lardi", degim keldi. Yoki "Ko'zingni kattaroq och!" debmi. Egnimdagi hudiga tushirilgan yozuvning rangi kabi zaharxanda ohangda aytishim mumkin bo'lgan gaplar yetarlicha edi, lekin tilimni tiydim.

- Voy, kechir, iltimos, - uzr so'radi u. Ovozi juda yoqimli edi. Bunaqa ovozni odatda "Oppog'oy" yoki "Sindrella" kabi ertaklarda eshitish mumkin.

- Ko'rmay qolibman.

Qarshimda sochlarini yosh boladek ikki tutamga yig'ib olgan, halloslayotgan mallasoch qiz turardi. Soch turmagi tufayli naq chinni qo'g'irchoqqa o'xshardi.

O Xudoyim, ro'molimga nisbatan bir og'iz ham zaharxanda kinoya yo'q. Bir og'iz ham! Aqldan ozish mumkin.

- Rey, iltimos, o'zingni bos,- notanish qiz shunday dedi-yu, xuddiki men boshqalardan zarracha farqlanmaydigandek ortimga yashirinvoldi.

Bu gal u menga xitob qilmayotgandi.

Shundagina biz tomonga qizdan chin ma'noda butunlay farq qiluvchi yigit kelayotganini payqadim: to'q kashtan rangli shishirilgan sochlar, tizzasi yirtiq ko'k jinsi bu yirtiqlar shimning hoshiyasini ko'tarib qo'yish va qo'nji baland kedilarni ko'z-ko'zlash uchun qilinganga o'xshardi paxtalik charm kurtka. Shu holida u o'smirlar filmlaridagi "bezori"ga o'xshardi.

Qarshimda go'yoki Denni va Sendi' turgandek.

- Men senga bisotimdagi eng qadrli narsani ishongandim - dedi Rey xuddi o'zi va hali ham ismi noma'lum qiz o'rtasida meni ilg'amayotgandek.
- Magnitofonimni ishongandim-al

- U xonamga qanday kirib kelganini bilmay ham qoldim, chin so'zim! - mallasoch hamon ortimda yashiringancha ko'zlarini begunoh pirpiratdi.

- Deniyeldek bahaybat to'ng'izni qanday, ilg'amaslik mumkin?! Uning qadam bosishidan devor titraydi-ku!

- Bo'pti, bo'pti, Rey. Kechir meni, iltimos.

Qiz, nihoyat, mendan uzoqlashib, yigit tomon ohista qadam tashladi, shu holida ota-onasi oldida ayb ish qilib qo'ygan bolaga o'xshardi. Oq koftasining etagi mahkamlab qo'yilgan katak yubkasini to'g'riladi, boshidagi soch tutamlarini qattiqroq qisdi.

- Meni kechirasan-a, to'g'rimi? - U bu so'zlarni cho'zib aytarkan, ehtiyotkorlik bilan yigitning yelkasiga qo'l tekkizdi.
- Re-e-ey?

Rey unga oʻychanlik bilan tikildi, keyin ilkis belidan tortdi-yu sevgilisini mahkam bag'riga bosdi. Yigit undan ancha baland, shuning uchun qiz boshini orqaga tashlab unga qarardi.

- Boʻpti, qizaloq,- yigit hovuridan tushdi. - Bilasan-ku, seni har qanday holatda ham kechiraman, muhabbatim.

Qiz javoban qiqirladi.

Ko'rganlarimdan shunchalik ta'sirlanib ketdimki! Bu manzara zefirdan ham shirinroq edi, nihoyat ketishga chog'lanib ilkis burildim. Lekin mallasoch meni to'xtatib qoldi:

- Shoshma!

Tag'in o'girilib, qoshlarimni savolomuz chimirdim.

- Yangi o'quvchimisan? Ilgari seni bu yerda hech ko'rmaganmiz.

Birdan o'ylanib qoldim, yuzimdagi samimiy ajablanishni ular ilg'ashayotganmikan? Hayron qoldirayotgan narsa men odatda duch keladigan dimog'dor qarashlar bu juftlikka mutlaqo begona edi. Xuddi meni o'zlaridan biriday qabul qilishayotgandek.

- Bugun maktabda birinchi kunim, .- dedim tezda suhbatni yakunlash maqsadida

- Ajoyib! - qiz jilmayib, qo'l choʻzdi. - Xush kelibsan! Ismim Rubi, Tanishamizmi?

Uzatilgan qo'lga qarab, darhol bo'lmasa ham javoban qo'l cho'zdim. Odamlar bilan kamdan-kam tanishaman, shuning uchun har gal o'taketgan darajada o'ng'aysizlanaveraman.

- Lamiya, - javob berdim.

- Naqadar noodatiy ism... Birinchi bor eshitishim - Va kutilmaganda yigiti yodiga tushib qolgandek tezda qo'shimcha qildi: - Bu esa yigitim Rey.

Rey ham qo'l cho'zdi, lekin bu gal javob bermadim: musulmon qizlar notanish erkaklar bilan jismoniy muloqotga kirishishlari mumkin emas.

Yigit xijolat tortib, asta qo'lini qaytarib oldi, nega bunday qilganimni tushungandek, qo'pollikka yo'ymagandek ko'rindi hatto. Har holda shunga umid qilayotgandim.

Yo'lak bir zumda chinqiriqqa to'lib ketdi: qo'ng'iroq jarangladi.

- Mayli, biz boraqolaylik, lekin, albatta, yana ko'rishamiz, Lamiya! - dedi Rubi vaziyatni o'nglashga uringandek. U yigitining qo'lidan tortqilab, yo'lakka boshladi, olomonga singib ketishdan avval baland ovozda xitob qildi: - Aytgancha, ro'moling menga yoqdi.

Bu oxirgi bir necha oyda meni samimiy jilmayishga undagan ilk so'zlar edi.

Garchi bu zig'irchalik ishonch bo'lsa-da, baribir maktab ostonasini hatlab o'tayotganimdagiga nisbatan kamroq asabiylashayotgandek edim.

Mana, uzoq kutilgan raqam va harf tushirilgan kichkina taxtacha. Eshikni taqillatib o'tirmay, to'g'ri sinfxonaga kirib bordim.

Xonaki gullar bilan bezatilgan kichik yorug' xonada hayot qaynardi.

Allaqachon qo'ng'iroq chalinganiga qaramay, yangi sinfdoshlarim odob-axloqni yig'ishtirib qo'ygan, har kim ko'ngli tusagan ish bilan mashg'ul edi. Kimdir bumboksini jaranglatib musiqa tinglayapti sevimli guruhim "Modern Talking" ohanglarini darrov tanidim. Kimdir esa qulog'ida quloqchin bilan ming'irlab, darslikni bejash bilan ovora.

Menga hech kim e'tibor qaratmadi, fursatdan foydalanib, sinf bo'ylab borib, oxirgi partani egalladim. Ryukzakimni polga tashlab, kursiga o'tirdim va sinfdoshlarimni diqqat bilan ko'zdan kechira boshladim. Sinfda o'ttiz chog'liq kishi bor, bundan kam emas. Hamma shunaqangi zamonaviy va silliqki, ko'nglim ozib ketdi. Bir nechta yigit derazaga yaqin partalarni band qilib, birga vaqtichog'lik qilishar, ikki qiz pardoz anjomlarini chiqarib, yuzlariga bo'yoq chaplashga tushib ketishgandi. Sinfda juftliklar ham ko'zga tashlanadi: masalan, deraza oldida o'tirgan yigit va qiz bir-biridan ko'z uzmay, hiringlashar, suykalishayotgani shundoq bilinib turardi.

Qo'qqisdan sinfxona eshigi keskin ochilib, xayollarim boʻlindi, atigi bir soniya avval xonani to'ldirib turgan shovqin xuddi hech qachon mavjud bo'lmagandek tindi. O'quvchilar o'z joylarini egallab, qadlarini rostlashdi. Musiqa o'chdi, sinfxona sukunatga cho'mdi.

- Salom, bolalar, - dedi rang-barang kiyingan ayol og'irharsillab xonaga kirarkan.
- Kechikkanim uchun uzr, lekin shoshilinch ish chiqib qoldi, zudlik bilan ketmasam bo'lmaydi. Yigirma daqiqacha bo'lmayman. Dars oxirigacha qaytmasligim ham mumkin.

O'tirganlarning deyarli hammasi jim turishni ma'qul ko'rmay, shodon uvillashdi.

- Xo'sh, sekinroq, iltimos, - ayol ko'ylagini va och tusli paxmoq sochlarini to'g'rilarkan, menga ko'zi tushdi. Ro'molimga shubhali ko'z yugurtirdi.
- Faqat... faqat ketishdan avval yangi o'quvchimizni sizlarga tanishtirmoqchiman. - U qo'lidagi qog'ozga birrov ko'z tashlab, ismimni o'qidi: - Lamiya Uayt xonim.

Imkonim bo'lganida, so'zsiz, sinf bilan tanishuvni o'tkazib yuborish uchun vaqtni oldinga surgan bo'lardim. Afsuski, buning iloji yo'q, chunki menda doktor Braunning vaqt mashinasi ham yo'q, Marti Makflay bilan tanish ham emasman. Shuning uchun o'qituvchi o'rnimdan turib o'zimni tanishtirishni so'raganida itoat qilishdan boshqa choram qolmadi.

Nigohlar shu zahoti menga qadaldi. Oldinda o'tirganlar o'girilib, jo'rttaga chapillatib saqich chaynagancha tikilib qolishdi, xuddi shu yerdaligimni endigina payqagandek.

- Ismim Lamiya. Ota-onam sokinroq mavzega ko'chib o'tishni ma'qul ko'rishdi. Shuning uchun bu yerdaman.

Aytganlarim ortig'i bilan kifoyadek ko'rindi, shuning uchun qayta joyimga o'tirdim. Bir lahza sinfga jimlik cho'kdi. So'ng yana muallimaning ovozi yangradi:

- Do'stona sinfimizga xush kelibsiz, Uayt xonim, - zoʻraki iljayib dedi o'qituvchi. Nigohlari nima demoqchiligini ko'rib turibman: o'sha ishonchsizlik, o'sha sergaklik. - Men Nort xonimman. Maktabda har qanday masala bo'yicha menga murojaat qilishingiz mumkin. - U soatiga ko'z tashladi-yu, borligimni zumda unutib, tezda qo'shib qo'ydi: - Ko'rishguncha! Ketishim kerak, bolalar.

U shosha-pisha stoldan bir necha darsliklar, allaqanday eshikni sharaqlab yopdi. Muallima ketishi bilanoq birov buyruq qog'ozlar va jildlarni yig'ib olgach, sinfxonadan otilib chiqdi-yu bergandek xonada yana shovqin ko'tarildi.

Qarshimda tim qora sochlari kalta qirqilgan, yorqin sariq rangli sviter va kalta jinsi yubka kiygan qiz turardi. U men ahmoqona chapillagan saqich tovushi aynan unga tegishli tomonga ohista burilib, moviy bo'yoq surilgan ko'zlarini tikkanida bo'lganini tushundim. Sinfdosh qiz meni shunchalar bezbetlarcha ko'zdan kechira boshladiki, g'ashim qo'zishi uchun atigi bir necha soniya kifoya qildi.

- Biron muammo bormi? savolomuz chimarilib so'radim.

U tilga kirgan hamon shovqin to'satdan to'xtadi, hamma bizga tikildi.

- Manavi lattani nega kallangga oʻravolganingni tushunishga urinyapman, - dedi saqichli qiz.

Atay jig'imga tegish uchun bo'lsa kerak, koʻpchilik piq etib kulib yubordi. Lekin boya aytganimdek, bunga allaqachon ko'nikib ketgandim, qizning har bir so'zi qulog'imdan sirg'alib o'tib ketardi.

Engashib, kerakli darslikni olish uchun ryukzakimni kavlashtira boshladim. Asabimga o'ynashga astoydil kirishga saqichli qizga bu umuman yoqmadi: ryukzakni keskin qo'limdan yulqib oldi, irg'ib turdi-da deraza oldiga yugurib ketdi. Sinfdoshlar nafaslarini ichga yutgancha mening munosabatimni kutishardi.

- Kris! qichqirdi allakim. Ehtiyot bo'l! Bitta-yarimta Mustafoga shikoyat qilsa, hammamizni Iroq tomonlarga ko'tarib ketib qolishmasin yana.

Gurra kulgi ko'tarildi, kimdir partaning ustiga o'tirib olib, xuddi sirkda tomosha ko'rayotgandek chapak chala boshladi. Bu haqiqatan ham sirk edi, aks holda kap-katta odamlar shunaqa ahmoqgarchilik qilib o'tirishini qanday izohlash mumkin?

Men esa o'tiraverdim. Ha, o'tirardim-u g'iring demasdim. Bu bemazagarchilikni davom ettirishlariga sabab topib berishni istamaganim sababli bo'lsa kerak. Juda ko'p hollarda qasddan sukut saqlash ehtimoliy haqorat va kalakalardan asrab qoladi.

Bularning barini eshitib o'tirishga vaqtim yo'q.

- Ryukzakni ber, - dedim. Hazilakamiga jahlim chiqmayotgani ko'rinib turardi chog'i. Yoki aksincha o'ta yuvosh ko'ringandirman balki.

Kristina tirjayib turar, bu tirjayishdan ichim alanga-yu otash bo'lib yonardi.

Qalbimda ularga, ularning har biriga nisbatan nafrat lovullab, tushunishga bo'lgan har qanday istakni kulga aylantirdi. Ularni hech qachon tushunmayman. Menga nisbatan bu asossiz harakatlarning hech birini aslo kechirmayman.

- Bermasam-chi? - so'radi u. - Bilasanmi, menda bir fikr bor. Kristina derazani ochib davom etdi: - Har ehtimolga qarshi.

Ryukzakim, yangigina, yoz bo'yi saraton quyoshining taftida terlab-pishib qilgan mehnatim evaziga pul yig'ib olingan ryukzak maktabning uchinchi qavatidan pastga uchib tushdi. Yerga tushgani eshitilmadi, hoynahoy, g'azabdan quloqlarim bitib qolgani uchun bo'lsa kerak.

- Voy, kutayotgani aniq. Ataylab qilmadim. - dedi Kristina zo'raki achinish bilan.

Unga uzoq tikildim. Abadiyat o'tib ketgandek tuyuldi.
Ichimda xuddi buloqdek qahr qaynab kelardi. Bu qahr tashqariga kuydirib yuborishi tayin. Sabr, sabr, sabr, Lamiya, derdi ichimdagi otilsa, bu yerda o'tirvolib meni kalaka qilayotganlarning basharasini ovoz. Sabr najot faqat unda. Seni tushunmayotganlarga sabrli bo'l, zora, qalblari yumshasa.

Ko'nglim taskin topgandek bo'ldi, axir oqshomlaming birida Qur'on tilovat qilayotgan onamdan shunga o'xshash gap eshitgandim. Nigohlarim Kristinaga qadalgan, lek xayolan undan, barchadan olislarda edim. Ammo u jim o'tirmadi, har bir harfni chertib-chertib masxaraomuz ohangda dedi:

- Xo'sh, qo'lingdan nima keladi, sassiq kelgindi?

Chindan ham qo'limdan hech narsa kelmaydi.

Uchinchi Bob

Tanaffusdan darak berib baland ovozda qo'ng'iroq chalingach, sinfdan o'qdek otilib chiqib, maktab hovlisiga shoshildim. Ryukzakni qidirish o'n daqiqacha davom etdi; u men uchun jahannamning bir parchasiga aylanib ulgurgan sinfxonaning derazasi ostida yotardi.

So'ng peshin namozini qayerda o'qib olish haqida o'ylay boshladim, allaqachon vaqt bo'layotgandi-da. Lekin qulay joy topib ibodat qilish (bizning ibodatimiz esa hammaga ma'lum nasroniycha ibodatdan ancha farq qiladi) o'z yo'liga, buni yaramas o'smirlarning ko'zidan panada amalga oshirish umuman boshqa ish. Mana shunday chigal masala qarshisida qoldim.

