@yuminakim

More than pretend
Alternative ending

Oradan uch hafta o‘tdi.

Maktab sekin yana oddtiy holiga qaytdi.  Koridorlarda yana kulgi.  Darslar.  Shovqin.  Huddi hech narsa bo‘lmagandek.  Lekin Jisung uchun hammasi o‘zgargandi.

-—  Minho bilan пачти  gaplashmay qo‘ygandi.  Bir sinfda bo‘lishsa ham, begonalardek yurishardi.

Bazann eye contact bolib qolardi

.  Lekin birinchi bo‘lib har doim Jisung kozini olib qochardi.

Chunki Minhoga qarash hali ham og‘riq berardi.

Eng yomoni esa—  Minho hali ham uni yaxshi ko‘rayotgandek qarardi.  Va bu Jisungning ichini battar ezardi.

—  Yejun voqeasi yopildi.  Rasmiy xulosaga ko‘ra:

“Baxtsiz hodisa.”

Hamma shu bilan yashashda davom etdi.  Faqat to‘rt odamdan boshqa.  Minho.

Hyunwoo.

Seojun.

Va Jisung.

—  Seojun esa o‘zgargandi.  Avvalgidek sovuq emasdi.

Ko‘proq jim yurardi.

Lekin Jisung yonida boshqacha bo‘lib qolardi.  Yengilroq.  Tinchroq.

—  Bir kuni darsdan keyin Jisung sport zalining orqasida uni kordi.

Seojun yerda o‘tirib, eski kamerani aylantirib o‘ynab turardi.  O‘sha kamera.  Uch yil oldingi.

Jisung yoniga sekin o‘tirdi.  Bir necha soniya hech kim gapirmadi.  Keyin Seojun kulimsiradi.

— Hali yam mandan qo‘rqasanmi?  Jisung burnini tortdi.

— Sal.

Seojun kuldi.  Bu safar chinakamiga.  Va Jisung bir narsani sezdi:  Seojun kulganda ko‘zlari juda chiroyli bo‘lar ekan.

— Nega videolarni jonatding?  Seojunning qo‘llari sekin to‘xtadi.

— Chunki hech kim haqiqatni eslashni xohlamagandi.

— Qo‘rqitding hammani.

— O‘zim ham qo‘rqardim.

Jisung unga qaradi.  Bu gap yolg‘on emasdi.

-—  Shamol sekin esardi.  Seojun birdan past ovozda dedi:

— O‘sha kuni tomda… men ham sakramoqchi bo‘lgandim.

Jisung qotib qoldi.

— Nima?

Seojun kulgandek bo‘ldi, lekin ko‘zlari g‘alati edi.

— Yejunni ushlolmaganimdan keyin o‘zimni yomon ko‘rgandim.

Jisung nima deyishni bilmadi.  Seojun esa davom etdi.

— Lekin Minho meni ushlab qolgandi.  Sukunat.

— Shuning uchun u o‘zini aybdor his qiladi.  Jisung yuragi siqildi.

— Uni hali ham yaxshi ko‘rasanmi?  Savol o‘zi chiqib ketdi.

Seojun bir necha soniya Jisungga qarab turdi.

Keyin sekin:  — Sen-chi?

Jisung javob bera olmadi.

Chunki ichida hali ham nimadir bor edi.  Lekin bu sevgi endi charchoq bilan aralashib ketgandi.

—  Kechqurun Jisung maktab tomiga chiqdi.  O‘sha tom.  Hammasi boshlangan joy.  Minho u yerda allaqachon turardi.  Go‘yo kelishini bilgandek.

—  Bir necha soniya ikkalasi ham gapirmadi.  Faqat shamol.  Va uzoqdagi shahar chiroqlari.

— Ketayotganimni eshitdingmi?

Jisung asta boshini ko‘tardi.

— Nima?

Minho kulimsiradi.  Juda charchagan kulgu edi.

— Dadam ishini almashtirdi. Keyingi hafta Busanga ko‘chamiz.  Jisungning ichi g‘alati bo‘lib ketdi.  Shuncha narsadan keyin ham…  bu gap og‘riq berdi.

— Ha.

Faqat shu chiqdi og‘zidan.  Minho unga qaradi.  Ko‘zlari avvalgidek edi.  Yumshoq.  Og‘riqli.

— Mendan nafratlanasanmi?

Jisung darrov javob bermadi

Keyin sekin bosh chayqadi.

— Yo‘q.

Bu rost edi.  U Minhoni yomon ko‘rmasdi.  Shunchaki…  endi oldingidek qarolmasdi.   -—  Minho kulimsiradi.

— Bu yaxshi.

Keyin asta yaqinlashdi.  Jisung qimirlamadi.  Minho qo‘lini uzatib, uning sochlarini sekin tartibga soldi.  Xuddi oldingidek.  Va aynan shu narsa yurakni battar og‘ritardi.

— Sen bilan bo‘lgan narsalarimning birortasi soxta emasdi, — dedi Minho past ovozda.

Jisung ko‘zlarini yumdi.  Chunki shu gapni eshitish eng qiyini edi.

-—  Minho asta orqaga chekindi.

— Xayr, Jisung.  Va ketdi.  Bu safar Jisung uni to‘xtatmadi.

-—  Oradan oylar o‘tdi.

Qish tugadi.

Bahor keldi.

Maktab asta yangi xotiralar bilan to‘ldi.  Minho esa qaytmadi.

-—  Bir kuni darsdan keyin Jisung kutubxonadan chiqayotganda yomg‘ir boshlanib ketdi.

— Yana yomg‘ir.

U pufladi.

Shu payt yonidan kimdir soyabon tutdi.  Seojun.

— Kasal bo‘b qolasan.

Jisung kuldi.

— San ham.

— Man allaqachon buzilganman.

— Drama qima.

Seojun kulib yubordi.  Va bu kulgi endi qorong‘i emasdi.

-—  Ular yonma-yon yurishdi.  Sekin.  Tinch.  Jisung uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zini yengil his qildi.  O‘tmish hali ham og‘riqli edi.  Lekin u endi o‘sha yerda yashamayotgandi.

— Jisung.

— Hm?

Seojun unga qaradi.  Ko‘zlari bu safar qochmadi.

— Bu safar hech kim seni yolg‘iz tashlab ketmaydi.

Jisung bir necha soniya indamay turdi.  Keyin sekin kuldi.  Va birinchi marta  u bu gapga ishondi.

Chunki bu gap shunchaki taskin emasdi.  Bu va’da edi.

—  Jisung asta kuldi.

— San ba’zan juda cheesy gapirasan.  — Lekin ketmayapman-ku.

Bu gapdan keyin ikkalasi ham jimib qoldi.  Yomg‘ir ovozi kuchaydi.  Seojun soyabonni biroz pastroq tushirdi.  Ular bir-biriga juda yaqin turib qolishdi.

-—  Jisung uning ko‘zlariga qaradi.  Bu ko‘zlarda yolg‘on yo‘q edi.  Yashirish ham.  Qo‘rquv ham.  Faqat charchagan, lekin rost hislar.  Va Jisung asta tushundi—  u endi o‘tmishga qaytishni xohlamaydi.

-—  Seojun sekin qo‘lini uzatib, Jisungning nam sochlarini qulog‘i ortiga surdi.  Harakati ehtiyotkor edi.  Go‘yo Jisung yo‘qolib qolishidan qo‘rqayotgandek.

— Nega bunaqa qarayapsan? — dedi Jisung past ovozda.  Seojun yengil kuldi.  — Chunki bu safar haqiqiyligiga ishonmayapman.  Jisung yuragi siqilib ketgandek kulib yubordi.

— Ahmoq.

— Bilaman.

-—  Keyin Jisung o‘zi oldinga yurdi.  Seojun bir lahza qotib qoldi.

Va Jisung uning lablaridan sekin o‘pdi.  Bu kiss shoshilinch emasdi.

Huddo uzoq davom etgan bo‘ron endi tugagande.

