@yeona12
Culpa mia
𝐂𝐡𝐚𝐩𝐭𝐞𝐫 1
- Se...sehun.. iltmos.Unday qilma.Ortiq ortiq bardoshim yetmaydi.O'tinib so'rayman...Aahh
Qiz sonlariga tushgan qattiq kamar zarbasidan chinqirib yubordi.Ma'lum bir soniyalardan so'ng kamar qoldirgan jarohat qizil tusga kirgan edi.
Buni maroq bilan tomosha qilayotgan yigit huddi telbadek kula boshladi
-buni qara.Juda chiroyli san'at asari.Huddi oppoq varroqa rasm solgandek bo'ldim.Mm to'hta..nimadir kamlik qilyapti...Nima bo'lishi mumkin.Haa,albatta qizil rang...kel bu unitilmas asarni yanada go'zallashtiramiz nima deysan.
Qiz unga iltijoli ko'zlari bilan uzoq tikilib turdi.
-ke..kerak...emasss..iltmos..
Yigit uni gaplariga quloq solmay,kamar zarbi sababli sonlarida paydo bo'lgan jarohatga yana qaytadan bor kuchini to'plagan holda kamar bilan zarba bergan edi hamki jarohatdan qon sizib chiqa boshladi.Yigit miyyig'da kulgan holda
-ana bu boshqa gap
Qizning ohirgi so'zlari lablari orasidan alam va istrobga to'la ohangda chiqdi
-ni...nima...uchu...n..
-meni kechir oppoq g'uncham.Ammo senga azob bersam kuchga to'laman.Seni iltijolaring menga o'zgacha kuch baxshida etadi.Meni sevmaydi deb o'ylama.Seni hammadan ko'proq sevaman.
Yigit yana kulgancha qizni sovuq va zah yertoʻlada yolg'iz qoldirgancha u yerni tark etdi
Pov*sunshine
Oh Se Hun — hikoyamizning asosiy qahramonlaridan biri. U 27 yoshda. Uni sovuq, hissiz va odobdan yiroq inson deb tasvirlash mumkin — va bu ta’rifda hech qanday mubolag‘a yo‘q. Uning bu xususiyatlari hikoya davomida yanada chuqur ochib beriladi.
Yigit mashina tomon ketar ekan shu payt uning qo'l telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi
-ehshtaman
-janob siz aytgan kameralar tayyor.Ho'sh uni qayerga yetqazishimizni hohlaysiz
-mm juda soz to'g'ri uyimga yetqazavering.Kamerani qo'l odatimdagilar qabul qilib oldi.
-tushunarli.Bajariladi
Yertoʻlada yolg'iz istrob va alamlarga to'lib-toshgan qiz yana alam bilan uyg'ondi.Uyg'ondihamki oyog'ida turgan og'riq sababli chinqirib yubordi.Bor kuchini to'plab soniga bir nazar tashlagan edi,sonlari qonga botgan edi.
-eh hudoyim.Menga..menga yordam ber.Iltmos,nega uni sevdim.Nima uchun.Negaa
1 yil avval
Qiz ko'zlarida quvonch va baxt bilan sevgilisini qo'llaridan tutar ekan,bu dunyoda undanda baxtliroq odam yo'q edi go'yo.
-Seni sevaman Mina.Mening hamma narsamsan.Yaxshiyam borsan.Meni oppoqqina gulg'uncham.Hayotim mazmuni o'zimni.Hali baxtli bo'lamiz.Senga so'z beraman.Hali hamma sevgimizga havas qiladi.Ko'p shirindan-shakar farzandlarimiz bo'ladi.
Qiz yigitning bu gaplaridan ko'zlariga yosh oldi
-men ham seni sevaman.Senga juda qattiq ishonaman.Seni tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman
Qiz yotgan holda mana shu azobli ammo shirin xotiralarni yod qilar ekan ko'zlaridan achchiq yoshlar oqib chiqar edi
-sen aldading.Vadangni bajarmading Sehun.Sendan nafratlanaman.Seni sevgan kunimga ming lanat bo'lsin.