Maktabning kenggina, hayot qaynab turgan hovlisini sinchkovlik bilan ko'zdan kechirib, bitta xulosaga keldim: namozni faqat shu yerda, chim ustida, tanaffus vaqtida piknik uyushtirib o'tirgan o'quvchilardan uzoqroqda o'qib olishim mumkin. Hovlida daraxtlar mo'l-ko'l, atrofni jonli pardadek o'rab turardi. Qor allaqachon eriy boshlagan, och yashil maysalar nish ura boshlagan.

Uzoqda yerga do'p etib koptok tushdi: qizlar orasida alohida nom chiqargan yuqori sinf yigitlari baqir-chaqir qilgancha basketbol o'ynashardi. Maktab fasadida osig'liq ulkan soatga qaradim. Namozga hali ulguraman, hozir esa javonchamni topib olishim kerak, birinchi darsdan avval ilojini qilolmagandim.

Javoncha raqamini bilaman, kalitni esa kecha oqshom, dadam yangi maktabda asqatadigan barcha ma'lumotlar tushirilgan qog'ozni topshirayotganida olgandim. Tabiiyki, meni maktabga oyim emas, dadam joylashtirgandi. Oyim ma'muriyat xonasida qora libosda ko'rinish bersa bormi, direktor katta ehtimol bilan uning qizini qabul qilmaslikdek jozibali fikr bilan kurashishiga to'g'ri kelardi. Oyim doim to'q rangli, keng xalatdek va xuddi shunaqa ro'mol kiyib yurardi. Ishonchim komil, maktabga meni dadam joylashtirishini aynan oyim talab qilgan, chunki bu yerga tashrifining ehtimoliy osilib turadigan serbar ko'ylaklar oqibatlarini juda yaxshi anglagan.

Yana binoga kirib, menga tikilayotgan qiziquvchan nigohlarga parvo ham qilmay, uzun yo'lakda tezda javonchamni topib oldim va sharaq-shuruq qilib ochdim. Ryukzakdagi darsliklar tezda javonchani to'ldirdi, faqat taroq yoki pardoz anjomlari kabi mayda-chuydalarga joy qoldi. Tabiiyki, menda unaqa narsalar yo'q. Yoshlarbop amerikancha filmlardagi o'smirlar odatda javonchalariga qalashtirib tashlashni yaxshi ko'radigan mayda. chuyda bekorchi narsalar menga mutlaqo begona edi. Tentakdek kameraga qo'l silkib ishshayib tushgan suratlarim ham yo'q.

- Qara, bu ahmoqona kechki ovqatni xayolingdan chiqarib tashlarsan-a? - oldimda erkakcha ovoz yangradi. - Balki bu la'nati konsertga tushish uchun birdan-bir imkoniyatimizdir! Uni qo'ldan chiqarib bo'ladimi axir?!

Boshqalarning suhbatini poylashni umuman istamasdim, burilib nari ketmoqchi ham bo'ldim ham, ammo allakim yelkasi bilan meni turtib yubordi, uning o'zi ham menga e'tibor qaratdi.

- Voy, uzr, dedi notanish yigit u tomonga o'girilganimda. Uning ovozida o'zim kutgan kinoya yoki masxarani ilg'amadim. Aksincha. Tamoman samimiy, yengil istehzo bilan uzr so'rardi.

- Ches, qara, - kaftining tashqi tomoni bilan do'stining qovurg'asiga shapatilab dedi u. Taajjublanganga o'xshamaydi, xuddi ro'molli qizlarni har kuni uchratib yurgandek.

- Kiyiming chakki emas, qizaloq, dedi suhbatdoshi.- U oshkora masxaromuz nigoh bilan meni ko'zdan kechirdi.

- Ha-a, - dedi birinchisi. - Bunaqasini har kuni ko'ravermaysan.

Qizarib ketdim, shekilli. Xijolatdan emas, balki ikki yildirki doimiy hamrohimga aylangan taranglik hissidan.

Olifta kiyingan, xavfli darajada ko'rkam, mendan katta ko'rinadigan ikki yigit javonchalarini ochishdi, men esa ularga qo'shni ekanligimdan dahshatga tushdim. Nega endi xavfli? Chunki aynan "zo'r yigitlar" shunaqa ko'rinishadi. O'ziga xos elita. Bunaqalardan esa biron yaxshilik kutib bo'lmaydi.

Yigitlar deyarli darhol meni unutib, allaqanday o'yinlar, rok-guruhlarning konsertlari, yangi avtomobillar haqidagi xabarlar va turli erkakcha mavzularni muhokama qila ketishdi, men esa ularga e'tibor bermay, yana javonchamga burildim. Ketishga chog'lanishganida "qizaloq" deb atamagani birdan burilib, so'z qotdi:

- Xush kelibsan sharq go'zali.

Va jilmaydi.

Odatda odamlar meni ta'nali yoki hatto oshkora norozi nigohlar bilan siylashadi, ammo notanish insonning birgina-yagona tabassumi kayfiyatimni ko'tarishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim.

Ches ismlisi do'stining ko'ksidan hazilomuz itarib, beozor so'kinib qo'ydi. Ortiq men tomonga qaramay, yo'lak bo'ylab uzoqlashib ketisharkan, ularning ortidan tikilib qoldim. Esankirab qolgandim: bu nimani bildiradi?

Shunday qilib, maktabda peshin namozini o'qiy olmadim. Qo'rqoqligim sababli, yana haqoratlarga nishon bo'lishni istamaganim bois.

Mening ham qiziqishlarim bo'lsa. da, hech qachon ularni yaqinlarim bilan boʻlishmasdim, chunki...

Chunki nima bilan shug'ullanishim-u nimani yoqtirishin hech kimga qiziq emas, deb hisoblardim.

Navbatdagi rasvo tongda o'rnimdan turib, to'shagimni to'g'riladim, sochlarimni tarab, tugib qo'ydim va yuvinish xonasiga yo'l oldim. Odatda soat vettida yuvinish xonasi allaqachon band bo'lardi, lekin bir soat vaqtliroq uyg'ongandim, shuning uchun eshik ochiq, boshqalar yo endi uyqudan ko'z ochishyapti, yoki hali ham uyquda.

Bugun maktabga piyoda borishga qaror qildim, shu bois tabiiyki, yoqlamasdi. Islomda bu joiz emas. Ayollar ko'chaga vaqtliroq turishga to'g'ri keldi. Oyim yolg'iz piyoda sayrlarimni, mahram erkaklar hamrohligida chiqishlari shart. Bu ota, aka-uka, tug'ishgan amaki, tog'a, bobo bo'lishi mumkin. Umuman olganda, oldida boshyalang yurish mumkin bo'lgan yaqin erkak qarindosh. Bunga mutlaqo qarshi emasman. Bularning bari Islom haqida yuzaki bilishdan nariga o'tmaydigan, o'zini bilimdon sanaydigan aksar ko'pchilik va nomiga "musulmonlar" o'ylaganidek, ayolni kamsitish uchun qilinmaydi.
Balki bunda ayolning himoyasi maqsad qilinadi, zero, hozirgi zamonda (umuman barcha davrlarda ham) qiz bola bo'lib tug'ilish chindan ham xavfli.

Lekin bugun maktabga piyoda borgim keldi, istaklarimni deb ayrim qoidalarni buzdim.
Soat yettida allaqachon tayyor edim. Oshxonaga o'tib, doim stol ustida turadigan, oyim bozorlik roʻyxatini yozadigan yondaftardan bir varaq uzib, maktabga yolg'iz ketganimni yozib qoldirdim. Qaytganimda oyim navbatdagi ma'ruza bilan qarshi olsa kerak, lekin oniy lahzada miyamdan yarq etib o'tgan bu ogohlantirishga e'tibor bermadim.

Xatni magnit bilan sovitkichga yopishtirdim, qulog'inda quloqchin, yelkamda ryukzak tayyorman. Tashqariga chiqib, uydagilarni uyg'otib yubormaslik uchun eshikni o'ta ehtiyotkorlik bilan yopdim.

Va yo'lga tushdim.
Quloqlarim ostida sevimli Boney M qo'shiqlari jaranglar, eriy boshlagan qordan namiqqan asfalt bo'ylab botinkalarimni sudrab borarkanman, nimalarni istashim haqida xayol surardim.
Tez orada imtihon, kelajagim shunga bog'liq, lekin undan o'ta olishimga uncha ko'zim yetmayapti. O'qishda hech qachon na o'zim, na ota-onam g'ururlanishiga arzigulik natija ko'rsatmaganman, lekin har holda yomon o'qimasdim ham. Ammo imtihonni a'lo bahoga topshirish kerak, oldimda birgina yo'l bor davlat kollejiga byudjet asosida kirsam kirdim, chunki ota-onamning meni o'qitaman deb oshib-toshib turgan davlati yo'q.
Shu o'ylar bilan muyulishdan burilganimda bir necha tengqur o'quvchilarga ko'zim tushdi. Bu yaqin atrofda Oldrijdan boshqa yuqori maktab yo'q, demak, aynan o'sha yoqqa borishayotgani aniq. Ularning orasida kecha menga sohibining qalbi kabi badbashara ko'ringan qiyofani ham tanidim.

Kristina.

Yo'limiz kesishishi yetmay turgandi!
Eskigina pleyerimning tugmasini bosib, musiqani balandlatdim, meni ilg'ab, tag'in zahrini sochgisi kelib qolsa, eshitmaslik uchun zo'r imkoniyat. To'rt nafar o'smir kulishib, nimalar haqidadir gaplashib oldinroqda borishardi. Kristina o'rtada edi. Och rangli jinsi, ko'ylagi ustidan nimcha kiygan novcha yigit uni bir qo'li bilan quchib borardi.

Narigi ikki o'smir esa nuqul ularning gapini boʻlib, umumiy suhbatga gap qo'shishyapti.
Dastlab ularga parvo qilmaslikka qaror qilgan bo'lsam ham, qiziquvchanlik zo'r keldi. Ularni kuzata boshladim.
Juda ko'p hollarda amerikalik bolalar va o'smirlarni kuzatib, ularni butkul boshqa olamda yashaydi, degan fikrga kelaman. Bu olamda taqiqlar yo'q, axloq yo'q hisobi, ammo Islomda qoralangan, ular uchun esa mutlaqo me'yoriy narsalar bisyor. Ular havoyi turmush tarzi olib borishlari mumkin, ota-onalari esa bunga qo'l siltab, taxminan shunday deyishadi: "Ular axir bola-ku. Men o'n olti yoshimda bilasizmi, qanday davr-u davron surardim!" Bu o'smirlar kaltak yeyishdan ham qo'rqmay shundoqqina uylarining oldida bemalol o'pishishadi. Men xayolimning ko'chasiga ham keltira olmaydigan ishlarni qilishadi.

Baribir biz mutlaqo turfa olamlarda yashaymiz.

To‘rtinchi Bob

Maktabga yetib borgach, atrofni inkor qilish maqsadida quloqchinni yechishga oshiqmadim. Javoncham asosiy eshikka boshqalarnikidan ko'ra yaqinroq edi, kerakli darslik va daftarlarni olish uchun kalitni chiqardim.

Yangi kundan nima kutishni bilaman yaxshilikka umid qilmasa ham bo'ladi. Lekin bir narsaga ishonchim komil: yana kimdir menga sapchishga jur'at qilsa, jim qarab o'tirmayman. Odamlar ko'pincha "namunali" qizlar o'zini undoq tutishi kerak, bundoq tutishi kerak, deb aqllilik qilishadi. Bizga muloyimlikni, xokisorlikni o'rgatishadi, zinhor-bazinhor fe'limizni ko'rsatmaslik, ya'ni ovozimizni balandlatmaslikni, yoqimtoygina, yuvoshgina bo'lishni uqtirishadi.

Bularning bariga zid o'laroq, men aslo bunaqa emasman va ikkiyuzlamachilik qilgim ham yo'q.

Javoncha darchasini ochib, kimyo darsligi va qalin daftarni oldim, sinfxonani izlab ikkinchi qavatga ko'tarildim. Bu gal o'qituvchini diqqat bilan tinglash uchun doskaga yaqinroq partani tanladim, keyin esa bir parcha qog'ozga bo'lajak imtihonlar haqida imkon qadar ko'proq ma'lumot olishim kerakligini yozib qo'ydim.

Sinfxona bo'm-bo'sh edi. Hammadan oldin kelgandim va bundan juda xursand edim.

- Keyin esa uning xonasidan oyog'i kuygan tovuqdek otilib chiqdim! Tasavvur qilyapsizlarmi?

Allaqachon musiqani o'chirib qo'yganim bois sinfxonaga kirib kelgan do'stlarning suhbatini aniq-tiniq eshitdim. Bu men maktabga kelayotib yo'lda uchratgan to'da edi.
Ularga e'tibor bermay, darslikni ochdim-u, sahifalarga sho‘ng‘ib kettim.

- Xloi-chi, uning xabari bormi? - so'radi ulardan biri.

- Yo'q, albatta, - Bu gal Kristina gapirdi (ovozidan darrov tanidim). - Bu anqov burniga tiqishtirmaguningcha, iklo dunyoda ham xayoliga keltirmaydi!

- Chester-chi, o'zini tuta oladimi? - bu gal boshqa yigitning ovozi vangradi. - Axir baribir keyin shakarguftorlik qilganinglar aniq, xuddi sizlarni Eliasning yotoqxonasida tutib olganimizdek.

Buning ortidan baland kulgi vangradi, so'ng yana o'sha ovoz gapirdi:

- Og'ayni, o'sha tun yodingdami?

Avvaliga javob bo'lmadi, keyin esa kimdir past ovozda dedi:

- Albatta. Shundan kevin choyshabni yoqib, bir oy ruhshunosga qatnashimga to'g'ri kelgandi o'ziyam.

Darrov tanidim.

Beixtiyor boshimni ko'tarib, yigitga qaradim. Bu o'sha, oxirgi ming yillikda menga jilmayib qaragan sanoqli odamlardan biri edi.

Demak, uning ismi Elias.

Biz bir xonada o'tirar, sukunatni faqat ularning kulgisi va suhbatlari buzar, go'yoki mening borligimni ilg'ashmayotgandek edi. Balki shundaydir ham. Kim bo'libmanki, mening borligimni bilishsa, shundaymi?

Elias Kristina, Chester va o'ziga o'xshagan yana bir xushbichim yigit bilan do'st; buni o'ylab, o'z-o'zidan uning shaxsiyatiga nisbatan qalbimda zaif, ammo yaqqol g'ashlik va xushlamaslik uyg'onib, kechagi tabassumdan qolgan quvonch shu'lasini o'chirdi. Hatto u odamshavanda ekanligiga umidni ham so'ndirdi. Yaxshi odam bo'lganida Kristina bilan do'stlashgan bo'larmidi?

Ularning qimmatbaho kiyimlari, soch turmaklari, so'zlashish uslubi, o'zlarini viqor bilan tutishlari e'tiborimdan chetda qolmadi. O'ta badavlat, jilla qursa, o'ziga to'q oilalardan ekanligi aniq. Men kabi emas..

- Xo'sh, ertaga tug'ilgan kunimga kelasanmi? - Chester loy tekkan botinkali oyoqlarini parta ustiga qo'yib so'radi - Yo'q, deb ko'r-chi.

- Boraman, bormay nima ham qilardim... Faqat bir shart bilan, tanish qizlaringni menga tiqishtirmaysan.

Chesterning yonida o'tirgan va menga ismi hali noma'lum bo'lgan yigit baland ovozda tanglayini taqillatib, e'tiroz bildirdi:

- Chester, og'ayni, - Elias uning uchun kuyib-pishishingni zarracha qadrlamaydil -Yaxshisi, go'zallaring bilan meni tanishtira qoll

- Ruf to'g'ri aytyapti, - dedi Elias. - Undan chiqayotgan birdan-bir to'g'ri fikrga quloq sol.

Tushundimki, ular shu tariqa menga umuman aloqasi bo'lmagan bekorchi narsalarni muhokama qilishda davom etishadi, shuning uchun yana pastga qarab, darslikka sho'ng'idim. Oh, shunchalik jonimga tegishdi-ki!