-—  Ular ajralganda Seojun hali ham yaqin turardi.  Peshonalari deyarli tegib turardi.  Jisung sekin kuldi.

— Endi ishonasanmi?

Seojun javob bermadi.

Faqat bu safar kulgisi chinakam baxtli edi.

—  Ko‘chaning narigi tomonida esa kimdir jim turardi.

Qora kurtka.

Nam sochlar.

Minho.

U soyabon ham tutmagandi.  Shunchaki uzoqdan ularga qarab turardi.  Ko‘zlarida na g‘azab bor edi…

na nafrat.

Faqat kechikkan sog‘inch.

-—  Jisung uni ko‘rmadi.

Seojun ham.

Minho esa bir necha soniya ulardan ko‘z uzolmadi.  Keyin juda sekin kulimsiradi.  Achchiq kulgu.  Lekin yengil.

Go‘yo nihoyat qo‘yib yuborayotgandek.   —  Va bu safar u ortiga burilib ketdi.  Yolg‘iz.

Lekin yengil.  Go‘yo nihoyat qo‘yib yuborayotgandek.   -—  Va bu safar—  u ortiga burilib ketdi.  Yolg‘iz.

More than pretend
Episode-9

Hech kim telefonga tegmadi.

Yomg‘ir tinmay yog‘ardi.

Minho esa ekrandan ko‘zini uzmasdan qarab turardi.

> “Bu safar kim yiqilishini ko‘ramiz.”    Jisungning ichi muzlab ketdi.

Bu hazil emasdi endi.

Kimdir atelab ularni qo‘rqitvotti.  Va o‘sha odam hamma narsani biladi.

— Ketamiz, — dedi Minho past ovozda.  Lekin Seojun joyidan qimirlamadi.  U telefonni olib, ekranga qarab qoldi.  Birdan yuzi o‘zgardi.

— Bu telefon…

Hyunwoo shundo unga qaradi.

— Nima?

Seojun labini qattiq tishladi.

— Bu Yejunning telefoni.

Jisung kyn Minhoga qaradi.

Minho oqarib ketgandi.

Uyga qaytgandan keyin ham Jisung uxlomadi.  Boshida faqat bir narsnani o'ylardi:  Agar Yejun o‘lgan bo‘lsa…  telefoni qanday qilib paydo bo‘ldi?  Va kim xabar jonatdi?

-—  Tungi 03:12.  Telefon qimirladi.  Notanish raqam.

Bu safar video emas.

Jonli joylashuv.

Eski tom.

Maktab tomi.

Jisung yuragi tez urib ketdi.  Pastida esa yozuv bor edi:

> “Oxirgi marta.”

-—  Jisung hech kimga etmadi.  Kurtkasini kiyib, uydan chiqib ketdi.  Yomg‘ir hali ham yog‘ardi.  Maktab qorong‘i edi.  Faqat tom eshigi ochiq.  Sekin tepaga chiqdi.  Nafasi tezlashgan.  Va tomga chiqishi bn qotib qoldi.  Kimdir chetda turardi.  Ho‘l forma.  Qora hoodie.  Seojun.

— Senmi yozvotgan?

Seojun tez javob bermadi.  Faqat yomg‘ir tagida turardi.  Keyin sekin kuldi.

— Agar “ha” dsam ishonasanmi?  Jisungning jahli chiqdi.

— boldi endi! Hamma nimanidir yashiryapti!

Seojun asta unga qaradi.  Ko‘zlari qizarib ketgandi.  Uyqusizlikdanmi…  yig‘laganidanmi bilinmasdi.

— Chunki haqiqat iflos.

—  Shu payt tom eshigi ochildi.  Minho.  U nafasi bo‘g‘ilib yugurib kegandi.

— Jisung!  Minho Jisung tomonga yurdi.  Lekin Seojun birdan oldinga chiqdi.

— To‘xta.  Atmosfera birdan taranglashdi.  Yomg‘ir tom ustiga qattiq urardi.

— Endi aytasanmi? — dedi Seojun Minhoga.

— Yoki yana yolg‘on gapirasanmi?  Minho indamadi.  Seojun kuldi.  Achchiq.  — O‘sha kuni Yejunni kim chaqirgandi tomga?

Jisung sekin Minhoga qaradi.  Minho ko‘zlarini yumdi.  Va juda sekin:  — Men.  Jisungning yuragi siqildi.

— Nega?

Minho javob bermadi.  Seojun esa davom etdi.

— Chunki Yejun hammasini bilib qolgan  — Nimani?

Bu safar Hyunwoo ovozi eshitildi.  U ham kelgandi.  Ho‘l sochlari yuziga yopishgan.  U charchagandek ko‘rinardi.  Juda.     Hyunwoo sekin kuldi.

— Bizning qanchalik yomon odam ekanimizni.

Jisung hech narsani tushunmay qoldi.  Hyunwoo devorga suyandi.

— O‘sha kuni hech kim Yejunni itarmagan.

Hamma jimib qoldi.

— U o‘zi sakragan.

Minho tez boshini ko‘tardi.

— Jim bo‘l.

— Endi nima farqi bor?!

Hyunwooning ovozi titradi.

— U oldin ham muammoli edi! Hamma narsani boshiga olardi! O‘sha kecha ham — YETADI!

Minho birinchi marta baqirdi.

Jisung sapchib tushdi.

—  Hyunwoo ko‘zlarini yumdi.  Keyin juda past ovozda dedi:

— U sakrashidan oldin bitta gap aytgandi.

Yomg‘ir ovozi kuchaydi.

— “Siz hech qachon bir-biringizni tashlab ketmaysiz. Meni esa allaqachon tashlabsizlar.”

Sukunat.  Og‘ir.  Ezuvchi.

—  Jisung asta ortga chekindi.  Hammasi ichida aralashib ketayotgandi.  Minho.  Yolg‘onlar.  Videolar.  Yejun.  Seojun.  Hammasi chirkin edi.

Minho unga yaqinlashdi.

— Jisung, man—

— Tegma.

Minho qotib qoldi.  Jisung ko‘zlarini ob qochdi.

— Sen boshidan  rost gapirmading.

— Sani himoya qilmoqchi edim.

— Yo‘q.

Jisung bosh chayqadi.

Ko‘zlari namlanib ketgandi.

— San o‘zingni himoya qilding.

Bu gap Minhoni yuragiga tegandek bo‘ldi.

—  Tom ustida hech kim gapirmadi.

Oxiri Jisung sekin ortiga burildi.

Va ketdi.  Minho uning ortidan bormadi.

.  Oxiri Jisung sekin ortiga burildi.  Va ketdi.  Minho uning ortidan bormadi.

More than pretend
Episode-8

Podval ichidagi havo birdan o‘zgardi.  Go‘yo devorlar yaqinlashayotgandek.  Jisung qimirlay olmadi.

“O‘sha kecha tomda bo‘lmagan.”  Bu gap boshida aylanardi.  Demak…  kimdir keyin kelgan.  Kimdir ular bilmagan paytda.

—  Tomchilayotgan suv ovozi qorong‘ida aks-sado berardi.  Seojun kamerani asta pastga tushirdi.

Yuzidagi rang oqarib ketgandi.  U charchagan odamga o‘xshamasdi endi.  U… qo‘rqayotgan odamga o‘xshardi.  Minho esa joyida qotib turardi.  Barmoqlari musht bo‘lib qolgan.  Hyunwoo ko‘zlarini olib qochardi.

Hech kim gapirmadi.  Va aynan shu sukunat eng qo‘rqinchli edi.    Keyin

—  “Bzzzt.”

Podval chirog‘i bir soniyaga yondi.  Va yana o‘chdi.  Ammo o‘sha bir soniyada Jisung nimanidir ko‘rdi.  Devor.

Qizil yozuv.  Nam devor ustiga barmoq bilan yozilgandek.

“MEN HALI SHU YERDAMAN.”  Chiroq yana o‘chdi.  Jisung nafasi ichiga tushdi.