Sunshine | davomi bor
Jdjshs
Bdbsbsbsvs zvd z vzbsbdbxvdbdbdbbd
Only you
{ Episode 2 }
Qiz va Bangchan uzoq suhbat qurishdi.Bangchan soatga bir nazar tashlagan edi,amaliyot vaqti ham yetib kelgan edi.U praffisional xulq-atvorini saqlagan holda sekingina o'rnidan turdi
-Uzundan uzun suhbat uchun tashakkur.Qani endi kettik.
Talabalar amaliyot uchun tayyor turishar, Bangchan esa ularni boshqarib, jiddiy ohangda tushuntirishlar berar edi. Ular shaharning biroz chekkasida joylashgan “Ruhiy kasalliklar shifoxonasi” tomon yo‘l olishgandi. Ushbu joy — oddiy dars emas, haqiqiy sinov edi.
Bangchan ularni shifoxona hovlisida to‘xtatdi va barchaning ko‘zlariga birma-bir tikilar ekan, qat’iy gapirdi:
— Mana endi sizlar hayotda ilk bor murakkab ruhiy kasalliklarga duch kelasizlar. Shuni biling: bu yerda sizdan faqat bilim emas, hushyorlik va sezgirlik ham talab etiladi.
U bir oz to‘xtab, so‘ng muhim eslatmani ilova qildi:
— Agar qandaydir bemor sizga o‘zidan o‘zi gapira boshlasa yoki nimadandir shikoyat qilsa — unga javob bermang. bu yerda har nimani kutish mumkin. Iloji boricha u yerdan tezroq uzoqlashing. Ular ba’zida realniy hayotni farqlay olishmaydi.
Talabalar bu gaplarni chuqur tinglashar, ayrimlar hatto ko‘zlarida qo‘rquv sezilar edi.
Bangchan ularni avval ochiq ruhiy bo‘lim tomon boshladi. Bu yerda bemorlarning ahvoli nisbatan yengilroq edi — asosan depressiyaga tushgan, hayotga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan insonlar davolanardi.
Qalin eshikdan o‘tgach, talabalar ro‘parasida ochiq maydon paydo bo‘ldi. Daryo bo‘yidagi sokin bog‘ni eslatuvchi bu joyda bemorlar skameykalarda o‘tirar, ayrimlari kitob o‘qir, ba'zilari esa shunchaki osmonni tomosha qilib, sukut ichida o‘z fikrlari bilan band edi.
Bangchan har bir talabaga bemorlar bilan ehtiyotkor, muloyim ohangda muloqot qilishni tayinladi.
— Bu insonlar ichkarida urinishmoqda. Ularning ko‘zlarida og‘riq bor, ammo ular hali o‘zini butunlay yo‘qotmagan. Yondashuvlaringiz mehrli bo‘lsin. Har bir so‘z — davo yoki jarohat bo‘lishi mumkin.
Ochiq bo‘limdagi sokin sukunat o‘rnini asta-sekin og‘ir havoga, bo‘g‘uvchi jimlik va g‘alati vahimaga qoldirayotgan edi. Talabalar endi navbatdagi manzil — yopiq ruhiy kasallar joylashgan bo‘limga yo‘l olishdi. Bu yerda har bir qadam tashlash bilan yurakda g‘alati titroq paydo bo‘lardi.
Imoratlar... ular kasalxonadan ko‘ra qamoqxonaga o‘xshar, qoraygan devorlari, panjaralangan derazalari bilan bir qarashdayoq begona, tahlikali muhitni sezdirardi. Oynalar singan, ba'zilarining chetlari esa to‘liq mix bilan mahkamlangan. Go‘yo bu joy nafaqat bemorlarni ushlab turish, balki ularning ichidagi g‘azab, iztirob, jinnilikni ham qamash uchun qurilgandek edi.
Har qadamda chinqiriq, ba'zida qahqaha, yana bir lahzada esa g‘alati pichirlashlar quloqqa chalinar, yurakda notinchlik uyg‘otardi. Devorlar go‘yo bu azob-uqubatlarning guvohiga aylangan, ko‘rgan-ko‘rmagan sirlarni yutib yotardi.