Lekin darslikka qaytgandim hamki, ularning e'tibori menga qaratildi.

- Hey, sen! - itni imlagandek chaqirdi Kristina. - Seni ko'rmay qolibmiz ham.

- Uni taniysanmi? - qiziqdi Chester.

- Ha. Kecha uning ryukzaki bilan mazza qilib o'ynadik. Shunaqami, Daniya? Yoki isming nima edi-ya?

Bu gal beparvo o'tira olmadim va nigohlarimni ko'tardim. Ko'zini lo'q qilib turgan basharalarni bir-bir ko'zdan kechirdim, rosa o'xshatib ensa qotirish istagini bazo'r yengib, baland ovozda qoʻrslik bilan zahrimni sochdim.

- Mening ismim Lamiya. Xotirang chatoqmi deyman? Parishonxotirlikka qarshi dori tavsiya qilishim mumkin ediku-ya, lekin sening vaziyatingda ish berishiga uncha ko'zim yetmaydi.

Kristina ko'zlarini ola-kula qilib, xuddi men juda kulgili gap qo'shni partaga o'tirdi. Bugun qora sochlarining bir necha tutami aytgandek qahqah otdi. Yaqinlashib, oyoqlarini chalishtirgancha ko'z-ko'z qilib turgan harir, yo'l-yo'l kofta, kalta yubka va binafsharangga bo'yalgan, yuzida yorqin pardoz. Egnida kindigini to'rpaypoq. Bunaqa ahvolda uni maktabga kirgizishlarining o'zi g'alati.

- O'zingni himoya qilmoqchimisan? - ovoziga masxara ohangini berishga tirishib dedi u. - Ish chiqmaydi. Men bilan g'ijillashmaganing ma'qul.

- Menga esa yoqyapti, to'satdan dedi Elias.

U hamon orqa partada kitobga qarab o'tirar, lekin hozir uni chetga surib, qo'llarini ko'ksiga chalishtirib oldi. Hamma ajablanib unga tikildi.

- Nima? - kuldi Ruf. - Muhtaram Eliasimizga aynan nima yoqqanini bilsak bo'ladimi?

Bu qiz Krisga o'xshaganlar bilan qanday muomala qilishni biladi.

U menga shunchalik sinchkovlik bilan tikildiki, chindan ham unda favqulodda kuchli qiziqish uyg'otgandek edim. Qorachiqlari esa ko'zining oqi bilan qariyb birlashib ketgandek: shunchalar qora-ki!

Tubsiz va hissiz nigohlar.

Yuzimni burdim.

- Men nima qildim? - Kristina xuddi aybsiz musichadek ko'zlarini begunoh pirpiratdi. - Shunchaki yangi qiz bilan tanishmoqchiman xolos. Mumkin emasmi?

- Elias tag'in o'zidan adolatli ritsar yasab, boshqalarga hurmat ko'rsatish haqida va'zxonlik qilmoqchi shekilli, - kinoya qildi Ruf.

- Nega Kris terrorchiga hurmat ko'rsatishi kerak ekan? - gapga sugildi Chester.

U menga burilib, mamnuniyat bilan javobimni kutardi. Ishshayib turgan lablari yengil titrar, ko'zlari yaltirardi.

- Originalroq narsa o'ylab topolmadingmi?- baland ovozda dedim. Hamma jimib, menga tikildi. Men esa o'rnimdan turib, partaga tiralib, kutayotgan qiyofaga kirib oldim. haqimda biron yangi narsa eshitishga jon derdim. - Variantlar bormi? - Ular menga qiziquvchanlik bilan jimgina turishar, o'zimni bunday tutishimdan hang-u mang bo'lib qolishgandi, chamasi.

- "Terrorchi" so'zining ma'nosini bilasanlarmi, loagal? Yoki sariq matbuotdagi yangiliklardan nariga o'ta olmaydiganlar xilidanmisizlar? - Nega so'rayapman oʻzi, hammasi ko'rinib turibdi-yu.

- Nima deding? - esankirab qoldi Kristina.

Ensamni qotirdim.

-O'ylaganimdan ham battar g'alcha ekansan.

Chester menga o'qrayib qaradi. Xuddi undan qo'rqishim kerakdek.

- Hey, tilingni tiy, - tahdidkorona vishilladi u. - Sevgilimni haqorat qilsang, seni ne koʻyga solishimni xayolingga ham keltira olmaysan.

- Seni esa bu haqoratlaring uchun uyingda syurpriz kutadi. - Tutunni tasvirlagandek qo'llarimni ko'tarib, cho'zib dedim. - Bu-u-um! Endi esa hazillashyapmanmi yoki jiddiy aytyapmanmi, fol ochib o'tiraver.

Qaytib partamga o'tirdim. Bu tantiq qovoqkallalarga munosib javob berib, yerga tushirib qo'yganimdan o'zimda yo'q quvonib ketdim.

Kristina jim o'tirardi. Bu ahmoqona jangda yutdim, deh ham o'ylagandim, ammo o'rnidan sapchib turgan Chesterning ovozi boshqa narsaga ishora qilardi:

- Oh, bu tahdidlaring uchun jazongni berishga sabrim chidamayapti, mushukcha... sen uchun biron bo'lakcha yo'lini o'ylab topamiz.

Unga o'girildim, og'zi qulog'ida tirjayib turardi. Filmlardagi yovuz qahramonni o'zidan vasab olgandek. Biron kasbni egallab, pul topish, o'zimni mustaqil ta'minlash uchun bu maktabni amallab bitirishim va kolleiga kirishim kerak. Haqoratlarni eshitib. har kuni bu jirrakilarga chidab o'tirishga vaqtim yo'q, shuning uchun ularni joyiga o'tqazib qo'yish kerak. Odatda janjalni pulga sotib oladigan bunaqalar boshqalarning azoblaridan oziqlanishadi, qurbonlari lattadek jim o'tirganidagina o'zlarini kuchli his qilishadi. Men esa bunaqa emasman, boshimda qanday ro'mol bo'lmasin, bunday bo'lmayman ham.

Namoz barcha musulmonlar uchun farz ibodat, shaxsan men uni o'n besh yoshimda o'rganganman. O'shanda atrofimdagilar buni salbiy qarshi olishdi. Ular yangiliklardan bosh ko'tarmaydigan, mahalliy gazetani o'qimasa tongi yorishmaydiganlarning farzandlari edi. Ular har bir musulmon boshqa dinga e'tiqod qiluvchilar yoki umuman dinsizlar bilan jang qilishga bel bog'lagan ehtimoliy yoki amaldagi terrorchi ekanligiga ishonishardi. O'z ota-onalarining ta'sirida bo'lgan tanishlarimga aslida mutlaqo bunday emasligi, Islomda zo'ravonlik, ayniqsa, odamkushlik qoralanganini tushuntirish befoyda edi. Kim ham menga quloq solardi? Hech kim.

Odamlar butun boshli din, irq yoki millat haqida bir nechta salbiy misollar asosida xulosa chiqarishni, hammani bir go'rga tiqishni juda yaxshi ko'rishadi. Dinimni mendan u bilan hamnafaslikda o'sgan odamdan yaxshiroq bilamiz, deb o'ylashadi. Avvaliga bu g'ashimni keltirardi, keyin esa ko'nikdim. Ta'nali qarashlarga ko'nikdim. Menga ko'zi tushgach, ayrimlarning metro vagoni yoki avtobusdan tushib qolishiga ko'nikdim. Pana-pastqanda muhokama qilishlariga ko'nikdim. Hatto politsiyachilar ham hech bir sababsiz ryukzakimni ochib ko'rsatishimni so'rashlariga ko'nikdim.

Bunga allaqachon ko'nikkanman, shuning uchun xavotirlanishga hojat yo'q.

Namozni tugatganimda birdan orqamda shoxning shitirlagani eshitilib, meni mitti olamimdan yulqib chiqardi. Biroz dovdirab, hatto navbatdagi jangga shaylanib, keskin o'girildim.

Bir necha qadam naridagi daraxt oldida Elias turardi. Daraxt tanasiga suyangancha, yashirinib joynamoz ustida ibodat qilayotganimni samimiy qiziqish bilan kuzatardi. Ibodatimni naq birinchi qatordan tomosha qilishga ulgurgan ko'rinadi.

Allanechuk bo'lib ketdim.

Avvaliga shoshib qoldim, keyin biroz hayron qoldin, so'ng tamoman beparvo qiyofaga kirib, joynamozni apil-tapil ryukzakka joyladim-u, imkon qadar tezroq ketish ilinjida qo'zg'aldim.

- Xo'sh, qayoqqa bunchalik oshiqyapsan? - olib iljaydi u. menga yetib

Javob bermadim, o'zimni u tomonga qaramaslikka majburlab, oldinga yuraverdim. Qarama, qarama, qarama...

- Bu sizlarda namoz deyiladi, shunaqami?

Bu so'zlardan keyin bir on beparvoligim ustidan nazoratni boy berdim. Taajjubim ortdi, zero, o'ziga o'xshaganlar odatda qo'llaydigan ibodat" yoki "marosim o'rniga Elias hozirgina men bajargan amalning haqiqiy nomini bilishini umuman kutmagandim. Hayratimni vashira olmadim, hatto ilk bor u tomonga o'girildim.

Elias mendan qariyb ikki kalla baland, shu sababli tepadan pastga qarab, tahdidkorona soya solib turardi. Ikki tutam qora sochi ko'zlariga tushgan. Hozir urfda bo'lgan ahmoqona turmaklarga unchalik qiziqmasligi ko'rinib turibdi.

- Nega bunchalik ajablanyapsan? - munosabatimdan oshkora maroqlanib iljaydi u.
- Senga o'xshaganlardan biri bilan qo'shnimiz. Faqat ularning qizi sendek kiyinmaydi. Senchalik jur'atli emasligi uchun bo'lsa kerak.

- Nimaga bular menga qiziq deb o'ylayapsan? - dedim qoʻrslik bilan.

U bilan gaplashishni, ehtimolki, hamma qizlar orzu qiladigan yigitlar ro'yxatiga kiradigan Eliasga hamma suqlanib qaraydigan yo'lakda u bilan yonma-yon borishni aslo istamasdim. Shusiz ham g'iybatlar yetib ortadi. Shuning uchun yana undan o'zib ketishga urindim.

- To'xta,- dedi u chekinmay.

Hamma bizga qarardi. Qanchalik dahshat.

- Quloq sol, - maktab eshigiga bir necha qadam qolganda to'xtab, unga o'girildim, - Biz gaplashishimiz mumkin emas. O'ra jiddiy, ammo masxaraomuz ohangda qo'shimcha qildim: Aks holda, seni ham, meni ham o'lgunimizcha toshbo'ron qilishadi. Elias menga bir necha soniya tikilib qoldi.

- Rosa hazilkash ekansanmi? u xuddi vaziyatdan mazza qilayotgandek hamon ishshayardi. yaxshi ko'rasanmi? O'zingni tanqid qilishni

Yo'q. chindan ham shuni nazarda tutgandek jiddiy changda davom etdim: Biz yovvoyilarmiz-ku, hammangiz shunaqa deb o'ylaysizlar axir. Shuning uchun yaxshisi qochib qol.

Tag'in burilib, hozirgi voqelikni xotiramdan o'chirish istagida oldinga intildim.

Ammo kutilmaganda Elias qo'limdan tutib oldi.

Yo'q, u terining o'ziga tekkani yo'q, faqat hudimning matosiga tegib ketdi, ammo dahshatdan ko'zlarim olayib ketishi uchun shuning o'zi yetarli edi.

- Voy. - Elias xatosini tezda tushunib, qo'lini keskin tortib oldi, chetdan qaraganda xuddi kuyib qolgandek ko'rinardi. - Aybdorman. Qo'l tekkizib bo'lmas farishta ekanliklaringizni unutibman.

U meni masxara qilardi: ovozidagi kalaka ohangi shunchalar aniq-ravshan yangradiki, vujudimni o'tkir ishonchsizlik, hatto qaysidir darajada hafsalasizlik chulg'ab oldi.

- Meni tinch qo'y, - dedim bir qadam chekinib.

- Sabab?

Uning yuzidagi tirjayish charxlangan pichoq damidan ham o'tkirroqdek tuyuldi.

-E'tiqodsizlar bilan gaplashishni o'ziga munosib ko'rmaydigan avliyomisizlar? Balki endi qo'limni chopib tashlarsan?

Ichimda hammasi ag'dar-to'ntar bo'ldi. O'zimni xiyonat qilingandek his qildim, u bilan atigi bir necha daqiqa tanishligimni hisobga olsak, bu juda kulgili edi. Lekin shunchalar qisqa muddatda ne umidlar tug'ilgandi-yal.. Va bu umid qanday zarb bilan chilparchin bo'ldi.

- Yo'qol... - dedim vishillab.

Javob berishiga ham imkon qoldirmay, ortiq hech qachon unga ro'baro bo'lmaslik istagida maktabga otilib kirdim.

Qornimdagi g'uldurashni inkor qilishga jon-jahdim bilan tirishgancha oshxonada o'tiribman. Oshqozonim ovqat talab qilyapti, lekin miya va gormonlar ochlikni inkor etadi. Toza havo kirib turgan ochiq derazaga ma'nisiz tikilaman, stakanimdagi po'rtaxol sharbatidan har zamonda simirib qo'yaman.

Boshqalar esa ikki lunjini to'ldirib tushlikni paqqos tushirish bilan band, ayrimlar hatto luqmasini tuzuk-quruq chaynamay yutadi. O'quvchilar tanovul chog'ida jag'i tinmay valaqlashadi, xuddiki aqalli bir daqiqa sukunat ham ularni aqldan ozdiradigandek.

Odatda o'smirlar to'da bo'lib olishni yoki juft-juft do'stlashishni yaxshi ko'rishadi. Oshxonada ham shunday edi. Faqat men eng chekkadagi stolda yolg'iz o'tirib, bu ahmoqona qoidani inkor qilayotgandim. Qoʻqqisdan Rubi men bilan birinchi bo'lib so'zlashgan o'sha qiz oldimga kelib o'tirmaguncha. U bu yerdagi yagona yoqimli odam edi, nazarimda.

- Salom, - Rubi qulupnayli sut, bir juft sendvich va yashil olma solingan patnisini oldimga qo'yib salomlashdi. - Xalal bermadim, deb umid qilaman?

Xalal berganda qandoq, yo'lingdan qolma, degim keldi, lekin menga iliq munosabat ko'rsatganlarga doim iltifotli bo'lishga urinardim, shuning uchun sir boy bermadim.

- Yo'q.- dedim. - Hammasi joyida.

- Nega tushlik qilmayapsan? - tomonga ishora qildi. u sharbatli stakan turgan

- Ishtaham yo'q.

- Kel taxmin qilib ko'raman, - qiz ortiga o'girilib, bitta stol atrofida o'tirgan Kristina, Chester, Ruf va Eliasga ishora qildi negadir ularni sezmay qolibman. - Shularni debmi?

- Yo'q. rostini aytdim.

Qisman rost har holda.

Z Bilaman-ku axir. Yangi kelganlarni masxara qilish ularning jon-u dili. Ustiga-ustak sen bunday libosdasan... Ular buni e'tiborsiz qoldirishmagani aniq. Ayniqsa Kristina.

Men do'stlar to'dasiga qarab, ertalabki suhbatimizni esladim.

Asosiysi, sen ko'nglingga olma.

Bunaqa ahmoqgarchiliklarni ko'nglimga olmayman, dedim beparvolik bilan va sharbatdan biroz ho'pladim. Mening g'ashimni keltirish oson emas.

- Bu juda yaxshi! samimiy jilmaydi u. Unda maktabimizda yashab keta olasan.

- Rubi! - butun oshxonadan sevgilisini izlab yurgan yigitning jarangdor ovozi eshitildi.

- Shu yerdaman! Bu yoqqa kel! - javoban qichqirdi qiz..