— Siz ham ko‘rdingizmi?..

Hech kim javob bermadi.  Chunki hammasi ko‘rgan edi.

—  Seojun birdan ortiga qaradi.  Koridor qorong‘i edi.  Lekin u yerda nimadir bor edi.  Nimadir…  harakatlangandek.  Seojunning yuzi birdan taranglashdi.

— Ketishimiz kerak.  Bu safar hech kim qarshilik qilmadi.

Hech kim gapirmadi.  Va aynan shu sukunat eng qo‘rqinchli edi.   -—  Keyin

—  “Bzzzt.”

Podval chirog‘i bir soniyaga yondi.  Va yana o‘chdi.  Ammo o‘sha bir soniyada Jisung nimanidir ko‘rdi.  Devor.  Qizil yozuv.  Nam devor ustiga barmoq bilan yozilgandek.

“MEN HALI SHU YERDAMAN.”  Chiroq yana o‘chdi.  Jisung nafasi ichiga tushdi.

— Siz ham ko‘rdingizmi?..

Hech kim javob bermadi.  Chunki hammasi ko‘rgan edi.

—  Seojun birdan ortiga qaradi.  Koridor qorong‘i edi.  Lekin u yerda nimadir bor edi.  Nimadir…  harakatlangandek.  Seojunning yuzi birdan taranglashdi.

— Ketishimiz kerak.  Bu safar hech kim qarshilik qilmadi.

—  Ular podvaldan chiqayotganida, Jisung oxirgi bo‘lib yurardi.  Telefon chirog‘i titrardi.  Devorlar eski edi.  Nam.  Mog‘or hidi.  Va birdan—

“Tak.”

Orqadan qadam tovushi.  Jisung muzlab qoldi.  Sekin ortiga qaradi.  Hech kim yo‘q.  Faqat uzun qorong‘i koridor.  Lekin…  yer nam edi.

Va nam izlar koridor ichkarisiga qarab ketayotgandi.  Yalang oyoq izlari.

—  Jisung yuragi tezlashib, oldinga yurdi.  Lekin izlar birdan to‘xtab qolgan edi.

Go‘yo kimdir devor oldida yo‘q bo‘lib qolgandek.  Shu payt qulog‘i yonida juda past ovoz eshitildi.

> “Jisung…”

U sapchib ortiga burildi.  Hech kim.  Telefon chirog‘i titray boshladi.  Va birdan o‘chdi.  Qorong‘i.  Mutlaq qorong‘i.   -—  Kimningdir nafasi eshitildi.  Juda yaqin.  Jisung nafasi ichiga tushdi.  Qo‘llari titray boshladi.

Keyin bo‘yniga sovuq narsa tegdi.  Barmoq.  Muzdek.  Sekin bo‘ynidan pastga tushdi.  Jisung qichqirib yuboray deganda—  yorug‘lik qaytdi.  Minho uning oldida turardi.

— Jisung?!

Uning qo‘llari Jisungning yelkasida edi.  Lekin…  Jisung bo‘ynidagi muzdek hissiyot hali ham ketmaganini sezdi.

—  Ular maktabdan chiqqanida yomg‘ir boshlangandi.  Og‘ir.  Sovuq.  Seojun hech nima demasdan oldinda yurardi.  Hyunwoo esa tinmay ortiga qarardi.  Go‘yo kimdir ularni kuzatayotgandek.

—  Birdan Seojun to‘xtadi.  Ko‘cha chirog‘i ostida uning yuzi oqarib ko‘rindi.  U yo‘lning narigi tomoniga qarab qolgandi.  Jisung ham qaradi.  Va yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Avtobus bekati oldida kimdir turardi.  Maktab formasi.  Ho‘l qora sochlar.  Boshi egilgan.  Yuzini ko‘rib bo‘lmasdi.  Lekin forma eski edi.  Uch yil oldingi forma.

—  Minho birdan oqarib ketdi.

— …Yo‘q.

U odam asta boshini ko‘tardi.  Yuzining yarmi qon edi.  Ko‘zlari esa…  bo‘m-bo‘sh.  Jisung nafasi titrab ketdi.  Chunki u yuzni rasmda ko‘rgan edi.  Kang Yejun.   -—  Hyunwoo birdan ortga chekindi.

— Bu mumkin emas…

Yejun qimirlamasdi.  Faqat tikilib turardi.  Yomg‘ir qoni bilan aralashib oqardi.  Keyin—  u sekin kuldi.  Va ko‘cha chirog‘i birdan o‘chdi.  Qorong‘i.  Mashina signalining baland ovozi eshitildi.

Kimdir qichqirdi.  Chiroq qayta yonganda—  bekat bo‘sh edi.

Yejun yo‘q.  Faqat yerda bitta narsa qolgan edi.  Eski telefon.  Ekrani yorilgan.  Sekin yorishdi.  Yangi xabar.

Faqat bitta gap:

> “Bu safar kim yiqilishini ko‘ramiz.”

More than pretend✨
Episode-7

Jisung qotib qoldi.  Podval ichidagi sovuq birdan suyaklarigacha kirib borgandek tuyuldi.

— To‘rtinchi odam kim?..

Hyunwoo javob berishga shoshilmadi.  U devordagi suratga qarab turardi.

17-oktabr.

To‘rt bola.

Ammo bittasining yuzi yirtilgan.  Ataylab.

— Chunki uni hech kim eslashni xohlamaydi, — dedi Hyunwoo past ovozda.

Jisungning yuragi tez urdi.

— Kim u?!

Hyunwoo nigohini unga burdi.  Va nihoyat:

— Kang Yejun.

Bu ism Jisung uchun begona edi.  Lekin Hyunwoo aytgan ohang…  go‘yo bu ismning o‘zi muammo edi.

— U kim bo‘lgan?

— Bizning do‘stimiz.

— “Bo‘lgan”?  Hyunwoo achchiq kuldi.

— Qaranglar-a… hamma bir xil savol beradi.

Jisungning sabri tugayotgandi.

— Normal javob berolmaysanmi yban?!  Hyunwoo birdan jiddiylashdi.

— Chunki u o‘lib ketgan.

Sukunat.

Og‘ir.

Bo‘g‘uvchi.

Jisung eshitgan gapini qayta ishlay olmadi.

— …Nima?

— 17-oktabr kuni.

— Yo‘q… Minho kimdir kasalxonaga tushgan degandi

— Chunki Minho senga haqiqatning yarmini aytgan.

Jisungning boshi aylana boshladi.  Demak…  o‘sha kuni tomda:  Minho.  Hyunwoo.  Seojun.  Va Yejun.  Keyin esa kimdir o‘lgan.  Lekin kim kasalxonaga tushgan?  Va nega Seojun birdan yo‘qolgan?  Savollar ko‘payib borardi.     — O‘sha kuni nima bo‘lganini boshidan ayt, — dedi Jisung qattiq ovozda.  Hyunwoo uzoq xo‘rsindi.  Keyin devorga suyandi.

— Festival kuni edi. Kechasi hamma ketgach, biz tomga chiqqandik. Yejun mast edi. Minho bilan janjallashishni boshladi.

— Nima uchun?

Hyunwoo jim qoldi.

— Chunki Yejun Minhoni yoqtirardi.  Jisungning ko‘zlari kattalashdi.

— …Nima?

— Ha. Lekin Minho uni rad qilgan.  Ichkarida nimadir g‘alati siqildi.  Rashkmi?  Yo‘q.  Bundan ham yomonroq his.

— Keyin-chi?  — Yejun jahli chiqib ketdi. Seojun aralashmoqchi bo‘ldi. Ular baqirishardi… hamma bir-biriga qichqirardi.  Hyunwoo ko‘zlarini yumdi.  Go‘yo o‘sha tunni yana ko‘rayotgandek.  — Va birdan Yejun sirpanib ketdi.  Jisung nafasi ichiga tushdi.

— Uni hech kim itarmaganmi?