Bu yer — inson ruhining eng chuqur, eng qorong‘i, eng begona burchagi edi. Ha, bu yerda chinakam “yo‘qolganlar” yashar edi. O‘zini, dunyoni, hatto vaqtni ham unutgan jonlar. Talabalar esa, ilk bor hayot va aql o‘rtasidagi begona bo‘shliqni shu yerda his qila boshlashgandi...
Qiz Bangchanning ortidan sekin, yuragi hapriqib yurardi. Har bir qadami og‘ir, har bir nafasida qo‘rquv aralash hayajon yashirin edi. Atrofdagi g‘alati tovushlar, devorlar orasidagi g‘ira-shira nur — hammasi unga begona, yot va xavfli tuyulardi.
Bangchan esa bir oz oldinda yurarkan, qizning yurak urishini go‘yo orqasidan eshitayotgandek to‘xtab, yengil jilmaydi. U orqasiga yarim burilib, past ohangda, lekin yurakka urilgudek ta'sirli so‘zlarni aytdi:
— Bunchalik cho‘chimang… yurak urishingiz mengacha eshitilyapti.
Qiz bu so‘zlardan seskanib, bir lahzaga yuragini ushladi. Ammo o‘sha paytda, yigitning ovozi, jilmayishi, hatto yurishidagi sokin ishonch unga g‘alati bir taskin berib, vahimasini bir necha daqiqaligiga bosdi.
Qiz yuragining tez urishidan biroz bezovta bo‘lib, sumkasidan biror narsa olishga harakat qildi. Ammo qo‘llari titrardi, yuragi esa ichkaridan siqayotgandek edi. U to‘xtab, sumkasini kavlashtira boshladi. Har bir harakati shoshqaloq, betartib edi — xuddi vaqti oz, havosi kamdek.
Nihoyat kerakli narsasini topdi. Boshini ko‘targanida esa, Bangchan ancha olg‘a yurib ketganini ko‘rdi. Yuragidagi vahima yana bosh ko‘tardi. U endi tezroq yurishga tushdi. Ammo... aynan o‘sha paytda, orqasidan nimadir — yoki kimdir — uni bellaridan qattiq tortib, birdan orqaga tortdi.
Qizning yuragi joyidan chiqib ketgudek bo‘ldi. U baqirish uchun og‘zini ochgan edi, ammo o‘sha dahshatli quvvatdagi qo‘llar darrov uning og‘zini yopdi. Tana qotib qoldi. Na nafas olish mumkin edi, na baqirish. Ko‘zlari dahshatdan kattalashgan, yuragi esa qulog‘ida urardi.
Atrof sukunatda, ammo uning ichki qichqirig‘i olamni titratayotgandek edi..
Qiz dahshat aralash ko‘z yosh bilan ortiga qaradi. Nigohlari to‘qnash kelgan zahoti, yuragi muzdek bo‘lib ketdi — bu yigit oddiy emas edi. Ko‘zlaridagi o‘zgacha yaltirash, yuzidagi g‘alati ifoda... ha, u bemor edi. Bu darrov sezildi.
Qo‘rquv to‘lqin kabi tanasini qamrab oldi. Tana titradi, nafaslar qisildi. Yigit esa sekin, vahimali sokinlik bilan qo‘lini uning og‘zidan oldi. Ammo bu erkinlik tuyg‘usi faqat bir soniya davom etdi.
— Baqirgudek bo‘lsang... bo‘g‘ib o‘ldiraman, — dedi u pichirlab, ammo har bir so‘z qizning qalbini zir titratdi.
Qiz undan qutilishga urindi, tirishdi, yelkasini bo‘shatishga harakat qildi:
— Qo‘yib yubor meni! — dedi u, ko‘zlarida ikki yoqlama yosh: qo‘rquv va g‘azab aralash.
Yigit esa, go‘yo hech nima bo‘lmaganday, jilmaydi. Undagi befarqlik, xotirjamlik esa vaziyatni yanada qo‘rquvli qilardi.