Maktabdagi birinchi kunimdayoq tanishishga ulgurgan baland boʻyli yigit oldimizga keldi. Hozir u boshdan-oyoq qora kiyinib olgandi: charm kurtka, jinsi, mayka, boshida esa kalla suyagining tasviri tushirilgan peshonaband. Filmlardagi bezorilarga o'xshash uchun o'lib-tirilib harakat qiladiganga o'xshaydi.

-O, salom, - xuddi bu harakati unchalik qonuniy emasdek ishonchsizlik bilan salomlashdi u. - Ishlar qalay?

- Joyida, - javob qildim. U patnisini stol ustiga qo'ydi biz atrofda tushlik qilayotganlardan mutlaqo farq qilmaydigan kichik do'stlar to'dasini hosil qildik. Ichimdagi damduzlik isyon qilardi.

- Uni Kris xafa qilyapti, -
menga achinib qarab qo'ydi.

- U bilan gaplashib qo'yishim mumkin, - Rey xuddiki o'zi butun maktabning qiroli-yu o'xshash muammolarni hal qilish unga cho't emasdek gapirdi.

Yig'logi va chaqimchiga o'xshab ko'rinishni aslo istamasdim, shuning uchun tezda rahmat aytib, Kristina bilan ham, uning qovoqkalla yigiti Chester bilan ham sariq chaqalik ishim yo'qligini bildirdim.

- Ularni bizchalik yaxshi bilmaysan, - dedi birdan Rubi va menga ayanch bilan qarab qo'ydi. - Bir gal Kristina Chelsi Sprousni do'pposlagan. Juda muloyim va kamtargina qiz edi, to'da esa bundan foydalanib qoldi. Chester uning boshini aylantirib yuvinish xonasiga boshlab borgan, u yerda esa Kristina poylab turgan. Hamma yog'ini momataloq qilib, ustidan gazli suv quygan. Tasavvur qilyapsanmi? Chelsi boshqa qiz topib olmaguncha bir necha soat behush yotgan. Eng muhimi, buning uchun na Krisga, na Chesterga balo ham urgani yo'q. Ular ko'ngli tusagan ishni qilishi mumkin, o'qituvchilar esa bunga ko'z yumishadi. Shuning uchun ham ular xavfli.

Qizning yelkasi osha tag'in ko'z tashlab, Kristina hammaning ko'z o'ngida yigitining labidan o'payotganini, ularning shundoqqina oldidan o'tib ketayotgan o'qituvchi bunga parvo ham qilmaganini Ko'rdim. Kristina atrofidagi mo'min-qobil o'quvchilarga, ust-Doshi arzonroq, ko'rinishi haminqadar boʻlgan yigit-qizlarga rkanish bilan qarardi. Uning ko'zlarida haqiqiy nafratni ko'rar a bularning bari sababsiz emasligini bilardim.

Odatda o'ta og'ir ruhiy jarohatlardan keyin odamlar shunaja ahvolga kelib qolishadi. Ammo Kristina menga biron zarar yetkazmoqchi bo'lsa, o'ziga rosmana, jismoniy jarohat orttirib olishi aniq. Bunga shubha qilmasa ham bo'ladi.

Chunki men Chelsi Sprous emasman va o'zimni xafa qildirib qo‘ymayman.

Beshinchi Bob

Uyga darrov qayta qolmadim.
Avvaliga Rubi ikkimiz savdo markaziga bordik, uning aytishicha, bu yerda o'tgan haftadayoq "qirqimli zo'r yubkani" ko'z ostiga olib qo'ygan, yaqin orada Rey bilan munosabatlari boshlangan sanani nishonlash uchun kiyishni juda xohlayotgan ekan. Unga ergashib do'konma-do'kon yurishga hushim yo'q edi, lekin Rubi maktabda menga iliq munosabatda bo'layotgan yagona kishi edi, shuning uchun qaysidir ma'noda uning oldida o'zimni qarzdordek his qilardim. U meni dugona sifatida ko'rayotgani aniq.
Ko'chalarda mashhur do'konlarni aylanib uzoq yurdik, deyarli har biriga kirib-chiqdik, nihoyat Rubi yorqin kiyimdagi chiroyli qiz tasvirlangan plakat osigʻliq katta do'kon oldida to'xtadi. Bu do'konda bitta lozimning narxi dadamning uchta maoshiga teng bo'lsa kerak, hoynahoy.
Rubi qo'limdan tutib tezda ichkariga kirdi va sekin-asta qatorlar oralab aylana boshladi. Aytgancha, u menga bemalol qo'l tekkizar, gohida menda xuddi ikkimiz bolalikdanoq do'st boʻlgandek mavhum hissiyot uyg'onardi. Va menimcha, bu me'yoriy hol, faqat men g'alatiroqman.
- Nima deb o'ylaysan, bu ko'ylakni restoranga kiysam, o'ta ochiq-sochiq ko'rinmaymanmi? - so'radi Rubi.
U yelka qismi ulama, tizzani ham yopmaydigan kaltagina ko'k ko'ylak haqida so'rayotgandi. Ko'ylakning hamma yog'i zarga belangan, xuddi to'qson foizi yulduzlardan iborat suvga
botirib olingandek.
Yoqqan bo'lsa, olaver, - libosga ko'z qirimni tashlab

dedim. Mening fikrimga zarurat yo'q.

- Masalan, sen yigiting bilan munosabatlaring sanasini nishonlashga borsang... Nima kiygan bo'larding?
Bunday holatni tasavvur ham qila olmadim. Miyam aqalli taxminiy manzarani ko'rsatishni ham istamay o'chib qolgandek edi xuddi. Shuning uchun indamay qo'ya qoldim. Rubi sukutimni xafalikka yo'ydi, shekilli, tezda o'zini tuzatishga kirishdi.
- Kechir, noto'g'ri gapirib qo'ygan bo'lsam. Tushunaman, sizlarning qadriyatlaringiz umuman boshqacha... nima desamikin, sizlar o'zgachasiz.

Nojo'ya gapirganing yo'q. Shunchaki xayolimga hech narsa kelmayapti. Bu savolingga menda javob yo'q, kechir.
Rubi o'ychan lab qimtib, ko'zlarimga qaradi, keyin yelka qisib yo'lida davom etdi. Uning ortidan ergashdim.
Nihoyat "shopping" nihoyasiga yetganida Rubi o'sha koʻk "yulduzli" ko'ylak, ikkita yubka, kofta va bir juft platformali tufli oldi. Rubi sovuq ranglarni tanlar, moviy, ko'k, oq va firuza tuslarni ma'qul ko'rardi. Menimcha, bu ranglar unga juda yarashar, vaholanki, bu kabi narsalarga tushunmasdim.
Uyga oqshomga yaqin, quyosh chekinib, osmon qoraya boshlaganida qaytdim. Kutilganidek, oyim ostonada yo'limni poylab turardi.
- Qayerda eding?
so'radi u bosiq ohangda.
Oyim hech ovozini ko'tarmas, ammo bu ohang baqirganidan chandon og'irroq edi.
Dugonam bilan do'kon aylandik. Shu xolos.
Meni yoki dadangni ogohlantirib qo'ysang bo'lmaydimi? Avtomat telefon uchun cho'ntak puling bor edi-ku. Kechiring, xayolimdan ko'tarilibdi.

Ryukzakimni yechib, poyabzallar turadigan javoncha oldiga
otdim.

Oyim, tabiiyki, norozi bosh chayqadi, ammo indamay ryukzakni ko'tarib, dahlizdagi kursiga qo'ydi.
Oshxonada sarg'ish chiroq nuri ostida, yangi damlangan arabcha choy isi og'ushida Kani, chamasi, dars tayyorlab o'tirardi. Menga ko'zi tushgach, yuziga tabassum yugurdi, sho'xchan salomlashdi.
- Salom, opa!
- Salom, Kani,
uning sochlarini toʻzgʻitib, kursiga
cho'kdim. Maktabda ishlar qalay?
- Chakki emas, sizga aytsam. Anchadan beri do'stlarim bilan bunchalik yaxshi vaqt o'tkazmagandim.
- Ko'p do'st orttirdingmi?
Butun sinf desam ham bo'ladi.
Uning muvaffaqiyatidan quvondim, hatto biroz hasadim ham keldi.
Shunchaki mendan farqli ravishda ukamga hech kim hech qachon ola qaramagan. Tashqi ko'rinishidan u boshqa bolalardan hecham farq qilmas, bu esa doim foydasiga ishlardi. Kani koʻproq inglizlarga o'xshar, Yaqin Sharqning emas, dadamning genlarini olgandi.

- Lamiya, iltimos, ortiq bunday qilma, - dedi oyim tag'in do'kon aylanishni esga solib. Har doim ogohlantirib qoʻy... Hozir esa ovqatlanib ol. Tovada ovqat isitib qo'yilgan.
U shunday deb oshxonadan chiqdi. Kani bilan yolg'iz qoldik.
Ukamning yuzida ilgari hech ko'rinmagan sirli tabassumni ilg'adim, choy quyib, qarshisiga qulayroq joylashib oldim.
- Xo'sh, nima gap? - ovozimda o'z-o'zidan qiziqish paydo bo'ldi.
Kani allaqanday asabiylik bilan nigohlarini ko'tardi-yu tag'in darslikka qarab, qisqa javob berdi:

- Hech gap yo'q.
Bu qiziqishni battar kuchaytirdi.
- Qani, gapir-chi. Maktabda biron gap bormi?
Kani atrofga alanglab, yolg'iz ekanligimizga ishonch hosil qilgach, yana menga yuzlandi, yaqinroq engashib, past ovozda so'radi:
Sizga ishonsam bo'ladi-ya, opa?
Bo'lmasam-chi. Nega so'rayapsan?
U nimanidir obdan o'ylab, biroz taraddudlandi.
- Bilasizmi, umuman olganda...
menga qaramas, xona bo'ylab yugurardi. qiz yoqib qoldi...
Uning moviy koʻzlari
- Xullas, menga bir
Yuzimga tabassum yoyildi. Bu oxirgi yarim yilda yuzimda paydo boʻlgan eng samimiy va chin tabassum edi. Hatto birov uchun chin qalbdan quvonishni ham unutib qo'ygandek edim.
- Xo'-o'-sh, - dedim choʻzib, kursida nilufargul holatida yaxshiroq o'rnashvoldim. Qiz haqida gapirib ber-chi. Chiroylimi?
Kani yengil jilmaydi, nigohlari allaqanday mavhum makonga tikildi. Qizning qiyofasini eng nozik chizgilarigacha xayolida jonlantirayotgandek edi.
- Ha, juda ham. Chiroyli bo'lmaganida sevib qolmagan boʻlardim axir, shunday emasmi?
Go'zallik o'ta nisbiy tushuncha.
U chiroyli! Hamma uchun birdek chiroyli!
- Bo'pti, iljaydim. Shuning uchun ham zerikarli uy vazifalarini og'zing qulog'ingda bajarayotgan ekansan-da? Qiz tufaylimi?

Kani boshini quyi solib, biroz jim turdi, keyin javob berdi: - U musulmon emas. U o'ta dindor nasroniy oiladan. Tushunyapsizmi, opa? Ular amalda hech narsaga rioya qilmaydigan nasroniylardan emas. Otasi ruhoniy, onasi esa koʻpincha ro'molde
yuradi.

- Bu muammo emas-ku,
- unga
dalda berishga urindim. -
din bir-birimizga muhabbat qo'yishni taqiqlamaydi, axir
hammamizni yagona Alloh yaratgan.
- Ish chiqmaydi, ukamning yuzi tezda tundlashdi, boyagi
tabassumdan asar ham qolmadi.
- U menga zarracha e'tibor
qaratmaydi. Parallel sinfdagi bir tentak qachon qarama uning atrofida parvona. Menimcha, bola unga yoqadi.
Kaniga yaqinroq surilib, yelkasiga qo'l qo'ydim. U menga qaradi.
Quloq sol, gumonlarga berilib o'tiraversang, qizni qo'ldan chiqarishing mumkin. Dadilroq bo'l. Parallel sinfdagi allaqanday tentakka bo'sh kelishing kerak emas. Agar qiz senga chindan ham yoqsa va ochiqchasiga rad javobini bermasa, demak, umid bor. Nasroniyligi muhim emas. Harakatga tush, Kani. Oldiga bor, gaplash, shunda hammasi oydinlashadi. Har holda kelajakda nega harakat qilmagan ekanman, deb afsuslanib yurmaysan.
Jimib qoldim, xonaga sukunat cho'kdi, yaxshilab o'ylab ko'rishi uchun aynan shu kerak. Kanining yuziga yana tabassum qaytdi. Yengil tortib, xursand jilmaydi.
- Rahmat, opa,
dedi u.
- ochishim mumkinligini bilardim. Siz eng yaxshi opasiz. Faqat Faqat sizga ko'nglimni oyimga og'iz ochmang, maylimi?
Javob o'rniga ko'rsatkich barmog'imni labimga bosib, bosh irg'idim, ukam so'zsiz tushundi.
Ishonch va samimiyat - bizni mana shu yaqinlashtirib turardi. Hech qachon bir-birimizdan sir yashirmaganmiz, ko'pchilik opa- ukalardan farqli ravishda tortishmaganmiz, mushtlashmaganmiz, bir-birimizni masxara qilmaganmiz. Har doim haqiqiy oila bo'lganmiz. Bizga juda yaxshi tarbiya berishgani

Kani bilan xayrlashib, xayrli tun tilagach, o'zimning kichik, ammo shinam xonamga ko'tarildim.
Ko'chganimizga ancha bo'ldi, lekin hali ham hamma qutilarni joylashtirganim yo'q. Ular burchakda turgancha, o'ziga navbat yetishini sabr bilan kutishardi. Karavot jalyuzi va qora-oq parda ilingan katta derazaning shundoqqina qarshisida joylashgan. Deraza tokchasida har doim quloqchinlar, sham va arzon -garov do'konlardan biriga oyim bilan borganimizda olingan kichik kaktus turardi. Oqqa bo'yalgan yog'och karavot ustiga naqshin choyshab pala-partish to'shalgan, ustidan rang-barang oltita yostiq tashlab qo'yilgan. G'aladon ustida oq xolli qora chiroq turardi, uxlayolmay qiynalganimda aynan ular yordamga kelar, xollarni qayta-qayta sanaguncha ko'zim ilinardi. Qarama-qarshi devor oldida dars stoli, uning ustida doim kitoblar qalashib yotardi. Yana dadam o'n to'rt yoshimda sovg'a qilgan eskigina kompyuter ham bor. Undan ko'p foydalanmasdim, shuning uchun odatda artish istagi paydo boʻlmaguncha chang qoplab yotardi.
Kursi suyanchig'iga ro'molimni tashlab, o'zimni karavotga otdim, sevimli momiq yostiqlarimga yuzimni bosib yotdim. Avval pardani, keyin jalyuzini qiya ochib, begona uylarda yonib turgan chiroqlarni tomosha qila boshladim.
Shiftlari past, devorlari yupqa, chog'roqqina ikki qavatli uyimizning shundoqqina ro'parasida, ensiz yo'lning narigi tomonida hashamatli qo'rg'on joylashgan, unda allaqanday boy oila istiqomat qilardi. Bugun oqshom uyning derazalarida chiroq
porlab turibdi.
Uy egalari bilan tanishishga hali ulgurmadik. Tanishish u yoqda tursin, ularni biron marta ko'rmaganman ham. Ammo aniq tasavvur miyamda mahkam o'rnashib olgandi: o'zini qirol deb o'ylaydigan allaqanday boyvachcha ahmoqlar-da.