Hyunwoo darrov javob bermadi.  Mana shu sukut yetarli edi.

— Men ko‘rmadim, — dedi u tez.

— Hamma narsa juda tez bo‘lgan.  Lekin ovozi ishonchsiz edi.

— Kasalxonaga kim tushgan?

Bu safar Hyunwoo boshini ko‘tardi.

— Seojun.

— Nega?

— Chunki u Yejunni ushlamoqchi bo‘lgan.  Jisung qotib qoldi.

— U ham yiqilganmi?!

— Yo‘q. Lekin qo‘li sinib, boshidan qattiq zarba olgan. Bir necha hafta gapirmagan.  Endi hammasi asta-sekin joyiga tushayotgandi.  Lekin hali ham bitta savol bor edi.  Eng muhim savol.     — Unda Seojun qayerda hozir?  Hyunwoo birdan jimib qoldi.  Ko‘zlaridagi ifoda o‘zgardi.  Qo‘rquv.  Haqiqiy qo‘rquv.  — Bilmayman.

— Yana shu gap?!

— Chunki bu rost!

Hyunwoo asabiylashib ketdi.

— Kasalxonadan chiqqanidan keyin u butunlay o‘zgardi. Hech kim bilan gaplashmadi. Keyin esa birdan yo‘qoldi.  — Qanday qilib odam “yo‘qoladi”?!

— Bilmayman!

Podval ichida aks-sado yangradi.   Birdan tepada qadam tovushi eshitildi.  Ikkisi ham jimib qoldi.  Kimdir podvalga tushayotgandi.  Sekin.  Og‘ir qadamlar.  Hyunwooning yuzi oqarib ketdi.

— Jin ursin…

— Nima bo‘ldi?

Hyunwoo ortga chekindi.

— U bizni topdi.

— Kim?!

Javob o‘rniga podval chiroqlari bir zum o‘chdi.

Qorong‘i.

Jisung yuragi qinidan chiqib ketay dedi.

Keyin telefon chirog‘i yondi.  Ammo bu Jisungniki emasdi.  Koridor oxirida kimdir turardi.  Yuzini yorug‘lik yopib turardi.  Faqat bitta narsa aniq ko‘rinardi.  Qo‘lida eski kamera bor edi.  Xuddi videodagidek.

Jisung nafasi titradi.  U odam sekin kamerani ko‘tardi.  Va tanish ovoz eshitildi:

— Bu safar videoni oxirigacha ko‘rasizlarmi?

—  telefon chirog‘i yondi.  Ammo bu Jisungniki emasdi.  Koridor oxirida kimdir turardi.  Yuzini yorug‘lik yopib turardi.  Faqat bitta narsa aniq ko‘rinardi.  Qo‘lida eski kamera bor edi.  Xuddi videodagidek.  Jisung nafasi titradi.  U odam sekin kamerani ko‘tardi.  Va tanish ovoz eshitildi:  — Bu safar videoni oxirigacha ko‘rasizlarmi?

More than pretend
Episode-6

Minho telefon ekraniga tikilib qoldi.

“Bu safar ham uni qutqara olmaysan.”  Xona ichidagi havo birdan og‘irlashgandek bo‘ldi.  Jisung esa endi aniq sezayotgandi — bu oddiy qo‘rqitish emas.  Bu odam Minho haqida juda ko‘p narsani bilardi.  Juda ham ko‘p.

— 17-oktabrda nima bo‘lgan?

Jisung bu safar savolni aniq berdi.  Minho indamadi.  Faqat jag‘i taranglashdi.  Telefoni yana titradi.  Yangi xabar.  Bu safar rasm emas.  Audio.  00:11 soniya.  Minho darrov telefonni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi.  Lekin Jisung undan oldin bosib yubordi.  Avval shovqin eshitildi.  Yomg‘ir ovozi.  Kimningdir tez nafasi.

Keyin

—  > “Minho… iltimos…”    Jisungning yuragi muzlab ketdi.  Audio shu yerda tugadi.  Lekin oxirida juda past ovoz eshitildi.  Metall urilgandek.  Va kimningdir qichqirig‘i.    Minho birdan telefonni o‘chirib yubordi.

— Yetadi.

— Bu kim?!

— yetadi didimku nx

Bu safar Minho qattiq gapirdi.  Jisung sapchib tushdi.  Chunki Minho hech qachon unga bunaqa ovoz ko‘tarmagandi.  Ikkisi ham jimib qoldi.  Minho asta ko‘zlarini yumdi.  Go‘yo o‘zidan jahli chiqayotgandek.

— …Uzr.  Jisung hech nima demadi.  Lekin ichida nimadir sinayotgandi.   O‘sha tun Jisung uxlay olmadi.  Boshida faqat bitta savol aylanardi:

“17-oktabrda kimga nima bo‘lgan?”  Va nega hamma bu haqda yashiryapti?   Ertasi kuni maktabga kirishi bilan yana o‘sha hissiyot qaytdi.  Odamlar qarardi.  Shivirlardi.  Go‘yo u bilmasligi kerak bo‘lgan narsani bilib qo‘ygandek.  Jisung shkafini ochayotganda ichidan bir qog‘oz tushdi.  Bu safar unda faqat bitta koordinata yozilgandi.

Va vaqt.  22:40  Pastida esa:  “Haqiqatni bilmoqchi bo‘lsang, yolg‘iz kel.”  Jisungning qo‘llari muzlab ketdi.

— Bormaysan.

Minho qog‘ozni qo‘lidan tortib oldi.  Qayerdandir paydo bo‘lib qolgan edi yana.  Jisung qoshlarini chimirdi.

— Meni kuzatyapsanmi?

— Savolga javob ber.

— Balki borarman.

— Yo‘q.

— Nega?!

Minho unga juda yaqinlashdi.  Bu safar ko‘zlarida g‘azab bor edi.  Yo‘q…  qo‘rquv.  — Chunki ular seni aralashtiryapti.  “Ular.”  Jisung shu so‘zga ilinib qoldi.

— “Ular” kim?

Minho javob bermadi.  Yana.  Doimgidek.    Kechasi 22:37.  Jisung baribir bordi.  Eski sport zalining orqa tomoni qorong‘i edi.  Faqat uzoqda bitta chiroq lipillab turardi.  Yuragi juda tez urayotgandi.  Atrof jim.  Juda jim.  Keyin—  qadam tovushi.  Jisung darrov ortiga qaradi.  Hech kim yo‘q.  Lekin yerda nimadir yaltirardi.  Kalit.  Eski, zanglagan kalit.  Tagiga qog‘oz yopishtirilgan.  “Podval.”   Maktab podvali allaqachon yopilgan bo‘lishi kerak edi.  Hech kim u yerga tushmasdi.  Hatto o‘qituvchilar ham.  Jisung zinadan tusharkan, telefon chirog‘i devorlarga urilib titrardi.  Havo sovuq edi.  Va nimadir hid kelardi.  Namlikmi…  yoki chang.  Koridor oxirida bitta eshik turardi.  Eshik ustida yozuv:  “Archive Room B”  Kalit aynan shu eshikniki edi.  Jisung yutindi.  Va eshikni ochdi.   Ichkarida eski qutilar, hujjatlar va singan partalar turardi.  Lekin bitta narsa darrov ko‘zga tashlanardi.  Devordagi surat.  Katta maktab festivali rasmi.  Sana:  17-oktabr.  Jisung asta yaqinlashdi.  Rasmda Minho bor edi.  Hyunwoo ham.  Va yana bir bola.  Yuzida juda tanish kulgu.  Jisung nafasi ichiga tushdi.  Bu bolani u qayerdadir ko‘rgan edi.  Yo‘q…  eshitgan edi.  Videodagi ovoz.  “Meni tashlab ketma…”  Seojun.  Lekin eng qo‘rqinchli narsa bu emasdi.  Rasmning pastki qismi yirtilgan edi.  Kimningdir yuzi ataylab kesib tashlangandi.  To‘rtinchi odam.