— Hayotim davomida uchratgan eng nozik va latofatli doktor... — dedi u ohangdor, lekin g‘alati ravishda halovatli tovushda. — Bunchalar go‘zalsan...
Qiz qo‘rquv ichida bo‘lsa-da, ichki kuchini to‘pladi. U bemorning qattiq siqqan qo‘llarini bellaridan itarishga harakat qilar edi. Nafasi tiqilib, yuragi bag‘ridan chiqib ketgudek bo‘lib urar, ammo u o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymaslikka urinardi.
Ko‘zlarida yosh, yuragida vahima bilan baralla baqirdi:
— Qo‘yib yubor dedim senga! — so‘zlari titrasa-da, unda o‘ziga xos qat’iyat bor edi. Bu uning zo‘rg‘a yig‘ilgan jasorati edi.
Qo‘llari bilan uni o‘zidan itarib, ozod bo‘lishga urinar ekan, butun tanasi bo‘shashgudek charchagan edi. Ammo taslim bo‘lish niyati yo‘q edi.
Qiz barcha kuchi bilan uning qo‘llaridan chiqishga urinar, lekin yigit uni yanada mahkamroq bag‘riga tortdi. Qizning yuragi hamon vahima bilan urar, ko‘zlarida yosh, tanasi esa titrab turardi.
Yigit tahdidli ohangda pichirladi:
— Tipirchlama... baribir qo‘yib yubormayman.
Bu so‘zlar yurakni muzlatib yuboradigan darajada sovuq edi. Yigitning qo‘llari kuchli edi. Bu oddiy qiziqish emas — bu qandaydir notinch, vahimali muhabbat, yoki balki ruhiy notinchlikning ko‘rinishi edi.
Qiz ko‘zlarini yumib, butun kuchi bilan yelkasini bo‘shatishga urinar ekan,ko'nglida faqat bitta nido bor edi: "Iltimos, kimdir kelib qolsa edi…"
Only you
𝘌𝘱𝘪𝘴𝘰𝘥𝘦 1 }}
𝗕𝘆 𝘀𝘂𝗻𝘀𝗵𝗶𝗻𝗲)
"Sevgi yoshni tanlamaydi, maqomni ham, mansabni ham. Chin qalbdan sevgan yurak uchun hech qanday chegara yo‘q."
Yana bir tong… Uyg‘onishni istamayman. Ayniqsa, mana shu iliq, quchoqlab turgan joyimdan chiqgim kelmaydi. Go‘yo bu osoyishtalikda abadiy qolgim keladi.Ammo onamning ovozlaridan turishga majbur bo'ldim
-Qizalog'im uyg'on,bu nimasi.Tong allaqachon otib bo'ldi.Bu ketishda sen doktor tugul hamshira ham bola olmaysan.Dugonang 100 marotaba qo'ng'iroq qildi ahir.Qizimm
Onamning bu gaplaridan so'ng o'ylab ham o'tirmay yotog'imdan sakrab turdim
-Jin ursinn...Bugun amalyotim bor ediku.Ming lanat,lanat jin ursin.Bugun ahir yangi amalyot domlamiz keladikuuuu..Ah,ah...sen ahmoqsan Ji-eun..ahmoqq
Qiz beixtiyor o‘rnidan sapchib turdi-da, bir zumda vannaxonaga kirib ketdi. Go‘yo ichidagi tuyg‘ular tinchlik bermayotgandek. Vannaxonada yuzini yuvarkan, ko‘zlaridagi charchoqni yashirishga urindi. So‘ng vaqt bilan poygaga tushgandek, sumkasiga kalpachog‘i va oq halatini joylashtirdi. Hattoki tonggi choy ham yodidan chiqdi. Kiyimlarini tezda kiydi, mashina kalitlarini qo‘liga ilib, yuragidagi g‘ayritabiiy shoshqaloqlik bilan uydan chiqib ketdi.
