@yuldashevsunnnat

O'zbekistonning asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari tahlili, O'zbekiston barqaror o'sish mezonlariga javob beradigan rivojlangan mamlakat bo'lishi uchun qanday iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishimiz kerak.
QUVONDIQOV SARDOR 207-guruh

Mamlakatimiz Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan beri iqtisodiy rivojlanish yoʻlida izchil harakat qilmoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda investitsion muhit yaxshilandi va xalqaro savdoni liberallashtirish boʻyicha sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ammo  mamlakatimizda barqaror iqtisodiy oʻsishga erishib, rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olish uchun hali koʻplab muhim islohotlarni amalga oshirishi kerak. Men ushbu esseda  mamlakatimizning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilaman va mamlakatimizni rivojlangan davlatga aylantirish uchun qanday islohotlar zarurligi muhokama qilib o'taman. Buning uchun quyidagi savollarga javob topishimiz zarur. Makroiqtisodiyot nima? Mamalakatimizning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili? Mamlakatimiz rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun zarur iqtisodiy islohotlar?

Makroiqtisodiyot - bu iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb o'rganuvchi iqtisodiyot nazariyasining bir bo'limi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan ko'rsatkichlar tizimi, ya'ni milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat, davlat va xususiy investitsiyalar yig'indisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi xo'jalik jamlanma, umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar makroiqtisodiyot o'rganadigan obyektlar hisoblanadi. U o'z ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holatini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni koʻrib chiqamiz:

Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjatiga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,6-5,8 foiz, inflyatsiya darajasi 8-10 foiz darajasida rejalashtirilgan. Asosiy moliyaviy hujjatga ko‘ra, mamlakatimizni rivojlantirishning 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi hamda 2025 va 2026-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari iqtisodiyotning sanoat va iqtisodiyot tarmoqlarida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda. 2025-yildagi mamlakatimiz makroiqtisodiy ko'rsatkichlari muhokama qilindi.

Quyida Pirezdentimiz Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun  mo'ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari yuzasidan o'tkazgan yig'ilish haqida so'z boradi. Jahondagi qiyin vaziyatga qaramasdan, ichki imkoniyatlarmizni ishga solish hisobiga, o‘tgan 9 oyda mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oshdi. Yil yakunigacha kamida 6 foiz o‘sish kutilmoqda. Oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz o‘sdi. Dunyoning nufuzli reyting agentliklari ham mamlakatimizning reytingini barqaror saqlab qolayotganini ijobiy baholayapti. Tashqi investorlarning ishonchi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylashtirildi. Bularning natijasida joriy yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshadi. Eksport qariyb 19 foizi o‘sishi kutilayapti. Umuman, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki faol investitsiya siyosati va islohotlar hisobiga mamlakatimizda kelgusida ham barqaror iqtisodiy o‘sish saqlanib qolishini tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, dunyo bozorlarida raqobat kuchayib, xomashyo narxlari tez-tez o‘zgarayotgan hozirgi sharoitda sanoat va eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirish shartligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish orqali emas, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt va yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish hisobiga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa hamkorlardan jalb etilgan imtiyozli mablag‘larning samaradorligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda 2025-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rejalar ham ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun quyidagi asosiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarur:

Xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiy erkinlikni oshirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va bozor raqobatini kuchaytirish,monopoliyalarning oldini olish va kichik hamda oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish, sanoatni diversifikatsiya qilish va yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, yerni ijaraga berish va dehqonlarga ko'proq mustaqillik berish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, mehnat bozorining ehtiyojlariga mos ta’lim tizimini yaratish, moliyaviy sektorni rivojlantirish, bank tizimini liberallashtirish va kredit olish sharoitlarini yengillashtirish, transport va infratuzilmani rivojlantirish, yangi yoʻl va transport tarmoqlarini qurish, lojistika markazlari va xalqaro savdo yoʻlaklarini rivojlantirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish va yashil energiyaga o‘tish, korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurash, soliqlarni soddalashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozlar berish zarur deb o'ylayman.
Ushbu islohotlar mamlakatimizning jadal iqtisodiy oʻsishiga yordam beradi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqadi.

O'zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili, O'zbekiston barqaror o'sish mezonlariga javob beradigan rivojlangan mamlakat bo'lishi uchun qanday iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishimiz kerak.
Yuldashev Sunnatullo 207-guruh talabasi

O'zbekiston YaIM o'sishi so'ngi  yillarda  barqaror ravishda davom etmoqda. 2023-yilning oxiriga kelib, o'sish sur'ati   5% atrofida bo'ldi. Bu o'sishning asosiy omillari mavjud. O'zbekiston sanoat sektorida, xususan, to'qimachilik, metallurgiya, avtomobilsozlik va energetika sohalarida o'sish kuzatilmoqda. Xizmatlar sektori ham, ayniqsa , turizm va IT sohalari, tez o'sayotgan tarmoqlarga aylanmoqda. O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlari (paxta, bug'doy, meva-sabzavotlari) yetishtilishi davom etmoqda, ammo soha modernizatsiyasi va diversifikatsiyasi zarur.