—  Birdan orqadan eshik qarsillab yopildi.  Jisung sapchib ortiga burildi.  Qorong‘ida kimdir turardi.  Telefon chirog‘i titrab uning yuziga tushdi.  Hyunwoo.  Lekin bu safar u kulmayotgandi.  Umuman.

— Sen bu yerga kelmasliging kerak edi, — dedi u past ovozda.

Jisung yuragini bosdi.

— To‘rtinchi odam kim?

Hyunwoo bir necha soniya jim qoldi.  Keyin juda sekin kuldi.  Lekin bu kulgi g‘alati edi.  Sovuq.

— Minho senga hali aytmadimi?  — Nimani?!

Hyunwoo unga yaqinlashdi.

— O‘sha kecha tomda uch kishi emas…  to‘rt kishi bo‘lganini.

More than pretend
Episode-5

Shamol hali ham sovuq esardi.  Lekin bu safar Jisung qo‘lini tortib olmadi.  Minho esa uning barmoqlarini mahkamroq ushladi. Go‘yo bir soniya qo‘yib yuborsa, yana yo‘qotadigandek.  Ular bir necha daqiqa jim turishdi.  Faqat shamol ovozi.  Faqat yurak urishlari.  Keyin—  Minhoning telefoni titradi.  Ekranda bitta ism yonib turardi.  Na Hyunwoo.  Jisungning nigohi darrov telefonga tushdi.  Minho esa qo‘ng‘iroqqa tikilib qoldi.  Javob bermadi.  Telefon yana jiringladi.  Va yana.  Oxiri Jisung sekin qo‘lini tortib oldi.

— Olaver.

— Kerakmas.

— Balki kerakdir.  Minho chuqur nafas oldi.  Keyin qo‘ng‘iroqni rad etdi.  Ammo oradan ikki soniya o‘tib, telefoniga xabar keldi.  "Bu safar ham kech qolyapsan."  Minhoning yuzi birdan jiddiylashdi.  Jisung buni sezdi.

— Nima bo‘ldi?

— Hech narsa.

— Yolg‘on.  Minho javob bermadi.  Va aynan shu sukut Jisungni yana bezovta qildi.

—  Ertasi kuni maktab g‘alati jim edi.  Go‘yo hamma nimanidir kutayotgandek.  Jisung sinfga kirganida, odamlar birdan gapni to‘xtatishdi.  Bu unga yoqmadi.  Juda yoqmadi.  U joyiga o‘tirayotganda, kimdir stoliga qog‘oz tashladi.  Buklangan.  Nomsiz.  Jisung sekin ochdi.  Ichida faqat bitta gap yozilgan edi:  "Minho senga rostini aytmadi."  Pastida esa sana bor edi.  17-oktabr.  Jisung qoshlarini chimirdi.  Bu sana nimani anglatardi?

— Uni o‘qima.  Minhoning ovozi yonidan eshitildi.  Jisung seskanib ketdi.

— Sen qachondan beri odamlarni qo‘rqitib yuradigan bo‘lding?  Minho qog‘ozni qo‘lidan oldi.  Uni g‘ijimladi.  Ammo yuzidagi taranglik yashirinmadi

— Bu ahmoqona hazil.

— Unda nega stressing chiqyapti?  Minho javob bermadi.  Yana.  Doimgidek.   -—  Tanaffus payti Hyunwoo koridor oxirida turardi.  Ular tomonga qarab.  Kulib.  Jisungning ichidan nimadir o‘tdi.  Go‘yo bu bola hamma narsani biladigandek.  Va aynan shu narsa uni qo‘rqitardi.   -

—  Kechqurun yomg‘ir yog‘di.  Jisung uyiga qaytgach, sumkasini stolga tashladi.  Ammo nimadir g‘alati edi.  U sumkani ochdi.  Ichida o‘zi qo‘ymagan narsa bor edi.  Qora fleshka.  Yuragi tez urdi.  Sekin uni laptopga uladi.  Ekranda faqat bitta video chiqdi.  Nomsiz.  Davomiyligi: 02:17.  Jisung videoni bosdi.  Avval tasvir qorong‘i edi.  Keyin kamera titrab ochildi.  Va

—  Minho.  Ancha oldingi Minho.  Ko‘zining cheti yorilgan.  Yomg‘ir ostida turardi.  Kimdir kameraning ortidan kuldi.  Hyunwoo.

— Qaranglar, — dedi u videoda.

— Baribir yana menga qaytadi.

Keyin video ichida Minho keskin kamera tomonga yurdi.

— O‘chir buni.

— Nega? Uyalyapsanmi?

— Dedim-ku, o‘chir!

Tasvir birdan titradi.  Shovqin.  Va video tugadi.

—  Jisung muzlab qolgandek ekranga qarab turdi.  Bu nima edi?  Nega Minho hech narsa demagan?  Va eng muhimi—  Bu videoni unga kim yubordi?  Telefoni titradi.  Notanish raqam.  "Endi tushunyapsanmi?"  Yana bitta xabar keldi.  "17-oktabrda nima bo‘lganini bilishni xohlaysanmi?"  Jisung darrov yozdi:  "Sen kimsan?"  Javob uzoq kelmadi.  "Minho seni himoya qilayotganini o‘ylaysanmi?"  "Yo‘q."  "U o‘zini himoya qilyapti."

—  Eshik taqilladi.  Jisung seskanib ketdi.  Minho.  U eshik oldida turardi, nafasi tez.  Go‘yo yugurib kelgandek.

— Telefoningni o‘chir, — dedi u darrov.  Jisung asta o‘rnidan turdi.

— Nega?  — Shunchaki qil.

— Yo‘q.  Minho bir lahza jim qoldi.  Keyin uning nigohi laptop ekraniga tushdi.  Video.  Minhoning yuzi oqarib ketdi.

— …Sen ko‘rdingmi?  Jisung asta bosh irg‘adi.

— Bu nima edi, Minho?  Sukunat.  Og‘ir.  Bezovta qiluvchi.  Keyin Minho past ovozda dedi:

— Bu hikoyaning sen bilmaydigan qismi.  Jisungning yuragi siqildi.

— Unda aytib ber.  Minho ko‘zlarini yumdi.  Go‘yo aytmoqchi bo‘lgan gaplari juda og‘irdek.  Va nihoyat—

— 17-oktabr kuni… kimdir kasalxonaga tushgan edi.  Jisung qotib qoldi.

— Kim?  Minho javob berishga ulgurmay—  Telefon yana titradi.  Bu safar ikkisi ham ekran tomonga qaradi.  Yangi xabar.  Rasm.  Qorong‘i koridor.  Va devorda qon rangida yozilgan bitta gap:  “Bu safar ham uni qutqara olmaysan.”

More than pretend
Episode-4

Minho yugurardi.

Bu safar u hech narsani o‘ylamadi.

Na Hyunwoo, na o‘tmish, na boshqalar.  Faqat bitta narsa bor edi:  Jisung ketyapti.  Va u bunga yo‘l qo‘ymasdi.

-—  U telefonini chiqardi, qo‘llari biroz titrardi.

Qo‘ng‘iroq.

Bir marta.

Ikki marta.

Javob yo‘q.

— Ol, iltimos… — dedi u o‘ziga.

Yana qo‘ng‘iroq qildi.

—  Bu safar…

— …Nima? — Jisungning ovozi eshitildi.  Sovuq.

Charchagan.

—  Minho bir lahza gapira olmadi.

— Qayerdasan?

— Nima qilasan bilib? — dedi Jisung.

— Chunki bu safar seni topishim kerak.   —  Sukunat.

— Kech, — dedi Jisung.

— Endi kech.  Va u telefonni o‘chirdi.

—  Minho ko‘zlarini yumdi.

Bir soniya.

Faqat bir soniya.

Keyin u yugurishni davom ettirdi.

—  U bilardi.  Jisung qayerga borishini.  Har doim.

—  Ko‘prik.