Mashinaga o‘tirib, gazni bosgancha eng baland tezlikda hayday boshladi. Ich-ichidan o‘zini ayiblab,
"Rulda baland tezlikda harakatlanarkan, yuragidagi g‘ashlik tiliga aylandi. O‘zini to‘xtovsiz tanqid qilar, har bir so‘zida achchiq nadomat sezilardi.
— Ahmoq! Shu la’nati uyqu tufayli hammasini barbod qilasan! Hozir kech qolishing aniq..
Nihoyat, universitet ko‘zga ko‘rindi. Mashinani darhol to‘xtatib, ichidan chiqdi. Oq halatini yelkasiga tashlab, kalpachog‘ini boshiga shoshib kiyib oldi. Yuragi og‘ziga sig‘may, xonaga tomon chopdi. Eshik oldiga yetgach, titragan qo‘llari bilan eshikni taqillatdi – qo‘rquv va umid aralashgan holda.
Ichkaridan sovuq va qat’iy ohangda: “Kiring,” degan ovoz yangradi. Qiz bu tovushni eshitishi bilan beixtiyor seskanib tushdi.
— Vay... ovozi yuragimni junbushga keltiryapti. Yangi domlamiz juda ham qattiq qo‘lga o‘xshaydi. Ey Xudoyim, faqat O‘zing yordam ber... — deb yurakda duoga o‘xshash so‘zlar titradi.
U ehtiyotkor qadamlar bilan eshikni ochib, boshi egilgancha ichkariga kirdi. Nigohini yerga qadab, muloyim ovozda uzr so‘radi. Xonada sukunat hukmron edi, go‘yo vaqt bir lahzaga to‘xtagandek tuyuldi.
Qiz boshini ko‘tarmagancha turarkan, quloqlariga asta yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitildi. Har bir tovush yuragini yanada tezroq urishga majbur qilardi. Nafasi qisila boshladi. Bir necha lahzadan so‘ng, yengil, ammo yaqin nafasni his etib, domla allaqachon uning yonida turganini anglab yetdi. Tanasi muzdek bo‘lib ketdi, yuragi esa go‘yo qafasidan otilib chiqmoqchidek urardi.
"Menga qara," — dedi domla qat’iy, ammo tiniq ovozda.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi va nigohlarini domlaning ko‘zlariga qadadi. Shu zahotiyoq yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi.
— Yo Xudoyim... bu ko‘zlar-chi? Bu qadar chuqur, jozibali, sokin... Nahotki bu inson mening domlam bo‘lsa? Nahotki u shu qadar yosh va kelishgan? Bu... bu ko‘zlar odamni o‘ziga tortadi. Nazarimda, men nafaqat kech qoldim, balki o‘zimni ham yo‘qotdim...
Qiz yigitning ko‘zlariga uzoq tikilib turdi. Go‘yo bu nigohlar uni o‘ziga tortayotgan, yuragining tub-tubiga kirib borayotgan edi. U ko‘zlarini olib qochmoqchi bo‘ldi, ammo uddalay olmadi — bu nigohlar sehrli edi.
Yigit esa biroz jilmaydi, qattiqqo‘l ohangini yumshatib, ammo jiddiyatini saqlagan holda dedi:
— Yana bir marta kech qolsang... keyingi safar seni bu eshikdan kirg‘azmayman. Kir, o‘tir.
Bu so‘zlar garchi og‘ir tuyulsa-da, unda mehrning, g‘amxo‘rlikning ichki nafasi bor edi. Qiz yuragida nimadir siljigandek bo‘ldi — qo‘rquv bilan aralash ilik iliq tuyg‘u…
Yigit uning harakatlarini diqqat bilan kuzatdi. Qiz joyiga o‘tirishi bilan, u yana jiddiy ohangda, qat’iyat bilan gap boshladi:
— Yana bir bor o‘zimni tanishtiraman. Ismim Bangchan. Sizning yangi amaliyot o‘qituvchingizman. Bundan keyin, qayerga amaliyotga bormaylik, men bilan birga borasizlar.