Yonboshlab yotgancha nim ochiq parda ortida ko'zga tashlanayotgan soyalarni kuzatarkanman, ongsiz ravishda nigohlarim pastga sirg'alib, kirish eshigiga tikildi, shu mahal xuddi uyning istiqomatchilarini bir marta bo'lsa ham ko'rish istagimni ilg'agandek, eshik ochildi. Oq xalat kiygan novchagina ozg'in ayol chiqdi, tashqi ko'rinishi haqida unchalik qayg'urmasligi ko'rinib turibdi. Ayolning hatto oddiy uy kiyimida, och tusli sochlari soddagina tugib qo'yilganida ham chiroyli ko'rinishini hisobga olsak, uning o'mida bo'lganimda, meni ham tashqi ko'rinishim tashvishlantirmagan bo'lardi. Ayol yengil qadam bosib pochta qutisiga yaqinlashdi, undan kichik xatjildni oldi. Yana tezda eshik ortida g'oyib bo'ldi, parda ortida kimningdir yashirin hayoti yana o'z yo'sinida davom etardi.
Birovni poylayotganim yarq etib miyamga urildi, tezda pardani yopib, shiftga tikilib qoldim. Xayollarim ostun-ustun. Maktab, oila, onam bilan o'zaro munosabatlarim va boʻsagʻadagi imtihonlar haqida o'ylardim. Bu imtihonlar hozirgi mavjudligimning mohiyati, deyish mumkin. Agar yaxshi ball to play olmasam, katta ehtimol bilan kuchli depressiya va hafsalasizlik qa'riga qulayman. Xullas, buni qabul qila olmayman.

Qo'lga arang sig'adigan qalingina darslikni olib, javoncha darchasini yopgach, oyoqlarim tagiga tushgan bir parcha qog'ozga ajablanib nazar tashladim: u javonchadan tushdi, chamasi. Avvaliga parvo qilmaslik haqida o'yladim, chunki xayolimdagi ovozlar vahima sola boshlagandi: "Kimdir biron sassiq gap yozgan bo'lsa kerak-da". Lekin qiziqish ehtiyotkorlik va o'zini asrash hissidan ustun keldi, engashib, xatni ikki barmog'im bilan ilib oldim.
"Hey! Bu xatni olgan bo'lsang, demak, hayotda omading chopibdi! Indin tug'ilgan kunim munosabati bilan uyushtirilayotgan ziyofatga seni taklif qilaman. Yorqinroq kiyin.
Kutaman!
Manzil: Ostin ko'chasi, 52-uy, Forest Hills".
Va eng quyida imzo: Chester Baka.
Javonchalar oldida turgancha atrofdagi g'ala-g'ovurga parvo ham qilmay, xatni shunchalik ko'p qayta-qayta o'qidimki, qog'oz parchasi nigohlarimga dosh berolmay yonib ketsa ham ajablanmasdim. Ishonchsizlik, kalaka, ijirg'anish va hatto qaysidir darajada nafrat - nigohlarim satrlar aro harakatlanar, ichimda ayni hislar tug'yon qilardi.
Burilib, o'zaro so'zlashayotgan Rubi va Reyga koʻzim tushdi. Ular tentaklarcha iljayib, ehtimolki bir-birining bema'ni hazillariga kulishdan to'xtashmasdi. O'ylab o'tirmay, ularning oldiga borishga ahd qildim. Har holda endi ularni xavf sifatida ko'rmay, xotirjam yaqinlashishim mumkin, degan fikrda edim.

- Salom, Rubi, Rey, tezda shunday deb xatni uzatdim. - Bu nimani bildiradi, nima deb o'ylaysizlar?
Rubi qo'limdan qog'oz parchasini oldi-yu ko'z yugurtirib, Reyga ajablanib qaradi, o'z navbatida, u ham Rubidan kam taajjubga tushmagandi.

Bu qayerdan qo'lingga tushib qoldi? - so'radi Rey.
Kimdir javonchamga tashlab qo'yibdi.
Chester seni tug'ilgan kuniga taklif qilibdi.
Bu shundoq ham ma'lum, shuning uchun taklifnomani ularga ko'rsatishga qaror qilganimdan afsuslanib ham ulgurdim.
Qiziq, chunki ularning tug'ilgan kun ziyofatlari odatda begonalar uchun yopiq bo'ladi. Maktabdagilarning ta'biri bilan aytganda, ular faqat "tanlanganlar"ni taklif qilishadi.
- Balki adashib, boshqa javonchaga tashlab qo'yishgandir-a? -xayolimdagi taxminni tilimga chiqardim.

- Yo'q, Lamiya. Bu yerda sening isming yozilgan. Rubi xatning orqa tomonidagi yozuvga ishora qildi: "Lamiya Uaytga". Endi achchig'im chiqa boshladi. Xatni qaytarib olib ham o'tirmadim, ensamni qotirgancha qisqagina "tushunarli",
dedim-u burilib, yo'limda davom etdim.
- Hoy, qayoqqa?

Rubi darslikni ko'ksiga mahkam
bosgancha ortimdan ergashib, to'xtatdi.

Xo'sh, borasanmi?
Rey ikkimizni ham taklif qilishgan. Birga borishimiz mumkin. Yo'q, hech qayoqqa bormayman. Kundek ravshan emasmi bu axir?
- Lekin nega? Sening o'rningda har qanday yangi o'quvchi xursandligidan yettinchi osmonda uchib yurgan boʻlardi.
Bu bilan meni yana kalaka qilmoqchi ekanliklari nahot tushunarli bo'lmasa? Ularga qarshi borganim uchun hali afsuslanishimni aytishgandi, shunday ekan, yaxshilik kutib boʻlmaydi. Bu kabi ziyofatlarga xushim yo'q, shuning uchun mensiz boraveringlar.
Rubining og'iz ochishiga-da imkon qoldirmay zinapoya sari qadamimni tezlatdim, ikkinchi qavatga ko'tarilib, biologiya xonasini izlab ketdim. Biroq qo'qqisdan yo'lakning narigi boshida borayotgan Kristina va Chesterga ko'zim tushdi-yu, to'xtab, lip etib devor ortiga yashirindim. Hozir yana zaharxanda gaplarni eshitib o'tirishga, imtihonlarga tayyorlanish uchun kerakli quvvatimni ularga sarflashga tob-u toqatim yo'q. Maktabdagi mojarolarga ham, ularning bosh qahramoni bo'lishga ham vaqtim yo'q.

Kimdan yashirinyapsan? - shundoqqina qulog'im ostida shivirladi kimdir.
Sapchib tushdim, shivirlash ortidan qisqagina kulgini eshitib, keskin o'girildim.
Voy, tag'in cho'chitib yubordimmi? - Elias burchakda

turgancha, nafasimni rostlashga urinayotganimni mamnun kuzatib turardi. Uning qora ko'zlari shumlik bilan yalt etdi.
Seni tug'ilgan kunga taklif qilishdi, - dedi u xuddi xursandlikdan sakrashim kerakdek. - Borasanmi?
Qo'limdagi darslik va daftarlarni, keyin esa boshimdagi ro'molimni to'g'rilab, nari ketdim.

Nega bunaqa qo'rssan?
so'radi Elias.

tezda menga yetib olib,
Gapimga xafa boʻldingmi?
Shunchaki hazillashyapman axir.

U yana kuldi.

Sen Kristina bilan do'stsan. Shuning o'ziyoq sendan uzoqroq yurishim uchun yetib ortadi.
Uning shaxsiyatiga nisbatan favqulodda qiziqishimdan va o'zimdan ajablandim. Yo'q, bunday emas. To'g'rirog'i, u bilan gaplashish uchun yana o'zimga imkon berganimdan hayron edim. Odatda bunday bo'lmasdi.
Elias tag'in iljaydi,
Sal bag'rikengroq bo'lsang-chi, bu uning odatiy yuz ifodasi boʻlsa kerak, degan fikr yalt etib xayolimdan o'tdi. - Sizlarni itoatkorlikka o'rgatishmaydimi axir?
Butun umr unutmaydigan qilib qanshariga bir musht tushirgim keldi. Ammo, tabiiyki, bunday qilmadim. Burilib, qarama-qarshi tomonga yura boshladim, lekin uning qo'li tag'in meni tutib qolishga chog'langanini, buning taqiqlanganini eslab, o'zini to'xtatib qolganini ko'rishga ulgurdim. Kim bilsin, balki men xayolimga ham keltira olmaydigan boshqa maqsadi boʻlgandir.
Xullas, yo'lak bo'ylab tez yurib, o'zimni sinfga urdim.
Xona o'smirlarning shovqinidan larzaga kelar, navbatdagi yoqimsiz hissiyotlar xuruji bilan xonaga kirib, qulay joy izlay boshladim. Elias ham tezda sinfda paydo bo'ldi. Uni Chester shodon qarshi olib, butun sinfni boshiga ko'tarib qichqirdi:
Qayerda yuribsan, og'ayni? Nega birinchi darsga
kelmading?

- O'zingiz nima deb o'ylaysiz, ser? - Imtihonlarga tayyorgarlikdan ortolmayapmiz!
qichqirdi kimdir. -
- Bundan juda afsusdaman, Makkenzi, lekin nailoj? Oliy ma'lumotli va muvaffaqiyatli inson bo'lishni istasangiz, sizdan katta mehnat talab qilinadi. O'zingiz tanlagan sohada yuqori toifali mutaxassis boʻlish uchun... Darvoqe, sinfingizga yangi o'quvchi keldi, deb eshitdim. Uayt xonim bilan shaxsan tanishsam bo'ladimi?
U sinfda Uayt familiyali qizni, ya'ni meni izlay ketdi, qanday ko'rinishimni taxmin qila oladiganga ham o'xshamaydi.
Ammo allaqachon barcha nigohlar menga qadalgandi. O'rnimdan turib, janob Xemmingsga do'stona qarashga tirishdim, menga ko'zi tushishi bilan yuzi yorishib ketdi.
- Juda qiziq, - u xuddi Cheshir mushugidek iljayib, choʻziq ohangda dedi. - Lamiya Uayt xonim, to'g'rimi? Qayerliksiz? Familiyangiz juda qiziq...
Tabiiyki, u millatim bilan qiziqayotgandi, ammo unga kutganidan farqli javob berishga qaror qildim.

Men shu yerda, AQSHda tug'ilganman.
Qiziq, qiziq... Musulmon boʻlsangiz kerak, chamamda? Islomga e'tiqod qilasizmi?
Ha, xuddi shunday.
Xo'sh, ajoyib maktabimizda o'qishlaringiz qalay ketyapti? Hozircha yomon emas. Meni terrorchi deb hisoblashlarini aytmaganda, qolgani joyida.
Nega dabdurustdan bunday deganimni o'zim ham bilmayman. Bu juda xunuk va ayanchli chiqdi, xuddi meni masxara qilayotganlardan o'zimni himoya qila olmaydigan bir bechoraga o'xshab ko'rindim. Janob Xemmingsning yuz ifodasi
darhol buni tasdiqladi.
Dahshat!
sinfda o'tirganlarni ko'zdan kechirib xitob

qildi u. Marhamat qilib aytinglar-chi, bunday haqoratga kimning tili bordi?
O'quvchilar tentaklarcha hiringlashdan nariga o'tishmadi.
Kristina menga ko'z qirini tashlab xunuk ishshaydi, o'zidan va xulqidan mamnunligini nigohlari oshkor etdi. U bezbetlarcha menga baqrayib turar, o'zini bu ishga aloqasi yo'qdek tutishga zarracha urinmasdi ham. Muallim uning yuzidagi g'alati ifodani darrov ilg'adi.
- Biron kulgili gap bo'lyaptimi, Nikotera xonim?
Buning rost ekanligi kulgili. Men shunchaki hamma narsani o'z nomi bilan atadim. U allaqanday "Hezbolla"ning¹ ayg'oqchisi boʻlib chiqsa ham ajablanmayman.
- Demak, Uayt xonimni siz terrorchi deb atadingizmi? Bunga hayron qolmasa ham boʻladi...
Janob Xemmings stolining chekkasiga o'tirib, xuddi Kristinaning so'zlari davomini juda eshitgisi kelayotgandek qo o'llarini koʻksida chalishtirdi.

Fikringizni dalillang-chi. Modomiki bunday fikrni shunchalik ishonch bilan ta'kidlayotgan ekansiz, asoslaringiz boʻlsa kerak?
Kristina indamas, uning yuzidagi hayronlikni koʻrib, xayolan xursand bo'layotgandim.

Aytadigan gapingiz yo'qmi? qoshlarini kerib so'radi janob Xemmings. Ijozatingiz bilan, bir narsaga aniqlik kiritsam, xonim. Tushunishim bo'yicha, siz hamma musulmonlarni odamkush yoki ehtimoliy odamkush deb bilasiz, shundaymi? Lekin avvalo shuni aytishim kerakki, miyangizning loaqal yarmi ishlaganida, hech qachon bunday demagan bo'lardingiz.
Kristina angrayib qoldi, norozi chimirildi, o'qituvchini joyiga o'tqazib qo'yishga chog'lanayotgani ko'rinib turardi.
Livanda Eron namunasidagi Islom davlatini qurishni yoqlab chiqadigan harbiylashgan shialar tashkiloti va siyosiy partiya.

So'zlarim uchun ma'zur tutgaysiz... Bilasizmi, Sovuq urush davrida Elton Jon shunday kuylagandi: "Umid qilamanki, ruslar ham o'z farzandlarini yaxshi ko'rishadi". Umuman olganda, shunday ham. Juda koʻpchilik, har qanday jamiyatdagi aksar odamlar pul topish, oilasini asrash, farzand unib-o'stirish va oqshomlari televizorda shou tomosha qilish ilinji bilan yashaydi. Odamlar terrorchi deb atashni yaxshi ko'radigan koʻpchilik musulmonlar o'z vatanlarida ona zaminlarini haqiqiy terrorchilardan - yerlariga bostirib kirganlardan himoya qilib yashashadi. Metrolarni portlatadigan, tinch aholini o'ldiradiganlar ular uchchiga chiqqan mutaassiblar. Boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar bu dunyoda qanchadan-qancha zo'ravonlikka sabab bo'layotganidan xabaringiz bormi? Nega hech kim ularni kallakesar va qotillar qatoriga qo'shmaydi? Nega axir? Nahotki salib yurishlari haqida eshitmagan bo'lsangiz? O'shalar sodir etgan dahshatlar haqida?
esa
Janob Xemmings xuddi oʻpkasiga havo to'ldirib olmoqchidek qisqa to'xtam qildi, bir necha soniyadan keyin davom etdi:
O'zim ham taqvodor nasroniyman. Otam cherkovda xizmat qilgan, oyim har kuni ibodat uchun qatnardi. Musulmon birodarlarimizga nisbatan bunday munosabat meni juda xafa qiladi. Men hamma dinlarni hurmat qilaman. Hech kim asossiz ravishda terrorchi deb atalishi kerak emas. Hech Qur'onni o'qib ko'rganmisiz, Nikotera xonim? Loaqal bir marta bo'lsa ham tarjimasidan bir parcha o'qiganmisiz? Aminmanki, o'qimagansiz. Bilmasangiz bilib qo'ying, Islomda begunohlarni o'ldirish man qilingan va bu gunohi kabiralar qatorida ikkinchi o'rinda turadi. Siz ommaviy axborot vositalarining gaplariga laqqa tushishni bas qilib, bu masalani musulmonlarning ichiga kirib o'rganib ko'ring. Muloqot qiling, dindorlarning o'zidan ko'p narsalarni so'rab bilib oling, har holda ular odam o'ldirish mumkinmi-yo'qmi, yaxshiroq
bilishadi.

tikilyapti. Uning qora ko'zlarida qiziqish va zavq uchqunini ko'rdim. Bu nigohlarni juda yaxshi bilaman.
Men bilan tanishadiganlarning koʻpchiligi bir qarashda o'ta mehribon va do'stonadek ko'rinishadi. Ularga qiziq tuyuladi. Ularning nazdida men allaqanday ekzotika, muzey eksponati, jumboqman. Ayrimlar mendan hayiqishadi, boshqalar esa hayotdagi maqsadlarim haqida, "qachon qo'limga qurol olib, kofirlarga qarshi jihod qilmoqchi"ligim haqida tap tortmay so'rashadi. Bunga allaqachon ko'nikkanman, shuning uchun Eliasning nigohlari menga nafratga to'ladek ko'rindi.