—  Shamol yana o‘sha kabi esardi.  Va u yerda…  Jisung yana turardi.

—  Minho bu safar sekinlashmadi.

— Qochishni bas qil! — dedi u balandroq.

Jisung burildi.

— Men qochmayapman.

— Unda nega ketayapsan?!

—  Jisung kuldi.

Ammo bu kulgi bo‘sh edi.

— Chunki qolish uchun sabab yo‘q.

—  Bu gap Minhoga qattiq tegdi.  U bir necha qadam yaqinlashdi.

— Bor.

— Yo‘q.

— Bor, — dedi Minho qat’iy.

—  Jisung bosh chayqadi.

— Sen hali ham tushunmayapsan.

— Unda tushuntir!

—  Jisung chuqur nafas oldi.

— Men ikkinchi variant bo‘lishni xohlamayman.

— Sen emassan!

— Lekin o‘zimni shunday his qildim!

—  Sukunat.

Bu safar balandroq.

Og‘irroq.

—  Minho ovozini pasaytirdi.

— Men seni tanlamadim…

Jisung kuldi.

— Rahmat, aynan shu gap kerak edi.

— …chunki men hech qachon ikkilanmadim.

—  Jisung to‘xtab qoldi.

— Men seni boshidan tanlaganman, — dedi Minho.

— Faqat… kech tushundim.

—  Jisungning ko‘zlari biroz o‘zgardi.  Lekin u hali ham himoyada edi.

— Bu gaplar hech narsani o‘zgartirmaydi.

—  Minho yana yaqinlashdi.

Endi ular orasida faqat bir qadam qolgan edi.

— Unda nima o‘zgartiradi?

—  Jisung javob bermadi.

—  Minho asta davom etdi:

— Men ketmayman.

— Men seni yana yolg‘iz qoldirmayman.  — Va agar kerak bo‘lsa…  u chuqur nafas oldi

— men har kuni boshidan boshlayman.   -—  Jisungning yuragi tez ura boshladi.  U buni yashira olmadi.

— Sen juda kech kelding, — dedi u past ovozda.

—  Minho bosh chayqadi.

— Balki.

— Lekin men baribir keldim.

—  Shamol kuchayib esdi.  Ularning orasidagi sukunat bu safar boshqacha edi.

— Jisung pastga qaradi.

Keyin yana Minhoga.

— Agar yana og‘ritsang-chi?

—  Bu savol… haqiqiy edi.

—  Minho bir soniya ham o‘ylamadi.

— Unda ketishingga o‘zim yordam beraman.

—  Jisung hayron bo‘lib qaradi.

— Lekin bu safar, — dedi Minho sekin, — men seni og‘ritmaslik uchun hamma narsani qilaman.

-—  U qo‘lini uzatdi.  Oldingidek emas.  Majburlab emas.  Shunchaki… kutib.

—  Jisung yana qaradi.  Bu safar uzoqroq.

—  Yuragi va aqli kurashardi.

—  Keyin…  u sekin qo‘lini ko‘tardi.

—  Va nihoyat —  Minhoning qo‘lini ushladi.

—  Bu kichik harakat edi.  Lekin ular uchun…  hammasi edi.

—  Minho qo‘lini mahkam ushladi.

Go‘yo qo‘yib yuborsa, yana yo‘qotadigandek.

—  Jisung unga qaradi.

— Bu oxirgi marta.

—  Minho yengil kuldi.

— Unda bu safar to‘g‘ri qilaman.

—  Jisung ko‘zlarini yumdi.  Bir lahza.  Keyin yaqinlashdi.

—  Bu safar o‘pish shoshilinch emas edi.  Sekin.

Ehtiyotkor.

Haqiqiy.

—  Ular ajralganda, hammasi o‘zgargan edi.

— Demak… transfer? — dedi Minho.   -—  Jisung yengil kuldi.

— Hali bekor qilishim mumkin.

—  Minho yengil nafas chiqardi.

— Yaxshi.

—  Jisung qosh ko‘tardi.

— Nega?

—  Minho unga qaradi.

Bu safar ochiq.

— Chunki hali bizning hikoyamiz tugamadi.

—  Jisung sekin bosh irg‘adi.

— Ha…

— Endi boshlanayapti.

—  …lekin ular bilmasdi:  Hyunwoo hali taslim bo‘lmagan edi.

Va bu safar u o‘tmishni yana qaytarishga harakat qiladi.

More than pretend
Episode-3

Jisung ketdi.

Bu safar u shunchaki qochib ketmadi.

U haqiqatan ham ketdi.

Koridordagi shovqin ham, odamlarning gaplari ham unga yetib bormayotgandek edi. Qadamlarini tezlashtirdi. Nafasi og‘irlashdi.  Ichida faqat bitta gap aylanardi:

“Men tanlov emasman.”

—  Minho esa joyida qotib qolgandi.  Jisungning ortidan yugurish kerakligini bilardi. Uni to‘xtatish kerakligini ham.  Lekin oyoqlari qimirlamadi.

Hyunwoo yonida turib, yengil kuldi.

— Ko‘rdingmi? — dedi u.

— Hammasi o‘sha-o‘sha.

Minho asta unga qaradi.

Bu qarash… sovuq edi.

— Jim bo‘l.

Hyunwoo kulishni to‘xtatmadi.

— Sen hali ham o‘zgarmabsan.

Minho unga yaqinlashdi.

— Sen esa haddan oshyapsan.

— Men faqat haqiqatni aytyapman, — dedi Hyunwoo xotirjam.

— Oxirida nima bo‘lishini ikkalamiz ham bilamiz.

— Yo‘q, — dedi Minho past ovozda.  Hyunwoo bir lahza jim qoldi.

— Bu safar boshqacha.

—  Minho nihoyat harakat qildi.

U burilib, Jisung ketgan tomonga yugurdi.

—  Ammo Jisung allaqachon yo‘q edi.   — O‘sha kuni u maktabdan erta chiqib ketdi.  Telefoniga kelgan qo‘ng‘iroqlarni ko‘rmadi. Xabarlarni o‘qimadi.  U faqat yurdi.  Qayerga borayotganini o‘zi ham bilmasdi.

—  Kech tushganda u nihoyat to‘xtadi.  Ko‘prik yonida.  Shamol salqin esardi.  Jisung panjara yonida turib, pastga qaradi.  Ichidagi hislar chalkash edi.  G‘azab. Og‘riq. Va eng yomoni — umid.     — Sen har doim shu yerga kelasiz, — degan ovoz eshitildi.

Jisung qotib qoldi.  Sekin orqasiga qaradi.  Minho.

— Meni kuzatyapsanmi? — dedi Jisung sovuq ohangda.

Minho bosh chayqadi.

— Yo‘q. Seni qidiryapman.

—  Jisung kuldi.

— Farqi bormi?

Minho unga yaqinlashdi.

— Bor.

Ular orasida yana o‘sha sukunat.  Lekin bu safar u og‘irroq edi.

— Nega hech narsa demading? — dedi Jisung oxiri.  Minho javob bermadi.  Jisung ko‘zlarini yumdi.

— Mana shu… — dedi u.

— Mana shu meni charchatdi.

— Men tanlov emasman, — dedi u yana, sekinroq.

Minho darhol javob berdi:

— Sen tanlov emassan.

—  Jisung ko‘zlarini ochdi.

— Unda nega…?

Gapini tugatolmadi.

—  Minho chuqur nafas oldi.

— Chunki men qo‘rqdim.  Bu javob kutilmagan edi.

— Nimadan? — dedi Jisung past ovozda.

— Seni yo‘qotishdan.

—  Jisung jim qoldi.

Bu gap… juda sodda edi.

Lekin juda kech aytilgandek tuyuldi.

— Sen allaqachon yo‘qotding, — dedi u sekin.

Minhoning ko‘zlari o‘zgardi.

— Yo‘q, —dedi u qat’iy.  U yana bir qadam yaqinlashdi.

— Agar sen hali shu yerda bo‘lsang… demak yo‘qotmaganman.