So‘zlar keskin, aniq va shubhasiz edi. U o‘z mavqeini, mas’uliyatini va talabchanligini ilk daqiqadanoq his qildirdi. Qiz bu so‘zlarni eshitarkan, yuragidagi hayajon yana bir bor avj oldi — bu safar qo‘rquv bilan emas, qiziqish bilan aralashgan holda...
Bangchan nigohini sinchiklab auditoriyadagi har bir talaba yuziga qaratdi. So‘ng sokin, ammo qat’iy ohangda davom etdi:
— Mening birlamchi talabim — vaqt. Har doim men aytgan joyda, belgilangan vaqtda bo‘lishingiz shart. Ikkinchisi — mas’uliyat. Berilgan topshiriqlarni shunchaki bajarish emas, balki ortig‘i bilan ado etish kerak. Bu — sizdan mutaxassis chiqishi uchun birinchi qadamlardir.
Uning ovozi auditoriyadagi har bir yurakka ta’sir qilgandek edi. Qiz esa hamon jim, yuragining gursillashini tinchlantira olmay, domlaning har bir so‘zini diqqat bilan tinglardi...
Yigit hanuz jiddiy ohangni tark etmagancha, auditoriyaga qarab dedi:
— Ho‘sh, savollar bormi?
Bir necha soniyalik sukunatdan so‘ng, orqa qatordan bir qo‘l ko‘tarildi. Bu — aynan o‘sha kechikib kelgan qiz edi.
— Menda bor, — dedi u, ovozida biroz tortinish va hayajon aralash edi.
Yigit unga qarab, qisqagina javob berdi:
— Eshitaman.
Qiz yutunib, nafasini rostlab, nihoyat so‘z boshladi:
— Nega bizga ayol kishi berilmadi? Axir siz erkak kishisiz... bu holat... biroz g‘alati bo‘lmaydimi?
Uning bu savoli zalda to‘satdan kulgiga sabab bo‘ldi. Talabalar boshlarini burib, bir-biriga qarab kulisharkan, ayrimlar qizning jasoratiga hayron, ayrimlar esa shunchaki holatning noqulayligidan zavqlanishar edi.
Bangchan esa jilmayib qo‘ydi. Lekin ko‘zlarida hanuz jiddiyat so‘nmagan edi...
Yigit zal bo‘ylab sekin, ammo ishonch bilan u tomon yurib kela boshladi. Uning lablarida yengil kulgi, ammo qadamlarida jiddiyat sezilardi. Auditoriyadagi kulgu sekin-asta tinganida, u qizning yoniga yetib keldi-da, sokin, ammo aniq ohangda dedi:
— Meditsinada “uyat” degan ibora yo‘q. Buni juda yaxshi bilasan. Agar uyalsang — demak, sendan doktor chiqmaydi.
U bu so‘zlarni aytarkan, ko‘zlarini qiznikiga qadadi. Nigohi bevosita edi — o‘rgatish, ogohlantirish va unday bo‘lsa-da, dalda berish ohangi aralash edi.
Zalda yana sukunat hukmron bo‘ldi. Qiz esa bu so‘zlardan so‘ng boshini bir oz egdi — ichida tan olish og‘ir bo‘lsa-da, domla haq edi...
Qiz boshi egilgancha joyiga qaytib o‘tirdi. Yuragi hali ham tinchlanmagan, domlaning so‘zlari qulog‘ida jaranglab turardi. Bu tanbeh emasdi — bu haqiqat edi. Aynan shunday haqiqatki, u bunga tayyor yoki tayyor bo‘lishi kerak edi.
Bangchan esa endi auditoriyaning oldiga qaytib, sinfga nazar tashladi. Uning ovozi yana jiddiylashdi:
— Bu kasbda siz har bir inson hayoti uchun javobgarsiz. O‘zingizni chetga olmaydigan, qo‘rqmaydigan va har qanday holatda sovuqqon bo‘la oladigan bo‘lishingiz shart. Bu — tanlov emas, bu — zarurat.
U auditoriyaning o‘ng burchagidagi devorga qarab qo‘lini cho‘zdi.