E'tiboring uchun, men Shtatlarda tug'ilganman... Sakson yoshli Abdullohga esa shu haftaning oxirida tegyapman. Hozir esa boshim ochiqligidan foydalanib, biroz dars qilib olmoqchiman, dedim-u darslikni olib, shart o'rnimdan turdim.

Janob Xemmings ajabsinib qoshini kergancha, menga nazar tashladi.
Biron narsa demoqchimisiz, Uayt xonim?
Yo'q, boshqa joyga o'tirmoqchiman. Rahmat.
Muallim Eliasga oniy nigoh tashladi, u esa yelka qisdi, xuddiki nega to'satdan o'rnimni o'zgartirishga qaror qilganimni tushungandek yengil bosh irg'ib qo'ydi. Balki tushungandir ham.

Oltinchi Bob

Tanaffusga qo'ng'iroq chalingach, sinfxonadan hatlab chiqishga ulgurmagan ham edimki, ortimdan kimdir chaqirdi. Tag'in vujudimni yoqimsiz g'azab chulg'ab oldi, mushaklarim jangga hozirlangandek taranglashdi.

- Xatni oldingmi?

Qarshimda Chester gerdayib turardi. Bo'yniga arang tushib turgan och kashtan rangli sochlari ingichka o'rilgan va chamasi gel surtilgandi. Modaga mukkasidan ketganini tushunish uchun bir qarashning o'zi kifoya egnida yoshlar orasida rasm bo'lgan och rangli jinsi, Freddi Merkyurining surati tushirilgan oq futbolka va ahmoqona rang-barang peshonaband.

Chester baland ustundek qaqqayib, yo'limni to'sdi: bir so'z bilan aytganda, u mendan atigi yarim kalla baland bo'lsa ham, jussasi yirik edi.

- Yo'q, - shart shunday deb, ketishga chog'landim, ammo chuchvarani xom sanagan ekanman.

- Qanaqasiga? - hamon yo'limni to'sib turgan Chester o'zini astoydil ajablanganga soldi. - Nega aldaysan? Xatni tushirib yuborganingni o'zim ko'rdim-ku. Taklifimni yerda qoldira olmaysan.

- Nega endi? Shoxing bormi, sen boshqachamisan?

Bu gal u rostakamiga hang-u mang bo'ldi. Hatto biroz shoshib ham qolib, bir qadam ortga tisarilib, xuddi yovvoyiga tikilayotgandek qaradi.

- Umuman olganda, ha, - iljaydi Chester. - Kris? Men boshqachaman-ku? Nima deb o'ylaysan? To'g'rimi,

Kristina sassiz sharpadek ortimda paydo bo'ldi.
Endi vo'lakda, badxoh sinfdoshlarim qurshovida tumb qoldim, qulay vaziyat bo'lishi bilan menga ziyon yetkazishlari hech gapmas.

-.Albatta, yetkazishlari mumkin, faqat mening o'rnimda boshqa birov bo'lganida.

- Darsda aytilgan gaplar yetmadimi?- astoydil qiziqayotgandek. so'radim xuddi

Men hammasini tushundim, bosh irg'idi Kristina. Uning yuzida xotirjam, o'ziga xos shallaqilikdan mutlaqo yiroq bir ifoda zuhur edi. Kelishib olamiz: - sen ertaga ziyofatga kelasan, biz esa senga qo'l tekkizmaslikka so'z beramiz.

Men pishqirib, ketishga taraddudlangandim hamki, kimningdir qo'li hudimning uchidan tutib, devor tomonga kuch bilan itardi.

Bu Kristina edi.

- Sen bilan gaplashayotganimda orqangni bura ko'rma, vishilladi u.

- Menga qo'l tekkiza ko'rma, aks holda qo'lingni sindiraman, - dedim javoban har bir so'zimni chertib.

Bizga kamida yigirma kishi tikilib turardi. Yo'lak bo'ylab turli tomonga oshiqayotganlar gapdan quruq qolmaslik uchungina to'xtashardi.

Kristina menga jimgina tikilib turar, ozor yetkazish uchun yetarlicha g'azabnok ko'rinsa-da, negadir unday qilmayotgandi.

- Gapimizni oxirigacha eshitganing ma'qul, - suqildi Chester.- Ukangga biron kor-hol bo'lishini istamaysan-ku a, to'g'rimi?

Oniy lahzada meni aqlbovar qilmas dahshat iskanjaga oldi, uning so'zlarini e'tiborsiz qoldira olmadim.

- Nima ded...- arang tilga kirdim, ammo so'zimni tugata olmadim.
-Qayerda yashashingni ham, ukang borligini ham bilamiz, - Kristina ajablanarli bir tarzda bo'shashib devorga suyandi. Boshqalarga ozor berishdan lazzatlanishi ko'rinib turibdi. - Ziyofatga kelishdan bosh tortsang, ukajoning boshiga itning kunini solish biz uchun hech gap emas. Shunchaki kelishga rozi bo'lishing kerak xolos.

Boshi berk ko'chaga kirib qolgandim. Goh Chesterga, goh Kristinaga qarar, bu ularga nega kerakligini anglay olmasdim. Ularning maqsadini tushunishni istardim, lekin bunda mantiq umuman yo'qdek edi go'yo.

Ular quv bo'lib chiqdi. Bilaman, bosh torta olmayman. Politsiya bizga tarafkashlik, xushlamaslik, shubha bilan qaraydi. Istalgan birimizdan sumka yoki ryukzakimizni ochib ko'rsatishni so'rashi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi, biron ishkalga daxlimiz bor-yo'qligini orqavoratdan tekshirishi mumkin. Shunchaki dabdurustdan, hech bir sababsiz.

Tasavvur qiling, oddiy begim kunlarining birida odam to'la ko'chada ishlaringiz bilan ketyapsiz, qo'qqisdan badqovoq ofitser sizga yaqinlashib, he yo'q be yo'q ryukzak va pasportingizni ko'rsatishingiz kerakligini aytadi. Nima qilasiz? Har holda xursand bo'lmasligingiz aniq.

Men esa esimni tanibmanki, shunday yashayman.

Kristina va Chester politsiya bizga yon bosmasligini juda yaxshi bilishadi. Kim bo'libmizki, himoya qilishsa? Hech kimga keraksiz muhojirning bolalarimiz shuning oʻzi yetarli. Qanchalik achinarli bo'lmasin, tan bermay nailoj.

Mening tashrifim sizlarga nega bunchalik kerak bo'lib qoldi? dedim yana gapirishga kuch topib.

Ular ko'z urishtirib olishdi, nigohlari ayyorlik va shumlikka to'la. Xuddi poker o'ynayotgandek.
Balki shunchaki juda mehmonnavozdirmiz, kinoyal dedi Kristina.

- Xullas, o'ylab ko'r, biz esa sening qaroringga qarab yo‘l tutamiz, - qo'shimcha qildi Chester.

ko'tarinki bir kayfiyatda nari ketdi. Juftlik xuddi quvvatimni so'rib olib, kuch to'plagandek juda

Ich-ichimdan qaltiroq tutdi. Sershovqin yo'lakda devorga suyanib turar, hatto ravshan fikrlashga ham qodir emasdim. Oldimdan maktab o'quvchilari o'tib-qaytyapti, har birining o'z hayoti bor. Birgina e'tiqodim sababli men har kuni boshdan kechiradigan muammolardan xoli hayot. Biron yomon ish qilganim uchun emas, shunchaki ro'molim sababli, Gap aslida aynan mana shunda.

Tabiiyki, ziyofatga boraman. Kaniga ozor bermasliklari uchun ham bu arzimas ishdan bosh torta olmayman. O'zimizdan bo'lak hech kim bizga yon bosmaydi. Hech kimning zig'irchalik ishi bo'lmaydi.

Shularni qayta-qayta xayolimdan o'tkazgancha yo'limda davom etdim.

Cho'ntagimda Chesterning tug'ilgan kuniga taklifnoma to'rt buklog'liq turardi. Uni kuch bilan g'ijimlar, barmoqlarim orasida uning o'zini majaqlayotganimni tasavvur qilardim. Bu o'y biroz taskin berardi.

Barmoqlarim eshik yuzasiga tegar-tegmas taqillatgan hamon bo'g'iq ovoz eshitildi: "Kiring". Yana vujudim taranglashdi. Ichkariga kirdim.

Kulrang kiyimda xushbichim, juda ham chiroyli, chamasi qirq yoshlardagi ayol stol tekis yubka, kofta va pidjak kiygan, ortida o'tirgancha, ochiq yondaftarda qandaydir qaydlar qilardi.

Maktab direktori Deyfus sonim xonasiga kirib kelishim bilari och moviy ko'zlarini ko'tarib, menga qaradi. Yuziga o'ta agili ifoda bag'ishlab turgan yumaloq ko'zoynagini yechdi, o'xshash vaziyatdagi boshqa hamma kabi g'ashi keldi, tomoq qirib, qarshisidan joy ko'rsatdi: - O'tiring.

Bo'ysundim.

- Lamiya, adashmadimmi? davom etdi u. Allaqachon butun maktabda ovoza bo'lib ketdingiz.

U do'stona ruhda gaplashishga bor kuchi bilan tirishayotgani ko'rinib turar, ammo nigohlari mutlaqo boshqa hissiyotlarni fosh etayotgandi.

-Ha. bosh irg'idim. Bir necha kun bo'ldi.

- Qanday yordam bera olaman? kursi suyanchig'iga o'zini tashladi. Deyfus xonim charm

- Men ACT imtihonlarining sanalarini bilmoqchi edim. Sinfdoshlarim bilan biroz... chiqisholmayapmiz, shuning uchun ulardan so'ragim kelmadi.

Yaxshi direktor bunga qanday munosabat bildirishi kerak?

Masalan, gap nimadaligi bilan qiziqishi, qanday muammo borligini so'rashi lozim. Ammo Deyfus xonimdan sas-sado chiqmadi. Unga shunchaki baribir edi.

Javonchani ochib, jadval tushirilgan varaqni olib, menga uzatdi.

Mana, imtihonlar sanasi, ayol bir necha soniya jimib qoldi, so'ng yana tilga kirdi: -Tayyorlanishga imkoningiz bormi? Balki repetitor yordami kerakdir? Imtihon ancha murakkab, qo'shimcha mashg'ulotlarda yaxshilab tayyorlanishni qat'iy maslahat beraman.lva

- Minnatdorman, - repetitor yordamida tayyorlanish haqidagi taklifni ma'qullamasam-da bosh irg'idim. Yordamingiz

Varaqni olib, eshik tomon yo'naldim, eshik tutqichini ushlashga ulgurmagan ham edimki, Deyfus xonim chaqirib qoldi.

- To'xtang, Lamiya. Yana bir masalada siz bilan gaplashib olmoqchi edim.

Bu ust-boshim bilan bog'liq bo'lmasligini Parvardigordan yolvorgancha, asta burildim.

-Tashqi ko'rishingiz haqida gaplashib olsak.

Ichimda nimadir uzilgandek bo'ldi. Har doim juda jahlim chiqqanida bo'lganidek, ro'molimni ushlab olish istagi uyg'ondi. Ammo hozir shundoq ham e'tibor markazida bo'lib turgan ro'molga yana ortiqcha diqqatni tortishim to'g'ri bo'lmasdi.

- Gap shundaki, maktabimizda bunday ust-bosh ma'qullanmaydi. Ixchamroq shaklda o'rab olishingiz mumkin, lekin bunday bosh kiyim man qilingan.

Shart ortga burilib chiqib ketgim keldi, axir baribir hech qachon bu ishni qilmayman. Aslo ro'molimni yechmayman.

Islomdan uzoq odamlarning libosimiz haqidagi fikrlari juda g'alati. Biz chiroy uchun yoki azbaroyi kibrdan ro'mol o'ramaymiz. Shuningdek, bu madaniyat yoki an'analar bilan ham bog'liq emas, holbuki, ayrim islomiy xalqlar shunday qilishadi ham. Hijob hayotimizning bir qismi. U chetdan ko'ringanidan ancha chuqurroq mohiyatga ega. Shunchaki "yech" degan bilan miq etmay yechib ketaveradigan narsa emas. Bu imkonsiz.

- yo'q. Biz o'zimiz xohlaganimiz uchun ro'mol o'raymiz. Chunki bu dinimizning bir qismi va uni tortib olishga hech kimning haqqi

- Meni tushundingiz-a? so'radi Deyfus xonim.

- Juda yaxshi tushundim. Ilojim yo'q, Yechmayman.

Buyruqlarining so'zsiz bajarilishiga ko'nikib qolgan ayol, chamasi, shoshib qoldi. So'ng anchayin qattiqqo'l qiyofaga kirdi, jiddiyligini namoyish etish uchun qoshlarini chimirdi.

- Nima deganingiz bu, "ilojim yo'q, yechmayman"? Bunday bosh kiyim maktab nizomida taqiqlangan. Yoki qoidalarga amal qilib o'qiysiz, yoki...

- O'zimning Pokistonimga, Iroqqa, Eronga yoki shunaqaroq uning gapini bo'ldim. joyga daf bo'laman? demoqchimisiz? Shundaymi?

- Yo'q, erkaklar ...

- Siz meni ro'molimni yechishga majburlay olmaysiz, chunki bu e'tiqod erkinligini himoya qiluvchi qonunga to'g'ri kelmaydi. Toki boshqalarga zarari tegmayotgan ekan, o'z dinimga erkin e'tiqod qilishga haqqim bor. Hozircha esa hech kim meni deb o'zini yomon his qilgani yo'q. Hatto aksincha, ular meni tomosha qilishdan zavq olishyapti... direktor yana biron gap aytarmikarnı, deb biroz to'xtadim, lekin u churq etmay, menga taajjub bilan qarab turardi. Shuning uchun bu masalaga imkon qadar tezroq nuqta qo'yishga oshiqdim. Ko'rib turganingizdek, ro'mol o'rashimni taqiqlashga hech qanday sabab yo'q, shuning uchun uni yechmayman, nima deyishingizdan qat'i nazar. Endi esa ma'zur tuting, ketishim kerak.

Deyfus xonim hozir yana nimadir deydi, qayta chaqirib oladi, katta yoshli odamga hurmatsizligim haqida pand-nasihat qiladi, deb o'yladim. Ammo bularning hech biri bo'lmadi.

Apil-tapil eshikni ochib, yo'lakka chiqdim, hatto bir necha bor chuqur nafas ham oldim. O'zimdan g'ururlanib ketdim. Qalbimda kamdan-kam uyg'onadigan g'alati, ammo yoqimli his paydo bo'ldi.

Imtihon sanalari tushirilgan varaqqa ko'z yugurtirarkanman, hovliga chiqib, yaqin oradagi rejalarimni qog'ozga tushirish maqsadida muyulishdan burildim. Ammo imtihon haqidagi o'ylar bir chetda qolib, Chester, Kristina va ularning hozircha menga qorong'i bo'lgan rejalari xayolimni egallab oldi.

Ular meni masxara qilishlariga shubha yo'q, ammo bu gal biron dahshatli ish qilishga jur'at qila olarmikan? Haligi qizning aynan nima qilishmoqchi? Bu ikkalasi menga nisbatan rostakamiga kuni mening ham boshimga tushadimi? Juda ham bo'lishi mumkin.

Kechki ovqatga yashil loviya edi. Kani o'zi yoqtirgan holatda o'tirgancha har doimgidek og'zini to'ldirib zo'r ishtaha bilan ovqatni paqqos tushirardi. Har gal sanchqini og'zimga olib borganimda u tomonga qarab qo'yar, kimdir ukamga ozor yetkazishi mumkinligidan yuragim ezilardi. Buni ko'rgandan ko'zlarimni o'yib olganim afzal.

- Meni tug'ilgan kunga taklif qilishdi, - dedim o'zim ham kutmagan bir ravishda.

Dadam bilan oyim shu zahoti qoshiq-sanchqini chetga surib, menga quvonch aralash yengil hayrat bilan tikilishdi.

- Qiziq, - dedi dadam cho'zib va oyimga qaradi. - Nima deb o'ylaysan, Adilya?