—  Jisung orqaga chekinmadi.  Lekin oldinga ham qadam qo‘ymadi.

— Hyunwoo-chi? — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Savol havoda osilib qoldi.

—  Minho bir lahza jim qoldi.

— U o‘tmish.

— Lekin u qaytdi, — dedi Jisung.

— Men esa yo‘qman.

—  Minho bosh chayqadi.

— Sen… hozirsan.

—  Jisung kuldi.

Bu kulgi achchiq edi.

— So‘zlar oson.

—  Minho qo‘lini uzatdi.

— Unda isbotlab beraman.

—  Jisung uning qo‘liga qaradi.  Bir necha soniya.  Uning yuragi tez urardi.    Lekin u qo‘lni ushlamadi.

— Kech qolding, — dedi u sekin.

—  Bu gap Minhoni to‘xtatdi.

—  Jisung burildi.  Bu safar u yana ketdi.   -—  Minho qo‘lini sekin tushirdi.  Bu safar u ortidan yugurmadi.

—  Chunki u tushundi.  Bu safar gap faqat uni ushlab qolishda emas edi.  Bu safar u Jisungni qayta ishonishga majbur qilishi kerak edi.

-—  Va bu oson bo‘lmaydi.   -—  Ertasi kuni maktabda hamma narsa boshqacha edi.  Jisung kelmadi.

-—  Minho sinfda jim o‘tirardi.

Hyunwoo esa odatdagidek beparvo ko‘rinar edi.

— Ko‘rmadingmi? — dedi u asta.

Minho unga qaradi.

— Nimani?

— U ketyapti, — dedi Hyunwoo.

— Bu safar rostdan ham.

—  Minhoning yuragi siqildi.

— Nima demoqchisan?

—  Hyunwoo yelka qisdi.

— Transfer.

—  Sukunat.

— Qachon? — dedi Minho darhol.

—  Hyunwoo unga qarab, sekin kuldi.

— Tez orada.

—  Bu safar Minho kutib turmadi.  U o‘rnidan turib chiqib ketdi.

—  Chunki u nihoyat tushundi:  Agar bu safar ham hech narsa qilmasa…  hammasi tugaydi.

…va bu safar uni qaytarib bo‘lmaydi.

More than pretend
Episode-2

Ertasi kuni sinf eshigi ochilganda, hech kim bu oddiy kun emasligini bilmasdi.  O‘qituvchi yonidagi yangi o‘quvchini ko‘rsatdi.

— Bugundan boshlab u sizlar bilan o‘qiydi.  U bola sinfga kirib kelganda, xonadagi havo o‘zgargandek bo‘ldi.  Jisung buni darhol sezdi.  Lekin Minho…  Minho qotib qolgandi.

— O‘zingni tanishtir, — dedi o‘qituvchi.  Yangi bola yengil tabassum qildi.

— Mening ismim Hyunwoo.

Uning nigohi sinfni tez ko‘zdan kechirdi… va to‘xtadi.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri Minhoda.  Bu oddiy qarash emas edi.  Bu tanish qarash edi.

—  Dars davomida Jisung bir necha marta Minhoga qaradi.  U odatdagidek emas edi.  Juda jim.  Juda sovuq.

-—  Tanaffusda esa hammasi oydinlashdi.

— Anchadan beri ko‘rishmadik, Minho, — dedi Hyunwoo, beparvo ohangda uning oldiga kelib.  Jisung yonida turardi.  Minho esa sekin boshini ko‘tardi.

— Nima qilib yuribsan bu yerda?

— Sog‘indim, — dedi Hyunwoo kulib.

Bu gap hazilga o‘xshardi.  Lekin ko‘zlari umuman kulmayotgandi.

—  Jisung ichida nimadir siqildi.

— Bu kim? — dedi u, beparvo ko‘rinishga harakat qilib.

Hyunwoo unga qaradi.

— Ha, to‘g‘ri, sen bilmaysan, — dedi u. — Biz eski tanishmiz.

Minho darhol gapni kesdi. — Yetar.

Bu ohang Jisungga yoqmadi.

-—  O‘sha kundan boshlab hammasi asta-sekin o‘zgarishni boshladi.  Hyunwoo har doim yaqin atrofda edi.  Juda yaqin.  U ataylab Jisung bilan Minho orasiga kirardi. U Minhoga eski xotiralarni eslatardi. Ba’zan esa Jisungni butunlay e’tiborsiz qoldirardi.

— Sen haqiqatan ham bunga ishonasanmi? — dedi Hyunwoo bir kuni Jisungga, Minho yo‘q paytda.

— Nimaga? — dedi Jisung sovuqqonlik bilan.

Hyunwoo kuldi.

— Uning senga bo‘lgan “hislariga”.  Jisung jim qoldi.

— Minho hech qachon oddiy narsalarni jiddiy qabul qilmaydi, — dedi Hyunwoo sekin.

— Ayniqsa… odamlarni.

Bu gap yurakka urilgandek bo‘ldi.

-—  O‘sha kuni Jisung Minhodan qochdi.  U yana o‘sha eski hisni sezdi

— ishonchsizlik.

— Nima bo‘lyapti o‘zi? — dedi Minho uni to‘xtatib.

Jisung ko‘zini olib qochdi.

— Hech narsa.

— Yolg‘on, — dedi Minho darhol.

— Unda borib o‘sha “eski tanishing”dan so‘ra, — dedi Jisung keskin.

Minho jim qoldi.  Bu jimlik… yana.

—  Kunlar o‘tdi.  Hyunwoo esa to‘xtamadi.  Bir kuni u ataylab Minho yonida Jisung haqida gap boshladi.

— U senga mos emas, — dedi u past ovozda.

Minho qoshlarini chimirdi.

— Aralashma.

— Men seni bilaman, — dedi Hyunwoo yaqinlashib.

— Sen zerikasan. Har doim zerikasan.  Minhoning ko‘zlari qoraydi.

— Bu safar emas, — dedi u sovuq ohangda.

Hyunwoo esa kuldi.

— Shuni o‘zingga ham aytib tur.

—  Ammo u gaplar o‘z ta’sirini qoldirdi.  Jisung ham, Minho ham asta-sekin uzoqlashishni boshladi.  So‘zlar kamaydi. Qarashlar o‘zgardi.

—  Bir kuni kechqurun Jisung maktab hovlisida yolg‘iz o‘tirganida, Hyunwoo uning yoniga keldi.

— Og‘riyaptimi? — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Jisung unga qarab, qoshini chimirdi.

— Nima demoqchisan?

— U seni tanlamaydi, — dedi Hyunwoo xotirjam.

— Oxirida hech qachon tanlamagan.

Bu gap Jisungni g‘azablantirdi.

— Sen uni bilaman deb o‘ylaysanmi? — dedi u.

Hyunwoo sekin bosh chayqadi.

— Men bilaman. Sen esa yo‘q.

—  Jisung o‘rnidan turdi.

— Unda nega qaytding? — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Hyunwoo ko‘zlarini qisdi.

— Chunki bu safar u meni tashlab ketmaydi.

—  Shu payt orqadan ovoz keldi.

— Bas qil.

Minho.  Ularning orasida turib qoldi.  Ko‘zlari jiddiy edi.

— Ikking ham, — dedi u.

-—  Sukut.  Og‘ir, bosimli sukunat.

—  — Sen tanlashing kerak, Minho, — dedi Hyunwoo birdan.

Jisung yuragi bir urib to‘xtagandek bo‘ldi.  — Eski yoki yangi.

—  Minho qimirlamadi.  Jisung unga qaradi.  Javob kutib.  Qo‘rquv bilan.

—  Sekundlar o‘tdi.  Lekin Minho hech narsa demadi.

—  Va aynan shu jimlik…  hammasini buzdi.

—  Jisung kulib yubordi

— achchiq, sovuq kulgi.

— Tushunarli, — dedi u sekin.

U orqaga bir qadam tashladi.