Inflatsiya va narxlar barqarorligi

O'zbekistonda inflatsiya darajasi 2023-yilda 8.77% ni tashkil qildi. Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda, bu daraja nisbatan  yuqori, ammo inflatsiyani nazorat qilish uchun Markaziy bank tomonidan ko'plab chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Shu bilan birga narxlar barqarorligini ta'minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak.Inflatsiyani kamaytirish uchun monetar siyosatni qat'iylashtirish, pul massasi oshirishning oldini olish. Mahsulot va xizmatlar narxlarining ortiqcha oshirishining oldini olish uchun resurslar samarali taqsimlanishi  kerak.Bu

Tashqi savdo va investitsiyalar

O'zbekistonning tashqi savdosi har yili o'sib bormoqda. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlari  -  paxta, oltin, gaz, va metallurgiya mahsulotlari. Importni esa asosan mashina-uskunalar, texnologiyalar va kimyoviy mahsulotlar tashkil etadi.  Xalqaro integratsiyada O'zbekistonning global iqtisodiyotdagi o'rni kuchayib borayotgani sezilmoqda. O'zbekistonning Yevropa, Rossiya, Xitoy va Turkmaniston bilan savdosi yaxshilanmoqda

Barqaror O'sish Mezoni

Barqaror o'sishning uchta asosiy elementi bor: iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlik

Iqtisodiy barqarorlik:  Ozbekiston iqtisodiyotining o'sishi uchun energiya va tabiiy resurslardan samarali foydalanish muhimdir. Bu, ayniqsa, energetika sektori va qishloq  xo'jaligida yuzaga keladigan suv ta'minoti muammolarini hal qilishda zarur.  Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish iqtisodiy barqarorlika erishishga yordam beradi.

Ekologik barqarorlik: O'zbekkiston ekologik barqarorlikni ta'minlash  uchun qayta tiilanuvchi energiya manbalariga (quyosh, shamol) investitsiya kiritish kerak. Bu, nafaqat ekologik holatni yaxshilaydi, balki energiya ta'minotining  diversifikatsiyasiga olib keladi. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, organik dehqonchilik rivojlantirish va pestitsidlarni kamaytirish orqali tabiiy muhitni himoya qilish kerak.

Ijtimoiy barqarorlik: O'zbekistonda yoshlar, ayollar va qishloq joylaridagi aholining ish bilan ta'minlashini  yaxshilash kerak. Shu bilan birga mehnat bozorining barqarorligini ta'minlaydi. Ta'lim tizimini yanada rivojlantirish va sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish,   zamonaviy tibbiy texnologiyalarni rivojlantirish, jamoat salomatligini yaxshilaydi.

Iqtisodiy islohotlar

Sanoatni diversifikatsiya qilish:  IT, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya va yangi materiallar ishlab chiqarish  sohalariga investitsiyalar kiritish zarur. Bu nafaqat iqtisodiy o'sishni  ta'minlaydi,  balki yangi ish o'rinlarini yaratadi. Bundan tashqari O'zbekiston o'zining tabiiy resurslarini (paxta, oltin, gaz) nafaqat  xom-ashyo sifatida eksport qilishni, balki undan yuqori qo'shilgan qiymati mahsulotlar (to'qimachilik sanoati, metallurgiyasanoati) ishlab chiqarishni ko'paytirish kerak.

Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish:  O'zbekiston suv ta'minoti modernizatsiya qilish va suv tejash texnologiyalarni kengaytirish zarur. Bu, paxta va bug'doy yetishtirishda samaradorlikni oshirish.  Bundan tashqari  fermerlar uchun kredit va texnologik yordam berish islohotlar olib borilmoqda va bunda fermerlarga raqamli platformalar orqali tarmoqga ulanish, yangi texnologiyalarni taqdim etish va moliyaviy yordam ko'rsatish

Ta'lim va ilm-fan:  O'zbekistonda ta'lim   tizimini modernizatsiya qilish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim. Innovatsiyalarni rivojlantirish uchun ilmiy-texnologik parklar va startaplar uchun sharoitlar yaratish kerak. O'zbekiston xalqaro ilmiy hamkorlikni  kengaytirish, zamonaviy ilmiy yutuqlarni mamlakatda joriy etish, bu esa yangi texnologiyalarni  rivojlantirishga xizmat qiladi.

O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish uchun iqtisodiy islohotlar tizimli va har tomonlama amalga oshirilishi kerak. Yaxshi ishlab chiqarish sanoat, qishloq xo'jaligi, ta'lim va ilm-fan sohalaridagi islohotlar, shuningdek, barqaror iqtisodiy o'sish va ekologik barqaror likni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, O'bekiston gobal iqtisodiyotda mustahkam o'ringa olib chiqish mumkin. Ushbu  tavsiyalarni ko'rib chiqish, O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Hamma sohalarda birgalikda amalga oshiriladigan islohotlar o'z samarasini beradi va kelajakda O'zbekistonni rivojlangan mamlakat qatoriga olib chiqadi.