- Bu juda ajoyib, - oyim shunday deb mutlaqo samimiy jilmaydi.
- Demak, baribir yaxshi do'stlar orttiribsan-da?

- Ha,- izoh berib o'tirishga tobim kelmay yolg'on gapirib qo'ya qoldim. Kani "Shu ruhda davom eting!" deganga o'xshash nimadir deb qiyqirdi, ammo buning ortidan nima degani ham, ota-onamning keyingi gaplari ham qulog'imga kirmadi. Miyamdagi ovozlar birlashib, yoqimsiz g'uvillashga aylangandi.

- Nima kiyib bormoqchisan? ovozidan o'zimga keldim. so'radi oyim. - Oxirgi marta sotib olganimizni. Har holda shuni bo'lsa kerak.

-Yorqinroq rangdagi ro'molingni o'rab ol.

Lablarim o'z-o'zidan istehzoli burishdi, bo'g'zimdan zaharxanda otilib chiqdi.

-Sizningcha, yorqinroq ro'mol o'rasam, menga munosabatlari o'zgarib qoladimi?

Ovozimda o'zimga nisbatan achinish jaranglagandek bo'ldi, chunki oyim xuddi o'zi hech qachon nafratga nishon bo'lmagandek chuqur hamdardlik bilan menga qarab qo'ydi.

Aslida oyim juda ham kuchli ayol. Unga teng kelishimga yo'l bo'lsin. U hech qachon ovozini ko'tarmagan, haqoratli so'zlarni qo'llashiga to'g'ri kelmagan, lekin istalgan ashaddiy irqparast yoki millatchini joyiga o'tqazib qo'ya oladi. Butun umr u bilan faxrlanganman, o'zimni u kabi tutishni istaganman. Ammo, menimcha, gap fe'l-atvorimizda: men mutlaqo boshqachaman, unga hecham o'xshamayman.

- Xohlamayotgan bo'lsang, bormay qo'ya qol, qo'shildi dadam. Rozi bo'lishga majbur emassan. Shunchaki odob yuzasidan rozilik bergan bo'lsang...

- Yo'q, men bormoqchiman, - buni shunchalar baland ovozda va keskin aytdimki, xuddi qayerdadir shu atrofda, eshik ortida Kristina va Chester suhbatimizni eshitib turgandek. Go'yoki bu tug'ilgan kunga borishni istamayotganimni payqab, Kaniga qiziqib qolishlaridan cho'chiyotgandek.

- Boraman. Shunchaki charchadim, kechiringlar.

Sanchqi bilan yashil loviyani oldim-u, ovqatni chetga surdim: ishtaham yo'qoldi. Ichim huvillab qolgandek bo'ldi. O'rnimdan turib, likopchamni suvchanoqqa qo'yishga chog'langanimda oyim to'xtatdi.

- Uxlashga yotishdan oldin hov anavi xatjildlarni ro'paramizdagi qo'shnilarga chiqarib ber, iltimos. Adashib bizga yuborishibdi.

Xatjildlar oshxonadagi stol ustida turardi. Likopchani qo'yib, xatjildlarni oldim, yo'lakdan o'tib boshimga ro'mol tashladim-u ko'chaga chiqdim.

Havo juda ham yoqimli edi: salqin, toza, g'uborlardan xoli Bu xususiyatlar odamlarga yot. Ko'cha bo'm-bo'sh, faqat onda. sonda qo'shni uylardan kulgi ovozi yangrab, bu ajib sokinlikka raxna solyapti. Chirildoqlar o'z tilida allanarsalarni kuylaydi. Balki shunchaki o'zaro suhbat qurishayotgandir.

Oyoqlarim bo'shashib, oldinga intildim. Ro'paradagi katta yog'och uylarga olib boruvchi asfalt yo'lakdan yurib bordim. Eshikni taqillatgach, kecha oqshom xonamning derazasidan ko'ringan ayolning qiyofasi paydo bo'lishini kutib turdim.

Eshikni Elias ochishi yetti uxlab tushimga ham kirmagandi

Sen bir olam , Men o‘zga olam
Birinchi Bob

Har kim hayotda aqalli bir marta ôylab kôrgan bôlsa kerak - sen hamma kabi bôlmagan olamda oq qarğadek yashash qanday ekan-a? Har holda men bu haqida ôylab kôrganim aniq.
Chunki ôsha oq qag‘a o‘zimman..!
Yo‘q, albatta, menga ôxshaganlar ham, meni tushunadigan, do‘stona munosabatda bôladiganlar ham bor, ammo atrofimdagilarning aksariyati mutlaqo boshqacha umrguzaronlik qiladi. Qayga bormay begonaman. Bizning olamlarimiz butkul boshqa - boshqa, bu shunday olamlarki, har birining qonun-qoidalari bisyor. O‘z olamimda baxtiyorman, ammo hamma menga toleyi sho‘r bechoradek qaraydi.
Men ingliz ota va muhojir onaning farzandi, Shtatlarda yashovchi musulmon qizman. Hamma gap ana shunda.
- Bismillahir Rohmanir Rohim - qariyb pichirlagandek asta shivirladim.
Musulmonlar taom tanovulini aynan shu tarzda boshlashadi. Bu bizning duomiz, nasroniylar uni stol atrofida o‘zaro qo‘l ushlashib talaffuz qilishadi. Shu tariqa Parvardigorga riza bergani uchun shukrona keltiramiz. Aytishlaricha, bu sôzlar bilan boshlanmaydigan har qanday tanovul ikki lunjini to‘ldirib kavshanayotgan Iblisning hamoqatida kecharmish. Ammo bu duo yangradimi, bas, u nimaniki paqqos tushirishga ulgurgan bo‘lsa, hammasini varaqlatib qusadi va yana och qoladi. Bolalikda bu rivoyat doim kulgimni qistar, bo‘shliqqa tikilib, baland ovozda qichqirardim: ,, Senga shu ham kam! Ajab bo‘pti!" Bugungi nonushtamiz ham har doimgidek aynan shu sôzlar bilan boshlandi.
Umuman ishtaham yôq, lekin oğir va mashaqqatli kundan avval kuch tôplab olish uchun oyim saharmardonlab tayyorlagan katayefning (ichi qiyomli quymoq (blinchik)) bir bo‘lagini majburan oğzimga tiqishtiraman. Qovog‘imdan qor yogʻayotgani e'tibordan chetda qolmadi, shekilli, otam naq yarim soat davomida har-har zamon men tomonga mopralab qôydi, keyin esa daf'atan savolga tutdi:
- Tinchlikmi? O‘ychan ko‘rinasan. Haddan ziyod ôychan desa ham bo‘ladi.
- Shunchaki yangi maktabga borish oldi biroz hayajonlanyapti, - gazplita oldida pishir-kuydirni davom ettirayotgan oyim o‘rnimga javob berdi.
Indamadim: izoh berishga hojat yôq.
Oshxonaga shovqin-suron solib 12 yashar ukam - bu yorug‘ olamda men astoydil yaxshi kôradigan birdan bir bola otilib kirib keldi. Otamdan o‘tgan kashtanrang sochlari tôzğiganidan ukamning hali vannaxonaga qadam bosmaganini shundoq bilsa bo‘lardi. Oshxonaga kirgan zahoti sovitkichni ochib, sut oldi.
- Kani, dasturxonga o‘tir-da, biz bilan nonushta qil, - norozi ohangda dedi oyim. - Opangga bir -ikki og‘iz dalda ham berib qo‘y.
Kani osmondek moviy kôzlarini menga tikib, dunyodagi eng yupatuvchi tabassumni hadya qildi.
- Hammasi zo‘r bo‘ladi, opaginam, - liq to‘la zalda she'r o‘qiyotgandek baland ovozda dedi u, - ishonchim komil, bekorga hayajonlanyapsiz.
- Hayajonlanayotganim yo‘q, - e'tiroz bildirdim o‘zimni aldashga oshkora urinib. - Sal-pal bo‘lsa bordir.
Oyim boshim va bo‘ynimni ôrab turgan qora ro‘molga nazar tashladi-yu hammasini angladi.
Ha, tan olishga hech bo‘ynim yor bermasa-da sochlarimni yot ko‘zlardan pana qilib turgan mana shu mato hayajonimning sababchisi edi. Yangi sinfdoshlarim meni qanday qabul qilishadi, o‘qituvchilar, qolgan amerikalik o‘smirlar qanday munosabatda bo‘lishadi, buni tasavvur ham qila olmas, shu sababli maktab binosiga kirib borishimni va shu zahotiyoq o‘nlab qiziquvchan nigohlar menga qaratilishini o‘ylasam, vujudim tarang tortardi.
Yo‘q, aslida ulardan qanday munosabat kutish mumkinligini juda yaxshi bilaman.
,, Shahidlikka chog‘langan bo‘lsang, buni bizdan nariroqda qil". Keyin esa kulgi kôtariladi, xuddi bu chindan ham kulgilidek.
Yoki biroz boshqacha. Masalan: ,,Qaysi terrorchilardansan? Afg‘onlardanmi? Yoki iroqliklardan? "
Katta ehtimol bilan shunday deyishadi.
- Adilya, - oyim bilan ma'nodor ko‘z urishtirayotganimizni ilğagan otam ehtiyotkorlik bilan so‘z boshladi, - balki ro‘molni sal boshqacharoq ôragan ma'quldir-a? E'tiborni tortmaydiganroq qilib balki. Xuddi shunchaki oddiy bezak yoki ayollar taqinchg‘idek.

Muse
3-BOB

Yotoqxonaning poldan shiftgacha choʻzilgan , oppoq pardali derazalari ortidan koʻz ilgʻar-oʻlgʻamas sokin okean manzarasini koʻrish mumkin .
Zaytun rang yoqtiqqa bosh qoʻyib , qoʻlini siljitti qiz .
Hashamatli keng kravotda yotarkan bunday zeb-u ziynat lar jois oʻz jismini , tanasini sotganday his qildi . Soʻzlarsiz , ruxsat , ixtiyorsiz tajavvuslikni eslar eslamas hoʻngrab yegʻlab yubordi .

- Shunchaki... Qoʻshiq yozar edim!...
Qoʻlini choʻzib telefonini oldi va FaceTime tugmasini bosdi . Yanogʻidagi koʻz yoshlarni artib dugonasini koʻrib tabassum qildi .
-Nihoyat!! Men seni qoʻngʻiroq qilishingni uzoq kutdim - yuz burishtirib
- Xoʻsh . Salom boʻlmasayam salom - javon ustiga telefonni qoʻyib .
- Enol tez ayt . Kim u! Sabrsizlik meni oʻldiryapti .
Enola koʻrpasini tortib yostiqqa boshini qoʻyib uh* tortdi .
-Shartim bor . Ortiqcha vahima boʻlmaslikka vada ber .
Qiz bilardi . Aytmasa boʻlmaydi , aytsa undan ham yomon .
- Harakat qilaman - koʻzlari tashqariga otilgudek boʻlib telefon kamerasiga yaqin keldi .
Javondan telefonni olib qorin boʻshligʻi bilan oyoqlarini chalishtirib yotgan qiz ilk uchrashuvni eslab lablarini tishladi . Qora jiddiy koʻzlar... Lablaridagi ilqlik . Ogʻriq sezsada tan olishni istamaydigan zavq .
- Bu... Park Jimin.

Narigi telefonda sukunat choʻmdi .

- Emmi?

- Hazil qilyapsan... - Emmi ko‘zlarida yosh bilan.

- Men u bilan atigi ikki daqiqa gaplashdim. Hech qanday aloqamiz bo‘lmagan... - rostini aytsa nimalar boʻlishini bilib .

- PARK JIMIN - U hayajondan kamera bilan birga titradi, oyoqlari o‘z-o‘zidan yugurib ketdi. Telefon tebranishdan xiralashdi, tasvir bo‘shashib faqat ovozi qoldi .. Emmining quvonchi butun xonani to‘ldirib yuborgan edi.
- Emmi vahimaga tushmaslikka va’da berganding - iloji boricha sokin ohangda lekin yuzida hafsalasi pir bo‘lgan kulimsirash zohir edi.

Yana besh daqiqa davomida Emmi his-tuyg‘ular girdobida suzdi. Yig‘lab-yig‘lab kuldi yelkasi titradi yuragi esa go‘yo ko‘kragidan otilib chiqmoqchi edi. Nihoyat u sukutga cho‘mildi. Nafasi biroz rostlandi.

- Men... men bunga ishonmayman - pichirlab - Bu BTS a’zosi. Bu... bu chinakammi? Bu orzum emasmi?

- Ha... orzuing amalga oshdi - kulimsirab. U jim bo‘lib qoldi. U bu go‘zal lahzani buzishni istamasdi. Noqulay uchrashuv haqidagi og‘riqli haqiqatni eslab u nafasini ichiga yutdi. Emmining pufakchadek toza hayajonini yorib yubormaslik uchun tilini tishladi.

U hech qachon do‘stlarining quvonch ustidan sovuq suv quyishni yoqtirmasdi. Ayniqsa Jimin haqida gap ketganda.

- Endi, iltimos, Emmi - yumshoq lekin jiddiy ohangda - Yana biroz normal holatga qayt. Qo‘shnilarim sening Jimin haqida qichqirganingni eshitishsa... men ishimdan ayrilishni xohlamayman. Ular kim bilan ishlayotganimni bilmasligi kerak.

Emmi sekin kamera tomon qaradi. Uning ko‘zlari katta jimjimador yulduzlar singari chaqnardi. U jimgina turib qoldi.

- Enol... Sen... sen uning yonida eding. Uni yaqindan ko‘rding. U... qanday edi?

Qiz yutindi . Bir lahza jim turdi. Ko‘z oldiga Jiminning yuzidagi ehtiyotkor sovuqqina qarash keldi. Lablari ...

- U... u bilmayman - hoʻnsirib - miyasi bilan oʻylab emas lablari bilan gapirar ekan .

Emmi hayrat bilan unga tikildi.

- Nima demoqchisan?

Enol lablarini tishlab kulimsiradi.

- Hech narsa. Bu senga faqat orzudek tuyuladi. Shundayligicha qolsin.
- Kvartira qanday, yaxshimi? - soʻradi Emmi to‘satdan.

Bu oddiy savoldek tuyulsa-da undan Park Jimin bilan ishlash haqida ko‘proq eshitishni kutayotgan do‘stiga bunday beg‘ubor javob qaytarish oson emas edi.

- Bu... juda katta -
deraza ortidagi shahar manzarasiga bir qarab - Bir kishi uchun juda katta yo‘lga o‘xshaydi. Sokinsan ammo iching bo‘sh. Va... men seni sog‘indim. Qachonlardir uchrashishimiz kerak. Men faqat qo‘riqchilardan chiqishga ruxsat so‘rashim kerak bo‘ladi.

- Ketish uchun ham ruxsat so‘rash kerakmi? - Emmi norozilik bilan burnini qisib qo‘ydi.

- Xavfsizlik choralari - yelka qisdi - Bu yerda hamma narsaning tartibi bor. Hatto nafas olish ham ro‘yxatga olinadigandek...

- Voy... bu aqldan ozganlar! - boshini chayqab.

Shkaf oldiga bordi. U yangi kun uchun kiyim tanlarkan Emmi hali ham unga tikilayotganini his qilib jilmaydi.

- Aytyapsanda...- yumshoq ohangda. So‘ng birdan eslab yuzida xuddi bola kulgusi porladi. - Oh* men sizga ko‘rsatishni deyarli unutib qo‘ydim Enolam! Mening xonamga qarang!

Emmi kamerani aylantirib kichik bezatilgan xonasini ko‘rsata boshladi. Devorda sevimli plakatlar, tokchada gulxalta, oynaning chetiga osilgan arqoncha chiroqlar.
- Dannnnggg qiz va manzara qotili! hozir aynan sening o‘rningda bo‘lishni xohlardim!

Qiz kulib yubordi ko‘zlarini ishqalab hali to‘liq uyg‘onmagan holatda hammom eshigini ochdi.

Ammo hozir e’tiborini jamlashi kerak edi. Chunki bugun aynan bugun ertalab u Park Jimin bilan studiyada qo‘shiq yozishi kerak edi.