— Men tanlov bo‘lishni xohlamayman.   —  Minho birdan unga qaradi.

— Jisung

Yo‘q, — dedi Jisung bosh chayqab.

— Bu safar yo‘q.

—  U burilib ketdi.  Bu safar to‘xtamadi.   -—  Minho joyida qotib qoldi.  Hyunwoo esa yonida turib, sekin kuldi.

— Men aytgandim, — dedi u.

-—  Lekin Minho bu safar unga qaramadi ham.

Chunki u kechikkanini endi tushunayotgandi.

-—  …va bu hali oxiri emas edi.

Chunki Jisung endi uzoqlashmayapti.

U haqiqatan ham ketayapti.

More than pretend
-—  ✨ “More Than Pretend”

Birinchi marta ular bu “o‘yin”ni boshlashga rozi bo‘lishganida, hech biri bu darajaga yetishini kutmagandi.  Hammasi oddiy boshlangandi.  Kelishuv. Vaqtinchalik yechim.  Minho shkaf yonida turib, koridordagi shivirlarga befarq qarayotgandek ko‘rinsa ham, aslida hammasini sezib turardi.

— Menga faqat ishonarli ko‘rinish kerak, — dedi u sokin ohangda.

— Bir necha haftaga.

Jisung qoshlarini chimirdi.

— Nega aynan men?

Minho yelka qisdi.

— Chunki sen meni yoqtirmaysan. Men ham seni yoqtirmayman. Shuning uchun hammasi oddiy bo‘ladi.

Aynan shu gap eng katta xato edi.  Lekin baribir Jisung rozi bo‘ldi.

-—  Ertasi kuni hammasi o‘zgardi.  Minho hech qanday ogohlantirishsiz uning bilagidan ushlab, o‘ziga tortdi. Bu harakat juda tabiiy edi. Juda… odatdagidek.

— Yaqin yur, — dedi u past ovozda.

— Hammamizni kuzatishyapti.

Jisung yuragi bir lahzaga tez urib ketdi, lekin o‘zini tutdi.

— Sen bundan juda zavqlanyapsan, shekilli.

Minho labining cheti bilan kuldi.

— Balki.  Va shunday qilib, ularning “o‘yini” boshlandi.   -—  Dastlab hammasi oson edi.  Birga yurish, birga o‘tirish, ataylab balandroq kulish. Minho ba’zida uning yelkasiga qo‘lini qo‘yardi, go‘yo bu odatiy holdek.  Hammasi rol edi.  Jisung o‘zini shunga ishontirishga harakat qildi.   -—  Lekin keyin mayda narsalar paydo bo‘ldi.  Minho uning qanday qahva ichishini eslab qolishi. Darsdan keyin hech nima demasdan kutib turishi. Qo‘llari tasodifan tegib ketib, ortiqcha bir soniya qolib ketishi.  Bu narsalar kelishuvda yo‘q edi.

— Haddan oshma, — dedi Jisung bir kuni qo‘lini tortib.

Minho unga qaradi. — Nimada?

— Shu… — Jisung ularning orasini ko‘rsatdi.

— Juda haqiqiydek tutyapsan.  Minho jim qoldi.  Va o‘sha jimlik Jisungni ko‘proq bezovta qildi.   -—  Shundan keyin hammasi murakkablashdi.  Chunki Jisung hamma narsani sezishni boshladi.  Minhoning qarashlarini. Ismini aytgandagi ohangini. Yaqin kelganda yuragi qanday tezlashishini… va uzoqlashganda nimadir yetishmayotgandek bo‘lishini.  Bu endi o‘yin emas edi.  Bu xavfli edi.   -—

— Qoidalarni unutayapsan, — dedi Jisung bir kuni bo‘sh sinfxonada.  Minho partaga suyanib turardi.

— Qaysi qoidalar?

— Bu haqiqiy emas, — dedi Jisung qat’iy.

— Bu vaqtinchalik.  Minho unga yaqinlashdi.

— Bilaman, — dedi sekin.

Lekin orqaga chekinmadi.

Ularning orasidagi masofa yo‘qolib ketdi.  Jisung nafasini ushlab qoldi.

— Unda menga bunaqa qarama.

— Qanday?

— Go‘yoki men muhimdek.

So‘zlar o‘zi chiqib ketdi.  Minho to‘xtab qoldi.

— Sen muhim emassan deb o‘ylaysanmi? — dedi u past ovozda.

Bu gap… reja ichida yo‘q edi.   -—  Shundan keyin hammasi buzildi.  Jisung undan qochishni boshladi. Uzoqroq o‘tirish, tezroq ketish, ko‘rmaganga olish.  Agar bu davom etsa… kimdir albatta og‘riq his qiladi.  Va Jisung allaqachon kimligini bilardi.   -—  Gap-so‘zlar asta-sekin yo‘qoldi.  Odamlar zerikdi.  “Eng chiroyli juftlik” endi qiziq emas edi.  Demak… kelishuv tugadi.   -

—  Minho uni maktabdan keyin to‘xtatdi.  — Tugadikmi? — dedi u yo‘lini to‘sib.  Jisung yelka qisdi.

— Reja shunaqa edi-ku.

Minhoning jag‘i taranglashdi.

— Shunchaki shumi?

— Yana nima bo‘lishi kerak? — dedi Jisung keskin.

— Hammasi soxta edi.  Bu so‘z havoda og‘ir osilib qoldi.   -—  Minho unga yaqinlashdi.

— Yana bir marta ayt, — dedi sekin.  Jisung jim qoldi.

— …Soxta edi.

Minho bosh chayqadi.

— Yo‘q. Boshqa gapni ayt.

Uning ovozi pastlashdi.

— “Hech narsa his qilmadim” deb ayt.  Jisung ayta olmadi.

-—  Ular orasidagi sukunat chidab bo‘lmas darajaga yetdi.  — Men buni rejalamagandim, — dedi Minho oxiri.  Jisung unga qaradi.  — Hammasi oddiy bo‘ladi deb o‘ylagandim… lekin unday bo‘lmadi.   -—  — Unda nega to‘xtatmading? — dedi Jisung past ovozda.  Minho sekin kuldi.  — Chunki xohlamadim.   -—  Jisung ichida nimadir sinib ketdi.  — Sen juda adolatsizsan, — dedi u.  Minho unga yaqinlashdi.  — Balki. Lekin hozir rost gapiryapman.   -—  Jisung uzoq qarab turdi.  — …Men seni yomon ko‘raman.  Minho qosh ko‘tardi. — Buni oldin ham aytgansan.  Jisung bir qadam oldinga tashladi.  — Bu safar boshqacha.   -—  Minho nima demoqchi ekanini tushunishga ulgurmay qoldi.  Chunki Jisung uning kiyimidan tortib, yaqinlashtirdi.  Ularning lablari to‘qnashdi.  Bu rejalashtirilmagan edi.  Bu ehtiyotkor emas edi.  Va eng muhimi — bu soxta emas edi.   -—  Ular ajralganda, nafaslari biroz tezlashgan edi.  Minho unga qarab qoldi.  Jisung esa yuzini boshqa tomonga burdi.  — Bu kelishuvga kirmagan, — dedi Minho past ovozda.  Jisung yengil pufladi. — Kelishuv tugadi.   -—  Minho asta kuldi.  — Yaxshi.  U yana yaqinlashdi.  — Chunki men endi rol o‘ynashni xohlamayman.   -—  Jisung javob bermadi.  Lekin bu safar u orqaga ham chekinmadi.  Ularning orasidagi masofa yana yo‘qoldi…  va bu safar hech kim kuzatayotgan ham emas edi.   -—  …lekin muammo endi boshlanayotgan edi.  Chunki ertasi kuni maktabga yangi o‘quvchi keladi.  Va u Minhoni juda yaxshi tanirdi.  Juda ham yaxshi.  Jisung esa hali bilmasdi…  bu “soxta sevgi” endi haqiqiy sinovga aylanishini. 😏