— Bugun biz birinchi amaliyotga chiqamiz. Palatada yotgan bemorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lasizlar. Kimki ortiqcha hayajon va ikkilanish bilan kirsa — bemorning ishonchini yo‘qotadi. Esingizda bo‘lsin, birinchi taassurot hamisha eng kuchlisidir.
Qiz yana chuqur nafas oldi. Ichida nimadir o‘zgarayotgandek tuyuldi. Bu endi shunchaki dars emasdi. Bu — sinov edi. Hayotga kirish eshigi edi.
Talabalar asta-sekin xona ichidan chiqib ketar, domlaning ko‘zlari esa faqat bitta nuqtaga — o‘sha qizga qadalgan edi. Qiz sumkasini olib o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida, Bangchan sokin, ammo qat’iy ohangda to‘xtatdi:
— Sen qol. Biroz tanishib olamiz. Kechikib kelganing uchun tanishishga fursat bo‘lmadi.
Qiz yuragini tutdi. U bu so‘zlarni eshitgan zahoti yana o‘rniga cho‘kdi. Ichida qandaydir g‘alati titroq, noaniq xavotir va qiziqish aralashib ketdi. Ustoz bilan yolg‘iz qolish fikri bir tomondan qo‘rqitar, boshqa tomondan esa qandaydir ajib his uyg‘otar edi.
Bangchan stulga o‘tirib, kaftlarini birlashtirdi. U endi talaba emas, inson sifatida uning ko‘zlariga qaramoqchi edi...
Bangchan sokin va ehtiyotkorlik bilan so‘zlarini davom ettirdi:
— Xo‘sh, yosh xonim, ismingiz nima? Yoshingiz nechada? Balki o‘zingiz haqingizda biroz so‘zlab berarsiz?
Qiz uning so‘zlariga bir oz jim turdi. Yuragidagi noaniqlikni yengib, nihoyat ovoz chiqarishga qaror qildi. Uning ko‘zlari bir lahza domlaning yuziga qaradi, keyin esa uni yonidagi stolga qaratdi.
— Ismim... — u biroz to‘xtab, so‘ngra boshini ko‘tardi. — Ismim Ji-eun.Yoshim 22 da. Men... men hozirgi kunga qadar ko‘plab narsalarni orzu qildim, lekin buni hech qachon tasavvur qilmagan edim.
Bangchan xushmuomala, ammo jiddiy ohangda boshini qimirlatdi, ko‘zlarida qiziqish va ehtiyotkorlik bor edi.
— Yaxshi, Ji-eun. Demak, sen hali yoshsan. Lekin bu kasbni tanlaganingni hisobga olgan holda, oldingdagi yo‘l juda og‘ir va mas’uliyatli bo‘lishini unutmang.
Qizning ko‘zlarida bir muddat g‘alati va murakkab tuyg‘u uyg‘ondi, ammo u domlaning so‘zlarini tinglab, yanada qat’iyatliroq bo‘lishga qaror qildi.
Only you
{{ 𝘌𝘱𝘪𝘴𝘰𝘥𝘦 1 }}
𝗕𝘆 𝘀𝘂𝗻𝘀𝗵𝗶𝗻𝗲)
"Sevgi yoshni tanlamaydi, maqomni ham, mansabni ham. Chin qalbdan sevgan yurak uchun hech qanday chegara yo‘q."
Yana bir tong… Uyg‘onishni istamayman. Ayniqsa, mana shu iliq, quchoqlab turgan joyimdan chiqgim kelmaydi. Go‘yo bu osoyishtalikda abadiy qolgim keladi.Ammo onamning ovozlaridan turishga majbur bo'ldim
-Qizalog'im uyg'on,bu nimasi.Tong allaqachon otib bo'ldi.Bu ketishda sen doktor tugul hamshira ham bola olmaysan.Dugonang 100 marotaba qo'ng'iroq qildi ahir.Qizimm
Onamning bu gaplaridan so'ng o'ylab ham o'tirmay yotog'imdan sakrab turdim
-Jin ursinn...Bugun amalyotim bor ediku.Ming lanat,lanat jin ursin.Bugun ahir yangi amalyot domlamiz keladikuuuu..Ah,ah...sen ahmoqsan Ji-eun..ahmoqq
Qiz beixtiyor o‘rnidan sapchib turdi-da, bir zumda vannaxonaga kirib ketdi. Go‘yo ichidagi tuyg‘ular tinchlik bermayotgandek.