Har bir nota uning yoʻlini eslatardi .
Har bir ohang yana bolaligiga qaytargandek .

U uni ilk bor ko‘rganida qanday hayratda bo‘lgan bo‘lsa ikkinchi safar ham ayni shu tuyg‘u bilan qotib qoldi. Ichkariga hali biror marta ham kirmagan edi lekin shu makon go‘yoki uni kutib yotgandek tuyulardi.
Uning yoniga sokinlik bilan yaqinlashdi va ohang chalish vasvasasiga qarshi tura olmadi. Barmoqlari o‘z-o‘zidan klavishlarga teginib ketdi.

Bolaligida pianino chalishni o‘rgangan. Aynan shu asbob uning musiqa olamiga ilk qadamlaridan biri bo‘lgan. So‘ng bir narsa boshqasiga eltib u o‘z qo‘shiqlarini yozishni boshlagan edi , avval daftar chetlariga so‘ng kompyuter ekranlariga oxir-oqibat esa minglab yuraklarga.

UCLAga o‘qishga kirganida Slowaveda stajyorlikka hujjat topshirganida hozirgi holatini bu joyda bu royal yonida shu darajada o‘zini to‘liq his etishini tasavvur qilmagan ham edi.

U Amerikadagi mashhurlar uchun o‘nlab singllarni yozgan ishlab chiqqan Linda va uning kompaniyasini Los-Anjelesdagi eng kuchli musiqa prodakshnlaridan biriga aylantirishda muhim rol o‘ynagan. Endilikda esa u HYBE uchun ishlardi. Bu hayot — go‘yo orzular ichida yashash edi.

Ertaga oddiy yotoqxonada soatiga to‘qqiz dollar ishlab uyg‘onadigan qiz edi u ilgari.

Qizning barmoqlari xotiralarning eng tub qatlamlaridan bir kuyni olib chiqdi. Tanish ohang. Bolalikda yod olgan unutilmagan kuy. Yuragini isitgan bir musiqiy parcha. U endi bir vaqtlar orzu qilgan joyda edi va bu orzu nihoyatda chiroyli yangrardi.

Qiz tutqichni ushlab biroz toʻxtadi . Hayolini tahlil qilib chuqur nafas rostladida tutqichni buradi va qarshida Park Jimin .

U oq futbolka va oddiy jinsi shimda qo‘llarini cho‘ntagiga solgancha turardi. Qora sochlari yuziga mayin tushgan qora ko‘zlari esa deyarli bir zumda Enolnikiga to‘qnashdi. Shu ondayoq qizning qornida asabiylikdan kichik bir burilish sezildi.

- Salom - bazor jilmayib .

Jimin belidan engashib orqasidagi xonaga ishora qildi.
- Kirsam bo‘ladimi?

Qiz yurak ko‘ksida kolibri qanotlaridek tebranayotgandek .

- Albatta .

Yuzini burib

- Aytgancha men Enolaman.

* Oʻtgan kundagi voqeani eslamas ekan , oʻzimni muammolarga duchor qilib nima qilaman? Menimcha mast boʻlgan . Lablaridan ufqib turgan alkogol tami organizmimni egallagan edi *

- Men Park Jiminman.
Lekin menimcha sen buni allaqachon bilasan. Aks holda bu yerda bo‘lmas eding.

10:42

Uning oldida farishtaga o‘xshardi. Emmi K-pop yigitlari haqida aytganida adashmagan edi ular haqiqatan ham ajoyib. Ammo juda achinarlisi Emmining xonasidagi plakatlar Park Jiminning shu ondagi xijolatli tabassumini aniq ifodalay olmasdi.

- Siz bu yerga qo‘shiq yozish uchun keldingiz. Va siz demak hammasini men qilishimni xohlaysizmi? - ko‘zlarini qisib.

Jimin qizga yaqinroq kelib biroz egildi .
- Bang Si Xyuk mening qo‘shiqlarni sening yordaming bilan yozishimni xohlaydi. Lekin hozir o‘zimni bunga majbur qilolmayapman. Unga buni birga yozganimizni aytishing kerak .

- Siz uchun yolg‘on gapirishimni xohlaysizmi?

Erkak qizning yuziga yaqinroq kelib lablariga tegar-tegmas .
- Axir siz baribir barcha qo‘shiqlarning yarmini yozmoqchi edingiz. Nega hammasini menga yozib bermaysiz?

Enol lablariga urilayotgan issiq havodan tezda yuzini yon tomonga burib oldi .

- Bo‘lmaydi - bir qadam orqaga chekinib - Bu men uchun ishlamaydi.

U Jiminga qarashdan cho‘chib, ichidan kechganini tan olishni istamadi , u uni deyarli bir soniya ushlab qolgandi.

- Men siz uchun shunchaki qo‘shiq yoza olmayman. Bu sizning qo‘shig‘ingiz. Barcha muxlislaringiz uni sizning yozishingizni kutishadi .

Jimin jilmayib .

- Va ular men aynan shunday qilaman deb o‘ylashadi .

- Bang Si Xyuk hafta oxirigacha yangi qo‘shiq chiqishini kutyapti. Qanday qilib men buni o‘zim qilishim kerak?

Jimin unga chuqur va tushunarli nigoh tashladi.

- Rostini aytsam bu sizga qiyin bo‘ladi .

U haq edi. Enol hech qachon musiqa yozishga qiynalmagan. Ammo ular bu qo‘shiqlarni birgalikda yozishi kerak edi Jimin esa undan hamma narsani qilishini kutayotgandek edi.

- Agar shunday bo‘lsachi? - qoshlarini koʻtarib .
Jimin sekin lekin keskin ohangda yaqinlashdi.

- Ishonchim komilki, sen buni tushunasan aegiya - past deyarli shivirlaganday ovozda.

Qiz musiqa xonasiga qaytar ekan ichidagi gʻalati hissiyotni tushunolmadi .
U stolga qo‘llarini qo‘ydi ammo fikri tarqoq edi .

* Nega men bu yigitga shunchalik tez bo‘shashdim? Nega u birgina yaqinlik bilan meni himoyasiz qilib qo‘ydi? *

U jilmayib keyin o‘zini koyidi .

* Bu qanday tentaklik? U butun dunyoga mashhur u mening kabi oddiy inson haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Men shunchaki unga kerakli narsani beradigan odamman xolos *

U pianino oldiga o‘tirdi.
Barmoqlari kalitlarga tegdi ammo ohang chiqmadi.
Faqat bitta fikr ichini kemirardi .

* Men bu qo‘shiqni yozib bera olamanmi… yoki bu Jimin bilan bo‘lgan hissiyotlarning boshlanishimi? *

U Jiminning uslubini takrorlay oladimi yoki yo‘qligini bilmasdi ammo sinab ko‘rishi kerak edi. Agar u yordam berishga rozi bo‘lgan bo‘lsa qo‘shiq uchun taklif qilingan yuz ming dollar juda katta mablag‘ edi. U shuncha pul evaziga Park Jiminning qo‘shiqlarini yozib berishga arziydi deb o‘yladi. Balki bu yaxshi tomoni ham bor edi shunda ular birga ishlashga kamroq majbur bo‘lishar u esa tinchgina o‘ziga xos tarzda yozishni davom ettirardi.

Ammo u pianino oldiga qaytganida o‘zini biroz xijolat his qildi. Ular uchrashgandan beri yuragi hanuz odatdagidan tezroq urar u esa boshidan Jiminning jozibali egilgan tasvirini chiqara olmasdi.

Enol anchadan beri san’atkorlar bilan ishlagan. Hatto bir marta studiyada Teylor Svift bilan ham uchrashgan edi. Ammo u hech qachon Park Jimin bilan uchrashgandagidek ta’sirlanmagan va eng qizig‘i, u hatto uning muxlisi ham emas edi.

Xo‘sh nega u pianino tugmachalariga bosganida, yonoqlari hanuz qizarib ketdi?

Shu o‘ylar girdobida qizning ongida ohista so‘zlar tug‘ila boshladi.
Qo‘shiq shakllanayotgan edi…

U qo‘shiqni o‘zining Mac-dagi fayllariga saqlab qo‘ydi . Xona g‘alati tarzda bo‘sh tuyulardi. Jimgina yonib turgan stol lampasi issiq nurini devorga yoyar Jimin esa o‘sha devorga uzoq tikildi .

Barmoqlari klaviaturaning chetida sust harakatlandi. “Nega bu safar bo‘lmadi?” degan savol xayolini kemirdi. Har bir yozgan notasi har bir satri o‘zi uchun bir turdagi najot bo‘lishi kerak edi ammo bu safar qo‘shiq uning yelkasidagi og‘irlikni yengillatmadi.

U kursiga suyanib, chuqur nafas oldi. Deraza ortida kech tushgan shahar chiroqlari uzoq-uzoqlardan chaqnardi. Shu lahza ichida, u ichidan o‘tayotgan bo‘shliqni to‘ldira oladigan yagona narsa rostini aytganda suhbat, iliq ovoz yoki hech bo‘lmaganda kimningdir oddiygina “hammasi yaxshi bo‘ladi” degan so‘zlari edi.

Faqat Jiminning yengil nafas olishi va kompyuter ventilyatorining past shovqini tinglanardi. Shu jimgina lahzada u birdan daftarini yana qo‘liga oldi ehtimol, yana yozishga urinib ko‘rar balki bu safar ichidagi og‘irlikni to‘kib tashlardi.

Musiqa xonasi.
Qiz qo‘llarini ko‘kragiga bog‘lab, xo‘rsindi.

Ertaga u qo‘shiqni Jiminga ko‘rsatishi kerak edi va bu uchrashuvdan qo‘rqardi. U K-pop artistini qanday qabul qilishini bilmasdi.

Xayollari ularning birinchi dag‘al uchrashuviga qaytdi so‘ng o‘sha noqulay jimlikdan keyin kvartirasidan xijolatli tarzda chiqib ketganiga. Enol nima kutayotganini bilmasdi.

U Slowave Studios’dagi qulay hayotini tashlab faqat Park Jimin bilan ishlash uchun yangi hayotga qadam qo‘ygandi. Endi esa u boshqa hech qachon avvalgidek bo‘lmasligidan qo‘rqardi.

Ertangi kun .

Tuni bilan uxlolmay hunob boʻlgan qiz boshini yoqtiqqa tashladi .

U Bang Si Xyukning Jimin bilan yozishini xohlagan birinchi qo‘shig‘ini yozib tugatgan edi, lekin bir narsadan xavotirda u Bang Si Xyukka Jimin yordam berganini yolg‘on gapirishdan cho‘chirdi. Chunki aslida Jimin bir og‘iz ham hissa qo‘shmagan hatto Enol hamma narsani o‘zi qilishini qat’iy talab qilgan edi.

Kunga tayyorlanib, telefonini tekshirdi. Emmi undan ahvoli qanday kechayotganini so‘rab yozgan edi. Qiz dam olish kunida qo‘ng‘iroq qilganda hammasini batafsil aytib berishini yozdi.

U yashash xonasiga kirgan edi shu payt eshigi taqilladi.

Eshik ortida kimdir turardi uning bitta qo‘shnisi va oldida bir nechta qo‘riqchi. Bu vaziyat unga yoqmadi. Kim bo‘lishi mumkin? Balki uni tekshirish uchun Bang Si Xyukning o‘zi kelgandir?

Bu fikr uni yanada larzaga soldi chunki u Jimin bilan yozayotgan jarayoni haqida qanday qilib so‘z boshlashni bilmasdi.

Eshik oldida turgan odamni kutishni istamay o‘zini majburlab, eshikni ochishga shoshildi.

U hatto qaramay qadam tashlab ichkariga kirdi.

Qora tor jinsi shim kiyib bo‘shashgan tugmali ko‘ylak kiygan Jimin telefonida sms yozayotgan edi.

- Qo‘shiqni tayyorladingizmi? - boshini ko‘tarishga ham ovora bo‘lmay.

- Xo‘sh, sizga ham salom - eshikni yopayotganda Jiminga qarab.

Jimin nihoyat ko‘zini ekrandan uzib, unga qaradi.
- Bang Si Xyuk tez orada keladi shuning uchun men siz nima ustida ishlaganingizni bilganimga ishonch hosil qilishim kerak. Uni kecha kechqurun birga yozganimizga ishontirishimiz shart.

Kechagi uyqusiz tunni eslab bazor tilini tishladi qiz .

- Agar siz buni men bilan yozsangiz bu juda oson bo‘lmaydimi Aegiya?

- Aegiya? - ko‘zlarini qisib - Siz meni shunday chaqiryapsizmi endi?

Jimin yelkasini qisib qo‘llarini divan orqasiga tashladi.
- Nima bo‘pti? Mos keladi deb o‘yladim .

- Bu… bu ism men uchun emas - kompyuterini ochib, faylni topishga urinar ekan - Biz bu yerda professional bo‘lishimiz kerak .

- Juda professional bo‘lishimiz kerak, shundaymi? - hazil aralash so‘radi - Demak bu qo‘shiqdan keyin meni “seonsaengnim” deb chaqirasiz?

- Agar qo‘shiq mukammal chiqsa balki chaqirarman .

Jimin kuldi, ammo bu safar jim kuldi ovozsiz, faqat lablari ohista titradi. U qizning yoniga yaqinroq kelib ekranga qaradi .

Enola

- Ko‘rsatchi aegiya - bu safar so‘zini qasddan mayin tortib.

Enol ichidan yana bir bor o‘ziga tanbeh berdi. “U buni ataylab qilmoqda. Va men bu tuzoqqa tushib ketayapman.”

U faylni ochib, qo‘pol demo yozuvini bosdi. Xonani pianino akkordlarining dag‘al hali ishlov berilmagan ohangi to‘ldirdi.

Jimin asta oldinga egildi. Yuzlari qiznikiga juda yaqin edi.
-.Bu… juda ham yaxshi tebranish . Hatto men kutganimdan ham.

U bu vaziyatni yengilmaslik uchun chuqur nafas oldi.
- Bu hali boshlanishi xolos. Lekin yakuniy versiya… — dedi u, nigohini Jiminning ko‘zlariga qadab - sizga ham yoqishini ta’minlayman.

- Shunday bo‘lsa, aegiya, birgalikda uni mukammal qilaylik.

16:38

- Yoʻlimdan qoch!
Ustidagi halatni mahkamroq siqib oldini toʻsdi .
- Hislarim bilan oʻynashishing boʻgʻzimga keldi .
Qizning bilagidan ushlab qayta suv tagiga olib keldi .

- Ustingdagi matoni yech va chala qolgan ishimizni yakunla!
Dush halatini mijigʻlab koʻzidagi yoshlar bilan yonga burildi .
- Dadam bilsalar oʻsha yeringni* qayta ishlatmaydigan qiladi jin urgur .
Birdan sovuq devorga mahkamlanib tanasiga bosilgan ulkan tana qoʻpollik bilan halatni yechib yerga otdi .
- Tanangni ham miyangni ham yoqimsiz fikrlardan tozalash kerak Tessam .
Qizning oyoqlarini belidan oʻtqazib oldini* botirgan Taehyung xirilladi .
Chinqirayotgan lablarga tashlanib hoʻl, yelkalardan biroz tushuvchi sochlarni bilagiga oʻrab ortga tortdi .

- Ustingdagini matoni yech va chala qolgan ishimizni yakunla!

Dush halatini mijigʻlab koʻzidagi yoshlar bilan yonga burildi .
- Dadam bilsalar oʻsha yeringni* qayta ishlatmaydigan qiladi jin urgur .
Birdan sovuq devorga mahkamlanib tanasiga bosilgan ulkan tana qoʻpollik bilan halatni yechib yerga otdi .
- Tanangni ham miyangni ham yoqimsiz fikrlardan tozalash kerak Freyam .
Qizning oyoqlarini belidan oʻtqazib oldini botirgan Jungkook hirilladi .
Chinqirayotgan lablarga tashlanib hoʻl, yelkalardan biroz tushuvchi sochlarni bilagiga oʻrab ortga tortdi .