Vannaxonada yuzini yuvarkan, ko‘zlaridagi charchoqni yashirishga urindi. So‘ng vaqt bilan poygaga tushgandek, sumkasiga kalpachog‘i va oq halatini joylashtirdi. Hattoki tonggi choy ham yodidan chiqdi. Kiyimlarini tezda kiydi, mashina kalitlarini qo‘liga ilib, yuragidagi g‘ayritabiiy shoshqaloqlik bilan uydan chiqib ketdi.
Mashinaga o‘tirib, gazni bosgancha eng baland tezlikda hayday boshladi. Ich-ichidan o‘zini ayiblab,
"Rulda baland tezlikda harakatlanarkan, yuragidagi g‘ashlik tiliga aylandi. O‘zini to‘xtovsiz tanqid qilar, har bir so‘zida achchiq nadomat sezilardi.
— Ahmoq! Shu la’nati uyqu tufayli hammasini barbod qilasan! Hozir kech qolishing aniq...
Nihoyat, universitet ko‘zga ko‘rindi. Mashinani darhol to‘xtatib, ichidan chiqdi. Oq halatini yelkasiga tashlab, kalpachog‘ini boshiga shoshib kiyib oldi. Yuragi og‘ziga sig‘may, xonaga tomon chopdi. Eshik oldiga yetgach, titragan qo‘llari bilan eshikni taqillatdi – qo‘rquv va umid aralashgan holda.
Ichkaridan sovuq va qat’iy ohangda: “Kiring,” degan ovoz yangradi. Qiz bu tovushni eshitishi bilan beixtiyor seskanib tushdi.
— Vay... ovozi yuragimni junbushga keltiryapti. Yangi domlamiz juda ham qattiq qo‘lga o‘xshaydi. Ey Xudoyim, faqat O‘zing yordam ber... — deb yurakda duoga o‘xshash so‘zlar titradi.
U ehtiyotkor qadamlar bilan eshikni ochib, boshi egilgancha ichkariga kirdi. Nigohini yerga qadab, muloyim ovozda uzr so‘radi. Xonada sukunat hukmron edi, go‘yo vaqt bir lahzaga to‘xtagandek tuyuldi.
Qiz boshini ko‘tarmagancha turarkan, quloqlariga asta yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitildi. Har bir tovush yuragini yanada tezroq urishga majbur qilardi. Nafasi qisila boshladi.
Bir necha lahzadan so‘ng, yengil, ammo yaqin nafasni his etib, domla allaqachon uning yonida turganini anglab yetdi. Tanasi muzdek bo‘lib ketdi, yuragi esa go‘yo qafasidan otilib chiqmoqchidek urardi.
-Ilk kunimdayoq bunday mas’uliyatsizlik?” — dedi domla sovuqqina ohangda. So‘zlar og‘irlik bilan havoni yordi.
“Bugun esa – sen bilmayapsan shekilli – eng muhim amaliyot kuni.”
Bu so‘zlar qizning yuragini yanada siqib yubordi, go‘yo aybdorlik hissi butun vujudini bosib oldi.
"Menga qara," — dedi domla qat’iy, ammo tiniq ovozda.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi va nigohlarini domlaning ko‘zlariga qadadi. Shu zahotiyoq yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi.
— Yo Xudoyim... bu ko‘zlar-chi? Bu qadar chuqur, jozibali, sokin...
Nahotki bu inson mening domlam bo‘lsa? Nahotki u shu qadar yosh va kelishgan?
Bu... bu ko‘zlar odamni o‘ziga tortadi. Nazarimda, men nafaqat kech qoldim, balki o‘zimni ham yo‘qotdim...